logo

O‘zbek tili uslubshunoslgining o‘rganilishi va uning hozirgi bosqichdagi muammolari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

63.966796875 KB
O‘zbek tili uslubshunoslgining o‘rganilishi va uning hozirgi bosqichdagi
muammolari
R e j a :
1. Stil – uslub tushunchasi haqida.
2. O‘zbek tilshunosligida uslubshunoslikning o‘rganilishi.
3. O‘zbek tili uslubshunosligining yo‘nalishlari.
4. Til stili va nutq stili tushunchalari.
5. Badiiy adabiyot stilistikasi.
6. Vazifaviy uslubshunoslik.
7. Uslubshunoslikning hozirgi bosqichdagi muammolari.
  Har bir milliy til stilistikasini  alohida fan sifatida ham nazariy, ham amaliy
jihatdan   o‘rganishning   qanchalik   muhimligi   bulungi   kunda   hech   kimda   shubha
tug‘dirmaydi.   Akad.   V.V.   Vingoradov   ta’kidlaganidek,   u   tilni   tadqiq   etishning
o‘ziga xos cho‘qqisi, milliy nutqiy madaniyat taraqqiyotining nazariy asosidir. 1
Zero   O‘zbekiston   Respublikasining   ham   mustaqil   davlat   sifatida   tashkil
topishi   dunyo   xalqlari   oldida   o‘zbek   ma’naviyatini   avvalgidan   ham   kengroq
ko‘lamda   namoyish   etish   zaruriyatini   yuzaga   keltirdi   va   bu   mas’uliyat   o‘zbek
tilshunosligida shu  paytga qadar  erishilgan yutuqlarni  yana bir  bor  qarab chiqish,
ana   shu   asosda   savodxonligimiz   hamda   nutqiy   madaniyatimz   saviyasini   yanada
oshirish   masalasini   o‘rtaga   qo‘ymoqda.   Demak,   bu   borada   ko‘plab   savollarga
amalda   javob   bera   oladigan   o‘zbek   stilistikasi   fani   bilan   har   qachongidan   ham
jiddiy shug‘ullanishni hayotning o‘zi taqozo qilmoqda.
Bundan   besh   asr   muqaddam   buyuk   mutafakkir   Alisher   Navoiy   o‘zbek
tilining,   ayniqsa   uning   poetikasining   tasviriy   va   uslubiy   imkoniyatlari   naqadar
keng ekanligini o‘zining yuksak badiiy asarlari hamda «Muhokamat ul-lug‘atayn»
kabi   bir   qator   tarixiy   va   ilmiy   asarlari   bilan   ham   nazariy,   ham   amaliy   jihatdan
isbotlab bergan edi. Bu masalaning bir tomoni bo‘sla, ikkinchi bir muhim jihati – u
zotning   o‘zbek   tilining   ulkan   himoyachisi   ekanligini   ham   e’tirof   etmaslik,   tan
olmaslik   aslo     mumkin   emas.   XU   asr   sharoitida   turkiy   xalqlar   orasida   arab   va,
ayniqsa, fors-tojik tillarining ta’siri baland bo‘lib turgan, hatto ayrim  kishilarning
turkiy   tilni   kamsitishgacha   borgan   bir   paytda   uni   dadil   himoya   qilib   chiqish   va
uning   tenglar   ichida   teng   (arab,   fors-tojik   tillari   bilan)   ekanligin   isbotlash
hammaning   ham   qo‘lidan   keladigan   ish   emas   edi.   Buni   Alisher   Navoiyning   o‘zi
«Muhokamat   ul-lug‘atayn»ni   yozib   tugallayotganida   faxr   bilan   qayd   etadi:   «Va
xayolimg‘a mundog‘ kelurkim, turk ulusi fasihlarig‘a ulug‘ haq sobit qildimki, o‘z
alfoz   va   iboratlari   haqiqati   va   o‘z   til   va   lug‘atlari   kayfiyatidin   voqif   bo‘ldilar   va
forsigo‘ylarning iborat va alfoz bobida ta’n  qilur sarzanishinidan qutuldilar». 2
1
 Вингорадов В.В. Предисловие // Ефимов А.И. Стилистика русского языка. – М., 1969, с.5-6. 
2 2
 Алишер Навоий. Муҳокамат ул-луғатайн. Асарлар, 15 томлик. 14-том. – Тошкент, 1967, 132-
бет.  Jamiyat,   unda   faoliyat   ko‘rsatayotgan   xalq   tinimsiz   rivojlanish   va
taraqqiyotda bo‘lgani kabi ularning tili ham uzluksiz boyib borishi tabiiy bir holdir.
Ko‘p   asrlardan   buyon   o‘z   xalqi   va   millatining   aloqa   vositasi   bo‘lib   kelayotgan
o‘zbek   tilining   imkoniyatlari   uning   barcha   ko‘rinishlarida   yana   ham   kengaydi,
zamonlar   silsilasida,   badiiy   ijod   jaraynida   yana   ham   sayqal   topdi.   U   endi   o‘zbek
xalqi   uchun   o‘zaro   aloqa   qilish   va   bir-birlariga   xabar   etkazish   vositasigina   emas,
bilki   yuksak   badiiy-estetik   tuyg‘ularni   ham   ifodalay   oladigan   va   xuddi   shunday
ta’sir ko‘rsata oladigan,  kishilarga zavq beradigan nodir boylikka aylandi.
Ana   shu   nodir   boylikni,   boshqacha   qilib   aytganda,   ona   tilimizning   serqirra
imkoniyatlarini butun nozikliklari bilan tahlil qilish va uni yana tilning o‘z ijodkori
–xalqqa qaytarish o‘zbek tili stilistikasi – uslubshunosligining bosh masalasidir.
Stil     va   stilistika     so‘zlari   filologiya   fanida   qadimdan   ma’lum   ekanligiga
qaramasdan,   Evropa   hamda   rus   tilshunosligida   bu   masala   bilan   asrimizning
boshlarida   shug‘ullana   boshlandi.   Ammo   ta’kidlash   lozimki,   stilistika   masalalari
tilshunoslikda   20-yillardayoq   tadqiqotchilarning   e’tiborini   o‘ziga   qaratgan   bo‘lsa
ham,   u   ko‘proq   adabiyotshunoslik   nuqtai   nazaridan   o‘rganib   kelinayotgan   edi.   U
faqat 40-yillardan keyin Praga lingvistik to‘garagi hamda V.V.Vinogradovning bu
sohadagi   ilmiy   ishlari   paydo   bo‘lishi   bilan   yangicha   mazmun   kasb   etdi,   50-
yillardan   boshlab   tilshunoslikning   diqqat   markazida   turib,   uning   eng   qiziqarli
mavzusiga aylandi.
O‘zbek   tili   stilistikasini   tadqiq   qilishning   boshlanishi   ham   ana   shu   yillarga
to‘g‘ri   keladi.   Ammo   shu   paytgacha   yuzaga   kelgan   ko‘plab   ishlarni   ko‘zdan
kechirib,   uning   nazariy   asoslari   va   amaliy   jihatlarini   birmuncha   batafsil   ishlab
chiqish   70-yillarning   o‘rtalaridagina   boshlangan,   deb   xulosa   chiqarishimizga
imkon beradi.
SHu   sababli   stilistika   o‘zbek   tilshunosligining   boshqa   sohalari   –   fonetika,
grammatika, leksikologiya, leksikografiya, frazeologiya, dialektologiyaga nisbatan
yangi fan hisoblanadi.
O‘zbek   tilshunoslari   Evropa,   rus   va   turkologiyada   erishilgan   yutuqlarga
tayangan holda stilistika fanining predmeti, uning maqsad va vazifalari nimalardan iborat   ekanligini   aniqlashga   va   shu   bilan   o‘zbek   tili   stilistikasini   nazariy   asosga
qo‘yishga kirishdilar.
O‘zbek   tili   stilistikasining   imkoniyatlarini   tadqiq   etish   borasidagi   dastlabki
ishlar   asosan   badiiy   adabiyot   tilini   o‘rganishga   bag‘ishlangan   bo‘lib,
A.G‘ulomovning  «Badiiy   asar  tilidagi   kamchiliklar   haqida»  («Qizil  O‘zbekiston»
gaz.,   1954   yil   2   avgust),   SH.SHoabdurahmonovning   «Po‘lat   quyuvchi»
poemasining   tili   haqida   ba’zi   mulohazalar»   («SHarq   yulduzi»   j.,   1948,   4-son),
«Mohir   so‘z   san’atkori»   («Qizil   O‘zbekiston»   gaz.,   1953   yil   20   may),   «Oybek
romanlarining   tili»   («SHarq   yulduzi»   j.,   1955,   10-son),   M.Po‘latovning   «Badiiy
asar   tilini   o‘rganish   haqida»   («Sovet   maktabi»   j.,   1957,   7-son),
A.SHomaqsudovning   «Muqimiy   satirasining   tiliga   doir»   («SHarq   yulduzi»   j.,
1953,   9-son),   «O‘zbek   adabiy   tilining   rivojlanishida   Hamza   ijodining   ahamiyati»
(«SHarq   yulduzi»   j.,   1954,   3-son),   «Muqimiy   satirasidagi   xalq   so‘zlashuv   tili
elementlari   haqida»   («O‘zbek   tilshunosligi   masalalari»   to‘plami.   SAGU   ilmiy
asarlari. – Toshkent, 1957), «Muqimiy satirasining tili va stili» («O‘zbek adabiyoti
masalalari»   to‘plami.   –   Toshkent,   1959),   R.Qo‘ng‘urovning   «A.Qahhorning
«SHohi so‘zana» asarining leksik va stilistik xususiyatlari» (O‘zDU asarlari, yangi
seriya,   №1.   –   Samarqand,   1956),   «Kechirilmas   gunohlar»   pesasining   tili   haqida
ba’zi   mulohazalar»   (SamDU   ilmiy   asarlari,   yangi   seriya,   №77.   –   Samarqand,
1958),   «Alisher   Navoiyning   «CHor   devon»ida   kelishik   kategoriyasi»   (SamDU
talabalari   tadqiqotlari   to‘plami,   yangi   seriya,   №2.   –   Samarqand,   1959),
J.Hamdamovning «Muqimiy asarlarida rus tili leksikasi haqida» (SamDU asarlari,
yangi   seriya,   №91.   –   Samarqand,   1959),   M.Husainovning   «Oydin   hikoyalarida
xalq   maqollarining   qo‘llanishi»   (SamDU   asarlari,   yangi   seriya,   №91.   –
Samarqand, 1959) kabi qator tadqiqotlar ana shu urinishlar natijasidir. Bu yillarda
shoir   va   yozuvchilarning   tili   va   uslubini   o‘rganishga   bag‘ishlangan   nomzodlik
dissertatsiyalari ham yozilgan edi. 3
3 3
  Шоабдураҳмонов   Ш.   О   художественном   языке   дастана   «Равшан»:Автореф.дис.   …
канд.филол.наук.   –Ташкент,   1949.   Пинхасов   Я.Д.   Фразеологические   выражения   в   языке
произведений   Хамида   Алимджана»:Автореф.дис.   …канд.филол.наук.   –Бухара,   1953.   Хусаинов
М.   Фразеология   прозы   писательницы   Айдин»:Автореф.дис.   …канд.филол.наук.   –Самарканд,
1959  кабилар Ammo   badiiy   asar   tilini   o‘rganish   borasida   yuzaga   kelgan   yuqoridagi
asarlarni hisobga olmaganda, bu ish ma’lum tartib va tizim asosida olib borilmadi.
