logo

Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunityetni shaklantirish vazifalari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

72.7353515625 KB
Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunityetni shaklantirish vazifalari.
REJA:
1.Globallashuv va ma’naviy tahdidlar.  Hozirgi davrda dunyoning 
mafkuraviy manzarasi. 
2. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari .  “Ommaviy 
madaniyat”ning oqibatlariga nisbatan immunitetni shakllantirishning 
zaruriyati.
3 “Mafkuraviy maydon” va “Mafkuraviy poligon” tushunchalari. Mafkuraviy 
poligon va mafkuraviy profilaktikaning ijtimoiy siyosiy zaruriyati. 
          4. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari. Mamlakatdagi iqtisodiy
barqarorlikning mafkuraviy immunitetni shakllantirishdagi o’rni .  Siyosiy
hushyorlik va siyosiy madaniyat mafkuraviy immunitetning muhim omili. 1. Globallashuv  t ushunchasi. Mafk urav iy  jaray onlarni
globallasht iruv chi v a univ ersallasht iruv chi omillar.
            Globallashuv     masalasini     bugungi     kunda   barcha   mamlakatlardagi   olimlar,
siyosatchilar,   jurnalistlar   va   tadbirkorlar   muhokama   qilmoqdalar.   Ularning
barchasi   mazkur   fenomenni   dunyo   xalqlari   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy-huquqiy,
ma’naviy-madaniy     hayotining   o‘ziga   xos   bo‘lgan     zamonaviy     holati,   ularda
kechayotgan   ichki   va   tashqi   jarayon   hamda   ularning   umumplanetar   tarzda
rivojlanish   tendensiyasi   sifatida   talqin   etmoqdalar.     Umuman     olganda
«globallashuv» tushunchasi  fransuzcha  global – umumiy  va lotincha globus  – shar
so‘zlaridan   olingan   bo‘lib,   birinchidan, Er   yuziga   oid,   butun     Er   sharini   qamrab
oluvchi;   ikkinchidan   esa   umumbashariy,   keng   miqyosdagi;   jahonshumul,   jahon
ahamiyatiga   molik,   degan   ma’nolarni   anglatadi.   Globallashuv insoniyat  taraqqiyoti
va   jamiyat   hayotining   jahon   miqyosida   integratsiyalashishi   natijasida   sodir
bo‘layotgan   jarayonlar ning   olamshumul   ahamiyat   kasb   etishidir.   I.A.Karimov
ta’kidlaganidek: «...globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada
tezlashuvi demakdir».
   Globallashuvni turli mutaxassislar, olimlar turlicha ta’riflaydi. Masalan,ilmiy-
ommabop   adabiyotlarda:   « globallashuv   –   jahon   iqtisodiyotining   sarmoya,   ishchi
kuchi   va   kashfiyotlar   oqimining   kengayishi,   shuningdek,   mamlakatlarning   jahon
miqyosidagi iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan birgalikdagi harakatlari
tufayli davom etayotgan integratsiyasi;
globallashuv  - tashkilotlarning   xalqaro   miqyosda   kengayishga   va   xalqaro
maydonda tobora kattaroq o‘rin egallashga qaratilgan strategiyasi;
globallashuv   -     tovarlar,   xizmatlar,   mehnat,   texnologiya   va   kapitalning   xalqaro
maydonda harakatlanishi;
globallashuv   - savdo, investitsiya, moliya-iqtisod, madaniyat va boshqa iqtisodiy-
ijtimoiy   sohalarda   hukumatlar,   tashkilotlar   va   xalklarning   o‘z
mamlakatlari chegaralaridan chiqib, hamkorlikka intilishi;
        globallashuv   -   inson   kapitali,   moliyaviy   va   intellektual       kapitalning
dunyoning eng katta iqtisodiy nuqtalariga intilishi; globallashuv   -   iqtisodiy   faoliyat   uchun   mamlakatning   jo‘g‘rofiy   joylashi-
shi   omili   ahamiyatining   o‘zgarib   borish   jarayoni»,   -   degan   ta’riflar   berilganligini
ko‘ramiz.   Ularning   barchasini   umumlashtiradigan   bo‘lsak,   globallashuv   falsafiy
ma’noda   bu   -   jahondagi   mamlakatlarning   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy   va   madaniy
sohada   o‘zaro   yaqinlashuvi,yangicha   sifatiy   birlashuvi;   voqea-hodisalarning   bir
mamlakat doirasidan chiqib, umuminsoniy miqyosga ega bo‘lishi, butun Er sharini
qamrab olishini anglatuvchi tushunchadir.
Globalashuvning hozirgi davrda uch manbai mavjud: 
o kommuni katsiya vositalaridagi tub o‘zgarishlar; 
o investitsiyalardagi yangi ja rayon; 
o dunyoga yangicha qarashning vujudga kelishi.
 Globallashuvning quyidagi asosiy belgilari mavjud: 
 xalqaro savdoning kengayishi va erkinlashishi;
 xalqaro kapital aylan masi va uning yo‘lidagi to‘siqlarning bar taraf etilishi;
 elektron   kommunikatsiya   inqilobi   natijasida   moliyaviy   munosabatlarda
sodir bo‘lgan chuqur o‘zgarishlar;
 transmil liy korporatsiyalar faoliyatining kengayishi, xalqaro moliyaviy  va
iqtisodiy institutlarning tashkil topishi  va boshqalar. 
    Jahon miqyosidagi bunday umumiy taraqqiyot:
 odamlar   dunyoqarashi   o‘zgarishi,   kommunikatsiyalar   yuksalishi,   xalqaro
munosabatlar rivoji odamzod hayotiga ta’sirni kuchaytira di;
 davlatlar   va   xalqlar   o‘rtasida   birlashishga   intilishni   ku chaytirsada,   ayni
vaqtda  milliy xususiyatlar, an’analar  va ma’na viy merosni  saqlab qolish
orqali   mustaqil   siyosiy   tamoyillarni   ishlab   chiqish   zarurligini   ham
ko‘rsatib berdi.
Globallashuv   jarayonlariga   xos   bo‘lgan   ba’zi   bir   xususiyatlar   quyidagilardan
iborat:
    •inson     hayotining   barcha     jabhalari     bo‘yicha   xalqlar   va   mamlakatlarning     bir
birlariga  bog‘liqligi va o‘zaro aloqadorligining o‘sib borishi;     •   bozorlarning   planetar   miqyosda   kengayishi   natijasida   umumjahon   moliya-
iqtisodiy   makonining   paydo   bo‘lishi,   alohida   iqtisodiy   tizimlarning   global
iqtisodiyotga qo‘shilib ketishi va yangi iqtisodiy tartibning vujudga kelishi;
      •   axborot   sohasida   yangi   kompyuter   va   mediatexnologiyalar,global
televideniya,Internetning   keng   ko‘lamda   ishlatilishi     asosida   butun   jahon   aloqa-
muloqot tarmog‘ining paydo bo‘lishi;
      •   ob’ektiv   mazmundagi   demokratiya   va   turli   xil   g‘oyaviy-mafkuraviy
jarayonlardan  sub’ektiv maqsadlarda foydalanishning kuchayishi va boshqalar.
      XX1   asrga   kelib   insoniyat   o‘zining     hayot   sharoitini   yanada   yaxshilash   uchun
tabiat,jamiyat,inson   tafakkuri   sir-asrorlari   qonunlarini   yanada   chuqqurroq
o‘rganish   orqali   buyuk   kashfiyotlarni   amalga   oshirishga   kirishdilar.   Bularga   eng
orzon va qulay energaya manbaini topish borasida qilayotgan kashfiyotlar,masalan,
er   qobig‘i   issiqligidan   («geotermal»   bunda   «geo»–er,«termal»–issiqlik),   odam
tanasining   doimiy   tebranma   harakatlanishidan   hosil   bo‘luvchi     issiqlik
energiyasidan   foydalanishni   yo‘lga   qo‘yish   uchun   ishlab   chiqilgan   «energetik
kastyum»,   odamlarning   yo‘laklarda   yurishidan   hosil   bo‘ladigan   «yo‘l-yo‘lak
energiyasi»   hamda   «vodorod   yonilg‘isi»,kishilarning     o‘sib   borayotgan   oziq-
ovqatlarga   bo‘lgan   ehtiyojlarini     qondirishga   qaratilgan   «transgen
mahsulotlar»,ichimlik suvi  muammosini  echishga bag‘ishlangan «tegirmon suvi»,
kompyuterlashtirishga   asoslangan   «aqilli   uy»,   «aqlli   shahar»,   yashash   joyiga
bo‘lgan     ehtiyojni     qondirishga     qaratilgan   «gidropolislar»(suv   osti   shaharlari),
«suzib   yuruvchi   shaharlar»,   «sehrli   mo‘jizakor   nur»(lazer),supper   aqlli
robotlar,shuningdek   uzoq   yashash   bo‘yicha   olib   borilayotgan   «genmuhandisligi»
borasidagi   bir   qator   «ko‘z   ko‘rib,quloq   eshitmagan»     ilmiy   tadqiqot   ishlarini
kiritish mumkin. 
