logo

Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

35.236328125 KB
Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi.
REJA :
1.Mafkuraviy   tajovuz   va   unga   qarshi   milliy   xavfsizlikni   ta’minlash
zarurati.
              2.Mafkuraviy   tadqiqning   oshkora   va   yopiq   harakteri.
       3.Axborot xavfsizligining lokal va global ahamiyati. 1. Mafkuraviy tajovuz va unga qarshi milliy xavfsizlikni ta’minlash zarurati
Mafkuraviy   kurash   –   bu   turli   g‘oyaviy   qarashlar,   yondoshuvlar,   xilma-xil
maslak va maqsadlarga ega ijtimoiy sub’ektlar o‘rtasida yuzaga keladigan, qarama-
qarshilikka asoslangan munosabatlar demakdir. U yangi, shakllanayotgan g‘oyalar
bilan   o‘z   “vazifasini”   bajarib   bo‘lgan   mafkura   yoki   uning   qoldiqlari   o‘rtasidagi
munosabat   shaklida   ham   sodir   bo‘lishi   mumkin.   Shu   bilan   birga,mafkuraviy
kurash muayyan g‘oyalarni singdirish yoki himoya qilish jarayonini ham anglatadi.
Mafkuraviy   kurashni   muxolif   mafkuraviy   qarashlarning   har   qanday   ko‘rinishini
yo‘q   qilishga,   g‘oyaviy   plyuralizmni   bartaraf   qilishga   qaratilgan   harakatlar-
mafkuraviy   konfrontatsiyadan   (fran.-qarama-qarshi   qo‘yish)   farqlash   kerak.
Mafkuraviy konfrontatsiya mafkuraviy befarqlik vaziyatining hosilasi hisoblanadi.
Mafkuraviy   befarqlik   jamiyatidagi   mavjud   mafkuraviy   buzilgan,   ammo   yangisi
qaror topmagan vaziyatdagi g‘oyaviy o‘zgaruvchan holat hisoblanadi. Mafkuraviy
konfronatsiya   vayronkor   harakterga   ega   bo‘ladi,   unda   dushman   deb   hisoblangan
mafkurani   yo‘qotishga   alohtda   e’tibor   beriladi.
Mafkuraviy   kurash   manbaini   o‘z   mazmun-mohiyatiga   ko‘ra,   bir-biridan   farq
qilkvchi   turli   g‘oyaviy   qarashlar   sohiblari,   ularning   manfaatlari   o‘rtasidagi
ziddiyatlar tashkil etadi.  
Mafkuraviy   tajovuz   –   muayyan   millat,   jamiyat,   davlatning   tinchligi   va
barqarorligiga qarshi  qaratilgan, siyosat  va konstitutsion  tuzumni  zaiflashtirish va
buzishga yo‘naltirilgan, fuqaro va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi g‘oyaviy-
nazariy   qarashlar   va   unga   asoslangan   amaliyot   majmui,   hisoblanadi.
Mafkuraviy   tajovuz   yovuz   kuchlar   va   har   xil   markazlar   tomonidan   biron   bir
mamlakatga   nisbatan   ichkaridan   yoki   tashqaridan   turib   bevosita   amalga
oshiriladigan   g‘oyaviy   buzg‘unchilikning   bir   shaklidir.   Ular,   o‘z   jirkanch
maqsadiga   erishish   uchun   har   qanday   usullardan,   odamlarning   diniy,   milliy
hissiyotlari,   hayotda   mavjud   bo‘lgan   ijtimoiy-iqtisodiy   qiyinchiliklardan,
shuningdek,   zamonaviy   texnika,   telekommunikatsiya   vositalaridan   ustalik   bilan
foydalanishga harakat qiladi   Bugungi kunda mafkuraviy tajovuz, aholining ma’lum bir qatlamlari, ayniqsa,
yoshlarning   qarashlarini   o‘zlariga   ma’qul   bo‘lgan   yo‘nalishda   o‘zgartirish,
buzg‘unchi   g‘oyalar,   diniy   ekstremizm,   ahloqsizlik   g‘oyalarini   singdirish   kabi
g‘arazli maqsadlar tushuniladi.
Milliy   g‘oya   o‘zining   mazmun-mohiyati   bilan   ana   shu   kabi   mafkuraviy
tajovuzlarga qarshi tura oladigan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu borada
barcha fuqarolarning ogohligi, faolligi, ezgu g‘oyalarga xizmat qilishga tayyorligi
katta ahamiyat kasb etadi.
Mafkuraviy tajovuzlikka qarshi  milliy xavfsizlikni  ta’minlashi  zarur. Avvalo
xavfsizlikning o‘zi nima? Milliy xavfsizlikchi?
“Xavfsizlik”   shaxs,   jamiyat,   davlat   manfaatlarini   uyg‘unlashtiruvchi,
barqarorlik,   tinchlik,   bunyodkorlik,   yaratuvchanlik   omillarining   majmuini   ifoda
etuvchi   tushunchadir.
Xavfsizlik   bu-butun   insoniyatning   normal   yashashi   uchun   xavf   soladigan   tabiiy,
ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy-huquqiy,   ma’naviy-madaniy   ahamiyatga   molik   bo‘lgan
xavf-xatarlarning   oldini   olish   tufayli   ularning   barqaror   hayot   kechirishini
ta’minlash   uchun   yaratilgan   xavfsiz   shart-sharoitlarning   muayyan   tizimidir.
Xavfsizlik   –   ustuvor   darajada   siyosat,   geosiyosat   makoniga   nisbatan
qo‘llaniladigan,   tom   ma’noda   ma’naviyat,   insonlararo   hamjihatlik,   o‘zaro
muruvvatning   ifodasi   bo‘lgan   tushuncha.   Xavfsizlik   global   ma’naviylashuvning
yaqqol   ko‘rinishi   sifatida   ijtimoiy   sohalarning   barchasidan   o‘rin   olgan
taqdirdagina,   haqiqiy   xavfsizlik   muhiti   vujudga   kelganiga   ishonch   hosil   qilish
mumkin.   XXI   asrga   kelib,   xavfsizlikda   ma’naviy   jihatning   o‘rni   kuchayishiga
bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Oliy haqiqat sifatida insonning o‘zi ulug‘ burchini
to‘laqonli   his   etish,   millionlab   yurtdoshlari,   zamondoshlari   taqdiri   uchun
javobgarlikni   anglashi   xavfsizlikka   bo‘lgan   talab   bilan   uyg‘unlashib   bormoqda.
Prezident   Islom   Karimovning   “Hadsiz   -   hududsizlik”   holatida   xavfsizlikni   global
kontekstda idrok etish shartligi haqidagi fikri ayni haqiqatni anglatadi. Milliy   xavfsizlik   –   shaxs,   jamiyat   va   davlatlarning   hayotiy   muhim
manfaatlarini   tashqi   va   ichki   xavfdan   qonun   bilan   kafolatlangan   himoyasi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 2-bo‘limida shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy
muhim   manfaatlari   belgilangan.   Ular   milliy   xavfsizlik   ob’ektlaridir:   inson   va
fuqarolarning   huquq   va   erkinliklari;   jamiyat   ma’naviy   va   moddiy   qadriyatlari;
konstitutsiyaviy   tuzum,   suverenitet,   davlatning   hududiy   yaxlitligi.   Milliy
xavfsizlikka   siyosiy,   iqtisodiy,   harbiy,   ekologik,   axborot,   ijtimoiy,   texnologik   va
boshqa   sohalarda   maqsadli   kompleks   dasturlari   asosida   yagona   davlat   siyosatini
amalga oshirish orqali erishiladi.
Milliy   xavfsizlik   –   bu   mamlakat   va   uning   hududida   yashaydigan   barcha
insonlarning   millati,   irqi,   jinsi,   diniy   e’tiqodi,   ijtimoiy   kelib   chiqishidan   qat’i
nazar,   turli   salbiy   ta’sirlardan,   yovuz   kuchlar   va   g‘oyalar   xavf-xataridan
himoyalanganligi   darajasidan   (Yaxshilikov   J.Ya.,   N.E.Muhammadiyev.   Milliy
g‘oya   va   mafkura.T.:   “Fan”,   2015.-155-bet).  
