logo

M.Qo’shjonovning adabiy-tanqidiy qarashlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

33.103515625 KB
M.Qo’shjonovning adabiy-tanqidiy qarashlari
Reja:
1. Munaqqidning ilmiy ijodiy yo‘li.
2. Qodiriyshunoslik sahifalaridagi yog‘dular
3. Oybek ijodi tanqidchi nigohida
4. A.Qahhor ijodining tolmas tadqiqotchisi.
5. Adabiy portretnavis mahorati
                               
                               Mavzuga oid qisqacha annotatsiya
        Etuk tanqidchi va adabiyotshunos O‘zR  FA  haqiqiy a’zosi, Hamza nomidagi
O‘zbekiston   Davlat   mukofoti   savrindori,   filologiya   fanlari   doktori,   professor
Matyoqub   Qo‘shjonov   o‘zbek   tanqidchiligida   fikrlash   tarsi   va   ifoda   uslubi,
jangavor   haqgo‘yligi,   sermahsul   va   salmoqdor   tadqiqotlari   bilan   alohida   ajralib
turadi.   U   jahon   va   rus   tanqidchiligi   estetik   an’analarini   ijodiy   o‘zlashtirib,   yangi
sharoitlarda   o‘zbek   adabiyoti   muammolari   tadqiqi   va   tahlilida   davom   ettirgan
munaqqiddir.
        Matyoqub Qo‘shjonov mahoratiga xos fazilat shundaki, u badiiy asar tahlilida
sof   ilmiy   akadimizm   usulini   qo‘llamaydi,   o‘quvchi   zavqlanib   o‘qiydigan,
zerikmaydigan uslub yo‘nalishini  tanlaydi. Bu esa uning san’at  asariga, umuman,
adabiyotga   ilmiy-estetik   tamoyillar   asosida   yondashishini   namayon   etadi.   Bu
narsa,   birinchi   navbatda,   munaqqidning   har   bir   badiiy   asarni   hayot   bilan
qiyoslashida,   unga   suyangan   holda   inson   hayoti   haqida,   uning   ichki   olami,
muammolari,   ma’naviy   va   axloqiy   masalalar   to‘g‘risida   keng   fikr   yuritishida
ko‘rinadi.
Yetuk tanqidchi va adabiyo t shunos, O‘zR FA haqiqiy a’zosi, Hamza nomidagi
O‘zbekiston   Davlat   mukofoti   sovrindori,   filologiya   fanlari   doktori,   professor
M.Qo‘shjonov   o‘zbek   tanqidchiligida   fikrlash   tarzi   va   ifoda   uslubi,   jangovar
haqgo‘yligi,   sermahsul   va   salmoqdor   tad q i q otlari   bilan   alohida   ajralib   turadi.   U
jahon va rus tanqidchiligi estetik an’analarini ijodiy o‘zlashtirib, yangi sharoitlarda
o‘zbek adabiyoti muammolari tadqiqi va tahlilida davom ettirgan munaq q iddir.
                Bizga   taqdir   ikki   buyuk   tanqidchi   –   Ozod   Sharafiddinov   va   Matyo q ub
Qo‘shjonovni   nasib   etdi.   Ularning   har   ikkovi   h am   ijodini   jasorat   bilan   boshlab,
o‘ziga   xos   ravishdagi   jasorat   bilan   tugatdilar.   Agar   jahon   adabiy   tan q idchiligi
antologiyasi   chop   etilsa,   ularning   har   ikkovi   ijodidan   namunlar   kiritilsa,   har
tomonlama   adolatli   ish   bo‘lur   edi.   Haqiqatan   ham,   M.Qo‘shjonov   jahon   va   rus
tanqidchilari   estetik   tamoyillarini   ijodiy   o‘zlashtirib,   o‘ziga   xos   sharoitda,   o‘zbek
adabiyoti materiallari asosida davom ettirgan jasoratli ijodkor-muna q qiddir,         M.Qo‘shjonov   Turkmanistonning   Toshhovuz   tumanidagi   Haplang
qishlog‘ida   1918   yilning   5   mayida   cho‘pon   oilasida   tug‘ildi.   To‘liqsiz   o‘rta
ma’lumot   olgandan   so‘ng   Chorjo‘ydagi   o‘qituvchilar   tayyorlash   bilim   yurti   va
qisqa muddat pedagogika institutida tahsil oldi. 1942 yilgacha Toshhovuzdagi o‘rta
maktabda o‘zbek tili va adabiyotidan dars berdi. Ikkinchi jahon urushida qatnashib,
chapdast   snayper   sifatida   jang   qildi.   Jasorati   uchun   orden   va   medallar   bilan
mukofotlandi.   Urushdan   qaytgach,   O‘rta   Osiyo   davlat   universitetining   filologiya
fakultetiga   kirib,   uni   imtiyozli   diplom   bilan   tugatdi.   O‘zbekiston   Kompartiyasi
Markaziy   Komitetida   mas’ul   lavozimda   ishladi   (950-1953).   Moskvadagi   ijtimoiy
Fanlar   akademiyasiga   o‘qishga   tavsiya   etiladi   (1953).   Tahsil   davomida   qobiliyati
va   fikrlash   doirasining   kengligi   bilan   safdoshlari   orasida   ajralib   turdi.   O‘qishni
tugatib qaytgach, O‘rta Osiyo universiteti filologiya fakultetining o‘zbek adabiyoti
kafedrasida   ishladi   (1957-   1960).   Talabalarga   ma’ruza   o‘ q idi.   Ma’ruzalarga   shu
q adar   jiddiy   tayyorlanardiki,   matnlarning   aksari   to‘liq   holda   matbuot   sa h ifalarida
alohida-alohida   maqola   tarzida   bosildi.   Alisher   Navoiy   nomidagi   Til   va   adabiyot
institutiga katta ilmiy xodim bo‘lib ishga o‘tdi (1960), u yerda ilmiy xodim, bo‘lim
mudiridan direktorlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
        M.Qo‘shjonovning   adabiy   tanqidchilik   faoliyati   Ijtimoiy   Fanlar
akademiyasida   tahsil   olayotgan   paytlarida   boshlandi.   1956   yili   gazetada   "Bir
tanqidiy-biografik   ocherk   haqida"   nomli   birinchi   taqrizi   e’lon   qilindi.   Adabiy
tanqidchi bo‘lishdek qiyin sohaning mas’uliyatini chuqur his etgan yosh olimning
bu taqrizi uning istiqbolini yorqin ko‘rsatib turardi. U asta-sekin nainki  adibning,
balki   o‘zining   ham   mahorati   haqida   o‘ylaydigan   tanqidchi,   nazariya   masalalariga
alohida   e’tibor   bilan   qarovchi,   estetik   qarashlarini   obrazli   ifodalashga   intiladigan
adabiy   tanqidchi   sifatlarini   namoyon   eta   bordi.   O‘z   asarlarida   ijodkorlar   badiiy
mahorati   masalasiga   ko‘proq   diqqatini   qaratdi.   Uning   tadqiqotlarida   xulosa
chiqarishga   nisbatan   asarni   xolisona,   aniq   tahlil   kilib,   o‘quvchi   muhokamasiga
havola   etish   xususiyati   ustundir.   Tanqidchi   o‘quvchiga   o‘z   tayyor   xulosalarini
quruq taqdim etib qolmasdan, uni ham faol fikr yuritishga da’vat etadiki, bu uning
ijodkorligidan dalolat beradi. Olimning   dastlabki   bosqich   ijodida   Oybek   romanlaridagi   shakl   va   mazmun
birligi   masalasiga   sotsialistik   realizm   nuqtai   nazaridan   yondoshilgan   bo‘lsa-da,
umuman, o‘zbek adiblari ijodiga maxsus shu muammo - adabiyot  va estetikaning
eng   muhim   masalalaridan   biriga   maxsus   yondoshuv   M.Qo‘shjonovning   shu
maqolalaridan boshlandi, deyish mumkin.
