logo

Hozirgi o`zbek orfoepiyasi haqida.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

98 KB
Mavzu:  Hozirgi o`zbek orfoepiyasi haqida.
                            REJA:
1. O`zbek   adabiy   talaffuzining   tarixiy   asoslari.   Eski   talaffuz     normalarining
o`zgarishi  va  yangilarining  vujudga  kelishi.
2. Hozirgi  o`zbek  adabiy  talaffuzi  haqida  tushuncha.  
3. Grafika   va   orfografiyaning   adabiy   talaffuzga   ta`siri.   Boshqa     tillardan
so`zlar o`zlashtirish va adabiy talaffuzda paydo bo`ladigan o`zgarishlar.
2         O`zbek   tilining   orfoepiyasi   haqida   gap   ketganda   o`zbek   tilining   tarixiy
taraqqiyoti,   shevalari,   adabiy   tili   asoslangan   shevalari,   til   taraqqiyoti,   kelajagi,
unga chet tillarning ta`siri kabilarni e`tiborga olishga to`g`ri keladi. O`zbek tilining
tarixiy   taraqqiyoti   tillar   taraqqiyoti   qoniniyati   qanday   kechishi   kerak   bo`lsa,
shunday bo`lgan,   ya’ni o’zbek xalqi   qaysi xalqlar bilan aloqa qilgan bo’lsa, shu
xalq   tili   o’zbek   tiliga   ham   o’z   ta’sirini   o’tkazgan.   Masalan,   eroniy   xalqlar   bilan
o’zbeklar   yonma-yon,   yo   aralash   yashadi,   ayrim   guruhlarini   o’zlashtirib   ham
yubordi,  shu  tufayli   o’zbek  tiliga  olam  jahon  so’zlar  kirib  keldi. Uyg’onish  davri
va   o’rta   asrladan   arab   tili   sharq   uchun   lotin   tili   vazifasini   o’tadi.   Shu   va   din
ta’sirida arab so’zlari ham o’zlashtirildi. XX asr boshlarida rus tili ta’siriga berilish
kuchaydi.   O’zbeklar   shu   asosda   so’z   o’zlashtirib,   o’z   tilini   boyitar   ekan,
o’zlashtirilgan so’zlarni o’z tili qonun qoidalari asosida qayta shakllantirdilar. Jonli
tilning boshqa tillar ta’siridagi taraqqiy etish qonuniyati shunday kechadi. Adabiy
til, albatta, ma’lum jonli tilning ayni o’zi emas. U ma’lum tilning ma’lum dialekt,
shevalari   asosida,   uning   sayqallangan   tomonlarini   terib   olib   yaratiladigan   sun’iy
tildir. 
O’zbek   tilidagi   mavjud   qoidalariga   ko’ra   o’zlashgan   so’zlar   aslida   qanday
bo’lsa,   shunday   olinadi   va   shunday   talaffuz   etiladi.   Lekin   ayrim   o’rinlarda
o’zlashtiriladigan   so’zlar   o’zbek   tilidagi   talaffuz   imkoniyatlariga   moslashtiriladi.
Orfoepik   qoidani   o’zbek   tilida   belgilash   uchun   mana   shu   holat   hisiobga   olinadi.
O’zbek   adabiy   tili   asosan   qarluq   dialektining   shevalariga   asoslangan.   Uning
morfologiyasi   asosan   Farg’ona   -   Marg’ilon   shevalariga   asoslangani   uchun,   so’z
shakli   o’sha   shevadagi   so’z   shakllariga   mos   keladi.   Fonetika   va   leksika   deyarli
Toshkent   shevasiga   suyanadi.   Adabiy   til   uchun   asos   bo’lgan   qarluq   dialektining
Farg’ona,   Marg’ilon,   Toshkent   shevalarining   o’zida   ham   tovushlar,   ayniqsa,
unlilar, miqdoriga ko’ra ayrim tafovutlarga ega. Milliy madaniyatning taraqqiyoti
natijasida   yangi   adabiy   talaffuz   normalari   tashkil   topa   boshladi.   Bunda   o’zbek
xalqining   ijtimoiy   hayotida   keying   vaqtlarda   yuz   bergan   o’zgarishlar   muhim   rol
3 o’ynadi.   Keng   mehnatkashlar   ommasi   orasidan   yetishib   chiqqan   yangi
intelligensiya   tabaqasi   yangi   sharoitning   talablariga   muvofiq   ravishda   adabiy
talaffuzga o’z ta’sirini  ko’rsatmay  qolmadi. Natijada  o’rta asr  orfoepiya  qoidalari
eskirib,   ba’zilari   iste’moldan   chiqib,   ular   o’rniga   turlicha   variantlarda   yangi
talaffuz normalari maydonga keldi. 
Bizning zamonamizda fan va texnika, san’at va adabiyot, milliy madaniyat
va milliy til juda tez sur’atlar bilan taraqqiy etmoqda og’zaki va yozma nutq g’oyat
yuksak   darajaga   erishdi.   Milliy   madaniyatning   kelajakdagi   ravnaqi   milliy   tilning,
nutq   madaniyatining   taraqqiyoti   bilan   uzviy   bog’liqdir.   Agar   milliy   til   yetarli
darajada   yuksalmagan   bo’lsa,   shu   milliy   tilda   o’z   ifodasini   topadigan   miliy
madaniyatning,   fan   va   texnikaning,   san’at   va   adabiyotning,   shuningdek   boshqa
sohalarning   taraqqiy   etishi   ham   mushkul.   Adabiy   til   oldiga   qo’yiladigan   yuksak
talablar   mana   shundan   kelib   chiqadi.   Kishilar     o’zaro   bir   –   birining   fikr   va
tushunchalarini     to’gri, aniq va oson anglashlari uchun hozirgi milliy adabiy tilda
–   yozma   nutqda   umumiylashtirilgan,   hamma     uchun   majburiy   bo’lgan   yagona
orfografiya tizimi, uning qonun - qoidalari, normalari qanchalik zarur  va naqadar
ahamiyatli   bo’lsa,   nutq   madaniyatning   rivojlanishi   jarayonida   u   qanday   muhim
o’rin   tutsa,   nutq   mazmunini   og’zaki   nutqda   to’g’ri,   aniq   va   ravon   anglatish,
ravshan,   oson   va   bexato   ifodalashda   milliy   adabiy   tilda   so`zlashuvchilar   uchun
yagona   talaffuz   tizimi   va   uning   umumlashtirilgan   qonun-qoidalari,   umumiy   va
majburiy normalari ham xuddi shunday g`oyat katta ahamiyatga ega va zarurdir. 