1997   yil   29   avgustda   “O‘zbekiston   Respublikasining   Milliy   xavfsizlik
konsepsiyasini  tasdiqlash to‘g‘risida”gi  qonun qabul qilindi. Unda davlatimizning
milliy   xavfsizlikni   ta’minlash   masalasiga   doir   rasmiy   qarashlar   o‘z   ifodasini
topgan.   Konsepsiyada   “milliy   xavfsizlik”,   “milliy   manfaat”,   “tahdid”   singari
tushunchalar mazmun-mohiyati ochib berilgan.
Milliy-ma’naviy   xavfsizlik   –   turli   ma’naviy,   ruhiy,   ahloqiy   va   estetik
tahdidlardan   himoyalanganligi   va   milliy   ma’naviyatining   umummilliy
taraqqiyotning   tabiiy   ehtiyoti   va   amaliyotiga   aylanganlik   salohiyatidir.   G‘oyaviy-
mafkuraviy xavfsizlik esa  shaxs,  millat, davlatning xilma-xil  shakllarda  namoyon
bo‘ladigan   g‘oyaviy-mafkuraviy   tajovuzlar,   turli   mafkuraviy   markazlarning
buzg‘unchilik   ta’siridan   himoyalanganlik   darajasini   tavsiflovchi   tushuncha
hisoblanadi
Madaniyat,   ma’naviyat   va   ma’rifat   zarbaga   uchrab,   xalqning,   mamlakatning
ma’naviyati   va   ma’rifati   barbod   bo‘laversa,   o‘z-o‘zidan   e’tiqodsiz   bo‘lib   ketadi.  
Ma’naviyat  va  ma’rifatdan  mahrum   xalq  milliy  jihatdan   o‘zini  anglab   ololmaydi, taqdirga   tan   berib   yashashni   o‘ziga   ep   ko‘radi.   Masalan,   chor   Rossiyaning
Turkistonga   nisbatan   siyosati   misolida   buni   ko‘rish   mumkin.   Chorizm
generallaridan   biri   M.D.   Skobelov   “Millatni   yo‘q   qilish   uchun   uni   qirish   shart
emas,   uning   madaniyatini,   tilini,   san’atini   yo‘q   qilsang   bas,   tez   orada   o‘zi
tanazzulga uchraydi”, - deb bashorat qilgan edi.
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi” (2012 yil 10
sentyabr)   qonunida   ta’kidlanganidek,   “O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi mamlakatning milliy manfaatlariga ichki va
tashqi tahdidlar hamda xavf-xatarni aniqlash va monitoring qilish, vazirlik hamda
idoralarning   milliy   xavfsizlikni   ta’minlashga   oid   chora-tadbirlar   majmuini   ishlab
chiqish   va   amalga   oshirish   borasidagi   axborot-tahliliy   va   tashkiliy-huquqiy
faoliyatini   muvofiqlashtirish   vazifalarini,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentiga
ma’lumot   berish   uchun   tahliliy   materiallar   tayyorlanishini   amalga   oshiradi   .
Milliy   xavfsizlikni   ta’minlash   tizimi   quyidagilarni   o‘z   ichiga   oladi:   qonun
chaqiruvchi,   ijro   etuvchi   va   sud   hokimiyatlari   idoralari,   korxonalar,   tashkilotlar,
muassasalar,   jamoat   tashkilotlari,   o‘zini-o‘zi   boshqarish   idoralari   va   mamlakat
fuqarolari, shuningdek,milliy xavfsizlik sohasida munosabatlarni tartibga soluvchi
qonunchilik.
Prezident   Islom   Karimov   1995   yili   Oliy   Majlis   1-sessiyasida   bu   haqda   shunday
degan   edi:   “Milliy   xaavfsizlik   tizimi   uchun   xavf-xatarning   oldini   olish   va   uni
bartaraf etishda oldindan chora ko‘rish uslubi ko‘proq qo‘l keladi. Shu bilan birga,
chuqur   va   keng   miqyosli   tahlil   qilishga   qodir   tadqiqot   va   axborot   markazlarini
barpo etish muhim ahamiyatga ega”.
Xavfsizlik   Kengashi   –   davlatdagi   oliy   mansabdor   shaxslarning   maslahat
organi   ana   shunday   vosita   bo‘lishi   mumkin.   Xavfsizlik   Kengashi   Respublika
Prezidenti huzurida tuzilishi maqsadga muvofidir.
Xavfsizlik   kengashi   milliy   xavfsizlik   muammolari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
barcha masalalarni chuqur ishlab chiqish va muvofiqlashtirishni ta’minlash, buning
uchun javobgar bo‘lishi lozim.   Kengashning   vazifalari   ko‘p   qirrali   va   murakkabdir.   U   ushbu   sohada   milliy
xavfsizlikning ustuvor yo‘nalishlarini va davlat siyosati asoslarini ishlab chiqishga
javob   bermog‘i   kerak.   Shaxsning,   jamiyatning   va   davlatning   xavfsizligini
ta’minlash   bo‘yicha   dasturlar   majmui   Xavfsizlik   Kengashi   rahbarligida
rejalashtiriladi va amalga oshiriladi
Jamiyatning   mafkuraviy   muqobillashish   sabablari.   Mafkura   jamiyat,   millat
manfaatlarini   nazariy   asoslab,   ijtimoiy   harakatlarga   aniqlik   kiritadi   va   ijtimoiy
kuchlarni   ro‘yobga   chiqarishga   safarbar   qiladi.   Mafkura   inson   ongi   orqali   uning
amaliy xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Mafkura sotsializm davrida barcha sohalarda mafkuraviy aqidabozlik birinchi
o‘ringa qo‘yilib, iqtisod, madaniyat rivojlanishi hayotdan uzilib qolgan qoidalarga
bo‘ysundirildi.   Jamiyat   hayotida,   “ishchilar   sinfining   dunyoqarashi”   hamma
narsadan   baland   qo‘yildi.   Bir   muayyan   ijtimoiy   ishchilar   sinfining   partiyasi
mafkurasi jamiyatda barcha sinf, millat, ijtimoiy tabaqalar tafakkurini qamrab oldi.
Boshqa   siyosiy   partiyalar   qarashlari,   dushman,   g‘anim   sifatida   qabul   qilindi.
Bunday sharoitda boshqa fikrni inkor qilish shart edi. Natijada sobiq Ittifoq davrida
ilmiy,   badiiy,   ma’naviy,   falsafiy   hayoti   bo‘g‘ilib,   erkinlikdan   mahrum   etildi.
Mustaqillik   arafasida   ana   shu   bir-birini   inkor   qiluvchi   ikki   imkoniyatdan   birini
tanlash   mafkurasi   yaqqol   ko‘rindi.   Chunki   muqobillik   (arab.   bir-biriga   qarama-
qarshi ikki fikr) – bir-biriga zid ikki yo‘l, imkoniyat – yo unisini (inqilobiy, shoka
terapiya) yo bunisini (tadrijiy, isloxot) tanlash zaruriyatini bildiradi. XX asr oxiri a
XXI asr boshlariga kelib jamiyatning mafkuraviy muqobillashishiga sabab bo‘lgan
omillar:   globallashish,   integratsiya,   demokratiyalash,   differensiatsiya   (bir-biridan
farqlash,   ajratish),   insonparvarlashish,   siyosatlashuv   kabi   sohalarda   mafkuraviy
jarayonlarning universallashuvi bilan bog‘liqdir, deyish mumkin. Shu boisdan ham
Islom   Karimov   boshchiligida   amalga   oshirilgan   mustaqillik   O‘zbekiston   yagona
mafkura yakkahokimligidan voz kechib, taraqqiyot uchun islohot yo‘llari keng yo‘l
ochdi.   Mafkuraviy   xilma-xillik   Konstitutsiyamizda   (12-moddada)   mustahkamlab
qo‘yildi. Mafkuraviy   gegemonizmning   vujudga   kelishi.   Gegemonizm   (yun.   gegemoniya   –
yetakchilik, boshqarish) – turli sohalarda, jumladan; ma’naviy, mafkuraviy sohada
ham ustunlik va o‘z hukmiga bo‘ysundirishni anglatuvchi tushuncha. “Mafkuraviy
gegemonizm”   tushunchasi   “mafkura”   va   “gegemonizm”   atamalari   birikuvidan
hosil   bo‘lgan   tushuncha.   Mafkuraviy   gegemonizm–   mohiyatan   dunyo
barqarorligini   ta’minlash   yoki   uni   mustahkamlashga   qaratilgan   mafkuraga   zid
hodisa   bo‘lib,   ijtimoiy   taraqqiyot,   jamiyat   barqarorligi   va   xavfsizligini   izdan
chiqaradi.
