logo

Milliy g’oya va globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitetni shakllantirish vazifalari.

Загружено в:

29.08.2023

Скачано:

0

Размер:

28.0947265625 KB
Mavzu.  Milliy g’oya va globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitetni
shakllantirish vazifalari.
Reja.
1. Globallashuv   tushunchasi.   Mafkuraviy   jarayonlarni   globallashtiruvchi
va universallashtiruvchi omillar.
2. Hozirgi   paytda   mafkuraviy   jarayonlarni   globallashtiruvchi   va
universallashtiruvchi omillar.
3.   Globallashuv jarayonlarining ijobiy va salbiy oqibatlari. Globallashuv   tushunchasi,   uning   manbai,   belgilari   va   xususiyatlari.
Globallashuv   masalasini   bugungi   kunda   barcha   mamlakatlardagi   olimlar,
siyosatchilar, jurnalistlar va tadbirkorlar muhokama qilmoqdalar. Ularning barchasi
mazkur   fenomenni   dunyo   xalqlari   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy-huquqiy,   ma’naviy-
madaniy hayotining o‘ziga xos bo‘lgan zamonaviy holati, ularda kechayotgan ichki
va   tashqi   jarayon   hamda   ularning   umumplanetar   tarzda   rivojlanish   tendensiyasi
sifatida talqin etmoqdalar. Umuman olganda “globallashuv” tushunchasi fransuzcha
global   – umumiy   va lotincha   globus   – shar   so‘zlaridan olingan bo‘lib,   birinchidan,
Er   yuziga   oid,   butun   Er   sharini   qamrab   oluvchi;   ikkinchidan   esa   umumbashariy,
keng   miqyosdagi;   jahonshumul,   jahon   ahamiyatiga   molik,   degan   ma’nolarni
anglatadi 1
.   Globallashuv   insoniyat   taraqqiyoti   va   jamiyat   hayotining   jahon
miqyosida   integratsiyalashishi   natijasida   sodir   bo‘layotgan   jarayonlarning
olamshumul   ahamiyat   kasb   etishidir.   O‘zbekistonning   birinchi   Prezidenti
I.A.Karimov   ta’kidlaganidek:   “...globallashuv   –   bu   avvalo   hayot   sur’atlarining
beqiyos darajada tezlashuvi demakdir” 2
.
Globallashuvni   turli   mutaxassislar,   olimlar   turlicha   ta’riflaydi.   Masalan,   ilmiy-
ommabop   adabiyotlarda:   “ globallashuv   –   jahon   iqtisodiyotining   sarmoya,   ishchi
kuchi   va   kashfiyotlar   oqimining   kengayishi,   shuningdek,   mamlakatlarning   jahon
miqyosidagi iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan birgalikdagi harakatlari
tufayli davom etayotgan integratsiyasi;
globallashuv   –   tashkilotlarning   xalqaro   miqyosda   kengayishga   va   xalqaro
maydonda tobora kattaroq o‘rin egallashga qaratilgan strategiyasi;
globallashuv   –   tovarlar,   xizmatlar,   mehnat,   texnologiya   va   kapitalning   xalqaro
maydonda harakatlanishi;
globallashuv   –   savdo,   investitsiya,   moliya-iqtisod,   madaniyat   va   boshqa
iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda hukumatlar, tashkilotlar va xalqlarning o‘z mamlakatlari
chegaralaridan chiqib, hamkorlikka intilishi;
globallashuv   –   inson   kapitali,   moliyaviy   va   intellektual   kapitalning   dunyoning
eng katta iqtisodiy nuqtalariga intilishi;
1  Қаранг:  Словарь иностранных слов. –М.: Рус.яз., 1985. –С.135.
2  Каримов И.А.  Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. –Б.111. globallashuv  – iqtisodiy faoliyat uchun mamlakatning jo‘g‘rofiy joylashishi omili
ahamiyatining  o‘zgarib  borish  jarayoni” 3
,  –  degan  ta’riflar   berilganligini   ko‘ramiz.
Ularning barchasini umumlashtiradigan bo‘lsak,  globallashuv falsafiy ma’noda bu –
jahondagi   mamlakatlarning   ijti-moiy-iqtisodiy,   siyosiy   va   madaniy   sohada   o‘zaro
yaqinlashuvi,   yangicha   sifatiy   birlashuvi;   voqea-hodisalarning   bir   mamlakat
doirasidan   chiqib,   umuminsoniy   miqyosga   ega   bo‘lishi,   butun   Er   sharini   qamrab
olishini anglatuvchi tushunchadir.
Globalashuvning hozirgi davrda uch manbai mavjud: 
1)   kommuni katsiya   vositalaridagi   tub   o‘zgarishlar;  
2)   investitsiyalardagi   yangi   ja rayon;   3)   dunyoga   yangicha   qarashning   vujudga
kelishi.