Faqat   60-yillarga   kelibgina   tadqiqotchilar   soni   va   kuzatishlar   ko‘lami   kengaya
bordi.   Bunda   sobiq   Ittifoq   miqyosida   badiiy   asar   tilini   o‘rganish   muammolariga
bag‘ishlab   1951-1959   yillarda   «Literaturnaya   gazeta»da,   «Vopros ы
yaz ы koznaniya» hamda «Vopros ы  literatur ы » jurnallari sahifalarida uyushtirilgan,
1965   yili   «Literaturnaya   gazeta»da     badiiy   adabiyoti   stilistikasiga   bpg‘ishlangan
bahslar   ijobiy   rol   o‘ynadi.   «O‘zbek   tili   va   adabiyoti»,   «SHarq   yulduzi»,   «Sovet
maktabi»   jurnallari   sahifalarida,   ko‘plab   ilmiy   to‘plamlarda   o‘zbek   tili
stilistikasini,   uning   nazariy   asoslarini   o‘rganishga   bag‘ishlangan   ilmiy-metodik
maqolalar   e’lon   qilina   boshlandi.   Xuddi   ana   shunday   bahslar   «Badiiy   til
muammolari»   mavzusida   «SHarq   yulduzi»   jurnalining   1985   yil   1-sonidan
e’tiboran boshlab berildi. 4
 
YUsuf Xos Hojib, Ahmad YUgnakiy, Rabg‘uziy,Muhammad Solih, Alisher
Navoiy,   Bobur,   YUsuf   Amiriy,   Durbek,   Umar   Boqiy,   Muqimiy,   Furqat,   Abdulla
Qodiriy,   Elbek,   Hamza   Hakimzoda   Niyoziy,   G‘afur   G‘ulom,   Oybek,   Hamid
Olimjon, Abdulla Qahhor, Komil YAshin, Zulfiya, SHarof Rashidov, Oydin, Said
Ahmad,   Maqsud   SHayxzoda,   SHuhrat,   Asqad   Muxtor,   Erkin   Vohidov,   SHukur
Xolmirzaev   kabi   ko‘plab   shoir   va   yozuvchilarimizning   asarlarini,   xalq   og‘zaki
ijodi   namunalarini,   jumhuriyatimizda   paydo   bo‘lgan   ilk   vaqtli   matbuot
materiallarini   til   aspektida   o‘rganishga   bag‘ishlangan   monografik   kuzatishlar
tadqiqotchilarimizning   keng   yo‘lga   tushib   olganligidan,   bu   boradagi   ishlarning
birmuncha   tartibga   solinganligidan   dalalot   berdi. 5
  SHu   narsa   diqqatga   sazovorki,
bu   kuzatishlarning   aksariyat   qismi   til   materialini   lingvostilistik   yo‘nalishda
o‘rganishga, ijodkorlarning indiviual tili va uslubini tadqiq etishga bag‘ishlangan.
Bu   davrda   yana   bir   guruh   olimlar   o‘zbek   tili   stilistikasining   nazariy
masalalarini   yoritishga,   ayrim   stilistik   kategoriyalarning   amalda   bo‘lish
4 4
 Бу чиқишлар таҳлили Х.Дониёров  ва Б.Йўлдошевларнинг «Адабий тил ва бадиий стиль» 
(Тошкент, 1988) китобида бирмунча кенг ёритиб берилган. 
5 5
  Бу   ҳақда   қаранг:   Қўнғуров   Р.,   Каримов   С.   Ўзбек   тили   стилистикаси   ва   нутқ   маданияти.
Библиографик   кўрсаткич.   –   Самарқанд,   1984;   Каримов   С.,   Жўраев   Т.   Ўзбек   тили   услубиятива
нутқ маданияти. Библиографик кўрсаткич. – Самарқанд, 2001. qonuniyatlari   va   badiiy   asar   tilining   o‘ziga   xos   jihatlarini   ochib   berishga
kirishdilar.   A.SHomaqsudov,   I.Rasulov,   X.Doniyorov,   R.Qo‘ng‘urov,
I.Qo‘chqortoev,   H.Rustamov,   E.Begmatov,   M.Mukarramov,   X.Nazarova,
N.Mahmudov,   M.Sodiqova,   B.Bafoev,   B.O‘rinboev,   B.Yo‘ldoshev,   Q.Samadov,
L.Abdullaeva,   B.Turdialiev,   M.Tursunpo‘latov,   B.Umurqulov,   B.Fayzullaev,
A.Hazratqulov, E.Xo‘janiyozov, J.Esonov va boshqalarning ilmiy ishlarida ana shu
muammolarni hal qilish masalasi o‘rtaga qo‘yildi. X.Doniyorov va S.Mirzaevning
«So‘z   san’ati»   (Toshkent,   1963),   S.To‘rabekovaning   «Til   va   uslub»   (Toshkent,
1963),   N.SHukurovning   «G‘afur   G‘ulomning   lirik   poeziyadagi   mahorati»
(Toshkent,   1966),   «Uslublar   va   janrlar»   (Toshkent,   1973),   A.SHomaqsudovning
«Muqimiy satirasining tili» (Toshkent, 1971), «O‘zbek tili stilistikasi, 1-P qismlar»
(Toshkent,   1974),   X.Doniyorovning   «Alisher   Navoiy   va   o‘zbek   adabiy   tili»
(Toshkent,   1972),   M.Sultonovaning   «YOzuvchi   uslubiga   doir»   (Toshkent,   1973),
R.Qo‘ng‘urovning   «O‘zbek   tili   stilistikasidan   ocherklar»   (Samarqand,   1975),
«O‘zbek   tilining   tasviriy   vositalari»   (Toshkent,   1977),   «Sub’ektiv   baho
formalarining   semantik   va   stilistik   xususiyatlari»   (Toshkent,   1980),   «Stilistika
imeni   su щ estvitelnogo   v   uzbekskom   yaz ы ke»   (Tashkent,   1983),
I.Qo‘chqortoevning   «Badiiy   nutq   stilistikasi»   (Toshkent,   1975),   B.O‘rinboevning
«O‘zbek so‘zlashuv nutqi» (Toshkent, 1982), B.O‘rinboev va D.O‘rinboevalarning
«Hozirgi   o‘zbek   tilining   so‘zlashuv   uslubi»   (Toshkent,   1991),   M.Sodiqovaning
«Fe’l   stilistikasi»   (Toshkent,   1975),   Q.Samadovning   «Oybekning   til   mahorati»
(Toshkent,   1981),   O‘.Nosirovning   «Ijodkor   shaxs,   badiiy   uslub,   avtor   obrazi»
(Toshkent,  1981),  «Obrazlarda  uslub  jilolari»  (Toshkent,  1991),  B.Turdialievning
«Hamza va o‘zbek adabiy tili» (Toshkent, 1981), B.Yo‘ldoshevning «Badiiy nutq
stilistikasi» (Samarqand, 1982), «Stilisticheskiy analiz uzbekskoy xudojestvennoy
proz ы »   (Tashkent,   1989),   E.Qilichevning   «Badiiy   tasvirning   leksik   vositalari»
(Toshkent,   1982),   B.Bafoevning   «Navoiy   asarlari   leksikasi»   (Toshkent,   1983),
M.Mukarramovning «Hozirgi o‘zbek adabiy tilining ilmiy stili» (Toshkent, 1984),
X.Doniyorov   va   B.Yo‘ldoshevning   «Adabiy   til   va   badiiy   stil»   (Toshkent,   1988),
B.Umurqulovning   «Poetik   nutq   leksikasi»   (Toshkent,   1990),   S.Karimovning «Badiiy matnning uslubiy alomatlari» (Samarqand, 1992), «O‘zbek tilining badiiy
uslubi»   (Samarqand,   1992),   «Badiiy   uslub   va   tilning   ifoda   tasvir   vositalari»
(Samarqand, 199), E.Abdievning «YAz ы k i stil proizvedeniy Kamilya YAshena»
(Toshkent,   1990),   B.CHorievning   «G‘afur   G‘ulom   she’riyati   tili»   (Toshkent,
1990),   M.Bo‘ronovning   «Hamza   asarlari   tilining   ba’zi   leksik-morfologik
xususiyatlari»   (Nukus,   1991),   mualliflar   hamkorligida   nashr   qilingan   «O‘zbek
adabiyotida   janrlar   tipologiyasi   va   uslublar   rang-barangligi»   (Toshkent,   1984),
«Adabiy turlar va janrlar, 1-P tomlar» (Toshkent, 199-1992) kabi  monografiyalar
va   o‘quv   qo‘llanmalari   ana   shu   asarlar   jumlasidan   bo‘lib,   o‘rtaga   tashlangan   va
ochib   berishga   harakat   qilingan   masalalarni   umumlashtirib   aytadigan   bo‘lsak,
ularda   tilning   aloqa   vositasi   sifatida   muomala   jarayonida   turli   soha   va   vaziyatda
qo‘llanishi,   bunda   nutqni   tashkil   qilish   qonuniyatlari,   til   tizimidagi   barcha
vositalarning   imkoniyatlarini,   ma’no   nozikliklarini   aniqlash   stilistikaning   ob’ekti
sifatida   qaraladi.   Keyingi   yillardagi   katta   yutuqlardan   biri   bo‘lgan
A.SHomaqsudov,   I.Rasulov,   R.Qo‘ng‘urov,   H.Rustamovlarning   «O‘zbek   tili
stilistikasi»   (Toshkent,   1983)   darsligi   esa   bu   fanning   predmeti,   maqsad   va
vazifalari, til uslublari va nutq uslublari, vazifaviy uslublar, sinonimiya kabi qator
muammolarni   birmuncha   tartibli     va   batafsil   yoritganligi   bilan   o‘zbek   tili
stilistikasining to‘g‘ri yo‘ldan rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi.
