logo

O`ZBEK TILINING LINGVOKOGNITIV O`RGANISH MUAMMOLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

60.9580078125 KB
O`ZBEK TILINING LINGVOKOGNITI V  O`RGANISH
MUAMMOLARI
Reja:
1. Matnni kognitiv-semantik tadqiq etish muammolari
2. Diskurs tushunchasi.
3. Konsept va uning matn orqali ifodalanishi.
4. Kognitiv tadqiq metodologiyasi.
5. Kognitiv metaforalar. Ma’lumki,   dunyo   tilshunosligida   matnga   dastlab,   asosan,   semantik   va
sintaktik   nuqtai   nazardan   yondashilgan.   Keyingi   yillarda,   xususan,   XXI   asr
boshlaridan   matnni   lingvokulturologik,   pragmatik,   sotsiolingvistik,     kognitiv   va
psixolingvistik tamoyillar asosida tadqiq etish tendensiyasi kuchaydi. Unga faqat
semantik-sintaktik   jihatdan   bog‘langan   gaplar   yig‘indisi   sifatida   emas,   balki
ijtimoiy  qimmatga   ega  bo‘lgan   muloqot  shakli,   o‘zida   muayyan  til   sohiblarining
bilimlarini, lisoniy tafakkurini, milliy psixologiyasi va mentalitetini aks ettiruvchi
mental qurilma sifatida qarala boshlandi. 
Antropotsentrik   paradigmaning   shakllanishi   til   sohibi   –   so‘zlovchi   shaxs
omilini   tadqiq   etish   bilan   bog‘liqdir.   Tilshunoslikda   antropotsentrik   burilishning
yuzaga   kelishi   strukturalizmning   tilni   tadqiq   etishning   “o‘zida   va   o‘zi   uchun”
tamoyilini chetga surib, asosiy e’tiborini shaxs omiliga qaratdi 1
.
Hozirgi   vaqtda   tilshunoslikning   etakchi   paradigmalaridan   biri   sifatida   tan
olinayotgan   antropotsentrizmning   ildizlari   V.fon   Gumboldt   hamda
L.Vaysgerberning nazariy qarashlaridan oziqlandi 2
.
Antropotsentrizm   so‘zi yunoncha anthropos – odam hamda lotincha centrum
- markaz ma’nosini bildiruvchi so‘zlar birikuvidan hosil bo‘lgan 3
.
Antropotsentrizm   termini   dastlab   qadimgi   yunon   falsafasining   “Inson   –
koinot   markazidir”   degan   g‘oyani   ilgari   suruvchi   qarashiga   nisbatan     qo‘llangan
bo‘lib, bu g‘oya ayniqsa O‘rta asrlarda Evropada keng tarqaldi 4
. 
Tilshunoslikda til tizimini antropotsentrik nuqtai nazardan o‘rganish, asosan,
lingvistik   semantika,   kognitiv   tilshunoslik,   psixolingvistika,   pragmatik
tilshunoslik,   lingvokulturologiyaga   oid   tadqiqotlarda   namoyon   bo‘lgan.
Antropotsentrik paradigma asosida yaratilgan ishlarda til tizimi shaxs omili bilan
bog‘liqlikda   tadqiq   etilgan.   O‘zbek   tilshunoslarining   lingvistik   semantika,
1
  Воркачев   С.Г.   Лингвокультурология,   языковая   личность,   концепт:   становление   антропоцентрической
парадигмы в языкознании // Филологические науки. – Москва, 2001. – № 1. – С. 64.  
2
 Бу ҳақда қаранг: Маслова В.А. Лингвокультурология. – М.: Acаdemia, 2001. – С. 17; Маҳмудов Н. Тилнинг
мукаммал   тадқиқи   йўлларини   излаб   ...   //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти.   –   Тошкент,   2012.   –   №   5.   –   Б.   3-16;
Пименова М.В., Кондратьева О.Н. Концептуальные исследования. Введение. – М.: Флинта, 2014. – С. 8.
3
 http // ph.ras.ru// elib 0215 html: Новая философская энциклопедия.
4
 Пименова М.В., Кондратьева О.Н. Кўрсатилган асар. – Б. 8. pragmatika,   kognitiv   tilshunoslikka   oid   tadqiqotlari   o‘zida   antropotsentrik
yo‘nalish   tendensiyalarini   namoyon   qilsa-da,   bu   boradagi   tadqiqotlar   hali   etarli
darajada emas.
Ta’kidlash lozimki, o‘zbek tilshunosligida matnning lingvopoetik, pragmatik,
derivatsion,   kommunikativ   xususiyatlariga   bag‘ishlangan   muayyan   tadqiqotlar
amalga   oshirilgan.   Lekin   o‘zbek   tilida   yaratilgan   matnlar   shu   vaqtga   qadar
antropotsentrik aspektda yaxlit holda tadqiq qilingan emas. 
Dunyo   tilshunosligida   pragmalingvistika,   diskursiv   tahlil,     kognitiv
tilshunoslik,  lingvokulturologiya  kabi    sohalarning  yuzaga  kelishi  va  rivojlanishi
matn   yaratilishi     hodisasining   talqinida   ham   jiddiy   nazariy   qarashlarning   paydo
bo‘lishiga   olib   keldi.   Xususan,   matn   tahliliga   antropotsentrik   nuqtai   nazardan
yondashish   bugungi   tilshunoslikning   etakchi   yo‘nalishlaridan   biriga   aylandi.
Murakkab   va   serqirra   hodisa     hisoblangan   matn   tadqiqida   so‘zlovchi   –   matn   –
tinglovchi   (matn   muallifi   –   matn   –   retsipient)   dan     iborat   uchlik   asosiy   obyekt
bo‘lishi lozimligi ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlanmoqda 5
.
Taniqli   rus  tilshunosi  Y.N.Karaulov  til   va   shaxs  masalalariga  bag‘ishlangan
maqolalar     to‘plamiga   yozgan     so‘zboshisida     «Har   qanday   matn   ortida   lisoniy
tizimlarni egallagan muayyan shaxs turadi» degan  fikrni alohida ta’kidlagan edi 6
.
Darhaqiqat,   til   va   shaxs   munosabatlarini   yoritib   berishda   eng   muhim   manba   bu
matndir.   Zero,   u   tilning   barcha   sathlarini     mujassam   etuvchi   nutqiy     tuzilma
bo‘lishi   bilan   birga,   so‘zlovchi   (yozuvchi)   shaxsining   lisoniy   salohiyatini   o‘zida
to‘liq   namoyon   etuvchi   hodisa     hamdir.   Matnning   tashqi   va   ichki   tuzilishini
muayyan   millatga   mansub   til   sohiblarining   lisoniy     qobiliyatini   aks   ettiruvchi
o‘ziga xos ko‘zguga o‘xshatish mumkin.
Matn   tadqiqiga   oid   ishlarda   uni     yaratuvchi   shaxsga   e’tiborning   qaratilishi
dastlab psixolingvistika va pragmalingvistika yo‘nalishidagi tadqiqotlarda ko‘zga
5
  Қаранг:   Кубрякова   Е.С.   О   тексте   и     критериях   его   определения   //   Текст.   Структура   и     семантика.   –   М.,
2001.  –    Т.1.  – С.72-81.
6
  Қаранг: Караулов Ю.Н. Русская яз ы ковая личность и задача её изучения // Яз ык    и личность. – М.: Наука,
1989. – С. 3-8. tashlangan   bo‘lsa,   bugungi   kunda   jadal   rivojlanayotgan   kognitiv   tilshunoslik,
funksionalizm, etnolingvistika, lingvokulturologiya, diskursiv   tahlil kabi sohalar
ushbu masalani tilshunoslikning markaziy muammolaridan biriga aylantirdi.
Prof.   Sh.Safarov     antropotsentrik   paradigmaning   yuzaga   kelishini
quyidagicha   izohlaydi:   “Sistem-struktur   paradigma   o‘zidan   oldin   yuzaga   kelgan
qiyosiy-tarixiy   paradigmaning   “atomistik”,   ya’ni   til   hodisalarini   alohida-alohida,
bir-biridan   ajratgan   holda   tahlil   qilinishi   natijasida   yuzaga   kelgan   nuqsonlarini
bartaraf qilish yo‘lini tutdi. Sistem-struktur yo‘nalishning asosiy samarasi tilning
tizimli   hodisa   ekanligini   isbotlashdan   iboratdir.   Ammo     bu   ikki   paradigmaning
umumiy  kamchiligi  borligi  ham  ma’lum  bo‘ldi:  bu  yo‘nalishlarda  til  o‘z  egasi  –
insondan   ajralib   qoldi.   Ushbu   nuqsonni   yo‘qotish   yo‘lidagi   urinishlar   pragmatik
va kognitiv tilshunoslik paradigmalarining yaratilishiga sabab bo‘ldi” 7
.
Prof.   N.Mahmudov   esa   tilshunoslikda   antropotsentrik   paradigmaning
shakllanishi   haqida   mulohaza   yuritar   ekan,   quyidagi   fikrlarini   bayon   qiladi:
“Tilning   ana   shunday   obyektiv   xususiyatiga   muvofiq   ravishda   antropotsentrik
paradigmada   inson   asosiy   o‘ringa   chiqariladi,   til   esa   inson   shaxsini   tarkib
toptiruvchi bosh unsur hisoblanadi. Mutaxassislar taniqli rus adibi S.Dovlatovning
“inson shaxsiyatining 90 foizini til tashkil qiladi” degan hikmatomuz gapini tilga
oladilar.   V.A.Maslova   ta’kidlaganiday,   inson   aqlini   insonning   o‘zidan,   tildan   va
nutq   yaratish   hamda   nutqni   idrok   qilish   qobiliyatidan   tashqarida   tasavvur   etib
bo‘lmaydi” 8
.  
Bugungi kunda lisoniy faoliyat  bajaruvchisi bo‘lgan shaxs  omilini o‘rganish
yuqorida   qayd   etilgan     tilshunoslik   sohalari   –   psixolingvistika,
lingvokulturologiya,   kognitiv   tilshunoslik,   pragmalingvistika   kabi     sohalarda
chuqurlashib   bormoqda.   Ayni   vaqtda,   tilga   antropotsentrik   yondashuv   ushbu
sohalarning   eng   so‘nggi   yutuqlarini   o‘zida   mujassam   etib,   mustaqil     paradigma
7
 Сафаров Ш. Прагмалингвистика. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” , 2008. – Б. 35.
8
 Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб... // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012. –
№ 5. – Б. 6-7. sifatidagi maqomini tobora mustahkamlab bormoqda.
  Tilshunoslikda   e’tirof   etilganidek,   antropotsentrik   paradigmada     asosiy
e’tibor  nutqiy   faoliyat  bajaruvchisi,  ya’ni  nutq  tuzuvchi  va  uni    idrok  etuvchi  til
sohibiga     qaratiladi 9
.   Aytish   joizki,   ilmiy   paradigmaga   “til   sohibi”
kategoriyasining   kiritilishi   tilshunoslikda   shaxs,   lisoniy   ong,   tafakkur,   faoliyat,
mentallik, madaniyat kabi tushunchalarning yanada   faollashishini taqozo etadi 10
.
SHaxs   omilining   tadqiqi   tilshunoslik   fanining   psixologiya,   falsafa,   mantiq,
madaniyatshunoslik kabi fanlar bilan bir nuqtada kesishishiga ham olib keladi.
“Til   sohibi”   tushunchasi   hozirgi   vaqtda,   asosan,     quyidagi   ma’nolarda
ishlatilmoqda:   a)   muayyan   tilda   nutqiy   faoliyatni   amalga   oshiruvchi,   ya’ni   nutq
tuzish   va   uni   idrok   etish     qobiliyatiga   ega   bo‘lgan   shaxs;   b)   tildan   muloqot
vositasi   sifatida   foydalanuvchi   shaxs,   kommunikant;   v)   o‘z   millatining   milliy-
madaniy,   ma’naviy   qadriyatlarini   aks   ettiruvchi   lug‘at   tarkibini   egallagan,   uni
namoyon   etuvchi   shaxs;   muayyan   til   vakili 11
.     Hozirgi   tadqiqotlarda
tilshunoslikning turli yo‘nalishlari shaxs omili masalasiga o‘z  xususiyatidan kelib
chiqib yondashmoqda.