Globallashuvning   quyidagi   asosiy   belgilari   mavjud:  
a)   xalqaro   savdoning   kengayishi   va   erkinlashishi;   b)   xalqaro   kapital   aylan masi   va
uning   yo‘lidagi   to‘siqlarning   bar taraf   etilishi;   v)   elektron   kommunikatsiya   inqilobi
natijasida   moliyaviy   munosabatlarda   sodir   bo‘lgan   chuqur   o‘zgarishlar;   g)
transmil liy korporatsiyalar faoliyatining kengayishi, xalqaro moliyaviy  va iqtisodiy
institutlarning tashkil topishi  va boshqalar. 
Jahon   miqyosidagi   bunday   umumiy   taraqqiyot:   birinchidan ,   odamlar
dunyoqarashi   o‘zgarishi,   kommunikatsiyalar   yuksalishi,   xalqaro   munosabatlar   rivoji
odamzot   hayotiga   ta’sirni   kuchaytira di;   ikkinchidan,   davlatlar   va   xalqlar   o‘rtasida
birlashishga   intilishni   ku chaytirsada,   ayni   vaqtda   milliy   xususiyatlar,   an’analar   va
ma’na viy   merosni   saqlab   qolish   orqali   mustaqil   siyosiy   tamoyillarni   ishlab   chiqish
zarurligini ham ko‘rsatib berdi.
Globallashuv   jarayonlariga   xos   bo‘lgan   ba’zi   bir   xususiyatlar   quyidagilardan
iborat: 1) inson  hayotining barcha  jabhalari  bo‘yicha xalqlar va mamlakatlarning
bir- birlariga   bog‘liqligi va o‘zaro aloqadorligining o‘sib borishi; 2) bozorlarning
planetar miqyosda kengayishi natijasida umumjahon moliya-iqtisodiy makonining
paydo bo‘lishi, alohida iqtisodiy tizimlarning global  iqtisodiyotga qo‘shilib ketishi
3   Фалсафа   асослари   (Тузувчи   ва   масъул   муҳаррир:   Қ.Назаров).  
–Т.: Ўзбекистон, 2005. –Б.358. va yangi iqtisodiy tartibning vujudga kelishi; 3) axborot sohasida yangi kompyuter
va   mediatexnologiyalar,   global   televideniya,   internetning   keng   ko‘lamda
ishlatilishi     asosida   butun   jahon   aloqa-muloqot   tarmog‘ining   paydo   bo‘lishi;   4)
ob’ektiv mazmundagi demokratiya va turli xil g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlardan
sub’ektiv maqsadlarda foydalanishning kuchayishi va boshqalar.
XX I   asrga   kelib   insoniyat   o‘zining   hayot   sharoitini   yanada   yaxshilash   uchun
tabiat, jamiyat, inson tafakkuri sir-asrorlari qonunlarini yanada chuqqurroq o‘rganish
orqali   buyuk   kashfiyotlarni   amalga   oshirishga   kirishdilar.   Bularga   eng   orzon   va
qulay   energiya   manbaini   topish   borasida   qilinayotgan   kashfiyotlar,   masalan,   er
qobig‘i   issiqligidan   (“geotermal”   bunda   “geo”   –   er,   “termal”   –   issiqlik),   odam
tanasining doimiy tebranma harakatlanishidan hosil bo‘luvchi issiqlik energiyasidan
foydalanishni   yo‘lga   qo‘yish   uchun   ishlab   chiqilgan   “energetik   kastyum”,
odamlarning yo‘laklarda yurishidan hosil bo‘ladigan “yo‘l-yo‘lak energiyasi” hamda
“vodorod   yonilg‘isi”,   kishilarning   o‘sib   borayotgan   oziq-ovqatlarga   bo‘lgan
ehtiyojlarini   qondirishga   qaratilgan   “transgen   mahsulotlar”,   ichimlik   suvi
muammosini   echishga   bag‘ishlangan   “tegirmon   suvi”,   kompyuterlashtirishga
asoslangan “aqlli uy”, “aqlli  shahar”, yashash joyiga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga
qaratilgan   “gidropolislar”   (suv   osti   shaharlari),   “suzib   yuruvchi   shaharlar”,   “sehrli
mo‘jizakor   nur”   (lazer),   supper   aqlli   robotlar,   shuningdek,   uzoq   yashash   bo‘yicha
olib   borilayotgan   “genmuhandisligi”   borasidagi   bir   qator   “ko‘z   ko‘rib,   quloq
eshitmagan” ilmiy tadqiqot ishlarini kiritish mumkin. 
Globalashuv   jarayonlarining   siyosiy,   ijtimoiy,   madaniy   va   ilmiy   jabhalarga
o‘tkazayotgan   ta’sirini   o‘rganish   orqali,   uning   milliy   g‘oyamizga   o‘tkazayotgan
ta’sirlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin.