Stilistika   muammolarini   tadqiq   etishga   bag‘ishlangan   ko‘plab   asarlarda
uning   ta’rifiga   ham   to‘xtalib   o‘tilgan.   Ulardan   muhimlari   sifatida   quyidagilarni
keltiramiz:
Vingoradov   V.V.:   …milliy   til   stilistikasi   tilning   hamma   jihatlarini   qamrab
oladi – «uning tovush tuzilishini ham, grammatikasi, gug‘ati, frazeologiyasini ham.
Biroq   u   ma’lum   til   hodisasini   tarixiy   taraqqiyotdagi   yaxlit   til   qurilishining   ichki
bog‘langan   elementlari   sifatida   emas,   faqat   funksional   differensiatsiya,   u  yoki   bu
darajada   bir   xil   bo‘lgan   ma’no   ifodasida   bir-biriga   yaqin,   muvofiq,   parallel   yoki
sinonimik vositalarning o‘zaro munosabati va   ta’siri hamda turli nutqiy hodisalar
ekspressiv   ma’no   va   ottenkalarining   mos   kelishi   nuqtai   nazaridan   qarab   chiqadi;
boshqa   tomondan   esa,   stilistika   bu   hodisalarni   nutqiy   muomalaning   alohida shakllari   yoki   alohida   ijtimoiy   chegaralangan   tiplari   va   ko‘rinishlari   bilan
aloqadorligi nuqtai nazaridan o‘rganadi». 6
Efimov A.I.: «…stilistika ijodiy mahorat, tilning tasviriy vositalari haqidagi
fan   hisoblanadi.   So‘z   estetikasi   va     uning   matndagi   rolini   o‘rgana   borib,   u
leksikologiya   va   grammatikaga   boqlangan.   Ammo,   shu   bilan   birga,   o‘rganish
ob’ekti, vazifasi va metodlari bilan ulardan tubdan farq qiladi». 7
Kojina   M.N.:   «Eng   umumiy   ma’noda   stilistikani   nutqiy   ta’sirchanlik
vositalari   hamda   bayonning   mazmuni,   maqsadi   va   muomala   doirasiga   bog‘liq
holda til birliklaridan bir qadar maqsadga muofiq foydalanish shart qilib qo‘yilgan
tilning amal qilish qonuniyatlari haqidagi lingvistik fan sifatida ta’riflash mumkin.
Bunda,   eng   avvalo,   xizmatga   doir,   ilmiy,   baliiy,   publitsistik,   maishiy   kabi   bir
qolipdagi va sotsial ahamiyatli bo‘lgan muomala sohalari ajralib turadi». 8
Rasulov I.: «Milliy til stilistikasining mundarijasi birmuncha keng bo‘lib, u
tilning barcha stilistik sistemasini tekshiradi. Bu stilistik sistema stillardan tashqari,
tilning   yozma   va   og‘zaki   formalarini,   adabiy   va   so‘zlashuv   nutq   ko‘rinishlarini
ham o‘z ichiga oladi. SHunday qilib, stilistika til birliklaridan qaysi biri u yoki bu
stilda,   yozma   yoki   og‘zaki   nutqda   ko‘proq   ishlatiladi,   degan   masala   bilan
shug‘ullanadi,   Bundan   tashqari,   stilistikaga   fikr   va   maqsadni   ifodalashda,   til
vositalarining   to‘g‘ri   tanlangani   yoki   tanlanmaganligini   aniqlash   hamda   shu   til
vositalarini   maqsadga   muvofiq   tanlash   va   ishlatish   yo‘llarini   belgilash   vazifalari
yuklatiladi». 9
Demak,   tildagi   barcha   birliklar   –   fonetik,   morfologik,   sintaktik   va   leksik
birliklar   ham   nutq   jarayonidagi   holatda   stilistikaning   predmeti   bo‘lishi   mumkin.
Ammo   ularning   birlamchi   ma’nosi   kengayib,   ma’lum   emotsional-ekspressiv
ottenkaga   ega   bo‘lsa,   va   hatto,   estetik   ta’sir   kuchiga   ega   bo‘lsagina   shunday
bo‘ladi.
6 6
 Виноградов В.В. Итоги обсуждения вопросов стилистики // Вопросы языкознания, 1955, № 1,
с.66.
7 7
 Ефимов А.И. С тилистика русского языка. – М., 1969, с.23.
8 8
 Кожина М.Н. Стилистика русского языка. – М., 1983, с.23.
9 9
 Шомақсудов А. Ва бошқ. Ўзбек тили стилистикаси. – Тошкент, 1983, 6-7-бетлар. O‘zbek   tili   stilistikasining   ilmiy-nazariy   va   amaliy   jihatlarini   ishlab
chiqishda ham, uning asosiy yo‘nalishlarini belgilashda ham ana shu mulohazalar
tayanch fikr sifatida olingan: «Stilistika – tilda mavjud bo‘lgan barcha vositalar –
leksik,   grammatik,   fonetik   vositalardan   nutqda   qanday   foydalanish   zarurligini,
ma’lum bir tipdagi forma, so‘z va konstruksiyalardan qaysi birini qo‘llash muvofiq
ekanini,   yaxshi   va   eng   muvofiq   vositasini   tavsiya   etadi,   norma   qilib   belgilaydi,
nutqning   turli   stilistik   qatlamlarida   qo‘llanadigan   vositalarni   belgilab   beradi.
SHunga   ko‘ra,   stilistika   so‘z   san’ati,   ifoda   vositalari   haqidagi   alohida   bir
fandir». 10
10
Endi   bir   necha   og‘iz   gap   stilistikaning   yo‘nalishlari   haqida.   Uning   asosiy
masalalarini   chuqur   tahlil   qilgan   V.V.Vinogradov   quyidagi   muhim   tezisni   ilgari
surgan edi: «…tadqiqotning hech bo‘lmaganda, uch xil doirasini chegaralash lozim
bo‘ladi. Bu – birinchidan, «tizimlar tizimi» sifatidagi til stilistikasi yoki struktural
stilistika,   ikkinchidan,   nutq   stilistikasi,   ya’ni   tildan   ijtimoiy   foydalanishning   turli
ko‘rinish   va   holatlari,   uchinchidan,   badiiy   adabiyot   stilistikasi.   Poetik   nutq
nazariyasi va tarixi hamda poetika aynan keyingisi qatoriga kiradi». 11
11
R.A.Budagovning   bu   boradagi   fikri   esa   quyidagicha:   «…stilistikani
«tizimlar   tizimi»   sifatida   bir   chetga   qo‘yib   turib   (bu   tushuncha   hozircha   jumboq
bo‘lib qolmoqda) birmuncha boshqacha va nisbatan sodda bo‘lishini taklif qilishni
istar   edim:   1)   umumxalq   tili   stilistikasi,   2)   adabiy   til   stilistikasi,   3)   badiiy   nutq
stilistikasi (yoki – badiiy adabiyotning o‘zi)». 12
12
Stilistikaning yo‘nalishlari haqidagi M.N.Kojina tasnifi birmuncha sodda va
tushunarlidir:
1. Tilning stilistik resurslarini o‘rganuvchi yo‘nalish. U an’anaviy xarakterda
bo‘lib,   ma’lum   ma’noda   tilning   bo‘yoqdor   vositalarini,   tasviriy   imkoniyatlarini,
so‘zlar, formulalar va qurilmalarning semantik-funksional ottenkalarini izohlovchi
tasviriy   stilistikadir.   Uning   asosiy   ob’ektlaridan   biri   stilistik   sinonimiya   sanaladi.
10 10
 Абдураҳмонов Ғ. Стилистик нормалар ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти, 1969, 6-сон, 50-
бетю
11 11
 Виноградов В.В. Стилистика. Теория поэтической речи. Поэтика. – М., 1963, с.5.
