logo

O‘zbek antroponimikasi va uning asosiy muammolari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

23.38671875 KB
   O‘zbek antroponimikasi  va uning asosiy  m uammolari
Reja:
1. O‘zbek antroponimikasi  va uning  o‘rganilish darajasi.
2. O‘zbek antroponimikasi  va uning asosiy muammolari haqida.
3.  Ism, ota ism, familiya, laqab, taxallus, ularning o‘zaro munosabati. ONOMASTIK   KO‘LAM   TUSHUNCHASI   HAQIDA .   Ma’lumki,   bizni   o‘rab
olgan borliq, moddiy olam nihoyatda murakkab, boy, serqirra, rang-barang bo‘lib,
uni   tashkil   qilgan   narsa   va   hodisalar   mohiyati,   holati,   shakli,   ko‘rinishi   va
vazifasiga   ko‘ra   bir-biridan   farqlanadi.   “Turdosh   ot”   termini   bilan   yuritiluvchi
so‘zlar   mana   shu   xususiyatlardan   bir   qisminigina,   ot   kategoriyasigi
kiruvchilarnigina   ifodalashga   xizmat   qiladi.   Kishilar   o‘zlari   yashab   turgan
hududdagi daryolar, ko‘llar, buloqlarni va ularni tashkil etuvchi har bir daryo, har
bir ko‘l, har bir buloqni bir-biridan farqlash uchun ularni   alohida-alohida nomlar
bilan atagan. Masalan:   Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Nil, Oyko‘l, Baykal ko‘li,
Toshbuloq,   Qo‘tirbuloq,   Marjonbuloq,   Zirabuloq     kabilar.     Bundan   ko‘rinadiki,
atoqli   otlar   narsa   va   hodisalarni,   ob’ektlarni   yakkalab,   donalab   atash   zaruriyati
tufayli   yuzaga   keladi.   Bunday   zaruriyat   bo‘lmaganda   esa   kishilar   muloqot
jarayonida   ularga   berilgan   umumiy   nomdan   foydalanish   bilan   kifoyalanishadi.
Masalan:   Mamlakatimizda   daryolar   ko‘p.   Bizning   viloyatimizda   ko‘llar,   buloqlar
anchagina bor  kabi. 
  Shuni   unutmaslik   zarurki,   insoniyat   tafakkurining   gultoji   uning
umumlashtirish   qobiliyatidir.   Agar   shunday   umumlashtirish   qobiliyati
bo‘lmaganda,   har   qanday   til   million,   milliardlab   so‘zlardan,   grammatik
vositalardan   iborat   supermurakkab   va   tushunarsiz   hodisaga   aylanardi.   Demak,
narsa va hodisalarga yakkalab, donalab atoqli ot bilan nomlash o‘ziga xos zaruriy
ehtiyoj va qonuniyat natijasi sanaladi. 
  Tilshunoslikda   atoqli   otlarga   nisbatan   turdosh   otlar   ancha   mukammal   va
atroflicha   o‘rganilgan.   Atoqli   otlarga   nisbatan   bunday     munosabat   quyidagi
sabablar bilan bog‘liq:
  a)   atoqli   otlar   turdosh   otlar   kabi   lug‘aviy   ma’noga   ega   emas,   tushuncha
ifodalamaydi, deb tushunish hamda atoqli otni to‘laqonli so‘z emas, balki ramziy,
shartli belgi deb hisoblash;
           b)  atoqli otning til  birligi  sifatidagi o‘rnini, nutqdagi funksional  xususiyatini
etarli baholamay olmaslik;
      v) tildagi atoqli otlarning barcha ko‘rinishlari etarli va to‘liq o‘rganilmaganligi;             g)   atoqli   ot   materiallarining   kam   tadqiq   qilinib,   munosib   ravishda   ilmiy
baholanmaganligi;
             d) atoqli otlarni tadqiq etishning murakkabligi, uning bir qator fanlar (tarix,
geografiya, etnografiya, arxeologiya kabilar) bilan bog‘liqligi;
          e)   atoqli   otlarni   tadqiq   qilishning   nazariy   asoslari   fanda   etarli   ravishda
belgilanmaganligi va boshqalar.
