logo

Jahon pedagogika tarixi fani rivojlanishiga sharh

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

37.27734375 KB
Jahon pedagogika tarixi fani rivojlanishiga sharh
Reja:
1. Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlaridagi ta’lim-tarbiya. Sokrat, Platon,
Demokrit va Aristotellarning ta’limotida tarbiya masalalari.
2. G’arbiy   Yevropadagi   maktab,   maorif   hamda   pedagogik   fikrlar
taraqqiyoti. Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi.
3.   Iogann   Genrix   Petolosiyning   pedagogik     g’oyalari   va   faoliyati.   Adolf
Distervergning pedagogik qarashlari.
4. Rossiyada ilg’or pedagogik  g’oyalarning paydo bo’lishi. 
K.Ushinskiyning pedagogik nazariyasi. L.N.Tolstoyning pedagogik 
fikrlari.  A.S.Makarenkoning pedagogik faoliyati  va  ta’lim-tarbiyaviy 
qarashlari Tarixiy   taraqqiyotining   keyingi   davrlariga     kelib,   ibtidoiy   jamoa   tizimi
o’rnini     yangi   ijtimoiy   formasiya     quldorlik   tizimi   egalladi.   Qadimiy   Sharqda
birinchi sinfiy  jamiyatlar  paydo  bo’ldi hamda moddiy va ma’naviy madaniyatga
asos   solindi.   Ayniqsa   Yunoniston   (Gresiya)   xalqlari   bu   madaniyatni   ma’lum
darajada   qabul   qilib,   uni   qaytadan     rivojlantirdi   va   butun   jahon   madaniyatga,
maorifiga  o’zining  katta hissasini  qo’shdi.
Darhaqiqat,   tarixiy   taraqqiyot   davomida   turli   mamlakatlar   jahon
madaniyatiga turicha  hissa  qo’shganlar. Masalan, Xitoyda birinchi   qog’oz ixtiro
qilingan.   Hindistonda   hisoblashning     unlik   sistemasi   kashf   etilgan.
Mesopotamiyada     esa   yer   kurrasini   graduslarga,   sutkani   soatlarga,   minutlar   va
daqiqalarga  bo’lish  uylab topilgan.
Eramiz     boshlanishidan   oldin     Markaziy   Osiyoning   janubiy   chekkasiga
yaqin  bo’lgan  joyda O’rta  dengiz  bilan  Hindistonni birlashtiruvchi  karvon yo’li
qurilgan. So’ngra Markaziy  Osiyo  Xitoydan O’rta dengizga  tomon «Buyuk ipak
yo’li»     ochilgan.     Natijada   Markaziy   Osiyo     xalqaro     savdo-sotiq   markazi   bo’lib
qolgan.     Bu   esa   o’z   navbatida     Markaziy   Osiyo     vohalarida   madaniyatning
rivojlanishiga   ta’sir   ko’rsatgan.     Ayniqsa,   qadimgi   Yunonistonda   madaniyat,
tarbiya,   maktab   va   dastlabki     pedagogik   fikrlar     boshqa   qadimiy       Sharq
mamlakatlariga nisbatan juda erta      rivojlangan.
Yunoniston     unchalik  kata  bo’lmagan    bir  qancha       quldorlik  davlatlaridan
iborat   mamlakat   bo’lgan.   Uning   eng   katta     shaharlaridan     Lakoniya   (poytaxti
Sparta) va Atttika (poytaxti Afina) ayniqsa madaniyat markazi bo’lishi  bilan  o’ta
mo’tabar edi. Bu shaharning   har qaysisida tarbiyaning   boshqa   mamlakatlaridan
farqli     alohida   tizimi     vujudga   keldi.     Bu   tarbiya   tizimi     shaharlar   nomi   bilan
yuritilib   «Sparta»   va   «Afina»   usulidagi     tarbiya     deb   yuritiladigan   bo’ldi.   Har
ikkala     bu   shaharning     iqtisodiy     va   siyosiy     taraqqiyotidagi     ba’zi   bir   xususiyat
madaniyat darajasi turlicha bo’lganligi tufayli  har ikki tizim  bir-biridan farq qilar
edi.   Ammo   ikkala   davlatda   ham   quldorlik   tizimi       hukmron   edi.   Yunonistonda qullarni   «gapiradigan   ish   quroli»   deb   hisoblardi.   Chunki   qullar     barcha
mamlakatlardagi kabi oddiy  insoniy  huquqlaridan  ham mahrum edilar.
Lakoniya Peloponnesning  sharqiy-janubiy qismidagi yerlarga davlat bo’lib,
bu viloyatlar sohilida  kemalar to’xtaydigan qulay joy yo’q edi. Mamlakatda qullar
mehnatga   asoslangan   dehqonchilik   hukmron   edi.   Soni   unchalik   ko’p   bo’lmagan
yarim   ozod   va   huquqli   bo’lmagan   aholisining   ko’pchiligi   hunarmandlar   edi.
To’qqiz   ming   oiladan   iborat   bo’lgan   quldorlar   wt0   mingdan     ko’proq   aholiga
hukmronlik     qiladi.   Spartada     qullar   shafqatsiz   taqib   ostiga   olinardi.   Shu   sababli
ular   tez-tez   isyon   ko’tarib   turardilar.   Bunday   hol   esa   ularning   uyushqoq   bo’lib
yashashga, hamisha  harbiy tayyorgarlikda bo’lishiga  da’vat etardi. Tarbiya ishlari
esa   davlat   ixtiyorida   bo’lib   uning   asosiy   maqsadi   spartaliklarning   bolalarini
baquvvat,   jismoniy   sog’lom,   bardoshli,   chiniqqan   jangchilar   qilib   tarbiyalashdan
iborat bo’lishi bilan birga bo’lajak quldorlarni  ham tarbiyalashni nazarda tutar edi.
Spartaliklarning   bolalari   7   yoshgacha   uyda   yashar,   keyin   «agella»   deb
ataluvchi   alohida   davlat   tomonidan   tashkil   etilgan     tarbiya   muassasasiga
joylashtirilar  va ai  yoshga yetguncha ularga ana shu muassasalarda  ta’lim-tarbiya
berilardi.   Bu   muassasalarning     rahbarlari   davlat   tomonidan     obro’li,   taniqli
kishilardan  tayinlanardi.  Bunday  kishilar  «pedonom»  deb   atalib,  butun  tarbiyaviy
ishga   rahbarlik   qilardi.   Ayniqsa,   o’smirlar   tarbiyasiga   alohida   e’tibor   berilardi.
Ular   jismoniy   sog’lom   bo’lishi   uchun   turli   mashqlar   bilan   chiniqtirilar,   sovuqqa,
ochlikka   chidashga,   og’riqqa   bardosh   berishga     ham     o’rgatilib   borilardi.   Ta’lim
jarayonining asosiy  qismini  harbiy gimnastika  mashqlari  egallardi. Bu bilan yosh
spartaliklarni yugurishdan, sakrashdan, disk va nayza ota bilishidan, kurashish   va
qo’l jangi   usullaridan saboq berilardi.  Shungdek, harbiy  tusdagi maxsus o’yinlar
ham o’rgatilardi. Spartaning kelajak  vorislari  jismoniy baquvvat,  hyech narsadan
qo’rqmaydigan, botir jangchi, o’z xalqini har qanday ofatdan himoya qila oladigan
bo’lib yetishardi.
Qadimgi   Gresiyadagi  tarbiyaviy ishlar shunisi bilan o’ziga xos ediki, unda
bolani   nafaqat   jismoniy   chiniqtirishgina   emas,   balki   ma’naviy   tomondan   ham barkamol bo’lishi    nazarda tutiladi. Unda asosan bolalarga musiqa   va ashula   va
diniy  raqslar  ham  o’rgatilgan. Bu mashg’ulotlarning mazmuni  jangovar  hamda
harbiy tusda bo’lgan.
Qadimgi   grek   tarixchisi,   faylasuf     olimi     Plutarx   Sparta   maktablaridagi
ta’lim-tarbiya  haqida   gapirib shunday  deydi, «O’qish  va yozish bolalarga  faqat
ularning   eng   zarurli   o’rgatilar   edi,   tarbiyaning     qolgan     qismi   esa     bitta   maqsad
hyech   so’zsiz   itoat   qildirishi,   chidamli   bo’lishini   va   yengish   ilmini     o’rgatishni
ko’zda tutadi».
Spartada   olib   borilgan     ta’lim-tarbiyaning     yana   bir   muhim     vazifasi
yoshlarni     qullarga   nisbatan     shafqatsiz,   ularni   mensimaydigan       qilib
tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar» da, ya’ni kechalari
qullarni   tutish     mashqlarida   qatnashtirishgan   edi,   bunday   mashqlar   yosh
spartaliklar   otryadlari   shaharning   biror   mahallasining   yoki   shahar   tashqarisidagi
nohiyani   qurshab   olib,   shubhali   bo’lib   ko’ringan   har       qanday   illotni   (qulni)
o’ldirardi.
Yoshlarga   axloqiy   tarbiya   berishda     davlat   rahbarlari   maxsus   suhbatlar
o’tkazib,   shu   yo’l   bilan   ularga     axloqiy   va   siyosiy     tarbiya   berar   edilar.   Bu
suhbatlarning  asosiy   mazmuni   vatan  dushmanlari   bilan   kurashib   ota-bobolarining
ko’rsatgan   mardligi va jasurligi qahramonlar haqida gapirib berishdan iborat edi.
Bu   bilan   ular     yunonlarda   o’z   vataniga   va   ota-bobolariga   hamda   uning   merosiga
katta hurmat  hissini  tarbiyalashgan.  Shuningdek, bolalarni  savol-javob jarayonida
aniq  qisqa  va lo’nda  qilib  javob berishga   o’rgatib  borilgan.
Sparta   ta’lim-tarbiya   tizimida   bola     18-20   yoshga   yetgandan   keyin   maxsus
«efeblar» guruhida o’tkazilgan va harbiy  xizmatni  o’taganlar.
