logo

BORLIQ VA RIVOJLANISH FALSAFASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

46.3916015625 KB
BORLIQ VA RIVOJLANISH FALSAFASI
Reja:
1. Falsafa tarixida borliq muammosi. 
2.   Borliq   shakllarining   tasnifi:   tabiat   borlig'i   va   ma'naviy   borliq,   ijtimoiy
borliq va inson borlig'i. 
3. Falsafada substantsiya va materiya muammosi. 
4. Falsafada makon, vaqt, harakat va rivojlanish masalalari.  Borliq  tushunchasining  tahlili.  Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon, vaqt,
harakat, hayot, ong va Shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika,
astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu
falsafada borliq muammolari o’rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.
Bugungi   kunda   olimlar   notirik,   tirik   dunyo   va   ijtimoiy   dunyo   nima,   degan
savollarga javob to’ishda jiddiy yutuqlarga erishganlar. Ular dunyo haqida o’tgan
asrlarda   yashagan   o’z   hamkasblariga   qaraganda   to’laroq   va   teranroq   tasavvurga
egadirlar. Ammo, dunyoning mohiyati haqidagi  ko’pgina muhim savollarga hozir
ham  aniq  va  uzil-kesil  javoblar  mavjud  emas.  Masalan,  nafaqat   makon yoki   vaqt
tushunchalariga,   balki   nisbatan   soddaroq   hodisa   bo’lmish   gravitatsiya
tushunchasiga ham dunyoda biron-bir fizik bugungi kunda ham aniq (ayni paytda
tajribada tasdiqlanadigan) ta’rif bera olmaydi. 
Shu   sababli   insonning   dunyo   haqidagi   qarashlarida   muhim   rol   o’ynaydigan,
biroq   ilmiy   yechimini   topmagan   muammolarni   falsafiy   anglab   yetishga   kuchli
ehtiyoj   doimo   mavjud   bo’lgan   va   hozir   ham   saqlanib   qolmoqda.   Bu
muammolarning aksariyati haqli ravishda «boqiy» muammolar deb ataladi, chunki
ular  predmeti mos kelsa ham  bilish metodlari  va vositalari  har xil  bo’lgan fan va
falsafa e’tiborini o’ziga jalb qilmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, fizika va boshqa
muayyan   fanlarga   joiz   bo’lmagan   narsalar   falsafa   uchun   joizdir.   Aniq   dalillarga
tayanadigan   va   ularga   muvofiq   qarashlar   birligiga   erishishga   harakat   qiladigan
tabiatshunoslikdan   farqli   o’laroq,   falsafa   yakdillikka   intilmaydi   va   ayni   bir
muammolar   bo’yicha   ba’zan   qarama-qarshi,   bir-birini   istisno   etuvchi   javoblar
beradi.   Shu   tariqa   u   dunyoqarashni   kengaytiradi,   eski   muammolarning   odatdagi
talqinini   o’zgartiradi,   aniq   fanlarning   metodlari   bilan   amalga   tatbiq   etiladigan
yangi yechimlar ustida ijodiy izlanishga da’vat etadi. 
Shu   tariqa   falsafa   evristik   va   metodologik   rolni   bajarar   ekan,   ayni   zamonda
o’zi   ham   tabiatshunoslik   oluvchi   ishonchli   natijalarga   muhtoj   bo’ladi   va   ulardan
yangi   nazariyalar   tuzish   uchun   asos   sifatida   foydalanadi.   Shu   sababli   biz
borliqning   asosiy   shakllari   va   fundamental   asoslarini   falsafa   nuqtayi   nazaridan
o’rganar   ekanmiz,   albatta   yo   ishonchliligi   shubha   uyg’otmaydigan,   yo   borliqni yaxshiroq   tushuntirgani   uchun   qabul   qilinadigan   tabiiy-ilmiy   material   va   daliliy
ma’lumotlarga tayanamiz. 
Falsafa   tarixida   borliq   muammosi.   O’quv   kurslarida   asosiy   falsafiy
muammolarni   o’rganish   odatda   ontologiyadan   boshlanadi.   Ontologiya   falsafiy
bilimlarning   alohida   sohasi   bo’lib,   unda   borliq   va   yo’qlik,   mavjudlik   va
nomavjudlik   muammolariga   doir   masalalarning   keng   doirasi   o’rganiladi,
Shuningdek   mavjudlik   sifatiga   ega   bo’lgan   barcha   narsalarning   mohiyati
aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin
u   yunoncha   o’zaklarga   ega   bo’lib   (ontos   –   borliq,   logos   –   so’z,   ta’limot),   borliq
haqidagi   ta’limot   degan   ma’noni   anglatadi.   Ontologiya   falsafada   alohida   o’rin
egallaydi.   Ikki   yarim   ming   yillik   faol   falsafiy   izlanishlar   natijasida   falsafiy   bilim
tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan
gnoseologiya,   aksiologiya,   ijtimoiy   falsafa,   axloq,   estetika,   mantiq   kabi   tarkibiy
qismlari   paydobo’ldi.   Lekin   ularning   barchasi   zamirida   ontologiya   yotadi.   O’z
navbatida   ontologiya   har   qanday   falsafiy   dunyoqarashning   negizi   hisoblanadi   va
Shu   tariqa   o’z   tarkibiga   kirmaydigan   boshqa   falsafiy   muammolar   talqinini   ko’p
jihatdan belgilaydi. 
«Borliq» kategoriyasi.  Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar a’’aratini
tashkil   etadigan   ko’p   sonli   falsafiy   kategoriyalar   orasida   «borliq»   kategoriyasi
doimo markaziy o’rinni egallaydi. Chunki u har qanday predmet , hodisa, voqea va
shu   kabilarning   eng   muhim   xususiyatini,   aniqroq   aytganda,   ularning   mavjud
bo’lish,   bevosita   yoki   bilvosita   namoyon   bo’lish,   o’zaro   ta’sirga   kirishish
qobiliyatini aks ettiradi. 
Bu inson o’zligini va o’zini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq
duch   keladigan   har   qanday   ob’ektning,   borliq   har   qanday   qismining   umumiy
xossasidir. 
Inson   aqlli   jonzot   sifatida   shakllanish   jarayonining   ilk   bosqichlaridayoq   o’z
dunyoqarashining   negizini   tashkil   etadigan   muhim   savollarga   javob   to’ish
zaruriyati bilan to’qnash keladi:
1. «Men kimman?» 2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?»
3. «Borliq qanday va qaerdan paydobo’lgan?»
4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?»
5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsadga muvofiqlik, maqsad,
mo’ljal bormi?»
I nson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi avvalo o’zi
nima   bilan   bevosita   ish   ko’rayotganini   qayd   etadi.   Buni   aniq   anglamasdan,   u
o’zining   dunyo   haqidagi   mulohazalarini   aniq-ravshan   narsalarni   qayd   etishdan
boshlaydi. Shu tariqa inson va uning ongi o’zini qurshagan barcha narsalar avvalo
mavjud bo’lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi. 
Shunday   qilib,   borliq   masalasi   inson ning   dunyoni   oqilona   anglash   yo’lidagi
ilk   urinishlaridayoq   duch   kelgan   barcha   masalalarning   negizi   hisoblanadi.
Muayyan   narsalar   mavjudligi   yoki   mavjud   emasligi   masalasi   inson   falsafiy
mulohaza   yurita   boshlagani   zahotiyoq   uning   diqqat   markazidan   o’rin   oldi.
Mifologiyaning   bosh   vazifasi   –   «borliqni   kim   yaratgani»   haqida   ga’irib   berishni
falsafa   «borliqning   nimaligi,   u   qaerdan   paydobo’lgani   va   qaerga   yo’qolishi»ni
oqilona   tuShuntirish   bilan   almashtirgani   tasodifiy   emas.   Bunday   tuShuntirishga
urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob to’ish
zaruriyati bilan to’qnash kelganlar:
 falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?
 bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?
 unga qanday falsafiy ma’no yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning
etimologiyasiga   ham   murojaat   etishni   nazarda   tutadi.   Mazkur   dastur   bo’yicha
ta’lim   oluvchilar   tarixiy-falsafiy   kurs   bilan   tanish   bo’lishlari   lozimligini   hisobga
olib,   bu   yerda   faqat   falsafiy   tafakkur   tarixiga   qisqacha   to’xtalamiz   va   mazkur
muammoni anglab etish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina qayd etamiz.
Borliq     va     yo’qlik     dialektikasi.   Keltirilgan   fikr   amalda   mavjud   narsagina
borliqqa ega bo’lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi. «Yo’qlik»
har   qanday   tilda   amalda   mavjud   bo’lmagan   narsa   bilan   tenglashtiriladi   va boshqacha tuShunilishi  mumkin ham  emas. Boshqacha  aytganda, yo’qlik borliqni
inkor   etadi   va   narsa,   jism,   hodisa,   ong...   (ya’ni   amalda   mavjud   bo’lishi   mumkin
bo’lgan   narsalar)   o’zligini   yo’qotgan   holda   «yo’qlik»   atamasi   ayni   Shu   ma’noda
ishlatiladi va ular haqida ular «yo’qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi. 
Lekin sof falsafiy ma’noda bu fikrni to’g’ri deb bo’lmaydi. Borliq va yo’qlik
o’rtasida dialektik o’zaro aloqa mavjud. 
Birinchidan,   dunyo   haqidagi   hozirgi   tasavvurlarga   ko’ra,   biz   yashayotgan
Olam   bo’shliqdan   bino   bo’lgan.   Bo’shliq   materiyaning   alohida   holati.   Bo’shliq
fizik borliqning eng boy tipi, o’ziga xos potentsial borliq sifatida namoyon bo’ladi,
zero unda mumkin bo’lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni zamonda
unda aktual tarzda hech narsa yo’q. 
Yana shuni  ham e’tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va boshqalar)
nuqtayi   nazaridan   biz   yashayotgan   Olam   ham   dunyoda   yagona   emas,   chunki   u
rivojlanishning   turli   sikllarini   boshdan   kechirayotgan   turli   Olamlarning   cheksiz
sonidan   tashkil   to’adi.   Shu   ma’noda   borliq   va   yo’qlikning   o’zaro   aloqasi   ham
nisbiy xususiyat kasb etadi. 
Ikkinchidan,   amalda   mavjud   bo’lgan   narsaning   ob’ektiv   borlig’i   yo’qlikka
chekinadi, lekin, shunga  qaramay u haqda gapirilayotgan, ya’ni  u muayyan  narsa
sifatida   fikrlanayotgan   bo’lsa,   bu   narsa   ongda   mavjud   bo’ladi   va   o’zining
«ikkinchi»   borlig’ini   saqlaydi,   ayni   holda   u   dastlabki   ob’ektning   nusxasi,   ideal
obraz bo’lib qoladi. 
Shunday   qilib,   o’tgan   zamondagi   borliq   yo’qlikdir ,   deb   aytish   mumkin.
Borliq   doim   hozirgi   zamonda   mavjud   bo’ladi,   u   faqat   hozirgi   zamonda   o’zini
namoyon   etadi,   basharti   u   dolzarb   va   amalda   namoyon   bo’lish   imkoniyatiga   ega
bo’lsa,   agar   u   potentsial,   ya’ni   axborot   manbalarida   mavjud   yoki   uning   paydo
bo’lishi   ob’ektiv   rivojlanish   mantig’i   bilan   belgilangan   bo’lsa.   Amalda   yo’q
bo’lgan   narsa   haqida   ideal   obraz   sifatida   fikrlash   mumkin.   Boshqacha   aytganda,
unga   ideal   obraz   tarzidagi   ideal   borliq   shakl-shamoyilini   berish   mumkin.
O’tmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat Shu ma’noda so’z yuritishimiz mumkin. Ayni   shu   ma’noda   biz   g’oyalar,   narsalar,   voqealar,   tarixiy   shaxslar   yoki
o’zimizga   yaqin   odamlar   to’g’risida   so’z   yuritamiz,   bunda   ular   yo’qlikka
aylanmagani,   balki   yangicha   mavjudlik,   xotira   tarzidagi   o’zgacha   borliq   kasb
etganini nazarda tutamiz. 
