Axborot kommunikatsiyalarida mafkuraviy xurujlarning namoyon bo’lishi. Internet mafkuraviy xuruj ob’yekti sifatida.
Axborot kommunikatsiyalarida mafkuraviy xurujlarning namoyon bo’lishi. Internet mafkuraviy xuruj ob’yekti sifatida. Reja 1. Internet va undan mafkuraviy xuruj ob’yekti sifatida foydalanish oqibatlari. Axborot kommunikatsiyalari va internet orqali qilinayotgan mafkuraviy xurujlar. 2. Internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish – mafkuraviy xurujlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish vositasi. 3. Yoshlarda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish yo’llari va vositalari. O ‘zbekiston ko‘pmillatli, polietnik davlat ekanligi
Axborot xuruji tushunchasi. O‘zbek xalqining mustaqilligiga, uning mustaqil taraqqiyot yillarida erishayotgan yutuqlariga qarshi g‘animlarimiz tomonidan muntazam ravishda axborot xurujlari olib borilmoqda. Xo‘sh, axborot xuruji nima? Axborot xuruji bu o‘zbek xalqining ichki va tashqi g‘animlari tomonidan atayin uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy madaniy hayotida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, islohotlar natijasida erishilgan marralar, ba’zida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar haqida axborot kommunikatsiyalari, internet va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali ishonchsiz, yolg‘on, o‘ydirma, odamlarning ongini zaharlaydigan har xil ma’lumotlarni tarqatishidan boshqa narsa emas. SHunday o‘ta bema’ni axborotlarning oldini olish uchun ham axborot xavfsizligini ta’minlash zarur. Demak, o‘zbek xalqining qo‘lga kiritgan mustaqilligini mustahkamlash va rivojlantirishda axborot xavfsizligini ta’minlashning o‘rni beqiyosdir. Axborot tushunchasi, uning tur va shakllari. Xo‘sh, axborot o‘zi nima? Axborot arabcha “xabar” so‘zidan olingan bo‘lib, “darak”, “ma’lumot”, “ovoza” degan ma’nolarni anglatadi 1 . SHu tariqa bugungi kunda axborot deganda biror kimsa, narsa yoki hodisa haqida darak, ma’lumot berish, bildirish, uni muayyan vositalar orqali etkazish yoki ovoza qilish tushuniladi. Falsafiy jihatdan axborotlarni o‘zining aks ettirish ob’ektiga ko‘ra: birinchidan, tabiat (koinot, er-suv, tuproq, o‘simlik, hayvonot va boshqalar); ikkinchidan, jamiyat (odamlar, jamoat birlashmalari, davlatlar, ularning tuzilishlari, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlari); uchinchidan , inson faoliyati (jismoiniy va aqliy salohiyati, salomatligi, ongi va tafakkuri, mentaliteti, moyilligi va boshqalar) haqida batafsil ma’lumotlarni etkazib beruvchi guruhlarga ajratish mumkin. Bu bilan ularni tasniflash muammosi tugamaydi. Darvoqe, mavjud olamda yuz berayotgan hodisa, voqea, 1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 4.Ж. –Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2008. – Б.370.
jarayonlar qanchalik tez va izchil kechsa, ular haqidagi informatsiyalar oqimi ham shunchalik ko‘p va xilma-xil bo‘ladi. Bugungi kundagi axborotlarni o‘zining sub’ektiga ko‘ra uchta katta guruhga ajratish mumkin. Bunda: birinchi guruhga axborotlarni o‘zida miqdoriy va sifatiy jihatdan aks ettirgan holda saqlovchi, qayta ishlovchi va uzatuvchi texnologiyalarga asoslangan vositalar – oddiy aloqa tarmoqlaridan tortib bugungi kundagi murakkab texnologiya asosiga qurilgan ixcham va qulay har xil turdagi katta va kichik qurilmalargacha bo‘lgan vositalarni o‘z ichiga oluvchi; ikkinchi guruhga ularning ijodkori bo‘lgan intelektual aql sohiblarini; uchinchi guruhga ulardan foydalanuvchi shaxs, jamoa va boshqa turli xildagi birlashmalarni kiritish mumkin. O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlovchi va rivojlanishini ta’minlovchi axborotlarni mustaqillikning shakllari bo‘yicha quyidagilarga ajratish mumkin: 1) iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi, ya’ni mehnat jamoalarining sanoat, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan sohasida erishgan yutuqlari borasidagi; 2) siyosiy mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi, ya’ni davlat hokimiyatining tuzilishi, ularda xizmat qiluvchilar soni, kasb-kori, funksional vazifalari, rejalashtirilayotgan ishlari, ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, qurolli kuchlarning tarkibi, qurol-yoroqlari va boshqalar haqidagi; 3) ma’naviy mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi, ya’ni fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, g‘oyaviy-mafkuraviy kurash yo‘llari va vositalari, o‘tkazilishi ko‘zda tutilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ularning ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kabilarni o‘z ichiga oluvchi tizimlarga ajratgan holda tasniflash maqsadga muvofiqdir.
