Borliq va uning asosiy shakllari
Mavzu. Borliq va uning asosiy shakllari Reja: 1. Borliq tushunchasi , b orliq va yo‘qli k. 2. Borliq, mavjudlik va reallik. 3. Borliqning shakllari.
1. Borliq tushunchasi. Insonni o‘zining katta va kichikligi,jonli va jonsizligi,yumshoq va qattiqligi, chekli va cheksizligi, harakatchanligi va harakatsizligi, soddaligi va murakkabligi, to‘qligi va ochligi, rangsizligi va rangliligi, go‘zalligi va xunukligi, yaxshiligi va yomonligi, foydaliligi va foydasizligi, halolligi va haromligi, aqlliligi va axmoqliligi kabi xususiyatlari bilan bir biridan farq qiluvchi behisob narsalar, voqealar, hodisa va jarayonlar qurshab turadi. Buni odamlar borliq deb atashadi. Demak, borliq – odamzodni o‘rab turgan barcha narsa,voqea, hodisa va jarayonlarni umumiy tarzda ifodalovchi falsafiy tushuncha hisoblanadi. Har bir inson o‘zini o‘rab turgan narsa,voqea,hodisa va jarayonlarning boshlang‘ich ibtidosini, ya‘ni aynan nimalardan tashkil topganini,makon va zamonning qaysi nuqtasida joylashganligini,nima hisobidan, qanday tarzda harakatlanishini bilishni istaydi. Bu masalaga turli davrlarda yashagan faylasuflar bir xilda javob berishmagan. Masalan, borliqning mohiyati haqida qadimgi yunon faylasufi Parmenid borliq mavjuddir, u mutlaqo harakatsiz, bir tarkibli, o‘zgarmasdir. Borliqdan boshqa hech narsa yo‘qdir, ya‘ni borliq mavjud, yo‘qlik esa mavjud emas. Bo‘lish va bilish – aynan bir narsadir, Platon esa borliq – bu haqiqiy, o‘zgarmas, abadiy bo‘lgan g‘oyalar dunyosidan iboratdir. U haqiqiy oliy darajadagi borliq bo‘lib, moddiy dunyoda ko‘plab ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi, Geraklit bu haqda barqaror, o‘zgarmas borliqning o‘zi yo‘q. Uning mohiyati borliq va yo‘qlikning birgalikda mavjudligida, borliqning yo‘qlik tomon beqaror harakatlanishidadir, degan falsafiy g‘oyalarni ilgari surgan. Hozirgi zamon falsafasida ham borliqning mohiyatini tushunish masalasida har xil qarashlar mavjud. Masalan, ekzistensializm (lotincha exsistentia–yashash, mavjudlik ) falsafaning obyektini insonning mavjudligi tashkil etadi, neotomizm boshlang‘ich ibtidosi xudo tomonidan yaratilgan, ruhiy-ma‘naviy mazmunga ega bo‘lgan «sof borliq»gina mavjuddir, neopozitivizm esa obyektiv borliq tajriba bilan birdir, tajribadan tashqarida obyektiv reallik yo‘qdir, degan falsafiy fikrni asoslashga harakat qilganliklarini ko‘rish mumkin. Mustaqillik sharofati tufayli shakllanayotgan o‘zbek falsafasida borliqqa nisbatan bo‘lgan munosabat masalasi I.A.Karimovning ”...inson o‘z timsolida ham moddiy, ham ma‘naviy xususiyat va alomatlarni mujassam etgan noyob xilqat, Y a ratganning buyuk va sirli mo‘jizasidir. Shuning uchun ham uning ichki dunyosi, unga ato etilgan fazilat va xislatlarni oxirigacha anglash, tushunishning o‘zi o‘ta murakkab bir masala. Mana shunday qarash va fikrlarni umumlashtirib, insonga xos orzu- intilishlarni ro‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma‘naviy olamni bamisoli parvoz qilayotgan qushning ikki qanotiga qiyoslasak, o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi. Qachonki ana shu ikki muhim omil o‘zaro uyg‘unlashsa, tom ma‘nodagi qo‘sh qanotga aylansa, shundagina inson, davlat va jamiyat hayotida o‘sish- o‘zgarish, yuksalish jarayonlari sodir bo‘ladi” 1 ,– degan fikrlarga asoslangan holda o‘z y echimini topmoqda. 1