Shunday   qilib ,   borliq   falsafiy   kategoriya   sifatida   dunyoni   butun   rang-
barangligi   va   turli-tuman   namoyon   bo’lish   shakllari   bilan   yaxlit   aks   ettirish
imkonini beradi.  Bunda narsalar, predmet lar, hodisalar o’z xususiyatlari, xossalari
bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi bo’lmish insonni
bilish yo’lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-
barangligi, turli darajalari, ko’rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va hokazolar
haqidagi   mulohazalarning   asosiy   koordinatalar   sistemasi   belgilanadi.   Buning
uchun mohiyat, hodisa, substantsiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi
falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi. 
Inson o’zi va umuman dunyo haqida o’ylar ekan, odatda muayyan narsalar va
ayrim tabiiy hodisalar bilan ish ko’radi. Ayni zamonda u o’zini qurshagan dunyoni
sinchiklab   o’rganish   va   uning   butun   rang-barangligini   tuShunib   etish   uchun
muayyan   tayanch   nuqtasi   bo’lib   xizmat   qiladigan   qandaydir   asosning   shak-
Shubhasiz   mavjudligini   qayd   etadi.   Falsafa   tarixidan   biz   bunday   asos   sifatida,
masalan,  Suqrotdan oldingi  qadimgi  yunon faylasuflarida tabiat  elementlari, o’rta
asrlar   falsafasida   Xudo,   Dekartda:   «Men   fikrlaya’man,   demak,   mavjudman»,
degan ongli inson amal qilganini ko’ramiz. 
Ammo   inson   bilishning   bu   birinchi   bosqichida   to’xtab   qolmagan   va   o’zini
qurshagan   borliqning   ko’p   sonli   turli-tuman   holatlari   orasida   qolgan   barcha
narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni Shu shakli
voqelikning   boshqa   shakllari   va   holatlaridan   nima   bilan   farq   qilishini   aniqlashga
harakat   qilgan.   Bugungi   kunda   insoniyat   borliqning   ko’p   sonli   turli-tuman
shakllaridan   ularning   ayniqsa   aniq   bo’lgan   bir   nechtasini   farqlash   imkonini
beradigan tajriba va bilim to’pladi.
Borliq     shakllarining     tasnifi:     tabiat   borlig’i     va     ma’naviy     borliq,
ijtimoiy  borliq  va  inson  borlig’i.  Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay   farq   qilishiga   qadimdayoq   e’tibor   bergan,   lekin   buni   ancha   keyin
tuShunib   ketgan.   O’z   navbatida,   jonli   narsalar   dunyosida   inson   alohida   o’rin
egallaydi.   U   barcha   jonli   narsalardan   butunlay   farq   qiladi.   Insonning   bu   asosiy
farqi uning ongida, ideal obrazlar bilan ish ko’rish, ya’ni abstrakt fikrlash va o’zini
fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo’ladi. 
Shunday   qilib,   borliqning   umumiy   manzarasini   yaratish   zaminidan   notirik
tabiat   o’rin   oladigan   o’ziga   xos   ‘iramida   hosil   bo’ladi.   ya’ni   borliqning   shakllari
notirik   tabiat,   tirik   tabiat,   ijtimoiy   borliq   va   inson   borlig’i   kabilardir.   So’nggi
yillarda   virtual   borliq   shakli   haqida   fikr   yuritilmoqda.   Borliqning   bu   umumiy
shakllari o’ziga xos xususiyatga, o’zining betakror mohiyatiga egadir. 
Tabiat   borlig’i.   U   mufassallashtiriladi   va   o’z   navbatida   ,birlamchi   tabiat
borlig’i (ya’ni inson va uning faoliyatidan qat’i nazar mavjud bo’lgan narsalar  va
jarayonlar borlig’i) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va
jarayonlar   borlig’i)ga   bo’linadi.   Birlamchi   tabiat   notirik   tabiat   narsalari   va
jarayonlarining borlig’i – bu butun tabiiy va sun’iy dunyo, Shuningdek tabiatning
barcha   holatlari   va   hodisalari   (yulduzlar,   sayyoralar,   yer,   suv,   havo,   binolar,
mashinalar, aks sado, kamalak, ko’zgudagi aks va sh.k.)dir. 
Birlamchi tabiat borlig’i ikki darajani o’z ichiga oladi.
Birinchi   daraja   jonli   ruhsiz   jismlardan,   ya’ni   ko’payish   qobiliyatiga   ega
bo’lgan,   atrof   muhit   bilan   moddalar   va   energiya   almashinuvini   amalga
oshiradigan,   lekin   ongga   ega   bo’lmagan   barcha   narsalar,   ya’ni   sayyoramiz
hayvonot va o’simliklar dunyosini o’z ichiga olgan butun biosferadan iborat. 
Ikkinchi   daraja   –   bu   inson   va   inson   ongining   borlig’i   bo’lib,   bu:   ikkilamchi
tabiat   inson   yaratgan   yoki   o’zgartirgan   tabiatdir.Tabiat   makon   va   vaqtda   cheksiz
hamda abadiydir. Ikkinchi yoki inson tomonidan yaratilgan tabiat birinchi tabiatga
bog’liq.   Bir   tomondan,   ikkinchi   tabiatda   birinchi   tabiat   materiali,   boshqacha
aytganda   ob’ektiv,   birlamchi   borliq   mujassamlashgan,   boshqa   tomondan   esa   –
unda   insonning   mehnati,   irodasi   va   bilimlari,   uning   qalbi   o’z   ifodasini   to’gan.
Ikkilamchi   tabiat   –   bu   mehnat   qurollari   va   sharoitlari,   aloqa   vositalari,   inson ruhining ehtiyojlari, ma’rifatli borliq, moddiy va ma’naviy madaniyatni belgilovchi
barcha narsalar va jarayonlardir. 
Inson borlig’ining.   tahlilida insonning tabiatning bir qismi  sifatida jismoniy
mavjudligini va alohida inson borlig’ini farqlash o’rinli bo’ladi. 
Inson   tabiatning   bir   qismi   hisoblanadi   va   Shu   ma’noda   uning   qonunlariga
bo’ysunadi.   Tananing   mavjudligi   inson   o’limga   mahkum   ekanligini   belgilaydi.
Inson   borliq   va   yo’qlik   dialektikasi   bilan   bog’lanadi,   barcha   tabiat   jismlari   kabi
vujudga   kelish,   shakllanish   va   halok   bo’lish   holatlaridan   o’tadi.   Barcha   tabiat
jismlari  kabi, inson tanasiga  ham  modda va energiyaning saqlanish  qonunlari  o’z
ta’sirini   ko’rsatadi,   ya’ni   uning   tarkibiy   qismlari   tabiatning   boshqa   holatlariga
o’tadi.   Inson   tanasi   mavjud   bo’lishi   uchun   uni   muttasil   quvvatlash   (ovqatlanish,
sovuqdan   va   boshqa   xavf-xatarlardan   saqlash)   talab   etiladi.   Fikrlash   uchun   inson
tanasining   tirikligini   ta’minlash   zarur.   Bundan   hayotni   saqlash,   insonning   o’z-
o’zini   saqlashi   va   insoniyatning   yashovchanligini   ta’minlash   zaruriyati   kelib
chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega
bo’lish ehtiyojida o’z ifodasini to’adi;
Ma’naviy   borliq   sub’ektiv   individuallashgan   va   ob’ektiv   (noindividual)
ma’naviy borliq sifatida mavjud. Individuallashgan ma’naviy borliq - bu insonning
ichki dunyosi. U onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga ko’ra,
ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma’noda esa u tafakkurdir. Ong –
inson   bosh   miyasining   dunyo   borlig’ini   izchil   aks   ettirish,   uni   obrazlar   va
tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar,
Shuningdek   g’oyalar,   e’tiqodlar,   qadriyatlar,   mo’ljallar,   andozalarning   ko’rinmas
jarayoni   sifatida   mavjud.   Ong   tez   oqadigan   va   bir   xil   bo’lmagan   orqaga
qaytmaydigan xususiyatga ega. Shaklandi bu jarayon tartibsiz, lekin Shu bilan bir
vaqtda  unda  muayyan  tartib,  barqarorlik,  struktura,   muayyan   darajada  intizom   va
iroda mavjud. 
Inson ongi ayni vaqtda uning o’z-o’zini anglashi, ya’ni o’z tanasi, fikrlari va
tuyg’ularini,   o’zining   boshqa   odamlarga   bo’lgan   munosabatini   va   o’zining jamiyatdagi o’rnini anglab etishi, ya’ni o’zini o’zi bilishdir. O’zlikni anglash – bu
ongimizning o’ziga xos markazidir. 
Individual   ong   o’zining   o’limga   mahkumligi   bilan   tavsiflanadi,   lekin   uning
ayrim   qismlari   noindividual   ma’naviy   shakl-shamoyil   kasb   etadi,   Shuningdek
boshqa   kishilar   mulkiga   aylanadi.   Xatti-harakatlarda   inson   ongining   fragmentlari
moddiylashadi,   ularga   qarab   odamlarning   niyatlari,   mo’ljallari,   maqsadlari,
g’oyalari   haqida  xulosa   chiqariladi.   Noindividual   ma’naviy  borliqning  o’ziga   xos
xususiyati   Shundaki,   uning   elementlari   saqlanadi,   takomillashadi   va   ijtimoiy
makon va vaqtda erkin harakatlanadi;
Ijtimoiy   borliq   ayrim   insonning   jamiyatdagi   borlig’i   va   jamiyatning   o’z
borlig’iga bo’linadi. Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi, turli
ijtimoiy   guruhlar:   oila,   ishlab   chiqarish   jamoasi,   millatning   a’zosi   hisoblanadi.   U
boshqa   individlar   bilan   yaqin   aloqa   qilib   yashaydi.   Odamlarning   barcha   faoliyati
mazkur sotsiumga xos bo’lgan ijtimoiy munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy,
iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar doirasida amalga oshiriladi. 
Xullas, «borliq» kategoriyasi o’ta umumiy falsafiy abstraktsiya bo’lib, u turli-
tuman   tabiat   hodisalari   va   jarayonlarini,   odamlar   jamoalari   va   ayrim   kishilarni,
ijtimoiy   institutlarni,   inson   ongining   darajalari,   shakllari   va   holatlarini   mavjudlik
belgisiga   ko’ra   birlashtiradi.   Garchi   bu   hodisalar   va   jarayonlar   borliqning   turli
sohalariga   taalluqli   bo’lsa-da,   ularning   barchasini   umumiy   asos   birlashtiradi.
Ammo cheksiz darajada rang-barang dunyoning yagonaligi to’g’risida so’z yuritish
mumkinmi? Bu savolga «ha» deb javob berish orqali biz butun borliqning umumiy
asosi haqida tasavvur hosil qilamiz. Bu haqda keyingi paragrafda so’z yuritiladi. 
    Virtual   borliq     tushunchasi.   Virtual   borliq   -   inson   real   borliqda   harakat
qilayotgani   illyuziyasini   kom’yuterda   yaratish   imkonini   beruvchi   interfaol
texnologiya . Bunda ob’ektiv borliqni  tabiiy sezgi  organlari  yordamida idrok etish
o’rnini maxsus interfeys, kom’yuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy yaratilgan
kom’yuter   axboroti   egallaydi.   Virtual   borliq   amalda   yo’q   narsa,   uni   qo’l   bilan
tutish, uning ta’mi va hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay, u mavjud
va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga   ta’sir   ko’rsatish   imkoniyatiga   ham   ega   bo’ladi,   ushbu   olamda   mustaqil
harakat   qiladi,   uni   o’zgartira   oladi.   Virtual   olam   –   inson   borlig’ining   o’ziga   xos
shakli va odamlar ma’naviy aloqasining alohida madaniy shaklidir. 
Virtual   borliq   texnologiyasi   zamirida   birinchi   marta   XX   asr   60-yillarining
o’rtalarida   paydobo’lgan   kom’yuterlar   yordamida   foydalanuvchi   boshqara
oladigan   dunyolar   model   yaratish   mumkin ,   degan   g’oya   yotadi.   Virtual   borliq
tizimlari   ilmiy   davralarda   texnologiyalar   ongda   o’zgarish   yasaydigan   kelajakning
qiyofasi xususida qizg’in bahsga sabab bo’lmoqda. Ammo virtual borliq tizimlarini
ishlab chiqish va kiber maydonni yaratish inqilobiy - ijtimoiy natijaga olib keladi,
degan   fikrni   virtual   borliq   texnologiyasining   ilk   yaratuvchilari   ham,   kiborg-
postmodernizm nazariyachilari ham qo’llab-quvvatlamoqda. 
