logo

Jahon adabiy tanqidchiligining o`zbek adabiy tanqidchiligiga ta’siri

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

31.59375 KB
Jahon adabiy tanqidchiligining o`zbek adabiy tanqidchiligiga ta’siri
Reja:
1. Sharq adabiyotshunosligida ilmi naqdning rivoji
2.G‘arb allomalarining nazariy qarashlari
3.Tanqidchilikdagi izlanishlar San’at   asari   ijodkor   bilan   kitobxon   o‘rtasidagi   muloqotni   tashkillashtiradi   .
Sharq adabiyotshunosligida ahli dark, ahli idrok, ahli zurafo singari istilohlar ko‘p
uchraydi,bunda   badiiyat   olamidan   huzurlanuvchilar   tushuniladi.   Sharq
adabiyotshunosligida   ilmi   naqd   badiiy   asarni   baholaydigan   soha   tarzida
rivojlangan.”Naqada”o‘zagidan   kelib   chiqqan   tanqid   istilohi
tekshirmoq   ,o‘rganmoq,   yutuq,   kamchiligini   aniqlamoq   kabi   ma’noni
bildiradi.Yunonchada   “kritik”so‘zi   bilan   ifodalangan   tanqid   keng   ma’noda
mulohaza   bildirmoq,   fikr   yuritmoq   ma’nolarida   qo‘llangan.   Munaqqidlar   matn
bilan   ishlashda   so‘z   zamiridagi   ma’no   qatlamni   anglash,sharhlash   orqali   badiiy
qimmatini   belgilab   borganlar.Bu   jarayonni   o‘rganish   talabani   mustaqil   fikrlash,
ilmiy salohiyatini oshirishga zamin yaratadi.
Badiiy   asar   yaratilishi   bilan   unga   baho   berilar   ekan,ma’lum   mezonlarga
asoslanadi.Qadimda   asar   yutuq   ,kamchiligini   ko‘rsatishda   munaqqid   yuksak   didi,
dunyoqarashi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.”Al mo‘‘jam”,”Badoyi’ us\sanoye’”
kabi   asarlar   sharq   tanqid   ilmi   tarixini   yoritishda   muhim   sanaladi.   Aristoteldan
Gegelgacha adabiy tanqidni harakatdagi  estetik harakat tarzida taqdim etib,badiiy
asarni   yaxlit   tuzilma   tarzida   o‘rganganlar.   Sharqda   sharh,tafsirning   qadri   baland
bo‘lib,zehni   kuchli   allomalar   bunday   sharafli,mas’uliyatli   vazifani
uddalaganlar.Har   bir   so‘z,belgi   ,imo,ishorani   ilg‘ash,aniq   hamda   to‘g‘ri
sharhlash   ,asoslash   katta   ilmiy   salohiyatni   talab   etgan.   Muqaddas   kitobga   tafsir
bitish tilni  puxta bilish, so‘z ma’no xususiyatini  anglash,quvvai  hofizaga egalikni
taqazo   etadi.   G‘arb   tanqidshunosligida   ham   matn   talqini   ta’limotiga   e’tiborni
kuchaytirgan.   Germenevtika   talqin   nazariyasi,ma’noni   anglatish   ta’limoti   bo‘lib,
asarni   o‘zlashtirishni   osonlashtiradi.   Aksiologiya,   ontologiya,   germenevtika   ilmi
hozir ham jahon munaqqidlarini qiziqtirayotgan dolzarb masala hisoblanadi.Badiiy
asar   yashovchanligini   belgilovchi   nazariy   ta’limotlar   filologik   tadqiqotlarga   yo‘l
ochadi.
Adabiy tanqidning o‘ziga xos xususiyati  – aniq badiiy     asarlarni  o‘z qiziqish
doirasiga kiritishi   bo‘lib,   adabiyotshunoslikning muhim ahamiyatga ega va adabiy
jarayon   taraqqiyotiga   jiddiy   ta’sir   ko‘rsatuvchi   qismlaridan   biri   sanaladi.   Zero, adabiyotshunoslik uch tarkibiy qismdan iborat: adabiyot tarixi. adabiyot nazariyasi
va adabiy tanqid.
Adabiyot   tarixiy – badiiy adabiyotni retrospektiv ravishda, ya’ni   "orqaga nazar
tashlab   turib",   o‘tmishda   kechgan   hodisa   sifatida   tekshiradi.   Boshqacha   qilib
aytganda,   adabiyot   tarixi   badiiy   ijodning   tarixga   mansub   bo‘lib   qolgan   yoki
qolayotgan qismini o‘rganadi, tekshiradi. Adabiyot tarixi so‘z san’atining vujudga
kelishi   va   rivojlanishi   tarixini   tadqiq   etadi,   umumlashtiradi,   bir   xalqning   va
umuman,   kishilik   jamiyatining   tarixiy   taraqqiyotida   badiiy   adabiyotning   roli   va
ahamiyatini belgilaydi.
Soha   so‘z   san’atining   mohiyatini,   taraqqiyot   qonuniyatini,   kishilik   jamiyati
rivojidagi   o‘rni   va   rolini,   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   tadqiq   etadi,   badiiy   asarlarni
tahlil   qilish   tamoyillari   va   ularga   baho   berish   me’yorlarini   belgilaydi.   Adabiyot
nazariyasi   o‘tmish   va   bugungi   kun   adabiy-tarixiy   jarayonidan   nazariy   xulosalar
chiqaradi.
Adabiy   tanqid   esa   adabiy  ijod   oqimining   borishiga   bevosita   aralashadi,   uning
hamma hodisalariga ishtirok etadi, adabiyotning asosiy xususiyatlari shakllanishiga
ta’sir   ko‘rsatadi.   Adabiy   tanqid   zamonaviy   badiiy   asarlarni   xalq   hayoti,   uning
hozirgi   kundagi   ehtiyoj   va   talablari   jihatidan   o‘rganadi,   baholaydi,   fazilat,
nuqsonlarini   aniqlaydi,   yozuvchilarning   ijodiy   o‘sishlariga   va   adabiyotning
ravnaqiga  ko‘maklashadi.
Adabiyotshunoslikning shu uchala tarkibiy qismi orasidagi mushtarak tomonlar
shundaki,   har   uchalasi   ham   estetik   bilimning   o‘ziga   xos   aniq   ko‘rinishlaridir,
falsafa   va   estetika   ularning   umumiy   metodologiyasidir,   ular   xalq   tarixi,   xalq   tili,
xalq   madaniyati,   folklor   va   xalq   estetik   tasavvurlarining   jonli   taraqqiyot   tarixi
negizida   rivoj   topadi.   Shu   boisdan   ko‘p   hollarda   bir   olimning   o‘zi,   aytaylik,
I.Sulton   yo   M.Qo‘shjonovlar   ayni   holatda   ham   adabiyotshunos,   ham
munaqqiddirlar.
