logo

KORXONA FAOLIYATIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

144.3232421875 KB
KORXONA FAOLIYATIDA AXBOROT
XAVFSIZLIGI
Reja:
1. Axborot tizimlari va texnologiyalarining asosiy tushuchalari.
2. Korxonani boshqarishning axborot tizimi 
3. O`zbekiston Respublikasida ma`lumotlarni himoyalashning me`yoriy-
huquqiy va qonunchilik asoslari
4.   Axborot –huquqiy tizimlar, ularning turlari va imkoniyatlari
1 Axborotlashtirish soxasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot 
texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlanish va takomillashuvining zamonaviy
jahon tamoyillarini hisobga olgan holda
milliy axborot tizimlarini yaratishga qaratilgan.
Huquqni   muhofaza   qilish   faoliyatining   axborot   ta`minotini   jadallashuvi,
tezkor   vaziyatni   tavsiflovchi,   ishonchli   ma`lumotlarni   muntazam   yig`ib   borilishi,
uning o`z vaqtida va sifatli tahlil qilinishi  hozirgi sharoitda jinoyatchilikka qarshi
kurashni   tashkil   etishning   muhim   shartlaridan   bir   hisoblanadi.   Axborot
jarayonlarini avtomatlashtirish
kompyuter texnikasini joriy etishga, ma`lumotlarni yig`ish, saqlash, qayta
ishlash va uning asosida ma`lumotlarni berish avtomatlashtirilgan tizimlarini
yaratishga   bevosita   bog`liqdir.   Huquqni   muhofaza   qilish   faoliyati   axborot
ta`minotining   jadallashtirish   masalasini   muvaffaqiyatli   hal   etish   uchun   axborot
texnologiyalaridan foydalanish amaliy ko`nikmalariga ega kadrlar tayyorlash talab
etiladi. Yuksak axborot
madaniyati faqat chuqur maxsus bilimlar orqali ta`minlanadi.
Zamonaviy mutaxassisni malakasi shu bilan belgilanadiki, u shaxsiy
kompyuter   ishlashining   asosiy   tamoyili   va   qurilmalarini   tushunishi,
ma`lumotlarni yig`ish, saqlash va qayta ishlashning, jumladan telekommunikatsiya
(kompyuter tarmog`i) ning zamonaviy tamoyillarini bilishi zarur.
Boshqaruv   axborotlarining   kompyuterda   matn   protsessorlari   va   grafik
muharrirlar   yordamida   qayta   ishlanishi   elektron   hujjatlar   tayyorlashga,   ularni
saqlash   va   kompyuter   tarmoqlari   orqali   uzatishga   ketgan   mehnat   harajatini
qisqartirib, mehnat samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Shu sababli har bir
xodim   uchun   matnlar,   rasmlar   va   jadvallarni   matn   muxarrirlari   yordamida   qayta
ishlash   imkoniyatlari   va   ulardan   foydalanish   ko`nikmalariga   oid   bilimlar   muhim
ahamiyat kasb etadi.
Huquqshunoslar   o`zining   amaliy   faoliyatida   faqat   aniq   yuridik   faktlar
bilangina emas balki yuridik jihatdan ahamiyatli bo`lgan xodisa
2 va   jarayonlar   bilan   ishlashlashlariga   to`g`ri   keladi.   Ularning   statistik   tahlili
huquqshunoslar faoliyatining zaruriy sharti hisoblanadi.
Mutaxassis   ishining   samarasi,   uni   ish   vaqtini   qanchalik   ratsional
sarflanayotganligiga bog`liq bo`lsa, huquqiy axborot  tizimlaridan (LexUZ, Pravo,
Norma)   foydalanish   esa   vaqtni   imkon   qadar   kam   sarflashga   va   huquqiy   aktlarni
qidirish uchun zarur bo`lgan harakatlarni qisqartirishga
olib keladi.
Axborot   tizimlari   va   texnologiyalarining   asosiy   tushunchalari.
Boshqaruvning axborot tizimi
O`zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrida qabul qilingan
“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida”gi Qonunida
quyidagilar asosiy tushunchalar keltirilgan:
-   axborot   –   manbalari   va   taqdim   etilish   shaklidan   qat`i   nazar   shaxslar,
predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to`g`risidagi ma`lumotlar;
- axborot mulkdori – o`z mablag`iga yoki boshqa qonuniy yo`l bilan
olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf
etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
- axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka
taxdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-
tadbirlari;
- axborot sohasi – subyektlarning axborotni yaratash, qayta ishlash va
undan foydalanish bilan bog`liq faoliyati sohasi;
- axborot borasidagi xavfsizlik – axborot sohasida shaxs, jamiyat va
davlat manfaatlarining himoyalanganlik holati;
-   axborot   egasi   –   qonunda   yoki   axborot   mulkdori   tomonidan   belgilangan
huquqlar doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf
etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
- maxfiy axborot – foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq
cheklab qo`yiladigan hujjatlashtirilgan axborot;
- ommaviy axborot – cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun
3 mo`ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual
hamda boshqa xabarlar va materiallar;
- hujjatlashtirilgan axborot – identifikatsiya qilish imkonini
beruvchi rekvizitlari qo`yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot.