Iqtisodiyotning   globallashuvi   mamlakatlarning   moliyaviy-iqtisodiy
imkoniyatlarini   yuksaltirishda   qator   afzalliklarga   ega   hisoblanadi.   O‘zbekistonning
birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov     ta’kidlaganidek:   “iqtisodiy   o‘sish,   taraqqiyot   –
jamiyatning   tanasi   bo‘lsa,   ma’naviyat-ma’rifat   va   siyosiy   ong   etukligi   uning   ruhi,
aqli va jonidir” 4
. SHunday ekan, iqtisodiyotning globallashuvi bevosita milliy g‘oya-
4  Каримов И.А.  Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. –Б.27. mafkuramizga   ta’sir   o‘tkazadi.   Moddiy   ishlab   chiqarish   har   bir   xudud   va   unda
yashovchi   xalqlar   ehtiyojiga   ko‘ra   takomillashib   kelgan   ekan,   bu   sohada   o‘ziga
xoslikning saqlanishi,  milliy iqtisodiyotning  rivojlanishi  muhim  amiyat  kasb  etadi.
Davlatlar   o‘rtasidagi   moliyaviy   tafovut   dunyo   g‘oyaviy   rang-barangligini   bir   qutb
tomon   siljishiga   sharoit   yaratib   beradi.   Bu   jarayonda,   ayniqsa,   transmilliy
kompaniyalar ta’siri yaqqol seziladi. Bugungi kunda keng tarqalgan tor jinsi shimlar,
kalta   yubkalar,   ochiq   koftalar   yoki   turli   mahsulotlar   etiketkalaridagi   yarim
yalong‘och tasvirlar nimaning ifodasi? Albatta, bular hech bir xalqning milliy ishlab
chiqarish   mahsulotlari   emas.   Bunday   mahsulotlar   oddiy   o‘ramdagi   mahsulotlarga
qaraganda   “jozibador”   va   e’tiborni   tortuvchi   hisoblanadi.   Faqat   iste’molchilar
e’tiborini   tortish   va   savdoni   jadallashtirish   maqsadlarida   ishlab   chiqarilayotgan
bunday   mahsulotlar,   albatta,   millat   madaniyati   va   ma’naviyatiga   o‘zining   salbiy
ta’sirini   ko‘rsatadi.   Bunday   holatlar,   ayniqsa,   yosh   avlod   milliy-ma’naviy
dunyoqarashini   shakllanishiga,   uning   asosidagi   hayotiy-axloqiy   qarashlarga   jiddiy
putur   etkazadi.   Bu   kabi   holatlar   insoniyat   kelajagi   bo‘lmish   yosh   avlod
dunyoqarashining   shakllanishi   o‘z   milliy   zaminlari   hisobiga   emas,   balki   unga   zid
bo‘lgan,   bugungi   kunda   keng   ildiz   otib   borayogan   ma’nan   qashshoq   “ommaviy
madaniyat”ning rivojlanib borishiga olib keladi.
Axborot-kommunikatsiya   sohasining   globallashuvi   natijasida dunyo hamjamiyati
Er   sharining   ixtiyoriy   nuqtasidan   axborot   qabul   qilish   va   uzatish   imkoniyatiga   ega
bo‘ldi.   Bu   borada   keyingi   yillarda  telefon,   internet   tarmoqlari,  shuningdek,   radio   va
televidenie   vositalari   keng   ko‘lamda   qo‘llanilmoqda.   O‘zbekiston   Respublikasi
Axborot   texnologiyalari   va   kommunikatsiyalarini   rivojlantirish   vazirligi   ma’lumot-
lariga   ko‘ra   yurtimizda   internet   foydalanuvchilari   2015   yil   mart   holatida   10,5
milliondan ortiq kishini  tashkil etdi. SHundan 5,5 miliondin ortiq kishi  uyali telefon
orqali   internet   xizmatlaridan   foydalanadi.   Aytish   mumkinki,   O‘zbekistonda   bugungi
kunda   deyarlik   barcha   oilalarda   tele   va   radiouskunalardan   foydalanish   yo‘lga
qo‘yilgan.
Bugungi   kunda   madaniy-ma’naviy   mahsulotlar,   san’at   asarlari   asosan,   AQSH,
Evropa   va   SHarq   mamlakatlari   ma’naviy   hayotini   keng   targ‘ib   etmoqda   desak mubolag‘a   bo‘lmas.   Bu   borada   taniqli   amerikalik   siyosatshunos   Z.Bzejinskiy
“Amerika   televizion   dasturlari   va   filmlari   bu   sohada   dunyo   bozorining   deyarli
to‘rtdan uch qismini egallaydi. Amerika ommabop musiqasi eng etakchi pog‘onani
egallagan,   internet   tili   –   inglizcha,   global   kompyuter   tarmog‘idagi   so‘zlashishning
asosiy   qismi   ham   amerikacha   va   “global   suhbatlar”ga   o‘z   ta’sirini   o‘tkazmoqda” 5
,
deb   ta’kidlaydi.   Bulardan,   AQSH,   Evropa   mamlakatlari   ma’naviyati
ekspansiyasining naqadar avj olganligiga amin bo‘lish mumkin.