So`z va uning qismlarini adabiy talaffuz normalariga ko`ra bir xilda aytish
ayniqsa   hozirgi   vaqtda   katta   nazariy   va   amaliy   ahamiyat   kasb   etmoqda.   Fan   va
texnikaning   keying   taraqqiyoti   natijasida   radio,   televidenieda   gapirish
imkoniyatlarining   oshganligi,   konferensiya,   sessiya   va   shular   kabi   yig`ilishlarda
og`zaki   nutqdan   foydalanish   doirasining   kengayganligi   nutq   madaniyati   oldiga
qo`yiladigan   talabni   beqiyos   yuksaltirdi.   Bunday   sharoitda   so`z   va   iboralarni
adabiy   til   normalari   va   qoidalariga   mos   ravishda   to`g`ri   talaffuz   qilish
4 tinglovchilarga   notiqning   so`zini   to`g`ri   anglash   va   fikrini   osongina   tushunish
uchun   katta   yordam   beradi.   Shu   sababli   talaffuz   qoidalari   va   qonunlarini   bilish,
unga amal  qilish  har  bir  savodxon  kishi  uchun   mutlaqo  zarurdir. Hozirgi  adabiy
talaffuz   normalarining   asoslari   nimalardan   iborat   va   ular   qaysi   yo`sinda   vujudga
kelgan, degan so`roqlarga aniq javob berish qiyin. Chunki bu masala hozirga qadar
chuqur o`rganilmagan va tekshirilmagan. Lekin shu narsa ravshanki, so`z formalari
va   so`z   birikmalarini   gaplar   va   iboralarni   borga   sayin   bir   xilda   talaffuz   qilish
rivojlanga sari tor mahalliy dialekt yoki ayrim shevalar talaffuzi adbiy til normalari
tazyiqi   ostida   tobora   chegaralanmoqda.   Radio   ,   televidenie,   teatr,   kino,   kitob   va
gazeta,   maktab,   umuman   madaniy-   ma`orif   organlari   bu   harakatning   borgan   sari
rivojlanishiga,   kuchayishiga   yordam   qilmoqda.   Xususan,   yozma   nutq   negizida
o`zbek tilida nashr qilingan minglab, millionlab darsliklar ilmiy-siyosiy va badiiy-
adabiy   asarlar   vositasida   birlashgan   adabiy   talaffuz   normalari   keng   tarqalmoqda.
Murakkab   va   xilma-xil   orfoepik   qoidalarning   borgan   sayin   soddalashuvi   hamda
talaffuz   bilan   orfografiyaning   bir-biriga   yaqinlashuvi   hozirgi   o`zbek   adabiy   tili
orfoepik   normalarning   shakllanishiga   ijobiy   ta`sir   ko`rsatadi   va   bu   jarayonni
tezlatib yubordi.
  Hozirgi   o`zbek   adabiy   tilining   orfoepik   normalari,   mavjud   mahalliy
dialektlarni   yakka-yakka   olganda,   ularning   birortasiga   ham   to`la   ravishda   mos
kelmaydi. O`zbek dialektlarining xarakterli belgilarini adabiy tilga taqqoslash buni
ochiq ko`rsatib beradi.
  Janubiy   Xorazm   dialektida   to`qqiz   unli   fonema   bor,   bunga   qo`shimcha
ravishda har bir unli uzun aytilish xususiyatiga ega, ayrim so`zlarda so`z boshida  k,
t   kabi jarangsiz undosh jarangli   g, d   tarzida talaffuz qilinadi. Bu dialektda –   jak, -
ajak   va    -yotir   singari morfemalar keng miqyosda qo`llanadi. Bu belgilar Janubiy
Xorazm   shevasida   gapiruvchilar   nutqining   hozirgi   adabiy   talaffuz   normalaridan
farqini   ko`rsatadi.   Qipchoq   guruhi   o`zbek   dialekti   yoki   ,, jo`q”   deb   gapiruvchi
shevalar   ham   unlilar   tizimi   to`qqizta,   lekin   bu   unlilar   bir-biri   bilan   ohangdosh,
5 ya`ni   e   unlisidan   boshqa   unli   tovushlar   qattiqlik-yumshoqligiga   ko`ra   juft-juft
ishlatiladi   va   so`z   ma`nolarini   farqlash   uchun   xizmat   qiladi.   Bu   dialektda   yo`l,
yo`q,   yuz,   yuk,   yoz,   yosh,   yaxshi,   yomon   singari   so`zlar   boshida   adabiy   tildagi   y
undoshi   o`rnida   j   aytiladi:   jo`l,   jo`q,   juz,   juk,   joz,   josh,   jaxshi,   jomon   kabi;   tog`,
bog`, sog`, og`ir, ag`dardi   singari so`zlarda   g`   undoshi o`rnida   v   talaffuz qilinadi:
tov,   bov,   sov,   ovir,   ovdardi   kabi;   sarig`,   tarig`   so`zlari   oxiridagi   g`   undoshi
aytilmaydi:   sari,   tari     kabi.   Shu   xil   belgilari   bilan   o`zbek-qipchoq   dialektida
so`zlovchilar talaffuzi hozirgi adabiy talaffuz normalaridan farq qiladi. Adabiy til
uchun   tayanch   dialekt   deb   hisoblangan   o`rta-o`zbek   dialekti   va   bu   dialektga
kiritilgan shevalar ham o`zlariga xos ba`zi bir xususiyatlari bilan hozirgi orfoepiya
normalariga   to`la   ravishda   mos   kelmaydi.   Toshkent   shevasida   so`z   oxirida   a
unlisidan   keyin   keladigan   k   undoshi   y   shaklida:   o`rday   (o`rdak),   teray   (terak),
kuray   (kurak)   kabi   aytiladi.   Shuningdek,   Toshkent   shevasida   – miz   formasi   – vuz
yoki  –vuza; -yapti  formasi – votti  shaklida aytiladi:  boravuz (a) (boramiz), ko`ravuz
(a) (ko`ramiz), ovotti (olyapti), qovotti (qolyapti), kevotti (kelyapti)  kabilar. 
Orfoepiya adabiy tilning talaffuz me’yorlarini belgilab beradigan fan bo‘lib,
grekcha     orfos   –   «to‘g‘ri»,   epos   –   «nutq»   degan   ma’nolarni   anglatadi.   Adabiy
talaffuz   me’yorlari   ikkita   muhim   omil   asosida   yuzaga   keladi.   Birinchisi
orfografiya,   ikkinchisi   og‘zaki   nutqning   turli   ko‘rinishlari   hamda   turli   xil   sheva
talaffuzlaridir. Adabiy talaffuzning shakllanishida asosiy omil orfografiya sanaladi.
Lekin ko‘pgina o‘rinlarda talaffuz orfografiya bilan mos kelmaydi.
Yozilishi                                        talaffuz
Kitob                                          kitop
Oftob                                          oftop
Maktab                                       maktap  
Izsiz                                            issiz
6 Uchta                                          ushta
           Uch so‘m                                    usso‘m
Besh so‘m                                  besso‘m
Xursand                                        xursan
Samarqand                                  Samarqan
Bo‘lsa                                          bo‘sa
Kelsa                                           kesa
   Keltirilgan   so‘zlarning   talaffuzi   adabiy   talaffuz   me’yoridan   chekinish
hisoblanadi.   Bu   shuni   ko‘rsatadiki,   orfoepik   me’yorlar   xalq   jonli   tili   faktlari
asosida ham yaratiladi.  Orfoepiyaning   qonun-qoidalari   asosida   milliy   tilning
yagona   talaffuz   mezoni   yuzaga   keladi,   nutq   madaniyati   shakllanadi.   Bu   mezon
adabiy   til   doirasida   unli   va   undosh   tovushlarning   talaffuzi,   so‘z   va   so‘z
qismlarining   talaffuzi,   shuningdek,   so‘z   birikmalarining   talaffuzini   belgilash
asosida   amalga   oshiriladi.   Keyingi   vaqtlarda   fan   va   texnikaning   rivojlanishi,
savodxonlik   va   madaniy   saviyaning   oshuvi   natijasida   kishilarda   adabiy   tildan
to`g`ri   foydalanishga   va   nutq   madaniyatini   oshirishga   qiziqish   kuchaymoqda.
Kishilar   chiroyli   gapirishga   va   ifodali   o`qishga   harakat   qilmoqdalar.   Sher`xonlik
va   kitobxonlik   uchrashuvlarida,   konferensiyalarda   va   turli   yig`inlarda   adabiy
tilning normalaridan to`g`ri foydalanib, o`z nutqlarining ta`sirchanligini oshirishga
urinmoqdalar. Bularning hammasini orfoepiyani to`liq egallamasdan, adabiy til va
uning   talaffuz   normalarini   to`liq   o`zlashtirmasdan   amalga   oshirish   qiyin.   Demak,
orfoepiya  haqiqatan ham nutq madaniyatining muhim qismini tashkil etadi.
