logo

Kompyuterning asosiy va qoʻshimcha qurilmalari. Asosiy va qoʻshimcha qurilmalarning asosiy xususiyatlari, turlari va vazifalari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

572.8115234375 KB
Mavzu:  K ompyuterning asosiy va qo shimcha qurilmalari. Asosiy vaʻ
qo shimcha qurilmalarning asosiy xususiyatlari, turlari va vazifalar	
ʻ i. 
Reja:
I. Kompyuterning asosiy qurilmalari nimalardan iborat
II. Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari haqida malumot
III. Kompyuter   foydalanuvchisiga   asosiy   va   qo’shimcha   qurilmalarning
qulayliklari
IV. Kirish
V. Asosiy qisim
VI. Xulosa
VII. Ilovalar (mavzuga oid krossvord yoki test) .
VIII. Foydalanilgan adabiyotlar.
1 Kirish:
Birinchi   shaxsiy   kompyuter   1973   yilda   Fransiyada   Nruohg   Trohg   Ti   tomonidan
yaratilgan.   Dastlab   yaratilgan   maskur   shaxsiy   kompyuter   elektron   o'yinchoq
sifatida   qabul   qilindi.   Bu   kompyuter   1977   yilda   amerikalik   Stiv   Jobs
boshchiligidagi   "Apple   Computer"   firmasi   tomonidan   mukammallashtirilib,
dasturlarning   katta   majmuini   tatbiq   etib,   ommaviy   ravishda   chiqarila   boshladi.
Shundan   beri   kompyuter   hayotimizga   mustaxkam   joylashib,   axborotni   qayta
ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.
                    Kompyuter, deganda turli hajmdagi, har xil ko'rinishdagi axborotlarni tezlik
bilan   ishlab   berishni   ta`minlovchi   universal   avtomatik   qurilmani   tushunish
mumkin.
                    Hozirda hilma-hil zamonaviy kompyuterlar  insonga holis hizmat  qilmoqda.
Ularning   tashqi   ko'rinishi   ham   turlicha.   Lekin   ularni   tashkil   etuvchi   qurilmalar,
(ya`ni   apparatli   ta`minoti)   bilan   yaqindan   tanishsak,   turli   turkumdagi
mashinalardagi qurilmalarda o'xshashlik borligini ko'ramiz. Har qanday kompyuter
apparatli   ta`minoti,   asosiy   va   qo'shimcha   qurilmalardan   tashkil   topgan.   Asosiy
qurilmalar   kompyuter   ishlashini   ta`minlasa,   qo'shimcha   qurilmalar   kompyuter
bilan ishlash imkoniyatini kengaytiradi.
2. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari
Asosiy   qurilmalarga   sistema   bloki,   monitor   va   klaviatura   kiradi.   Qo'shimcha
qurilmalarga   "sichqoncha"   manipulyatori,   printer,   plotter,   skaner,   nurli   pero   va
boshqalar misol bo'ladi.
Sistema   blokini   asosiy   xotira,   protsessor   va   elektron   sxema   tashkil   etadi.   Asosiy
xotira o'z navbatida tezkor xotira qurilmasi  (TXQ) va doimiy xotira qurilmasidan
(DXQ)   iborat.   Tezkor   xotira   qurilmasida   kompyuterga   kiritiladigan   va   uning   ish
jarayoni   davomida   hosil   bo'luvchi   barcha   axborotlar   va   ma`lumotlarni   ishlash
uchun   zarur   bo'ladigan   dasturlar   vaqtincha   saqlanadi.   Chunki,   tezkor   xotira
qurilmasida saqlanib turgan ma`lumotlar kompyuterlar elektr manba`dan uzilganda
yoki qayta yuklangan vaqtda o'chib ketadi.
                    Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan.
Registr   -   ma`lumotlarni   ikkilik   shaklida   vaqtinchalik   saqlab   turish   uchun
mo'ljallangan   qurilma.   Har   bir   registr   o'z   navbatida   triggerlardan   tashkil   topadi.
Trigger   mitti   kondensator   bo'lib,   u   elektr   toki   bilan   zaryadlangan   holda   -   "1",
zaryadlanmagan   holatda   "0"   ni   ifodalaydi.   Registrdagi   triggerlarning   miqdori
kompyuterning   necha   razryadli   ekanini   belgilaydi.