Siyosiy-mafkuraviy   sohalarning   globallashuvi,   ayniqsa,   milliy   ma’naviyatga
katta   ta’sir   o‘tkazadi.   O‘zbekistonning   birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov   siyosiy-
mafkuraviy   sohalarning   bugungi   kunda   dunyo   sahnidagi   holatiga   to‘xtalib:
“hozirgi  zamondagi  eng katta xavf  – insonlarning qalbi  va ongini  egallash  uchun
uzluksiz   davom   etayotgan   mafkuraviy   kurashdir.   Endiliqda   yadro   maydonlarida
emas,   mafkura   maydonlarida   bo‘layotgan   kurashlar   ko‘p   narsani   hal   qiladi.   Bu
achchiq   haqiqatni   hech   unutmaslik   lozim” 6
  –   degan   edi.   Bu   jarayonning   eng
muhim  xususiyatlaridan biri  turli  mamlakatlar  xalqlarini  ma’naviy va mafkuraviy
zabt   etish   maqsadining   g‘oyat   katta   iqtisodiy   manfaatlar   bilan   uyg‘unlashib
ketganidir.   Darhaqiqat,   turli   terroristik,   ekstremistik   guruhlarning   g‘oyaviy-
mafkuraviy   xurujlari,   ularning   faoliyatidan,   ya’ni   ma’lum   hududda   siyosiy-
iqtisodiy   vaziyatni   izdan   chiqishidan   ayrim   guruhlarning   manfaatdorligi   dunyo
siyosiy-mafkuraviy manzarasini tubdan o‘zgartirib yubordi.
Madaniyatning   globallashuv   jarayonini   bu   sohalarda   ham   bozor
munosabatlarining,   xususan,   san’at   industriyasi,   shou-biznesning   shakllanishi
iste’molchi   talabiga   ko‘ra   mahsulotni   taklif   qilinishi   bilan   xarakterlanadi.   Bu
sohalarda   savdo-sotiq   munosabatlarining   shakllanishi,   butun   dunyo   bo‘yicha
“tomosha   industriyasi”ni   yuzaga   keltirdi.   Uning   ta’sirida   “ermak   va   tomoshalar”
shiori   ostida   iste’molchilik   ruhiyati   avj   oldirilayapti.   Madaniyat   sohasida
iste’molchilik   kayfiyatining   shakllanishi   milliy   ma’naviyatning   takomillashib,
yanada   boyib   borishiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi.   CHunki   iste’molchilik   kayfiyati
5   Қаранг:   Збигнев   Бжезинский.   Великая   шахматная   доска   (Господство   Америки   и   его   геостратегические
императивм).  Перевод О.Ю.Уральской. –М.: Международние отношения, 1998. –С.39. 
6  Каримов И.А.  Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. –Б.119. kuchaygan   jamiyat   a’zolari   o‘z   milliy   ma’naviyatini   yangi   asoslarda   boyitishdan
ko‘ra   tayyoriga   taqlid   qilish,   uni   o‘z   ma’naviyatining   tarkibiga   kiritishga   moyil
bo‘lishadi. Bu esa jamiyat a’zolarini ma’naviy qaramlikka olib keladi. SHu manoda,
siyosatshunos   Z.Bzejinskiy   “amerikaliklarning   qiziqishiga,   ovqatlanish   va   hatto
kiyinish   odatlarigacha   butun   dunyoda   taqlid   qilishadi” 7
,   deb   ta’kidlaydi.   Madaniy
iste’molchilik kayfiyatining rivojlanishi madaniy va ma’naviy boyliklarga nisbatan
munosabatga, shu bilan birga milliy ma’naviyatning real hayotdagi ifodasi bo‘lmish
urf-odatlar,   an’ana   va   marosimlar,   qadriyatlarga   nisbatan   ham   salbiy   ta’sir
ko‘rsatadi.   Ularni   kishilar   hayotidan   siqib   chiqaradi.   Bugun   yoshlar   orasida   urf
bo‘lib   borayotgan   ochiq-sochiq   kiyinish,   muomalada   milliy   tilga   e’tiborsizlik,
Evropa   mentalitetiga   intilish   kabi   holatlarni   ko‘plab   uchratish   mumkin.   Bular
barchasi milliy ma’naviyatning axloqiy asoslariga putur etkazadi.