Matn   talqini   va   shaxs   omili   masalasi   matn   yaratilishi   va   uning     mazmuniy
persepsiyasi  muammolari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu masalani tadqiq etishda matn
yaratuvchi shaxsnigina emas, uni idrok etuvchi shaxs – tinglovchi yoki o‘quvchi
omilini   ham   o‘rganish   muhimdir.   Rus   tilshunosi   R.I.Galperinning   fikriga   ko‘ra
esa, qog‘ozga yozilib, hali o‘qilmagan matn harakatsiz matndir 12
. Xususan, yozma
matn o‘quvchi tomonidan  o‘qilmaguncha  harakatga kelmaydi, unda ifodalangan
mazmun   va     pragmatik   maqsad,   ohang   orqali   yuzaga   kelgan   kayfiyat   retsipient
tomonidan tushunilmaydi va  his  etilmaydi.
Matn   va   uni   idrok   etuvchi   shaxs   omilini   o‘rganish   tadqiq   obyektiga   turli
9
  Қаранг:   Воркачев   С. Т .   Лингвокультурология,   языковая   личность,   концепт:   становление
антропоцентрической парадигмы в  языкознании / /  Филологические науки . – Москва,  2001.   –  № 1.  – С . 64 .
10
 Седов    К.Ф. Дискурс и личность. – М.: Лабиринт, 2004.  – С. 5.
11
  Воркачев С.Т. Кўрсатилган мақола. – Б. 8-11.
12
  Гальперин Р.И. О понятии текст //  Вопросы языкознания . – Москва,  1974.   –  № 6.    – С .22. jihatlardan,   xususan,   semantik,   psixologik,   pragmatik,   kognitiv   va
lingvokulturologik nuqtai nazardan yondashishni taqozo etadi. 
N.I.Jinkin ta’biri bilan aytganda: “Inson alohida gaplar vositasida emas, matn
vositasida   so‘zlaydi” 13
.   SHu   sababli   ham   muayyan   shaxs     uslubi   u   yaratgan
matnlar   asosida   tadqiq   etilsagina,   kutilgan   natijalarga   erishish   mumkin.   Biror
yozuvchi yoki   ijodkorning nutqiy uslubini uning so‘z qo‘llash yoki jumla tuzish
mahorati   nuqtai     nazari   bilan   tadqiq   qilish   usuli   bugungi   kun     talabiga   javob
bermaydi. SHu boisdan matn yaratilishi masalasini shaxs uslubi nuqtai nazaridan
o‘rganish   matnning   lingvistik   jihatlariga   teranroq   nazar   bilan     qarashga   olib
keladi.
Ma’lumki,   kognitologiya   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   semantika   bilan   uzviy
bog‘liqdir. A.V.Kravchenkoning  fikriga ko‘ra “... kognitiv tilshunoslik o‘z oldiga
til   vositasida   bilimlarni   saqlash,   ifodalash   va   uzatish   mexanizmlarini   tadqiq
etishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi” 14
. Jahon tilshunosligida yaratilgan boy nazariy
ma’lumotlarga   suyangan   holda   muayyan   ijodkor   shaxs   tilining     lingvokognitiv
xususiyatlarini   o‘rganish   o‘zbek   tili     sohiblarining   “tafakkur   grammatikasi”ni
yoritib berishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Matn     yaratilishida   shaxsning   kognitiv   faoliyatini   tadqiq   etish   o‘zbek
mentalitetiga   xos   fikrlash   tarzini   ham   chuqurroq   yoritishga   xizmat   qiladi.   Zero,
matnda   konseptuallashgan   fikr   ayrim   hollarda   etnik   xarakterda   ham   bo‘lishi
mumkin 15
.   Matn     yaratilishi   jarayonini   tadqiq   etish   orqali   N.I.Jinkin   tomonidan
qayd etilgan  universal predmet kodlarining lisoniy shakl olish  bosqichlarini tahlil
etish mumkinki, bu  bosqichlar, xususan, badiiy matn yaratuvchi shaxs faoliyatida
o‘ziga   xos   tarzda   amal   qiladi 16
.   Binobarin,   muayyan   shaxs     nutqining
lingvokognitiv     xususiyatlarini   o‘rganish   o‘zida   ko‘p   hollarda   implitsitlikni
13
  Жинкин Н.И.  Речь как проводник информации.  –   М. : Наука , 1982.   – С . 108.
14
  Кравченко А.В.   Знак, значение, знание. Очерк  когнитивной  философии языка.    –   Иркутск : ИГУ, 2001. –
№1.  – С. 60.
15
  Сафаров Ш. Прагмалингвистика.  – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”, 2008. – Б. 245.
16
  Жинкин Н.И. Речь как проводник  информации.  – М.: Наука, 1982.-157с. namoyon   etuvchi   badiiy   nutq   yaratilishi   mexanizmiga   oid   ko‘pgina   qorong‘i   va
sirli “hududlarni”  yoritish imkonini ham  beradi. 
Bugungi kunda ko‘plab tadqiqotchilar XXI asrni fanlar integratsiyasi asri deb
hisoblamoqdalar. Muayyan obyekt mohiyatini yoritishda fanlararo hamkorlik o‘z
natijalarini bermoqda. Bu kabi yondashuvdan murakkab mavjudot   bo‘lgan shaxs
fenomenining   nutqiy     faoliyatini     tadqiq   etishda   ham     foydalanish   eng     to‘g‘ri
yo‘ldir.   Zero,   inson   nutqi   uning   o‘zi   kabi   murakkab   va     ko‘p   qirrali   hodisa
hisoblanadi.   Bu     borada   tilshunoslik   sohalarining   hamkorligi   o‘z   samaralarini
berishi shubhasizdir.
Aytish   lozimki,   XXI   asrning   dastlabki   yillarida   o‘zbek   tilshunosligida   matn
lingvistikasi   yo‘nalishida   jiddiy   tadqiqotlar   amalga   oshirildi:   matn
lingvopoetikasi,   mazmuniy   persepsiyasi,   uning   pragmatik,   derivatsion   va
psixolingvistik  xususiyatlari, matn modalligi 
va temporalligi haqida monografik aspektdagi ishlar yuzaga keldi 17
. 
Tilshunos   olim   N.A.Arutyunova   ta’biri   bilan   aytganda,   “...   bir   maqsadga
yo‘naltirilgan   ijtimoiy   faoliyat   turi,   kishilarning   o‘zaro   munosabatlarida   va   ular
ongining   mexanizmlari   (kognitiv   jarayonlar)da   qatnashuvchi   nutq;   voqelik   bilan
munosabatda olingan matn” 18
  muammosini hamda lisoniy tafakkur egasi bo‘lgan
shaxs   faoliyatini   o‘zaro   aloqadorlikda   tadqiq   etish   o‘zbek   tilshunosligida
antropotsentrik   tahlil   tamoyillarini   belgilashda   muhim   ahamiyatga   ega.
SHuningdek,     matnni   uning   yuzaga   kelishi,   idrok   etilishi   va   tushunilishi   nuqtai
nazaridan   o‘rganish   matn   haqidagi   nazariy   qarashlarni   yanada   chuqurlashtiradi.
Diskursiv   faoliyat   egasi   bo‘lgan   shaxs   intellekti   va   fikrlash   tarzining   matn
shakliga   kirish   jarayoni   mexanizmlarini   tadqiq   etish   esa   tafakkur   modellarining
17
  Ҳакимов   М.   Ўзбек   тилида   матннинг   прагматик   талқини:   Филол.   фанлари   д-ри   ...   дисс.   автореф.     –
Тошкент:   ЎзР   ФА   ТАИ,   2004.   –   23   б.;     Азимова   И.А.   Ўзбек   тилидаги   газета   матнлари   мазмуний
перцепциясининг   психолингвистик   тадқиқи.   –   Тошкент:   ЎзМУ,   2008.   –   24   б.;   Юлдашев   М.М.   Бадиий
матннинг   лингвопоэтик   тадқиқи:   Филол.   фанлари   д-ри...   дисс.   –   Тошкент:   ЎзР   ФА   ТАИ,   2009.   –   48   б.;
Турниёзова   Ш.   Ҳозирги   ўзбек   тилида   матн   шаклланишининг   деривацион   хусусиятлари:   Филол.   фанлари
номзоди ... дисс. автореф. – Тошкент: ЎзР ФА ТАИ, 2010. – 24 б.; Боймирзаева  С. Ўзбек тилида матннинг
коммуникатив-прагматик мазмунини шакллантирувчи категориялар: Филол. фанлари д-ри ... дисс. автореф.
– Тошкент: ЎзР ФА ТАИ, 2010.  – 45 б. 
18
 Лингвистический энциклопедический словарь. – М.: Сов.энциклопедия, 1990. – С. 136-137.  o‘zbek   tilidagi   in’ikosiga   xos   xususiyatlarni   aniqlashga   imkoniyat   yaratadi.
Fikrimizcha, bunda matnning nutq uslublariga ko‘ra turlaridan biri bo‘lgan badiiy
matn tahlili o‘zbek tilshunosligi uchun boy materiallar bera oladi. 
Ko‘plab   tadqiqotchilarning   e’tirof   etishicha,   kognitiv   tilshunoslik   va
lingvokulturologiya   antropotsentrik   paradigmaning   etakchi   yo‘nalishlari
hisoblanadi 19
. Biz ham bu fikrni e’tirof etgan holda psixolingvistika sohasini ham
shu  qatorga  kiritish   lozim,  degan  fikrni  ilgari  surish  tarafdorimiz.  Zero,  kognitiv
tilshunoslik   va   lingvokulturologiya   juda   ko‘p   nuqtalarda   psixolingvistika   bilan
kesishadi. YAna shu narsani ta’kidlash lozimki, tadqiq obyektimiz bo‘lgan badiiy
matn   bevosita   psixolingvistik   omillarga   ham   daxldor   hisoblanadi.
“Psixolingvistika   asoslari”   kitobining   mualliflari   I.N.Gorelov,   K.F.Sedovlarning
ta’kidiga   ko‘ra,   psixolingvistika   tilshunoslikdagi   antropotsentrik   yo‘nalishning
yadrosini tashkil etadi 20
. Shu boisdan mazkur tadqiqotda o‘zbek tilidagi matnlarni
uch jihatiga ko‘ra, ya’ni kognitiv-semantik, psixolingvistik va lingvokulturologik
xususiyatlari   asosida   tadqiq   etish   asosiy   maqsad   qilib   qo‘yildi.   Badiiy   uslubda
yaratilgan   o‘zbek   tilidagi   nasriy   va   she’riy   matnlar   tadqiqot   obyekti   sifatida
tanlangan.   O‘zbek   tilidagi   matnlarning   kognitiv-semantik,   psixolingvistik   va
lingvokulturologik xususiyatlari tadqiqot predmetini tashkil etadi.
Bu  o‘rinda   shuni  ta’kidlash  joizki,   bir  dissertatsiya   doirasida  o‘zbek   tilidagi
matnlarning     shaxs   va   u   mansub   bo‘lgan   etnos   bilan   aloqador   barcha   jihatlarini
batafsil   tadqiq   etishning   imkoni   yo‘q,   albatta.   O‘ylaymizki,   matnning
antropotsentrik   tahlili   mazkur   tadqiqot   bilangina   cheklanib   qolmaydi.   Bu   borada
o‘zbek tilshunosligida yana ko‘plab tadqiqotlar yaratilishi shubhasizdir.
Bevosita   ushbu   paragraf   mazmuni,   ya’ni   matnni   kognitiv-semantik   tadqiq
etish   muammolari   xususida   to‘xtaladigan   bo‘lsak,   aytish   joizki,     o‘tgan   asrning
so‘nggi  choragida o‘zining ilk qadamlarini qo‘ygan kognitiv tilshunoslik  XXI asr
19
  Қаранг:   Маҳмудов   Н.   Тилнинг   мукаммал   тадқиқи   йўлларини   излаб...   //   Ўзбек   тили   ва   адабиёти.   –
Тошкент, 2012. – № 5. – Б. 3-16.
20
  Горелов И.Н., Седов К.Ф. Осно вы психолингвистик и:  Учеб ное  пособие. – М.: Лабиринт, 2001. – С. 4. boshidayoq   lingvistikaning   peshqadam     sohalaridan   biriga     aylanib   ulgurdi.
Hozirgi vaqtda ushbu sohaning bir necha yo‘nalishlari mavjud.
Kognitiv tilshunoslik   tilni umumiy   kognitiv mexanizm sifatida o‘rganuvchi
sohadir.   V.Z.Demyankov   fikriga   ko‘ra,   unda   til   tizimining   axborotni   qayta
ishlashdagi   roli     nutq   yaratilishi   va   idrok   etilishi   nuqtai   nazaridan   o‘rganiladi.
