logo

KORREKSION (MAXSUS) PEDAGOGIKA

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

70.11328125 KB
MAVZU:  KORREKSION (MAXSUS) PEDAGOGIKA
REJA:
1. Korreksion pedagogika va uning maq`sad va vazifalari 
2. Korreksion pedagogikaning kategoriyalari
3.  Korreksion-pedagogikaning paydo bo`lishi 
4. Turli anomaliysli o`quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlar.
  Korreksion pedagogika va uning maq`sad va vazifalari.   Rivojlanishida turli
nuqson (kamchilik)lar  bo`lgan o`quvchilarni  korreksion o`qitish va tarbiyalash
bilan   korreksion   pedagogika   (defektologiya)   shug`ullanadi.   Korreksion
(   maxsus    )      pedagogika        (   defektologiya        -   yunoncha   defectus   –   nuqson ,   kamchilik ,
logos   –   fan ,   ta ’ limot )   –   rivojlanishda   jismoniy   yoki   psixik   kamchilikka   ega ,
maxsus ,   individual   tarbiyalash   va   o ` qitish   metodlariga   asoslangan ,   salomatlik
imkoniyatlari   cheklangan   bolaning   individualligi   hamda   shaxsini   rivojlantirish
jarayonini   boshqarish   mohiyati ,  qonuniyatlarini   o ` rganuvchi   fan   sanaladi .
Korreksion pedagogika (defektologiya ) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi: 
Pedagogik   lug ` atda   « korreksiya    »     tushunchasi   ( yunoncha   « correctiio »   -   tuzatish )
pedagogik   uslub   va   tadbirlardan   iborat   maxsus   tizimi   yordamida   anomal
bolalarning   psixik   va   jismoniy   rivojlanish   kamchiliklarini   tuzatish   ( qisman   yoki
to ` liq )  sifatida   tushunilishi   ta ’ kidlab   o ` tiladi . 
Ana   shu   lug ` atda   « korreksion   pedagogika » ning   jismoniy   yoki   psixik   kamchilikka
ega ,   maxsus ,   individual   tarbiyalash   va   o ` qitish   metodlariga   muhtoj   bo ` lgan ,
sog ` lig ` i   imkoniyatlari   cheklangan   bolaning   individualligi   va   shaxsini   rivojlantirishKorrеktsion pеdagogika (dеfеktologiya )
Surdopеdagogika - eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o`qitish va tarbiyalashni 
o`rganadi
Tiflopеdagogika - ko`rish qobiliyati buzilgan bolalarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni 
o`rganadi
Oligofrеnopеdagogika - aqli zaif bolalarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o`rganadi
Logopеdiya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi - nutqida nuqsonlar bo`lgan bolalarni o`qitish, 
tarbiyalash va rivojlantirishni o`rganadi
Motorli-harakatlanish apparatining murakkab nuqsonlar (ko`r, soqov va karlik)ni o`rganuvchi 
maxsus pеdagogika va psixologiya sohalari
  3-40. chizma jarayonini   boshqarish   mohiyati ,   qonuniyatlarini   o ` rganuvchi   fan   ekanligi   qayd
etiladi .
Korreksion        pedagogikaning        asosiy        maqsadi     –  belgilangan  ( normal )  va  ( mavjud  
kamchilik )  faoliyat   o ` rtasidagi   nomuvofiqlikni   yo ` qotish   yoki   kamaytirishdan  
iborat . 
Korreksion    -   pedagogik         faoliyat      yaxlit   ta ’ lim   jarayonini   qamrab   oluvchi   hamda
murakkab   psixofiziologik   va   ijtimoiy - pedagogik   chora - tadbirlarning   amalga
oshirilishini   nazarda   tutuvchi   pedagogik   tizim .
Diagnostika   korreksion ,   korreksion - rivojlantiruvchi ,   korreksion - profilaktik
faoliyatlar   bilan   bir   qatorda   tarbiyaviy   va   korreksion - o ` qitish ,   psixokorreksion
faoliyatni   ham   amalga   oshirilishini   ta ’ minlaydi .   Korreksion - pedagogik   faoliyat
maxsus   ta ’ lim   dasturiga   muvofiq   mutaxassislar   yordamida   anomal   o ` quvchilarni
o ` qitish ,  tarbiyalash   va   rivojlantirishga   yo ` naltirilgan   yaxlit   jarayon . 
Korreksion   pedagogikaning   asosiy   vazifalari .   Turli   kategoriyali   anomal
bolalarni   rivojlantirish ,   o ` qitish   va   tarbiyalashning   umumiy   qonuniyatlari   mavjud .
Korreksion   pedagogikaning   asosi ni   anomal   bolalarni   har   tomonlama ,  fiziologik   va
psixologik   o ` rganish   tashkil   etib ,  uning   vazifalari   sirasiga   quyidagilar   kiradi : 
1) rivojlanishida   turli   kamchiliklar   bo ` lgan   bolaning   nuqsonlarini   tuzatish   va
korreksion - kompensatorli   imkoniyatlarini   aniqlash ;
2) differensatsiyali   o ` qitish   va   tarbiyalashni   amalga   oshirish   maqsadida
anomal   bolalarning   muammolarini   hal   etish ;
3) anomal bolalarni aniqlash va  h isobga olish;
4) rivojlanish anomaliyasini erta  diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan
ishlab chiqish;
5) bolalarda   rivojlanish   nuqsonlarini   tuzatish,   yo`qotish   yoki   kamaytirish
bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
6) anomal bolalikning oldini olish bo`yicha profilaktik chora-tadbirlar tizimini
ishlab chiqish;
7) anomal   bolani   rivojlantirish   va   uni   ijtimoiylashtirish   jarayonining
samaradorligini oshirish. Korreksion   pedagogikaning   kategoriyalari.   Korreksion   pedagogika   quyidagi
pedagogik kategoriyalarga ega:
1.   Anomal   bolalarni   o`qitish   va   rivojlantirish   ularni   ijtimoiy   hayot   va   mehnatga
tayyorlash,   ularda   bilim,   ko`nikma   va   malakalarni   shakllantirishga   yo`naltirilgan
maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda
bolaning yoshi  va nuqsonning kelib chiqishi  vaqti  hisobga olinadi. Eshitish   yoki
ko`rish qobiliyatini yo`qotish vaqti alohida ahamiyatga ega. 
Anomal   bolaning   rivojlanishi   normal   boladan   ko`ra   ko`proq   darajada   o`qitishga
bog`liq.   Shuning   uchun   anomal   bolalar   o`qitilmasa   yoki   o`qitish   kech   boshlansa
uning   rivojlanishiga   jiddiy   zarar   yetkaziladi,   psixik   funksiyalarning   shakllanishi
ortda qoladi, normal  tengdoshlaridan ortda qolishi  darajasi  oshadi, nuqsonlar  o`ta
jiddiy bo`lsa aqliy rivojlanishi imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolishi mumkin.
Maxsus   didaktikaning   markaziy   muammosi   mehnat   ta’limi   va   tarbiyasini   tashkil
etish   masalasi   hisoblanadi.   Maxsus   maktablarda   uni   tashkil   etish   alohida
ahamiyatga   ega.   Binobarin,   ushbu   jarayonda   o`quvchilar   ijtimoiy   hayot,
shuningdek,   imkoniyat   darajasida   kasbiy   faoliyatga   tayyorlash   buzilgan
funksiyalarini   tiklash,   shuningdek,   aqliy   va   jismoniy   rivojlanish   nuqsonlarining
darajasini pasaytirishga yordam beradi. 
2.   Anomal   bolalarni   tarbiyalash   -   korreksion   pedagogikaning   asosiy   tushunchasi
bo`lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan
metod   hamda   vositalar   yordamida   anomal   bolalarni   faol   ijtimoiy   hayot   va
mehnatga  tayyorlash,  ularda  fuqarolik sifatlarini  shakllantirishdan   iborat.  Anomal
bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi o`rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarini
qo`llab-quvvatlash,   bir-biriga   yordam   ko`rsatish,   talabchanlik   hamda   oqilona
mehribonlik asosida amalga oshiriladi.
Tarbiyaviy   ishlar   anomal   bolalarning   individual   va   yosh   xususiyatlarini   inobatga
olish   asosida   ularda   mustaqillik,   o`ziga   xizmat   ko`rsatish,   mehnat   ko`nikmalari,
xulq madaniyati, shuningdek, ijtimoiy muhitda yashash  va ishlash  ko`nikmalarini
shakllantirishga   yo`naltiriladi.   Anomal   bolani   tarbiyalash   atrofdagilarning   uning
psixik   yoki   jismoniy   kamchiliklariga   ehtiyotkorlik   bilan   munosabatda   bo`lishni talab   etadi.   Bunday   bolalarda   optimizm   va   ishonchni   tarbiyalash,   qobiliyatini
shakllantirish   yoki   uning   o`rnini   bosuvchi   imkoniyatni   rivojlantirish,   ijobiy
sifatlarini   tarbiyalash   hamda   harakatlari   va   xulqini   tanqidiy   baholash   qobiliyatini
rivojlantirish juda muhim. 