O`zbekiston   Respublikasining   2003   yil   11   dekabrida   qabul   qilingan
“Axborotlashtirish to`g`risida”gi Qonunida quyidagilar asosiy tushunchalar
keltirilgan:
- axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga
bo`lgan   extiyojlarini   qondirish   uchun   axborot   resurslari,   axborot
texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan xolda sharoit
yaratishning tashkiliy ijtimoiy iqtisodiy va ilmiy texnikaviy jarayoni;
- axborot resursi – axborot tizimi tarkibidagi elektron shaklidagi
axborot, ma`lumotlar banki, ma`lumotlar bazasi;
- axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori –
axborot   resurslariga   yoki   axborot   tizimlariga   egalik   qiluvchi,   ulardan
foydalankuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
- axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi – qonun bilan yoki
axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori
tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yoxud
axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni
tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
-   axborot   texnologiyasi   –   axborotni   to`plash,   saqlash,   izlash,   unga   ishlov
berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va
jarayonlar;
-   axborot   tizimi   –   axborotni   to`plash,   izlash,   saqlash,   unga   ishlov   berish
hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jixatdan tartibga solingan
jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
Ushbu   qonunning   4-moddasi   axborotlashtirish   to`g`risidagi   davlat   siyosati
belgilab qo`yilgan. Axborotlashtirish sohasidagi  davlat siyosati  axborot resurslari,
axborot   texnologiyalari,   va   axborot   tizimlarini   rivojlantirish   hamda
4 takomillashtirishning   zamonaviy   jaxon   tamoiyilllarini   hisobga   olgan   xolda   milliy
axborot tizimini yaratishga
qaratilgan.
Axborotlashtirish   sohasidagi   davlat   siyosatining   asosiy   yo`nalishlari
quyidagilardan iborat:
— har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga konstitutsiyaviy
huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanishini
ta`minlash;
—   davlat   organlarining   axborot   tizimlari,   tarmoq   va   hududiy   axborot
tizimlari,   shuningdek   yuridik   hamda   jismoniy   shaxslarning   axborot   tizimlari
asosida O`zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;
— xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jaxon axborot tarmog`idan
erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;
— davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini
yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir biriga mosligini va o`zaro aloqada
ishlashini ta`minlash;
—   axborot   texnologiyalarining   zamonaviy   vositalari   ishlab   chiqarishini
tashkil etish;
—   axborot   resurslari,   xizmatlari   va   axborot   texnologiyalari   bozorini
shakllantirishga kumaklashish;
— dasturiy maxsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag`batlantirish;
—   tadbirkorlikni   qo`llab   quvvatlash   vav   raxbatlantirish,   investitsiyalarini
jalb etish uchun qo`lay sharoit yaratish;
—   kadrlar   tayyorlash   va   ularning   malakasini   oshirish,   ilmiy   tadqiqotlarni
rag`batlantirish.
Axborot   idrok   etuvchi   subyekt   yoki   texnik   qurilma   tomonidan   qabul
qilinibgina   qolmasdan,   dastlabki   manbadan   ajralgan   bo`lishi   kerak.   Natijada
axborot ustida amallar bajariladi. Bu amallar to`plami axborot
jarayonini tashkil etadi.
Axborot jarayonlari – bu axborotlarni qabul qilish, yig`ish, ishlov
5 berish   va   uzatish   jarayonidir.   Axborot   doimo   moddiy-energetik   shaklda,
jumladan   signal   ko`rinishida   namoyon   bo`ladi.   Signal   turli-tuman   fizik   tabiatga
ega   bo`lishi   mumkin.   Axborot   jarayonida,   signal   manbadan   qabul   qiluvchiga,
undan esa manzilga axborotni tashish vazifasini bajaradi. Axborot uzatish jarayoni
—   ko`p   bosqichli   bo`lib,   signal   har   bir   etap   oralig`ida   fizik   xususiyatini
o`zgartirishi   mumkin.   Bunda   axborotni   tashuvchi   signalning   o`zaro   bir
qiymatliligi, uzatishning obyektivligi va
batafsilligi, qabul qiluvchi subyektning qabul qilish imkoniyati to`g`risidagi
masalalar yuzaga keladi. Axborot uzatilishi – bu axborot jarayonining bir qismini
tashkil   etadi.   Aslida   axborot   jarayoni   u   yoki   bu   manbada   joylashgan   axborotni
qabul   qilish   va   qayd   etishdan   boshlanadi.   Axborot   turli   shovqinlardan   ajratiladi.
Signalni shakllanish jarayoni tugallanib, uning yordamida axborot uzatiladi. Signal
diskret   shaklda   ifodalanishi   mumkin   bo`lgan   aniq   tuzilishga   ega.   Kompyuterning
ishlashi   diskretlashtirilgan   signallarni   uzatish   tamoyiliga   asoslangan   bo`lib,   u
formal-mantiqiy  amallarni  bajaradi.  Obyektlar   obrazini   subyektiv  qabul  qiladigan
insondan farqli o`laroq, kompyuter obyektning turli belgilari kodlarini qabul qiladi.