12 12
 Будагов Р.А.  Литературные языки и языковые стили. – М., 1967, с.129. Tilning   fonetik,   leksik,   frazeologik,   morfologik   va   sintaktik   vositalarini   stilistik
yo‘nalishda o‘rganish ham shu sohaning vazifasiga kiradi.
2.   Funksional   stilistika.   Bu   yo‘nalish   tilning   kommuni-kativ   vazifasidan
kelib   chiqib   muomalaning   u   yoki   bu   doirasida   amal   qilish   qonuniyatlarini
o‘rganadi.
3. Badiiy adabiyot stillari haqidagi fan. Bu yo‘nalish adabiy til bilan badiiy
adabiyotning turli xil janrlari o‘rtasidagi munosabatni tadqiq qiladi. YOzuvchi yoki
alohida olingan asar uslubini o‘rganish ham shu sohaga kiradi. 
4.   Va   nihoyat   so‘zlovchi   yoki   yozuvchining   vaziyatga,   muomala   muhitiga
qarab   til   birliklaridan   maqsadga   muvofiq   ravishda   foydalanishni   o‘rgatuvchi
amaliy stilistika. 13
13
Garchand   V.V.Vinogradov   mulohazalari,   ko‘p   o‘rinlarda   tilga   olinsa-da,
o‘zbek   tili   stilistikasi   yo‘nalishlarini   tadqiq   etishda   M.N.Kojina   tasnifi   etakchi
o‘rinda turganligi ma’lum bo‘ladi. R.Qo‘ng‘urovning quyidagi fikrlari ham buning
dalilidir: «O‘zbek tilinistilistik nuqtai nazardan tadqiq etishga bag‘ishlangan ilmiy
ishlarni   uch   guruhga   bo‘lish   mumkin:   bir   xillarida   stilistikaning   umumnazariy
masalalari, funksional stillar tahlil qilinadi, boshqalarida til normalari, badiiy asar
tili   qarab   chiqiladi,   uchinchi   bir   xillarida   o‘zbek   tilining   tasviriy   vositalari
o‘rganiladi». 14
14
Stilistikaning   qamrovi   shu   qadar   kengki.   Uning   ayrim   tushunchalariga
aniqlik   kiritib   olishga   to‘g‘ri   keladi.   Til   stillari   va   nutq   stillari   o‘rtasidagi
munosabatni   aniqlab   olish,   badiiy   adabiyottilini   o‘rganish   aspektlarini   belgilash,
uni   funksional   uslublar   yo‘nalishi   bo‘yicha   o‘rganish   ana   shunday   muammolar
qatoriga kiradi.
V.V.Vinogradov ularning har biriga alohida-alohida munosabat bildirgan:
«Til   stilistikasi   yoki   struktural   stilistika   formalar,   so‘zlar,   so‘z   qatorlari   va
qurilishlarining,   tilning   yaxlis   tstrukturasi   ichida   «tizimlar   tizimi»   sifatida,
munasabatdosh   bo‘lgan   turli   xususiy   tizimlarni   bayon   qiladi,   ularga   baho   beradi,
o‘zaro munosabatlarini, ta’sirini va aloqasini  izohlaydi. U tipik belgilar yig‘indisi
13 13
 Кожина М.Н. Стилистика русского языка, с.24-26.
14 14
 Кунгуров Р.   Стилистика имени существительного в узбекском языке. – Ташкент, 1983,  с.8-9. bilan xarakterlanuvchi til stillarining tarixan o‘zgarib turadigan tendensiyalari yoki
o‘zaro   munosabatlarining   ko‘rinishlarini   o‘rganadi.   Bu   stillar   odatda   funksional
stillar   deyiladi,   masalan,   kitobiy   stilga   umuman   qarama-qarshi   qo‘yilgan   va
kommunikativ-maishiy vazifasi  bilan hamda shu sababli  ba’zan kundalik-maishiy
va   kundalik-xizmatga   doir   deb   ajratiladigan,   boshqa   stillardan   chegaralangan
so‘zlashuv;   maxsus   va   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   ilmiy-kommunikativ   vazifaga
tegishliligi   bilan   aniq   bilinib   turuvchi   ilmiy-xizmatga   doir;   xarakterli   sifatlari   va
tashviqot   kommunikativ   alomatlari   bilan   ko‘zga   tashlanuvchi   gazeta-   va   jurnal-
publitsistik; rasmiy-idoraviy hamda rasmiy-hujjat va boshqalar (masalan, tantanali-
ritorik, badiiy-tasviriy)».
«Nutq   stilistikasi   hissasiga   turli   janrlar   hamda   og‘zaki   va   yozma   nutqning
ijtimoiy   shartlashilgan   ko‘rinishlarining   o‘zaro   semantik   va   ekspressiv-stilistik
xarakterdagi   noziu   farqlarini   aniqlash   vazifasi   tushadi.   CHunki,   og‘zaki   nutqning
munozaralarda chiqish qilish, ma’ruza, kengash, matbuot konferensiyasi, doklad, u
yoki   bu   auditoriya   bilan   suhbat   va   shu   kabi   kompozitsion   shakllari   odatda
so‘zlashuv va kitobiy til elementlarining ko‘p ko‘rinishdagi almashinib turishi yoki
qorishiq holda kelishi asosiga quriladi».
«Badiiy   adabiyot   stilistikasi   uchun   adabiyot   tizimi   o‘zining   asosiy   stilistik
shakllari   va   bu   shakllarning   janr   ko‘rinishlari   bilan,   individual-badiiy,   maktablar
va yo‘nalishlar uslublari va shu kabilar atrofida aylanadigan qiyoslash va qarama-
qarshi qo‘yishlari bilan birgalikda tadqiqot predmeti sanaladi». 15
15
A.V.Stepanov   ham   til   stili   va   nuto‘   stilini   farqlaydi.   U   til   stilistikasiga
adabiy   tilning   yozma   ko‘rinishlari   bo‘lgan   adabiy-badiiy,   ilmiy,   publitsistik,
notiqlik,   amaliy,   epistolyap   uslub   taraqqiyotini   o‘rganuvchi   tarixiy   soha   deb
qaraydi.  Uningcha,   adabiy   til   tarixi   shu   uslublar   tarixidan   iborat.   Nutq  stilistikasi
ham  uslublarni   o‘rganadi.  Ammo ular  tarixiy taraqqiyotda,  o‘zaro  bir-biriga  o‘tib
yoki yaqinlashib borish holatida emas, balki hozirgi nutqiy  janrlarda qo‘llanishini
o‘rganadi.   Til   stili   faqat   yozma   shaklda,   nutq   stili   esa   ham     yozma,   ham   og‘zaki
shaklda faoliyat ko‘rsatadi. Til belgisi uning hamma janrlarida ham yadroliligicha
15 15
  Виноградов В.В. Стилистика. Теория поэтической речи. Поэтика., с.5, 15, 75. qolaveradi.   Nutq   stilistikasi   tilning   hozirgi   ijtimoiy,   yoki   bizda   «ommaviy   aloqa
tili», nutq madaniyati deb ataladigan qo‘llanilishini o‘rganadi. 16
16
R.A.Budagov   ham   bu   masalaga   o‘z   munosabatini   bildirgan.   Uningcha   bu
stillar bir-birlaridan farqlanishi  kerak. CHunki, til stillari fonetik, leksik, sintaktik
asoslarga tayanib shakllanadi Nutq stillari esa nutq jarayoni bilan bog‘liq ravishda
son jihatdan juda ko‘pdir. 17
17
Bizningcha, tilning amaliy qonuniyatlarini chuqur o‘rgangan M.N.Kojina bu
masalalarga   to‘g‘ri   yondoshgan.   Uning   fikricha,   tilning   dinamik   hodisa   deb
izohlanishi,   o‘zining   kelib   chiqishi   va     amalda   bo‘lishiga   ko‘ra   stilistik   aspekti
aynan nutqiy faoliyat tilning funksional tomoni bilan boqlangani til stillari va nutq
stillarini qarama-qarshi qo‘yish muammosini olib tashlashni taqozo qiladi.
Funksional  stillar  tilning amaliy jihatlarini  ko‘rsatuvchi  hodisadir. Garchi  u
til stillari sanalsa ham, biroq «funksional» atamasi tilning dinamik tomoni – uning
nutq   jarayonida   amal   qilishi   bilan   bog‘liq.   SHu   ma’noda   ularni   nutqiy   deyish
mumkin.   Natijada   «funksional»   aniqlovchisi   bu   erda   «nutqiy»   so‘zi   bilan
sinonimik   vazifanibajaradi.   «SHunday   qilib,   funksional   stil   –   bu   bir   vaqtning
o‘zida   ham   til   stili,   ham   nutq   stilidir,   aniqrog‘i   esa,   tilning   funksional   aspekti
uslubidir ». 18
18
Demak, til stillari va nutq stillarini doimo birgalikda, dialektik aloqadorlikda
olib   qaralgandagina,   tilga,   uning   ahamiyatiga   to‘g‘ri   munosabatda   bo‘linadi.
O‘zbek uslubshunosligida ham tahlil jarayonida mana shu xulosalarga tayanib ish
ko‘rilmoqda.
Endi bir necha og‘iz gap badiiy adabiyot stilistikasi va badiiy uslub haqida.
V.V.Vinogradov   stilistikaning   uch   yo‘nalishini   belgilashda,   uning   uchinchisi   –
badiiy adabiyot stilistikasining ham ob’ektini ko‘ratib bergan edi: «Badiiy adabiyot
stilistikasining   maqsadi   ma’lum   tahlil   yo‘li   bilan   adabiy   asarni   tashkil   etishning
qonuniyatlari   va   usullarini   ochishdir,   yozuvchini   individual   uslubini,   adabiy
16 16
  Степанов А.В. Основные понятия стилистики. – М., 1966, с.10-13, 66.
