logo

Mafkuraviy kurash va uning asosiy yo’nalishlari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

31.0048828125 KB
Mafkuraviy kurash va uning asosiy yo’nalishlari.
Reja.
1. Mafkuraviy kurash va uning asosiy yo’nalishlari.
2. Mafkuraviy   gegemonizm   -   mafkuraviy   tajovuzni   amalga   oshirish
tayanchi. Jamiyat   taraqqiyotining   hozirgi   davrida   ro’y   berayotgan   mafkuraviy   jarayonlar
inson   ongi,   qalbi   xilma-xil   usullarda   olib   boriladigan   g’oyaviy   targ’ibot   va
tashviqotning   asosiy   obyekti   hamda   maqsadiga   aylanganini   ko’rsatmoqda.
Prezident   Islom   Karimov   ta’kidlaganidek ,   "Bugungi   kunda   insoniyat   qo’lida
mavjud   bo’lgan   qurol   yarog’lar   Yer   kurrasini   bir   necha   bor   yakson   qilishga
yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf
–   insonlarning   qalbi   va   ongini   egallash   uchun   uzluksiz   davom   etayotgan
mafkuraviy   kurashdir.   Endilikda   yadro   maydonlarida   emas,   mafkura
maydonlarida   bo’layotgan   kurashlar   ko’p   narsani   hal   qiladi.   Bu   achchiq
haqiqatni   hyech   qachon   unutmaslik   lozim" 1
.   Masalaning   mohiyatini   tushunish
uchun   g’oya   va   ong   munosabatiga   daxldor   bo’lgan   quyidagi   holatlarga   e’tibor
berish zarur. 
         Muayyan g’oya inson tomonidan qabul qilinmasligi yoki u shaxs ongida faqat
muayyan  axborot   sifatida  saqlanib   qolishi   mumkin.   Birinchi   holatda   g’oya   inson
ongida   hyech   qanday   iz   qoldirmasa ,   ikkinchisida   g’oya   shaxs   uchun   ijtimoiy
ahamiyatga ega bo’lmaydi.   Inson ongi va qalbi uchun kurash, degan fikrda g’oya
va   ong   munosabati   sharqona   falsafiy   tafakkur   asosida   ifodalab   berilgan.   G’oya
faqatgina   inson   ongi   orqali   uning   qalbini   egallagan,   inson   ma’naviy-ruhiy
holatining   uzviy   qismiga   aylangandagina   harakatga   da’vat   etuvchi,
rag’batlantiruvchi   kuchga,   faoliyat   uchun   qo’llanmaga   aylanadi.   Shuning   uchun
ham   bugungi   kunda   ushbu   tamoyil   mafkuraviy   kurashning   o’zagini   tashkil
etmoqda.
Mafkuraviy   kurash   bu   turli   g’oyaviy   qarashlar,   yondashuvlar,   xilma-xil
maslak   va   maqsadlarga   ega   ijtimoiy   subyektlar   o’rtasida   yuzaga   keladigan,
qarama-qarshilikka asoslangan munosabatlar demakdir.  U yangi, shakllanayotgan
g’oyalar   bilan   o’z   «vazifasini»   bajarib   bo’lgan   mafkura   yoki   uning   qoldiqlari
o’rtasidagi   munosabat   shaklida   ham   sodir   bo’lishi   mumkin.   Shu   bilan   birga,
mafkuraviy   kurash   muayyan   g’oyalarni   singdirish   yoki   ximoya   qilish   jarayonini
1
  Каримов   И.А.   Миллий   истиқлол   мафкураси   –   халқ   эътиқоди   ва   буюк   келажакка   ишончдир//   Унинг   ўзи.
Озод ва обод Ватан,эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Т.8. –Т.: Ўзбекистон, 2000. - Б.491. ham anglatadi.  Mafkuraviy kurashni  muxolif mafkuraviy qarashlarning har qanday
ko’rinishini   yo’q   qilishga,   g’oyaviy   plyuralizmni   bartaraf   qilishga   qaratilgan
harakatlar –  mafkuraviy konfrontasiyadan  (fran. – qarama-qarshi qo’yish) farqlash
kerak.
        Mafkuraviy   konfrontasiya   aksariyat   hollarda   g’oyaviy   sohada   mutlaq   ustuvor
bo’lib   kelgan   qarashlar   tizimi   barbod   bo’lgan,   kishilar   ko’p   yillar   davomida
shakllanib   kelgan   hayotiy   mo’ljallarini   yo’qotib   qo’ygan,   sodda   qilib   aytganda,
mafkuraviy beqarorlik vaziyatining hosilasi hisoblanadi 2
. Bunday beqarorlik holati
keskin   ijtimoiy-iqtisodiy   o’zgarishlar,   xususan,   bir   tuzumdan   boshqasiga   o’tish
davri,   muayyan   hollarda   tashqi   ta’sir,   masalan,   xalqaro   maydonda   yakkalanib
qolish yoki harbiy harakatlar, o’zaro urushlarda yengilish oqibatida yuzaga kelgan
ijtimoiy-siyosiy   vaziyat   natijasi   ham   bo’lishi   mumkin.   Bir   so’z   bilan   aytganda,
mafkuraviy beqarorlik jamiyatdagi mavjud mafkuraviy muvozanat buzilgan, ammo
yangisi qaror topmagan vaziyatdagi g’oyaviy o’zgaruvchan holat hisoblanadi.
Jamiyat   taraqqiyoti   bunday   hollarda   g’oyaviy   antagonizmga   asoslanadigan
mafkuraviy konfrontasiya yuzaga kelishi uchun real shart-sharoit paydo bo’lishini
ko’rsatadi.   Bunday   antagonizm   muayyan   jamiyat   (davlat)   doirasidagi   hamda
mamlakatlararo darajadagi ziddiyatlarning keskin xarakter kasb etishining in’ikosi
hisoblanadi.   Mafkuraviy   konfrontasiya   vayronkor   xarakterga   ega   bo’ladi,   unda
dushman deb hisoblangan mafkura(lar)ni yo’qotishga alohida e’tibor beriladi. 
Bunday   paytda   o’z   davriga   nisbatan   yashovchan,   kishilar   ruhiyati,   orzu   -
umidlari bilan bog’liq mayllarni to’g’ri va aniq ifodalagan mafkura g’olib bo’ladi.
