O‘ZBEK TILINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI MUAMMOLARI
O‘ZBEK TILINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI MUAMMOLARI Reja: 1. Lingvokulturologiya va uning o‘rganish ob y ekti haqida . 2. Til va madaniyat mushtarakligi. 3. Til madaniyatning tarkibiy qismi sifatida. 4. Til madaniyat ifodalovchisi va tashuvchisi sifatida. 5. Madaniyatlar dialogida tilning funksiyasi. 6. Til birligining madaniy semasi masalasi. 7. Etnik madaniyat va muloqot madaniyati muammolari.
Antropotsentrik tilshunoslikning etakchi yo‘nalishlaridan biri hisoblangan lingvokulturologiya ( lot. lingua – til + lot . cultura – ishlov berish + yun . logos – ta’limot) tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnografiya, psixolingvistika sohalari hamkorligida yuzaga kelgan, tilning madaniyat, etnos, milliy mentallik bilan o‘zaro aloqasi va ta’sirini antropotsentrik paradigma tamoyillari asosida o‘rganuvchi sohadir 1 . Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, mazkur soha XX asrning so‘nggi choragida shakllandi, “lingvokulturologiya” termini esa V.N.Teliya rahbarligidagi Moskva frazeologik maktabi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ldi 2 . Lingvokulturologiyaning yuzaga kelishi haqida gapirilganda, deyarli barcha tadqiqotchilar bu nazariyaning ildizi V.fon Gumboldtga borib taqalishini ta’kidlaydilar 3 . Tilshunoslikda bu sohaning shakllanishida A.A.Potebnya, L.Vaysgerber, X.Glins, X.Xols, U.D.Uitni, D.U.Pauell, F.Boas, E.Sepir, B.L.Uorf, G.Brutyan, A.Vejbitskaya, D.Xaymz kabi tilshunoslarning qarashlari muhim rol o‘ynaganligi ta’kidlanadi 4 . Lingvokulturologiya sohasida jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.A.Maslova ushbu sohaning rivojini 3 bosqichga ajratadi: 1) fan shakllanishiga turtki bo‘lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V.fon Gumboldt, E.Benvenist, L.Vaysgerber, A.A.Potebnya, E.Sepir kabi tilshunoslarning ishlari); 2) lingvokulturologiyaning alohida soha sifatida ajratilishi; 3) lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi 5 . Madaniyat, xalq tafakkuri, uning olamni idrok etishidagi o‘ziga xos jihatlarning tilda aks etishini o‘rganish lingvokulturologiyaning asosiy 1 Сабитова З.К. Лингвокультурология: У чебник. – М.: Флинта: Наука, 2013. – С. 8-9. 2 Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспект ы . – М.: Школа “Яз ыки русской культуры ”, 1996 . – 288 c . 3 Қаранг: Нурмонов А. Оврупода умумий ва қиёсий тилшуносликнинг майдонга келиши // Нурмонов А. Танланган асарлар. 3 жилдли. 2-жилд. – Тошкент: Академнашр, 2012. – Б. 23-40; Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб... // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012. – 5-сон. – Б. 3-16. 4 Қаранг: Маслова В.В. Лингвокультурология в система гуманитарного знания / Критика и семиотика. Вып. 4. – 2004. – С. 238-243; Маҳмудов Н. Кўрсатилган мақола. – Б. 3-16. 5 Маслова В.А. Лингвокультурология: У чебное пособие. – М.: Academia , 2001. – 208 с.