Mafkuraviy   gegemonizm   deb,   muayyan   ijtimoiy   guruh,   qatlam,   millat,   davlat
hayotida   yakka   hukumron   bo‘lgan   g‘oya   va   mafkuraning   boshqalar   ustidan
hukumronlik   qilishini   ifodalovchi   nazariya   va   amaliyot   xatti-harakatlar   tizimiga
aytiladi.
Ba’zi   davlatlarning   barcha   sohalarida   ustunlik   qilish   va   dunyoni   o‘z   hukmiga
bo‘ysundirishga   intilishi   insoniyat   tarixining   turli   bosqichlarida   salbiy   oqibatlarni
keltirib   chiqargan
Shuningdek, mafkuraviy gegemonizmni  muayyan kuchlar  va davlatlar  tomonidan
bo‘ladigan   siyosiy,   mafkuraviy   va   iqtisodiy   hukmronlik   deb   yoki   mintaqaviy
munosabatlarda   unga   intilish   deb   ta’riflash   mumkin.   Mafkuraviy   gegemonizm
ko‘psonli   millatlarning   nafaqat   ko‘p   millatli   imperiya   doirasida,   balki   uni   o‘rab
turgan   jug‘rofiy-siyosiy   makonda   ham   o‘zining   mutloq   hukmronligini   o‘rnatish
uchun kurashda namoyon bo‘ladi. Odatda, hudud jihatidan kichik bo‘lgan va eng
asosiysi   –   iqtisodiy   imkoniyatlari   zaiflashgan   va   ichki   beqaror   davlatlar   ana
shunday   da’volarga   nishon   bo‘ladi.   Mafkuraviy   gegemonizm,   buyuk   davlatchilar
shovinizmi   ham   boshqa   millatlar   va   mamlakatlar   bilan   o‘zaro   madaniyatli
hamkorlik   qilishga   tayyor   emaslikdan   kelib   chiqadi.   Uning   ifodachilari   harbiy
imperiyalardir.   Natijada   iqtisodiyoti   bosib   olingan   hudud   davlatlarini
ekspluatatsiya qilib, ularning hayotiy manbalari hisobiga yashar edi. Ayni chog‘da
bo‘ysundirilgan   xalqlarga   ularning   madaniy   jihatdan   va   umuman   milliy   jihatdan
norasoligi haqidagi halokatli g‘oya singdirilar edi. O‘zbekiston Rossiya imperiyasi, so‘ngra esa Sovet imperiyasi tarkibida majburan ushlab turilgan murakkab davrni
boshidan kechirdi. Bu g‘oya hozirda ham turlicha talqin qilinmoqda.  
Mafkuraviy   gegemonizm   biron-bir   qudratli   kuchning   manfaatlarini   ustuvor
darajada,   bir   tomonlama   ta’minlash   maqsadini   ko‘zlagani   sababli   u   boshqa
tomonning   manfaatlariga   zid   bo‘lib,   ijtimoiy-siyosiy   va   ma’naviy-mafkuraviy
rivojlanishga   putur   yetkazadi.   Bunday   adolatsizlik   yetarli   imkoniyatga   ega
bo‘lmagan   davlatlar   va   millatlarning   xalqaro   jarayonlarda   to‘laqonli   ishtirok   eta
olmasligiga sabab bo‘ladi. Natijada, tabiiy ravishda bunday mamlakatlar halqlarida
gegemonlikka   intilgan   davlatlar   va   xalqlarga   nisbatan   nafrat,   norozilik   kayfiyati
paydo bo‘ladi, dunyo hamjamiyatining barqaror rivoji davlatlararo munosabatlarga
salbiy ta’sir etadi.
Muqobil   mafkuraviy   qarashlarning   jamiyat   rivojiga   ta’siri   xususida
Prezidentimiz   Islom   Karimov   “O‘zbekiston   –   bozor   munosabatlariga   o‘tishning
o‘ziga   xos   yo‘li”   (1993)   asarida   asoslab   berdi.   Asarda   qayd   etilganidek,
rivojlanayotgan   yosh   mamlakatlar   o‘z   oldilariga   erishish   osonroq   bo‘lgan
maqsadlarni   qo‘yib,   “muqobil   rivojlanish”   nazariyasining   turli   konsepsiyalariga
tayanib,   o‘z   yo‘llarini   mana   shu   nazariya   doirasida   izlashga   majbur   edilar.   Bu
konsepsiyalarning   asosiylari   quyidagilardan   iborat   (5.1.11-Chizma)
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pgina andozalari, iqtisodiy yo‘llari  yuqorida
ko‘rsatilgan konsepsiyalar va nazariyalarning o‘ziga xos qo‘shilmasidan iboratdir.
XX   asr   90-yillari   boshlariga   kelib   erkin   iqtisodiy   tartibga   solish   g‘oyasi   ham
inqirozga uchradi. Jahon sivilizatsiyasi ijtimoiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi
yo‘llarini izlab chiqdi, tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti mana shu yo‘lga asos
qilib   olingan.   Bu   hol   nihoyatda   kuchli   iqtisodiy   isloh   oqimini   yuzaga   keltirdi,
ko‘pgina mamlakatlar – rivojlanayotgan va rivojlangan, kapitalistik va sotsialistik,
demokratik va avtoritar mamlakatlar mana shu oqimga qo‘shildilar.
Tartibga   solinadigan   bozor   iqtisodiyotga   o‘tishning   bir-biridan   mutlaqo   farq
qiluvchiuchi uch xil yondashuvini ajratib ko‘rsatish mumkin. Jahon   tajribasi   ko‘rsatishicha,   bozor   iqtisodiyotiga   revolyutsion   yo‘l   bilan,
ya’ni   jadal   usulda   yoki   evolyutsion   yo‘l   bilan,   ya’ni   bosqichma-bosqich   o‘tish
mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o‘tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan
iqtisodiy munosabatlarni batamom sindirish talab etiladi. Buni “falaj qilib davolash
usuli”   (“shokovaya   terapiya”)   deb   ataladi.   Evolyutsion   yo‘l   kamroq   ijtimoiy
larzalarga   olib   keladi.
O‘zbekistonning   o‘ziga   xos   yangilanish   va   taraqqiyot   yo‘li:   umuminsoniy
qadriyatlarga sodiqlik, inson o‘z salohiyati va iste’dodini erkin namoyon qila olishi
uchun   sharoit   yaratish,   milliy   an’analar,   din   va   madaniyatni   qayta   tiklash   va
mustahkamlash,   halq   ma’naviy   merosini   rivojlantirib,   uni   hozirgi   zamon
sivilizatsiyasi yutuqlari bilan boyitishdir.
  2. Mafkuraviy tahdidning oshkora va yopiq harakteri
Mafkuraviy   tahdid   –   ijtimoiy-siyosiy   harakat,   oqim   yoki   siyosiy   kuch   o‘z
manfaatini   ifodalovchi   mafkurasini   qo‘rqitib,   zo‘rlik   yo‘li   bilan   boshqalarga
taqishtirish. Mafkuraviy tahdid jamiyat, davlat yoki xalq, millat yoki elat taqdiriga
xavf solib turgan, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mafkuraviy xavf-
xatarlar   majmuasi.   Prezident   Islom   Karimov   ta’kidlaganidek,   dunyoning   ayrim
hududlarida   ana   shunday   harakatlar   natijasida   ma’naviy   yo‘qotishlar   yuz
berayotgani,   millatning   asriy   qadriyatlari,   milliy   tafakkuri   va   turmush   tarzi   izdan
chiqayotgani,   ahloq-odob,   oila   va   jamiyat   hayoti   ongli   yashash   tarzi   jiddiy   xavf-
xatar ostida qolayotganini kuzatish mumkin. O‘zbekiston ham bunday tahdidlardan
chetda   qolayotgani   yo‘q.   Mamlakatda   insonparvar,   demokratik   jamiyat
qurilayotgan   hozirgi   sharoitda   fuqarolar   ongi   va   faoliyatiga   siyosiy   ekstremizm,
diniy   fundamentalizm,   etnik   va   millatlararo   ziddiyatlar,   korrupsiya   va
jinoyatchilik,   mahalliychilik   va   urug‘-aymoqchilik,   ekologik   muammolar,
“ommaviy madaniyat” tajovuzi va hokazolar mafkuraviy tahdid shaklida namoyon
bo‘layotir .