Inson   va   kompyuterning   axborotni   qabul   qilishdagi   prinsipial   farqqa
qaramasdan   ikkalasida   ham   axborot   jarayoni   ma`lumotni   qabul   qilish   va   uni
ajratishdan boshlanadi. Axborotning o`zi — elektr, akustik,
optik va shular kabi fizik kanallar orqali uzatish uchun qulay bo`lgan signal
mazmunidir.
Axborotni   qabul   qilish   —   uni   boshqa   subyekt   yoki   qabul   qilish   qurilmasi
tomonidan   ikkilamchi   qabul   qilinishidir.   Axborotlarga   ishlov   berish   inson   yoki
texnik   qurilma,   jumladan   kompyuter   tomonidan   amalga   oshiriladi.   Kompyuterda
axborotlarga   ishlov   berishning   ma`nosi   -   qat`iy   dastur   yoki   algoritm   bo`yicha
kelayotgan   ma`lumotlarni   raqamli   yoki   analogli   qilib   o`zgartirishdir.
Ma`lumotlarga ishlov berish va biror masalani yechish uchun kompyuterda uncha
ko`p   bo`lmagan   o`zgaruvchilar   to`plami   bo`lishi   kerak.   Kompyuterdan   farqli
o`laroq,   inson   ma`lumotlarni   fikran   va   mantiqan   qayta   ishlash   qobiliyatiga   ega.
Axborot   jarayoni   iste`molchiga   axborotni   taqdim   etish,   ya`ni   turli   ko`rinishdagi
6 tasvirlarni namoyish va qaror qabul qilish bilan tugallanadi. Ma`lumotlarni saqlash
muhim   bosqich   bo`lib,   u   boshqa   bosqichlar   oralig`idagi   holatni   egallaydi   va
axborot jarayonining ixtiyoriy etapida amalga oshirilishi mumkin.
Shunday   qilib,   kompyuter   ma`lumotni   qabul   qilishdan   boshlab   to   unga
ishlov   berishning   tugallanishigacha   bo`lgan   axborot   jarayonining   ixtiyoriy
bosqichida   qo`llaniladi.   Har   bir   axborot   jarayonining   mazmuni   ushbu   axborotga
ishlov   berilayotgan   soha   faoliyati   bilan   aniqlanadi.   Axborot   jarayonlari
murakkablik darajasi bilan farqlanadi.
Axborot jaryonining ancha sodda bo`lgan ko`rinishi – ma`lumotlardan nusxa
olishdir. Boshqaruv jarayonlari esa eng murakkab ko`rinishiga taalluqlidir
Boshqaruv — bu axborot jaryoni bo`lib, qo`yilgan maqsadga erishishga
olib   keluvchi   tizim   holatining   o`zgarishidir.   Bunda   to`g`ri   va   teskari
bog`lanish   tamoyili   amalga   oshiriladi.   Tamoyil   faqatgina   kutilayotgan   natijalarni
o`rnatishnigina emas, jarayonning haqqoniy borishining ham
hisob va nazoratini olib borish hamda tizimni mo`ljallangan parametrlaridan
eng   kam   og`ishiga   erishish   maqsadida   kutilayotgan   o`zgarishlar   yo`nalishida
tizimga ta`sir ko`rsatish imkonini beradi.
Ma`lumotlar ustida amallarni bajarish qidirish, kodlash, himoyalash,
saqlash   va   boshqa   muammolarni   keltirib   chiqaradi.   Amaldagi   boshqaruv
tizimlari o`ta murakkab va judda xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ular boshqaruv
axborotlari   va   qayta   aloqaga   ega   bo`lgan   bir   necha   kanallardan   tuzilgan   bo`lishi
mumkin.
Tizim deganda bir vaqtni o`zida ham bir butun, ham maqsadga erishish
yo`lida   turdosh   bo`lmagan   elementlar   to`plami   birlashmasi   sifatida
qaraladigan har qanday obyekt tushuniladi Tizimlar bir-biridan tuzilmasiga hamda
unga qo`yilgan asosiy maqsadlariga ko`ra farqalanadi.
Informatikada «tizim» tushunchasi texnik vositalar va dasturlar yig`imlariga
nisbatan   ko`proq   qo`llaniladi.   Tizim   tushunchasini   kompyuterning   qurilmalariga
nisbatan   ham   qo`llash   mumkin.   Bundan   tashqari,   aniq   masalalarni   yechishga
7 mo`ljallangan, hujjat ishlarini  yuritish va boshqaruv hisob-kitoblari protseduralari
bilan to`ldirilgan
ko`plab dasturlar ham tizim bo`lib hisoblanishi mumkin.
«Tizim» tushunchasiga «axborot» so`zini qo`shilishi uning yaratish va
faoliyat yuritish maqsadini anglatadi. Axborot tizimlari ixtiyoriy sohada
qaror qabul qabul qilish jarayonida zarur bo`ladigan ma`lumotlarni yig`ish,
saqlash, qayta ishlash, qidirish va uzatishni ta`minlaydi. Ular muammolarni
tahlil qilish va yangi mahsulotlarni yaratishga yordamlashadi.