Registrlar   uyachalar   (yacheykalar)   deb   ham   yuritiladi.   Uyachalarning   har   bir
razryadida bir bit axborot joylashadi, ya`ni 0 yoki 1. 8 bit axborot birlashganda 1
bayt   miqdordagi   axborotni   hosil   qiladi.   Har   bir   bayt   o'z   tartib   raqamiga,
2 ya`ni   adresiga   ega   bo'ladi.   Uyachaning   sig'imi   mashina   so'zi   uzunligini   belgilab
beradi. Mashina so'zining uzunligi baytlarda o'lchanadi. Mashina so'zining uzunligi
2, 4, 8 baytga teng bo'lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to'rt yoki
sakkiz   bayt   birlashib   bitta   mashina   so'zini   tashkil   etishi   mumkin   ekan.   Har   bir
xotira   uyachasi   ham   o'z   adresiga   ega,   u   esa   shu   uyachadagi   boshlang'ich   bayt
adresi   bilan   ifodalanadi.   Tezkor   xotira   qurilmasining   boshqacha   nomi   -   RAM
(Random Access Memory - tanlov bo'yicha istagan qismiga o'tish mumkin bo'lgan
xotira),   chunki   undagi   bor,   istagan   adresli   uyachaga   to'g'ridan-to'g'ri   o'tish
imkoniyati mavjud.
                     Tezkor xotira qurilmasining bir qismida kompyuter ekranidagi joriy tasvirga
mos   keluvchi   ma`lumotlar   saqlanadi,   uni   shartli   ravishda   videoxotira   deb
yuritiladi.  Agar   tezkor   xotirani  IBM   PC  rusumidagi  kompyuterlar  uchun  olsak,  u
quyidagicha   taqsimlanadi:   dastlabki   640   Kbayti   foydalanuvchi   dasturlari   va
ma`lumotlar uchun, 1 Mbaytgacha bo'lgan qismi sistemali foydalanish uchun.
                    Doimiy   xotira   qurilmasida   kompyuter   ishlagan   paytda   yozilgan   axborot
o'zgarmasdan doim saqlanadi. Unda odatda, kompyuterning har yoqilishida
uning   barcha   asosiy   qurilmalarining   sozligini   tekshiruvchi   dasturlar,
diskyurituvchi,   monitor,   klaviatura   qurilmalarining   ishini   boshqaruvchi   dasturlar,
operatsion   sistema   diskning   qaysi   joyida   joylashganligi   haqidagi   axborotlar
joylashgan bo'ladi.
                    Protsessor   -   kompyuterning   asosiy   qurilmasi.   Protsessor   arifmetik   va
mantiqiy   amallar   bajaradi,   xotira   bilan   bog'lanadi   va   barcha   mahalliy
qurilmalarning   ishini   boshqaradi.   Protsessorning   asosiy   ishi   tezkor   xotira
qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi  buyruqni o'qish va bajarish, natijani
yozib   qo'yish   hamda   keyingi   bajariladigan   buyruqni   aniqlashdan   iborat
takrorlanuvchi jarayon.
  Dastur   -   kompyuter   bajarishi   lozim   bo'lgan   buyruq   va   ko'rsatmalarining   izchil
ketma-ketligi.   Bundan   tashqari   protsessor   dastur   mazmunidagi   boshqarishni
amalga   oshirish,   ma`lumotlarni   zarur   joydan   o'qish,   lozim   joyga   yozish,   kerak
joyga   uzatish   boshqa   qurilmalarning   izlanishini   muvofiqlashtirish   vazifasini   ham
bajaradi.
^   Demak,   protsessor   berilgan   dastur   va   zarur   malumotlar   asosida   odam
aralashuvisiz kompyuterning avtomatik ishlashini ta`minlovchi qurilma ekan.
                    Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini mikroprotsessor, ya`ni o'ta
katta   integral   sxemalar   bajarmoqda,   u   10   mm   kvadratdan   ham   kichik   yuzada
joylashgan   yagona   yarim   o'tkazgichli   kristalda   (kremniy   yoki   germaniy)
joylashgan   millionlab   mitti   tranzistorlardan   tashkil   topadi.   Misol   sifatida
ko'radigan   bo'lsak,   Intel   Pentium   Pro   mikroprotsessori   o'z   ichida   5,5   milliondan
ortiq tranzistorlarni saqlaydi.