  Ma’lum bir tildagi atoqli otlarning barcha mavjud tiplari va hajmini aniqlab
olish, o‘sha tildagi atoqli otlar doirasini, ular tarqalgan  onomastik maydonni    bilib
olishga   ko‘maklashadi.   Bu   muammo   onomastikaga   oid   tadqiqotlarda   “onomastik
ko‘lam”   (onomasticheskoe   prostranstvo)   nomi   bilan   yuritiladi.   Dastlab
onomastikaga   oid   ilmiy   adabiyotlarda   bu   termin   “toponimik   ko‘lam”
(toponimicheskoe   prostranstvo)   sifatida   V.N.Toporov   tomonidan   qo‘llangan   edi 1
.
K eyin chalik   A.V.Superanskaya   o‘z   ishlarida   “onomastik   ko‘lam”,   “toponimik
ko‘lam” terminlaridan keng foydalandi 2
. A.V.Superanskaya o‘z ishida “onomastik
ko‘lam” atamasining onomastika ilmi  uchun juda qulayligini  “toponimik ko‘lam”
misolida quyidagicha izohlaydi: “Bu termin (ya’ni “toponimicheskoe prostranstvo”
termini – B.Y.) nomlar va nomlangan ob’ektlarning ma’lum makonda joylashishi,
ya’ni   ularning   bir-biridan   alohida   holda   mavjud   bo‘lishi   va   bu   ularning   er   yuzi,
shuningdek,   undan   tashqarida   ekanligini   ko‘zda   tutishi   jihatidan   ham   qulaydir” 3
.
Bundan   ko‘rinadiki,   “onomastik   ko‘lam”   deyilganda   biror   konkret   tildagi   atoqli
otlarning   umumiy   majmui,   yig‘indisi   tushuniladi.   A.V.Superanskayaning   fikriga
ko‘ra, “onomastik ko‘lam bu muayyan bir xalq tilida real mavjud hamda taxminiy
va xayoliy ob’ektlarni nomlash uchun qo‘llanadigan atoqli otlar yig‘indisidir” 4
. 
  Agar   biz   ana   shu   ta’rifdan   kelib   chiqib,   o‘zbek   onomastikasiga   murojaat
qiladigan bo‘lsak, o‘zbek tilining onomastik ko‘lamini shu tildagi barcha atoqli ot
tiplari, ko‘rinishlarining majmui tashkil qiladi 5
. 
1
  Т опоров В.Н.  Из области теоретической топономастики // Вопросы языкознания. 1962. № 6. – С. 3- 4 .
2
  Суперанская А.В.  Общая теория имени собственного. – М.: Наука, 1973.  – С. 141. 
3
 Теория и методика ономастических исследований. – М.: Наука, 1986 . – С. 8.
4
 Теория и методика ономастических исследований. – М.: Наука, 1986 . – С. 9. 
5
  Бегматов Э., Авлоқулов Я.  Ономастик кўлам тушунчаси // Ўзбек тили ва адабиёти. 2007. № 3. – Б. 20.   “Onomastik   ko‘lam”   tushunchasi   tor   va   keng   ma’nolarga   ega.   Negaki,   har
bir tilning onomastik ko‘lamini tashkil qiluvchi kichik ko‘lamlar va ko‘lamchalar
mavjud. SHu sababli olimlar tilning umumiy onomastik ko‘lamini  s u p e r k o‘ l a
m   (eng   katta   ko‘lam)   deb   nomlamoqdalar 6
.   SHundan   kelib   chiqib,   o‘zbek   tili
onomastikasining   (superko‘lamning)   quyidagi   ko‘lamlarini   chizmada   ifodalash
mumkin:
O‘zbek tilining onomastik ko‘lami
Superko‘lam (eng yirik ko‘lam)
O‘zbek tilidagi barcha atoqli 
otlar majmui
↓
   _________________________________________________________
   Makroko‘lam                            Mikroko‘lam                          Boshqa tip
  (yirik ko‘lam)                         (kichik ko‘lam)                        ko‘lamchalar: 
  antroponimiya,                     oykonim, komonim,                 astionim,
  toponimiya, zoonimiya         agroonim va boshq.              agoroonim va b.