3.   Korreksiya   (yunoncha   tuzatish)   bolaning   psixik   va   jismoniy   rivojlanishidagi
nuqsonlarni tuzatish, yo`qotish va pasaytirishni nazarda tutadi.
4.   Korreksion-tarbiyaviy   ishlar   kategoriya   sifatida   shaxsning   anomal   rivojlanishi
xususiyatlariga ko`ra umumiy pedagogik ta’sir ko`rsatish chora-tadbirlari tizimidan
iborat.   Korreksion–tarbiyaviy   masalalarida   sinf   va   sinfdan   tashqari   ishlarning
barcha   tur   va   shakllaridan   foydalaniladi.     Korreksion   –tarbiyaviy   ishlar   anomal
bolalarni   o`qitish   jarayonida   amalga   oshiriladi   va   mehnat   tarbiyasini   samarali
tashkil   etish   uchun   katta   imkoniyatlar   yaratadi.   Mehnat   ta’limi   jarayonida   faqat
kasbiy   malakalari   emas,   balki   o`z   ishlarini   rejalashtirish   ko`nikmalari,   og`zaki
ko`rsatmalarga amal  qilish malakasi, ishning sifatini tanqidiy baholash va boshqa
malakalari   tarbiyalanadi.   Kamchiliklarini   tuzatish   yordamida   anomal   bolalarning
normal rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun sharoitlar yaratish muhimdir. Bir
qator   hollarda   anomal   bolalar   uchun   davolash-korreksion   tadbirlar   (davolash
jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar
qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo`ladi.
5.   Kompensatsiya        (yunoncha   «compensatio»   –   o`rnini   to`ldirish,   tenglashtirish)
organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o`rnini to`ldirish yoki
qayta   qurishdir.   Kompensatsiya   jarayoni   oliy   nerv   faoliyatining   zahira
imkoniyatlariga tayanadi. 
6.   Ijtimoiy   reabilitatsiya   (yunoncha   «rehabilitas»   –   layoqati,   qobiliyatini   tiklash)
tibbiy-pedagogik   mazmunida   anomal   bolaning   psixofiziologik   imkoniyatlari
darajasida   ijtimoiy   muhitda   ishtirok   etishi   uchun   sharoit   yaratish,   uni   ijtimoiy
hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Bu korreksion pedagogika nazariyasi va
amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi.
Reabilitatsiya nuqsonlarini yo`qotish va yumshatishga yo`naltirilgan maxsus tibbiy
vositalar   hamda   maxsus   ta’lim,   tarbiya   va   kasbiy   tayyorlash   yordamida   amalga oshiriladi.   Reabilitatsiya   jarayonida   kasallik   oqibatida   buzilgan   funksiyalarning
o`rni   to`ldiriladi.   Reabilitatsiya   vazifalari   anomal   bolalarning   turli   kategoriyalari
uchun   maxsus   o`quv     muassasalari   tizimida   hal   etilib,   unda   o`quv   jarayonini
tashkil   etish   xususiyatlari   bolalarning   anomal   rivojlanishi   xususiyatlariga   qarab
belgilanadi.
7.   Ijtimoiy   adaptatsiya   (yunoncha   «adapto»   -   moslashish)   –   anomal   bolalarning
individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari tizimiga mos
kelishini   ta’minlash.   Anomal   bolalar   uchun   ijtimoiy   munosabatlarni   tashkil   etish
qiyin,   sodir   bo`layotgan   o`zgarishlarga   mos   ravishda   javob   qaytarish   qobiliyati
past, shu bois murakkab talablarni bajarishga ularning layoqati yetmaydi. Ijtimoiy
adaptatsiya   bolalarga   ijtimoiy   foydali   mehnatda     faol   ishtirok   etish   uchun
imkoniyat yaratadi. 
8.   Oilaviy        tarbiya      reabilitatsiyani   samarali   tashkil   etish   omili .   Oila   va   maktabning
hamkorlikdagi   harakatlari   anomal   bolani   ijtimoiy   faoliyatga   jalb   etish ,   uning
mehnat   qobiliyatlarini   aniqlash   va   imkoniyat   darajasida   kasb   ko ` nikmalarni
shakllantirishni   ta ’ minlaydi .
Anomal   o`quvchilar   bilan   olib   boriladigan   korreksion   ishlarning   asosiy
yo`nalishlari.   Psixofiziologik   rivojlanishi   va   xulqida   nuqsonlar   bo`lgan   bolalarni
o`qitish,   tarbiyalash   va   rivojlantirish   –   murakkab   ijtimoiy-pedagogik   muammo
hisoblanadi.   Rivojlanishida   nuqsoni   bo`lgan   bolalar   bilan   korreksion     ishlar
quyidagi  yo`nalishlar da  olib boriladi:
1.   Bolalarning   rivojlanishi   va   xulqidagi   nuqsonlar   tabiati   va   mohiyatini   aniqlash,
ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o`rganish.
2.   Rivojlanishi   va   xulqida   nuqsonlar   bo`lgan   bolalar   bilan   korreksion-pedagogik
faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o`rganish.
3.   Bolalarning   rivojlanish   va   xulqidagi   nuqsonlarning   oldini   olishga   xizmat
qiluvchi   ijtimoiy-pedagogik   shart-sharoitlar   va   psixofiziologik   rivojlanishi
etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash. 4.   Rivojlanishida   kamchilik   va   xulqida   nuqsonlar   bo`lgan   bolalarga   korreksion-
pedagogik   ta’sir   ko`rsatish   texnologiyasi,   shakl,     metod   va   vositalarini   ishlab
chiqish.
5.   Ommaviy   umumiy   o`rta   ta’lim   manbalari   sharoitlarida   rivojlanishi   va   xulqida
nuqsonlar bo`lgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil qilish.
6.   Bolalarni   reabilitatsiya   qilish   va   himoyalash   markazlari,   maxsus
muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo`nalishlarini aniqlash.
7.   Anomal   bolalar   bilan   koreksion-pedagogik   faoliyatni   tashkil   etuvchi
o`qituvchilarni tayyorlashda zarur o`quv-metodik bazasi yaratish.
Korreksion-tarbiyaviy   ishlar   anomal   bolalarning   rivojlanishidagi   kamchiliklarni
yo`qotish   yoki   kamaytirishga   qaratilgan   maxsus   pedagogik   chora-tadbirlar
tizimidir.   Korreksion-tarbiyaviy   ishlar   faqat   alohida   nuqsonlarni   tuzatishga
yo`naltirilgan bo`lmay, balki umumiy rivojlantirishga qaratilgan.  
O`quvchilarning   rivojlanishi   va   xulqidagi   nuqsonlarni   tuzatish   bolaning
shakllanayotgan   shaxsini   o`zgartirishga   qaratilgan   yaxlit   pedagogik   hodisa
sanaladi. 
Korreksion-tarbiyaviy   faoliyat   bolaning   idrok   etish   imkoniyatlarini   o`zgartirish,
uning   emotsional-irodaviy,   individual-shaxsiy   sifatlarini   yaxshilash,   qiziqish   va
layoqatlari,   mehnat,   badiiy,   estetik   va   boshqa   qobiliyatlarini   rivojlantirishga
qaratilgan pedagogik xatti-harakat.
Korreksion-rivojlantiruvchi   ta’lim   o`qishda   va   maktabda   anomal   bolalarga   o`z
vaqtida malakali yordam ko`rsatishni ta’minlovchi differensial ta’lim tizimi bo`lib,
uning asosiy vazifasi  bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan
bilimlarni   tizimlashtirish,   uning   rivojlanishi   va   o`qishidagi   kamchiliklarni
yo`qotish, yetarlicha shakllanmagan malaka va ko`nikmalarni shakllantirish hamda
bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish. 
Korreksion-pedagogikaning   paydo   bo`lishi,   tashkil   topishi   va   rivojlanishi.
Rivojlanishida   nuqsonlar   bo`lgan   bolalar   bilan   olib   boriladigan   korreksion-
pedagogik   faoliyat   boy   tarixiy   tajribalarga   ega.   Anomal   (yunoncha   anomalos   - noto`g`ri)   bolalarga   jismoniy   yoki   psixik   nuqsonlari   umumiy   rivojlanishini
buzilishiga olib keladigan bolalar kiradi. 
Ijtimoiy   jamiyat   taraqqiyoti   tarixi   anomal   bolalarga   bo`lgan   munosabatlarning
uzoq vaqt davomida evolyutsion tarzda shakllanib kelganligini ko`rsatadi. 
Uyg`onish   davridan   boshlab   XIX   asrning   o`rtalarigacha   Yevropa   defektologiya
fani   va   amaliyotida   bolaning   aqliy   rivojlanishidagi   nuqsonlar   muammosi
borasidagi qarashlarning evolyutsion xarakterini anglash mumkin. 