Bunda   nutq   yaratuvchi   va   uni   idrok   etuvchi   sub’ektlar   –   so‘zlovchi   va
tinglovchiga axborotni qayta ishlovchi tizim  sifatida qaraladi 21
.
Kognitiv   tilshunoslik   kognitiv   faoliyat   tushunchasi   bilan     uzviy   bog‘liqdir.
Kognitiv   faoliyat   insonning   biror   narsa   yoki     voqelikni   idrok   etishini   amalga
oshiruvchi tafakkur jarayonidir 22
.
Kognitsiya   tushunchasi   ham   kognitiv   tilshunoslikda   markaziy   o‘rinda
turuvchi   tushuncha   bo‘lib,   u   ilmiy   adabiyotlarda   axborotni   idrok   etish,
kodlashtirish va yaratish kabi jarayonlar tizimi sifatida izohlanadi 23
.
Kognitiv  tilshunoslikda eng faol qo‘llanuvchi va  turli ta’riflarga ega bo‘lgan
termin     konsept   hisoblanadi.   Uning   kognitiv   tilshunoslik,   lingvokulturologiya,
shuningdek,   adabiyotshunoslik   fanlaridagi   izohi   o‘zaro   farqlanadi 24
.   Mazkur
termin   tilshunoslikda   o‘tgan   asrning   80-yillarigacha   tushuncha   so‘ziga     sinonim
sifatida   ishlatilgan   bo‘lsa 25
,   uning   hozirgi     vaqtdagi   izohi   tushuncha   terminiga
nisbatan   kengroq   ma’no   kasb   etganini   ko‘rish   mumkin.   Jumladan,
N.YU.SHvedova   konsept     bu   –   tushuncha   ekanligi,     bu   tushuncha   ortida   esa
ijtimoiy   yoki   sub’ektiv   tarzda     anglanuvchi,   inson   hayotining   muhim   moddiy,
aqliy, ruhiy tomonini aks ettiruvchi, o‘z tarixiy    ildiz lariga ega bo‘lgan, xalqning
umumiy tajribasini aks ettiradigan mazmun turishini  qayd etadi 26
.
21
  Демьянков   В.З.   Процудирование,   или   порождение   речи   //   Краткий   словарь   когнитив ных   терминов   /
Кубрякова Е.С., Демьянков В.З., Панкрац Ю.Г., Лузина Л.Г.   /Под общ. ред. Е.С.Кубряковой.  –  М. : МГУ им.
М.В.Ломоносова , 1996.  – С. 129-134.
22
  Краткий словарь когнитивн ы х терминов //   Кубрякова Е.С., Демьянков В.З.,   Панкрац Ю.Т., Лузина Л.Г. /
Под общ. ред. Е.С.Кубряковой.  –  М. : МГУ им. М.В.Ломоносова , 199 6 .  – С . 47.
23
  Кўрсатилган  луғат. – Б.51.
24
  Демьянков   В.З.   Понятие   и   концепт   в   художественном     литературе   и   в   научном   языке   //   Вопросы
филологии. – М осква,  2001.  –  №1.  – С . 35-47.
25
  Демьянков В.З. Кўрсатилган мақола.
26
  Шведова Н.Ю. Русский яз ык.   Избранные работы. – М.: Языки славянской культуры, 2005. – С. 603. Prof.   N.Mahmudov   o‘z   maqolalaridan   birida   konsept     termini   eng   ko‘p
definitsiyaga   ega   bo‘lgan   termin   ekanligini   ta’kidlab,   shunday   yozadi:
“Lingvokulturologik tadqiqotlarda aynan konseptning ifodalanishi muammolariga
juda   katta   e’tibor   qaratilmoqda,   internet   materiallari   bilan   tanishganda,   masalan,
Rossiyadagi   tilshunosliklarda   bu   yo‘nalish   nihoyatda   keng   tarqalganini   ko‘rish
mumkin, bu boradagi ishlarni sanab, sanog‘iga etish ham mushkul. Hatto so‘nggi
yillarda yoqlangan nomzodlik dissertatsiyalarining juda katta qismi aynan u yoki
bu tilda konseptning lingvokulturologik tadqiqiga bag‘ishlangan” 27
. 
Rus tilshunosi L.V.Adonina   konsept   terminiga bag‘ishlangan maqolasida bu
terminning   taniqli   tilshunoslar   tomonidan   qayd   etilgan   12   ta   ta’rifini   keltiradi.
SHuningdek,   uning   ma’lumotiga   ko‘ra,   konsept   termini   o‘n   nuqtayi   nazardan
tasnif   qilingan.   Masalan,   konsept   standartlashishiga   ko‘ra   universal,   etnik,
guruhga   oid   va   shaxsiy   konseptlarga;   qo‘llanishiga   ko‘ra   ilmiy,   badiiy,   maishiy
konseptlarga;   ifodalanishiga   ko‘ra   leksik-frazeologik,   grammatik,   sintaktik   va
matniy konseptlarga bo‘linadi va h.k. 28
Biz   o‘z   tadqiqotimizda   konseptga   YU.N.SHvedova   tomonidan   berilgan
ta’rifni asos sifatida tanlaganmiz 29
.
Konsept   termini   borasidagi   fikrlar   o‘zbek   tilshunoslari   N.Mahmudov,
SH.Safarov   hamda   A.E.Mamatov   tomonidan   batafsil   izohlangan 30
.   SHu   boisdan
biz     konsept   haqidagi   o‘z   qarashlarimiz   bilan   cheklanishni   ma’qul   hisoblaymiz.
Fikrimizcha,   konsept,   darhaqiqat,   mental   tuzilma.   Lekin   u   ko‘p   qirrali   va   ko‘p
qatlamli   tuzilmadir.   SHuningdek,   konsept   bir   vaqtning   o‘zida   psixologik,
kognitiv-semantik   va   lingvokulturologik   jihatlarni   namoyon   etadi.   Zero,
konseptning   kognitiv,   psixolingvistik     va   lingvokulturologik   tadqiqotlar   obyekti
27
 Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб... // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012. –
№ 5. – Б. 9.
28
 http :  // rtsu slavist./t index php? option=com conten tack wiew & id=149 & itemed=80
29
  Шведова Н.Ю. Русский яз ык.  Избранные работы. – М. :  Языки славянской культуры, 2005. – С. 603.
30
  Қаранг: Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб // Ўзбек тили ва адабиёти. –Тошкент,
29012. – № 5. Б.  3-16;  Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. – Жиззах:  Сангзор, 2006 – 91б.;  Маматов  А.Э.
Тилга   когнитив   ёндашувнинг   моҳияти   нимада?   /   Ўзбек   тилшунослигининг   долзарб   муаммолари   (проф.
А.Нурмонов таваллудининг 70 йиллигига бағишлаб ўтказилаётган илмий-амалий анжуман материаллари. –
Андижон, 2012. – Б. 212-220. sifatida   tavsiflanayotgani   ham   shundan   dalolat   beradi.   SHuningdek,     biz
konseptning sub’ektiv, ijtimoiy, lingvomadaniy, badiiy konseptlar sifatida tiplarga
ajratilganligini yagona mohiyatga turli jihatlardan yondashuv sifatida baholaymiz.
Zotan,   til   tizimining   o‘zi   yuqoridagi   sifatlarni   o‘zida   jamuljam   etgan   nihoyatda
serqirra hodisalardan biri hisoblanadi.
Kognitiv   tilshunoslikda   lisoniy   konseptuallashtirish   muhim   ahamiyatga   ega.
Lisoniy   konseptuallashtirish   obyektiv   voqelik   yoki   uning   biror   qismini     til
vositasida   ifodalashdir.   U   “...inson   ongida   to‘plangan   ma’nolarning
verballashtirilgan shakli va   dunyo   haqidagi bilimlarining muayyan til vositasida
tizimlashtirilishi   bo‘lib,   qisman   universal,   qisman   milliy     xarakterga   ega
bo‘ladi” 31
.
Kognitiv   faoliyatda   k ognitiv     metaforalar ning     ahamiyati   beqiyosdir.
Kognitiv   tilshunoslik   asoschilaridan   biri   J.Lakoff   o‘z     tadqiqotlarida   metafora
faqat til hodisasi bo‘libgina qolmasdan, insonning bilish faoliyatida muhim o‘rin
tutuvchi   vosita   ekanligini   chuqur   asoslab   bergan.   Kognitologiya   fani   nuqtai
nazaridan   kognitiv   metafora   insonning   o‘z   bilimlarini   namoyon   qilishi   va
konseptuallashtirishi   usullaridan   biri   hisoblanib,   uning   mohiyati   bir   obyektni
boshqa bir obyekt  vositasida   tushunish va tushuntirishdan iboratdir 32
.
Dunyo   tilshunosligida   metaforalarga   oid   ko‘plab   tadqiqotlar   yaratilganiga
qaramay 33
,   ushbu   hodisa   tilshunoslarni   tobora   o‘ziga   jalb   etmoqda.   Xususan,
lingvokulturologiya   hamda   kognitiv   tilshunoslik   sohalarining   shakllanishi
metaforalarni yanada chuqurroq o‘rganish, bu   hodisani tadqiq etishda metaforik
mazmunli   matnlarni   ham   e’tiborga   olishni   taqozo   qilmoqda.   (Metaforalarning
matn yaratilishidagi o‘rni xususida ishimizning II bobida batafsil to‘xtalamiz).
SHaxs omilini asosiy omillardan biri sifatida  talqin etuvchi  qarashlar ichida
31
  Рыбникова В.А. Языковая концептуализация  социума (на материале английских дидактических текстов):
Автореф. дис. … канд. филол. наук.  – Краснодар: Кубанский гос. ун-т ,  2011. – 20 с.
32
  Лакофф Дж., Джонсон М. Метафор ы, которыми мы живем  ( Перевод Н.В. Перцова )  // Теория метафоры.  –
М. : Прогресс , 1990.  –  С 387-415. 
33
  Қаранг: Теория  метафоры.   –  М.: Прогресс, 1990. –  С.  512. matn     yaratilishining   kognitiv   talqini   diqqatga   sazovordir.   Kognitiv   talqin   matn
yaratilishiga “muallif – matn – matndan tashqaridagi   voqelik”   tamoyili asosida
yondashib,   unga   bir     vaqtning   o‘zida   bir   necha   nuqtai   nazar   bilan   qarash   fikrini
ilgari   suradi 34
.   Jumladan:     so‘zlovchi   maqsadining   ifodasi   bo‘lgan   matn,   nutq
yaratilishi   mahsuli   bo‘lgan   matn,     tushunish   obyekti   bo‘lgan   matn,   tushunish
mahsuli bo‘lgan matn 35
.
Matn   yaratilishining   kognitiv   talqiniga   binoan,     matn   mental   tuzilmaning
tilga   transformatsiyasidir.     Bundan   ko‘rinadiki,   ushbu     talqinga     ko‘ra,     botiniy
nutqdagi   bo‘lajak   matnga   ketma-ket   joylashuvchi   propozitsiyalar   yig‘indisi
sifatida   emas,   balki   butundan   qismlarga   qarab   harakatlanuvchi   yaxlit   shakl
sifatida qaraladi. Ma’lumki, tilshunoslikda matnning tashqi (leksik-grammatik) va
ichki (semantik) tuzilishiga ega ekanligi e’tirof etiladi 36
. Matnning ichki tuzilishi
o‘zida   semantik     konsentrat,   yadroviy     mazmunni   namoyon   etadi.   Kognitiv
tilshunosning   vazifasi   ana   shu     mazmunga   kognitiv   asos   bo‘lgan   mental
tuzilmalarni aniqlashdan  iboratdir.
Kognitiv   tilshunoslik   namoyandalaridan   biri   V.Z.Demyankov   ma’lumotiga
ko‘ra,     tanlangan   kommunikativ     strategiyadan   kelib   chiqib,     bir   axborot     turli
sharoitlarda     har   xil   tarzda     ifodalanishi     mumkin.     Inson   xotirasidagi     tartibga
solingan   axborot   bilan   uning     verbal   shakli   orasida       katta   farq   ham   bo‘lishi
mumkin.     Matn   yaratilishi   modullariga       axborot   generatori     va   artikulyatorlari
kiradi.   Nutq,   xususan,   matn   yaratilishi     nafaqat   semantik   va   grammatik
qonuniyatlarga,   balki   axborotni   bayon   qilishning   o‘ziga   xos   qoidalariga   ham
bo‘ysunadi.     Voqea-hodisalarni   bayon   qilish   sxemalari   turlicha   bo‘lib,   matn   bu
voqea-hodisalarning o‘zaro  aloqadorligiga muvofiq ravishda yuzaga keladi 37
.