Axborot   tizimlari   -   ma`lumotlarni   saqlash,   qidirish   va   foydalanuvchilar
so`roviga binoan ularni taqdim etish vazifasini bajaruvchi tizimdir.
Axborot   tizimlarini   zamonaviy   talqini   shaxsiy   kompyuterni   axborotlarni
qayta   ishlashda   qo`llaniladigan  asosiy   texnik  vosita   sifatida   nazarda   tutadi.  Agar,
axborotga ishlov berishda insonning roli
inobatga olinmasa, axborot  tizimlarining texnik jihatdan tadbiq etilishi  o`z-
o`zidan hech qanday ma`no kasb etmaydi.
Boshqaruv axborot tizimlari – ma`lumotlar, iqtisodiy – matematik
metodlar va modellar, texnik, dasturiy va boshqa texnologik vositalar va
mutaxassislar   iborat   bo`lib,   ma`lumotlarni   qayta   ishlash   va   boshqaruv
qarorlarini qabul qilish uchun mo`ljallangan.
Axborot boshqaruv tizimi strategik va taktik rejalarning joriy masalalarini va
tashkilotni   tezkor   boshqarishni   hal   etmog`i   lozim.   Avtomatlashtirilgan   axborot
tizimlari   ish   faoliyati   davomida   olingan   tezkor   ma`lumotlar   asosida   rahbar
tashkilotning   resurslarini   (moddiy,   moliyaviy   va   kadrlar)   rejalashtirishi,   balansga
keltirishi, resurslardan
foydalanib, boshqaruv qarorlarining natijalarini hisobini olishi va baholashi,
qo`yilgan   vazifani   bajarilishi   ustidan   tezkor   boshqaruvni   o`rnatishi   va   shu   kabi
ishlarni amalga oshirishi mumkin.
Boshqaruv axborot tizimlari quyidagi imkoniyatlarni beradi:
–   ma`lumotlarni   tezkor   yig`ish,   uzatish   va   qayta   ishlash   hisobiga   qabul
qilingan qarorlarning asoslanganlik darajasini oshirish;
8 –   tashkilot   boshqaruvi   bo`yicha   o`z   vaqtida   qaror   qabul   qilinishini
ta`minlash;
– barcha rahbarlar tarkibiga yagona axborot fondidan zaruriy ma`lumotlarni
o`z vaqtida taqdim qilinishi evaziga boshqaruv samaradorligini oshirishga erishish;
– boshqaruvning har qanday sathida va turli tuzilmalar bo`linmalarida qabul
qilingan qarorlarni mutanosablashtirish.
Boshqaruv axborot tizimlarini tasniflash boshqaruv jarayonlarining
turlariga,   boshqaruv   sathiga,   o`rganilayotgan   obyektning   faoliyat   sohasiga
va
obyektning   tashkil   etilishiga,   boshqaruvning   avtomatlashtirilganlik
darajasiga bog`liq.
Avtomatlashtirilgan   axborot   tizimlari   —   turli-tuman   tashkilotlar   boshqaruv
qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo`lgan, avtomatlashtirilgan
tarzda ma`lumotlarni yig`ish, qayta ishlash va uzatishni ta`minlovchi inson-
mashina tizimidir.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, ma`lumotlarni qayta ishlash
bo`yicha   barcha   amallar   avtomat   tarzda,   inson   aralashuvisiz,   lekin   unga
nazorat vazifalari qoldirilgan holda bajarilishi bilan tavsiflanadi.
Avtomatlashtirilgan   axborot   tizimlarining   asosiy   tashkil   etuvchisi   axborot
teznologiyalari (AT) bo`lib, uning takomillashuvi axborot tizimlarining rivojlanishi
va faoliyati bilan uzviy bog`liqdir.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining asosiy maqsadi —
dastlabki ma`lumotlarni qayta ishlash vositasida yangi sifatga ega bo`lgan
axborotlarni olish bo`lib, shuning asosida optimal boshqaruv qarorlarini
ishlab chiqishdan iboratdir. Bunga axborotning integratsiyalashuvi, uning
dolzarbligi   va  bir-birini  inkor  etmasligini  ta`minlanishi,  boshqaruv apparati
faoliyatini   qo`llab-quvvatlashning   sifat   jihatdan   yangi   shakllarini   joriy   qilish   va
ishlatish uchun zamonaviy texnik vositalardan
foydalanish hisobiga erishiladi.
Axborot texnologiyalari qayta ishlanayotgan axborotlar hajmining
9 shiddat  bilan ortishiga qaramasdan bu axborotlarni qayta ishlash muddatini
sezilarli   qisqartirilishiga   olib   keladi.   AT   boshqaruvda   axborot   resurslaridan
foydalanish jarayonida eng muhim tashkil etuvchilaridan hisoblanadi.
Axborot texnologiyalari uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
– ma`lumotlarni o`zgartirish uchun qo`llaniladigan vosita va usullardan
tashkil   topgan   muhitdir.   Axborot   texnologiyalari   axborot   tizimida
aylanuvchi   axborotlar   ustida   bajariladan   aniq   reglamentlangan   qoidalardan   iborat
jarayondir.