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, borliqning ibtidosini, asosini, manba y ini nimalar tashkil qiladi degan savolga javob berish masalasida: monistik qarash tarafdorlari moddiylik yoki ma‘naviylik; dualistik pozitsiyadagilar moddiylik va ma‘naviylik; plyuralistik yondashuv tarafdorlari juda ko‘p xilma xil narsalar tashkil etishini ta‘kidlaydilar. Borliq masalasini o‘rganishda klassik(mumtoz) falsafa nisbatan tabiat borlig‘ini, uni bilish shakllarini, postklassik (zamonaviy) falsafa esa inson borlig‘ini va uning ma‘naviy hayot kechirish tarzini falsafaning bosh masalasi sifatida o‘rganishga e‘tibor qaratganlar. 2. Borliq va yo‘qli k . Inson foniy dunyoga keladi va vaqt o‘tishi bilan boqiy dunyoga ravona bo‘ladi. S h u davr ichida inson yashash uchun kurash olib boradi. Bu kurashda esa dunyo ichki qarama-qarshiliklardan, ziddiyatlardan iborat ekanligini bilib oladilar. C h unki, uning atrofini o‘rab turgan borliqdagi narsalar bir vaqtning o‘zida ham o‘zgaruvchan va ham o‘zgarmasdir. Bu kim uchun borliq, yana kim uchun yo‘qlikdir. Bugungi kunda insoniyat yo «bor bo‘lmoqlik (hayot); yoki yo‘q bo‘lib ketmoqlik (o‘lim)» nima degan savolga javob qidirmoqda. Darhaqiqat, yadro falokati, ekologik bo‘xronliklar, turli xil bedavo yuqumli kasalliklar (koronovirus pandemiyasi va shu kabilar) Ye r sayyorasidagi million yillar bilan hisoblanadigan insoniyat mavjudligining tabiiy vaqtini o‘nglab bo‘lmaydigan darajada to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Gap «bor bo‘lmoqlik» yo «yo‘q bo‘lmoqlik» haqiqatan ham umumbashariy va mislsiz keskin masala bo‘lib qolayotgan ekan, borliq va yo‘qlik muammosini anglab olish ayniqsa muhimdir. Bunda uning oddiy hayotiy zaminlaridan tobora murakkabroq falsafiy mulohazalar va xulosalari tomon izchil siljib borish kerak bo‘ladi. Odamzod yashayotgan borliq – dunyo hamma vaqtda bo‘lgan, hozir ham bor va bundan keyin ham bo‘laverad i , U o‘tkinchi emas. Borliqdagi alohida narsa, organ i zm, kishi, ularning faoliyatlari muvaqqat, o‘tkinchidir. Borliqning bor yoki yo‘qligi muammosini hal etishda: birinchidan, olamning umumiy mohiyatini izohlash; ikkinchidan , borliqning tarkibiy tuzilishi, ichki harakatlanish mexanizmlarining xususiyatlarini aniqlash; uchinchidan, insonning mavjudligi, uning ichki ruhiy-ma‘naviy dunyosini tahlil qilish kabi yo‘nalishlarda bahs-munozaralar davom etmoqda. Borliq ilgari mavjud bo‘lgan, hozir mavjud va kelajakda mavjud bo‘ladigan obyektiv hamda subyektiv reallikni ham o‘ziga qamrab oladi. Y a ‘ni tabiat, inson, fikrlar, g‘oyalar, jamiyat hammasi turli shakllarda mavjuddir. Ularning barchasi mavjud bo‘lganligi uchun ham yaxlit yagona borliqni tashkil etadi. S h unday qilib, borliq kategoriyasi umumiylashgan abstraksiya bo‘lib mavjudlik belgisi bo‘yicha turli xil hodisalar, narsalar va jarayonlarni o‘zida birlashtiradi. Tabiatdagi tabiiy obyektlar, ularning xossalari, aloqadorliklari va munosabatlari, kishilar jamoasi va ayrim odamlar, ijtimoiy tashkilotlar, inson ongining holati va boshqalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Borliq nafaqat narsalarni, jismlarni, obyektiv reallikni, balki, ma‘naviy hodisalarni, ruhiyatni, ong va tasavvurni, subyektiv reallikni ham o‘z ichiga oladi. S h unday qilib, « Borliq» kategoriyasi – bu tabait va jamiyatdagi xilma xil narsa,