Hozirgi globallashuv davrida mafkuraviy jarayonlarning xususiyatlari.  X XI
asrning boshlariga  kelib mafkuraviy  jarayonlarning  uni versallashuvi    shu darajaga
etadiki,   undan   biror   kishi   chetda   qola yotgani   yo‘q.   U   butun   Er   yuzini,   barcha
mintaqa   va   mamlakatlarni   qamrab   oldi,   dunyodagi   barcha   odamlar   uning   ta’siri
ostida hayot  kechirmoda.
Buni   uning   quyidagi   xususiyatlarida:   birinchidan ,   globallashish   –
insonparvarlashish,   jamiyatning   barcha   sohalariga   ta’sirida;   ikkinchidan ,
integratsiyalashish   –   demokratiyalashish,   milliy   chegaralar   doirasida   qolib
ketmasligida;  uchinchidan,  differensiatsiyalashish – siyosiylashish, inson umrining
barcha bosqichlariga umumiy ta’sir ko‘rsatishida ko‘rish mumkin.
Hozirgi   paytda   mafkuraviy   jarayonlarni   globallashtiruvchi   va
universallashtiruvchi omillar.   Bugungi dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan
texnikaviy   im koniyatlar,   universal   texnologiyalar,   axborot     tarqatishning
glo ballashuvi,   ya’ni   ularning   butun   kurrayi   zaminini   qamrab   olish   jara yoni   shiddat
bilan   bormoqda.   Bu   jarayonlar   jahon   taraqqiyotining   muhim   xususiyati   ekanini
7   Қаранг:   Збигнев   Бжезинский.   Великая   шахматная   доска   (Господство   Америки   и   его   геостратегические
императивм)  Перевод О.Ю.Уральской. –М.: Международние отношения, 1998. –С.39.  e’tirof   etgan   holda,   ularning   kuchli   mafkuraviy   ta’sir   vositasi   ekanini   ham
unutmaslik darkor.
Mafkuraviy   jarayonlarni   globallashtiruvchi   va   universallashtiruvchi   omillarga:
1)   iqtisodiy   munosabat   va   aloqalarning   kuchayishi;   2)   ijtimoiy-siyosiy
munosabatlarning   kengayishi;   3)   ma’naviy   munosabatlar   va   madaniy   aloqalar
ko‘lamining   ortishi;   4)   axborot   va   aloqa   kommunikatsiyalarining   taraqqiyoti;   5)
fundamental   ilmiy   kashfiyotlar   va   fan   yutuqlarining   ko‘payishi;   6)   texnik   va
texnologik imkoniyatlarning o‘sishi va boshqalar kiradi.
Globallashuv   jarayonlarining   ijobiy   va   salbiy   oqibatlari.   Har   bir   narsa   va
hodisalarning   ijobiy   va   salbiy   tomoni   bo‘lgani   singari,   globallashuv   jarayonining
ham ana shunday tomonlari mavjuddir .
AQSHdagi   Florida   universiteti   professori   Garri   Dams   “Kapitalizm
transformatsiyasi” asarida globallashuv jarayonining ijobiy va salbiy jihatlari haqida
to‘xtalib:   “Bu   jarayonning   afzalliklari   (ijobiy   tomonlari   –   N.M.)   haqida   so‘z
ketganda,   birinchidan,   dunyo   miqyosida   sifatli   mahsulot   hajmining   ortib
borayotgani,   unga   nisbatan   talab-ehtiyojning   kengayishi;   ikkinchidan ,   avto   va
aviatransport,   turizm   hamda   aholi   migratsiyasining   kuchayishi;   uchinchidan,
kompyuter,   Internet,   sun’iy   yo‘ldosh   orqali   teleko‘rsatuvlarni   uzatish   tizimining
mislsiz   darajada   rivojlanishi;   to‘rtinchidan,   yangi   kashfiyot   va   zamonaviy
texnologiyalar vositasida o‘simlik va hayvonot olamida irsiyatni o‘zgartirish orqali
oziq-ovqat   ishlab   chiqarish   hamda   o‘ta   xavfli   irsiy   kasalliklarni   bartaraf   etish
imkoniyati   tug‘ilayotganini   e’tirof   etish   darkor.   Ammo   mazkur   jarayonning   salbiy
jihatlaridan   ham   ko‘z   yumib   bo‘lmaydi.   Xususan,   texnologik   inqilob,   haddan
tashqari   sanoatlashtirish   jarayonining   sayyoramiz   iqlimiga   global   ta’sir   etishi
oqibatida   insoniyat   salomatligiga   jiddiy   xavf   tug‘ilmoqda.   Madaniyatlarning
birxillashuvi esa milliy davlatlar, turli xalqlar qadriyatlariga putur etkazmoqda” 8
, –
deb yozgan edi. 