Axborot texnologiyalari tashkiliy boshqaruv axborot tizimlarining
asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi, u bevosita IIOlari bo`linmalari ish
faoliyatining   o`ziga   xos   xususiyatlari   bilan   uzviy   bog`liqdir.   Tashkiliy
boshqaruv   axborot   tizimlari   va   texnologiyalarni   joriy   etishda,   tashkilotning
ko`lami   va   uning   faoliyat   yuritish   sohasi   ham   asosiy   kriteriyalardan   hisoblanadi.
Ushbu kriteriyalarni hisobga olgan holda, aniq vazifali masalalarni yechish asosida
mos keluvchi boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborot texnologiyalarining
dasturiy- qurilmaviy ta`minotini tanlash amalga oshiriladi.
Axborot tizimlari va axborot texnologiyalarini yaratish murakkab
loyihalashtirish jarayonidir. U tashkilotda yangi yaratilayotgan axborot –
texnologik muhit orqali boshqaruv apparati faoliyatini qisman yoki to`liq
qayta   ko`rib   chiqishni   o`z   ichiga   oladi.   Shu   sababli   loyihalashtirishning
maqsadi loyiha hujjatlarini tayyorlash va tashkilot boshqaruvining inson-
mashina tizimini joriy etishdan iborat. Bunday tizim asosini mutaxassis-
menendjerlarga   ma`lumot   jihatdan   xizmat   ko`rsatish   uchun   zarur   bo`lgan
natijaviy axborotni olishning avtomatlashgan texnologiyasi hamda ularni
real   vaqt   rejimida   asoslangan   qarorlar   qabul   qilishlari   uchun   ko`pvariantli
hisob-kitoblar bilan ta`minlash tashkil etadi.
Loyihalashtirish jarayonida IIO lari bo`linmasining muhim bo`lgan
tavsiflari aniqlanadi, uning ichki va tashqi axborot oqimlari o`rganiladi,
o`rganilayotgan tizim va uni elementlarining matematik va fizik analoglari
yaratiladi, inson va boshqaruvning texnik vositalarining o`zaro munosabat
10 sharoitlari o`rnatiladi. Asosiy e`tibor, axborot tizimlarining umumiy
arxitekturasini   batafsil   ishlab   chiqish   hamda   uning   alohida   obyekt   va
elementlari bo`yicha loyiha qarorlari, ularning tahlili, amaliy aprobatsiyasi va joriy
etilishiga qaratiladi.
Axborot   tizimlarini   texnologik   jihatdan   qarab   chiqilganda   boshqaruv
apparatini   alohida   ajratish   mumkin.   Qolgan   tashkil   etuvchilar   —   axborot
texnologiyalari,   funksional   masalalarni   yechishning   axborot   tizimi   (FMEAT)   va
qaror   qabul   qilishni   qo`llab-quvvatlash   tizimi   (QQQQQT)   —   axborot   va
texnologik   jihatdan   o`zaro   bog`langan   bo`lib,   axborot   tizimi   arixitekturasining
asosini tashkil etadi.
Axborot texnologiyalarining loyihalashtirish obyekti sifatida, ma`lumotlarni
yig`ish,   uzatish,   to`plash   va   saqlash   protsedurasini   amalga   oshiruvchi,   ularni
foydalanuvchiga qulay ko`rinishda qayta ishlash va hisob-
kitoblar   natijalarini   shakllantiruvchi   ta`minot   tizimlari   olinishi   mumkin.
Axborot texnologiyalari FMEAT va QQQQQT ish faoliyati uchun
axborot texnologik bazisni tashkil etib beradi. FMEAT ning loyihalashtirish
obyektlari funksional masalalarni yechishni avtomatlashtirish jarayoni hisoblanadi.
Axborot   texnologiyalarning   atroflicha   loyihalashtirilgan   texnologik
ta`minoti, faqatgina boshqaruvning funksional masalalarini
muvaffaqiyatli   hal  etilishigina  emas,  balki   tashkilot   rahbarlariga QQQQQT
doirasida keyingi boshqaruv qarorlari uchun interaktiv rejimda
analitik va bashorat ishlarini olib borishga imkon yaratadi.
O`zbekiston   Respublikasida   ma`lumotlarni   himoyalashning   me`yoriy-
huquqiy va qonunchilik asoslari
Amaldagi qonunchilik mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
(AKT)   rivojlanish   darajasini   tartibga   soladi,   telekommunikatsiya   va   axborot
texnologiyalari bozoriga kirish tartibini
aniqlaydi,   bu   bozordagi   subyektlarning   umumiy   faoliyat   tamoyilini
o`rnatadi,   ularning   soliq   to`lash   shartlarini,   qonunchilik   buzilishiga   javobgarlik
darajasini belgilaydi. Hozirgi kunda ushbu soha faoliyati 17
11 tadan oshiq qonunlar, jumladan Konstitutsiya, fuqarolik, jinoiy va soliq
kodekslari,   ma`muriy   javobgarlik   to`g`risidagi   kodeks   bilan   tartibga
solinadi.
