U.Normatov, A.Rasulov, B.Sarimsoqovlarning adabiy-tanqidiy qarashlari
U.Normatov, A.Rasulov, B.Sarimsoqovlarning adabiy-tanqidiy qarashlari Reja: 1. Umarali Normatov ijodiy faoliyati. 2. Abdug afur Rasulov adabiy tanqidiy qarashlari.ʻ 3. Bahodir Sarimsoqovning tanqidiy maqolalari tahlili.
Umarali Normatov 1931 yil 3 yanvarda Farg ona viloyati Beshariq tumanidagi Rapqonʻ qishlog ida tug ilgan. ʻ ʻ Toshkent Davlat universitetining (hozirgi O zbekiston Milliy ʻ universiteti) filologiya fakultetida (1952–1957), so ng aspiranturasida (1959–1962) ʻ ta lim olgan. 1962 yildan Milliy universitet o zbek adabiyoti kafedrasida ishlaydi, ʼ ʻ filologiya fanlari doktori, professor. 1974–2000 yillari Hozirgi o zbek adabiyoti ʻ kafedrasiga mudirlik qilgan. Bu yillari kafedrada O. Sharafiddinov, A. Aliyev, A. Rasulov, N. Xudoyberganov, S. Sodiqov, B. Karimov, A. Ulug ov, R. Qo chqorov, ʻ ʻ D. Quronov, U. Hamdam singari iste dodli munaqqid-adabiyotshunoslardan iborat ʼ ilmiy jamoa shakllandi; mazkur jamoaning sa y-harakati tufayli O. Sharafiddinov ʼ boshliq milliy tanqidchilik maktabiga asos solindi. U. Normatov 1957 yildan matbuotda ko rina boshladi, 500 dan ortiq ʻ maqolalari, 50 dan ortiq adabiy-tanqidiy asarlari, darslik, o quv qo llanmalari chop ʻ ʻ etilgan. Adabiyotshunos-olimning adabiy-tanqidiy ishlari yaxlit holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi o zbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalariga ʻ bag ishlangan; uning qalamiga mansub milliy adabiyotimizning nodir asarlari ʻ tahlili, o ziga xos talqini, bu adabiyotning o nlab namoyandalari adabiy portretlari, ʻ ʻ nihoyat, yangi o zbek adabiyotining o ziga xos xususiyatlari, taraqqiyot ʻ ʻ tamoyillariga oid ilmiy-nazariy ishlari ahamiyati adabiy jamoatchilik tomonidan e tirof etilgan. Munaqqidning “Nasrimiz ufqlari” (1974), “Yetuklik” (1982), “Qalb ʼ inqilobi” (1986), “Qodiriy bog i” (1996) kitoblari zamonaviy o zbek ʻ ʻ adabiyotshunosligining yutug idir. ʻ Umarali Normatov tanqidchi-adabiyotshunos sifatida mustaqillik yillaridagi milliy adabiy jarayonni qadam-baqadam sinchiklab kuzatib, adabiyotimizda paydo bo lgan yangicha adabiy-estetik tamoyillarni aniqlash, bugungi adabiy jarayonning ʻ nazariy muammolarini tadqiq etish yo lidan bordi. “Umidbaxsh tamoyillar”, ʻ “Tafakkur yog dusi”, “Qahhorni anglash mashaqqati”, “Ko ngillarga ko chgan ʻ ʻ ʻ she riyat”, “Ustoz ibrati”, “Ijod sehri”, “Ijodkorning daxlsiz dunyosi” kitoblari, ʼ matbuotda e lon etilgan yuzlab adabiy-tanqidiy maqolalari ayni shu muammolarga ʼ bag ishlangan. ʻ
Umarali Normatov 1991 yildan umumta lim maktablari uchun tubdanʼ yangilangan adabiyot dasturi va darsliklari yaratish bo yicha mualliflar guruhiga ʻ rahbarlik qildi, 5,9, 11-sinflar uchun darslik, qo llanmalar muallifi sifatida ʻ qatnashdi; uning ishtirokida oliy o quv yurtlari uchun “XX asr o zbek adabiyoti ʻ ʻ tarixi”, “Yangi o zbek adabiyoti” kitoblari yaratildi. ʻ U. Normatovning adabiyotshunoslik, ta lim-tarbiya sohasidagi xizmatlari ʼ munosib taqdirlangan. U O zbekiston Respublikasi Fan arbobi (1981), O zbekiston ʻ ʻ Davlat mukofoti laureati (1989); O zbekiston Respublikasi Xalq maorifi a lochisi ʻ ʼ nishoni (1992), “ToshDU mohir pedagogi”(1998) unvoni sohibi. Adabiy-tanqidiy maqolalari uchun “Sharq yulduzi”, “Guliston”, “Tafakkur” jurnallari mukofotlarini olgan. Umarali Normatov adabiy tanqidchilik faoliyatini 1957-yildan boshlagan, hozirgacha 20 dan ortiq kitobi, 500 dan ortiq maqola , taqdizlari bosilgan. Adabiyotshunos olimning faoliyati yaxlot holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi õzbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalari yechimiga yõnaltirilgan. 