3                     Protsessorning   ish   unumdorligi   uning   tezligi   (taktli   chastota)   va   razryadlar
soni   bilan   belgilanadi   Tezlik   protsessorni   1   sekundda   bajargan   amallar   miqdori
bilan   belgilanadi   va   Gs   bilan   ifodalanadi.   Masalan,   i8086   protsessori   10   MGs
(sekundiga   10   million   amal)   tezlikka   ega   bo'lsa   Pentium   protsessori   uchun   bu
ko'rsatkich   850   MGsga   teng.   Protsessorning   razryadlari   soni   uning   bir   vaqtning
o'zida baravariga ishlash mumkin bo'lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi
kunda 8, 16, 32, 64, 128 razryadli prssessorlar keng qo'llanmoqda. Protsessorning
tezligini   oshirish   uchun   hozirgi   vaqtda   kesh-xotira,   turli   matematik
hamprotsessorlar kabi vositalardan foydalanish yo'lga qo'yilgan.
                    Komppyuter  qurilmalari  orasidagi  axborot  almashinuvi  sistema  magistrali  -
shinalar   (elektr   simlarining   bog'lamlari)   ko'magida   amalga   oshiriladi.   Shinadagi
simlar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishi
uchun   uch   xil   shina   xizmat   ko'rsatadi:   berilganlar   (berilgan   malumotlar)   shinasi,
adreslar   shinasi,   boshqarish   shinasi.   Bog'lamdagi   simlarning   miqdori,   shinaning
razryadlari sonini belgilaydi. Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu
protsessor   16   razryadli   berilganlar   shinasi   va   32   razryadli   adreslar   shinasiga   ega
ekanligini,   ya`ni   bir   vaqtning   o'zida   16   bit   axborot   va   2^32=   4   Gbayt   hajmdagi
adreslar   (adreslar   sohasi)   bilan   ishlash   imkoniyatini   mavjudligini   bildiradi.
Protsessor   va   asosiy   xotira   kompyuterning   sistema   bloki   ichidagi   asosiy   platada
joylashadi. Unga diskyurituvchi, printer kabi qo'shimcha qurilmalarni ulash uchun
kontrollerlardan,   ya`ni   maxsus   platalardan   foydalaniladi.   Ular   ona   platadagi
maxsus   qirqimlarga   joylanadi,   portlar   deb   yuritiluvchi   ikkinchi   uchlariga
qo'shimcha qurilmalar bevosita ulanadilar.
              Ma`lumotlarni   kiritish   -   chiqarish   qurilmalari.   Kompyuterga   turli   shakldagi
axborotlarni   kiritish   yoki   chiqarish   uchun   xizmat   qiluvchi   qurilmalarni
ma`lumotlarni   kiritish   -   chiqarish   qurilmalari   (MKCHQ)   deb   yuritiladi.   Ularni
ba`zida maxalliy qurilmalar deb xam ataydilar.
Eng   asosiy   ma`lumotlarni   kiritish   -   chiqarish   qurilmalari,
safiga   monitor   (displey),   klaviatura   va   diskyurituvchi   qurilmalari kiradi.
                    Kompyuterga   turli   shakldagi   axborotlar   kiritishning   yo'llaridan   biri
klaviaturada   joylashgan   tugmalar   ko'magida   amalga   oshiriladi.   Aniq   bir   tugmani
yoki   tugmalar   birikmasini   bosilishiga   aynan   mos   ikkilik   kodni   kiritilishiga   olib
keladi, Buning boisi shifrlovchi deb yuritiladigan - mikrosxema ma`lum bir tugma
bosilishida hosil bo'ladigan signalni ikkilik kodga aylantirib beradi.
  Monitor   kompyuterning   ish   jarayonida   vujudga   keladigan   axborotlarning   zarur
qismini   ekranda   yoritib   berishni   ta`minlaydi.   Monitor   matn   yoki   grafik   rejimda
ishlaydi.   Matn   rejimida   ekran   belgi   o'rinlari   deb   yuritiluvchi   alohida   qismlarga
bo'linadi.   Grafik   rejimda   ekran   piksel   deb   ataluvchi   nuqtalar   to'plamidan   tashkil
topadi.   Ikkala   rejimda   ham   belgi   yoki   pikselning   ranglari,   fonning   rangi,
4 ravshanligi   va   boshqa   parametrlar   xaqidagi   ma`lumotlar   videoxotirada   saqlanadi.