  Inson   qo’lida   dunyoni   bilishning   qudratli   quroli,   uning   yordamchisi,   ijodiy
faoliyat   uchun   shart-sharoit   yaratish   vositasi   bo’lib   xizmat   qiluvchi   axborot
texnologiyasi ayni vaqtda dunyoni bilishning an’anaviy verbal usulini audiovizual
bilish   usuli   bilan   almashtirmoqda,   odamlarda   sun’iy   olamga   kirish   illyuziyasini
vujudga   keltirmoqdaki,   ular   bu   sun’iy   borliqni   amalda   mavjud   borliq   deb   qabul
qilmoqdalar.   Bu   borliq   «virtual   borliq»   deb   nomlanadi.   Virtual   negizga   ega
bo’lgan bu borliq odatdagi fizik borliq bilan bir qatorda ob’ektiv tarzda mavjuddir. 
«Virtual   borliq»   atamasi   1970   yillarning   oxirida   Massachuset   texnologiya
institutida Jeron Lener tomonidan o’ylab to’ilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi
virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda
insonning   mavjudligi   g’oyasini   ifoda   etadi.   Virtual   (lotincha   Virtualis   –   mumkin
bo’lgan)   –   narsalar   va   hodisalarning   zamon   va   makonda   moddiy   mavjudligiga
qarama-qarshi   o’laroq,   ob’ektiv   narsalar   yoki   sub’ektiv   obrazlar   mavjudligining
nomoddiy turi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik kinematografchilar
tomonidan   kiritilgan.   Ular   muayyan   sabablarga   ko’ra   tabiiy   yo’l   bilan   amalga
oshirib bo’lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni  belgili-grafik shaklda  sun’iy amalga
oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani Shu nom bilan chiqarganlar. 
  Olamning   birligi,   chekliligi     va   cheksizligi.   Falsafada   olamning   chekliligi
va cheksizligi   bilan  bog’liq masalalar  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunda  har  bir konkret   narsaning   chekli   ekanligi,   umumiy   olamning   cheksiz   va   chegarasizligi
e’tirof etiladi. Cheksizlikni ifodalash uchun  ichki (intensiv) va tashqi (ekstensiv)
shakllar  mavjudligi ko’plab falsafiy adabiyotlarda qayd etilgan. 
Materiyaning ichdan nihoyasizligi intensiv cheksizlik haqidagi tasavvur bilan
qamrab   olinadi .   Intensiv   cheksizlik   tabiatda   ichki   tuzilishga   ega   bo’lmagan,
mutlaqo   elementar   ob’ektlar   yo’qligini   ko’rsatadi.   Intensiv   cheksizlik
mikrozarralarni   o’rganish   jarayonida   materiyaning   kichikroq   qismlarga   cheksiz
bo’linishi  sifatida qaralishi  mumkin emas. Zarralarning bir-biriga aylanuvchanligi
ular ancha murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi. 
Ekstensiv   cheksizlik   tashqi   cheksizlikdir.   U   mazkur   ob’ekt   doirasidan
tashqarida,   «katta»   dunyoda   kuzatiladi   va   ob’ektdan   tashqaridagi   cheksizlikni
ifodalaydi . Bu yerda ob’ekt xossalari va sifatlarining atrofdagi narsalar bilan o’zaro
ta’sirlar   tizimiga   bog’liqligi   muammosi   muhimroqdir.   Amalda   cheksizlik   mavjud
bo’lib,   u   bilish   qaratilgan   yo’nalishdan   kelib   chiqib,   intensiv   yoki   ekstensiv   deb
tuShunilishi   mumkin.   Ekstensiv   va   intensiv   cheksizlik   –   haqiqiy   cheksizlikning
o’ziga   xos   proektsiyalaridir .   Ularni   geometrik   shaklning   koordinatalar   o’qidagi
‘roektsiyalariga o’xshatish mumkin. 
Kosmologiya   cheklilik   va   cheksizlikning   talqiniga   juda   ko’p   yangiliklar
kiritdi.   Kosmologiya   fan   sifatida   olamning   tuzilishi   va   xossalarini,   makon   va
vaqtning   cheksizligi   muammosini   o’rganishga   harakat   qiladi .   Dunyoning   makon
va   vaqtda   cheksizligi   haqidagi   tasavvurlar   asrlar   davomida   shakllangan.   Uning
ildizlari   antik   naturfalsafa   va   kosmogoniyaga   borib   taqaladi.   Nyutoncha   fizikaga
asoslangan XVIII asr kosmologiyasida cheksizlik g’oyasining ancha asosli nazariy
dalillari   ta’riflab   berildi.   Nisbiylik   nazariyasining   paydobo’lishi   kosmologiya
muammolarini butunlay o’zgartirib yubordi. Umumiy nisbiylik nazariyasi ta’sirida
yuzaga kelgan va XX asrning ikkinchi o’n yilligida jadal rivojlangan relyativistik
kosmologiya   doirasida   olamning   makon   va   vaqtda   cheksiz   hamda   chekli
modellarini tuzishga muvaffaq bo’lindi. 
Olamning  relyativistik   kontseptsiyasi   bo’lishi   ehtimol   tutilgan   butun  moddiy
dunyoni   qamrab   olgani   sababli,   uning   «ibtidosi»   g’oyasida   cheksizlik   g’oyasi butunlay inkor etilib, fanda to’ntarish yasalishiga olib keladigandek bo’lib tuyuldi.
Relyativist   kosmologlarning   kengayib   borayotgan   olam   –   Metagalaktikaning
yagonaligi   va   u   hamma   narsani   qamrab   olishi   haqidagi   ta’limoti   o’tmishda   ko’p
karra   takrorlangan   olamda   Yerning   yagonaligi,   Quyosh   sistemasi   yoki
Galaktikaning   yagonaligi   haqidagi   g’oyalarni   eslatadi.   Amalda   olamning
kosmologik modellari, garchi butun dunyoni tuShuntirish uchun tuzilgan bo’lsa-da,
uning ayrim  qisminigina tuShuntirgan. Mazkur  sohaga  taalluqli, butun dunyodagi
makon va vaqtga nisbatan tatbiq etilmaydi, deb talqin qilingan makon va vaqtning
chekliligi hamda cheksizligi haqidagi kosmologik tasavvurlar cheksizlik g’oyasini
inkor etmagan. 
Kosmologiya   rivojlanishining   hozirgi   bosqichi   relyativistik   kosmologiyaning
ustuvorligi   bilan   tavsiflanadi.   Relyativistik   kosmologiya   butun   dunyoni
mukammal   tavsiflashga   da’vo   qilmaydi,   lekin   cheklilik   va   cheksizlikni   biz
yashayotgan   olamga   tatbiqan,   uning   fizikaviy-makon   tuzilishi   tomonidan
o’rganadi.   Relyativistik   kosmologiya   asoschilari   A.Eynshteyn   va   A.Fridman
hisoblanadi. 
A.Eynshteyn 1916 yilda umumiy nisbiylik nazariyasini yaratgach, oradan bir
yil   o’tib   (1917)   olamning   birinchi   relyativistik   modelini   tuzdi,   uning   ma’nosi
qo’yidagicha:
1.  Modda va nurlanish olamda bir tekis tarqalgan. Bundan olam maydoni bir
xil   va   izotro’   tuzilishga   ega,   degan   xulosa   kelib   chiqadi .   Garchi   og’ir   ob’ektlar
yaqinida makon-vaqt  geometriyasi  o’zgarsa-da, bu o’zgarish  olamning o’zgarmas
egrilikka   ega   bo’lgan   bir   xil   izotrop   maydonidan   chetga   ahamiyatsiz   og’ishdir,
xolos.
2.   Olam   turg’un,   vaqtda   o’zgarmasdir.   Shu   bois   maydon   geometriyasi
evolutsiyaga   ega   bo’lishi   mumkin   emas .   A.Eynshteyn   dunyosi,   odatda,
«silindrsimon   dunyo»   deb   ataladi,   chunki   uni   cheksiz   ko’lamli   to’rt   o’lchovli
tsilindr   ko’rinishida   tasavvur   qilish   mumkin.   Silindrning   yasovchisi   bo’ylab   vaqt
o’qi   o’tadi,   u   o’tmishga   ham,   kelajakka   ham   cheksiz   qaratilgan.   Silindr   kesimi
maydonni   beradi.   Mazkur   modelda   bu   o’zgarmas   musbat   egrilikka   ega   uch o’lchovli doirasimon maydon bor. U chekli hajmga ega. Buning ortida hech narsa
mavjud   bo’lmagan   dunyoning   qandaydir   chekkasi   bor,   deb   tuShunmaslik   kerak.
Ayni   holda   maydon   «o’z-o’zida   tutashadi»   va   bu   unda   hech   qachon   to’siqqa
uchramasdan cheksiz aylanish imkonini beradi. 
Biroq   A.Eynshteynning   «silindrsimon   dunyo»si   o’tmishda   qolgan.   Uning
olamning   turg’un   modelini   yaratishga   urinishlari,   hozirgi   davrda   olamning
abadiyatda   o’zgarmas   holda   mavjudligi   haqidagi   an’anaviy   tasavvurlarga   hurmat
sifatida qaraladi. Olamning turg’un modelini A.Eynshteyn maxsus taxmin asosida
yaratganini ham e’tiborga olish kerak. 
Mazkur   muammoning   yangi   yechimini   A.Fridman   taklif   qilgan   va   uni
belgiyalik   kosmolog   M.Lemetri   rivojlantirgan.   A.Fridman   dunyoning   turg’unligi
haqidagi   taxmindan   voz   kechdi,   lekin   uning   bir   xilligi   va   izotro’ligi   haqidagi
‘ostulatni   saqlab   qoldi.   Bu   muammoning   uch   xil   yechimini   taklif   qilish   imkonini
berdi:
1. Agar olamda modda va nurlanishning zichligi  ayrim kritik kattalikka teng
bo’lsa, maydon evklid maydoni bo’ladi, ya’ni egriligi nolga teng bo’ladi va dunyo
cheksiz bo’ladi. 
2.   Agar   zichlik   kritik   kattalikdan   kichkina   bo’lsa,   olam   maydoni
Lobachevskiy geometriyasi bilan tavsiflanadi, u manfiy egrilik va cheksiz hajmga
ega, ochiq va bel ko’rinishida bo’ladi.
3.   Agar   olamda   moddaning   zichligi   kritik   darajadan   katta   bo’lsa,   maydon
musbat egrilikka ega, lekin hajmi cheklangan bo’ladi. Dunyo berk va chekli bo’lib,
Riman geometriyasi bilan tavsiflanadi.
Kengayuvchi  olam  gipotezasi.   Kosmologiya muammosining taklif qilingan
yechimlariga   nisbatan   munosabat   bir   xil   emas.   Ayrim   olimlar   cheksiz
kengayuvchi   Olam   gipotezasi ni   qabul   qilganlar   va   «Katta   portlash»
kontseptsiyasiga   ko’ra,   taxminan   17-20   milliard   yil   oldin   olam   juda   kichkina
hajmda o’ta  zich singulyar  holatda bo’lgan, deb hisoblaydilar. Yuz bergan «katta
portlash» olamning kengayish jarayonini boshlab bergan. Bu kengayish jarayonida
moddaning   zichligi   o’zgargan,   maydonning   egriligi   to’g’rilanib   borgan.   Ayrim olimlar   fikriga   ko’ra,   kengayish   o’rnini   yana   torayish   egallaydi   va   butun   jarayon
takrorlanadi. Shu asosda   harakatlanuvchi Olam gipotezasi   ilgari surilgan bo’lib,
unga   ko’ra   taxminan   har   100   milliard   yilda   yangi   sikl   «katta   portlash»dan
boshlanadi.   Aqlga   sig’maydigan   gipotezalarning   birida   «dastlabki   portlash»
natijasida   gravitatsion   maydonda   singulyar   holatdan   faqat   bizning
metagalaktikamiz   emas,   balki   ko’plab   metagalaktikalar   vujudga   kelgani,  ularning
har   biri   barcha   fizik   ko’rsatkichlarning   turli   ifodalariga,   chunonchi,   alohida
to’ologiyali   (o’lchovlar   miqdori   har   xil   bo’lgan   mahalliy   ochiq   yoki   mahalliy
yo’iq) makoni va o’z kosmologik vaqtiga ega bo’lishi mumkinligi taxmin qilinadi. 