17 17
 Будагов Р.А.  Литературные языки и языковые стили, с.70-75, 372.
18 18
  Кожина М.Н. Стилистика русского языка, с.56. maktablar,   badiiy   asarlar   va   shu   kabilarning   tuzilish   tizimidagi   individual   o‘ziga
xosligini tasvirlab berish va aniqlashdir». 19
19
Demak, badiiy adabiyot stilistikasi yozuvchi yok uning ma’lum asari, adabiy
maktablar,   yo‘nalishlar   hamda   ma’lum   davr   adabiyotining   uslubiy   o‘ziga
xosliklarini o‘rganadi. Bunda eng kichik bir asarning syujeti va kompozitsiyasidan
tortib,   yozuvchi   yashagan   muhit   yoki   asar   voqealari   aks   ettirilgan   davrgacha
bo‘lgan juda katta chegara hisobga olinadi va albatta asarning tiliga ham murojaat
qilinadi.   Boshqacha   qilib   bu   stilistikani   adabiyotshunoslik   stilistikasi,   deb   ham
ataydilar.
Badiiy asar matnini tahlil qilishning tilshunoslik fani manfaatdor bo‘ladigan
boshqa bir jihati ham borki, uni ikki yo‘nalishga ajratib qarashga to‘g‘ri keladi.
Birinchidan,   badiiy   asar   matnidan   tilni   sinxronik   va   diaxronik   yo‘nalishda
o‘rganishda,   tilshunoslikning   esa   nazariy   va   amaliy   asoslarini   ishlab   chiqishda,
uning   ma’lum   davrdagi   yoki   hozirgi   paytdagi   ahvolini,taraqqiyot   qonunlarini
o‘rganishda, turli kategoriyalarni ilmiy tahlil qilishda material sifatida foydalanadi.
Xuddi   ana   shunday   material   vazifasini   turli   davrlarda   yozilgan   tarixiy   va   ilmiy
asarlar,   xalq   og‘zaki   ijodi   namunalari   ham   bemalol   o‘tayverishi   mumkin.   Bu
tadqiqot   badiiy   asar   yoki   uning   muallifining,   ijodiy   oqimlar,   yo‘nalishlar,
maktablar yoki ma’lum davr tili va uslubining o‘ziga xosligi haqida to‘liq tasavvur
bera olmaydi va bu uning  vazifasiga ham kirmaydi.
Ikkinchidan, badiiy asar materialidan tilda yuz berayotgan sifat o‘zgarishlari,
ya’ni   ma’no   taraqqiyotini   aniqlash   maqsadida   foydalaniladi.   Bunda
tadqiqotchining   o‘z   oldiga   qo‘ygan   maqsadidan   kelib   chiqib,   tildagi   hamma
birliklar   –   fonetik   birlikdan   tortib   frazeologizmlargacha   bo‘lgan   katta   material
qamrab   olinadi   v   ular   yangi   bir   prizmadan   –   stilistik   prizmadan   o‘tkaziladi.   Bu
tadqiqotlarda   til   vositalarining   o‘z   birlamchi   ma’nolari   emas,   balki   matniy,
nutqdagi   qo‘shimcha   ma’nolari,   ularning   bajargan   vazifalari   va   bu   bajargan
vazifasiga   qarab   chegaralanishlari   o‘rganiladi.   Milliy   til   boyligini,   uning   bugungi
19 19
 Виноградов В.В. Стилистика. Теория поэтической речи. Поэтика., с.79. ahvolini   belgilashda   katta   rol   o‘ynaydigan   bu   yo‘nalishni   lingvistik   stilistika   deb
ataydilar.
Masalaga   xuddi   mana   shu   tarzda   yondoshilsagina   badiiy   asar   tilini   kim
o‘rganishi   kerak   –   tilshunoslarmi   yoki   adabiyotshunoslar,   deganmunozaraga
birmuncha aniqlik kiritiladi.
Bu   o‘rinda   faqat   shuni   qo‘shimcha   qilish   mumkinki,   adabiyotshunoslikda
tilni blimasdan turib asarning badiiy- estetik qimmati to‘g‘risida to‘laqonli xulosa
chiqarib   bo‘lmaydi.   Xuddi   shuningdek,   turli   janrlardagi   badiiy   asarlarga   material
sifatida   tayanmagan   tilshunoslikning   taraqqiyotini   ham   tasavvur   qilish   qiyin
bo‘ladi.
Badiiy   asar   tilini   tilshunoslik   aspektida   o‘rganishning   katta   umumnazariy
ahamiyati   bor.   Birinchidan,   u   ma’lum   bir   davr   tilini,   uning   taraqqiyotini   hamda
vazifaviy   uslublarini   o‘rganisha   yordam   beradi,   ikkinchidan,   yozuvchining   til
materialidan foydalanishdagi individual o‘ziga xosligini aniqlashga ko‘maklashadi.
SHunday   qilib,   stilistika   ham   adabiyotshunoslikning,   ham   tilshunoslikning
integral   uzviy   qismiga   kiradi.   Ayni   paytda   ularning   tadqiqot   doirasi   qisman   bir-
biriga mos keladi, qisman farq qiladi.
Navbatdagi   gap   funksional     stillar   –   vazifaviy   uslublar   haqida.   Ma’lumki,
kishilar o‘z ijtimoiy faoliyatlarida tildagi barcha vositalardan – fonetik, grammatik,
leksik, frazeologik birliklardan foydalanganlarida, avvalo, ularni o‘z ehtiyojlaridan
kelib   chiqib,   nutq   mavzusiga,   vaziyatga   qarab   tanlaydilar   va   ishlatadilar.
Tilimizdagi vositalarning bir nechalab ko‘rinishlarga ega bo‘lishi, sinonimik rang-
baranglik shunday yo‘l tutishga imkon beradi. Mana shu tanlash nutq jarayonida til
birliklarining   o‘ziga   xos   uslubiy   chegaralanishini   taqozo   qiladi.   Til   elementlarini
ijtimoiy   muhitda   tanlab   ishlatish   zarurati   va   ularni   tilshunoslikda   ilmiy-amaliy
tahlil   qilish   stilistikada   yangi   sohani   –   funksional   stilistikani   –   vazifaviy
uslubshunoslikni vujudga keltirdi.
Tilshunoslikda,   jumladan   o‘zbek   tilshunosligida   vazifaviy   uslublar   tasnifi
borasida   munozarali   fikrlarning   bo‘lishidan   qat’iy   nazar,   bunda   ikki   yo‘l
ahamiyatli hisoblanadi: 1) tilning ijtimoiy vazifasiga asoslanish; 2) u qo‘llanadigan doirani, muhitni e’tiborga olish. Bunday paytda til bajaradigan ijtimoiy vazifadan
kelib   chiqib   ish   ko‘rish   maqsadga   muvofiqligi   asos   e’tiborga   olinsa,
V.V.Vinogradov   tasnifining   nima   uchun   shuhrat   qozonganligining   sababini
tushunsa   bo‘ladi:   «Tilning   aloqa,   xabar   va   ta’sir   kabi   muhim   ijtimoiy   vazifalari
ajratilganda   til   strukturasi   umumiy   planida   quyidagi   uslublar   chegaralangan
bo‘lishi   mumkin   edi:   kundaliy-maishiy   uslub   (aloqa   vazifasi),   kundalik-xizmatga
doir,   rasmiy-hujjat   va   ilmiy   (xabar   vazifasi),   publitsistik   va   badiiy-belletristik
(ta’sir vazifasi)». 20
20
Ba’zi   tadqiqotchilar   vazifaviy   uslublar   tasnifida   faqat   til   bajarayotgan
vazifani hisobga olishning o‘zi etarli emas deb hisoblaydilar. Bunda ular nutqning
mavzusi, so‘zlovchi va tinglovchining (yozuvchi yoki o‘quvchining) shaxsi va ular
o‘rtasidagi   munosabat,   muloqot   paytidagi   vaziyat   kabilarning   ham   ahamiyati
muhim   ekanligini   alohida   qayd   qiladilar.   «Hozirgi   zamon   stilistikasida,   -   deb
yozadi   V.G.Kuznetsov.   –   vazifaviy   uslublarni   ijtimoiy   ongning   ma’lum   sohalari
bilan   o‘zaro   munosabati   hamda   ijtimoiy   munosabatlarga   aloqadorligiga   bog‘liq
holda   ajratish   prinsipi   keng   tarqaldi.   Moddiy   borliqni,   real   voqelikni   aks   ettira
borib   ijtimoiy   ong   –   jamiyat   hayotining   ma’naviy   tomoni   –ma’lum   huquqiy,
yuridik,   siyosiy,   ilmiy,   estetik,   etik   va   boshqa   qarashlarni,   tasavvur   va
nazariyalarni o‘ziga qo‘shib oladi. Ijtimoiy ong doirasi uslubga nisbatan birlamchi
bo‘lib,   uning   shakllanishi,   amal   qilishi   va   rivojlanishini   belgilaydi.   Ijtimoiy
ongning   har   bir   sohasi   ma’lum   til   vositalarini   tanlash   va   (ma’lum   matnga)
berkitishda   o‘z   ifoda   usuliga   ega.   SHunday   qilib,   funksional   uslublarni   aniqlash
zamirida ekstralingvistik omil bo‘lishi kerak». 21
21
Har   ikki   omil   –   lingvistik   va   ekstralingvistik   (paralingvistik)   omillar
birgalikda   olingandagina   vazifaviy   uslublarga   bo‘lgan   qarash   atroflicha   bo‘lishi,
ularning qamrov doirasi birmuncha aniq ifodalanishi mumkin.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili vazifaviy uslublari miqdori va tasnifi haqida ham
turlicha qarashlar mavjud. A. Sulaymonovning «Til stillari haqida» nomli maqolasi
ana   shu   masalaga   oydinlik   kiritish   yo‘lidagi   dastlabki   urinishlardan   biridir.
