logo

O. Sharafiddinovning adabiy va tanqidiy tadqiqotlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

36.1640625 KB
O. Sharafiddinovning adabiy va tanqidiy
 qarashlari 
Reja:
1. Ozod Sharafiddinov adabiy-tanqidiy faoliyati va uning o‘rganilishi haqida.
2. She’riyatning zukko tanqidchisi
3. Adabiy portret  janri rivojida munaqqidning o‘rni.
4. Cho‘lpon ijodining tadqiqotchisi va jonkuyar targ‘ibotchi
5. Mohir qahhorshunos olim.
 
            Ozod   Sharafiddinov     adabiy   jamoatchilikka   tanitgan   jiddiy   va   salmoqli   ishi
“Lirika   haqida   mulohazalar”   maqolasidir.   Maqola   lirika   haqida   50-yillarning
ikkinchi yarmidagi munozarada yalt etib ko‘zga tashlandi. 50-yillarning boshlarida
avj   olgan   “konfliktsizlik   nazariyasi”   keltirgan   oqibatlarni   lirik   she’rlar   misolida
ishonarli,   ta’sirli   tahlil   etgan   Ozod   Sharafiddinov   timsolida   yangi   tipdagi   o‘zbek
tanqidchisi shakllanib kelayotganligi ko‘rindi.
                Tanqidchi   ijodi   60-70-yillarda   sermahsul   bo‘ldi.   U   davr   adabiyoti   va
tanqididagi   yutuq   va   kamchiliklarni   tahlil   qilib,   umumlashtirib,   ilmiy-biografik
monografiyalari,   adabiy   portretlari,   muammoli   maqolalari   bilan   adabiy   tanqid
ko‘lamini   kengaytirdi.   Tarixiylik   va   zamonaviylik   muammolari   ustida   jiddiy   va
rang-barang izlanishlar olib bordi. Davr zug‘umiga qaramay, A.Qodiriy, Cho‘lpon,
Fitrat  ijodi  haqida o‘qtin-o‘qtin ijobiy fikrlar aytishga o‘rindi. A.Qahhorga nohaq
munosabatlar   yana   bosh   ko‘targanda   jasorat   bilan   uni   himoya   qilishga   kirishdi,
merosga biryoqlama qarashlarga qarshi kurash olib bordi.
                     XX asr o‘rtalaridan o‘zbek tanqidchiligiga M.Qo‘shjonov, S.Mamajonov,
L.Qayumov,   N.Shukurov,   N.Karimov,   U.Normatovlar   avlodi   kirib   keldi.   Ozod
Sharafiddinov dastlabki taqriz, maqolalari bilanoq ular safining peshqadamlaridan
biri ekanini ko‘rsatdi. Bu yangi  avlod vakillari I.Sulton, H.Yoqubov kabi tajribali
avlod   namoyandalari   bilan   yelkama-   yelka   turib,   davr   adabiy-tankidiy
muammolarini yechish jarayonida ulg‘ayib bordi.
   Munakkidning adabiy-tanqidiy qarashlari, o‘zbek tanqidchiligida tutgan o‘rni
atroflicha yoritilgan dastlabki ishlardan biri A.Rasulovning "Ozod Sharafiddinov”
nomli (1980) adabiy portreti bo‘ldi. 2000 yilda "Iste’dod va e’tiqod" nomli yangi
adabiy   portretini   e’lon   kildi.   Unda   jonkuyar   tanqidchi,   xassos   she’rshunos   ijodiy
qiyofasi   umumlashtirib   berilgan.   Bundan   tashqari   O.Sharafiddinov   haqida
P.Qodirov,   U.Normatov,   O.Tog‘ayev,   B.Nazarov,   I.G‘afurov,
M.Sharafiddinova,T.Yo‘ldoshev   kabi   tanqidchilarning   mazmundor   maqolalarini
eslatib o‘tish o‘rinli. O.Sharafiddinov 1929 yili Qo‘qon yaqinidagi  Oxunqaynard xizmatchi  oilasida
tug‘ildi.   Bolaligidan   Toshkentda   yashadi.   Ziyrak   va   kobiliyatli   Ozod   14-o‘rta
maktabni   oltin   medal   bilan   tugatdi.   O‘rta   Osiyo   davlat   universitetining   filologiya
fakultetida   o‘ q idi   (1946-1951).   M.Gorki y   nomidagi   Ja h on   adabiyoti   instituti
aspiranturasida   ta h sil   oldi   (1954).   O‘zbek   poemalari   ustida   qunt   bilan   ijodiy   ish
olib   borib,   "Hozirgi   o‘zbek   sovet   poemalari"   degan   mavzuda   nomzodlik
dissertatsiyasini   (1955)   himoya   kildi .   XX   srning   90-yillariga   q adar   o‘zi   tahsil
olgan   Toshkekt davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetining o‘zbek
adabiyoti   kafedrasida   ishladi.   So‘ng   "Sharq"   matbaa   konserni   hamda   “Tafakkur”
jurnalining   tashkilotchi   va  yetakchilaridan   biri   sifatida  faoliyat   ko‘rsatdi.   So‘ngra
1997 - yilda   tashkil   etilgan   Jaxon   adabiyoti   jurnalining   bosh   mu h arriri   lavozimiga
tayinlandi.  
1970   yili   “Istoriya   uzbekskoy   sovetskoy   literaturi”   nomli   yirik   asar   uchun   bir
guruh   adabiyotshunos   olimlar   qatori   O.   Sharafiddinov   ham   Beruniy   nomidagi
O‘zbekiston   Davlat   mukofotiga   sazovor   bo‘ldi.   Mustaqillik   yillarida   olimning
serqirra va qizg‘in faoliyati munosib taqdirlandi. Xukumatimizning qator orden va
medallariga loyiq topildi. 2002 yilda esa O‘zbekiston Qahramoni yuksak unvoniga
sazovor bo‘ldi.
        O.Sharafiddinovni   adabiy   jamoatchilikka   tanitgan   jiddiy   va   salmokli   ishi
"Lirika   haqida   mulohazalar"   maqolasidir.   Maqola   lirika   haqida   50-yillarning
ikkinchi yarmidagi munozarada yalt etib ko‘zga tashlandi. 50-yillarning boshlarida
avj   olgan   "konfliktsizlik   nazariyasi   keltirgan   oqibatlarni   lirik   she’rlar   misolida
ishonarli   va   ta’sirli   tahlil   etgan   O.Sharafiddinov   timsolida   yangi   tipdagi   o‘zbek
tanqidchisi shakllanib kelayotgani ko‘rindi.