Olimning "Ma’no va mezon" (1974), "Mohiyat va badiiyat" (1977), rus tilidagi
"Talant   qirralari"   (1975),   "Oybek"   (1976),   "Mahorat   mas’uliyati"   (1977)   nomli
kitoblari   hozirgi   o‘zbek   adabiyotshunosligi   va   tanqidchiligining   prinsipial
yutuqlari   bo‘lib   qoldi.   "Ma’no   va   mezon",   "Talant   qirralari"   kitoblari   Hamza
nomidagi   Respublika   Davlat   mukofotiga   sazovor   bo‘ldi.   Olimga   "O‘zbekistonda
xizmat   ko‘rsatgan   fan   arbobi"   degan   yuksak   unvon   berildi   (1978).   O‘zbekiston
Fanlar  akadimiyasi
haqiqiy  a’zoligiga saylandi .
     M.Qo‘shjonov tanqidiy qarashlarining shakllanishida rus tanqidchilari ta’siri
katta   bo‘ldi.   Tanqidchi   tahlilga   kirishar   ekai,   ko‘p   hollarda   V.Belinskiy   uslubiga
xos yo‘l tutib, fikrni asar haqida ma’lumot berishdan boshlaydi. Bu esa munaqqid
asarlarining o‘qishli va qizikarli bo‘lishini ta’minlaydigan muhim omilga aylanadi.
U   hakda   shunday   yozadi:   "Tanqidchilarimiz   obrazlarni   tanqidiy   yo‘l   bilan   qayta
tiklash   priyomini   egallab   oldilar.   Yozuvchi   badiiy   asar   yaratib,   kitobxonni   o‘z
g‘oyasiga   bir   marta   sherik   qilsa,   tanqidchi   o‘sha   asarni   tahlil   qila   turib,   asar
g‘oyasiga, estetik qimmatiga kitobxonni ikkinchi bor sherik qiladigan bo‘ldi. Shu
yo‘l bilan tanqidchi asarning ta’sir kuchini oshiradigan, adabiyotning kuchiga kuch
qo‘shadigan bo‘ldi".
Maqoladan   asarda,   matn   mohiyatida   yashiringan   fikrlarni   anglash,   yozuvchi
mahorati sirlarini idrok etish esa, o‘qilayotgan ish qadr-qimmatini yanada oshiradi.
Belinskiy   uslubiga   xos   bu   fazilat   M.Qo‘shjonovning   tanqidchilik   mahoratiga
ma’lum   darajada   ta’sir   ko‘rsatdi.   Bunday   uslubni   munaqqidning   70-yillar   o‘zbek
nasridagi   kompozitsiya   muammolari   o‘rganilgan   qator   maqolalarida,   xususan,
"Ma’no   va   mezon"   nomli   adabiy-tanqidiy   maqolalar   to‘plamida   ko‘rish   mumkin.
Shu   tufayli   M.Qo‘shjonovning   U.Nazarov,   O‘.Hoshimov,   Sh.Xolmirzayev, O.Muxtor,   Z.A’lam   asarlari   tahliliga   bag‘ishlangan   ilmiy-tanqidiy   ishlarida   shu
uslub yorqin sezilib turadi.
      M.Qo‘shjonov   mahoratiga   xos   fazilat   shundaki,   u   badiiy   asar   tahlilida   sof
ilmiy   akademizm   usulini   ko‘llamaydi,   o‘quvchi   zavqlanib   o‘qiydigan,
zerikmaydigan   uslubiy   yo‘nalish   tanlaydi.   Bu   esa   uning   san’at   asariga,   umuman,
adabiyotga ilmiy-estetik tamoyillar asosida yondashishini namoyon etadi. Bu narsa
birinchi   navbatda,   munaqqidning   har   bir   badiiy   asarni   hayot   bilan   qiyoslashida,
unga   suyangan   holda   inson   hayoti   haqida,   uning   ichki   olami,   muammolari,
ma’naviy va axloqiy masalalar to‘g‘risida keng fikr yuritishida ko‘rinadi.
     Qodiriyshunoslik sahifalaridagi yog‘dular . O‘tgan salkam yuz yil mobaynida
kodiriyshunoslik o‘zbek tanqidchiligining muhim tarmog‘i va mustahkam tarkibiy
qismi   sifatida   qaror   topdi.   Bu   yo‘nalishda   o‘z   kuchini   sinab   ko‘rmagan,   Qodiriy
ijodidagi   yangi   bir   qirrani   ochishga   harakat   qilmagan,   yoxud   uning   noyob
asarlarini   o‘qib,   u   haqdagi   hayajon   va   muhabbatini   o‘zgalarga   ma’lum   qilishni
istamagan   taniqli   o‘zbek   adibi   va   adabiyotshunosni   topish   qiyin.   Bu   yo‘nalishda,
ayniqsa, Oybek S.Husayn, I.Sulton, H.Yoqubov, M.Qo‘shjonovlar salmoqli ishlar
yaratdilar!   A.Aliyev,   I.Mirzayev,   F.Nasriddinov,   U.Normatov,   S.   Mirvaliyev,
B.Karimov va boshqalarning mehnati barakali bo‘ldi.
    A.Qodiriy san’ati va mahoratini o‘rganish M Qo‘shjonov ijodining markaziy
muammolaridan birini tashkil etdi. Uning "Abdulla Qodiriyning tasvirlash san’ati"
nomli asari adib ijodi nozik did va nafosat bilan, bor go‘zalliklari va qudrati bilan
tahlil etilgan o‘zbek adabiyotshunosligidagi dastlabki fundamental tadqiqot sifatida
XX asr  o‘zbek  tanqidida mustahkam  o‘rin  egalladi.  Olim   A.Qodiriyning  xarakter
yaratish   mahorati,   xarakterning   shakllanish   omillarini   aniqlash,   san’atkorlikdagi
jozib   nuqtalarni   topish,   xususan,   sir   saqlash   san’atini   birinchilardan   bo‘lib
M.Qo‘shjonov ko‘ra oldi.
     Tadqiqotda A.Qodiriyning Oybek, A.Qahhor kabi ulkan san’atkorlar ijodiga
xos xususiyat "voqealarni sirli bayon etish san’atini ko‘rsatishga keng o‘rin berildi.