20 20
 Виноградов В.В. Стилистика. Теория поэтической речи. Поэтика., с.6.
21 21
 Кузнецов В.Г. Функциональные стили современного французского языка. – М.,1991, с.14. Muallifning   «Stilistikaning   vazifasi   u   yoki   bu   stilda   yoki   nutq   formasida,   ya’ni
og‘zaki  va yozma nutqda, qanday til  hodisalari  ko‘proq qo‘llanishini  aniqlashdan
iboratdir» 22
22     degan   gaplaridan   tushunish   mumkinki,   u   til   yoki   nutq   stillarini
yozma va og‘zaki  – so‘zlashuv uslublariga ajratgan. G‘. Abdurahmonov tasnifida
ham   ana   shu   fikr   etakchi   o‘rinda   turadi:   «Ma’lumki,   nutq   ikki   xil   (yozma   va
og‘zaki) nutqdan iborat.
  YOzma   nutq:   1)   badiiy  nutq,   2)   ilmiy   nutq,  3)   publitsistik   nutq,     4)
rasmiy   nutq,   5)   neytral   nutqdan   iboratdir   (Bu   nutq   turlari   ayrim   adabiyotlarda
stilistik qatlamlar sifatida talqin qilinadi).
Og‘zaki   nutq   esa   turli   ijtimoiy   qatlamlarning   nutqlaridan,   turli   sheva
nutqlaridan tashkil topadi.
Nutq   stili   bo‘lsa   quyidagi   qatlamlardan   iborat   bo‘ladi   :   1)   neytral   stil,   2)
tantanali stil, 3) intim stil, 4) yumoristik stil va satirik stil, 5) rasmiy stil.
Nutqda (xoh yozma, xoh og‘zaki bo‘lsin) bu stil qatlamlari aralashib keladi,
nutq janriga ko‘ra biror stilistik qatlam etakchi, asos bo‘ladi». 23
23 
I. Qo‘chqortoev bu masalaga ancha ehtiyotkorlik bilan yondoshadi: «O‘zbek
adabiy tilining stilistik ixtisoslashuvi, uning funksional uslublari ilmda ham qat’iy
chegaralab   berilgan   emas.   –   deydi   u.   –   SHuning   uchun   bu   masala   yuzasidan
hozircha aniq, izchil bir fikr aytish qiyin, albatta. Lekin o‘zbek adbiy tili doirasida
badiiy,   ilmiy,   ijtimoiy-siyosiy   uslublarning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   ularni   bir-
biridan farqlaydigan belgilar ma’lum darajada aniq sezilib turadi». 24
24
Vazifaviy   uslublar   tasnifi   masalasiga   oid   fikrlar   S.   Muhamedov   tomonidan
ham aytilgan. 25
25 
B.O‘rinboev   ham   «Funksional   uslubiyat   va   uning   mohiyati»   asarida   ushbu
masalaga   to‘xtaladi:   «Hozirgi   o‘zbek   tilidagi   uslublar   quyidagilardan   iborat   deb
hisoblaymiz: 
22 22
 Сулаймонов А.   Тил стиллари ҳақида // Совет мактаби, 1964, №6, 21-23-бетлар.
23
23
  Абдураҳмонов Ғ. Стилистик нормалар ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти, 1969, № 6, 51-бет.
24 24
    Қўчқортоев   И.   Адабий   тилнинг   стилистик   табақаланиши   ва   нутқ   маданияти   //   «Нутқ
маданиятига оид масалалар» тўплами. – Тошкент, 1973, 110-бет.
25
25
  Муҳамедов   С.   Ўзбек   тили   функционал   стилларини   белгилаш   тўғрисида   //   Ўзбек   тили   ва
аабиёти, 1983, № 4, 58-бет. I.Til uslublari.
1.Kitobiy uslub; 2. So‘zlashuv uslubi.
II. Nutq uslublari.
1.Asosiy kommunikativ uslub. Bu uslubga o‘z navbatida: a) so‘zlashuv nutqi
uslubi;  b)  ilmiy nutq uslubi;  v)  gazeta  – publitsistik  uslubi;  g)  rasmiy – ish nutqi
uslubi kiradi» . 26
26
N.A. Baskakovning quyidagi mulohazalari turkiy tillarda uning yana boshqa
turlari mavjud bo‘lganligidan dalolat beradi: «Turkiyning har bir mahalliy varianti
stilistik   sistemalari,   birinchidan,   ham   prozaik,   ham   poetik   janr   tiplari   va
ko‘rinishlarining   ulkan   rivoji   va   murakkablashishi   bilan,   ikkinchidan,   barcha
funksional   uslublarning;   1.   ilmiy   –   publitsistik,   (tarixiy)   jug‘rofiy,   filologik
xarakterdagi   prozaik   va   poetik   traktatlar,   tabiiy   va   aniq   fanlar   bo‘yicha   prozaik
hamda   poetik  asarlar   va  boshqalar;   2)   badiiy   (prozaik   va  ulkan   darajadagi   poetik
asarlarning   ko‘plab   poemalar,   dostonlar,   g‘azallar,   muxammaslar,   soqiynomalar,
qit’alar,   ruboiylar,   tuyuqlar   kabi   har   xil   turlari   va   xillari);   3)   xizmatga   doir
(farmonlar, tarxon yorliqlari, nomalar, turlicha diplomatik hamda huquqiy hujjatlar
va   boshqalar);   4)   diniy   uslub   (vaqf   hujjatlar,   diniy   falsafiy   va   huquqiy   asarlar,
tafsirlar,   imomlarning   diniy   murojaatlari   kabi)   larning   ko‘plab   poetik   va   prozaik
janr ko‘rinishlari shakllanishi bilan xarakterlanadi. 
Funksional uslublarning bu barcha tiplari va ko‘rinishlari o‘rta va yangi davr
yozma va og‘zaki turkiy tillarda sezilarli darajada ko‘pchilik turkiy xalqlar uchun
rasmiy   din   bo‘lgan   islom   ta’sirida,   u   orqali   esa   o‘sha   davrda   amalda   bo‘lgan
qoidalar   –   adabiy   yozma,   qisman   og‘zaki,   arab   va   fors   tillari   ta’sirida
shakllandi». 27
27   Ko‘rinadiki,     o‘zbek   tilidagi   vazifaviy   uslublarga   doir   qarashlar
umumlashtiriladigan   bo‘lsa,   uslublar   dastlab   og‘zaki   va   yozma   shakllarga,   ularni
yana   o‘z   navbatida   ilmiy,   rasmiy,   ommabop,   badiiy,   diniy   va   so‘zlashuv   kabi
ko‘rinishlarga ajratish haqida qarashlar mavjud. Hozircha ulardan beshtasi – ilmiy,
26
26
 Ўринбоев  Б. Функционал услубият ва унинг моҳияти. - -Тошкент: Фан, 1992, 32-33-бет.
27
27
  Баскаков   Н.А.   Структурные   и   функциональные   стилистические   модификации   в
современных   тюркских   языках   //   Развитие   стилистических   систем   литературных   языков
народов СССР. – Ашхабад, 1968, с.57. rasmiy, ommabop, badiiy, so‘zlashuv uslublari va ularning me’yoriy xususiyatlari,
til   materiali   sifatidagi   hamda   nutq   jarayonidgi   o‘ziga   xosliklari   o‘zbek
tilshunosligida monografik yo‘nalishda o‘rganilgan. 28
28 Ammo diniy uslub o‘zbek
tilida haqiqatdan mavjudmi, agar mavjud bo‘lsa, uning lingvostilistik xususiyatlari
nimalardan iborat, degan masala hozircha o‘rganilgan emas.
SHunday qilib, tadqiqotlarda vazifaviy uslublar soni o‘ntagacha ko‘rsatiladi:
badiiy-belletristik,   ijtimoiy-publitsistik   (matbuot),   ilmiy   bayon,   texnik-ishlab
chiqarish, rasmiy-hujjat (idoraviy), epistolyar, neytral, notiqlik, maishiy nutq, diniy
kabi.   Bu   tasniflarning   ko‘pchiligida   asosan   beshta   uslub   takrorlanadi:   so‘zlashuv
uslubi,   rasmiy   uslub,   ilmiy   uslub,   ommabop   uslub,   badiiy   uslub.   O‘zbek   tili
uslubshunosligida ham vazifaviy uslublar uchun ana shu tasnif asos qilib olingan.
Aytilganlardan   ma’lum  bo‘ladiki,  o‘zbek   tilshunoslgida  uslubshunoslikning
predmetini,   maqsad   vazifalarini,  undagi   asosiy   yo‘nalishlarni   belgilashda   ma’lum
ishlar   amalga   oshirilgan   va   shu   asosda   tegishli   nazariy   xulosalar   chiqarilganki,
ularga asoslanib bundan keyingi  tadqiqotlarni davom ettirish mumkin bo‘ladi.
SHu   bilan   birga   amalga   oshirilishi   lozim   bo‘lgan   vazifalar   ham   oz   emas.
Ular nazarimizda quyidagilar:
1. O‘zbek tili uslubshunosligida uning fonostilistika – fonetik uslubshunoslik
masalalari   etarli   darajada   o‘rganilgan   emas.   To‘g‘ri,   X.Doniyorov   va
B.Yo‘ldoshevlarning   «Adabiy   til   va   badiiy   stil»   monografiyasida,
A.Abduazizovning   «Fonostilistik   vositalarni   o‘rganishga   doir»   maqolasida
mavzuning   dolzarbligi,   uning   predmeti,   maqsad   va   vazifalari   belgilab   berilgan.