Hozirgi   «ko’p   sonli   dunyolar»   kontseptsiyalarida   olamning   ajabtovur
manzarasi   chiziladi.   Bu   fundamental   falsafani   moddiy   dunyoning   makon   va
vaqtdagi   cheksizligini   metrik   cheksizlik   ma’nosida   emas,   balki   materiyaning
makon va vaqt strukturalarining benihoya rang-barangligi sifatida tushunish lozim,
degan asosiy qoidasi bilan hamohangdir. 
Olam kengayishda davom etadimi yoki torayish jarayoni boshlanadimi, degan
savol   javobsiz   qolmoqda.   Ammo   «qizil   siljish»   hodisasi   hozirgi   vaqtda   nurlanish
manbai   uzoqlashib   borayotganini,   ya’ni   galaktikalar   taxminan   o’zigacha   bo’lgan
masofaga   proportsional   tezlikda   har   yoqqa   «tarqalayotgani»ni   tasdiqlovchi
umumiy e’tirof etilgan fakt hisoblanadi. 
Qizil   siljish   va   torsion   maydonlar.   1912 yilda V.M.Slayfer galaktikadan
tashqaridagi   tumanliklar   nurlanishlarining   spektr   chiziqlari   spektrning   qizil   uchi
tomonga   siljiyotgani   -   «qizil   siljish»ni   aniqladi .   Oradan   ma’lum   vaqt   o’tgach
(1929   yilda)   Edvin   Xabbl   tumanlik   kuzatuvchidan   qancha   uzoqda   bo’lsa,   «qizil
siljish»   kattaligi   ham,   uning   tumanlikdan   uzoqlashish   tezligi   ham   Shuncha   katta
bo’ladi,   degan   qonunni   va   katta   masofalarda   galaktikalarning   tezligi   ulkan
ifodalarga etishini aniqladi. 
Shunga   qaramay,   olamning   kengayishi   bilan   bir   qatorda,   uning   torayishini
yoki   makonda   cheklangan,   lekin   vaqtda   cheksiz   olam   navbatma-navbat   dam
kengayuvchi,   dam   torayuvchi   harakatlanuvchi   olam   modelini   ham   taxmin   qilish
uchun nazariy imkoniyat mavjud.    Substantsiya     va     substrat     tushunchasilari.   Falsafa   tarixida   o’zining
mavjudligi uchun o’zidan boshqa hech narsaga muhtoj bo’lmagan birinchi asosni
ifodalash   uchun   «substantsiya»   (lot.   substantia   –   mohiyat,   asos)   kategoriyasi
qo’llaniladi.   Ilk   falsafiy   yo’nalishlarning   vakillari   barcha   narsalar   asosini   tashkil
etuvchi moddani birinchi asos sifatida tuShunganlar. Odatda, bunday asos sifatida
o’sha  davrda  umumiy  e’tirof  etilgan   birinchi  stixiyalar:  yer,  suv,  havo,  olov  yoki
fikriy   konstruktsiyalar,   «birinchi   g’ishtlar»   -   apeyron,   atomlar   qaralgan.
“Avesto”da   birlamchi   substantsiya   olov   deb   atalgan.   Keyinchalik   substantsiya
kategoriyasi   o’zgarmas,   nisbatan   barqaror   va   hech   narsa   bilan   bog’liq   bo’lmagan
holda   mavjud   o’ta   keng   asosga   aylandi.   Inson   idrok   etadigan   dunyoning   butun
rang-barangligi va o’zgaruvchanligi  substantsiya  bilan bog’lana boshladi. Bunday
asoslar sifatida falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g’oya, flogiston, efir va Shu
kabilar amal qilgan. 
«Substantsiya»   tushunchasi   o’z-o’zini   to’liq   belgilovchi   borliqni   ifodalashga
xizmat   qiladi.   Substantsiya   kategoriyasida   o’zini   asoslash   uchun   boshqa   hech
narsani talab qilmaydigan negiz, birinchi asos g’oyasi mujassamlashgan. Niderland
faylasufi   Benedikt   Spinoza   (1632-1677)   buni   «causa   sui»   –   «o’z-o’zining
sababchisi»  iborasida  juda  to’g’ri  ifodalagan.  Substantsiya   deganda  u  o’z  holicha
mavjud   bo’lgan   va   o’zi   orqali   zohir   bo’lgan,   ya’ni   o’zining   mavjudligi   uchun
boshqa   narsaga   muhtoj   bo’lmagan   narsani   tuShungan.   Bunda   bir   tomondan,
substantsiya   materiya   sifatida   tuShuniladi,   boshqa   tomondan   –   u   o’zining   barcha
shakllari sababi  va «sub’ekti» sifatida amal qiladi. Bu B.Spinozani substantsiyani
bir   vaqtning   o’zida   ham   tabiat,   ham   Xudo   sifatida   ta’riflagani   va   bu   ikki
tushunchani   tenglashtirishganidan  dalolatdir. B.Spinoza  Xudoni   tabiatga  butunlay
singdirib yuborgan, uni tabiiylashtirishga va ilohiy mazmundan ajratishga harakat
qilgan. Uning panteizmi Shundan iborat bo’lgan. 
Substantsiyaning   o’z-o’zidan   amalga   oshishi   hodisalarning   umumiy,   uzviy
xossalari   –   atributlarda   va   narsalarning   muayyan,   alohida   xossalari   –   moduslarda
sodir bo’ladi.   Falsafa   tarixida   substantsiyaga   monistik,   dualistik,   plyuralistik
yondashuvlar.   Substantsiya g’oyasidan turli falsafiy ta’limotlar dunyoning birligi
va uning kelib chiqishi haqidagi masalaga o’zlari qanday javob berishiga qarab har
xil foydalanadilar.
Monizm .   Dunyoning   narsalar   va   hodisalar   rang-barangligi   bir
substantsiyadan   iborat   degan ta’limot  «monizm»  (yunon. monos  –  bitta, yagona)
deb   ataladi .   Dunyoning   kelib   chiqishi   va   mohiyati   haqidagi   hozirgi   ilmiy
tasavvurlar, Shuningdek birinchi asos muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng
salmoqli yondashuvlar kurashi nuqtayi nazaridan substantsiya tabiatini tushunishga
nisbatan   ancha   keng   tarqalgan   ikki   yondashuv   –   materialistik   va   idealistik
monizmni qayd etish lozim. 
Materialistik   monizm   dunyo   yagona   va   uzviy,   u   azaldan   moddiy   va
dunyoning   birligi   zamirida   ayni   Shu   moddiylik   yotadi ,   deb   hisoblaydi.   Bu
kontseptsiyalarda   ruh,   ong   va   ideallikdan   emas,   balki   moddiylikdan   keltirib
chiqariladi.   Bunday   yondashuvlarning   o’ta   rivojlangan   ko’rinishlariga   biz   Fales,
Geraklit, Spinoza va uning izdoshlari asarlarida duch kelamiz.
Idealistik monizm   esa,   materiyani  har qanday borliqning boqiy mavjudligi,
yo’q   bo’lmasligi   va   birinchi   asosiga   ega   bo’lgan   qandaydir   ideal   narsaning
mahsuli   deb hisoblaydi. Bunda ob’ektiv-idealistik monizmni (masalan, Platonda –
bu o’lmas g’oyalar, zardo’shtiylikda olov, o’rta asr falsafasida – Xudo, Gegelda –
yaratilmaydigan   va   o’z-o’zidan   rivojlanadigan   «mutlaq   g’oya»)   va   sub’ektiv-
idealistik   monizmni   (masalan,   borliqning   barcha   jismoniy   va   ruhiy   holatlarini
«neytral»   asosdan   –   dunyoning   qandaydir   mavhum   konstruktsiyalari,
«elementlari»dan keltirib chiqargan Max) farqlash mumkin. 
Dualizm   birinchi asos sifatida ikkita substantsiya olingan falsafiy yondashuv
(lot. dualis – ikki yoqlama). Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr boshida «dualizm»
atamasini   falsafiy   muomalaga   kiritgan.   X.Volf   dunyoda   barqaror   tartibning
shakllanishida   tafakkur,   g’oyalar   va   aql-idrokning   alohida   o’rnini   aniqlashga
harakat   qilgan.   X.Volfning   falsafaga   oid   qo’llanmalari   barcha   o’quv   yurtlarida o’qitilgan   va   eskirgan   (sxolastik)   jihatlarni   siqib   chiqargan.   Ular   universitet
ta’limining asosiy manbalari sifatida amal qila boshlagan. 
Frantsuz materialist faylasufi J.Lametri (1709-1751) o’zining «Ruhning tabiiy
tarixi» deb nomlangan asarida dualizmni inkor qiladi. U o’zida tajriba o’tkazgan –
bezgak kasalligiga chalingach, uning kyechishini kuzatgan, pirovardida, insonning
ruhiy   holati   uning   jismoniy   vujudiga   bog’liq,   degan   xulosaga   kelgan.   J.Lametri
monistik-materializmni   himoya   qilib,   cheksiz   takomillaShuvchi   yagona   moddiy
substantsiya   mavjud,   degan   g’oyani   ilgari   surgan.   Substantsiyaga   xos   sezish   va
fikrlash   qobiliyati   vujudli   jismlarda   mavjud   bo’ladi.   Sezish   va   fikrlash
qobiliyatining   o’zi   tashqi   jismlarning   miyaga   ta’siri   bilan   bog’liq.   Shu   sababli
aynan   tashqi   dunyo   insonning   «miya   ekrani»da   aks   etadi,   tana   ehtiyojlari   esa,
J.Lametrining fikriga ko’ra, «aql mezoni» sifatida amal qiladi. 
Ikki   asos,   aytaylik,   muhabbat   va   nafrat,   yaxshilik   va   yomonlik,   erkinlik   va
zaruriyatning teng huquqliligi g’oyasi  ilgari surilgan har  qanday falsafiy nazariya
dualistik nazariya sifatida amal qilgan. 
Rene   Dekart   falsafa   tarixidan   dualizmning   yorqin   vakili   sifatida   o’rin   oldi.
R.Dekartning   radikal   mexanitsizmi   uni   materiyaning   butunlay   ruhsizligi   haqidagi
yondashuvga   olib   keldi.   R.Dekart   nazarida,   moddiy   jismoniy   substantsiya   o’z
atributi   sifatida   uzunlik,   kenglik   va   chuqurlik   ko’lamigagina   ega.   U   mutlaq
bo’shliqni   istisno   etadi,   harakatlanish,   ya’ni   jismoniy   zarralarni   bo’lish,   joydan-
joyga ko’chirish va o’zgartirish qobiliyatiga ega. 
Ma’naviy hayot faylasuf nazarida moddiy hayotdan alohida, o’zining bilish va
fikrlash   faoliyati,   intellektual   intuitsiya   va   deduktsiya   kabi   o’ziga   xos
ko’rinishlarida   namoyon   bo’ldi.   U   ruhiy   substantsiyaning   butunlay   jismsizligini
e’tirof   etdi.   Garchi   R.Dekart   yangi   falsafa   va   fan   asoschilaridan   biri   bo’lsa-da,
uning  g’oyalarida  o’rta  asr   falsafasidan  meros   qolgan   «substantsiya»  atamasining
alohida   narsani   tushunish   uchun   qo’llanilishiga,   Shuningdek,   u   ikki   muhim   -
universal   va   cheksiz   substantsiya   –   fikrlash   va   ko’lamni   alohida   erkin   maqomga
ega,   deb   e’lon   qilganiga   duch   kelish   mumkin.   R.Dekartning   «cogio   ergo   sum»   –
«men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan iborasi falsafiy tafakkurni barcha narsalarning   negizi   sifatida   tan   olganligidan   dalolat   beradi.   R.Dekart   fikrlovchi
substantsiyaning   uzviyligini   va   har   bir   «Men»,   ya’ni   aqlli   jonzotga   bevosita,
ko’lamli   substantsiya   esa   –   bilvosita   ochiqligini   isbotladi.   Ajralmas   substantsiya
(aql)   metafizikaning   o’rganish   predmet   ini,   ajraluvchi   substantsiya   (ko’lam)   esa
fizika predmet ini tashkil etadi.
