XX asr boshidagi adabiy bahslar va ularning adabiy-estetik tafakkur rivojidagi o`rni
XX asr boshidagi adabiy bahslar va ularning adabiy-estetik tafakkur rivojidagi o`rni 1. Adabiyot – so’z san’ati. 2. XX asr boshidagi o’zbek adabiyoti. 3. Jadid adabiyotining rivojlanishi.
San’at turlari orasida adabiyot alohida o’rin tutadi. Badiiy adabiyotda hayot boshqa san’at turlariga qaraganda to’laqonliroq aks ettiriladi. Shuningdek, badiiy adabiyotda aks ettirilgan hayot serqirra va ta’sirchan bo’ladi. Tasavvur qilaylik, siz Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanini o’qish bilan mashg’ulsiz. Bilasizki, romandagi voqealar, bundan bir yarim yil oldin ro’y bergan, asar qahramonlarining dunyodan o’tib ketganligi ham sizga yaxshi ma’lum. Buning ustiga, ular sizga qarindosh ham, yaqin bo’lmaganlar. Lekin asardan bosh ko’tara olmaysiz. Roman qahramonlarining taqdiri sizning taqringizga, ularning tuyg’ulari siznikiga qo’shilib ketganday bo’ladi. Ular qiynalsa, azob chekasiz, quvonsa, rohat qilasiz. Ba’zan esa, hatto, yig’lab olishga ham to’g’ri keladi. Kumushni opangizday, balki undan ham ortiqroq , Otabekni akangizday yaxshi ko’rib qolasiz. Fanlar orasida badiiy adabiyotga eng yaqin turadigani tarixdir. Chunki tarix ham odamlar hayoti, ularning faoliyati va o’zaro munosabatlarini o’rganadi. Lekin bir-biriga g’oyat yaqin deb hisoblanadigan tarix bilan badiiy adabiyot o’rtasida ham jiddiy farqlar mavjuddirki, bu farqlar solishtirganda ko’zga yaqqol tashlanadi. Ijodkor yaratgan asl badiiy manzaradadoimo fikr bilan birgalikda tuyg’u, hissiyot ham bo’ladi. Yozuvchi hamisha yo nimanidir yoqlaydi, yoki inkor qiladi. Betaraf badiiy ijod bo’lishi mumkin emas. Chunki inson tafakkuri va ruhiyatida betaraflik tugagandan so’nggina chinakam badiiy asar yaratiladigan holat paydo bo’ladi.adibning tuyg’ulari nechog’lik kuchli, nigohi qanchalar o’tkir, tili qanchalik boy bo’lsa, o’quvchi uning asariga ta’siriga shunchalik qattiq beriladi. Yaratilgan badiiy matnning qanchalik hissiy, ta’sirchan bo’lishi uning timsoliyligi – obrazliligi darajasiga bog’liq.
Shunday qilib, badiiy adabiyotning ilmiy adabiyotdan asosiy hal qiluvchi farqi uning obrazliligidadir. Badiiy adabiyot obrazli bo’lganligi uchun ham odamga kuchli ta’sir etadi. Xo’sh, u holda badiiy timsol – obrazning o’zi nima degan savol tug’iladi. Bu haqda oltinchi sinfda ham qisman fikr yuritilgan edi. Yuqoridagi misollardan kelib chiqadigan bo’lsak, ijodkorning fikr, tuyg’u, hissiyot va kechinmalari singdirilgan tasvirni badiiy timsol yoki obraz, deyish mumkin. Badiiy adabiyot san’atining boshqa turlaridan asosiy ish quroli ham, asosiy materiali ham so’z ekanligi bilanfarq qiladi. Yozuvchi insonning ko’z bilan ko’rish, quloq bilan eshitish, qo’ying-chi, biron-bir sezgi a’zosi bilan bilish imkoni bo’lmagan eng yuksak fikrlari , murakkab tuyg’ulari, nozik sezgilarini birgina so’z orqali ifoda etadi. Ko’p asrlik o’zbek adabiyoti tarixida XX asr adabiyoti alohida mavqeni egallaydi. Zero, xuddi shu davrda adabiyotimiz xazinasida roman, qissa, drama, komediyalari ilg’or jahon yozuvchilarining badiiy tajribalaridan tom ma’noda bahramand bo’la boshladilar. Adabiyotning xalq va jamiyat hayoti bilan aloqasi barqarorlashdi. XX asrda o’zbek xalqi hayotida ro’y bergan bir qator voqealar olamshumul ahamiyatga molik bo’lib, ular shu asr adabiyoti tarixini turli davrlarga ajratib o’rganishni taqozo etadi. Bu davlar esa quyidagilardir: 1. Asr boshidagi o’zbek adabiyoti (1905-1917-yillar). 2. 20-yillar adabiyoti. 3. 30-40-yillar adabiyoti. 4. 50-80-yillar adabiyoti.