G.YAxshieva   tomonidan   «Fonografik   uslubiy   vositalar»   nomi   bilan   nomzodlik
dissertatsiyasi himoya qilindi. 29
29 Ammo bu sohadagi tadqiqotlar davom ettirilishi,
28 28
    Ўринбоев   Б.   Ўзбек   сўзлашув   нутқи   масалалари.   ДД.   –   Тошкент,   1974;     Мукаррамов     М.
Ҳозирги ўзбек адабий тилининг илмий услуби семантик-функционал аспектда. ДД. – Тошкент,
1985;   Каримов   С.А.   Ўзбек   тилининг   бадиий   услуби.   ДД.   –   Тошкент,   1994;   Бобохоно-   в   а     Д.А.
Ҳозирги   ўзбек   адабий   тилининг   расмий-иш   услуби,   НД.   –   Тошкент,   1978;   Қурбонов     Т.И.
Ҳозирги ўзбек адабий тилининг публицистик услуби. НД – Тошкент, 1987.
29
29
    Қ   а   р  а   н   г:   Дониёров   Х.,   Йўлдошев   Б.   Адабий   тил  ва   бадиий   стиль.  –   Тошкент,   1988,  70-77-
бетлар. Абдуазизов А.   Фоностилистик воситаларнинг ўрганилишига доир // Ўзбек тили ва адабиёти, 1985,
2-сон, 24-бет. Яхшиева Г. Ўзбек тилида фонографик услубий воситалар. – Тошкент, 1996. Яхшиева Г. Ўзбек
тилида фонографик услубий воситалар: Филол.фан.номз. …дис.автореф. – Тошкент, 1997. –25 б.  o‘zbek tilining fonetik stilistikasi nazariy asosga qo‘yilishi, uni o‘rganish metodlari
belgilab berilishi lozim.
2. Leksik va grammatik uslubshunoslik ham mukammal tadqiqotlar amalga
oshirilishini   taqozo   qilmoqda.   Jumladan,   leksik   birliklar   tarixiylik   va   hozirgi
iste’mol   darajasi   (diaxronik   va   sinxronik),   ma’no   va   shakl   munosabati   hamda
uslublararo vazifaviy taqsimlanishi nuqtai nazaridan keng ko‘lamda tadqiq etilishi
zarur.   Morfologik   uslubshunoslikdagi   bo‘shliq   ham   to‘ldirilib,   sifat,  son,   olmosh,
ravish, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, undov, taqlid, modal so‘zlar singari so‘z
turkumlari monografik kuzatish ob’ektiga aylanmog‘i lozim. Sodda gap uslubiyati
o‘rganilishi,   ular   qo‘shma   gaplar   bilan   qiyoslanishi,   umuman   gap   uslubiyati
yanada jiddiy tadqiqotlarni taqozo qiladi.
3. Vazifaviy uslubshunoslik sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar
ham anchagina. Garchi o‘zbek tilida beshta – so‘zlashuv, rasmiy, ilmiy, ommabop
va  badiiy   uslublar   mavjudligi   e’tirof   etilib,  har   biri   monografik  kuzatish   mavzusi
bo‘lgan   bo‘lsa-da,   ular   umumlashtirilib,   o‘zbek   tili   vazifaviy   uslublari   amalda
bo‘lishining qonuniyatlari to‘g‘risida yaxlit nazariy xulosalarga kelingan emas. Bu
uslublarning   shakllanish   va   rivojlanish   tarixi,   har   bir   davrga   xos   xususiyatlari
bosqichma-bosqich   o‘rganilgani   yo‘q.   Ularning   shakllanishidagi   til   va   tildan
tashqarida   bo‘lgan   omillarning   namoyon   bo‘lish   xususiyatlari   har   bir   vazifaviy
uslubning   janrlari   misolida   o‘rganilishi   zarur.   Bu   uslublarning   shakllanishida
tashqi ta’sir masalalari ham e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
4.   Keyingi   paytlarda   o‘rta   maktablar,   o‘rta   maxsus   o‘quv   yurtlari,   kasb-
hunar   kollejlariga   mo‘ljallab,   ona   tili   fanidan   yozilgan   darsliklar   ko‘payib   ketdi.
Bu   esa   mavzuning   turli   mualliflar   tomonidan   turlicha   yoritilishiga   sabab
bo‘lmoqda,   binobarin,   materialning   o‘quvchi   tomonidan   o‘zlashtirilishi
qiyinlashmoqda.   Bu   muammolar   uslubshunoslikka   oid   mavzularni   yoritishda
ayniqsa seziladi.
«Ta’lim   to‘g‘risida»gi   Qonun   va   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»   bu
qiyinchiliklarga ma’lum darajada chek qo‘ydi. Ta’lim tizimining qaysi bosqichida
bo‘lmasin,   bundan   keyin   darsliklar   Davlat   ta’lim   standartlari   asosida   yoziladi. Ta’lim   tizimida   uslubshunoslik   masalarini   o‘rganish   ham   ushbu   hujjatlar   asosida
tartibga   keltirilishi   taqozo   qilinar   ekan,   dastlab   yagona   dastur   va   metodika   ishlab
chiqilishi zarur.
Bu   qayd   etilganlar   o‘zbek   tili   uslubshunosligi   oldida   tadqiq   etilishi   lozim
bo‘lgan galdagi vazifalardir.
Adabiyotlar:
1.  Мамажонов  А.   Қўшма гап стилистикаси.- Тошкент, 1990.
2.  Шомақудов А., Расулов И., Қўнғуров Р.  Ўзбек тили              стилистикаси. –
Тошкент, 1983.
3.  Содиқова М.  Феъл стилистикаси. – Тошкент, 1975.
4. Қў нғуров Р.  Ўзбек тили стилистикасидан очерклар.- Самарқанд, 1975.
5.   Қў нғуров   Р.   Грамматик   стилистика   //   “Ўзбек   филологияси”   тўплами.
СамДУ асарлари, янги серия, № 315. – Самарқанд, 1975.
6.   Қў нғуров   Р.   Субъектив   баҳо   формаларининг   семантик   ва   стилистик
хусусиятлари. – Тошкент, 1980.
7. Қў нғуров Р.   Стилистика имени существительного в узбекском языке.
– Ташкент, 1983.
8. Қў нғуров Р.   Олмош стилистикасига оид айрим мулоҳазалар // “Ўзбек
тили стилистикасидан кузатишлар” тўплами. – Самарқанд, 1981. 
9.Қў нғуров Р.   Сифат стилистикаси // “Ўзбек тили стилистикаси
ва нутқ маданияти” тўплами. – Самарқанд, 1982.
10.   Қў нғуров   Р.     Каримов   С.     Ўзбек   тили   стилистикаси   ва   нутқ   маданияти.
Библиографик кўрсаткич.– Самарқанд, 1984.
11.   Ўзбек   тили   грамматикаси.   I     том   –   Тошкент,   1975.   II     том   –   Тошкент,
1975.

O‘zbek tili uslubshunoslgining o‘rganilishi va uning hozirgi bosqichdagi muammolari R e j a : 1. Stil – uslub tushunchasi haqida. 2. O‘zbek tilshunosligida uslubshunoslikning o‘rganilishi. 3. O‘zbek tili uslubshunosligining yo‘nalishlari. 4. Til stili va nutq stili tushunchalari. 5. Badiiy adabiyot stilistikasi. 6. Vazifaviy uslubshunoslik. 7. Uslubshunoslikning hozirgi bosqichdagi muammolari.

Har bir milliy til stilistikasini alohida fan sifatida ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‘rganishning qanchalik muhimligi bulungi kunda hech kimda shubha tug‘dirmaydi. Akad. V.V. Vingoradov ta’kidlaganidek, u tilni tadqiq etishning o‘ziga xos cho‘qqisi, milliy nutqiy madaniyat taraqqiyotining nazariy asosidir. 1 Zero O‘zbekiston Respublikasining ham mustaqil davlat sifatida tashkil topishi dunyo xalqlari oldida o‘zbek ma’naviyatini avvalgidan ham kengroq ko‘lamda namoyish etish zaruriyatini yuzaga keltirdi va bu mas’uliyat o‘zbek tilshunosligida shu paytga qadar erishilgan yutuqlarni yana bir bor qarab chiqish, ana shu asosda savodxonligimiz hamda nutqiy madaniyatimz saviyasini yanada oshirish masalasini o‘rtaga qo‘ymoqda. Demak, bu borada ko‘plab savollarga amalda javob bera oladigan o‘zbek stilistikasi fani bilan har qachongidan ham jiddiy shug‘ullanishni hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Bundan besh asr muqaddam buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘zbek tilining, ayniqsa uning poetikasining tasviriy va uslubiy imkoniyatlari naqadar keng ekanligini o‘zining yuksak badiiy asarlari hamda «Muhokamat ul-lug‘atayn» kabi bir qator tarixiy va ilmiy asarlari bilan ham nazariy, ham amaliy jihatdan isbotlab bergan edi. Bu masalaning bir tomoni bo‘sla, ikkinchi bir muhim jihati – u zotning o‘zbek tilining ulkan himoyachisi ekanligini ham e’tirof etmaslik, tan olmaslik aslo mumkin emas. XU asr sharoitida turkiy xalqlar orasida arab va, ayniqsa, fors-tojik tillarining ta’siri baland bo‘lib turgan, hatto ayrim kishilarning turkiy tilni kamsitishgacha borgan bir paytda uni dadil himoya qilib chiqish va uning tenglar ichida teng (arab, fors-tojik tillari bilan) ekanligin isbotlash hammaning ham qo‘lidan keladigan ish emas edi. Buni Alisher Navoiyning o‘zi «Muhokamat ul-lug‘atayn»ni yozib tugallayotganida faxr bilan qayd etadi: «Va xayolimg‘a mundog‘ kelurkim, turk ulusi fasihlarig‘a ulug‘ haq sobit qildimki, o‘z alfoz va iboratlari haqiqati va o‘z til va lug‘atlari kayfiyatidin voqif bo‘ldilar va forsigo‘ylarning iborat va alfoz bobida ta’n qilur sarzanishinidan qutuldilar». 2 1 Вингорадов В.В. Предисловие // Ефимов А.И. Стилистика русского языка. – М., 1969, с.5-6. 2 2 Алишер Навоий. Муҳокамат ул-луғатайн. Асарлар, 15 томлик. 14-том. – Тошкент, 1967, 132- бет.