34
  Комарова Л.И.   Современные подходы к   изучению художественного текста   //   Аналитика культуролог и и.
Электронное научное  издание.  ISSM ,  1990. – 4045.
35
 Чувакин А.А. Теория текста: объект и  предмет исследования // Критика и   семиотика.  Вып. 7.  – М.,  2004 .
– С .88-9 0.
36
  Қ аранг: Седов К.Ф. Дискурс и  личность.  –   М. : Лабиринт,  2004.  –  С. 45.
37
  Қ аранг:   Демяньков     В.З.     Продуцирование,   или     порождение   речи   //   Краткий   словарь   когнитивн ы х
терминов //   Кубрякова Е.С., Демьянков В.З.,   Панкрац Ю.Т., Лузина Л.Г. /   Под общ. ред. Е.С.Кубряковой.   –
М. : МГУ им. М.В.Ломоносова , 199 6 .  – С . 129-134. Nutq   yaratilishi   jarayonida   so‘zlovchi     o‘z   nutqini   tinglovchining
reaksiyasiga   qarab     o‘zgartirib  boradi.  Ta’kidlash  lozimki,      nutqni  rejalashtirish
hamda uning voqelanishi  deyarli bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. Inson har
doim ham o‘z nutqining   qanday shaklda   ifodalanishini oldindan   bilavermaydi,
chunki   bir   jumla   yoki   so‘z   boshqa   jumla     yoki     so‘zni     aytishni   taqozo   qiladi.
Kognitivistlar fikriga ko‘ra, bu jarayon grammatik monitor qurilma (monitoring)
nazorati   ostida   kechadi.   Matn   yaratilishi     vaqtida     shaxs   tayyor   lisoniy   birliklar
bilan   bir   qatorda   nominatsiya   strategiyalaridan   ham     foydalanadi.   Odatda,   matn
yaratilishi   jarayonida   ikkita   bosqich     belgilanadi:   matn   tuzishni   rejalashtirish
(konseptual   mazmunni   tartibga   solish);     matn   generatsiyasi   (tabiiy   tilga
transformatsiya qilish) 38
.  
Hozirgi   vaqtda   kognitiv   tilshunoslikda   keng   tarqalgan   metodlardan   biri
freym tahlili hisoblanadi.  Lingvokognitologiyaga ko‘ra, har qanday matn ma’lum
bir   freym   ifodasidir.     Freym   nazariyasini   yaratgan   olimlardan   biri     M.Minskiy
unga   shunday   ta’rif   beradi:   “....freym   –   stereotip   vaziyatlarni   namoyon   qilish
usullaridan   biri   hisoblanib,   har     qanday   freymda     ko‘p   qirrali   axborot   o‘zaro
bog‘langan bo‘ladi” 39
. Binobarin,  freym u yoki  bu  tipik vaziyatning keng hajmli
prototipi bo‘lib, matn  yaratilishi  jarayonida kognitiv kontekst vazifasini bajaradi.
Bu   o‘rinda   shuni   ham   aytish   lozimki,   matn   yaratilishi   tadqiqida   kognitiv
tuzilmalardan biri bo‘lgan geshtalt ham muhim o‘rin tutadi. Hozirgi tilshunoslikda
mavjud   bo‘lgan   semantik   geshtaltlar   nazariyasi   tilning   lug‘aviy   sathini
o‘rganishga   tatbiq   etilgan 40
.    Geshtalt   hodisasini   matn   bilan   bog‘lab   o‘rganuvchi
tadqiqotlar soni esa juda oz. Vaholanki, har qanday matn   yaratilishi “butundan –
bo‘lakka”   jarayonini   aks     ettiradi.     Prof.   SH.Safarov   fikriga   ko‘ra,   geshtalt   va
matn yaratilishini uzviylikda tadqiq etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi 41
.
38
  Ўша ерда.
39
  Минский М. Остроумие и   логика   когнитивного бессознательного // Новое в   зарубежной  лингвистике.
Вып.   XIII :  Когнитивные аспекты языка.   –  М.: Энергия, 1988.  –  С. 289.
40
  Қаранг: Караулов Ю.Н. Русский яз ык и языковая личность. – М.: Наука, 1987.  – 263 с.
41
  Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. – Жиззах: Сангзор, 2006 – 91б. Psixolingvistik   nuqtai   nazardan   matn   yaratish   va   uning   mazmuniy
persepsiyasi     individning   nutqiy   tafakkuri   mahsuli,   obyektiv   borliqni   til   tizimi
vositasida aks ettirish qobiliyati sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda matnning shakli
va   mazmuni   muayyan   kommunikativ   vaziyat   qatnashchisi   –   konkret   shaxsning
psixologik xususiyatlari bilan uzviylikda tadqiq etiladi 42
. 
Matn idrokini dekodlash sifatida talqin etish o‘tgan asrning so‘nggi choragida
e’tiborni jalb qilgan qarashlardan biri bo‘ldi. Mashhur psixolingvist L.S.Vigotskiy
“Mыshlenie i rech” (“Tafakkur va nutq”) kitobida (Moskva, 1982) verbal tafakkur
tabiatini   keng   miqyosda   yoritib   berdi.   Dekodlash   nazariyasini   rivojlantirishda
“Jinkin maktabi” deb nomlangan yo‘nalish vakillari katta rol o‘ynadilar.
N.I.Jinkin   o‘z   tadqiqotlarida   UPK   (universal-predmet   kodi)   haqidagi
nazariyani   ilgari   surdi.   Bu   qarashlarga   ko‘ra,   inson   nutqi   dastlab   uning   ongida
amorf   –   shaklsiz   holatda   bo‘ladi.   Bu   verbal   shakl   emas,   u   tasavvur     holatida
bo‘ladi.  Bunday  predmet  kodi  barcha millat vakillari  uchun  universal xarakterda
bo‘lib, uni barcha tillarga tarjima qilish mumkin 43
.
N.I.Jinkinning mazkur qarashini I.N.Gorelov o‘z tadqiqotlarida rivojlantirib,
UPK   axborotni   uzatish   kommunikativ   usullarining   neyrofiziologik   ko‘rinishi
ekanligini   qayd   etdi.   I.N.Gorelovning   fikriga   ko‘ra,   aynan   mana   shu   jarayon
tafakkurning tilga aylanish bosqichida vositachilik vazifasini bajaradi 44
.
XX asrning so‘nggi choragidan jahon tilshunosligida lisoniy faoliyat mahsuli
bo‘lgan   har   qanday   nutqiy   tuzilmani   uni   yaratuvchi   va   idrok   etuvchi   shaxs   –
muallif   va   retsipient   muloqoti   nuqtai   nazaridan   tadqiq   etishga     katta   e’tibor
qaratila  boshlandi. Nutqiy tuzilmani muloqot  jarayoni  sifatida  o‘rganish     diskurs
tushunchasining   yuzaga   kelishiga   sabab   bo‘ldi.   O‘tgan   asrning   50-yillarida
amerikalik   tilshunos   Zellig   Xarris   tomonidan   birinchi   marta   qo‘llangan   diskurs
so‘zi   bugungi   kunda   tilshunoslikning   markaziy   masalalaridan   birini   ifodalovchi
42
  Қаранг: Зорькина О.С. О психологическом подходе к изучению текста //  Язык и культура. – Новосибирск,
2003. – С. 205-210.
43
  Қаранг: Жинкин Н.И. Речь как проводник информации. – М.: Наука, 1982. – С. 157.
44
   Седов К.Ф. Дискурс  и личность. – М.: Лабиринт, 2004.  – С. 10-11. hodisani anglatmoqda.
Diskurs     tushunchasi   hozirgi   davrda   o‘ta   jadallik   bilan   sodir   bo‘layotgan
fanlar   integratsiyasini   o‘zida   yaqqol   namoyon   etadi.   U   adabiyotshunoslik,
tilshunoslik,   falsafa,   tarix,   sotsiologiya,   antropologiya,   pedagogika,
siyosatshunoslik kabi fan sohalarining har birida maxsus definitsiyaga ega bo‘lishi
bilan   birga,     bugungi   kunda   yangi   yo‘nalishlardan   biri   hisoblangan   diskursiv
tahlilning ham markaziy muammolaridan biriga aylandi. 
Ma’lumki,   diskurs   (fr.   Diskours   –   nutq,   harakat)   termini   dunyo
tilshunosligida   bir   necha   ma’noda   talqin   qilinadi.   Bu   termin   dastlab   bog‘lanma
matn  tushunchasini ifodalagan bo‘lsa, keyinchalik  suhbat ,  dialog    tushunchalariga
nisbatan   ham     qo‘llanila   boshlandi 45
.   Antropotsentrik   paradigmaning   rivojlanishi
natijasida   diskurs     termini   yanada     kengroq   ma’noga   ega   bo‘lmoqda.     Mazkur
termin   ostida   hozirgi   kunda   o‘zida   nolisoniy,   xususan,   psixologik,   ijtimoiy   va
shaxs   ongi   bilan   bog‘liq   omillarni   mujassam   etgan   nutq   tuzilmasini   tushunish
tendensiyasi   kuchayib   bormoqda 46
.   SHu   bilan   birga,     diskurs   so‘zi   ifodalagan
hodisani   sof   tilshunoslik   nuqtai   nazaridan   tadqiq   etib   bo‘lmasligi,   bunda   shaxs
omili   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   bir   necha   fanlarning   hamkorligi   taqozo   etilishi   ham
ayni kunda e’tirof etilgan haqiqatdir 47
.
Diskurs   tushunchasining   bu   tarzda   talqin   etilishiga,   shubhasiz,
antropotsentrik   paradigmaning   shakllanishi   va   rivojlanishi   katta   ta’sir   ko‘rsatdi.
Diskursiv tahlil, obrazli qilib aytganda, bir necha lingvistik tahlil yo‘nalishlarining
kesishgan   chorrahasidir.   CHunki   diskursiv   faoliyat,   ya’ni   ongli   tarzda   nutq
yaratish va uni idrok etish 48
 jarayoni shaxs omilini o‘rganishni taqozo etadi. Zero,
har   qanday   nutq   ko‘rinishi   bu   –   o‘zida   muayyan   ijtimoiy-madaniy   muhitga
mansub,   psixologik   va   kognitiv   jihatdan   o‘ziga   xos   xususiyatlarga   ega   bo‘lgan
shaxs   faoliyatining   natijasidir.   Ayon   bo‘ladiki,   diskursiv   tahlil   nutqni   shaxs
45
  Новое в зарубежной лингвистике. В ы пуск  VIII . Лингвистика текста. – М.: Прогресс, 1978. – С. 467-468.
46
 Седов  К.Ф. Дискурс и  личность. – М.: Лабиринт, 2004. – С. 7-8.
47
 Бу ҳақда қаранг:  Седов К.Ф.  Дискурс и  личность. – М.: Лабиринт, 2004. 
48
  Седов К.Ф. Кўрсатилган асар. – С. 7-8. faoliyati   sifatida   o‘rganishni   taqozo   etadi.   Bu   jarayon   esa   lisoniy   faoliyatga   bir
vaqtning   o‘zida   bir   necha   nuqtai   nazardan   yondashish   kerakligini   bildiradi.
Ko‘rinadiki,   nutqiy   tuzilmani   bu   tarzda   o‘rganish   tadqiqotchiga   juda   katta
imkoniyatlar   eshigini   ochib   berish   bilan   birga,   uning   diskursiv   tahlil   deb
nomlanayotgan “chorraha”dan o‘tishini ham taqozo qiladi.
Diskursiv   faoliyat   jarayonini     o‘rganmasdan   turib     diskurs   hodisasini
tushuntirib   bo‘lmaydi.   Diskursiv   faoliyat   –   nutq     yaratish   va   uni   idrok   etish
jarayoni   ekan,   ushbu   jarayon   nutq   yaratuvchi   –   muallif   va   uni   qabul   qiluvchi   –
retsipient   shaxsi   bilan   uzviy   bog‘liqdir.     Bu   o‘rinda   diskursiv   tahlil
psixolingvistika,   lingvokulturologiya,   lingvistik   semantika   va   kognitiv
tilshunoslikning bir  nuqtada   kesishishini taqozo etadi.
Hozirgi  kunda   diskursiv   tahlilning  bir  necha    yo‘nalishlari   mavjud.   Ulardan
biri   diskurs   interpretatsiyasidir.   Diskurs   interpretatsiyasi   nutq     tuzilmasini
“ichdan”   turib   tahlil   etuvchi,   kognitiv     tilshunoslik   bilan   uzviylikka   ega   bo‘lgan
tahlil   ko‘rinishlaridan   biridir.   Diskursiv   tahlil   tadqiqotchidan   ham   muallif   nuqtai
nazarini, ham retsipient nuqtai nazarini e’tiborga olishni talab qiladi.