Monitordagi   piksellarning   umumiy   miqdori   monitorning   imkon   darajasi,   deb
ataladi.
                    Hozirgi davrda keng tarqalgan monitorlarni tavsiflovchi jadvalni keltiramiz.
Bu erda belgi o'rinlarining miqdori ekrandagi satr va ustunlardagi belgi o'rinlarning
miqdorlari   ko'paytmasi   hamda   piksellar   soni   gorizontal   va   vertikal   bo'yicha
piksellar sonining ko'paytmasi shaklida berilgan
ASOSIY QISIM
I.   Kompyuterning   asosiy     qurilmalari   nimalardan   iborat:
Monitor, sestemali blok, klaviatura, sichqoncha.
1.1   SESTEMALI   BLOK:   tarkibida   asosiy   plata,   protssor,   qattiq   disk,   operativ
xotira protsessor sovutish tizimi, video karta kabi qurilmalarni o’z ichiga oladi.
ASOSIY   PLATA:   yaxlit   asosga   yig’ilgan   elktron   sxemalardan   iborat.   Unga
protsessor xotira va boshqa qurilmalar ulanadi. 
PROTSESSOR:   kompyuterning   tarkibiy   qurilmasi   hisoblanib   boshqa   barcha
qurilmalar   ishini   boshqaradi.Protsessor   asosan   kompyuterda   bo’ladigan
jarayonlarni   amalga   oshirish   va   boshqarishvazifalarini   bajaradi.Asosiy   o’lchov
birligi   chastota   hisoblanadi.Protsessor   chastotasi   uning   malum   vaqat   ichida
nechta bajarishini ifodalaydi.
QATTIQ DISK: malumotlarni saqlovchi xotira qurilmasi.
5   OPERATIV   XOTIRA:
malumotlarni   vaqtincha   kompyuter   ishlashi   davomida   saqlaydi,   operativ   xotira
joylashadigan joy shina deb ataladi. Bu xotira turi vaqtinchalik axborotni  o’zida
saqlaydi.dastur yuklangandan dastlab operativ xotiraga yuklanadi  va shu yerdan
ishga   tushiriladi.Operativ   xotiraning   hajmi   qancha   katta   bo’lsa   bir   vaqtning   bir
qancha   dasturlarni   yuklab   ishlatish   mumkin.Masalan:   musiqa   tinglab   o’yin
o’ynash   kabi 1.2   MONITOR:   (lotincha
so’z   bo’lib-   eslatuvchi,   -xabar   beruvchi   degan     ma’nolarni   anglatadi)
kompyuterdagi matn, grafik, va boshqa turdagi malumotlarni ekranda aks ettirish
qurilmasi hisoblanadi. 
Monitorning   bir   nechta   turlari   mavjud:   ELEKTRON   NURLI   TRUBKALI,
PLAZMALI PANELLAR, SUYUQ KRISTALLI kabilar kiradi.
6   1.3   KLAVIATURA:
tugmachalar   qurulmasi   hisoblanib   bosma   mashinkadagi   kabi   tugmachalardan
iborat bo’lib malumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish qurilmasi hisoblanadi.
  1.4
SICHQONCHA:   kompyuterning   asosiy   qurilmalaridan   hisoblanib   uning
yordamida   barcha   turdagi   ishlar   oson   hal   qilinadi,   uning   o’rnini   hech   qanday
sensorli  panellar bosa olmaydi sichqoncha yordamida monitordagi kursorni  juda
qulay   tarzda   boshqaramiz   uning   chap   va   o’ng   qismidagi   tugmachalari
malumotlarni  saqlashda  kompyuterdagi   ilovalarni  topishda   juda  ham  qo’l  keladi
ustki   qismidagi   rolik   yordamida   ekrandagi   tasvirlarni   bir   necha   marotaba
kattalashtirish, kichiklashtirish imkoniyatlariga ega bo’lamiz.