Yangi   o`zbek   orfoepiyasining   shakllana   borishida   rus   tili   va   u   orqali   kirgan
so`zlar talaffuzining ham o`ziga xos o`rni va roli bor. Biroq o`zbek orfoepiyasining
ilmiy-nazariy   jihatdan   ishlab   chiqish   va   uning  qoidalarini   yaratish   hanuzgacha   til
hayotida   va   orfoepiyada   amalda   yuz   bergan   o`zgarishlardan   orqada   qolib
7 kelmoqda.   O`zbek   tilshunosligi   keyingi   davrda,   xususan,   so`nggi   yigirma   yildan
ortiqroq   vaqt   ichida   juda   katta   taraqqiyot   yo`lini   bosib   o`tdi.   Tilshnoslikdagi
bunday   rivojlanish   orfoepiyaning   ayrim   sohasida   ham   yuz   berdi.   Natijada
orfoepiyaga   oid   ko`pgina   masalalar   ham   yoritilib,   uning   ayrim   sohalariga   aniqlik
kiritildi.   Biroq   bu   sohada   qo`lga   kiritilgan   muvaffaqiyatlar   hali   ilmiy   jihatdan
yetarli darajada umumlashtirib berilmagan. 
  O`zbek   xalq   shevalarining   ko`pchiligi   adabiy   tilimiz   normalaridan   keskin
farq   qiladi.Ularning   talaffuzlari   ham   adabiy   talaffuz   normalariga   ko`pincha   mos
kelmaydi. Lekin bu shevalar yagona bir umumxalq tilining quyi formalari sifatida
juda ko`p umumiyliklarga ega bo`lganidek, o`zbek tilining og`zaki talaffuzida ham
ko`pgina   umumiyliklar   bor.   Ular   jamlab   tartibga   solinsa,   o`zbek   adabiy   tilining
orfoepiya normalarini belgilovchi qoidalarning to`liq to`plamini yaratish mumkin.
              Tilni   o’rganish   kerak.   So’zlarni   yod   olish   mumkindir.   Ammo   ularning
mag’zini   chaqish,   talaffuzichi?   Artikulyatsion   bazasi   rus   tili   talaffuziga
moslashgan   kishini   sof   o’zbek   tili   talaffuziga   o’rgatish   oson   ish   emas.   Buning
oqibatida, ya’ni o’zbekcha so’zlarni rus talaffuziga moslab aytish tufayli tilimizda
buzilishlar   sodir   bo’lib   turibdi.   «Umuman,   tovush   a’zolarimiz   bir-biridan   farq
qiladi,-deydi prof. M.Sodiqova, - ya’ni o’zbek tiliga xos ba’zi til orqa yoki bo’g’iz
tovushlari rus tilida yo’q, shu bois ular bizning  tovushlarimizni ravon talaffuz qila
olmaydilar». 1
  Ana shu sabab bilan bog’liq talaffuz me’yoridagi buzilishlar ma’lum
vaqt tilimizda davom etishi mumkin. Ammo unga vaqtinchalik hodisa deb qarash
kerak.   Chunki   o’zbek   tilini   o’rganishdagi   hozirgi   ommaviy   jarayon   bu
kamchiliklarni albatta siqib chiqaradi. Tilga bo’lgan munosabat butunlay o’zgardi.
Ona   tilimizga   davlat   tili   maqomining   berilishi   uning   hayotiylik,   yashash   shart-
sharoitlarini belgilab berdi. Rivojlanishi va istiqboli qonun yo’li bilan kafolatlandi.
Endi u borada hech tortinmasdan, ikkilanmasdan amaliy ishlarga o’tish payti keldi.
1
  S o d i q o v a  M:  Talaffuz ravonligi – nutq boyligi // O’zbekiston adabiyoti va san’ati, 1998- yil 16 -
yanvar.
8 Qishloqda ham, shaharda ham bir xil tarzda nutq madaniyati bilan shug’ullanishiga
qonuniy asos, imkoniyat yaratildi. Bu ulkan vazifani birdaniga hal etib bo’lmasligi
ham aniq. Ammo   u bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, ijobiy natijalar qo’lga
kiritilishi lozimligi zamon talabidir. Ko’pchilikning fikriga tayanib aytamizki, ona
tilimizga   mehrni   bolalar   bog’chasidayoq   uyg’otishimiz,   adabiy   til   me’yorlarini
o’rganishning   bolalar   bog’chasi      o’rta   maktab    oliy     maktab   tarzidagi
uzluksizligini ta’minlashimiz zarur. 
       E.Begmatov «O’zbek nutqi madaniyati masalalari» nomli maqolasida og’zaki
nutq madaniyatini rivojlantirish borasida quyidagi vazifalarni o’rtaga qo’ygan edi:
-   Og’zaki   nutqning   mohiyatini   o’rganish.   Bu   nutq   tipining     adabiy-normativ   va
nonormativ tomonlarini aniqlash.
- Og’zaki nutqning uslubiy, situativ ko’rinishlarini o’rganish.
- So’zlashuv nutqini normalash imkoniyatlarini tadqiq etish. 
- O’zbek   og’zaki nutqining talaffuz normalarini eksperimental usulda o’rganishni
yo’lga qo’yish.
- Adabiy og’zaki nutqning radio nutqi, televideniye nutqi, lektor  nutqi, sahna nutqi
singari   ko’rinishlarini   tadqiq   qilish   va   ularning   normativ   xususiyatlarini
belgilash». 2
    Ma’lum   bo’ladiki,   og’zaki   nutqning   to’laligicha   adabiy   holatga
keltirilishini  ta’minlash talaffuz jarayonini me’yorlashtirish bilan bog’liq. Og’zaki
nutq ishlatiladigan qaysi soha va yo’nalish bo’lmasin, turli uslublardagi vazifasini
belgilash   bo’lmasin,   barcha   o’rinlarda   ham   til   birliklarini   bir   me’yorga   keltirib
qo’llash masalasi birinchi o’rinda turadi. 
        Og’zaki nutq me’yorlarining ommaviy suratda yoyilishi va singishida avvalo
maktabgacha   va   maktab   ta’limi   katta   ahamiyatga   ega.   Buning   ustiga,   ommaviy
axborot vositalarining radio va televideniye singari turlarining roli salmoqli.
             Og’zaki nutq madaniyati mavqeini ko’tarish uchun adabiy til og’zaki shakli
qonuniyatlarini   o’rganish,   bu   nutq   shaklini   ko’rinishlariga   qarab   me’yorlash   va
2
  B e g m a t o v  E:  O’zbek nutqi  madaniyati  masalalari// O’zbek tili va adabiyoti, 1980, № 4, 58-bet.
9 silliqlash,   og’zaki   nutq   ko’rinishlarining   namunaviy   shakllarini   yuzaga   keltirish,
uning lingvistik va tildan tashqarida bo’lgan o’lchovlarini belgilash muhimdir.
Shunga   ko’ra,   og’zaki   nutqni   adabiy   til     talablari   asosida   me’yorlashda   orfoepik
qoidalar,   adabiy   talaffuz   lug’atlari,   qo’llanmalar   muhim   rol   o’ynaydi.   Ana   shu
ma’noda   talaffuz   (orfoepik)   lug’atlar   adabiy   tilning   talaffuz   me’yorlarini   yoki
so’zlarni   adabiy   til   qoidalariga   muvofiq   talaffuz   qilishni   belgilab   beruvchi   vosita
sanaladi.   Talaffuz   lug’atlari   fonetika   va   nutq   madaniyati   bilan   bevosita   aloqada
bo’lib,   ma’lum   ma’noda   biri   ikkinchisini   to’ldiradi.   Hozirgi     kunda,   ayniqsa
yoshlarimiz   o’rtasida,   she’rxonlik   kechalarida,   to’y-tomoshalarda,   turli
uchrashuvlar   va   telekonkurslarda,   kitobxonlar   anjumanlarida   tilimizning   adabiy
me’yorlaridan   foydalanishga   intilish   kuchayib   borayotgani   seziladi.   Kishilarning
so’zlarni   to’g’ri   talaffuz   etishi,   adabiy   til   me’yorlariga   amal   qilishi,   nutq
madaniyati talablariga e’tibor berib, chiroyli so’zlash, o’z fikrini boshqalarga aniq,
ravon, ifodali qilib yetkazishda  talaffuz lug’atining ahamiyati katta. O’zbek tilida
ana shunday lug’at bor. U «O’zbek adabiy talaffuzi lug’ati» deb atalib, 1984- yilda
«Fan» nashriyotida chop etilgan. Unda 20 mingga yaqin so’z va so’z shakllarining
adabiy   talaffuz   me’yori   belgilab   berilgan.   Ushbu   lug’at   mualliflarining
ta’kidlashicha,  lug’atni tuzish jarayonida bir qator qiyinchiliklarga duch kelingan.
Jumladan,   adabiy   talaffuz   doirasida   variantdorlikning   kuchliligi   ma’lum   bo’lgan.
Bu xususiyat o’zbek adabiy nutqi me’yorlarining ham yetarli shakllanib yetmagan
va qat’iylashmaganini ko’rsatadi.  Darhaqiqat, adabiy nutq va kundalik so’zlashuv
nutqi,   adabiy   nutq   va   dialektal   nutq,   neytral   adabiy   nutq   va   adabiy   nutqning
vazifaviy-uslubiy  ko’rinishlari,  to’liq  uslub hamda  noto’liq uslub  va  boshqalariga
oid   talaffuz   variantlarini   to’g’ri   baholash   anchagina   murakkab   vazifadir.   Adabiy
talaffuz   doirasida   so’z   urg’usi,   an’anaviy   va   yangicha   talaffuz,   keksa     va   yosh
avlod talaffuzi bilan bog’liq bir qator qiyinchiliklar ham mavjud.
                  Boshqa   tillardan   o‘zlashgan   so‘zlarning   talaffuzi   ham   o‘ziga   xos
bo‘ladi.   O‘zlashgan   ayrim   so‘zlarning   talaffuzidagi   o‘ziga   xoslikni   quyidagi
holatlarda ko‘rish mumkin:
10 1.Arab   tilidan   o‘zlashgan   Ra’no,   ma’no,   da’vo,   e’lon,   ba’zan,   ma’muriyat,
ma’mur  kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi unli cho‘ziqroq talaffuz qilinadi. Bu
arab   tiliga   xos   xususiyat   hisoblanadi.   Bunday   cho‘ziqlikning   yo‘qolishi   ayrim
holatlarda   boshqa   so‘zning   talaffuzini   yuzaga   chiqaradi.   Masalan:   da’vo-davo,
ta’na-tana  kabi.
2. Rus tili orqali o‘zlashgan ayrim so‘zlarning tarkibidagi lab-tish  v  undoshi
jarangsiz   f     tarzida   talaffuz   qilinadi:   aktiv-aktif,   passiv-   passif,   ustav-ustaf,
avtomat-aftomat, avtomobil- aftomobil  kabi.
3.Urg‘u   talaffuz   me’yorini   belgilab   beruvchi   asosiy   hodisadir.   Shuning
uchun   o‘zlashgan   so‘zlarning   urg‘ulanishiga   alohida   e’tibor   berish   kerak.   Ba’zi
holatlarda   rus   tilidan   o‘zlashgan   ayrim   so‘zlardagi   urg‘uning   o‘zgarib   qolishi
talaffuz   me’yoriga     ham   ta’sir   etadi.     4.   Turkiy   tillarda,   ma`lumki,   f   undoshi
bo‘lmagan, shuning uchun jonli so‘zlashuvda arab, fors va rus tillaridan o‘zlashgan
so‘zlardagi « f »ni « p » deb talaffuz qilish hollari uchraydi,   ulfat-ulpat, faner-paner,
ferma-perma   kabi.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   ularni   « f »   bilan   talaffuz   qilish
me`yor   holiga   kelgan.   5.   So‘z   yoki   bo‘g‘in   boshida   undosh   tovushlarning
qatorlashib   kelishi   turkiy   tillarga   xos   bo‘lmagan.   Bu   hodisa   keyinchalik   boshqa
tillardan   o‘zlashtirilgan   so‘zlar   talaffuziga   ham   ta`sir   qilgan   –   jonli   so‘zlashuvda
so‘z   yoki   bo‘g‘in   boshida   yoxud   bo‘g‘indagi   ikki   undosh   orasida   bir   unlining
orttirilishiga   olib   kelgan,   shkaf-ishkop,   stakan-istakon,   plan-pilon,   traktor-tiraktir
kabi. Bunday holat so‘z oxirida ham uchraydi,   aql-aqil, fikr-fikir, ilm-ilim, hukm-
hukum   kabi.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   bunday   so‘zlarni   asl   holicha   (unli
orttirmay)   talaffuz   qilish   orfoepik   me`yor   sanaladi.   Bunday   me`yor   shu   tipdagi
so‘zlarning   yozuvdagi   shaklini   (imlosini)   to‘g‘ri   belgilashga   ham   yordam   beradi.
Umumturkiy   so‘zlarda   ikki   unli   yonma-yon   qo‘llanmaydi,   bu   hol   arab   tilidan
o‘zlashgan   oila,   doir,   rais,   maorif,   saodat,   mutolaa   kabi   so‘zlar   talaffuziga   ta`sir
qilgan,   oila,   doir,   rais   so‘zlarida   bitta   « y »   orttirilgan   ( oyila,   doyir,rayis   kabi),
maorif,   saodat,   mutolaa   so‘zlari   esa   unlilarning   diftonglashuviga   –   morip,   sodat,
11 mutola   kabi talaffuz qilinishiga olib kelgan. Keyingi bir asr ichida rus tilidan so‘z
o‘zlashtirishning   faollashganligi,   ruscha   o‘zlashmalarning   rus   tilidagi   talaffuz   va
imlo   me`yorlarini   O‘zbek   tiliga   aynan   singdirish   tendentsiyasining   ustun
bo‘lganligi O‘zbek tilida ikki unlining so‘z tarkibida yonma-yon kelishini orfoepik
va orfografik me`yorga aylantirdi,   biologiya, geometriya, geologiya, geodeziya   va
boshqalar. Bu hol arabcha o‘zlashmalarda (oila, doir, rais, maorif, saodat, matbaa,
mutolaa   kabilarda)   ham   ikki   unlining   yonma-yon   talaffuz   qilinishi   va   yozilishini
me`yor darajasiga ko‘tardi.
            «Respublikamizdagi   ko’pgina   maktablarda   o’quvchilarning   nutq   madaniyati
yuqori   saviyada   emas.   Bu   holat   ko’proq   o’quvchilarning   og’zaki   nutqda   o’z
shevalariga   xos   so’zlarni   va   ba’zi   qo’shimchalarini   noo’rin   ishlatishlarida,
jumlalarni   to’la   tuza   bilmasliklarida,   ba’zi   affikslarni   to’g’ri   talaffuz   eta
olmasliklari   va   ayrim   so’zlarni   o’rinsiz   takrorlayverishlari   kabi   holatlarda
ko’rinadi», -  deb yozgan edi  prof. M.Asqarova. 3
  Afsuski,  bu holat  hamon davom
etmoqda. 
           Prof. A.Mamatov quyidagi mulohazalarni bayon qiladi: «Yoshlarning adabiy
til   normalariga   amal   qilgan   holda   so’zlashishi,   nafaqat   ularning   o’qimishliligidan
darak beradi, balki ayni vaqtda  aqlli va madaniyatliligini ham  ko’rsatadi. Shuning
uchun   yoshlar   hamma   vaqt   nutq   madaniyati   va   nutq   odobiga   qat’iy   rioya   qilgan
holda   so’zlashga   harakat     qilishlari   lozim.   Talaffuz   etilgan   har   bir   tovush,   so’z,
ibora,   aniq va   ravon jaranglashi  kerak. Yoshlarning notiq bo’lishi  shart emasdir
(balki),       lekin   faqat   fikrini,   tushunchalarini   to’g’ri,     aniq   iboralar   bilan   ifoda
qilishlari     zarur,   chunki   ona   tilimizning   sofligini   saqlash   har   bir   yosh   avlodning
sharafli burchidir». 4
 
3
  A s q a r o v a  M:  «Nutq madaniyatiga oid masalalar» to’plami. - Toshkent: Fan, 1973, 75-bet.
4
M   a   m   a   t   o   v   A.E:   Yosh   avlodning   nutqiy   madaniyatini   tarbiyalash   xususida   //   Davlat   tili   haqidagi
qonunni   amalga   oshirishning   dolzarb   muammolari   mavzuidagi   respublika   ilmiy-amaliy   konferensiyasi
tezislari. - Navoiy, 1993, 7-bet.
12                   Xo’sh,   buning   uchun   nima   qilish   kerak?   «Bolalar   nutqini   o’stirish   ishi
maktabgacha   tarbiya   muassasalaridanoq   boshlanishi   kerak.   Buning   uchun
maktabgacha   tarbiya   muassasalarida   orfoepik   qoidalardan   yaxshi   xabardor
mutaxassislar   kichik   va   qiziqarli   mashg’ulotlar   olib   borishlari   zarur   deb
hisoblaymiz.     Maktab     o’quvchilarining   nutqini   o’stirishda   birinchi   navbatda
grammatik qoidalarni puxta singdirish va shu orqali o’zbek adabiy tili normalarini
egallashlariga erishish kerak. Shunda ular dialektal xatolarni qilmaydigan bo’ladi,
o’quvchilarga   adabiy   til   normalarini     singdirishda     faqat     bir     qoidaning
o’tilishinigina   kutib   turmasdan,     birinchi   sinfdalik   davridan   boshlab,   adabiy   til
elementar  normalariga rioya qilgan holda so’zlatishga odatlantirish lozim». 
         Shu o’rinda quyidagi mulohazalarni keltirish ham maqsadga muvofiq:
«...   adabiy   tilning   orfoepik   normalari   haqida   jiddiy   o’ylash   va   uning   qonun-
qoidasini   belgilash   vaqti   allaqachon   kelgan.   Bunda,   birinchidan,   dialektologik
tekshirish natijasini  hisobga olish  va nimaiki  keng tarqalgan  va umumxalq tusiga
kirib qolgan bo’lsa, o’sha orfoepik qoidaga asos qilib olinishi   zarur; ikkinchidan,
an’ana tusiga kirib qolgan talaffuz qoidalari ham chuqur va atroflicha o’rganilishi
va qonun asosida mustahkamlanishi zarur. Bu  fikr ayniqsa boshqa tillardan kirgan
(arab,   fors-tojik   va   rus   tillaridan   olingan)   so’zlar   talaffuziga   nisbatan   to’g’ridir.
Uchinchidan,   ma’lum   qoida   ichiga   olinishi   qiyin   bo’lgan     ayrim   holatlarda   ongli
boshqarish prinsipiga suyangan holda ish ko’rish kerak bo’ladi. Bunda umummiliy
manfaatlar   ko’zda   tutilmog’i,   adabiy   tilning   funksional   vazifalarining   nihoyat
darajada   zo’r   ahamiyati   e’tiborga   olinmog’i   kerak.   Ayrim   shaxslarning   sub`ektiv
mulohazalari,   shevachilik,   «mahalliychilik»   tendensiyalariga   yo’l   qo’yilmasligi
kerak». 5
   
          O`zbek  tiliga  chet  tillardan  o`zlashgan  so`zlar, o`zbekcha  so`z  tuzilishi
qolipiga     mos     kelmay     qoladi     va     unga     moslashtirish     uchun,   uning     turli
5
  A   b   d   u   l   l   a   ye   v     F.   O’zbek   milliy   adabiy   tili   va   uni   o’rganishga   oid   ayrim   masalalar   //   «Nutq
madaniyatiga oid  masalalar» to’plami. – Toshkent: Fan.1973, 45-bet.
13 o`rinlarida  tovush  orttiriladi, u  uch  ko`rinishda  bo`ladi,  deb  qayd  etilgan  edi:
proteza,  epenteza, austeza.  
        Protezaning  o`zlashgan  so`z  o`zbekcha  so`zlarga  xos  bo`lmagan  undosh
bilan   boshlansa,     ular   oldidan   bir   unli   orttirilishi   hodisasi    faqat   jonli   tilga
xos     bo`lib,     adabiy     til     orfoepik     qoidasi     hisoblanmaydi.     Masalan:   rus-o`ris,
ro`mol-   o`ramol.       Yana     qator     undosh     bilan     boshlangan     so`z     oldidan     unli
orttirish     ham     orfoepik     qoida     emas.   Masalan:   stadion-   istadion,   stansiya-
istansiya    kabi  so`zlardagi  tovush  o`zgarishlari. 
               Epenteza   hodisasining   chet   tillardan   o`zlashgan   so`zlardagi   qator   unli
o`rtasiga   unli   orttirishi   adabiy   til   orfoepik   qoidasi   deb   qaralishi   o`rni   bilan
turlichadir.  Masalan:    shoir,  doir, oila, foiz, reaksiya,  reaktiv    so`zlarining  qator
kelgan  ikki  unlisi  oralig`ida  bigina  til  o`rta  sirg`aluvchi   y   undoshini  orttirish
jonli  tilga  xos.  
         Austeza  faqat   tank,  bank,  disk   kabi  so`zlarda  sodir  bo`lib,  ular  ketida   a
orttirib     talaffuz     etiladi.     Bu     adabiy     til     orfoepik     qoidasi     hisoblanadi.     Ular
garchi  ayrimlari  orfografik  lug`atlarda    a   orttirilmay  berilayotgan  bo`lsa  ham,
qoida   rasmiy  holda shunday  olingan.  
         Metateza  o`zbek  jonli  tilining  o`zida  uncha  keng  tarqalmagan.  Shunday
bo`lgandan  keyin  o`zbek  adabiy  tili  orfoepik  qoidasida  ham  uning  aks  etishi
haqida   gap   bo`lishi   qiyin. So`zlardagi   nutq   tovushlarining   cho`ziqlikka   ko`ra
o`zgarishi   ham o`zbek   adabiy   tili   orfoepik   qoidasini   belgilashda   o`ziga   xos
ahamiyatga  ega.  So`zlardagi  nutq  tovushlarining  cho`ziqlikka  ko`ra  o`zgarishi
geminatsiya,  degeminatsiya  va  sinerezis  kabilardan  iboratdir.  
                Geminatsiya     haqidagi     berilgan     ma`lumotda     aytilganidek,     uning     sodir
bo`lishi  fonologik   ahamiyat  kasb  etadi.   U  belgi  bildiruvchi  so`zlarda  sodir
bo`lib,     shu     belgini     kuchaytirib       ifodalash       uchun     xizmat     qiladi.     Shunday
bo`lgandan     keyin    uning    adabiy    til     orfoepik    qoidasi     bo`lib    qolishi   –  tabiiy.
Masalan,   rossa,  judda,  sarriq,  mazza,  qizziq,  teppa   kabi  so`zlardagi  unlilararo
undosh     cho`ziq     talaffuz     etilgan     ekan,     shu     so`zlarda     bildirilgan     belgi
14 kuchaytirilgan.     Orfoepiyada   ulardan   kechish     belgi     kuchaytirish     imkoniyatini
yo`qqa  chiqarish  bo`lar  edi.  So`zlarga  qo`shimcha  qo`shish  natijasida  yuzaga
kelgan     yoddan,     jonni,     yoqqa     kabi     so`zlardagi     undoshlar     cho`ziqligi     ham
orfoepik     qoidadan     o`rin     oladi.     O`zbek     tili     uchun     degeminatsiya     uncha
tarqalgan   hodisa   emas.   Shuning   uchun ham   uning   adabiy   til   qoidasida   aks
etishi   mantiqdan   yiroq.   Shunga   qaramay,    qay   yer – qayer, birla – billa – bila
kabi     so`zlarda     sodir     bo`lgan       degeminatsiya     shu     holatda     orfoepik     qoida
hisoblangan.     Sinerezis     hodisasi     o`zbek     tilida     faqat       jonli     tilda     kuzatilib,
adabiy    til     orfoepiyasidan     o`rin    olmagan.    Orfoepik    qoidalardan    biri     va    hal
qiluvchi   ahamiyat   kasb   etadigan   so`z     urg`usini     o`rniga   qo`yib   talaffuz   eta
bilishdir.   So`zdagi  leksik   urg`u   tushgan  bo`g`in   boshqa bo`g`inlarga   nisbatan
cho`ziq   talaffuz  etilishi  kerak.  O`zbek  adabiy  tili  orfoepik  qoidasi  bo`yicha
chet  tilidan  qabul  qilingan  so`zlarning  talaffuzi  qanday  bo`lsa,  shundayligicha
saqlanadi.  Ularni  o`ziday  talaffuz  etish  kerak.  
                      Xullas,     hozirgi     adabiy     orfoepik     normalar     bilan     ayrim     mahalliy
dialektlar  orasida  to`la  moslik  yo`q.  O`zbek  tilining  adabiy  talaffuz  normalari
yozma   nutq   bilan   og`zaki   nutqning   o`zaro   bir-biriga   yaqinlashuvi   natijasida
vujudga     kelgandir.     O`zbek       adabiy     tilining     orfografiyasi     bilan     orfoepiyasi
o`rtasida     ma`lum     darajada     o`xshashliklar     bor,     lekin     ular     bir-   biridan     farq
qiladi.     Shunga     ko`ra,     ayrim     tovush     yoki     morfemalarning     aytilishi     bilan
yozilishi     o`zaro     hamisha     mos     kelavermaydi.     So`z     oxirida       jarangli     b,   d
undoshlarining  jarangsiz   p, t   tarzida  talaffuz  qilinishi  va  bu  undoshlar  imlosi,
jarangsiz     undosh     bilan     tugagan     o`zak-negizlarga     undosh     bilan     boshlangan
affikslar  qo`shilganda,  shu  kabi  affikslarning  talaffuzda  bir  xil,  yozuvda  esa
ikkinchi     xil     ishlatilishi     kabilar     bunga     misol     bo`la     oladi.     Hozirgi     o`zbek
adabiy     talaffuzi,     bir     tomondan,   mahalliy     dialektlar     talaffuzidan,     ikkinchi
tomondan,   umumiy   orfografik   normadan   tafovut   qilishiga   qaramay,   ma`lum
qoida  va  qonuniyatga  egadir.  Bu  qonuniyatning  yuzaga  kelishi  adabiy   tilning
va     qisman     yagona     orfografik     normaning     rivojiga     bog`liqdir.   Nutqning
15 xarakteriga  ko`ra  adabiy  talaffuz  har  xil  bo`ladi. Nutqning  ochiq,  aniq,  ravon,
yengil,     tushunarli     bo`lishi     va     ifoda     maqsadlariga     qarab     so`zlar     turlicha
talaffuz  qilinadi.  Shu  jihatdan  orfoepik  uslublarni  ikki  asosiy  guruhga  bo`lish
mumkin: 1) to`liq   uslub.     2)   qisqartma   uslub.     Lektorlar,   aktyorlar,   diktorlar
nutqi  to`liq  uslubga  kiradi.   Bu  xil  nutqlarda  har  bir  so`z,   uning  morfologik
elementlari       adabiy     til     qoidasiga     mos     ravishda     to`la,     aniq,   dona   –   dona
talaffuz  qiinishi  shart.  
      Gapiruvchi  o`z  nutqiga  beparvo  qarashi  orqasida  ayrim  fonemalar  turlicha
o`zgarishga     duch     keladi,         so`zning     ba`zi     elementlari     qisqaradi,     ammo
umumiy       adabiy     talaffuz     normalariga     qarab     bunday     so`zlarning     to`liq
formasini     tiklash     mumkin.     Masalan,     Hayitvoy     Teshani     o`z     uyiga       obordi
gapida    Hayitboy    so`zi    Hayitvoy        shaklida,    olib   bordi      birikmasi   esa    obordi
shaklida  talaffuz  qilingan.  Qisqartma  uslub  ko`proq  og`zaki  nutqda  uchraydi.  
            O`zbek     adabiy     tilining     asosiy     orfoepik     qoidalari     unli     va     undosh
fonemalarning     talaffuzi,     morfologik     elementlarning     aytilishi,     ayrim         so`z
birikmalarining    talaffuz    qilinishi    kabi    muhim    masalalarni     o`z    ichiga     oladi,
shunga     ko`ra     umumiy     orfoepik     normalar     belgilanadi.       Orfoepik     normalar
odatda     transkripsion     belgilar     vositasi     bilan     ifodalanadi.     Unlilar     talaffuzida
so`zning     birinchi     bo`g`inida     u     unlisi     kelganda,     ikkinchi     bo`g`inda
ishlatiladigan   u   tovushining  zamini  hozirgi  vaqtda  ancha  bo`shashgan,  bunday
sharoitda   ikkinchi   bo`g`inda    i    kelishi   adabiy   talaffuz   uchun   umumiy   norma
bo`lib     qoldi.     Shuningdek,     a     va     e     unlilari     hamda     yonma   –   yon     kelgan
unlilarning     aytilishida     ham     umumiy     talaffuzga     tomon     intilish     kuchli.
Undoshlar     talaffuzida     so`z     oxiridagi     jarangli     b,     v,     d       kabi     tovushlarning
yagona  orfografik  normaga  mos   ravishda  talaffuz  etilishi  odat  tusiga  kirgan;
p   -   f,     x   –h     undoshlarini     bir   –   biridan     farqli     ravishda     talaffuz     qilish
rivojlanmoqda.   Ammo   hozirgi  o`zbek  orfoepiyasida  shu  xil  yangi  hodisalar
bilan    bir    qatorda,    eski     adabiy    talaffuz    normalarining    ba`zi    bir     namunalari
ham   uchraydi.     Odatda,     adabiy   talaffuz   me`yoridan   chetga   chiqish   ko`proq
16 jonli     so`zlashuv     va     mahalliy     sheva     ta`sirida       sodir     bo`ladi:     gapni     o`rniga
gappi    yoki    gapti,   kelyapman    o`rniga    kelyappan    talaffuz   qilish   kabi.   Ammo
bunday     sheva     shakllari     adabiy     talaffuz     doirasiga     kiritilmaydi.     Talaffuzda
sheva  xususiyatlaridan   qutulish  va  uning  o`rniga  erkin  ravishda shunga  mos
adabiy  talaffuz  ko`nikmalarini  hosil  qilish  uchun  ko`p  yillar  ish  olib  borish
zarur.     Orfoepiyaning     vazifasi     ham     adabiy     talaffuzdan     ana     shunday
chekinishlarni  bartaraf   etish  va  so`zlashuv  nutqini  soda  va  tushunarli  aloqa
vositasiga       aylantirishdan       iborat.     Orfoepiya     adabiy     tilda     unli       va     undosh
tovushlarning  aytilishi,  so`z  va  bo`g`in,  so`z   va  so`zning  morfematik  tarkibi
(   o`zak     morfema     va     affiks)   ni     hamda     so`z     birikmalari     talaffuz     me`yorini
belgilaydi.     
     
17                                             XULOSA
          Xulosa   shuki,   orfoepik   me’yorlarga     rioya   qilmaslik   nutqimiz   madaniyatida
jiddiy   nuqsonlardan   biri   bo’lib   qolmoqda.   Tilshunoslarimiz   zahmatlari   tufayli
o’zbek tilidagi birliklarining deyarlik barchasidagi me’yoriy ko’rinishlar   ommaga
turli   qo’llanmalar,   lug’atlar   shaklida   tavsiya   etildi.   Yangi   imlo   qoidalariga
o’tishimiz munosabati bilan bu ishlar davom ettirilmoqda. Nafaqat filolog olimlar,
balki   maorifimiz   jonkuyarlari,   o’z   ona   tiliga   chuqur   hurmat   bilan   qaraydigan
barcha   ziyolilarimiz   bu   me’yorlarning   buzilishiga   e’tiroz,   tuzatish   va     tavsiyalar
tarzida   chiqishlar   qilib   turishibdi.   Shunday   bo’lishiga   qaramasdan,   talaffuz
me’yorlarini   buzish,   til   madaniyatiga   e’tiborsizlik   hamon   davom   etmoqda.   Yillar
davomida   majlislarni   rus   tilida   olib   borgan   yoki   ma’ruzalarni   rus   tilida   eshitgan
ko’pchilik   kishilar   o’z   nutqlarida   ruscha   so’z   va   iboralarni   qo’llash,   ayrim
holatlarda   rus   tili   gap   qurilishi   tartibida   o’zbekcha   jumlalar   tuzish   iskanjasidan
chiqib keta olmayaptilar. Omma uchun bu vaziyatning ta’siri salbiy bo’layotganini
sezib turibmiz.
     Bu kamchiliklar hatto radio, ayniqsa, televideniye eshittirishlarida ham seziladi.
Dasturlarni   olib   boruvchi   ayrim   jurnalistlarning   o’zlari   shevachilikka   berilib
ketishlari  noo’rin tuyuladi. Xalqimiz  shevachilikdan batamom qutula olgan emas.
Garchi   ko’pchiligimiz   adabiy   til   me’yori   talablari   asosida   savodli   yozsak-da,
talaffuzda e’tiborsizlik, loqaydlik, mas’uliyatsizlik davom etmoqda.
         Mavjud imkoniyatdan, me’yor qilib belgilab qo’yilgan til birliklaridan to’g’ri
foydalanishga   o’zimizda   burch   sezmas   ekanmiz,   ulardan   chiroyli,   jozibali   va
ta’sirli   qilib   foydalanishni   umumxalq,   umummilliy   darajaga   ko’tarish   masalasi
muammoligicha qolaveradi.
          Zero,   til   ma’naviyatimiz   va   madaniyatimiz   ko’zgusi   ekan   undan   ehtirom   va
hurmat bilan foydalanish milliy burchimizga aylanmog’i lozim.
18                            Foydalanilgan   adabiyotlar:
1. Sh.Shoabdurahmonov   va   boshqalar :   ,,Hozirgi   o`zbek   adabiy     tili” 1-
qism, Toshkent, 1980.
2. G`.Abdurahmonov   tahriri   ostida:   ,,Hozirgi     o`zbek     adabiy     tili”   1-tom,
Toshkent, 1966.
3. U.Tursunov     va     boshqalar:   ,,Hozirgi     o`zbek     adabiy     tili”   Toshkent,
1992.
4. M.Mirtojiyev: ,,Hozirgi  o`zbek  adabiy  tili”  Toshkent,  2004.
5. M.Sodiqova: ,,Talaffuz  ravonligi – nutq boyligi”, O`zbekiston  adabiyoti
va  san`ati, 1998-yil  16-yanvar. 
19

Mavzu: Hozirgi o`zbek orfoepiyasi haqida. REJA: 1. O`zbek adabiy talaffuzining tarixiy asoslari. Eski talaffuz normalarining o`zgarishi va yangilarining vujudga kelishi. 2. Hozirgi o`zbek adabiy talaffuzi haqida tushuncha. 3. Grafika va orfografiyaning adabiy talaffuzga ta`siri. Boshqa tillardan so`zlar o`zlashtirish va adabiy talaffuzda paydo bo`ladigan o`zgarishlar. 2

O`zbek tilining orfoepiyasi haqida gap ketganda o`zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, shevalari, adabiy tili asoslangan shevalari, til taraqqiyoti, kelajagi, unga chet tillarning ta`siri kabilarni e`tiborga olishga to`g`ri keladi. O`zbek tilining tarixiy taraqqiyoti tillar taraqqiyoti qoniniyati qanday kechishi kerak bo`lsa, shunday bo`lgan, ya’ni o’zbek xalqi qaysi xalqlar bilan aloqa qilgan bo’lsa, shu xalq tili o’zbek tiliga ham o’z ta’sirini o’tkazgan. Masalan, eroniy xalqlar bilan o’zbeklar yonma-yon, yo aralash yashadi, ayrim guruhlarini o’zlashtirib ham yubordi, shu tufayli o’zbek tiliga olam jahon so’zlar kirib keldi. Uyg’onish davri va o’rta asrladan arab tili sharq uchun lotin tili vazifasini o’tadi. Shu va din ta’sirida arab so’zlari ham o’zlashtirildi. XX asr boshlarida rus tili ta’siriga berilish kuchaydi. O’zbeklar shu asosda so’z o’zlashtirib, o’z tilini boyitar ekan, o’zlashtirilgan so’zlarni o’z tili qonun qoidalari asosida qayta shakllantirdilar. Jonli tilning boshqa tillar ta’siridagi taraqqiy etish qonuniyati shunday kechadi. Adabiy til, albatta, ma’lum jonli tilning ayni o’zi emas. U ma’lum tilning ma’lum dialekt, shevalari asosida, uning sayqallangan tomonlarini terib olib yaratiladigan sun’iy tildir. O’zbek tilidagi mavjud qoidalariga ko’ra o’zlashgan so’zlar aslida qanday bo’lsa, shunday olinadi va shunday talaffuz etiladi. Lekin ayrim o’rinlarda o’zlashtiriladigan so’zlar o’zbek tilidagi talaffuz imkoniyatlariga moslashtiriladi. Orfoepik qoidani o’zbek tilida belgilash uchun mana shu holat hisiobga olinadi. O’zbek adabiy tili asosan qarluq dialektining shevalariga asoslangan. Uning morfologiyasi asosan Farg’ona - Marg’ilon shevalariga asoslangani uchun, so’z shakli o’sha shevadagi so’z shakllariga mos keladi. Fonetika va leksika deyarli Toshkent shevasiga suyanadi. Adabiy til uchun asos bo’lgan qarluq dialektining Farg’ona, Marg’ilon, Toshkent shevalarining o’zida ham tovushlar, ayniqsa, unlilar, miqdoriga ko’ra ayrim tafovutlarga ega. Milliy madaniyatning taraqqiyoti natijasida yangi adabiy talaffuz normalari tashkil topa boshladi. Bunda o’zbek xalqining ijtimoiy hayotida keying vaqtlarda yuz bergan o’zgarishlar muhim rol 3