hodisa va jarayonlarni, alohida shaxs, ijtimoiy guruh va jamoalarni, inson ongining holati, darajasi va shakllarini mavjudlik belgilari asosida ifodalaydigan umumiy falsafiy abstraksiyadir. Umuman olganda, borliq falsafadagi eng umumiy tushunchadir. Borliqqa aksil tushuncha sifatida «yo‘qlik» tushunchasini ishlatishadi. Yo‘qlik hech nimani, ya‘ni nazarda tutilgan joyda hech nima mavjud emasligini anglatadi. Yo‘qlik esa nisbiy mazmundagi tushuncha bo‘lib, qa y erdadir yoki nimadadir, nimaningdir ayni paytda mavjud emasligini ifodalaydi. Masalan, yo‘qlik deb o‘tmishdagi va kelajakdagi hodisalarning hozirgi zamonda (ayni shu vaqtda) yo‘qligini aytishadi. Bugungi hodisa kecha hali yo‘q edi, ammo imkoniyatdagi borliq sifatida mavjud edi. Ertangi hodisa ham hozircha yo‘qlik, ammo imkoniyatdagi borliqdir. Biz o‘tmishni bugungi kunda qoldirgan iziga qarab, kelajakni esa bugungi hodisalardagi o‘zgarish sur’ati va tendensiyalariga qarab baholaymiz. Bugungi voqelik ertaga yo‘qlikka aylanadi, ko‘pgina tirik jonivorlar ertaga o‘lik bo‘ladi, ya‘ni hayot o‘limga aylanadi. O‘lim - bu hayotning yo‘qligidir . Individning hayotiy borlig‘i u o‘lgach, yo‘qlikka aylanadi. Ammo uning qoldiqlari, tanasi birdan yo‘qolmasligi mumkin. Ular ham yo‘qolgach, odamlar xotirasida uning siymosi qolishi mumkin. Xullas, mutlaq yo‘qlikning o‘zi yo‘qdir. Yo‘qlik shu ma‘noda nisbiy mazmun kasb etadi. Yo‘qlikni bilish ma‘nosida ham tushunish mumkin. Biz yo‘q deb hisoblagan obyektlar hozircha bizning fikr bilish chegarasidan chetda qolgan bo‘lishi ham mumkin. Voqe y likning muayyan joyida ma‘lum bir sinfga mansub obyektlar, olamning munosabat va aloqadorliklarining uchramasligini ham yo‘qlik deyish mumkin. Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, yo‘qlik tushunchasi narsa va hodisalarning mavjud bo‘lmaslik, yo‘q bo‘lish, haqiqiy bo‘lmagan xususiyatlarini bildiradi. Yo‘qlik - bu aslida mavjud bo‘lmagan, hali paydo bo‘lmagan yoki mavjudligini allaqachon to‘xtatgan narsa. Borliqning namoyon bo‘lish shakli bir narsadir, yo‘qlik hech narsa emas. Yo‘qlik – bu biron bir subyektning aniq faoliyat ko‘rsatishi vaqtida real mavjud bo‘lmagan narsalarni ifodalovchi umumiy falsafiy tushunchadir 3. Substansiya va substrat. Faylasuf olimlar borliqni hodisa sifatida bir necha shakllarga ajratib o‘rganishda, uning mazmun-mohiyatiga, ya‘ni asosida nima yotadi degan masalaga e‘tibor qaratishgan. S h u tariqa falsafada substansiya kategoriyasi shakllangan. Substansiya (lotincha substantio – mohiyat, asosida yotuvchi nimadir) – bu muayyan narsalar, voqealar, hodisalar va jarayonlar xilma-xilligining ichki birligida namoyon bo‘luvchi mohiyatdir. Demak, substansiya deyilganda falsafada dastlabki paytlarda borliq, tabiat, jamiyat, inson va dunyodagi barcha narsa va hodisalarning asosida yotuvchi moddiy yoki ma‘naviy mohiyat tushunilgan bo‘lib, unga qarama-qarshi narsa va hodisalarning o‘tkinchi sifatlarini ifodalovchi“aksidensiya” ( lot. atssidentia — o‘tkinchi, tasodifiy ) tushunchasi ishlatilgan. Abu Nasr Forobiyning yozishicha:” ...(olamda) substansiya (javhar) va aksidensiya (javhar bo‘lmagan, araz) hamda substansiya, aksidensiyani yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo‘qdir.