II.Kompyuterning qo’shimchga qurilmalari haqida malumot:
7   lardan:
PRINTER-malumotlarni   chop   etish   qurilmasi   yani   kompyuterdagi   kerakli
malumotlarimizni   uning   yordamida   qog’ozga   chop   etamiz.
8 DISK   YUTITGICH   (diskavod)-CD(compact-disk)   va   DVD(digital   video   disk)   bu
qurilma   yordamida   diskdagi   malumotlarni   ko’rish,   o’qish,   ko’chirish
imoniyatlariga ega bo’lamiz.  
SKANER-qog’ozdagi   tasvirlarni,   matnlarni   kompyuter   xotirasiga     rasm
ko’rinishida kirituvchi qurilma hisoblanadi uning imkoniyatlari tufayli tasvirlarni
nusxalab   ularga   ishlov   berib   chop   etishimiz   mumkin.
9 KALONKALAR   -kompyuterdagi   ovozli   malumotlarni   audio   fayllar,   musiqalar,
video   tasvirlar   shu   kabi   malumotlarni   eshittirish   foydalaniladi.
  VEB   KAMERA-   bu   kichik
o’lchamli   raqamli   video   kamera   tasvirlarni   real   vaqtda   yozib   olish,   video
muloqotlarni amalga oshirishda yordam beradi.
10   MIKRAFON-ovozli   malumotlarni   kompyuter
xotirasiga kiritadi.
  UPS-uzluksiz   quvvat
manbai   hisoblanadi   kompyuterda   elektr   kuchlanish   yo’qolganda   uni   elektr
energiyasi bilan taminlaydi.
11   INTERAKTIV   DOSKA-oq   magnit
marker paneli shaklida katta interaktiv ekran hisoblanadi u proyektor va sensorli
panelni birlashtirgan qurilma sifatida taqdim etiladi.
Kompyuter qo’shimcha qurilmalarsiz ham ishlay oladi lekin ularsiz malumotlarni
chop   etish,   ularni   kompyuter   xotirasiga   saqlash,   tasvirlarni   matn   malumotlarni
uning   xotirasiga   kiritish   kabi   bir   qancha   kerakli   jarayonlani   amalga   oshirib
bo’lmaydi.
Shuning   uchun   kompyuterning   asosiy   va   qo’shimcha   qurilmalari   uzviy   bog’liq
hisoblanadi.
2.1 Kompyuterning qo’shimcha qurilmalarini ulash
Kompyuterning qo’shimcha qurilmalarini sestemali bokdagi USB
Portlariga yoki HDML portlariga ham ulash mumkin.
Hozirgi   kundagi   yangi   avlod   kompyuterlarining   bir   qancha   qulay   tomonlari
mavjud   ulardan   kompyuterning   qo’shimcha   qurilmalarini   bog’lovchi   ilovalar
yordamida   yani   blutooh,   yoki   wf   ilovalari   bilan   ham   ulash   ular   yordamida
kompyuterning   qo’shimcha   qurilmalariga   buyruqlar   berish   mumkin.   Bu   ilovalar
orqali bir nechta kompyuterlarni masofadan turib boshqarishimiz mumkin.
3. KOMPYUTERNING asosiy va qo’shimcha qurilmalarining xaraktristikasi  yani
bajaradigan amallari:
Monitor-kompyuterning   ish   jarayonida   vujudga   keladigan   axborotlarning   zarur
qismini ekranda yoritib berishni taminlaydi.
Klaviatura-5 guruhga bo’linadi: 
1.Boshqaruvchi   klavishlar-(ESC,   CTRL,   PUSK,   ALT,   PRINT   SCRIN,   SCROLL
LOSC, PASE BREAK)   
2.Funksional klavishlar-(F1,F2,F3,F4,F5,F6,F7,F8,F9,F10,F11,F12)
3.Raqamli   klavishlar-(Num   losc   tugmasi   orqali   yoqib   o’chiriladi   uning   tarkibiga
raqamlar kalkulyator amallari kiradi)
4.Kirituvchi klavishlar-klaviaturadagi alfavit va sonlar belgilar
5.O’tkazuvchi   klavishlar-o’nga   chapga   yuqoriga   pastga   o’tkazuvchi   tugmalar
insert, home, page up, delete, end, pg down, shular tarkibida.