Bunday   mafkura   mohiyatan   hamma   vaqt   ham   progressiv   xarakterga   ega
bo’lmasligi   mumkin.   Fashistlar   Germaniyasida   nasional   sosializm,   sho’rolar
davrida   bolshevizmning   muxolif   g’oyaviy   qarashlar,ularning   sohiblari   va
tarafdorlarini yo’q qilish yo’lida olib borgan g’ayriinsoniy harakatlari buning isboti
bo’la oladi. 
O’zgacha   g’oyaviy   qarashlar   va   yondashuvlarga   ashaddiy   dushmanlik   ko’zi
bilan qaraladigan, jamiyat taraqqiyotining yagona va eng oqil yo’lini ko’rsatishga
2
  Очилдиев А.  Глобаллашув ва мафкуравий жараёнлар. - Т.: «Муҳаррар» нашриёти, 2009. -Б.15-16. da’vo   qiladigan   hamda   kishilarda   g’oyaviy   indifferentlik   ruhiyatining   qaror
topishiga  xizmat  qiladigan  mafkura  yakkahokimligi  sharoitida  mafkuraviy  kurash
haqida gapirish mumkin emas.
       Mafkuraviy kurashning manbaini   o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra, bir-biridan
farqlanuvchi   turli   g’oyaviy   qarashlar   sohiblari,ularning   manfaatlari   o’rtasidagi
ziddiyatlar   tashkil   etadi.   Ammo,   mafkuraviy   kurash   sodir   bo’lishi   uchun   turli
ijtimoiy   subyektlar   mavjudligining   o’zi   yetarli   emas.   Bunday   kurash   ularning
manfaatlari   bir-biridan   farqlanuvchi   g’oyaviy   shakl   kasb   etgan,   mafkuraviy
plyuralizm   real   voqyelikka   aylangandagina,   sodda   qilib   aytganda,   mafkuraviy
ziddiyat   mavjud   bo’lgandagina   real   xarakter   kasb   etadi.   Shundagina   mafkuraviy
jarayonlar   jamiyat   rivojlanishini   ta’minlashning   zaruriy   sharti   sifatida   o’zligini
namoyon qiladi. Kishilar, ijtimoiy guruhlarning bir-biridan farqlanuvchi ehtiyoj va
manfaatlarini   ro’yobga   chiqarish   imkoniyati   paydo   bo’ladi.   Bu,   o’z   navbatida
sosial   strukturadagi   o’rnidan   qat’i   nazar,   jamiyat   a’zolari   uchun   ijtimoiy
taraqqiyotning optimal  yo’llarini  oydinlashtirishga xizmat qiladi. Ayni paytda, bu
jarayon   yangidan-yangi   g’oyalarning   paydo   bo’lishiga,   mafkuraviy   qarashlardagi
ijobiy   va   salbiy   jihatlarning   oshkor   bo’lishiga   zamin   yaratadi,   muayyan
mafkuraviy   qoida,   tamoyillarning   qayta   ko’rib   chiqilishi,   kun   tartibidan   olib
tashlanishi hamda mavjud ijtimoiy qatlamlar ehtiyoj va manfaatlari, orzu-umidlari
va   intilishlariga   hamohang   bo’lgan   qarashlarning   yanada   rivojlanishiga   yo’l
ochadi.   Mazkur   holatlar   biron-bir   jamiyat   yoki   davlat   yangilanayotganida,   bir
bosqichdan   boshqasiga   o’tayotganida   yaqqol   namoyon   bo’ladi.   Bunday   holda
mafkuraviy kurash quyidagicha yo’nalishlarga ega bo’lishi mumkin:
 o’z umrini o’tab bo’lgan, yangi zamon talablariga javob bera olmay qolgan
mafkura,   g’oyalar   tizimi   yoki   g’oyaviy-mafkuraviy   tamoyillarga   qarshi
faoliyat;
 muayyan millat, jamiyat va davlat uchun begona hamda yot bo’lgan,chetdan
turib,   turli   maqsadlarda,   xilma-xil   vositalar   orqali   joriy   etishga   harakat
qilinayotgan   yuya   va   mafkuralarga   nisbatan   amalga   oshiriladigan   harakat,
chora-tadbirlar majmui;  asl maqsadlari xalq va jamiyatning umumiy manfaatlariga zid bo’lib qolgan
ichki   kuchlar,   konservativ   subyektlarga   xos   g’oya   va   mafkuraviy
qarashlarga qarshi kurash;
 yangi   jamiyat   va   yangi   davlat   barpo   etish,   hayotda   tub   o’zgarish   va
islohotlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan g’oyalar hamda mafkuraviy
tizim shakllanishi uchun olib boriladigan faoliyat va boshqalar.
Zamon   va   davr   nuqtai   nazaridan   uzoq   muddatni   qamrab   olishi,   istiqbolni
anglash   bilan   bog’liqligi   hamda   dialektik   xarakteri   bilan   ajralib   turadigan
mafkuraviy   kurash   muayyan   mamlakat   yoki   jamiyatning   manfaatlari   va
imkoniyatlari   bilan   belgilanadigan   ehtiyojlar   va   intilishlar   in’ikosi   sifatida
namoyon bo’ladi.
Qanday holda bo’lmasin, g’oyaviy kurash hamisha amalga oshiriladigan harakat
natijalari,   unga   erishish   yo’llarining   belgilab   olinishini   bildiradigan   faoliyat
sifatida muayyan maqsadlarda amalga oshiriladi. Ularni ro’yobga chiqarishda xil-
xil   usul  va  vositalardan   foydalaniladi.  Jumladan,   bunda  tashkiliy  omil  –  targ’ibot
va tashviqot infrastrukturasining rivojlanganlik darajasi u yoki bu tarzda g’oyaviy
ta’sirni ro’yobga chiqarishda o’ziga xos o’rinni egallaydi. Shu bilan birga, texnika
va   texnologiyalar   ham   bugungi   kunda   g’oyaviy   maqsadlarni   amalga   oshirishda
tobora muhim ahamiyat  kasb etib bormoqda. Integrasiya jarayonlari chuqurlashib
borayotgan, mamlakatlar va mintaqalar bir-biri bilan tobora mustahkam bog’lanib
borayotgan   bugungi   kunda   milliy,   diniy   va   demografik   omillar   mafkuraviy
maqsadlarni amalga oshirishning manbai sifatida namoyon bo’lmoqda.