Quyida O`zbekistonning AKT sohasidagi siyosatini aniqlovchi maxsus
qonunlar ro`yxati keltirilgan:
– “Aloqa to`g`risida”gi Qonun;
– “Telekommunikatsiya to`g`risida”gi Qonun;
– “Radiochastota spektri haqida”gi Qonun;
– “Ommaviy axborot vositalari to`g`risida”gi Qonun;
– “Axborotlashtirish to`g`risida”gi Qonun;
– “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida”gi Qonun;
– “Mualliflik huquqi va aralash huquq to`g`risida”gi Qonun;
– “Ayrim faoliyat turlarni litsenziyalash to`g`risida”gi Qonun;
–  “Elektron  hisoblash   mashinalari   va   ma`lumotlar   bazasi   uchun   dasturlarni
huquqiy qo`riqlash to`g`risida”gi Qonun; 
– “Elektron raqamli imzo to`g`risida”gi Qonun;
– “Elektron hujjatlar aylanishi to`g`risida”gi Qonun;
– “Elektron tijorat to`g`risida”gi Qonun.
Qonunchilik blokining katta qismini Prezident farmonlari va davlat qarorlari
hamda AKTning rivojlanishini tartibga solib turuvchi
sohaviy   me`yoriy   aktlar   tashkil   qiladi.   Axborotlashtirishning   yangi   xizmat
ko`rsatish turlarini rivojlantirish va tartibga solishning huquqiy asosini  ta`minlash
maqsadida   O`zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   tomonidan   quyidagi   qonunlar
qabul   qilindi:   «Elektron   raqamli   imzo   to`g`risida»,   «Elektron   hujjatlar   aylanishi
to`g`risida»,   «Elektron   tijorat   to`g`risida»,   yangi   tahrirdagi   «Axborotlashtirish
to`g`risida».
AKTning rivojlanishi bilan axborot texnologiyalaridan foydalanib
davlat va insonlar zarar yetkazishi mumkin bo`lgan noqonuniy xarakatlarni
sodir   etish   xavfi   ortmoqda.   O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya
12 texnologiyalarini joriy etish to`g`risida»gi 2002 yil 30 maydagi PF-3080 -
sonli   Farmoni,   O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Maxkamasining
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 2002 yil 6
iyundagi   200-sonli   Qarorlari   asosida   ishlab   chiqilgan   «O`zbekiston
Respublikasida   axborotlashtirishni   rivojlantirish   konsepsiyasi»ga   asosan   quyidagi
axborot xavfsizligini ta`minlash vazifalari aniqlangan:
– axborot xavfsizligi sohasida me`yoriy–huquqiy bazani takomillashtirish;
–   O`zbekiston   Respublikasida   axborot   va   kompyuter   texnologiyalari
sohasidagi   axborot   xavfsizligini   ta`minlash   tizimini   yaratish   va   ma`lumotlar
uzatish   tarmog`iga   kiritilgan   himoyalash   vositalarining   samaradorligini   baholash,
loyihalarni axborot xavfsizligi talablariga
javob   berishini   tekshirish   maqsadida   ekspertiza   o`tkazish   hamda
axborotlarni himoyalash bo`yicha takliflarni ishlab chiqish;
–   axborotlarni   kriptografik   himoya   qilishning   vositalarini   ishlab   chiqish   va
ma`lumotlar   uzatish   tarmog`ida   hamda   Internet   tarmog`iga   kirishda   axborotlarni
himoyalash vositalari tizimini qo`llash;
– kiberxavfsizlik madaniyatini joriy qilish va qo`llash;
– shaxsiy hayotning dahlsizligi va himoyasini ta`minlash.
Bu   vazifalarni   bajarish   axborot   resurslarini   butunligini   ta`minlashga,
noqonuniy   yo`q   qilish,   shaklini   o`zgartirish,   buzish,   nusxa   olish,   axborotni   to`sib
qo`yish hamda boshqa axborot tizim va tarmoqlariga
noqonuniy   aralashishning   oldini   olishga   omil   bo`ladi.   Hukumat   tomonidan
aloqa   va   axborotlashtirish   sohasidagi   faoliyatlarni   tashkillashtirish   va
takomillashtirish hamda axborot xavfsizligi masalasi bo`yicha qator qarorlar qabul
qilingan.
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlari xavfsizligini ta`minlash
maqsadida   2005   yili   Kompyuter   insidentlariga   javob   berish   xizmati
(UZCERT) (Slujba reagirovaniya na kompyuterniye insidenti) tashkil etilgan.
13 UZ-CERT milliy axborot tizimi va Internet tarmog`i segmentida kompyuter
insidenti   (mojorasi)   bo`yicha   axborotlarni   yig`ish   va   tahlil   qilishni   ta`minlovchi,
foydalanuvchiga   axborot   xavfsizligini   bartaraf   qilishda   maslahat   berish   va   texnik
ko`maklashish bo`yicha yagona markaz hisoblanadi.
Axborot xavfsizligi bo`yicha UZ-CERTning statistik ma`lumotiga ko`ra:
– 20% sindirishlar forumga to`g`ri keladi;
–   35%   sindirishlar   administratorning   e`tiborsizligi   natijasida   sodir   etilgan.