Sparta   qizlar   tarbiyasiga   harbiy   va   jismoniy   tarbiya   malakalari   bilan
qurollantirilib borilgan. Bundan maqsad  erkaklar  qullar  qo’zg’olonini bostirmoq
uchun     urushga   ketgan   vaqtlarida   qizlar,   ayollar   shaharni,   uy-joyni   qo’riqlash
maqsadida  qurollanib qo’riqchilik vazifasini    o’tar, qullarni  esa  itoatda saqlanishi
ta’minlar edilar. Qadimgi     Gresiya     ikkinchi   bosh   shaharlaridan     biri   Afinada   esa     hayot,
tartib, intizom, maktab tizimi va undagi ta’lim-tarbiya Spartanikidan butunlay  farq
qilardi.   Chunki   Afinadagi   iqtisodiy   hayot   Spartadagi   singari   cheklanib   quyilgan
emas edi. Qullar xususiy mulk  hisoblanardi.
Afinada   eramizdan   ilgari   V-VI   asrlarda     madaniyat   o’sdi.   Tibbiyot   ilmi,
matematika,   tarix,     sanat,   ajoyib   grek   me’morchiligi   va   haykaltaroshligi   taraqqiy
qildi.
Afinadagi   eng   ko’rkam     va   barkamol   inson   deb     ham   jismoniy,   ham
ma’naviy jihatdan yetuk kishini  o’zlarining «ideal» i deb  hisoblar edi.
Tarbiya jarayonida  aqliy, estetik va jismoniy tarbiya  uyg’unlashgan  holda
olib borilardi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, bu ideal faqatgina qullarning qismati
deb   hisoblanadi.   Ammo   tabaqalanish   natijasida   quldorlik   jamiyatining   o’zida
ancha   kambag’al,   ajralib   chiqdi,   ular   hunarmandchilik   bilan   shug’ullanar   edilar.
Boy quldorlar esa ularga nafrat  ko’zi bilan qarardilar.
Afinada   bolalar   7yoshgacha   uyda   tarbiyalanar   edilar.   O’g’il   bolalar   u
yoshdan   boshlab   maktabga   qatnar,   qizlar   esa   oilada     ona     ko’magida   uy-ro’zg’or
ishlariga  o’rgatilar   edi.  Afinada   umuman    xotin-qizlarning    hayoti     uy  doirasidan
chiqmas, asosan ichkarida o’tardi.
  Bolalar   dastlab   (7yoshdan       13-14   yoshgacha)   «grammatist»   va  «kivatist»
maktablarida   har   ikkovida   ham,   yoki   bo’lmasa   avval   grammatist   o’qitilardi.   Bu
maktablar   xususiy   bo’lib,   haq   to’lanardi,   shu   tufaylii   puli     yo’q   fuqarolarning
bolalari   bu  maktablarda   ta’lim   ola  olmasdi.   Bu   kabi   maktablarda  «dedaskal»   deb
atalgan     o’qituvchilar   mashg’ulot   olib   borardi.   O’g’il   bolalarni   maktabga     qullar
etaklab  borgan. Bunday qullar «pedagog» deb atalgan.
Afinadagi     grammatist   maktablaridagi     ta’lim-tarbiyaning   mazmuni   o’qish,
yozish va hisoblashni o’rgatishdan iborat bo’lgan.
O’qit       harflarni     hijjalab     o’qitish   usulida   olib   borilib,   bolalar     harflarni
yodlab, so’ng shu  harflarni qo’shib bo’g’inlar  yasar, bo’g’inlarni qo’shib  so’zlar
yasardilar. Yozuvni  o’rganishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan  foydalanar edi.   Bunday   taxtachaga   ingichka   cho’p   bilan   harflar   yozilgan   edi.   Barmoqlar,   va
sanoq   taxtasi   yordami   bilan   hisoblash   o’rgatilardi.   Kifarist   maktabida   o’g’il
bolalarga adabiy bilim, estetik mazmundagi deklamasiyalar o’rgatilardi.
O’g’il   bolalar   un   uchun   to’rt   yoshga     yetganlaridan   keyin   «Polistra»   deb
atalgan     o’quv   yurtiga   o’tardi.   Bu   o’quv   yurtida   ular   2-3   yil   davomida   jismoniy
mashqlar   yugurish,   sakrash,   kurash   tushish,   disk   va   nayza     irg’itishdan   iborat
bo’lib,   suvda   suzish   ham   o’rgatiladi.   Spartada   kabi   Afina   maktablarida   ham
o’quvchilar   bilan  siyosiy  va  axloqiy  masalalarga  suhbatlar   o’tkazilgan.  Polistrada
jismoniy   tarbiya   va     axloqiy   masalalarga   doir   suhbatlarga   eng   taniqli   fuqarolar
bepul   rahbarlik   qilardilar.   «Polistra»da   maktabda   o’qish   tekin   bo’lganligi   uchun
ham   ko’pchilik   bu   o’qish   bilan   cheklanib   qolardilar.   Ayrim   badavlatroq   oiladan
bo’lgan   bolalar   «Polistra»   maktabini   tugatganidan     so’ng   «Gimnaziya»ga     kirib
o’qirdi.   Maktabni   tugatgan   yoshlar   davlat   boshqarishda     qatnashishlari   mumkin
bo’lgan. Shuning uchun  ularga  falsafa, siyosat, adabiyot fanlari   o’qitilgan. Lekin
bu maktabda  ham badan tarbiya bilan shug’ullanish davom ettirilgan.
Sokrat   (eramizdan   avvalgi   469-339   yillari)     o’zining   demokratik   ijtimoiy
c7iqishiga   qaramay,     konservativ   zamindor   aristokratlarning   ideologi   edi.   Bu
uning   falsafiy   va   pedagogik   qarashlarida   tarbiyadan   kutilgan     maqsad,     tabiatni
o’rganish  bo’lmay,  balki   kishining bilib  olishi,  axloqni   kamol  toptirish  bo’lmog’i
lozim. Ham  faylasuf ham notiq Sokrat  keng maydonlarda, jamoat oldida so’zlarga
chiqib   axloqqa   doir   masalalar   yuzasidan     suhbatlar   o’tkazar,   tinglovchilarning
savol-javob     yo’li   bilan   diqqatini   o’zlari   uylab   topishiga   shu   yo’l   bilan
odamlarning   haqiqatni   izlashga   o’rgatardi.     Suhbatning     bu   usuli   o’sha   paytda
«Sokrat   usuli»   deb   ataldi.   Sokrat   usulidan   keyingi   davrlar   uslubiyatida   suhbatni
«fikr  qo’zg’ovchi savollar usuli»  nomida o’tkizish paydo bo’ldi.
Qadimgi   Gresiyaning   faylasuflaridan   Platon   eramizdan     ilgari   (427-347
yillari)   idealist     faylasuf   Sokratning   shogirdi,   obyektiv   idealizm   nazariyasining
asoschisi   edi.   U   «g’oyalar   dunyosi»   birlamchi,   his     qiluvchi   narsalar     dunyosi
ikkilamchi deb hisoblanadi. Platon   tanadan   tashqarida     mavjud   bo’lgan   narsalar   haqidagi     nazariyani
olg’a   surdi   va   bu   tanadan   tashqarida   bo’lgan   narsalarni     «   tur»   yoki   «ideyalar»
deb   atadi.Platonning   fikricha,   u     bu   davlatning   maqsadi   oliy   ezgulik     g’oyasiga
yaqinlashishdir,   bu     g’oya,   asosan   tarbiya   yo’li   bilan   ro’yobga   chiqishini
ta’kidlaydi.
Tarbiya,-   deydi   Platon,   -davlat   tomonidan   tashkil   etilmog’i   va   hukmron
guruhlarning     faylasuflar   va   jangchilarning   manfaatlarini   ko’zlomog’i   lozim.
Platon   o’zining     pedagogika   tizimida     Sparta     va   Afina   tizimining     ba’zi   bir
belgilarini  birlashtirishga  intiladi.
Platon fikricha, bolalar e yoshdan y yoshgacha davlat  tomonidan  ta’minlab
quyilgan.   Ateizm   nazariyasini   yaratgan   atoqli     faylasuf   materialist   demokratning
qarashlari   qadimgi   yunon   faylasufining   cho’qqisidir.   Demokrit     o’z   asarida
yuqorida     nomlari     qayd   etilgan   mutafakkir   faylasuflar   kabi   tarbiya   masalalariga
ko’p e’tibor beradi. U o’z  nazariyasida tabiat  qonunlariga Xurofotni va qo’rquvni
yemirib   tashlaydigan   chinakam     bilimlarga   murojaat   qiladi.   Demokrit
«xudolarning irodasi» degan gaplar  odamlar  uylab chiqargan uydirmadan boshqa
narsa   emas,   deb   hisoblab   xudolarga     ishonchni   rad   etadi.   Demokrit   tabiat
masalalarini birinchi bo’lib ilgari  so’rdi.
«Tabiat   bilan   tarbiya   bir-biriga   o’xshaydi»   deb   yozadi.   Demokrit   «ta’lim
mehnat asosidagi  go’zal narsalarni hosil qiladi» deb tarbiya ichida mehnatning roli
juda   katta     ekanligini   ta’kidladi.   U   doimo   mehnat   qilib   turishni   talab   qildi,
mehnatga   odatlana   borgan   sari,   mehnat   yengil     bo’lib   boradi,   deydi.   U   yomon
o’rnakdan   ehtiyot   bo’lishi   kerak,   -   deb   ta’kidlaydi   va   yaxshi     xulq   hosil   qilishda
mashqning ahamiyati katta, deb hisoblaydi.
 Demokrit  quldorlik  negizlarga nisbatan tanqidiy  qarashni vujudga keltirdi,
tabiatni chinakam bilishga tarbiyani  qayta qurishga  chaqirdi.
Demokrit   barcha   tabiiy   jarayonlarga,   jumladan   insonning   axloqiy
munosabatlariga  ham xudolarning aralashuvini inkor etib, kishi xulqining real, bu
dunyodagi asosini  topishishga urinadi. Demokrit axloqni  odamning o’z tabiatidan
kelib chiniqib chiqib asoslashga   harakat qiladi. U axloqning ikkiyuzlama yasama va     haqiqiyga   bo’linishiga   qarshi   chiqadi,   shaxsning   faqat   mulohazadorlik   va   aql
rahnamoligida   mumkin   bo’ladigan   axloqiy   kamoloti   uchun   jonbozlik   ko’rsatadi.