12 Sichqoncha-sichqonchaning chap tugmasi asosiy hisoblanadi
Uning   vazifalari:   obektlarni   tanlash   va   ularni   bosish   tahrir   qilingan   obektdagi
kursorning o’rnini tanlash, obektni siljitish
Sichqonchaning o’ng tugmasi yordamchi hisoblanadi-
Agar   biz   sichqonchaning   o’ng     tugmasini   bossak   unda   ekranda   qoida   tariqasida
contest   menyusi   tanlangan   obekt   bilan   bajarilishi   mumkin   bo’lgan   harakatlar
ro’yhati ko’rsatiladi.
Rolik- sichqonchaning chap va o’ng tugmalari o’rtasida joylashgan bo’lib odatda
rolik vertical o’tish uchun ishlatiladi masalan:o’qish paytida matnni siljitish. 
 
13 Xulosa:
Hozirgi   zamonaviy   hayotimizda   texnalogiyalar   juda   muhim   o’rin
tutadi.Shulardan biri zamonaviy kompyuterlar ular deyarli barcha jabhalarda
bizga   yordamchi   bo’lib   ulgurishgan   kundalik   turmushda   ham   ishda   ham
ularning   xizmatlari   juda   katta   zamonaviy   kompyuterlarda   asosiy   va
qo’shimcha qurilmalar mavjud har bir qurilmaning o’z o’rni o’z vazifasi bor
buni   yuqorida   qisqacha   tushuntirishga   harakat   qildim   bu   albatta   asosiy   va
qo’shimcha   qurilmalarga   nisbatan   kichikroq   tushuncha   lekin   har   birimiz
foydalanadigan   qurilmamizning  nima   vazifani   bajarishini   albatta   bilishimiz
zarur   bu   bizga   ancha   foydali   va   xavsiz   man   bu   mavzuda   kompyuterning
asosiy   va   qo’shimcha   qurilmalariga   oida   juda   kerakli   malumotlarga   ega
bo’ldim.
A dabiyotlar
1.Mingbayev   N.S.,   Jumanov   I.I.   Informatika.   -   Samarqand:   SamDU   nashri,
2002, 107 bet.
2.Mingbayev   N.S.,   Jumanov   I.I.   Kompyuter   texnologiyalari   -   Samarqand:
SamDU nashri, 2004, 152 bet.
3.Jumanov   I.I.,   Mingboyev   N.S.   Axborot   texnologiyalari   (1-qism:   axborot
texnologiyalarining   qurilmaviy   va   dasturiy   ta’minoti),     Samarqand,:   SamDU
nashri, 2005, 148 bet.
4 .   Jumanov   I.I.,   Mingboyev   N.S.   Axborot   texnologiyalari   (2-qism:   axborot
texnologiyalarining informasion ta’minoti) . -  Samarqand: SamDU, 2005, 70 bet.
5 .   G’ulomov   S.S.,   va   boshqalar.   Axborot   tizimlari   va   texnologiyalari:   Oliy
o’quv yurti talabalari uchun darslik / Akademik S.S. G’ulomovning umumiy tahriri
ostida -T.: «Sharq», 2000. 529 b.