Zotan,   voqealarni   sirli   bayon   etish   yozuvchiga   qahramon   ruhiy   olamini   ochishda
asosiy omil bo‘lib xizmat qildi, degan xulosaga keladi munaqqid. A.Qodiriy badiiy mahoratining   qirralarini   olim   (sir   saqlash,   perepitiya,   ichki   va   tashqi   kolliziyalar
birligi,   antiteza)   asardagi   nainki   asosiy   obrazlar   -   Otabek   va   Kumush   xarakteri
orqali   ochish,   balki   bu   ikki   qahramonga   kelib   tutashuvchi   va   ularga   aloqador
bo‘lgan,   beistisno,   barcha   katga-kichik   obrazlarni   ham   tahlil   etish   orqali
ko‘rsatishga intiladi. Lekin asosiy e’tiborini Otabek va Kumushga qaratadi, albatta.
Otabek   va   Kumush   xarakteri   asardagi   barcha   hujayralarni   bir-biriga   bog‘lovchi,
harakatlantiruvchi   asosiy   kuch   "Romanning   bosh   g‘oyasi   asosan   yetakchi
obrazlarda   ifodalangani   uchun   bu   obrazlarning   yaratilishi   to‘g‘risida   ko‘proq
to‘xtash   foydalidir.   Chunki   bu   masapa   yozuvchi   san’atini   belgilovchi   asosiy
omillardandir", deb yozadi olim.
      "O‘tkan kunlar”dagi xarakterlarni taxlil qilish jarayonida M.Qo‘shjonov o‘z
qalbida   tug‘ilgan   his-hayajonlarni   kitobxonda   ham   uyg‘otishga   intiladi:   "Ota-ona
orzusi"! O‘zbekchilikning bu odati qancha- qancha sof insoniy his va muhabbatni,
insoniy   go‘zalliklarni   o‘z   olovida   kuydirib   yubormadi.   Ota-ona   orzusi   deb
qanchadan-qancha   gul   g‘unchalari   ochilmay   so‘ndi.   Bu   mudhish   o‘tmish   sarqiti
hozir   ham   ozod,   baxtiyor   yoshlarimiz   oldida   ba’zan   g‘ov   bo‘lib   turmaydimi?"   -
deya   achinish   bilan   yozadi   tanqidchi   Otabekning   ota-ona   orzusi   yo‘lida   ikkinchi
marta uylanishga majbur bo‘layotganidagi ruhiy holatini tahlil etarkan. Tanqidchi
qalbidagi bu iztirob tezda kitobxonga ham "yuqadi" va uning xayoliga ham yangi
yog‘dular sochadi.
                    "Abdulla   Qodiriyning   tasvirlash   san’ati"   kitobini   muallif   mustaqillik
yillarida   qaytadan   nazardan   o‘tkazib,   ixchamlashtirib   va   boyitib,   "O‘zbekning
o‘zligi"   nomi   bilan   nashr   ettirdi.   Tarixiylik   tamoyillariga   qat’iy   amal   qilgan
tanqidchi   bu   kitobda   o‘zining   qator   yangi   qarashlarini   istiqlol   mafkurasiga
asoslangan   holda   bayon   etadi.   Bu   asar   mustaqillik   ruhi   bilan   sug‘orilganligi,
A.Qodiriy   ijodining   bugungi   zamonamiz   uchun   ahamiyatli   jihatlariga   e’tibor
berilishi bilan diqqatga sazovordir.
M.Qo‘shjonov   buyuk   adib   Abdulla   Qodiriy   asarlarini   katta   e’tibor   oilan
urgandi,   u   hakda   jiddiy   monografik   tadqiqotlar   yaratdi   "Mohiyat   va   badiiyat" kitobining   "Ustozlar   sabog‘i"   deb   nomlangan   katta   bo‘limi   A.Qodiriy,   Oybek,
Sh.Rashidov va Gulxaniy ijodining tahliliga bag‘ishlangan.
M.Qushjonov   ko‘pincha   o‘z   ijodini   yirik   va   o‘lmas   siymolar   bilan   bog‘ladi.
Hamza, S.Ayniy, Oybek, A.Qahhor kabi adiblar ijodi haqida salmokdor, ko‘lamli
va   teran   tadkiqotlar   yaratdi.   60-80-yillar   nasriga   xos     qator   tamoyillarni   ochib
berdi,   ayni   zamonda   konflikt,   syujet   kompozitsiya   kabi   nazariy   masalalarga   oid
umri uzoq maqolalar  tadqiqotlar yaratdi.
        Oybek   ijodi   tanqidchi   nigohida .   M.Qo‘shjonovning   tanqidchilikka   kirib
kelishidagi   dastlabki   e’tiborli   maqolalaridan   biri   A.Muxtorning   “Opa-singillar"
romaniga bag‘ishlandi. Lekin munaqqid nomini kitobxonga tanitgan, ya’ni darhol
tilga   tushgan   ishlardan   biri   “Qutlug‘   qon”   to‘g‘risidagi   katta   maqola   bo‘ldi.
Boshqa   ko‘p   fazilatlaridan   tashqari   oddiy   o‘zbek   yigiti   Yo‘lchi   xarakterining
shakllanish jarayoni chuqur tahlil qilingan bu maqola gazetada e’lon qilinish bilan
tilga tushdi. Shu maqoladan boshlab M.Qo‘shjonov Oybek ijodini, uning mahorat
sirlarini o‘rganish borasida ko‘p mehnat qildi.
       I.Sulton o‘tgan asr 60-yillari arafasidayoq tanqidchilarni M.Qo‘shjonovdan
o‘rnak olishga da’vat etishi bejiz emas "Oybek romanlarida xarakterlarni tasvirlash
mahorati"   mavzusida   rus   tilida   yozilgan   nomzodlik   dissertatsiyasining   asosiy
natijalari   kitob   holda   1959   iilda   bosilib   chikdi.   "Xo‘sh,   M.Qo‘shjonov   Oybek
haqidagi   avvalgi   tadqiqotlardan   so‘ng   oybekshunoslikda   nimalarni   kashf   etdi?
Aslida adabiyotshunos H.Yoqubov kitoblaridan keyin bu borada hammaga manzur
bo‘ladigan   ish   qilish   nihoyatda   ulkan   mas’uliyat   talab   qilardi.   Bu   ishni   amalga
oshirish   uchun   faqat   tanqidchi   talantining   o‘zi   kifoya   qilmasdi.   Talantga
qo‘shimcha   tinimsiz   mehnat,   yuksak   did,   puxta   nazariy   bilim   kerak   edi.   Uzoq
izlanishlar, bir necha yil Moskvaning jahonga mashhur olimlari davrasida bo‘lish,
klassiklar asarlarini sinchiklab o‘rganish yosh olimni bu jasoratga undadi".