Ruhiy   kasallarga   nisbatan   insonparvarlik   yondashuvi   ilk   bor   fransuz   shifokori,
psixiatori   Filipp   Pinel   (1745-1826   yillar)   tomonidan   ilgari   surilgan.   U   ruhiy
kasalliklarni  klassifkatsiyalagan (turlarga ajratgan). 
Rivojlanishida   nuqsonlar   bo`lgan   bolalarga   nisbatan   pedagogik   yondashuv   XVIII
asr oxirlari – XIX asr boshlarida yuzaga keladi. Aqli zaif bolalarni   maxsus usullar
yordamida   o`qitish   va   tarbiyalash   g`oyasi ni   Iogan   Genrix   Pestalotssi   (1746-1827
yillar)   asoslagan   bo`lsada,   biroq,   o`z   davrida   bu   fikr   qo`llab-quvvatlanmadi.
I.G.Pestalotssi   “aqli   zaiflar”   bilan   ishlash   tamoyilining   mohiyatini   asoslab   berdi:
bolaning   imkoni   yetgan   bilimlarni   berish,   didaktik   materiallardan   foydalanishda
aqliy  va   jismoniy   tarbiya   uyg`unligiga   erishish,   ta’limni   ishlab   chiqarish   mehnati
bilan bog`liq holda tashkil etish.
Aqli zaif bolalarni o`qitish va tarbiyalashga nisbatan   tibbiy-pedagogik  yondashuv
asoschisi  fransuz psixiatori Jan Itar (1775-1838 yillar) hisoblanadi. U aqli zaifligi
murakkab   bo`lgan   bolaga   ta’lim   va   tarbiya   berishga   urindi.   Garchi   kutilgan
natijaga   erisha   olmasada,   bunday   toifa   bolalarni   sezgi   va   motorika   organlarini
mashq qildirish yordamida rivojlantirish yo`lini ko`rsatib berdi.
Anotomik-fiziologik yondashuv  rivojiga nemis psixiatri Emil Krepelin (1856-1926
yillar)   katta   hissa   qo`shdi.   U   birinchi   bo`lib   “psixik   rivojlanishdan   ortda   qolish”
(PROq   (ZPR))   hamda   “oligofreniya”   (yunoncha   olygos   –   kam   va   phren-aql)
tushunchalarini qo`lladi. 
Fransuz   psixologi   Alfred   Bine   va   vrach-psixiatr   Tomas   Simon   test   sinovlari
metodini   asoslaydilar.   Shu   bois   ular   intellektual   zaiflikni   o`rganishning
psixometrik yo`nalishi asoschilari hisoblanadilar. Yuqorida   qayd   etilgan   yondashuvlar   asosida   XX   asr   boshiga   kelib   quyidagi   uch
asosiy yondashuv qaror topdi: 
1. Tibbiy-klinik   yondashuv      aqli   zaiflarning   etimologiyasini
bilish,   intellektining   buzilishiga   sabab   bo`lgan   omillar,   shuningdek,   anatomik-
fiziologik  va genetik buzilishni o`rganish g`oyasini ilgari suradi.
2. Psixologik yondashuv     psixikasi buzilgan bolalarning psixik
faoliyati, emotsional holati hamda shaxsini o`rganishga yo`naltirilgan.
3.   Pedagogik   yondashuv   intellekti   buzilgan   bolalarni     o`qitish   hamda
tarbiyalashning pedagogik tamoyillari, metodlari, shuningdek, nuqsonlarni bartaraf
etish yo`llarini o`rganish g`oyasiga tayanadi.
Rossiya   korreksion   pedagogikasi   tarixi   Yevropa   defektologik   fani   bilan   uzviy
bog ` liq . 
Petr   I ,   Yekaterina   II   lar   anomal   bolalar   uchun   davolash   muassasalari ,   mehribonlik
uylari   va   maxsus   maktablarni   barpo   etish   haqida   farmon   chiqarganlar .
XIX   asr   oxiri  -  XX   asr   boshlarida   anomal   bolalarni   o ` qitish   va   tarbiyalashni   yo ` lga
qo ` yuvchi   ko ` plab   jamiyat   hamda   ijtimoiy   tashkilotlar   tashkil   etildi . 
Sobiq   Sho ` ro   davrida   bolalikni   himoya   qilish   va   bolalar   nuqsonlari   bilan   bog ` liq
muammolarni   o ` rganishga   alohida   e ’ tibor   qaratildi . 
1918   yili   Sovnarkom   tomonidan   maxsus   dekret   qabul   qilindi .   Unda   anomal
bolalarga   yordam   berishda   asosiy   vazifa   ularni   alohida   ajratish   emas ,   balki   ularni
o ` qitish   va   tarbiyalashga   e ’ tiborni   kuchaytirish   zarurligi   ta ’ kidlandi .   Shu   yilning
Rossiyada     birinchi   maxsus   ta ’ lim - tarbiya   muassasasi   ( V . P . Kashenko   uyi )   tashkil
etildi . 
O ` zbekiston   Respublikasida   korreksion   pedagogika  ( defektologiya ) ning   rivojlanish
tarixi   Rossiya   defektologiya   fani   bilan   uzviy   bog ` liq   bo ` lib ,   ayni   vaqtda   u   o ` z
xususiyatlariga   ham   ega .   Bu   xususiyatlar   dinning   o ` zbek   xalqi   hayoti   va
turmushiga   chuqur   singganligi   va   o ` zbek   milliy   mentaliteti   bilan   tavsiflanadi .
O ` zbek   xalqi   anomal   bolalarga   nisbatan   insonparvar   munosabatda   bo ` lib ,   ularga
rahmdillik ,  mehribonlik   ko ` rsatgan .  Ayni   vaqtda   respublikada   anomal   bolalar   uchun   maxsus   o ` quv   muassasalari  ( ko ` zi
ojiz   hamda   kar   bolalar   uchun   maktab - internatlar ,   aqli   zaiflar   uchun   yordamchi
maktab - internatlar )  faoliyat   olib   bormoqda .  O ` zbekiston   Respublikasining  “ Ta ’ lim
to ` g ` risida ” gi   qonuni  (1997  yil ) ning  23- bandida   psixik   yoki   jismoniy   rivojlanishida
nuqsonlar   bo ` lgan   bolalar   va   o ` smirlarni   o ` qitish   va   davolash   maxsus
( ixtisoslashtirilgan )  ta ’ lim   muassasalarida   yo ` lga   qo ` yilishi   ta ’ kidlab   o ` tilgan .
XX   asrning   60-70   yillarida   respublikada   korreksion   pedagogika   bo ` yicha
tadqiqotlar   olib   borish   hamda   defektolog   pedagoglarni   tayyorlash   yo ` lida   ijobiy
ishlar   amalga   oshirildi .   Xususan ,   1967   yili   Nizomiy   nomidagi   Toshkent   davlat
pedagogika   instituti   pedagogika   va   psixologiya   fakultetida   defektologiya   bo ` limi
ochilib ,   ixtisoslashtirilgan   muassasalar   uchun   pedagog - defektologlarni   tayyorlash
yo ` lga   qo ` yildi . 
Hozirgi   kunda   respublika   olim   defektologlari   ommaviy   umumiy   o ` rta   ta ’ lim
maktablarida   korreksion - rivojlantirish   sinflarini   tashkil   etish ,   anomal   bolalarning
maktabga   moslashishlari   uchun   yordam   ko ` rsatish   hamda   ularni   ijtimoiy   hayotga
tayyorlash   borasidagi   muammolarni   o ` rganmoqdalar .
Anomal   bolalarni   maxsus   muassasalarda   o ` qitish   va   tarbiyalash ,   shuningdek ,
umumiy   o ` rta   ta ’ lim   maktablarida   korreksion - rivojlantiruvchi   sinflarni   tashkil   etish
masalasi   bilan   psixologik - tibbiy - pedagogik   komissiyalar  ( PMPK )  shug ` ullanadilar .
Bu   borada   mutaxassislarning   quyidagi   tamoyillar ga   amal   qilishlari   maqsadga
muvofiqdir:
1. Insonparvarlik   tamoyili      har     bir   bola   uchun   o`z   qobiliyatlarini
maksimal   darajada   rivojlantira   oladigan   zarur   sharoitlarni   o`z   vaqtida   yaratib
berishdan   iborat   bo`lib,   u     bolani   izchil   va   batafsil   o`rganish,   uning   yo`lida
uchraydigan qiyinchiliklarni yo`qotish yo`llari va vositalarini izlashni talab etadi. 
2. Bolalarni   kompleks   o`rganish   tamoyili      bolaga   tashhis   qo`yishda
zarur   mutaxassisliklar   (tibbiy,   defektologik,   psixologik   va   pedagogik)   bo`yicha
olingan ma’lumotlarga tanishni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog, psixolog
va pedagoglarning fikrlari turlicha bo`lsa,  bola qayta tekshiruvdan o`tkaziladi. 3. Bolani   har   tomonlama   va   yaxlit   o`rganish   tamoyili      bolaning   idrok
etish,   emotsional-irodaviy   sifatlari   va   xulqini   tekshirishni   ko`zda   tutadi.   Unga
ko`ra   bolaning   rivojlanishiga   jiddiy   ta’sir   ko`rsatishi   mumkin   bo`lgan   jismoniy
holati ham hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o`rganish uning o`quv,
mehnat va o`yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi.