o’ynadi. Keng mehnatkashlar ommasi orasidan yetishib chiqqan yangi intelligensiya tabaqasi yangi sharoitning talablariga muvofiq ravishda adabiy talaffuzga o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmadi. Natijada o’rta asr orfoepiya qoidalari eskirib, ba’zilari iste’moldan chiqib, ular o’rniga turlicha variantlarda yangi talaffuz normalari maydonga keldi. Bizning zamonamizda fan va texnika, san’at va adabiyot, milliy madaniyat va milliy til juda tez sur’atlar bilan taraqqiy etmoqda og’zaki va yozma nutq g’oyat yuksak darajaga erishdi. Milliy madaniyatning kelajakdagi ravnaqi milliy tilning, nutq madaniyatining taraqqiyoti bilan uzviy bog’liqdir. Agar milliy til yetarli darajada yuksalmagan bo’lsa, shu milliy tilda o’z ifodasini topadigan miliy madaniyatning, fan va texnikaning, san’at va adabiyotning, shuningdek boshqa sohalarning taraqqiy etishi ham mushkul. Adabiy til oldiga qo’yiladigan yuksak talablar mana shundan kelib chiqadi. Kishilar o’zaro bir – birining fikr va tushunchalarini to’gri, aniq va oson anglashlari uchun hozirgi milliy adabiy tilda – yozma nutqda umumiylashtirilgan, hamma uchun majburiy bo’lgan yagona orfografiya tizimi, uning qonun - qoidalari, normalari qanchalik zarur va naqadar ahamiyatli bo’lsa, nutq madaniyatning rivojlanishi jarayonida u qanday muhim o’rin tutsa, nutq mazmunini og’zaki nutqda to’g’ri, aniq va ravon anglatish, ravshan, oson va bexato ifodalashda milliy adabiy tilda so`zlashuvchilar uchun yagona talaffuz tizimi va uning umumlashtirilgan qonun-qoidalari, umumiy va majburiy normalari ham xuddi shunday g`oyat katta ahamiyatga ega va zarurdir. So`z va uning qismlarini adabiy talaffuz normalariga ko`ra bir xilda aytish ayniqsa hozirgi vaqtda katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Fan va texnikaning keying taraqqiyoti natijasida radio, televidenieda gapirish imkoniyatlarining oshganligi, konferensiya, sessiya va shular kabi yig`ilishlarda og`zaki nutqdan foydalanish doirasining kengayganligi nutq madaniyati oldiga qo`yiladigan talabni beqiyos yuksaltirdi. Bunday sharoitda so`z va iboralarni adabiy til normalari va qoidalariga mos ravishda to`g`ri talaffuz qilish 4

tinglovchilarga notiqning so`zini to`g`ri anglash va fikrini osongina tushunish uchun katta yordam beradi. Shu sababli talaffuz qoidalari va qonunlarini bilish, unga amal qilish har bir savodxon kishi uchun mutlaqo zarurdir. Hozirgi adabiy talaffuz normalarining asoslari nimalardan iborat va ular qaysi yo`sinda vujudga kelgan, degan so`roqlarga aniq javob berish qiyin. Chunki bu masala hozirga qadar chuqur o`rganilmagan va tekshirilmagan. Lekin shu narsa ravshanki, so`z formalari va so`z birikmalarini gaplar va iboralarni borga sayin bir xilda talaffuz qilish rivojlanga sari tor mahalliy dialekt yoki ayrim shevalar talaffuzi adbiy til normalari tazyiqi ostida tobora chegaralanmoqda. Radio , televidenie, teatr, kino, kitob va gazeta, maktab, umuman madaniy- ma`orif organlari bu harakatning borgan sari rivojlanishiga, kuchayishiga yordam qilmoqda. Xususan, yozma nutq negizida o`zbek tilida nashr qilingan minglab, millionlab darsliklar ilmiy-siyosiy va badiiy- adabiy asarlar vositasida birlashgan adabiy talaffuz normalari keng tarqalmoqda. Murakkab va xilma-xil orfoepik qoidalarning borgan sayin soddalashuvi hamda talaffuz bilan orfografiyaning bir-biriga yaqinlashuvi hozirgi o`zbek adabiy tili orfoepik normalarning shakllanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi va bu jarayonni tezlatib yubordi. Hozirgi o`zbek adabiy tilining orfoepik normalari, mavjud mahalliy dialektlarni yakka-yakka olganda, ularning birortasiga ham to`la ravishda mos kelmaydi. O`zbek dialektlarining xarakterli belgilarini adabiy tilga taqqoslash buni ochiq ko`rsatib beradi. Janubiy Xorazm dialektida to`qqiz unli fonema bor, bunga qo`shimcha ravishda har bir unli uzun aytilish xususiyatiga ega, ayrim so`zlarda so`z boshida k, t kabi jarangsiz undosh jarangli g, d tarzida talaffuz qilinadi. Bu dialektda – jak, - ajak va -yotir singari morfemalar keng miqyosda qo`llanadi. Bu belgilar Janubiy Xorazm shevasida gapiruvchilar nutqining hozirgi adabiy talaffuz normalaridan farqini ko`rsatadi. Qipchoq guruhi o`zbek dialekti yoki ,, jo`q” deb gapiruvchi shevalar ham unlilar tizimi to`qqizta, lekin bu unlilar bir-biri bilan ohangdosh, 5

ya`ni e unlisidan boshqa unli tovushlar qattiqlik-yumshoqligiga ko`ra juft-juft ishlatiladi va so`z ma`nolarini farqlash uchun xizmat qiladi. Bu dialektda yo`l, yo`q, yuz, yuk, yoz, yosh, yaxshi, yomon singari so`zlar boshida adabiy tildagi y undoshi o`rnida j aytiladi: jo`l, jo`q, juz, juk, joz, josh, jaxshi, jomon kabi; tog`, bog`, sog`, og`ir, ag`dardi singari so`zlarda g` undoshi o`rnida v talaffuz qilinadi: tov, bov, sov, ovir, ovdardi kabi; sarig`, tarig` so`zlari oxiridagi g` undoshi aytilmaydi: sari, tari kabi. Shu xil belgilari bilan o`zbek-qipchoq dialektida so`zlovchilar talaffuzi hozirgi adabiy talaffuz normalaridan farq qiladi. Adabiy til uchun tayanch dialekt deb hisoblangan o`rta-o`zbek dialekti va bu dialektga kiritilgan shevalar ham o`zlariga xos ba`zi bir xususiyatlari bilan hozirgi orfoepiya normalariga to`la ravishda mos kelmaydi. Toshkent shevasida so`z oxirida a unlisidan keyin keladigan k undoshi y shaklida: o`rday (o`rdak), teray (terak), kuray (kurak) kabi aytiladi. Shuningdek, Toshkent shevasida – miz formasi – vuz yoki –vuza; -yapti formasi – votti shaklida aytiladi: boravuz (a) (boramiz), ko`ravuz (a) (ko`ramiz), ovotti (olyapti), qovotti (qolyapti), kevotti (kelyapti) kabilar. Orfoepiya adabiy tilning talaffuz me’yorlarini belgilab beradigan fan bo‘lib, grekcha orfos – «to‘g‘ri», epos – «nutq» degan ma’nolarni anglatadi. Adabiy talaffuz me’yorlari ikkita muhim omil asosida yuzaga keladi. Birinchisi orfografiya, ikkinchisi og‘zaki nutqning turli ko‘rinishlari hamda turli xil sheva talaffuzlaridir. Adabiy talaffuzning shakllanishida asosiy omil orfografiya sanaladi. Lekin ko‘pgina o‘rinlarda talaffuz orfografiya bilan mos kelmaydi. Yozilishi talaffuz Kitob kitop Oftob oftop Maktab maktap Izsiz issiz 6