1962-yilda filologiya fanlari nomzodi, 1978-yilda filologiya fanlari doktori ILMIY darajasini olgan. “Nasrimiz ufqlari”, “Yetuklik”, “Qalb inqilobi”, “Qodiriy boği”, “Umidbaxsh tamoyillar” singari asarlarida yangi õzbek adabiyoti, uning namoyandalari ijodining mühim tomonlari yoritib berilgan. Umarali Normatov 1991-yildan umumta’lim maktablari uchun tubdan yangilangan adabiyot dasturi va darsliklari yaratish bõyicha mualliflar guruhiga rahbarlik qildi , 5, 9,11-sinflar uchun darslik, qõllanmalar muallifi sifatida qatnashdi. Uning ishtirokida oliy õquv yurtları uchun “XX asr õzbek adabiyoti tarixi”, “Yangi õzbek adabiyoti” kitoblari yaratildi. U.Normatov adabiyotshunoslik, ta’lim-tarbiya sohasidagi xizmatlari uchun munosib taqdirlangan. U Õzbekiston respublikasi Fan arbobi, Õzbekiston davlat mukofoti laureati , Õzbekiston respublikasi xalq maorifi pedogogi unvoni sohibi. Adabiy-tanqidiy maqolalari uchun “Sharq yulduzi”, “Tafakkur”, “Guliston” jurnallari mukofotlarini olgan.
“Qodiriy mõjizasi” kitobi orqali õquvchi olimning qalb haroratini his etadi, zavq-shavqqa tõla hayajonli adabiy-ilmiy tahlillarga guvoh bõladi. Albatta, olim bu kitobni bir-ikki yıl ichida yoki bir õtirishda yozgan emas. Abdulla Qodiriy hayoti va ijodining barcha qirralarini, adibga munosabat bildirgan ilmiy asarlarni õrganish, tadqiq etish – uzoq davom etgan mashaqqatli ish. Umarali Normatov bu ish bilan umri davomida mashğul bõldi. Õrni kelganda izlanishlarini, kuzatishlarini qoğozga tushirdi. Agar diqqat qilinsa , U.Normatovning vaqtli matbuotda bosilgan maqolalarining soni besh yuzdan kõp, alohida nashr qilingan kitoblari soni yigirmadan ortiq. Ammo, mening nazarımda, “Qodiriy mòjizasi” – bu mutlaqo õzgacha, zavq-shavq bilan, tõlib- toshib, mehr-muhabbat yozilgani jihatidan barchasidan ajralib turadi. Kitobning “Qodiriy boği” deb nomlagan dastlabki Bõlimida adibning hayot yõlini, boshidan õtgan yaxshi-yomon kunlarni, olim u yashagan murakkab adabiy-ijtimoiy muhit ruhini , uning atrofida kechgan iğvoyu malomatlar mohiyatini chuqur his etib yozadi: “Qamoqda, tergov paytida ustiga bõhtondan iborat ayblar qõyilganda, ayniqsa, hamkasblarining yuzsizlarcha munofiqlik qilganini kõrganda adib qanday ahvolga tushganini, bu imoni butun, õta Halil, rostgõy, mard yiğit Qalbida qanday tuğyonlar kechganligini hayolan tasavvur qilish mumkin. Agar õsha keskin dramatik ruhiy holat tõla tiklansa, shekspirona tragediya tuğilishi aniq”. Bunday fikr-mulohazalarni manbalarni chuqur õrgangan va adibning ruhiy va psihologik holatini hayolan tugal tasavvur qilgan odamgina yoza olası. Umarali Normatov yozuvchining asarlarini va arxiv hujjatlarini , mavjud ilmiy tadqiqotlar hamda biografik malumotlarni qayta nazardan õtkazadi, yozuvchi dunyosini, ham iste’dodli ijodkor, ham õz zamonasining ziyolisi sifatidagi xususiyatlarini teran tushunadi. Adib dunyoqarashi shakllangan muhitga, ta’lim- tarbiya maskanlarining saviyasiga tõğri tashxis qõyadi, bir qancha chigal masalalarga oydinlik kiritadi. Olim muayyan muammo istifa FIKR yuritar ekan , õz talqinlarida ijod psixologiyasiga, inson tabiatiga xos barcha xususiyat va mayllarni inobatga oladi.