Ayniqsa,   o‘rta   asr   xalifaligini   qayta   o‘rnatish   g‘oyasi   hamda   xalqaro
terrorchilik   va   diniy   ekstremizm   markazlari   orqali   moddiy-g‘oyaviy ta’minlanayotgan   aqidaparastlar   mafkurasi   bugun   mintaqamizdagi   tinchlik   va
barqarorlik uchun xavf bo‘lib turibdi.
Mafkuraviy   tahdid   shakillarining   aksariyati   informatsion   xuruj   va
uydirmalarni   tarqatish   orqali   yuz   bermoqda.   Bugungi   kunda   tobora   kuchayib
borayotgan   bunday   xatarlarga   qarshi   doimo   sergak,   ogoh   va   hushyor   bshlib
yashashimiz   zarur.   Bunday   tahdidlarga   qarshi   har   tomonlama   chuqur   o‘ylangan,
puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravishda olib boriladigan
mafkuraviy tarbiya bilan javob berish lozim. Buning uchun har birmiz mafkuraviy
tahdidga   nisbatan   loqaydlik,   beparvolik   va   beg‘amlik   illatidan   xalos   bo‘lishimiz,
har   bir   fuqaro   yurtimizda,   jahonda   sodir   bo‘layotgan   har   qanday   voqea,   hodisa,
jarayonlar   menga,   mening  taqdirimga   bevosita   daxldor   deb   hisoblamog‘i   darkor.  
Axborot   kommunikatsiya   texnologiyalari   (AQSh)   -   xususiy,   umumiy   va   ishlab
chiqarish   kommunikatsiyasida   axborotlar   tayyorlash,   qayta   ishlash   va   yetkazish
bilan   bog‘liq   bo‘lgan   ob’ektlar,   harakatlar   va   qoidalarga,   shuningdek,   barcha
texnologiyalar hamda sanab o‘tilgan jarayonlarni birlashgan ravishda ta’minlovchi
sohalar.   Shuningdek,   axborot   yaratish,   uzatish,   boshqarish   va   unga   ishlov   berish
bilan   bog‘liq   bo‘lgan   texnologiyalar:   radio,   televideniye,   mobil   telefonlar,
kompyuterlar va tarmoq uskunalari hamda dasturiy ta’minot, yo‘ldosh tizimlari va
h.k.
Axborot   xavfsizligi   bu-muayyan   shaxs,   oila,   ijtimoiy   guruh,   mehnat   va   xizmat
jamoasi,   davlat   va   jamiyatning   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy-huquqiy,   ma’naviy-
madaniy omillari asosida xavf-xatarsiz tarzda normal faoliyat olib borishlari uchun
zarur   bo‘lgan   informatsiyalarni   o‘rnatilgan   tartibda   saqlash   va   yetkazib   berish
tizimidir.
“Axborot   xavfsizligi”   –   jamiyat   axborot   maydonini   himoya   qiladigan,   insonga,
fuqaroga,   davlatga   xizmat   qiladigan   tushuncha   .   Buni   to‘g‘ri   va   to‘la   anglash
uchun   “axborot”,   “axborot   maydoni”   nima   ekanligini   bilish   lozim.
Axborot   xavfsizligini   ta’minlash   –   bu   g‘animlarimiz   tomonidan   mamlakatimizga
nisbatan   qilingan   axborot   xurujlarinig   oldini   olish   hamda   ularga   nisbatan   milliy
axborot   vositalarimiz   orqali   qarshi   qaqshatqich   zarba   berish   demakdir. Axborot – biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot. Ma’lumot esa to‘liq yoki
qisqa,   xolisona   yoki   noxolis,   ijobiy   yoki   salbiy,   qiziqarli   yoki   zerikarli,   dolzarb
yoki oddiy, foydali yoki foydasiz, samamiy yoki g‘arazli va hokazo mazmunlarda
bo‘lishi   mumkin.   Haqiqiy   axborotni   soxta   axborotdan   ajrata   bilish   esa   chuqur
bilim   va   iqtidorni   talab   etadi.   XXI   asirning   o‘ziga   xos   xususiyati   bu   davrning
axborotlar uchun kurash asri ekanligidir. Ayni vaqtda kimning qo‘lida axborot va
uni   boshqarish   richagi   bo‘lsa,   u   bevosita   hukmron   kuchning   egasiga   aylanadi.
vazifani   bajara   oladi.   Xohlagan   kishi   Yer   yuzining   xohlagan   nuqtasidagi   odam
bilan   aloqa   o‘rnata   oladi.   Demak,   XXI   asr   sivilizatsiyasi   axborot   xuruji,
informatsion   –   psixologik   urush   qiyofasida   o‘zini   namoyon   etmoqda   .  
“Haqiqatni   ochib   berish   degani   bir   qarashda   juda   sodda,   hattoki,   jo‘n   gap   bo‘lib
tuyulishi mumkin. Haqiqat yo bor, yo yo‘q, uning nimasini ochib berish mumkin,
degan savol tug‘ilishi balki o‘rinlidir. Lekin mafkuraviy kurash tobora keskinlashib
borayotgan   bugungi   zamonda   shunday   ustasi   faranglar   borki,   ular   har   qanday
yolg‘onni ham haqiqat deb shunday boplab tushuntirib qo‘yadiki, ba’zan qip-qizil
uydirmalarga   qanday   ishonganingizni   bilmay   qolasiz   ”.   Chunki   xalqimiz
oqko‘ngil,   sodda   va   ishonuvchan.   Matbuotda   bosilgan,   televideniyedan,   radiodan
aytilgan gaplarga ishonch bilan qaraydi.
Prezidentimiz   Islom   Karimov   ta’kidlaganlaridek,   “Matbuotning   eng   muhim
vazifasi   bugun   mamlakatimizda   olib   borilayotgan   tashqi   va   ichki   siyosatni   oddiy
fuqarolar   ko‘zi   bilan,   ya’ni   turli-tuman   nuqtai   nazardan   baholab   ifodalash,   shu
bilan   birga,   yo‘limizda   to‘siq   bo‘lib   turgan   illatlarga   –   bu   korrupsiya   yoki
amalparastlik bo‘ladimi, mahalliychilik, odamlarning dardini ko‘rmaslik bo‘ladimi
–   bularning   barchasiga   qarshi   murosasiz   kurashish,   bir   so‘z   bilan   aytganda,
adolatni   qaror   toptirish,   jamiyatimizni   yanada   erkinlashtirish   uchun   o‘zini
ayamasdan,   vijdon   amri   bilan   yashash   jurnalist   degan   kasbni   tanlagan   insonlar
uchun doimiy hayot maqsadi bo‘lishi darkor” .
Demak,   axborot   xuruji   tobora   avj   olib   borayotgan,   yakka   tartibda   har   bir
fuqaro,   har   bir   inson   ongiga   kuchli   ta’sir   o‘tkazayotgan,   keng   miqyosda   olganda jamiyat taraqqiyoti va millat taqdirini hal qilishga qodir bo‘lgan, global miqyosda
esa   butun   insoniyat   hayotini   kafolatlaydigan,   uning   taraqqiyoti   yoki   tanazzulini
beliglashga qodir bo‘lgan tig‘iz axborot tizimini boshqarish, tartibga solish, undan
foydalanish   me’yorlarini   ishlab   chiqish   hozirgi   zamonning   eng   dolzarb
muammolaridan   biridir   .
O‘zbekiston   mustaqilligining   o‘tgan   24   yili   mobaynida   (2015)   ommaviy   axborot
kommunikatsiyasi   sohasida   jiddiy   o‘zgarishlar   yuz   berdi.   Eng   avvalo,   har   bir
fuqaroning   so‘z   va   fikr   erkinligi,   axborot   olish   va   tarqatish   huquqi   Konstitutsiya
bilan   kafolatlandi.   Ommaviy   axborot   vositalar   to‘g‘risidagi   bir   qator   qonunlar
yaratildi va amalda qo‘llanilmoqda.
Prezidentimiz   Islom   Karimov   ta’kidlaganidek,   “axborot   erkinligi   prinsiplari
to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi har kimning axborotni erkin va moneliksiz
olish   hamda   foydalanish   huquqlarini   amalga   oshirishda,   shuningdek,   axborotning
muhofaza   qilinishi,   shaxs,   jamiyat   va   davlatning   axborot   borasidagi   xavfsizligini
ta’minlashda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi   ”
2011   yilga   kelib   mamlakatimizda   1400   taga   yaqin   ommaviy   axborot   vositalari
(OAV)   mavjud   bo‘lib,   shundan   700   nomdagisi   gazeta,   250   nomdagisi   jurnal,   17
nomdagisi   byulleten   –   axborotnomalardir.   Shuningdek,   yuzdan   ortiq
teleradiotarmoqlari  faoliyat  ko‘rsatmoqda, 150 veb-sayt  OAVsi  sifatida ro‘yxatga
olingan.   Mamlakatimizda   4   ta   axborot   agentligi   ishlab   turibdi   .
O‘zbekistonda   keyingi   yillarda   sun’iy   yo‘ldosh   aloqa   tarmog‘i   orqali
teleradiodasturlarni   tarqatish   yo‘lga   qo‘yildi.   Bugungi   kunda   mamlakatimiz
telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 mamlakatiga 28 ta yo‘nalish bo‘yicha
to‘g‘ridan-to‘g‘ri   chiqadigan   xalqaro   kanallarga   ega.   Yurtimizdagi
teleradiokanallar   tomonidan   tayyorlanayotgan   ko‘rsatuv   va   eshittirishlar   Internet
global   tarmog‘i   orqali   real   vaqt   rejimida   jahonga   uzatilmoqda.   O‘zbekistonda
saylov huquqini ta’minlashda, adolatsizlikni himoya qilishda OAVlarning huquqiy
va umumiylik prinsiplari muhim ahamiyatga ega. Internet   (lot.inter   va   net   (work)–tarmoq)-yagona   tilda   muloqot   qiluvchi
kompyuterlarning   butun   dunyo   bo‘ylab   (global)   tarqalgan   tarmog‘idir.   U   xalqaro
telefon tarmog‘iga o‘xshash hech kimga tobe emas va uni hech kimga to‘laligicha
boshqarmaydi.  
Aloqa   kanallari   aholi   internetga   ularnishni   ta’minlovchi   tashkilot   provayder   deb
ataladi,   ya’ni   internet   provayderi   –   internetdan   foydalanish   xizmatlarini
ko‘rsatuvchi   kompaniya.  
XX asr  90-yillarida “Jahon o‘rgimchak to‘ri” tizimi vujudga keldi. “O‘rgimchak”
tarmoqni   doimiy   ravishda   veb–sahifalardan   axborot   yig‘ib   yuruvchi   (ularni
indekslovchi) maxsus dastur. Odamda “o‘rgimchak” o‘z e’tiborini hujjat tavsifiga
va sarlavhalarga qaratadi, ba’zan hujjat matnini ko‘rib chiqadi va qaysi so‘zlar va
iboralar   kalitli   ekanligini   tushunishga   harakat   qiladi.
Agar XX asr  90-yillari  o‘rtalarida yoshlarning eng sevimli  mashg‘ulotlari  musiqa
tinglash,   teleko‘rsatuvlar   ko‘rish   bo‘lgan   bo‘lsa,   hozirgi   kunda   esa   kompyuter   va
Internet   avvalgi   qiziqishlarni   yosh   avlod   hayotidan   siqib   chiqardi.   2007   yili
Yevropada   yosh   avlod   vakillarining   3   dan   bir   qismi   ONLAYN   tizimidan
foydalangani kuzatilgan.  
Bugun bashariyat  manaviyatiga ahloqsizlik, fikrsizlik, didning o‘tmaslashuvi
xavf   solmoqda.   Oqibatda   aksariyat   odamlar   tafakkurdan   ko‘ra,   axborot   ortidan
ergashishga moyil bo‘lib borayotir.  
Internetdan   foydalanish   madaniyatini   shakllantirish-mafkuraviy   xurujlarga
qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish vositasi.
Ma’lumotlarga   ko‘ra,   bugun   dunyo   bo‘yicha   har   4   kishidan   biri   Internet
xizmatidan foydalanadi. Har kuni 1 milliard kishi gazeta o‘qiydi. Bu esa shuncha
miqdordagi mulohaza, nuqtai nazar, munosabat degani.
Global axborot tarmog‘i - internet ham, tarixda bo‘lganidek, yana ma’naviyat
va   jaholat   chorrahasiga   aylanib   ulgurdi.   Global   axborot   tarmog‘i   internet
tarmog‘ining   ma’lumotlar   bazalaridan   axborot   izlash   bo‘yicha   tarmoq   xizmati deyish   ham   mumkin.  
Bugun   internet   -   keng   va   tezkor   axborot   makoni,   elektron   magazin,   auksion,
kutubxona,   qulay   aloqa   vositasi,   shuningdek,   turli   yovuz   niyatli   (terroristik,
missionerlik,   narkotrafik)   guruhlar,   “ommaviy   madaniyat”ni   keng   joriy   qilib,
millatlarni   milliy   o‘zligidan   ayrish   vositasida   dunyoga   egalik   qilishni   istayotgan
kuchlar, ahloqsizlikni ahloq o‘rnida o‘rnatib, shu yo‘lda biznes orqali pul topishni,
xalqlarni bir-biriga gijgijlab, urush olovini yoqishni, elatlarni manqurtga aylantirib,
mamlakatni   ekspansiya   qilishni   maqsad   etgani   uchun   tayyor   mafkura   qurolidir.
Bugun   internet   maydonlarida   eskirgan   dogma   deb   atalayotgan,   aslida   esa,
avloddan   avlodga   milliy   ruh,   ona   allasi   bilan   o‘tib,   yashab   kelayotgan   azaliy
qadriyatlar   va   “yangi   madaniyat”   niqobidagi,   betiyiq   ahloqsizlik,   milliy   turum
(pozitsiya)   va   tuturuqsiz   didsizlik,   tafakkur   va   ahloqsizlik   o‘rtasidagi   kurash
keskinlashib   bormoqda.
Yoshlar   internet   orqali   musiqa   tinglaydi,   elektron   manzilni   tekshiradi,   xullas,
vaqtichog‘lik   qiladi.   Yoshlarning   uchdan   ikki   qismi   internetga   yangi   do‘stlar
orttirish   va   kim   bilandir   suhbatlashish   maqsadida   ulanadi,   ularning   15   %i
munosabatlarni   keyinchalik   davom   ettiradi.  
Internet   orqali   virtual   ta’qib.   Virtual   (voqeiy   bo‘lib   ko‘ringan,   biroq   vazifalari
boshqa   moslamalar   tomonidan   bajariladigan   funksional   moslama   ta’rifi).   Virtual
mafkuraviy   xuruj–   yolg‘on   buzg‘unchi   g‘oyalarni,   ma’lumotlarni   uzatish   muhiti
sifatida   mavjud   bo‘lgan   kommunikatsiya   infratuzilmasi,   internet   tarmog‘idan
foydalanuvchi   tarmoq.   Bugungi   kunda   virtual   ta’qib   nihoyatda   ommalashib
bormoqda.   Hozirgi   maktab   yoshidagi   bolalar   Internetdan   tobora   erta
foydalanmoqda.   Masalan,   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   bemalol   yon-atrofidagi
kafe yoki klubga kirib, internetdan foydalanadi. Shu bois ular uyda ham Internetga
ulanishi   mumkin.   Lekin   mutaxassislarning   fikricha,   yoshi   10   ga   yetmagan   bola
odatda mustaqil  ravishda Internetdan foydalanish uchun zarur  bo‘lgan fikrlash va
shu asosda ma’lumotlarni farqlash, ularni ajrata bilish, “filtrlay” olish qobiliyatiga
ega   emas.   Shu   sababli   internetdan   yolg‘iz   qolganda   ham   foydalanish   ehtimoli
bo‘lgan   bolani   qattiq   nazorat   ostiga   olish   kerak,   unga   o‘zi   haqidagi   shaxsiy ma’lumotlarni internet orqali tanishgan odamlarga aytmaslikni o‘rganish zarur. Bir
qarashda   beozor   tuyulgan   chat   (kompyuter   tarmog‘i   yoki   mobil   aloqa   tarmog‘i
yordamida   voqeiy   vaqtdagi   muloqot)   xonalar   yoki   maxsus   muloqot   dasturlari
orqali   kschadigan   suhbatlar   tafakkuri   endi   shakllanayotgan   bolalarni   ba’zan
jinoyatgacha yetaklab borayotgani hayotiy haqiqat.  