          Kitobning   fazilati   yozuvchilik   san’atining   asosiy   va   muhim   tomoni
sanaluvchi xarakter yaratish mahoratining tekshirilishida ko‘rindi. Asar Z. Kedrina,
G.Lomidze   kabi   taniqli   olimlar   tomonidan   o‘zbek   adabiyotshunosligining   jiddiy
yutug‘i deb yuksak baholandi        M.Qo‘shjonov Oybek asarlari haqidagi kuzatishlarini davom ettirib, yuksak
mahorat   namunasi   bo‘lgan   "Oybek   mahorati”   asarini   yaratdi   va   unda,   asosan,
adibning   nasriy   ijodini   tadqiq   etdi.   Bu   asar   "adabiy   hodisaga   faqat   nazariyotchi
olim   ko‘zi   bilangina   emas,   balki   san’atkor   ko‘zi   bilan   ham   qarashning,   ilmiy
tafakkurni badiiy tafakkur bilan dialektik aloqada olib borish"nint go‘zal namunasi
bo‘lish   Oybek   mahorati"   monografiyasi   oybekshunoslikni   yangi   bosqichga   olib
chikdi.   Oybekshunoslikning   yangi   bosqichga   ko‘tarilishi,   ayni   vaqtda,   umuman,
o‘zbek adabiyotshunosligining yuqori bosqichga ko‘tarilayotganidan  dalolatdir.
        Bu   kitobda   ham   tahlil   markazida   xarakter   masalasi   turadi.   Oybek
mahorati"ning   adib   haqidagi   boshqa   tadqiqotlardan   farqlanuvchi   o‘ziga   xos
fazilatidan biri shunda. Xarakter harakatining dalillash san’atini ochishda namoyon
bo‘lgan   A.Qodiriyga   bag‘ishlangan   tadqiqotidagi   tajriba,   an’ana   davom   ettirilib,
Oybekka doir bu ishda yangi asarlarga murojaat asosida yanada chuqurlashtirildi.
Bu   tadqiqot   qahramon   xarakteriga   bog‘liq   holda   konflikt,   syujet,   kompozitsiya
muammolari   ham   uzviy   birlikda   o‘rganilgan   o‘zbek   adabiyotshunosligi   erishgan
salmoqli   yutuq   bo‘ldi.   M.Qo‘shjonov   Oybek   she’riyatiga   ko‘p   murojaat   etmaydi.
Uning   poemalariga,   asosan,   prozaga   o‘tishdagi   muhim   sifatlarning   shakllanishini
belgilash   nuktai   nazaridan   yondashadi.   Shu   ma’noda   munaqqidni   Oybek
she’riyatida epik xususiyatlar jalb etadi. M.Qo‘shjonov ularni tahlil etar ekan, shoir
she’riyatda   ham   yirik   polotnolar,   keskin   ziddiyatlar,   katta   syujet   yaratish   ustasi
ekanligini   ochib   beradi.   Bu   Oybekning   katta   ijod   maydoniga   kirib   kelishi   uchun
zamin bo‘ldi deb xulosa chiqaradi.
    M.Qo‘shjonovning   Oybek   ijodi   haqidagi   izlanishlari   izchillikka   ega.Uning
"Talant jilolari", "Mahorat darsi", "Ijod saboqlari” kitoblarida ham Oybek mahorati
xususidagi   nozik   kuzatishlarga   duch   kelamiz.   Olim   Oybek   asarlaridagi   ayrim
qahramonlarni   yozuvchi   shaxsi,   tarjimai   holi   biografiyasi   bilan   bog‘lanishda
yoritishga   harakat   kiladi.   "Qutlug‘   kon"dagi   Yo‘lchi,"Ulug‘   yo‘l”dagi   Zumrad,
Umarali   obrazlaridagi   o‘z-o‘zini   anglash,   ruhiy-ma’naviy   uyg‘onishlar,   so‘zsiz,
“yosh   Oybekiing   uz   boshidan   o‘tgan"   degan   xulosa   asar   strukturasidagi   o‘ziga xosliklarni ochishdan tashqari u hakda kuzatishlar olib borilayotgan ilmiy ishning
ham jonliligi va hayotiyligini oshirdi.
        Abdulla   Qahhor   ijodining   tolmas   tadqiqotchisi .   XX   asr   o‘zbek
adabiyotshunosligining   tarkibiy   qismi   –   qahhorshunoslikni   ham   M.Qo‘shjonov
tadqiqotlarsiz   tasavvur   etish   kiyin.   U   A.Qahhorning   deyarli   barcha   asarlarini,
ulardagi   estetik   tamoyillarni   keng   planda,   yangilanib   borayotgan   fikrlar   asosida
yangicha   uslubda   tahlil   kildi.   Bu   hol   A   Qahhorning   ijodiy   individualligini,   ya’ni
A.Qodiriy,   Oybek   va   boshqa   yirik   nosirlar   ijodidan   farq   qiladigan   qirralarini
to‘laroq   gavdalantirish   imkonini   berdi.   Bu,   o‘z   navbatida   tadqiqotchini   adib
mahoratini   chuqur   va   teran   tadqiq   qilish   yo‘lida   jiddiy   izlanishlarga   undadi.
"Adashganlar   fojiasi"   deb   atalgan   tadqiqot   A.Qahhor   ijodini,   maxorat   sirlarini
o‘rganish yo‘lidagi ana shunday izlanishlar natijasi bo‘ldi.
   M.Qo‘shjonovning "Mahorat sirlari" (1968) nomli asarida A.Qahhorning epik
asarlari   yuksak   did   bilan   tahlil   qilindi.   Adib   haqida   navbatdagi   "Hayot   va
nafosat"(1970)   kitobida   yozuvchining   hikoyanavislik   san’ati   va   dramatik   asarlari
o‘rganildi.   "Abdulla   Qahhor   ijodida   satira   va   yumor"   asarida   esa   yozuvchining
hajviy mahorati tadqiq etildi.
       A.Qaxhor muammolarga qanday yondashdi, voqelikka munosabati  qanday,
boshqa   ijodkorlardan   qaysi   xususiyatlari   bilan   farqlanadi,   talanti   yo‘nalishini
belgilaydigan omillar nimalardan iborat? M.Qo‘shjonov yuqoridagi kitoblarida ana
shu masalalarga javob qidiradi va, eng asosiysi, bu murakkab muammolarni asosli
dalillar   bilan   chiroyli   uslubda   ochib   beradi.   Butun   diqqat-e’tibor   yetakchi   bir
nuqtaga-   yozuvchining   ijodiy   prinsiplari   nimalardan   iborat   ekanligini   tahlil   qilib
berish va shu asosda uning o‘ziga xosligini ko‘rsatishga qaratiladi.
            A.Qahhor   haqidagi   ishning   A.Qodiriy,   Oybek   ijodiga   bag‘ishlangan
tadqiqotlardan farqlanuvchi  ayrim xususiyatlari  shundaki, tanqidchi  endi asarning
g‘oyaviy-badiiy qimmatini belgilovchi qahramon xarakterini o‘rganishdan tashqari
bir   karashda   oddiy   kitobxon   ko‘ziga   tashlanavermaydigan   ohang   va
tafsilotlargacha   alohida   e’tibor   berishga   intiladi.   Bu,   ayniqsa,   "Abdulla   Qahhor
ijodida satira va yumor" kitobida yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Munaqqid asarlarni qiyosiy   tahlil   qilish   yo‘lidan   boradiki,   bu   A.Qahhor   mahoratini   yanada   aniqroq
ko‘rsatish   imkoniyatini   yaratadi.   Bunday   yondashuv   o‘zbek   adibini   jahonga
mashhur   novellistlar   bilan   bir   qatorda   turadi   degan   xulosaga   olib   keladi.   Ayni
vaqtda, ulardan farqlanuvchi o‘ziga xoslikni xam ishonarli dalillaydi.