Bulardan   tashqari   mintaqada   gegemonlikka   da’vogar   bo’lgan   mamlakat
borligini asoslash, ta’bir jomz bo’lsa, shunday davlat obrazini yaratish yo’lida ham
jiddiy   harakatlar   qilinmoqda.   Bunday   obrazlarning   yaratilishi   Yer   yuzining   turli
nuqtalarida   nizoli   vaziyatlarni,   millatlararo   va   davlatlararo   munosabatlarda
tangliklarni   yuzaga   keltirgan.   Hozirda   ham   bunday   "obrazlarning"   yaratilishi
mamlakatlarning   iqtisodiy,   ma’naviy-intellektual   salohiyati   jamiyat   taraqqiyotini
ta’minlash   o’rniga   ana   shu   "obraz"   ta’sirining   oldini   olishga   yo’naltirilmoqda.
Natijada   asosiy   maqsadga   –   muayyan   davlatni   zaiflashtirish   orqali   o’z "ittifoqchisiga"   aylantirishga   erishilmoqda.   Demak,mafkuraviy   kurash   maydonida
mafkuraviy gegemonizm mexanizmi ham ishga tushirilmoqda.
Gegemonizm  (yunon. gegemoniya — yetakchilik, boshqarish) — ijti moiy guruh,
sinf,   davlat   yoki   etnosning   boshqa   guruhlar,   sinflar,   davlat   va   etnoslar   ustidan
yetakchilikka   da’vo   qilishi.   Ijtimoiy- siyosiy   ta’limotlar   tarixida   gegemoniyaga
turlicha   yondashuvlar   bo’lgan.   Qadimgi   yunonlar   va   rimliklar   o’zlarini   madaniyatli
odam   hisoblash gan   va   boshqa   barcha   xalqlarni,   shu   jumladan,   Yevropa   xalqlarini
ham   varvarlar,   ya’ni   yovvoyilar   deb   hisoblashgan.   Bunday   yondashuv,   tabi iyki,
yunonlar va rimliklarning dunyoda gegemonlikka da’vo qilishi ga olib kelgan.
Marks va Leninning siyosiy nazariyasida asosiy o’rin proletariat gegemonligiga
ajratilgan   edi.   Ularning   fikriga   ko’ra,   barcha   quyi   sinflar,   qatlam   va   guruhlarning
sosialistik   inqilob   yo’lidagi   it tifoqiga   proletariat   yetakchilik   qilishi   lozim.
Mamlakatlarning XX   asr davomida va XXI asr boshlaridagi rivojlanishi proletariat
gegemoniyasi   to’g’risidagi   ta’limot   o’rinsiz   ekanini   ko’rsatdi.   Har   bir   muayyan
mamlakatning   ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyot   darajasiga,   uning   ijtimoiy   tuzilmasi
xususiyatlariga bog’liq ravishda turli  ijtimoiy qatlam va guruhlar boshqa guruh va
qatlamlarga ma’lum  davr davomida yetakchilik qilishi mumkin.
XX   asr   o’rtalarida   jahon   siyosiy   xaritasida   ikki   qutblilik   vujudga   kelgach,
AQSh   va   sobiq   Sovet   Ittifoqi   gegemonlikka   da’vo   qila   boshladi.   Sobiq   Ittifoq
parchalanib ketgach,  siyosiy   maydonda   ko’p qutblilik vujudga keldi. Biroq AQSh
dunyoga gegemonlik qilish  da’vosidan qaytmadi.
Umumjahon   miqyosida   gegemonlikka   da’vo   qiladigan   davlatlardan   tashqari
mintaqaviy   gegemonlikka   da’vo   qiluvchi   davlatlar   ham   bor.   Ular   o’z
mintaqalaridagi   davlatlarga   siyosiy,   iqtisodiy   va   ma daniy   jihatdan   ta’sir
o’tkazmoqchi bo’ladi.  
Biron-bir   g’oya   yoki   mafkura   muayyan   xalq,   hudud   va   ja miyat   hayotida   yakka
hukmron   bo’lib   tursa,   gegemoniya   tushun chasini   g’oya   va   mafkura   atamalariga
nisbatan   ham   qo’llash   mumkin.   Shunga   ko’ra   m afkuraviy     gegemonizm     deb
muayyan ijtimoiy guruh, qatlam,   millat, davlat hayotida yakka hukmron bo’lgan g’oya   va   mafkuraning   boshqalar     ustidan   hukmronlik   qili shini   ifodalovchi
nazariya va amaliyot hatti-harakatlar tizimiga aytiladi.
   Muayyan g’oya yoki  mafkuraga ishonish yo ishonmaslik har  bir insonning shaxsiy
ishi. Gegemonlikka intiluvchi g’oya  va mafkura jamiyatdagi vaziyatdan foydalanib,
kuch   ishla tish,   zo’ravonlik   yoki   boshqa   bir   noqonuniy   xatti-harakat   bilan
gegemon bo’lib olishga urinishi mumkin. Bunday uri- nishlarni o’z vaqtida payqab
olish   hamma   vaqt   ham   oson   bo’lmagan.   XX   asrning   30-yillarida   Germaniyada
fashizm   hukmron   mavqyeni   egallab,   nafaqat   nemis   xalqi,   balki   dunyodagi
millionlab   kishilarning   boshiga   cheksiz   kulfatlar   keltirgani   bunga   misol   bo’la
oladi.   Kommunizm   g’oyasi   ham   dunyodagi   ko’plab   xalklar   ongini   zaxarlab,
ijtimoiy taraqqiyotning sekinlashuviga sabab bo’ldi.
   Hozirgi  kunda  ham  mafkuraviy gegemonlikka intilayotgan mafkuralar  ko’pdir.
Masalan,   buyuk   davlatchilik   shovinizmi,   neofashizm,   panamerkanizm   va
boshqalar.   Ularning   barchsasi   ochiq   yoki   yopiq   tarzda   mafkuraviy   tajovuz   bilan
shug’ullanmoqdalar.
Mafkuraviy   tajovuz   -   muayyan   millat,   jami yat,   davlatning   tinchligi   va
barqarorligiga   qarshi   qara tilgan,   siyosiy   va   konstitusion   tuzumni   zaiflashtirish   va
buzishga   yo’naltirilgan,   fuqaro   va   jamiyat   xavfsizli giga   taxdid   soluvchi   g’oyaviy-
nazariy qarashlar va unga asos langan amaliyot majmui hisoblanadi.