Globalashuv   jarayonlarining   siyosiy,   ijtimoiy,   madaniy   va   ilmiy   jabhalarga
o‘tkazayotgan   ta’sirini   o‘rganish   orqali,   uning   milliy   g‘oyamizga   o‘tkazayotgan
ta’sirlarini  quyidagilarda ko‘rish mumkin.
Iqtisodiyotning   globallashuvi   mamlakatlarning   moliyaviy-iqtisodiy
imkoniyatlarini   yuksaltirishda   qator   afzalliklarga   ega   hisoblanadi.   Prezidentimiz ta’kidlaganidek:   «iqtisodiy   o‘sish,   taraqqiyot   -   jamiyatning   tanasi   bo‘lsa,
ma’naviyat-ma’rifat va siyosiy ong etukligi uning ruhi, aqli va jonidir». SHunday
ekan,   iqgisodiyotning   globallashuvi   bevosita   milliy   g‘oya-mafkuramizga   ta’sir
o‘tkazadi.   Moddiy   ishlab   chiqarish   har   bir   xudud   va   unda   yashovchi   xalqlar
ehtiyojiga   ko‘ra   takomillashib   kelgan   ekan,   bu   sohada   o‘ziga   xoslikning
saqlanishi, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi muhim amiyat  kasb etadi. Davlatlar
o‘rtasidagi   moliyaviy   tafovut   dunyo   g‘oyaviy   rangbarangligini   bir   kutb   tomon
siljishiga   sharoit   yaratib   beradi.   Bu   jarayonda   ayniqsa   transmilliy   kompaniyalar
ta’siri   yaqqol   seziladi.   Bugungi   kunda   keng   tarqalgan   tor   jinsi   shimlar,   kalta
yubkalar, ochiq koftalar yoki  turli mahsulotlar etiketkalaridagi yarim yalong‘och
tasvirlar   nimaning   ifodasi?   Albatta   bular   hech   bir   xalqning   milliy   ishlab
chiqarish   mahsulotlari   emas.   Bunday   mahsulotlar   oddiy   o‘ramdagi
mahsulotlarga   qaraganda «jozibador» va e’tiborni tortuvchi hisoblanadi. Faqat
iste’molchilar   e’tiborini   tortish   va   savdoni   jadallashtirish   maqsadlarida   ishlab
chiqarilayotgan   bunday   mahsulotlar,   albatta   millat   madaniyati   va   ma’naviyatiga
o‘zining   salbiy   ta’sirini   ko‘rsatadi.   Bunday   holatlar   ayniqsa   yosh   avlod   milliy-
ma’naviy   dunyoqarashini   shakllanishiga,   uning   asosidagi   hayotiy-axloqiy
qarashlarga jiddiy putur etkazadi. Bu kabi holatlar insoniyat kelajagi bo‘lmish yosh
avlod dunyoqarashining shakllanishi o‘z milliy zaminlari  hisobiga emas, balki unga
zid bo‘lgan, bugungi kunda keng ildiz otib borayogan ma’nan qashshoq «ommaviy
madaniyat»ning rivojlanib borishiga olib keladi.
      Axborot-kommunikatsiya   sohasining   globallashuvi   natijasida   dunyo
hamjamiyati   Er   sharining   ixtiyoriy   nuqtasidan   axborot   qabul   qilish   va   uzatish
imkonlyatiga   ega   bo‘ldi.   Bu   borada   keyingi   yillarda   telefon,   internet   tarmoqlari,
shuningdek   radio   va   televidenie   vositalari   keng   ko‘lamda   qo‘llanilmokda.
O‘zbekiston   aloqa   va   axborotlashtirish   agentligi   ma’lumotlariga   ko‘ra
yurtimizda   internet   foydalanuvchilari   2010   yil   oktyabr   holatida   6,6   milliondan
ortiq   kishini   tashkil   etadi.   SHundan   3,5   miliondin   ortiq   kishi   uyali   telefon   orqali
internet   xizmatlaridan   foydalanadi.   Aytish   mumkinki,   O‘zbekistonda   bugungi
kunda deyarlik barcha oilalarda tele va radiouskunalardan  foydalanadi. Bugungi kunda madaniy-ma’naviy mahsulotlar, san’at asarlari asosan   AQSH,
Evropa   va   SHarq   mamlakatlari   ma’naviy   hayotini   keng   targ‘ibot   etmoqda   desak
mubolag‘a   bo‘lmas.   Bu   borada   taniqli   amerikalik   siyosatshunos   Z.Bzejinskiy
«Amerika   televizion   dasturlari   va   filmlari   bu   sohada   dunyo   bozorining   deyarli
to‘rtdan uch qismini egallaydi. Amerika ommabop musiqasi  eng etakchi pog‘onani
egallagan,   ...   internet   tili   -   inglizcha,   global   kompyuter   tarmog‘idagi
so‘zlashishning   asosiy   kismi   ham   amerikacha   va   «global   suhbatlar»ga   o‘z
ta’sirini   o‘tkazmokda».   deb   ta’kidlaydi.   Bulardan,   AQSH,   Evropa   mamlakatlari
ma’naviyatining ekspansiyasini naqadar avj olganligiga amin bo‘lish mumkin.
Siyosiy-mafkuraviy   sohalarping   globallashuvi   ayniqsa   milliy   ma’naviyatga
katta   ta’sir   o‘tkazadi.   Prezidentimiz   I.A.Karimov   siyosiy-mafkuraviy   sohalarning
bugungi   kunda  dunyo  sahnidagi   holatiga   to‘xtalib:   «hozirgi   zamondagi   eng   katta
xavf   -   insonlarning   qalbi   va   ongini   egallash   uchun   uzluksiz   davom   etayotgan
mafkuraviy   kurashdir.   Endiliqsa   yadro   maydonlarida   emas,   mafkura
maydonlarida   bo‘layotgan   kurashlar   ko‘p   narsani   hal   qiladi.   Bu   achchiq
haqiqatni   hech   unutmaslik   lozim».     Bu   jarayonning   eng   muhim
xususiyatlaridan   biri   turli   mamlakatlar   xalqlarini   ma’naviy   va   mafkuraviy   zabt
etish maqsadining  g‘oyat  katta iqtisodiy manfaatlar  bilan uyg‘unlashib  ketganidir.
Darhaqiqat,   turli   terroristik,   ekstremistik   guruhlarning   g‘oyaviy-mafkuraviy
xurujlari, ularning faoliyatidan, ya’ni ma’lum hududda siyosiy-iqtisodiy vaziyatni
izdan   chiqishiga   ayrim   guruhlarning   manfaatdorligi   dunyo   siyosiy- mafkuraviy
manzarasini tubdan o‘zgartirib yubordi.
      Madaniyatning   globallashuv   jarayonini   bu   sohalarda   ham   bozor
munosabatlarining,   xususan   san’at   industriyasi,   shou-biznesning   shakllanishi
istemolchi   talabiga   ko‘ra   mahsulotni   taklif   qilinishi   bilan   xarakterlanadi.   Bu
sohalarda   savdo-sotiq   munosabatlarini   shakllanishi,   butun   dunyo   bo‘yicha
«tomosha industriyasi»ni yuzaga keltirdi. Uning ta’sirida «ermak va  tomoshalar»
shiori   ostida   iste’molchilik   ruhiyati   avj   oldirilyapti.   Madaniyat   sohasida
iste’molchilik   kayfiyatining   shakllanishi   milliy   ma’naviyatning   takomillashib,
yanada   boyib   borishiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi.   CHunki   iste’molchilik   kayfiyati kuchaygan jamiyat a’zolari o‘z milliy ma’naviyatini  yangi   asosl ar da   boyi t i shdan
ko‘ r a   t ayyor i ga   t aql i d   qi l i sh,   uni   o‘ z   ma’naviyatining   tarkibiga   kiritishga
moyil   bo‘lishadi.   Bu   esa   jamiyat   a’zolarini  ma’naviy qaramlikka olib keladi. SHu
manoda,   siyosatshunos   Z.Bzejinskiy   «amerikalaklarning   qiziqishiga,   ovqatlanish   va
hatto   kiyinish   odatlarigacha   butun   dunyoda   taqlid   qilishadi»   deb   ta’kidlaydi.
Madaniy   istemolchilik   kayfiyatini   rivojlanishi   madaniy   va   ma’naviy   boyliklarga
nisbatan munosabatga, shu bilan birga milliy ma’naviyatning real hayotdagi   ifodasi
bo‘mish urf-odatlar, an’ana va marosimlar, qadriyatlarga nisbatan  ham salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Ularni kishilar hayotidan siqib chiqaradi. Bugun  yoshlar orasida urf bo‘lib
borayotgan   ochiq-sochiq   kiyinish,   muomalada   milliy   tilga   e’tiborsizlik,   evropa
mentalitetiga intilish kabi holatlarni ko‘plab  uchratish mumkin. Bular barchasi milliy
ma’naviyatning axloqiy asoslariga  putur etkazadi.