5. Hozirgi adabiy jarayon (90-yillar). An’anaviy aruz vazni qatoriga barmoq vazni kelib qo’shildi. Og’ir zamonadan va chor istibdodidan norozilik ruhidagi folklor namunalari, xalq qo’shiqlari ko’paydi. Sahna asarlari paydo bo’ladi. Xalq sahnada o’z dardi, muammolari, orzu-umidlari, ideallari badiiytalqini bilan yuzma-yuz uchrasha boshladi. Bu o’zbek madaniyati uchun yangilik edi. Adabiy tanqid jonlandi. Dastlabki e’lon qilingan maqollarning ta’sir kuchi va doirasi kengaydi. Davr adabiyotida realistik, romantik, satirik yo;nalishlar paydo bo’ldi. Inqilobiy adabiyotning tug’ilishi shu davrga to’g’ri keladi. Bu yo’nalishdagi asarlarning ilk namunalari 1905-yildan keyin vujudga keldi. Qilib hururiyatu erklik taloshin, Ko’ring, yurt erlari so’ng bo’ldi badnom – deydi Rusiyadagi hodisalar haqida Nozimaxonim 1907-yilda yozgan “Bayon et” nomli she’rida. Shoirlar ijodida boshqacha hayotni qo’msash ruhi kuchli bo’lgani bilan yangi , ozod, baxtli turmushga qanday qilib erishish mumkinligi haqida ularning bu davrdagi asarlarida aniq javob ham yo’q edi. Bu holatning aniq ifodasiga Abdulla Avloniyning “Nadir, bilmam” radifli g’azalida (1912) duch kelamiz. Dunyoning o’zi, bilmam, bo’lg’usi qachon barbod, Bu g’am uyidur hijron, ijrosi nadur, bilmam. Biroq hayot bunday davom etishi mumkin emas, degan fikr shoirlar dunyoqarashida yildan-yilga mustahkamlanib bordi va bu g’oya o’zining
turlicha badiiy talqinini topdi. Masalan, Zavqiy bu zamonda inqilob bo’lishi muqarrar, degan fikrga keldi. H.H.Niyoziy esa, bunday deb yozdi: O’ylama o’lguncha har kim bu razolatda ketar, Shohlar bir kun gado, bir kun gado shahzoddir. Avloniy esa kelajakka ishonch ruhi bilan bunday yozdi: Inqilob bo’lmak tabiiy har zamonning oxiri, Shodlikka do’nmayurmu har fig’onning oxiri. Oktabr to’ntarishigacha bo’lgan davrda yaratilgan inqilobiy ruhdagi asarlar, ayniqsa, Shavkat ijodida yorqin ko’rindi. Uning “Qahramon fidokorlar haqida”, “Toshkentlik yoshlar haqida” nomli she’rlari va “Toza hurriyat”, “Rusiya inqilobi” kabi dostonlari o’zbek adabiyotida inqilob mavzui ancha keng va chuqur yoritilgan dastlabki asarlardir. Xususan, “Rusiya inqilobi”ni janr nuqtai nazaridan yangi yo’nalishdagi birinchi o’zbek tarixiy dostoni deb atash mumkin. Bu davrda maktab va madrasalarda “usuli jadid” degan tushunchalar paydo bo’lib, jadid maktablari ochildi (jadid “yandi” degan ma’noni bildiradi). Qrim-tatar xalqining buyuk farzandi Ismoilbek Gaspirali tashabbusi bilan paydo bo’lgan bu yangilikni Turkiston maktablarida Avloniy , Hamza, Shakuriy kabi ilg’or pedagoglar hayotda joriy eta boshladilar. Ular, ayni vaqtda, maktablar uchun qator yangi darsliklar yaratdilar. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidov, Abdurauf Fitrat, Hoji Muin, Sadriddin Ayniy, Abdulla Avloniy, Ismoil Obidiy, Abdulvohid