Kitobdan õrin olgan “Õtgan kunlar”ning ma’no va badiiyat jilolariga, “Mehribdan chayon” va “Obid ketmon” asarlarining yangicha talqinlarida bağishlangan sahifalarda ham olimning qalb harorati ufurib turadi. Umarali Normatov adabiy tanqidchilik haqida So‘z san’atining mehrigiyosimi yoki taqdir taqozo simi, umr yo‘ldoshim Veneraxon ham filolog – uzoq yillar maktabda adabiyotdan dars bergan, hozir nafaqada, oilada eng faol kitobxon. Uning ta’sirida beshta sing-lisi – barchasi filolog bo‘lib yetishdi. Bojalarimizdan biri mashhur adabiyotshunos Begali Qosimov, yana biri zukko bilimdon tilshunos Mahfuzillo Rahmonov. Qizim Shoira filologiya fanlari nomzodi, oliy o‘quv yurtida dotsent. Uch o‘g‘lim boshqa kasb egalari bo‘lsa-da kitobsevarlikda ota-onalaridan qolishmaydi. Shavkat Rahmonning to‘ng‘ich qizi Nodiraxon xonadonimizga kelin bo‘lib tushgan, sakkiz yashar nabiramiz Nasima hozirdan yurgan yo‘lida she’r to‘qiydi… Ustozu shogirdlar, hamkasblar o‘z yo‘liga. Do‘stu birodarlarim, ulfatlarimning ham deyarli barchasi adabiyotga daxldor odamlar. Tabiiyki, xonadonimizdagi davra suhbatlarining bosh mavzusi – Adabiyot . Mana, yarim asrdan oshibdiki, deyarli har kuni biznikida majolis-un nafois. Salkam yetmish yildan beri dastavval adabiyot shaydosi bo‘lib, adabiyot bo‘yicha ta’lim olib, so‘ng filolog-adabiyotshunos, munaqqid sifatida adabiy davralarda yurib, adabiyot haqida betinim o‘y surib, u-bu narsalar bitib, talabalarga dars berib, so‘z san’ati insoniyat yaratgan, aniqrog‘i, Alloh bandalariga in’om etgan noyob ne’mat, sirli-sehrli xilqat ekaniga takror-takror iqror bo‘ldim. Har gal chinakam san’at asarini o‘qiganda, tomosha qilganimda hayratdan o‘zimda yo‘q yayrayman, bir necha kun o‘zimga kelolmay yuraman. Shu yoshimda ham bolalikdan qolgan bu odat meni tark etgani yo‘q. Shunday noyob mo‘jiza bilan tanishmay, bu dunyodan o‘tib ketish odam zoti uchun katta yo‘qotish-ku, deb qo‘yaman o‘zimga o‘zim. Ko‘ngilga shu xil tuyg‘u solgani, so‘z san’atiga mayl, mehr uyg‘otgani, rizqimni shu sohadan bergani uchun Yaratganga shukronalar aytaman. Inson faoliyatidagi hech qaysi soha adabiyotchalik sir-sinoatga boy emas, inson va uning