Ikki   substantsiya   –   ma’naviy   va   moddiy   substantsiyalarni   farqlash,   bu
mantiqiy   nuqtayi   nazardan   noto’g’ri   va   ratsional   ma’noda   juda   ko’p
qiyinchiliklarga   sabab   bo’lishi   mumkin.   Fikrlash   va   ko’lamga   ikki   substantsiya
tarzida,   ya’ni   bir-biriga   bog’liq   bo’lmagan   mustaqil   asoslar   sifatida
yondashilganida,   «ruh»   va   «tana»   o’z   harakatlarida   qanday   uyg’unlashishi,
umuman,   «tana»   qanday   qilib   fikrlash   qobiliyatini   kasb   etishi   mumkinligini
tushunish   qiyin.   Mohiyat-e’tiboriga   ko’ra,   substantsiya   butun   mavjudot   asosi,
hamma   narsani   o’z   ichiga   oluvchi   va   o’zini   namoyon   qilish   uchun   hech   narsaga
muhtoj bo’lmagan yagona birinchi asos sifatida namoyon bo’lgan
Plyuralizm   dunyoning   negizida   ikkita   emas,   balki   undan   ko’proq   mohiyat
borligini   tan   oluvchi   ta’limotdir .   «plyuralizm»   (lot.   –   ko’plik,   ko’p   xillik,   ko’p
sonlik) atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan. Bu tushuncha ontologiyada
ayniqsa,   jiddiy   qiyinchiliklar   tug’dirgan.   CHunki   ayni   Shu   ta’limotda   borliqning
ko’p sonli mustaqil va o’zaro bog’lanmaydigan asoslari ilgari surilgan. 
Leybnitsning   «monadologiyasi»,   ya’ni   monadalar   haqidagi   ta’limoti
plyuralizmning klassik ko’rinishi hisoblanadi. Ushbu ta’limotga ko’ra, dunyo son-
sanoqsiz   ruhiy   substantsiyalardan   tashkil   to’adi.   Ammo,   plyuralistik
yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko’rinishlari ham mavjud. Masalan,
Em’edokl   yaratgan   dunyoning   to’rt   asosi   haqidagi   ta’limot   plyuralistik
ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi. 
Ba’zan   plyuralizmga   mustaqil   ta’limot   sifatida   emas,   balki   dualizmning
o’zgargan ko’rinishi sifatida qaraladi. Lekin plyuralistlar o’z nazariyasining asosiy
vazifasini   dualistik   munozaralarda   yechimini   to’magan   ruh   va   tabiat   o’rtasidagi
qarama-qarshilik masalasidan farq qiladi, deb biladilar.  Substantsiyani   barcha   o’zgarishlar   va   o’z-o’zining   sababchisi   -causa   sui
sifatida   tushunish   I.Kant   tomonidan   qabul   qilinib,   yuksak   baholangan.   U
substantsiyani «hodisalarning vaqtdagi barcha munosabatlarini aniqlashga yordam
beruvchi   o’zgarmas   asos»,   deb   ta’riflagan.   Uningcha,   substantsiya   har   qanday
tajriba va har qanday idrok etishning asosiy shartidir. U barqaror holatda bo’ladi,
har   qanday   mavjudlik   va   vaqtdagi   o’zgarish   uning   modusi,   ya’ni   o’zgarmas
narsaning mavjudlik usuli sifatida qaralishi mumkin. 
Substrat   borliqning   eng   quyi   va   asosiy   qatlami   sifatida   tuShuniladi.
Falsafada   «Substantsiya»   kategoriyasi   «substrat»   (lot.   –   to’shama,   negiz)
tushunchasiga yaqin turadi, deb qaraladi. Qadimgi atomistik ta’limotlarda atomlar
ana   Shunday   asos   hisoblangan.   Har   qanday   substrat   muayyan   vujudga   kelish
jarayonining   o’ziga   xos   xususiyatini   ifodalaydi.   Hozirgi   talqinda,   muayyan   fizik
jarayonlarning   substrati   sifatida   elementar   zarralar   va   fundamental   (kuchli,
kuchsiz,   elektromagnit   va   gravitatsion)   o’zaro   ta’sirlar   amal   qiladi.   Turli
moddalarning   hosil   bo’lish   va   o’zgarish   jarayonlarida   o’zining   barqaror   holatini
saqlab   qoluvchi   atomlar   kimyoviy   jarayonlarning   substrati   sifatida   namoyon
bo’ladi.   Elementar   «hayot   birliklari»   sifatida   amal   qiluvchi   nuklein   kislotalar
(DNK va RNK) va oqsil moddalarining molekulalari biologik jarayonlar substrati
bo’lib   xizmat   qiladi.   Barcha   ijtimoiy   o’zgarishlar   zamirida   maqsadga   muvofiq
faoliyati mavjud bo’lgan inson ijtimoiy hayot substrati hisoblanadi.
Hozirgi   zamon   falsafasida   substantsiya   kategoriyasining   ontologik   mazmuni
o’zaro   ta’sir   sifatida   tuShuniladi.   C h unki   aynan   o’zaro   ta’sir   dunyo   yaralishining
haqiqiy   va   pirovard   sababchisi   –   narsalarning   o’z-o’zini   yakuni   (causa   finalis)
hisoblanadi.   Narsalarni   substantsiyalilik   nuqtayi   nazaridan   o’rganish   ularning
mavjudligini   ichki   sabablar   va   o’zaro   ta’sirlar   nuqtayi   nazaridan   yoritish,
demakdir.   Shu   ma’noda,   substantsiyani   ichki   birlik   nuqtayi   nazaridan,   uning
cheksiz   va   rang-barang   o’zgarishlaridan   qat’iy   nazar,   qaraladigan   ob’ektiv   borliq
sifatida, harakatning barcha shakllari, mazkur harakat jarayonida yuzaga keluvchi
va   yo’q   bo’luvchi   tafovut   va   qarama-qarshiliklar   nuqtayi   nazaridan
yondashiladigan materiya sifatida ta’riflash mumkin.   Substantsiyaning   asosiy   xususiyatlari   qatoriga   quyidagilarni   kiritish
mumkin:
- o’z-o’zini belgilash (o’z-o’zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va yo’q
qilib bo’lmaydi);
-   universallik   (hech   narsaga   bog’liq   bo’lmagan,   barqaror,   o’zgarmas   va
mutlaq birinchi negizni ifodalaydi);
-   kauzallik   (barcha   hodisalarning   umumiy   sababiy   bog’liqligini   o’z   ichiga
oladi);
- yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi);
- yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko’rsatadi). 
  Materiya     tushunchasi     va   uning     tashkilla s huv     darajalari.   Materiya»
tushunchasi qadimgi mutafakkirlar bizni qurshagan dunyoning barcha rang-barang
narsalari   yaratib   va   yo’q   qilib   bo’lmaydigan,   odamlarga   ham,   xudolarga   ham
bog’liq bo’lmagan umumiy va yagona «birinchi asos»dan kelib chiqqani haqidagi
g’oyani   ilgari   surgan   paytdan   e’tiboran   falsafiy   kategoriya   sifatida   ishlatila
boshlagan.   Bu   «birinchi   asos»ni   ular   barcha   narsalarni   yaratish   uchun   asosiy
material bo’lib xizmat qiluvchi qandaydir modda sifatida tasavvur qilgan. Ayni  s hu
material materiya deb atalgan. 
« Materiya»   atamasi   lotincha   materia   so’zidan   kelib   chiqqan   bo’lib,   modda
degan   ma’noni   anglatadi .   Shunga   qaramay,   falsafa   tarixida   «materiya»
tushunchasining   mazmuni   bir   necha   marta   o’zgargan,   tabiatshunoslikning   va
falsafaning rivojlanishiga muvofiq rivojlangan. 
Qadimgi   yunon   falsafasida   materiyaning   etimologik   talqinidan   keng
foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor
Platon   ishlatgan.   U   hyle   atamasini   muomalaga   kiritgan   va   u   bilan   kattaligi   va
shakl-shamoyili   har   xil   jismlar   paydobo’lishiga   asos   bo’lib   xizmat   qiladigan
sifatlardan   mahrum   substrat   (material)ni   ifodalagan.   Platon   talqinida   materiya
shaklsiz va nomuayyan bo’lib, har qanday geometrik shakl ko’rinishini kasb etishi
mumkin bo’lgan makon bilan tenglashtiriladi. Darhaqiqat,   hamma   narsalarning   asosi   bo’lgan   birinchi   modda   haqidagi
tasavvur materiya bilan bog’langan. Materiya yuzaga keluvchi hamma narsalarning
substrati sifatida namoyon bo’lgan. 
Materiya haqidagi tasavvur shakllanishining quyidagi bosqichlari farqlanadi.
I   -   bosqich   Antik   falsafa.   Materiya   birlamchi   material   (suv,   olov,   atom   va
sh.k.)   sifatida.   Falsafa   tarixida   materiya   haqidagi   tasavvurlarning   shakllanishini
«dastlabki   stixiyali   materializm» deb   ataladi.   Ushbu   materializm   o’z
rivojlanishining birinchi bosqichida tabiat hodisalarining cheksiz rang-barangligiga
asoslangan   birlikni   tabiiy   hol   deb   hisoblaydi   va   uning   sabablarini   muayyan
moddiy, o’ziga xos narsadan izlaydi (xuddi Fales bu asosni suv deb izohlaganidek).
Antik   qarashlarga   ko’ra   materiya   –   jismlar   va   narsalarning   o’zagini
belgilovchi   birlamchi   materialdir.   Masalan,   qadimgi   yunon   faylasufi   Fales   suv
o’simliklar,   hayvonlar   va   odamlarga   zarurligini   qayd   etib,   suvni   barcha   narsalar
asosi  deb e’lon qilgan.   Geraklit   quyosh, yulduzlar  va boshqa jismlarni  yaratuvchi
olovni hamma narsaning asosi deb hisoblagan. 
Tabiatni   ilmiy   bilishning   samarali   dasturi   yaratilishiga   olib   kelishga   qodir
bo’lgan materiyaning birinchi  kontseptsiyasini  miloddan avvalgi  V asrda  qadimgi
atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan. 
II   -   bosqich   XVI-XVII   asrlar   metafizik   materializmi.   Materiya   muayyan
o’zgarmas   xossalar   yig’indisi   sifatida   tahlil   qilingan.   O’sha   davrda   materiya
tushunchasi   fizikada   qabul   qilingan   muayyan   o’zgarmas   xossalar   yig’indisi
sifatidagi   «modda»   tushunchasi   bilan   ayniylashtirilgan.   Masalan,   ingliz
materialistlari   F.Bekon   va   T.Gobbs   bunday   xossalar   qatoriga   ko’lamlilik,   shakl,
og’irlik   va   hokazolarni   kiritgan.   Ba’zan   materiya   tushunchasi   bitta   muayyan
«birlamchi»   xossa,   masalan   ko’lamlilik   yoki   massa   bilan   ayniylashtirilgan
( R.Dekart, I.Nyuton ).
III   -   bosqich   XVIII-XIX   asrlar.   Materiya   inson   sezgi   a’zolari   orqali   idrok
etish ga qodir bo’lgan ob’ektiv borliq sifatida talqin qilingan. Bu davrda «materiya»
tushunchasi   tabiiy   fanlarning   rivojlanish   jarayonida   olimlar   bilimning   muayyan
sohalarida   aniqlagan   belgilar   bilan   boyib   bordi.   Masalan,   mexanikada makrojismlarning   alohida  xossasi   –  massa   aniqlandi.  U   materiyaning  eng   muhim
belgisiga aylandi, materiya massa bilan bir xil, deb hisoblana boshlandi.