Adabiyotshunoslikning   uch   tarkibiy   qismi   o‘rtasidagi   o‘zaro   tafovutlarga
kelganda   shuni   aytish   zarurki,   ayirmalar   ko‘proq   xalqning   zamonaviy   hayoti   va
milliy   adabiyotga   munosabati   masalalariga   bevosita   daxldorlikda   ko‘rinadi. Binobarin,   adabiy   tanqidni   adabiyotshunoslik dan   farqlashga   imkon   beradigan
estetik   xususiyatlar   quyidagilar:   1)   xalq   va   jamiyatning   zamonaviy   hayoti   bilan
bevosita   bog‘langanlik;   2)   zamonaviy   milliy-badiiy   jarayonni   tahlil   etish   va   bu
orqali   ijtimoiy   hayotga   estetik   ta’sir   ko‘rsatish;   3)   xayot   va   adabiyotni   estetik
bilishga   yo‘nalganlik,   hayot   orqali   adabiyot   to‘g‘risida   muhokama   yuritish:   4)
umuman,   adabiyotshunoslik   zamon   sinovidan   o‘tgan   ijobiy   adabiy- badiiy,
hodisalarni   tadqiq   etadi   va   ulardan   ijobiylarini   alohida   ta’kidlab   ko‘rsatadi;   5)
tanqidda badiiy jarayon tahlilida ilmiylik,  sotsial pafos va mahoratshunoslik o‘zaro
uyg‘unlashib   ketadi;   6)   tanqid   chaqqon   harakatchanlik,   estetik   jangovarlik   va
publitsistik uslubga moyildir;  7) tanqid tezkor  va tezpishar  estetikadir, o‘ziga xos
aniq   amaliy estetikadir; 8) adabiyot tarixi estetika tarixi bilan, adabiyot   nazariyasi-
estetika   nazariyasi   bilan   uyg‘un   bo‘lsa,   adabiy   tanqid   estetik   tanqid   bilan
uyg‘undir.
Adabiyotshunos   va   tanqidchi   orasidagi   farqlar   ham   anchagina,   bular
quyidagilardan iborat: 1) adabiyotshunos ilmiy tafakkur maydonida, tanqidchi esa
ilmiy   va   badiiy   tafakkurning   qo‘shilish   maydonida   harakat   qiladi;   2)
adabiyotshunos   o‘tmish   adabiy   meros   ustida,   adabiy   tanqidchi   esa   jonli   adabiy
jarayon   ustida   so‘z   yuritadi;   3)   adabiyotshunos   o‘tmish   adabiy   jarayoniga,   adabiy
tanqidchi   esa,   aniq   asarga   ko‘proq   urg‘u   beradi;   4)   adabiyotshunos   "yaxshi
ma’nodagi akademizm"ga, bilvosita faollikka tayanadi, tanqid esa operativlikka va
bevosita   faollikka   suyanadi;   5)   adabiyotshunos   mutaxassislarga   qarata   so‘zlaydi,
adabiy   tanqidchi   esa   ommaga   qarab   so‘zlaydi;   6)   adabiyotshunos   estetikani
boyitadi, adabiy tanqidchi adabiyotshunoslikni va hokazo.
Adabiyotshunoslikning   tarkibiy   qismlari   o‘zaro   uzviy   bog‘langan   bo‘lib,   biri
ikkinchisini to‘ldiradi, boyitadi. Shunday qilib, adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi
va adabiy tanqidning tadqiqot tamoyillari bitta, ammo predmeti bir-birinikidan farq
qiladi.
  Adabiyotshunoslikda,   jumladan,   rus   adabiyotshunosligida   ham   tanqid   tarixiga
taalluqli   talay   asarlar   yaratilganiga   qaramay,   bu   sohada   hamma   adabiyotlar   uchun
ma’qul  va manzur tushadigan mushtarak metodika hali maydonga kelganicha  yo‘q. Hozircha   ilmda   hamma   uchun   manzur   tushgan   birdan-bir   qoida   –   tanqid   tarixini
adabiyot   tarixining   asosiy   bosqichlari   bilan   aloqadorlikda   o‘rganishdir.   Bu
yo‘nalishning ilmiyligi shundaki, u adabiy-tarixiy  jarayonda adabiyot va san’atning
tanqid bilan uzluksiz rivojlanishini  doimo ko‘zda tutadi.
Shuni unutmaslik kerakki, tanqid tarixi adabiyot tarixining takrori bo‘lmasligi
lozim.   Adabiyot   va   san’at   tarixida   tanqidga   oid   material   ikkinchi   o‘rinda   turgani
kabi tanqid tarixida ham adabiyot tarixiga oid material faqat yordamchi o‘rinnigina
zgallashi   mumkin.   Bunda   tanqid   tarixining   badiiy   adabiyot   tarixi   bilan
chambarchas   aloqasi   va   tanqid   tarixining   nisbatan   mustaqilligi   adabiy
tanqidchilikning rivojini tayin etuvchi shart-sharoitning o‘ziga xos   xususiyatlarini,
albatta, e’tiborga olmoq demakdir.
Bu   o‘ziga   xoslik   shundan   iboratki,   o‘zbek   adabiy   tanqidi   ham   san’at   va
adabiyot   taraqqiyotining   asosiy   qonunlari   allaqachon   kashf   etilgan   davrda   rivoj
topdi.   Bunday   sharoitda   tanqidchining   vazifasi   xuddi   shu  kashf  etilgan   qoidalarni
chukur   anglash   va   shundan   kelib   chiqib   to‘g‘ri,   xolis   baholashdan   iborat   bo‘lib
qoladi.
Adabiy tanqidning vazifasi yozuvchilar ijodini, adabiyotimizda voqea 
darajasidagi badiiy asarlarni tahlil etish va shu asosda adabiyot rivojiga turtki 
bo‘ladigan mummolarni ko‘tarib chiqish, tekshirish va  estetik mohiyatini ochish va
baholash, umumlashtirishdan iborat.