Diskurs interpretatsiyasi bilan shug‘ullangan tadqiqotchilardan biri, mashhur
gollandiyalik   tilshunos   T.A.van   Deyk   matbuot   materiallari   ustida   olib   borgan
tadqiqotlarida diskurs tahliliga oid bir qancha muhim nazariy qarashlarni yaratdi 49
.
SHulardan   biri   makropropozitsiya   haqidagi   ilmiy   qarashdir.   Makropropozitsiya
termini matnda ifodalangan obyektiv mazmunni aks ettiruvchi hodisadir. T.A.van
Deyk   so‘zlari   bilan   aytganda,   “Makropropozitsiya...   diskursni   tashkil   etgan
gaplarda     ifodalangan   propozitsiyalardan   hosil   qilingan   propozitsiyadir....   u   bir
propozitsiyalar   ketma-ketligining   yana   boshqa   shunday     yuqoriroq   darajadagi
propozitsiyalar   ketma-ketligi   bilan   bog‘lanishini   aniqlaydi   va   buning   natijasida
diskurs yoki epizodning global ma’nosi kelib chiqadi” 50
.
Olim     matnda   yonma-yon   kelgan   gaplarning   mazmunan   bog‘lanishini   lokal
49
  Дейк Т.А. ван. Яз ы к. Познание. Коммуникация. – М.:  Прогресс, 1989. – С. 117.
50
  Дейк Т.А. ван. Кўрсатилган асар. – Б. 42. aloqa ,   diskursda   ifodalangan   obyektiv   mazmunni   keltirib   chiqaradigan
bog‘lanishni   esa   global   aloqa   terminlari   bilan   nomlaydi   va   bu   ikki   hodisani
farqlash lozimligini ta’kidlaydi 51
.
Darhaqiqat,   matnda     ifodalangan   asosiy   mazmun   (tema,   topik)   alohida
olingan   gapdagi   shunday   mazmundan   –   propozitsiyadan   tubdan   farq   qiladi.
Makropropozitsiyani   tadqiq   etish   tadqiqotchiga   diskurs   yaratilishida   tafakkur   va
tilning   munosabatini   chuqurroq   o‘rganish,   lisoniy   shaxs   fenomenini   kengroq
yoritish   imkoniyatini   beradi.   Makropropozitsiya   matnda   ifodalangan   gaplarning
mantiqiy     sintezidir.   Uning   qanday     verbal   vositalar   orqali   ifodalanishi   nutq
yaratuvchi shaxsning diskursiv qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Olimning   makropropozitsiya   haqidagi   qarashlari   publitsistik   uslub
materiallari misolida asoslangan bo‘lsa-da 52
, uni badiiy matn tahliliga ham tatbiq
etish   mumkin.   Makropropozitsiya   haqidagi   bu   qarash   murakkab   mazmuniy
tuzilishga   ega   bo‘lgan   badiiy   matnni   tushunishning   kognitiv-diskursiv   jihatlarini
yoritishda muhim ahamiyatga ega. Zero, har qanday nutqiy tuzilma, shu jumladan,
ko‘p hollarda ikkilamchi nominatsiya bilan ish ko‘ruvchi badiiy matnning asosida
ham mantiqiy-kognitiv asos yotadi.
Alohida ta’kidlash joizki, eng so‘nggi  tadqiqotlarda matnga integrativ nuqtai
nazardan   yondashish   fikri   ilgari   surilmoqda.   Jumladan,     E.YU.Bajenovaning
fikriga ko‘ra, matnga bir vaqtning o‘zida kommunikativ, kognitiv va   funksional
nuqtai     nazar   bilan     yondashish   natijasida   bu   borada   jiddiy   yutuqlarni   qo‘lga
kiritish   mumkin 53
.   Mazkur   fikrni   bugungi   kunda   integrativ   tahlil   bo‘yicha
yaratilgan   ko‘plab   tadqiqotlar   ham   isbotlamoqda.   Zotan,   integrativ   tahlilning
ustun   jihati   shundaki,   unda     matnni   bir   vaqtning   o‘zida   lingvistik   va   nolisoniy
omillar nuqtai nazaridan tadqiq etish mumkin. Bu esa ayni hodisaning mohiyatini
to‘lig‘icha   yoritib   berish     imkonini   yaratadi.   Amerikalik   tilshunos   Eduard   Sepir
51
 Дейк Т.А. ван. Кўрсатилган асар. 
52
 Дейк Т.А. ван. Кўрсатилган асар .
53
  Баженова   Е.Ю.   Интегрированн ы й   подход   к     анализу   процесса     порождения   текста   //   Вестник
Челябинского государственного университета. – 2011. –  №13 (54). – С.31. o‘zining “Lingvistikaning fan sifatidagi maqomi” nomli maqolasida shunday deb
yozgan   edi:   “Lingvistik   tadqiqotlar   rivojlanishi   jarayonida   tilshunoslik   inson
haqidagi   fanlarni   egallashda   muhim     qurol   ekanligini   isbotlamoqda   va,   ayni
vaqtda, o‘z mohiyatini chuqur yoritishga imkon beruvchi bu fanlarga ham ehtiyoj
sezmoqda.   O‘zining   an’anaviy   tadqiqot   obyekti   bilan   chegaralanib   qolgan
tilshunos hozirgi davrda qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin. Agar unda ozgina
tasavvur   qila   olish   imkoniyati   bo‘lsa,   tilshunoslikning   antropologiya,   madaniyat
tarixi,   sotsiologiya,   psixologiya,   falsafa   bilan,   qolaversa,   fiziologiya   va   fizika
fanlari bilan mushtarak manfaatlarga ega ekanligini inkor eta olmaydi” 54
.
Mashhur   tilshunosning   bu   so‘zlari   zamonaviy   tilshunoslikning   etakchi
yo‘nalishlaridan   biri   bo‘lgan   integrativ   tahlil   to‘g‘risidagi   bashoratdek   tuyuladi.
Bugungi   kunda   matn   tahlilida   tadqiqotchilar   grammatika,   semantika,
kognitologiya,   sotsiolingvistika,   sotsiopsixolingvistika,
psixolingvistika,etnopsixolingvistika,lingvokulturologiya   kabi   bir   qator
yo‘nalishlar qo‘lga kiritgan yutuqlarga tayanib ish ko‘rmoqdalar. Bundan maqsad
nutq   yaratuvchi   va   uni   idrok   etuvchi   shaxs     omilining   lisoniy   faoliyatda   qanday
o‘rin tutishini aniqlash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, matnning shaxs faoliyati bilan
bog‘liq xususiyatlarini yanada chuqurroq o‘rganishdir.
Ayon   bo‘ladiki,   lisoniy   faoliyatni   namoyon   etuvchi   matn   xususida   kognitiv
tilshunoslikda   mavjud   bo‘lgan   qarashlar   turli-   tuman   va   o‘ziga   xosdir.   Ammo
ularning barchasi murakkab mavjudot bo‘lgan inson (shaxs) fenomeni mohiyatiga
chuqurroq yondashishga intilmoqda.
Dunyo   tilshunosligidagi   mazkur   nazariy   ta’limotlardan   foydalanib,   ularni
rivojlantirgan holda o‘zbek tilida so‘zlashuvchi shaxs lisoniy faoliyatining o‘ziga
xos   jihatlarini   yoritib   berish   bugungi   tilshunosligimizning   dolzarb   vazifalaridan
biridir.
Konsept   va   uning   matn   orqali   ifodalanishi. Konsept   muammosi
54
  Сепир   Э.   Статус   лингвистики   как   наука   //   Избранн ые   труды   по   языкознани ю   и   культурологи и .   –   М.:
Прогресс, 1993. – С. 260. antropotsentrik   paradigmaning   markaziy   muammolaridan   biri   hisoblanadi.
Konseptning   mohiyati,   uning   tiplari   va   til   birliklariga   munosabati   haqida
ishimizning avvalgi sahifalarida to‘xtalgan edik. Tadqiqotimizning bu qismida biz
konseptning matn orqali ifodalanishi haqida fikr yuritamiz.
Ma’lumki, tilshunoslikda konseptlar, asosan, leksik hamda leksik-frazeologik
birliklar orqali ifodalanadi, degan fikr ustun. Keyingi davrlarda esa fanda sintaktik
konseptlar haqidagi nazariy qarashlar, shuningdek, ushbu mavzuga bag‘ishlangan
tadqiqotlar   ham   yuzaga   keldi 55
.   Ularning   aksariyatida   sintaktik   konsept   tipik
propozitsiyaga tenglashtiriladi 56
. 
S.E.Kuzminaning   fikriga   ko‘ra,   sintaktik   konsept   “predmetlar   yig‘indisi   va
ularning   munosabatini   aks   ettiruvchi   tipik   vaziyat   haqidagi     axborot   bo‘lib,   u
gapning   struktur   sxemasi   orqali   ifodalanadi   hamda   tipik   propozitsiya
(mazmunning strukturlashtirilgan yig‘indisi) orqali namoyon bo‘ladi” 57
.
S.E.Kuzmina o‘z maqolasida ingliz tilidagi quyidagi gaplarni misol tariqasida
keltiradi:   I don’t give you the book.   (Men kitobni sizga bermayman.)   The doctor
gave him some cough medicina . (Doktor unga ba’zi yo‘tal dorilarni berdi.)   I sent
her   a   letter.   (Men   unga   xat   jo‘natdim.)   He   sent   her   a   greetings   card.   (U   unga
taklifnoma jo‘natdi).
Maqola   muallifi   ushbu   gaplar   uchun   Kimdir   kimgadir   nimanidir   beradi
shaklini   tipik   propozitsiya   sifatida   belgilaydi.   Demak,   ko‘rinadiki,   tadqiqotchi
yuqoridagi   gaplarda   ifodalangan   konseptni   belgilashda   ularning   mazmunini
mavhumlashtirish yo‘lidan borgan.
Sintaktik   konseptlar   mavzusida   tadqiqot   olib   borgan   yana   bir   tilshunos   –
L.A.Fursning   qarashlari   ham   yuqoridagi   fikrlarga   hamohang.   Jumladan,   u
shunday   yozadi:   “Sintaktik   yo‘l   bilan   ifodalangan   konsept   o‘zida   dunyo   va   til
haqidagi   strukturlashtirilgan   bilimlarni   siqiq   holda     namoyon   qiluvchi   va   ularni
55
  Кузьмина С.Е. Понятие “синтаксический концепт” в лингвистических исследованиях / Вестник ЧелГУ. –
2012. – № 17  (66) . Филология. Искусствоведение. – С. 87-90.
56
  Қаранг: Кузьмина С.Е.  Кўрсатилган мақола.  
57
  Кузьмина С.Е. Кўрсатилган мақола. – Б. 90. propozitsional   shaklda     ifodalashni   ko‘zda   tutuvchi,   maksimal   tarzda
mavhumlashtirilgan mazmuniy uzvlarni namoyon etadi” 58
.
Ma’lumki, konsept – mental tushuncha. Uni bevosita kuzatish mumkin emas.
Insonning   kognitiv   faoliyati   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   bu   hodisani   uning   tildagi
korrelyatlari   orqali   aniqlash   mumkin.   Sintaktik   konsept   haqidagi   ilmiy
qarashlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, til birliklaridan biri bo‘lgan gap
ham konsept ifodachisi (uning tildagi korellyati) sifatida tan olinmoqda. Demak,
bu   qarashlarga   binoan,   gapda   ham   muayyan   konsept   o‘z   ifodasini   topadi   va   bu
sintaktik yo‘l bilan ifodalangan konsept hisoblanadi. Sintaktik konseptlar gapning
umumiy   mazmunidan   kelib   chiqib   aniqlanadi.   SHuningdek,   tadqiqotchilarning
fikriga   ko‘ra,   nafaqat   leksema   yoki   frazeologizm,   balki   propozitsiya   (binobarin,
asosan,   gap   –   D.X.)   ham   konseptni   ifodalash   shakllaridan   biri   hisoblanadi,   u
voqelikni   konseptuallashtirish   va   kategoriyalashtirish   mahsuli   bo‘lganligi   uchun
antropotsentrik mohiyat kasb etadi 59
.