IV   -   bosqich   Hozirgi   zamon   falsafasi.   Ob’ektiv   borliqni   ifodalash   uchun
mo’ljallangan falsafiy kategoriya bo’lib, uni inson o’z sezgi  a’zolari  orqali idrok
etadi, uni tushunishi mumkin va tushunishga harakat qiladi, lekin bunda materiya
insondan   qat’iy   nazar   mavjuddir.   Bu   davrda   materiyani   tushunishda   tabiiy   ilmiy
jihat emas, balki falsafiy jihat birinchi o’ringa qo’yildi.   Bu materiyaga narsalar va
hodisalar butun rang-barangligining ichki yagonaligi zamirida yotuvchi mohiyat –
substantsiya   sifatida   yondashuvdir.   Bu   esa   materiyaga   ob’ektiv   borliq   sifatida
yondoShuv ifodasidir. XIX va XX asrlar chegarasida falsafa va tabiatshunoslikda
yuzaga   kelgan   vaziyatni   tahlil   qilgan   faylasuflar   (ularni   faqat   sobiq   marksizm
vakillaridan iborat, deb tuShunmaslik lozim), xususan, «materiya» tushunchasidan
voz   kyechish   yo’lidan   emas,   balki   unga   tabiatshunoslikdagi   ixtirolarni
umumlashtirish   orqali   chiqarilgan   yangi   va   yangi   xulosalarni   kiritish   yo’lidan
borishni   taklif   qildilar.   «Materiya»   falsafiy   kategoriyasining   vazifasi   amalda
mavjud   materiya   turlarining   butun   cheksiz   rang-barangligini   qamrab   olish   va   uni
ong bilan bog’lash mumkin emasligiga urg’u berishdan iborat. Muammoga falsafiy
munosabatni   uning   tabiiy-ilmiy   talqinidan   farqlash   imkonini   beruvchi   mazkur
yondashuv   juda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi,   aks   holda   mazkur   sohadagi
tadqiqotlar   va   bilish   imkoniyatlari   doirasi   asossiz   ravishda   torayadi.   Bunga,
masalan, neo’ozitivizm yo’nalishlaridan biri – lingvistik falsafada duch kelishimiz
mumkin.   Uning   taniqli   namoyandalari   J.Mur,   L.Vitgenshteyn   va   boshqalar
hamonki   «materiya»   va   «ong»   kabi   tushunchalarga   ilmiy   nuqtayi   nazardan   aniq
ta’rif berish mumkin emas ekan, ulardan voz kyechish lozim, deb hisoblaydi. 
Hozirgi davrda materiyaning uch tarkibiy darajasi farqlanadi:
- mikrodunyo – atomlar va elementar zarralar dunyosi. ( bunda ...dan tashkil
to’adi» tamoyili amal qilmaydi) 
-   megadunyo   –   koinot   dunyosi   (sayyoralar,   yulduzlar   komplekslari,
galaktikalar, megagalaktikalar); -   makrodunyo   –   barqaror   shakllar   va   insonga   mos   kattaliklar   dunyosi   (unga
molekulalarning   krisstallashgan   komplekslari,   organizmlar,   organizmlarning
hamjamiyatlari ham kiradi);
Materiya   tarkibiy   darajalarining   aniq   chegarasini   aniqlash   mushkul.   Uni   fan
doimo qayd etavermaydi. Bizning bilimlarimiz tobora chuqurlashib, darajalarning
yangi   va   yangi   sifat   chegaralarini   aniqlaydi.   Materiyaning   tarkibiy   darajalari
to’g’risida   so’z   yuritilganida,   subelementar,   mikroelementar,   yadroviy,   atom,
molekular,   makroskopik   va   kosmik   darajalar   ham   tilga   olinadi.   Materiyaning
mikroskopik   darajasida   fizika   taxminan   10-15   sm   uzunlikda   taxminan   10-22   ga
teng   vaqt   ichida   yuz   beruvchi   jarayonlarni   o’rganish   bilan   shug’ullanadi.
Megadunyoda esa, kosmologiya taxminan 1010ga teng vaqt (Koinot yoshi) ichida
yuz   beruvchi   jarayonlarni   o’rganadi.   Materiyaning   tarkibiy   darajalari   g’oyasi
metodologiya   mutaxassislari   tomonidan   sababiyat   va   dunyoni   bilish   mumkinligi
g’oyasi bilan bir qatorda juda yuksak baholanadi. 
Ayni vaqtda shuni qayd etish zarurki, materiyaning tarkibiy darajalari tasnifi
zamirida   chiziqli   ierarxiya   tamoyili   yotadi.   Bu   yerda   «qism   butundan   kichkina»
tamoyili   amal   qiladi.   Lekin   bu   dunyolarning   biri   soddaroq,   ikkinchisi
murakkabroq,   degan   ma’noni   anglatmaydi.   Dunyolar   qism   va   butun   sifatida
taqqoslanmaydi,   ular   universumning   o’ziga   xos   teran   o’zgarishlarini   ifodalaydi.
Shu bois bu tasnifni mutlaqlashtirish kerak emas. 
Harakat  -  materiyaning  yashash  sharti.  Bizni qurshagan dunyoning yana
bir   muhim   xususiyati   –   Koinotda   va   uning   barcha   tarkibiy   qismlarida   yuz
beradigan tinimsiz o‘zgarishlardir. 
Tabiatning   o‘zgaruvchanligi   falsafa   paydobo‘lishidan   ancha   oldin   yaxshi
ma’lum   bo‘lgan,   falsafa   vujudga   kelgach   esa,   masalalarning   mazkur   doirasi
alohida o‘rganish predmet iga aylandi va vaqt o‘tishi bilan uning negizida falsafiy
bilimlarning   maxsus   bo‘limi   –   dialektika   yuzaga   keldi.   Uning   (yaxlit   ta’limot
sifatidagi)   ildizlari   qadimgi   yunon   falsafasiga,   xususan   «Hamma   narsa   oqib,
o‘zgarib   turadi»,   «Ayni   bir   daryoga   ikki   marta   tushib   bo‘lmaydi»   kabi   mashhur
iboralar muallifi Geraklit ijodiga borib taqaladi. Shundan beri ob’ektiv borliqning turli-tuman   miqdor   va   sifat   o‘zgarishlarini   ifodalash   uchun   «harakat»   va
«rivojlanish»   kategoriyalari   qo‘llaniladi.   «Keng»   ma’noda   umuman   har   qanday
o’zgarish   haqidagi   tasavvur   sifatida   talqin   qilinadi.   Harakatni   umuman   o’zgarish
sifatida   tushunish   harakat   turlarining   butun   rang-barangligini   uning   muayyan   bir
turiga   bog’lash   to’g’ri   emasligi   haqida   ogohlantiradi   va   harakat   shakllarining
umumiy   xususiyati   va   bir-biriga   aylanish   qobiliyatiga   ishora   qiladi.   «Umuman
o’zgarish»   deganda,   bizning   ular   haqidagi   fikr-mulohazalarimizdan   qat’iy   nazar,
ob’ektiv mavjud bo’lgan barcha o’zgarishlar, turli jarayonlar nazarda tutiladi. 
O’z-o’zidan   harakat   yo   butun   tabiatga,   yo   uning   yuksak   darajada   uyushgan
tarkibiy   qismi   –   tirik   organizm   va   jamiyatga   xos   xususiyatdir.   Qotib   qolgan
materiyaga   mansub   ayrim   narsa   yoki   ob’ektga   nisbatan   o’z-o’zidan   harakat,   o’z-
o’zidan   rivojlanish   holati   xos   deb   aytish   o’rinli   emas.   Chunki,   ushbu   ob’ektni
muayyan   element   sifatida   o’z  ichiga   olgan  tabiat   o’z-o’zidan   rivojlanuvchi   yaxlit
tizim hisoblanadi. 
O’z-o’zidan harakat biron-bir narsaning unga ichdan (immanent tarzda) xos
bo’lgan   omillar   ta’sirida   o’zgarish   va   rivojlanish   jarayonlarini   ifodalovchi
kategoriya   sifatida   amal   qiladi .   «O’z-o’zidan   harakat»   tushunchasi   butun
borliqning   substantsional   negizi   sifatidagi   materiya   harakat   va   o’zgarish   jarayoni
yuz   berayotganida   o’z   faolligining   pirovard     sababi   sifatida   amal   qiladi.   O’z-
o’zidan   harakat   shakli   sifatidagi   faollik   sirtdan   olib   kirilgan   tashqi   kuch   sifatida
tuShunilmasligi  kerak.  Shu  munosabat  bilan:   «Bu qanday  yuz  berishi   mumkin?»,
degan   savol   yaxshi   rivojlanmagan,   nodialektik   tafakkur   uchun   ancha   mushkul
masala   hisoblanadi.   Shakllanish   jarayonini   qadimgi   mashhur   «panta   rei»   –
«hamma narsa oqadi» ta’rifida ifodalagan Geraklit an’anasiga, Shuningdek, nemis
faylasufi   F.Gegelga   xos   yetuk   metodologiyaga   ko’ra,   o’z-o’zidan   harakatning
manbai ziddiyat hisoblanadi.   Bunda ziddiyat narsalar, hodisalar va jarayonlarning
qarama-qarshi tendentsiyalari hamda tomonlarini taqozo etuvchi, nazarda tutuvchi,
ayni vaqtda, inkor etuvchi o’zaro ta’sir sifatida tuShuniladi. 
Abadiy harakat, o’zgarish va  harakatsizlikning o’zaro nisbati.    Falsafada
harakat   nafaqat   turli   jismlarning   makonda   mexanik   siljishi   sifatida,   balki   tabiiy jarayonlar   va   hodisalar   holatlarining   har   qanday   o’zgarishi   sifatida   ham
tushuniladi.   Kengayib   borayotgan   Metagalaktika   ham,   o’zaro   ta’sirga
kirishayotgan   elementar   zarralar   ham,   ko’payayotgan,   moddalar   almashinuvini
amalga   oshirayotgan   tirik   hujayralar   ham,   ijtimoiy   jarayonlar   va   hokazolar,   shu
jumladan fikrlash faoliyati jarayonlari ham harakatda bo’ladi.
Agar biz biron-bir tabiiy ob’ekt yoki hodisani ularning tabiiy holatida anglab
yetmoqchi bo’lsak, «harakat» tushunchasini  chetlab o’tishimiz mumkin emas. Bir
qarashda,   oddiy   ong   nuqtayi   nazaridan   bu   noto’g’ri,   zero,   Alp   tog’lari   yoki   Misr
ehromlarini   kuzatar   ekanmiz,   biz   ular   abadiy   harakatsizlik   holatida   ekanligining
guvohi   bo’lamiz.   Ammo   bu   harakatsizlik   nisbiydir.   Umuman   olganda,   butun
Koinot   ulkan   aylanma   harakat   holatida   bo’lib,   bu   yerda   bizning   sayyoramiz
Quyosh   atrofida,   u   bilan   birga   –   bizning   galaktikamiz   markazi   atrofida,   u   bilan
birga esa – galakatik sistema markazi atrofida aylanadigan kichik bir zarradir. 
Harakatsizlik holatidagi narsalar strukturasi ham tinimsiz o’zgarish jarayonini
boshdan kechiradi, chunki uzluksiz harakatda bo’lgan elementar zarralardan tashkil
to’adi.   Temperatura   o’zgarishlari,   kimyoviy   tarkib   o’zgarishlari   va   Shu   kabilar
bunday   harakatning   tashqi   ko’rinishlari   hisoblanadi.   Shuningdek,   atomlar   va
molekulalar   ham   Koinotda   yuz   bergan   evolutsiya   jarayonlari   mahsulidir.   Ular
bizning   Metagalaktikamiz   mavjudligiga   zamin   hozirlagan   Katta   portlashdan
keyingina  vujudga  kelgan.  Buning   ustiga  hozirgi   zamon  geografiyasi   qit’alar  bir-
biriga   nisbatan   siljishini   isbotladi.   Ular   ajralgan   muz   bo’laklari   kabi   Yerning
qaynoq magmasi bo’ylab yiliga bir necha santimetr tezlikda harakatlanadi. 