Adabiyot hayotdagi, jamiyatdagi real voqelikni, insonning hayotini badiiy aks
ettirishi va uning barkamol yetuk obrazni yaratishi lozim bo‘lsa, komil tanqidning
vazifasi   hayotning   voqea-hodisalarini,   kishilar   hayotini   yozuvchi   qanchalik   aks
ettirgan   yo   ettira   olmaganini,   bordi-yu   bu   yetarli   darajada   keng   va   chuqur   aks
ettirilmagan   bo‘lsa,   buning   tub   sabablarini   ko‘rsatishi   shart.   Adabiy   tanqidning
vazifasi   va   tabiatidan   kelib   chiquvchi   bu   talab   tanqidchini   ham   hayotni   teran
kuzatish va chuqur o‘ylashga da’vat etadi. Bunda tanqidchi tanlagan tahlil usullari
va   uslublarining   rang-barangligi   muhim   ahamiyatga   molik.   Zero,   tanqidga   oid
asarning   ta’sirchanlik   darajasi   va   o‘qishliligi   aslida   xuddi   shu   usul   va   uslub
jozibasiga bog‘liq. Adabiy tanqid tajribasida badiiy tahlilning sotsiologik tadqiqot, struktural   tahlil   yoki   asar   matnini   detallashtirib   qiyosiy   (qiyosiy-tarixiy,   qiyosiy-
tipologik)   tahlil   qilish   va   boshqa   tahlil   shakllari   uchraydi.   Tanqidchi   U.Normatov
"Jahon   adabiyoti"   jurnalining   2000   yil   mart   sonida   yosh   olim   R.Rahmat   bilan,
shuningndek,   "Jahon   adabiyoti"   jurnalining   2008   yil   mart   sonida   H.Boltaboyev
bilan   "Yangi   nazariy   tamoyillar"   haqidagi   suhbatlarida   XX.   asrda   G‘arb,   jahon
adabiyotshunosligida   o‘nlab   ilmiy   yo‘nalishlar,   maktablar:   qiyosiy
adabiyotshunoslik,   psixoanaliz   va   adabiyotshunoslik,   analitik   psixologiya,
intuitivizm,   formalizm,   ritual-mifologik   maktab,   antologik   germenevtika,
ekzistensializm   va   estetik   kommunikatsiya.   neomarksizm   va   san’at   sotsiologiyasi,
falsafiy   germenevtika,   strukturalizm,   poststrukturalizm   kabilar   bo‘lganligini   aytib,
A.Qodiriy XX asr boshlaridayoq "Yozuvchi bo‘ladurgon har bir kishi adabiyotdagi
oqim   va   maktablarni   yaxshi   bilib   olishi   kerak"ligini   ta’kidlaganiga   e’tiborni
qaratadi. Biroq, afsuski, o‘zbek adabiy tanqidchiligida uning butun tarixi davomida
sotsiologik tahlil usuli ye takchilik qilib keldi.
Mustaqillikka   zrishganimizdan   so‘ng   o‘zbek   adabiyotshunosligi   va
tanqidchiligi   jahon   adabiyotshunoslig‘i   mezonlari,   uslubiy   yo‘nalishlaridan
xabardor holda rivojlanmoqda.
Poetik matn talqini  Yevropa adabiyotshunosligida  allaqachon o‘z tarixiga ega
sohalardan   biriga   aylangan.   XIX   asrda   Yevropada   tushuntirish,   talqin   san’atiga
asoslangan "germenevtika" deb atalgan soha rivojlangan bo‘lib, u qadimiy adabiy
yodgorliklarni   tushunib,   ma’nosiga   yetib   talqin   etishning   maxsus   usuli   sifatida
namoyon   bo‘lgan.   Garchi   juda   ko‘p   o‘zbek   adabiyotshunoslari   germenevtikaning
qaysidir   prinsiplarini   o‘z   ilmiy   faoliyatlarida   qo‘llasalar   ham,   o‘sha   fikrlash   tarzi,
gipotezalari.   taqqoslari,   hukm   va   xulosa   chiqarish   usullarining   qaysidir   jihati
germenevtik   tafakkurga   daxldorligini   xayollariga   ham   keltirmaydilar.   Chunki   biz
yaqingacha   dialektik   materializm   falsafasidagi   gnoseologiya-bilish   nazariyasini
chukur   o‘rganganimiz   holda   germenevtika-matn   talqini   ta’limotining   jahon   ilm-
fanidagi   atamasidan   ham   aksar   holatlarda   bexabar   qolingani   borasida   B.Karimov
eslatib o‘tadi. Germenevtika   atamasining   etimologiyasi   "tushuntirish",   "talqin   qilish"   degan
ma’nolarni bildiradi. Uning ayrim yo‘nalishlari qadimgi Gretsiyada yuzaga kelgan.
Bizning davrimizda adabiy asarni tushunishning bu usuli filologik tanqidchilik
fani sohasiga kirib, uning mohiyatini adabiy asarning chin, asl matnini tiklashga va
uning   adabiyot   tarixidagi   ahamiyatini   aniqlashga   qaratilgan   tadqiqot   usullari
yig‘indisi tashkil  etadi. Germenevtikaning asosini tashkil etuvchi nazariy prinsiplar
sifatida:   1)   umumiy,   kontekstual   prinsipni:   2)   shu   soha   doirasiga   kiruvchi   talqin
usullarini:   3)   muallif   maqsadi   va   mulohazalarini   hisobga   olgan   holda   matnning
tarixiy   va   ijtimoiy   sharoitdagi   hayoti,unda   sodir   bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan
o‘zgarishlar va   ularning ko‘pchilik nusxalari talkinini qayd etish mumkin.
G‘arb   adabiyotshunosligi   usullari   fandagi   har   qanday   hodisaga   detalli
(unsurma-unsur,   uzvma-uzv,   bo‘lakma-bo‘lak)   yondashuv   xususiyati   bilan   ajralib
turadi.   Badiiy   talqin   yoki   sharh   usuli   qadimdan   Sharq   adabiyotshunosligida   ham
mavjud   bo‘lib,   bu   usul   talqinda   germenevtika   qayd   etgan   barcha   imkoniyatlarni
nazarda   tutgan   holda   umumiyroq   fikr   bildirish,   umumiyroq   xulosalar   bayon   etish
bilan farqlanadi.
Germenevtikaning   nazariy-metodologik   imkoniyatlartni,   ilmiy   xulosalar
chiqarishdagi   asosiy   tamoyillarini   o‘zbek   adabiyotshunosligi   va   tanqidchiligiga
tatbiq   etish   payti   yetib   keldi.   Shu   bois   XX   asr   o‘zbek   adabiyotshunosligidagi
yangicha talqinlar 80-yillarning ikkinchi yarmi va   90-yillarda maydonga keldi. Bu
davrda   chinakam   san’at   asarining   turlicha   bir-birini   takrorlamaydigan   talqinlari
ham   ko‘zga   tashlanmokda.   Xullas,  o‘zbek  adabiyotshunosligi,   tanqidchiligi   jahon
miqyosiga   chiqishi   uchun   jahon   adabiyotshunosligidagi   eng   muhim   tamoyillarni,
nazariy qarashlar, usul va metodologiyalarni o‘zlashtirmog‘i lozim.