14

Mavzu: K ompyuterning asosiy va qo shimcha qurilmalari. Asosiy vaʻ qo shimcha qurilmalarning asosiy xususiyatlari, turlari va vazifalar ʻ i. Reja: I. Kompyuterning asosiy qurilmalari nimalardan iborat II. Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari haqida malumot III. Kompyuter foydalanuvchisiga asosiy va qo’shimcha qurilmalarning qulayliklari IV. Kirish V. Asosiy qisim VI. Xulosa VII. Ilovalar (mavzuga oid krossvord yoki test) . VIII. Foydalanilgan adabiyotlar. 1

Kirish: Birinchi shaxsiy kompyuter 1973 yilda Fransiyada Nruohg Trohg Ti tomonidan yaratilgan. Dastlab yaratilgan maskur shaxsiy kompyuter elektron o'yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977 yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi "Apple Computer" firmasi tomonidan mukammallashtirilib, dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, ommaviy ravishda chiqarila boshladi. Shundan beri kompyuter hayotimizga mustaxkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi. Kompyuter, deganda turli hajmdagi, har xil ko'rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta`minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin. Hozirda hilma-hil zamonaviy kompyuterlar insonga holis hizmat qilmoqda. Ularning tashqi ko'rinishi ham turlicha. Lekin ularni tashkil etuvchi qurilmalar, (ya`ni apparatli ta`minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda o'xshashlik borligini ko'ramiz. Har qanday kompyuter apparatli ta`minoti, asosiy va qo'shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta`minlasa, qo'shimcha qurilmalar kompyuter bilan ishlash imkoniyatini kengaytiradi. 2. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari Asosiy qurilmalarga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo'shimcha qurilmalarga "sichqoncha" manipulyatori, printer, plotter, skaner, nurli pero va boshqalar misol bo'ladi. Sistema blokini asosiy xotira, protsessor va elektron sxema tashkil etadi. Asosiy xotira o'z navbatida tezkor xotira qurilmasi (TXQ) va doimiy xotira qurilmasidan (DXQ) iborat. Tezkor xotira qurilmasida kompyuterga kiritiladigan va uning ish jarayoni davomida hosil bo'luvchi barcha axborotlar va ma`lumotlarni ishlash uchun zarur bo'ladigan dasturlar vaqtincha saqlanadi. Chunki, tezkor xotira qurilmasida saqlanib turgan ma`lumotlar kompyuterlar elektr manba`dan uzilganda yoki qayta yuklangan vaqtda o'chib ketadi. Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr - ma`lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo'ljallangan qurilma. Har bir registr o'z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti kondensator bo'lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda - "1", zaryadlanmagan holatda "0" ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi, ya`ni 0 yoki 1. 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o'z tartib raqamiga, 2

ya`ni adresiga ega bo'ladi. Uyachaning sig'imi mashina so'zi uzunligini belgilab beradi. Mashina so'zining uzunligi baytlarda o'lchanadi. Mashina so'zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng bo'lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to'rt yoki sakkiz bayt birlashib bitta mashina so'zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o'z adresiga ega, u esa shu uyachadagi boshlang'ich bayt adresi bilan ifodalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi - RAM (Random Access Memory - tanlov bo'yicha istagan qismiga o'tish mumkin bo'lgan xotira), chunki undagi bor, istagan adresli uyachaga to'g'ridan-to'g'ri o'tish imkoniyati mavjud. Tezkor xotira qurilmasining bir qismida kompyuter ekranidagi joriy tasvirga mos keluvchi ma`lumotlar saqlanadi, uni shartli ravishda videoxotira deb yuritiladi. Agar tezkor xotirani IBM PC rusumidagi kompyuterlar uchun olsak, u quyidagicha taqsimlanadi: dastlabki 640 Kbayti foydalanuvchi dasturlari va ma`lumotlar uchun, 1 Mbaytgacha bo'lgan qismi sistemali foydalanish uchun. Doimiy xotira qurilmasida kompyuter ishlagan paytda yozilgan axborot o'zgarmasdan doim saqlanadi. Unda odatda, kompyuterning har yoqilishida uning barcha asosiy qurilmalarining sozligini tekshiruvchi dasturlar, diskyurituvchi, monitor, klaviatura qurilmalarining ishini boshqaruvchi dasturlar, operatsion sistema diskning qaysi joyida joylashganligi haqidagi axborotlar joylashgan bo'ladi. Protsessor - kompyuterning asosiy qurilmasi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bog'lanadi va barcha mahalliy qurilmalarning ishini boshqaradi. Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni o'qish va bajarish, natijani yozib qo'yish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayon. Dastur - kompyuter bajarishi lozim bo'lgan buyruq va ko'rsatmalarining izchil ketma-ketligi. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqarishni amalga oshirish, ma`lumotlarni zarur joydan o'qish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish boshqa qurilmalarning izlanishini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi. ^ Demak, protsessor berilgan dastur va zarur malumotlar asosida odam aralashuvisiz kompyuterning avtomatik ishlashini ta`minlovchi qurilma ekan. Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini mikroprotsessor, ya`ni o'ta katta integral sxemalar bajarmoqda, u 10 mm kvadratdan ham kichik yuzada joylashgan yagona yarim o'tkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topadi. Misol sifatida ko'radigan bo'lsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori o'z ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi. 3

Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va razryadlar soni bilan belgilanadi Tezlik protsessorni 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan belgilanadi va Gs bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 million amal) tezlikka ega bo'lsa Pentium protsessori uchun bu ko'rsatkich 850 MGsga teng. Protsessorning razryadlari soni uning bir vaqtning o'zida baravariga ishlash mumkin bo'lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64, 128 razryadli prssessorlar keng qo'llanmoqda. Protsessorning tezligini oshirish uchun hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik hamprotsessorlar kabi vositalardan foydalanish yo'lga qo'yilgan. Komppyuter qurilmalari orasidagi axborot almashinuvi sistema magistrali - shinalar (elektr simlarining bog'lamlari) ko'magida amalga oshiriladi. Shinadagi simlar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishi uchun uch xil shina xizmat ko'rsatadi: berilganlar (berilgan malumotlar) shinasi, adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Bog'lamdagi simlarning miqdori, shinaning razryadlari sonini belgilaydi. Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, ya`ni bir vaqtning o'zida 16 bit axborot va 2^32= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyatini mavjudligini bildiradi. Protsessor va asosiy xotira kompyuterning sistema bloki ichidagi asosiy platada joylashadi. Unga diskyurituvchi, printer kabi qo'shimcha qurilmalarni ulash uchun kontrollerlardan, ya`ni maxsus platalardan foydalaniladi. Ular ona platadagi maxsus qirqimlarga joylanadi, portlar deb yuritiluvchi ikkinchi uchlariga qo'shimcha qurilmalar bevosita ulanadilar. Ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari. Kompyuterga turli shakldagi axborotlarni kiritish yoki chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilmalarni ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari (MKCHQ) deb yuritiladi. Ularni ba`zida maxalliy qurilmalar deb xam ataydilar. Eng asosiy ma`lumotlarni kiritish - chiqarish qurilmalari, safiga monitor (displey), klaviatura va diskyurituvchi qurilmalari kiradi. Kompyuterga turli shakldagi axborotlar kiritishning yo'llaridan biri klaviaturada joylashgan tugmalar ko'magida amalga oshiriladi. Aniq bir tugmani yoki tugmalar birikmasini bosilishiga aynan mos ikkilik kodni kiritilishiga olib keladi, Buning boisi shifrlovchi deb yuritiladigan - mikrosxema ma`lum bir tugma bosilishida hosil bo'ladigan signalni ikkilik kodga aylantirib beradi. Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur qismini ekranda yoritib berishni ta`minlaydi. Monitor matn yoki grafik rejimda ishlaydi. Matn rejimida ekran belgi o'rinlari deb yuritiluvchi alohida qismlarga bo'linadi. Grafik rejimda ekran piksel deb ataluvchi nuqtalar to'plamidan tashkil topadi. Ikkala rejimda ham belgi yoki pikselning ranglari, fonning rangi, 4

ravshanligi va boshqa parametrlar xaqidagi ma`lumotlar videoxotirada saqlanadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori monitorning imkon darajasi, deb ataladi. Hozirgi davrda keng tarqalgan monitorlarni tavsiflovchi jadvalni keltiramiz. Bu erda belgi o'rinlarining miqdori ekrandagi satr va ustunlardagi belgi o'rinlarning miqdorlari ko'paytmasi hamda piksellar soni gorizontal va vertikal bo'yicha piksellar sonining ko'paytmasi shaklida berilgan ASOSIY QISIM I. Kompyuterning asosiy qurilmalari nimalardan iborat: Monitor, sestemali blok, klaviatura, sichqoncha. 1.1 SESTEMALI BLOK: tarkibida asosiy plata, protssor, qattiq disk, operativ xotira protsessor sovutish tizimi, video karta kabi qurilmalarni o’z ichiga oladi. ASOSIY PLATA: yaxlit asosga yig’ilgan elktron sxemalardan iborat. Unga protsessor xotira va boshqa qurilmalar ulanadi. PROTSESSOR: kompyuterning tarkibiy qurilmasi hisoblanib boshqa barcha qurilmalar ishini boshqaradi.Protsessor asosan kompyuterda bo’ladigan jarayonlarni amalga oshirish va boshqarishvazifalarini bajaradi.Asosiy o’lchov birligi chastota hisoblanadi.Protsessor chastotasi uning malum vaqat ichida nechta bajarishini ifodalaydi. QATTIQ DISK: malumotlarni saqlovchi xotira qurilmasi. 5