                                                      ↑
   __________________________________________________________  
                                          Konkret onomastik 
                                         birliklar:  Tursunboy,
                                        Dilorom, Qarshi, 
                                        Sirdaryo, Qorabog‘  kabilar.
  Onomastik   ko‘lamning   yuqorida   keltirilgan   tasnifi   shartli   xarakterga   ega.
CHunki       tilning     onomastik   tizimini   tashkil   etadigan   turli   tip   atoqli   otlarning
o‘zaro   aloqalari   ham,   ularni   ifoda   etuvchi   jarayonlar   ham   ko‘p   qirrali   va
murakkabdir.  Masalan,   konkret   onomastik  birliklarning har  biri  (masalan:   Jizzax,
Samarqand,   Ishtixon   –   oykonim;   Oqdaryo,   Zarafshon,   Qorasuv   –   gidronim,
Azimbek, Behzod, Gulbahor   – antroponim,   CHo‘lpon, Zuxal   – kosmonim kabilar)
tilning   super   onomastik   ko‘lami   bilan   uni   tashkil   etuvchi   atoqli   ot   tipi   sifatida
6
  Бегматов Э., Авлоқулов Я.  Ономастик кўлам тушунчаси // Ўзбек тили ва адабиёти. 2007. № 3. – Б. 20.  bevosita   bog‘lanadi   hamda   uning   tarkibiga   kiradi.   SHu   bilan   birga   bu   birliklar
super   onomastik   ko‘lam   bilan   birga   o‘zi   mansub   bo‘lgan   makro   va   mikro
onomastik   ko‘lamlavr   orqali   ham   bog‘lanadi,   negaki   bu   kichik   ko‘lamlar
mohiyatan super onomastik ko‘lamga mansubdir. 
  Har   qanday   tilning   onomastik   tizimi,   jumladan   o‘zbek   tilining   ham
onomastik   tizimi   miqdoran   g‘oyat   ko‘p   qirrali,   hajman   ulkan,   nominativ-
funksional   xususiyatiga   ko‘ra   o‘zaro   farqlanuvchi,   shu   bilan   birga,   bir-biri   bilan
muayyan bog‘liqlik xususiyatiga egadir. Tilning leksik boyligini konkret lug‘aviy
birliklar   tashkil   etganidek,   tilning   onomastik   fondini   onomastik   leksika   tarkibiga
kiruvchi   konkret   atoqli   otlar   tashkil   etadi.   Onomastik   birlik   deyilganda   aslida
konkret atoqli ot nazarda tutiladi. 
  Ozarbayjon   olimi   A.Gurbanov   ozarbayjon   tilining   onomastik   birliklar
(“vohidlar”)i   qatoriga   antroponimlar,   etnonimlar,   toponimlar,   gidronimlar,
zoonimlar,   kosmonimlar,   ktematonimlarni   kiritgan   edi 7
.   Hatto   A.Gurbanov
onomastik   birliklar   tilning   mustaqil   birligi   bo‘lgani   uchun,   ularni   o‘rganuvchi
onomokalogiya   (yoki   onomastika)   ham   xuddi   leksikologiya,   semasiologiya   kabi
tilshunoslikning mustaqil sohasi deb hisoblagan edi 8
. Onomastik birlikda quyidagi
uchta xususiyat namoyon bo‘ladi: a) “onomastik birlik”  termini biror yakka atoqli
otni ifodalab keladi:  Muhabbat  (ism),  Go‘zal  (ism),  Dang‘ara  (toponim),  Beshkent
(toponim),   Mushtariy   (yulduz  nomi),   “Mushtum”   (jurnal   nomi,  ideonim)   kabilar;
b)   onomastik   birlik   nominativ-funksional   xususiyatiga   ko‘ra   biror   guruhga
birlashuvchi   nomlar   majmuini   ifodalaydi:   toponimlar,   zoonimlar,   kosmonimlar,
urbonimlar   kabi;   v)   onomastik   birlik   onomastika   doirasida   umuman   atoqli   ot
tushunchasini  anglatadi.