Adabiy   tanqidning   boshqa   fanlar   bilan   munosabati.   Adabiy   tanqid   tarixini
badiiy ijod, so‘z san’ati tarixidan ajratib olib o‘rganish, tadqiq etish mumkin emas.
Negaki, ular  bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib xalqimizning ongu tafakkurini
rivojlantirishga, ma’naviy kamolotini ta’minlashga safarbar etilgan. Ayni chog‘da
ularning   har   biri   takrorlanmas   qiyofasi,   uslubi,   o‘ziga   xos   qonuniyatlariga   ega
bo‘lsa-da, bir-biridan ajralib turmog‘i kerak. Ularning hayotda, real voqeliqda o‘z o‘rni,   mustaqil   vazifalari,   bir-birinikiga   o‘xshamagan   vositalari,   qurollari
bor.Binobarin, adabiy tanqid ilmiy muhokama va mushohadaga to‘yintirilgan so‘z
san’ati   hisoblanadi.   Tanqidchi,   N.Xudoyberganov   to‘g‘ri   ta’kidlaganidek,   "so‘z
san’atining o‘ziga xos yaratuvchi, kashf  etuvchi  ijod sahifasi  ekanligini  hech kim
inkor   etmaydi,   ammo   adabiy   tanqidchilikning   mustaqil   ijod   turi   ekanligi   hamon
shubha   uyg‘otadiki,   masalaga   aniklik   kiritish   maqsadida   uning   tuzilishi,
shakllanishi,   rivojlanish   jarayonini   chuqur   o‘rganish,   tadqiq   etish   talab   qilinadi.
Ammo  tarixga  murojaat   etish   zarurati   faqat   shu   bilan belgilanmaydi. Birinchidan,
qaysi sohaning yoki shaxsning tarixi  bo‘lmasin, uni buzib talqin etish, yo‘q narsani
bor, aksincha, borini yo‘q deb ko‘rsatishga  yo‘l  qo‘yilmaydi. Ikkinchidan, tarixni
hozirgi   kun   nuqtai   nazaridan   o‘zgartirib,   bugunning   talabiga   muvofiq   baholash
butunlay   zararlidir.   Uchinchidan,   uni   baholash,   tadqiq   etishda   o‘sha   davr
taraqqiyotining   asosiy   xususiyatlari,   tendensiyalaridan   kelib   chiqib,   hozirgi
zamonga mushtarak ijobiy hamda salbiy hodisalarni   aniqlash, yaxshilarini qo‘llab-
quvvatlab,   ularni   yanada   mustahkamlash,   rivojlantirish,   yomonlarni   fosh   etib,
ularning   ravnaq   topishiga   chek   qo‘yishga   alohida   e’tibor   beriladi.   Yana   shunisi
borki, har uchala holat   bir-biriga tabiiy ravishda birlashib, ko‘shilib ketadi, ularni
bir- biriga qarama-qarshi qo‘yish yoxud ajratib tashlash mumkin emas" 1
.
Adabiy   tanqidning   o‘ziga   xos   ijod   turi,   fan   sohasi   ekanligini   noyob   va   nodir
iste’dodli   tanqidchilar,   ular   yaratgan   asarlar   ham   isbotlab   turibdi.   Bunga   Alisher
Navoiy, N.Gogol va V.Belinskiy ijodlari yetarli darajada misol bo‘la oladi.
Adabiyot, san’at hayotni, voqelikni badiiy o‘zlashtirishda o‘ziga   xos obrazlilik
vositalari bilan inson qalbi va aqliga ta’sir qilib,  jamiyatning rivojlanishiga yordam
beradi.   Xuddi   san’at   singari   adabiy   tanqid   ham   shu   vazifani   bajarishi   tufayli
kishilik   taraqqiyotiga   va   tafakkurining   rivojlanishiga   ta’sir   ko‘rsatishi   tabiiydir.
Xuddi   shu   xususiyatining   o‘ziyoq   tanqidiy   asarlarning   san’at   asari   bo‘lmog‘ini
taqozo   etadi.  Buning   uchun   san’at   asari   haqida   fikr   yurituvchi   tanqidchining  o‘zi
san’atkor  bo‘lmog‘i  darkor. Biroq bukda adabiy tanqidchi  qay  darajada  san’atkor
bo‘lishi   va   qaysi   shaklda   muhokama   yuritishi   ayricha   qimmatga   ega.   Hayotni
1
  Худойберганов Н., Расулов А. Ўзбек совет адабий танқидчилиги тарихи. Т. “Ўқитувчи”, 1990. Б.36. badiiy   o‘zlashtirish,   uni   obraz,   kartinalarda   aks   ettirish   san’atning   vazifasi-ku!
Tanqid   san’at   kabi   hayotni   badiiy   tasvirlay   olmas   ekan,   demak,   u   badiiylikdan,
san’atlikdan   mahrum   bo‘lib   qolmaydimi?   Yuzaki   qaraganda,   bu   mulohaza
to‘g‘riga   o‘xshaydi.   Binobarin,   L.Tolstoyning   "Tanqidchilar   san’atkor   bo‘lishga
hamma   vaqt   tirishuvchi,   lekin   san’atkor   bo‘lishga   ulgurmagan   kishilardir"   degan
pichingi ham asossiz aytilmagandek tuyuladi.
Demak,  tanqid    bilan    san’at,    tanqidchi     bilan     san’atkor  o‘rtasida  qandaydir
farqlar mavjud. Bu farqlar nimalardan iborat? Buyuk  tanqidchi V.G.Belinskiy "har
ikkisining mazmuni bir, farqi faqat shakl dadir", -degan edi. Adabiy tanqid, birinchi
navbatda. hayotni badiiy   o‘zlashtirish  qonuniyatlarini  o‘rganuvchi, tadqiq  qiluvchi
fandir.   U   badiiy   adabiyotga   ijodiy   jarayonning   usul   va   tamoyillarini,   o‘ziga   xos
qonun-qoidalariki   o‘rganuvchi adabiyotshunoslik   fanining  bir  bo‘lagidir.
Har   qanday   fanga   xos   asosiy   xususiyat,   ya’ni   "o‘ziga   tegishli"   bo‘lgan   hayot
voqea - hodisalarini tadqiq qilish asnosida unga baho  bermok. atroflicha asoslamoq
va   isbotlamoq   adabiy   tanqidga   ham   xosdir.   Shunga   ko‘ra   adabiy   tanqid   muayyan
adabiy hodisani tahlil qilar zkan,  uning tahlilida izchil mantiq, asos va isbot birinchi
darajali   ahamiyat   kasb   etadi.   Biroq   adabiy   tanqid   tahlilida   o‘ziga   xos   va   mos
vositalardan foydalanmasa, u o‘zining ijtimoiy vazifasini bajara olmaydi, yozuvchi
uchun ham. o‘quvchi uchun ham tarbiya maktabi bo‘la olmaydi.