Tanqidchilikdagi  ayrim   biryoqlamaliklar  tufayli   M.Shayxzoda  va   Mirtemirdek
ulkan   shoirlar   ijodi   chuqur,   haqqoniy   bahosini   olmay   kelayotgan   edi.   Munaqqid
navbatdagi   ishlarini   shu   ikki   ulkan   shoir   ijodiga   bag‘ishladi.   M.Shayxzoda   va
Mirtemirning O.Sharafiddinov tomonidan yaratilgan adabiy portretlari bu janrning
o‘zbek tanqidchiligidagi go‘zal namunalari qatorida turadi, Tanqidchi   ijodi   60-70-yillarda   sermahsul   bo‘ldi.   U   davr   adabiyoti   va
tanqididagi   yutuk   va   kamchiliklarni   tahlil   qilib,   umumlashgirib,   ilmiy-biografik
monografiyalari,   adabiy   portretlari,   muammoli   maqolalari   bilan   adabiy   tanqid
ko‘lamini   kengaytirdi.   Tarixiylik   va   zamonaviylik   muammolari   ustida   jiddiy   va
rang-barang izlanishlar olib bordi. Davr zug‘umiga karamay, A.Qodiriy, Cho‘lpon,
Fitrat   ijodi   ha q ida   o‘ qt in-o‘qtin   ijobiy   fikrlar   aytishga   urindi.   A.Qahhorga   nohak
munosabatlar   yana   bosh   ko‘targanda   ja s or a t   bilan   uni   himoya   qilishga   kirishdi,
merosga biryo q lama qarashlarga  q arshi kurash olib bordi.
     O.Sharafiddinov tanqidchilikka poeziya “yo‘lakcha”sidan kirib keldi, adabiy
jarayonda yetuk munaqqid, mohir portretnavis, adabiy tanqid muammolarini izchil
yoritib   beruvchi   olim   hamda   mohir   tarjimon   sifatida   tanildi.   Ozod
Sharafiddinovning adabiy tanqid rivojiga qo‘shgan eng muhim hissasi-poeziyadagi
badiiylik va zamonaviylik masalalarini dadil ko‘tarib chiqishida, bu muammolarni
yangicha   ilmiy-nazariy   fikrlar   va   qarashlar   bilan   boyitishda   namoyon   bo‘ldi.   U
san’atkor   har   qancha   ijodiy   muammolarni   ko‘tarmasin   va   yoritmasin,   asar
chinakam   badiiylikdan   mahrum   bo‘lsa,   u   ta’sir   kuchiga   ega   bo‘lolmaydi   degan
qarashda muqim turdi.
         She’riyatning zukko tanqidchisi. Shaxsga sig‘inish iskanjasidan ozod bo‘la
boshlagan o‘zbek she’riyati, nasri va dramaturgiyasida 50- yillar oxiri va 60- yillar
avvalida   jiddiy   siljishlar,   o‘zgarishlar   ro‘y   berdi.   Tanqid   ham   ana   shu   jarayonni
tahlil   qilishga   o‘tdi.   Ijodkorlar   oldiga   yangi-yangi   talablar   qo‘ydi.   Ayniqsa,
she’riyatda   hayotga   qizg‘in   munosabat   bildirilib,   zamonaviy   ruh   chuqurlasha
bordi.
      O‘zbek   nazmida   yuz   berayotgan   bunday   ijodiy   o‘zgarishlar   Ozod
Sharafiddinovning   “Zamon.   Qalb.   Poeziya"   (   1962)   deb   nomlangan   ilmiy
kashfiyotlarga   boy,   o‘zbek   she’riyatining   kechagi   kuni   va   bugunidagi   yutuq,
kamchiliklar umumlashtirilgan salmoqli kitobida o‘z ifodasini topdi.
Kitobdagi   maqolalarida   hatto   G‘afur   G‘ulomdek   avtoritetlarni   asoslab   tanqid
qilishga,   H.G‘ulom,   A.Muxtor,   Mirmuhsin   ijodida   Lenin,   partiyani   madh   etish
masalalarida   nuqsonlarga   yo‘l   qo‘yilayotganini   aytishga   jur’at   qildi.   Bu   -   davr tanqidchiligi uchun katga gap, muhim hodisa edi. Shu ma’noda bu tadqikot  faqat
muallif   ijodidagina   emas,   shu   davr   o‘zbek   tanqidchiligining   ham   prinsipial
yutuqlaridan   biri   bo‘lib   koldi.   Tankidchi   davr   o‘zbek   she’riyatining   xarakterli
tamoyillarini teran ko‘rsatdi, ularni aniq asarlar tahlili misolida isbot qildi.
Zamonaviylik   faqat   mavzu   yoki   muammogina   emas,   ana   shularni   yorituvchi
badiiylikdadir,   shu   ma’ioda   zamonaviylik   asosi   badiiylikda   yotadi,   degan   qarash
O.Sharafiddinovninggina   emas,   umuman,   o‘zbek   tanqidchiligining   jiddiy
yutuqlaridan   biri   edi.   Kitobdagi   makolalarda,   shuningdek,   poeziyamizdagi   lirik
qaxramon ma’naviy olami teranlashib borayotgani davrning muhim muammolarini
kuchli   emotsional   shaklda   aks   ettirish   chuqurlashayotganligi,   bayonchilikka
nisbatan lirizmning chuqurlashib borayotgani ko‘rsatildi.
Olimning   navbatdagi   “Adabiy   etyudlar”   (1968)   nomli   kitobidan   joi   olgan
makolalarda   A.Qahhor,   Zulfiya,   M.Boboyev,   P.Qodirov   asarlari   tahlil   kilindi.
“Qalbimizga   yakin  shoira”   maqolasida   Zulfiyaning   go‘zal   va   nafis   ijodiy   portreti
yaratildi. “Shoirning yo‘li” maqolasida M.Boboyev ijodi haqida bahs yuritilgai. Bu
kamtar   va   zahmatkash   kalam   sohibi   haqida,   umuman,   o‘zbek   tanqidchiligida   shu
vaqtgacha yaratilgan e’tiborli ishlardan biri bo‘lib kelmokda.
          O.Sharafiddinov   ijodida   nafaqat   she’riyat,   balki   nasr   va   adabiy   tankid
muammolariga   ham   e’tibor   qaratadiki,   buni   uning   "Go‘zallik   izlab"   kitobida
ko‘rish   mumkin.   Munaqqid   maqolalari   zavq-shavq   eilan   o‘qiladi,   doim
tanqidchining   “men”i   va   uslubi   ko‘zga   yaqqol   tashlanib   turadi.   Nasr   va   adabiy
tanqid   muammolari   birdek   o‘rganilishi   ham   mazkur   kitobda   yorqin   namoyon
bo‘lgan. Unda, ayniqsa, 70-yillarda adabiyotga kirib kelgan Usmon Azim, Shavkat
Rahmon, Muhammad Rahmon, Xurshid Davron kabi kator yosh shoirlar ijodining
atroflicha   tahlil   etilishi   jihatidan   ham   qimmatlidir.   Usmon   Azim   avlodlariga
mansub kator ijodkorlar xususidagi qarashlar adabiy hayotda o‘z isbotini topdi.