  Umuman, onomastik birliklarni  belgilash, tadqiq qilish darajasi  milliy tillar
tilshunosligida   har   xil   saviyadadir.   SHuni   aniq   namoyon   qilish   maqsadida
E.Begmatov, YA.Avloqulov o‘z onomastik ko‘lam haqidagi ikkinchi maqolalarida
47   ta   onomastik   birlik   nomining   27     muallif   va   ilmiy   to‘plamda   qanday   qayd
7
  Гурбанов А.  Озарбайжон ономастикаси. – Боку, 1986 (озарбайжон тилида). – Б. 34.
8
  Гурбанов А.   Ҳозирги  озарбайжон  адабий  тили.  – Боку, 1985 (озарбайжон  тилида). – Б.
245-272.  qilinganligini  ko‘rsatish   maqsadida  ikkita  jadval  keltirganlar 9
.  Mana   shu  jadvalda
ko‘rsatilgan 22 ta onomastik makroko‘lam materiallari o‘zbek tili misolida ma’lum
darajada   o‘rganilgan,   xolos 10
.   Lekin   onomastik   ko‘lamlarning   aksariyati   o‘zbek
tilida ixcham va yaxlit termin sifatida o‘z nomiga ega emas. Bu masalalarni tadqiq
etish o‘zbek nomshunosligi oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir.
  Bundan ko‘rinadiki, o‘zbek tilining onomastik ko‘lami nihoyatda murakkab
va   keng   hajmli   tushuncha   sanaladi.   O‘zbek   tilidagi   barcha   makroko‘lam,
mikroko‘lam   va   ko‘lamchalarga   kiruvchi   atoqli   ot   materiallarini   sinchiklab
to‘plash,  ularning nominativ,  motivatsion,  funksional  xususiyatlarini  tadqiq  qilish
o‘zbek nomshunosligining dolzarb muammolaridan biridir. Bunday keng ko‘lamli
tadqiqot onomastika sohasi uchun faqat nazariy emas, balki ulkan amaliy ahamiyat
kasb etadi. CHunki bunday ilmiy ishning natijalari tilimiz lug‘at boyligining g‘oyat
murakkab   va   serqirraligini   namoyish   qiladi,   tabiiy-jug‘rofiy   ob’ektlarni   nomlash
ishini   ilmiy   asoslarda   olib   borishga   yaqindan   yordam   beradi,   o‘zbek   xalqi   tarixi,
madaniyati, ma’naviyati hamda tilining teran ildizlarini chuqurroq anglab etishimiz
uchun boy material manbai bo‘lib xizmat qiladi.             
Asosiy   adabiyotlar :
1. Йўлдошев   Б.   “Ўзбек   ономастикаси   масалалари”   танланма
фанидан   услубий   қўлланма.   –   Самарқанд:   СамДУ   нашри,   2011.   –
112 б.
2.Улуқов   Н.   Ўзбек   тили   гидронимларининг   тарихий-лисоний
тадқиқи. – Тошкент: Фан, 2008. – 192 б.
3 .   Эназаров   Т.   Номшунослик   масалалари.   Услубий   қўлланма.   –
Тошкент: Университет, 2010. – 112 б.
9
  Бегматов   Э.,   Авлоқулов   Я.   Ўзбек   тили   ономастикасининг   макрокўлами   таркиби   //
Ўзбек тили ва адабиёти. 2007. № 5. – Б. 35-36. 