Administratorlar serverda foydalanilmaydigan standart parollarni o`z ichiga olgan
yozuvlarni qoldirganlar yoki saytni boshqarishda
oddiy parollardan foydalanganlar;
–   15%   sindirishlar,   odatda   buyurtma   asosida   dizayn-studiya   tomonidan
ishlab   chiqilgan   veb-ilovaning   boshlang`ich   kodidagi   xato   va   kamchiliklar
natijasida amalga oshgan;
–  20%  sindirishlar,  foydalanuvchilarni   identifikatsiyalovchi   axborotlarni  va
ularning shaxsiy ma`lumotlarini, jumladan parolini o`g`irlash uchun mo`ljallangan
zarar keltiruvchi kodli dasturlarni pochta orqali jo`natish hisobiga sodir bo`lgan;
– 10% sindirishlar serverdagi dastur ta`minotining zaifligi va
dastur versiyalarining vaqtida yangilanmaganligi hisobiga sodir bo`lgan.
UZ-CERT   doirasida   Internet   tarmog`i   milliy   segmenti   foydalanuvchlariga
o`z   veb-saytlarining   axborot   xavfsizligi   bilan   ta`minlanganlik   holatini   tekshirish
imkonini beruvchi UZ-CERTified dasturi ishlatilmoqda.
Axborotni   muhofaza   qilishning   kriptografik   vositalar   va   kriptografik
tizimdan foydalangan holda maxfiy yoki davlat sirlaridan
iborat   bo`lgan   ma`lumotlar   bayon   etilgan   axborotni   muhofaza   qilish
faoliyatini   tartibga   solish   maqsadida   O`zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
«O`zbekiton Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish
chora-tadbirlari to`g`risida» 2007 yil 3 aprel 614-sonli qaroriga asosan O`zbekiston
Respublikasi   Milliy   xavfsizlik   xizmati   axborotni   kriptografik   muhofaza   qilish
sohasida  yagona davlat  siyosatini  amalga  oshiruvchi  va maxsulotlar  (xizmatlar)ni
sertifikatlashni ta`minlovchi vakolatli organ hisoblangan.
14 Xulosa
Ilmiy texnik taraqqiyotning inson faoliyati barcha sohalariga tasir qilishning
asosiy omillaridan biri yangi axborot texnologiyalarini keng qo`llashdir.   
Jamiyatni axborotlashtirish - jahon miqyosidagi muhim muammolardan biri,
insoniyat taraqqiyotining, hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyotining hayotiy zarur
bo`lgan   muammolari   majmuasi   demakdir.   Bu   soha   turli   xildagi   axborotlarni
tayyorlash,   ulardan   foydalanish,   hisoblash   texnikasining   zamonaviy   tizimlarini
tashkil qilish va boshqa muhim ishlar bilan shug`ullanadi. Shu bilan birga, mazkur
soha xalq xo`jaligining bir qator tarmoqlarini o`z ichiga oladi va axborotlashtirish
industriyasining   majmuasini   tashkil   qiladi.   Unda   axborot   texnologiyasi-   elektron-
hisoblash   mashinalari   (EHM),   shaxsiy   kompyuterlar,   protsessorlar,   aloqa   hamda
elektron   aloqa   vositalari   va   tarmoqlarini   ishlab   chiqadigan   korxonalar,
birlashmalar markaziy o`rinni egallaydi.
15 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T., 2003.
2. Karimov   I.A.   O`zbekiston:   milliy   istiqlol,   iqtisod,   siyosat,   mafkura.
T.1. –T., 1996.
3. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.  T. 2. – T., 1996. 
4. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.  T. 3. – T., 1996.
5. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo`lidan.  T.4. –T., 1996.
6. Karimov   I.A.   Yangicha   ishlash   va   fikrlash   –   davr   talabi.   T.   5.   –   T.,
1997.
7. Karimov   I.A.   Xavfsizlik   va   barqaror   taraqqiyot   yo`lida.   T.   6.   –   T.,
1998.
8. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. T. 7. –T.,
1999.
9. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard
maqsadimiz .  T.8. –T., 2000.
10. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz.   T. 9. – T.,
2001.
11. Karimov I.A. Xavfsizlik  va tinchlik uchun kurashmoq  kerak. T. 10. –
T., 2002.
12. Karimov   I.A.   Biz   tanlagan   yo`l   –   demokratik   taraqqiyot   va   ma`rifiy
dunyo bilan hamkorlik yo`li. T. 11. – T., 2003.
13. Karimov   I.A.   Tinchlik   va   xavfsizligimiz   o`z   kuch-qudratimizga,
hamjihatligimiz va qat`iy irodamizga bog`liq. T. 12. – T., 2004.
14. Karimov   I.A.   O`zbek   xalqi   hech   qachon,   hech   kimga   qaram
bo`lmaydi. T. 13. – T., 2005.