Mafkuraviy   tajovuz   yovuz   kuchlar   va   har   xil   markazlar   tomonidan   biron-bir
mamlakatga nisbatan ichkaridan yoki tashqaridan turib bevosita amalga oshiriladigan
g’oyaviy   buzg’unchilikning   bir   shaklidir.   Ular   o’z   jirkanch   maqsad lariga   erishish
uchun har qanday usullardan, odamlarning diniy, milliy hissiyotlari, hayotda mavjud
bo’lgan   ijti- moiyiqtisodiy   qiyinchiliklardan,   shuningdek   zamona viy   texnika,
telekommunikasiya vositalaridan ustalik  bilan foydalanishga harakat qiladilar.
Bugungi   kunda   mafkuraviy   tajovuz   deganda,   aholining   ma’lum   bir   qatlamlari,
ayniqsa, yoshlarning qarashlari ni o’zlariga ma’qul bo’lgan yo’nalishda o’zgartirish,
buz g’unchi   g’oyalar,   diniy   ekstremizm,   axloqsizlik   g’oyalarini   singdirish   kabi
g’arazli   maqsadlar   tushuniladi.   Bunday   ta jovuz   fuqarolarni   qonuniy   hokimiyat
organlari faoli yatiga xalaqit qilish, zo’ravonlik xatti-harakatlarini  amalga oshirishga undash   yoki   ularni   konstitusiyada   ko’zda   tutilmagan   boshqa   tuzilmalar   bilan
almashtirishga chaqi- rishda namoyon bo’lmoqda.
Axborot   xurujiga   qarshi   kurashda   axborot   xavfsizligini   ta’minlashning
zarurati va ahamiyati.
  O’zbek   xalqining   mustaqilligiga,uning   mustaqil   taraqqiyot   yillarida
erishayotgan   yutuqlariga   qarshi   g’arimlarimiz   tomonidan   muntazam   ravishda
axborot xurujlari olib borilmoqda. Xo’sh, axborot xuruji nima?  Axborot xuruji  bu
o’zbek   xalqining   ichki   va   tashqi   g’animlari   tomonidan   atayin   uning   ijtimoiy-
iqtisodiy,siyosiy-huquqiy,ma’naviy   madaniy   hayotida   yuz   berayotgan   ijobiy
o’zgarishlar, islohotlar natijasida erishilgan marralar, ba’zida yo’l qo’yilgan xato
va kamchilliklar haqida axborot kommunikasiyalari, internet va boshqa ommaviy
axborot   vositalari   orqali   ishonchsiz,   yolg’on,   o’ydirma,   odamlarning   ongini
zaharlaydigan   har   xil   ma’lumotlarni   tarqatishidan   boshqa   narsa   emas.   Shunday
o’ta   bema’ni   axborotlarning   oldini   olish   uchun   ham   axborot   xavfsizligini
ta’minlash   zarur.   Demak,   o’zbek   xalqining   qo’lga   kiritgan   mustaqilligini
mustahkamlash   va   rivojlantirishda     axborot   xavfsizligini   ta’minlashning   o’rni
beqiyosdir.
      Xo’sh,   axborot   o’zi   nima?     Axborot   arabcha   «xabar»   so’zidan   olingan   bo’lib,
«darak»,   «ma’lumot»,«ovoza»   degan   ma’nolarni   anglatadi 3
.   Shu   tariqa   bugungi
kunda   axborot   deganda   biror   kimsa,narsa   yoki   hodisa   haqida     darak,ma’lumot
berish,   bildirish,uni   muayan   vositalar   orqali   yetkazish   yoki   ovoza   qilish
tushuniladi. Falsafiy jihatdan axborotlarni     o’zining aks ettirish   obyektiga   ko’ra:
birinchidan, tabiat     (koinot,yer-suv,   tuproq,   o’simlik,   hayvonot   va   boshqalar);
ikkinchidan, jamiyat  (odamlar,jamoat  birlashmalari, davlatlar,  ularning  tuzilishlari,
iqtisodiy,   siyosiy,   ma’naviy-ma’rifiy   faoliyatlari);   uchinchidan ,   inson   faoliyati
(jismoiniy va aqliy salohiyati, salomatligi, ongi  va tafakkuri,mentaliteti, moyilligi
va boshqalar) haqida batafsil ma’lumotlarni yetkazib beruvchi guruhlarga  ajratish
mumkin.   Bu   bilan   ularni   tasniflash   muammosi   tugamaydi.   Darvoqye,   mavjud
3
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати.4.Ж.- Т.:.«Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти,2008.- Б.370. olamda yuz berayotgan hodisa, voqyea, jarayonlar  qanchalik tez va izchil kechsa,
ular  haqidagi  informasiyalar  oqimi ham shunchalik  ko’p  va  xilma-xil bo’ladi. 
         Bugungi  kundagi axborotlarni o’zining   subyektiga   ko’ra uchta katta guruhga
ajratish mumkin.  Bunda:  birinchi guruhga  axborotlarni o’zida miqdoriy va sifatiy
jihatdan aks ettirgan holda saqlovchi,qayta ishlovchi va uzatuvchi texnologiyalarga
asoslangan   vositalar   –   oddiy   aloqa   tarmoqlaridan   tortib   bugungi   kundagi
murakkab   texnologiya   asosiga   qurilgan   ixcham   va   qulay   har   xil   turdagi   katta   va
kichik  qurilmalargacha    bo’lgan    vositalarni  o’z  ichiga  oluvchi;   ikkinchi  guruhga
ularning   ijodkori     bo’lgan   intelektual   aql   sohiblarini;   uchinchi   guruhga   ulardan
foydalanuvchi  shaxs,jamoa va boshqa turli xildagi birlashmalarni kiritish mumkin.
            O’zbekistonning   mustaqilligini     mustahkamlovchi     va     rivojlanishini
ta’minlovchi  axborotlarni   mustaqillikning shakllari  bo’yicha quyidagi: 
          1)   iqtisodiy   mustaqilligini   mustahkamlashga   xizmat   qiluvchi,ya’ni   mehnat
jamoalarining     sanoat,qishloq   xo’jaligi,ilm-fan   sohasida   erishgan     yutuqlari
borasidagi;
          2)   siyosiy   mustaqilligini   mustahkamlashga   xizmat   qiluvchi,ya’ni   davlat
hokimiyatining   tuzilishi,   ularda   xizmat   qiluvchilar   soni,   kasb-kori,   funksional
vazifalari,   rejalashtirilayotgan   ishlari,   ayniqsa,   huquqni   muhofaza   qiluvchi
organlar, qurolli kuchlarning tarkibi, qurol-yoroqlari va boshqalar  haqidagi;
     3)  ma’naviy mustaqilligini  mustahkamlashga xizmat qiluvchi,ya’ni  fuqarolarga
ta’lim-tarbiya   berish,   ularni   vatanparvarlik   ruhida   tarbiyalash,   g’oyaviy-
mafkuraviy kurash yo’llari va vositalari, o’tkazilishi ko’zda tutilayotgan ma’naviy-
ma’rifiy   tadbirlar,ularning   ishtirokchilari   to’g’risidagi     ma’lumotlar   kabilarni   o’z
ichiga oluvchi tizimlarga ajratgan holda  tasniflash   maqsadga muvofiqdir.
  Falsafa   ilmining   umumiylik,   xususiylik,   alohidalik   kategoriyalarining
metodologik   ahamiyatidan   kelib   chiqqan   holda   mazkur   axborotlarni   ishlatilish
o’rniga   qarab   umumiy,   xususiy   va   alohida   axborotlar   tizimiga   ajratish   kerak
bo’ladi.  Bundagi: a)   umumiy     axborotlarga     O’zbekistonning   geografik   joylashuvi,tabiati,   davlat
tuzilishi,pul birligi,tarixiy rivojlanish bosqichlari, qadriyatlari,ta’lim-tarbiya tizimi,
aholining salomatlik darajalari  haqida butun jahon ahli; 
b)   xususiy   axborotlarga   sanoat,qishloq   xo’jaligi   va   boshqa   ishlab
chiqarilayotgan   mahsulotlar,   ularni   iste’mol   qilish,   taqsimlash,   ayirboshlash,
xorijiy   davlatlar   bilan   tuzilgan   ikki   va   ko’p   tomonlama   shartnomalar   haqida
alohida mehnat jamoalari, tuman, viloyat aholisi, ba’zi  bir davlatlar;
v )   alohida   axborotlarga   davlat   va   mehnat   jamoalarining     o’ziga   xos
xususiyatlaridan   kelib   chiqqan   holda   ularning   ishlab   chiqarish   faoliyati,mehnat
qilish tartibi,xizmat vazifalarini bajarish borasidagi  sir-asrorlarini  tashkil etuvchi,
oshkor   qilinganligi   uchun   qonunda   belgilangan   tartibda   jazolanishi   muqarrar
bo’lgan,shu tufayli alohida kishilar  bilishiga  mo’ljallangan  axborotlar  kiradi.
  XXI   asrga   kelib   bu   tushunchaning   mazmuni   o’zgacha   ma’no   kasb   eta
boshladi.Uning   bugungi   kundagi   o’rni   haqida   I.A.Karimov   ta’kidlaganidek:
«Xavfsizlik   –   uzluksiz   holatdir,hadsiz-hududsizdir...   Har   bir   mintaqada
xavfsizlikni ta’minlash muammolari muayan mohiyatga ega. Har bir mintaqaning
o’z xususiyatlari,o’z tahdid manbalari va xavfsizlikni saqlash omillari bor» 4
. 
Yuqorida   keltirilgan   «axborot»   va   «xavfsizlik»   tushunchalarining   qisqacha
falsafiy   tahlillaridan   kelib   chiqqan   holda   «axborot   xavfsizligi»   tushunchasiga
quyidagicha  falsafiy  ta’rif  berish  mumkin.
Axborot  xavfsizligi   bu – muayan shaxs, oila, ijtimoiy guruh, mehnat va xizmat
jamoasi,   davlat   va   jamiyatning   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy-huquqiy,   ma’naviy-
madaniy omillar asosida xavf-xatarsiz tarzda normal  faoliyat olib borishlari uchun
zarur   bo’lgan   informasiyalarni   o’rnatilgan   tartibda     saqlash   va   yetkazib   berish
tizimidir.
O’zbekiston  mustaqilligini  mustahkamlash  va rivojlantirishga xizmat qiluvchi
axborot  xavfsizligini ta’minlash tizimiga: 
1)   O’zbekistonning   bevosida   mustaqilligini   saqlashga   qaratilgan,ya’ni
o’zbeklarning tarixiy makon va zamondagi o’rnini inkor qiluvchi yoki bu haqdagi
4
КаримовИ.А. Ўзбекистон   ХХ1   аср   бўсағасида:хавфсизликка   таҳдид,барқарорлик   шартлари   ва   тараққиёт   кафолатлари// Унинг
ўзи :Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида.Т.6.- Ўзбекистон,1998.- Б.37. tarixiy   dalillarni   soxtalashtirib,ularni   buzib   jahon   afgor   ommasiga   yetkazishga
urinuvchi   soxta   informasiyalar   oqimidan   himoyalanishni   o’z   ichiga   oluvchi
haqqoniy ma’lumotlar tizimini muntazam ravishda ishga solish; 
2)   globallashuv   sharoitida   O’zbekistonning   iqtisodiyot   sohasidagi   erishayotgan
yutuqlariga rahna soluvchi  har xil informasion xurujlarning oldini olish va ularga
ishonchli   ma’lumotlar   orqali   qaqshatg’ich   zarba   berish,ya’ni   bugungi   kundagi
jahon-moliyaviy   inqirozi   sharoitida   mamlakatimida   yuz   berayotgan   iqtisodiy
barqarorlik,qolaversa,   iqtisodiy   o’sishning   sabablarini   tushuntirib   berishni
ta’minlash, ularni soxtalashtirib yoki eng rivojlangan mamlakatlar bilan qiyoslash
orqali   «o’zbek   modeli»ning   obro’sini   tushurishga   intilayotgan   g’animlarga   qarshi
informasion hujumni uyushtirish;
3)   O’zbekistonning   siyosiy   tizimini   yanada   mustahkamlash   va   rivojlantirishga,
ya’ni   mamlakatimizning     siyosiy   –   huquqiy   hayotini   liberallashtirishga,
O’zbekistonda   «demokratiya»   yo’q   deb,   butun   dunyoga   jar   solayotgan
“siyosatchi”larning  g’oyaviy xurujlari  va amaliy xatti-harakatlarining oldini olish
va ularni badnom etish; 
4)   O’zbekistonda   yashovchi   aholining   64%   ni   tashkil   etuvchi   yoshlarni
mustaqillik g’oyasi ruhida tarbiyalash,ularning ongiga milliy mafkuraning bosh va
asosiy   g’oyalarini   singdirishga   qaratilgan,ya’ni   yoshlarning   ma’naviyatini
yuksaltirish,har   xil   mafkuraviy   xurujlarga   qarshi     immunitetini   shakllantirish,
«ommaviy madaniyat» unsurlari orqali  ko’zga ko’rinmas darajada o’tkazilayotgan
ta’sirlar doirasiga tushib qolmaslik uchun olib borilayotgan axborotlar xavfsizligini
ta’minlash ishlarini kiritish mumkin.