10
  Бу   ҳақда   қаранг:   Бегматов   Э.,   Авлоқулов   Я.   Ўзбек   ономастикасининг   микрокўлами   //   Ўзбек   тили   ва
адабиёти. 2008. № 1. – Б. 55-60. 4.   Эназаров Т, Ҳусанова М, Есемуратов А. Ўзбек номшунослиги.–
Тошкент: Наврўз, 2015.  150.
5.Бегматов   Э.   Ўзбек   исмлари.   –   Тошкент:   Қомуслар   бош
таҳририяти, 1991. – 208 б.

O‘zbek antroponimikasi va uning asosiy m uammolari Reja: 1. O‘zbek antroponimikasi va uning o‘rganilish darajasi. 2. O‘zbek antroponimikasi va uning asosiy muammolari haqida. 3. Ism, ota ism, familiya, laqab, taxallus, ularning o‘zaro munosabati.

ONOMASTIK KO‘LAM TUSHUNCHASI HAQIDA . Ma’lumki, bizni o‘rab olgan borliq, moddiy olam nihoyatda murakkab, boy, serqirra, rang-barang bo‘lib, uni tashkil qilgan narsa va hodisalar mohiyati, holati, shakli, ko‘rinishi va vazifasiga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. “Turdosh ot” termini bilan yuritiluvchi so‘zlar mana shu xususiyatlardan bir qisminigina, ot kategoriyasigi kiruvchilarnigina ifodalashga xizmat qiladi. Kishilar o‘zlari yashab turgan hududdagi daryolar, ko‘llar, buloqlarni va ularni tashkil etuvchi har bir daryo, har bir ko‘l, har bir buloqni bir-biridan farqlash uchun ularni alohida-alohida nomlar bilan atagan. Masalan: Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Nil, Oyko‘l, Baykal ko‘li, Toshbuloq, Qo‘tirbuloq, Marjonbuloq, Zirabuloq kabilar. Bundan ko‘rinadiki, atoqli otlar narsa va hodisalarni, ob’ektlarni yakkalab, donalab atash zaruriyati tufayli yuzaga keladi. Bunday zaruriyat bo‘lmaganda esa kishilar muloqot jarayonida ularga berilgan umumiy nomdan foydalanish bilan kifoyalanishadi. Masalan: Mamlakatimizda daryolar ko‘p. Bizning viloyatimizda ko‘llar, buloqlar anchagina bor kabi. Shuni unutmaslik zarurki, insoniyat tafakkurining gultoji uning umumlashtirish qobiliyatidir. Agar shunday umumlashtirish qobiliyati bo‘lmaganda, har qanday til million, milliardlab so‘zlardan, grammatik vositalardan iborat supermurakkab va tushunarsiz hodisaga aylanardi. Demak, narsa va hodisalarga yakkalab, donalab atoqli ot bilan nomlash o‘ziga xos zaruriy ehtiyoj va qonuniyat natijasi sanaladi. Tilshunoslikda atoqli otlarga nisbatan turdosh otlar ancha mukammal va atroflicha o‘rganilgan. Atoqli otlarga nisbatan bunday munosabat quyidagi sabablar bilan bog‘liq: a) atoqli otlar turdosh otlar kabi lug‘aviy ma’noga ega emas, tushuncha ifodalamaydi, deb tushunish hamda atoqli otni to‘laqonli so‘z emas, balki ramziy, shartli belgi deb hisoblash; b) atoqli otning til birligi sifatidagi o‘rnini, nutqdagi funksional xususiyatini etarli baholamay olmaslik; v) tildagi atoqli otlarning barcha ko‘rinishlari etarli va to‘liq o‘rganilmaganligi;

g) atoqli ot materiallarining kam tadqiq qilinib, munosib ravishda ilmiy baholanmaganligi; d) atoqli otlarni tadqiq etishning murakkabligi, uning bir qator fanlar (tarix, geografiya, etnografiya, arxeologiya kabilar) bilan bog‘liqligi; e) atoqli otlarni tadqiq qilishning nazariy asoslari fanda etarli ravishda belgilanmaganligi va boshqalar. Ma’lum bir tildagi atoqli otlarning barcha mavjud tiplari va hajmini aniqlab olish, o‘sha tildagi atoqli otlar doirasini, ular tarqalgan onomastik maydonni bilib olishga ko‘maklashadi. Bu muammo onomastikaga oid tadqiqotlarda “onomastik