4. Bolani dinamik o`rganish tamoyilga     binoan tekshirish davomida ular
biladigan   va   bajara   oladigan   ishlarni   emas,   balki   ularning   o`qitishdagi
imkoniyatlarini   ham   hisobga   olish   muhim   ekanligini   nazarda   tutadi.
L.S.Vo`gotskiyning   “yaqin   rivojlanish   zonasi”   -   bolalarning   o`qishdagi   mavjud
imkoniyatlari haqidagi ta’limoti mazkur tamoyilning asosini tashkil qiladi.
5. Sifatiy-miqdoriy   yondashuv   tamoyili      bola   bajargan   topshiriqni
baholashda   yakuniy   natijanigina   emas,   balki   usuli,   masalani   yechish   uchun
tanlangan   yo`lning   ratsionalligi,   harakatlarning   mantiqiy   ketma-ketligi,   maqsadga
erishishdagi qa’tiylik va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini asoslaydi.
6. Ma’lum   turdagi   patologiyali   bolalarni   boshqa   bolalar   guruhlaridan   
ajratish   tamoyili   har   bir   maxsus   ta’lim   muassasasi   o`zi   qoidalariga   egaligini
tavsiflaydi. 
7. Rivojlanishida   mavjud   bo`lgan   chetlanishlar   darajasiga   ko`ra   
differensatsiyalashtirilgan ta’limni tashkil etish tamoyili  rivojlanishida bir xil, lekin
darajasiga ko`ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o`qishlarini nazarda
tutadi,   binobarin,   ularni   o`qitish   metodikasida   sezilarli   farqlar   mavjud   (masalan,
ko`zi   ojiz   bolalar   taktil   asosda   (Brayn   tizimi   bo`yicha),   yomon   ko`ruvchilar   esa
ko`rish asosida o`qitiladi).
8.   Yoshi   tamoyili   har   bir   guruh   yoki   sinfga   ma’lum   yoshdagi   bolalarning   qabul
qilinishini   ifodalaydi.   T urli   yoshdagi   rivojlanishida   nuqsonlar   bo`lgan   bolalarni
tekshirish   va   ularga   korreksion   yordam   ko`rsatish   malakali   mutaxassislar
tomonidan amalga oshiriladi.
PMPKning   tarkibida   quyidagi   mutaxassislar   faoliyat   ko`rsatadilar:   pedagog,
psixolog,   shifokor,   psixiatr,   nevropatolog,   otolaringolog,   ortoped,   oftalmologlar,
oligofrenopedagog,   surdopedagog,   tiflopedagog   hamda   logoped.   PMPK   ishlariga defektologik   ta’lim   va   anomal   bolalar   bilan   ishlashda   amaliy   tajribaga   ega
mutaxassis rahbarlik qiladi.
Psixologik-pedagogik tekshirishlar quyidagi metodlari yordamida tashkil etiladi:
1. Suhbat metodi    . Suhbat bola bilan aloqa o`rnatish vositasi bo`lib, anomal
bolaning shaxsi, emotsional-irodaviy   sifatlari, xulqi, shuningdek, rivojlanishidagi
chetlanishlarning sabablari haqidagi ma’lumotni to`plashga imkon beradi. Agarda
bolaning nutqida, eshitish  qobiliyatida  nuqsonlari  bo`lsa,  yoki  munosabatga  qiyin
kirishsa   suhbatni   tashkil   qilish   tavsiya   etilmaydi.   Bunday   hollarda   bolani
qiziqtiradigan ko`rgazmali materialdan foydalanish mumkin.
2. Kuzatish   metodi    .   Kuzatish   bolaning   konsultatsiyaga   kelishidan   avval
boshlanadi va yaxlit tekshirishlarni o`tkazish jarayonida davom ettiriladi. Kuzatish
har   doim   aniq   maqsad   asosida   o`tkaziladi.   Bolani   o`yin   faoliyatini   tashkil   etish
jarayonida   kuzatish   alohida   ahamiyatga   ega,   ular   bola   bilan   aloqa   o`rnatishga
imkon   beradi.   Ayrim   hollarda   o`yinchoqlar   yordamida   maxsus   tekshirishlar
o`tkaziladi.
3. Rasmlarini   o`rganish   metodi    .   Rasmlar   bolani   o`rganishda   mu h im
differensial-diagnostik   vosita   h isoblanadi.   Bolada   pedagog   tomonidan   tavsiya
etilgan rasmlar xavotir uyg`otsa, bolaga erkin rasm chizishni taklif etish maqsadga
muvofiqdir.   Uning   mavzu   tanlay   olishi,   tasvirlash   xususiyatlari,   rasm   chizish
jarayoni   yakuniy   tash h is   uchun   qimmatli   ma’lumot   h isoblanadi.   Aqli   zaif   bolalar
odatda   mavzuni   tanlashga   qiynaladilar,   ular   syujetlar   yaratmay,   alo h ida   odatiy
predmetlarni tasvirlashga  h arakat qiladilar. 
4. T    ajriba-psixologik tadqiqotlar metodlari    . Ular maxsus o`rganilishi kerak
bo`lgan   psixik   jarayonni   qo`zg`atuvchi   ma’lum   vaziyatlarni   yaratishni   ko`zda
tutadi.   T ajriba   metodikalari   yordamida   u   yoki   bu   h olatlarning   sabablari   va
mexanizmlarini ochib ko`rsatish mumkin bo`ladi.
5. T    estlar   metodi    .   Bu   metod   bolalarning   psixodiagnostik   maqsadlarda
tekshirishda   qo`llaniladi.   D.Veksler   tomonidan   asoslangan   moslashtirilgan   test
ommaviylashgandir.   Undan   foydalanish   individual-psixologik   tekshirishlarni
o`tkazishda bola  h aqida zarur qo`shimcha ma’lumotlarni olishga imkon beradi.  Psixik   rivojlanishi   ortda   qolgan   bolalar   bilan   korreksion   ishlar   olib
borishning   xususiyatlari.   O’ bekistonda   XX   asrning   60-yillarida   ilk   bor   psixik
rivojlanishdan   ortda   qolgan   bolalar   bilan   maxsus   pedagogik   ishlar   amalga
oshirilgan. 
Hozirgi kunda psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar uchun maktab internatlar
va maxsus ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ular ommaviy
umumiy   o`rta   ta’lim   maktablarida   tashkil   etilgan   korreksion-rivojlantiruvchi
sinflarda ham o`qitishlari mumkin. 
T a’lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Boshlang`ich umumiy o`rta ta’lim (ta’lim muddati – 4-5 yil).
2. Asosiy umumiy o`rta ta’lim (ta’lim muddati - 5 yil).
Bolalarni korreksion muassasalarga qabul qilish P T PKning xulosasi bo`yicha ota-
onalari   yoki   ularning   o`rnini   bosuvchi   shaxslarning   roziligiga   ko`ra   amalga
oshiriladi.   Sinf   12   nafar   o`quvchidan   iborat   bo`ladi.   Ular   rivojlanishidagi
nuqsonlarning bartaf etilishiga ko`ra ommaviy umumiy o`rta ta’lim muassasalariga
o`tkazilishlari mumkin.
Ikkinchi   bosqichda   ta’lim   (V-I X   sinflar)   ayrim   o`zgartirishlar   (muayyan   o`quv
mavzulari   yoki   ulardagi   materiallar   hajmini   qisqartirish)   bilan   ommaviy   umumiy
o`rta   ta’lim   maktablarining   dasturlari   asosida   amalga   oshiriladi.   Korreksion-
rivojlantiruvchi   sinflarda   ta’limning   1-bosqich   muddati   zarur   holatlarda   1   yoki
hatto 2 yilga uzaytirilishi mumkin.
Ular   bilan   ishlashda   asosiy   vazifa   -   bolalar   tomonidan   atrof-muhit   haqidagi
bilimlarni egallab olinishiga yordam berish, ularda kuzatuvchanlik va amaliy o`quv
faoliyati   tajribasini   hosil   qilish,   mustaqil   ravishda   bilimlarni   egallash   va
amaliyotda ulardan foydalanish malakasini shakllantirishdan iborat.
Bunday   o ` quvchilar   individual   yondashishni   talab   etadilar .   Ularni   korreksion
o ` qitish   davolash - sog ` lomlashtirish   tadbirlari   bilan   birga   amalga   oshirilishi   zarur .