Hozirgi   globallashuv   davrida   mafkuraviy   jarayonlarning   xususiyatlari. XXI
asrning boshlariga  kelib mafkuraviy  jarayonlarning  uni versallashuvi    shu darajaga
etadiki,   undan   biror   kishi   chetda   qola yotgani   yo‘q.   U   butun   Er   yuzini,   barcha
mintaqa   va   mamlakatlarni   qamrab   oldi,   dunyodagi   barcha   odamlar   uning   ta’siri
ostida hayot  kechirmoda.
     Buni uning quyidagi xususiyatlarida ko‘rish mumkin.
      •     Globallashish   –   insonparvarlashish,   jamiyatning   barcha   sohalariga   ta’sir
ko‘rsatish.
      •     Integratsiyalashish   –   demokratiyalashish,   milliy   chegaralar   doirasida   qolib
ketmaslik.
      •   Differensiatsiyalashish   –   siyosiylashish,   inson   umrining   barcha   bosqichlariga
umumiy ta’sir ko‘rsatish.
  Hozirgi   paytda   mafkuraviy   jarayonlarni   globallashtiruvchi   va
universallashtiruvchi  omillar. Bugungi dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan
texnikaviy   im koniyatlar,   universal   texnologiyalar,   axborot     tarqatishning
glo ballashuvi, ya’ni ularning butun kuraii zaminini qamrab olish jara yoni shiddat bilan
bormoqda.   Bu   jarayonlar   jahon   taraqqiyotining   muhim   xususiyati   ekanini   e’tirof etgan   holda,   ularning   kuchli   mafkuraviy   ta’sir   vositasi   ekanini   ham   unutmaslik
darkor.
                 Mafkuraviy   jarayonlarni   globallashtiruvchi   va universal lashtiruvchi   omillarga
quyidagilar kiradi:
   – Iqtisodiy munosabat va  aloqalarning kuchayishi.
   –  Ijtimoiy-siyosiy  munosabatlarning kengayishi.
   – Ma’naviy munosa batlar va madaniy  aloqalar ko‘lamining  ortishi.
   – Axborot va aloqa  kommunikatsiyalari ning taraqqiyoti.
   – Fundamental ilmiy kashfiyotlar va fan yutuqlarining ko‘payishi.
   – Texnik va texnologik  imkoniyatlarning o‘sishi.
        Globallashuv   jarayonlarining   ijobiy   va   salbiy   oqibatlari.   Har   bir   narsa   va
hodisalarning  ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayonining  ham
ana shunday tomonlari mavjuddir .
AQSHdagi   Florida   universiteti   professori   Garri   Dams   «Kapitalizm
transformatsiyasi»   asarida   globallashuv   jarayonining   ijobiy   va   salbiy   jihatlari
haqida to‘xtalib:«Bu jarayonning afzalliklari (ijobiy tomonlari – N.M.) haqida so‘z
ketganda,   birinchidan,   dunyo   miqyosida   sifatli   mahsulot   hajmining   ortib
borayotgani,   unga   nisbatan   talab-ehtiyojning   kengayishi;   ikkinchidan ,   avto   va
aviatransport,   turizm   hamda   aholi   migratsiyasining   kuchayishi;   uchinchidan,
kompyuter,   Internet,   sun’iy   yo‘ldosh   orqali   teleko‘rsatuvlarni   uzatish   tizimining
mislsiz   darajada   rivojlanishi;   to‘rtinchidan,   yangi   kashfiyot   va   zamonaviy
texnologiyalar vositasida o‘simlik va hayvonot olamida irsiyatni o‘zgartirish orqali
oziq-ovqat   ishlab   chiqarish   hamda   o‘ta   xavfli   irsiy   kasalliklarni   bartaraf   etish
imkoniyati tug‘ilayotganini e’tirof etish darkor. Ammo mazkur jarayonning salbiy
jihatlaridan   ham   ko‘z   yumib   bo‘lmaydi.   Xususan,   texnologik   inqilob,   haddan
tashqari   sanoatlashtirish   jarayonining   sayyoramiz   iqlimiga   global   ta’sir   etishi
oqibatida   insoniyat   salomatligiga   jiddiy   xavf   solmoqda.   Madaniyatlarning   bir
xillashuvi   esa   milliy   davlatlar,   turli   xalqlar   qadriyatlariga   putur   etkazmoqda»,   –
deb yozgan edi.  O‘zbek xalqi ham barcha odamlar kabi  globallashuvdan chetda qolayotganicha
yo‘q. Xalqimizning globallashuv jarayonlarina bo‘lgan munosabati Hindistonning
mashhur   davlat   arbobi     Mahatma   Gandining :”Men   uyimning   darvoza   va
eshiklarini   doim   mahkam   berkitib   o‘tira   olmayman,   chunki     uyimga     toza     havo
kirib   turishi   kerak.   SHu   bilan   birga,   ochilgan   eshik   va   derazalarimizdan
kirayotgan   havo   dovul   bo‘lib   uyimni   ag‘dar-to‘ntar   qilib   tashlashi,   o‘zimni   esa
yiqitib   yuborishini   ham   istamayman” ,   –   deb   aytgan   so‘zlariga   hamohangdir.
Demak,   globallashuv   jarayonlarining   ijobiy   tomonlarini   o‘z     uyimiz   bo‘lgan
O‘zbekistonimizga   qabul   qilamiz,   ulardan   unumli   foydalanamiz,   ammo   salbiy
holatlarining esa uyimizga kirib kelib ag‘dar-to‘ntar qilishlariga yo‘l qo‘ymaymiz.
2. Bugungi duny oning mafk urav iy  manzarasi. G‘oy av iy -mafk urav iy
jaray onlarning  y o‘nalishlari v a xususiy at lari.1.   Dunyoning   mafkuraviy   manzarasi.
«Dunyo»   arabchadan   o‘zbek
tiliga     kirib     kelgan     so‘z     bo‘lib     «   jahon,   olam»   degan   ma’nolarni   anglatadi .
Umuman   olganda   dunyo   so‘zi   o‘zbek   eng   ko‘p   ma’nolarni   anglatuvchi   so‘zlar
jumlasiga kiradi. SHunga ko‘ra bu so‘z :
1) butun  borliq; koinot, olam;
2)   borliqning,   mavjudotning   ayrim   bo‘laklari   yig‘indisi,   to‘plami   (masalan,
yulduzlar  dunyosi);
     3) jonli tabiatning ayrim qismmlari, ular yashaydigan muhit (masalan,  hayvonot
dunyosi, o‘simliklar dunyosi);
4)   ijtimoiy   hayot   yoki   turmushda   yuz   bergan (mavjud bo‘lgan) holatga nisbatan,
unga   qarama-qarshi   bo‘lgan   boshqa   bir   holat;
    5) atrofimizni o‘rab turgan butun mav judot; atrof muhit;  
6)  er yuzi va undagi barcha odamlar, in soniyat; 
7)  er yuzi, undagi barcha qit’alar, mamlakatlar; 
8)  hayot, tiriklik;
9) kishining ma’naviy,ruhiy olami,hayoti;
10) ma’lum bir ilm-fan,kasb-hunar,ijtimoiy hodisa sohasi; 11)   ma’lum   bir   ijtimoiy   tuzumga,o‘ziga   xos   madaniy   va   ijtimoiy-tarixiy
xususiyatlarga ega bo‘lgan omillar bilan birlashgan kishilik jamiyati va u mavjud
bo‘lgan davr degan ma’nolarni ifodalaydi. 
«Manzara»   so‘zi   ham   arabchadan   o‘zbek   tiliga   kirib   kelgan   bo‘lib   «ko‘rinish,
panorama;   kuzatish   maskani»   degan   ma’noni   bildirsada,   dunyodagi   narsa,   voqea,
jarayonlarning   «ko‘zga     tashlanib   turadigan   yoki   tasavvur   etiladigan
ko‘rinish,tasvir» ini ifodalash uchun ishlatiladi.
           Ushbu tushunchalarning ma’no-mazmunidan kelib chiqqan holda   «dunyoning
mafkuraviy   manzarasi»   degan   tushunchaga   quyidagicha   falsafiy   ta’rif   berish
mumkin.
Dunyoning     mafkuraviy     manzarasi   deb   jamiyat   taraqqiyoti   qonunlari,   uning
rivojlanish   tendensiyalarini   muayyan   ijtimoiy   guruh,   etnik   birliklar,   siyosiy
kuchlarning   o‘ziga   xos   manfaatlaridan   kelib   chiqib   talqin   qilish   va   unga
asoslangan   holda   insoniyat   istiqbolini   belgilashga   qaratilgan   mafkuraviy   tizimlar
majmuining   makon   va   zamonda   yaqqol   ko‘zga   ko‘rinib   turadigan   joylashuv
tartibiga aytiladi. 