ko‘lam” (onomasticheskoe prostranstvo) nomi bilan yuritiladi. Dastlab onomastikaga oid ilmiy adabiyotlarda bu termin “toponimik ko‘lam” (toponimicheskoe prostranstvo) sifatida V.N.Toporov tomonidan qo‘llangan edi 1 . K eyin chalik A.V.Superanskaya o‘z ishlarida “onomastik ko‘lam”, “toponimik ko‘lam” terminlaridan keng foydalandi 2 . A.V.Superanskaya o‘z ishida “onomastik ko‘lam” atamasining onomastika ilmi uchun juda qulayligini “toponimik ko‘lam” misolida quyidagicha izohlaydi: “Bu termin (ya’ni “toponimicheskoe prostranstvo” termini – B.Y.) nomlar va nomlangan ob’ektlarning ma’lum makonda joylashishi, ya’ni ularning bir-biridan alohida holda mavjud bo‘lishi va bu ularning er yuzi, shuningdek, undan tashqarida ekanligini ko‘zda tutishi jihatidan ham qulaydir” 3 . Bundan ko‘rinadiki, “onomastik ko‘lam” deyilganda biror konkret tildagi atoqli otlarning umumiy majmui, yig‘indisi tushuniladi. A.V.Superanskayaning fikriga ko‘ra, “onomastik ko‘lam bu muayyan bir xalq tilida real mavjud hamda taxminiy va xayoliy ob’ektlarni nomlash uchun qo‘llanadigan atoqli otlar yig‘indisidir” 4 . Agar biz ana shu ta’rifdan kelib chiqib, o‘zbek onomastikasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, o‘zbek tilining onomastik ko‘lamini shu tildagi barcha atoqli ot tiplari, ko‘rinishlarining majmui tashkil qiladi 5 . 1 Т опоров В.Н. Из области теоретической топономастики // Вопросы языкознания. 1962. № 6. – С. 3- 4 . 2 Суперанская А.В. Общая теория имени собственного. – М.: Наука, 1973. – С. 141. 3 Теория и методика ономастических исследований. – М.: Наука, 1986 . – С. 8. 4 Теория и методика ономастических исследований. – М.: Наука, 1986 . – С. 9. 5 Бегматов Э., Авлоқулов Я. Ономастик кўлам тушунчаси // Ўзбек тили ва адабиёти. 2007. № 3. – Б. 20.

“Onomastik ko‘lam” tushunchasi tor va keng ma’nolarga ega. Negaki, har bir tilning onomastik ko‘lamini tashkil qiluvchi kichik ko‘lamlar va ko‘lamchalar mavjud. SHu sababli olimlar tilning umumiy onomastik ko‘lamini s u p e r k o‘ l a m (eng katta ko‘lam) deb nomlamoqdalar 6 . SHundan kelib chiqib, o‘zbek tili onomastikasining (superko‘lamning) quyidagi ko‘lamlarini chizmada ifodalash mumkin: O‘zbek tilining onomastik ko‘lami Superko‘lam (eng yirik ko‘lam) O‘zbek tilidagi barcha atoqli otlar majmui ↓ _________________________________________________________ Makroko‘lam Mikroko‘lam Boshqa tip (yirik ko‘lam) (kichik ko‘lam) ko‘lamchalar: antroponimiya, oykonim, komonim, astionim, toponimiya, zoonimiya agroonim va boshq. agoroonim va b. ↑ __________________________________________________________ Konkret onomastik birliklar: Tursunboy, Dilorom, Qarshi, Sirdaryo, Qorabog‘ kabilar. Onomastik ko‘lamning yuqorida keltirilgan tasnifi shartli xarakterga ega. CHunki tilning onomastik tizimini tashkil etadigan turli tip atoqli otlarning o‘zaro aloqalari ham, ularni ifoda etuvchi jarayonlar ham ko‘p qirrali va murakkabdir. Masalan, konkret onomastik birliklarning har biri (masalan: Jizzax, Samarqand, Ishtixon – oykonim; Oqdaryo, Zarafshon, Qorasuv – gidronim, Azimbek, Behzod, Gulbahor – antroponim, CHo‘lpon, Zuxal – kosmonim kabilar) tilning super onomastik ko‘lami bilan uni tashkil etuvchi atoqli ot tipi sifatida 6 Бегматов Э., Авлоқулов Я. Ономастик кўлам тушунчаси // Ўзбек тили ва адабиёти. 2007. № 3. – Б. 20.