          A.Qahhorning   nodir   xususiyatlaridan   biri-hayotni,   qahramonlarni   ruhiy
tahlil   kilish   mahoratiga   egaligidir.   M.Qo‘shjonov   "Sarob"   va   "Sinchalak"ni
o‘zgalarga   o‘xshab   umuman   emas,   shu   muammo   nuqtai   nazaridan   tahlil   etdi.
Ularning   o‘ziga   xosligi   shu   xususiyatlarda   namoyon   bo‘ladi   degan   fikrga   keldi.
M.Qo‘shjonov   adibning   adabiy-estetik   qarashlarini   o‘rganishga   ham   alohida
e’tibor berdi.
"O‘tmishdan  ertaklar" o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos bir yetuk avtobiografik
asar  ekani; Saidiy kiyofasidagi  murakkablik, qarama-  qarshilik, turli  ruhiy iztirob
faqat   uning   emas,   davr   va   zamon   obraziga   ishora   ekani;   "Anor"dagi   haqiqiy
fojianing   snri;   "O‘g‘ri"dagi   yig‘i   va   kulgi   birligi;   "Ming   bir   jon"   va   "Asror
bobo"dagi   komizm   bilan   fojia,   mutoyiba   va   yumor   mushtaraklish;   "Bashorat",
"Millatchilar", "Boshsiz
odam" zamiriga yashiringan yozuvchi ideali  haqidagi  mulohaza va ilgari surilgan
fikrlar, nainki adabiyot va tanqid rivoji, balki, ayni vaqtda kitobxon estetik didiga
ham ta’sir qiladi.
    M.Qo‘shjonov   maqola,   ilmiy   tadqiqotlarida   fikrni   obrazli   ifodalash   san’ati
bilan   kitobxon   badiiy-estetik   didini   o‘stirishga   munosib   hissa   qo‘shgan   tanqidchi
hisoblanadi.   Uning   fikricha,   "Badiiy   yetuk   asarga   bag‘ishlangan   tanqidiy   tahlil
shundagina   o‘zini   oklaydiki,   toki   uni   o‘qigan   odamning   badiiy   asardan   olgan
ma’lumot   va   estetik   hissi   ikki   barobar   oshsin".   M.Qo‘shjonov   tadqiqotlari   o‘zi
qo‘ygan   ana   shu   talablarga   javob   beradi.   Uning   san’atkorlarga   bag‘ishlangan
kitoblari fazilatan badiiy asar kabi zavq bilan o‘qilishi sababi shundan.
        Adabiy   portretnavis   maxorati .   O‘zbek   tanqidchiligida   Izzat   Sulton,
O.Sharafiddinov,   S.Mamajonov,   N.Karimov,   U.Normatov,   A.Rasulov   singari
munaqqidpar   adabiy   portret   ustalari   sifatida   mashhurdirlar.   M.Qo‘shjonov   ular
safidagi   peshqadamlardan   biri   sifatida   adabiy   portretlarida   badiiy   mahorat masalasini   tadqiq   markaziga   qo‘yishi   bilan   ajralib   turadi.   U   muayyan   asardagi
badiiy   mahoratni   tekshirish   orkali   ayrim   muhim   nazariy   xulosalar   chiqaradi.
Munaqqid   ijodida   adabiy   portret   janri   yetakchi   o‘rinlardan   birini   egallaydi.U   har
bir   asar   tahlilida   yozuvchidan   teran   hayotiylik,   yuksak   badiiylikni   talab   qiladi.
Adabiy   portretda   ham   asosiy   masalaga   shu   nuqtai   nazardan   yondoshadi.   Shu
jihatdan   M.Qo‘shjonovning   I.Sulton,   Q.Hikmat,   O.Yoqubov,   P.Qodirov,
Sh.Xolmirzayevga   bag‘ishlangan   kichik-kichik   adabiy   portretlari,   A.Oripovning
“Armon”   to‘plamiga   yozgan   so‘zboshisi   hamda   S.Meliyev   bilan   hamkorlikda
yozgan “Abdulla Oripov” nomli kitobi xarakterlidir.
Sho‘ro   yillarida   yaratilgan   adabiy   portretlarda   yozuvchining   faqat   ijodi
markazda tutilib, uning insoniy fazilatlari, hayotidagi dramatizm, oila, muhit kabi
masalalarga kam  e’tibor berildi. Holbuki, adolat, xolislik, haqqoniylik va ilmiylik
jihatidan,   hamda   Sent-Byov   alohida   ta’kidlaganidek,   yozuvchi   ijodi   va   siymosi
yagona   ekan,   uning   kundalik   hayoti   va   odatlariga   ham   ahamiyat   berish   lozim:
”Meni   hamisha   maktublar,   suhbatlar,   fikrlar,   xarakterlarning   turli   holatlari,
ruhiyati,   bir   so‘z   bilan   aytganda,   mashhur   yozuvchilar   tarjimai   holini   o‘rganish
rom etib keldi”, deb yozgan edi.
Abdulla   Qahhor,   Abdulla   Qodiriy,   Oybek   ijodiga   oid   portretlarni   ko‘zdan
kechirar   ekanmiz,   tanqidchining   boshqa   janrdagi   tadqiqotlarida   yetakchi   bo‘lgan-
obrazlarni adabiyotshunoslik yo‘li bilan qaytadan yaratish usuliga duch kelamiz.
        “Nafosat   shaydosi”   portreti   Oybek   qiyofasini   yaratish   yo‘lidagi
izlanishlardan   biridir.   Oybek   hayoti   va   ijodiga   bag‘ishlab   monografiya,   ilmiy-
biografik ocherk, portret kabi janrlarda ko‘plab tadqiqotlar yaratildi. M.Qo‘shjonov
asarining   ulardan   farqli   jihati   shundaki,   u   Oybek   ijodi   haqida   umumlashtiruvchi
xarakterdagi   adabiy   portretni   yaratdi.   Unda   ham   yozuvchining   ijodiy   qiyofasi
namoyon   bo‘ladi,   ham   asarlaridagi   qahramonlarning   oddiy   kitobxon   sezmagan,
payqamagan fazilatlari bilan butun to‘liqlikda gavdalanadi.