Nazarimizda,   bu   qarashlarda   sintaktik   konsept   voqelikdagi   bir   turdagi
munosabatlarning mantiqiy formulasiga teng kelib qolgan. Agar konseptda milliy
mentallik, aksiologik modallik, lingvomadaniy omillar ham aks etishini e’tiborga
oladigan   bo‘lsak,   yuqoridagi   qarashlar   bir   oz   munozarali   tuyuladi.   SHunday
bo‘lsa-da, konseptning gap orqali ham ifodalanishi haqidagi fikr, bizningcha, juda
to‘g‘ri   va   u   boshqa   bir   muammo   –   konseptning   matn   orqali   ifodalanishi   haqida
mulohaza yuritishga undaydi.
Bevosita matn va konsept masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, aytish mumkinki,
matn, xususan, badiiy matn konsept ifodachisi bo‘la oladi. Bunda, yuqorida qayd
etilganidek,   individual-muallifiy   yondashuv   ham,   milliy   mentallik   belgilari   ham
o‘z aksini topishi mumkin.
Ma’lumki,   tilshunoslikda   badiiy   konsept   konsept   tiplaridan   biri   sifatida
58
  Фурс   Л.А.   Синтаксически   репрезентируем ые   концепты:   Автореф.   дис.   …   д-ра   филол.   наук.   –   Тамбов:
Тамбовский гос. ун-т им. Г.Р.Державина, 2004. – С. 42.
59
  Кузьмина С.Е. Понятие “синтаксический концепт” в лингвистических исследованиях / Вестник ЧелГУ. –
2012. – № 17  (66) . Филология. Искусствоведение.  – С. 89-90. baholanadi.   Rus   tilshunosi   I.G.Tkachenko   konsept   haqidagi   maqolasida
tadqiqotchilar   tomonidan   badiiy   konseptga   xos   quyidagi   belgilar   qayd   etilganini
ta’kidlaydi:1) mantiq qoidalariga bo‘ysunmaslik; 2) real voqelikka har doim ham
mos kelmaslik; 3) potensial obrazga  dinamik tarzda yo‘nalganlik; 4) obrazlilik; 5)
estetiklik; 6) individuallik 60
.
Tadqiqotchi   I.Tarasovaning   fikriga   ko‘ra,   badiiy   konseptni   izohlashda   ikki
yondashuvni   kuzatish   mumkin:   1)   badiiy   konsept     individual   –   muallifiy,   psixik
hosiladir;   2)   badiiy   konsept   milliy   va   adabiy   an’analar   hosilasidir 61
.   Bizningcha
esa, badiiy konsept yuqorida qayd  etilgan har ikkala xususiyatni o‘zida mujassam
etadi. Zero, konseptning o‘zida ushbu belgilar mavjuddir.
Bu o‘rinda yana bir fikrni aytish joizki, matn orqali konseptning ifodalanishi
masalasini   yoritish   uchun   ilmiy   tadqiqotning   bitta   qismi,   hatto   bitta   bobi     ham
kamlik   qiladi.   Bu   –   alohida   monografik   tadqiqot   mavzusi   bo‘lib,   unga   keng
aspektda   yondashuv   lozim.   SHu   boisdan   biz   tadqiqotimizning   ushbu   qismida
badiiy   matnda   kopseptning   ifodalanishiga   oid   kuzatishlarimizdan   kelib   chiqqan
ayrim mulohazalarni bayoni etish bilan chegaralanamiz.
Fikrimizcha,   badiiy   asarlarda,     xususan,   nasriy   asarlarda
lingvokulturologiyada   asosiy   konseptlar   hisoblangan   hayot,   o‘lim,   ona,   Vatan,
muhabbat, yaxshilik, adolat, ayol  kabi tushunchalar ifodasi ko‘p uchraydi. Badiiy
asar ijodiy faoliyat mahsuli bo‘lganligi sababli, muayyan  konsept ifodasi bu kabi
matnlarda, tabiiyki, birinchi navbatda individuallik, obrazlilik belgilarini namoyon
etadi.   Quyidagi   matnga   e’tibor   bering:   Katta   yo‘l   bo‘yida   daraxt   o‘sardi...
Ittifoqo   uning   tagiga   bir   yo‘lovchi   keldi.   Kun   issiq,   yo‘lovchi   charchagan   edi.
Daraxt soyasida o‘tirib dam oldi... 
Yo‘lovchi   ochiqqan   edi.   Qarasa,   daraxtda   mevalar   pishib   yotibdi.   U
60
  Ткаченко   И.Г.   Подходы   к   трактовке   текста   и   художественного   концепта   в   современной   линвистике   //
И.Г.Ткаченко, Ю.Г.Мурка // Филологические науки в России за рубежом. Материа л ы международ.заоч.науч.
конф. (г.Санкт-Петербург, февраль 2012 г.) – СПб.: Реноме, 2012. – С. 173-175.
61
  Тарасова   И.А.   Художественн ый   концепт:   диалог   лингвистики   и   литературоведения   //   Лингвистика.
Вестник Нижегородского ун-та. – 2010. – № 4(2). – С.  7 42- 7 45. daraxtga chiqishga erindi: tosh otdi. Mevalar duv to‘kildi.  Yo‘lovchi to‘ygunicha
edi ...
Manzil olis edi. Yo‘lovchi daraxt shoxini sindirib, tayoq yasadi...
Keyin... zahar tang qilib qoldi. Yo‘lovchi daraxt panasiga o‘tdi... 
So‘ng... yo‘liga ketdi...
Daraxt   boshqa   yo‘lovchini   kuta   boshladi...   Bu   daraxtning   nomi   YAxshilik
edi...  (O‘.Hoshimov. “Yo‘l bo‘yidagi daraxt”)
O‘.Hoshimovning   “Daftar   hoshiyasidagi   bitiklar”   kitobidan   olingan   mazkur
matnda YAXSHILIK konsepti o‘z ifodasini topgan. Matnda bu konsept “daraxt”
ramzi   orqali   ifodalangan   bo‘lib,   muallifning   kognitiv-diskursiv   faoliyatida
qo‘llangan   o‘xshatish   amali   matnning   metaforik   mazmun   kasb   etishiga   olib
kelgan.
F.M.Dostoevskiy   va   M.A.Bulgakov   romanlarini   lingvokognitiv   tahlil   qilgan
O.A.Aktisova   o‘z   ishida   tavsifiy   xarakterdagi   mikromatnlarda   konsept   matn
yaratuvchanlik   xususiyatiga   ega   bo‘ladi,   degan   fikrni   ilgari   suradi 62
.   O‘zbek
yozuvchilari asarlaridan olingan mikromatnlar ham bu fikrning to‘g‘ri ekanligini
tasdiqlaydi. 
O‘.Hoshimovning yuqorida tilga olingan kitobidagi bir necha matnda AYOL
konsepti   o‘z   ifodasini   topgan.   Ular   tavsifiy   xarakterdagi   mikromatnlar   bo‘lib,
AYOL   konsepti   maydoniga   kiruvchi   turli   mikrokonseptlarning   verbal
ko‘rinishlaridir.  Masalan:
“Ayol   kishini   ipidan   ignasigacha   bilaman”,   deysizmi?   O-o-o,   siz   daho
ekansiz!
  Ayting-chi, sharqdan  sekundiga besh-etti metr tezlikda esayotgan shamol
o‘n   daqiqadan   keyin   shimolga   buriladimi,   janubgami?     YArim   soatdan   keyin
62
  Актисова   О.А.   Синтаксические   средства   реализации   концептов   в   аспекте   эволюции   типов
повествовательной речи: На материале описаний в романах  “Преступление и наказание” Ф.М.Достоевского
и “Мастер  и Маргарита”  М.А.Булгакова:  Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – Волгоград :  Волг. гос.  ун-т ,
2006. – С. 29. izg‘iringa aylanadimi,  bo‘rongami?..”   (O‘.Hoshimov. “Daho” ekansiz!”)
Ayol   mehri     -   asaldek   totli.   Ayol   makri   –   zahardek   xavfli.   (O‘.Hoshimov.
“Mehr va makr”)
Ayollar!   Yig‘lab   ko‘nglingizni   bo‘shatishdek   ne’matni   ato   etgani   uchun
YAratganga shukronalar qiling.  (O‘.Hoshimov. “Ne’mat”)
Ayol   kishiga   avvalo   Ona   deb   qarasak,   hammasi   joy-joyiga   tushadi.
(O‘.Hoshimov. “Mo‘‘tabar zot”)
Ayol   shunday   jumboqlar   kitobiki,   hali   hech   kim   uni   oxirigacha   o‘qiy   olgan
emas.  (O‘.Hoshimov. “Abadiy jumboq”)
Mikromatnlardan   ko‘rinadiki,   ularda   ayol   shaxsiyatiga   xos   bo‘lgan
mehribonlik, sirlilik, makkorlik, onalik sifatlari aks etgan. Bu har bir mikromatnda
AYOL   konsepti   bilan   bog‘liq   assotsiatsiyalarning   faollashuviga   sabab   bo‘lgan.
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, mikromatndagi badiiy konsept ifodasida
konseptning   ijodkor   shaxs   uchun   muhim   hisoblangan   muayyan   qirrasigina   o‘z
ifodasini topadi. 
Badiiy   asarlarni   kuzatish   shundan   dalolat   beradiki,   o‘zbek   tilida   yaratilgan
mikromatnlarda  HOLAT  konsepti ham rang-barang ifodalarga ega ekanligi bilan
ajralib   turadi.   Bu,   avvalo,   badiiy   adabiyotning   bosh   maqsadi   inson   va   u   bilan
bog‘liq   fenomenlarni   tasvirlash   ekanligi   bilan   izohlanadi.   HOLAT   konsepti
superkonsept maqomida bo‘lib, bu maydonga kiruvchi shodlik, qayg‘u, sog‘inch,
iztirob   kabi   tushunchalarning   matn   orqali   ifodalanishi   tasvirning   to‘laqonli
bo‘lishini ta’minlaydi. Quyida misol sifatida keltirilgan mikromatnlar ana shunday
HOLAT     konsepti   maydoniga   kiruvchi   konseptlar   ifodachisi   sifatida   namoyon
bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Sog‘inch   konsepti.   Birdan   allaqaysi  musicha   cho‘zib   ku-kuladi.  SHu  qadar
nola   qildiki,   musichaning   tovushida   shu   qadar     mung,   shu   qadar   sog‘inch,   shu
qadar   dard   borligini   birinchi   bor   ilg‘ashim...   Sizni   esladim...   Musicha   yana   ku-
kuladi,   azbaroyi   hovli   jaranglab   ketdi,   beozor   parrandaning   bo‘g‘iqroq   tovushi mening ichimdan eshitilayotgandek bo‘ldi... Bu tovush Sizni chaqirayotgan, Sizni
chorlayotgan   edi...   Sezyapsizmi,   Sizning   so‘zingizdan   chiqmay   ortiqcha
iztiroblarga   berilmaslikka   uringanim   sayin   Sizni   o‘ylamaslik,   Sizni   xayoldan
quvib   chiqarish   epini   topolmadim.   (X.Do‘stmuhammad.   “Hijronim   mingdir
mening” qissasi)
Hayrat   konsepti .  Bu juda go‘zal manzara edi, buni faqat usta rassomlarning
suratlaridagina ko‘rish mumkin, biroq eng zo‘r musavvir ham uning qo‘shig‘iga
bo‘yoq   topolmagan   bo‘lardi.   Qizning   ovozida   bani   dunyo   o‘zaro   uyg‘unlashib
jaranglar,   go‘yo   xayol   ham,   go‘zallik   ham,   orzu   ham   qizning   qiyofasiga   kirib
qo‘shiq aytardi. Qo‘shiqni tinglayotgan odam bahorni, yasharish faslini, sollanib
turgan   gullarni,   shabadadan   to‘kilay-to‘kilay   deyayotgan   qizg‘aldoq   bargidagi
shudringni,   tuman   qoplab   olgan   bog‘ni,   varrak   uchirayotgan   bolalarni,   yuksak-
yuksaklarda   parvoz   qilayotgan,   jilvalanayotgan   bolalik   xayolini   ko‘z   oldiga
keltirishi mumkin edi. Bolalik kabi go‘zal, tiniq va orzumand bu ovoz quyoshning
issiq   taftidek   o‘z   ohangi   bilan   odamni   eritib   yuborar,   ko‘ngilga   yoqimli
shabadaday   esib   kirardi.   To‘rt   hasharchi   shunday   taassurotlarni   boshidan
kechirar,   ular   qo‘shiqni   oxirigacha   eshitmoqchiday   dong   qotib   turishardi.