        O.Sharafidsinov   adabiy   tanqid   va   uning   muammolari   haqida   astoydil
qayg‘urgan   olimlardan   biridir.   Xususan,   uning   "Talant   xalq   mulki   (1979)   deb
nomlangan kitobida munaqqidning yoshlar ijodi haqidagi bir qator adabiy-tanqidiy
maqolalari, she’riyat rivojiga bag‘ishlangan tadqiqotlari o‘rin olgan. "Tanqidchilik kasbi   haqida"   maqolasida   munaqqid   uchun   zarur   bo‘lgan   uch   xislatga   alohida
e’tibor   beradi.   “Bularning   birinchisi-adabiyotdagi   go‘zallikni,   g‘oyaviy   va   badiiy
boylikni   his   qila   bilishdir.   Boshqacha   qilib   aytganda,   tanqidchi   bo‘lishni   istagan
odamda, birinchi  navbatda, estetik tuyg‘u benihoya o‘tkir  bo‘lishi  lozim, u san’at
go‘zalligini nozik his qila bilishi, badiiy adabiyotdan chinakamiga zavqlana olishi
shart" .
Ikkinchi fazilat sifatida olim fikrlash qobiliyati ve undagn uzviylikni ko‘rsatadi.
Tanqidchi   o‘qigan   narsalarini   chuqur   idrok   etishi   va   tahlil   qila   bilishi,   asardagi
voqea va hodisalarni, xarakterlarni hayot hodisalari, hayotdagi jonli odamlar bilan
taqqoslay bilishi, bu taqqoslardan ham adabiyot, ham jamiyat uchun zarur, foydali
xulosalar, umumlashmalar chiqara olishi kerak.
Tanqidchilik talantining uchinchi  zarur  fazilati so‘z san’atiga ehtirosli, otashin
muhabbatdir, deydi u. Uning fikricha, adabiyotni butun vujudi bilan sevgan, unga
sidqidildan   fidoiy   kishigina   haqiqiy   tanqidchi   hisoblanadi.   O.Sharafiddinov   o‘zi
qo‘ygan ana shu talablarga butun umri davomida amal qilishga intildi.
Ozod   Sharafiddinov   ma q ola   va   ta q rizlari,   o‘zining,   ayni q sa,   talabchanligi,
prinsipialligi bilan ajralib turadi. Uning I.Ra h im   q alamiga mansub Sobir Rahimov
ha q idagi   romani,   O‘.Umarbekovning   “ Damir   Usmonovning   ikki   bahori”   qissasi
to‘ g‘ risidagi, shuningdek B.Boy q obilovning “O‘zbeknoma” asariga bag‘ishlangan
“Mag‘zi puch so‘zlardan bir tosh nari   q och” nomli taqrizlari badiiylik masalasida
mualliflar   yo‘l   q o‘ygan   kamchiliklar,   ayamay,   keskin   fosh   etildi.   Bu   ta q rizlar
adabiy   jarayonga,   yozuvchilar   va   tanqidchilarga   faol   ta’sir   ko‘rsatish   kuchi   bilan
XX asr so‘nggi choragidagi o‘zbek tanqidida prinsipial ahamiyatga ega bo‘ldi.
Adabiy   portret   janri   rivojida   munaqqidning   o‘rni .   Tan q idchi   ko‘p   yillik   ijodi
mobaynida   G‘.G‘ulom,   Oybek,   K.Yashin,   S.Ayniy,   A.Qahhor,   A.   Mux t or,
O.Yoqubov,   O‘.Hoshimov,   A.Oripovlarning   ijodiy   portretlarini   yaratdi.   Bu
yo‘nalishdagi tadqi q otlar "Iste’dod jilolari" (1976) kitobida o‘z ifodasini topdi.
O.Sharafiddinov o‘z fikriga   q at’iy ishonuvchi  mu n a qq id hisoblanadi. Shu bois
kezi kelganda, u katta shuhrat egasi bo‘lgan   ijodkorlarning u yoki bu asari, fikriga
o‘zining   tan q idiy   munosabatini   bildirishdan   cho‘chimaydi.   Masalan, G‘.G‘ulomning  "Egalari  egallaganda ”   dostoni  badiiy  jihatdan  bo‘sh  ekanini  dadil
aytadi.   Yo ki   S.Ayniyning   dastlabki   ijod   namunalarini   ta h lil   q ilarkan,   uning
nazmdagi kamchiliklarini ro‘yi-rost ko‘rsatib, ularning omillarini ani q laydi.
Shu bilan birga O.Sharafiddinovning S.Ayniy haqidagi adabi y   portretida ayrim
kamchiliklar   ham   ko‘zga   tashlanadi.   To‘g‘ri,   ma q olaning   "Ulkan   hayotning   ilk
sahifalari"   deb   nomlanishidayo q   ko‘rinib   turganidek,   S.Ayniy   ijodining   dastlabki
namunalarini   tahlil   etishga   bag‘ishlangan.   Adibning   keyingi   bosqich   ijodini
o‘rganish   maqsad   qilib   ko‘yilmagan.   Bunday   ma q sadni   ko‘zlasa,   muna qq id
boshqacha yoki bosh q a ma q ola yozgan bo‘lar edi, albatta. Lekin shunga   q aramay,
ma q ola  adabi y   portret   xususiyatini   kasb   etishi   uchun,   u   muxtasar   ravishda   bo‘lsa
ham, si q i q   obzor xarakterida bo‘lsa ham, adibning yaxlit ijodi yo ti haqida tasavvur
bergani   nazarimizda   o‘rinli   bo‘lar   edi.   Hozirgi     holatda     ham,   o‘ q uvchida   adabiy
portret   nihoyasiga   yetkazilmagandek   taassurot   q oldiradi.   Oybek   ha q idagi   adabiy
portretda   esa   uning   poetik   mahorati   va   adabiy-tan q idiy   mahorati   tahlil   q ilingani
holda   adibning   nasriy   mahorati   bir   muncha   e’tibordan   chetda   q oladi.   Holbuki,
adabiy   portret   janri   ijodkor   ma’naviy,   ijodiy,   ruhiy   q iyofasini   bir   butunlikda
yaratishni   talab   q iladi.   Buni   muna qq id   bilmaydi   emas,   lekin   maqolada   bu
muammolarning u yoki bu  q irrasini yoritish bilangina cheklanadi.