maqsadidir 6 . Mazkur sohaning obyekti til va madaniyat, predmeti esa o‘zida madaniy semantikani namoyon etuvchi til birliklari hisoblanadi. Binobarin, lingvokulturologiyada madaniy axborot tashuvchi til birliklari tadqiq etiladi 7 . Bunday til birliklari lingvomadaniy birliklar termini ostida birlashadi. Ramz, mifologema, etalon, metafora, paremiologik birliklar, lakunalar, stereotiplar, pretsedent birliklar, nutqiy etiketlar eng asosiy lingvomadaniy birliklar hisoblanadi. Olamning lisoniy manzarasini, madaniyatning asosiy konseptlari majmui bo‘lgan konseptosferani, lisoniy ongni tavsiflash hamda til egalarining milliy-madaniy mentalligini aks ettiruvchi lisoniy birliklarni, insoniyatning qadimiy tasavvurlariga muvofiq keluvchi madaniy arxetiplarni, nutqiy muloqotga xos bo‘lgan milliy ijtimoiy-madaniy stereotiplarni aniqlash lingvokulturologiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi. Til va madaniyatning o‘zaro ta’siri muammosi etnolingvistika, etnopsixolingvistika, kognitiv tilshunoslik, lingvomamlakatshunoslik, lingvokonseptshunoslik, lingvopersonologiya kabi sohalarda ham o‘rganiladi. SHu sababli ushbu sohalar lingvokulturologiyaga yaqin sohalar hisoblanadi 8 . Jumladan, V.N.Teliya bu haqda shunday yozadi: “Lingvokulturologiya insoniy, aniqrog‘i, insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo‘lgan inson to‘g‘risidagi antropologik paradigmaga xos bo‘lgan yutuqlar majmuasidir” 9 . G.G.Slishkinning fikriga ko‘ra, “Lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog‘i, insondagi madaniyat omiliga yo‘naltirilgan. Lingvokulturologiya markazining madaniyat fenomenidan iborat bo‘lishi inson haqidagi fanning antropologik paradigmaga tegishli hodisa ekanligidan dalolat beradi” 10 . Lingvokulturologiyaning o‘rganish obyekti haqidagi fikrlar borasida bir to‘xtamga 6 Сабитова З.К. Лингвокультурология: учебник. – М.: Флинта: Наука, 2013. – С. 10. 7 Сабитова З.К. Ўша китоб. – Б. 9. 8 Сабитова З.К. Ўша китоб. – Б. 9-10. 9 Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспект ы. – М.: Школа “ Языки русской культуры ” , 1996. – С. 222. 10 Сл ышкин Г.Г. От текста к символу: лингвокультурные концепты прецедентных текстов в сознании дискурс а . – М.: Academia , 2000. – С. 128.
kelingan bo‘lsa-da, ayrim munozarali qarashlar ham yo‘q emas. Masalan, V.N.Teliyaning fikriga ko‘ra, lingvokulturologiya til va madaniyatning faqat sinxron aloqasini o‘rganadi. V.A.Maslova esa bu soha tilni ham sinxron, ham diaxron jihatdan o‘rganadi, deb hisoblaydi. SHuningdek, V.N.Teliya lingvokulturologiya obyekti umuminsoniy xarakterga ega bo‘lishini ta’kidlasa, V.A.Maslova muayyan xalq yoki qardosh xalqlar tilining lingvokulturologik xususiyatlari alohida o‘rganilishi lozim ekanligini ta’kidlaydi 11 . Hozirgi vaqtda lingvokulturologiya jahon, xususan, rus tilshunosligida eng rivojlangan yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bu borada bir qancha o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan. Tilshunoslarning e’tirof etishicha, ularning orasida eng mashhuri V.A.Maslova tomonidan yaratilgan o‘quv qo‘llanma hisoblanadi 12 . Mazkur o‘quv qo‘llanmada lingvokulturologiya sohasining metodlari, obyekti va predmeti, yo‘nalishlari yoritib berilgan, muyyan til birligini lingvokulturologik tahlil qilish namunalari ko‘rsatilgan 13 . Lingvokulturologik tadqiqotlarda, asosan, quyidagi masalalar tadqiq