8   Қаранг:   Умаров Б.   Глобаллашув зиддиятлари: иқтисодий, ижтимоий ва маънавий жиҳатлари. –Т.: Маънавият, 2006. –
Б.14–15.  O‘zbek   xalqi   ham   barcha   odamlar   kabi   globallashuvdan   chetda   qolayotganicha
yo‘q.   Xalqimizning   globallashuv   jarayonlariga   bo‘lgan   munosabati   Hindistonning
mashhur   davlat   arbobi   Mahatma   Gandining :   “Men   uyimning   darvoza   va
eshiklarini doim mahkam berkitib o‘tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib
turishi kerak. SHu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimizdan kirayotgan havo
dovul   bo‘lib   uyimni   ag‘dar-to‘ntar   qilib   tashlashi,   o‘zimni   esa   yiqitib   yuborishini
ham   istamayman” 9
,   –   deb   aytgan   so‘zlariga   hamohangdir.   Demak,   globallashuv
jarayonlarining   ijobiy   tomonlarini   o‘z   uyimiz   bo‘lgan   O‘zbekistonimizga   qabul
qilamiz,   ulardan   unumli   foydalanamiz,   ammo   salbiy   holatlarining   esa   uyimizga
kirib kelib ag‘dar-to‘ntar qilishlariga yo‘l qo‘ymaymiz.  CHunki, “bugungi kunda, –
degan   edi   birinchi   birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimov,   –   inson   ma’naviyatiga
qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham
axborot   olamidagi   globallashuv     shiddatidan   kuch   olib,   ko‘zga   ko‘rinmaydigan,
lekin   zararini   hech   narsa   bilan   qoplab   bo‘lmaydigan   ulkan   ziyon   etkazishi
mumkin” 10
.
9   Қаранг:   Миллий   истиқлол   ғояси:   Ўзбекистон   Республикаси   Олий   таълим   бакалавриат   босқичи   учун
дарслик. –Т.: “Академия” нашриёти, 2005. –Б.81.
10   Каримов  И.А.  Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. –Б.115. Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati
1.     Mirziyoyev   SH.M.   Milliy   taraqqiyot     yo’limizni   qat’iyat   bilan   davom   ettirib,
yangi bosqichga ko’taramiz. 1-jild, Toshkent,”O’zbekiston”, 2017 yil.
2.   Mirziyoyev   SH.M.   Erkin   va   farovon   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O’zbekiston”, 2017 yil.
3.   Mirziyoyev   SH.M.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   SHavkat
Mirziyoyevning   Oliy   Majlisga   murojaatnomasi.   “Xalq   so’zi”   gazetasi,   2017   yil,
23-dekabr, 2-bet.
4.  Mirziyoyev SH.M. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni
yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. “Xalq so’zi” gazetasi, 2017
yil, 8-dekabr, 1-3 betlar. 
5.   Mirziyoyev   SH.M.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O’zbekiston
Respublikasini  yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi
farmoni. Toshkent, “Adolat”, 2018 yil.
6.     Mirziyoyev   SH.M.     Buyuk   kelajagimizni   mard   va   oliyjanob   xalqimiz   bilan
birga quramiz. T., O’zbekiston, 2017 yil.
7.     Mirziyoyev SH.M.   Qonun ustuvorligi   va inson manfaatlarini ta’minlash yurt
taraqqiyoti va xalq  farovonligining garovi. T., O’zbekiston, 2017 yil.
8.   Karimov I.A. Asarlar to’plami. 1-23 jildlar. -T.:“O’zbekiston”, 1996-2015 y.y.
9.   Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.:“Ma’naviyat”, 2008.
10. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. –T.:“O’zbekiston”, 2010. 
11.Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.:“O’zbekiston”,
2011.

Mavzu. Milliy g’oya va globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitetni shakllantirish vazifalari. Reja. 1. Globallashuv tushunchasi. Mafkuraviy jarayonlarni globallashtiruvchi va universallashtiruvchi omillar. 2. Hozirgi paytda mafkuraviy jarayonlarni globallashtiruvchi va universallashtiruvchi omillar. 3. Globallashuv jarayonlarining ijobiy va salbiy oqibatlari.