O ` quv   materiali   hamda   ta ’ lim   metodi   PROq   bolalarning   rivojlanish   darajalariga
mos   holda   tanlanishi   zarur . Aqli   zaiflik   tuzatib   bo ` lmaydigan   hodisa   sifatida   e ’ tirof   etilsa   ham ,   uni   korreksiya
qilib   bo ` lmaydi   degan   ma ’ noni   anglatmaydi .   Aksariyat   tadqqiqotlarda   maxsus
( korreksion )   ta ’ lim   muassasalarida   metodik   jihatdan   to ` g ` ri   yo ` l   tutilishi   aqli   zaif
bolalarning   rivojlanishida   ijobiy   natijaga   erishish   mumkinligini   ko ` rsatmoqda .
Aqli   zaif   bolalar   bilan   olib   boriladigan   korreksion   ishlar .   Aqli   zaif   bola   bilan
korreksion   ishlarni   erta   boshlash   nuqsonni   maksimal   darajada   tuzatish   va
ikkilamchi   chetlanishlarning   olidini   olishga   imkon   beradi .   Aqliy   qoloqlikni
psixologik - pedagogik   diagnostika   qilishni   o ` z   vaqtida   o ` tkazish   juda   muhimdir . 
Aqli   zaif   bolalar   oila   yoki   sog ` liqni   saqlash   tizimiga   qarashli   maxsus   yaslilarida
tarbiyalanadilar .   Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   bilan   olib   boriladigan   korreksion
ishlar   aqli   zaif   bolalar   uchun   maxsus   bolalar   bog ` chalarida   amalga   oshiriladi .  Aqli
zaif   bo ` lgan   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   ommaviy   bolalar   bog ` chalaridagi
maxsus   guruhlarga   qabul   qilinishlari   mumkin .   Ularda   o ` qitish   maxsus   bolalar
bog ` chasidagi   kabi   maxsus   dastur   bo ` yicha   olib   boriladi .
Maktab   yoshidagi   aqli   zaif   bolalar   maxsus   ( korreksion )   maktablarda   o ` qitiladilar ,
bu   yerda   o ` qitish   davlat   ta ’ lim   standarti   asosida   maxsus   dastur   bo ` yicha   olib
boriladi .   Bunday   maktablarda   umumiy   o ` rta   ta ’ lim   fanlari   ( ona   tili ,   o ` qish ,
matematika ,  geografiya ,  tarix ,  tabiat ,  fizkultura ,  rasm ,  musiqa ,  chizmachilik )   bilan
birga   maxsus   korreksion   fanlarni   ham   o ` qitiladi .   Maxsus   maktablarda   mehnat
ta ’ limi   muhim   o ` rin   egallaydi .   Mehnat   ta ’ limi   IV   sinfdayoq   professional
xususiyatga   ega   bo ` lib ,   bolalar   o ` zlari   bajara   oladigan   kasbni   o ` zlashtiradilar .
Tarbiyaviy   ishlar   ham   katta   ahamiyatga   ega   bo ` lib ,   asosiy   maqsad
tarbiyalanuvchilarni   ijtimoiylashtirish ,   bolalarda   ijobiy   sifatlarini   tarbiyalash ,
atrofdagilar   va   o ` zlariga   to ` g ` ri   baho   berishga   o ` rgatiladilar .   Ayni   vaqtda
respublikada   aqli   zaif   bolalar   uchun   maxsus   maktablarning   90   %   ini   maktab -
internatlari   tashkil   etadi .
Goho   aqliy   rivojlanishida   nuqsoni   bo ` lgan   bolaning   ommaviy   umumiy   o ` rta   ta ’ lim
maktabiga   jaob   etilish   holati   ko ` zga   tashlanadi .   Bunday   holatda   bolaning   taqdiri ,
uni   o ` qitish   va   tarbiyalash   mas ’ uliyatini   ota - onalar   o ` qituvchi - defektologlar   bilan
kelishib   olishlari   zarur .   Normal   rivojlanuvchi   bolalar   bilan   bir   sinfda   o ` qiydigan aqli   zaif   bola   alohida   munosabatni   talab   etadi .   Bola   kuchi   yetganicha ,   darsning
borishiga   halaqit     qilmay   sinf   faolitida   ishtirok   etishi   kerak .   Unga   biror   narsaning
tushunarsiz   bo ` lishiga   yo ` l   qo ` yish   mumkin   emas .   Bu   holat   keyin   o ` quv
materialining   mutlaqo   tushunmasligiga   olib   keladi .   Aqli   zaif   bolani   ommaviy
umumiy   o ` rta   ta ’ lim   maktabida     o ` qitish   ota - onalarining   bevosita   ishtiroklarini
talab   etadi , 
Nutqida   nuqson   bo ` lgan   o ` quvchilarni   korreksion   o ` qitish .   Nutqiy   buzilishlar
sabablari   va   ularning   turlari .   Nutq   –   faqatgina   insonga   xos   bo ` lgan   muhim
psixik   funksiyadir .   Nutqiy   munosabatlar   yordamida   shaxs   ongida   borliqni   aks
ettiruvchi   bilimlar   doimiy   ravishda   to ` ldirilib   va   boyitib   boriladi . 
Nutqiy   nuqsonlarni   o ` rganish ,   oldini   olish   va   korreksiya   bilan   korreksion
pedagogika   ( defektologiya ) ning   muhim   sohasi   -   logopediya        ( yunoncha   logos   –
so ` z   va   paideia   -   tarbiyalash )   shug ` ullanadi .   Patogen   omil   ta ’ sirida   yuzaga   kelgan
nutqiy   buzilishlar   o ` z - o ` zilan   yo ` qolmaydi   va   u   maxsus   tashkil   etilgan   korreksion -
logopedik   choralarsiz   bolaning   keyingi   rivojiga   salbiy   ta ’ sir   ko ` rsatadi .
Nutqiy   buzilishini   keltirib   chiqaruvchi   sabablar   orasida   ekzogen   ( tashqi )   va
endogen  ( ichki )  omillar   asosiy   rol   o ` ynaydi .  Bundan   tashqari  ( anatomik - fiziologik ,
morfologik ),   funksional   ( psixogen ),   ijtimoiy - psixologik   ( atrof - muhitning   salbiy
ta ’ siri ),   psixonevrologik   ( psixik   funksiyalarining   buzilishi   ( aqli   zaiflik ,   xotira   yoki
diqqatning   buzilishi   va   boshqalar )  sabablarning   ham   ta ’ siri   sezilarli   bo ` ladi . 
Ekzogen - organik   omillar   sirasiga :   bolaning   markaziy   nerv   tizimi   va   uning
organizmiga   salbiy   ta ’ sir   etuvchi   omillar   ( infeksiya ,   jarohatlar ,   intoksikatsiya ),
turli   akusherlik   patologiyalari   ( bel   torligi ,   tug ` ilishning   cho ` zilib   ketishi   yoki   tez
sodir   bo ` lishi ,   yo ` ldoshga   o ` ralib   qolishi ,   bolaning   noto ` g ` ri   joylashishi   va
boshqalar ),   malakali   akusherlik   yordamining   ko ` rsatilmasligi ,   chala   tug ` ilish   kabi
holatlar   sabab   bo ` ladi .
Hozirgi   kunda   logopediyada   nutqiy   buzilishlarni   ikki   turi   ajratiladi :
1) tibbiy-psixologik nutqiy buzilish;   
2) psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.     Tibbiy-psixologik   turda   ko`riladigan   hamma   nutqiy   buzilishlarni   quyidagi   ikki
yirik guruhga ajratish mumkin: 
1) og`zaki nutqning buzilishi;   
2) yozma nutqning buzilishi    .
Og`zaki nutqning buzilishi  o`z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi: 
1) nutq   ifodalanishi   fonatsion   tuzishi   (nutq   talaffuzi)   ning
buzilishi;
2) fikr  strukturali-semantik  (ichki)  tuzilishi  (nutqning tizimli  yoki
polimorf)ning buzilishi 
Psixologik-pedagogik   (pedagogik)   klassifikatsiyalash   uni   pedagogik   jarayonda
qo`llashga   yo`naltirilgan   bo`lib,   bolalar   jamoasi   bilan   nutqiy   nuqsonlarni
tuzatishga   yo`naltirilgan   korreksion-rivojlantiruvchi   ta’sir   ko`rsatish   metodlarini
ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Psixologik-pedagogik   (pedagogik)   klassifikatsiyalashga   ko`ra   nutqning   buzilishi
quyidagi ikki guru h ga ajratiladi:
1.   Muomala   vositalari   (fonetik-fonematik   va   nutqning   umumiy
rivojlanmaganligi)ning buzilishi .
2 .  Muomala        vositalarini        qo    `   llashdagi        buzilishlar    .
Maktab   o ` quvchilarida   nutqi   buzilishini   psixologik - pedagogik   tuzatish .
Nutqiy   buzilishi   bo ` lgan   bolalarning   psixologik - pedagogik   xususiyatlari .
Nutqiy   buzilish ,   nutqiy   buzilishning   sabablari ,   mexanizmlari ,   simptomatikasi ,
borishi   va   tuzilishi   uning   oldini   olish ,   maxsus   ( korreksion )   o ` qitish   va   tarbiya
masalasi   bilan   logopediya         shug ` ullanadi .   “ Logopediya ”   termini   yunonchadan
tarjimasi   “ to ` g ` ri   nutqni   tarbiyalash ”   ma ’ nosini   anglatadi .   Nutqiy   buzilish   turli
mutaxassislar   -   fiziolog ,   nevropatolog ,   psixolog ,   lingvist   va   boshqalar   tomonidan
o ` rganiladi . 