Axborot   xavfsizligining   yuqorida   bayon   qilingan   tizimi   fuqarolarning   axborot
erkinligini   cheklamaydi,   balki   ularning   bu   sohadagi   konstitusiyaviy     huquq   va
erkinliklarini   amalga   oshirishga   xizmat   qiladi.   O’zbekiston     Respublikasining
Prezidenti   I.A.Karimov     ta’kidlaganidek:   «   Fuqarolarning   axborot   sohasidagi
huquq va erkinliklarini ta’minlash  masalasi  insonning axborot  olish, axborotni  va
o’z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o’zida mujassam etgan bo’lib, bu O’zbekistonda   demokratik   jamiyat   asoslarini   barpo   etishning   muhim   sharti,ta’bir
joiz bo’lsa,tamal toshi hisoblanadi» 5
.
        Axborot   va   in’ikos   jarayonining   dialektik   aloqadorligi   masalasidagi   yana   bir
jihat   bu   axborotlarda     in’ikos   ettirilgan   ma’lumotlarning   xavfsizligini   ta’minlash
muammosidir.   Bu   xususda   I.A.Karimov:«Ayni   paytda   jahon   miqyosida
axborotlashtirish   jarayonlari   tobora   globallashib,   bu   boradagi   raqobat   kuchayib
borayotgan,axborot   nainki   tovar,balki   kuchli   mafkuraviy   qurolga   aylanayotgan
hozirgi   shiddatli   zamonda   hayotning   o’zi,O’zbekiston     milliy     manfaatlarini
hisobga     olgan     holda,bu   yo’nalishda   yangi-yangi   vazifalarni   oldimizga   keskin
qilib qo’ymoqda» 6
,-  degan  edi. Demak, axborot  va uning xavfsizligini  ta’minlash
muammosini hal etishda quyidagilarga asosiy e’tibor qaratilishi muhim.
     1. Axborotlarning miqdoriy jihatdan xavfsizligini,ya’ni narsa, voqyea, hodisalar
haqida to’liq bo’lmagan ma’lumotlarni statistik va nostatistik yo’llar  bilan to’plash
asosida   noaniqliklarni   yo’q   qilish   va   shu   asosda   to’liq   ishonchli     bo’lgan
axborotlarga   ega   bo’lish,ularni   saqlash   va   uzatish   ishlarini   amalga   oshirishni
ta’minlash.   Bu   masaladagi   har   qanday   miqdoriy   noaniqlik   axborot   obyekti   va
subyektiga xavf tug’dirishi tabiiydir.
    2.   Axborotlarning   sifatiy   jihatdan   xavfsizligini   ta’minlash.   Ma’lumki,   hozirgi
kunda   axborotlarni   tasniflashning   bir   necha,     masalan,   gnoseologik   belgisi
bo’yicha–obyektiv va subyektiv; pragmatik belgisi bo’yicha - potensial va aktual;
obyektivlik farqi bo’yicha - tabiat(tirik va notirik),jamiyat va texnikaga oid turlari
mavjuddir. Bular ichida biologik va ijtimoiy sohaga oid axborotlar sifatiy jihatdan
o’ta   pishiq   bo’lishni   talab   etadi.   Axborotlarning   sifatiy   jihatdan   pishiqligi
jamiyatda   barqarorlikni   ta’minlash   garovi   hisoblanadi.Shuning   uchun   ham   bu
sohada   olingan   har   bir   ma’lumot   qayta-qayta   tekshirib   qo’rishni   talab   etadi.
Shunda ma’lumot  pishadi  va axborot pishiqlik xususiyatiga ega bo’ladi. Pishiqlik
5
  Каримов И.А.   Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини
ривожлантириш   концепцияси// Унинг   ўзи: Демократик   ислоҳотларни   янада   чуқурлаштириш   ва   фуқаролик
жамиятини  шакллантириш - мамлакатимиз  тараққиётининг асосий  мезонидир.Т.19. - Т.:Ўзбекистон,2011. -
Б.71.
6
  Каримов   И.А.   Тошкент   ахборот   технологиялари   университетининг   профессор-ўқитувчилари   ва
талабаларига,   бутун   жамоасига// Унинг   ўзи:   Инсон,   унинг   ҳуқуқ   ва   эркинликлари   –   олий   қадрият.   Т.14.-
Т.:Ўзбекистон,2006. –Б.53-54. har  bir  narsaning sifatiy xususiyati  hisoblanadi.Uni  inkor  etish  qiyin bo’ladi. Shu
nuqtai nazardan qaraganda g’oyaviy tarbiya sohasida ishlatayotgan axborotlarimiz
o’ta   pishiq   bo’lishni   talab   etadi.«Pishmagan   osh,qorinni   og’ritadi»   deganlaridek,
pishiqlikka   ega   bo’lmagan     har   qanday   axborot     milliy     xavsizligimizga   tahdid
soladi.
     3. Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining kelgusidagi istiqbollarini belgilashda
axborotlar   xavfsizlikni   ta’minlash   masalasi   ham   muhimdir.   Bunda   faqat
axborotlarning   miqdoriy   va   sifatiy   ko’rsatgichlari   emas,balki,ularning   hajmi   va
mazmuni,   sabab   va   oqibatlari,   mantiqiy   xulosalar   chiqarish   usullari   ham   hisobga
olinishi zarur.
      4.   Davlatni     boshqarishda   ijtimoiy,ya’ni   aholi   sonining   o’sish   sur’atlari,   ishlab
chiqarish,   ta’minot,   iste’mol   va   taqsimot,   tadbirkorlik,   ijtimoiy   himoya,
jinoyatchilik,millatlar   o’rtasidagi   munosabatlar,diniy   e’tiqod   masalalariga   oid
axborotlar   xavfsizligini   ta’minlash   o’ta   muhim   ahamiyat   kasb   etadigan
masaladir.Mafkuraviy ong va immunitetni shakllantirishning tamal toshi ham   ana
shu   haqidagi     axborotlarning   mag’zida   joylashgandir.   Chunki,   inson   ijtimoiy
mavjudod,   uni   ijtimoiylikdan     begonalashtirish,undagi   hayvoniy   sifatlarning
o’sishiga   yo’l   qo’yib   berish   demakdir.Hayvoniy   sifat   esa
buzg’unchilik,vayrongarchilik qilishning manbaidir.
  Shu   tariqa,   axborot   xavfsizligini   ta’minlan   bu   –   g’animlarimiz   tomonidan
mamlakatimizga   nisbatan   qilinayotgan   axborot   xurujlarining   oldini   olish   hamda
ularga nisbatan milliy axborot vositalarimiz orqali qarshi qaqshatqich zarba berish
demakdir. Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati
1.     Mirziyoyev   SH.M.   Milliy   taraqqiyot     yo’limizni   qat’iyat   bilan   davom   ettirib,
yangi bosqichga ko’taramiz. 1-jild, Toshkent,”O’zbekiston”, 2017 yil.
2.   Mirziyoyev   SH.M.   Erkin   va   farovon   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O’zbekiston”, 2017 yil.
3.   Mirziyoyev   SH.M.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   SHavkat
Mirziyoyevning   Oliy   Majlisga   murojaatnomasi.   “Xalq   so’zi”   gazetasi,   2017   yil,
23-dekabr, 2-bet.
4.  Mirziyoyev SH.M. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni
yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. “Xalq so’zi” gazetasi, 2017
yil, 8-dekabr, 1-3 betlar. 
5.   Mirziyoyev   SH.M.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O’zbekiston
Respublikasini  yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi
farmoni. Toshkent, “Adolat”, 2018 yil.
6.     Mirziyoyev   SH.M.     Buyuk   kelajagimizni   mard   va   oliyjanob   xalqimiz   bilan
birga quramiz. T., O’zbekiston, 2017 yil.
7.     Mirziyoyev SH.M.   Qonun ustuvorligi   va inson manfaatlarini ta’minlash yurt
taraqqiyoti va xalq  farovonligining garovi. T., O’zbekiston, 2017 yil.
8.   Karimov I.A. Asarlar to’plami. 1-23 jildlar. -T.:“O’zbekiston”, 1996-2015 y.y.
9.   Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.:“Ma’naviyat”, 2008.
10. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. –T.:“O’zbekiston”, 2010. 
11.Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.:“O’zbekiston”,
2011.

Mafkuraviy kurash va uning asosiy yo’nalishlari. Reja. 1. Mafkuraviy kurash va uning asosiy yo’nalishlari. 2. Mafkuraviy gegemonizm - mafkuraviy tajovuzni amalga oshirish tayanchi.

Jamiyat taraqqiyotining hozirgi davrida ro’y berayotgan mafkuraviy jarayonlar inson ongi, qalbi xilma-xil usullarda olib boriladigan g’oyaviy targ’ibot va tashviqotning asosiy obyekti hamda maqsadiga aylanganini ko’rsatmoqda. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek , "Bugungi kunda insoniyat qo’lida mavjud bo’lgan qurol yarog’lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf – insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar ko’p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hyech qachon unutmaslik lozim" 1 . Masalaning mohiyatini tushunish uchun g’oya va ong munosabatiga daxldor bo’lgan quyidagi holatlarga e’tibor berish zarur. Muayyan g’oya inson tomonidan qabul qilinmasligi yoki u shaxs ongida faqat muayyan axborot sifatida saqlanib qolishi mumkin. Birinchi holatda g’oya inson ongida hyech qanday iz qoldirmasa , ikkinchisida g’oya shaxs uchun ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lmaydi. Inson ongi va qalbi uchun kurash, degan fikrda g’oya va ong munosabati sharqona falsafiy tafakkur asosida ifodalab berilgan. G’oya faqatgina inson ongi orqali uning qalbini egallagan, inson ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangandagina harakatga da’vat etuvchi, rag’batlantiruvchi kuchga, faoliyat uchun qo’llanmaga aylanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda ushbu tamoyil mafkuraviy kurashning o’zagini tashkil etmoqda. Mafkuraviy kurash bu turli g’oyaviy qarashlar, yondashuvlar, xilma-xil maslak va maqsadlarga ega ijtimoiy subyektlar o’rtasida yuzaga keladigan, qarama-qarshilikka asoslangan munosabatlar demakdir. U yangi, shakllanayotgan g’oyalar bilan o’z «vazifasini» bajarib bo’lgan mafkura yoki uning qoldiqlari o’rtasidagi munosabat shaklida ham sodir bo’lishi mumkin. Shu bilan birga, mafkuraviy kurash muayyan g’oyalarni singdirish yoki ximoya qilish jarayonini 1 Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси – халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир// Унинг ўзи. Озод ва обод Ватан,эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Т.8. –Т.: Ўзбекистон, 2000. - Б.491.

ham anglatadi. Mafkuraviy kurashni muxolif mafkuraviy qarashlarning har qanday ko’rinishini yo’q qilishga, g’oyaviy plyuralizmni bartaraf qilishga qaratilgan harakatlar – mafkuraviy konfrontasiyadan (fran. – qarama-qarshi qo’yish) farqlash kerak. Mafkuraviy konfrontasiya aksariyat hollarda g’oyaviy sohada mutlaq ustuvor bo’lib kelgan qarashlar tizimi barbod bo’lgan, kishilar ko’p yillar davomida shakllanib kelgan hayotiy mo’ljallarini yo’qotib qo’ygan, sodda qilib aytganda, mafkuraviy beqarorlik vaziyatining hosilasi hisoblanadi 2 . Bunday beqarorlik holati keskin ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, xususan, bir tuzumdan boshqasiga o’tish davri, muayyan hollarda tashqi ta’sir, masalan, xalqaro maydonda yakkalanib qolish yoki harbiy harakatlar, o’zaro urushlarda yengilish oqibatida yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat natijasi ham bo’lishi mumkin. Bir so’z bilan aytganda, mafkuraviy beqarorlik jamiyatdagi mavjud mafkuraviy muvozanat buzilgan, ammo yangisi qaror topmagan vaziyatdagi g’oyaviy o’zgaruvchan holat hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti bunday hollarda g’oyaviy antagonizmga asoslanadigan mafkuraviy konfrontasiya yuzaga kelishi uchun real shart-sharoit paydo bo’lishini ko’rsatadi. Bunday antagonizm muayyan jamiyat (davlat) doirasidagi hamda mamlakatlararo darajadagi ziddiyatlarning keskin xarakter kasb etishining in’ikosi hisoblanadi. Mafkuraviy konfrontasiya vayronkor xarakterga ega bo’ladi, unda dushman deb hisoblangan mafkura(lar)ni yo’qotishga alohida e’tibor beriladi. Bunday paytda o’z davriga nisbatan yashovchan, kishilar ruhiyati, orzu - umidlari bilan bog’liq mayllarni to’g’ri va aniq ifodalagan mafkura g’olib bo’ladi. Bunday mafkura mohiyatan hamma vaqt ham progressiv xarakterga ega bo’lmasligi mumkin. Fashistlar Germaniyasida nasional sosializm, sho’rolar davrida bolshevizmning muxolif g’oyaviy qarashlar,ularning sohiblari va tarafdorlarini yo’q qilish yo’lida olib borgan g’ayriinsoniy harakatlari buning isboti bo’la oladi. O’zgacha g’oyaviy qarashlar va yondashuvlarga ashaddiy dushmanlik ko’zi bilan qaraladigan, jamiyat taraqqiyotining yagona va eng oqil yo’lini ko’rsatishga 2 Очилдиев А. Глобаллашув ва мафкуравий жараёнлар. - Т.: «Муҳаррар» нашриёти, 2009. -Б.15-16.