etilganini ko‘rish mumkin: 1) muayyan nutqiy janrning lingvokulturologik xususiyatlari. Bunda ko‘pincha miflar, xalq og‘zaki ijodiga xos janrlar tili tahlil etilgan; 2) muayyan uslubda yozilgan asarda lingvokulturologik konsept ifodalanishi tadqiqi. Bunda, asosan, badiiy-nasriy asarlar tili tahlil etilgan; 3) qiyosiy aspektdagi ishlar. Bunda, asosan, rus tilidagi lingvomadaniy birliklar ingliz, nemis, fransuz tillari bilan qiyoslangan; 4) lingvokulturologiyaning pedagogika fani bilan bog‘liq jihatlari. Bunda talabalarda lingvokulturologik birliklarni aniqlash va tahlil etish malakasini hosil qilish asosiy maqsad qilib olingan. Lingvokulturologik yondashuvdagi tadqiqotlar o‘zbek tilshunosligida oxirgi o‘n yilliklarda paydo bo‘la boshladi. Masalan, Z.I.Solievaning nomzodlik ishi 11 Бу ҳақда қаранг: Пименова М.В., Кондратьева О.Н. Концептуаль ные исследования. Введение: Учебное пособие. – М.: Флинта, 2011. – 176 с. 12 Маслова В.А. Лингвокультурология : Учебное п особие. – М.: Academia , 2001. – 208 с. 13 Маслова В.А. Кўрсатилган ўқув қўлланма.
o‘zbek va fransuz tillaridagi sentensiya, ya’ni axloqiy-ta’limiy xarakterdagi matnlarning milliy-madaniy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan 14 . Professor N.Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab…” nomli maqolasida lingvokulturologiya, umuman, antropotsentrik paradigmaning mohiyati va bu boradagi muammolar chuqur va asosli yoritib berildi. Ushbu maqolani o‘zbek tilshunosligida lingvokulturologiya haqida jiddiy mulohazalar bayon qilingan birinchi asar sifatida baholash mumkin 15 . Maqolada lingvokulturologik nazariyaning shakllanishi uchun xizmat qilgan omillar, undagi asosiy tushunchalar, ularning talqinidagi har xilliklar haqida juda asosli mulohazalar aytilgan. Xususan, N.Mahmudov ayni sohaning eng asosiy tushunchalaridan bo‘lgan til va madaniyat haqida quyidagilarni yozadi: “Til va madaniyat deganda, ko‘pincha, “nutq madaniyati” deyiladigan muammo assotsiativ holda esga tushsa-da, bu ikki o‘rindagi madaniyatning aynanligini aslo ko‘rsatmaydi. Til va madaniyat deganda, odatda, (to‘g‘risi ham shu) til orqali u yoki bu madaniyatni yoki aksincha, madaniyatni o‘rganish orqali u yoki bu tilni tushuntirish nazarda tutiladi, aniqroq aytadigan bo‘lsak, lingvokulturologiyadagi madaniyatning ma’nosi “aqliy-ma’naviy yoki xo‘jalik faoliyatida erishilgan daraja, saviya ( nutq madaniyati )” emas, balki “kishilik jamiyatining ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari majmui ( madaniyat tarixi, o‘zbek madaniyati )” demakdir. SHunday bo‘lgach, nutq madaniyatining o‘rganish muammolari boshqa, lingvokulturologiyaning o‘rganish obyekti tamoman boshqadir” 16 . Lingvokulturologiyaning bevosita matn bilan bog‘liq jihatiga kelsak, shuni aytish lozimki, matn ham boshqa til birliklari qatorida bu sohaning tadqiq obyektlaridan biri hisoblanadi. “Lingvokulturologiya” kitobining muallifi 14 Салиева З.И. Концептуальная значимость и национально-культурная специфика сентенции в английском и узбекском яз ыках: Автореф. дис. … канд. филол. наук. – Ташкент : УзГУМЯ , 2010. – С . 25. 15 Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб... // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012. – № 5. – Б. 3-16. 16 Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб... // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012. – № 5. – Б. 10.