16

KORXONA FAOLIYATIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI Reja: 1. Axborot tizimlari va texnologiyalarining asosiy tushuchalari. 2. Korxonani boshqarishning axborot tizimi 3. O`zbekiston Respublikasida ma`lumotlarni himoyalashning me`yoriy- huquqiy va qonunchilik asoslari 4. Axborot –huquqiy tizimlar, ularning turlari va imkoniyatlari 1

Axborotlashtirish soxasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlanish va takomillashuvining zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimlarini yaratishga qaratilgan. Huquqni muhofaza qilish faoliyatining axborot ta`minotini jadallashuvi, tezkor vaziyatni tavsiflovchi, ishonchli ma`lumotlarni muntazam yig`ib borilishi, uning o`z vaqtida va sifatli tahlil qilinishi hozirgi sharoitda jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishning muhim shartlaridan bir hisoblanadi. Axborot jarayonlarini avtomatlashtirish kompyuter texnikasini joriy etishga, ma`lumotlarni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va uning asosida ma`lumotlarni berish avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratishga bevosita bog`liqdir. Huquqni muhofaza qilish faoliyati axborot ta`minotining jadallashtirish masalasini muvaffaqiyatli hal etish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish amaliy ko`nikmalariga ega kadrlar tayyorlash talab etiladi. Yuksak axborot madaniyati faqat chuqur maxsus bilimlar orqali ta`minlanadi. Zamonaviy mutaxassisni malakasi shu bilan belgilanadiki, u shaxsiy kompyuter ishlashining asosiy tamoyili va qurilmalarini tushunishi, ma`lumotlarni yig`ish, saqlash va qayta ishlashning, jumladan telekommunikatsiya (kompyuter tarmog`i) ning zamonaviy tamoyillarini bilishi zarur. Boshqaruv axborotlarining kompyuterda matn protsessorlari va grafik muharrirlar yordamida qayta ishlanishi elektron hujjatlar tayyorlashga, ularni saqlash va kompyuter tarmoqlari orqali uzatishga ketgan mehnat harajatini qisqartirib, mehnat samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Shu sababli har bir xodim uchun matnlar, rasmlar va jadvallarni matn muxarrirlari yordamida qayta ishlash imkoniyatlari va ulardan foydalanish ko`nikmalariga oid bilimlar muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqshunoslar o`zining amaliy faoliyatida faqat aniq yuridik faktlar bilangina emas balki yuridik jihatdan ahamiyatli bo`lgan xodisa 2

va jarayonlar bilan ishlashlashlariga to`g`ri keladi. Ularning statistik tahlili huquqshunoslar faoliyatining zaruriy sharti hisoblanadi. Mutaxassis ishining samarasi, uni ish vaqtini qanchalik ratsional sarflanayotganligiga bog`liq bo`lsa, huquqiy axborot tizimlaridan (LexUZ, Pravo, Norma) foydalanish esa vaqtni imkon qadar kam sarflashga va huquqiy aktlarni qidirish uchun zarur bo`lgan harakatlarni qisqartirishga olib keladi. Axborot tizimlari va texnologiyalarining asosiy tushunchalari. Boshqaruvning axborot tizimi O`zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrida qabul qilingan “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida”gi Qonunida quyidagilar asosiy tushunchalar keltirilgan: - axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat`i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to`g`risidagi ma`lumotlar; - axborot mulkdori – o`z mablag`iga yoki boshqa qonuniy yo`l bilan olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; - axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka taxdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora- tadbirlari; - axborot sohasi – subyektlarning axborotni yaratash, qayta ishlash va undan foydalanish bilan bog`liq faoliyati sohasi; - axborot borasidagi xavfsizlik – axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holati; - axborot egasi – qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; - maxfiy axborot – foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo`yiladigan hujjatlashtirilgan axborot; - ommaviy axborot – cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun 3

mo`ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar; - hujjatlashtirilgan axborot – identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo`yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot. O`zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrida qabul qilingan “Axborotlashtirish to`g`risida”gi Qonunida quyidagilar asosiy tushunchalar keltirilgan: - axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo`lgan extiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan xolda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy iqtisodiy va ilmiy texnikaviy jarayoni; - axborot resursi – axborot tizimi tarkibidagi elektron shaklidagi axborot, ma`lumotlar banki, ma`lumotlar bazasi; - axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori – axborot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalankuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; - axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi – qonun bilan yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yoxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; - axborot texnologiyasi – axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar; - axborot tizimi – axborotni to`plash, izlash, saqlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jixatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. Ushbu qonunning 4-moddasi axborotlashtirish to`g`risidagi davlat siyosati belgilab qo`yilgan. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari, va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda 4

takomillashtirishning zamonaviy jaxon tamoiyilllarini hisobga olgan xolda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat: — har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanishini ta`minlash; — davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O`zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish; — xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jaxon axborot tarmog`idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish; — davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir biriga mosligini va o`zaro aloqada ishlashini ta`minlash; — axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarishini tashkil etish; — axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga kumaklashish; — dasturiy maxsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag`batlantirish; — tadbirkorlikni qo`llab quvvatlash vav raxbatlantirish, investitsiyalarini jalb etish uchun qo`lay sharoit yaratish; — kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag`batlantirish. Axborot idrok etuvchi subyekt yoki texnik qurilma tomonidan qabul qilinibgina qolmasdan, dastlabki manbadan ajralgan bo`lishi kerak. Natijada axborot ustida amallar bajariladi. Bu amallar to`plami axborot jarayonini tashkil etadi. Axborot jarayonlari – bu axborotlarni qabul qilish, yig`ish, ishlov 5