Shunday   qilib,   harakat   abadiy   va   yo’q   bo’lmas,   materiyadan   ajralmas   va
mutlaqdir.   Harakatsizlik   esa   nisbiy   bo’lib,   o’tkinchi   xususiyatga   ega.   Harakat
Shuning uchun ham mutlaqki, u umumiy ahamiyat kasb etadi va (harakatsizlikdan
farqli   o’laroq)   biron-bir   tashqi   omilga   bog’liq   bo’lmaydi.   Oqilonalik   nuqtayi
nazardan u boqiydir, chunki dunyoda uning boshi ham, oxiri ham ko’rinmaydi va
zamirida kamida ikki kuch – tortish va itarish yotuvchi har qanday borliqning o’z-
o’zidan harakati sifatida amalga oshadi. Harakatning   tiplari   va   shakllari.   Harakat   shakllarini   tasniflashda   qaysi
tamoyillarga   rioya   qilinishiga   qarab   bunday   shakllarning   har   xil   miqdori
farqlanadi.   Masalan,   XIX   asrda   materiya   tashkil   topishining   turli   darajalariga
asoslanib,   materiya   harakatining   besh   asosiy   shakli:   mexanik,   fizik,   kimyoviy,
biologik va ijtimoiy harakat qayd etgan . 
Harakatning mazkur shakllari bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, bunda har bir
keyingi   harakat   o’zidan   oldingi   harakatdan   kelib   chiqadi,   unga   asoslanadi,   biroq,
Shunga   qaramay,   quyi   shakl   bilan   bog’lanmaydi.   Harakatning   murakkab
shakllarini   soddaroq   shakllarga   bunday   bog’lashga   urinishlar   falsafa   tarixida
«mexanitsizm»,   «reduktsionizm»   (lot.   reductio   –   ortga   surish)   degan   nom   olgan,
harakat   ijtimoiy   shakllarini   biologik   shakllar   darajasigacha   soddalashtirish
biologizatorlik kontseptsiyalarida mavjud. 
Dunyoning kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi hozirgi tasavvurlar nuqtayi
nazaridan ko’rsatilgan shakllar harakatning mavjud va taxmin qilingan usullarining
butun rang-barangligini aks ettirmaydi. Xususan, elementar zarralarning o’zgarish
jarayonlari,   XIX   asrda   noma’lum   bo’lgan   mikro-   va   makrodunyo   darajasidagi
boshqa   o’zgarishlar   materiya   harakati   mexanik,   fizik   va   kimyoviy   shakllarining
o’zaro nisbatiga doir masalani endi yangidan qo’ymoqda. Bu yerda mexanik shakl
endi   barcha   fizik   jarayonlar   negizi   sifatida   qaralmaydi.   Endilikda   biologik
harakatning   elementar   zarralari,   ilgari   taxmin   qilinganidek,   oqsilli   molekulalar
emas, balki XX asrda kashf etilgan DNK va RNK hisoblanadi. Ayrim olimlar yer
po’sti hamda Yer ostida yuz berayotgan jarayonlar haqidagi hozirgi tasavvurlarga
asoslanib harakatning geologik shaklini farqlamoqdalar.
Makon     va   vaqt     -     borliqning   fundamental   shakllari.   Bizni   qurshagan
dunyo   mazmuni,   borliqning   umumiy   xossasi   bo’lgan   borliq   haqida   so’z   yuritar
ekanmiz,   makon   va   vaqt   tushunchalarini   chetlab   o’tishimiz   mumkin   emas.   Zero,
har   qanday   jism,   narsa,   hodisa   doim   borliqning   boshqa   predmetlari   va   hodisalari
bilan yonma-yon keladi, ko’lamlilik xususiyatiga ega bo’ladi. Shuningdek ular o’z
ichki   va   tashqi   holatlarini   bir-biriga   nisbatan   o’zgartiradi   va   bu   turli   hollarda   har
xil   tezlik,   marom,   sur’at   va   davomlilik   bilan   yuz   beradi.   Alohida   holda   ayrim yagona   deb   qaraladigan   bu   ko’rsatkichlar   majmui   bizga   vaqt   haqida   tasavvur
beradi.  Makon  va  vaqt   o’z  rang-barangligida  cheksiz  borliqning  shakllari   sifatida
amal qiladi. 
Falsafa   tarixida   makon   va   vaqtga   substantsional   va   relyatsion
yondashuvlar.   Makon   va   vaqt   mohiyati   haqida   odamlar   o’z   rivojlanishining
dastlabki bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o’tmishning aksariyat mutafakkirlari
ularning   tabiatini   aniqlashga   harakat   qilganlar.   Bu   avvalo   inson   amaliyoti   va
bilishining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan. Zero ular kengayib va takomillashib,
mazkur   kategoriyalarni   yanada   aniqroq   va   teranroq   tushunishni   talab   qilgan.
Xususan,  antik davrdayoq falsafadan ko’lamli  shakllar  va ularni  o’lchash  usullari
haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan geometriya ilk aniq fanlardan biriga aylandi.
Vaqtga   astronomik   kuzatishlar   hamda   koinotning   boqiyligi   va   inson   hayotining
tezoqarligi haqidagi mulohazalar nuqtayi nazaridan ham alohida e’tibor qaratilgan.
Keyinchalik   «makon»   va   «vaqt»   kategoriyalariga   qiziqish   hech   qachon
susaymagan. Ular bilan bog’liq ko’p sonli masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng
muhimlaridan   biri   quyidagicha   yangraydi:   makon   va   vaqt   mustaqil   mohiyatlarmi
yoki   ular   faqat   nimagadir   bog’liq   holda   keladimi?   Shu   munosabat   bilan   falsafa
tarixida shakllangan ikki muhim va bir-biridan butunlay farq qiladigan yo’nalish –
substantsional va relyatsion yo’nalishlarni farqlash mumkin. 
Substantsional   yo’nalishda   makon   va   vaqt   materiya   va   ongga   bog’liq
bo’lmagan   mustaqil   mohiyatlar   sifatida   qaralgan .   Substantsional   kontseptsiya
asoschilari   Demokrit   (makon   muammosi   bo’yicha)   va   Platon   (vaqtga   nisbatan
yondashuvlarda)   makon   va   vaqtni   materiyaga   ham,   bir-biriga   ham   bog’liq
bo’lmagan   mustaqil   mohiyatlar   sifatida   talqin   qilganlar.   Demokrit   atomlar
harakatlanuvchi   bo’shliq   amalda   mavjudligi   haqidagi   yondashuvni   ilgari   surgan.
Uning   fikricha,   bo’shliqsiz   atomlar   harakatlanish   imkoniyatidan   mahrumdir.
Demokrit   va   Epikur   makonni   atomlardan   iborat   joy   deb   tasavvur   qilgan   va   uni
bo’shliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq, bir  jinsli  va harakatsiz bo’ladi, vaqt
esa bir tekis oqadi deb hisoblangan. Demokrit, Epikur va Lukretsiy Kar ta’limotiga
ko’ra,   makon   ob’ektiv,   bir   xil   va   cheksiz.   U   atomlar   joylashadigan   joy.   Vaqt (zamon)ni   abadiyat   bilan   tenglashtirish   mumkin   –u   o’tmishdan   kelajak   sari   bir
maromda   kechuvchi   sof   davomlilikdan   iborat.   Vaqt   -   voqealar   yuz   beruvchi   joy.
Qadimgi   yunon   faylasuflari   materiya,   harakat,   makon   va   vaqtni   mustaqil
substantsiyalarga ajratuvchi bu g’oyalar keyinchalik Nyuton klassik mexanikasida
rivojlantirildi. XVIII-XIX asrlarda substantsional kontseptsiya – mutlaq makon va
vaqt   kontseptsiyasi   falsafada   tabiatshunoslikda   yetakchilik   qildi.   Bu   o’z
mohiyatiga   ko’ra   metafizik   kontseptsiya   edi,   chunki   u   harakatlanuvchi   materiya,
makon va vaqtning aloqadorligini e’tiborga olmas edi. 
Relyatsion   ( lot.   relativus   –   nisbiy)   yo’nalish   makon   va   vaqtni   mustaqil
mohiyatlar   sifatida   emas,   balki   real   dunyo   ob’ektlari   va   jarayonlari   o’rtasidagi
alohida   munosabatlar   sifatida   tushunish   bilan   bog’lanadi .   «Vaqt   nima?»,   degan
savolga   javob   berar   ekan,   Aristotel   Shunday   mulohaza   yuritadi:   harakatda   ham,
vaqtda ham doim muayyan «oldin» va undan farq qiluvchi «keyin» mavjud. Aynan
harakat tufayli biz har xil, o’zaro mos kelmaydigan «hozir»ni farqlaymiz. Vaqt Shu
«hozir»ning   ketma-ketligi,   ularning   almaShuvi,   sanog’i,   hisobi,   «oldingi   va
keyingiga bog’langan  harakatlar  soni»dir. Aristotelda  makon harakatsiz  yulduzlar
sohasi  bilan cheklangan, ularning ortida  – makon va vaqtdan tashqarida  yotuvchi
va   hamma   narsani   harakatga   keltiruvchi   boqiy,   harakatsiz,   ilohiy   osmon
joylashgan. 
Mazkur   nuqtayi   nazardan   ko’rsatilgan   munosabatlar   doirasidan   tashqarida
makon   va   vaqt   mavjud   bo’lmaydi.   Bu   yo’nalishning   atoqli   namoyandasi
G.Leybnits (1646-1716) hisoblanadi. 
Makon   va   vaqt   talqinidagi   bu   ikki   tendentsiya,   ya’ni   makon   va   vaqt
borliqning   mustaqil,   ob’ektiv   hamda   moddiy   mazmunga   bog’liq   bo’lmagan
asoslari   sifatida   yoki   harakatlanuvchi   materiyaning   ajralmas   qismi   sifatida   talqin
qilish   keyinchalik   o’z   rivojini   to’di.   Birinchi   substantsional   kontseptsiya   ayrim
o’zgarishlar   bilan   yigirma   asrdan   ko’proq   davr   amal   qildi.   Nyutonning   materiya
joylashadigan   harakatsiz,   uzluksiz   va   bir   xil   uch   o’lchovli   joy   sifatidagi   makon
to’g’risidagi   fikri   o’z   mohiyatiga   ko’ra,   Demokritning   makon   haqidagi   g’oyalari
bilan   bir   edi.   Nyuton   kontseptsiyasiga   ko’ra,   makon   absolyut   bo’lib,   cheksiz ko’lamga   ega.   Shuning   uchun   u   o’zida   barcha   materiyani   sig’dira   oladi   va   turli
jarayonlarga bog’liq emas. Ushbu kontseptsiyaga ko’ra, vaqt ham absolyut bo’lib,
turli   o’zgarishlarga   bog’liq   bo’lmagan   holda   kechadigan   teng   davriylikdir.   Unda
barcha   narsalar   paydova   yo’q   bo’lib   turadi.   Muxtasar   qilib   aytganda,   Nyuton
makon va vaqt bir-biridan ajralgan va materiya bilan harakatga bog’liq bo’lmagan
mustaqil narsa, deb tushungan. 
Ijtimoiy   makon   va   ijtimoiy   vaqtda   tarix     vaqti     va     davr     ruhining
mutanosibligi.   Makon va vaqt munosabatlarining yanada murakkabroq manzarasi
ijtimoiy   tuzilmalarda   kuzatiladi.   Bu   insonning   dunyoga   munosabati   bilan
belgilangan,   inson   faoliyati   va   amaliyotining   o’ziga   xos   xususiyatlariga   tarixiy
bog’liq bo’lgan ijtimoiy makon to’g’risida so’z yuritish o’rinli bo’ladi. U alohida
insoniy   ma’no   kasb   etadi   va   biosfera,   sayyora   va   koinot   darajasidan   bir   vaqtda
o’rin   oladi,   Shu   bilan   birga   inson   yaratgan   infratuzilma,   o’zlashtirilgan   hududlar,
foydalanilayotgan   suv   va   fazo   okeanlari,   jamuljam   holda   inson   yashaydigan
makonga   aylangan   koinot   kengliklari   ko’rinishida   ulardan   ajralib   turadi.   Bunda
ko’lamli   strukturalar   o’z   holicha,   xatolik   tarzda   vujudga   kelmaydi,   balki   jamiyat
evolutsiyasi ob’ektiv jarayonlarining mahsuli hisoblanadi va muayyan xalqlarning
turmushi   va   madaniyatini,   ularning   iqtisodiy   va   ijtimoiy   rivojlanish   darajasini,
ma’lum vaqt ruhini o’zida aks ettiradi. Bularning barchasi pirovardida «ikkilamchi
tabiat»ni   tashkil   etadigan   tegishli   arxitektura,   o’zgartirilgan   landshaft   va   shu
kabilarda o’z aksini to’adi. 