To’g’rirog’ini bilmaslik xatoga olib  keladi, degan edi u.
Aql to’g’ri   xatti-harakatlarga   yo’naltirilmog’i lozim, bu esa     bilimlarning
doimo   mukammallashtirib   borish     haqida     g’amxo’rlik,   tabiat   qonunlari   va   odam
xulqimni 6rganish zarur demakdir, degan edi  Demokrit.
Demokritning     etik   va   pedagogik   qarashlari     diniy   qobiqdan   holi   edi.
Shuning uchun   ham o’zidan keyingi faylasuf olimlarga katta ta’sir etdi. Ayniqsa,
ularning   inson   kamolotidagi   nazariy   qarashlari,   tarbiyaning   roliga   bergan   katta
ahamiyatlari pedagogika tarixi nazariyasini yaratishda  asosiy zamin bo’lib xizmat
qiladi.
  G’arbiy   Yevropada     maktab,   maorif   hamda   pedagogik     fikrlar
taraqqiyoti.  G’arbiy Yevropa mamlakatlarida quldorlik jamiyatining o’rnini olgan
feodalizm u asrda paydo bo’lib, to XVI arlargacha   davom etdi. O’rta hol   feodal
jamiyatining     hayotida     din   va   unga   xizmat   qiluvchi   ruhoniylar   g’oyat   katta   rol
o’ynardilar.
O’rta   asrlarda   katta   kuchga   ega   bo’lgan   katolik   ruhoniylari   barcha
imkoniyatlardan   foydalanib,   ma’rifatga   qarshi   qattiq   kurash   olib   bordilar.   Din
haqiqatning   birdan-bir   manbai   hisoblanib,   fan   dinga   xizmat   qilar   edi.   O’rta   asr
G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ikki   guruhga bo’lingan va yetti fanni o’z ichiga
olgan ta’lim dasturi vujudga keltirildi. Birinchi guruh uchta fandan iborat edi, shu
sababli   unga   lotincha   «trivium»   nomi   berildi.   Unga   grammatika   (lotin   tili
grammatikasi)   ritorika   va   dialektika   kirar   edi.   Ikkinchi   guruh   to’rt   fandan   iborat
bo’lgani uchun   uni lotincha «kvadrivium» deyiladi. Unga arifmetika geometriya,
astronomiya   va   musiqa   kirar     edi.   Hammasi   bo’lib   bu   yettita   fanni   yetti     erkin
san’at» de atash rasm bo’lib  qoldi.
Hamma   fanlarning   toji   debatologiya   hisoblanar   edi.   O’rta   asrlarda
beriladigan ta’lim dasturi cherkov maktablari orqali amalga oshirilar edi. Cherkov
maktablarining   asosiy   turlari   prixod   maktabi   (ya’ni   yer   cherkovga     qarashli)
magistr maktabi va osh cherkov yoki yepiskop maktablaridan iborat  edi. Bu maktablarda qattiq intizom o’rnatilar edi. O’quvchilar qilgan  har bir aybi
uchun qattiq va shafqatsiz jazolanardi. Bunday  maktablarda odatda o’quvchilarga
tan jazosi berilardi. (savalash, och qoldirish, shu kabilar)
O’rta   asrlarda   G’arbiy   Yevropada   xotin-qizlar,   ayniqsa   mehnatkashlarning
xotin-qizlari deyarli savodsiz edi. Mulkdor feodal va asilzoda tabaqalariga mansub
oilalarda     tug’ilgan   qiz   bolalar   odatda   xotin-qizlar   monastirlari     ichida     yoki
maxsus murabbiylar va oilaga bekitilgan ruhoniylar   qo’l ostidagi uylarda   tarbiya
oladilar.
Risar   tarbiyasi.     Cherkovga   qarashli   maktablar   diniy     ruxdagi   tarbiya   endi
o’rta asrlar jamiyatiga hukmron bo’lgan harbiy pomeshchiklar tabaqasiga mansub
dunyoviy   feodallarning   talablariga   javob   bera   olmaydigan   bo’lib   qoldi.   Yer   va
krepostnoy   dehqonlar   dunyoviy   feodallarning   xususiy   mulki   bo’lib,   bu   feodallar
krepostnoy dehqonlarni shafqatsiz ekspluatasiya qilar va ularni qurol kuchi   bilan
o’zlariga   itoat   qildirar   edilar.   Ular   dehqonlarni   qo’zg’olonlarini   bostirishda   va
boshqa     mamlakatlarga   qarshi   urushlarda   ishtirok   qiladilar.   O’zlarining   yer-suv
mulklarini orttirish maqsadida doim bir-biriga hujum qilib, o’zaro urush qiladilar.
Shuning   uchun   ham   dunyoviy   feodallar   muhitida   risar   fazilatlariga   ega   bo’lgan
odam   ideali   vujudga   keldi.   Bu   idealga   muvofiq   risar   tajribali,   mohir   va   mard
jangchi,   krepostnoy   dehqonlarga   nisbatan   qattiqqo’l,     shafqatsiz   va   ayni   vaqtda
feodal   tabaqasiga     mansub   kishilarga   nisbatan   olijanob,   nazokatli,   odobli,
xushmuomala,   vijdonli,   fidokor   va   sodiq   odamdir.   Risar   ideali     bilan   bir     vaqtda
alohida tarbiya tizimi, ya’ni risar  tarbiyasi  ham maydonga keldi.
G’arbiy   Yevropa   mamlakatlarida   risar   tarbiyasi   XII   asrga   kelib   to’la   tarkib
topdi va rivojlandi. Risar tarbiyasining  mazmuni «risarlarga oid yettita fazilat»dan
tashkil     topdi.   Bu   fazilatlar   quyidagilardan   iborat,   ot   minib   yurishni   bilish,
qilichbozlikni     bilish,   nayzabozlikni     bilish,   suza   bilish,   ov     qilib   bilish,   shashka
o’ynashni     bilish,     she’r   to’qish   va     qo’shiq   ayta   bilish.   Bu   fazilatlardan   birinchi
o’rinda   turgan   uchtasi   risarga   berilmog’i   zarur   bo’lgan,     harbiy   tarbiyaga
taalluqlidir.   Risar   otlik     askar,   qilich   va   nayza     esa   o’sha   zamon   jangchisining
asosiy   quroli   edi.   Suzish   va   ov   qilishni     bilish   jismoniy   chiniqish,   chaqqonlik   va bardoshlilikni o’stirish uchun talab qilinardi.   Bundan tashqari ov qilish tekinxo’r
feodalning bekorchi vaqtini band qilish shuningdek o’zining  qayerdaligini aniqlay
bilish (oriyentasiya  qobiliyati), topqirlik, hushyorlik,  dushmanning izini topish va
shu kabi   sifatlarni o’stirish vositasi  hisoblanardi. Shashka    va shaxmat  uyini, bir
tomondan,   bekorchi   vaqtni     band   qilish,   ya’ni     hujum   va   mudofaa   planini     tuza
bilish  qobiliyatini o’stirishi  vositalaridan hisoblanardi.
Shahar     maktablarining   vujudga   kelishi.   G’arbiy   Yevropada   XII-XIII
asrlarda     hunarmandchilik   va   savdoning   rivojlanishi   shaharlarning   o’sishiga   va
shahar madaniyatining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Shaharning asosiy aholisini
tashkil   qiluvchi   hunarmand   va   savdogarlar   o’z   bolalariga   amaliy   faoliyat   uchun
zarur   bo’lgan     bilim         berishga   manfaatdor     edilar.   O’sha   vaqtda   ishlab   turgan
cherkovga qarashli  diniy maktablar bunday bilim bermas edilar. Shu sababli sexda
birlashgan       hunarmandlar   va   gildiyalarda   birlashgan     savdo   ishlab   turgan
cherkovga   qarashli  diniy maktablar  sex maktablari va gildiya maktablari deyilar
edi.   Keyinroq     borib   sex   va   gildiya   maktablari   magistrant   maktablariga,   ya’ni
shahar boshqarmasi  (magistrant)   xarajatidagi maktablariga aylandi.
Yevropada dastlabki universitetlar hamda Akademiyalarning   tashkil topishi
va ulardagi  ta’lim  tizimi . Yevropada  birinchi universitetlar XII asrning ikkinchi
yarmida Italiyada , Angliyada, Fransiyada tashkil qilindi. Bu universitetlar dastlab
professor     va   studentlarining   mustaqil   idora   qilinadigan   uyushmasi
(korporasiyasi)dan iborat edi. Keyinchalik XIII    asrda  bu korporasiyalar o’z-o’zini
idora   qilish   huquqi   saqlab     qolgan   holda   davlat   tomonidan   rasmiy   tasdiqlandi.
Cherkov   esa   universitetni   tamomlagan   talabalarga   ilmiy   daraja   va   o’qituvchilik
huquqini berishini  o’z ixtiyoriga oldi. Ana shu tariqa universitetlar rasmiy   o’quv
muassasaga   aylanib     qoldi.   XIVaXV   asrlarga   kelib   universitetlar   Yevropa
mamlakatlarining  hammasida ochilgan edi.
Universitetlarning  vujudga kelishi  va ularning  rivojlanishi. XIIaXIII asrda
bir   qancha   G’arbiy     Yevropa   mamlakatlarida   oliy   ma’lumot   beradigan     6quv
yurtlari   sifatida   universitetlarining       vujudga   kelishiga     o’sha   vaqtlarda   ko’p
yevropaliklarning   arab   madaniyati   (xususan   medisina   va   falsafa)     bilan   tanishuvi katta   ta’sir     ko’rsatadi.   Bu   madaniyat   bilan   tanishishga     G’arbiy   Yevropa
feodallarining   XI   asr     oxirida   Sharqdagi   arab   musulmon   mamlakatlariga   qarshi
boshlagan   harbiy   harakatlari   sabab   bo’ldi.   O’sha   zamon   arab   mamlakatlarida
madaniyat  va ma’rifat G’arbiy Yevropadagi madaniyatga   nisbatan  ko’p jihatdan
hiyla taraqqiy   qilgan edi.  Xususan arablar tomonidan  VIII asrda  istilo  qilingan
Ispaniyada tashkil qilingan arab oliy o’quv yurtlari Yevropa   universitetlari uchun
ma’lum darajada namuna bo’ldi. Ispaniyada arablar barpo  qilgan   arab oliy o’quv
yurtlarida   falsafa,   matematika   astronomiya,   medisina   fanlari   o’qitilar   edi.
Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan  ko’p talabalar   Kordovada  o’qib, oliy
ma’lumot  olardilar.
                   Yan Amos Komenskiy   (1592-1670) buyuk chex pedagogi.   Uning oilasi
ruhoniy   «Chex   qardoshlari»   jamoasiga   tegishli       bo’lib,     o’zlarini   protestant   Yan
Gusning     davomchisi     deb   hisoblar   edilar.   Yan   Gus   katolik   cherkoviga   qarshi
chiqqani   uchun     gulxanda   yondirib   o’ldiriladi.Komenskiy     otta-onasidan   yosh
ajralib,   ancha   vaqt     o’qimaydi.   16   yoshida   «Chex   qardoshlari»   jamoasining
yordami   bilan   lotin   maktabiga     o’qishga   kiradi,   bu   yerda   u   tarbiya   tizimining
yomonligini, o’quv metodlarining yaramasligini  kuradi  va tushunadi. «Men o’sha
vaqtdayoq   tarbiya   masalasida   mamlakatimni     orqada   ekanligini   ko’rdim.   Men
o’sha davrdayoq fan va  tarbiya  hammaga tegishli bo’lishi kerakligini o’yladim»-
degan edi  Komenskiy.  Maktabni  tugatgach  Gerbern universitetiga  (Germaniyada)
o’qishga kiradi, uni tugatgach Geydelberg universitetida leksiya kursini  tinglaydi,
bu   universitetda   o’sha   davrda   ilg’or   professorlar   ishlardi.   Komenskiy   Avstriya,
Gollandiyada   bo’lib   iqtisodiy,   siyosiy   va   madaniy   turmushni   o’rganadi.
Shuningdek, o’zining ilmi va   dunyoqarashini kengaytiradi.1631 yili o’qish uchun
kitob «Otkritiya dver yazka» (tillar va hamma  fanlarning  ochiq eshigi)ni yaratadi.
Bu   asardan   so’ng   Komenskiyning     ko’p   mamlakatlarda     dongi   ketib,   ta’siri
kuchayadi. 1632 yili Komenskiy «Buyuk didaktika» degan  katta pedagogik asarni
tugatadi.  «Ona  maktabi»  degan   maktabgacha  tarbiya    qo’llanmasi  asarini  bunyod
etadi.   «Buyuk   didaktika»   asarida   «fan,   sofiya   ideyasini»   (fan-grekcha-butun, hamma,   sofiya-donolik,   aqllilik)   hamma     narsani   bilish,     hamma   uchun     bilim
berish demakdir.
                             Komenskiy chex qardoshlari  jamoasiga yepiskop qilib   tayinlangach,
1648 yilda Leshnoga qaytib keladi. Jamoa tarqatilgan so’ng u yana   o’qituvchilik
faoliyatini    davom  ettiradi.  Bir   necha      yil    Vengriyada  maktablarni      boshqaradi
«Vidimiy   mir   v   kartinkax»   degan   asar     yozib     o’qish   ishlarini   rasmlar   bilan   olib
borishini     ilgari   suradi.  Bunda   yoshlarning     xulq     qoidasi   «Yaxshi   tashkil   topgan
maktablarning     qonuni»   degan   bir     qancha   pedagogik     foydali   ishlari   berilgan.
Komenskiy   fikricha     tarbiyachi     boladagi     iste’dodni   o’stirishi   kerak.   Agar     bola
pedagogik  ta’sirsiz yashasa, bu iste’dod tasodifan o’sadi. Kishi dunyoga kelganda
kishiga     xos   iste’dodga   ega   buladi.   Xuddi     olmadagi   uruqqa   o’xshab     ba’zida
ko’proq, ba’zida kamroq  bo’ladi.
                  Komenskiyning   yana   bir   qimmatli   tomoni   o’quvchilar   bilim   olish
tushunchasiga  ega.    Oynani     qanchalik    chang  bosgan     bo’lsa  ham,  bari   bir  kishi
o’z   aksini   ko’rishi   mumkin,   albatta,   toza   oyna   kishi   aksini   toza   ko’rsatadi.
O’qituvchining   vazifasi   oynadagi   changni     artib   tashlash,   ya’ni   bilimni     bola
ongiga  yetkazish, uni aqliy tomondan o’stirishdir, degan edi.
                  Komenskiy     o’z   asarlarida   tarbiyaning   maqsadini   ko’rsatadi.   Tarbiyaning
maqsadi   kishini   mangulik     dunyosiga   tayyorlashdan     iboratdir.   Buni     uch     xil
tarbiya   orqali amalga oshirish mumkin.
1. Aqliy tarbiya
2. Axloqiy tarbiya
3. Diniy tarbiya
Bu maqsad bolaning tug’ilganidan to 24 yoshgacha amalga oshadi, bu davr ichida
bola turt maktabni  o’qib tugatishi, har birida 6 yil o’qishi u kerak, deb  hisoblaydi.
           Komenskiyning bolani yosh  davrlarga bo’lishi. Bunda u tabiiylik prinsipiga
amal qilib, bola yoshini  davrlarga  bo’ladi.
1.   Tug’ilgandan   6   yoshgacha   -   ona   maktabi.   Bu   davrda     bolaning     sezish
organlarini   o’stirishga,   bolaning   qabul   qilishini,   atrofdagi   dunyo   bilan
tanishtirishga katta ahamiyat beradi. Bolani mehnatga  o’rgatish, o’z-o’ziga xizmat qilishga   jalb     etish   kerak.   Ona   bolada   axloqiy     tarbiyaning   asoslarini,   to’g’rilik,
haqqoniylik, quloq solish, mehnatni sevish va  boshqalarni vujudga keltiradi.  Ona
maktabi   bog’cha  yoshidagi  bola tarbiyasini kuzda tutadi.
2. 6-12 yoshgacha - xalq maktabi yoki ona tili maktabi. Bunda o’quvchi esda
saqlashi,   so’zlashga   o’rganishi,   yozish,   boshlangach   maktab   ko’nikmasini   hosil
qilishi     kerak     bo’lib,   buning   uchun     geometriya,   geografiya,   tibbiyot   fanlarini
o’rganish  lozim.
3.   12-18   yoshgacha   -   gimnaziya.   Bu   o’quv   yurtining   vazifasi   bola
tushunchasini, tafakkur  qobiliyatini o’stirishdan iborat  bo’lib, unda klassik  tillar,
tabiiyot bilimlari, axloq, xudojo’ylik o’qitilishi kerak.
4.18-24   yoshgacha     universitet.   Akademiya.   Bu   o’quv   yurtlari   o’quvchining
irodasini, shaxsini bir butun o’stirishi  kerak.
                       Izchillik prinsipida   kun, oy, yilga vazifa   quyish va uni amalga   oshirish
uchun   intilish     kerakligi     aytiladi.Bunda   a)   aniq   vaqtni   belgilash,       b)   o’qishning
bola yoshiga  mos bo’lishi,   v) material izchillik  bilan o’rganilishi, ya’ni bugungi
material   ertangi   bilan     bog’lanishi   va   keyingi   o’tiladigan   materialga   yo’l   ochish
kerak.
                Sinf-dars tizimi.  Komenskiy  o’qituvchi butun sinf  bilan  jamoa  bo’lib
ish olib borishini, ya’ni    o’qitishni  olib borishni  tavsiya etdi. Dars vaqtida   utgan
darsni qaytarish, yangi  mavzuni  tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa   berish
kerakligini ko’rsatadi. Darsni rejalashtirish va olib  borish   to’g’risida ko’rsatmalar
berdi.
              Axloqiy tarbiya.   Intizom. U qo’yidagilarni  axloqiy tarbiya vositalari deb
biladi   a) ota-ona, o’qituvchi, o’rtoqlarning    namunasi,  B)  bolalarga  yo’l-yo’riq
ko’rsatish,   ular   bilan   suhbat   o’tkazish,   V)   bolalarni   yaxshi   xulqqa   o’rgatishda
mashqlar   o’tkazish,     yalqovlik,   o’ylamay   ish   qilishga,   intizomsizlikka   qarshi
kurashish.
                     Komenskiy intizomning katta ahamiyati   borligini   ko’rsatib «Intizomsiz
maktab suvsiz tegirmondir» degan chex maqolini keltiradi. O’rta asr  maktablarida
kaltak   vositasi     bilan   o’rnatiladigan   intizomga   u   qarshi   chiqadi.   Kaltak,   xipchin- qullik   qurolidir,   deydi.   Bolalarga   insoniy   muomalada   b6lishini   aytdi.   Intizom   a)
xayrixohligi,       b)   o’qituvchining   bolaga   bo’lgan     to’g’ri   munosabati,     v)     bolani
ko’pchilik oldida   o’rtoqlari    ichida oqilona maqtash yoki qoralash intizomlilikka
olib keladi.
        O’qituvchining roli  va  unga  quyiladigan  talablar. Komenskiy  o’z davridagi
iste’dodsiz, ma’lumotsiz o’qituvchilarni   qattiq tanqid   etdi.   O’qituvchilikni «yer
yuzidagi     har   qanday     kasbdan   kura   yuqoriroq   turadigan   juda   faxrli   kasb»   deb
hisobladi.
Shunday   qilib,   ajoyib   slavyan   pedagogi     Komenskiy     butun   dunyoda
pedagogika ilmiga asos solib maktab taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. Uni  ko’p
G’arbiy mamlakatlari  maktab ishimni  yaxshilash  maqsadida    taklif  etdilar. Uning
darsliklari     ko’p   tillarga,   jumladan       rus   tiliga     tarjima   etildi.   300   yildan     ortiq
davomida  uning yozgan asarlari boshlang’ich ta’lim uchun  darslik sifatida xizmat
qildi. Komenskiyning  ko’rsatmalari   hozirgacha ahamiyatini  yo’qotgani yo’q.