Nutqiy   buzilishi   bo ` lgan   bolalarning   markaziy   nerv   tizimi   faoliyatida   funksional
yoki   organik   chetlanishlar   ko ` zga   tashlanadi .   Miyaning   organik   zararlanishi
sababli   issiq ,   transportda   yurish ,   arg ` imchoqda   ko ` p   vaqt   tebranish   bolalarga
yomon   ta ’ sir   ko ` rsatadi ,   boshlari   og ` riydi   ko ` ngillari   ozadi   va   boshlari   aylanadi . Tez   charchab   qoladilar ,  qattiq   ta ’ sirlanishlari ,  jahllari   chiqish   bilan   ajralib   turadilar .
Ular   emotsional   barqaror   emaslar ,   ularning   kayfiyatlari   tez   o ` zgaradi ,   serjahl ,
agressiv ,   bezovta   bo ` ladilar .   Shuningdek ,   ularda   sustlik   va   lanjlik   kuzatiladi .
Bunday   bolalar   tinch   o ` tira   olmaydilar ,   butun   dars   davomida   ishchanlik   va
diqqatini   saqlab   turish   qiyin   bo ` ladi .   Juda   tez   xafa   bo ` ladilar ,   gapga   quloq
solmaydilar .   Tanaffusdan   keyin   esa   darsda   diqqatlarini   jamlashlari   qiyin   bo ` ladi .
Odatda   bunday   bolalarda   diqqat   va   xotira ,   ayniqsa ,   nutqiy   xotiraning   bo ` shligi ,
yaxshi   tushunmaslik   holatlari   kuzatiladi .
Umumiy   o ` rta   ta ’ lim   maktablari   qoshida   logopedik   punkt   faoliyat   yuritadi .
Logopedik   punkt   vazifalari   quyidagilardan   iborat :
3-41.chizma
O ` quvchilar   bilan   logopedik   puntkda   korreksion   ishlar   butun   o ` quv   yili   davomida
individual   va   guruhli   shaklda   olib   boriladi .   Nutqi   buzilganlik   o ` ta   jiddiy   bo ` lsa
o ` qitish   maxsus   ta ’ lim   muassasalarida   olib   boriladi .   Bunda   o ` quvchi   bilan
davolash - sog ` lomlashtirish   va   psixologik - pedagogik   ishlarni   birga   olib   borish
nutqiy   buzilishni   tuzatishning   muhim   sharti   hisoblanadi . 
Logopedik   yordam   ko ` rsatish   sog ` liqni   saqlash   va   aholini   ijtimoiy   ta ’ minlash
tizimlarida   ham   amalga   oshiriladi .   Poliklinikalarda   va   psixonevrologikLogopеdik punkt
o`quvchilarning 
og`zaki va yozma 
nutqlaridagi 
buzilishlarni tuzatish mavjud bo`lgan nutqiy 
buzilishlari natijasida 
kеlib chiqish ehtimoli 
bo`lgan ikkilamchi 
nuqsonlarning oldini 
olish, nutqidagi 
buzilishlarni o`z vaqtida 
aniqlash pеdagog va ota-
onalar o`rtasida 
korrеktsion-logopеdik 
bilimlarni tashviqot 
qilish dispanserlarda   logopedik   kabinetlari   mavjud   bo ` lib ,   bu   yerda   nutqida   buzilishi
bo ` lgan   bolalarga   logopedik   yordami   ko ` rsatiladi .
Eshitish   qobiliyati   buzilgan   o`quvchilarni   korreksion   o`qitish.   Eshitish
qobiliyatining   buzilishi   sabablari,   ularni   turlarga   ajratish.   Anomal   bolalar
orasida   eshitish   qobiliyati   turli   darajada   nuqsonli   bo`lgan   bolalar   ko`pchilikni
tashkil etadilar.  Eshitish  – borliqni tovushli hodisalar shaklida aks ettirilishi, inson
(tirik   jonzod)ning   tovushlarni   anglash   va   farqlash   qobiliyati.   Eshitish   eshitish
organi   yoki   tovush   analizatori   (tovush   ta’sirini   qabul   qiluvchi   va   ajratuvchi
murakkab nerv tizimi)  yordamida amalga oshiriladi.
Eshitish   qobiliyatining   buzilishi   ko`p   hollarda   muddatli   bo`ladi.   Masalan,   o`rta
qulog`ning   tashkil   topishi,   shamollash,   oltingugurt   to`siqlarining   yuzaga   kelishi,
tashqi   va   o`rta   qulog`ining   anomal   tuzilishi   (quloq   suprasining   bo`lmasligi   yoki
yetarlicha   rivojlanmaganligi,   eshitish   yo`llarining   bitib   qolishi,   quloq   pardasidagi
nuqsonlar va boshqalar) kabi holatlarda. Zamonaviy meditsina ularni davolashning
samarali metodlariga ega. Ular qatoriga konservativ va operativ metodlarni kiritish
lozim.   Odatda   samarali   davolash,   ba’zan   uzoq   vaqt   davolash   tadbiri   olib
borilganda eshitish qobiliyati tiklanadi.
Eshitish   qobiliyatining   buzilishiga   yuqumli   kasalliklar   bilan   og`rish,   zaharlanish,
akustik   yoki   kontuziyali   jarohatlar   ham   sabab   bo`lishi   mumkin.   qulog`i   og`irlik
yoki karlik kelib chiqish sabablariga ko`ra:   nasliy, tug`ma va kelib chiqqan   tarzda
turlarga   ajratiladi.   Yoshlikda   eshitish   qobiliyatining   buzilishiga   olib   keluvchi
sabablar   orasida   quyidagilari   alohida   ko`rsatiladi:   homiladorlikning   birinchi   uch
oyida   onaning   virusli   kasalliklar   bilan   og`rishi   (qizamiq,   kor,   gripp,   gepatit
viruslari   va   boshqalar),   rivojlanishdagi   tug`ma   nuqsonlari   (masalan,   labi   va
tanglayidagi yoriq), chala tug`ilish, kichik vaznli tug`ilishi (1500 dan kam) hamda
yomon   tug`ilishi   kabilar.   Eshitish   qobiliyatining   buzilishiga   homiladorlik   davrida
onaning spirtli ichimlik, giyohvand moddalar iste’mol qilishi, antibiotiklarni qabul
qilishi   ham   sabab   bo`lishi   mumkin.   Karlikning   nasliy   o`tishi   holati   juda   kam
kuzatiladi.
Eshitish qobiliyatidagi kamchiliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:  1) eshitish qobiliyatining zararlanganlik darajasi; 
2) eshitish qobiliyati zararlanganda nutqiy rivojlanish darajasi; 
3) eshitish qobiliyatida buzilishning yuzaga kelish vaqti. 
Yuqorida   ko`rsatilgan   mezonlarga   ko`ra   eshitish   qobiliyatining   buzilishi   qulog`i
og`irlik va karlik  kabi guru h larga ajratiladi.
Karlik   bu eshitish qobiliyatining qattiq yo`qotilishi bo`lib, bola mustaqil  ravishda
nutqni egallay olmaydi va qulog`iga juda yaqin masofadan gapirilganda   h am aniq
eshitmaydi. Ammo baland tovushlar, yaqin masofadan nutqning ba’zi tovushlarini
qabul qilishga imkon beruvchi eshitish qobiliyati saqlanib qoladi.
qulog`i og`irlik   – bu eshitish qobiliyatining qattiq pasayishi  (80 detsibaldan kam)
bo`lib,   eshitish   qobiliyati   qoldig`i   yordamida   qulog`i   oldida   baland   ovoz   bilan
gapirilganda   bola   nutqni   eshita   oladi.   Bola   minimal   nutq   boyligini   mustaqil
ravishda egallay oladi.
Karlar va qulog`i og`irlik (yomon eshituvchilar) nutqni qabul qilish usuli bo`yicha
farq qiladilar. Karlar so`z nutqini ko`rib (su h batdoshining lablari va yuziga qarab)
va eshitib ko`rish (tovushni kuchaytirish apparati yordamida) qabul qiladilar. 
Yomon   eshitadiganlar   atrofdagilar   bilan   tabiiy   munosabatlar   jarayonida   baland
o h angda so`zlashish asosida nutqni eshitib qabul qiladilar. 
Eshitish   qobiliyati   buzilgan   bolalarni   ommaviy   umumiy   o`rta   ta’lim
maktablarida korreksion o`qitish.   Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o`qitish
va   tarbiyalash   masalalari   bilan   surdopedagogika   shug`ullanadi.   Surdopedagogika
(yunoncha   «surdus»   –   kar)   -   eshitish   qobiliyati   buzilgan   bolalarni   o`qitish   va
tarbiyalash   jarayonini   o`rganuvchi   korreksion   (maxsus)   pedagogikaning   yana   bir
mu h im so h asi. 
Eshitish   analizatorining   normal   ishlashi   bolaning   umumiy   rivojlanishi   uchun
alohida   ahamiyatga   ega   bo`ladi.   Eshitish   analizatori   buzilganda   bolaning   nutqi,
psixologik   rivojlanishi   yomonlashadi,   idrok   etish   faoliyati,     umumiy   rivojlanishi
ortda   qoladi.   Statistik   ma’lumotlariga   qaraganda   eshitish   organi   funksiyasi
buzilgan va eshitmaydigan bolalar soni doimiy ravishda ortib bormoqda. Ko`rish   qobiliyati   buzilgan   o`quvchilarni   korreksion   o`qitish.   Ko`rish
qobiliyati   buzilishi   turlari,   ularning   sabab   va   oqibatlari.   Ko`rish   qobiliyati
buzilgan   bolalarni   o`qitish   va   tarbiyalash   xususiyatlari   bilan   tiflopedagogika
shug`ullanadi   (yunoncha   «typhlos»   –   ko`r)   –   korreksion   pedagogika
(defektologiya)ning muhim sohasi. 
Ko`rish   ko`rish   analizatori   yordamida   borliqni   sezish   va   qabul   qilishdir.   Miya
ko`rish orqali tashqi dunyo haqidagi ma’lumotlarni oladi.
Bolaning   ko`rish   qobiliyati   buzilganda   uni   rivojlantirish,   o`qitish   va   tarbiyalash
jarayonlarida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Bolalarda   ko`rish   qobiliyati   buzilishining   sabablari   turlicha   bo`lib,   ular   nasliy
kasalliklar,   homila   ona   qorinida   rivojlanayotganda   ko`rish   organlari
patologiyasining   yuzaga   kelishi,   homiladorlik   paytida   onaning   tokeplazmoz,
qizamiq   va   boshqa   og`ir   kasalliklar   bilan   og`rishi   va   hokazo   omillardan   iborat
bo`lishi mumkin. 
Ko`rish qobiliyatining buzilishi  tug`ma yoki orttirilgan   bo`ladi. 
Tug`ma      ko`r   bo`lish      homilaning   zararlanishi   sababli   yuzaga   keladi.   Ko`rish
nuqsonlarining yuzaga kelishida  nasliylik  ham ko`zga tashlanadi.
Orttirilgan      ko`rlik      odatda   ko`rish   organlari   –   to`r   pardasi,   shoh   parda   yoki
markaziy   nerv   tizimining   kasallanishi   (meningit,   miya   shishi,   meningoensifalit),
organizmning   umumiy   kasallanishidan   keyingi   asoratlari   (kor,   gripp,   skorlatina),
shuningdek,   miya   yoki   ko`zning   jarohatli   shikastlanishi   (boshi   yaralanishi,
shikastlanishi)  oqibatida bo`lishi mumkin. 
Ko`rish qobiliyatining buzilgan bolalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Ko`r tug`ilganlar.
2. Erta  ko`r bo`lib qolganlar.
3. Uch yoshidan keyingi ko`r bo`lib qolganlar. 
Ko`rish   qobiliyati   buzilgan   bolalarni   ommaviy   umumiy   o`rta   ta’lim
maktablarida   korreksion   o`qitish   va   tarbiyalash.   Ko`rish   qobiliyati   buzilgan
bolalarni   o`qitish   va   tarbiyalash   masalalari   bilan   tiflopedagogika   (yunoncha «typhlos»   –   ko`r)   –   korreksion   pedagogika   (defektologiya)ning   yana   bir   sohasi
shug`ullanadi.
Ko`rish qobiliyati buzilgan bolalar bilan ish olib borayotgan o`qituvchi korreksion
ishlarning o`ziga xos jihatlarini bilishi zarur. 
Refraksiyasi   anomaliyali   bolalar   tuzatuvchi   ko`zoynak   taqishlari   kerak.   Lekin
ko`zoynak   taqishda   bolalar   pedagogning   ularga   diqqat   bilan   munosabatda
bo`lishlariga   muhtojlik   sezadilar.   Maktabda   va   uyda   o`quv   ishlarini   bajarishda
sanitar-gigiyenik   talablarga   amal   qilish   lozim.   Ko`rishida   nuqsoni   bo`lgan   bola
uchun ish o`rni to`g`ri va yetarlicha yoritilgan bo`lishi kerak. Bunday bola deraza
yonidagi birinchi yoki ikkinchi qatorga o`tkazilishi kerak. Yaqinni ko`radigan bola
ham   doskaga   yaqinroq   birinchi   yoki   ikkinchi   partaga   o`tkazilishi   zarur.   Uzoqni
ko`radigan bola esa, aksincha, doskadan uzoqroqqa oxirgi partaga o`tkazilishi talab
etiladi. 
O`qituvchi   o`quvchining   doska,   jadval   va   xaritadagi   o`quv   materiallarini   qabul
qilishi   va   tushunishini   nazorat   qilib   borishi   kerak.   Anomal   refleksiyali   bolalarda
ko`zi   charchashi   ko`p   kuzatiladi.   Shuning   uchun   dars   paytida   ularga   ko`rish
ishlarini   boshqa   turdagi   ishlar   uyg`unlashtirib   berishi   zarur.   Anomal   refleksiyali
bola 10-15 minut davomida intensiv ko`rish ishlarini bajargandan keyin bir necha
minut   uzoqqa   (doska   yoki   derazaga)   qarashi   kerak,   bu   ko`rish   charchog`ining
bartaraf etilishiga yordam beradi.
Ko`rish   qobiliyati   ancha   og`ir   bo`lgan   –   ko`r   va   yomon   ko`radigan   bolalarni
o`qitish maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Ba’zan ko`rish qobiliyati
og`ir   buzilgan   bolalar   ommaviy   umumiy   o`rta   ta’lim   maktablariga   qabul
qilinadilar.   Bunday   vaziyatda   anomal   bolalar   uchun   maxsus   sharoitlarni   yaratish
zaruriyati yuzaga keladi. 
O`z   sinflarida   og`ir   ko`rish   qobiliyati   buzilgan   bola   bo`lgan   o`qituvchilar   bolaga
differensial   yondashuv   asosida   munosabatda   bo`lishlari   zarur.   Buning   uchun
sinfdagi   o`quvchilarning   soni   15   nafardan   oshmasligi,   sinf   xonasi   yaxshi
yoritilgan, ko`rish qobiliyatida nuqsoni bo`lgan bolaning ish o`rni esa ko`shimcha
yoritilgan   bo`lishi   kerak.   O`quv-tarbiyaviy   ishlar   jarayonida   o`qituvchining   nutqi katta ahamiyatga ega bo`ladi. Uning nutqi aniq,   tushunarli, ifodali bo`lishi zarur.
O`qituvchi o`zining har bir harakati mohiyatini so`z yordamida sharhlab borishi, 
Sinfida   ko`r   yoki   yomon   ko`radigan   bola   bo`lgan   o`qituvchi   ularning   individual
xususiyatlari   va   imkoniyatlarini   bilishi,   ular   normal   ko`radigan   tengdoshlaridan
farq qilishlarini yaxshi anglashi maqsadga muvofiqdir.
Tayanch-harakat   apparati   buzilgan   o`quvchilarni   korreksion   o`qitish.
Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari.
Tayanch-harakat   apparatidagi   turli   buzilishlar   bolalarni   o`qitish   va   tarbiyalashda
muayyan   muammolarni   keltirib   chiqarishi   mumkin.   Tayanch-harakat   apparati
funksiyalarining   buzilishi   tug`ma   yoki   orttirilgan   bo`lishi   mumkin.   Tayanch-
harakat apparati patologiyasi  quyidagi turlarga ajratiladi:
1) nerv tizimining kasallanishi (bolalar serebral paralichi (BSP), poliomiyelit);
2)   tayanch-harakat   apparatining   tug`ma   patologiyasi;   sonning   tug`ma
chiqqanligi;   bo`yin   qiyshiqligi;   qiyshiq   oyoqlik   va   oyoqning   boshqa   nuqsonlari;
umurtqa   pog`onasi   rivojlanishidagi   nuqsonlar   (skolioz);   qo`l   yoki   oyoqlarning
rivojlanmaganligi   va   nuqsonlari;   qo`li   barmoqlarining   anomal   rivojlanishi;
artrogripoz (tug`ma mayiblik);
3)   orttirilgan   kasalliklar   va   tayanch-harakat   apparatining   zararlanishi;   orqa
miya,   bosh   miya   va   qo`l-oyoqlarning   travmatik   jarohatlanishi;   poliatrit;   skelet
kasalliklari   (tuberkulez,   suyaklardagi   shishlar,   osteomiyelit),   skelet   tizimi
kasalliklari (raxit, xondodistrofiya).