da’vo qiladigan hamda kishilarda g’oyaviy indifferentlik ruhiyatining qaror topishiga xizmat qiladigan mafkura yakkahokimligi sharoitida mafkuraviy kurash haqida gapirish mumkin emas. Mafkuraviy kurashning manbaini o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra, bir-biridan farqlanuvchi turli g’oyaviy qarashlar sohiblari,ularning manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar tashkil etadi. Ammo, mafkuraviy kurash sodir bo’lishi uchun turli ijtimoiy subyektlar mavjudligining o’zi yetarli emas. Bunday kurash ularning manfaatlari bir-biridan farqlanuvchi g’oyaviy shakl kasb etgan, mafkuraviy plyuralizm real voqyelikka aylangandagina, sodda qilib aytganda, mafkuraviy ziddiyat mavjud bo’lgandagina real xarakter kasb etadi. Shundagina mafkuraviy jarayonlar jamiyat rivojlanishini ta’minlashning zaruriy sharti sifatida o’zligini namoyon qiladi. Kishilar, ijtimoiy guruhlarning bir-biridan farqlanuvchi ehtiyoj va manfaatlarini ro’yobga chiqarish imkoniyati paydo bo’ladi. Bu, o’z navbatida sosial strukturadagi o’rnidan qat’i nazar, jamiyat a’zolari uchun ijtimoiy taraqqiyotning optimal yo’llarini oydinlashtirishga xizmat qiladi. Ayni paytda, bu jarayon yangidan-yangi g’oyalarning paydo bo’lishiga, mafkuraviy qarashlardagi ijobiy va salbiy jihatlarning oshkor bo’lishiga zamin yaratadi, muayyan mafkuraviy qoida, tamoyillarning qayta ko’rib chiqilishi, kun tartibidan olib tashlanishi hamda mavjud ijtimoiy qatlamlar ehtiyoj va manfaatlari, orzu-umidlari va intilishlariga hamohang bo’lgan qarashlarning yanada rivojlanishiga yo’l ochadi. Mazkur holatlar biron-bir jamiyat yoki davlat yangilanayotganida, bir bosqichdan boshqasiga o’tayotganida yaqqol namoyon bo’ladi. Bunday holda mafkuraviy kurash quyidagicha yo’nalishlarga ega bo’lishi mumkin:  o’z umrini o’tab bo’lgan, yangi zamon talablariga javob bera olmay qolgan mafkura, g’oyalar tizimi yoki g’oyaviy-mafkuraviy tamoyillarga qarshi faoliyat;  muayyan millat, jamiyat va davlat uchun begona hamda yot bo’lgan,chetdan turib, turli maqsadlarda, xilma-xil vositalar orqali joriy etishga harakat qilinayotgan yuya va mafkuralarga nisbatan amalga oshiriladigan harakat, chora-tadbirlar majmui;

 asl maqsadlari xalq va jamiyatning umumiy manfaatlariga zid bo’lib qolgan ichki kuchlar, konservativ subyektlarga xos g’oya va mafkuraviy qarashlarga qarshi kurash;  yangi jamiyat va yangi davlat barpo etish, hayotda tub o’zgarish va islohotlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan g’oyalar hamda mafkuraviy tizim shakllanishi uchun olib boriladigan faoliyat va boshqalar. Zamon va davr nuqtai nazaridan uzoq muddatni qamrab olishi, istiqbolni anglash bilan bog’liqligi hamda dialektik xarakteri bilan ajralib turadigan mafkuraviy kurash muayyan mamlakat yoki jamiyatning manfaatlari va imkoniyatlari bilan belgilanadigan ehtiyojlar va intilishlar in’ikosi sifatida namoyon bo’ladi. Qanday holda bo’lmasin, g’oyaviy kurash hamisha amalga oshiriladigan harakat natijalari, unga erishish yo’llarining belgilab olinishini bildiradigan faoliyat sifatida muayyan maqsadlarda amalga oshiriladi. Ularni ro’yobga chiqarishda xil- xil usul va vositalardan foydalaniladi. Jumladan, bunda tashkiliy omil – targ’ibot va tashviqot infrastrukturasining rivojlanganlik darajasi u yoki bu tarzda g’oyaviy ta’sirni ro’yobga chiqarishda o’ziga xos o’rinni egallaydi. Shu bilan birga, texnika va texnologiyalar ham bugungi kunda g’oyaviy maqsadlarni amalga oshirishda tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Integrasiya jarayonlari chuqurlashib borayotgan, mamlakatlar va mintaqalar bir-biri bilan tobora mustahkam bog’lanib borayotgan bugungi kunda milliy, diniy va demografik omillar mafkuraviy maqsadlarni amalga oshirishning manbai sifatida namoyon bo’lmoqda. Bulardan tashqari mintaqada gegemonlikka da’vogar bo’lgan mamlakat borligini asoslash, ta’bir jomz bo’lsa, shunday davlat obrazini yaratish yo’lida ham jiddiy harakatlar qilinmoqda. Bunday obrazlarning yaratilishi Yer yuzining turli nuqtalarida nizoli vaziyatlarni, millatlararo va davlatlararo munosabatlarda tangliklarni yuzaga keltirgan. Hozirda ham bunday "obrazlarning" yaratilishi mamlakatlarning iqtisodiy, ma’naviy-intellektual salohiyati jamiyat taraqqiyotini ta’minlash o’rniga ana shu "obraz" ta’sirining oldini olishga yo’naltirilmoqda. Natijada asosiy maqsadga – muayyan davlatni zaiflashtirish orqali o’z