Iogann   Genrix   Pestalosiy   Shveysariyada   vrach   oilasida   tug’ildi.
Pestallossining   otasi   u   kichikligida     o’lgan   edi,   shuning   uchun       ham     uni   onasi
hamda oddiy ayol- ularning sobiq  xizmatchisi   tarbiyalab  o’stirdi.
Pestalosiy avval boshlang’ich   maktabda, so’ngra lotin maktabida o’qib ilm
oldi.   Pestalosiy   o’rta   maktabni   tamomlagach,   ko’proq     gumanitar     fanlar
o’qitiladigan   oliy     o’quv   yurtiga   -   kollegiumga,   uning   filologiya   va   falsafa
bo’limlariga   kirib   o’qidi.   Pestalosiy   kollegiumni   tamomlamay   turib,   xalqning
ahvolini yaxshilash to’g’risida o’zining azaldan  orzu qilib kelgan  niyatini amalga
oshirishga qaror  qildi.
Keyingi   sakkiz   yil   davomida   Pestalosiy   o’sha     davrning   eng   muhim
masalasini dehqon   ho’jaliklarini qanday qilib tiklash, ularning turmushini qanday
qilib   yaxshilash,   mehnatkashlarning   axloqiy   va   aqliy     holatini   qanday   qilib
yaxshilash masalasini  hal qilishga jamoatchilik e’tiborini   tortishga   intilib adabiy
faoliyat bilan shug’ullandi. U «Lingard   va   Gertruda» degan   ijtimoiy-pedagogik
roman     yozib,     bu   romanda     xo’jalikni   oqilona   usulda   olib   borish   va   bolalarni to’g’ri   tarbiyalash   vositasi     bilan   dehqonlarning   turmushini     yaxshilash
to’g’risidagi  o’z g’oyalarini olga surdi.
O’rta internat  ochilib unda o’qituvchilar tayyorlaydigan alohida bo’lim ham
tashkil   etildi,   bu   maktabga   Pestalosiy   boshliq   qilib   tayinlandi.   XIX   asrning
boshlaridayoq   Pestalosiyning     «Gertruda   o’z   bolalarini     qanday   qilib     o’qitadi»,
«Onalar   kitobi     yoki   onalar   uchun   o’z   bolalariga   kuzatish   va   gapirishni     qanday
o’rgatish  haqida qo’llanma», «Kuzatish alifbesi  yoki o’lchash haqida ko’rsatmali
qo’llanma», «Son to’g’risida ko’rsatmali ta’lim» degan kitoblari bosilib chiqdi, bu
kitoblarda boshlang’ich ta’limning yangi usullari bayon qilindi.
Pestalosiyning   ijtimoiy-pedagogik   va   falsafiy     qarashlari.   Pestalosiyning
dunyoqarashi  demokratik xarakterda bo’lsa ham, lekin tarixdan  cheklangan edi. U
o’z   xalqini   oyoqqa   turg’izishni     orzu     qildi,   lekin   soddalik   qilib   mehnatkashlarni
o’qitish     va   tarbiyalash   yo’li   bilan   ularning   turmushini   o’zgartirish   mumkin,   deb
ishondi.   U   o’z   zamonidagi     jamiyatda   odamlarning   ijtimoiy   va   huquqiy
tengsizligini  tushunmadi. U xalq boshiga  tushgan kulfatlarining manbasi iqtisodiy
sharoit  emas,  balki ma’rifatning  yo’qligi deb bildi.
Pestalosiy     hamma   odamlar     tarbiya     va   ilm   olish     huquqiga   ega   bo’lishi
lozim, deb davo qilib maktablar jamiyatni ijtimoiy jihatdan o’zgartirishning muhim
vositalaridan biri bo’lishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha,   har bir   kishining
haqiqiy   insoniy   kuchlari   harakatga   kelib,   mustahkamlangandagina   eng   muhim
ijtimoiy   masalalar     hal     qilinadi,   tubdan   ijtimoiy   o’zgarishlar   ro’y   beradi.   Bunga
tarbiya  yo’li  bilangina erishish mumkin.
Pestalosiyning     fikricha,   mehnat   odamni   tarbiyalash     va   o’stirishining   eng
muhim   vositasidir,   mehnat     odamning     jismoniy   kuchlarnigina   emas,     shu   bilan
birga   aqlini     ham   o’stiradi.   Shuningdek,   unda   axloq   ham   tarkib   topadi.   Mehnat
bilan   shug’ullanayotgan     odamda     mehnatning   jamiyat     hayotida   juda   katta
ahamiyati     bor     degan ishonch tug’iladi, bunday ishonch esa odamlarni    ahil  va
mustahkam ijtimoiy  ittifoq qilib,  bir-biriga  bog’lovchi eng muhim kuchdir.
Tarbiyaning   maqsadi   va   mohiyati.   Pestalosiyning   fikricha,   tarbiyaning
maqsadi   odamning   barcha   tabiiyiy     kuchlarini   va     qobiliyatlarini   o’stirish, o’stirganda     ham   har   tomonlama   va   bir-biriga     uyg’un   ravishda   o’stirishdir.
Tarbiyaning   bolaga   ko’rsatayotgan     ta’siri       uning     tabiatiga   uyg’un       bo’lishi
lozim.
Barcha   insoniy   kuchlar   va   har   bir   bolaga   xos   bo’lgan   tug’ma   kuch   va
qobiliyatlar   kurtaklarini     tabiiy      tartibga   muvofiq,  odam   kamolotining  abadiy   va
o’zgarmas       qonunlariga     muvofiq   holda   muntazamlik     bilan   mashq   qildirib,
o’stirish kerak.
Elementar   ta’lim   nazariyasi.   Pestalosiy   pedagogika     tizimining       o’zagidir,
bu   nazariyaga   kura   tarbiyalash       eng     oddiy   elementlardan   boshlanib,   asta-sekin
tobora  murakkabroq darajaga ko’tarilib borishi lozim.
Pestalosiyning     elementar   ta’lim   nazariyasi     jismoniy   tarbiyani,   mehnat
tarbiyasini,     axloqiy   va   estetik   tarbiyani   hamda   aqliy   tarbiya   va   o’qitishni   o’z
ichiga   oladi.   Tarbiyaning   mana   shu     hamma   jihatlarini     Pestalosiy   birabiriga
bog’lab   olib   borishni   taklif   qildi,   mana   shunday   tarbiyalash   natijasidagina
insonning hamma         jihatlari   bir-biriga uyg’un bo’lib kamol topishini ta’minlash
mumkin, dedi.
Jismoniy   va   mehnat   tarbiyasi.   Pestalosiy       bolaning   barcha     jismoniy
kuchlari va imkoniyatlarini  o’stirishi   ularni    jismoniy    jihatdan   tarbiyalashning
maqsadi   deb,   bolaning       harakatga,   o’ynashga,   bir   joyda     o’tirib         qolmaslikka,
hamma narsaga yopishishga,    hamisha harakatda bo’lishga majbur qiluvchi tabiiy
intilishini  jismoniy  tarbiyalashning  asosi   deb    hisobladi.
Pestalosiy     inson shaxsini   kamolotga yetkazishda jismoniy tarbiyaga   juda
katta  ahamiyat     beradi     va    uni     bolalarning     o’sishiga   kattalarning   oqilona   ta’sir
ko’rsatishining   birinchi turi   deb  hisobladi.
Axloqiy   tarbiya.   Pestalosiy   tarbiyaning   asosiy   vazifasi   -   kelgusida   ijtimoiy
hayotda   qatnashib   foyda   yetkaza   oladigan   va       hamma     jihatlari   uyg’un   bo’lib
kamol   topgan   inson   yetishtirishdir   deb   biladi.   Bolani     boshqalarga   foyda
keltiradigan   ishlarda   mashq   qildirish   yo’li   bilan   uning   axloqi   voyaga   yetkaziladi.
Pestalosiyning   fikricha,   bola   organizmining     kundalik     ehtiyojlarini   qondirish
asosida  bolada  onaga nisbatan  tugilayotgan mehr-muhabbat axloqiy  tarbiyaning eng   oddiy     elementidir.   Bolaning     axloqi   uchun   oilada     asos   solinadi.   Bolaning
onaga  bo’lgan  muhabbati asta-sekin oilaning  boshqa  a’zolariga   ham  o’tadi.
Aqliy   ta’lim.   Pestalosiyning   aqliy   ta’lim   to’g’risidagi     ta’limoti   boy     va
mazmunli     ta’limotidir.   Pestalosiy   o’zining   insonning     hamma   jihatlarining     bir-
biriga  uyg’unlashib  kamolga   yetishi  to’g’risidagi  asosiy    g’oyasiga   tayanib,  aqliy
ta’limni   axloqiy   tarbiya   bilan       bog’lab     olib   borish     kerakligini   ko’rsatadi   va
tarbiyalovchi ta’lim olib borishini talab  qiladi.
Har qanday ta’lim  kuzatishga  va tajribaga   asoslanishi hamda xulosalar va
umumiylashtirish   darajasiga   ko’tarilishi   lozim,   deydi   Pestalosiy   kuzatishlar
natijasida   bolada ko’rish, eshitish    sezgilari  va boshqa   sezgilar  hosil  bo’ladi, bu
sezgilar bolada  fikrlash va so’zlash  ehtiyojini tug’diradi, deydi.
Boshlang’ich   ta’limning   xususiy   metodikalarini     yaratish.   U     o’zining
umumiy     didaktik       qoidalariga   tayanib   turib,   boshlang’ich   ta’limning   xususiy
metodikasi asosini yaratib berdi.
Pestalosiy   ona tili   o’qitishning asosiy vazifasi bolaning     nutqini   o’stirish
va  uning     so’z   boyligini     orttirishdan     iborat       bo’lishi     lozim,     deb       hisoblaydi.