Hayot va uning mohiyatini  tashkil  etuvchi odamlar  badiiy mjodiyotning ham,
tanqidning ham asosidir. Shu sababli adabiyotni "hayot darsligi" deyishadi.
Adabiy   tanqid   o‘z   mohiyati   bilan   falsafiydir.   Tanqid   shu   ma’noda   falsafiyki,
uning   ma’rifiy   va   g‘oyaviy,   ijtimoiy   va   estetik   vazifalari   ma’lum   darajada   falsafa
fanining   vazifalari   bilan   mos   tushadi.   Lekin   adabiy   tanqid   aniq   ijtimoiy   fan
bo‘lgani   tufayli   o‘znning   maxsus   tadqiqot   predmetiga   va   o‘ziga   xos   vazifalariga
egadir.   Xuddi   shu   xususiyati   tufayli   tanqid   falsafadan   ham,   boshqa   ijtimoiy
fanlardan   ham,   adabiyotshunoslik   fanining   boshqa   sohalaridan   ham   farqlanib
turadi.   Adabiy   tanqid   jamiyat   badiiy   taraqqiyotini   ilmiy   bilishning   aniq
ko‘rinishlaridandir.   Shu   tufayli   falsafa   va   tanqid   orasida   o‘zaro   munosabat   ilmiy
metodologiya va aniq adabiyotshunoslik fanlari orasida o‘zaro munosabat sifatida namoyon   bo‘ladi.   Shunday   ekan,   adabiy   tanqidchilikning   barcha   tur,   shakl   va
janrlari:   1)   mantiqiy   izchillik;   2)   ilmiy   yaxlitlik;   3)   tanqidiy   dalillanganlik;   4)
tuzilish   jihatdan   tugallik   va   mukammallik   kabi   fazilatlarga   ega   bo‘lmog‘i   shart.
Agar bularning birortasi yetishmasa, tanqid o‘z vazifasini bajarolmaydi.
Tanqid   estetika   bilan   chambarchas   bog‘liq.   Tanqid   bilan   estetikaning   o‘zaro
uzviy   bog‘liqligi   bu   ikki   fan   vazifalarining   o‘zaro   mushtarak   tomonlarida   ko‘zga
tashlanadi.   Modomiki,   tanqidning   predmeti   badiiy   jarayonning   aniq   tamoyillari,
aniq   tomonlari   va   aniq   asarlarini   tahlil   etishdan   iborat   ekan,   uning   vazifasi,
umuman olganda. voqelikni estetik o‘zlashtirish va o‘zgartarishga xizmat qilishdir.
Bu   jihatdan   estetika   va   tanqid   bnr   jonu   bir   tandir.   Shu   umumiy   vazifasini
bajarishda tanqid: birinchi tomondan, badiiy asar  bilan voqelik; ikkinchi tomondan,
fan bilan san’atkor; uchinchi  tomondan, san’at bilan kitobxon; to‘rtinchi tomondan,
san’atkor   bilan   kitobxon   o‘rtasida   munosabat   o‘rnatadi.   Bunda   tanqid   badiiy
jarayon   va   badiiy   asarniig   ichki   estetik   tamoyillari,   yo‘nalishlari   va   fazilatlarini
tadqiq qilish asnosida o‘z maqsadiga erishadi.
Tanqidchilik hozirgi kunda tadqiqotchilik sohasi kabi analitik  harakterga ega. U
jiddiy adabiy-tarixiy, retrospektiv va nazariy  umumlashmalar chiqarishdan tashqari,
tarix,   falsafa,   sotsiologiya   kabi   bir-biriga   yakin   fanlar   bilan   aloqani   kuchaytirdi.
N.G.Chernishevskiy   esa   badiiy   tanqidni   yana   ham   aniqroq   ta’riflab,   tanqidning
o‘ziga  munosib va jiddiy vazifalaridan biri bo‘sh asarlarni ta’qiblash va asarlarning
soxta   mazmun   tufayli   ichki   nomuvofiqligi   va   hech   nimaga   arzimasligini,   imkon
qadar fosh etishdan iborat ekanligini ta’kidlagan edi.
Hozirgi zamon estetikasi uch tarkibiy qismdan tarkib topadi: 1)   estetika tarixi;
2) estetik nazariya; 3) estetik tanqid.
Estetik   tanqid   misolida   estetika   va   badiiy   tanqid   bir-biriga   juda   yaqinlashib,
ba’zi   jihatlardan   hatto   o‘zaro   uyg‘unlashib   ketadi.   Zero,   estetik   tanqid   quyidagi
masalalarni o‘z ichiga oladi: a) estetikaga oid ilmiy adabiyotlar tanqidi; b) adabiyot
va   san’at   asarlarini   estetikaning   mushtarak   qonun-qoidalariga   asoslangan   tanqidi;
v)  hozirgi  g‘arb estetikasi,  san’ati  va adabiyotini  tanqid;  g)  tanqidni  tanqid, ya’ni
adabiy   tanqidga   doir   ilmiy   ishlarni   estetikaning   umumiy   qonun-qoidalariga asoslangan   tanqidi.   Tanqidni   tanqidda   estetika   va   adabiy   tanqid   bir-biriga   o‘zaro
singib,   bir-biriga   bevosita   ta’sir   etib,   ajib   bir   hamjihatlik   kasb   etadi.   Chunonchi,
estetika va badiiy tanqid estetik tarbiyani amalga oshirish nuqtai nazaridan deyarli
bir   xil   maqsad   uchun   kurashadi,   u   ham   bo‘lsa,   kitobxonni   estetik   tarbiyalashni
ko‘zlaydi.
Estetik   bilishning   umumiy   estetik   va   xususiy   adabiy-badiiy   muammolarini,
ya’ni   estetika,   adabiyotshunoslik   va   badiiy   tanqidning   mushtarak   nazariy   va   aniq
badiiy   muammolarini   o‘zaro   taqozodorlikda   va   jamuljam   dialektik   birlikda   olib
tadqiq etish davr talabidir.