O.Sharafiddinov   tan q idchilikning   tarixiy-biografik   yo‘nalishi   rivojiga   ham
munosib ulush ko‘shdi. Bu xislat, uning, a y niqsa, “Yalovbardorlar” kitobiga kirgan
ma q olalarida   bo‘rtib   ko‘rinadi.   Kitobdagi   mashhur   yozuvchilar   hayoti   va   ijodiga
bag‘ishlangan   ma q olalarda   ba’zan   davrining   siyosiy   va   mafkuraviy   ruhi   sezilib
tursa-da,   adiblarning   umumjahon   madaniy-adabiy   tara qq iyotiga   q o‘shgan
hissalarini yoritilishi jihatidan  q immatlidir.
Muna qq id   kitobda   turli   millatga   mansub   yozuvchilar   ijodini   tad q i q   etar   ekan,
ularning, eng avvalo, milliy   q iyofasini  hamda milliy xarakter  yaratish mahoratiga
alohida   e’tibor   beradi.   “Yalovbardorlar”   kitobidagi   sotsialistik   realizm   bilan
alo q adorlikda   aytilgan   ayrim   mulohazalar   eskirgan   bo‘lishiga   q aramay,   badiiy
asarning   go‘zallik   va   ma’naviyat   bilan   alo q ador   fazilatlarini   chu q ur   his   q ilishi
jihatidan o‘zbek tanqidchisining yuksak i q tidori va boy ma’naviy olamini ko‘rsata bilishi, shuningdek, o‘ q uvchilarga mahorat sirlarini tushuntirib bera olishi bilan o‘z
ahamiyatini yo‘ q otmay kelmo q da,
Cho‘lpon ijodi tadqi q otchisi va jonkuyar targ‘ibotchisi. O.Sharafiddinov 60-70-
yillardayo q   Cho‘lpon  va Fitrat  ijodi  haqida  goh  pinxon, go h   oshkor   o‘z  fikrlarini
ayta   boshlagan   munaqiddir.   Bu   yo‘nalishda   u   matbutotda   fikrlarini   ochi q   aytish
imkoniyatiga   ega   bo‘lmadi,   lekin   talabalarga   o‘qigan   ma’ruzalarida   fikrini   ochi q
aytishdan o‘zini tiyolmadi. Buning uchun rasmiy doiralardan ko‘p bor dakki   h am
eshitdi.   Yo shlar dunyo q arashida Cho‘lpon ha q ida tasavvur shakllanishiga va rivoj
topishida   jonbozlik   ko‘rsatib,   bu   borada   zimdan   ilmiy   tadqiqot   ishlariga
tayyorgarlik ko‘rib bordi.
Cho‘lpon singari qatag‘on bo‘lgan shoirlar ijodidagi qator namunalardan tashkil
topgan “Tirik satrlar” to‘plami tayyorlanishiga O.Sharafiddinov bosh-qosh bo‘ldi.
Xuddi   shu   davrda   o‘zbek   adabiyotining   fidoyilari   E.A.Karimov   va   N.Karimovlar
“O‘zbek   tili   va   adabiyoti   masalalari”   jurnalida   Cho‘lponning   ayrim   she’rlari   va
maqolalaridan namunalarni   yoritishga  jur’at   etadilar. Har  qalay,  bu  urinishlar   90-
yillar ostonasidagi qarashlarning uyg‘onishiga zamin bo‘ldi. XX asrning 80- yillar
oxirida matbuotda Cho‘lpon haqida qator maqolalar e’lon qilindi.
O.Sharafiddinovning   "Cho‘lpon"   nomli   (1991)   asari   ulug‘   san’atkor   haqidagi
birinchi,   xayrixohlik   bilan   yozilgan   ilmiy-taxliliy,   ayni   vaqtda   ommaviy   tadqiqot
asar edi. Kitob lo‘nda-lo‘nda besh bobdan - hayoti va ijod yo‘li, she’riyati tahlili,
nasrining   talqini,   adabiy-tanqidiy   faoliyatiga   munosabat,   tarjimonlik   mahoratiga
bir   nazardan   iborat.   Kitobning   birinchi   bobi   asosida   keyinroq   tanqidchi
"Cho‘lponni anglash" nomli teran va mazmunli asar yaratdi.
Muallif   Cho‘lpon   haqida   20-yillardan   shu   kungacha   kim,   qayerda   nima
deganini yaxshi biladi, hatto xorijiy cho‘lponshunoslik tarixi haqida ham ma’lumot
beradi.   Elining   asl   o‘g‘loni,   buyuk   farzandi   Cho‘lponni   asrab-avaylay   olmagan,
muhimi,   uning   sha’ni-qadri   uchun   kurashmagan   zamondoshlaridan   xafa   bo‘lib
ketishini   ham   yashirmaydi.   U   Cho‘lponni   qancha   o‘qisa,   anglasa,   inson   erki,
ruhning ozodligini shuncha aniq his qiladi, aksincha,  sho‘ro hukumati mohiyatini
uqishga   qancha   intilsa,   erksizlik,   tutqunlik   qonun-qoidalarini   aniq-ravshan   idrok etadi.   Demak,   Cho‘lpon   ijodining   mohiyati   sho‘ro   tuzumi   asoslariga   zid   edi.
Insonning   erkin   ruhini   tasvirlovchi   asarga   totalitar   tuzumda   o‘rin   bo‘lishi   qiyin.
"Cho‘lponni anglash" risolasining tub mohiyati mana shunda.
      “Kecha   va   kunduz”   romani   O.Sharafidsinov   so‘zboshisi   bilan   chop   etildi.
Uning   rahbarligida   Cho‘lponning   avval   bir   jildlik,   so‘ng   uch   jildlik   asarlari
nashrga   tayyorlandi   “Adabiyot   nadur”   to‘plami   bosilib   chiqdi.   Cho‘lpon   adabiy
merosiga   oid   o‘nlab   maqolalar,   ikkita   risola   yaratildi.   Cho‘lponga   intilish,   hatto,
aytish   mumkinki,   O.Sharafiddinovning   shaxs   sifatida   kamol   topishiga   ta’sir
ko‘rsatdi,   iste’dodini   tarbiyaladi,   aniq   maqsadga   yo‘naltirdi.   Uning   "She’r   ko‘p,
shoir-chi?",   "Hayotiylik   jozibasi,   sxematizm   inersiyasi",   "Haqiqatga   sadoqat
maqolalari   Cho‘lpon   ruhida   yozilgan.   Olimning   qator   shogirdlari
cho‘lponshunoslikni rivojlantirib kelmokdalarki, bunda ustozning xizmatlari ulkan.
      Munaqqidning   Cho‘lpon   100   yilligi   munosabati   bilan   Fanlar   Akademiyasi
katga zalida qilgan ma’ruzasi asosida "Xalq so‘zi” gazetasida "Cho‘lpon harakatga
chorlaydi"   maqolasi   chop   etildi.   Unda   Cho‘lpon   asarlari   bizni   erk,   ozodlik,
mustaqillikni e’zozlashga o‘rgatishiga urg‘u berildi. Cho‘lpon ijodini targ‘ib qilish,
uning   asarlarini   mehr   va   katta   muhabbat   bilan   tahlil   va   talqin   etish   munaqqid
ijodining yetakchi yo‘nalishlaridan biri sanaladi.
    Moxir qahhorshunos olim . Qahhorshunoslik O‘zbekistonda adabiyot ilmining
muhim tarmoqlaridan biri darajasiga ko‘tarilgan. U haqda tadkikotlar, monografiya
va   dissertatsiyalar   yaratilgan.   P.Qodirov,   I.Borolina,   H.Abdusamatov,
M.Ko‘shjonov,   V.Smirnova,   U.Normatov,   A.Rasulov,   S.Sodiqov,   I.G‘afurov,
R.Qo‘chqorov hamda boshqa o‘nlab tadqiqotchilar A.Qahhor ijodini tahlil qildilar.
Har   bir   adabiyotshunos   adib   ijodining   muayyan   muammolari   hamda   muayyan
adabiy-tanqidiy   janr   talabi   asosida,   o‘z   uslubi   yo‘nalishida   o‘rganadi,
yozuvchining   adabiyotdagi   o‘rnini   belgilashga   intiladi.   O.   Sharafiddinov   ular
ichida o‘z ovozi, o‘z so‘zi bilan alohida ajralib turadi.
       Olimning A.Qahhor haqida yaratgan "Iste’dod jilolari” portreti ilmiy-badiiy
talqini   teranligi   bilan   diqqatni   tortadi.   Bir   qarasangiz,   tanqidchi   A.Qahhor
asarlarining   yaratilish   tarixi   haqida,   bir   karasangiz,   adabiyotda   kulguning   o‘rni haqida, yana bir bobda iste’dodning namoyon bo‘lishi, uning kimga xizmat kilishi
xususida, boshqa bir o‘rinda yozuvchi mehnati to‘g‘risida fikr yuritadi. U yozuvchi
ijodidagi   "jonli   odamlarni   ko‘rsatish”   maqsadida   "O‘g‘ri"   hikoyasini   "ich-ichiga
kirib" tekshiradi. Bunda yozuvchiga samimiyatgina emas, umuman, so‘z san’atiga,
so‘z jozibasiga ehtiromi aniq sezilib turadi.
Tanqidchi   adabiy   portret   janrida   ham   masalaga   ma’lum   bir   muammo   asosida
yondasha   olish   namunasini   ko‘rsatdi.   Shu   ma’noda   portretda   adabiyotning   xalq
uchun yashashi, jamiyatga xizmat qilishi masalasi markazga qo‘yiladi. Asarlardagi
tabiiylik,   xususan,   hajvchi   sifatidagi   mahorati   qirralari   ochiladi.   Shuningdek,
yozuvchi   mehnati,   uning   asar   ustida   chidam   bilan   ishlashi   masalasiga   ayricha
diqqatini qaratadi.
Munaqqidning   "Abdulla   Qahhor"(1988)   kitobi   chop   etildi.   Bu   asar   yozuvchi
hayoti   va   ijodi   hakidagi   badiiy   lavhalardan   iborat   bo‘lib,   ko‘proq   esse   janriga
mansub,   deyish   mumkin.   Kitobda   yozuvchi   tarjimai   holi,   ota-   onasi,   oilasi,
farzandlariga   oid   ma’lumotlar   berildi.   Yozuvchining   hayot   yo‘li,   qiziqishlari,
tabiati   haqidagi   kuzatuvlar   qiziqarli,   sodda   tilda   tasvirlangan.   "Sarob",
"Qo‘shchinor"   romanlarining   muhokamalari   haqida   o‘z   davrining   yangi
ma’lumotlari yozilgan.
O.   Sharafidsinov   mustaqillik   yillarida   ham   A.Qahhor   haqida   yozishdan
to‘xtamadi.   Adib   ijodi   va   shaxsining   yangi-yangi   qirrapari   haqida   yozdi.   “Ijodni
anglash   baxti”   (2004)   kitobiga   Abdulla   Qahhor   haqidagi   etyudlar   kiritilgan.
Birinchisi   “Chinorlardan   biri...”   (1995)   da   adibni   adabiyotimizning   qudratli,
zabardast chinorlaridan biri deb hisoblagan tanqidchi asarlari, shaxsiyatining nozik
jihatlari   haqida   fikr   yuritadi.   “Bu   uyning   chirog‘i   hamisha   yoniq”   (2003)   etyudi
ko‘proq   xotiralarga   asoslangan.   Bu   etyudda   olim   o‘zini   A.Qahhorning   shogirdi
deyishdan   istihola   qilishini   yozadi.   “Biz   har   qancha   u   odamga   yaqin   bo‘lmaylik,
lekin   Abdulla   Qahhor   iste’dodi   jihatidan   ham,   aql-zakovat   bobida   ham,
odamgarchilik   masapasida   ham   bizdan   bir   necha   barobar   yuqori   turar   edilar”.
“Qalbida   istiqlol   yolqini   bor   edi”   (2002)   qismida   adib   qalbidagi   istiqlol   yolqini
asarlarida   ko‘rinib   turishi   haqida   fikr   yuritiladi.   Adibning   O‘zbekistonni   shohi so‘zanaga   o‘xshatgani,   orzulari,   haqiqatparastligini   ochib   beradi.   “Bir   nutk
tarixi”da o‘sha davrdagi Mil’chakov degan uyushma raisining qiyofasini mardona
turib   ochib   bergan   adibning   jasorati   yoritiladi.   “Bir   asar   muhokamasi”   (1998)da
“Sinchalak”   qissasining   yozilishi   va   birinchi   muhokamasi   atrofidagi   bahslar,
qanchalik   qoralashlariga   qaramay,   asarning   adabiyotimizning   katta   yutug‘i
bo‘lganligi   ko‘rsatib   beriladi.   “Kibriyo   opaning   holvasi”   (2002)   deb   nomlangan
oxirgi   etyud   A.Qahhor   bilan   K.Qahhorova   o‘rtasidagi   insoniy   munosabatlar,
rafiqasining adib hayoti va ijodida tutgan o‘rni qiziqarli va samimiy tarzda hikoya
qilib beriladi.
Ozod   Sharafidsinov   ko‘p   olimu   adiblarii   qadrlar,   hurmat   qilar   edi.   Lekin
Abdulla   Qahhor   O.Sharafiddinov   uchun   yo‘lchi   yulduz   bo‘ldi.   U   kishi   Abdulla
Qahhorga   ergashar,   o‘shanday   bo‘lishga   intilardi.   Ustoz   ijodida   Abdulla   Qahhor,
uning   asarlarn,   oilasi,   turmush   tarzi   haqida   yozilgan   portret,   esse,   taqriz,
tadqiqotlar   ko‘p.   Ko‘rinadiki,   O.Sharafiddinov   umrining   oxirgi   daqiqalarigacha
A.Qahhor, Oybek singari buyuk so‘z ustalari haqida yozishdan tolmagan, ana shu
jihatlari   bilan   bugungi   tanqidchiligimizga   namuna   bo‘ladigan   munaqqid   sifatida
yashab koladi.
Ozod   Sharafiddinov   o‘rta   va   oliy   ta’lim   muammolari   ha q ida   kator   maqola l ar
yozdi.   Dastur   va   darsliklar   yaratish   ishida   faol   q atnashdi.   O‘zi   o‘qigan
dorilfununda   bir   necha   o‘n   yillar   mobaynida   ta l abalarga   saboq   berdi.   Mohir
tarjimon   sifatida   o‘zbek   kitobxonlariga   jahon   adabiyoti   namunalarini   tuhfa   etdi.
Istiqlol davriga kelib yozgan o‘nlab publitsistik maqolalarida Musta q illikni yanada
mustahkamlashga   da’vat   etib,   fidoiy   millatparvarlik   namunasini   ko‘rsatdi.   Uning
“Mukaddas   burch”,   “Buyuklarimiz   bag‘rimizga   q aytdi”,  ”Modernizm   jo‘n  hodisa
emas...”,   “G‘aroyib   haqi q atni   kashf   etdim”,   “Isti q lol   adabiyoti   eng   ilg‘or
adabiyotdir”,   “Adabiy   tanqid   va   yangi   tafakkur”,   “Iste’dod   bilan   uchrashish
bayrami”   kabi   maqolalari   yangi   davr   tanqidchiligining   ibratli   namuna l arn   bo‘lib
koldi.   “E’tikodimini   nega   o‘zgartirdim?”   nomli   iqrornoma-maqolasi   esa,   XX   asr
oxirida   insoniyat   tarixida   ro‘y   bergan   ulkan   o‘zgarishlarning   sabab   va   oqibatlari
haqida   teran   tasavvur   beruvchi   jahon   publitsistikasining   eng   sara   namunalari qatorida   turadi.   Olimning   Davlat   mukofotiga   sazovor   bo‘lgan   “Ijodni   anglash
baxti”,   “Dovondagi   o‘ylar”   kitoblari   o‘zbek   tanqidchiligining   yuzini   ko‘rsatuvchi
asarlardir.
        Umuman,   O.Sharafiddinov   adabiyotning   bosh   vazifasi:   Olam,   Qalb   va
Go‘zallikni tasvirlash degan azaliy qadriyatga sodiq koldi.
      Prezidentimiz   I.A.Karimov   O.Sharafiddinovni   o‘zbek   xalkining   fidoiy,
millatparvar va jasoratli farzandi deb ta’riflar ekan, undagi eng muhim fazilatlarni
nihoyatda   aniqlik   bilan   topib   aytgan   edi.   Uning   O‘zbekiston   Qaxramoni   yuksak
unvoniga   sazovor   bo‘lgani   el,   yurt,   davlat   o‘zining   fidoiy   farzandlariga
ko‘rsatayotgan yuksak ehtiromi namunasidir.
       O.Sharafiddinov haqidagi zamondoshlarining dil so‘zlaridan iborat to‘plam
“Matonat   va   muhabbat”   deb   nomlangan   (1999).   Mana   shu   ikki   so‘zda
O.Sharafiddinovning asosiy xislatlari mujassam deyish mumkin. Darha q i q at, Ollo h
bergan  benazir   iste’dod  sohibi   bo‘lmish   bu   odam   Qodiriy   iborasi   bilan   aytganda,
“shaxsi   butun”   zot,   matonat,   shijoat   egasi   edi.   Bu   fikr   “Ozod   Sharafiddinov
zamondoshlari   xotirasida   (2009)   nomli   kitobdagi   deyarli   har   bir   maqolada   o‘z
ifodasini topdi.
     O.Sharafiddinov keyingi yillarda ko‘plab xotira, esselar yaratdi. So‘z san’ati
fidoyilari,   ustozlar,   qalamkash   do‘stlar,   shogirddar,   shuningdek,   ilm-fan,   ma’rifat
ahli,   jamoat   arboblari   haqida   go‘zal   badialar   bitdi.   Ularda   ilmiy   tafakkur   bilan
badiiy iste’dod singishib ketdi.
     Olimning  yangi  bosqichdagi  ijtimoiy, ijodiy  faoliyati   nechog‘li   rang-barang
bo‘lmasin,   birinchi   navbatda   u   munaqqid,   adabiyotshunos   edi.   Avvalgi
bosqichlardagi kabi uning keyingi o‘n besh yil davomida chop etilgan kitob, risola,
maqola,   esse   va   adabiy   suhbatlari   yangilanayotgan   zamonaviy   milliy   adabiy
tafakkurning   yorqin   namunalari   bo‘lib   qoldi.   “Ularning   ko‘pchiligi   hasbi   hol
xarakteriga   ega.   Mustabid   tuzum   asoratlaridan   dadil   voz   kechib,   XX   asr   o‘zbek
adabiyoti   tarixini   yangicha   qayta   idrok   etish,   tahlil   va   talqin   qilish,   qolaversa,
umuman,   badiiy   ijodni,   ijodkor   shaxsini,   inson   zotini   sho‘ro   davrida   shakllangan
andozalardan xoli, umumbashariy mezonlarda turib, chin insoniy, ilmiy anglash O. Sharafiddinovning   yangi   bosqichdagi   adabiy-tanqidii   ishlariga   xos   muhim
xislatlardir” 140
.   Jonkuyar   munaqqid   ijodi   yangi-yangi   avlodlar   uchun   doimo
mahorat maktabi bo‘lib koladi.
                 Tayanch tushunchalar : she’riyat tanqidi, qahhorshunoslik, cho‘lponshu-
noslik,   adabiy   portret,   portret   chiziqlari,   fidoyilik,   talant   xalq   mulki,   tanqidchi
uslubi,   esse-roman,   portretnavis   munaqqid,   badiiylik   mezoni,   jo‘shqin   ehtiros,
badiiyat, adabiy tafakkur, ijodiy jasorat. Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
1. Назаров   Б.   ва   бошқалар .   Ўзбек   адабий   танқиди   тарихи .   T.   Чўлпон   НМИУ .
2012
2. Шарафиддинов О. Абдулла Қаҳҳор. Т. Ёш гвардия. 1988.
3. Шарафиддинов   О.   Ҳақиқатга   садоқат.   Т.   Ғ.Ғулом   номидаги   Адабиёт   ва
саhат нашриёти. 1989.
4. Шарафиддинов О. Ижодни англаш бахти. Т. Шарқ. 2004.
5. Шарафиддинов О. Довондаги ўйлар. Т. Маънавият. 2004.
6. Озод Шарафиддинов замондошлари хотирасида. Т.  O ‘ ZBEKISTON .  2007
7. Шарафиддинов О. Домлалар. Т. Маънавият. 2009.

O. Sharafiddinovning adabiy va tanqidiy qarashlari Reja: 1. Ozod Sharafiddinov adabiy-tanqidiy faoliyati va uning o‘rganilishi haqida. 2. She’riyatning zukko tanqidchisi 3. Adabiy portret janri rivojida munaqqidning o‘rni. 4. Cho‘lpon ijodining tadqiqotchisi va jonkuyar targ‘ibotchi 5. Mohir qahhorshunos olim.

Ozod Sharafiddinov adabiy jamoatchilikka tanitgan jiddiy va salmoqli ishi “Lirika haqida mulohazalar” maqolasidir. Maqola lirika haqida 50-yillarning ikkinchi yarmidagi munozarada yalt etib ko‘zga tashlandi. 50-yillarning boshlarida avj olgan “konfliktsizlik nazariyasi” keltirgan oqibatlarni lirik she’rlar misolida ishonarli, ta’sirli tahlil etgan Ozod Sharafiddinov timsolida yangi tipdagi o‘zbek tanqidchisi shakllanib kelayotganligi ko‘rindi. Tanqidchi ijodi 60-70-yillarda sermahsul bo‘ldi. U davr adabiyoti va tanqididagi yutuq va kamchiliklarni tahlil qilib, umumlashtirib, ilmiy-biografik monografiyalari, adabiy portretlari, muammoli maqolalari bilan adabiy tanqid ko‘lamini kengaytirdi. Tarixiylik va zamonaviylik muammolari ustida jiddiy va rang-barang izlanishlar olib bordi. Davr zug‘umiga qaramay, A.Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat ijodi haqida o‘qtin-o‘qtin ijobiy fikrlar aytishga o‘rindi. A.Qahhorga nohaq munosabatlar yana bosh ko‘targanda jasorat bilan uni himoya qilishga kirishdi, merosga biryoqlama qarashlarga qarshi kurash olib bordi. XX asr o‘rtalaridan o‘zbek tanqidchiligiga M.Qo‘shjonov, S.Mamajonov, L.Qayumov, N.Shukurov, N.Karimov, U.Normatovlar avlodi kirib keldi. Ozod Sharafiddinov dastlabki taqriz, maqolalari bilanoq ular safining peshqadamlaridan biri ekanini ko‘rsatdi. Bu yangi avlod vakillari I.Sulton, H.Yoqubov kabi tajribali avlod namoyandalari bilan yelkama- yelka turib, davr adabiy-tankidiy muammolarini yechish jarayonida ulg‘ayib bordi. Munakkidning adabiy-tanqidiy qarashlari, o‘zbek tanqidchiligida tutgan o‘rni atroflicha yoritilgan dastlabki ishlardan biri A.Rasulovning "Ozod Sharafiddinov” nomli (1980) adabiy portreti bo‘ldi. 2000 yilda "Iste’dod va e’tiqod" nomli yangi adabiy portretini e’lon kildi. Unda jonkuyar tanqidchi, xassos she’rshunos ijodiy qiyofasi umumlashtirib berilgan. Bundan tashqari O.Sharafiddinov haqida P.Qodirov, U.Normatov, O.Tog‘ayev, B.Nazarov, I.G‘afurov, M.Sharafiddinova,T.Yo‘ldoshev kabi tanqidchilarning mazmundor maqolalarini eslatib o‘tish o‘rinli.

O.Sharafiddinov 1929 yili Qo‘qon yaqinidagi Oxunqaynard xizmatchi oilasida tug‘ildi. Bolaligidan Toshkentda yashadi. Ziyrak va kobiliyatli Ozod 14-o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatdi. O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida o‘ q idi (1946-1951). M.Gorki y nomidagi Ja h on adabiyoti instituti aspiranturasida ta h sil oldi (1954). O‘zbek poemalari ustida qunt bilan ijodiy ish olib borib, "Hozirgi o‘zbek sovet poemalari" degan mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini (1955) himoya kildi . XX srning 90-yillariga q adar o‘zi tahsil olgan Toshkekt davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetining o‘zbek adabiyoti kafedrasida ishladi. So‘ng "Sharq" matbaa konserni hamda “Tafakkur” jurnalining tashkilotchi va yetakchilaridan biri sifatida faoliyat ko‘rsatdi. So‘ngra 1997 - yilda tashkil etilgan Jaxon adabiyoti jurnalining bosh mu h arriri lavozimiga tayinlandi. 1970 yili “Istoriya uzbekskoy sovetskoy literaturi” nomli yirik asar uchun bir guruh adabiyotshunos olimlar qatori O. Sharafiddinov ham Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Mustaqillik yillarida olimning serqirra va qizg‘in faoliyati munosib taqdirlandi. Xukumatimizning qator orden va medallariga loyiq topildi. 2002 yilda esa O‘zbekiston Qahramoni yuksak unvoniga sazovor bo‘ldi. O.Sharafiddinovni adabiy jamoatchilikka tanitgan jiddiy va salmokli ishi "Lirika haqida mulohazalar" maqolasidir. Maqola lirika haqida 50-yillarning ikkinchi yarmidagi munozarada yalt etib ko‘zga tashlandi. 50-yillarning boshlarida avj olgan "konfliktsizlik nazariyasi keltirgan oqibatlarni lirik she’rlar misolida ishonarli va ta’sirli tahlil etgan O.Sharafiddinov timsolida yangi tipdagi o‘zbek tanqidchisi shakllanib kelayotgani ko‘rindi. Tanqidchilikdagi ayrim biryoqlamaliklar tufayli M.Shayxzoda va Mirtemirdek ulkan shoirlar ijodi chuqur, haqqoniy bahosini olmay kelayotgan edi. Munaqqid navbatdagi ishlarini shu ikki ulkan shoir ijodiga bag‘ishladi. M.Shayxzoda va Mirtemirning O.Sharafiddinov tomonidan yaratilgan adabiy portretlari bu janrning o‘zbek tanqidchiligidagi go‘zal namunalari qatorida turadi,

Tanqidchi ijodi 60-70-yillarda sermahsul bo‘ldi. U davr adabiyoti va tanqididagi yutuk va kamchiliklarni tahlil qilib, umumlashgirib, ilmiy-biografik monografiyalari, adabiy portretlari, muammoli maqolalari bilan adabiy tanqid ko‘lamini kengaytirdi. Tarixiylik va zamonaviylik muammolari ustida jiddiy va rang-barang izlanishlar olib bordi. Davr zug‘umiga karamay, A.Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat ijodi ha q ida o‘ qt in-o‘qtin ijobiy fikrlar aytishga urindi. A.Qahhorga nohak munosabatlar yana bosh ko‘targanda ja s or a t bilan uni himoya qilishga kirishdi, merosga biryo q lama qarashlarga q arshi kurash olib bordi. O.Sharafiddinov tanqidchilikka poeziya “yo‘lakcha”sidan kirib keldi, adabiy jarayonda yetuk munaqqid, mohir portretnavis, adabiy tanqid muammolarini izchil yoritib beruvchi olim hamda mohir tarjimon sifatida tanildi. Ozod Sharafiddinovning adabiy tanqid rivojiga qo‘shgan eng muhim hissasi-poeziyadagi badiiylik va zamonaviylik masalalarini dadil ko‘tarib chiqishida, bu muammolarni yangicha ilmiy-nazariy fikrlar va qarashlar bilan boyitishda namoyon bo‘ldi. U san’atkor har qancha ijodiy muammolarni ko‘tarmasin va yoritmasin, asar chinakam badiiylikdan mahrum bo‘lsa, u ta’sir kuchiga ega bo‘lolmaydi degan qarashda muqim turdi. She’riyatning zukko tanqidchisi. Shaxsga sig‘inish iskanjasidan ozod bo‘la boshlagan o‘zbek she’riyati, nasri va dramaturgiyasida 50- yillar oxiri va 60- yillar avvalida jiddiy siljishlar, o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tanqid ham ana shu jarayonni tahlil qilishga o‘tdi. Ijodkorlar oldiga yangi-yangi talablar qo‘ydi. Ayniqsa, she’riyatda hayotga qizg‘in munosabat bildirilib, zamonaviy ruh chuqurlasha bordi. O‘zbek nazmida yuz berayotgan bunday ijodiy o‘zgarishlar Ozod Sharafiddinovning “Zamon. Qalb. Poeziya" ( 1962) deb nomlangan ilmiy kashfiyotlarga boy, o‘zbek she’riyatining kechagi kuni va bugunidagi yutuq, kamchiliklar umumlashtirilgan salmoqli kitobida o‘z ifodasini topdi. Kitobdagi maqolalarida hatto G‘afur G‘ulomdek avtoritetlarni asoslab tanqid qilishga, H.G‘ulom, A.Muxtor, Mirmuhsin ijodida Lenin, partiyani madh etish masalalarida nuqsonlarga yo‘l qo‘yilayotganini aytishga jur’at qildi. Bu - davr

tanqidchiligi uchun katga gap, muhim hodisa edi. Shu ma’noda bu tadqikot faqat muallif ijodidagina emas, shu davr o‘zbek tanqidchiligining ham prinsipial yutuqlaridan biri bo‘lib koldi. Tankidchi davr o‘zbek she’riyatining xarakterli tamoyillarini teran ko‘rsatdi, ularni aniq asarlar tahlili misolida isbot qildi. Zamonaviylik faqat mavzu yoki muammogina emas, ana shularni yorituvchi badiiylikdadir, shu ma’ioda zamonaviylik asosi badiiylikda yotadi, degan qarash O.Sharafiddinovninggina emas, umuman, o‘zbek tanqidchiligining jiddiy yutuqlaridan biri edi. Kitobdagi makolalarda, shuningdek, poeziyamizdagi lirik qaxramon ma’naviy olami teranlashib borayotgani davrning muhim muammolarini kuchli emotsional shaklda aks ettirish chuqurlashayotganligi, bayonchilikka nisbatan lirizmning chuqurlashib borayotgani ko‘rsatildi. Olimning navbatdagi “Adabiy etyudlar” (1968) nomli kitobidan joi olgan makolalarda A.Qahhor, Zulfiya, M.Boboyev, P.Qodirov asarlari tahlil kilindi. “Qalbimizga yakin shoira” maqolasida Zulfiyaning go‘zal va nafis ijodiy portreti yaratildi. “Shoirning yo‘li” maqolasida M.Boboyev ijodi haqida bahs yuritilgai. Bu kamtar va zahmatkash kalam sohibi haqida, umuman, o‘zbek tanqidchiligida shu vaqtgacha yaratilgan e’tiborli ishlardan biri bo‘lib kelmokda. O.Sharafiddinov ijodida nafaqat she’riyat, balki nasr va adabiy tankid muammolariga ham e’tibor qaratadiki, buni uning "Go‘zallik izlab" kitobida ko‘rish mumkin. Munaqqid maqolalari zavq-shavq eilan o‘qiladi, doim tanqidchining “men”i va uslubi ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Nasr va adabiy tanqid muammolari birdek o‘rganilishi ham mazkur kitobda yorqin namoyon bo‘lgan. Unda, ayniqsa, 70-yillarda adabiyotga kirib kelgan Usmon Azim, Shavkat Rahmon, Muhammad Rahmon, Xurshid Davron kabi kator yosh shoirlar ijodining atroflicha tahlil etilishi jihatidan ham qimmatlidir. Usmon Azim avlodlariga mansub kator ijodkorlar xususidagi qarashlar adabiy hayotda o‘z isbotini topdi. O.Sharafidsinov adabiy tanqid va uning muammolari haqida astoydil qayg‘urgan olimlardan biridir. Xususan, uning "Talant xalq mulki (1979) deb nomlangan kitobida munaqqidning yoshlar ijodi haqidagi bir qator adabiy-tanqidiy maqolalari, she’riyat rivojiga bag‘ishlangan tadqiqotlari o‘rin olgan. "Tanqidchilik