Pestalosiy savod o’rgatishda tovush metodini birinchi o’ringa quydi, bunday qilish
harflarni   qo’shib   o’qitish   metodi   hukmronlik     qilib   turgan       o’sha   vaqt   uchun
g’oyat muhim   edi.
Pestalosiy pedagogika nazariyasi va tajribasining ahamiyati.
  Pestalosiy   burjua-demokratik   pedagogikasining     kuzga     ko’ringan
nazariyachisi va amaliyotchisi   bo’ldi. U kambag’allarning     bolalarini tarbiyalash
ichiga  o’zining butun  kuchini fidokorona sarfladi.
Pestalosiy   odamning     barcha   tabiiy     kuchlarini   va   qobiliyatlarini   bir-biriga
uyg’un qilib o’stirishdek vazifani tarbiyaning  asosiy vazifasi   deb bildi. U bolani
jismoniy tarbiyalash, mehnatda tarbiyalash, axloqiy, aqliy tarbiyalash tug’risida bir
qancha juda  qimmatli fikrlarni aytib  utdi.
Adolf   Disterverg   (1790-1866)     Adolf   Distervergning   ijtimoiy-pedagogik
faoliyati.   U   xalqqa   ma’rifat   berish   ichiga     o’zini   bag’ishlashga   qaror   qildi   va
dastlab Mersa-Reynda,  sungra esa  Berlinda o’qituvchilik seminarlariga uzoq vaqt boshchilik   qildi,   ularni   namunali   seminarlarga   aylantirishga   muvaffaq     bo’ldi.
Disterverg  seminarda     pedagogika,   matematika  va   nemis   tilidan  dars     berdi,   ayni
vaqtda   o’sha   seminarlar   huzuridagi   boshlang’ich   tajriba   maktablarida   ham
o’qituvchilik  qildi. Disterverg pedagogika sohasida samarali ish olib borish  bilan
bir   vaqtda,   adabiy   ham   metodik   ishlarini   ham     zo’r   muvaffaqiyat     bilan   bajarib
turdi. U «Nemis   o’qituvchilarini o’qitish uchun qo’llanma» degan kitobini   nashr
qildirdi   (1835).   Bu     kitobda   Disterverg   ta’limning   umumiy   vazifalarini   va
prinsiplari   to’g’risidagi   o’zining   progressiv   qarashlarini   bayon     qilib   berdi,
shuningdek u matematika, nemis tili, geografiya, astronomiyaga   doir yigirmadan
ortiq   darslik   va   qo’llanmalar     nashr     qildi,   bu   darsliklar     va   qo’llanmalar
Germaniyadaa va boshqa  ko’pgina mamlakatlarda katta shuhrat qozondi.
Disterverg   tirik   chog’idayoq   asarlari   Rossiyada   mashhur   bo’lgan   eli.
Chunonchi,   1861   yilda   uning   «Elementar   geometriya»   si     rus   tilida   nashr   etildi.
Rossiyaning   ilg’or   pedagoglari   bu   kitobni   boshlang’ich   maktablarda   geometriya
o’qitish uchun eng yaxshi qo’llanma deb  hisobladilar.
Disterverg   1827   yildan   to   umrining   oxirigacha   «Tarbiya     va   ta’lim   uchun
Reyn varaqalari» degan jurnal chiqarib turdi. U bu jurnalda pedagogikaning   turli
masalalariga       doir   turt   yuzdan   ortiq   maqolasini   bostirdi.   Boshlang’ich
maktablarining   o’qituvchilarini   tayyorlash   ishini   tubdan     yaxshilash   uchun
kurashdi.   U   nemis   xalq     o’qituvchilarining   birlashtirish     uchun   judda     ko’p   ish
qildi.
Disterverg   umrining   oxirgi   kunlariga   qadar   progressiv   ijtimoiy   pedagogika
ishlari bilan   shug’ullandi.
Tarbiyaning   mohiyati, maqsadi va asosiy prinsiplari.
Disterverg umuminsoniy tarbiya g’oyasini himoya qilib chiqdi, shu g’oyaga
tayanib   turib,   pedagogikaga   oid     masalalarni   yuqori   toifaviy   va   shovinistik
manfaatlarni   kuzlab   hal   qilishga   qarshi   kurashdi.   Uning   fikricha,   maktabning
vazifasi   «chinakam   prussiyaliklar»   emas,   balki   insonparvar   kishilar   va   ongli
grajdanlar tarbiyalab yetishtirishdir. Odamlarda insoniyatga va o’z xalqiga bo’lgan
muhabbat   bir-biriga   chambarchas   bog’langan   holda   rivojlantirilishi   lozim. Disterverg «inson - mening  nomim, nemis mening laqabimdir» - deydi. Disterverg
Pestalosiy  singari   tarbiyaning      eng  muhim   prinsipini  tabiatga  uyg’un  bo’lishidir,
deb  hisobladi.
Aqliy ta’lim. Disterverg ham    Pestalosiy  singari, ta’limning asosiy  vazifasi
bolalarning   aqliy     kuchlarini   va   qobiliyatlarini   o’stirishdan   iboratdir,   deb
hisoblaydi.   Lekin   u   formal   ta’lim   moddiy   ta’lim   bilan   chambarchas
bog’langanligini  ko’rsatib, Pestolossiga  nisbatan olg’a tomon katta qadam quydi.
Disterverg,   umuman   sof   formal   ta’lim   bo’lmaydi,     lekin     o’quvchining   o’zi
mustaqil olgan bilimlari va malakalarigina qimmatga egadir, deb uqtirdi. U tabiat
va   matematika   fanlariga   ayniqsa   yuksak   baho   berdi,   bu   fanlar   bolaning   aqliy
o’sishi uchun muhim vosita ekanligini ko’rsatdi va hamma  tipdagi umumiy ta’lim
maktablarida bu fanlar o’qitilishi lozim  deb  hisobladi.
O’qituvchiga   nisbatan   qo’yiladigan     talablar.   Distervergning   fikricha,
o’qitish   chog’ida   bolalarning   tashabbuskorligini   o’stirish,   ularni   bilimlar   bilan
qurollantirish   o’qituvchi   rahbarlik   rolini   o’ynagandagina   mumkin   bo’ladigan
ishdir. U ham Komenskiy singari  o’qitish ishida puxta ishlangan   o’quv rejasi  va
yaxshi darslikning bo’lishiga katta ahamiyat beradi. Distervergning Komenskiydan
farqi     shuki,   u   ta’limning   muvaffaqiyatli   bo’lish   oqibati,   darslik   yoki   metodga
emas, balki o’qituvchiga bog’liq deb ta’kidlaydi .
Disterverg   o’qituvchilarni   amaliy   pedagogik   mahorat   va   malakalari     bilan
qurollantirishga katta ahamiyat berdi.
Rus  pedagogikasining asoschisi   K.D.Ushinskiy   1824 yilda Tula     shahrida
tug’ildi.   U   Novgorod   -   Severskdagi   gimnaziyada   o’rta   ma’lumot   olgach,   1840
yilda   Moskva     universitetining   Adliya   fakultetiga   o’qishga   kirdi.   Universitetni
tamomlagach   22     yoshda   Yaroslavldagi   adliya     liseyida   qomus,   (ensiklopediya)
qonunshunoslik, davlat  huquqi va moliya fanlari kafedrasiga professor lavozimini
bajaruvchi   qilib   tayinladi.   Ushinskiyning   xalqparvar     harakati   lisey   rahbariyatiga
yoqmadi, oqibatda uni liseydan ishdan bo’shatdilar, shu sababli    u   boshqa o’quv
yurtlariga  o’qituvchilik   ishiga kira olmadi. 60-yillardagi   ijtimoiy   pedagogik   Ushinskiyning   pedagogik   iste’dodini
shakllanishiga  yordam berdi. 1854-1859 yillari u   do’stlari  yordamida  Gatchina
yetimxonalar     institutiga     ishga   kirdi   avvaliga     rus   tilidan     o’qituvchi,   keyin     esa
sinflar inspektori     bo’lib ishladi.   U institutda o’quv rejasi va dasturlariga, ta’lim
jarayoniga  jiddiy  o’zgarishlar kiritdi, metodik yo’llanma berdi.
Ushinskiy 1857 yildan e’tiboran «Jurnal   dlya vospitaniya» sahifalarida o’z
maqolalarini   chop   ettira     boshladi.   1860   yilda   u   «xalq   maorifi»   jurnalining
muharriri  qilib tayinlandi.
1861 yilda o’zining birinchi asari - «Bolalar dunyosi» nomli  o’qish kitobini
nashr   ettirdi.     Bu   kitob     shu   yilning       o’zidayoq   ikki   marta     nashr     etildi.
K.D.Ushinskiyning Smolniy asilzoda qizlar institutidagi faol pedagogik faoliyatini
ayrim       reaksion     kayfiyatdagi   amaldorlarning     o’qituvchilarning     noroziligini
uyg’otdi va 1862   yili ishdan   bo’shab, pedagogikadan darslik   to’zish bahonasida
chet elga ketadi.
U   yerlarda   «Rodnoye   slovo»   darsligi   nashr     etildi.   1870   yilda   «muallimlar
uchun     qo’llanma»,     «Ona   tili»darsliklari     chop     etildi.   Bundan   tashqari
Ushinskiyning pedagogika sohasidagi asosiy  nazariy asari «Kishi-tarbiya predmeti
sifatida»asari 1867 yilda I tom, 1869 yilda II tomi bosilib  chiqdi.
«Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi  to’g’risida», «Pedagogik adabiyotning  foydasi
haqida»,   «Maktabning   uch   elementi»,   «ona   tili»   kabi   maqolalar     yozgan.     «Ona
tili»asarida   tilni     o’rganishning   tarbiyaviy     ahamiyati         haqida     fikr       yuritsa,
ta’limning   psixologik   va   mantiqiy   asoslari   asarida   muallifning   diqqat,   xotira,
tafakkur to’g’risidagi   nazariy qarashlari bayon etilgan.
Ushinskiy xalqni   har tomonlama   tarbiyalash uchun o’zining umuminsoniy
tarbiya  g’oyasini  olg’a surdi.