bevosita bog‘lanadi hamda uning tarkibiga kiradi. SHu bilan birga bu birliklar super onomastik ko‘lam bilan birga o‘zi mansub bo‘lgan makro va mikro onomastik ko‘lamlavr orqali ham bog‘lanadi, negaki bu kichik ko‘lamlar mohiyatan super onomastik ko‘lamga mansubdir. Har qanday tilning onomastik tizimi, jumladan o‘zbek tilining ham onomastik tizimi miqdoran g‘oyat ko‘p qirrali, hajman ulkan, nominativ- funksional xususiyatiga ko‘ra o‘zaro farqlanuvchi, shu bilan birga, bir-biri bilan muayyan bog‘liqlik xususiyatiga egadir. Tilning leksik boyligini konkret lug‘aviy birliklar tashkil etganidek, tilning onomastik fondini onomastik leksika tarkibiga kiruvchi konkret atoqli otlar tashkil etadi. Onomastik birlik deyilganda aslida konkret atoqli ot nazarda tutiladi. Ozarbayjon olimi A.Gurbanov ozarbayjon tilining onomastik birliklar (“vohidlar”)i qatoriga antroponimlar, etnonimlar, toponimlar, gidronimlar, zoonimlar, kosmonimlar, ktematonimlarni kiritgan edi 7 . Hatto A.Gurbanov onomastik birliklar tilning mustaqil birligi bo‘lgani uchun, ularni o‘rganuvchi onomokalogiya (yoki onomastika) ham xuddi leksikologiya, semasiologiya kabi tilshunoslikning mustaqil sohasi deb hisoblagan edi 8 . Onomastik birlikda quyidagi uchta xususiyat namoyon bo‘ladi: a) “onomastik birlik” termini biror yakka atoqli otni ifodalab keladi: Muhabbat (ism), Go‘zal (ism), Dang‘ara (toponim), Beshkent (toponim), Mushtariy (yulduz nomi), “Mushtum” (jurnal nomi, ideonim) kabilar; b) onomastik birlik nominativ-funksional xususiyatiga ko‘ra biror guruhga birlashuvchi nomlar majmuini ifodalaydi: toponimlar, zoonimlar, kosmonimlar, urbonimlar kabi; v) onomastik birlik onomastika doirasida umuman atoqli ot tushunchasini anglatadi. Umuman, onomastik birliklarni belgilash, tadqiq qilish darajasi milliy tillar tilshunosligida har xil saviyadadir. SHuni aniq namoyon qilish maqsadida E.Begmatov, YA.Avloqulov o‘z onomastik ko‘lam haqidagi ikkinchi maqolalarida 47 ta onomastik birlik nomining 27 muallif va ilmiy to‘plamda qanday qayd 7 Гурбанов А. Озарбайжон ономастикаси. – Боку, 1986 (озарбайжон тилида). – Б. 34. 8 Гурбанов А. Ҳозирги озарбайжон адабий тили. – Боку, 1985 (озарбайжон тилида). – Б. 245-272.