Tayanch-harakat   apparati   patologiyasi   bo`lgan   bolalarda   asosiy   buzilish
harakatlanishdagi   nuqson   hisoblanadi.  Bunday  nuqsonlarga  ega  bolalarning 89  %
ini   serebral   paralichli   bolalar   tashkil   etadilar.   Ularda   harakat   buzilishi   psixik   va
nutqiy   buzilishlar   bilan   birga   namoyon   bo`ladi.   Shu   bois   bu   kabi   bolalar   nafaqat
davolash   va   ijtimoiy   yordamga,   balki   psixologik-pedagogik   va   logopedik
korreksiyaga ham muhtoj bo`ladilar.
Harakatlanish   buzilishlari   o`rtacha   darajada   bo`lgan   bolalar   yurishni   o`rganib
olsalarda,   biroq,   shonch   bilan   yura   olmaydilar,   ular   uchun   maxsus   moslamalar zarur.   Harakatlanish   buzilishining   yengil   shaklida   bolalar   uyda   va   ko`chada
mustaqil, qo`rqmay yura oladilar, o`zlariga to`la xizmat ko`rsatadilar. Adabiyotlar:
1. Pedagogika   (Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi)   O‘qituvchilar   tayyorlash   va
pedagogika   fani   sohasi:   bakalavriat   yo‘nalishi   uchun
darslik//prof.M.X.Toxtaxadjaevaning   umumiy   tahriri   ostida,   O‘zbekiston   Respublikasi
Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi.   –   Toshkent   “O‘zbekiston   faylasuflar   milliy
jamiyati” nashriyoti, 2010.
2. Pedagogika.   O‘quv   qo‘llanma//A.Munavvarovning   umumiy   tahriri   ostida.
Toshkent “O‘qituvchi”, 1996.
3. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Pedagogika nazariyasi. 1-qism / Oliy o’quv yurtlari
uchun   darslik.   M.X.Toxtaxodjayevaning   umumiy   tahriri   ostida.   –   Toshkent:   “ Iqtisod-
moliya”, 2007. 
4. Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat   /   S.A.Madiyarova   va   boshq.   –
Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2009.
5. Azizxo’jayeva   N.N.   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   –   Toshkent:
Nizomiy nomidagi TDPU,  2006.
6. Axmedova   M.E   “Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi”   o’quv   qo’llanma   T:2011
“Tafakkur bo’stoni” nashriyoti 157 b
7. Axmedova   M.E   Niyozov   G.   “Pedagogika   tarixidan   seminar   mashg’ulotlari”   o’quv
qo’llanma T:2011, Noshir nashriyoti 157 b
8. Mavlonova R. va boshqalar. “Pedagogika”, -Toshkent, “O‘qituvchi”, 2001.

MAVZU: KORREKSION (MAXSUS) PEDAGOGIKA REJA: 1. Korreksion pedagogika va uning maq`sad va vazifalari 2. Korreksion pedagogikaning kategoriyalari 3. Korreksion-pedagogikaning paydo bo`lishi 4. Turli anomaliysli o`quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlar.

Korreksion pedagogika va uning maq`sad va vazifalari. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo`lgan o`quvchilarni korreksion o`qitish va tarbiyalash bilan korreksion pedagogika (defektologiya) shug`ullanadi. Korreksion ( maxsus ) pedagogika ( defektologiya - yunoncha defectus – nuqson , kamchilik , logos – fan , ta ’ limot ) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega , maxsus , individual tarbiyalash va o ` qitish metodlariga asoslangan , salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati , qonuniyatlarini o ` rganuvchi fan sanaladi . Korreksion pedagogika (defektologiya ) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi: Pedagogik lug ` atda « korreksiya » tushunchasi ( yunoncha « correctiio » - tuzatish ) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish ( qisman yoki to ` liq ) sifatida tushunilishi ta ’ kidlab o ` tiladi . Ana shu lug ` atda « korreksion pedagogika » ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega , maxsus , individual tarbiyalash va o ` qitish metodlariga muhtoj bo ` lgan , sog ` lig ` i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirishKorrеktsion pеdagogika (dеfеktologiya ) Surdopеdagogika - eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o`qitish va tarbiyalashni o`rganadi Tiflopеdagogika - ko`rish qobiliyati buzilgan bolalarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o`rganadi Oligofrеnopеdagogika - aqli zaif bolalarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o`rganadi Logopеdiya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi - nutqida nuqsonlar bo`lgan bolalarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o`rganadi Motorli-harakatlanish apparatining murakkab nuqsonlar (ko`r, soqov va karlik)ni o`rganuvchi maxsus pеdagogika va psixologiya sohalari 3-40. chizma

jarayonini boshqarish mohiyati , qonuniyatlarini o ` rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi . Korreksion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan ( normal ) va ( mavjud kamchilik ) faoliyat o ` rtasidagi nomuvofiqlikni yo ` qotish yoki kamaytirishdan iborat . Korreksion - pedagogik faoliyat yaxlit ta ’ lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy - pedagogik chora - tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim . Diagnostika korreksion , korreksion - rivojlantiruvchi , korreksion - profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion - o ` qitish , psixokorreksion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta ’ minlaydi . Korreksion - pedagogik faoliyat maxsus ta ’ lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o ` quvchilarni o ` qitish , tarbiyalash va rivojlantirishga yo ` naltirilgan yaxlit jarayon . Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari . Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish , o ` qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud . Korreksion pedagogikaning asosi ni anomal bolalarni har tomonlama , fiziologik va psixologik o ` rganish tashkil etib , uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi : 1) rivojlanishida turli kamchiliklar bo ` lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korreksion - kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash ; 2) differensatsiyali o ` qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish ; 3) anomal bolalarni aniqlash va h isobga olish; 4) rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish; 5) bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo`qotish yoki kamaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; 6) anomal bolalikning oldini olish bo`yicha profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish; 7) anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.

Korreksion pedagogikaning kategoriyalari. Korreksion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega: 1. Anomal bolalarni o`qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishga yo`naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko`rish qobiliyatini yo`qotish vaqti alohida ahamiyatga ega. Anomal bolaning rivojlanishi normal boladan ko`ra ko`proq darajada o`qitishga bog`liq. Shuning uchun anomal bolalar o`qitilmasa yoki o`qitish kech boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy zarar yetkaziladi, psixik funksiyalarning shakllanishi ortda qoladi, normal tengdoshlaridan ortda qolishi darajasi oshadi, nuqsonlar o`ta jiddiy bo`lsa aqliy rivojlanishi imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Maxsus didaktikaning markaziy muammosi mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etish masalasi hisoblanadi. Maxsus maktablarda uni tashkil etish alohida ahamiyatga ega. Binobarin, ushbu jarayonda o`quvchilar ijtimoiy hayot, shuningdek, imkoniyat darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan funksiyalarini tiklash, shuningdek, aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarining darajasini pasaytirishga yordam beradi. 2. Anomal bolalarni tarbiyalash - korreksion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo`lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi o`rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarini qo`llab-quvvatlash, bir-biriga yordam ko`rsatish, talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi. Tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olish asosida ularda mustaqillik, o`ziga xizmat ko`rsatish, mehnat ko`nikmalari, xulq madaniyati, shuningdek, ijtimoiy muhitda yashash va ishlash ko`nikmalarini shakllantirishga yo`naltiriladi. Anomal bolani tarbiyalash atrofdagilarning uning psixik yoki jismoniy kamchiliklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lishni

talab etadi. Bunday bolalarda optimizm va ishonchni tarbiyalash, qobiliyatini shakllantirish yoki uning o`rnini bosuvchi imkoniyatni rivojlantirish, ijobiy sifatlarini tarbiyalash hamda harakatlari va xulqini tanqidiy baholash qobiliyatini rivojlantirish juda muhim. 3. Korreksiya (yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo`qotish va pasaytirishni nazarda tutadi. 4. Korreksion-tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko`ra umumiy pedagogik ta’sir ko`rsatish chora-tadbirlari tizimidan iborat. Korreksion–tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan foydalaniladi. Korreksion –tarbiyaviy ishlar anomal bolalarni o`qitish jarayonida amalga oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mehnat ta’limi jarayonida faqat kasbiy malakalari emas, balki o`z ishlarini rejalashtirish ko`nikmalari, og`zaki ko`rsatmalarga amal qilish malakasi, ishning sifatini tanqidiy baholash va boshqa malakalari tarbiyalanadi. Kamchiliklarini tuzatish yordamida anomal bolalarning normal rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun sharoitlar yaratish muhimdir. Bir qator hollarda anomal bolalar uchun davolash-korreksion tadbirlar (davolash jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo`ladi. 5. Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» – o`rnini to`ldirish, tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o`rnini to`ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayanadi. 6. Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha «rehabilitas» – layoqati, qobiliyatini tiklash) tibbiy-pedagogik mazmunida anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Bu korreksion pedagogika nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi. Reabilitatsiya nuqsonlarini yo`qotish va yumshatishga yo`naltirilgan maxsus tibbiy vositalar hamda maxsus ta’lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida amalga