          M.Qo‘shjonov   yozuvchi   ijodining   o‘ziga   xosliklari,   asarlarining   badiiyati
orqali   ochiluvchi   muxtasar   ijodiy   portretlar   yaratdi.   Jumladan,   u   I.Sulton,
K.Yashin,   Sh.Rashidov,   Qudrat   Hikmat,   O.Yoqubov,   P.Qodirov,   A.Oripov, Sh.Xolmirzayev,   O.Muxtorov   portretini   yaratar   ekan,   har   bir   ijodkorning
ko‘pchilikka   noma’lum   mahorat   sirlarini   kashf   etdi.   Tanqidchi   portretlari
ko‘pincha,   o‘quvchi   diqqatini   tezda   o‘ziga   jalb   etaydigan   kiziqarli   usulda
boshlanadi.   Ba’zan   adabiy   portretning   birinchi   jumlasidanoq   o‘quvchi   e’tiborini
sirli tugunga havola etadi. Natijada, kitobxon birinchi jumladagi sirli tezis (kod)ga
ergashib,   adabiy   portretni   o‘qib   qo‘yganini   sezmay   qoladi.   Masalan,   H.   Olimjon
haqidagi   portretda   shoirning   o‘z   so‘zlari   sarlavhaga   olib   chiqilgan:   «Men   o‘zbek
xalqi   nomidan   so‘zlayman!»,   Qudrat   Hikmat   haqidagi   adabiy   portret   ham
«Eshiting,   she’r   o‘qiyman»   degan   shoirning   o‘z   iborasi   bilan   boshlanadi.   Ya’ni
sarlavhadanoq   tanqidchi   fikr   yuritayotgan   ijodkor   asarlarining   bosh   konsepsiyasi
yarq etib ko‘zga tashlanadi. Munaqqid har bir adabiy portreti muqaddimasida biror
chiroyli tafsilot, hayotiy voqea yoki ibratli lavha keltiradi. Ular shunchaki o‘kuvchi
diqqatini   jalb   etish   uchun   keltirilmay,   ko‘p   o‘rinlarda   adabiy   portret   uchun   “uq
ildiz,   maqsadni   birlashtiruvchi,   ichdan   umumlashtirib”,   ruhan   yorituvchi   nurli
tomir”   (B.Nazarov)   xizmatini   bajaradi.   Adabiy   portretni   o‘qib   chiqqandagina,
tanqidchi   bu   lirik   chekinishni   bekorga,   shunchaki   jimjimadorlik   uchun
keltirmaganligiga ishonch hosil qilamiz.
      Sh.Xolmirzayev,   O.Muxtorov   ijodiga   oid   portretlar   ham   jonli   xotiralar
asosida yozilgani bilan e’tiborga loyiq.
      M.Qo‘shjonov   bolalar   adabiyotini   o‘rganishga   ham   munosib   hissa   qo‘shdi.
Q.Muhammadiy,   Q.Hikmat,   H.Po‘lat   ijodiga   bag‘ishlangan   adabiy   portretlarda
bolalar adabiyoti muammolarini o‘rgandi.
                   M. Qo‘shjonovning portretnavis  sifatidagi uslubini  quyidagicha belgilash
mumkin:   1)   adabiy   portretda   ijodkor   qiyofasi,   tabiati,   faoliyatini   yaqqol
gavdalantirish.   Bu   tipga   Oybek,   A.Qahhor,   A.Oripov   haqidagi   adabiy   portretlari
kiradi;   2)   portretni   shu   ijodkorning   o‘zi   haqidagi   fikrlari   bilan   to‘yintirish   va
adibning   ijodiy   qiyofasini   yaratishda   ulardan   unumli   foydalanish,   o‘zining
mulohazalari   bilan  omuxtalashtirib,  asar  yaratish.  A.Qodiriy  va  S.Ayniy  haqidagi
asarlar   shu   tipga   mansub;   3)   yozuvchi   yoxud   shoirning   butun   ijodi   haqida   fikr yuritmay,   adabiy   portretga   chizgilar   bilan   kifoyalanish.   M.Sholoxov,   Hamza,
Asqad Muxtor va boshqalar haqidagi asarlar. 
        M.Qo‘shjonov   Sayyorning   “Hulkar”   romaniga   yozilgan   “Xayol   boshqa,
boshqa”   taqrizi   hamda   undagi   ayovsiz   tanqidiy   fikrlari   bilan   o‘zbek
tanqidchiligidagi   talabchanlik   va   prinsipiallikning   ajoyib   namunasini   ko‘rsatdi.
Ibrohim   Rahimning   Generap   Rahimov”,   Yusuf   Shomansurning   “Qora   marvarid”
romanlariga   yozilgan   taqrizlar   ham   shunday   xarakterga   ega.   Keyingi   asar   jiddiy
qayta ishlanishii munosabati bilan tanqidchi u haqda qator ijobiy fikrlar ham aytdi.
    Aytilganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkin. Birinchidan,  ke yingi 60
yillik   o‘zbek   adabiy   tan q idchiligini   M. Q o‘shjonov   ijodisiz   to‘ la   tasavvur   etish
mumkin emas. Uning xizmatlari, avvalambor, ulkan   san’ atkorlar ma h oratini teran
tahlil qilishda namoyon bo‘ladi.
M.Qo‘shjonov   haqidagi   maqolalardan   biriga   "Mahoratshunos   olim"   s arlavhasi
qo‘yilgan. U o‘zbek muna q qidlari orasida birinchilardan  b o‘lib, shunday nom oldi.
Chindan-da,   tanqidchi   ilmiy   ishlari   zamirida   m ahorat   masalasi   birinchi   o‘rinda
turadi. U adabiyot nazariyasi bilan  sh ug‘ullansa ham, tanqidchilikka oid ishga ko‘l
ursa ham, xalq, jamiyat  m anfaatini nazarda tutadi. Uning barcha ishlarida san’atkor
va zamon  m asalasi markaziy o‘rinda turadi.
       Adabiy tanqid zamonaviy adabiy jarayonni atroflicha teran va chuqur tahlil
etishi,   uning   ichki   rivojlanish   qonuniyatlarini   istiqbol   nuri   bilan   ko‘rsatishi,   ayni
vaqtda,   har   bir   ijodkor   o‘z   imkoniyatlarini   to‘la   darajada   adabiy   hodisalarga
"ko‘chirish"ga   ko‘maklashishi,   iste’dodlarning   to‘g‘ri   yo‘ldan   borishini
ta’minlashda   hamroh   va   yelkadosh   bo‘lishi   lozim.   M.Qo‘shjonovning   munaqqid
sifatidagi   xizmatlari   ana   shu   xususiyatlarda   namoyon   bo‘ladi.   Ayniqsa,   uning
keyingi   yillardagi   o‘zbek   she’riyati,   nasri   xususida   bildirgan   fikr-mulohazalari,
umumlashtiruvchi   maqolalari   jamoatchilik   e’tiborini   jalb   etib   kelyapti.   Masalan,
uning   "Ijod   saboqlari"   kitobida   adabiyotshunoslikning   qator   dolzarb   masalalari   -
ijodkor   mas’uliyati,   zamonaviylik   va   mahorat,   shaxsiyat   va   ijod,   san’atkorning
ma’naviy   dunyosi   kabi   qator   jiddiy   muammolar   yuzasidan   muhim   fikr- muloxazalar bildirilgan bo‘lsa, “Diydornoma” kitobida o‘nlab adib, olim va davlat
arboblarining yorkin va o‘chmas qiyofalari gavdalantirildi.
"Ijod saboqlari" - yoshlarga o‘rnak bo‘larli fazilatlarga boy asar. Shulardan biri,
shubhasiz,tanqidchi samimiyatidir.
      M.Qo‘shjonovning   doimo   diqqat   markazida   bo‘lib   kelgan   muammolardan
yana   biri   adabiyot   nazariyasi   masalalaridir.   Uning   syujet,   kompozitsiya,   obraz,
xarakter,   g‘oya   kabi   nazariy   muammolarga   bag‘ishlangan   maqola   va   tadqiqotlari
o‘zbek   adabiyotshunosligining   nazariy   asoslarini   mustaxkamlashda   muhim   o‘rin
tutadi. U ikki jildlik "Adabiyot nazariyasi"ning mualliflaridan biridir.