Aksidensiyani besh sezgi his etadi, ular o‘rtasida hech qanday vosita yo‘qdir, masalan, ko‘rish o‘zicha rangni his etadi, shu bilan u oq va qorani bir- biridan farq qiladi; eshitish o‘zicha baland hamda past ovozlarning farqini sezadi; ta‘m-maza sezgisi turli ta‘mlarni qabul qiladi, shirin va achchiq ta‘mlarning farqini ajratadi; teri sezgisi predmetlarning holatini sezadi va ularning yumshoq yoki qattiqlik holatini farq qila oladi. Substansiyani faqat aql qabul qiladi va bunda aksidensiya aql uchun vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Aql ranglar ostida shu rangga ega bo‘lgan narsa borligini, ovoz ketida ovozi kelayotgan narsa mavjudligini biladi, aqlning boshqa sezgilar bilan munosabati ham sh uning kabidir. Substansiya ba‘zan qizaradi, ba‘zan oqaradi, ba‘zan uzayadi, ba‘zan qisqaradi, ba‘zan ko‘payadi, ba‘zan kamayadi, ba‘zan tug‘iladi, ba‘zan o‘ladi, ba‘zan kasal bo‘ladi, ba‘zan sog‘ayadi - shunday ekan (substansiyaning) bu o‘zga- rishlarini ko‘rsatib bera oladigan ilmga ehtiyoj tug‘iladi. Bu ilm bizga bunday o‘zgarishlarni, ularning qandayligini, omillari va sabablarini ko‘rsatib beradi. Bu ilm yordamida biz agarda istasak zararli natijalarning oldini olamiz yoki zararli natijalarni kuchaytira olamiz. Bu ilm tabiat to‘g‘risidagi, ya‘ni harakat va o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ilmdir. Uning kelib chiqishini qidiradigan bo‘lsak, biz to‘rt unsur, x ususan - olov, havo, suv va tuproq mavjudligini aniqlaymiz. (Bu to‘rt unsur) oy doirasi ostidagi substansiyaning massasini tashkil qiladi; ularning sifatlari to‘rtta, xususan issiq, sovuq, namlik va quruqlik - bular subtansiyaning aksidensiyasini vujudga keltirib, harakat va o‘zgarishni keltirib chiqaradi (ya‘ni, harakat va o‘zgarishda bo‘ladi). Masalan, olma - substansiya bo‘ l sa, uning qizilligi esa aksidensiyadir” 2 . Bugungi kunda substansiya masalasi o‘zining xususiyatlarini:” o‘z-o‘zini belgilash (o‘z-o‘zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va yo‘q qilib bo‘lmaydi); universallik (hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan, barqaror, o‘zgarmas va mutlaq birinchi negizni ifodalaydi); kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy bog‘liqligini o‘z ichiga oladi);yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi);yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko‘rsatadi)” 3 shakllarida namoyon qilayotganligi bilan bahs mavzu y i doirasida qolmoqda. S h u nuqtai nazardan qaraganda, substansiya kategoriyasi hozir ham birinchidan, barcha mavjud narsalarning birinchi sababi sifatida amal qilishi; ikkinchidan, barcha o‘zgarishlarni belgilovchi o‘zaro ta‘sirning yangi turlarini izlash va maydonning yagona fizik nazariyasini tuzishga yo‘naltirilganligi; uchinchidan, evolyu t sion imkoniyatlarini ishga solib, harakatlanayotgan materiya sifatida tushunilishi; to‘rtinchidan, materiya va ongning mutlaqo qarama-qarshiligi to‘g‘risidagi masalaning ijobiy y echimini topish imkoniyatini berishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Olamning tuzilishini tushunish yana bir tushuncha “substrat” kategoriyasi bilan ham bog‘langandir. Substrat (lotincha substratum— asos, to‘shama, taglik) - bu turli-tuman hodisa va jarayonlarning umumiy moddiy asosi, hodisalar o‘rtasidagi umumiylik va o‘xshashlikning negizi, nisbatan oddiy va sifat jihatdan 2 . 3