Grifing – internet orqali ta’qib etish, grifing qurboni ayni shu yoshlar qatlami
hisoblanadi.   Hozirgi   kunda   ko‘plab   mamlakatlarda   internetdan   foydalanish
ko‘nikmalari fakultativ dars sifatida maktab dastirlariga kiritila boshlandi. Negaki,
fakultativ darslar  orqali bolalar internetdan olinadigan ma’lumotlarning qanchalik
haqqoniy   va   to‘g‘ri   ekanini   tekshirishga   o‘rgatiladi.   Bunday   darslar,   ayniqsa
o‘smirlar uchun zarur.  
Grifing   xavfidan   tashqari   o‘smir   yoshlar   uchun   yana   bir   qancha   xavf   bor.
Bolalar   va   internet   muammosi   chuqurlashib   borayotgan   bir   paytda,   ekstremistik
harakterdagi   sekta   va   uyushmalar   saytlarining   foydalanishga   ochiqligi,   virtual
firibgarlikka   keng   yo‘l   qo‘yilganini   ham   e’tibordan   chetda   qoldirib   bo‘lmaydi.
Yoshlarning   qiziquvchanligi   ularni   yuqoridagi   saytlarga   yetaklashi,   bu   veb-
sahifalarda   ularning   ruhiy   yoki   jismoniy   sog‘ligiga   xavf   solishi   tabiiy.
Elektron  pochta   –   taqsimlangan,   shu   jumladan,  global   kompyuter   tarmog‘i   orqali
elektron xabarlar (xatlar)ni yuborish va qabul qilish texnologiyasi. Elektron pochta
manzillari   orqali   olingan   xabarlarni   internet   doirasida   va   undan   tashqarida   ham
jinoyatga   undashi   hech   gap   emas.   Bank   yoki   kredit   kartochkasidagi   hisob
raqamlarini   bilgan   bolakaylar   onlayn   savdolarida   qantashish   imkoni   bilan   birga
kichik   o‘yinchoqlardan   tortib,   to   eng   so‘nggi   rusumdagi   mashina   sotib   olish
huquqiga   ham   ega   bo‘ladi.   Bu   esa   ularni   virtual   firibgarlarning   nishoniga
aylantiradi.  
Internetdan   foydalanish   madaniyatini   joriy   etadigan,   ma’naviy   va   jismoniy   zarar
yetkazmaydigan ochiq va xavfsiz axborot makonini yaratishdan iborat. Ota-onalar
mavjud   muammolar   yuzasidan   maslahat,   ko‘mak   beradigan   kiberfarishtalar
internetda bolalar huquqini himoya qilishga yo‘naltirilgan Yevropadagi tashkilotga 1995   yili   asos   solindi   va   unga   hozir   AQSh   va   Kanada   kabi   davlatlar   ham   a’zo.
Ular   mavjud   xavf-xatarlarga   qarshi   kurash   choralarini   ishlab   chiqmoqdalar.
Xususan,   bu   masala   bilan   bolalarni   asraylik   xalqaro   huquqiy   tashkiloti
shug‘ullanib   kelmoqda   .  
.3.   Axborot   xavfsizligining   lokal   va   global   ahamiyati
Hozirgi davrda jahon miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlari XX asrning
oxiri   va   XXI   asr   boshlarida   insoniyat,   yer   yuzidagi   barcha   xalqlar   va   millatlar
taraqqiyoti   uchun   ayniqsa,   hayotga   kirib   kelayotgan   yosh   avlod   uchun   misli
ko‘rilmagan   imkoniyatlar   yaratib   berganini   hech   kim   inkor   etolmaydi.
Avvalambor,   fan   va   texnikaning   ilg‘or   yutuqlari,   zamonaviy   axborot-
kommunikatsiya   texnologiyalari,   xususan,   Internet   tizimi   turli   davlatlar   va
mintaqalar   o‘rtasida   chegaralarni   ochib   berib,   o‘zaro   hamkorlik   va   integratsiya
rivojiga   so‘zsiz   katta   hissa   qo‘shayotganiga   bugun   barchamiz   guvoh
bo‘lmoqdamiz .
Lekin   odamzot   tafakkurining   yuksak   va   yorqin   namoyoni   bo‘lgan   bunday
yutuqlar   ayni   paytda   katta   kuch-quvvat   va   moliyaviy  imkoniyatlarga  ega   bo‘lgan
ayrim siyosiy kuchlarning g‘arazli niyatlarini amalga oshirshida mafkuraviy qurol
sifatida ishlatilayotganini ham e’tiobdan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Odamlarning,
birinchi   navbatda   yoshlarning   ongu   tafakkurini,   ma’naviy   olamini   izdan
chiqarishga   qaratilgan   bunday   urinishlarning   asl   mohiyatini   ularning   uzoq   va
davomli, salbiy oqibatlarini anglash bunday xavf-xatarlarning oldini olish bugungi
kunda o‘ta muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.  
Axborot   kommunikatsiyalari   va   internet   orqali   qilinayotgan   xurujlar:
1.   Jamiyat   a’zolarining   ongi   va   tafakkuriga   ta’sir   qilishga   qaratilgan   xurujlar
(“individualizm”,   “egoizm”,   “kosmopolitizm”,   “zo‘ravonlik”,   diniy   mutaassiblik”
g‘oyalari).
2.   Milliy   urf-odatlarimizga   bo‘layotgan   xurujlar   (ota-onaga   nisbatan   bepisand
qarash,   odamovilik,   shaxsiy   hayotni   ulug‘lash   kabi   g‘oyalar).
3.   Milliy   ma’daniyatimizga   bo‘layotgan   xurujlar   (behayolik,mantishsizlik   Axborot   xavfsizligi   mezoni   –   turli   xavf-xatar   faktorlari   ta’siriga   nisbatan   axborot
xavfsizligini tavsiflovchi mezon.
Axborot xavfsizligi siyosati: –
1.Muhofaza   qilinayotgan   axborotga   ishlov   berishning   huquqiy   jihatlarini
tartibga   soluvchi   jami   qabul   qilingan   tashkiliy   choralar.   Muhofaza   qilinayotgan
axborotning   aylanishi,   uni   saqlash   va   tarqatish   sohasidagi   amaldagi   qonunlar,
boshqaruv va me’yoriy materiallar, bandlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va hokazolarni
hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
2. Axborot muhofazasi sohasida boshqaruv va loyiha yechimlarini belgilovchi
jami   hujjatlar.
3.   Nozik   axborotning   boshqarilishi,   muhofaza   qilinishi   va   tarqatilishi   asoslangan
jami qonunlar, qoidalar va amaliy tajriba.
4.   Kompyuter   muhofazasini   ta’minlash   uchun   tanlagan   reja   yoki   harakatlar
yo‘nalishi.
5.   Muayyan   tashkilotda   boshqaruv   siyosati.   Boshqaruv   ob’ektlari   qatoriga
konfidensial   axborot   yoki   cheklangan   foydalanuvchilar   doirasi   uchun
mo‘ljallangan axborotni qabul qilish, unga ishlov berish va uzatish kiradi .
Axborot xavfsizligini ob’ekti – axborot sohasida amalga oshiriladigan axborot
xavfsizligi   sub’ektlarining   huquq   va   erkinliklari;   axborot   resurslari;   axborot
infratuzilmasi.