Ijtimoiy vaqt   ham o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib u, biologik va ‘lanetar-
kosmik   vaqtdan   farqli   o’laroq,   notekis   oqadi.   Insoniyat   shakllanish   jarayonining
dastlabki   bosqichida   boshlangan   ijtimoiy   vaqt   keyingi   davrlarda   deyarli
o’zgarishsiz   kechdi   va   fan-texnika   taraqqiyotining   ilk   alomatlari   paydobo’lishi
bilan, XVII-XVIII asrlardan e’tiboran jadalroq sur’at kasb eta boshladi. XX asrda
yuz   bergan   fan-texnika   inqilobi   ijtimoiy   makonni   keng   qamrab   oldi   va   ijtimoiy-
iqtisodiy   jarayonlarning   rivojlanishiga   alohida   tus   berib,   vaqt   harakatini   misli
ko’rilmagan   darajada   jadallashtirdi.   Yer   kurrasi   «kichrayib»,   insoniyat   uchun   tor
bo’lib   qoldi,   uning   bir   chetidan   narigi   chetiga   o’tish   endilikda   soatlar   bilan   (Oy, Mars,   Venera   va   boshqa   kosmik   jismlarga   uchish   tezligi   va   vaqtini   hisobga
olmaganda)   o’lchanmoqdaki,   XX   asrda   buni   hatto   tasavvur   qilish   ham   mumkin
emas edi. 
Ijtimoiy   vaqtda   muayyan   odamlar,   ijtimoiy   jamoalar,   ayrim   hamjamiyatlar,
millatlar,   davlatlar   va   pirovard     natijada   butun   insoniyat   borlig’ining   vaqt
ko’rsatkichlarini   farqlab,   ijtimoiy   vaqt   strukturasining   murakkabligi   to’g’risida
ham   so’z   yuritish   mumkin.   Ulardan   har   birining   yashash   vaqti   va   sur’ati   har   xil
bo’lib, o’z xususiyatiga ega. Aslini olganda, turli mamlakatlar va xalqlar jamuljam
holda   butun   insoniyatni   ifoda   etsa-da,   amalda   turli   tarixiy   davrlarda:   kimdir
o’tmishda, kimdir hozirgi davrda, kimdir esa kelajakda yashaydi. Bunga, xususan,
amerikalik   taniqli   futurolog   E.Toffler   e’tiborni   qaratadi.   Uning   fikricha,   «Er
aholisining 70% o’tmishda (turli o’tmishda), 25% - hozirgi davrda, 3% - kelajakda
yashaydi, qolganlar esa marginallar bo’lib, ular har qanday vaqtdan tashqaridadir».
Hozir  «Ijtimoiy  vaqt  mavjudmi»  degan masala   bahsli   emas.  Muammo  uning
mazmunida   qanday   ustuvorliklar   va   konstantalar   mavjudligida.   Ijtimoiy   vaqt
individ   vaqti   va   avlod   vaqtiga   bo’linadi.   U   kishilik   jamiyatining   o’zgaruvchan
informatsion   sig’imiga   bog’liq.   Falsafiy   adabiyotlarda   vaqt   jarayonlariga   makon
xossalarining   kirishi,   ya’ni   ijtimoiy   vaqt   uzunligi   –   hayot   sikllari   bosqichlarining
ketma-ketligi   sifatida,   kengligi   –   faoliyat   turlarining   miqdoriy   rang-barangligi
sifatida, chuqurligi – individning o’zi ishtirok etayotgan faoliyat turlaridagi faollik
darajasi   sifatida   ko’rsatilishi   bilan   bog’liq   fikrlarga   ham   duch   kelish   mumkin.
Makon   va   vaqt   aloqasi   hamma   joyda   har   xil   bo’lgan   «mahalliy   vaqt»
tushunchasida yorqin namoyon bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy adabiyotlar
A1. J.Ya.Yaxshilikov ,   N.E.Muhammadiyev.Falsafa:Darslik.-
Samarqand.2021.  – 712.
A2. Q.Nazarov   [va   boshq.].   Falsafa   asoslari   [Matn]:   o‘quv   qollanma   /   -
Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. - 380 b.
A3. Falsafa   asoslari .   (mas.   muh:   Q.Nazarov ).   -   Т :     O‘zbekiston,   2005.   -
384  б .
A4. Dinshunoslik.  O‘quv qollanma / - Toshkent:  ТИҚХММИ , 2019. - 338
b.  
A5 Emirova  Ye.,  Strelsova  A.  Vvedeniye   v  filosofiyu.  –  T.:   Universitet,
2008.
A6 Xaitov Sh. O ‘zbekiston falsafa tarixi. –T.: Noshir, 2011. – 560 bet. 
A7 Turayev   B.   Borliq   (falsafiy   tahlil).   –   Samarqand.:   Imom   Buxoriy
xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, 2021. – 130 bet.
A8 Shermuxamedova N.A. Falsafa. O‘quv qollanma / - Toshkent. 2010. -
574 b.

BORLIQ VA RIVOJLANISH FALSAFASI Reja: 1. Falsafa tarixida borliq muammosi. 2. Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig'i va ma'naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig'i. 3. Falsafada substantsiya va materiya muammosi. 4. Falsafada makon, vaqt, harakat va rivojlanish masalalari.

Borliq tushunchasining tahlili. Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon, vaqt, harakat, hayot, ong va Shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o’rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Bugungi kunda olimlar notirik, tirik dunyo va ijtimoiy dunyo nima, degan savollarga javob to’ishda jiddiy yutuqlarga erishganlar. Ular dunyo haqida o’tgan asrlarda yashagan o’z hamkasblariga qaraganda to’laroq va teranroq tasavvurga egadirlar. Ammo, dunyoning mohiyati haqidagi ko’pgina muhim savollarga hozir ham aniq va uzil-kesil javoblar mavjud emas. Masalan, nafaqat makon yoki vaqt tushunchalariga, balki nisbatan soddaroq hodisa bo’lmish gravitatsiya tushunchasiga ham dunyoda biron-bir fizik bugungi kunda ham aniq (ayni paytda tajribada tasdiqlanadigan) ta’rif bera olmaydi. Shu sababli insonning dunyo haqidagi qarashlarida muhim rol o’ynaydigan, biroq ilmiy yechimini topmagan muammolarni falsafiy anglab yetishga kuchli ehtiyoj doimo mavjud bo’lgan va hozir ham saqlanib qolmoqda. Bu muammolarning aksariyati haqli ravishda «boqiy» muammolar deb ataladi, chunki ular predmeti mos kelsa ham bilish metodlari va vositalari har xil bo’lgan fan va falsafa e’tiborini o’ziga jalb qilmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, fizika va boshqa muayyan fanlarga joiz bo’lmagan narsalar falsafa uchun joizdir. Aniq dalillarga tayanadigan va ularga muvofiq qarashlar birligiga erishishga harakat qiladigan tabiatshunoslikdan farqli o’laroq, falsafa yakdillikka intilmaydi va ayni bir muammolar bo’yicha ba’zan qarama-qarshi, bir-birini istisno etuvchi javoblar beradi. Shu tariqa u dunyoqarashni kengaytiradi, eski muammolarning odatdagi talqinini o’zgartiradi, aniq fanlarning metodlari bilan amalga tatbiq etiladigan yangi yechimlar ustida ijodiy izlanishga da’vat etadi. Shu tariqa falsafa evristik va metodologik rolni bajarar ekan, ayni zamonda o’zi ham tabiatshunoslik oluvchi ishonchli natijalarga muhtoj bo’ladi va ulardan yangi nazariyalar tuzish uchun asos sifatida foydalanadi. Shu sababli biz borliqning asosiy shakllari va fundamental asoslarini falsafa nuqtayi nazaridan o’rganar ekanmiz, albatta yo ishonchliligi shubha uyg’otmaydigan, yo borliqni

yaxshiroq tushuntirgani uchun qabul qilinadigan tabiiy-ilmiy material va daliliy ma’lumotlarga tayanamiz. Falsafa tarixida borliq muammosi. O’quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o’rganish odatda ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo’lib, unda borliq va yo’qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o’rganiladi, Shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo’lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o’zaklarga ega bo’lib (ontos – borliq, logos – so’z, ta’limot), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Ontologiya falsafada alohida o’rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydobo’ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O’z navbatida ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va Shu tariqa o’z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko’p jihatdan belgilaydi. «Borliq» kategoriyasi. Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar a’’aratini tashkil etadigan ko’p sonli falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o’rinni egallaydi. Chunki u har qanday predmet , hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, aniqroq aytganda, ularning mavjud bo’lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo’lish, o’zaro ta’sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi. Bu inson o’zligini va o’zini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch keladigan har qanday ob’ektning, borliq har qanday qismining umumiy xossasidir. Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq o’z dunyoqarashining negizini tashkil etadigan muhim savollarga javob to’ish zaruriyati bilan to’qnash keladi: 1. «Men kimman?»

2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?» 3. «Borliq qanday va qaerdan paydobo’lgan?» 4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?» 5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsadga muvofiqlik, maqsad, mo’ljal bormi?» I nson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi avvalo o’zi nima bilan bevosita ish ko’rayotganini qayd etadi. Buni aniq anglamasdan, u o’zining dunyo haqidagi mulohazalarini aniq-ravshan narsalarni qayd etishdan boshlaydi. Shu tariqa inson va uning ongi o’zini qurshagan barcha narsalar avvalo mavjud bo’lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi. Shunday qilib, borliq masalasi inson ning dunyoni oqilona anglash yo’lidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o’rin oldi. Mifologiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida ga’irib berishni falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydobo’lgani va qaerga yo’qolishi»ni oqilona tuShuntirish bilan almashtirgani tasodifiy emas. Bunday tuShuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob to’ish zaruriyati bilan to’qnash kelganlar:  falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?  bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?  unga qanday falsafiy ma’no yuklanadi? Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi. Mazkur dastur bo’yicha ta’lim oluvchilar tarixiy-falsafiy kurs bilan tanish bo’lishlari lozimligini hisobga olib, bu yerda faqat falsafiy tafakkur tarixiga qisqacha to’xtalamiz va mazkur muammoni anglab etish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina qayd etamiz. Borliq va yo’qlik dialektikasi. Keltirilgan fikr amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo’lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi. «Yo’qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo’lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va

boshqacha tuShunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo’qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya’ni amalda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan narsalar) o’zligini yo’qotgan holda «yo’qlik» atamasi ayni Shu ma’noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo’qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi. Lekin sof falsafiy ma’noda bu fikrni to’g’ri deb bo’lmaydi. Borliq va yo’qlik o’rtasida dialektik o’zaro aloqa mavjud. Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko’ra, biz yashayotgan Olam bo’shliqdan bino bo’lgan. Bo’shliq materiyaning alohida holati. Bo’shliq fizik borliqning eng boy tipi, o’ziga xos potentsial borliq sifatida namoyon bo’ladi, zero unda mumkin bo’lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni zamonda unda aktual tarzda hech narsa yo’q. Yana shuni ham e’tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va boshqalar) nuqtayi nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshdan kechirayotgan turli Olamlarning cheksiz sonidan tashkil to’adi. Shu ma’noda borliq va yo’qlikning o’zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi. Ikkinchidan, amalda mavjud bo’lgan narsaning ob’ektiv borlig’i yo’qlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya’ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo’lsa, bu narsa ongda mavjud bo’ladi va o’zining «ikkinchi» borlig’ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob’ektning nusxasi, ideal obraz bo’lib qoladi. Shunday qilib, o’tgan zamondagi borliq yo’qlikdir , deb aytish mumkin. Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo’ladi, u faqat hozirgi zamonda o’zini namoyon etadi, basharti u dolzarb va amalda namoyon bo’lish imkoniyatiga ega bo’lsa, agar u potentsial, ya’ni axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo’lishi ob’ektiv rivojlanish mantig’i bilan belgilangan bo’lsa. Amalda yo’q bo’lgan narsa haqida ideal obraz sifatida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O’tmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat Shu ma’noda so’z yuritishimiz mumkin.