Globallashuv tushunchasi, uning manbai, belgilari va xususiyatlari. Globallashuv masalasini bugungi kunda barcha mamlakatlardagi olimlar, siyosatchilar, jurnalistlar va tadbirkorlar muhokama qilmoqdalar. Ularning barchasi mazkur fenomenni dunyo xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy- madaniy hayotining o‘ziga xos bo‘lgan zamonaviy holati, ularda kechayotgan ichki va tashqi jarayon hamda ularning umumplanetar tarzda rivojlanish tendensiyasi sifatida talqin etmoqdalar. Umuman olganda “globallashuv” tushunchasi fransuzcha global – umumiy va lotincha globus – shar so‘zlaridan olingan bo‘lib, birinchidan, Er yuziga oid, butun Er sharini qamrab oluvchi; ikkinchidan esa umumbashariy, keng miqyosdagi; jahonshumul, jahon ahamiyatiga molik, degan ma’nolarni anglatadi 1 . Globallashuv insoniyat taraqqiyoti va jamiyat hayotining jahon miqyosida integratsiyalashishi natijasida sodir bo‘layotgan jarayonlarning olamshumul ahamiyat kasb etishidir. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “...globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir” 2 . Globallashuvni turli mutaxassislar, olimlar turlicha ta’riflaydi. Masalan, ilmiy- ommabop adabiyotlarda: “ globallashuv – jahon iqtisodiyotining sarmoya, ishchi kuchi va kashfiyotlar oqimining kengayishi, shuningdek, mamlakatlarning jahon miqyosidagi iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan birgalikdagi harakatlari tufayli davom etayotgan integratsiyasi; globallashuv – tashkilotlarning xalqaro miqyosda kengayishga va xalqaro maydonda tobora kattaroq o‘rin egallashga qaratilgan strategiyasi; globallashuv – tovarlar, xizmatlar, mehnat, texnologiya va kapitalning xalqaro maydonda harakatlanishi; globallashuv – savdo, investitsiya, moliya-iqtisod, madaniyat va boshqa iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda hukumatlar, tashkilotlar va xalqlarning o‘z mamlakatlari chegaralaridan chiqib, hamkorlikka intilishi; globallashuv – inson kapitali, moliyaviy va intellektual kapitalning dunyoning eng katta iqtisodiy nuqtalariga intilishi; 1 Қаранг: Словарь иностранных слов. –М.: Рус.яз., 1985. –С.135. 2 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. –Б.111.

globallashuv – iqtisodiy faoliyat uchun mamlakatning jo‘g‘rofiy joylashishi omili ahamiyatining o‘zgarib borish jarayoni” 3 , – degan ta’riflar berilganligini ko‘ramiz. Ularning barchasini umumlashtiradigan bo‘lsak, globallashuv falsafiy ma’noda bu – jahondagi mamlakatlarning ijti-moiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohada o‘zaro yaqinlashuvi, yangicha sifatiy birlashuvi; voqea-hodisalarning bir mamlakat doirasidan chiqib, umuminsoniy miqyosga ega bo‘lishi, butun Er sharini qamrab olishini anglatuvchi tushunchadir. Globalashuvning hozirgi davrda uch manbai mavjud: 1) kommuni katsiya vositalaridagi tub o‘zgarishlar; 2) investitsiyalardagi yangi ja rayon; 3) dunyoga yangicha qarashning vujudga kelishi. Globallashuvning quyidagi asosiy belgilari mavjud: a) xalqaro savdoning kengayishi va erkinlashishi; b) xalqaro kapital aylan masi va uning yo‘lidagi to‘siqlarning bar taraf etilishi; v) elektron kommunikatsiya inqilobi natijasida moliyaviy munosabatlarda sodir bo‘lgan chuqur o‘zgarishlar; g) transmil liy korporatsiyalar faoliyatining kengayishi, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlarning tashkil topishi va boshqalar. Jahon miqyosidagi bunday umumiy taraqqiyot: birinchidan , odamlar dunyoqarashi o‘zgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, xalqaro munosabatlar rivoji odamzot hayotiga ta’sirni kuchaytira di; ikkinchidan, davlatlar va xalqlar o‘rtasida birlashishga intilishni ku chaytirsada, ayni vaqtda milliy xususiyatlar, an’analar va ma’na viy merosni saqlab qolish orqali mustaqil siyosiy tamoyillarni ishlab chiqish zarurligini ham ko‘rsatib berdi. Globallashuv jarayonlariga xos bo‘lgan ba’zi bir xususiyatlar quyidagilardan iborat: 1) inson hayotining barcha jabhalari bo‘yicha xalqlar va mamlakatlarning bir- birlariga bog‘liqligi va o‘zaro aloqadorligining o‘sib borishi; 2) bozorlarning planetar miqyosda kengayishi natijasida umumjahon moliya-iqtisodiy makonining paydo bo‘lishi, alohida iqtisodiy tizimlarning global iqtisodiyotga qo‘shilib ketishi 3 Фалсафа асослари (Тузувчи ва масъул муҳаррир: Қ.Назаров). –Т.: Ўзбекистон, 2005. –Б.358.