Jamiyat, unda faoliyat ko‘rsatayotgan xalq tinimsiz rivojlanish va taraqqiyotda bo‘lgani kabi ularning tili ham uzluksiz boyib borishi tabiiy bir holdir. Ko‘p asrlardan buyon o‘z xalqi va millatining aloqa vositasi bo‘lib kelayotgan o‘zbek tilining imkoniyatlari uning barcha ko‘rinishlarida yana ham kengaydi, zamonlar silsilasida, badiiy ijod jaraynida yana ham sayqal topdi. U endi o‘zbek xalqi uchun o‘zaro aloqa qilish va bir-birlariga xabar etkazish vositasigina emas, bilki yuksak badiiy-estetik tuyg‘ularni ham ifodalay oladigan va xuddi shunday ta’sir ko‘rsata oladigan, kishilarga zavq beradigan nodir boylikka aylandi. Ana shu nodir boylikni, boshqacha qilib aytganda, ona tilimizning serqirra imkoniyatlarini butun nozikliklari bilan tahlil qilish va uni yana tilning o‘z ijodkori –xalqqa qaytarish o‘zbek tili stilistikasi – uslubshunosligining bosh masalasidir. Stil va stilistika so‘zlari filologiya fanida qadimdan ma’lum ekanligiga qaramasdan, Evropa hamda rus tilshunosligida bu masala bilan asrimizning boshlarida shug‘ullana boshlandi. Ammo ta’kidlash lozimki, stilistika masalalari tilshunoslikda 20-yillardayoq tadqiqotchilarning e’tiborini o‘ziga qaratgan bo‘lsa ham, u ko‘proq adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganib kelinayotgan edi. U faqat 40-yillardan keyin Praga lingvistik to‘garagi hamda V.V.Vinogradovning bu sohadagi ilmiy ishlari paydo bo‘lishi bilan yangicha mazmun kasb etdi, 50- yillardan boshlab tilshunoslikning diqqat markazida turib, uning eng qiziqarli mavzusiga aylandi. O‘zbek tili stilistikasini tadqiq qilishning boshlanishi ham ana shu yillarga to‘g‘ri keladi. Ammo shu paytgacha yuzaga kelgan ko‘plab ishlarni ko‘zdan kechirib, uning nazariy asoslari va amaliy jihatlarini birmuncha batafsil ishlab chiqish 70-yillarning o‘rtalaridagina boshlangan, deb xulosa chiqarishimizga imkon beradi. SHu sababli stilistika o‘zbek tilshunosligining boshqa sohalari – fonetika, grammatika, leksikologiya, leksikografiya, frazeologiya, dialektologiyaga nisbatan yangi fan hisoblanadi. O‘zbek tilshunoslari Evropa, rus va turkologiyada erishilgan yutuqlarga tayangan holda stilistika fanining predmeti, uning maqsad va vazifalari nimalardan

iborat ekanligini aniqlashga va shu bilan o‘zbek tili stilistikasini nazariy asosga qo‘yishga kirishdilar. O‘zbek tili stilistikasining imkoniyatlarini tadqiq etish borasidagi dastlabki ishlar asosan badiiy adabiyot tilini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, A.G‘ulomovning «Badiiy asar tilidagi kamchiliklar haqida» («Qizil O‘zbekiston» gaz., 1954 yil 2 avgust), SH.SHoabdurahmonovning «Po‘lat quyuvchi» poemasining tili haqida ba’zi mulohazalar» («SHarq yulduzi» j., 1948, 4-son), «Mohir so‘z san’atkori» («Qizil O‘zbekiston» gaz., 1953 yil 20 may), «Oybek romanlarining tili» («SHarq yulduzi» j., 1955, 10-son), M.Po‘latovning «Badiiy asar tilini o‘rganish haqida» («Sovet maktabi» j., 1957, 7-son), A.SHomaqsudovning «Muqimiy satirasining tiliga doir» («SHarq yulduzi» j., 1953, 9-son), «O‘zbek adabiy tilining rivojlanishida Hamza ijodining ahamiyati» («SHarq yulduzi» j., 1954, 3-son), «Muqimiy satirasidagi xalq so‘zlashuv tili elementlari haqida» («O‘zbek tilshunosligi masalalari» to‘plami. SAGU ilmiy asarlari. – Toshkent, 1957), «Muqimiy satirasining tili va stili» («O‘zbek adabiyoti masalalari» to‘plami. – Toshkent, 1959), R.Qo‘ng‘urovning «A.Qahhorning «SHohi so‘zana» asarining leksik va stilistik xususiyatlari» (O‘zDU asarlari, yangi seriya, №1. – Samarqand, 1956), «Kechirilmas gunohlar» pesasining tili haqida ba’zi mulohazalar» (SamDU ilmiy asarlari, yangi seriya, №77. – Samarqand, 1958), «Alisher Navoiyning «CHor devon»ida kelishik kategoriyasi» (SamDU talabalari tadqiqotlari to‘plami, yangi seriya, №2. – Samarqand, 1959), J.Hamdamovning «Muqimiy asarlarida rus tili leksikasi haqida» (SamDU asarlari, yangi seriya, №91. – Samarqand, 1959), M.Husainovning «Oydin hikoyalarida xalq maqollarining qo‘llanishi» (SamDU asarlari, yangi seriya, №91. – Samarqand, 1959) kabi qator tadqiqotlar ana shu urinishlar natijasidir. Bu yillarda shoir va yozuvchilarning tili va uslubini o‘rganishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyalari ham yozilgan edi. 3 3 3 Шоабдураҳмонов Ш. О художественном языке дастана «Равшан»:Автореф.дис. … канд.филол.наук. –Ташкент, 1949. Пинхасов Я.Д. Фразеологические выражения в языке произведений Хамида Алимджана»:Автореф.дис. …канд.филол.наук. –Бухара, 1953. Хусаинов М. Фразеология прозы писательницы Айдин»:Автореф.дис. …канд.филол.наук. –Самарканд, 1959 кабилар

Ammo badiiy asar tilini o‘rganish borasida yuzaga kelgan yuqoridagi asarlarni hisobga olmaganda, bu ish ma’lum tartib va tizim asosida olib borilmadi. Faqat 60-yillarga kelibgina tadqiqotchilar soni va kuzatishlar ko‘lami kengaya bordi. Bunda sobiq Ittifoq miqyosida badiiy asar tilini o‘rganish muammolariga bag‘ishlab 1951-1959 yillarda «Literaturnaya gazeta»da, «Vopros ы yaz ы koznaniya» hamda «Vopros ы literatur ы » jurnallari sahifalarida uyushtirilgan, 1965 yili «Literaturnaya gazeta»da badiiy adabiyoti stilistikasiga bpg‘ishlangan bahslar ijobiy rol o‘ynadi. «O‘zbek tili va adabiyoti», «SHarq yulduzi», «Sovet maktabi» jurnallari sahifalarida, ko‘plab ilmiy to‘plamlarda o‘zbek tili stilistikasini, uning nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-metodik maqolalar e’lon qilina boshlandi. Xuddi ana shunday bahslar «Badiiy til muammolari» mavzusida «SHarq yulduzi» jurnalining 1985 yil 1-sonidan e’tiboran boshlab berildi. 4 YUsuf Xos Hojib, Ahmad YUgnakiy, Rabg‘uziy,Muhammad Solih, Alisher Navoiy, Bobur, YUsuf Amiriy, Durbek, Umar Boqiy, Muqimiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, Elbek, Hamza Hakimzoda Niyoziy, G‘afur G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Komil YAshin, Zulfiya, SHarof Rashidov, Oydin, Said Ahmad, Maqsud SHayxzoda, SHuhrat, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, SHukur Xolmirzaev kabi ko‘plab shoir va yozuvchilarimizning asarlarini, xalq og‘zaki ijodi namunalarini, jumhuriyatimizda paydo bo‘lgan ilk vaqtli matbuot materiallarini til aspektida o‘rganishga bag‘ishlangan monografik kuzatishlar tadqiqotchilarimizning keng yo‘lga tushib olganligidan, bu boradagi ishlarning birmuncha tartibga solinganligidan dalalot berdi. 5 SHu narsa diqqatga sazovorki, bu kuzatishlarning aksariyat qismi til materialini lingvostilistik yo‘nalishda o‘rganishga, ijodkorlarning indiviual tili va uslubini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Bu davrda yana bir guruh olimlar o‘zbek tili stilistikasining nazariy masalalarini yoritishga, ayrim stilistik kategoriyalarning amalda bo‘lish 4 4 Бу чиқишлар таҳлили Х.Дониёров ва Б.Йўлдошевларнинг «Адабий тил ва бадиий стиль» (Тошкент, 1988) китобида бирмунча кенг ёритиб берилган. 5 5 Бу ҳақда қаранг: Қўнғуров Р., Каримов С. Ўзбек тили стилистикаси ва нутқ маданияти. Библиографик кўрсаткич. – Самарқанд, 1984; Каримов С., Жўраев Т. Ўзбек тили услубиятива нутқ маданияти. Библиографик кўрсаткич. – Самарқанд, 2001.