Axborot   xavfsizligi   sub’ekti   –   axborot   xavfsizligi   sub’ektlariga   davlat   organlari
ko‘rinishidagi   davlat,   yuridik   shaxslar,   jismoniy   shaxslar   kiradi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash tizimi – axborot himoyasini yaratish, tadbiq etish,
undan   foydalanish,   doimo   nazorat   qilish,   tahlillash,   ish   holatida   saqlash   va
yaxshilashga   qaratilgan,   ish   xavf   ehtimollari   yondashuviga   asoslangan   umumiy
menejment tizimining qismi.
Axborot   xavfsizligining   maqsadi   –   axborot   muhofazalashdan   istalgan   natija.
Axborot   muhofazalaridan   maqsad   –   axborot   mulkdori,   egasi   va   foydalanuvchisi axborotni   mumkin   bo‘lgan   sizib   chiqishi   yoki   axborotni   nisbatan   ruxsatsiz   va
qasddan   qilingan   harakatlar   oqibatida   zarar   ko‘rishining   oldini   olishdir.
Geosiyosiy manfaatlar axborot xavfsizligi omili. Geosiyosat  (yun.yer, hudud yoki
davlatni   boshqarish   san’ati)   –   siyosiy   atama   bo‘lib,   davlatning   tashqi   va   ichki
siyosatning   yo‘nalishi,   uning   maqsad   va   vazifalariga,   xususan,   geografik
joylashuvi,   mavjud   zaxiralar   orqali   boshqa   hududlarda   muayyan   darajada   ta’sir
o‘tkazishi kabilar bilan bog‘liq tushuncha.
XX asr  oxiriga kelib,  dunyo siyosiy   haritasi  o‘zgarishi   bilan  bu  sohada  ham
muayyan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ammo dunyo bu bilan xavfsizroq bo‘lib qolgani
yo‘q.   Bir   vaqtlar   nemis   olimi   F.   Ratsel   (1844-1904)   davlat   siyosati   va
mamlakatning   geografik   holati   o‘rtasidagi   o‘zaro   bog‘liqlik   va   aloqadorlikka
xizmat   qiladigan   yangi   geosiyosiy   konsepsiyasida   puxta   o‘ylangan   mafkuraviy
asosga tayangan konsepsiyasida “alohida makonni his etish” g‘oyasi ilgari surilib,
o‘z   chegaralarini   o‘zgartirishni   (kengaytirishni)   maqsad   qilgan   davlatlar   sa’y-
harakatini oqlash borasidagi intilish ko‘zga tashlanadi. Ma’lumki, dunyodagi yirik
davlatlar, xususan, juda katta moddiy, moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan turli
markaz   va   siyosiy   doiralarning   puxta   o‘ylangan   geosiyosiy   rejalari   zamirida
rivojlangan   mamlakatlar   qatoridan   o‘rin   olishga   intilayotgan   yangi   mustaqil
davlatlarni   o‘ziga   tobe   qilish,   bo‘ysundirish,   boyliklarini   egallab   olish,
ma’naviyatidan judo etish maqsadida namoyon bo‘ladi.  
Prezidentimiz   Islom   Karimov   ta’kidlaganidek,   “...dunyodagi   zo‘ravon   va
tajovuzkor   kuchlar   qaysi   bir   xalq   yoki   mamlakatni   o‘ziga   tobe   qilib,
bo‘ysundirmoqchi,   uning   boyliklarini   egallamoqchi   bo‘lsa,   avvalambor,   uni
qurolsizlantirishga,   ya’ni   eng   buyuk   boyligi   bo‘lmish   qadriyatlari,   tarixi   va
ma’naviyatidan   judo   qilishga   urinadi”   .   O‘zbekistonning   yer   usti   va   yer   osti
boyliklari, G‘arb va Sharqni o‘zaro bog‘lab turgan makon sifatidagi imkoniyatlari,
aholisi,   ishlab   chiqarish   va   ilmiy   salohiyati   hamda   boshqa   jihatlari   ulkan
imkoniyatlarga   ega,   kelajagi   buyuk   mamlakat   ekanini   tan   olgan   rivojlangan
mamlakatlar   o‘zining   geosiyosiy   strategiyasida   ana   shu   omillarni   e’tiborga   olib, O‘zbekiston   bilan   barcha   sohalarda   o‘zaro   manfaatli   va   teng   huquqli   aloqalarni
yanada rivojlantirish zaruriyatini anglab yetmoqda. Bu hol O‘zbekistonning jahon
geosiyosiy sahnasida o‘ziga xos o‘rin egallab borayotganidan dalolat beradi
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati
 
1. O’zbеkistоn Rеspublikаsining Kоnstitu t siyasi – T., «O’zbеkistоn», 20 18  yil
2. Mirziyoеv   SH.M.   Erkin   vа   fаrоvоn,   dеmоkrаtik   O’zbеkistоn   dаvlаtini
birgаlikdа bаrpо etаmiz.   Tоshkеnt: «O’zbеkistоn», 2016. -56 b.
3. Mirziyoеv   SH.M.   Tаnqidiy   tаhlil,   qаt’iy   tаrtib-intizоm   vа   shахsiy
jаvоbgаrlik   -   hаr   bir   rаhbаr   fаоliyatining   kundаlik   qоidаsi   bo’lishi   kеrаk.
Mаmlаkаtimizni   2016   yildа   ijtimоiy-iqtisоdiy   rivоjlаntirishning   аsоsiy
yakunlаri   vа   2017   yilgа   mo’ljаllаngаn   iqtisоdiy   dаsturning   eng   muhim
ustuvоr   yo’nаlishlаrigа   bаg’ishlаngаn   Vаzirlаr   Mаhkаmаsining
kеngаytirilgаn   mаjlisidаgi   mа’ruzа,   2017   yil   14   yanvаrь.   -   Tоshkеnt:
«O’zbеkistоn», 2017.-104 b. 
4. Kаrimоv   I.   А.Mаmlаkаtimiz   tаrаqqiyotining   qоnuniy   аsоslаrini
mustаhkаmlаsh   fаоliyatimiz   mеzоni   bo’lishi   dаrkоr.   O’zbеkistоn
Rеspublikаsi Оliy Mаjlisi Sеnаtining bеshinchi yalpi mаjlisidаgi nutq. 2006
yil 24 fеvrаlь. Аsаrlаr, 15-jild. –T.: «O’zbеkistоn», 2006.
5. Kаrimоv I. А.YUksаk mа’nаviyat -еngilmаs kuch. –T.:«Mа’nаviyat», 2008.
6. Kаrimоv   I.А.   O’zbеkistоn   mustаqillikkа   erishish   оstоnаsidа.   T.:
“O’zbеkistоn” nаshriyoti, 2011 yil.
7. Kаrimоv I.А.  O’zbеk хаlqigа tinchlik vа оmоnlik  kеrаk. – T.: O’zbеkistоn,
2013 yil.

Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi. REJA : 1.Mafkuraviy tajovuz va unga qarshi milliy xavfsizlikni ta’minlash zarurati. 2.Mafkuraviy tadqiqning oshkora va yopiq harakteri. 3.Axborot xavfsizligining lokal va global ahamiyati.