Dunyoning   mafkuraviy   manzarasini   aniqroq   tasavvur   etish   uchun   uning
mohiyatini     bilish   zarur.   Ma’lumki,   biron   bir   ijtimoiy   qatlam,   jamiyat   va
davlatning   manfaatlarini   ifodalayotgan   mafkuralar   har   xil   mafkuraviy   vositalarni
ishga   solish   orqali   o‘zlarining   ta’sir   doiralarini   kengaytirishga,   shu   orqali
qandaydir   moddiy   va   ma’naviy   naf   ko‘rishga   harakat   qiladi.   Kishilik   jamiyati
ijtimoiy   hayotida   yuz   berayotgan   o‘zgarishlar,   har   bir   davr   ta’qozo   qilayotgan
talablar   asosida   muayan   maqsadni   ko‘zlab   harakat   qilayotgan   ijtimoiy   guruh,
qatlam,jamiyat,davlat   maqomini   olgan   mafkuralar     muntazam   ravishda
o‘zlarining mafkuraviy kurash olib borish vositalarini miqdoriy va sifatiy jihatdan
takomillashtirib   boradilar.   Ularni   ishga   solish     esa   mafkura   maydonlarida   sodir
bo‘layotgan   g‘oyaviy-mafkuraviy   jarayonlarning   yo‘nalishlariga   bog‘liq   holda
amalga oshiriladi.      Bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasi doirasida sodir bo‘layotgan
g‘oyaviy   –   mafkuraviy   jarayonlarni   ikkita   bir   biriga   qarama-qarshi   bo‘lgan
yo‘nalishga ajratish mumkin.
1. Progressiv yo‘nalishdagi mafkuraviy jarayonlar.   Bularga: 
- tinchlik,barqarorlik va taraqqiyot;
  - millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik;
  - inson erkinligi va shaxs kamoloti;
    -   umuminsoniy   qadriyatlar   ustuvorligi     kabilarni   yaratishga   qaratilgan
mafkuraviy jarayonlarni  kiritish mumkin.
 2. Reaksion yo‘nalishdagi mafkuraviy jarayonlar.  Bularga: 
-  urush,qurollanish,terrorizm va ekstremizm;
-  irqchilik,millatchilik,diniy aqidaparastlik;
-  totalitarizm,mustabidlik ;
-   egoizm,mahalliychilik     kabi   razilona     xatti-haraktlardan   iborat   bo‘lgan
mafkuraviy jarayonlarni kiritish mumkin.
  Bugungi   kunda   ana   shu   progressiv   va   reaksion   g‘oyaviy-mafkuraviy
jarayonlarning o‘zaro kurashi nisbatidan kelib chiqqan holda 
I.A.Karimov:«Hozirgi davr – dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus
olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib borayotgan
davrdir», - degan edi.
        Bugungi   kunda   progressiv   yo‘nalishda   faoliyat   olib   borayotgan     mafkuralar
insoniyatni  har  xil   samoviy va zamin ofatlaridan, urush va boshqa majoralardan
xalos   etib   tinch-totuv,   o‘zaro   hamjihatlikda   yashash,   hududlar   bo‘linmasligi,
chegaralar   daxlsizligini   ta’minlash,   moddiy   va   ma’naviy   boyliklardan   o‘zaro
foydali   hamkorlik   asosida   foydalanishga   harakat   qilayotgan   bunyodkor   g‘oyalar
sifatida   ish   yuritmoqda.   Bunga,o‘zbek   xalqining   milliy   mafkurasi   yaqqol   misol
bo‘ladi.
       Reaksion yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan mafkuralar urush, qurollanishni
targ‘ibot-tashviqot   qilish,   shuningdek   odamlarni   esa   har   xil     g‘oyaviy   o‘yinlarni
o‘ylab   topish   asosida   mafkuraviy   yo‘l   bilan   ichidan   bo‘lib   tashlash   evaziga ularning tabiiy boyliklarini egallab olish,o‘zlarini esa g‘oyaviy qaramlikka giriftor
qilish   sari   tinmay   harakat   qilayotgan   vayronkor   g‘oyalar   sifatida   ish
yuritayotganligi   ko‘zga   tashlanib   turibdi.   Bunga   buyuk   davlatchilik   shovinizmi,
islom   dinining   qonun-qoidalari   asosida   arab   xalifaligi   davlatini   tashkil   etish,
panamerkanizm,   panslavyanizm,   panturkizm   kabi   g‘oyalar   bayrog‘i   ostida
faoliyat olib borayotgan  mafkuraviy markazlarni kiritish mumkin.
Bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasidan joy olgan ana shu ikki
yo‘nalishdagi   mafkuraviy   jarayonlarning   mazmunidan   shu   narsa     ayon
bo‘lmoqdaki, jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo‘lib olishga urinishlar avj
olmoqda.
3. Geosiy osat  t ushunchasi. Geopolit ik  maqsadlar v a mafk urav iy
siy osat .
  Geosiyosat.   Globallashuv  sharoitida   davlatlarning siyosatida   tub o‘zgarishlar
sodir   bo‘lmoqda.   Bular,   birinchidan,   jahonda   kechayotgan   integrallashuv
jarayonida   ishtirok   etish;   ikkinchidan,   o‘zining   tabiiy   boyliklari,   geografik
joylashuvi, mintaqaviy jihatdan qulay joyda ekanligiga qarab ish yuritishga harakat
qilayotganliklarida ko‘rinib turibdi. Bu esa yangicha geosiyosat yuritilayotganidan
darak  bermoqda.   Xo‘sh,   geosiyosat   nima?     geopolitika   (yun. geo — er, politika —
davlatni   bosh qarish   san’ati)   deb   biron   bir   mamlakatning   tashqi   siyosatda
geografik   o‘rni,   hududiy   joylashishi,   kommu nikatsion   imkoniyatlarini   hisobga
olib  yuritiladigan faoliyatidir.
Tarixda   geopolitika   jamiyat   taraqqiyotida   geografik   sharoitlarning   o‘rnini
yuqori   darajada   mutlaqlashti ruvchi   qarash   tarzida   namoyon   bo‘ldi.   «Hayotiy
makonnkng   torlik   qilayotgani»,   «tabiiy   sarhadlarni   kengaytirish   zarurati»
singari   da’volar   geopolitikani   bosqinchshshk ni   asoslovchi   siyosiy   konsepsiya,
deb baholanishiga olib  keldi.
Geopolitika   atamasini   fanga   shvetsiyalik   siyosatshunos   olim   Rudolf
CHellen(1864–1922)   kiritgan.  Bu  atama  I  jahon  urushi   arafasi da keng qo‘llanila
boshladi.   O‘sha   davrda   yashagan   nemis   oli mi   Fridrix  Ratsel(1844-1904)  davlatlar
muayyan   joy   va   hududda   mavjud   bo‘la di,   bu   esa,   o‘z   navbatida   ularni   zarur hududlarni   egal lashga   majbur   qiladi,   deb   hisoblagan.   Bunday   qarash   reak sion
bo‘lib,   dunyoni   qayta   bo‘lib   olish   uchun   kurashga   ot- langan   Kayzer
Germaniyasining   urushga   shaylanayotgan   si yosatchilari   uchun   nihoyatda
maqbul bo‘lgan.
XX   asr   boshlaridan   geopolitika   mustaqil   fan   va   siyo sat   sohasi,   deya   talqin
etila   boshlandi,   1923-27   yillarda   chop   etilgan   «Geopolitika»   jurnali   geografik
omilning   davlatlar,   xalqlarning   mavjud   bo‘lishiga   ta’sirini   mut laklashtirish
yo‘lidan   bordi.   Bunday   qarash   Germaniya,   so‘ngra   Italiya   hamda   YAponiya
davlatlari   siyosatining   aso siy   doktrinasiga   aylandi.   O‘zga   hududlarga   nisbatan
bos qinchilik siyosatining ustuvor qo‘yilishi o‘sha paytdagi   mustamlakachshshk
siyosatini oqlashga, milliy ozodlik  harakatlarini bostirishga qaratilgan edi.
II   jahon   urushidan   keyin   ba’zi   yirik   davlatlar   dunyo dagi   qator   mamlakatlarni
o‘z   manfaatlari   doirasiga   kiritib,   ularda   mustahkam   o‘rnashish   va   shu   asosda
o‘zlari ning   ta’sir   doiralarini   kengaytirishga   intildilar.   Na tijada   dunyo   siyosiy
xaritasida   qarama-qarshi   ikki   qutb   yuzaga   keldi.   XX   asrning   60-yillariga   kelib
geopolitika   ikki   qarama   —   qarshi   sistema,   ko‘proq   AQSH   va   sobiq   Ittifoq
orasidagi   kurashni   asoslashga   yo‘naltirildi.   Sovuq   urush   siyosati   geosiyosiy
yo‘llar va usullarga ham o‘z  ta’sirini o‘tkazdi.
SSSR   tarix   sanasidan   ketishi   bilan   davlatlar   tomonidan   olib   boriladigan
geosiyosatning   ham   mazmuni   va   yo‘nlashlari   o‘zgardi.   Endilikda   davlatlar
geosiyosatni sovuq qurollar bilan emas, balki mafkuraviy  qurollarni  ishga solish
orqali   o‘zlarining   muyyan   maqsadlarini   amalga   oshirishga   kirishdilar.
Natijada,yangi   geostrategik   maqsadlar   paydo   bo‘ldi.Ular   esa   manfaatlar
silsilasidan   kelib   chiqqan   holda   yangicha   mafkuraviy   siyosat   yurgizish   orqali
amalga   oshirila   boshladi.   SHunday   qilib   g loballashuv     sharoitida   davlatlarning
geostrategik maqsad va manfaatlari tobora kengaya boshladi.
  Bunda     gnostrategik   maqsad lar   deb   biron   bir   davlatning   hududiy-jug‘rofiy
omillarni     hisobga   olgan   holda   amalga   oshiriladigan   istiqbolli     intilishlar,
munosabatlar tizimiga aytiladi. Masalan,   O‘zbekiston   o‘zining   qulay   jug‘rofiy   joyla shuvidan   mamlakat
iqtisodiyoti,   ijtimoiy-siyosiy,   ma daniy,   ilmiy-texnikaviy   salohiyatini   yanada
rivojlan tirish yo‘lida foydalanishga xarakat qilmoqda.
Bu sohada,  birinchidan,  O‘zbekistonda yirik gaz, ko‘mir,  neft konlari topilgani va
ishga   tushirilayotgani   mamla kat   ehtiyojlarini   qondiribgina   qolmasdan,   balki   uning
eqsport imkoniyatlarini ham oshiradi.
Ikkinchidan,   O‘zbekiston   dunyodagi   juda   katta   oltin,   kumush   va   boshqa
qimmatbaho ma’dan zahiralariga ega bo‘lgan  davlatlar jumlasiga kiradi. Hozirgi vaqtda
mamlakati mizda qator qimmatbaho ma’dan konlari qidirib topil gan. Bu esa, chet el
investitsiyasi va texnologiyasini ish lab chiqarishga faol jalb qilishni talab etadi.
Uchinchidan,   mamlakatimiz   rangli   metallar   -   mis,   qo‘rg‘oshin,   ruh,   volfram
rudalariga   boy   bo‘lgan   geostra tegik   makondir.   Ayni   paytda   reniy,   molibden,
kadmiy,  selen, indiy va oltingugurtning katta zaxiralari bo‘lgan  konlar ham mavjud.
To‘rtinchidan,   mamlakatimizda   marmar,   granit   konla ri   mavjud.   Ularning
zaxiralari   taxminan   sakson   besh   million   kubometr   deb   hisoblanadi.   Hozirda
G‘ozg‘on,   Nu rota,   Zarband   konlarida   marmar   bloklarni   ishlab   chiqa rish   borasida
chet   el   zamonaviy   texnologiyasi   asosida   sheriklar   bilan   birgalikda   ish   olib
borilmoqda.
Beshinchidan,   mamlakatimiz   fosforitlarga,   kadmiy   va   osh   tuzi   konlariga   boy
hudud hisoblanadi.
Bularning barchasi yurtimiz taraqqiyot istiqbolini  belgilab beruvchi geostrategik
maqsadlarni belgilash va  xayotga tatbiq etishda ulkan ahamiyat kasb etadi.
Geostrategik     manfaatlar   -   muayyan   mamlakat   yoki   mintaqaning   jug‘rofik
joylashuvi   bilan   belgilanadigan   ehtiyoj   va   intilishlar   in’ikosi.   U   istiqbolni
an glash bilan bog‘liq holda ro‘yobga chiqadi.
O‘zbekiston   Amudaryo   bilan   Sirdaryo   oralig‘ida   joylash gan   bo‘lib,   u   jug‘rofiy
jihatdan juda qulay geostrategik  mavqega egadir. Qadimdan SHarq bilan G‘arbni
bog‘lagan   Buyuk   ipak   yo‘li   aynan   O‘zbekiston   hududidan   o‘tgani   sav do-sotiq,
madaniy-ma’rifiy   aloqalarni   keng   rivojlan tirishga   sabab   bo‘lgan.   1991   yilda Markaziy   Osiyo   mamla katlari   mustaqillikka   erishganidan   keyin   bu   boradagi
qadimiy aloqalar qaytadan jonlandi.
O‘zbekiston   Markaziy   Osiyoda   kuchlar   muvozanatini   ta’ minlash,   mintaqada
hamkorlikni   mustahkamlash   sohasida   muhim   o‘rin   tutishi   uchun   hamma   katta
imkoniyatlarga ega.   CHunki  u ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan katta kuch-qud- ratga ega
bo‘lgan   mamlakatdir.   Bularning   barchasi   O‘zbeki stonning   jahon   iqtisodiyotiga
integratsiyalashuvi,   chet   el   investitsiyalarini   jalb   qilinishi,   yurtimizni   davlat lar
o‘rtasida   o‘zaro   foydali   hamkorlikning,   tovar   va   ka- pital   tranzitining   o‘ziga   xos
mintaqaviy   markaziga   ay lantirdi.   Buning   natijasida   transport,   sayyohlik   va
mo liyaviy xizmatlarning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochilmokda.
O‘zbekistonning   noyob   va   boy   tabiiy   xomashyo   zahirala riga   ega   ekani,   qulay
iqlim   sharoiti   va   qishloq   xo‘jali gi   taraqqiyotidagi   ulkan   salohiyati   uni   dunyoning
eng ri vojlangan mamlakatlari qatoridan o‘rin olishi uchun  sharoit yaratadi.
Bularning   barchasi   O‘zbekistonning   geostrategik   ji hatdan   buyuk   mamlakatlar
qatoridan joy olishi uchun hamma  imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi.
 Ularning har ikkalasi g‘am davlat tomonidan yurgiziladigan geosiyosat vositasida
amalga oshiriladi. Geosiyosatning qalbini mafkuraviy siyosat tashkil edadi.
Mafkuraviy   siyosat   bu   muayyan   g‘oyaviy   qarashlar   tizimini   odamlar   ongiga
singdirish,   zararli   ma’naviy   – mafkuraviy  ta’sirlar,  turli   ko‘rinishdagi   tazyiqlar ning
oldini   olishga   qaratilgan   uslub   va   vositalar   hamda   ularni   ishlab   chiqish,   tartibga
solish va boshqarish bilan bog‘liq faoliyat majmuidir.
Mafkuraviy siyosatni mafkuraviy vazifalarni amalga  oshirish uchun bo‘lgan harakat
tarzida ham tushunish mumkin.  Bu vazifalar muayyan mamlakat yoki xalqning dunyo
hamjamiyatida tutgan o‘rni, nufuzi, xalqaro iqtisodiy, siyosiy,  diplomatik aloqalardagi
mavqei,   taraqqiyot   darajasi   kabi   bir   qator   ko‘rsatkichlardan   kelib   chiqadi.   Masalan,
musta qil   O‘zbekiston   sharoitida   milliy   istiqlol   mafkurasini   yaratish   orqali   milliy
xavfsizlikni ta’minlash va mustah kamlash masalasi dolzarb ahamiyatga ega.
Odatda,   ichki   hamda   tashqi   mafkuraviy   siyosat   bir-bi ridan   farqlanadi.   Ichki
mafkuraviy   siyosat   mamlakat,   xalqning o‘z oldiga  qo‘ygan strategik maqsadlaridan kelib   chiqib,   taraqqiyotning   yangi   bir   bosqichga   ko‘tarilishi   uchun   fuqarolarni
safarbar qilish vazifasini o‘taydi.
Tashqi   mafkuraviy   siyosat,   o‘z   xalqi   va   mamlakatining   xalqaro   maydondagi
nufuzini   mustahkamlash,   mustaqil   taraqqiyotning   xalqaro   munosabatlar   bilan
bog‘liqjihat-larini   ta’minlash   hamda   begona   mafkuralarning   ta’si-ridan   himoya
qilishga qaratilgan bo‘ladi.
Mafkuraviy   siyosatning   samaradorligi   uning   qanday   vositalar,   usullar   va
shakllarda   yuritilishiga   bog‘liq.   Bu   o‘rinda   ijtimoiy   taraqqiyotdagi   turli   guruhlar,
sinflar   va   qatlamlar   manfaatlarining   hisobga   olinishi   muhim   ahamiyatga   egadir.
Mafkuraviy   ta’sir   o‘tkazish   yo‘llari   omma   uchun   qanchalik   yaqin,   tushunarli   va
tabiiy   bo‘lsa,   ijtimoiy-gumanitar   fanlar   yutuqlariga   tayangan   holda   tashkil   etilsa,
mafkuraviy siyosat shunchalik samarali  bo‘ladi.
4. Mafk urav iy  poligon t ushunchasi,uning namoy on bo‘lish
xususiy at lari.
« Poligon»   so‘zi   yunoncha   «poly-ko‘p»     «gonia-burchak»,ya’ni   «ko‘p
bo‘rchak»   so‘zidan   olingan   bo‘lib,   1)   mamematika   ilmida   ko‘p
burchak;tekislikdagi   siniq   chiziq;   2)   harbiy   sohada   quruqlik   yoki   dengizning
maxsus   inshootlar,qurilmalar   bilan   jihozlangan   va   har   xil   qurollar   va   jangovoar
texnikani   sinab   ko‘rish,shuningdek,   harbiy   mashqlar   o‘tkazish   uchun
mo‘ljallangan   qismi;   3)   ko‘chma   ijtimoiy   ma’noda   esa   muayyan   ish-
harakat,faoliyat bilan shug‘ullanish maydoni, sohasini anglatish uchun ishlatiladi.
SHularga   asoslagngan   holda   mafkuraviy   poligon   tushunchasini   quyidagicha
ta’riflash mumkin.
Mafkuraviy poligon  bu – katta ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy
imkoniyatlarga ega bo‘lgan ayrim shaxs, elat, millatlarning o‘zga odamlar va xalqlarning
qalbi   va   ongini   egallashga   qaratilgan     turli   g‘oyalarni   janggohga   tashlash   oldidan
sinab ko‘rdigan  maxsus mafkuraviy maydondir. 
Mafkuraviy   poligonlarning yadro poligonlaridan ustunligi nimada? Bu ustunlik
birinchidan ,   katta   moddiy   va   maloyaviy   resurslarni   tejab   qolish   imkoniyatini beradi.   Masalan,   bitta   yadro   qurolini   ishlab   chiqish,uni   ko‘zlangan   joyga   eltib
tashlash uchun necha-necha millionlar,milliardlab pul mablag‘lari sarflanadi.
Ikkinchidan ,   yadro   qurollari     ishlatilguday   bo‘lsa,   egallamoqchi   bo‘layotgan
barcha   moddiy   boyliklar   vayron   bo‘lib,   yaroqsiz   holga   kelib   qoladi,   vaholanki,
yadro  qurolini   ishlatish   orqali     zabt   etilgan   joyda   «g‘olib-yadrochi»ning   o‘zi   ham
yashash imkoniyatlaridan mahrum bo‘ladi. 
Uchinchidan,   millionlar odamlarning halok bo‘lishi yoki mayib-majruh bo‘lishi
oqibatida  «g‘olib-yadrochi» tayyor ishchi kuchidan ajraladi .
To‘rtinchidan ,   butun   ekosistemaning   izdan   chiqishi   oqibatida   «g‘olib-
yadrochi»ning o‘zi ham katta falokat yoqasiga kelib qoladi. Buni  aqli rosa har bir
odam yaxshi biladi. SHuning uchun ham  tabiiy zahiralarga boy bo‘lgan hududlarni
egallash urinayotgan har xil kuchlar, qandaydir g‘oya va mafkuralar bayrog‘i ostida
birlashib,   o‘zlarining   mafkuraviy   qurollarini   ishga   solgan   holda   o‘sha   joylarni
egallash     uchun   mafkuraviy   kurashni   avj   oldirishga   kirishmoqdalar.Bu   kurash
o‘zining   g‘irromi   uyinlar   tarzida   pinhona   kechayotganligi     bilan   o‘zbek   xalqining
mustaqilligiga, uning rivojlanishiga  tahdid  solmoqda. 
5. Mafk urav iy  immunit et  v a uni shak llant irish omillari.
     Mafkuraviy immunitet.   "Immunitet" so‘zi lotincha «immunitas, immunitatus –
qutulish,   xalos,   xoli   bo‘lish»   degan   so‘zlaridan   olingan   bo‘lib,   tibbiyot   ilmida
«organizmning   o‘zidan   irsiy   jihatdan   yot   xususiyatlari   bilan   farq   qiladigan,   uning
butunligiga   va   biologik   o‘ziga   xosligiga   zarar   etkazadigan   mikroorganizmlar
(kasallik   qo‘zg‘otuvchilar),   zaharli   moddalar         va   boshqalardan   himoyalanish
reaksiyasi»,-   degan   ma’noni   anglatish   uchun   qo‘llaniladi.   Immunitet   tabiati
bo‘yicha uchga bo‘linadi: 
Birinchisi. Filogenetik   immunitet   —   anatomik   va   fi ziologik   belgilar   bilan
ta’minlanib,   nasldan-naslga   o‘ta digan   alohida   himoya   omillari   yoki
organizmning alohida re zist   entligi.  Bu   omillar   patogen   agentlar   bilan   birinchi
bo‘lib   aloqa   qiladi,   shuning   uchun   ularning   faoliyati   hiso biga   odam
organizmining   ko‘pgina   yuqumli   kasallik   qo‘zg‘atuv chilarga   chidamliligi
ta’minlanadi. Ikkinchisi. Tug‘ma immunitet  (turga xos, tabiiy) — bir   biologik turning ma’lum
bir patogen agentga nisbatan chi damliligi bo‘lib, nasldan-naslga o‘tadi.
Uchinchisi. Orttirilgan   immunitet   —   hayot   davomida   orga nizm   immun
sistemasining   yot   antigenlar   bilan   ta’sirla shuvi   hisobiga   yuzaga   keladigan
himoya   bo‘lib,   nasldan-na slga   o‘tmaydi.   Mafkuraviy   immunitet   ma’naviy,
ma’rifiy,   siyosiy,   iqtisodiy   bilimlarni   oddiygina   qabul   qilib   oli shini   emas,   balki
ularni   ongli   ravishda   tushunib   etishni,   bu   bilimlardan   zamonaviy   ijtimoiy
voqealarga   mafkura viy   kuras     hlar   voqeligidan   kelib   chiqib,   munosabat
bildirish   ko‘nikmalarini   shakllantirish,ayrim   nosog‘lom   g‘oyalarga   javob
berish,uni qabul qilmaslik holatidir.
  Mafkuraviy   immunitetning   xususiyatlari   va   elementlari. Mafkuraviy
immunitet  quyidagi xususiyatlarga ega:
1.   Odamdagi   tabiiy   immunitet   to‘g‘ma   bo‘lsa,   uning   mafkuraviy   immuniteti
tug‘ma   emas,   balki   hayoti   davomida   uning   ongga   ta’sir   etuavchi   vositalar   orqali
shakllantirib boriladigan immunitetdir.
2. Mafkuraviy immunitet doimiy va abadiy emas,balki o‘zgaruvchan, ya’ni har
bir   avlod   uchun   o‘ziga   xos   bo‘lgan   immunitetlar   tizimi   mavjud   bo‘lib,   u   davrlar
o‘zgarishi bilan o‘zgarib turgan va shunday bo‘laveradi.
3. Mafkuraviy immunitet tizimi shakllangandagina shaxs, elat, millat, xalqning
mafkuraviy daxlsizligi ta’minlanib boriladi. Boshqacha qilib aytganda,shakllangan
mafkuraviy   immunitet   xalqning   mafkuraviy   daxlsizligini   ta’minlovchi   vosita
hisoblanadi.
 Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy elementlari quyidagilardan iborat:
1.   Jamiyat   taraqqiyotiga   xizmat   qiluvchi   ob’ektiv   ilmiy   bilimlar.   Ilmiy
bilimlarsiz mafkuraviy immunitetni shakllantirib bo‘lmaydi,bo‘lganda ham u mo‘rt
bo‘lib,o‘zining qarshilik qilish xususiyatini tezlikda yo‘qotadi.
2. Xalqning real hayotini va uning kelajagini o‘zida aks ettiruvchi qadriyatlar –
moddiy va ma’naviy qadriyatlar tizimi. Bu tizimsiz mafkuraviy immunitet o‘zining
milliy negizidan ayriladi, aniqrog‘i  xalqning himoyaviy qobig‘i ichiga tushadigan
mafkuraviy qurt-qumursqalarga yo‘l ochib beradi. 3.   Mafkuraviy   immunitetning   yana   bir   elementi,   ularning   ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy-huquqiy,   ma’naviy-madaniy   maqsadlar   tizimi   bilan     ajralmasligidadir.
CHunki, maqsad – faoliyatning fikran shakllantirilgan darajasidir,maqsad bevosita
omil   sifatida   inson   xatta-harakatlarini   yo‘naltiradi   va   tartibga   soladi.   Maqsad
paydo   bo‘lgach,   faoliyat   ham   samarali   kecha   boshlaydi.   Demak,   maqsad   aniq
bo‘lsa   mafkuraviy   immunitet   ham   samarali   ta’sir   ko‘rsatish   qobilyatiga   ega
bo‘ladi.
Ushbu   elementlar   birgalikda   ishga   tushirilmas   ekan   mafkuraviy   immunitet
sindirilishi va shu asosda g‘oyaviy bo‘shliq hosil qilinib,uning o‘rniga boshqa yot
g‘oyalarning   kerib   kelishiga   yo‘l   ochish   mumkin.   Buni   eramizdan   oldingi   VI
asrda   yashab   o‘tgan   faylasuf   va     harbiy     qo‘mondon     Sun   Szы   ning   quyidagi
fikrlarida ko‘rish mumkin.
   •  Siz raqib mamlakatdagi barcha yaxshi narsalarni buzing, ayniting;
   • Raqib davlatdagi atoqli arboblarni sherik qilib olib, jinoyatga boshlang;
      •   Raqib   davlat   rahbariyatining   obro‘sini   to‘king,   qulay   paytda   ularning
jamoat oldida sharmandasini chiqaring;
   • Bu ishda o‘sha mamlakatdagi eng past, maraz odamlar bilan sheriklik qiling;
   •  Raqib mamlakat odamlari orasida kelishmovchilik, jan jal chiqaring;
   •  YOshlarni keksalarga qarshi gij-gijlang;
• Hukumatni yaxshi ish yuritishiga har qanday yo‘l bilan  qarshilik ko‘rsating;
• Raqib qo‘shinlarining ta’minoti, tartibiga to‘siqlar  qo‘ying, buzing;
• Askarlarini qo‘shiq va kuyga oshifta qilib, irodasiz  qiling;
• Dushmaningizning   an’analarini   qadrsizlantiring,xu dolariga   ishonchini
sindiring;
     •  Buzuq ayollarni yuborib, ularni yanada kuchliroq ayniting;
• Raqib   tomon   haqida   ma’lumot   olishga,   bu   ishda   ular   orasidan   sheriklar
topishga,    ularga pul to‘lashda juda sa xiy bo‘ling;
• Umuman pulni ham, va’dalarni ham ayamang, chunki ular  ajoyib natijalarni
beradi.
6. Mafk urav iy  profi lak t ik a v a uni olib borish chora-t adbirlari. Mafkuraviy tahdidlarning oldini olish va mafkuraviy immunitetni shakllantirish va
kuchaytirish   uchun   mafkuraviy   profilaktika   chora-tadbirlarini   uzluksiz   ravishda
olib borish kerak.
  Xo‘sh,   profilaktika   nima?     «Profilaktika»   yunoncha   «prophilaktikos   –
saqlovchi,oldini   oluvchi»   degan   so‘zlardan   olingan   bo‘lib,   tibbiy   ma’noda     -
odamlar   sog‘ligini   saqlash,   kasalliklarning   paydo   bo‘lishi   va   tarqalib
ketmasligining   oldini   olish,   aholining   jismoniy   rivojlanishini   yaxshilash   va   uzoq
umr   ko‘rishini   ta’minlashga   qaratilgan   chora-tadbirlar   majmui;     texnikaviy
ma’noda   esa   umuman   biron   hodisaning   oldini   olish,   mexanizm,   mashinalarning
muddatidan   oldin   ishdan   chiqishi,   buzilishidan   saqlash   uchun   ko‘riladigan
choralar,   degan   ma’nolarni   ifodalash   uchun   ishlatiladi.   Bu     usulning   mafkura
sohasida   qo‘llanilishi   «mafkuraviy   profilakti»ka   degan   tushunchaning   kelib
chiqishiga sabab bo‘ldi.
Mafkuraviy profilaktika  bu g‘ayriinsoniy g‘oya va mafkuralarning oldini olish,
ularning   tarqalib   ketishiga   yo‘l   qo‘ymaslik   uchun   davlat,   jamoat   tashkilotlari
tomonidan   ko‘riladigan   chora-tadbirlar   tizimidir.   Bu   chora-tadbir   g‘oyaviy
bo‘shliqni   tugatish,   mafkuraviy   parokandalikni   oldini   olish   yoki   biror-bir   hudud,
qatlam,   guruhni   yot   va   zararli   g‘oyalar   ta’siridan   xalos   qilish   maqsadida   amalga
oshiriladi.   Bunda   g‘oyaviy   ta’sirning   xilma-xil   usul   va   yo‘llaridan   foydalaniladi,
turli vositalar qo‘llaniladi.
  Mafkuraviy profilaktika tezkor va qisqa sur’atlar da yoki asta-sekin, bosqichma-
bosqich   amalga   oshirilishi   mumkin.   Birinchi   xolatda   zudlik   bilan   chora-tadbirlar
qo‘llash   lozim   bo‘lsa,   ikkinchi   holda   doimiy   va   sobit   qadamlik   bilan   ish   olib
borish ko‘proq natija beradi.
Mafkuraviy   immunitet   tizimini   shakllantirishda   ham   mafkuraviy
profilaktikaning o‘rni katta. Zero, u   mohiyatan, yot g‘oyalarning kirib kelishining
oldini olish  va ularni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlarga taya nadi.
Bularga quyidagilar kiradi: –  har   qanday  g‘ayriinsoniy  g‘oyalarni   targ‘ibot-tashviqot   qilishga  mo‘ljallangan
vositalar   –   kitob,gazeta,jurnal,film   va   boshqalarni   davlat   chegarasidan   kiritmaslik
choralarini ko‘rish;
– buzg‘unchilik bilan shug‘ullanadigan g‘oya va mafkuralarning muassasalarida
xizmat   qiluvchi   vakillarni   ushlab   olgan   holdi   zararsizlantirish,   ayniqsa   o‘zini     shu
yo‘lda qurbon qiluvchi fanatiklarni;
–     vayronkor     g‘oyalarni     ishlab  chiquvchi,  tarqatuvchi,  ulardan qirg‘in   qilish
asosida ommani qo‘rqituvchi, dahshatga soluvchi     kuch   safatida   foydalanayotgan
mafkuraviy  markazlarning moliyaviy o‘q tomirlarini qirqish;
–     g‘ayriinsoniy     buzg‘unchi     g‘oyalarning   tarqalayotganligi,   ularning   maqsad-
muddaolari haqida xalqni xabardor qilish, ularni ogohlikka da’vat etish;
–   vayronkor     g‘oyalarning   ichki   va   tashqi   ildizlariga   bolta   urib,ularning   asl
basharasini ochib tashlash;
–   g‘ayriinsoniy   g‘oyalar   tarqilishi   mumkin   bo‘lgan   joylarda   targ‘ibot-tashviqot
ishlarini kuchaytirish;
–   vayronkor   g‘oyalar   xurujiga   qarshi   ma’naviy-madaniy-ma’rifiy   tadbirlarni
o‘tkazish va boshqalar.
Mafkuraviy   immunitetni   mustahkamlash   va   uzluksiz   tarzda   mafkuraviy
profilaktika   chora-tadbirlarini   olib   borishdan   asosiy   maqsad     milliy   g‘oyani   xalq
ongi va qalbiga singdirishdan, uning bunyodkorlikdan iborat bo‘lgan  kuch-qudratini
namoyish etishdan iboratdir. Asosiy adabiyotlar
1. Yaxshilikov   J.Ya.,   Muhammadiyev   N.E.   Milliy   g’oya   va   mafkura.   T.,
“Fan”, 2015 yil. 
2. To’rayev   Shavkat.   Milliy   g’oya   tarixi   va   nazariyasi.   T.,   “Sano-standart”,
2016 yil.
3. To’rayev   Shavkat.   Milliy   g’oya   turkumidagi   fanlarni   o’qitish   jara’yonida
zamonaviy   pedagogik   texnologiyalarni   qo’llash.   arixi   va   nazariyasi.   T.,
“Kamalak”, 2016 yil.
4. To’rayev   SHavkat.   Jamiyat   taraqqiyoti   va   milliy   g’oya.   T.,   Akademiya,
2008 
5.  Nazarov Q iyomiddin .  Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.
Oliy  ta’lim muassasalari uchun qo‘llanma. –T.:“Yangi asr avlodi”, 2001 yil.
6. Nazarov   Q iyomiddin .   Milliy   istiqlol   g‘oyasi:   asosiy   tushuncha   va   tamoyillar.
(o‘quv  qo‘llanma)  . –T.:“Yangi asr avlodi”, 2002 yil. 
7. Nazarov   Qiyomiddin.   Milliy   istiqlol   g’oyasi:   asosiy   tushuncha   va
tamoyillar.  (o’quv  qo’llanma)  . –T.:“Yangi asr avlodi”, 2002 yil.
8.        Milliy istiqlol g’oyasi (O’zbekiston  Respublikasi  Oliy   ta’lim  
bakalavriat   bosqichi   uchun   darslik)   Ershashev   I   tahriri   ostida..   –   T.:
Akademiya, 2005 yil.

Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunityetni shaklantirish vazifalari. REJA: 1.Globallashuv va ma’naviy tahdidlar. Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi. 2. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari . “Ommaviy madaniyat”ning oqibatlariga nisbatan immunitetni shakllantirishning zaruriyati. 3 “Mafkuraviy maydon” va “Mafkuraviy poligon” tushunchalari. Mafkuraviy poligon va mafkuraviy profilaktikaning ijtimoiy siyosiy zaruriyati. 4. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari. Mamlakatdagi iqtisodiy barqarorlikning mafkuraviy immunitetni shakllantirishdagi o’rni . Siyosiy hushyorlik va siyosiy madaniyat mafkuraviy immunitetning muhim omili.

1. Globallashuv t ushunchasi. Mafk urav iy jaray onlarni globallasht iruv chi v a univ ersallasht iruv chi omillar. Globallashuv masalasini bugungi kunda barcha mamlakatlardagi olimlar, siyosatchilar, jurnalistlar va tadbirkorlar muhokama qilmoqdalar. Ularning barchasi mazkur fenomenni dunyo xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy hayotining o‘ziga xos bo‘lgan zamonaviy holati, ularda kechayotgan ichki va tashqi jarayon hamda ularning umumplanetar tarzda rivojlanish tendensiyasi sifatida talqin etmoqdalar. Umuman olganda «globallashuv» tushunchasi fransuzcha global – umumiy va lotincha globus – shar so‘zlaridan olingan bo‘lib, birinchidan, Er yuziga oid, butun Er sharini qamrab oluvchi; ikkinchidan esa umumbashariy, keng miqyosdagi; jahonshumul, jahon ahamiyatiga molik, degan ma’nolarni anglatadi. Globallashuv insoniyat taraqqiyoti va jamiyat hayotining jahon miqyosida integratsiyalashishi natijasida sodir bo‘layotgan jarayonlar ning olamshumul ahamiyat kasb etishidir. I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «...globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir». Globallashuvni turli mutaxassislar, olimlar turlicha ta’riflaydi. Masalan,ilmiy- ommabop adabiyotlarda: « globallashuv – jahon iqtisodiyotining sarmoya, ishchi kuchi va kashfiyotlar oqimining kengayishi, shuningdek, mamlakatlarning jahon miqyosidagi iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan birgalikdagi harakatlari tufayli davom etayotgan integratsiyasi; globallashuv - tashkilotlarning xalqaro miqyosda kengayishga va xalqaro maydonda tobora kattaroq o‘rin egallashga qaratilgan strategiyasi; globallashuv - tovarlar, xizmatlar, mehnat, texnologiya va kapitalning xalqaro maydonda harakatlanishi; globallashuv - savdo, investitsiya, moliya-iqtisod, madaniyat va boshqa iqtisodiy- ijtimoiy sohalarda hukumatlar, tashkilotlar va xalklarning o‘z mamlakatlari chegaralaridan chiqib, hamkorlikka intilishi; globallashuv - inson kapitali, moliyaviy va intellektual kapitalning dunyoning eng katta iqtisodiy nuqtalariga intilishi;

globallashuv - iqtisodiy faoliyat uchun mamlakatning jo‘g‘rofiy joylashi- shi omili ahamiyatining o‘zgarib borish jarayoni», - degan ta’riflar berilganligini ko‘ramiz. Ularning barchasini umumlashtiradigan bo‘lsak, globallashuv falsafiy ma’noda bu - jahondagi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohada o‘zaro yaqinlashuvi,yangicha sifatiy birlashuvi; voqea-hodisalarning bir mamlakat doirasidan chiqib, umuminsoniy miqyosga ega bo‘lishi, butun Er sharini qamrab olishini anglatuvchi tushunchadir. Globalashuvning hozirgi davrda uch manbai mavjud: o kommuni katsiya vositalaridagi tub o‘zgarishlar; o investitsiyalardagi yangi ja rayon; o dunyoga yangicha qarashning vujudga kelishi. Globallashuvning quyidagi asosiy belgilari mavjud:  xalqaro savdoning kengayishi va erkinlashishi;  xalqaro kapital aylan masi va uning yo‘lidagi to‘siqlarning bar taraf etilishi;  elektron kommunikatsiya inqilobi natijasida moliyaviy munosabatlarda sodir bo‘lgan chuqur o‘zgarishlar;  transmil liy korporatsiyalar faoliyatining kengayishi, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlarning tashkil topishi va boshqalar. Jahon miqyosidagi bunday umumiy taraqqiyot:  odamlar dunyoqarashi o‘zgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, xalqaro munosabatlar rivoji odamzod hayotiga ta’sirni kuchaytira di;  davlatlar va xalqlar o‘rtasida birlashishga intilishni ku chaytirsada, ayni vaqtda milliy xususiyatlar, an’analar va ma’na viy merosni saqlab qolish orqali mustaqil siyosiy tamoyillarni ishlab chiqish zarurligini ham ko‘rsatib berdi. Globallashuv jarayonlariga xos bo‘lgan ba’zi bir xususiyatlar quyidagilardan iborat: •inson hayotining barcha jabhalari bo‘yicha xalqlar va mamlakatlarning bir birlariga bog‘liqligi va o‘zaro aloqadorligining o‘sib borishi;

• bozorlarning planetar miqyosda kengayishi natijasida umumjahon moliya- iqtisodiy makonining paydo bo‘lishi, alohida iqtisodiy tizimlarning global iqtisodiyotga qo‘shilib ketishi va yangi iqtisodiy tartibning vujudga kelishi; • axborot sohasida yangi kompyuter va mediatexnologiyalar,global televideniya,Internetning keng ko‘lamda ishlatilishi asosida butun jahon aloqa- muloqot tarmog‘ining paydo bo‘lishi; • ob’ektiv mazmundagi demokratiya va turli xil g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlardan sub’ektiv maqsadlarda foydalanishning kuchayishi va boshqalar. XX1 asrga kelib insoniyat o‘zining hayot sharoitini yanada yaxshilash uchun tabiat,jamiyat,inson tafakkuri sir-asrorlari qonunlarini yanada chuqqurroq o‘rganish orqali buyuk kashfiyotlarni amalga oshirishga kirishdilar. Bularga eng orzon va qulay energaya manbaini topish borasida qilayotgan kashfiyotlar,masalan, er qobig‘i issiqligidan («geotermal» bunda «geo»–er,«termal»–issiqlik), odam tanasining doimiy tebranma harakatlanishidan hosil bo‘luvchi issiqlik energiyasidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish uchun ishlab chiqilgan «energetik kastyum», odamlarning yo‘laklarda yurishidan hosil bo‘ladigan «yo‘l-yo‘lak energiyasi» hamda «vodorod yonilg‘isi»,kishilarning o‘sib borayotgan oziq- ovqatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan «transgen mahsulotlar»,ichimlik suvi muammosini echishga bag‘ishlangan «tegirmon suvi», kompyuterlashtirishga asoslangan «aqilli uy», «aqlli shahar», yashash joyiga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan «gidropolislar»(suv osti shaharlari), «suzib yuruvchi shaharlar», «sehrli mo‘jizakor nur»(lazer),supper aqlli robotlar,shuningdek uzoq yashash bo‘yicha olib borilayotgan «genmuhandisligi» borasidagi bir qator «ko‘z ko‘rib,quloq eshitmagan» ilmiy tadqiqot ishlarini kiritish mumkin. Globalashuv jarayonlarining siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ilmiy jabhalarga o‘tkazayotgan ta’sirini o‘rganish orqali, uning milliy g‘oyamizga o‘tkazayotgan ta’sirlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin. Iqtisodiyotning globallashuvi mamlakatlarning moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlarini yuksaltirishda qator afzalliklarga ega hisoblanadi. Prezidentimiz

ta’kidlaganidek: «iqtisodiy o‘sish, taraqqiyot - jamiyatning tanasi bo‘lsa, ma’naviyat-ma’rifat va siyosiy ong etukligi uning ruhi, aqli va jonidir». SHunday ekan, iqgisodiyotning globallashuvi bevosita milliy g‘oya-mafkuramizga ta’sir o‘tkazadi. Moddiy ishlab chiqarish har bir xudud va unda yashovchi xalqlar ehtiyojiga ko‘ra takomillashib kelgan ekan, bu sohada o‘ziga xoslikning saqlanishi, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi muhim amiyat kasb etadi. Davlatlar o‘rtasidagi moliyaviy tafovut dunyo g‘oyaviy rangbarangligini bir kutb tomon siljishiga sharoit yaratib beradi. Bu jarayonda ayniqsa transmilliy kompaniyalar ta’siri yaqqol seziladi. Bugungi kunda keng tarqalgan tor jinsi shimlar, kalta yubkalar, ochiq koftalar yoki turli mahsulotlar etiketkalaridagi yarim yalong‘och tasvirlar nimaning ifodasi? Albatta bular hech bir xalqning milliy ishlab chiqarish mahsulotlari emas. Bunday mahsulotlar oddiy o‘ramdagi mahsulotlarga qaraganda «jozibador» va e’tiborni tortuvchi hisoblanadi. Faqat iste’molchilar e’tiborini tortish va savdoni jadallashtirish maqsadlarida ishlab chiqarilayotgan bunday mahsulotlar, albatta millat madaniyati va ma’naviyatiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Bunday holatlar ayniqsa yosh avlod milliy- ma’naviy dunyoqarashini shakllanishiga, uning asosidagi hayotiy-axloqiy qarashlarga jiddiy putur etkazadi. Bu kabi holatlar insoniyat kelajagi bo‘lmish yosh avlod dunyoqarashining shakllanishi o‘z milliy zaminlari hisobiga emas, balki unga zid bo‘lgan, bugungi kunda keng ildiz otib borayogan ma’nan qashshoq «ommaviy madaniyat»ning rivojlanib borishiga olib keladi. Axborot-kommunikatsiya sohasining globallashuvi natijasida dunyo hamjamiyati Er sharining ixtiyoriy nuqtasidan axborot qabul qilish va uzatish imkonlyatiga ega bo‘ldi. Bu borada keyingi yillarda telefon, internet tarmoqlari, shuningdek radio va televidenie vositalari keng ko‘lamda qo‘llanilmokda. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra yurtimizda internet foydalanuvchilari 2010 yil oktyabr holatida 6,6 milliondan ortiq kishini tashkil etadi. SHundan 3,5 miliondin ortiq kishi uyali telefon orqali internet xizmatlaridan foydalanadi. Aytish mumkinki, O‘zbekistonda bugungi kunda deyarlik barcha oilalarda tele va radiouskunalardan foydalanadi.