Falsafa ilmining umumiylik, xususiylik, alohidalik kategoriyalarining metodologik ahamiyatidan kelib chiqqan holda mazkur axborotlarni ishlatilish o‘rniga qarab umumiy, xususiy va alohida axborotlar tizimiga ajratish kerak bo‘ladi. Bundagi: a) umumiy axborotlarga O‘zbekistonning geografik joylashuvi, tabiati, davlat tuzilishi, pul birligi, tarixiy rivojlanish bosqichlari, qadriyatlari, ta’lim- tarbiya tizimi, aholining salomatlik darajalari haqida butun jahon ahli; b) xususiy axborotlarga sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ularni iste’mol qilish, taqsimlash, ayirboshlash, xorijiy davlatlar bilan tuzilgan ikki va ko‘p tomonlama shartnomalar haqida alohida mehnat jamoalari, tuman, viloyat aholisi, ba’zi bir davlatlar; v ) alohida axborotlarga davlat va mehnat jamoalarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularning ishlab chiqarish faoliyati, mehnat qilish tartibi, xizmat vazifalarini bajarish borasidagi sir-asrorlarini tashkil etuvchi, oshkor qilinganligi uchun qonunda belgilangan tartibda jazolanishi muqarrar bo‘lgan, shu tufayli alohida kishilar bilishiga mo‘ljallangan axborotlar kiradi. XX I asrga kelib bu tushunchaning mazmuni o‘zgacha ma’no kasb eta boshladi. Uning bugungi kundagi o‘rni haqida birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Xavfsizlik – uzluksiz holatdir, hadsiz- hududsizdir... Har bir mintaqada xavfsizlikni ta’minlash muammolari muayyan mohiyatga ega. Har bir mintaqaning o‘z xususiyatlari, o‘z tahdid manbalari va xavfsizlikni saqlash omillari bor” 2 . Axborot xavfsizligi tushunchasi va uni ta’minlash muammolari. YUqorida keltirilgan “axborot” va “xavfsizlik” tushunchalarining qisqacha falsafiy tahlillaridan kelib chiqqan holda “axborot xavfsizligi” tushunchasiga quyidagicha falsafiy ta’rif berish mumkin. 2 Каримов И.А. Ўзбекистон ХХ1 аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари // Унинг ўзи . Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. Т.6. –Т.: Ўзбекистон, 1998. –Б.37.
Axborot xavfsizligi bu – muayyan shaxs, oila, ijtimoiy guruh, mehnat va xizmat jamoasi, davlat va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy omillar asosida xavf-xatarsiz tarzda normal faoliyat olib borishlari uchun zarur bo‘lgan informatsiyalarni o‘rnatilgan tartibda saqlash va etkazib berish tizimidir. O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash va rivojlantirishga xizmat qiluvchi axborot xavfsizligini ta’minlash tizimiga: 1) O‘zbekistonning bevosita mustaqilligini saqlashga qaratilgan, ya’ni o‘zbeklarning tarixiy makon va zamondagi o‘rnini inkor qiluvchi yoki bu haqdagi tarixiy dalillarni soxtalashtirib, ularni buzib jahon afkor ommasiga etkazishga urinuvchi soxta informatsiyalar oqimidan himoyalanishni o‘z ichiga oluvchi haqqoniy ma’lumotlar tizimini muntazam ravishda ishga solish; 2) globallashuv sharoitida O‘zbekistonning iqtisodiyot sohasidagi erishayotgan yutuqlariga rahna soluvchi har xil informatsion xurujlarning oldini olish va ularga ishonchli ma’lumotlar orqali qaqshatqich zarba berish, ya’ni bugungi kundagi jahon-moliyaviy inqirozi sharoitida mamlakatimida yuz berayotgan iqtisodiy barqarorlik, qolaversa, iqtisodiy o‘sishning sabablarini tushuntirib berishni ta’minlash, ularni soxtalashtirib yoki eng rivojlangan mamlakatlar bilan qiyoslash orqali “o‘zbek modeli”ning obro‘sini tushirishga intilayotgan g‘animlarga qarshi informatsion hujumni uyushtirish; 3) O‘zbekistonning siyosiy tizimini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga, ya’ni mamlakatimizning siyosiy – huquqiy hayotini liberallashtirishga, O‘zbekistonda “demokratiya” yo‘q deb, butun dunyoga jar solayotgan “siyosatchi”larning g‘oyaviy xurujlari va amaliy xatti- harakatlarining oldini olish va ularni badnom etish; 4) O‘zbekistonda yashovchi aholining 64% ini tashkil etuvchi yoshlarni mustaqillik g‘oyasi ruhida tarbiyalash, ularning ongiga milliy mafkuraning