va yangi iqtisodiy tartibning vujudga kelishi; 3) axborot sohasida yangi kompyuter va mediatexnologiyalar, global televideniya, internetning keng ko‘lamda ishlatilishi asosida butun jahon aloqa-muloqot tarmog‘ining paydo bo‘lishi; 4) ob’ektiv mazmundagi demokratiya va turli xil g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlardan sub’ektiv maqsadlarda foydalanishning kuchayishi va boshqalar. XX I asrga kelib insoniyat o‘zining hayot sharoitini yanada yaxshilash uchun tabiat, jamiyat, inson tafakkuri sir-asrorlari qonunlarini yanada chuqqurroq o‘rganish orqali buyuk kashfiyotlarni amalga oshirishga kirishdilar. Bularga eng orzon va qulay energiya manbaini topish borasida qilinayotgan kashfiyotlar, masalan, er qobig‘i issiqligidan (“geotermal” bunda “geo” – er, “termal” – issiqlik), odam tanasining doimiy tebranma harakatlanishidan hosil bo‘luvchi issiqlik energiyasidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish uchun ishlab chiqilgan “energetik kastyum”, odamlarning yo‘laklarda yurishidan hosil bo‘ladigan “yo‘l-yo‘lak energiyasi” hamda “vodorod yonilg‘isi”, kishilarning o‘sib borayotgan oziq-ovqatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan “transgen mahsulotlar”, ichimlik suvi muammosini echishga bag‘ishlangan “tegirmon suvi”, kompyuterlashtirishga asoslangan “aqlli uy”, “aqlli shahar”, yashash joyiga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga qaratilgan “gidropolislar” (suv osti shaharlari), “suzib yuruvchi shaharlar”, “sehrli mo‘jizakor nur” (lazer), supper aqlli robotlar, shuningdek, uzoq yashash bo‘yicha olib borilayotgan “genmuhandisligi” borasidagi bir qator “ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan” ilmiy tadqiqot ishlarini kiritish mumkin. Globalashuv jarayonlarining siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ilmiy jabhalarga o‘tkazayotgan ta’sirini o‘rganish orqali, uning milliy g‘oyamizga o‘tkazayotgan ta’sirlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin. Iqtisodiyotning globallashuvi mamlakatlarning moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlarini yuksaltirishda qator afzalliklarga ega hisoblanadi. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “iqtisodiy o‘sish, taraqqiyot – jamiyatning tanasi bo‘lsa, ma’naviyat-ma’rifat va siyosiy ong etukligi uning ruhi, aqli va jonidir” 4 . SHunday ekan, iqtisodiyotning globallashuvi bevosita milliy g‘oya- 4 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. –Б.27.

mafkuramizga ta’sir o‘tkazadi. Moddiy ishlab chiqarish har bir xudud va unda yashovchi xalqlar ehtiyojiga ko‘ra takomillashib kelgan ekan, bu sohada o‘ziga xoslikning saqlanishi, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi muhim amiyat kasb etadi. Davlatlar o‘rtasidagi moliyaviy tafovut dunyo g‘oyaviy rang-barangligini bir qutb tomon siljishiga sharoit yaratib beradi. Bu jarayonda, ayniqsa, transmilliy kompaniyalar ta’siri yaqqol seziladi. Bugungi kunda keng tarqalgan tor jinsi shimlar, kalta yubkalar, ochiq koftalar yoki turli mahsulotlar etiketkalaridagi yarim yalong‘och tasvirlar nimaning ifodasi? Albatta, bular hech bir xalqning milliy ishlab chiqarish mahsulotlari emas. Bunday mahsulotlar oddiy o‘ramdagi mahsulotlarga qaraganda “jozibador” va e’tiborni tortuvchi hisoblanadi. Faqat iste’molchilar e’tiborini tortish va savdoni jadallashtirish maqsadlarida ishlab chiqarilayotgan bunday mahsulotlar, albatta, millat madaniyati va ma’naviyatiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Bunday holatlar, ayniqsa, yosh avlod milliy-ma’naviy dunyoqarashini shakllanishiga, uning asosidagi hayotiy-axloqiy qarashlarga jiddiy putur etkazadi. Bu kabi holatlar insoniyat kelajagi bo‘lmish yosh avlod dunyoqarashining shakllanishi o‘z milliy zaminlari hisobiga emas, balki unga zid bo‘lgan, bugungi kunda keng ildiz otib borayogan ma’nan qashshoq “ommaviy madaniyat”ning rivojlanib borishiga olib keladi. Axborot-kommunikatsiya sohasining globallashuvi natijasida dunyo hamjamiyati Er sharining ixtiyoriy nuqtasidan axborot qabul qilish va uzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu borada keyingi yillarda telefon, internet tarmoqlari, shuningdek, radio va televidenie vositalari keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumot- lariga ko‘ra yurtimizda internet foydalanuvchilari 2015 yil mart holatida 10,5 milliondan ortiq kishini tashkil etdi. SHundan 5,5 miliondin ortiq kishi uyali telefon orqali internet xizmatlaridan foydalanadi. Aytish mumkinki, O‘zbekistonda bugungi kunda deyarlik barcha oilalarda tele va radiouskunalardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda madaniy-ma’naviy mahsulotlar, san’at asarlari asosan, AQSH, Evropa va SHarq mamlakatlari ma’naviy hayotini keng targ‘ib etmoqda desak