(N.Eshonqul. “Momoqo‘shiq” qissasi)
Qo‘rquv   konsepti.  YAna vujudini dahshat bosdi. Nazarida eri azroildek, kela
solib,   jonini   oladiganday,   yuragi   qo‘rquvdan   dukillab   ura   boshladi.   Qo‘llari,
bo‘g‘inlari, butun jismi titrab-qaqshab, ichi yaxlaganday, tuyg‘usiz bir maxluqqa
o‘xshab o‘tirardi. Ayniqsa, Aziz ishdan qaytadigan vaqt yaqinlashgan sari battar
vosvosga tushib, o‘zidan-o‘zi yig‘lagisi kelar... elga sovurilgan qadri, nomusining
alamiga   chidolmaganidanmi,   Azizning   qahridan   qo‘rqqanidanmi,   o‘ksib-o‘ksib,
borgan sari o‘zini to‘xtatolmay yig‘lay boshladi... U irodasi va aqlini yo‘qotgan
edi, bamisoli o‘pqonga tushgan xassimon, o‘zini butkul majruh tuyg‘ular qo‘liga
topshirgan  edi...   (O‘.Usmon. “Girdob” romani)
YUqorida   keltirilgan   mikromatnlardan   ko‘rinadiki,   HOLAT     konseptining turli ko‘rinishlarini ifodalash uchun turli vaziyatlar munosabatidan foydalanilgan.
Jumladan,   birinchi   matnda   musichaning   ku-kulashi   vaziyati   ifodasi   sog‘inch
holatini   ifodalashda   vosita   bo‘lgan   bo‘lsa,   ikkinchi   matnda   qo‘shiq   aytayotgan
ayolni eshitib turgan hasharchilarning qalbidagi to‘lqinlanish, hayrat hislari tabiat
manzaralari   tasviri     vositasida   namoyon   bo‘lgan.   Uchinchi   matnda   esa   asar
qahramonining qo‘rquvga tushgan holati, asosan, uning vujudida ro‘y berayotgan
jismoniy   o‘zgarishlarni   ifodalovchi   birliklar   ( yuragi   qo‘rquvdan   dukillab   ura
boshladi;   qo‘llari,   bo‘g‘inlari,   butun   jismi   titrab-qaqshab,   ichi   yaxlaganday )
orqali berilgan. Bu esa badiiy konsept ifodasi ko‘p hollarda implikativ  xarakterga
ega bo‘lishidan dalolat beradi.
Ma’lumki,     metaforalar   haqidagi   nazariy   qarashlar   qadimgi   davrlardayoq
mavjud bo‘lgan. “Metafora hosila ma’no   yuzaga kelishi hodisalarining eng faoli
hisoblanadi.U,   tilshunoslikda   qayd   etilishicha,   hosila   ma’no   yuzaga   kelishining
hosil   qiluvchi   va     hosila   ma’no   referentlari     o‘zaro   o‘xshash   kelishiga
asoslanadi” 63
.
XX   asrning   so‘nggi   choragida   ma’no   ko‘chishining   usullaridan   biri
hisoblangan bu hodisaning   inson kognitiv faoliyatiga ham xos ekanligi haqidagi
qarashlar ilgari surila boshladi. Bunday qarashlarning shakllanishida, xususan, o‘z
tadqiqotlarida   metaforaga     antropologik   nuqtai   nazardan   yondashgan   M.Osborn,
J.Jeyns, E.Kassirer, N.F.Alefirenko, J.Lakoff, M.Jonson kabi olimlarning   fikrlari
asosiy o‘rinni egallaydi.
Amerikalik   tadqiqotchi   J.Jeyns   mavhum   konseptlar   konkret   metaforalar
yordamida   shakllanishini   ta’kidlab,   noma’lum   va   notanish   predmetni   tasavvur
qilishda   bizga   juda   yaxshi   tanish   bo‘lgan   hamda   sensor   hissiyotlarimiz   bilan
bog‘liq   bo‘lgan   obrazni   tanlay   olish   o‘rinli   metaforani   yuzaga     keltirishini
ta’kidlagan edi 64
.
63
 Миртожиев М. Ўзбек тили семасиологияси.  – Тошкен т:  Мумтоз сўз, 2010 – Б. 94.
64
  Қаранг:   Будаев  Э.В.Становление  когнитивной  теории    метафор ы   //    Лингвокуль т урология.   В ы пуск   1. –
Екатеринбург, 2007.  – С.16-32. O‘tgan   asrning   so‘nggi   choragida     kognitiv   tilshunoslikning   taniqli   vakili
bo‘lgan   J.Lakoff   hamda   mashhur   faylasuf   M.Jonson   tomonidan   yaratilgan
metaforalar   to‘g‘risidagi   tadqiqot 65
  bu   boradagi   qarashlarning   tub   burilishiga
sabab   bo‘ldi.   Mazkur   tadqiqotchilar   kognitiv   (konseptual)   metaforalar
nazariyasiga   asos   solib,     metaforalar   faqat   til   hodisasi   bo‘libgina   qolmay,   inson
tafakkurining   ham   ajralmas  qismi   ekanligini   chuqur   yoritib   berdilar.   J.Lakoff   va
M.Jonson:   “Metaforalar   nafaqat   kundalik   hayot,     nafaqat   til,   balki   tafakkur   va
faoliyatimizga   ham   kirib   boradi.   Bizning   kundalik   tushunchaviy   tizimimiz   ham
o‘z mohiyatiga ko‘ra metaforikdir”, – deb ta’kidlagan edilar 66
.
  “Blending   nazariyasi”   deb   nomlanuvchi   qarashni   yaratgan   olimlar   –
M.Terner   va   J.Fokone   fikriga   ko‘ra,   kognitiv   metaforalar   murakkab   dinamik   va
integratsion   jarayonni   namoyon   etib,   yangi   –   qorishiq   mental   maydonlar
yaratilishiga sabab bo‘luvchi hodisadir 67
.
Rus  olimi   N.S.Valgina   esa   metaforalar   biridan-biriga   o‘tib   boruvchi   uch   xil
ma’nolar yig‘indisidan iborat, deb hisoblaydi: 1) to‘g‘ri ma’no – faktual axborotni
ifodalaydigan   ma’no;   2)   ko‘chma   ma’no   –   konseptual   axborotni   ifodalaydigan
ma’no; 3) qayta anglangan ma’no (ramz) – ichki axborotni ifodalaydigan ma’no;
tagma’no 68
.
Kognitiv   metaforalar   nazariyasiga   ko‘ra,   metaforalashtirish   asosida     bilim
tuzilmalari   (freym   va   ssenariylar)   o‘rtasidagi   o‘zaro   aloqa   jarayoni   yotadi.
J.Lakoff   hamda   M.Jonson   fikriga   ko‘ra,     verbal   tuzilmada   eksplitsit
ifodalanmagan mazmun freymlar haqidagi bilimlar asosida keltirib chiqariladi 69
. 
  Hozirgi   vaqtda   kognitiv   metaforalar   nazariyasi   ko‘plab   sohalarga   tatbiq
etilgan   bo‘lib,   bilish,   tushunchani   kategoriyalashtirish,   konseptuallashtirish,
baholash   va   olamni   tushuntirishning   samarali   usullaridan   biri   hisoblanadi.
65
 Лакофф Дж., Джонсон М. Метафор ы, которыми мы живем  ( Перевод Н.В. Перцова )  // Теория метафоры.  –
М. : Прогресс,  1990.   –  С 387-415. 
66
 Лакофф  Ж ,   Ж онсон М. К ў рсатилган асар.  – Б. 387.
67
  Қаранг: Будаев Э.В.   Когнитивная теория метафоры: генезис и эволюция //   www.pglu.ru   / vestnik / detail /
php? /
68
  Валгина Н.С. Теория текста. – М.: Логос, 2004. – 424 с.
69
 Будаев Э.В. Кўрсатилган мақола.  Kognitiv metaforalar haqidagi nazariyalarga asoslanib,   bu hodisaga quyidagicha
ta’rif   berish   mumkin:   kognitiv   metafora   –   shaxs   kognitiv   faoliyatiga   xos   hodisa
bo‘lib,     bir   tushuncha   yoki   hukm   haqidagi   bilim   tuzilmalari   asosida   ikkinchi
tushuncha   yoki   hukmni   konseptuallashtirishdir.   Masalan:   Matvey   Semyonovich
yal-yal yonayotgan qip-qizil, yirik yoqutni ta’zim bilan olar ekan, uning qiymati
juda   baland   ekanini   sezdi   (P.Qodirov.   “Humoyun   va   Akbar”   romani)   gapidagi
baland   so‘zining metaforik ma’noda qo‘llanishiga matn tuzuvchining tezaurusida
uzual holatda mavjud bo‘lgan NARX BU – VERTIKAL UZUNLIK tuzilishidagi
kognitiv   metafora   asos   bo‘lgan.   Buni   nutqimizda   qo‘llanuvchi   narxi   pasaydi,
narxi o‘rtacha, narxi baland, narxi osmonda  kabi birikmalar ham isbotlaydi.
J.Lakoff   va   M.Jonson   tadqiqotida   tahlil   etilgan   vaqt   bu   –   pul,   vaqt   bu   –
cheklangan   zaxira,   vaqt   bu   –   qimmatbaho   buyum   kognitiv   metaforalari   o‘zbek
tilida so‘zlashuvchi nutq egalari tezaurusida ham mavjudligi   (Masalan:   Bu ishga
ko‘p vaqt   sarfladim ;   Vaqtim   tugay   deyapti ;   Behuda ishlar vaqtni   o‘g‘irlaydi ) bir
qator kognitiv metaforalarning  kognitiv-semantik universaliya ekanligidan dalolat
beradi.
Bu o‘rinda quyidagi savolning paydo bo‘lishi tabiiy: tafakkurga xos bo‘lgan
bu   jarayonni     o‘rganish   tilshunoslikka   nima   beradi?   Nazarimizda,   bu   savolga
E.S.Kubryakovaning quyidagi so‘zlari juda o‘rinli javob bo‘la oladi: “Har qanday
til   hodisasi   kognitsiya   va   kommunikatsiya   kesishgan   nuqtada   tadqiq   etilsagina
o‘rinli   tavsiflangan   va   izohlangan   deb   hisoblanishi   mumkin” 70
.   Zero,
lingvokognitologiyaning   asosiy   maqsadlaridan   biri   ham   tilni   axborot   uzatish   va
uni idrok etish tizimi sifatida tadqiq etishdir. 
Kognitiv   metaforalar   implikatsiyani   yuzaga   keltiruvchi   omillardan   biri
sifatida so‘z, so‘z birikmasi, jumla   yoki matnda o‘z   “izi”ni qoldiradi. Metafora
asosida   ma’nosi   (mazmuni)   ko‘chgan   birliklar   “kognitiv   aysberg”   (Fakkonier
iborasi)   ning   yuza   qismi   bo‘lib,     uning   asosiy   qismi     bizning   lisoniy   ongimiz
70
  Кубрякова   Е.С.   О бразы   мира   в   сознании   человека   и     словообразовательные   категории   как   их
составляющие   / /   Известия РАН. Серия литературы и языка. –    2006. – Т.65 .    –  №2. – С.11. tubida   yashirin     holda     mavjud   bo‘ladi.   Aytish   joizki,   yuqoridagi   kabi   holatlarni
o‘zida   namoyon   etuvchi   kognitiv   fon   hodisasi   o‘zbek   tilshunosligida   hali   tadqiq
obyekti bo‘lgan emas. Kognitiv fon hodisasini metafora, metonimiya, o‘xshatish,
jonlantirish   kabi   hodisalar   bilan   bog‘liq   holda   o‘rganish   antropotsentrik
tilshunoslikning zaruriy muammolaridan biridir. Foydalaniladigan  adabiyotlar
1. Абдураҳмонов Х., Маҳмудов Н. Сўз эстетикаси. Тошкент, 1981.  
2. Актисова   О.А.   Синтаксические   средства   реализации   концептов   в
аспекте эволюции типов повествовательной речи: На материале описаний в
романах     “Преступление   и   наказание”   Ф.М.Достоевского   и   “Мастер   и
Маргарита” М.А.Булгакова: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. – Волгоград :
Волг. гос. ун-т , 2006. – С. 29.
3. Воҳидов Р., Неъматов Ҳ. Сўз бағрида маърифат. -Т.: Ёзувчи, 2001.
4. Галперин Р.И. О понятии текст // Вопросы языкознания. – Москва,
1974.  –  № 6.    – С .22.
5. Горелов   И.Н.,   Седов   К.Ф.   Осно вы   психолингвистик и:   Учеб ное
пособие. – М.: Лабиринт, 2001. – С. 4.
6. Григорева   В.С.   Дискурс   как   элемент   коммуникативного   про ц есса:
прагмалингвистический   и   когнитивный   аспекты   :   монография   –   Тамбов   :
Изд-во Тамб. гос. техн. ун-та, 2007.
7. Ўзбек тилшунослигининг долзарб муаммолари. ЎУМ, ЎзМУ 2011.
Ўзбек филологияси факултети кутубхонаси.
8. Усмонов С. Умумий тилшунослик. -Т.: Ўқитувчи, 1972. 
9. Фалсафа.  Қомусий луғат. –Т, 2004.
10. Фурс   Л.А.   Синтаксически   репрезентируемые   концепты:   Автореф.
дис. … д-ра филол. наук. – Тамбов: Тамбовский гос. ун-т им.  Г.Р.Державина,
2004. – С. 42.
11. Хайруллаев   М.,   Ҳақбердиев   М.   Мантиқ.   -Т.:Ўқитувчи,   1993.   -Б.
92-95.

O`ZBEK TILINING LINGVOKOGNITI V O`RGANISH MUAMMOLARI Reja: 1. Matnni kognitiv-semantik tadqiq etish muammolari 2. Diskurs tushunchasi. 3. Konsept va uning matn orqali ifodalanishi. 4. Kognitiv tadqiq metodologiyasi. 5. Kognitiv metaforalar.

Ma’lumki, dunyo tilshunosligida matnga dastlab, asosan, semantik va sintaktik nuqtai nazardan yondashilgan. Keyingi yillarda, xususan, XXI asr boshlaridan matnni lingvokulturologik, pragmatik, sotsiolingvistik, kognitiv va psixolingvistik tamoyillar asosida tadqiq etish tendensiyasi kuchaydi. Unga faqat semantik-sintaktik jihatdan bog‘langan gaplar yig‘indisi sifatida emas, balki ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan muloqot shakli, o‘zida muayyan til sohiblarining bilimlarini, lisoniy tafakkurini, milliy psixologiyasi va mentalitetini aks ettiruvchi mental qurilma sifatida qarala boshlandi. Antropotsentrik paradigmaning shakllanishi til sohibi – so‘zlovchi shaxs omilini tadqiq etish bilan bog‘liqdir. Tilshunoslikda antropotsentrik burilishning yuzaga kelishi strukturalizmning tilni tadqiq etishning “o‘zida va o‘zi uchun” tamoyilini chetga surib, asosiy e’tiborini shaxs omiliga qaratdi 1 . Hozirgi vaqtda tilshunoslikning etakchi paradigmalaridan biri sifatida tan olinayotgan antropotsentrizmning ildizlari V.fon Gumboldt hamda L.Vaysgerberning nazariy qarashlaridan oziqlandi 2 . Antropotsentrizm so‘zi yunoncha anthropos – odam hamda lotincha centrum - markaz ma’nosini bildiruvchi so‘zlar birikuvidan hosil bo‘lgan 3 . Antropotsentrizm termini dastlab qadimgi yunon falsafasining “Inson – koinot markazidir” degan g‘oyani ilgari suruvchi qarashiga nisbatan qo‘llangan bo‘lib, bu g‘oya ayniqsa O‘rta asrlarda Evropada keng tarqaldi 4 . Tilshunoslikda til tizimini antropotsentrik nuqtai nazardan o‘rganish, asosan, lingvistik semantika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, pragmatik tilshunoslik, lingvokulturologiyaga oid tadqiqotlarda namoyon bo‘lgan. Antropotsentrik paradigma asosida yaratilgan ishlarda til tizimi shaxs omili bilan bog‘liqlikda tadqiq etilgan. O‘zbek tilshunoslarining lingvistik semantika, 1 Воркачев С.Г. Лингвокультурология, языковая личность, концепт: становление антропоцентрической парадигмы в языкознании // Филологические науки. – Москва, 2001. – № 1. – С. 64. 2 Бу ҳақда қаранг: Маслова В.А. Лингвокультурология. – М.: Acаdemia, 2001. – С. 17; Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб ... // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012. – № 5. – Б. 3-16; Пименова М.В., Кондратьева О.Н. Концептуальные исследования. Введение. – М.: Флинта, 2014. – С. 8. 3 http // ph.ras.ru// elib 0215 html: Новая философская энциклопедия. 4 Пименова М.В., Кондратьева О.Н. Кўрсатилган асар. – Б. 8.

pragmatika, kognitiv tilshunoslikka oid tadqiqotlari o‘zida antropotsentrik yo‘nalish tendensiyalarini namoyon qilsa-da, bu boradagi tadqiqotlar hali etarli darajada emas. Ta’kidlash lozimki, o‘zbek tilshunosligida matnning lingvopoetik, pragmatik, derivatsion, kommunikativ xususiyatlariga bag‘ishlangan muayyan tadqiqotlar amalga oshirilgan. Lekin o‘zbek tilida yaratilgan matnlar shu vaqtga qadar antropotsentrik aspektda yaxlit holda tadqiq qilingan emas. Dunyo tilshunosligida pragmalingvistika, diskursiv tahlil, kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya kabi sohalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi matn yaratilishi hodisasining talqinida ham jiddiy nazariy qarashlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Xususan, matn tahliliga antropotsentrik nuqtai nazardan yondashish bugungi tilshunoslikning etakchi yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Murakkab va serqirra hodisa hisoblangan matn tadqiqida so‘zlovchi – matn – tinglovchi (matn muallifi – matn – retsipient) dan iborat uchlik asosiy obyekt bo‘lishi lozimligi ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlanmoqda 5 . Taniqli rus tilshunosi Y.N.Karaulov til va shaxs masalalariga bag‘ishlangan maqolalar to‘plamiga yozgan so‘zboshisida «Har qanday matn ortida lisoniy tizimlarni egallagan muayyan shaxs turadi» degan fikrni alohida ta’kidlagan edi 6 . Darhaqiqat, til va shaxs munosabatlarini yoritib berishda eng muhim manba bu matndir. Zero, u tilning barcha sathlarini mujassam etuvchi nutqiy tuzilma bo‘lishi bilan birga, so‘zlovchi (yozuvchi) shaxsining lisoniy salohiyatini o‘zida to‘liq namoyon etuvchi hodisa hamdir. Matnning tashqi va ichki tuzilishini muayyan millatga mansub til sohiblarining lisoniy qobiliyatini aks ettiruvchi o‘ziga xos ko‘zguga o‘xshatish mumkin. Matn tadqiqiga oid ishlarda uni yaratuvchi shaxsga e’tiborning qaratilishi dastlab psixolingvistika va pragmalingvistika yo‘nalishidagi tadqiqotlarda ko‘zga 5 Қаранг: Кубрякова Е.С. О тексте и критериях его определения // Текст. Структура и семантика. – М., 2001. – Т.1. – С.72-81. 6 Қаранг: Караулов Ю.Н. Русская яз ы ковая личность и задача её изучения // Яз ык и личность. – М.: Наука, 1989. – С. 3-8.

tashlangan bo‘lsa, bugungi kunda jadal rivojlanayotgan kognitiv tilshunoslik, funksionalizm, etnolingvistika, lingvokulturologiya, diskursiv tahlil kabi sohalar ushbu masalani tilshunoslikning markaziy muammolaridan biriga aylantirdi. Prof. Sh.Safarov antropotsentrik paradigmaning yuzaga kelishini quyidagicha izohlaydi: “Sistem-struktur paradigma o‘zidan oldin yuzaga kelgan qiyosiy-tarixiy paradigmaning “atomistik”, ya’ni til hodisalarini alohida-alohida, bir-biridan ajratgan holda tahlil qilinishi natijasida yuzaga kelgan nuqsonlarini bartaraf qilish yo‘lini tutdi. Sistem-struktur yo‘nalishning asosiy samarasi tilning tizimli hodisa ekanligini isbotlashdan iboratdir. Ammo bu ikki paradigmaning umumiy kamchiligi borligi ham ma’lum bo‘ldi: bu yo‘nalishlarda til o‘z egasi – insondan ajralib qoldi. Ushbu nuqsonni yo‘qotish yo‘lidagi urinishlar pragmatik va kognitiv tilshunoslik paradigmalarining yaratilishiga sabab bo‘ldi” 7 . Prof. N.Mahmudov esa tilshunoslikda antropotsentrik paradigmaning shakllanishi haqida mulohaza yuritar ekan, quyidagi fikrlarini bayon qiladi: “Tilning ana shunday obyektiv xususiyatiga muvofiq ravishda antropotsentrik paradigmada inson asosiy o‘ringa chiqariladi, til esa inson shaxsini tarkib toptiruvchi bosh unsur hisoblanadi. Mutaxassislar taniqli rus adibi S.Dovlatovning “inson shaxsiyatining 90 foizini til tashkil qiladi” degan hikmatomuz gapini tilga oladilar. V.A.Maslova ta’kidlaganiday, inson aqlini insonning o‘zidan, tildan va nutq yaratish hamda nutqni idrok qilish qobiliyatidan tashqarida tasavvur etib bo‘lmaydi” 8 . Bugungi kunda lisoniy faoliyat bajaruvchisi bo‘lgan shaxs omilini o‘rganish yuqorida qayd etilgan tilshunoslik sohalari – psixolingvistika, lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika kabi sohalarda chuqurlashib bormoqda. Ayni vaqtda, tilga antropotsentrik yondashuv ushbu sohalarning eng so‘nggi yutuqlarini o‘zida mujassam etib, mustaqil paradigma 7 Сафаров Ш. Прагмалингвистика. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” , 2008. – Б. 35. 8 Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб... // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012. – № 5. – Б. 6-7.

sifatidagi maqomini tobora mustahkamlab bormoqda. Tilshunoslikda e’tirof etilganidek, antropotsentrik paradigmada asosiy e’tibor nutqiy faoliyat bajaruvchisi, ya’ni nutq tuzuvchi va uni idrok etuvchi til sohibiga qaratiladi 9 . Aytish joizki, ilmiy paradigmaga “til sohibi” kategoriyasining kiritilishi tilshunoslikda shaxs, lisoniy ong, tafakkur, faoliyat, mentallik, madaniyat kabi tushunchalarning yanada faollashishini taqozo etadi 10 . SHaxs omilining tadqiqi tilshunoslik fanining psixologiya, falsafa, mantiq, madaniyatshunoslik kabi fanlar bilan bir nuqtada kesishishiga ham olib keladi. “Til sohibi” tushunchasi hozirgi vaqtda, asosan, quyidagi ma’nolarda ishlatilmoqda: a) muayyan tilda nutqiy faoliyatni amalga oshiruvchi, ya’ni nutq tuzish va uni idrok etish qobiliyatiga ega bo‘lgan shaxs; b) tildan muloqot vositasi sifatida foydalanuvchi shaxs, kommunikant; v) o‘z millatining milliy- madaniy, ma’naviy qadriyatlarini aks ettiruvchi lug‘at tarkibini egallagan, uni namoyon etuvchi shaxs; muayyan til vakili 11 . Hozirgi tadqiqotlarda tilshunoslikning turli yo‘nalishlari shaxs omili masalasiga o‘z xususiyatidan kelib chiqib yondashmoqda. Matn talqini va shaxs omili masalasi matn yaratilishi va uning mazmuniy persepsiyasi muammolari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu masalani tadqiq etishda matn yaratuvchi shaxsnigina emas, uni idrok etuvchi shaxs – tinglovchi yoki o‘quvchi omilini ham o‘rganish muhimdir. Rus tilshunosi R.I.Galperinning fikriga ko‘ra esa, qog‘ozga yozilib, hali o‘qilmagan matn harakatsiz matndir 12 . Xususan, yozma matn o‘quvchi tomonidan o‘qilmaguncha harakatga kelmaydi, unda ifodalangan mazmun va pragmatik maqsad, ohang orqali yuzaga kelgan kayfiyat retsipient tomonidan tushunilmaydi va his etilmaydi. Matn va uni idrok etuvchi shaxs omilini o‘rganish tadqiq obyektiga turli 9 Қаранг: Воркачев С. Т . Лингвокультурология, языковая личность, концепт: становление антропоцентрической парадигмы в языкознании / / Филологические науки . – Москва, 2001. – № 1. – С . 64 . 10 Седов К.Ф. Дискурс и личность. – М.: Лабиринт, 2004. – С. 5. 11 Воркачев С.Т. Кўрсатилган мақола. – Б. 8-11. 12 Гальперин Р.И. О понятии текст // Вопросы языкознания . – Москва, 1974. – № 6. – С .22.