                  "Adabiy   tanqid   ham   ixtiro   qiladi,   ixtiro   qilingan   talantlarni   ardoqlaydi",
M.Qo‘shjonovning shiorlaridan biri mana shu fikrda.
mujassam.   Jonkuyar   tanqidchi   o‘zining   bu   tamoyiliga   butun   umr   sodiq   yashadi.
Moskvada   chop   etilgan   “Shedrost   talanta”   kitobi   o‘zbek   tankidchiligini
O‘zbekistondan yiroq-yiroqlarga tanitdi.
Mustaqillik   yillarida   olim   shu   davrgacha   yaratilgan   ayrim   asarlarini   istiklol
mafkurasi   asosida   qaytadan   ko‘rib   chiqdi.   Hujjatli,   avtobiografik   asosdagi
janrlarda   o‘z   kuchini   sinab,   yangi-yangi   asarlar   yaratdi   “Ko‘ngilda   qolib   ketgan
gaplar” (2006), hatto o‘zining urush yillaridagi  xotiralari  asosida  badiiy asar ham
yaratdi.   “Dagish”,   “Alam”   singari   asarlar   bunga   misol.   Jonli   xotiralar,   iqrorlar
asosidagi   badiiy   publitsistik   ruhdagi   bunday   asarlar   yoshlar   dunyoqarashini
shakllantirishda ahamiyatga egadir. Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
1. Назаров   Б.   ва   бошқалар .   Ўзбек   адабий   танқиди   тарихи .   T.   Чўлпон   НМИУ .
2012
2. Қўшжонов   М.     Сайланма   1-жилд.   Т.   Ғ.Ғулом   номидаги   Адабиёт   ва   санъат
нашриёти. 1982.
3. Қўшжонов   М.     Сайланма   2-жилд.   Т.   Ғ.Ғулом   номидаги   Адабиёт   ва   санъат
нашриёти. 1983.
4. Қўшжонов  М.    Абдулла   Қаҳҳор  маҳорати.  Т.  Ғ.Ғулом  номидаги  Адабиёт  ва
санъат нашриёти. 1988.
5. Матёқуб Қўшжонов замондошлари хотирасида. Т.  Muharrir . 20 12 .

M.Qo’shjonovning adabiy-tanqidiy qarashlari Reja: 1. Munaqqidning ilmiy ijodiy yo‘li. 2. Qodiriyshunoslik sahifalaridagi yog‘dular 3. Oybek ijodi tanqidchi nigohida 4. A.Qahhor ijodining tolmas tadqiqotchisi. 5. Adabiy portretnavis mahorati

Mavzuga oid qisqacha annotatsiya Etuk tanqidchi va adabiyotshunos O‘zR FA haqiqiy a’zosi, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti savrindori, filologiya fanlari doktori, professor Matyoqub Qo‘shjonov o‘zbek tanqidchiligida fikrlash tarsi va ifoda uslubi, jangavor haqgo‘yligi, sermahsul va salmoqdor tadqiqotlari bilan alohida ajralib turadi. U jahon va rus tanqidchiligi estetik an’analarini ijodiy o‘zlashtirib, yangi sharoitlarda o‘zbek adabiyoti muammolari tadqiqi va tahlilida davom ettirgan munaqqiddir. Matyoqub Qo‘shjonov mahoratiga xos fazilat shundaki, u badiiy asar tahlilida sof ilmiy akadimizm usulini qo‘llamaydi, o‘quvchi zavqlanib o‘qiydigan, zerikmaydigan uslub yo‘nalishini tanlaydi. Bu esa uning san’at asariga, umuman, adabiyotga ilmiy-estetik tamoyillar asosida yondashishini namayon etadi. Bu narsa, birinchi navbatda, munaqqidning har bir badiiy asarni hayot bilan qiyoslashida, unga suyangan holda inson hayoti haqida, uning ichki olami, muammolari, ma’naviy va axloqiy masalalar to‘g‘risida keng fikr yuritishida ko‘rinadi. Yetuk tanqidchi va adabiyo t shunos, O‘zR FA haqiqiy a’zosi, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti sovrindori, filologiya fanlari doktori, professor M.Qo‘shjonov o‘zbek tanqidchiligida fikrlash tarzi va ifoda uslubi, jangovar haqgo‘yligi, sermahsul va salmoqdor tad q i q otlari bilan alohida ajralib turadi. U jahon va rus tanqidchiligi estetik an’analarini ijodiy o‘zlashtirib, yangi sharoitlarda o‘zbek adabiyoti muammolari tadqiqi va tahlilida davom ettirgan munaq q iddir. Bizga taqdir ikki buyuk tanqidchi – Ozod Sharafiddinov va Matyo q ub Qo‘shjonovni nasib etdi. Ularning har ikkovi h am ijodini jasorat bilan boshlab, o‘ziga xos ravishdagi jasorat bilan tugatdilar. Agar jahon adabiy tan q idchiligi antologiyasi chop etilsa, ularning har ikkovi ijodidan namunlar kiritilsa, har tomonlama adolatli ish bo‘lur edi. Haqiqatan ham, M.Qo‘shjonov jahon va rus tanqidchilari estetik tamoyillarini ijodiy o‘zlashtirib, o‘ziga xos sharoitda, o‘zbek adabiyoti materiallari asosida davom ettirgan jasoratli ijodkor-muna q qiddir,

M.Qo‘shjonov Turkmanistonning Toshhovuz tumanidagi Haplang qishlog‘ida 1918 yilning 5 mayida cho‘pon oilasida tug‘ildi. To‘liqsiz o‘rta ma’lumot olgandan so‘ng Chorjo‘ydagi o‘qituvchilar tayyorlash bilim yurti va qisqa muddat pedagogika institutida tahsil oldi. 1942 yilgacha Toshhovuzdagi o‘rta maktabda o‘zbek tili va adabiyotidan dars berdi. Ikkinchi jahon urushida qatnashib, chapdast snayper sifatida jang qildi. Jasorati uchun orden va medallar bilan mukofotlandi. Urushdan qaytgach, O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetiga kirib, uni imtiyozli diplom bilan tugatdi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetida mas’ul lavozimda ishladi (950-1953). Moskvadagi ijtimoiy Fanlar akademiyasiga o‘qishga tavsiya etiladi (1953). Tahsil davomida qobiliyati va fikrlash doirasining kengligi bilan safdoshlari orasida ajralib turdi. O‘qishni tugatib qaytgach, O‘rta Osiyo universiteti filologiya fakultetining o‘zbek adabiyoti kafedrasida ishladi (1957- 1960). Talabalarga ma’ruza o‘ q idi. Ma’ruzalarga shu q adar jiddiy tayyorlanardiki, matnlarning aksari to‘liq holda matbuot sa h ifalarida alohida-alohida maqola tarzida bosildi. Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutiga katta ilmiy xodim bo‘lib ishga o‘tdi (1960), u yerda ilmiy xodim, bo‘lim mudiridan direktorlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. M.Qo‘shjonovning adabiy tanqidchilik faoliyati Ijtimoiy Fanlar akademiyasida tahsil olayotgan paytlarida boshlandi. 1956 yili gazetada "Bir tanqidiy-biografik ocherk haqida" nomli birinchi taqrizi e’lon qilindi. Adabiy tanqidchi bo‘lishdek qiyin sohaning mas’uliyatini chuqur his etgan yosh olimning bu taqrizi uning istiqbolini yorqin ko‘rsatib turardi. U asta-sekin nainki adibning, balki o‘zining ham mahorati haqida o‘ylaydigan tanqidchi, nazariya masalalariga alohida e’tibor bilan qarovchi, estetik qarashlarini obrazli ifodalashga intiladigan adabiy tanqidchi sifatlarini namoyon eta bordi. O‘z asarlarida ijodkorlar badiiy mahorati masalasiga ko‘proq diqqatini qaratdi. Uning tadqiqotlarida xulosa chiqarishga nisbatan asarni xolisona, aniq tahlil kilib, o‘quvchi muhokamasiga havola etish xususiyati ustundir. Tanqidchi o‘quvchiga o‘z tayyor xulosalarini quruq taqdim etib qolmasdan, uni ham faol fikr yuritishga da’vat etadiki, bu uning ijodkorligidan dalolat beradi.

Olimning dastlabki bosqich ijodida Oybek romanlaridagi shakl va mazmun birligi masalasiga sotsialistik realizm nuqtai nazaridan yondoshilgan bo‘lsa-da, umuman, o‘zbek adiblari ijodiga maxsus shu muammo - adabiyot va estetikaning eng muhim masalalaridan biriga maxsus yondoshuv M.Qo‘shjonovning shu maqolalaridan boshlandi, deyish mumkin. Olimning "Ma’no va mezon" (1974), "Mohiyat va badiiyat" (1977), rus tilidagi "Talant qirralari" (1975), "Oybek" (1976), "Mahorat mas’uliyati" (1977) nomli kitoblari hozirgi o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligining prinsipial yutuqlari bo‘lib qoldi. "Ma’no va mezon", "Talant qirralari" kitoblari Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Olimga "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi" degan yuksak unvon berildi (1978). O‘zbekiston Fanlar akadimiyasi haqiqiy a’zoligiga saylandi . M.Qo‘shjonov tanqidiy qarashlarining shakllanishida rus tanqidchilari ta’siri katta bo‘ldi. Tanqidchi tahlilga kirishar ekai, ko‘p hollarda V.Belinskiy uslubiga xos yo‘l tutib, fikrni asar haqida ma’lumot berishdan boshlaydi. Bu esa munaqqid asarlarining o‘qishli va qizikarli bo‘lishini ta’minlaydigan muhim omilga aylanadi. U hakda shunday yozadi: "Tanqidchilarimiz obrazlarni tanqidiy yo‘l bilan qayta tiklash priyomini egallab oldilar. Yozuvchi badiiy asar yaratib, kitobxonni o‘z g‘oyasiga bir marta sherik qilsa, tanqidchi o‘sha asarni tahlil qila turib, asar g‘oyasiga, estetik qimmatiga kitobxonni ikkinchi bor sherik qiladigan bo‘ldi. Shu yo‘l bilan tanqidchi asarning ta’sir kuchini oshiradigan, adabiyotning kuchiga kuch qo‘shadigan bo‘ldi". Maqoladan asarda, matn mohiyatida yashiringan fikrlarni anglash, yozuvchi mahorati sirlarini idrok etish esa, o‘qilayotgan ish qadr-qimmatini yanada oshiradi. Belinskiy uslubiga xos bu fazilat M.Qo‘shjonovning tanqidchilik mahoratiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatdi. Bunday uslubni munaqqidning 70-yillar o‘zbek nasridagi kompozitsiya muammolari o‘rganilgan qator maqolalarida, xususan, "Ma’no va mezon" nomli adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plamida ko‘rish mumkin. Shu tufayli M.Qo‘shjonovning U.Nazarov, O‘.Hoshimov, Sh.Xolmirzayev,

O.Muxtor, Z.A’lam asarlari tahliliga bag‘ishlangan ilmiy-tanqidiy ishlarida shu uslub yorqin sezilib turadi. M.Qo‘shjonov mahoratiga xos fazilat shundaki, u badiiy asar tahlilida sof ilmiy akademizm usulini ko‘llamaydi, o‘quvchi zavqlanib o‘qiydigan, zerikmaydigan uslubiy yo‘nalish tanlaydi. Bu esa uning san’at asariga, umuman, adabiyotga ilmiy-estetik tamoyillar asosida yondashishini namoyon etadi. Bu narsa birinchi navbatda, munaqqidning har bir badiiy asarni hayot bilan qiyoslashida, unga suyangan holda inson hayoti haqida, uning ichki olami, muammolari, ma’naviy va axloqiy masalalar to‘g‘risida keng fikr yuritishida ko‘rinadi. Qodiriyshunoslik sahifalaridagi yog‘dular . O‘tgan salkam yuz yil mobaynida kodiriyshunoslik o‘zbek tanqidchiligining muhim tarmog‘i va mustahkam tarkibiy qismi sifatida qaror topdi. Bu yo‘nalishda o‘z kuchini sinab ko‘rmagan, Qodiriy ijodidagi yangi bir qirrani ochishga harakat qilmagan, yoxud uning noyob asarlarini o‘qib, u haqdagi hayajon va muhabbatini o‘zgalarga ma’lum qilishni istamagan taniqli o‘zbek adibi va adabiyotshunosni topish qiyin. Bu yo‘nalishda, ayniqsa, Oybek S.Husayn, I.Sulton, H.Yoqubov, M.Qo‘shjonovlar salmoqli ishlar yaratdilar! A.Aliyev, I.Mirzayev, F.Nasriddinov, U.Normatov, S. Mirvaliyev, B.Karimov va boshqalarning mehnati barakali bo‘ldi. A.Qodiriy san’ati va mahoratini o‘rganish M Qo‘shjonov ijodining markaziy muammolaridan birini tashkil etdi. Uning "Abdulla Qodiriyning tasvirlash san’ati" nomli asari adib ijodi nozik did va nafosat bilan, bor go‘zalliklari va qudrati bilan tahlil etilgan o‘zbek adabiyotshunosligidagi dastlabki fundamental tadqiqot sifatida XX asr o‘zbek tanqidida mustahkam o‘rin egalladi. Olim A.Qodiriyning xarakter yaratish mahorati, xarakterning shakllanish omillarini aniqlash, san’atkorlikdagi jozib nuqtalarni topish, xususan, sir saqlash san’atini birinchilardan bo‘lib M.Qo‘shjonov ko‘ra oldi. Tadqiqotda A.Qodiriyning Oybek, A.Qahhor kabi ulkan san’atkorlar ijodiga xos xususiyat "voqealarni sirli bayon etish san’atini ko‘rsatishga keng o‘rin berildi. Zotan, voqealarni sirli bayon etish yozuvchiga qahramon ruhiy olamini ochishda asosiy omil bo‘lib xizmat qildi, degan xulosaga keladi munaqqid. A.Qodiriy badiiy