1. Mafkuraviy tajovuz va unga qarshi milliy xavfsizlikni ta’minlash zarurati Mafkuraviy kurash – bu turli g‘oyaviy qarashlar, yondoshuvlar, xilma-xil maslak va maqsadlarga ega ijtimoiy sub’ektlar o‘rtasida yuzaga keladigan, qarama- qarshilikka asoslangan munosabatlar demakdir. U yangi, shakllanayotgan g‘oyalar bilan o‘z “vazifasini” bajarib bo‘lgan mafkura yoki uning qoldiqlari o‘rtasidagi munosabat shaklida ham sodir bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga,mafkuraviy kurash muayyan g‘oyalarni singdirish yoki himoya qilish jarayonini ham anglatadi. Mafkuraviy kurashni muxolif mafkuraviy qarashlarning har qanday ko‘rinishini yo‘q qilishga, g‘oyaviy plyuralizmni bartaraf qilishga qaratilgan harakatlar- mafkuraviy konfrontatsiyadan (fran.-qarama-qarshi qo‘yish) farqlash kerak. Mafkuraviy konfrontatsiya mafkuraviy befarqlik vaziyatining hosilasi hisoblanadi. Mafkuraviy befarqlik jamiyatidagi mavjud mafkuraviy buzilgan, ammo yangisi qaror topmagan vaziyatdagi g‘oyaviy o‘zgaruvchan holat hisoblanadi. Mafkuraviy konfronatsiya vayronkor harakterga ega bo‘ladi, unda dushman deb hisoblangan mafkurani yo‘qotishga alohtda e’tibor beriladi. Mafkuraviy kurash manbaini o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, bir-biridan farq qilkvchi turli g‘oyaviy qarashlar sohiblari, ularning manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar tashkil etadi. Mafkuraviy tajovuz – muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosat va konstitutsion tuzumni zaiflashtirish va buzishga yo‘naltirilgan, fuqaro va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi g‘oyaviy- nazariy qarashlar va unga asoslangan amaliyot majmui, hisoblanadi. Mafkuraviy tajovuz yovuz kuchlar va har xil markazlar tomonidan biron bir mamlakatga nisbatan ichkaridan yoki tashqaridan turib bevosita amalga oshiriladigan g‘oyaviy buzg‘unchilikning bir shaklidir. Ular, o‘z jirkanch maqsadiga erishish uchun har qanday usullardan, odamlarning diniy, milliy hissiyotlari, hayotda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklardan, shuningdek, zamonaviy texnika, telekommunikatsiya vositalaridan ustalik bilan foydalanishga harakat qiladi

Bugungi kunda mafkuraviy tajovuz, aholining ma’lum bir qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qarashlarini o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yo‘nalishda o‘zgartirish, buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremizm, ahloqsizlik g‘oyalarini singdirish kabi g‘arazli maqsadlar tushuniladi. Milliy g‘oya o‘zining mazmun-mohiyati bilan ana shu kabi mafkuraviy tajovuzlarga qarshi tura oladigan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu borada barcha fuqarolarning ogohligi, faolligi, ezgu g‘oyalarga xizmat qilishga tayyorligi katta ahamiyat kasb etadi. Mafkuraviy tajovuzlikka qarshi milliy xavfsizlikni ta’minlashi zarur. Avvalo xavfsizlikning o‘zi nima? Milliy xavfsizlikchi? “Xavfsizlik” shaxs, jamiyat, davlat manfaatlarini uyg‘unlashtiruvchi, barqarorlik, tinchlik, bunyodkorlik, yaratuvchanlik omillarining majmuini ifoda etuvchi tushunchadir. Xavfsizlik bu-butun insoniyatning normal yashashi uchun xavf soladigan tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy ahamiyatga molik bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish tufayli ularning barqaror hayot kechirishini ta’minlash uchun yaratilgan xavfsiz shart-sharoitlarning muayyan tizimidir. Xavfsizlik – ustuvor darajada siyosat, geosiyosat makoniga nisbatan qo‘llaniladigan, tom ma’noda ma’naviyat, insonlararo hamjihatlik, o‘zaro muruvvatning ifodasi bo‘lgan tushuncha. Xavfsizlik global ma’naviylashuvning yaqqol ko‘rinishi sifatida ijtimoiy sohalarning barchasidan o‘rin olgan taqdirdagina, haqiqiy xavfsizlik muhiti vujudga kelganiga ishonch hosil qilish mumkin. XXI asrga kelib, xavfsizlikda ma’naviy jihatning o‘rni kuchayishiga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Oliy haqiqat sifatida insonning o‘zi ulug‘ burchini to‘laqonli his etish, millionlab yurtdoshlari, zamondoshlari taqdiri uchun javobgarlikni anglashi xavfsizlikka bo‘lgan talab bilan uyg‘unlashib bormoqda. Prezident Islom Karimovning “Hadsiz - hududsizlik” holatida xavfsizlikni global kontekstda idrok etish shartligi haqidagi fikri ayni haqiqatni anglatadi.

Milliy xavfsizlik – shaxs, jamiyat va davlatlarning hayotiy muhim manfaatlarini tashqi va ichki xavfdan qonun bilan kafolatlangan himoyasi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 2-bo‘limida shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlari belgilangan. Ular milliy xavfsizlik ob’ektlaridir: inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari; jamiyat ma’naviy va moddiy qadriyatlari; konstitutsiyaviy tuzum, suverenitet, davlatning hududiy yaxlitligi. Milliy xavfsizlikka siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ekologik, axborot, ijtimoiy, texnologik va boshqa sohalarda maqsadli kompleks dasturlari asosida yagona davlat siyosatini amalga oshirish orqali erishiladi. Milliy xavfsizlik – bu mamlakat va uning hududida yashaydigan barcha insonlarning millati, irqi, jinsi, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, turli salbiy ta’sirlardan, yovuz kuchlar va g‘oyalar xavf-xataridan himoyalanganligi darajasidan (Yaxshilikov J.Ya., N.E.Muhammadiyev. Milliy g‘oya va mafkura.T.: “Fan”, 2015.-155-bet). 1997 yil 29 avgustda “O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Unda davlatimizning milliy xavfsizlikni ta’minlash masalasiga doir rasmiy qarashlar o‘z ifodasini topgan. Konsepsiyada “milliy xavfsizlik”, “milliy manfaat”, “tahdid” singari tushunchalar mazmun-mohiyati ochib berilgan. Milliy-ma’naviy xavfsizlik – turli ma’naviy, ruhiy, ahloqiy va estetik tahdidlardan himoyalanganligi va milliy ma’naviyatining umummilliy taraqqiyotning tabiiy ehtiyoti va amaliyotiga aylanganlik salohiyatidir. G‘oyaviy- mafkuraviy xavfsizlik esa shaxs, millat, davlatning xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladigan g‘oyaviy-mafkuraviy tajovuzlar, turli mafkuraviy markazlarning buzg‘unchilik ta’siridan himoyalanganlik darajasini tavsiflovchi tushuncha hisoblanadi Madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat zarbaga uchrab, xalqning, mamlakatning ma’naviyati va ma’rifati barbod bo‘laversa, o‘z-o‘zidan e’tiqodsiz bo‘lib ketadi. Ma’naviyat va ma’rifatdan mahrum xalq milliy jihatdan o‘zini anglab ololmaydi,

taqdirga tan berib yashashni o‘ziga ep ko‘radi. Masalan, chor Rossiyaning Turkistonga nisbatan siyosati misolida buni ko‘rish mumkin. Chorizm generallaridan biri M.D. Skobelov “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, tilini, san’atini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi”, - deb bashorat qilgan edi. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi” (2012 yil 10 sentyabr) qonunida ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi mamlakatning milliy manfaatlariga ichki va tashqi tahdidlar hamda xavf-xatarni aniqlash va monitoring qilish, vazirlik hamda idoralarning milliy xavfsizlikni ta’minlashga oid chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi axborot-tahliliy va tashkiliy-huquqiy faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ma’lumot berish uchun tahliliy materiallar tayyorlanishini amalga oshiradi . Milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: qonun chaqiruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat tashkilotlari, o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari va mamlakat fuqarolari, shuningdek,milliy xavfsizlik sohasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik. Prezident Islom Karimov 1995 yili Oliy Majlis 1-sessiyasida bu haqda shunday degan edi: “Milliy xaavfsizlik tizimi uchun xavf-xatarning oldini olish va uni bartaraf etishda oldindan chora ko‘rish uslubi ko‘proq qo‘l keladi. Shu bilan birga, chuqur va keng miqyosli tahlil qilishga qodir tadqiqot va axborot markazlarini barpo etish muhim ahamiyatga ega”. Xavfsizlik Kengashi – davlatdagi oliy mansabdor shaxslarning maslahat organi ana shunday vosita bo‘lishi mumkin. Xavfsizlik Kengashi Respublika Prezidenti huzurida tuzilishi maqsadga muvofidir. Xavfsizlik kengashi milliy xavfsizlik muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni chuqur ishlab chiqish va muvofiqlashtirishni ta’minlash, buning uchun javobgar bo‘lishi lozim.