U   «Ijtimoiy   tarbiyada   xalq   ruhi»   nomli   asarida   ta’kidlashicha   oila   bolalar
organizmida   ota-onalar     xarakterining   takrorlanishi   va   rivojlanishiga   imkoniyat
yaratadi.
K.D.Ushinskiy   chet   el   maktablarida     olib   borilayotgan   ta’lim-tarbiyani
o’rganib,   o’zining   «Boshlang’ich   ta’lim   metodikasi»   asarini       yozdi.   Unda boshlang’ich   maktabdagi   ta’lim   mazmunini     asoslab   berish   bilan     birga   uning
qoida, qonun, tartib, metod va vositalarini  ishlab chiqarish  didaktika  faniga katta
hissa qo’shdi. U eng avval o’qitishni bolalar mehnati bilan bog’lashni tavsiya qildi.
Uning fikricha har bir fanni     o’qitishda tarbiyalanuvchining hissasiga tushadigan
mehnat   uning   yoshi   va   kuchiga   loyiq   bo’lib,   aqliy   mehnatdan   dam   olish   uchun
jismoniy mehnat bilan shug’ullanish zarurligini   ta’kidlaydi.
Tarbiyaning   xalqchilligi     haqidagi     g’oya   Ushinskiyning   pedagogik
nazariyasidagi      eng asosiy g’oyadir. U ta’lim-tarbiya ishlarida tarbiya   asosiy  va
hal   qiluvchi   ahamiyatga       ega   ekanligini,   tarbiyaning   ta’limni     ham     o’ziga
bo’ysundirishini,   lekin   uning     o’ziga     xos   mohiyatini   yo’qqa   chiqarmasligini
ta’kidlaydi.
Ushinskiy o’qitish jarayonida ta’limning ko’rgazmalilik, onglilik, puxtalilik,
bolalar kuchiga mosligi va izchilligi prinsiplarini foydalandi.
Umuman   K.Ushinskiy   tarbiyaning   xalqchilligi     g’oyasini     tarbiya
nazariyasiga asos   qilib oldi, boshlang’ich ta’lim asoslarini va metodikasini ishlab
chiqdi, bu uning  pedagogikani  rivojlantirishdagi katta xizmatidir.
 Rus xalqining  ulug’ yozuvchisi, olimi, sharqshunos, pedagog  va  tanqidchi
Lev   Nikolayevich   Tolstoy   1828   yilda   Yasnaya   Polyanada   qishlog’ida   tavallud
topgan.
Tolstoy   1849   yili   Yasnaya   Polyanada   dehqon   bolalarni     o’qitish   bilan
pedagogik faoliyatini   boshlaganlar.
Tolstoy     o’zining     didaktik     qarashlari     va   darslik     kitoblariga     quygan
talablariga   asoslanib,   «O’qish   kitobini»   (1872y)     tuzdi.   Keyinchalik   u   kitob   ikki
marta  qayta   ishlanib, 1875 yilda «Yangi   o’qish kitobi» nomi bilan nashr etildi.
Tolstoy 4 ta «O’qish kitobi»  va arifmetika  darsligini    ham  yozgan.
Yuksak   badiiylik,   ifodalik,   qisqalik,   soddalik   va   materialning   bolalarga
tushunarliligi va  jozibaliligi  muhim belgilardan biridir.
Tolstoy   XIX     asr   60   yillarning   boshida   tarbiya   bolaning   shaxsiga   zulm
qilishdan   iborat,   shuning   uchun   tarbiyada   xatoga   yo’l   quyish   kerak     emas,   faqat
kattalarning   bolaga   bilim   berishlarigina   kifoya     qiladi,   -degan   edi.   Bu   fikrning xatoligini     keyinchalik   Tolstoyning   o’zi     ham   pedagogik   faoliyati   ham   isbotladi.
Haqiqatda,   Tolstoy     umuman     tarbiyaga     qarshi     bo’lmay,   balki   o’sha   davrdagi
maktablarda olib boriladigan   tarbiyaga qarshi  edi.
Tolstoy   maktablar     uchun   12   ta   fanni       tavsiya     etgan.     Uning   fanlarni
o’qitish haqidagi   qarama-qarshi fikri -12 ta fanni   o’qitish kerak, ammo ularning
hajmi     va  ularni      o’qitish    uchun  ajratilgan    vaqt  o’quvchilarga  bog’liq    bo’lishi
kerak degan edi.
U   ta’limning     onglilik,   puxta   o’zlashtirish,   ko’rgazmalilik,     hayot   bilan
bog’liqligi  prinsiplarini  qayd qilgan  va amaliyotda   qo’llagan.
Tolstoy   o’qituvchi     arifmetika,   grammatika   va       imloni   yuzaki,   mexanik
ravishda     o’rgatish       bilan   cheklanadigan   maktabni     quruq,   befoyda     narsa     deb
hisoblagan. U ta’lim   bilan tarbiya ajralmas   bir narsadir- deb  uqtirgan.
Tolstoy     fikricha,   o’qituvchi   o’quvchilar   miyasini       ko’p     charchatmasligi,
har  bir darsni  o’zlashtirish o’quvchining qulidan keladigan bo’lishi kerak.
Umuman   Tolstoy   didaktik   fikrlarida     ayrim   ziddiyatlar     mavjud     bo’lsada
o’qituvchilar va o’zidan  keyingi avlodlar  uchun  didaktik  qoidalarga  asoslangan
darsliklar va metodik  qo’llanmalarni meros   qoldirdi.
Anton   Semyonovich   Makarenko     Xarkov     guberniyasining   Belopolye
shahrida   temir   yo’l   ustaxonasining   bo’yoqchilik   sexi   ustasi     oilasida   dunyoga
keldi.
U Kremenchug  shahridagi maktabni  va pedagogika kursini tamomlagandan
keyin   1905   yildan   boshlab   Kryukovodagi   ikki   yillik     temir     yo’l   maktabida   xalq
o’qituvchisi  bo’lib ishladi.
1920   yilda   Poltava       guberniyasining       xalq     maorifi   bo’limi
A.S.Makarenkoga  Poltava  yaqinidagi  balog’atga yetmagan  qonunbuzar  bolalar,
yosh   jinoyatchilar     uchun     koloniya   tashkil       etish   va   unga       rahbarlik     qilishni
topshirdi.  U 3-4 yil mobaynida  namunali tarbiya  muassasasi - Gorkiy  nomidagi
Mehnat  koloniyasini   vujudga  keltirdi.  Unda  tarbiyalanuvchi  bolalar soni 1926
yilda 120  nafarga   yetdi. O’sha Gorkiy  nomidagi koloniya Kurajga ko’chirildi, u
yerdagi   qarovsiz     bolalar   180   nafar   edi.   U   yerdagi   bolalarni   ham     intizomga, uyushqoqlikka, mehnatsevarlikka  o’rgatdi. Keyinchalik  F.E.Djerjinskiy nomidagi
mehnat     koloniyasiga       rahbarlik     qildi.   Kommunada   mehnat   tarbiyasining   yangi
metodlarini   foydalandi.   Mehnat   faoliyatini   va   boshqa     foydali   ishlarni   bajargani
uchun   kommunarlar   10-15   kishilik   otryadlarga   bo’linganlar.   Har   bir   otryadning
komandiri bo’lgan.
1933-1935 yillarda   A.S.Makarenko «Pedagogik poema» sini        1937 yilda
oila   tarbiyasi   masalalari     yoritilgan     badiy   pedagogik   asar   «Ota-onalar   kitobini»
nashr  ettirdi.  Makarenko  pedagogik faoliyatida  tarbiyasi buzilgan insonni qayta
tarbiyalash g’oyasini  nazariya va amaliy jihatdan  asoslab berdi.
«Ta’lim-tarbiya   tajribasidan       ba’zi   bir     xulosalar»   asarida     jamoalarning
tarbiyaviy ta’sirini  kuchaytirishda tarbiyachi, o’qituvchi  hamda bolalar jamoasini
bir-birlariga  yaqinlashtirish, o’qituvchilar va bolalar    jamoalari bitta jamoa,  yoki
ta’lim-tarbiya jamoasi  bo’lishi   zarurligini  alohida   ta’kidladi.
U   kommunadagi       bolalarni         hayron     qoladigan     darajada     ijodkor,
talabchan, intizomli qilib yetishtirdi. Makarenkoning     ta’limoticha   bunga buyruq
berish bilan erishib bo’lmaydi.
A.S.Makarenko     tashkil     qilgan     kommuna     va   koloniyalarda   bolalarni
mehnatga   muhabbat   ruhida tarbiyalashning     birdan-bir     omili     bolalar jamoasi
ekanligini isbotladi.
A.S.Makarenko   barkamol   insonni       tarbiyalashda       silla     va   uning   tutgan
o’rniga  alohida e’tibor   berib «Ota-onalarga  bolalar tarbiyasi   haqida  leksiyalar»
asarini  yaratgan. U yoshlarga  murojaat  qilib «otangni  ham onangni   ham izzat-
hurmat  qil, rohat ko’rasan va   yer yuzida umring   uzoq bo’ladi»degan.
Umuman A.S.Makarenko pedagogika fani taraqqiyotida o’zining qimmatli 
mehnati bilan qayta  tarbiyalash  nazariyasini yaratib, g’oyat katta  hissa   qo’shdi.
Tayanch iboralar:  Afina usuli, Sparta usuli, grammatist, jismoniy, mehnat,
Polistriya  maktabi,  teologiya, dialektika,  sinf, dars,  didaktika,  Rossiyadagi    ilg’or pedagogik   g’oyalar, darslik,   xalqparvar g’oyalar,   koloniya,   kommuna maktabi,
qayta tarbiyalash,  o’quvchilar jamoasi.                                               Adabiyotlar: 
1. Safo Ochil, K.Hoshimov "O’zbek pedagogikasi antologiyasi" -
T.,"O’qituvchi", 1995.
2. K. Hoshimov "Pedagogika tarixi" "O’qituvchi" -T., "O’qituvchi",1997 yil.
3. O. Xasanova "Pedagogika tarixidan xrestomatiya" -T., "O’qituvchi", 1994 
yil.