G‘arb adabiyotshunosligi, tanqidchiligidagi hozirgi strukturalizm   o‘zining ilmiy
usul   (metod)larini   ishlab   chiqishda   hozirgi   tilshunoslik,   ruhshunoslik,
antropologiya,   kibernetika,   matematika,   axborotlar   nazariyasi,   statistika,   kimyo   va
fizika   fanlari   yutuqlariga   tayanadi.   Bunda   G‘arb   olimlari   adabiyotshunosliqda
aksariyat   hollarda   bilishning   statistika,   tilshunoslik   va   biologiyaga   xos   ilmiy
shakllari va usullarinigina e’tirof etadilar, badiiy tadqiqotda anatomiyalashtirish va
alohida   atomlarning   mikrodunyosini   tahlil   etish   tamoyilini   yoqlab   chiqadilar.
Strukturalizmning bu tamoyili   estetik ijodning ichki dialektik butunligi va ijtimoiy
estetik   o‘ziga   xosligi   nuqtai   nazaridan,   umumiylikning   xususiylikdan   mohiyat
e’tibori   bilan   farklanishi   va   badiii   jarayonning   jonliligi   nuqtai   nazaridan   kerakli
tamoyildir.   Ammo   buni   shu   paytgacha   sho‘rolar   zamonida   hukmronlik   kilgan
markscha-lenincha estetika tarafdorlari tan olmadilar.
O‘z-o‘zidan   ayoiki,   bugungi   kunda   bu   fikrlar   nainki   eskirdi,   hatto   yaroqsiz
bo‘lib   qoldi.   Avvalo   mazkur   fikrning   o‘zi   ziddiyatli:   quruq   shakl   mazmunsiz
bo‘lsa   -   qanday   qilib   jahon   miqyosiga   chiqarkan?   Shuning   o‘ziyoq   garb
estetikasining ilg‘orlab ketganligini yaqqol tasdiqlaydi.
Tanqid   kitobxonlar   qarshisida   shu   jihatdan,   ayniqsa,   mas’ulki,   u   san’at   va
adabiyot   "iste’molchisi"ning,   ya’ni   retsipiyentining   estetik   talablari   va   estetik
mohiyatlari   darajasini   chuqur   va   atroflicha   o‘rganib,   ularni   estetik   tarbiyalash
to‘g‘risida qayg‘urishi lozim. V.G.Belinskiy   tanqid   filosofiya,   tarix,   estetika,   adabiyot   tarixi,   adabiyot
nazariyasi, psixologiya, pedagogika, logika kabi o‘ndan ortiq   fanlardan naf olgan;
tanqidda   faqat   ijtimoiy   fanlargina   emas,   balki   tabiiy   fanlar   ham   qatnashishi
mumkin   deb   hisoblaydi.   U   "og‘machi   va   hayiquvchi   tanqidga   hech   qanday
mubolag‘a   va   sukunatni   bilmovchi,   haqiqatga   nisbatan   cheksiz   bo‘lgan
muhabbat"ni   qarshi   qo‘yadi.   Haqiqatan   ham   Belinskiyning   ijodiy   dahosi   o‘zida
ijtimoiy   pafos   va   falsafiy   tafakkurni,   estetik   his   va   adabiy   talant,   ilmiy
umumlashtirish va poetik fantaziyani birlashtira olganligini ko‘ramiz.
Shuni ham unutmaslik lozimki, mavzu, qiziqish taqozosiga ko‘ra, ba’zi maqola
yoki   ba’zi   tanqidchi   ijodida   tarixchilikka,   ba’zisida   sotsiologiyaga   moyillik
kuchliroq bo‘ladi.
Demak, tanqid sintetik (yig‘ma)likda kinoga o‘xshaydi: kino rassomlik, badiiy
adabiyot,   muzika,   fotografiya,   vokal   san’ati,   teatr   va   boshqalardan   foydalangani
kabi,   tanqid   ham   sotsiologiya,   adabiyot,   filosofiya,   tarix,   iqtisod,   psixodogiyadan
naf oladi.
Harakatdagi estetika  sifatyda e’tirof  etilgan tanqid estetika   xazinasini  boyitish
uchun katta material berishi mumkin.
Ma’lumki, predmetning nazariyasisiz uning tarixi bo‘lmagani  kabi predmetning
tarixisiz   uning   nazariyasi   ham   bo‘lishi   mumkin   emas.   Shuning   uchun   tanqid
tarixini o‘rganish zaruriyati kelib chiqadi. Bu tabiiy holdir, albatta.
Adabiy   tanqid   tarixining   g‘oyaviy-estetik   vazifasi,   albatta,   tanqidning   har
qanday   tarixiy   sharoitda   o‘ynagan   rolini,   tutgan   o‘rnini.   uning   nzlanishlari   va
topilmalarini aniq baholab berishdan   iborat. Bulardan hozirgi zamon adabiy-badiiy
jarayoni, uning asosiy   tamoyillari, yo‘nalish va qonuniyatlarigika adabiy tanqidning
tahlil   va   tadqiq   predmetiga   aylanadi.   Badiiy   tanqid   voqelikni   ma’naviy
o‘zlashtirishning   badiiy   tafakkur   jarayonini   ilmiy   bilishning   o‘ziga   xos   ko‘rinishi
hisoblanadi.
Adabiy   tanqidning   ijtimoiy-axloqiy   vazifasi   yuksak   san’at   uchun   kurash   olib
borish va shuning vositasida komil insonni tarbiyalashga xizmat etishdan iborat. Adabiy   tanqidning   maqsadi   badiiy   ijodning   hamma   masalalarini   jamiyatning
hayoti,   uning   moddiy   va   ma’naviy   boyliklarini   yaratish   yo‘lidagi   kurash   bilan
bog‘lab o‘rganish va tushuntirishdan iborat.
Adabiy   tanqid   tarixi   fani   o‘z   oldiga   quyidagi   maqsadlarni   qo‘yadi:   adabiy
tanqid   tarixini   o‘rganish,   eng   muhimi,   uni   tadqiq   etish   niyatida   bu   tarixni   ilmiy-
estetik   jihatdan   o‘rganish   va   umumlashtirish,   uning   barcha   tomonlarini   hech   bir
o‘zgarishsiz   nazardan   o‘tkazish   asnosida,   qaysi   nuqtalari   bugungi   taraqqiyotga
qanday   ta’sir   ko‘rsatishini,   qaysi   jihatlarini   rivojlantirish,   boyitish   va
mustahkamlash,   ilmiy-estetik   tafakkur,   adabiy   tahlilu   talqin   tarixini,   hozirgi
ahvolini,   kelajagini   ko‘rsatishga   asqotishini   yoritish.   Zero,   Prezidentimiz
I.Karimov   ta’kidlaganidek:   "Bizning   maqsadimiz   bir   necha   avlod   mehnati   bilan
yaratilgan   narsalarni   yo‘qotmaslik,   ularning   eng   yaxshilarini   saqlab   qolish,
demokratik   me’yorlarga,   milliy   manfaatlarimizga,   mustaqilligimizga   mos
kelmaydiganlarini qayta tashkil etishdan, mazkur tuzilmalarni yangi mazmun bilan
boyitishdan iboratdir" 2
.
Adabiyot   hayotdagi,  jamiyatdagi   real  voqelikni, insonning  hayotini   badiiy  aks
ettirishi va uning barkamol yetuk obrazini yaratishi lozim bo‘lsa, komil tanqidning
vazifasi hayotning voqea-hodisalarini,  kishilar hayotini yozuvchi qanchalik keng va
chuqur   aks   ettirgan   yo   ettira   olmaganini,   bordi-yu   bu   yetarli   darajada   keng   va
chuqur   aks   ettirilmagan   bo‘lsa,   buning   tub   sabablariii   ko‘rsatishi   shart.   Adabiy
tanqidning   vazifasi   va   tabiatidan   kelib   chiquvchi   bu   talab   tanqidchini-da   hayotni
chuqur bilishga da’vat etadi.
2
 Каримов И. Ўзбекистон ХХ аср бўсағасида. Т. “Ўзбекистон”. 1997. Б.87. Adabiyotlar:
1. Arastu. Poetika. –T.: Adabiyot va san’at., 1980.
2. Belinskiy G. V. Tanlangan asarlar. – T.: Adabiyot va san’at.,1995.
3. Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. –T.: 2006.
4. Jo’raqulov U. Hududsiz jilva. – T.: Fan, 2006.

Jahon adabiy tanqidchiligining o`zbek adabiy tanqidchiligiga ta’siri Reja: 1. Sharq adabiyotshunosligida ilmi naqdning rivoji 2.G‘arb allomalarining nazariy qarashlari 3.Tanqidchilikdagi izlanishlar

San’at asari ijodkor bilan kitobxon o‘rtasidagi muloqotni tashkillashtiradi . Sharq adabiyotshunosligida ahli dark, ahli idrok, ahli zurafo singari istilohlar ko‘p uchraydi,bunda badiiyat olamidan huzurlanuvchilar tushuniladi. Sharq adabiyotshunosligida ilmi naqd badiiy asarni baholaydigan soha tarzida rivojlangan.”Naqada”o‘zagidan kelib chiqqan tanqid istilohi tekshirmoq ,o‘rganmoq, yutuq, kamchiligini aniqlamoq kabi ma’noni bildiradi.Yunonchada “kritik”so‘zi bilan ifodalangan tanqid keng ma’noda mulohaza bildirmoq, fikr yuritmoq ma’nolarida qo‘llangan. Munaqqidlar matn bilan ishlashda so‘z zamiridagi ma’no qatlamni anglash,sharhlash orqali badiiy qimmatini belgilab borganlar.Bu jarayonni o‘rganish talabani mustaqil fikrlash, ilmiy salohiyatini oshirishga zamin yaratadi. Badiiy asar yaratilishi bilan unga baho berilar ekan,ma’lum mezonlarga asoslanadi.Qadimda asar yutuq ,kamchiligini ko‘rsatishda munaqqid yuksak didi, dunyoqarashi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.”Al mo‘‘jam”,”Badoyi’ us\sanoye’” kabi asarlar sharq tanqid ilmi tarixini yoritishda muhim sanaladi. Aristoteldan Gegelgacha adabiy tanqidni harakatdagi estetik harakat tarzida taqdim etib,badiiy asarni yaxlit tuzilma tarzida o‘rganganlar. Sharqda sharh,tafsirning qadri baland bo‘lib,zehni kuchli allomalar bunday sharafli,mas’uliyatli vazifani uddalaganlar.Har bir so‘z,belgi ,imo,ishorani ilg‘ash,aniq hamda to‘g‘ri sharhlash ,asoslash katta ilmiy salohiyatni talab etgan. Muqaddas kitobga tafsir bitish tilni puxta bilish, so‘z ma’no xususiyatini anglash,quvvai hofizaga egalikni taqazo etadi. G‘arb tanqidshunosligida ham matn talqini ta’limotiga e’tiborni kuchaytirgan. Germenevtika talqin nazariyasi,ma’noni anglatish ta’limoti bo‘lib, asarni o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Aksiologiya, ontologiya, germenevtika ilmi hozir ham jahon munaqqidlarini qiziqtirayotgan dolzarb masala hisoblanadi.Badiiy asar yashovchanligini belgilovchi nazariy ta’limotlar filologik tadqiqotlarga yo‘l ochadi. Adabiy tanqidning o‘ziga xos xususiyati – aniq badiiy asarlarni o‘z qiziqish doirasiga kiritishi bo‘lib, adabiyotshunoslikning muhim ahamiyatga ega va adabiy jarayon taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi qismlaridan biri sanaladi. Zero,

adabiyotshunoslik uch tarkibiy qismdan iborat: adabiyot tarixi. adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid. Adabiyot tarixiy – badiiy adabiyotni retrospektiv ravishda, ya’ni "orqaga nazar tashlab turib", o‘tmishda kechgan hodisa sifatida tekshiradi. Boshqacha qilib aytganda, adabiyot tarixi badiiy ijodning tarixga mansub bo‘lib qolgan yoki qolayotgan qismini o‘rganadi, tekshiradi. Adabiyot tarixi so‘z san’atining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixini tadqiq etadi, umumlashtiradi, bir xalqning va umuman, kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyotida badiiy adabiyotning roli va ahamiyatini belgilaydi. Soha so‘z san’atining mohiyatini, taraqqiyot qonuniyatini, kishilik jamiyati rivojidagi o‘rni va rolini, o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etadi, badiiy asarlarni tahlil qilish tamoyillari va ularga baho berish me’yorlarini belgilaydi. Adabiyot nazariyasi o‘tmish va bugungi kun adabiy-tarixiy jarayonidan nazariy xulosalar chiqaradi. Adabiy tanqid esa adabiy ijod oqimining borishiga bevosita aralashadi, uning hamma hodisalariga ishtirok etadi, adabiyotning asosiy xususiyatlari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Adabiy tanqid zamonaviy badiiy asarlarni xalq hayoti, uning hozirgi kundagi ehtiyoj va talablari jihatidan o‘rganadi, baholaydi, fazilat, nuqsonlarini aniqlaydi, yozuvchilarning ijodiy o‘sishlariga va adabiyotning ravnaqiga ko‘maklashadi. Adabiyotshunoslikning shu uchala tarkibiy qismi orasidagi mushtarak tomonlar shundaki, har uchalasi ham estetik bilimning o‘ziga xos aniq ko‘rinishlaridir, falsafa va estetika ularning umumiy metodologiyasidir, ular xalq tarixi, xalq tili, xalq madaniyati, folklor va xalq estetik tasavvurlarining jonli taraqqiyot tarixi negizida rivoj topadi. Shu boisdan ko‘p hollarda bir olimning o‘zi, aytaylik, I.Sulton yo M.Qo‘shjonovlar ayni holatda ham adabiyotshunos, ham munaqqiddirlar. Adabiyotshunoslikning uch tarkibiy qismi o‘rtasidagi o‘zaro tafovutlarga kelganda shuni aytish zarurki, ayirmalar ko‘proq xalqning zamonaviy hayoti va milliy adabiyotga munosabati masalalariga bevosita daxldorlikda ko‘rinadi.

Binobarin, adabiy tanqidni adabiyotshunoslik dan farqlashga imkon beradigan estetik xususiyatlar quyidagilar: 1) xalq va jamiyatning zamonaviy hayoti bilan bevosita bog‘langanlik; 2) zamonaviy milliy-badiiy jarayonni tahlil etish va bu orqali ijtimoiy hayotga estetik ta’sir ko‘rsatish; 3) xayot va adabiyotni estetik bilishga yo‘nalganlik, hayot orqali adabiyot to‘g‘risida muhokama yuritish: 4) umuman, adabiyotshunoslik zamon sinovidan o‘tgan ijobiy adabiy- badiiy, hodisalarni tadqiq etadi va ulardan ijobiylarini alohida ta’kidlab ko‘rsatadi; 5) tanqidda badiiy jarayon tahlilida ilmiylik, sotsial pafos va mahoratshunoslik o‘zaro uyg‘unlashib ketadi; 6) tanqid chaqqon harakatchanlik, estetik jangovarlik va publitsistik uslubga moyildir; 7) tanqid tezkor va tezpishar estetikadir, o‘ziga xos aniq amaliy estetikadir; 8) adabiyot tarixi estetika tarixi bilan, adabiyot nazariyasi- estetika nazariyasi bilan uyg‘un bo‘lsa, adabiy tanqid estetik tanqid bilan uyg‘undir. Adabiyotshunos va tanqidchi orasidagi farqlar ham anchagina, bular quyidagilardan iborat: 1) adabiyotshunos ilmiy tafakkur maydonida, tanqidchi esa ilmiy va badiiy tafakkurning qo‘shilish maydonida harakat qiladi; 2) adabiyotshunos o‘tmish adabiy meros ustida, adabiy tanqidchi esa jonli adabiy jarayon ustida so‘z yuritadi; 3) adabiyotshunos o‘tmish adabiy jarayoniga, adabiy tanqidchi esa, aniq asarga ko‘proq urg‘u beradi; 4) adabiyotshunos "yaxshi ma’nodagi akademizm"ga, bilvosita faollikka tayanadi, tanqid esa operativlikka va bevosita faollikka suyanadi; 5) adabiyotshunos mutaxassislarga qarata so‘zlaydi, adabiy tanqidchi esa ommaga qarab so‘zlaydi; 6) adabiyotshunos estetikani boyitadi, adabiy tanqidchi adabiyotshunoslikni va hokazo. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari o‘zaro uzviy bog‘langan bo‘lib, biri ikkinchisini to‘ldiradi, boyitadi. Shunday qilib, adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqidning tadqiqot tamoyillari bitta, ammo predmeti bir-birinikidan farq qiladi. Adabiyotshunoslikda, jumladan, rus adabiyotshunosligida ham tanqid tarixiga taalluqli talay asarlar yaratilganiga qaramay, bu sohada hamma adabiyotlar uchun ma’qul va manzur tushadigan mushtarak metodika hali maydonga kelganicha yo‘q.

Hozircha ilmda hamma uchun manzur tushgan birdan-bir qoida – tanqid tarixini adabiyot tarixining asosiy bosqichlari bilan aloqadorlikda o‘rganishdir. Bu yo‘nalishning ilmiyligi shundaki, u adabiy-tarixiy jarayonda adabiyot va san’atning tanqid bilan uzluksiz rivojlanishini doimo ko‘zda tutadi. Shuni unutmaslik kerakki, tanqid tarixi adabiyot tarixining takrori bo‘lmasligi lozim. Adabiyot va san’at tarixida tanqidga oid material ikkinchi o‘rinda turgani kabi tanqid tarixida ham adabiyot tarixiga oid material faqat yordamchi o‘rinnigina zgallashi mumkin. Bunda tanqid tarixining badiiy adabiyot tarixi bilan chambarchas aloqasi va tanqid tarixining nisbatan mustaqilligi adabiy tanqidchilikning rivojini tayin etuvchi shart-sharoitning o‘ziga xos xususiyatlarini, albatta, e’tiborga olmoq demakdir. Bu o‘ziga xoslik shundan iboratki, o‘zbek adabiy tanqidi ham san’at va adabiyot taraqqiyotining asosiy qonunlari allaqachon kashf etilgan davrda rivoj topdi. Bunday sharoitda tanqidchining vazifasi xuddi shu kashf etilgan qoidalarni chukur anglash va shundan kelib chiqib to‘g‘ri, xolis baholashdan iborat bo‘lib qoladi. Adabiy tanqidning vazifasi yozuvchilar ijodini, adabiyotimizda voqea darajasidagi badiiy asarlarni tahlil etish va shu asosda adabiyot rivojiga turtki bo‘ladigan mummolarni ko‘tarib chiqish, tekshirish va estetik mohiyatini ochish va baholash, umumlashtirishdan iborat. Adabiyot hayotdagi, jamiyatdagi real voqelikni, insonning hayotini badiiy aks ettirishi va uning barkamol yetuk obrazni yaratishi lozim bo‘lsa, komil tanqidning vazifasi hayotning voqea-hodisalarini, kishilar hayotini yozuvchi qanchalik aks ettirgan yo ettira olmaganini, bordi-yu bu yetarli darajada keng va chuqur aks ettirilmagan bo‘lsa, buning tub sabablarini ko‘rsatishi shart. Adabiy tanqidning vazifasi va tabiatidan kelib chiquvchi bu talab tanqidchini ham hayotni teran kuzatish va chuqur o‘ylashga da’vat etadi. Bunda tanqidchi tanlagan tahlil usullari va uslublarining rang-barangligi muhim ahamiyatga molik. Zero, tanqidga oid asarning ta’sirchanlik darajasi va o‘qishliligi aslida xuddi shu usul va uslub jozibasiga bog‘liq. Adabiy tanqid tajribasida badiiy tahlilning sotsiologik tadqiqot,