4. A.Xasanov "Pedagogika tarixi" -T., "O’qituvchi", 1998 yil.

Jahon pedagogika tarixi fani rivojlanishiga sharh Reja: 1. Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlaridagi ta’lim-tarbiya. Sokrat, Platon, Demokrit va Aristotellarning ta’limotida tarbiya masalalari. 2. G’arbiy Yevropadagi maktab, maorif hamda pedagogik fikrlar taraqqiyoti. Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi. 3. Iogann Genrix Petolosiyning pedagogik g’oyalari va faoliyati. Adolf Distervergning pedagogik qarashlari. 4. Rossiyada ilg’or pedagogik g’oyalarning paydo bo’lishi. K.Ushinskiyning pedagogik nazariyasi. L.N.Tolstoyning pedagogik fikrlari. A.S.Makarenkoning pedagogik faoliyati va ta’lim-tarbiyaviy qarashlari

Tarixiy taraqqiyotining keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tizimi o’rnini yangi ijtimoiy formasiya quldorlik tizimi egalladi. Qadimiy Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo bo’ldi hamda moddiy va ma’naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa Yunoniston (Gresiya) xalqlari bu madaniyatni ma’lum darajada qabul qilib, uni qaytadan rivojlantirdi va butun jahon madaniyatga, maorifiga o’zining katta hissasini qo’shdi. Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar jahon madaniyatiga turicha hissa qo’shganlar. Masalan, Xitoyda birinchi qog’oz ixtiro qilingan. Hindistonda hisoblashning unlik sistemasi kashf etilgan. Mesopotamiyada esa yer kurrasini graduslarga, sutkani soatlarga, minutlar va daqiqalarga bo’lish uylab topilgan. Eramiz boshlanishidan oldin Markaziy Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo’lgan joyda O’rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo’li qurilgan. So’ngra Markaziy Osiyo Xitoydan O’rta dengizga tomon «Buyuk ipak yo’li» ochilgan. Natijada Markaziy Osiyo xalqaro savdo-sotiq markazi bo’lib qolgan. Bu esa o’z navbatida Markaziy Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan. Ayniqsa, qadimgi Yunonistonda madaniyat, tarbiya, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa qadimiy Sharq mamlakatlariga nisbatan juda erta rivojlangan. Yunoniston unchalik kata bo’lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan iborat mamlakat bo’lgan. Uning eng katta shaharlaridan Lakoniya (poytaxti Sparta) va Atttika (poytaxti Afina) ayniqsa madaniyat markazi bo’lishi bilan o’ta mo’tabar edi. Bu shaharning har qaysisida tarbiyaning boshqa mamlakatlaridan farqli alohida tizimi vujudga keldi. Bu tarbiya tizimi shaharlar nomi bilan yuritilib «Sparta» va «Afina» usulidagi tarbiya deb yuritiladigan bo’ldi. Har ikkala bu shaharning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotidagi ba’zi bir xususiyat madaniyat darajasi turlicha bo’lganligi tufayli har ikki tizim bir-biridan farq qilar edi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tizimi hukmron edi. Yunonistonda

qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblardi. Chunki qullar barcha mamlakatlardagi kabi oddiy insoniy huquqlaridan ham mahrum edilar. Lakoniya Peloponnesning sharqiy-janubiy qismidagi yerlarga davlat bo’lib, bu viloyatlar sohilida kemalar to’xtaydigan qulay joy yo’q edi. Mamlakatda qullar mehnatga asoslangan dehqonchilik hukmron edi. Soni unchalik ko’p bo’lmagan yarim ozod va huquqli bo’lmagan aholisining ko’pchiligi hunarmandlar edi. To’qqiz ming oiladan iborat bo’lgan quldorlar wt0 mingdan ko’proq aholiga hukmronlik qiladi. Spartada qullar shafqatsiz taqib ostiga olinardi. Shu sababli ular tez-tez isyon ko’tarib turardilar. Bunday hol esa ularning uyushqoq bo’lib yashashga, hamisha harbiy tayyorgarlikda bo’lishiga da’vat etardi. Tarbiya ishlari esa davlat ixtiyorida bo’lib uning asosiy maqsadi spartaliklarning bolalarini baquvvat, jismoniy sog’lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat bo’lishi bilan birga bo’lajak quldorlarni ham tarbiyalashni nazarda tutar edi. Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi alohida davlat tomonidan tashkil etilgan tarbiya muassasasiga joylashtirilar va ai yoshga yetguncha ularga ana shu muassasalarda ta’lim-tarbiya berilardi. Bu muassasalarning rahbarlari davlat tomonidan obro’li, taniqli kishilardan tayinlanardi. Bunday kishilar «pedonom» deb atalib, butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilardi. Ayniqsa, o’smirlar tarbiyasiga alohida e’tibor berilardi. Ular jismoniy sog’lom bo’lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka chidashga, og’riqqa bardosh berishga ham o’rgatilib borilardi. Ta’lim jarayonining asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallardi. Bu bilan yosh spartaliklarni yugurishdan, sakrashdan, disk va nayza ota bilishidan, kurashish va qo’l jangi usullaridan saboq berilardi. Shungdek, harbiy tusdagi maxsus o’yinlar ham o’rgatilardi. Spartaning kelajak vorislari jismoniy baquvvat, hyech narsadan qo’rqmaydigan, botir jangchi, o’z xalqini har qanday ofatdan himoya qila oladigan bo’lib yetishardi. Qadimgi Gresiyadagi tarbiyaviy ishlar shunisi bilan o’ziga xos ediki, unda bolani nafaqat jismoniy chiniqtirishgina emas, balki ma’naviy tomondan ham

barkamol bo’lishi nazarda tutiladi. Unda asosan bolalarga musiqa va ashula va diniy raqslar ham o’rgatilgan. Bu mashg’ulotlarning mazmuni jangovar hamda harbiy tusda bo’lgan. Qadimgi grek tarixchisi, faylasuf olimi Plutarx Sparta maktablaridagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib shunday deydi, «O’qish va yozish bolalarga faqat ularning eng zarurli o’rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad hyech so’zsiz itoat qildirishi, chidamli bo’lishini va yengish ilmini o’rgatishni ko’zda tutadi». Spartada olib borilgan ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar» da, ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashtirishgan edi, bunday mashqlar yosh spartaliklar otryadlari shaharning biror mahallasining yoki shahar tashqarisidagi nohiyani qurshab olib, shubhali bo’lib ko’ringan har qanday illotni (qulni) o’ldirardi. Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar o’tkazib, shu yo’l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. Bu suhbatlarning asosiy mazmuni vatan dushmanlari bilan kurashib ota-bobolarining ko’rsatgan mardligi va jasurligi qahramonlar haqida gapirib berishdan iborat edi. Bu bilan ular yunonlarda o’z vataniga va ota-bobolariga hamda uning merosiga katta hurmat hissini tarbiyalashgan. Shuningdek, bolalarni savol-javob jarayonida aniq qisqa va lo’nda qilib javob berishga o’rgatib borilgan. Sparta ta’lim-tarbiya tizimida bola 18-20 yoshga yetgandan keyin maxsus «efeblar» guruhida o’tkazilgan va harbiy xizmatni o’taganlar. Sparta qizlar tarbiyasiga harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirilib borilgan. Bundan maqsad erkaklar qullar qo’zg’olonini bostirmoq uchun urushga ketgan vaqtlarida qizlar, ayollar shaharni, uy-joyni qo’riqlash maqsadida qurollanib qo’riqchilik vazifasini o’tar, qullarni esa itoatda saqlanishi ta’minlar edilar.

Qadimgi Gresiya ikkinchi bosh shaharlaridan biri Afinada esa hayot, tartib, intizom, maktab tizimi va undagi ta’lim-tarbiya Spartanikidan butunlay farq qilardi. Chunki Afinadagi iqtisodiy hayot Spartadagi singari cheklanib quyilgan emas edi. Qullar xususiy mulk hisoblanardi. Afinada eramizdan ilgari V-VI asrlarda madaniyat o’sdi. Tibbiyot ilmi, matematika, tarix, sanat, ajoyib grek me’morchiligi va haykaltaroshligi taraqqiy qildi. Afinadagi eng ko’rkam va barkamol inson deb ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan yetuk kishini o’zlarining «ideal» i deb hisoblar edi. Tarbiya jarayonida aqliy, estetik va jismoniy tarbiya uyg’unlashgan holda olib borilardi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, bu ideal faqatgina qullarning qismati deb hisoblanadi. Ammo tabaqalanish natijasida quldorlik jamiyatining o’zida ancha kambag’al, ajralib chiqdi, ular hunarmandchilik bilan shug’ullanar edilar. Boy quldorlar esa ularga nafrat ko’zi bilan qarardilar. Afinada bolalar 7yoshgacha uyda tarbiyalanar edilar. O’g’il bolalar u yoshdan boshlab maktabga qatnar, qizlar esa oilada ona ko’magida uy-ro’zg’or ishlariga o’rgatilar edi. Afinada umuman xotin-qizlarning hayoti uy doirasidan chiqmas, asosan ichkarida o’tardi. Bolalar dastlab (7yoshdan 13-14 yoshgacha) «grammatist» va «kivatist» maktablarida har ikkovida ham, yoki bo’lmasa avval grammatist o’qitilardi. Bu maktablar xususiy bo’lib, haq to’lanardi, shu tufaylii puli yo’q fuqarolarning bolalari bu maktablarda ta’lim ola olmasdi. Bu kabi maktablarda «dedaskal» deb atalgan o’qituvchilar mashg’ulot olib borardi. O’g’il bolalarni maktabga qullar etaklab borgan. Bunday qullar «pedagog» deb atalgan. Afinadagi grammatist maktablaridagi ta’lim-tarbiyaning mazmuni o’qish, yozish va hisoblashni o’rgatishdan iborat bo’lgan. O’qit harflarni hijjalab o’qitish usulida olib borilib, bolalar harflarni yodlab, so’ng shu harflarni qo’shib bo’g’inlar yasar, bo’g’inlarni qo’shib so’zlar yasardilar. Yozuvni o’rganishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalanar