logo

Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

97.3251953125 KB
Borliq  – falsafaning fundamental kategoriyasi
Reja:
1. Falsafa   tarixida   Borliq   muammosi.Borliq   shakllarining   tasnifi   :   tabiat
borligi ,ma’naviy borliq,ijtimoiy Borliq va inson borligi.Vertual borlig tushunchasi
.Energiya Borliq shakli.
2.Materiya   tushunchasi   va   uning   tashkillashuv   darajalari.Olamning   paydo
bulishi va evolyusiyasi
3.Moddiy   obekt   tizim   sifatida   :   geosentrik   va   nogeosentirik   moddimy
tizimlar.Kengayuuvchi olam gepotizasi.Universal kosmik galogramma.
4.Xarakat materiyaning yashash sharti.Xarakatning tiplari va shakllari
5.Falsafa tarixida makon va vaktga substonsional va relyasion yondoshuvlar
6.Indivudial   vakt   inson   mavjudlik   vakti   sifatida.   Uz   uzidan
tashkillashtiriruvchi –materiyaning atributi.   Biz   dunyo,   materiya   tuzilishi,   makon,   zamon,   harakat,   hayot,   ong   va   shu
kabilar   haqida   tasavvur   hosil   qilish   uchun   asosan,   avvalo   fizika,   astronomiya   va
biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq
muammolari o‘rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.
Bugungi   kunda   olimlar   notirik,   tirik   dunyo   va   ijtimoiy   dunyo   nima,   degan
savollarga   javob   topishda   jiddiy   yutuqlarga   erishganlar.   Ular   dunyo   haqida   bir
qarashda   yaqindagina   –   o‘tgan   asrda   yashagan   o‘z   hamkasblariga   qaraganda
to‘laroq   va   teranroq   tasavvurga   egadirlar.   Ammo,   dunyoning   mohiyati   haqidagi
ko‘pgina   muhim   savollarga   hozir   ham   aniq   va   uzil-kesil   javoblar   mavjud   emas.
Masalan, nafaqat makon yoki vaqt tushunchalariga, balki nisbatan soddaroq hodisa
bo‘lmish   gravitasiya   tushunchasiga   ham   dunyoda   biron-bir   fizik   bugungi   kunda
ham aniq (ayni paytda tajribada tasdiqlanadigan) ta’rif bera olmaydi. 
Shu   sababli   insonning   dunyo   haqidagi   qarashlarida   muhim   rol   o‘ynaydigan,
biroq   ilmiy   yechimini   topmagan   muammolarni   falsafiy   anglab   yetishga   kuchli
ehtiyoj   doimo   mavjud   bo‘lgan   va   hozir   ham   saqlanib   qolmoqda.   Bu
muammolarning aksariyati haqli ravishda «boqiy» muammolar deb ataladi, chunki
ular  predmeti mos kelsa ham  bilish metodlari  va vositalari  har xil  bo‘lgan fan va
falsafa e’tiborini o‘ziga qayta va qayta tortib kelmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki,
fizika  va boshqa muayyan  fanlarga joiz bo‘lmagan narsalar  falsafa uchun joizdir.
Aniq   dalillarga   tayanadigan   va   ularga   muvofiq   qarashlar   birligiga   erishishga
harakat   qiladigan   tabiatshunoslikdan   farqli   o‘laroq,   falsafa   yakdillikka   intilmaydi
va   ayni   bir   muammolar   bo‘yicha   ba’zan   qarama-qarshi,   bir-birini   istisno   etuvchi
javoblar   beradi.   Shu   tariqa   u   dunyoqarashni   kengaytiradi,   eski   muammolarning
odatdagi   talqinini   o‘zgartiradi,   aniq   fanlarning   metodlari   bilan   amalga   tatbiq
etiladigan yangi yechimlar ustida ijodiy izlanishga da’vat etadi. 
Shu tariqa falsafa evristik va metodologik rolni bajarar ekan, ayni vaqtda o‘zi
ham tabiatshunoslik oluvchi ishonchli natijalarga muhtoj bo‘ladi va ulardan yangi
nazariyalar   tuzish   uchun   asos   sifatida   foydalanadi.   Shu   sababli   biz   borliqning
asosiy   shakllari   va   fundamental   asoslarini   falsafa   nuqtai   nazaridan   o‘rganar
ekanmiz,   albatta   yo   ishonchliligi   shubha   uyg‘otmaydigan,   yo   borliqni   yaxshiroq tushuntirgani   uchun   qabul   qilinadigan   tabiiy-ilmiy   material   va   daliliy
ma’lumotlarga tayanamiz. 
Ontologiya   tushunchasi .   O‘quv   kurslarida   asosiy   falsafiy   muammolarni
o‘rganish   odatda   ontologiyadan   boshlanadi.   Ontologiya   falsafiy   bilimlarning
alohida   sohasi   bo‘lib,   unda   borliq   va   yo‘qlik,   mavjudlik   va   nomavjudlik
muammolariga doir masalalarning keng doirasi o‘rganiladi, shuningdek mavjudlik
sifatiga   ega   bo‘lgan   barcha   narsalarning   mohiyati   aniqlanadi.   «Ontologiya»
atamasi   falsafada   faqat   XVII   asrdan   beri   ishlatiladi,   lekin   u   yunoncha   o‘zaklarga
ega  bo‘lib  (ontos  –  borliq, logos  –  so‘z,  ta’limot), borliq  haqidagi   ta’limot  degan
ma’noni   anglatadi.   Ontologiya   falsafada   alohida   o‘rin  egallaydi.   Ikki   yarim   ming
yillik   faol   falsafiy   izlanishlar   natijasida   falsafiy   bilim   tizimida   ontologiyadan
tashqari   falsafaning   muhim   falsafiy   mazmun   kasb   etadigan   gnoseologiya,
aksiologiya,   ijtimoiy   falsafa,   axloq,   estetika,   mantiq   kabi   tarkibiy   qismlari   paydo
bo‘ldi.   Lekin   ularning   barchasi   zamirida   ontologiya   yotadi.   O‘z   navbatida
ontologiya   har   qanday   falsafiy   dunyoqarashning   negizi   hisoblanadi   va   shu   tariqa
o‘z   tarkibiga   kirmaydigan   boshqa   falsafiy   muammolar   talqinini   ko‘p   jihatdan
belgilaydi. 
«Borliq»   kategoriyasi.   Aksariyat   falsafiy   tizimlarning   kategoriyalar
apparatini   tashkil   etadigan   ko‘p   sonli   falsafiy   kategoriyalar   orasida   «borliq»
kategoriyasi   doimo   markaziy   o‘rinni   egallaydi.   Chunki   u   har   qanday   predmet,
hodisa,   voqea   va   shu   kabilarning   eng   muhim   xususiyatini,   aniqroq   aytganda,
ularning  mavjud bo‘lish,  bevosita  yoki  bilvosita  namoyon  bo‘lish,  o‘zaro ta’sirga
kirishish qobiliyatini aks ettiradi. 
Bu inson o‘zligini va o‘zini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq
duch   keladigan   har   qanday   obektning,   borliq   har   qanday   qismining   umumiy
xossasidir. 
Inson   aqlli   jonzot   sifatida   shakllanish   jarayonining   ilk   bosqichlaridayoq   o‘z
dunyoqarashining   negizini   tashkil   etadigan   muhim   savollarga   javob   topish
zaruriyati bilan to‘qnash keladi:
1. «Men kimman?» 2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?»
3. «Borliq qanday va qaerdan paydo bo‘lgan?»
4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?»
5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsadga muvofiqlik, maqsad,
mo‘ljal bormi?»
I nson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi avvalo o‘zi
nima   bilan   bevosita   ish   ko‘rayotganini   qayd   etadi.   Buni   aniq   anglamasdan,   u
o‘zining   dunyo   haqidagi   mulohazalarini   aniq-ravshan   narsalarni   qayd   etishdan
boshlaydi. Shu tariqa inson va uning ongi o‘zini qurshagan barcha narsalar avvalo
mavjud bo‘lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi. 
Shunday   qilib,   borliq   masalasi   inson ning   dunyoni   oqilona   anglash   yo‘lidagi
ilk   urinishlaridayoq   duch   kelgan   barcha   masalalarning   negizi   hisoblanadi.
Muayyan   narsalar   mavjudligi   yoki   mavjud   emasligi   masalasi   inson   falsafiy
mulohaza   yurita   boshlagani   zahotiyoq   uning   diqqat   markazidan   o‘rin   oldi.
Mifologiyaning   bosh   vazifasi   –   «borliqni   kim   yaratgani»   haqida   gapirib   berishni
falsafa   «borliqning   nimaligi,   u   qaerdan   paydo   bo‘lgani   va   qaerga   yo‘qolishi»ni
oqilona   tushuntirish   bilan   almashtirgani   tasodifiy   emas.   Bunday   tushuntirishga
urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob topish
zaruriyati bilan to‘qnash kelganlar:
 falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?
 bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?
 unga qanday falsafiy ma’no yuklanadi?
Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning
etimologiyasiga   ham   murojaat   etishni   nazarda   tutadi.   Mazkur   dastur   bo‘yicha
ta’lim   oluvchilar   tarixiy-falsafiy   kurs   bilan   tanish   bo‘lishlari   lozimligini   hisobga
olib,   bu   yerda   faqat   falsafiy   tafakkur   tarixiga   qisqacha   to‘xtalamiz   va   mazkur
muammoni anglab yetish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina qayd etamiz. 
Falsafa   tarixida   borliq   muammosi.   «Borliq»   kategoriyasi   falsafa   paydo
bo‘lishi bilan shakllangan va izchil nazariy qiziqish predmetiga aylangan bo‘lsa da , dunyo   haqida   odamlar   ancha   oldinroq   fikr   yurita   boshlaganlar   va   bu   tasavvurlar
ko‘p sonli afsonalar va miflarda bizgacha yetib kelgan. 
Borliq   muammosini   falsafiy   anglab   yetishga   ilk   urinishlar   miloddan   avvalgi
birinchi   ming   yillikda   vujudga   kelgan   qadimgi   hind   va   qadimgi   xitoy
falsafalaridayoq   kuzatiladi.   Xususan,   Vedalar   (qadimgi   hind   tafakkurining   ilk
yodgorliklari) va ularga diniy-falsafiy sharhlar – Upanishadalarda yaxlit ma’naviy
substansiya,   o‘lmas   jon   haqidagi   g‘oyalar,   shuningdek   dunyo   haqidagi
materialistik   va   ateistik   tasavvurlar   o‘z   aksini   topgan.   So‘nggi   zikr   etilgan
tasavvurlarga muvofiq butun  borliqning  negizini  tabiiy  asoslar   – olov,  havo,  suv,
yorug‘lik,   makon,   vaqt   tashkil   etadi.   Q adimgi   Hindiston   mutafakkirlari   borliq
sirining   tagiga   yetishga   harakat   qilar   ekanlar,   quyosh   tunda   qaerga   ketadi,
yulduzlar kunduzi qayoqqa yo‘qoladi kabi savollarga javob topishga uringanlar va
bu   tasavvurlarni   insoniyatga   ma’lum   bo‘lgan   eng   qadimgi   kitob   –   Rigvedalarda
aks ettirganlar. 
Q adimgi   Xitoy   falsafasi   avvalo   ijtimoiy   muammolarga   qarab   mo‘ljal   olgani
bois, unda inson borlig‘iga, shuningdek ijtimoiy borliqqa ko‘proq e’tibor berilgan.
Ayni   vaqtda,   tabiatning   birinchi   asoslari   ham   e’tibordan   chetda   qolmagan.   Bu
qiziqish,   xususan,   narsalar   va   hodisalarning   butun   rang-barangligini   belgilovchi
besh   stixiya   (suv,  yer,   daraxt,   temir,  olov)   haqidagi   ta’limotda   o‘z   aksini   topgan.
Keyinroq   «O‘zgarishlar   kitobi»da   borliqning   butun   rang-barangligini   tashkil
etuvchi bunday birinchi asoslarning sakkiztasi qayd etiladi. 
Xudolarning   kelib   chiqishi,   ularning   hayoti,   ishlari,   o‘zaro   kurashi   haqida
hikoya qiladigan va shu tariqa qadimgi odamlarning dunyoning vujudga kelishi va
evolyusiyasi   haqidagi   tasavvurlarini   aks   ettirgan   kosmogonik   miflar   Suqrotga
qadar   avvalo   tabiat   falsafasi   sifatida   yuzaga   kelgan   va   rivojlangan   yunon
falsafasining   birinchi   manbai   bo‘lib   xizmat   qildi.   Ilk   yunon   faylasuflari   o‘z
asarlarini   odatda   «Tabiat   haqida»   deb   nomlaganlari,   ularning   o‘zlari   esa
naturalistlar, «fiziklar» deb atalishi bu fikrni tasdiqlaydi. 
Sharq   donishmandlari   kabi,   antik   mutafakkirlarni   ham   borliqning   manbalari
qiziqtirgan.   Q adimgi   yunon   falsafasi   vujudga   kelgan   paytdan   boshlab   ular   butun borliqning   birinchi   sababini   mavjud   voqelikning   o‘zidan   izlaganlar,   uni   dam   suv
(Fales)  yoki havo (Anaksimen) deb, dam hamma narsani  boshqaradigan boqiy va
cheksiz   asos   –   «apeyron» (Anaksimandr)   deb   tavsiflyaganlar.   (taxminan   mil.   av.
611-545   yillar)   Anaksimandr   hatto   jonli   mavjudotlarning   tabiiy   kelib   chiqishi
g‘oyasini ilgari surgan. Uning fikricha, mazkur mavjudotlar dengiz suvida vujudga
kelgan   va   suv   o‘tlaridan   paydo   bo‘lgan.   So‘ngra   baliqsimon   mavjudotlar
quruqlikka   chiqqan   va   ulardan   odamlar   rivojlangan.   Shunga   o‘xshash   fikrlarni
Ksenofan (mil. av. 580-490 yillar) ham ilgari suradi. U hamma narsa yer va suvdan
vujudga  keladi   va   rivojlanadi,   hatto  «biz   ham   yer   va  suvdan   paydo  bo‘lganmiz»,
deb hisoblaydi. 
O‘sha davrning bosh falsafiy masalasi – «hamma narsa nima?» degan savolga
javob  berar   ekan,   Pifagor   (mil.   av.  580-500  yillar)   «hamma   narsa   sondir»,  degan
xulosaga   keladi.   U   Yerning   sharsimonligi   haqidagi   g‘oyani   birinchi   bo‘lib   ilgari
surdi.   Keyinchalik   bu   g‘oyani   Parmenid   (mil.   av.   540-480-yillar)   qo‘llab-
quvvatladi va unga yozma ta’rif berdi. Parmenid faylasuflar orasida birinchi bo‘lib
borliqni   kategoriya   sifatida   tavsifladi   va   uni   maxsus   falsafiy   tahlil   predmetiga
aylantirdi.   U   haqiqiy   borliq   mohiyatining   o‘zgarmasligi   haqidagi   g‘oyani   ilgari
surdi.  Parmenid  fikricha, borliq paydo bo‘lmagan va u yo‘q ham bo‘lmaydi, chunki
undan   boshqa   hech   narsa   yo‘q   va   bo‘lishi   mumkin   ham   emas.   Borliq   yagona
(uzlyuksiz),   harakatsiz   va   barkamoldir.   U   o‘z   chegaralariga   ega   bo‘lib,   «ulkan
mutlaqo yumaloq Sharga» o‘xshaydi. 
Parmenidning   yagona,   ajralmas,   o‘zgarmas   va   harakatsiz   borliq   haqidagi
ta’limoti   ellinlar   dunyosida   shuhrat   qozondi   va,   xususan,   eleatlar   maktabi   vakili
bo‘lgan   samoslik   Melis   tomonidan   davom   ettirildi.   U   Parmenid   fikriga   asosan
qo‘shilgan   holda,   «Tabiat   yoki   borliq   haqida»   deb   nomlangan   asarida   borliq
chegarasiz   ekanligini   qayd   etadi.   Uning   fikricha,   agar   borliqning   chegarasi
borligini tan olsak, bu borliq yo‘qlik bilan chegaradosh ekanligini anglatadi. Biroq,
hamonki yo‘qlik mavjud emas ekan, borliq ham chegarali bo‘lishi mumkin emas. 
Shunday   qilib,   qadimgi   yunon   falsafasining   Suqrotga   qadar   bo‘lgan   davrida
ontologiya sezilarli darajada rivojlanadi: o‘sha davr atoqli faylasuflarining deyarli barchasi  borliq muammosini bevosita yoki bilvosita o‘rganadi, uni, odatda, boqiy
va   barkamol   kosmos,   «yagona   tabiat»,   ya’ni   moddiy-hissiy   dunyo   bilan
tenglashtiradi.   Masalan,   Empedokl   (mil.   av.   484-421   yillar)   «borliq»   atamasini
bevosita   ishlatmagan   bo‘lsa   ham,   «barcha   narsalarning   to‘rt   negizi»   (olov,   havo,
suv va yer) haqida so‘z yuritar ekan, dunyo (kosmos) tuxumsimon ko‘rinishga ega
deb hisoblagan ,   hayot nam va issiq suv o‘tlaridan kelib chiqqani haqida mulohaza
yuritgan. Demokrit va Levkipp atomlarni muayyan modda sifatida tavsiflab, ularni
«bo‘shliq»   -   yo‘qlikka   zid   o‘laroq,   «to‘la»   yoki   «qattiq»   borliq   bilan
tenglashtirgan. 
Shu   davrda   borliqni   tushunishga   nisbatan   dialektik   yondashuv   ilk   bor
namoyon bo‘ladi. U butun dunyo muttasil harakat va o‘zgarish jarayonini boshdan
kechiradi   deb   hisoblagan   va   shu   munosabat   bilan   «ayni   bir   narsa   mavjud   va
nomavjuddir»   deya   qayd   etgan   Geraklit   (mil.   av.   544-483   yillar)   ta’limotida
ayniqsa bo‘rtib ko‘rinadi. 
Borliq   tushunchasini   Platon   (mil.   av.   427-347   yillar)   sezilarli   darajada
kengaytirdi.   U   nafaqat   moddiy,   balki   ideal   narsalar   ham   borliqqa   ega   ekanligini
falsafa  tarixida  birinchi   bo‘lib ko‘rsatib  berdi.  Platon «haqiqiy  borliq»  -  «obektiv
mavjud   g‘oyalar   dunyosi»ni   farqladi   va   uni   «hissiy   borliq»qa   qarama-qarshi
qo‘ydi.   Bunda   u   inson   ongida   mustaqil   mavjud   bo‘lgan   tushunchalar   borlig‘ini
ham   ko‘rsatib   o‘tdi   va   shu   tariqa   ilk   bor   «borliq»   tushunchasiga   amalda   mavjud
bo‘lgan barcha narsalarni kiritdi.
Markaziy   Osiyoning   eng   qadimiy   kitobi   “Avesto”da,   borliq   harakatdagi
dunyo,   butun   jonli   va   jonsiz   narsalarning   uyg‘unligidagi   mavjudlik   deb
ifodalanadi. 
Keyinchalik falsafa tarixida borliqning ko‘p sonli har xil talqinlari shakllandi,
lekin ularning barchasi borliq haqidagi hissiy va oqilona tasavvurlar atrofiga u yoki
bu tarzda tiziladi. Bunda fikrlar va yondashuvlar rang-barangligi namoyon bo‘ladi. 
Xususan,   o‘rta   asrlar   Yevropa   falsafasida   «haqiqiy   borliq   -   «Xudoning
borlig‘i» va «haqiqiy bo‘lmagan», ya’ni Xudo yaratgan borliq farqlanadi. Sharqning   buyuk   mutafakkiri   Forobiy   borliq   muammosini   hal   qilishda
“vujudi   vojib”   va   “vujudi   mumkin”ning   o‘zaro   nisbatiga   murojaat   qiladi.   Uning
fikricha   “vujudi   vojib”   barcha   mavjud   yoki   paydo   bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan
narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o‘zga turtkiga muhtoj emas.
U   mutloq   borliq   va   donishmandlik   ifodasi.   “Vujudi   mumkin”   esa   doimo
o‘zgarishda,   ziddiyatli   munosabatlarda   bo‘lib,   unda   barcha   narsalar   oddiydan
murakkabga,   tartibsizlikdan   tartiblilikka   qarab   harakat   qiladi.   “vujudi   vojib“
yaratgan   eng   buyuk   voqelikdan   biri   inson   aqlidir.   U   “Fuqarolik   siyosati”   asarida
borliqni quyidagi olti darajaga bo‘ladi:
1. Birinchi holatdagi sabab.
2. Ikkinchi holatdagi sabab.
3. Uchinchi holatdagi aqli faol.
4. To‘rtinchi holatdagi instinkt.
5. Beshinchi holatdagi shakl.
6. Oltinchi holatdagi materiya.
Forobiy bu darajalarning har biriga ta’rif beradi. Keyin u “uchinchi aql” - aqli
faolni   ta’riflaydi.   Unga   ko‘ra,   aynan   “aqli   faol”iga   ko‘ra,   insonning   tabiiy,
ma’naviy va ruhiy hayoti shakllanadi.
Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi “vujudi vojib” ya’ni Allohdir. Vujudi
vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish
noo‘rin.   Chunki   birinchi   sabab   uning   natijasi   bo‘lgan   xilma   xil   jarayonlarning
mohiyatiga bog‘liq bo‘la olmaydi. Zero vujudi vojibning mavjudligi uning o‘ziga
bog‘liq. 
XVII-XVIII   asrlarning   materialist   faylasuflari   borliq   tushunchasini   fizik
borliq bilan bog‘laydi. Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari mexanikaning faol
rivojlanishi bilan belgilangan va ularning tabiat haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarini
aks   ettirgan.   Bundan   borliqni   «naturallashtirish»   g‘oyasi   kelib   chiqqan.   Mazkur
talqin fransuz materialist faylasuflari (Golbax, Gelvesiy, Lametri) dunyoqarashida
ayniqsa bo‘rtib ko‘rinadi.  Yangi   davr,   so‘ngra   nemis   klassik   falsafasi   davri   «substansiya»   (dunyoni
tushunish   zamirida   yotuvchi,   nisbatan   barqaror   va   mustaqil   holda   mavjud
mohiyat), «mutlaq «Men»ning erkin, sof faoliyati» (Fixte), «obektiv rivojlanuvchi
g‘oya»   (Gegel)   kabi   falsafiy   kategoriyalarni   qayd   etib,   borliq   muammolari
talqiniga yanada teranroq mazmun baxsh etdi. 
XX asr borliqni tushunishni tarixiylik, insonning mavjudligi, qadriyatlar va til
bilan   bog‘lab,   uning   talqinini   o‘ta   kengaytirdi.   Neopozitivizm   falsafiy   yo‘nalishi
esa,   avvalgi   ontologiya   falsafaning   emas,   balki   ayrim   fanlarning   predmeti   deb
hisoblab, falsafadagi borlig‘ muammosini soxta muammo sifatida talqin qildi. 
Borliq   haqidagi   o‘ta   keng,   falsafiy   tasavvurlar   dunyoning   yaxlit   tabiiy-ilmiy
manzarasini   yaratishga   harakat   qilayotgan   hozirgi   zamon   fanining   xulosalari   va
qoidalariga   asoslanishi   lozim.   Ammo   ayrim   fanlardan   iborat   fan   o‘z   holicha
borliqning umumiy talqinini bermaydi, zero bu vazifa avvalo falsafiy darajada hal
qilinadi.   Falsafaning   bu   muhim   roli,   uning   murakkab   hodisalar,   shu   jumladan
borliqni bilish borasidagi imkoniyatlari haqida V.I.Vernadskiy shunday degan edi:
«Men   bilimning   rivojlanishida   falsafaning   ahamiyatiga   aksariyat   naturalistlarga
qaraganda boshqacharoq yondashaman va u bunda ulkan, samarali ahamiyat kasb
etadi, deb hisoblayman. Menimcha, falsafa va fan ayni bir jarayonning tomonlari –
muqarrar   va   ajralmas   tomonlardir.   Ular   faqat   bizning   aqlimizda   ajraladi.   Agar
ulardan   biri   to‘xtab   qolsa,   boshqasining   jonli   o‘sishi   barham   topgan   bo‘lar   edi...
Falsafa doim fan kurtaklarini o‘stiradi, ba’zan hatto fanning rivojlanish sohalarini
belgilaydi.» 1. 1.
 
Borliq tushunchaning etimologiyasi.   «Borliq» falsafiy kategoriyasi  nafaqat
eng   muhim,   balki   boshqa   kategoriyalar   orasida   ayniqsa   ko‘p   ishlatiladigan
kategoriya hisoblanadi. Bu holni shu bilan izohlash mumkinki, uning kelib chiqishi
dunyoning   ayniqsa   keng   tarqalgan   tillarida   ayni   bir   ma’no   –   «bo‘lish»,   «mavjud
bo‘lish»,   «hozirlik»,   «hozir   bo‘lish»,   «mavjudlik»   ma’nolarini   anglatadi.
Jahonning   aksariyat   tillarida   yuqorida   sanab   o‘tilgan   va   ma’no   jihatidan   unga
yaqin   fe’llar   negizini   tashkil   etadigan   «bo‘lmoq»   fe’li,   o‘zining   bevosita
1. 1
 Вернадский В.И. Философские мысли натуралиста. – М. :  1988. – С.  412.  ma’nosidan tashqari, yordamchi fe’l sifatida ham faol ishlatiladi. Bu dalilga izohni
inson   tafakkuri   tabiatidan   izlash   lozim   bo‘lib,   uning   mantig‘i   va   qonunlari   fikrni
bayon   etishning   til   shakliga   bog‘liq   bo‘lmaydi,   lekin   albatta   fikrlash   mumkin
bo‘lgan, universal va o‘zgarmas sifatida amal qiladigan va shu sababli har qanday
mulohazaning   tayanch   nuqtasi   bo‘lib   xizmat   qilishi   mumkin   bo‘lgan   nimagadir
tayanishi lozim. Fikr qaratilgan narsa mavjudligi (yoki mavjud emasligi)ning ayni
shu dalili  har  qanday tilning ilk jumlalaridayoq tom  ma’noda universal  fe’l  (yoki
uning modifikasiyalari) bilan aks ettiriladi: o‘zbek tilida - «bo‘lmoq», «bor», ingliz
tilida – is, nemis tilida – ist va h.k.
Shunday   qilib,   «borliq»   va   «yo‘qlik»   kategoriyalarining   o‘ziga   xosligi,
betakrorligi   va   universal   ahamiyati   shundan   iboratki,   ularning   falsafiy   ma’nosi
tavsiflanadigan   turli   tillarda   ular   fe’ldan,   aniqroq   aytganda,   «bo‘lmoq»   fe’lidan
(yoki uning inkoridan) hosil bo‘lgan tushunchalar hisoblanadi va narsaning o‘zini
emas, balki uning mavjudligi yoki yo‘qligini ko‘rsatadi. Masalan, stol bor, yomg‘ir
yo‘q, oqlik bor, aks yo‘q, miya bor, g‘oyalar yo‘q va h.k. 
Borliq tabiiy tillarda otlar, ravishlar  yoki ravishdoshlar  bilan ifodalanadigan,
ya’ni bilishda uning obekti yoki subekti sifatida amal qiladigan tushunchalar bilan
tenglashtirilishi   mumkin   emas.   Ayni   vaqtda   bu   obektlar   yoki   subektlarning
birortasi   ham   uning   borligi   yoki   yo‘qligini   qayd   etmasdan   fikrlanishi   mumkin
emas.   «Borliq   bor,   yo‘qlik   esa   –   yo‘q»,   deganida,   Parmenid   ayni   shu   holga
e’tiborni qaratgan. Binobarin, yaxshi, yomon, to‘g‘ri, noto‘g‘ri, quvnoq, sho‘r, oq,
qora,   katta,   kichkina   kabi   va   shunga   o‘xshash   sifatlar   borliqqa   nisbatan
qo‘llanilishi   mumkin   emas.   Borliqni   biron-bir   koordinatalar   sistemasiga
joylashtirib bo‘lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. Muxtasar qilib aytganda,
borliqni   har   qanday   voqelik   ega   bo‘ladigan   umumiy,   universal   va   betakror
mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin.
Borliq   va   yo‘qlik   dialektikasi.   Keltirilgan   fikr   amalda   mavjud   narsagina
borliqqa ega bo‘lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi. «Yo‘qlik»
har   qanday   tilda   amalda   mavjud   bo‘lmagan   narsa   bilan   tenglashtiriladi   va
boshqacha   tushunilishi  mumkin  ham  emas.   Boshqacha  aytganda,   yo‘qlik  borliqni inkor   etadi   va   narsa,   jism,   hodisa,   ong...   (ya’ni   amalda   mavjud   bo‘lishi   mumkin
bo‘lgan   narsalar)   o‘zligini   yo‘qotgan   holda   «yo‘qlik»   atamasi   ayni   shu   ma’noda
ishlatiladi va ular haqida ular «yo‘qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi. 
Lekin sof falsafiy ma’noda bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Borliq va yo‘qlik
o‘rtasida dialektik o‘zaro aloqa mavjud. 
Birinchidan,   dunyo   haqidagi   hozirgi   tasavvurlarga   ko‘ra,   biz   yashayotgan
Olam   bo‘shliqdan   bino   bo‘lgan.   Bo‘shliq   materiyaning   alohida   holati.   Bo‘shliq
fizik borliqning eng boy tipi, o‘ziga xos potensial borliq sifatida namoyon bo‘ladi,
zero unda  mumkin bo‘lgan barcha  zarralar   va holatlar   mavjud, biroq ayni   vaqtda
unda aktual tarzda hech narsa yo‘q 1. 1.
 
Yana shuni ham e’tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va boshqalar)
nuqtai   nazaridan   biz   yashayotgan   Olam   ham   dunyoda   yagona   emas,   chunki   u
rivojlanishning   turli   sikllarini   boshdan   kechirayotgan   turli   Olamlarning   cheksiz
sonidan   tashkil   topadi.   Shu   ma’noda   borliq   va   yo‘qlikning   o‘zaro   aloqasi   ham
nisbiy xususiyat kasb etadi. 
Ikkinchidan,   amalda   mavjud   bo‘lgan   narsaning   obektiv   borlig‘i   yo‘qlikka
chekinadi, lekin, shunga  qaramay u haqda gapirilayotgan, ya’ni  u muayyan  narsa
sifatida   fikrlanayotgan   bo‘lsa,   bu   narsa   ongda   mavjud   bo‘ladi   va   o‘zining
«ikkinchi»   borlig‘ini   saqlaydi,   ayni   holda   u   dastlabki   obektning   nusxasi,   ideal
obraz bo‘lib qoladi. 
Shunday   qilib,   o‘tgan   zamondagi   borliq   yo‘qlikdir,   deb   aytish   mumkin.
Borliq   doim   hozirgi   zamonda   mavjud   bo‘ladi,   u   faqat   hozirgi   zamonda   o‘zini
namoyon   etadi,   basharti   u   dolzarb   va   amalda   namoyon   bo‘lish   imkoniyatiga   ega
bo‘lsa,   agar   u   potensial,   ya’ni   axborot   manbalarida   mavjud   yoki   uning   paydo
bo‘lishi obektiv rivojlanish mantig‘i bilan belgilangan bo‘lsa. Amalda yo‘q bo‘lgan
narsa   haqida   fikrlash   mumkin.   Boshqacha   aytganda,   unga   ideal   obraz   tarzidagi
ideal   borliq   shakl-shamoyilini   berish   mumkin.   O‘tmishga   tatbiqan   biz   borliq
haqida faqat shu ma’noda so‘z yuritishimiz mumkin. 
1. 1
  Қ аранг:   Малюкова   О.В.   Материя,   пространство   и   время   с   точки   зрения   физики   ХХ   века   /   Онтология,
гносеология, логика и аналитическая философия. – СПб : , 1997. –  С. 93.  Ayni   shu   ma’noda   biz   g‘oyalar,   narsalar,   voqealar,   tarixiy   shaxslar   yoki
o‘zimizga   yaqin   odamlar   to‘g‘risida   so‘z   yuritamiz,   bunda   ular   yo‘qlikka
aylanmagani,   balki   yangicha   mavjudlik,   xotira   tarzidagi   o‘zgacha   borliq   kasb
etganini nazarda tutamiz. 
Shunday   qilib,   borliq   falsafiy   kategoriya   sifatida   dunyoni   butun   rang-
barangligi   va   turli-tuman   namoyon   bo‘lish   shakllari   bilan   yaxlit   aks   ettirish
imkonini beradi . Bunda narsalar, predmetlar, hodisalar o‘z xususiyatlari, xossalari
bilan jamuljam holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi bo‘lmish insonni
bilish yo‘lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-
barangligi, turli darajalari, ko‘rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va hokazolar
haqidagi   mulohazalarning   asosiy   koordinatalar   sistemasi   belgilanadi.   Buning
uchun mohiyat, hodisa, substansiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi yangi
falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi. 
Inson o‘zi va umuman dunyo haqida o‘ylar ekan, odatda muayyan narsalar va
ayrim  tabiiy  hodisalar   bilan   ish  ko‘radi.  Ayni  vaqtda  u  o‘zini  qurshagan  dunyoni
sinchiklab   o‘rganish   va   uning   butun   rang-barangligini   tushunib   yetish   uchun
muayyan   tayanch   nuqtasi   bo‘lib   xizmat   qiladigan   qandaydir   asosning   shak-
shubhasiz   mavjudligini   qayd   etadi.   Falsafa   tarixidan   biz   bunday   asos   sifatida,
masalan,  Suqrotdan oldingi  qadimgi  yunon faylasuflarida tabiat  elementlari, o‘rta
asrlar   falsafasida   Xudo,   Dekartda:   «Men   fikrlayapman,   demak,   mavjudman»,
degan ongli inson amal qilganini ko‘ramiz. 
Ammo   inson   bilishning   bu   birinchi   bosqichida   to‘xtab   qolmagan   va   o‘zini
qurshagan   borliqning   ko‘p   sonli   turli-tuman   holatlari   orasida   qolgan   barcha
narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni shu shakli
voqelikning   boshqa   shakllari   va   holatlaridan   nima   bilan   farq   qilishini   aniqlashga
harakat   qilgan.   Bugungi   kunda   insoniyat   borliqning   ko‘p   sonli   turli-tuman
shakllaridan   ularning   ayniqsa   aniq   bo‘lgan   bir   nechtasini   farqlash   imkonini
beradigan tajriba va bilim to‘pladi. 
Borliq shakllari.  Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq
qilishiga qadimdayoq e’tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib ketgan. O‘z navbatida,   jonli   narsalar   dunyosida   inson   alohida   o‘rin   egallaydi.   U   barcha   jonli
narsalardan   butunlay   farq   qiladi.   Insonning   bu   asosiy   farqi   uning   ongida,   ideal
obrazlar bilan ish ko‘rish, ya’ni abstrakt fikrlash va o‘zini fikrlovchi jonzot sifatida
anglash qobiliyatida namoyon bo‘ladi. 
Shunday   qilib,   borliqning   umumiy   manzarasini   yaratish   zaminidan   notirik
tabiat o‘rin oladigan o‘ziga xos piramida hosil  bo‘ladi.   Ya’ni borliqning shakllari
n otirik tabiat ,  tirik tabiat,  ijtimoiy borliq va  inson  borlig‘i kabilardir  Borliqning bu
umumiy shakllari o‘ziga xos xususiyatga, o‘zining betakror mohiyatiga egadir. 
1)   tabiat   borlig‘i.   U   mufassallashtiriladi   va   o‘z   navbatida   , birlamchi   tabiat
borlig‘i (ya’ni inson va uning faoliyatidan qat’i nazar mavjud bo‘lgan narsalar  va
jarayonlar borlig‘i) va   ikkilamchi   (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va
jarayonlar   borlig‘i)ga   bo‘linadi.   Birlamchi   tabiat   n otirik   tabiat   narsalari   va
jarayonlarining borlig‘i  – bu butun tabiiy va sun’iy dunyo, shuningdek tabiatning
barcha   holatlari   va   hodisalari   (yulduzlar,   sayyoralar,   yer,   suv,   havo,   binolar,
mashinalar, aks sado, kamalak, ko‘zgudagi aks va sh.k.)dir. 
Birlamchi tabiat  borlig‘i ikki darajani o‘z ichiga oladi.
Birinchi   daraja   jonli   ruhsiz   jismlardan,   ya’ni   ko‘payish   qobiliyatiga   ega
bo‘lgan,   atrof   muhit   bilan   moddalar   va   energiya   almashinuvini   amalga
oshiradigan,   lekin   ongga   ega   bo‘lmagan   barcha   narsalar,   ya’ni   sayyoramiz
hayvonot va o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga olgan butun biosferadan iborat. 
Ikkinchi   daraja   –   bu   inson   va   inson   ongining   borlig‘i   bo‘lib,   bu:   ikkilamchi
tabiat   inson   yaratgan   yoki   o‘zgartirgan   tabiatdir.Tabiat   makon   va   vaqtda   cheksiz
hamda abadiydir. Ikkinchi yoki inson tomonidan yaratilgan tabiat birinchi tabiatga
bog‘liq.   Bir   tomondan,   ikkinchi   tabiatda   birinchi   tabiat   materiali,   boshqacha
aytganda obektiv, birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa tomondan esa – unda
insonning mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi o‘z ifodasini topgan. Ikkinchi
tabiat   –   bu   mehnat   qurollari   va   sharoitlari,   aloqa   vositalari,   inson   ruhining
ehtiyojlari, ma’rifatli borliq, moddiy va ma’naviy madaniyatni  belgilovchi  barcha
narsalar va jarayonlardir;  2)  inson borlig‘i. Unda tahlilga qulaylik yaratish uchun insonning tabiatning
bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson borlig‘ini farqlash o‘rinli
bo‘ladi. 
Inson   tabiatning   bir   qismi   hisoblanadi   va   shu   ma’noda   uning   qonunlariga
bo‘ysunadi.   Tananing   mavjudligi   inson   o‘limga   mahkum   ekanligini   belgilaydi.
Inson   borliq   va   yo‘qlik   dialektikasi   bilan   bog‘lanadi,   barcha   tabiat   jismlari   kabi
vujudga   kelish,   shakllanish   va   halok   bo‘lish   holatlaridan   o‘tadi.   Barcha   tabiat
jismlari  kabi, inson tanasiga  ham  modda va energiyaning saqlanish  qonunlari  o‘z
ta’sirini   ko‘rsatadi,   ya’ni   uning   tarkibiy   qismlari   tabiatning   boshqa   holatlariga
o‘tadi.   Inson   tanasi   mavjud   bo‘lishi   uchun   uni   muttasil   quvvatlash   (ovqatlanish,
sovuqdan   va   boshqa   xavf-xatarlardan   saqlash)   talab   etiladi.   Fikrlash   uchun   inson
tanasining   tirikligini   ta’minlash   zarur.   Bundan   hayotni   saqlash,   insonning   o‘z-
o‘zini   saqlashi   va   insoniyatning   yashovchanligini   ta’minlash   zaruriyati   kelib
chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega
bo‘lish ehtiyojida o‘z ifodasini topadi;
3)   ma’naviy   borliq.   U   subektiv   individuallashgan   va   obektiv   (noindividual)
ma’naviy borliq sifatida mavjud. Individuallashgan ma’naviy borliq - bu insonning
ichki dunyosi. U onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga ko‘ra,
ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma’noda esa u tafakkurdir. Ong –
inson   bosh   miyasining   dunyo   borlig‘ini   izchil   aks   ettirish,   uni   obrazlar   va
tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar,
shuningdek   g‘oyalar,   e’tiqodlar,   qadriyatlar,   mo‘ljallar,   andozalarning   ko‘rinmas
jarayoni   sifatida   mavjud.   Ong   tez   oqadigan   va   bir   xil   bo‘lmagan   orqaga
qaytmaydigan   xususiyatga   ega.   Shaklan   bu   jarayon   tartibsiz,   lekin   shu   bilan   bir
vaqtda  unda  muayyan  tartib,  barqarorlik,  struktura,   muayyan   darajada  intizom   va
iroda mavjud. 
Inson ongi ayni vaqtda uning o‘z-o‘zini anglashi, ya’ni o‘z tanasi, fikrlari va
tuyg‘ularini,   o‘zining   boshqa   odamlarga   bo‘lgan   munosabatini   va   o‘zining
jamiyatdagi o‘rnini anglab yetishi, ya’ni o‘zini o‘zi bilishdir. O‘zlikni anglash – bu
ongimizning o‘ziga xos markazidir.  Individual   ong   o‘zining   o‘limga   mahkumligi   bilan   tavsiflanadi,   lekin   uning
ayrim   qismlari   noindividual   ma’naviy   shakl-shamoyil   kasb   etadi,   sh uningdek
boshqa   kishilar   mulkiga   aylanadi.   Xatti-harakatlarda   inson   ongining   fragmentlari
moddiylashadi,   ularga   qarab   odamlarning   niyatlari,   mo‘ljallari,   maqsadlari,
g‘oyalari   haqida  xulosa   chiqariladi.   Noindividual   ma’naviy  borliqning  o‘ziga   xos
xususiyati   shundaki,   uning   elementlari   saqlanadi,   takomillashadi   va   ijtimoiy
makon va vaqtda erkin harakatlanadi;
4) ijtimoiy borliq. U ayrim insonning jamiyatdagi borlig‘i va jamiyatning o‘z
borlig‘iga bo‘linadi. Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi, turli
ijtimoiy   guruhlar:   oila,   ishlab   chiqarish   jamoasi,   millatning   a’zosi   hisoblanadi.   U
boshqa   individlar   bilan   yaqin   aloqa   qilib   yashaydi.   Odamlarning   barcha   faoliyati
mazkur sosiumga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy,
iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar doirasida amalga oshiriladi. 
Xullas, «borliq» kategoriyasi o‘ta umumiy falsafiy abstraksiya bo‘lib, u turli-
tuman   tabiat   hodisalari   va   jarayonlarini,   odamlar   jamoalari   va   ayrim   kishilarni,
ijtimoiy   institutlarni,   inson   ongining   darajalari,   shakllari   va   holatlarini   mavjudlik
belgisiga   ko‘ra   birlashtiradi.   Garchi   bu   hodisalar   va   jarayonlar   borliqning   turli
sohalariga   taalluqli   bo‘lsa-da,   ularning   barchasini   umumiy   asos   birlashtiradi.
Ammo cheksiz darajada rang-barang dunyoning yagonaligi to‘g‘risida so‘z yuritish
mumkinmi? Bu savolga «ha» deb javob berish orqali biz butun borliqning umumiy
asosi haqida tasavvur hosil qilamiz. Bu haqda keyingi paragrafda so‘z yuritiladi. 
B orliqning   yuqorida   sanab   o‘tilgan   turli   shakllari   bugungi   kunda   fanga   aniq
ma’lum bo‘lgan, kuzatish, o‘rganish, tahlil, nazorat va hokazolar predmeti bo‘lishi
mumkin   bo‘lgan   barcha   narsalarni   o‘z   ichiga   oladi.   Ayni   vaqtda   dunyo   fan   va
inson   aqli   anglab   yetmagan   jumboqlar   va   mo‘jizalarga   to‘ladir.   Ammo   bu   hol
borliq   haqidagi   hozirgi   tasavvurlar   o‘z   kuchini   yo‘qotadigan   qandaydir   o‘zga
dunyolar   mavjudligidan   dalolat   beradi,   deb   aytish   uchun   yetarli   asoslar   mavjud
emas.  Borliqning   turli   shakllarini   jonsiz   tabiatdan   boshlab   mufassalroq   ko‘rib
chiqamiz,  zero  u hozirgi   zamon fani  nuqtai   nazaridan  jonli   va  ijtimoiy  tabiatning
negizi hisoblanadi. 
1- Masala.     Materiya   tushunchasi   va   uning   tashkillashuv
darajalari .Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi.   «Materiya» tushunchasi ni
asosiy   falsafiy   kategoriya   sifatida   ilk   bor   Platon   ishlatgan.   U   hyle   atamasini
muomalaga   kiritgan   va   u   bilan   kattaligi   va   shakl-shamoyili   har   xil   jismlar   paydo
bo‘lishiga   asos   bo‘lib   xizmat   qiladigan   sifatlardan   mahrum   substrat   (material)ni
ifodalagan.   Platon   talqinida   materiya   shaklsiz   va   nomuayyan   bo‘lib,   har   qanday
geometrik   shakl   ko‘rinishini   kasb   etishi   mumkin   bo‘lgan   makon   bilan
tenglashtiriladi. Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan
xossalari   -   massa,   energiya,   ko‘lam   bilan   bog‘langan   va   uning   muayyan   turlari   -
modda, atomlar, korpuskulalar va sh.k. bilan tenglashtirilgan. 
Bu   masalalarga   nisbatan   hozirgi   yondashuvlar   ancha   o‘zgargan   va   materiya
haqidagi   tabiiy-ilmiy,   masalan,   fizik   yoki   kimyoviy   tasavvurlar   bilan   bir   qatorda
uni   anglab   yetishning   falsafiy   darajasini   ham   nazarda   tutadi.   « M ateriya»   falsafiy
kategoriyasining vazifasi amalda mavjud materiya turlarining butun cheksiz rang-
barangligini   qamrab   olish   va   uni   ong   bilan   bog‘lash   mumkin   emasligiga   urg‘u
berishdan   iborat.   Muammoga   falsafiy   munosabatni   uning   tabiiy-ilmiy   talqinidan
farqlash   imkonini   beruvchi   mazkur   yondashuv   juda   muhim   ahamiyat   kasb   etadi,
aks   holda   mazkur   sohadagi   tadqiqotlar   va   bilish   imkoniyatlari   doirasi   asossiz
ravishda torayadi. Bunga, masalan, neopozitivizm yo‘nalishlaridan biri – lingvistik
falsafada   duch   kelishimiz   mumkin.   Uning   taniqli   namoyandalari   J.Mur,
L.Vitgenshteyn   va   boshqalar   hamonki   «materiya»   va   «ong»   kabi   tushunchalarga
ilmiy   nuqtai   nazardan   aniq   ta’rif   berish   mumkin   emas   ekan,   ulardan  voz   kechish
lozim, deb hisoblaydi. 
Boshqa   hozirgi   falsafiy   yo‘nalishlarning   aksariyatida   bu   tushunchalar   faol
qo‘llaniladi va muhim metodologik rol o‘ynaydi. Xususan, uning substansiyalilik,
cheksizlik, yo‘q bo‘lmaslik, harakat, makon, vaqt kabi uzviy xossalari farqlanadi.  Materiyaning   tuzilishiga   nisbatan   kim   qanday   yondashmasin,   u   bir   qancha
alohida   va   katta   guruhlarga   bo‘lin adi .   Zero,   barcha   moddiy   obektlar   tartibga
solingan, izchil ichki tuzilishga ega. Materiyaning tarkibiyligi g‘oyasining ildizlari
antik   falsafaga,   xususan,   Demokrit,   Epikur   va   Lukresiy   Karning   atomistik
ta’limotiga borib taqaladi. Bu g‘oya tabiatshunoslikning rivojlanishiga kuchli ta’sir
ko‘rsatgan.   Hozirgi   zamon   falsafasida   u   ancha   salmoqli   va   ilmiy   asoslangan
materiyaning tizimli tuzilishi konsepsiyasida mujassamlashgan.
Materiyaning  tashkil   topish  darajalari . Materiyaning  cheksizligini  hozirgi
zamon   tabiatshunosligi   ham   tasdiqlaydi.   M ateriyaning   notirik,   tirik   va   ijtimoiy
kabi   tarkibiy   darajalari   farqlanadi.   Ular   borliqning   asosiy   shakllari   bilan   mos
keladi .   Bunda   turli   darajalar   bir-biri   bilan   uzviy   bog‘liqdir.   Ayni   vaqtda   ularning
tarkibida   muayyan   ierarxiya   va   soddaroq   shakllardan   (jonsiz   materiyadan)
murakkabroq   shakllar   (jonli   va   ijtimoiy   materiya)   sari   yuksalish   kuzatiladiki,
bugungi   kunda   ularning   mavjudligi   faqat   sayyoramizga   nisbatan   o‘zining   ilmiy
tasdig‘ini   topgan.   Jonsiz   tabiatning   tuzilishi   va   rang-barangligi   haqidagi
tasavvurlar esa, mikro-, makro- va megadunyolarni qamrab olib, tinimsiz kengayib
va teranlashib bormoqda. 
XX   asrda   bu   borada   ayniqsa   katta   yutuqlarga   erishildi.   Asr   boshida   modda
diskret zarralardan iborat qandaydir uzlyuksiz narsa sifatida, maydon esa uzlyuksiz
moddiy muhit sifatida tushunilar edi. Endilikda, kvant fizikasi, nisbiylik nazariyasi
va   boshqa   tabiiy-ilmiy   g‘oyalarning   rivojlanishi   bilan   modda   va   maydon
o‘rtasidagi   farq   nisbiy   tus   oldi,   kashf   etilayotgan   elementar   zarralar   esa   o‘zining
rang-barangligi   bilan   kishini   hayratga   solmoqda.   Bu   sohada   yechilmagan
muammolar hali bisyor bo‘lsa-da, fan materiya tashkil topishining «subelementar»
darajasini   o‘rganib,   elementar   zarralarning   yagona   tabiatini   tushunishda   sezilarli
darajada   yutuqqa erishdi . Bu yerda so‘nggi yillarda plazma, materiyaning alohida
holati   sifatidagi   fizik   bo‘shliq   hodisalari   va   materiyaning   cheksizligi   haqidagi
g‘oyani tasdiqlovchi boshqa jarayonlar kashf etildi va o‘rganilmoqda. 
Hozirgi davrda  materiyaning uch tarkibiy darajasi farqlanadi: - mikrodunyo – «...dan tashkil topadi» tamoyili amal qilmaydigan atomlar va
elementar zarralar dunyosi. 
-   megadunyo   –   koinot   dunyosi   (sayyoralar,   yulduzlar   komplekslari,
galaktikalar, megagalaktikalar);
-   makrodunyo   –   barqaror   shakllar   va   insonga   mos   kattaliklar   dunyosi   (unga
molekulalarning   krisstallashgan   komplekslari,   organizmlar,   organizmlarning
hamjamiyatlari ham kiradi);
Materiya   tarkibiy   darajalarining   aniq   chegarasini   aniqlash   mushkul.   Uni   fan
doimo qayd etavermaydi. Bizning bilimlarimiz tobora chuqurlashib, darajalarning
yangi   va   yangi   sifat   chegaralarini   aniqlaydi.   Materiyaning   tarkibiy   darajalari
to‘g‘risida   so‘z   yuritilganida,   subelementar,   mikroelementar,   yadroviy,   atom,
molekulyar,   makroskopik   va   kosmik   darajalar   ham   tilga   olinadi.   Materiyaning
mikroskopik   darajasida   fizika   taxminan   10-15   sm   uzunlikda   taxminan   10-22   ga
teng   vaqt   ichida   yuz   beruvchi   jarayonlarni   o‘rganish   bilan   shug‘ullanadi.
Megadunyoda esa, kosmologiya taxminan 1010 ga teng vaqt (Koinot yoshi) ichida
yuz   beruvchi   jarayonlarni   o‘rganadi.   Materiyaning   tarkibiy   darajalari   g‘oyasi
metodologiya   mutaxassislari   tomonidan   sababiyat   va   dunyoni   bilish   mumkinligi
g‘oyasi bilan bir qatorda juda yuksak baholanadi. 
Ayni vaqtda shuni qayd etish zarurki, materiyaning tarkibiy darajalari tasnifi
zamirida   chiziqli   ierarxiya   tamoyili   yotadi.   Bu   yerda   «qism   butundan   kichkina»
tamoyili   amal   qiladi.   Lekin   bu   dunyolarning   biri   soddaroq,   ikkinchisi
murakkabroq,   degan   ma’noni   anglatmaydi.   Dunyolar   qism   va   butun   sifatida
taqqoslanmaydi,   ular   universumning   o‘ziga   xos   teran   o‘zgarishlarini   ifodalaydi.
Shu bois bu tasnifni mutlaqlashtirish kerak emas. 
Yuqorida   aytilganlarga   ishonch   hosil   qilish   uchun   misol   keltiramiz.   Butun
sonlar qatori 1, 2, 3, 4 , 5, 6 , 7, 8, 9, ... n ni olamiz, bu to‘plamdan kichik to‘plam
– juft sonlar qatori 2, 4, 6, 8, 10, 12, 14, ...n ni ajratamiz. Dastlab juft sonlar qatori
butunning,   ya’ni   butun   sonlar   qatorining   bir   qismigina   bo‘lib   tuyuladi.   Ammo
ularni   taqqoslasak,   juft   sonlar   qatori   butun   sonlar   qatori   kabi   cheksiz   ekanligini
ko‘ramiz. Binobarin, bu yerda qism butun bilan teng.  Bundan   tashqari,   mikrodunyoda   o‘tkaziluvchi   barcha   eksperimentlar
g‘ayrioddiy natijaga olib keladi. Mikrodunyo azaldan jumboqlarga to‘la, deb aytish
mumkin.   Ikki   elementar   zarra   to‘qnashuvidan   keyin   hech   qanday   kichikroq
elementar   zarralar   hosil   bo‘lmaydi.   To‘qnashgan   zarralar   bilan   bir   xil,   ya’ni
elementar   zarralar,   masalan,   ikki   proton   to‘qnashuvidan   keyin   boshqa   ko‘plab
elementar   zarralar,  shu   jumladan,   protonlar,  mezonlar,   giperonlar   vujudga  keladi.
Zarralarning «ko‘plab tug‘ilishi» hodisasini Geyzenberg quyidagicha tushuntirgan.
Elementar   zarralar   to‘qnashganida   ko‘p   miqdordagi   kinetik   energiya   moddaga,
paydo   bo‘luvchi   zarralarga   aylanadi   va   biz   zarralarning   ko‘plab   tug‘ilishi
jarayonini kuzatamiz. Yarim asr muqaddam elementar zarralarning atigi uch turi   -
moddaning eng kichik elementlari – elektron va proton hamda energiyaning eng oz
porsiyasi hisoblangan foton ma’lum bo‘lsa, hozir 200 dan ortiq elementar zarralar
kashf   etilgan.   Oddiy   obektlar   tarkibini   aniqlash   uchun,   «qandaydir   kichikroq
elementlardan tashkil  topadi»  formulasi   mos  kelsa,  bu  mikrodunyoni  tavsiflashga
mos kelmaydi. 
Mikrodunyoning boshqa bir g‘ayrioddiy effekti mikrozarraning ikki yoqlama
tabiati, ya’ni u ham korpuskula, ham to‘lqindan iborat ekanligi bilan bog‘liq. Shu
sababli   bunday   zarra   makon   va   zamonda   aniq   o‘rin   olishi   mumkin   emas.   Bu
xususiyat   Geyzenbergning   nomuayyanliklarning   o‘zaro   nisbati   tamoyilida   o‘z
aksini topgan. 
Materiyaning   tarkibiy   darajalari   ierarxiyasida   inson   markaziy   o‘rinni
egallaydi.   Qadimdayoq   Protagor   «Inson   hamma   narsalarning   o‘lchovidir»,   degan
edi.   Dunyoni   o‘zlashtirishda   inson   qadriyatlari   shkalasini   andoza   sifatida   qabul
qiluvchi   falsafiy   ta’limot   –   «Antropologizm»   zamirida   ana   shu   tezis   yotadi.
Materiya tuzilishining inson tomonidan kuzatiluvchi darajalari odamlar yashovchi
muhitning   tabiiy   shart-sharoitlarini,   ya’ni   bizning   dunyoviy   qonuniyatlarimizni
hisobga   olgan   holda   o‘zlashtiriladi.   Lekin   bu   bizdan   ancha   olisdagi   darajalarda
materiyaning   mavjud   shakllari   va   holatlaridan   butunlay   farq   qiluvchi,   mutlaqo
boshqacha   xossalar   bilan   tavsiflanuvchi   «g‘ayritabiiy»   shakl   hamda   holatlari mavjud   bo‘lishi   mumkin,   degan   taxminni   istisno   etmaydi.   Shu   munosabat   bilan
olimlar geosentrik va nogeosentrik moddiy tizimlarni farqlay boshladi. 
Notirik   tabiat   o‘z   shakllari   va   holatlarining   son-sanoqsizligi   va   rang-
barangligi   bilan   aqlni   lol   qoldiradi.   U   turli   jismlar,   predmetlar,   zarralar,   gazlar,
maydonlar,   xossalar,   hodisalar   ko‘rinishida   amal   qilar   ekan,   muttasil   harakat   va
o‘zgarishlar jarayonini boshdan kechiradi. 
Dunyoning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar
so‘nggi 400 yil ichida vujudga keldi, galaktikalar va ularning to‘dalari, makro va
mikrodunyoning hayratomuz rang-barangligi  haqida odamlar  XX asrdagina xabar
topdilar.   Olamning   cheksiz   bo‘shlig‘i   qarshisida   bizning   dunyo   haqidagi
tasavvurlarimiz   hozir   ham   dengizdan   bir   tomchi   bo‘lib   tuyuladi.   Lekin,   shunga
qaramay,   bugungi   kunda   biz   bilgan   va   tushungan   narsalar   butun   Olam   va   uning
ayrim   qismlari   evolyusiyasi   va   muttasil   o‘zgaruvchanligi   haqida   ancha   asosli
xulosa chiqarish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, dunyo u yoki bu bosqichda
ma’lum   narsalar   vujudga   kelib,   o‘z   borlig‘ini   kasb   etadigan   va   qachondir   yo‘q
bo‘ladigan,   ya’ni   o‘zining   avvalgi   borlig‘ini   yo‘qotib,   modda   va   energiyaning
saqlanish   qonuniga   binoan   boshqa   narsaga   aylanadigan   muttasil   davom   etuvchi
jarayondir. 
Notirik tabiatning hozirda mavjud bo‘lgan butun rang-barangligi o‘z asosiga
ega,   ya’ni   u   qachondir   vujudga   kelgan.   Bu   fikrni   kengayib   borayotgan   Olam
haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar ham tasdiqlaydi. Biroq, olimlar fikriga ko‘ra, biz
yashayotgan   Olam   tarixi   boshlanishiga   asos   bo‘lgan   Katta   portlash   nazariyasi
dunyoning   mohiyati   va   uning   tuzilishi   xususida   yangi   va   yangi   masalalarni   kun
tartibiga   qo‘ymoqda.   Tabiiy   fanlarning   ma’lumotlari   taxminan   15   milliard   yil
muqaddam   ayrim   osmon   jismlari   mavjud   bo‘lmagani,   bizning   Olam   deyarli   bir
jinsli kengayib borayotgan plazmadan tashkil topganidan dalolat beradi. Endilikda
bir-biridan   uzoqlashayotgan   galaktikalar   tarkibiga   kiruvchi   yulduzlar,   sayyoralar,
asteroidlar   va   boshqa   ko‘plab   kosmik   jismlar   mavjud   bo‘lib,   bu   galaktikalarning
to‘dalarida   vaqti-vaqti   bilan   fanga   ma’lum   bo‘lmagan   sabablarga   ko‘ra   ulkan
tadrijiy va inqilobiy o‘zgarishlar yuz beradi.  Ye r  tarixi.   Ilmiy  tasavvurlarga  ko‘ra   biz  yashayotgan   sayyora  taxminan  4,5
milliard   yil   muqaddam   ilk   quyosh   sistemasida   sochilib   yotgan   gazsimon-
changsimon   moddadan   paydo   bo‘lgan,   muayyan   moddiy   jism   sifatida   o‘z
borlig‘ini   kasb   etgan,   oradan   yana   bir   milliard   yilcha   vaqt   o‘tgach,   Yerning
geologik   tarixi   boshlangan.   Hozirgi   zamon   fani   aniqlagan   eng   qadimgi   tog‘
jinslarining   yoshi   shundan   dalolat   beradi.   Shunday   qilib,   Yer   jonsiz   tabiatining
moddiy   dunyosi   o‘zining   aniq   geologik   yil   hisobiga   ega   va   uning   borlig‘i
sayyoramizning   umumiy   evolyusion   jarayonlari   bilan   bog‘liq.   Yerning   tabiiy
kosmik   jism   sifatidagi   evolyusiyasini   esa   nafaqat   tog‘   jinslari   yoki   qit’alar   tarixi,
balki   minerallar,   foydali   qazilmalar,   keyinroq   esa   –   oliy   shakllar   darajasigacha
rivojlangan jonli  mavjudodlarn ing paydo bo‘lishi ham tasdiqlaydi. 
Insonning   paydo   bo‘lishi   va   evolyusiyasi.   Inson   faol   asos   sifatida   o‘z
shakllanish   jarayonining   ilk   bosqichlaridanoq   o‘zini   qurshagan   muhitga
o‘zgartiruvchi   ta’sir   ko‘rsata   boshladi.   Arxeologik   qazishlarning   natijalari   va
antropologik tadqiqotlar «omilkor odam» mehnat qurollari yasab, nafaqat tabiat va
uning predmetlaridan foydalangan, balki uni o‘z manfaatlari  yo‘lida  o‘zgartirishga
harakat qilgan ligi  2-4 million yil muqaddam yuz berganini ko‘rsatadi. Inson o‘zini
qurshagan   dunyoga   bungacha   tabiatda   mavjud   bo‘lmagan   predmetlarni   olib   kira
boshladi.   Avvaliga   bu   mehnat,   ro‘zg‘or   va   turar   joy   predmetlari   edi.   So‘ngra
ariqlar,   to‘g‘onlar,   binolar,   inshootlar   va   inson   faoliyatining   shunga   o‘xshash
natijalari paydo bo‘ldi.
Endilikda,   uchinchi   ming   yillikda   inson   butun   sayyora   bo‘ylab   joylashib,
o‘zining o‘zgartiruvchi imkoniyatlarini ko‘p karra ko‘paytirib, tabiatda ilgari hech
qachon   mavjud   bo‘lmagan   yangi   narsalar   va   hodisalarning   katta   bir   dunyosini
yaratdi.   U   izchil   ish   ko‘rib,   shaharlar   va   aholi   yashaydigan   joylar,   sanoat
korxonalari   va   texnik   qurilmalar,   yo‘llar,   mashinalar,   aerodromlar   va   shu
kabilardan iborat infratuzilma tarmog‘ini yaratib, Yerning tabiiy shakl-shamoyilini
tanib   bo‘lmaydigan   darajada   o‘zgartirdi.   Bularning   barchasi   ham   jonsiz   tabiatdir,
ammo inson tomonidan yaratilgani bois, u tabiiy emas, balki sun’iy xususiyat kasb
etadi. Shu bois u tadrijiy rivojlanadigan, insonning xohish-istagi va aralashuvi dan qat’iy   nazar   mavjud   bo‘lgan   «birinchi»   tabiatdan   farqli   o‘laroq,   «ikkinchi   tabiat»
sifatida talqin qilinadi. 
«Ikki lam chi tabiat».  Inson yaratgan narsalar borlig‘i ko‘p jihatdan insonning
o‘z borlig‘i bilan bog‘lanadi, zero u bunyod etgan «ikki lam chi tabiat» avvalo uning
turli-tuman   ehtiyojlarini   qondirishga   xizmat   qiladi.   Shu   sababli   «ikki lam chi
tabiat»ning   aksariyat   predmetlari   borlig‘i   odamzot   borlig‘i   kabi   o‘tkinchidir.
Umuminsoniy   ahamiyat   kasb   etadigan   muhim   asarlar,   odamlarning   ko‘plab
avlodlari uchun qimmatli bo‘lgan moddiy madaniyat mahsullarigina o‘z borlig‘ini
ma’lum darajada uzaytirish imkoniyatiga egadir. 
Ammo   tarix   «bir lamchi   tabiat»ga   xos   bo‘lgan   vayronkor   jarayonlar
parchalanish,   yemirilish,   oksidlanish   va   sh.k.,   shuningdek   tez-tez   takrorlanib
turadigan   tabiiy   ofatlar   va   ijtimoiy   tangliklar   bu   oz   sonli   imkoniyatni   yanada
kamaytiradi.  Shunga  qaramay  insonning  yangi  narsalar  yaratish  jarayoni  ularning
yo‘q   bo‘lish   jarayonidan   ildamroq   kechmoqda.   Shuningdek,   kuni   bitgan   eski
narsalar   o‘zining   avvalgi   borlig‘ini   yo‘qotib,   asosan   chiqindi,   axlatga   va   tabiiy
muhitga yot bo‘lgan o‘zga lash-lushlarga aylanadi. 
Pirovardida   sun’iy   muhit   tinimsiz   yangilanib,   hajman   ko‘payadi   va
kengayadi, tabiiy muhitni chetga chiqarib, uning o‘rnini   egallay   boshlaydi. Yerda
odamlar soni o‘sgani sari bu jarayon tobora faollashib boradi. 
Ammo   Yer,   ayniqsa   uning   inson   yashashi   uchun   yaroqli   hududlari
sayyoraning   olti   milliarddan   ortiq   aholisi   uchun   torlik   qilmoqda.   Holbuki,
ko‘rsatilgan vaziyatga qaramay, Yer aholisi soni jadal sur’atlarda o‘sishda davom
etmoqda.   Bu   nomutanosiblik   so‘nggi   vaqtda   «bir lam chi»   va   o‘ta   kattalashgan
«ikk lam chi» tabiat o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatni yanada kuchaytirmoqda. 
Tirik tabiat yoki   h ayotning paydo bo‘lishi . Tirik tabiat borlig‘i hayot bilan
bevosita   aloqada   qaralishi   lozim.   Jonli   mavjudot   uchun   bo‘lish   –   yashash ,
bo‘lmaslik – hayotdan mahrum bo‘lish, o‘lish, ya’ni jonli organizm sifatida boshqa
mavjud   bo‘lmaslik   demakdir.   Yerda   hayotning   paydo   bo‘lishi   muammosi   doimo
insonning   diqqat   markazida   bo‘lgan   va   odamzot   uchun   ulkan   jumboqlardan   biri
bo‘lib   qolgan.  U   mazkur   jumboqning  tagiga   yetish   uchun   barcha  zamonlarda   o‘z aqli   va   tasavvuri   kuchidan   to‘la   foydalangan.   Ammo   insonning   tadqiqotchilik
imkoniyatlari   behad   oshgan,   biologiya   fanlari   esa   o‘z   rivojlanishida   ancha   olg‘a
siljigan   bugungi   kunda   ham   bu   muammo   o‘zining   to‘la   yechimini   topgan   deb
aytish   mushkul.   Ayni   shu   sababli   jonli   modda   jonsiz   moddadan   evolyusiya   yo‘li
bilan   paydo   bo‘lgani   haqidagi   ilmiy   tasavvurlar   bilan   bir   qatorda   hayot   kelib
chiqishining o‘z ildizlari bilan tarixga, xususan falsafa tarixiga bog‘lanadigan turli
nazariyalar ham amal qilishda davom et moqda . 
Ibtidoiy   jamoa   davridayoq   odamlar   hayotni   har   xil   ruhlar,   jonlarning
mavjudligi bilan tushuntirishga harakat qilganlar. Ularning fikricha, bunday ruhlar
va jonlarga nafaqat  odamlar, balki  hayvonlar, shuningdek atrof borliqning barcha
narsalari   va   hodisalari   ham   ega   bo‘lgan.   Tegishli   e’tiqodlar   animizm   degan   nom
olgan (bu haqda birinchi mavzuda to‘liq ma’lumot berilgan) .  
Aristotel   (mil.   av.   384-322   yillar)   asarlarida,   keyinchalik   o‘rta   asr
sxolastikasida va Leybnis (1646-1716) asarlarida faol asos, harakatlantiruvchi kuch
sifatida talqin qilinadigan «entelexiya» (yunon. Entelechia – o‘z-o‘zida maqsadga
ega   bo‘lgan)   atamasiga   duch   kelamiz.   Jonli   moddaning   mavjudligini   va   uning
jonsiz   moddadan   farqini   butun   tiriklik   zamirida   yotuvchi   qandaydir   jismsiz,
irrasional   sabab,   «hayot   kuchi»   mavjudligini   tan   olish   orqali   tushuntiradigan
falsafiy ta’limot – vitalizm (lot. vitalis – jonli) zamirida ayni shu tushuncha yotadi.
Hayot   paydo   bo‘lishining   ilohiy   asoslari,   «hayot   hujayralari»   Yerga   kosmosdan
kelgani,   go‘yoki   Yerda   tajriba   o‘tkazayotgan   o‘zga   sayyoralik   kelgindilar   va
hokazolar haqida juda ko‘p har xil g‘oyalar ilgari surilgan. 
Shu   bois,   Koinotda   bizning   sayyoramizdan   boshqa   joyda   ham   hayot   bormi,
degan   savol   mutlaqo   o‘rinlidir.   Quyosh   kabi   yulduzlar   Koinotda   son-sanoqsiz
ekanligi, ularning atrofida ham sayyoralar aylanishi  mumkinligi haqidagi fikrning
o‘ziyoq   Yerdan   boshqa   joyda   ham   hayot   mavjudligini   taxmin   qilish   uchun   asos
bo‘ladi.  Shuni n gdek, Koinot   miqyosida  juda kichkina  va  hozirgi   inson  o‘rganishi
uchun imkoniyat mavjud bo‘lgan Quyosh sistemasi xususida ham hayotning biron-
bir   shakllari   mavjudligi   yoki   mavjud   emasligini   qayd   etish   uchun   yetarli   axborot
hozircha   yo‘q.   Mazkur   vazifa   faqat   mushohada   yuritish   yo‘li   bilan   hal   qilinishi mumkin   emas   va   eksperimental   tadqiqotlar   o‘tkazishni   talab   qiladi.   Inson   ilmiy-
texnika   imkoniyatlarining   o‘sish   sur’atlariga   qaraganda,   Quyosh   sistemasida
Yerdan   boshqa   joyda   hayot   mavjudligi   yoki   mavjud   emasligi   masalasi   yaqin
kelajakda   o‘z   yechimini   topsa   kerak.   Ammo   butun   koinotga   nisbatan   (u   inson
bilishi   uchun  cheksizligi   tufayli)   bu  masala   saqlanib  qoladi.  Shuningdek,  hayot  u
Yerda va faqat shunday usulda mavjud bo‘lishi  mumkin, deb aytish uchun biron-
bir asos mavjud emas. 
Hayotning   paydo   bo‘lishi   haqidagi   falsafiy   optimizm.   Hayotning   paydo
bo‘lishi muammosiga o‘xshash o‘ta og‘ir vazifalar ustida bosh qotirar ekan, inson
ortiqcha   optimizm   namoyish   etishi   va   o‘zining   haqiqatning   tagiga   yetish
qobiliyatiga haddan ortiq ishonishi ham, muammoning murakkabligi qarshisida o‘z
ojizligini   tan   olishi   ham   mumkin.   Bunday   sharoitda   XX   asr   boshida   Amerika
pragmatizmining   taniqli   namoyandasi   Uilyam   Jems   (1842-1910)   ta’riflyagan
yondashuv   o‘rinli   bo‘lsa   kerak.   Uning   ta’biri   bilan   aytganda,   «biz   qor   bosgan,
quyunlar   charx   urayotgan   tog‘lar   orasida   turibmiz.   qarshimizda   ba’zan   tuman
pardasi osha so‘qmoqlar namoyon bo‘ladi. Ular ishonchsiz bo‘lishi mumkin. Lekin
biz bu yerda harakatsiz turadigan bo‘lsak, muzlab qolishimiz ham hech gap emas;
bordiyu soxta yo‘lni  tanlasak,  yiqilib o‘lishimiz mumkin;  biz hatto chin yo‘l bor-
yo‘qligini   ham   bilmaymiz.   Xo‘sh,   biz   nima   qilishimiz   kerak?   Tushkunlikka
tushmasligimiz   kerak!   Hammasi   yaxshi   bo‘lishiga   umid   qilib,   dadil   harakat
qilishimiz kerak!» 1. 1.
 
Agar   biz   cheksizlik   hamda   hal   qilinayotgan   vazifaning   o‘ta   murakkabligi
qarshisida   hafsalasizlik   va   harakatsizlikdan   yuqorida   zikr   etilgan   tamoyilni,
mistika   va  ko‘r-ko‘rona   ishonchdan   aql   dalillari   va  bilishning   ilmiy  yo‘lini   ustun
qo‘ysak,   hayot   hodisasini   falsafiy   anglab   yetish   yo‘lidagi   birinchi   ishimiz ,   jonli
deb   nomlash   mumkin   bo‘lgan   barcha   narsalarning   jonsiz   narsalardan   tubdan
farqini aniqlash bo‘lishi lozim. 
Jonli   narsalarning   jonsiz   narsalarga   bog‘liqligi .   Bugungi   kunda   biz
tushunishga   qodir   bo‘lgan   barcha   jonli   narsalar   umumiy   holda   jonsiz   narsalar
1. 1
 Джемс У. Зависимость веры от воли. – СПб. :  1904. – С.  35.  dunyosi   bilan   taqqoslaganda   dengizdan   bir   tomchidir.   Ammo,   jonli   narsalar
borlig‘i   to‘g‘risida   so‘z   yuritganda,   u   jonsiz   narsalar   borlig‘i   bilan   uzviy   bog‘liq
ekanligini, uning yuqoriroq bosqichi hisoblanishini qayd etib o‘tish lozim. 
Jonli   narsalar   jonsiz   (qotib   qolgan)   tabiat   negizida   vujudga   keladi   va
yo‘qlikka   chekinar   ekan,   ayni   shu   qotib   qolgan   tabiat   bag‘riga   qaytadi.   Q adimgi
yunon   faylasuflari   butun   tiriklik   yer   va   suvdan   paydo   bo‘lgan   va   ularga   qaytib
boradi, deganida, ayni shu aloqa ni nazarda tutganlar
Fan,   ayniqsa   biologiyaning   rivojlanishi   bilan   XIX   asr   boshlaridan   organik
dunyo   evolyusiyasi   haqidagi   yaxlit   ta’limotlar   vujudga   keldi.   Avvaliga   J.Lamark
g‘oyalari   (1744-1829),   so‘ngra   Ch.Darvin   (1809-1882)   ta’limoti,   keyinchalik   esa
genetika   kashfiyotlari,   biologiya,   kimyo   va   geologiyaning   rivojlanishi   jonli
narsalar   jonsiz   narsalardan   abiotik   (nobiogen,   tabiiy)   yo‘l   bilan   vujudga   kelgan
aminokislotalar atrof muhitning muayyan sharoitida birikishi jarayonida tabiiy yo‘l
bilan yuzaga kelgan, deb qayd etish uchun zamin hozirladi. 
Masalan,   Ch.Darvin   hayotning   vujudga   kelishi   va   uning   tabiiy   tanlanish
natijasida   tadrijiy   rivojlanishi   zamirida   yotuvchi   o‘sish,   nasl   qoldirish,   irsiyat,
o‘zgaruvchanlik,   ko‘payish   progressiyasi,   yashash   uchun   kurash,   tabiiy   tanlanish
kabi qonunlarni qayd etdi. 
Jonli   narsalarning   o‘ziga   xos   xususiyatlari.   Hozirgi   ilmiy   tasavvurlar   har
qanday jonli organizmni ochiq tipdagi o‘z-o‘zini tashkil etuvchi, ya’ni atrof muhit
bilan   moddalar,   energiya   va   axborot   almashinuvini   amalga   oshiruvchi   sistema
sifatida   tavsiflash   imkonini   beradi.   Jonli   narsalarning   yana   bir   o‘ziga   xos   belgisi
shundaki,   ular   ko‘payish   qobiliyatiga   egadir.   Barcha   jonsiz   narsalardan   farqli
o‘laroq,   faqat   jonli   organizmlargina   o‘ziga   o‘xshash   organizmlarni   yaratishi,
sirtdan   o‘sish   va   hayotni   quvvatlash   uchun   zarur   moddalarni   olib ,   o‘z   faoliyati
chiqindilarini   atrof   muhitga   chiqarib,   o‘sishi,   rivojlanishi   mumkin.   Boshqacha
aytganda,   jonli   organizmlar   borlig‘i   funksionaldir,   u   jarayon   sifatida   yuz   beradi,
ya’ni   muayyan   jonli   narsa   mavjud   bo‘ladi   yoki,   ta’bir   joiz   bo‘lsa,   u   faoliyat
ko‘rsatayotgani   uchun   ham   unda   hayot   mavjud   bo‘ladi.   Bundan   tashqari,   jonli
organizmlar   mavjudligi   uchun   tegishli   va   mutlaqo   muayyan   fizik   va   kimyoviy muhit   talab   etiladi,   zero   ularning   hayot   faoliyati   faqat   muayyan   sharoitda:   joiz
temperatura,  havo,  namlik,  oziq  va shu  kabilar  mavjud  bo‘lgan  holda  yuz berishi
mumkin. 
Qayd   etilgan   omillar   aniq   va   ularni   tekshirish   mumkin   bo‘lsa-da,   jonli   va
jonsiz   narsalar   o‘rtasida   uzil-kesil   chegara   o‘tkazish   oson   ish   emas.   Masalan,
virusli   zarralar   jonli   organizm   hujayralaridan   tashqarida   moddalar   almashinuvini
amalga   oshirmaydi,   ko‘paymaydi   va   h.k.   Bu   ayrim   olimlar   ularni   jonli   narsalar
qatoriga,   ayrimlar ning   esa   –   jonsiz   narsalar   dunyosiga   kiritishiga   asos   bo‘ladi.
Chuqurlikda   muzlatilgan   taqdirda   quritilgan   urug‘lar   yoki   o‘ta   sodda
organizmlarda   ham   yashash   jarayonlari   nomuayyan   vaqtga   to‘xtaydi,   ammo   ular
avvalgi (normal) sharoitga qaytarilgach, mazkur jarayonlar tiklanadi.  
FALSAFADA SUBStansiya  VA  SUBSTRAT TUShUNChALARI.
Substansiya tushunchasi ning mohiyati .  Falsafa tarixida o‘zining mavjudligi
uchun   o‘zidan   boshqa   hech   narsaga   muhtoj   bo‘lmagan   shunday   birinchi   asosni
ifodalash   uchun   «substansiya»   (lot.   substantia   –   mohiyat,   asos)   kategoriyasi
qo‘llaniladi.   Ilk   falsafiy   yo‘nalishlarning   vakillari   barcha   narsalar   asosini   tashkil
etuvchi moddani birinchi asos  sifatida tushunganlar. Odatda, bunday asos sifatida
o‘sha  davrda  umumiy  e’tirof  etilgan   birinchi  stixiyalar:  yer,  suv,  havo,  olov  yoki
fikriy konstruksiyalar, «birinchi g‘ishtlar» - apeyron, atomlar qaralgan.  “Avesto”da
birlamchi   substansiya   olov   deb   atalgan.   Keyinchalik   substansiya   kategoriyasi
o‘zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa bilan bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud
o‘ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning butun rang-barangligi va
o‘zgaruvchanligi   substansiya   bilan   bog‘lana   boshladi.   Bunday   asoslar   sifatida
falsafada   asosan   materiya,   Xudo,   ong,   g‘oya,   flogiston,   efir   va   shu   kabilar   amal
qil gan . 
«Substansiya»   tushunchasi   o‘z-o‘zini   to‘liq   belgilovchi   borliqni   ifodalashga
xizmat   qiladi.   Substansiya   kategoriyasida   o‘zini   asoslash   uchun   boshqa   hech
narsani talab qilmaydigan negiz, birinchi asos g‘oyasi mujassamlashgan. Niderland faylasufi   Benedikt   Spinoza   (1632-1677)   buni   «causa   sui»   –   «o‘z-o‘zining
sababchisi»   iborasida   juda   to‘g‘ri   ifodalagan.   Substansiya   deganda   u   o‘z   holicha
mavjud   bo‘lgan   va   o‘zi   orqali   zohir   bo‘lgan,   ya’ni   o‘zining   mavjudligi   uchun
boshqa   narsaga   muhtoj   bo‘lmagan   narsani   tushun gan .   B unda   b ir   tomondan,
substansiya   materiya   sifatida   tushuniladi,   boshqa   tomondan   –   u   o‘zining   barcha
shakllari sababi va «subekti» sifatida amal qiladi. Bu B.Spinozani substansiyani bir
vaqtning o‘zida ham tabiat, ham Xudo sifatida ta’riflyaga ni va  bu ikki tushunchani
tenglashtirishga nidan   dalolatdir .   B .Spinoza   Xudoni   tabiatga   butunlay   singdirib
yuborgan,   uni   tabiiylashtirishga   va   ilohiy   mazmundan   ajratishga   harakat   qilgan.
Uning panteizmi shundan iborat bo‘lgan. 
B.Spinoza ilgari surgan substansiyani  tabiiylashtirish g‘oyasini Golbax izchil
rivojlantirdi. U barcha substansiyali  narsalarni tabiatga va faqat  tabiatga bog‘ladi.
«Tabiat   hamma   narsaning   sababchisidir;   u   abadiy   mavjuddir;   tabiat   o‘z-o‘zining
sababchisidir...».   «Tabiat   qandaydir   buyum   emas;   u   doim   o‘z   holicha   mavjud
bo‘lgan;   hamma   narsa   uning   bag‘rida   vujudga   keladi;   u   barcha   narsalar   bilan
ta’minlangan   ulkan   ustaxonadir...» 1
.   Sh u   ma’noda   tabiat   ham,   substansiya   ham
sirtdan   hech   qanday   turtkiga   muhtoj   emas.   Leybnis   esa :   « H ar   qanday   haqiqiy
substansiya faqat va faqat ta’sir ko‘rsatadi 2
», deganida haq bo‘lgan. 
Modomiki,   substansiya   hamma   narsani   o‘z   ichiga   oluvchi   va   o‘zi   uchun
boshqa hech qanday asos yoki shartni nazarda tutmaydigan birinchi sabab ekan, u
o‘ziga   bog‘liq   bo‘lmagan   holda   mavjud   har   qanday   narsaning   mavjud   bo‘lish
imkoniyatini   istisno   etadi.   U   xoh   Xudo,   xoh   g‘oya,   o‘zlik,   ruh   yoki   ekzistensiya
bo‘lsin – substansiya yagonadir! «Substansiya» tushunchasi ko‘plikda qo‘llanilishi
mumkin   emas.   Uning   ko‘pligi   g‘oyasi   mazkur   tushunchaning   ta’rifiga   ziddir,
chunki   mazkur   maqomga   da’vogar   ikki   yoki   bir   necha   narsa   mavjud   bo‘lgan
taqdirda,   ularning   birontasi   ham   substansiya   hisoblanmaydi.   Substansiyalilik
paradoksi ana shundan iborat. 
Alximiklar   mazkur   atamani   ko‘plikda   qo‘llab,   «substansiyali   shakllar»,
«substansiyaga   xos   sifatlar»   to‘g‘risida   so‘z   yuritganda,   unga   qo‘pol   fizik   ma’no
1
  Гольбах.// Всемирная энциклопедия. –М.: Современн ый литератор, 2001. –С. 246.
2
  Лейбниц Г//. Всемирная энциклопедия. –М.: Современн ый литератор, 2001. –С.  548. yuklaganlar.   Ayni   holda   substansiya   moddaga   tenglashtirilgan.   Ular
substansiya ning  xossa va shakllari o‘zgarmas, lekin tegishli ta’sirlar natijasida bir-
biriga aylanishi mumkin, degan noto‘g‘ri xulosaga kelganlar. 
Substansiyaning   o‘z-o‘zidan   amalga   oshishi   hodisalarning   umumiy,   uzviy
xossalari   –   atributlarda   va   narsalarning   muayyan,   alohida   xossalari   –   moduslarda
sodir bo‘ladi .
  Substansiya   g‘oyasidan   turli   falsafiy   ta’limotlar   dunyoning   birligi   va   uning
kelib   chiqishi   haqidagi   masalaga   o‘zlari   qanday   javob   berishiga   qarab   har   xil
foydalanadilar.
Dualizm . Birinchi asos sifatida ikkita substansiya olingan falsafiy yondashuv
dualizm (lot. dualis – ikki yoqlama) deb ataladi. Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr
boshida   «dualizm»   atamasini   falsafiy   muomalaga   kiritgan.   X.Volf   dunyoda
barqaror   tartibning   shakllanishida   tafakkur,   g‘oyalar   va   aql-idrokning   alohida
o‘rnini   aniqlash   hamda   ta’kidlashga   harakat   qilgan.   Uning   zamondoshlari   –
ma’rifatli   absolyutizm   g‘oyalarining   tarafdorlariga   ta’siri   juda   katta   bo‘lgan.
X.Volfning   falsafaga   oid   qo‘llanmalari   barcha   o‘quv   yurtlarida   o‘qitilgan   va
eskirgan   (sxolastik)   jihatlarni   siqib   chiqargan.   Ular   universitet   ta’limining   asosiy
manbalari sifatida amal qila boshlagan. 
Fransuz materialist faylasufi J.Lametri (1709-1751) o‘zining «Ruhning tabiiy
tarixi» deb nomlangan asarida dualizmni inkor qiladi. U o‘zida tajriba o‘tkazgan –
bezgak   kasalligiga   chalingach,   uning   kechishini   kuzatgan,   pirovardida,   insonning
ruhiy   holati   uning   jismoniy   vujudiga   bog‘liq,   degan   xulosaga   kelgan.   J.Lametri
monistik-materiali zmni   himoya   qilib,   cheksiz   takomillashuvchi   yagona   moddiy
substansiya   mavjud,   degan   g‘oyani   ilgari   sur gan .   Substansiyaga   xos   sezish   va
fikrlash   qobiliyati   vujudli   jismlarda   mavjud   bo‘ladi.   Sezish   va   fikrlash
qobiliyatining   o‘zi   tashqi   jismlarning   miyaga   ta’siri   bilan   bog‘liq.   Shu   sababli
aynan   tashqi   dunyo   insonning   «miya   ekrani»da   aks   etadi,   tana   ehtiyojlari   esa,
J.Lametrining fikriga ko‘ra, «aql mezoni» sifatida amal qiladi.  Ikki   asos,   aytaylik,   muhabbat   va   nafrat,   yaxshilik   va   yomonlik,   erkinlik   va
zaruriyatning teng huquqliligi g‘oyasi  ilgari surilgan har  qanday falsafiy nazariya
dualistik nazariya sifatida amal qilgan. 
Rene   Dekart   falsaf a   tarixidan   dualizmning   yorqin   vakili   sifatida   o‘rin   oldi.
R.Dekartning   radikal   mexanisizmi   uni   materiyaning   butunlay   ruhsizligi   haqidagi
yondashuvga   olib   keldi.   R.Dekart   nazarida,   moddiy   jismoniy   substansiya   o‘z
atributi   sifatida   uzunlik,   kenglik   va   chuqurlik   ko‘lamigagina   ega.   U   mutlaq
bo‘shliqni   istisno   etadi,   harakatlanish,   ya’ni   jismoniy   zarralarni   bo‘lish,   joydan-
joyga ko‘chirish va o‘zgartirish qobiliyatiga ega. 
Ma’naviy hayot faylasuf nazarida moddiy hayotdan alohida, o‘zining bilish va
fikrlash faoliyati, intellektual intuisiya va deduksiya kabi o‘ziga xos ko‘rinishlarida
namoyon bo‘ldi. U ruhiy substansiyaning butunlay jismsizligini e’tirof etdi. Garchi
R.Dekart yangi falsafa va fan asoschilaridan biri bo‘lsa-da, uning g‘oyalarida o‘rta
asr falsafasidan meros qolgan «substansiya» atamasining alohida narsani tushunish
uchun qo‘llanilishiga, shuningdek, u ikki muhim - universal va cheksiz substansiya
– fikrlash va ko‘lamni alohida erkin maqomga ega, deb e’lon qilganiga duch kelish
mumkin.   R.Dekartning   «cogio   ergo   sum»   –   «men   fikrlayapman,   demak,
mavjudman», degan iborasi falsafiy tafakkurni barcha narsalarning negizi sifatida
tan olganligidan dalolat beradi. R.Dekart fikrlovchi substansiyaning uzviyligini va
har  bir  «Men»,  ya’ni  aqlli  jonzotga bevosita,  ko‘lamli  substansiya  esa  – bilvosita
ochiqligini   isbotladi.   Ajralmas   substansiya   (aql)   metafizikaning   o‘rganish
predmetini, ajraluvchi substansiya (ko‘lam) esa fizika predmetini tashkil etadi.
Ikki substansiya – ma’naviy va moddiy substansiyalarni farqlash, bu mantiqiy
nuqtai   nazardan   noto‘g‘ri   va   rasional   ma’noda   juda   ko‘p   qiyinchiliklarga   sabab
bo‘lishi   mumkin.   Fikrlash   va   ko‘lamga   ikki   substansiya   tarzida,   ya’ni   bir-biriga
bog‘liq bo‘lmagan mustaqil asoslar  sifatida yondashilganida, «ruh» va «tana» o‘z
harakatlarida   qanday   uyg‘unlashishi,   umuman,   «tana»   qanday   qilib   fikrlash
qobiliyatini   kasb   etishi   mumkinligini   tushunish   qiyin.   Mohiyat-e’tiboriga   ko‘ra,
substansiya   butun   mavjudot   asosi,   hamma   narsani   o‘z   ichiga   oluvchi   va   o‘zini namoyon   qilish   uchun   hech   narsaga   muhtoj   bo‘lmagan   yagona   birinchi   asos
sifatida namoyon bo‘lgan
Dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko‘proq mohiyat borligini
tan oluvchi ta’limot plyuralizmdir . «Plyuralizm» (lot. – ko‘plik, ko‘p xillik, ko‘p
sonlik) atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan. Bu tushuncha ontologiyada
ayniqsa,   jiddiy   qiyinchiliklar   tug‘dirgan.   Chunki   ayni   shu   ta’limotda   borliqning
ko‘p sonli mustaqil va o‘zaro bog‘lanmaydigan asoslarini ilgari surish lozim edi. 
Leybnisning   «monadologiyasi»,   ya’ni   monadalar   haqidagi   ta’limoti
plyuralizmning klassik ko‘rinishi hisoblanadi. Ushbu ta’limotga ko‘ra, dunyo son-
sanoqsiz   ruhiy   substansiyalardan   tashkil   topadi.   Ammo,   plyuralistik
yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko‘rinishlari ham mavjud. Masalan,
Empedokl   yaratgan   dunyoning   to‘rt   asosi   haqidagi   ta’limot   plyuralistik
ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi. 
Ba’zan   plyuralizmga   mustaqil   ta’limot   sifatida   emas,   balki   dualizmning
o‘zgargan ko‘rinishi sifatida qaraladi. Lekin plyuralistlar o‘z nazariyasining asosiy
vazifasini   dualistik   munozaralarda   yechimini   topmagan   ruh   va   tabiat   o‘rtasidagi
qarama-qarshilik masalasidan farq qiladi, deb biladilar. 
Monizm.  Dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi bir substansiyadan
iborat   degan   ta’limot   «monizm»   (yunon.   monos   –   bitta,   yagona)   deb   ataladi.
Dunyoning   kelib   chiqishi   va   mohiyati   haqidagi   hozirgi   ilmiy   tasavvurlar,
shuningdek   birinchi   asos   muammosiga   nisbatan   falsafa   tarixidagi   eng   salmoqli
yondashuvlar   kurashi   nuqtai   nazaridan   substansiya   tabiatini   tushunishga   nisbatan
ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialistik va idealistik monizmni qayd
etish lozim. 
Materialistik monizm  deb tavsiflanadigan birinchi yondashuv dunyo yagona
va   uzviy,   u   azaldan   moddiy   va   dunyoning   birligi   zamirida   ayni   shu   moddiylik
yotadi,   deb   hisoblaydi.   Bu   konsepsiyalarda   ruh,   ong   va   ideallikdan   emas,   balki
moddiylikdan   keltirib   chiqariladi.   Bunday   yondashuvlarning   o‘ta   rivojlangan
ko‘rinishlariga   biz   Fales,   Geraklit,   Spinoza,   va   uning   izdoshlari   asarlarida   duch
kelamiz. Idealistik   monizm   esa,   aksincha,   materiyani   har   qanday   borliqning   boqiy
mavjudligi,   yo‘q   bo‘lmasligi   va   birinchi   asosiga   ega   bo‘lgan   qandaydir   ideal
narsaning   mahsuli   deb   hisoblaydi.   Bunda   obektiv-idealistik   monizmni   (masalan,
Platonda – bu o‘lmas g‘oyalar, zardo‘shtiylikda olov, o‘rta asr falsafasida – Xudo,
Gegelda   –   yaratilmaydigan   va   o‘z-o‘zidan   rivojlanadigan   «mutlaq   g‘oya»)   va
subektiv-idealistik   monizmni   (masalan,   borliqning   barcha   jismoniy   va   ruhiy
holatlarini   «neytral»   asosdan   –   dunyoning   qandaydir   mavhum   konstruksiyalari,
«elementlari»dan keltirib chiqargan Max) farqlash mumkin. 
Substansiyani   barcha   o‘zgarishlar   va   o‘z-o‘zining   sababchisi   -causa   sui
sifatida   tushunish   I.Kant   tomonidan   qabul   qilinib,   yuksak   baholangan.   U
substansiyani   «hodisalarning   vaqtdagi   barcha   munosabatlarini   aniqlashga   yordam
beruvchi   o‘zgarmas   asos»,   deb   ta’riflyagan.   Uningcha,   substansiya   har   qanday
tajriba va har qanday idrok etishning asosiy shartidir. U barqaror holatda bo‘ladi,
har   qanday   mavjudlik   va   vaqtdagi   o‘zgarish   uning   modusi,   ya’ni   o‘zgarmas
narsaning mavjudlik usuli sifatida qaralishi mumkin. 
Falsafada   «Substansiya»   kategoriyasi   «substrat»   (lot.   –   to‘shama,   negiz)
tushunchasi ga  yaqin turadi, deb qaraladi.  Substrat borliqning eng quyi va asosiy
qatlami   sifatida   tushuniladi.   Qadimgi   atomistik   ta’limotlarda   atomlar   ana
shunday   asos   hisoblangan.   Har   qanday   substrat   muayyan   vujudga   kelish
jarayonining   o‘ziga   xos   xususiyatini   ifodalaydi.   Hozirgi   talqinda,   m uayyan   fizik
jarayonlarning   substrati   sifatida   elementar   zarralar   va   fundamental   (kuchli,
kuchsiz,   elektromagnit   va   gravitasion)   o‘zaro   ta’sirlar   amal   qiladi.   Turli
moddalarning   hosil   bo‘lish   va   o‘zgarish   jarayonlarida   o‘zining   barqaror   holatini
saqlab   qoluvchi   atomlar   kimyoviy   jarayonlarning   substrati   sifatida   namoyon
bo‘ladi.   Elementar   «hayot   birliklari»   sifatida   amal   qiluvchi   nuklein   kislotalar
(DNK va RNK) va oqsil moddalar i ning molekulalari biologik jarayonlar substrati
bo‘lib   xizmat   qiladi.   Barcha   ijtimoiy   o‘zgarishlar   zamirida   maqsadga   muvofiq
faoliyati mavjud bo‘lgan inson ijtimoiy hayot substrati hisoblanadi.
Hozirgi   zamon   falsafasida   substansiya   kategoriyasining   ontologik   mazmuni
o‘zaro   ta’sir   sifatida   tushuniladi.   Chunki   aynan   o‘zaro   ta’sir   dunyo   yaralishining haqiqiy   va   pirovard   sababchisi   –   narsalarning   o‘z-o‘zini   yakuni   ( causa   finalis )
hisoblanadi.   Narsalarni   substansiyalilik   nuqtai   nazaridan   o‘rganish   ularning
mavjudligini ichki sabablar va o‘zaro ta’sirlar nuqtai nazaridan yoritish, demakdir.
Shu  ma’noda ,   substansiyani  ichki  birlik  nuqtai   nazaridan,  uning  cheksiz   va  rang-
barang   o‘zgarishlaridan   qat’i y   nazar,   qaraladigan   obektiv   borliq   sifatida,
harakatning barcha shakllari, mazkur  harakat jarayonida yuzaga keluvchi va yo‘q
bo‘luvchi   tafovut   va   qarama-qarshiliklar   nuqtai   nazaridan   yondashiladigan
materiya sifatida ta’rifla sh mumkin . 
Shunday   qilib,   substansiyaning   nazariy   xususiyatlari   qatoriga   quyidagilarni
kiritish mumkin:
- o‘z-o‘zini belgilash (o‘z-o‘zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va yo‘q
qilib bo‘lmaydi);
-   universallik   (hech   narsaga   bog‘liq   bo‘lmagan,   barqaror,   o‘zgarmas   va
mutlaq birinchi negizni ifodalaydi);
-   kauzallik   (barcha   hodisalarning   umumiy   sababiy   bog‘liqligini   o‘z   ichiga
oladi);
- yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi);
- yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko‘rsatadi). 
Xo‘sh,   ana   shu   xususiyatlar   nuqtai   nazaridan   hozirgi   zamon   falsafasida
substansiya kategoriyasi o‘z o‘rniga egami?
Avvalo, ta’kidlash lozimki, substansiya kategoriyasi hozir ham ko‘p jihatdan
diqqatga   sazovor.   Birinchidan,   bu   barcha   hodisa   va   jarayonlarning   sababiy
belgilanganligi   g‘oyasini   namoyon   qiladi.   Substansiya   bunda   barcha   mavjud
narsalarning   birinchi   sababi   sifatida   amal   qiladi.   Ikkinchidan,   u   universiumning
ontologik   mazmunini   muayyanlashtirish   talabidir.   U   barcha   o‘zgarishlarni
belgilovchi   o‘zaro   ta’sirning   yangi   turlarini   izlash   va   maydonning   yagona   fizik
nazariyasini   tuzishga   yo‘naltiradi.   Uchinchidan,   substansiya   o‘zining   rang-barang
ko‘rinishlari   darajasida   uning   rivojlanishi   nuqtai   nazaridan   olingan   hamda   o‘ziga
xos   bo‘lgan   butun   evolyusion   imkoniyatlarni   ishga   solib,   harakatlanayotgan
materiya   sifatida   tushunilishi   lozim.   T o‘rtinchidan,   substansiya   kategoriyasiga murojaat   etish   materiya   va   ongning   mutlaqo   qarama-qarshiligi   to‘g‘risidagi
masalani kun tartibidan chiqarish imkonini beradi. 
Substansiya   masalasi   biron-bir   faylasuf   e’tiboridan   chetda   qolishi   mumkin
emas,   chunki   uning   har   qanday   mulohazalari,   ular   qaysi   mavzuga   tegishli
bo‘lmasin,   go‘yoki   «havoda   muallaq   osilib   qoladi»,   zero   har   doim   mulohaza
qilinayotgan narsaning eng katta asoslari haqidagi masala yuzaga keladi. 
Masalan,   bir   qarashda   dunyoning   zamirida   nima   yotishini   aniqlashdan   uzoq
bo‘lib   tuyuladigan   axloq   mavzusini   olaylik.   Axloq   individual   ong   bilan   ham,
ijtimoiy   ong   bilan   ham   bevosita   bog‘liq   bo‘lib,   faqat   ularga   bog‘lab   o‘rganilishi
mumkin. Ammo ongning kelib chiqishi haqidagi masala falsafa tarixida har xil hal
qilinadi. Xususan, diniy falsafa vakili uchun axloqning ham, ongning ham manbai
va   birinchi   asosi   Xudo   hisoblanadi,   ayni   vaqtda   ateist   uchun   bu   masala   butunlay
boshqacha yechimga ega bo‘ladi. 
Falsafa tarixida obektiv dunyoning butun rang-barangligi qandaydir pirovard,
eng   katta   asosga   umuman   olganda   qanday   bog‘langaniga   nazar   tashlaydigan
bo‘lsak,   tabiatan   har   xil   bo‘lgan   va   bir-biriga   mutlaqo   bog‘lanmaydigan   ikki
shunday asos: materiya va ongga duch kelamiz. 
Ko‘rsatilgan asoslar ham, ularning o‘zaro aloqasi masalasi ham doimo qizg‘in
bahslarga   sabab   bo‘lgan,   moddiy   (tabiiy)   va   ideal   (ma’naviy)   narsalar   va
hodisalarning o‘zaro nisbati muammosi esa deyarli har bir ta’limotda bevosita yoki
bilvosita ilgari suriladi. 
Mikrodunyoning boshqa bir g‘ayrioddiy effekti mikrozarraning ikki yoqlama
tabiati, ya’ni u ham korpuskula, ham to‘lqindan iborat ekanligi bilan bog‘liq. Shu
sababli   bunday   zarra   makon   va   zamonda   aniq   o‘rin   olishi   mumkin   emas.   Bu
xususiyat   Geyzenbergning   nomuayyanliklarning   o‘zaro   nisbati   tamoyilida   o‘z
aksini topgan. 
Materiyaning   tarkibiy   darajalari   ierarxiyasida   inson   markaziy   o‘rinni
egallaydi.   Qadimdayoq   Protagor   «Inson   hamma   narsalarning   o‘lchovidir»,   degan
edi.   Dunyoni   o‘zlashtirishda   inson   qadriyatlari   shkalasini   andoza   sifatida   qabul
qiluvchi   falsafiy   ta’limot   –   «Antropologizm»   zamirida   ana   shu   tezis   yotadi. Materiya tuzilishining inson tomonidan kuzatiluvchi darajalari odamlar yashovchi
muhitning   tabiiy   shart-sharoitlarini,   ya’ni   bizning   dunyoviy   qonuniyatlarimizni
hisobga   olgan   holda   o‘zlashtiriladi.   Lekin   bu   bizdan   ancha   olisdagi   darajalarda
materiyaning   mavjud   shakllari   va   holatlaridan   butunlay   farq   qiluvchi,   mutlaqo
boshqacha   xossalar   bilan   tavsiflanuvchi   «g‘ayritabiiy»   shakl   hamda   holatlari
mavjud   bo‘lishi   mumkin,   degan   taxminni   istisno   etmaydi.   Shu   munosabat   bilan
olimlar geosentrik va nogeosentrik moddiy tizimlarni farqlay boshladi. 
3-MASALA.   Moddiy   obekt   tizim   sifatida.Geosentrik   va   nogeosentrik
moddiy tizimlar.  Geosentrik dunyo haqidagi tasavvur Yer miqyosidagi obektlarga
daxldor   nazariyalarning   umumlashtirilishi   natijasida   yuzaga   kelgan.   Unda,   aynan
Yer   dunyosi   andoza   va   negiz   sifatida   qabul   qilinadi.   Geosentrizm   ta’limotiga
ko‘ra,   moddiy   tizimlarning   atributlari   barcha   darajalarda   biz   Yer   sharoitida   duch
keluvchi   atributlar   bilan   bir   xil   bo‘ladi.   Geosentrizm   makon,   zamon,   sifat,
sababiyat   va   boshqa   atributlar   ontologik   ma’noda   yagonadir,   degan   tasavvur
tug‘diradi. 
Lekin   materiyaning   cheksizligi   g‘oyasidan   kelib   chiqib,   atributlarning
amaliyot bizni hozirgacha tanishtirgan turidan tashqari, «geosentrik obraz»dan farq
qiluvchi   ko‘plab   boshqa   turlari   ham   mavjudligini   faraz   qilish   o‘rinli   bo‘ladi.   Bu
atributlarning   boshqa   turlari,   o‘zga   makon,   zamon,   harakat   bilan   tavsiflanuvchi
obektiv   borliqning   alohida   turi   sifatidagi   nogeosentrik   tizimlar,   ya’ni   geosentrik
dunyoga uncha o‘xshamaydigan dunyolar to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradi.
Atributlari   universal   mazmunining,   inson   tanasi   mavjudlik   shart-
sharoitlarida   namoyon   bo‘luvchi   atributlarning   universal   mazmuniga   mos
kelishi   geosentrik   dunyodir   .   Bu   Nyuton   vaqti   (zamoni),   Evklid   makoni
dunyosidir. 
Atributlarning   universal   mazmuni   inson   tanasining   mavjudlik   shart-
sharoitlarida   namoyon   bo‘luvchi   atributlarning   universal   mazmunidan   farq
qiluvchi moddiy obekt nogeosentrik dunyo deb ataladi . «Nogeosentrik dunyo»
tushunchasi   nonyuton   vaqti   (zamoni),   noevklid   makoni,   umuman,   borliqning
nogeosentrik   turini   nazarda   tutadi.   Mikrodunyo   va   megadunyoni   nogeosentrik dunyolar   tomon   mavjud   bo‘lgan   «darcha»lar   deb   faraz   qilish   uchun   asoslar
mavjud.   Ularning   qonuniyatlari   bizga   o‘zaro   ta’sirlarning   o‘zga   turini   uzoq
darajada   bo‘lsa   ham   tasavvur   qilish   imkonini   beradi.   Ayni   vaqtda,   makrodunyo
bog‘lanishlari va o‘zaro ta’sirlari borliqning geosentrik turini aks ettiradi. Shunga
qaramay,   universal   mazmunning   «geosentrik   andoza»dan   og‘ish   xususiyati
to‘g‘risidagi   masalani   faqat   amaliyotda   yechish   mumkin.   Bu   yerda   falsafadan
ko‘ra aniq fanlarga asoslanish lozim. 
Hozirgi   zamon   metodologlari   pirovard   maqsadga   asoslanadigan   va   azaldan
maqsadga   muvofiq   xususiyatga   ega   bo‘lgan   tizimlar   bilan   stixiyali   xususiyatlarni
namoyish  etuvchi  mutlaqo  ochiq  tizimlarni   farqlashni   taklif  qiladi.  Mazkur   tasnif
yangi   narsa   paydo   bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan   maqsadni   belgilash   mexanizmiga
yangicha nazar bilan qarash imkonini beradi. 
Noorganik,   organik   va   ijtimoiy   tizimlar   moddiy   tizimlarning   eng   ko‘p
uchraydigan   turlari   hisoblanadi.   Moddiy   tizimning   noorganik   turini   tasniflashda
uning   elementar   zarralar   va   maydonlar,   atom   yadrolari,   atomlar,   molekulalar,
makroskopik   jismlar,   geologik   tuzilmalar   kabi   elementlari   qayd   etiladi.   Moddiy
tizim   organik   turining   tuzilishi   bir   necha   darajadan   iborat:   hujayrasiz   daraja   -
DNK,   RNK,   nuklein   kislotalar,   oqsillarni;   hujayrali   daraja   –   mustaqil   mavjud
bo‘lgan   bir   hujayrali   organizmlarni;   ko‘p   hujayrali   daraja   –   to‘qimalar,   organlar,
funksional   sistemalar   (asab   sistemasi,   qon   eltuvchi   sistema),   ya’ni   organizmlar
(o‘simliklar   va   hayvonlar)ni   o‘z   ichiga   oladi.   Organizmlardan   yuqori   tuzilmalar
ham   farqlanadi:   bu   umumiy   genofond   bilan   bog‘langan   bir   turga   mansub
jonzotlarning   populyasiyalari   –   biologik   birliklar   (o‘rmondagi   bo‘rilar   to‘dasi,
ko‘ldagi   baliqlar   galasi,   chumoli   uyasi   yoki   butazor   va   boshqalar)dir.
Populyasiyaning yaxlitlik darajasi uning tarkibiga kiruvchi ayrim organizmlarning
xususiyatlari   va   ko‘payishini   tartibga   soladi.   Masalan,   chigirtkalar   biomassasi
muayyan   chegaradan   oshib   ketsa,   ularning   ko‘payishini   sekinlashtiruvchi
mexanizmlar   ishga   tushadi.   Jonli   materiya   tuzilishining   organizmlardan   yuqori
darajasiga   populyasiyalardan   tashqari   biosenozlar   kiradi.   Biosenozlarning   yaxlit
tizimida   populyasiyalar   shunday   bog‘langanki,   ulardan   birining   hayot   faoliyati mahsulotlari   boshqasining   yashash   shart-sharoitlariga   aylanadi.   Masalan,   o‘rmon
muayyan biosenoz hisoblanadi: unda yashovchi o‘simliklar, shuningdek hayvonlar,
zamburug‘lar,   lishayniklar   va   mikroorganizmlarning   populyasiyalari   o‘zaro
ta’sirga kirishib, yaxlit tizimni vujudga keltiradi. 
Biosfera   doirasida   moddiy   tizimning   alohida   turi   -   kishilik   jamiyati
rivojlangan.   Bu   ijtimoiy   tizim   ham   alohida   kichik   tizimlar   individ,   oila,   guruh,
jamoa, davlat, millat va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Materiya tuzilishining alohida
turi sifatidagi jamiyat odamlar faoliyati tufayligina mavjud bo‘la oladi. Shu sababli
jamiyatga   o‘z   ehtiyojlarini   qondirish   va   rivojlanish   imkonini   beruvchi   ijtimoiy
ishlab chiqarish bilan bog‘liq inson faoliyati substansional negiz hisoblanadi. 
Moddiy tizimlar  turlarining tasnifini  davom ettirib, rus olimi  L.Gumilevning
«Etnogenez   va   Yer   biosferasi»   asaridagi   fikr-mulohazalarini   esga   olish   mumkin.
Muallif   taklif   qilgan   tasnifning   mantiqi   quyidagicha:   siz   Yer   sayyorasida
yashaysiz.   Bir   qobiq   ostida   harakat   qilasiz   –   bu   litosfera.   Moddiy   tizimlarning
boshqa   bir   turi   organizmingizning   barcha   hujayralariga   kirib   boradi   –   bu
gidrosfera.   Uchinchi   turi   bilan   siz   nafas   olasiz   –   bu   atmosfera.   To‘rtinchisi   –
biosfera. Bu yerda siz barcha tirik o‘simliklar, mikroorganizmlar bilan yashaysiz. 3
 
Bu tasnifni geo-, bio- va noosferalarni ajratishni taklif qilgan V.I.Vernadskiy
tasnifiga yaqinlashish ni sezish  mumkin. 
Asosiy   muammo   shundan   iboratki,   ilgari   surilgan   nazariyalar   va   ularni
amalda   sinash,   ya’ni   ularning   ishonchliligini   tasdiqlashi   yoki   pirovard   natijada
ularni   rad   etishi   mumkin   bo‘lgan   tegishli   eksperimentlar   o‘tkazish   yo‘li   bilan
tekshirish imkoniyatlari o‘rtasida ulkan tafovut mavjud. 
Dunyoning   birligi   va   rang-barangligi .   -Dunyo   cheksiz   yaxlitlik   sifatida
o‘zgarmas va ayni vaqtda o‘zining ayrim qismlari va ko‘rinishlarida o‘zgaruvchan
bo‘lib,   o‘zini   muttasil   shakllanish   va   o‘zgarish   jarayonlarida   namoyon   etadi.   U
nafaqat shakllanish va o‘z tuzilmasini murakkablashtirish yo‘lida, balki aksincha –
buzilish va tanazzul  yo‘lida ham  harakatlanadi  va rivojlanadiki, bu uning sifat  va
miqdor ko‘rsatkichlari muttasil o‘zgarishida aks etadi. 
3
  Гумилев Л. Этногенез и биосфера Земли.- М.: Современнқе тетради, 2002. –С.58. Shunday   qilib,   dunyo,   bir   tomondan,   o‘z   rang-barangligida   bir   jinsli   emas,
boshqa tomondan esa, o‘zining barcha tarkibiy qismlarining uzviy birligini tashkil
etib, muayyan universal yaxlitlik hisoblanadi. 
Biroq,   dunyoning   birligi   masalasi   aniq-ravshan   emas.   Sinchiklab   o‘rganish
jarayonida   u   ko‘p   sonli   boshqa   javobsiz   savollarni,   balki   umuman   yechimsiz
muammolarni yuzaga keltiradi. Dunyo birmi, agar bir bo‘lsa, uning birligi nimadan
iborat,   degan   masala   atrofidagi   qizg‘in   falsafiy   munozaralar   va   jiddiy   ixtiloflar
ayni shu hol bilan izohlanadi. 
Dunyo   birligining   fundamental   asoslari .   Ko‘rsatilgan   muammoning
yechimi u yoki bu faylasuf dunyoqarashi, uning mazkur dunyoqarashga asoslangan
pozisiyasiga  bevosita  bog‘liq. Ruh  (Xudo, o‘lmas g‘oyalar, ong va sh.k.)  moddiy
va   ko‘lamli   tabiatdan   tashqaridagi   asos   deb   hisoblaydigan   faylasuflar   dunyoning
birligi   muammosiga   boqiy,   yaratilmagan   va   turli   atributlarga   ega   bo‘lgan
materiyani butun borliqning asosi sifatida e’tirof etadigan faylasuflarga qaraganda
butunlay boshqacha yondashadilar. 
Birinchi holda idealistlar to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Ularning qarshisida butun
dunyo ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: birinchisi – ideal (chin) dunyo, ikkinchisi
– moddiy,  ashyoviy  (o‘tkinchi)   dunyo. Bu  yerda  dunyoning birligini   tasdiqlovchi
nuqtai   nazarlar   ham,   mazkur   birlikni   rad   etuvchi   nuqtai   nazarlar   ham   bo‘lishi
mumkin. 
Bunday   qarashlarga   zid   o‘laroq,   materiyani   birdan-bir   substansiya   sifatida
e’tirof etuvchi materialistik monizm tarafdorlari dunyoning birligini uning o‘zidan
kelib chiqib tushuntirishga harakat  qiladilar. Bunda ular  dunyoga o‘ziga to‘q, o‘z
borlig‘ini saqlash uchun hech kim va hech narsaga muhtoj bo‘lmagan, borliqning
butun   rang-barangligini   o‘zidan   yaratuvchi   deb   qaraydilar.   Ayni   holda   yechishga
to‘g‘ri   keladigan   eng   og‘ir   vazifa   bugungi   kunda   (balki   umuman)   o‘rganilgan
mikrodunyo va anglab yetilgan Koinotning muttasil surilib borayotgan chegaralari
ortiga   nazar   tashlash   imkoniyatiga   ega   bo‘lmagan   holda   dunyoning   cheksizligi
(yoki chekliligi)ga shak-shubhasiz dalillar keltirishdan iboratdir.  Mazkur   yondashuvning   hech   narsaga   ishonmaydigan   tarafdorlari   bu   va
boshqa shunga o‘xshash savollarga o‘z javoblarida faqat oqilona asoslash va unga
muvofiq   bo‘lgan   tajribani   dalil   sifatida   tan   oladilar   va   bunda   umuminsoniy
amaliyotga va tabiati o‘ta oqilona xususiyatga ega bo‘lgan fanga tayanadilar.   Fan
falsafadan   ijtimoiy   ongning   alohida   shakli   sifatida   uzil-kesil   ajralib   chiqib,   inson
faoliyatining mustaqil jabhasiga aylangan. XVIII asrdan boshlab uning yordamida
dunyoning   birligini   ilohiy   kuchlarga   murojaat   etmay   yanada   ishonchliroq   dalillar
bilan   himoya   qilish   imkoniyati   paydo   bo‘ldi.   Xususan,   sayyoralar   dastlabki
«tumanlik»dan   tabiiy   kelib   chiqqanini   tushuntiruvchi   Kant   –   Laplas   nazariyasi
Quyosh   sistemasi   kosmik   jismlarining   birligi   to‘g‘risida   so‘z   yuritishga   asos
bo‘ldi;   energiyaning   saqlanish   va   o‘zgarish   qonuni   tabiatda   amal   qiluvchi   barcha
kuchlar universal harakat namoyon bo‘lishining turli shakllari ekanligini namoyish
etdi;   jonli   organizmlar   hujayrali   tuzilishga   ega   ekanligi   haqidagi   nazariya   butun
tiriklikni   strukturaviy   birlashtirish   imkonini   beradi;   D.I.Mendeleevning   davriy
qonuni   barcha   kimyoviy   elementlarni   birlashtirdi,   Ch.Darvinning   hayvon   va
o‘simlik   turlarining   kelib   chiqishi   haqidagi   nazariyasi   esa   nafaqat   butun
tiriklikning   birligini   tushuntirib   berdi,   balki   ideal   ong   tabiatini   jonli   modda   bilan
uzviy   bog‘liq   deb   tushunish   uchun   imkoniyat   yaratdi.   Mazkur   nazariya   ayrim
narsalarni   o‘rganishdan   jarayonlar   va   holatlarni   o‘rganishga,   tabiatni   qismlarga
ajratishdan   uni   yagona   sistemaga   birlashtirishga   o‘tish   bilan   tavsiflanadiki,   bu
keyinchalik   inson   va   uning   ongi   genezisini   yaxshiroq   tushunish,   ularning
dunyodagi   haqiqiy   o‘rnini   belgilash   va   pirovard   natijada   inson   va   tabiatning
birligini ko‘rsatish imkonini berdi. 
XX   asrda   nisbiylik   nazariyasi   va   kvant   mexanikasining   yaratilishi   dunyo
yagona   va   hamma   narsa   bir-biri   bilan   o‘zaro   bog‘liq   ekanligi   haqidagi
tasavvurlarni sezilarli darajada kengaytirdi va mustahkamladi. XX asrning ikkinchi
yarmida   qudratli   teleskoplar   va   tezlatgichlar   paydo   bo‘lishi   bilan   hozirgi   zamon
fani makro- va mikrodunyolarni o‘rganishda yanada ko‘proq olg‘a siljidi.  U koinot
kengliklariga   kirib,   dunyoning   fundamental   asoslari   haqidagi   tasavvurlarimizni
boyitdi .   Hozirgi   zamon   fani   maydon   va   moddaning,   korpuskulyar   va   to‘lqinli moddiy obektlarning birligini isbotlab berdi, materiya, harakat, makon va vaqtning
uzviy birligini asosladi. 
Dunyoning   birligi   g‘oyasi   tabiiy-ilmiy   dalillardan   tashqari   tarixiy   asoslashni
ham   taqozo   etadi.   Bunday   asoslashni   falsafasiz   amalga   oshirish   mumkin   emas,
chunki   u   butun   dunyoga   yaxlit   sistema   sifatida   yondashib,   rang-baranglikda
birlikni va birlikda rang-baranglikni ko‘radi. 
Olamning   chekliligi   va   cheksizligi.   Falsafada   olamning   chekliligi   va
cheksizligi   bilan   bog‘liq   masalalar   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Bunda   har   bir
konkret   narsaning   chekli   ekanligi,   umumiy   olamning   cheksiz   va   chegarasizligi
e’tirof   etiladi.   Cheksizlikni   ifodalash   uchun   ichki   (intensiv)   va   tashqi   (ekstensiv)
shakllar mavjudligi ko‘plab falsafiy adabiyotlarda qayd etilgan. 
Materiyaning ichdan nihoyasizligi  intensiv cheksizlik  haqidagi tasavvur bilan
qamrab   olinadi.   Intensiv   cheksizlikning   mavjudligi   tabiatda   ichki   tuzilishga   ega
bo‘lmagan,   mutlaqo   elementar   obektlar   yo‘qligini   ko‘rsatadi.   Intensiv   cheksizlik
mikrozarralarni   o‘rganish   jarayonida   materiyaning   kichikroq   qismlarga   cheksiz
bo‘linishi  sifatida qaralishi  mumkin emas. Zarralarning bir-biriga aylanuvchanligi
ular ancha murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi. 
E kstensiv   cheksizlik   tashqi   cheksiz lik dir.   U   mazkur   obekt   doirasidan
tashqarida,   «katta»   dunyoda   kuzatiladi   va   obektdan   tashqaridagi   cheksizlikni
ifodalaydi. Bu yerda obekt xossalari va sifatlarining atrofdagi narsalar bilan o‘zaro
ta’sirlar   tizimiga   bog‘liqligi   muammosi   muhimroqdir.   Amalda   cheksizlik   mavjud
bo‘lib,   u   bilish   qaratilgan   yo‘nalishdan   kelib   chiqib,   intensiv   yoki   ekstensiv   deb
tushunilishi   mumkin.   Ekstensiv   va   intensiv   cheksizlik   –   haqiqiy   cheksizlikning
o‘ziga   xos   proeksiyalaridir.   Ularni   geometrik   shaklning   koordinatalar   o‘qidagi
proeksiyalariga o‘xshatish mumkin. 
Kosmologiya   cheklilik   va   cheksizlikning   talqiniga   juda   ko‘p   yangiliklar
kiritdi. U ilmiy fan sifatida olamning tuzilishi va xossalarini o‘rganadi, makon va
zamonning cheksizligi muammosini o‘rganishga harakat qiladi. Dunyoning makon
va   zamonda   cheksizligi   haqidagi   tasavvurlar   asrlar   davomida   shakllangan.   Uning
ildizlari   antik   naturfalsafa   va   kosmogoniyaga   borib   taqaladi.   Nyutoncha   fizikaga asoslangan XVIII asr kosmologiyasida cheksizlik g‘oyasining ancha asosli nazariy
dalillari   ta’riflab   berildi.   Nisbiylik   nazariyasining   paydo   bo‘lishi   kosmologiya
muammolarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Umumiy nisbiylik nazariyasi ta’sirida
yuzaga kelgan va XX asrning ikkinchi o‘n yilligida jadal rivojlangan relyativistik
kosmologiya   doirasida   olamning   makon   va   zamonda   cheksiz   hamda   chekli
modellarini tuzishga muvaffaq bo‘lindi. 
Olamning   relyativistik   konsepsiyasi   bo‘lishi   ehtimol   tutilgan   butun   moddiy
dunyoni   qamrab   olgani   sababli,   uning   «ibtidosi»   g‘oyasida   cheksizlik   g‘oyasi
butunlay inkor etilib, fanda to‘ntarish yasalishiga olib keladigandek bo‘lib tuyuldi.
Relyativist   kosmologlarning   kengayib   borayotgan   olam   –   Metagalaktikaning
yagonaligi   va   u   hamma   narsani   qamrab   olishi   haqidagi   ta’limoti   o‘tmishda   ko‘p
karra   takrorlangan   olamda   Yerning   yagonaligi,   Quyosh   sistemasi   yoki
Galaktikaning   yagonaligi   haqidagi   g‘oyalarni   eslata di .   Amalda   olamning
kosmologik modellari, garchi butun dunyoni tushuntirish uchun tuzilgan bo‘lsa-da,
uning   ayrim   qisminigina   tushuntir gan .   Mazkur   sohaga   taalluqli,   butun   dunyodagi
makon   va   vaqtga   nisbatan   tatbiq   etilmaydi,   deb   talqin   qilingan   makon   va
zamonning   chekliligi   hamda   cheksizligi   haqidagi   kosmologik   tasavvurlar
cheksizlik g‘oyasini inkor etma gan . 
Kosmologiya   rivojlanishining   hozirgi   bosqichi   relyativistik
kosmologiyaning   ustuvorligi   bilan   tavsiflanadi.   Relyativistik   kosmologiya   butun
dunyoni mukammal tavsiflash ga  da’vo qilmaydi, lekin cheklilik va cheksizlikni biz
yashayotgan   olamga   tatbiqan,   uning   fizikaviy-makon   tuzilishi   tomonidan
o‘rganadi.   Relyativistik   kosmologiya   asoschilari   A.Eynshteyn   va   A.Fridman
hisoblanadi. 
A.Eynshteyn 1917 yilda nisbiylikning umumiy nazariyasini yaratgach, oradan
bir   yil   o‘tib   olamning   birinchi   relyativistik   modelini   tuzdi.   U   bunda   quyidagi
taxminlardan kelib chiqdi. 
1. Modda va nurlanish olamda bir tekis tarqalgan. Bundan olam maydoni bir
xil   va   izotrop   tuzilishga   ega,   degan   xulosa   kelib   chiqadi.   Garchi   og‘ir   obektlar
yaqinida makon-vaqt  geometriyasi  o‘zgarsa-da, bu o‘zgarish  olamning o‘zgarmas egrilikka   ega   bo‘lgan   bir   xil   izotrop   maydonidan   chetga   ahamiyatsiz   og‘ishdir,
xolos.
2.   Olam   turg‘un,   vaqtda   o‘zgarmasdir.   Shu   bois   maydon   geometriyasi
evolyusiyaga   ega   bo‘lishi   mumkin   emas.   A.Eynshteyn   dunyosi,   odatda,
«silindrsimon   dunyo»   deb   ataladi,   chunki   uni   cheksiz   ko‘lamli   to‘rt   o‘lchovli
silindr   ko‘rinishida   tasavvur   qilish   mumkin.   Silindrning   yasovchisi   bo‘ylab   vaqt
o‘qi   o‘tadi,   u   o‘tmishga   ham,   kelajakka   ham   cheksiz   qaratilgan.   Silindr   kesimi
maydonni   beradi.   Mazkur   modelda   bu   o‘zgarmas   musbat   egrilikka   ega   uch
o‘lchovli doirasimon maydon   bor . U chekli hajmga ega. Buning ortida hech narsa
mavjud   bo‘lmagan   dunyoning   qandaydir   chekkasi   bor,   deb   tushunmaslik   kerak.
Ayni   holda   maydon   «o‘z-o‘zida   tutashadi»   va   bu   unda   hech   qachon   to‘siqqa
uchramasdan cheksiz aylanish imkonini beradi. 
Biroq   A.Eynshteynning   «silindrsimon   dunyo»si   o‘tmishda   qolgan.   Uning
olamni ng   turg‘un   modelini   yaratishga   urinishlari ,   hozir gi   davrda   olamning
abadiyatda   o‘zgarmas   holda   mavjudligi   haqidagi   an’anaviy   tasavvurlarga   hurmat
sifatida qaraladi. Olamning turg‘un modelini A.Eynshteyn maxsus taxmin asosida
yaratganini ham e’tiborga olish kerak. 
Mazkur   muammoning   yangi   yechimini   A.Fridman   taklif   qilgan   va   uni
belgiyalik   kosmolog   M.Lemetr i   rivojlantirgan.   A.Fridman   dunyoning   turg‘unligi
haqidagi   taxmindan   voz   kechdi,   lekin   uning   bir   xilligi   va   izotropligi   haqidagi
postulatni  saqlab qoldi. Bu muammoning uch xil yechimini taklif  qilish imkonini
berdi:
1. Agar olamda modda va nurlanishning zichligi ayrim kritik kattalikka teng
bo‘lsa, maydon evklid maydoni bo‘ladi, ya’ni egriligi nolga teng bo‘ladi va dunyo
cheksiz bo‘ladi. 
2.   Agar   zichlik   kritik   kattalikdan   kichkina   bo‘lsa,   olam   maydoni
Lobachevskiy geometriyasi bilan tavsiflanadi, u manfiy egrilik va cheksiz hajmga
ega, ochiq va bel ko‘rinishida bo‘ladi. 3.   Agar   olamda   moddaning   zichligi   kritik   darajadan   katta   bo‘lsa,   maydon
musbat egrilikka ega, lekin hajmi cheklangan bo‘ladi. Dunyo berk va chekli bo‘lib,
Riman geometriyasi bilan tavsiflanadi.
Kosmologiya   muammosining   taklif   qilingan   yechimlariga   nisbatan
munosabat   bir   xil   emas.   Ayrim   olimlar   cheksiz   kengayuvchi   Olam   gipotezasini
qabul qilganlar va «Katta portlash» konsepsiyasiga ko‘ra, taxminan 17-20 milliard
yil   oldin   olam   juda   kichkina   hajmda   o‘ta   zich   singulyar   holatda   bo‘lgan,   deb
hisoblaydilar. Yuz bergan «katta portlash» olamning kengayish jarayonini boshlab
bergan.   Bu   kengayish   jarayonida   moddaning   zichligi   o‘zgargan,   maydonning
egriligi   to‘g‘rilanib   borgan.   Ayrim   olimlar   fikriga   ko‘ra,   kengayish   o‘rnini   yana
torayish   egallaydi   va   butun   jarayon   takrorlanadi.   Shu   asosda   harakatlanuvchi
Olam  gipotezasi ilgari surilgan bo‘lib, unga ko‘ra taxminan har 100 milliard yilda
yangi   sikl   «katta   portlash»dan   boshlanadi.   Aqlga   sig‘maydigan   gipotezalarning
birida   «dastlabki   portlash»   natijasida   gravitasion   maydonda   singulyar   holatdan
faqat   bizning   metagalaktikamiz   emas,   balki   ko‘plab   metagalaktikalar   vujudga
kelgani,   ularning   har   biri   barcha   fizik   ko‘rsatkichlarning   turli   ifodalariga,
chunonchi, alohida topologiyali (o‘lchovlar miqdori har xil bo‘lgan mahalliy ochiq
yoki  mahalliy yopiq)  makoni  va o‘z kosmologik vaqtiga  ega bo‘lishi  mumkinligi
taxmin qilinadi. 
Hozirgi   «ko‘p   sonli   dunyolar»   konsepsiyalarida   olamning   ajabtovur
manzarasi   chiziladi.   Bu   fundamental   falsafani   moddiy   dunyoning   makon   va
vaqtdagi   cheksizligini   metrik   cheksizlik   ma’nosida   emas,   balki   materiyaning
makon va vaqt strukturalarining benihoya rang-barangligi sifatida tushunish lozim,
degan asosiy qoidasi bilan hamohangdir. 
Olam kengayishda davom etadimi yoki torayish jarayoni boshlanadimi, degan
savol   javobsiz   qol moqda .  Ammo   «qizil   siljish»   hodisasi   hozirgi   vaqtda   nurlanish
manbai   uzoqlashib   borayotganini,   ya’ni   galaktikalar   taxminan   o‘zigacha   bo‘lgan
masofaga proporsional tezlikda har yoqqa «tarqalayotgani»ni tasdiqlovchi umumiy
e’tirof etilgan fakt  hisoblanadi. 1912 yilda V.M.Slayfer galaktikadan tashqaridagi
tumanliklar   nurlanishlarining   spektr   chiziqlari   spektrning   qizil   uchi   tomonga siljiyotgani   -   «qizil   siljish»ni   aniqladi.   Oradan   ma’lum   vaqt   o‘tgach   (1929   yilda)
Edvin Xabbl tumanlik kuzatuvchidan qancha uzoqda bo‘lsa, «qizil siljish» kattaligi
ham,   uning   tumanlikdan   uzoqlashish   tezligi   ham   shuncha   katta   bo‘ladi,   degan
qonunni   va   katta   masofalarda   galaktikalarning   tezligi   ulkan   ifodalarga   yetishini
aniqladi. 
Shunga   qaramay,   olamning   kengayishi   bilan   bir   qatorda,   uning   torayishini
yoki   makonda   cheklangan,   lekin   vaqtda   cheksiz   olam   navbatma-navbat   dam
kengayuvchi,   dam   torayuvchi   harakatlanuvchi   olam   modelini   ham   taxmin   qilish
uchun nazariy imkoniyat mavjud. 
CHE klilik   va   cheksizlikning   ziddiyati.   Cheklilik,   uning   ziddi   bo‘lgan
cheksizlik   singari,   umumiylik   va   zarurlik   maqomiga   ega   bo‘lgan   umumiy   va
universal tushunchalar – falsafiy kategoriyalar sifatida tushuniladi. 
Cheklilik   –   narsalar,   jarayon   va   hodisalarning   muayyanliligini   va   obektning
mavjudlik chegarasini qayd etuvchi tavsifni ifodalash uchun mo‘ljallangan falsafiy
kategoriya. Cheklilik chegarasi  obekt intihosini  boshqa obektdan ajratib turadi va
ularni   bir-biriga   bog‘laydi.   G.Gegel   cheksizlik   har   narsa   o‘z   chegarasiga   ega
ekanligi,  bu   yerda  u   barham   topishi,   yo‘qlikka   aylanishini   ta’kidlagan 4
.  Umuman
olganda,   barcha   tug‘ilgan   narsalarning   muqarrar   o‘limi   haqida   fikr   yuritmagan
birorta ham atoqli faylasuf yo‘q. 
Inson   borlig‘i   chekliligining   «kashf»   etilishi   nafaqat   mavjudlikning   qat’iy
chegaralarini,   balki   cheksizlikni   -   bir-birini   almashtiruvchi   avlodlarning   hamisha
bir  xil  safini  ham  ko‘rsatdi.   Kundalik  hayotda  biz  narsalarni  farqlash  va  ularning
holatlari   vaqtda   o‘zgarishini   kuzatish,   masalan,   kunni   tundan   farqlash,   Eshmatni
Toshmat bilan adashtirmaslik imkonini beruvchi muayyan chegaralarni ko‘p qayd
etamiz. Shunday qilib,   muayyanlik   va   chegara   cheklilik ning asosiy, eng muhim
jihatlari hisoblanadi. 
Falsafada   makon-miqdor   chegaralari   (masalan,   davlatning   hududiy
chegaralari) va sifat chegaralari (yosh davrlari) farqlanadi. Ammo chegara nafaqat
ajratadi, balki birlashtiradi, aloqa qilish, chegara orqali o‘tish imkonini beradi. Bu
4
  Гегель Г//. Всемирная энциклопедия. –М.: Современн ый литератор, 2001. –С. 207 qarama-qarshilikni ifodalash uchun F.Gegel I.Kant o‘zgacharoq ma’noda ishlatgan
«borliq o‘zida» va «o‘zga uchun borliq» tushunchalarini muomalada qo‘llagan. 
Cheklilikni   qotib   qolgan,   harakatsiz   narsa   deb   tushunmaslik   kerak.
Cheklilikning   mohiyati   shundan   iboratki,   u   o‘zini   o‘zi   inkor   etadi,   intiho   sari
harakatlanadi.   Shu   sababli   cheklilik   harakatdan   tashqarida   emas,   balki   faqat
harakatda tushunilishi mumkin . 
Cheksizlik cheklilikning inkori hisoblanadi. Falsafa va fanga cheksizlik bilan
birga   «ziddiyat»   tushunchasi   ham   kirib   kelgan.   Klassik   yunon   tafakkurida
cheksizlik   salbiy   tushuncha   sifatida   amal   qiladi:   cheksizlik   chegara   va   shakldan
mahrum, u belgilanmagan, binobarin, inson aqli uni tushunib yetishga qodir emas.
Cheksizlikni   anglab   yetishga   urinish   o‘z   yo‘lida   muqarrar   tarzda   aporiyalar,
antinomiyalar,   paradokslarga   duch   kelgan.   Fanda   Horror   infiniti   –   «cheksizlik
dahshati»   degan   ibora   ham   mavjud  bo‘lgan.  Ong   cheksizlikni   idrok   etishga   ham,
tasavvur   qilishga   ham   qodir   emas,   u   bu   borada   doimo   ikkilanadi.   Inson   ko‘proq
cheklilik bilan ish ko‘radi, uni tez anglaydi, biron-bir chegara izlaydi. Cheksizlik –
amaldagi   qonunlarga   bo‘ysunmaydigan,   ularni   aksioma   tarzida   qo‘llab
bo‘lmaydigan, qism butunga teng bo‘lib qoluvchi borliqdir. 
Zenon aporiyalarining bosh mohiyatini ham cheklilik va cheksizlik o‘rtasidagi
ziddiyat   tashkil   etadi.   Masalan,   «Dixotomiya»   aporiyasida   to‘g‘ri   yo‘l   nazarda
tutiladi. Bu yo‘ldan o‘tish uchun uning yarmini, so‘ngra yarmining yarmini, keyin
bu   yarimning   yana   yarmini   bosib   o‘tish   kerak   bo‘ladi.   Xullas,   yo‘l   cheksiz
miqdordagi   yarim   bo‘laklarga   bo‘linib   ketadi.   Mazkur   yondashuvdan   kelib
chiqilsa,   bu   yo‘ldan   nafaqat   o‘tish,   balki   harakatni   boshlash   ham   mumkin   emas.
Yo‘ldan   o‘tishda   eng   oldin   bosib   o‘tish   lozim   bo‘lgan   masofaning   dastlabki
«yarmining   yarmini»   qanday   topish   mumkin?   Bu   empirik   dalil   kabi   butun
cheksizlikni   qamrab   oluvchi   shak-shubhasiz   harakatni   nazariy   tavsiflash
qiyinchiliklar tug‘diradi. 
Cheklilik   intihoning   dastlabki   nuqtasi   sifatida   amal   qilsa,   cheksizlikning
asosiy  xossasi  sifatida  ko‘pincha   «cheklanmaganlik»   tushunchasi   qabul   qilinadi.
Cheksizlik g‘oyasi inson tafakkurida biron-bir obekt yoki jarayonda chegaralarning yo‘qligi   haqidagi   intuitiv   tasavvur   sifatida   mavjud   bo‘ladi.   Shunday   qilib,
cheksizlik   ayrim   cheklanmagan   jarayon   yoki   ketma-ketlik   ko‘rinishida   tasavvur
qilinadi
4- MASALA.HARAKAT MATERIYaNING YaShASh ShARTI  
O‘ zgarishlarning  umumiy  xususiyati.   Bizni  qurshagan  dunyoning  yana bir
muhim   xususiyati   –   Koinotda   va   uning   barcha   tarkibiy   qismlarida   yuz   beradigan
tinimsiz o‘zgarishlardir. 
Tabiatning   o‘zgaruvchanligi   falsafa   paydo   bo‘lishidan   ancha   oldin   yaxshi
ma’lum   bo‘lgan,   falsafa   vujudga   kelgach   esa,   masalalarning   mazkur   doirasi
alohida o‘rganish predmetiga aylandi va vaqt o‘tishi  bilan uning negizida falsafiy
bilimlarning   maxsus   bo‘limi   –   dialektika   yuzaga   keldi.   Uning   (yaxlit   ta’limot
sifatidagi)   ildizlari   qadimgi   yunon   falsafasiga,   xususan   «Hamma   narsa   oqib,
o‘zgarib   turadi»,   «Ayni   bir   daryoga   ikki   marta   tushib   bo‘lmaydi»   kabi   mashhur
iboralar   muallifi   Geraklit   ijodiga   borib   taqaladi.   Shundan   beri   obektiv   borliqning
turli-tuman   miqdor   va   sifat   o‘zgarishlarini   ifodalash   uchun   «harakat»   va
«rivojlanish» kategoriyalari qo‘llaniladi. 
Harakat va harakatsizlikning o‘zaro nisbati . Falsafada harakat nafaqat turli
jismlarning makonda mexanik siljishi sifatida, balki tabiiy jarayonlar va hodisalar
holatlarining har qanday o‘zgarishi sifatida ham tushuniladi. Kengayib borayotgan
Metagalaktika   ham,   o‘zaro   ta’sirga   kirishayotgan   elementar   zarralar   ham,
ko‘payayotgan, moddalar almashinuvini amalga oshirayotgan tirik hujayralar ham,
ijtimoiy   jarayonlar   va   hokazolar,   shu   jumladan   fikrlash   faoliyati   jarayonlari   ham
harakatda bo‘ladi.
Agar biz biron-bir  tabiiy obekt  yoki  hodisani  ularning tabiiy holatida anglab
yetmoqchi bo‘lsak, «harakat» tushunchasini  chetlab o‘tishimiz mumkin emas. Bir
qarashda,   oddiy   ong   nuqtai   nazaridan   bu   noto‘g‘ri,   zero,   Alp   tog‘lari   yoki   Misr
ehromlarini   kuzatar   ekanmiz,   biz   ular   abadiy   harakatsizlik   holatida   ekanligining
guvohi   bo‘lamiz.   Ammo   bu   harakatsizlik   nisbiydir.   Umuman   olganda,   butun
Koinot   ulkan   aylanma   harakat   holatida   bo‘lib,   bu   yerda   bizning   sayyoramiz Quyosh   atrofida,   u   bilan   birga   –   bizning   galaktikamiz   markazi   atrofida,   u   bilan
birga esa – galakatik sistema markazi atrofida aylanadigan kichik bir zarradir. 
Harakatsizlik holatidagi narsalar strukturasi ham tinimsiz o‘zgarish jarayonini
boshdan   kechiradi,   chunki   uzlyuksiz   harakatda   bo‘lgan   elementar   zarralardan
tashkil   topadi.   Temperatura   o‘zgarishlari,   kimyoviy   tarkib   o‘zgarishlari   va   shu
kabilar   bunday   harakatning   tashqi   ko‘rinishlari   hisoblanadi.   Shuningdek,   atomlar
va molekulalar ham Koinotda yuz bergan evolyusiya jarayonlari  mahsulidir. Ular
bizning   Metagalaktikamiz   mavjudligiga   zamin   hozirlagan   Katta   portlashdan
keyingina  vujudga  kelgan.  Buning   ustiga  hozirgi   zamon  geografiyasi   qit’alar  bir-
biriga   nisbatan   siljishini   isbotladi.   Ular   ajralgan   muz   bo‘laklari   kabi   Yerning
qaynoq magmasi bo‘ylab yiliga bir necha santimetr tezlikda harakatlanadi. 
Shunday   qilib,   harakat   abadiy   va   yo‘q   bo‘lmas,   materiyadan   ajralmas   va
mutlaqdir.   Harakatsizlik   esa   nisbiy   bo‘lib,   o‘tkinchi   xususiyatga   ega.   Harakat
shuning uchun ham mutlaqki, u umumiy ahamiyat kasb etadi va (harakatsizlikdan
farqli   o‘laroq)   biron-bir   tashqi   omilga   bog‘liq   bo‘lmaydi.   Oqilona lik   nuqtai
nazardan u boqiydir, chunki dunyoda uning boshi ham, oxiri ham ko‘rinmaydi va
zamirida kamida ikki kuch – tortish va itarish yotuvchi har qanday borliqning o‘z-
o‘zidan harakati sifatida amalga oshadi.
Falsafa   tarixida   harakat   haqidagi   tasavvurlar .   Harakatni   dialektik
tushunish   kurtaklariga   Geraklit   asarlaridayoq   duch   kelamiz.   U   olovni   barcha
o‘zgarishlar substansiyasi sifatida tavsiflab, birinchi moddiy asos doimo o‘zi bilan
birga, ayni vaqtda, doimiy o‘zgarish holatida bo‘lishi haqidagi fikrni sodda obrazli
shaklda   ifodalagan.   Geraklit   harakatni   miqdor   jihatidan   oddiy   joydan-joyga
ko‘chish sifatida emas, balki uzlukli va uzlyuksiz, barqaror va o‘zgaruvchan narsa
va   jarayonlarning   o‘zaro   nisbati   nuqtai   nazaridan   tushuntirishga   harakat   qilgan.
Antik davrdayoq Geraklit, undan keyin Epikur har qanday harakat manbaini ichki
jarayonlarning qarama-qarshiligidan topgan. 
Ayni   shu   antik   davrda   tushunchalar   manti g‘ ida   harakat   jarayonini   mantiqiy
dalillar yordamida tushunib yetish bilan bog‘liq qiyinchiliklar qadimgi faylasuf va
matematik   Zenonni   mashhur   aporiyalarni   ta’riflashiga   turtki   berdi.   Aporiya   – muhokamalardagi ziddiyat tufayli hal etib bo‘lmaydigan yoki hal etilishi mushkul
bo‘lgan   holat,   mantiqiy   qiyinchilik,   muammo.   Zenonning   «Axill   va   toshbaqa»,
«Uchayotgan   kamon   o‘qi»   kabi   aporiyalari,   hissiy   tasavvurlarga   zid   o‘laroq,
harakat materiyaning atributi ekanligiga shubhalanishga majbur qilgan. «Axilles va
toshbaqa»   aporiyasi   mazmuniga   ko‘ra,   chopqir   Axilles   hayvonot   olamining   eng
uquvsiz   yuguruvchisi   toshbaqani   quvib  bora di ,  deb   faraz   qilinadi.  Bundan   Zenon
Axilles   hech   qachon   toshbaqaga   yet a   olmaydi,   degan   mantiqiy   xulosa   chiqaradi.
Zenon   bu   aporiyasida   quyidagicha   fikr   yuritadi:   «Biror   odam   A   nuqtadan   V
nuqtaga borishi lozim bo‘lsin. U V nuqtaga yeta oladimi?» Zenon bu savolga yo‘q,
deb   javob   qiladi.   Chunki   A   nuqtadan   V   nuqtaga   qarab   yo‘l   olgan   odam,   avvalo,
shu masofaning  teng yarmidan o‘tishi  zarur. Bu masofaning teng yarmiga yetishi
uchun   esa,   shu   yarim   masofaning   yana   yarmini   o‘tishi   zarur.   Yarim   masofaning
yarmiga   yetishi   uchun   esa,   qolgan   masofaning   yarmidan   o‘tishiga   to‘g‘ri   keladi.
Xullas,   oraliq   masofa   cheksiz   miqdordagi   yarim   bo‘laklarga   bo‘linib   ketadi.
Cheksiz   yarim   bo‘laklarni   bosib   o‘tish   uchun   esa   cheksiz   vaqt   lozim.   Hech   kim
cheksiz vaqt yashay olmaydi. Shunday ekan, hech qachon u A nuqtadan V nuqtaga
yetib   bora   olmaydi.   Bularning   hammasi   harakat   jarayonini   formal-mantiqiy
tavsiflash mushkulligini ko‘rsatadi. 
Ayrim   faylasuflar   Zenon   aporiyalarini   rad   etish   uchun   sezgi   organlariga
suyanganlarida,   bunda   ham   ancha   asosli   e’tirozlar   topilgan.   Sezgi   harakatni
«ko‘rishi»   qadimgi   falsafa   vakillari–eleatlar   tomonidan   tan   olingan,   lekin   aql   uni
«tushunish»ni xohlashi va tushuna olmasligi qayd etilgan. Aql mohiyatni, sezgilar
esa   hodisalar   va   ko‘z   ilg‘aydigan   narsalarni   o‘rganishini   hisobga   olsak,   eleatlar
manti g‘ iga   ko‘ra,   aynan   mohiyatda   harakat   mavjud   emas.   Zenon   harakatni
ziddiyatsiz   tarzda   tavsiflash   mumkin   emasligini   ko‘rsat a   olgani   e’tirof   etilgan.
Binobarin,   harakat   qarama-qarshilik   demakdir.   Zenon   aporiyalarining   alohida
qimmati shundaki, ular amalda mavjud qarama-qarshiliklarni ko‘rsata olgan. Balki,
shuning   uchun   bo‘lsa   kerak,   ko‘plab   qadimgi   manbalarda   Zenon   dialektika
asoschisi   sifatida   qayd   etiladi.   Zenonning   o‘zi   asarlarini   Parmenidning   «Hamma
narsa   bir»   degan   shiorini   «Hamma   narsa   ko‘pdir»   degan   qarama-qarshi yondashuvdan   himoya   qilish   uchun   yozganini   ta’kidlagan.   Zenon   ko‘pgina
asarlarining   dunyoga   kelishiga   uning   bahsga   o‘chligi   sabab   bo‘lganini   aytishni
xush ko‘rgan. 
Harakatni   o‘rganishning   muhimligini   barcha   faylasuflar   teran   anglagan.
Aristotel harakatni bilmaslik sabablarni bilmaslikka olib keladi, deb hisoblagan va
borliqning turlari qancha bo‘lsa, harakat va o‘zgarishlarning turlari  ham shuncha,
deb   qayd   etgan.   Uning   fikricha,   «Miqdor   uchun   ko‘payish   va   kamayish,   sifat
uchun – o‘zgarish, makon uchun – ko‘chib yurish, mohiyat uchun – vujudga kelish
va   yo‘q   bo‘lish   mavjud» 5
.   Harakatning   vujudga   kelish,   yo‘q   bo‘lish,   o‘zgarish,
ko‘payish, kamayish, ko‘chib yurish  kabi turlarini farqlash lozim . Ammo Aristotel
jonsiz,   passiv   materiya   konsepsiyasini   rivojlantirib,   pirovard   natijada,   muayyan
birinchi   harakatlantirgich   –   har   qanday   faollikning   negizi   sifatidagi   sof   shakl
harakat manbaidir, degan xulosaga keldi. Binobarin, harakat materiyaning atributi
emas,   balki   uning   modusi,   ayrim   xossasi   va   belgisidir;   u   faqat   birinchi   turtki
vositasida beriladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, falsafiy tafakkur rivojlanishining
keyingi   ancha   uzoq   davri   mobaynida   harakat   materiyaning   atributi   sifatida
qaralmadi, balki uning ayrim va qo‘shimcha xossasi hisoblandi. 
O‘rta asr Sharq mutafakkiri  Forobiy fikricha ,  harakat va sukunatning ibtidosi ,
biron-bir   narsaga   yoki   irodaga   borib   taqalmasa,   uni   tabiat   deb   atash   mumkin.
Harakat   vaqt   bilan   belgilangan.   Harakat   ibtido   va   intiho   bilan   chegaralanmagan 6 .
Ibn   Sino  fikricha   harakat   vujudi   mumkinning   ichki   mohiyatidan   kelib  chiqadi   va
osoyishtalik   bilan   mavjud   bo‘ladi.   Harakat   bu   ashyolar,   voqealarda   sodir
bo‘ladigan o‘zgarishdir 7
. 
Uyg‘onish   davri   mutafakkirlari   har   qanday   borliq   –   olamdan   tortib   mayda
zarragacha   –   unga   xos   bo‘lgan   ruh   tomonidan   harakatga   keltiriladi,   degan   fikrni
ilgari   surdilar.   Ular   panpsixizm   –   butun   olamni   ilohiylashtirish   ta’limotiga
asoslandilar. 
5
  Аристотель Органон. –М.: 1990. –С. 159
6
 Қаранг.Форобий //Фалсафа қомусий луғат. –Т.: Шарқ, 2005. -Б.431
7
 Қаранг Ибн Сино//Фалсафа қомусий луғат. –Т.: Шарқ.  2005,-Б140 Yangi   davr   mexanikasi   mazkur   yondashuv   mutlaqo   asossizligini   ko‘rsatdi.
Mexanika   nuqtai   nazaridan,   biron-bir   jismni   harakatga   keltirish   uchun   unga
qandaydir tashqi kuch ta’sir ko‘rsatishi lozim. XVII-XVIII asrlarda mexanikaning
jadal   rivojlanishi,   u   ayrim   nomexanik   hodisalarni   (masalan,   issiqlik   hodisalari,
hattoki,   fiziologik   hodisalarni)   tushuntirishda   erishgan   yutuqlar   shunga   olib
keldiki,   harakatga   ancha   tor   ma’noda   mexanik   harakat,   ya’ni   makonda   oddiy
ko‘chib   yurish   sifatida   qarala   boshlandi.   Umuman   olganda,   metafizik
yondashuvlarning   nomukammalligi   so‘zning   o‘z   ma’nosidagi   harakatni,   uning
alohida   turi   –   ko‘chib   yurish   bilan   tenglashtirish;   harakatga   atribut   emas,   balki
modus sifatida qarash; birinchi turtkining zarurligiga ishonch bilan bog‘liq edi. 
Bunday   yondashuvlarning   nomukammalligini   ko‘pgina   mutafakkirlar   tan
olgan .   Masalan,   ingliz   faylasufi   Jon   Toland   (1670-1722)   dinni   tanqid   qilar   ekan,
harakatni materiya atributi, deb  hisoblaydi . U «Men harakatni materiyaning muhim
xossasi,   deb   bilaman.   Boshqacha   aytganda,   o‘tkazmaslik   va   ko‘lamlilik   materiya
tabiatiga   qanday   xos   va   u   bilan   uzviy   bo‘lsa,   harakat   ham   materiya   tabiatiga
shunday   xos   va   u   bilan   uzviydir.   Binobarin,   harakat   materiya   ta’rifidan   uning
tarkibiy   qismi   sifatida   o‘rin   olishi   lozim»,   deb   yozgan.   J.Toland   harakatning
barcha   shakllarini   mexanikaga   bog‘lamagan,   balki   uni   umumiy   ichki   faollik
sifatida tushungan. Harakatning atributliligini fransuz faylasufi Deni Didro (1713-
1784)  ham isbotlashga  harakat  qilgan. Uning fikriga ko‘ra, «Mutlaq harakatsizlik
tabiatda   mavjud   bo‘lmagan   abstrakt   tushunchadir»,   «Harakat   materiyaning
uzunlik, chuqurlik, kenglik kabi haqiqiy xossasidir». D.Didro mexanisizmni, ya’ni
harakatni   makonda   ko‘chib   yurishgagina   bog‘lashni   rad   qilishga   harakat   qildi.   U
tabiat   abadiy   harakat   va   rivojlanishda   bo‘ladi,   deb   hisobla gan.   Uning   fikricha,
borliq   bir   shaklda   halok   bo‘ladi   va   boshqa   shaklda   vujudga   keladi,   materiyaning
faolligini o‘z-o‘zidan harakat g‘oyasi bilan tushuntirish mumkin. 
O‘z-o‘zidan   harakat   g‘oyasi   materiyaning   ichki   ziddiyatliligi,   shuningdek,
xilma-xilligi bilan belgilanadi. Materiya son-sanoqsiz har xil sifatli elementlardan
tashkil topadi. Ularning to‘qnashuvi  va o‘zaro ta’siri abadiy harakat, o‘zgarish va
rivojlanishni tushunishga yordam beradi.  Fransuz   materialistlari   asosiy   e’tiborni   harakatning   ichki   manbaiga   qaratib,
«harakat»   tushunchasining   eng   mazmunli   ta’rifini   topishga   harakat   qildilar.
P.Golbax   harakat   mexanizmini   yoritar   ekan,   uning   ikki   turini   farqlashni   taklif
qildi.   Birinchi   –   «jismlarning   joydan-joyga   ko‘chishidan   iborat   bo‘lgan   massalar
harakati»; bunday harakatni biz bevosita kuzatishimiz mumkin. Masalan, biz tosh
qanday   tushayotgani,   sharning   yumalayotgani,   qo‘l   harakatlanayotgani   yoki
holatini o‘zgartirayotganini ko‘rishimiz mumkin. Ikkinchi – «muayyan jismga xos
energiyalarga,   ya’ni   mohiyatga,   bu   jism   tashkil   topgan   materiyaning   ko‘rinmas
molekulalari uyg‘unligi, ta’siri va qarshi ta’siriga bog‘liq bo‘lgan ichki va yashirin
harakat». Harakatni  u «muayyan jism  o‘z o‘rnini  o‘zgartirishi  yoki  o‘zgartirishga
urinishiga yordam beruvchi kuch» 8
, deb ta’rifladi.
Harakat   tiplari .   Fanda   obektiv   borliq   narsalari   va   hodisalari   harakatining
ikki   asosiy   tipii :   progress   va   regress   farqlanadi.  Ularning  biri   materiya,   energiya,
axborotning   makonda   siljishi   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   harakatlanuvchi   narsalar   o‘z
muhim   xossalarini   o‘zgartirmasligi,   ya’ni   o‘z   sifatini   yo‘qotmasligi   bilan
tavsiflanadi.   Bular   miqdor   o‘zgarishlari,   makondagi   ko‘chishlar   yoki   o‘rin
almashuvidir.   Bunga   yurib   ketayotgan   odam,   qorong‘i   osmon   fonida   projektor
nurining   harakati   va   hatto   xayolda   ayrim   obektlardan   boshqa   obektlarga   o‘tish
misol   bo‘lishi   mumkin.   So‘nggi   zikr   etilgan   holda   fikrning   muayyan   (masalan,
formal   mantiq   nuqtai   nazardan   to‘g‘ri   yoki   noto‘g‘ri)   yo‘nalishdagi   harakati
to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Ammo harakatning qayd etilgan tipi dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlarning
butun rang-barangligini qamrab olmaydi. Aksariyat hollarda ular narsalarning ichki
strukturasidagi  qayta qurish bilan birga kechadiki, bu dastlabki narsa sifatlarining
o‘zgarishi va u butunlay boshqa narsaga aylanishiga sabab bo‘ladi.
Orqaga   qaytmaslik   va   muayyan   yo‘nalishga   egalik   xos   bo‘lgan   mazkur
harakat   tipi   rivojlanish   deb   ataladi.   Bunda   narsa   yoki   hodisa   strukturasining
murakkablashuvi,   ular   tashkil   topish   darajasining   yuksalishi   yuz   berishi   mumkin
bo‘lib, bu odatda taraqqiyot (progress) sifatida tavsiflanadi.
8
  Гольбах //.Всемирная энциклопедия.. -М.: Современн ы й литератор,, 2001. –С. 246. Agar harakat teskari yo‘nalishda – barkamolroq va rivojlanganroq shakllardan
uncha   rivojlanmagan   shakllarga,   murakkabdan   oddiyga   qarab   yuz   berayotgan
bo‘lsa, bu holda regress to‘g‘risida so‘z yuritish odat tusini olgan. Ammo progress
va regressning ko‘rsatilgan xususiyatlarini mutlaqlashtirish yaramasligini e’tiborga
olish   lozim.   Masalan,   boshqaruv   apparati   tuzilmasining   murakkablashuvi   va
byurokratiyaning o‘sishi doim ham progressni anglatavermaydi, nisbatan soddaroq
va  ayni  vaqtda  samaraliroq  va  ishonchliroq  mashinalar,   asboblar  va  mexanizmlar
yaratilishining   regressga   hech   qanday   aloqasi   bo‘lmaydi   va   ko‘proq   buning
aksidan dalolat beradi. 
Rivojlanish.   Jonsiz   tabiatda   rivojlanishga   yulduzlarda   yuz   berayotgan
evolyusiya   jarayonlari;   jonli   tabiatda   –   turli   organizmlarning   o‘sishi;   jamiyatda   –
fan,   texnika,   sanoat   ishlab   chiqarishining   o‘sishi,   ijtimoiy   munosabatlarning
o‘zgarishi   va   shu   kabilar   misol   bo‘lib   xizmat   qilishi   mumkin.   «Rivojlanish»
tushunchasi   nafaqat   moddiy,   balki   ideal   dunyoga,   xususan,   inson   tafakkuriga
nisbatan,   masalan,   umuman   ongning   yoki   ayrim   fikr,   g‘oya,   nazariyaning
rivojlanishi   to‘g‘risida   so‘z   yuritilgan   holda,   qo‘llanilishi   mumkin.   Fikrning
rivojlanishi   uning   «pishib   yetilishi»ni,   ya’ni   murakkablashuvi,   takomillashuvi,
yanada   aniqroq   ma’no   kasb   etishi   va   shu   kabilarni   anglatadi.   Biroq,   shuni
ta’kidlash   lozimki,   narsalar   va   hodisalarning   obektiv   dunyosidan   farqli   o‘laroq,
subektiv konstruksiyalar (tafakkur, g‘oyalar, nazariyalar) harakati va rivojlanishiga
nisbatan   ko‘lam   ko‘rsatkichlari   tatbiq   etilishi   mumkin   emas.   Ayni   vaqtda   ideal
narsalar   va   hodisalar   darajasida   rivojlanish   jarayonlari,   xuddi   moddiy   narsalar
dunyosidagi kabi vaqtda kechadi. 
Hozirgi   zamon   falsafasida   «harakat»   tushunchasi .   « Ke ng»   ma’noda
umuman har qanday o‘zgarish haqidagi tasavvur sifatida talqin qilinadi. Harakatni
umuman   o‘zgarish   sifatida   tushunish   harakat   turlarining   butun   rang-barangligini
uning muayyan bir turiga bog‘lash to‘g‘ri emasligi haqida ogohlantiradi va harakat
shakllarining   umumiy   xususiyati   va   bir-biriga   aylanish   qobiliyatiga   ishora   qiladi.
«Umuman   o‘zgarish»   deganda,   bizning   ular   haqidagi   fikr-mulohazalarimizdan qat’i y   nazar, obektiv mavjud bo‘lgan barcha o‘zgarishlar, turli jarayonlar  nazarda
tutiladi. 
O‘z-o‘zidan   harakat   yo   butun   tabiatga,   yo   uning   yuksak   darajada   uyushgan
tarkibiy   qismi   –   tirik   organizm   va   jamiyatga   xos   xususiyat dir .   Qotib   qolgan
materiyaga   mansub   ayrim   narsa   yoki   obektga   nisbatan   o‘z-o‘zidan   harakat,   o‘z-
o‘zidan   rivojlanish   holati   xos   deb   aytish   o‘rinli   emas .   Chunki,   u shbu   obektni
muayyan   element   sifatida   o‘z  ichiga   olgan  tabiat   o‘z-o‘zidan   rivojlanuvchi   yaxlit
tizim hisoblanadi. 
O‘z-o‘zidan   harakat   biron-bir   narsaning   unga   ichdan   (immanent   tarzda)   xos
bo‘lgan   omillar   ta’sirida   o‘zgarish   va   rivojlanish   jarayonlarini   ifodalovchi
kategoriya   sifatida   amal   qiladi.   «O‘z-o‘zidan   harakat»   tushunchasi   butun
borliqning   substansional   negizi   sifatidagi   materiya   harakat   va   o‘zgarish   jarayoni
yuz   berayotganida   o‘z   faolligining   pirovard   sababi   sifatida   amal   qiladi.   O‘z-
o‘zidan   harakat   shakli   sifatidagi   faollik   sirtdan   olib   kirilgan   tashqi   kuch   sifatida
tushunilmasligi   kerak.   Shu   munosabat   bilan:   «Bu   qanday   yuz   berishi   mumkin?»,
degan   savol   yaxshi   rivojlanmagan,   nodialektik   tafakkur   uchun   ancha   mushkul
masala   hisoblanadi.   Shakllanish   jarayonini   qadimgi   mashhur   «panta   rei»   –
«hamma narsa oqadi» ta’rifida ifodalagan Geraklit an’anasiga, shuningdek, nemis
faylasufi   F.Gegelga   xos   yetuk   metodologiyaga   ko‘ra,   o‘z-o‘zidan   harakatning
manbai ziddiyat hisoblanadi. Bunda ziddiyat narsalar, hodisalar  va jarayonlarning
qarama-qarshi tendensiyalari hamda tomonlarini taqozo etuvchi, nazarda tutuvchi,
ayni vaqtda, inkor etuvchi o‘zaro ta’sir sifatida tushuniladi. 
O‘z-o‘zidan   harakat   tabiatshunoslik   va   falsafaning   eng   qadimgi   g‘oyasi
hisoblanadi.   Uning   yuzaga   kelishi   borliq   harakatining   sababini   tushuntirish,   o‘z-
o‘zidan   yuz   berayotgan   doimiy   umumiy   o‘zgarishni   tan   olish   asosida   butun
olamdagi   o‘zgarish   jarayonlarining   manbaini   aniqlashga   urinishlar   bilan   bog‘liq.
Antik falsafada barcha jismlarga xos bo‘lgan, chetdan aralashuvsiz yuz beradigan
tabiiy   harakatni   belgilovchi   intilish   to‘g‘risida   atroflicha   so‘z   yuritilgan.   Dunyo
zamirida   materiya   bilan   uzviy   bog‘liq   bo‘lgan   qandaydir   intilish,   qandaydir
haqiqiy,   lekin   g‘ayritabiiy   kuch   yotadi   va   uning   o‘z-o‘zidan   harakatiga   turtki beradi, deb qaralgan. Ayni  vaqtda, o‘z-o‘zidan harakat  g‘oyasi  barcha faylasuflar
tomonidan   yakdillik   bilan   qabul   qilinmaganini   ham   qayd   etib   o‘tish   lozim.
Parmenidning:   «Borliq   mavjud,   yo‘qlik   mavjud   emas»,   degan   mashhur   tezisi
barqarorlik,   o‘zgarmaslik,   muayyanlikning   mutlaqligini   tan   olishni   anglatgan.
Boshqacha   aytganda,   bunda   o‘zining   boshqa   holatiga   aylanish   sifatidagi   o‘z-
o‘zidan   harakat   g‘oyasiga   o‘rin   yo‘q   bo‘lgan   dunyo   tan   olingan.   Keyinroq
ta’riflangan neoplatonik Proklning tezisi uning muqobili sifatida amal qilgan. Prokl
harakat,   o‘z-o‘zidan   harakat   va   harakatsizlikni   farqlashni   taklif   qildi.   U   «Mavjud
hamma   narsalar   yo   harakatsiz,   yo   harakatdadir,   –   degan.   –   Agar   narsa   harakatda
bo‘lsa, u o‘zi bilan o‘zi yoki boshqa narsa bilan harakatdadir. Agar u o‘zi bilan o‘zi
harakatda   bo‘lsa,   o‘z-o‘zidan   harakatda,   boshqa   narsa   bilan   harakatda   bo‘lsa   –
boshqacha harakatdadir. Binobarin, hamma narsalar yo harakatsiz, yo o‘z-o‘zidan
harakatda, yo boshqacha harakatda bo‘ladi» 9
. 
Shunday qilib, o‘z-o‘zidan harakat  g‘oyasi  dunyoni tushunish konsepsiyalari
maydonida   bir   necha   muqobil   yondashuvlar   bilan   birga   amal   qil a di.   Butun
borliqning   to‘xtovsiz   harakati   haqidagi   tezis   o‘z-o‘zidan   harakat   g‘oyasining
«sherik-raqiblari»d ir . «Qarama-qarshiliklar  birligi»  sifatidagi  rivojlanishdan  farqli
o‘laroq,   rivojlanishga   «kamayish   va   ko‘payish   sifatida,   takrorlanish   sifatida»
qarovchi   yondashuv   ikkinchi   muqobilga   aylandi.   Birinchi   muqobil   metafizik,
ikkinchisi – dialektik konsepsiya deb nomlandi va u mutlaqlashtiril a di. Sobiq sovet
davri   falsafasida   bunday   mutlaqlashtirish   quyidagicha   izohlangan:   «Harakatning
birinchi   konsepsiyasida   o‘z-o‘zidan   harakat,   uning   harakatlantiruvchi   kuchi,
manbai va sababi panada qoladi. Ikkinchi konsepsiyada asosiy e’tibor aynan «o‘z-
o‘zi»dan   harakat   manbaini   bilishga   qaratiladi.   Birinchi   konsepsiya   jonsiz,   bo‘sh,
yuzaki.   Ikkinchisi   –   hayotiy.   Faqat   ikkinchi   konsepsiya   «butun   borliq»ning   o‘z-
o‘zidan   harakatini   tushunib   yetish,   «sakrashlar»,   «tadrijiylikning   uzilishi»,
«qarama-qarshilikka   aylanish»,   «eskining   yo‘q   bo‘lishi   va   yangining   vujudga
kelishi»   mohiyatini   anglash   imkonini   beradi» 10
.   Aslida   bu   qarashlarni   falsafiy
tafakkur rivojida qo‘lga kiritilgan yondashuvlar sifatida tushunish ma’qul. 
9
  Прокл. //Всемирная  энциклопедия. –М:Современн ы й литератор, 2001.-С.836.
10
  Чумаков А.Н. Буччило Е. Философия. -М.: Современн ы й литератор, 2007.-С.54 Harakatning   umumiyligi,   universalligi   va   atributliligini   tan   olish   boshqa   bir
savol   tug‘ilishiga   sabab   bo‘ladi.   Harakat   jarayonini   qanday   qamrab   olish,   uni
tushunchalar   manti g‘ ida   qanday   ifodalash   va   tavsiflash   mumkin?   Harakatni
tushunchalar vositasida, nazariy aks ettirishda harakat jarayonining uzlyuksizligini
ifodalash   asosiy   muammo   bo‘lib   qol moqda .   Bilish   tarixi   harakatni   umumiy
tushunchalarda   uni   to‘xtatmaydigan,   qo‘pollashtirmaydigan   tarzda   ifodalash
vazifasi   naqadar   og‘ir   ekanligini   ko‘rsatadi.   Jism   bir   joyda   turadi   va   so‘ngra
boshqa   joyga   ko‘chadi,   deb   aytish   jismning   o‘rnini   shunchaki   qayd   etish,
demakdir.   U   harakatlanayotgan   paytda   birinchi   joyda   boshqa   turmaydi,   lekin
ikkinchi  joyga  ham  hali   yetib kelmagan  bo‘ladi;  agar   jism  shu  ikki   joydan birida
turgan bo‘lsa, u harakatsiz holatda bo‘ladi. Jism ikki joy o‘rtasida, deb aytish hech
narsa demaslik bilan barobardir, chunki bu holda u  yana  bir joyda bo‘ladi; demak,
ayni holda yuqorida zikr etilgan qiyinchilik tug‘iladi. 
«Harakatlanish   shu   joyda   bo‘lishni   va   ayni   vaqtda,   unda   bo‘lmaslikni
anglatadi;   bu   makon   va   zamonning   uzlyuksizligidir,   aynan   u   harakatni   yuzaga
keltiradi».   Harakatning   uzlyuksizligi   uning   umumiyligini   namoyon   etadi,
uzlyuksizlik   uning   alohida   jihatini   ko‘rsatadi.   Harakatdagi   umumiylik   uning
mohiyatini   aks   ettiradi,   binobarin,   harakatni   tushunish   va   ta’riflash,   uning
mohiyatini anglab yetish uchun harakatning uzlyuksizligini tushunmoq darkor. 
Harakatning   bir   qarashda   g‘ayrioddiy   tuyuluvchi   va   ayni   vaqtda   uning
uzlyuksizligini aks ettirishga urinish kuzatiluvchi «muayyan joyda bo‘lish va ayni
vaqtda   unda   bo‘lmaslik»,   degan   ta’rifini   yangi   zamon   dialektikasi   asoschisi
F.Gegel   o‘ziga   xos   tarzda   quyidagicha   ifodalagan:   «Muayyan   narsa   «hozir   shu
yerda»   bo‘lgani   uchun   emas,   balki   boshqa   «hozir   u   yerda»   bo‘lgani   uchun
harakatlanadi, modomiki, u ayni bir «hozir» shu yerda va shu yerda emas ekan, u
«shu   yerda»   ham   mavjud,   ham   mavjud   emasdir» 11
.   Harakatning   ta’rifini   topish
yo‘lidagi   izlanishlar   bilan   bog‘liq   qiyinchiliklar   harakatni   jonsizla n tirmasdan   va
qo‘pollashtirmasdan   tushunchalar   mantiqida   ifodalash   naqadar   mushkul   ekanini
yana bir karra tasdiqlaydi. 
11
  Ф.Гегель // Всемирная энциклопедия. М. Современн ы й литератор, 2001. –С.207. Klassik metafiziklar harakat deganda, jismning shu vaqtda shu joyda, boshqa
vaqtda   boshqa   joyda   bo‘lishini   tushunadi.   Bunday   yondashuvlarning   noto‘g‘riligi
shundaki,   ular   harakatning   o‘zini   emas,   balki   uning   natijasini   tavsiflaydi;   ular
harakat   imkoniyatini   ko‘rsatmaydi   va   o‘zida   bunday   imkoniyatga   ega   ham
bo‘lmaydi; harakatni harakatsizlik holatlari yig‘indisi, ularning bog‘lanishi sifatida
tasvirlaydi,   harakatning   ziddiyati   yashirin,   e’tibordan   chetda,   panada   qoladi   yoki
unutiladi. 
Dialektik a   tarafdorlari   harakatning   ziddiyatli   ekanligini   yakdillik   bilan   tan
oladi. Bunda ayrim dialektiklar asosiy ziddiyatni vujudga kelish va yo‘q bo‘lishda
ko‘rsa,   ayrimlar   makon   va   zamonning   qarama-qarshiligida,   ya’ni   makon   jihatini
aks   ettiruvchi   «o‘rinning   o‘zgarishi»da   hamda   vaqt   ko‘rsatkichlarini   tavsiflovchi
«holatning   o‘zgarishi»da   ko‘radi.   Ayrim   dialektiklar   esa,   harakatning   asosiy
ziddiyati   sifatida   uning   uzlyuksizligi-uzlukliligini   qayd   etadi.   Ba’zan   harakatning
asosiy   ziddiyati   sifatida   barqarorlik   va   o‘zgaruvchanlik   jarayonlari   ko‘rsatiladi.
Ammo   bunda   harakatning,   o‘zgarishning   mutlaqligini   tan   olish   obektlar   yoki
jarayonlarning   abadiy   o‘zgarmasligi   sifatidagi   mutlaq   harakatsizlik   holatini   to‘la
istisno   etishini,   lekin   muqarrar   tarzda   harakatning   tashqi   qarama-qarshiligi   emas,
balki uning ichki ziddiyatli mohiyatining ifodasi hisoblanuvchi nisbiy harakatsizlik
holatini   nazarda   tutishini   tushunish   muhimdir.   Mutlaq   harakatsizlik,   abadiy
muvozanat   va   sokinlik   hech   qaerda   yo‘q.   Har   qanday   harakatsizlik,   muvozanat
nisbiydir,   chunki   ular   harakatning   muayyan   holatlari   hisoblanadi.   Ziddi yat ni   olib
isbot qilishda, ya’ni muayyan jism mutlaq harakatsizlik holatida deb faraz qilishda
mazkur   jism   bu   holda   hech   narsa   bilan   o‘zaro   ta’sirga   kirishmasligi,   unda   hech
qanday   ichki   va   tashqi   o‘zgarishlar   yuz   bermasligi,   u   o‘zini   hech   qanday   tarzda
namoyon etmasligi, binobarin, bunday jism amalda yo‘qligini tan olish kerak. Bu
nol   («0»)   holatini   mutlaqlashtirish   demakdir.   Dialektika   esa   nolni   tan   olmaydi.
Barqaror   jismlar   sifatida   namoyon   bo‘luvchi   barcha   moddiy   obektlarda   muqarrar
tarzda   zarralar,   atomlar   va   molekulalar   harakati   yuz   beradi.   Har   bir   obekt   o‘zini
qurshagan   muhit   bilan   o‘zaro   ta’sirga   kirishadi,   bu   o‘zaro   ta’sir   esa   muayyan
turdagi harakatni o‘z ichiga oladi. Yerga nisbatan harakatsiz holatdagi har qanday jism   u   bilan   birga   Quyosh   atrofida,   Quyosh   bilan   birga   Galaktikaning   boshqa
yulduzlariga nisbatan harakatlanadi. Galaktika ham boshqa yulduzlar sistemalariga
nisbatan harakatda bo‘ladi  va  o‘zgaradi. 
Harakatsizlikni   harakatdan   tashqaridagi   emas,   balki   uning   o‘zidagi   nisbiy
muvozanat   holati   sifatida   tushunish   lozim.   Nisbiy   harakatsizlik   nafaqat   harakatni
istisno etadi, balki, aksincha, uning muayyan holati hisoblanadi. 
Harakatsizlik   va   harakatning   qarama-qarshiligi   ilgari   «narsalar»   va
«jarayonlar»ni   keskin   qarama-qarshi   qo‘yishda   ifodalangan.   Mikrodunyo
sohasidagi   bilimlar   rivojlanishi   bilan   bu   metafizik   qarama-qarshi   qo‘yish   o‘z
ma’nosini yo‘qotdi. Narsa sifatida mikroobekt olingan bo‘lsa, bunda shu narsa va
jarayonning   birligi,   yaqqol   ko‘rinadi.   Mikroobektning   korpulskulyar   va   to‘lqin
xossalari   bir   vaqtning   o‘zida   ham   narsa,   ham   jarayon   sifatida   amal   qilishini
tasdiqlaydi.   Shu   sababli   «voqea»   tushunchasi   nisbiylik   nazariyasida   fundamental
tushunchaga aylangan. 
Vaqtinchalik   barqarorlik   va   muvozanat   holati   sifatida   tushuniluvchi   nisbiy
harakatsizlik   materiyaning   har   qanday   muayyan   holatiga   xos.   U   materiyaning
sifatini   namoyon   etadi.   Nisbiy   tinchlik   tufayli   narsalarning   chegaralari   mavjud
bo‘ladi, dunyo sifat va miqdor o‘zgarishlarining rang-barangligi sifatida namoyon
bo‘ladi.   Materiya   harakati   shuning   uchun   ham   mutlaqki,   u   sirtdan   hech   narsaga
bog‘liq   emas.   Shu   ma’noda   «Dunyoda   abadiy   harakatdagi   materiyadan   boshqa
hech narsa yo‘q» tarzidagi fikrlar o‘rinli va asoslidir. 
Harakat shakllari . Harakat shakllarini tasniflashda qaysi tamoyillarga rioya
qilinishiga   qarab   bunday   shakllarning   har   xil   miqdori   farqlanadi.   Masalan,   XIX
asrda   materiya   tashkil   topishining   turli   darajalariga   asoslanib,   materiya
harakatining   besh   asosiy   shakli:   mexanik,   fizik,   kimyoviy,   biologik   va   ijtimoiy
harakat qayd etgan. 
Harakatning mazkur shakllari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bunda har bir
keyingi   harakat   o‘zidan   oldingi   harakatdan   kelib   chiqadi,   unga   asoslanadi,   biroq,
shunga qaramay, quyi shakl bilan bog‘lanmaydi. Harakatning murakkab shakllarini
soddaroq   shakllarga   bunday   bog‘lashga   urinishlar   falsafa   tarixida   «mexanisizm», «reduksionizm»   (lot.   reductio   –   ortga   surish)   degan   nom   olgan,   harakat   ijtimoiy
shakllarini   biologik   shakllar   darajasigacha   soddalashtirish   biologizatorlik
konsepsiyalarida mavjud. 
Dunyoning   kelib   chiqishi   va   rivojlanishi   haqidagi   hozirgi   tasavvurlar   nuqtai
nazaridan ko‘rsatilgan shakllar harakatning mavjud va taxmin qilingan usullarining
butun rang-barangligini aks ettirmaydi. Xususan, elementar zarralarning o‘zgarish
jarayonlari,   XIX   asrda   noma’lum   bo‘lgan   mikro-   va   makrodunyo   darajasidagi
boshqa   o‘zgarishlar   materiya   harakati   mexanik,   fizik   va   kimyoviy   shakllarining
o‘zaro nisbatiga doir masalani endi yangidan qo‘ymoqda. Bu yerda mexanik shakl
endi   barcha   fizik   jarayonlar   negizi   sifatida   qaralmaydi.   Endilikda   biologik
harakat ning   elementar   zarralari,   ilgari   taxmin   qilinganidek,   oqsilli   molekulalar
emas, balki XX asrda kashf etilgan DNK va RNK hisoblanadi. Ayrim olimlar yer
po‘sti hamda Yer ostida yuz berayotgan jarayonlar haqidagi hozirgi tasavvurlarga
asoslanib harakatning geologik shaklini farqlamoqdalar.
XIX   asr   oxirlarida   materiyaning   harakat   shakllari   tasnifi   ishlab
chiqilayotganida,   ilmiy   davralarda   fanlarni   tasniflashga   nisbatan   kontcha
yondashuv   shakllangan   edi.   Pozitivizm   asoschisi   O.Kont   har   bir   fan   predmetini
materiya   harakatining   alohida   shakli   tashkil   etishi,   turli   fanlarning   obektlari   esa
bir-biridan   keskin   farq   qilishiga   ishonchi   komil   edi   (mexanika,   fizika,   kimyo,
biologiya,   sosiologiya   va   hokazo).   Mazkur   muvofiqlik   fanlarni   muvofiqlashtirish
tamoyili   deb   nomlandi.   Bunda   turli   fanlar   o‘rganadigan   obektlar   bir-biri   bilan
qanday   bog‘langanligi   va   bir-biriga   o‘tishiga   e’tibor   berildi.   Quyidan   oliyga,
oddiydan   murakkabga   sari   yuksalib   boradigan   harakatlanuvchi   materiyaning
progressiv rivojlanish jarayonini aks ettirish g‘oyasi tug‘ildi. Mexanika fizika bilan
bog‘lanishi  va unga o‘tishi, fizika kimyoga, kimyo biologiya va ijtimoiy fanlarga
o‘tishini nazarda tutuvchi yondashuv (mexanika    fizika    kimyo    biologiya  
ijtimoiy   fanlar)   subordinasiya   tamoyili   deb   nomlanadi .   Darhaqiqat,   qaerga   nazar
tashlamaylik,   biz   harakatning   boshqa   shakllariga   mutlaqo   bog‘liq   bo‘lmagan
biron-bir   harakat   shaklini   topa   olmaymiz,   hamma   joyda   bir   harakat   shaklining
boshqa   harakat   shakliga   aylanish   jarayonlarigina   mavjud.   Materiya   harakat shakllari ning   o‘zaro   ta’sir i   va   bir-biriga   aylanish i   uzlyuksiz-uzlukli   jarayonida
mavjud bo‘ladi. 
O‘sha   davrda   noorganika   sohasiga   nisbatan   tatbiq   etilgan   (mexanik,   fizik,
kimyoviy) «energiya» tushunchasi fandan mustahkam o‘rin olgan edi. Ammo vaqt
o‘tishi bilan jonli va jonsiz tabiat o‘rtasida aniq chegara bo‘lishi mumkin emasligi
ayon bo‘ldi. O‘tuvchi shakl va jonli ziddiyat - virus buning yorqin dalili bo‘ldi. U
organik muhitga tushgach, o‘zini xuddi tirik jism sifatida tuta boshla y di. Holbuki,
noorganik muhitda virus o‘zini bunday namoyon etma ydi .  X I X   asrda  materiyaning
bir   harakat   shakli   boshqa   harakat   shakliga   o‘tishi   olimlar   tomonidan   bashorat
qil ingan ,   deb   aytish   mumkin,   chunki   bu   davrgacha   mexanik   va   issiqlik   shakllari
o‘rtasidagi o‘tishlargina o‘rganilgan edi. Tez orada buyuk kashfiyotlar aynan fanlar
tutashgan joyda, chegaradosh sohalarda yuz berishi haqidagi taxmin ham diqqatga
sazovor bo‘ldi. Ba’zi faylasuflar tomonidan tabiat va jamiyatni bog‘lovchi shunday
chegaradosh   sohalardan   biri   o‘rganilib,   antropososiogenezning   mehnat   bilan
bog‘liq nazariyasi taklif qilindi. O‘z vaqtida Darvin inson va maymunni anatomik
jihatdan   qiyosiy   o‘rganish   asosida   insonning   sof   hayvoniy   nasl-nasabi   haqidagi
xulosaga   kelgan   edi.   Boshqalar   esa   ijtimoiy   omillar   roliga,   xususan,   inson   va
kishilik   jamiyatining   shakllanishi   –   antropososiogenez   jarayonida   mehnatning
alohida   roliga   baho   berdilar.   Bu   asosda   materiyaning   harakat   shakllarini
tasniflash ning  quyidagi tamoyillar i ishlab chiqilgan;
-   materiya   harakatining   har   bir   shakli   muayyan   moddiy   tashuvchi   bilan
bog‘liq bo‘lishi lozim;
-   materiyaning   harakat   shakllari   sifat   jihatidan   turlicha   va   o‘zaro
bog‘lanmaydi;
- tegishli shart-sharoitlarda ular bir-biriga aylanadi;
- materiyaning harakat shakllari murakkablik darajasiga ko‘ra farq qiladi, oliy
shakl   quyi   shakllar   sintezi   sifatida   tushuniladi.   Bunda   oliy   shakllarning   quyi
shakllardan   uzoqlashishiga   ham,   oliy   shakllarning   quyi   shakllarga   mexanik
bog‘lanishiga ham yo‘l qo‘ymaslik muhimdir; -   moddiy   tizimlarning   har   bir   turida   bosh,   oliy   va   ikkinchi   darajali   va   quyi
shakllar farqlanishi lozim;
- materiya harakat shakllarining tasnifi fanlar tasnifining negizi hisoblanadi. 
Materiya   harakat   shakllarining   tasnifi:   materiya   harakatining   mexanik
shaklini boshqa har qanday shaklga kiruvchi eng sodda shakl sifatida;
- fizika o‘rganuvchi issiqlik, yorug‘lik, elektr kuchini;
- kimyoviy jarayonlarni;
-   organik   hayotni   qamrab   oladi.   Ular   tabia t dagi   asosiy   shakllar   hisoblanadi.
Ulardan   yuqorida   ijtimoiy-tarixiy   jarayon,   materiya   harakatining   ijtimoiy   shakli,
shuningdek, fikrlash jarayonlari turadi. 
Materiya   harakati   asosiy   shakllarining   keltirilgan   tasnifi   fan   tabiat
rivojlanishining   teran   aloqalarini   endigina   aniqlay   boshlagan   XIX   asrning
saksoninchi yillarida yaratilgan edi. O‘sha davrda hali ko‘p narsa noma’lum, ko‘p
narsalarni aniqlash lozim edi.
 Sobiq ittifoq davrida materiya harakati beshta shakldan iborat degan tasnifga
jiddiy   aniqliklar   kiritishga   harakat   qilindi.   Masalan,   B.Kedrov   materiya
harakatining   oltita   subatom-fizik   harakat,   kimyoviy   harakat,   molekulyar-fizik
harakat, geologik harakat, biologik harakat, ijtimoiy harakat kabi shakllarini taklif
qilgan. 
Hozirgi   zamon   metodologiyasi   nuqtai   nazaridan   materiya   harakat
shakllarining oddiy chiziqli joylashuvi to‘g‘ri emas.   U har bir bo‘g‘inda ikkiga
– rivojlanishning asosiy va ikkinchi darajali tarmoqlariga bo‘linishi zarur. Birinchi
– asosiy  tarmoq rivojlanish jarayonini  kelajakda mazkur  sifat bosqichi  doirasidan
tashqariga   olib   chiquvchi   shakllar   vujudga   kelishidan   dalolat   beradi.   Ikkinchi
tarmoq mavjud harakat shaklining rivojlanish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Masalan,
kimyoviy birikmalar  organik va noorganik birikmalarga ajrala boshlaydi. Mazkur
divergensiyada   (ikkiga   bo‘linishda)   birinchi   –   organik   shakl   imkoniyatli   shakl
sifatida   rivojlanish   jarayonini   materiya   harakatining   yangi   shakli   –   biologik
shaklga   olib   keladi,   imkoniyatsiz   tarmoq   hisoblangan   ikkinchi   shakl   biz
yashayotgan   zamin,   uning   qobig‘   va   yuzasini   tavsiflaydi.   Materiya   harakatining biologik shakli darajasida o‘simliklarning quyidan oliyga rivojlanishi imkoniyatsiz
tarmoq   sifatida   qaralishi   mumkin,   chunki   bu   rivojlanish   jarayoni   o‘z   tabiati
chegaralaridan   chetga   chiqishigacha   olib   kelmaydi.   Hayvonlarning   rivojlanishi
sifat jihatidan yangi obekt – inson paydo bo‘lgungacha davom etadi. Bu materiya
harakatining   sifat   jihatidan   boshqa   shakli   vujudga   kelganidan   dalolat   beradi.
Materiya   harakatining   har   bir   shaklida   makro   va   mikrodarajalarni   farqlash,
shuningdek,   umumiy   hamda   xususiy   qonuniyatlarni   bilib   olish   maqsadga
muvofiqdir .
Fan   rivojlanishining   hozirgi   tendensiyalarini   kelajakka   nisbatan   tatbiq   etib,
insoniyat   borliqning   yangi   shakllarini   va   harakatning   yuqorida   zikr   etilganidan
o‘zgacha usullarini kashf etishini ancha ishonch bilan taxmin qilish mumkin. Ayni
holda shuni ta’kidlash lozimki, har qanday sxemalashtirish, harakatning u yoki bu
shakllari,   tiplari,   usullarini   farqlash   doim   to‘liq   bo‘lmaydi   va   borliqni   bilishda
erishilgan   darajanigina   aks   ettiradi.   Bunday   sxemalarni   mutlaqlashtirish
yaramaydi.   Zero   ular   bilishning   muayyan   maqsadlariga   xizmat   qiladi.   Binobarin,
ular   muttasil   rivojlanishi,   ularga   aniqlik   kiritilishi   va   ular   takomillashtirilishi
mumkin va lozim.
Boshqacha   yondashuv   ham   mavjud   bo‘lib,   unga   asosan   dunyoning   butun
rang-barangligini   materiya   harakatining   uch   shakli:   asosiy,   xususiy   va   kompleks
shakllarga   keltirish   mumkin.   Asosiy   shakllarga   fizik,   kimyoviy,   biologik   va
ijtimoiy   shakllar   kiradi.   Ular   materiya   harakatining   eng   keng   shakllaridir.   Ayrim
mualliflar   materiya   harakatining   yagona   fizik   shakli   mavjudligiga   shubha
bildiradi lar .   Ammo   bu   fikrga   qo‘shilib   bo‘lmaydi.   Barcha   fizik   obektlar   ikki   eng
umumiy   fizik   xossa   –   massa   va   energiyaga   ega.   Fizik   narsalar   dunyosiga   keng
qamrovli umumiy energiyaning saqlanish qonuni xosdir. 
Materiya harakatining geologik shakli   mavjudligi haqidagi taxminni qabul
qilsak,   materiyaning   mazkur   shakli   mexanik,   fizik   va   kimyoviy   o‘zaro   ta’sirlarni
o‘z   ichiga   olgan   dastlabki   sintez   sifatida   amal   qiladi.   Bu   qadimgi   “xaos”
kategoriyasida o‘z aksini topadi. Mazkur kategoriya nafaqat tartibga solinmaganlik
va tartibsizlik dalili sifatida, balki stixiyali shakllanish  tamoyili  sifatida ham talqin qilinadi. Bu holda organik dunyo vujudga kelishidan oldingi tabiat mexanik, fizik
va   kimyoviy   jarayonlarning   olg‘a   qarab   rivojlanishidan   emas,   balki   ularning
umumiy,   differensiasiyalanmagan   o‘zaro   ta’siridan   tashkil   topadi.   Ayni   paytda
bunda   geologik   va   geografik   omillar   Yerda   hayot   vujudga   kelishi   uchun   tarixiy
shart-sharoit yaratgan, deb ta’kidlash lozim bo‘ladi. 
Zilzilalar   Yerning   qattiq   qobig‘ida   katta   siljish,   sinish   yoki   o‘pirilishlar
yuzaga   kelishi   va   ta’sir   energiyasining   tez   tarqalishi   natijasida   ro‘y   berishi
haqidagi   tadqiqotlar   materiya   harakatining   geologik   shakli   mavjudligining   dalili
hisoblanadi.  Shved  olimlarining  fikricha,  yer   qobig‘i  muttasil  harakatdagi  plitalar
bloklaridan   tashkil   topadi.   Ular   bir-birining   ustiga   chiqib,   sunami   va   zilzilaga
o‘xshash tabiiy anomaliyalarni vujudga keltiradi. Masalan, Shveysariya ikki plita –
Afrika va Yevropa plitalari  tutashgan yerda joylashgan.  Afrika plitasi  yiliga  6-11
mm/tezlikda   siljib,   Shveysariyaning   hududiy   yo‘qotishlari   «sababchisi»
bo‘lmoqda.   Qadimgi   Ural   ham   h ar   yili   3-5   sm   tezlikda   G‘arbiy   Yevropaga
yaqinlashmoqda. 
Qadimgi   olimlar   yer   qobig‘ining   harakatini   ustki   suvlar   va   yer   ostidagi
issiqlik   faoliyati   bilan   tushuntirganlar.   Dunyoviy   moddaning   harakati   kosmik
sabablar   ta’sirida   ham   yuz   bergan,   jumladan,   olis   o‘tmishda   Yer   vujudga
kelganidan keyin uning yuzasi ulkan asteroidlar urilishidan larzaga kelgan, suvning
1,5 kmgacha balandlikka ko‘tarilishi esa relefni buzgan, degan fikrlar ham bor. 
Ba’zan   «materiya   harakatining   geologik   shakli»   tushunchasi   boshqa
sayyoralarga   nisbatan   tatbiq   etilgan.   Bunday   taxmin   harakatning   universalligini
namoyish   etgan,   ammo   bu   aynan   Yer   sayyorasini   ko‘rsatuvchi   va   unda   zarur
komponentlar: suv, kislorod, mo‘tadil harorat rejimi mavjudligini nazarda tutuvchi
«geo»   atamasiga   zid   bo‘lgan.   Ushbu   komponentlar   majmui   boshqa   sayyoralarda
uchramasligi mazkur fikrning isboti sifatida talqin qilish imkonini beradi. 
Materiya harakatining xususiy shakllari asosiy shakllar tarkibiga   kiradi.
Masalan, fizik materiya bo‘shliq, maydonlar, elementar zarralar, yadrolar, atomlar,
molekulalar,   makrojismlar,   yulduzlar,   galaktikalar,   metagalaktikani   o‘z   ichiga
oladi.  Materiya harakatining kompleks shakllariga   astronomik (metagalaktika –
galaktika  –  yulduzlar   –  sayyoralar),  geologik  (planetar   jism  sharoitidagi  materiya
harakatining fizik va kimyoviy shakllaridan iborat), geografik (litosfera, gidrosfera
va   atmosfera   doirasidagi   materiya   harakatining   fizik,   kimyoviy,   biologik   va
ijtimoiy   shakllarini   o‘z   ichiga   oladi)   shakllar   kiradi.   Materiya   harakati   kompleks
shakllarining   muhim   xususiyatlaridan   biri   shundan   iboratki,   ularda   pirovard
natijada   materiyaning   quyi   shakli   –   fizik   materiya   yetakchilik   qiladi;   geologik
jarayonlar fizik kuchlar, chunonchi, gravitasiya, bosim, issiqlik bilan tavsiflanadi.
Geografik   qonunlar   fizik   va   kimyoviy   shartlar   hamda   Yer   yuqori   qatlamlarining
o‘zaro nisbatlari bilan belgilanadi. 
MASALA   .   FALSAFA   TARIXIDA   MAKON   VA   VAQTGA
SUBSTANSIONAL VA RELYASION YONDOSHUVLAR
Makon va   vaqt   borliqning fundamental shakllari . Bizni qurshagan dunyo
mazmuni, borliqning umumiy xossasi  bo‘lgan borliq haqida so‘z yuritar ekanmiz,
makon va  vaqt  tushunchalarini chetlab o‘tishimiz mumkin emas. Zero, har qanday
jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va hodisalari bilan yonma-
yon   keladi,   ko‘lamlilik   xususiyatiga   ega   bo‘ladi.   Shuningdek   ular   o‘z   ichki   va
tashqi holatlarini bir-biriga nisbatan o‘zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik,
marom,   sur’at   va   davomlilik   bilan   yuz   beradi.   Alohida   holda   ayrim   yagona   deb
qaraladigan bu ko‘rsatkichlar majmui bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va
zamon o‘z rang-barangligida cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi. 
Makon   va   vaqt   falsafa   tarixida .   Makon   va   vaqt   mohiyati   haqida   odamlar
o‘z   rivojlanishining   dastlabki   bosqichlaridayoq   fikr   yuritganlar   va   o‘tmishning
aksariyat mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu avvalo
inson   amaliyoti   va   bilishining   rivojlanishi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan.   Zero   ular
kengayib   va   takomillashib,   mazkur   kategoriyalarni   yanada   aniqroq   va   teranroq
tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko‘lamli shakllar va
ularni   o‘lchash   usullari   haqidagi   fan   sifatida   ajralib   chiqqan   geometriya   ilk   aniq fanlardan   biriga   aylandi.   Vaqtga   astronomik   kuzatishlar   hamda   koinotning
boqiyligi   va   inson   hayotining   tezoqarligi   haqidagi   mulohazalar   nuqtai   nazaridan
ham alohida e’tibor qaratil gan . Keyinchalik «makon» va «zamon» kategoriyalariga
qiziqish hech qachon susayma gan . Ular bilan bog‘liq ko‘p sonli masalalar yuzaga
kel gan .   Ularning   eng   muhimlaridan   biri   quyidagicha   yangraydi:   makon   va   vaqt
mustaqil   mohiyatlarmi   yoki   ular   faqat   nimagadir   bog‘liq   holda   keladimi?   Shu
munosabat   bilan   falsafa   tarixida   shakllangan   ikki   muhim   va   bir-biridan   butunlay
farq qiladigan yo‘nalish – substansial va relyasion yo‘nalishlarni farqlash mumkin.
Substansi onal   yo‘nalishda   makon   va   zamon   materiya   va   ongga   bog‘liq
bo‘lmagan   mustaqil   mohiyatlar   sifatida   qaralgan.   Substansional   konsepsiya
asoschilari   Demokrit   (makon   muammosi   bo‘yicha)   va   Platon   (zamonga   nisbatan
yondashuvlarda)   makon   va   zamonni   materiyaga   ham,   bir-biriga   ham   bog‘liq
bo‘lmagan   mustaqil   mohiyatlar   sifatida   talqin   qilganlar.   Demokrit   atomlar
harakatlanuvchi   bo‘shliq   amalda   mavjudligi   haqidagi   yondashuvni   ilgari   surgan.
Uning   fikricha,   bo‘shliqsiz   atomlar   harakatlanish   imkoniyatidan   mahrumdir.
Demokrit   va   Epikur   makonni   atomlardan   iborat   joy   deb   tasavvur   qilgan   va   uni
bo‘shliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq, bir  jinsli  va harakatsiz bo‘ladi, vaqt
esa bir tekis oqadi deb hisoblangan. Demokrit, Epikur va Lukresiy Kar ta’limotiga
ko‘ra,   makon   obektiv,   bir   xil   va   cheksiz.   U   atomlar   joylashadigan   joy.   Vaqt
(zamon)ni   abadiyat   bilan   tenglashtirish   mumkin   –   u   o‘tmishdan   kelajak   sari   bir
maromda   kechuvchi   sof   davomlilikdan   iborat.   Vaqt   -   voqealar   yuz   beruvchi   joy.
Qadimgi   yunon   faylasuflari   materiya,   harakat,   makon   va   vaqtni   mustaqil
substansiyalarga   ajratuvchi   bu   g‘oyalar   keyinchalik  Nyuton   klassik   mexanikasida
rivojlantirildi.   XVIII-XIX   asrlarda   substansional   konsepsiya   –   mutlaq   makon   va
vaqt konsepsiyasi falsafada tabiatshunoslikda yetakchilik qildi. Bu o‘z mohiyatiga
ko‘ra   metafizik   konsepsiya   edi,   chunki   u   harakatlanuvchi   materiya,   makon   va
vaqtning   aloqadorligini   e’tiborga   olmas   edi.   Mazkur   konsepsiyaga   ko‘ra,
materiyadan   tashqarida   sof   makon   yoki   moddiy   jarayonlar   bilan   mutlaqo   bog‘liq
bo‘lmagan   vaqt   mavjud   bo‘lishi   mumkin   edi.   Shunga   qaramay,   makon   va   vaqt
haqidagi bu tasavvurlar muayyan empirik asosdan xoli emas edi. Odatdagi tajriba va   past   tezliklar   sohasida,   makrodunyoda   (makrodunyo   esa   inson   yashaydigan
asosiy muhitdir) makon, vaqt va harakatlanayotgan narsa o‘rtasida bevosita aloqa
kuzatilmaydi.   Obekt   muayyan   joydan   uzoqlashishi   mumkin,   lekin   buning
natijasida   makon   o‘zgarmaydi   va   yo‘qolmaydi.   Vaqt   ham   shunday   tushuniladi,   u
obektlarga   bog‘liq   emas.   Shuning   uchun   ham   bunday   yondashuvlar   saqlanib
qolgan,   ayniqsa,   tabiatshunoslik   mikrodunyoni   o‘rganishga   hali   yaqinlashmagan
sharoitda keng tarqalgan. 
Ammo   dialektik   tafakkur   sohibi   bo‘lgan   F.Gegel   bunday   yondashuvlarni
qat’iy inkor etgan. U makon mustaqil bo‘lishi mumkin emasligini qayd etgan, vaqt
haqida   esa   shunday   degan:   «...hamma   narsa   vaqtda   yuzaga   kelmaydi   va   yuz
bermaydi, balki vaqtning o‘zi shu shakllanish, yuzaga kelish va yuz berishdir». Bu
e’tirozlarida F.Gegel haq edi. Umuman, Gegelning obektiv idealizmida makon va
zamonga   e’tibor   qaratmagan,   chunki   u   vaqtdan   tashqari,   boqiy,   «sof   mantiqiy»
xususiyatga ega bo‘lgan bilimlarning mutlaq tizimini yaratishga harakat qilgan. 
Ikkinchi   –   relyasion   (lot.   relativus   –   nisbiy)   yo‘nalish   makon   va   vaqtni
mustaqil  mohiyatlar sifatida emas,  balki  real  dunyo obektlari  va jarayonlari
o‘rtasidagi   alohida   munosabatlar   sifatida   tushunish   bilan   bog‘lanadi.   «Vaqt
nima?»,   degan   savolga   javob   berar   ekan,   Aristotel   shunday   mulohaza   yuritadi:
harakatda ham, vaqtda ham doim muayyan «oldin» va undan farq qiluvchi «keyin»
mavjud.   Aynan   harakat   tufayli   biz   har   xil,   o‘zaro   mos   kelmaydigan   «hozir»ni
farqlaymiz.   Vaqt   shu   «hozir»ning   ketma-ketligi,   ularning   almashuvi,   sanog‘i,
hisobi,   «oldingi   va   keyingiga   bog‘langan   harakatlar   soni»dir.   Aristotelda   makon
harakatsiz yulduzlar sohasi bilan cheklangan, ularning ortida – makon va vaqtdan
tashqarida   yotuvchi   va   hamma   narsani   harakatga   keltiruvchi   boqiy,   harakatsiz,
ilohiy osmon joylashgan. 
Mazkur   nuqtai   nazardan   ko‘rsatilgan   munosabatlar   doirasidan   tashqarida
makon   va   vaqt   mavjud   bo‘lmaydi.   Bu   yo‘nalishning   atoqli   namoyandasi
G.Leybnis (1646-1716) hisoblanadi. 
Makon va vaqt talqinidagi bu ikki tendensiya, ya’ni makon va vaqt borliqning
mustaqil,   obektiv   hamda   moddiy   mazmunga   bog‘liq   bo‘lmagan   asoslari   sifatida yoki harakatlanuvchi materiyaning ajralmas qismi sifatida talqin qilish keyinchalik
o‘z   rivojini   topdi.   Birinchi   substansional   konsepsiya   ayrim   o‘zgarishlar   bilan
yigirma   asrdan   ko‘proq   davr   amal   qildi.   Nyutonning   materiya   joylashadigan
harakatsiz,   uzlyuksiz   va   bir   xil   uch   o‘lchovli   joy   sifatidagi   makon   to‘g‘risidagi
fikri   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra,  Demokritning  makon  haqidagi   g‘oyalari   bilan  bir  edi.
Nyuton   konsepsiyasiga   ko‘ra,   makon   absolyut   bo‘lib,   cheksiz   ko‘lamga   ega.
Shuning   uchun   u   o‘zida   barcha   materiyani   sig‘dira   oladi   va   turli   jarayonlarga
bog‘liq   emas.   Ushbu   konsepsiyaga   ko‘ra,   vaqt   ham   absolyut   bo‘lib,   turli
o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmagan holda kechadigan teng davriylikdir. Unda barcha
narsalar  paydo  va  yo‘q  bo‘lib  turadi.  Muxtasar  qilib aytganda,  Nyuton  makon va
vaqt   bir-biridan   ajralgan   va   materiya   bilan  harakatga   bog‘liq  bo‘lmagan   mustaqil
narsa, deb tushungan. 
Falsafa tarixida aksariyat faylasuflar u yoki bu tarzda to‘qnash keladigan yana
bir   muhim   masala   shunday   yangraydi:   makon   va   vaqt   borliq   ko‘rsatkichlarimi,
ya’ni   ular   obektiv   xususiyat   kasb   etadimi   yoki   bizning   ongimiz   xususiyatlaridan
kelib   chiqadimi   va   o‘z   tabiatiga   ko‘ra   subektivmi?   Shu   munosabat   bilan   mazkur
kategoriyalarning   materialistik   va   idealistik   mazmunlari   haqida   so‘z   yuritish
mumkin.
 Makon va vaqt muammosini obektiv idealizm nuqtai nazaridan yondashuvni
o‘rta   asrlar   falsafasida   ham   kuzatish   mumkin.   Bu   yerda   faqat   Xudo   makon   va
vaqtdan tashqarida deb fikrlanadi. Mazkur nuqtai nazarning shakllanishiga Avliyo
Avgustin   (354-430)   salmoqli   hissa   qo‘shgan.   I dealistik   qarashlar   makon   va
vaqt ning   obektivligini   rad   etish   va   ular   ongning   turli   shakllariga   qaramligini   tan
olish   bilan   bog‘liq.   Masalan,   subektiv   idealizm   vakillari   (Berkli,   Yum,   Max   va
boshqalar) makon va  vaqt ga individual ong shakllari sifatida yondashadi. Xususan,
D.Yum (1711-1776) uchun ular faqat idrokda mavjuddir .   I.Kant (1724-1804) ham
makon va  vaqt ga subektiv deb qaraydi, ammo ularni aprior, ya’ni insonga tajribaga
qadar   berilgan   hissiy   mushohada   shakllari   sifatida   tushunadi.   I.Kant   makon   va
vaqtn i   inson   hissiyoti   shakli   –   kuzatish   shakli   sifatida   talqin   qiladi.   Unga   ko‘ra, aynan   dunyoni   bilishga   harakat   qilayotgan   subekt   o‘ziga   berilgan   dunyoning
muayyan makon va vaqtdagi shakl-shamoyilini yaratadi.
Materialistik   yondashuv   o‘zining   aniq   ifodalangan   shaklida   shu   bilan
tavsiflanadiki, u makon va  vaqt ni ongdan tashqarida va undan qat’iy nazar mavjud
deb hisoblaydi, ya’ni ular mavjudligining obektiv xususiyatini qayd etadi. Mazkur
yondashuv   asosan   tabiatshunoslikning   I.Nyuton   (1643-1727)   va   A.Eynshteyn
(1879-1955) kabi atoqli namoyandalari ilgari surgan g‘oyalarga tayanadi. 
Makon   va   vaqt   tabiati   haqidagi   metafizik   yondashuvlarni   rad   etuvchi   tabiiy
ilmiy   dalillar   XIX   asr   oxirida   fizikada   elektromagnit   nazariyasi   yuzaga   kelishi
bilan   shakllana   boshladi.   Uning   rivojlanishi   faylasuflarni   bo‘shliq   haqidagi
tasavvurlardan   voz   kechishga   majbur   qildi.   Dastlab   u   “efir”   to‘g‘risidagi   g‘oya
bilan almashtirildi. Efir hamma joyda to‘liq, lekin mutlaq va hech narsaga bog‘liq
bo‘lmagan   makonning   shakli   vazifasini   bajardi.   Keyinchalik   bu   tasavvurlardan
ham voz kechildi. 
Ammo substansional va relyasion konsepsiyalar, Gegelning obektiv idealizmi
doirasidagi   makon   va   vaqt   haqidagi   tasavvurlar   singari,   makon   va   zamonning
obektiv   mavjudligiga   shubha   qilmas   edi.   Falsafadagi   butun   subektiv-idealistik
yo‘nalish uchun makon va   vaqt   – tasavvurlarning joylashuv usuli, binobarin, ular
o‘z kelib chiqishining psixologik manbaiga ega. Berklidan Maxga qadar makon va
vaqt   -   sezgilarning   tartibga   solingan   qatorlari   shakllaridir,   degan   yondashuvni
asoslovchi dalillar majmui amal qildi. Ingliz   faylasufi   Pirson fikriga ko‘ra, makon
va  vaqt  amalda  mav jud emas, ular narsalarni idrok etishning subektiv usuli, xolos.
Makon   –   narsalarni   idrok   etish   tartibi   yoki   kategoriyasi   bo‘lsa,   vaqt   voqealarni
idrok   etish   kategoriyasidir.   A.A.Bogdanov   makon   va   zamonni   tashkil   etuvchi   va
uyg‘unlashtiruvchi inson tafakkuri mahsuli deb hisoblaydi.
Makon va   vaqt ni mutlaqo mustaqil atributlar  sifatida qayd etuvchi  metafizik
substansional   konsepsiya   XIX-XX   asrlarda   fanning   rivojlanish   jarayonida   o‘z
ahamiyatini   butunlay   yo‘qotdi.   Lobachevskiy   makon   va   zamonning   evklid
geometriyasi   tavsiflamagan   xossalari   mavjud,   degan   taxminni   ilgari   surdi.   Bu
taxmin absolyut makon konsepsiyasini inkor etadi, chunki makon faqat geometrik tavsiflanishi   lozim   edi.   Asosiy   g‘oyalari   A.Eynshteyn   tomonidan   1905   yilda
ta’riflangan maxsus nisbiylik nazariyasida makon va   vaqt ning geometrik xossalari
ularda gravitasion massalarning taqsimlanishiga bog‘liq ekanligi aniqlandi.   Uning
fikricha   o g‘ir   obektlar   yaqinida   makon   va   vaqt ning   geometrik   xossalari   evklid
geometriyasi   tamoyillaridan   uzoqlasha   boshlaydi,   vaqtning   o‘tish   sur’ati   esa
susayadi.   A.Eynshteyn   ( 1916   yil da)   o‘zining   umumiy   nisbiylik   nazariyasi   bilan
nafaqat   makon   va   vaqt ning   substansional   konsepsiyasiga,   balki   makon   va   vaqt
mohiyatining subektivistik aprioristik talqinlariga ham qaqshatqich zarba berdi. U
makon   va   vaqt   xossalari   moddiy   tizimlar   harakati   va   o‘zaro   ta’siriga   bog‘liq
ekanligini   ko‘rsatib   berdi.   A.Eynshteyn   o‘z   nazariyasining   mohiyatini   tushuntirar
ekan, shunday deb qayd etdi: «Ilgari qandaydir mo‘jiza yuz berib, barcha moddiy
narsalar   birdan   yo‘q   bo‘lib   qolsa,   makon   va   vaqt   qoladi,   deb   hisoblashgan.
Nisbiylik nazariyasiga ko‘ra esa, bu holda narsalar bilan birga makon va  vaqt  ham
yo‘q bo‘lib ketgan bo‘ladi» 12
. 
Hozirgi zamon tabiatshunosligi va falsafiy xulosalar nuqtai nazaridan obektiv
borliq   makon,   vaqt ,   harakat   hamda   modda   va   maydon   turlari   o‘zaro   ta’sirining
uzviy   bog‘lanishidan   iborat.   Hozirgi   olimlar   yagona   va   obektiv   makon   va   vaqt
kontinuumi   to‘g‘risida   so‘z   yuritishni   ma’qul   ko‘radilar.   Makon   va   vaqt   moddiy
jismlar   mavjudligining   o‘zaro   bog‘langan   shakllari   sifatida   tushuniladi.   Makon   –
materiya   borlig‘ining   ko‘lamlilik,   tarkibiylik   kabi   xossalari   va   uning   o‘zaro
ta’sirlarini   ifodalovchi   shakli.   Vaqt   –   materiya   borlig‘ining   barcha   obektlar
mavjudligining davomiyligini va keyingi holat o‘zgarishlarini tavsiflovchi shakli. 
Dunyoda   mavjud   barcha   jismlar   makonda   aynan   uch   yo‘nalish   bilan
chegaralangani,   barcha   shakllarning   eng   yassisi   ham   uzunlik,   kenglik   va
balandlikka   ega   bo‘lgani   sababli,   makonimizning   uch   o‘lchovliligi   empirik
jihatdan hamma joyda namoyon bo‘luvchi dalil hisoblanadi. O‘z makonimizda biz
uning   o‘lchamlarini   geometrik   ifodalovchi   uch   perpendikulyarni   bilamiz.   Ammo
jism   makonda,   aniqrog‘i,   uning   makrodarajasida   harakatlanmasdan,   balki   doimo
vaqtda   harakatlanadi   Shu   ma’noda,   voqealarni   ularning   ketma-ketligi   tartibida
12
.Эйнштейн А. Физика в жизни моего поколения . М. 1963.-С. 53   ajratuvchi masofani vaqt deb nomlash mumkin. Bu masofa o‘tmishdan kelajak sari
yo‘nalishda bosib o‘tiladi, mazkur yo‘nalishni  makonda tasavvur qilsak, u makon
va   vaqt   kontinuumining to‘rtinchi  mezoni  (o‘lchovi)  sifatida amal  qiladi.  Bundan
dunyoda yuz bergan muayyan voqeani aniqlash uchun to‘rt son zarur, degan xulosa
kelib   chiqadi.   Vaqt   nafaqat   vaqt   tartibini   vujudga   keltiradi,   balki   makon   va
vaqtning   birlashgan   tartibini   belgilab   beradi   hamda   Olamning   kauzal   (sababiy)
tuzilishini ifodalaydi.
Makon   va   vaqt   n isbiylik   nazariyasi   nuqtai   nazaridan .   Makon   va   vaqt
haqidagi hozirgi falsafiy qarashlar tabiiy va aniq fanlar sohasidagi so‘nggi yutuqlar
bilan   uzviy   bog‘liq   bo‘lib,   ularning   tabiatiga   nisbatan   materialistik   va   relyasion
qarashlar   asosli   ekanligini   tasdiqlaydi.   Xususan,   Eynshteynning   nisbiylik
nazariyasiga   muvofiq   makon   va   vaqt   o‘z   holicha   ham,   bir-biridan   ajralgan   holda
ham mavjud bo‘lmaydi, balki materiya bilan shu darajada uzviy bog‘liq bo‘ladiki,
pirovardida   hech   qanday   mustaqillikka   ega   bo‘lmaydi   va   yagona   rang-barang
yaxlitlikning atributlari sifatida amal qiladi. Yagona makon va vaqt  kontinuumini
tashkil   etar   ekan,   ular   moddiy   jismlar   harakatining   tezligiga   ham   bog‘liq:   jism
harakatining nisbiy tezligi oshganida uning ko‘lam ko‘rsatkichlari qisqaradi, uning
vaqti esa o‘z oqimini sekinlashtiradi. Eynshteyn nazariyasi Riman, Lobachevskiy,
Gauss   va   Puankarening   ilg‘or   g‘oyalari ga   qo‘shilgan   holda ,   makon   va   vaqt ning
gravitasiya bilan uzviy aloqasini ham asoslab berdi. 
Shunday   qilib,   nisbiylik   nazariyasida   makon ,   vaqt   va   harakat   materiya
mavjudligining   atributlari,   asosiy   shakllari   sifatida   qaraladi   va   u   bilan   uzviy
bog‘liq   bo‘lgan   holda,   materiya   kabi,   mustaqil   holda   mavjud   bo‘la   olmaydi.
Muttasil   harakatda   bo‘lgan   dunyo   esa   muqarrar   tarzda   faqat   makon   va   vaqt da
mavjud deb qaraladi.
Makonning   ko‘p   o‘lchovliligi.   Nisbiylik   nazariyasini   rivojlantiruvchi   va
kuchli,   kuchsiz,   elektromagnit   va   gravitasion   o‘zaro   ta’sirlarga   nisbatan   yaxlit
yondashuvchi   hozirgi   tabiiy-ilmiy   konsepsiyalar   makonning   uch   o‘lchovliligi   va
vaqtning bir o‘lchovliligi (u o‘tmishdan kelajakka qarab oqishi)ni moddiy jismlar
borlig‘ining   ehtimol   tutilgan   hollaridan   biri   sifatida   talqin   qiladi   va   bizning Metagalaktikamiz   bilan   bir   qatorda   o‘zga   dunyolar   ham   mavjudligini   faraz   qilib,
makon   va   vaqtning   ko‘p   o‘lchovliligi   g‘oyasini   ilgari   suradi.   Boshqa   olamlarda
makon   va   vaqt   butunlay   o‘zgacha   tuzilish,   ko‘lamlilik   va   shakllarga   ega   bo‘lishi
mumkinligi taxmin qilinadi. 
Makon   va   vaqt   ko‘rsatkichlari   nafaqat   mikro-,   makro-   va   megadunyo
darajasida,   balki   jonli   tabiat,   ijtimoiy   borliq   darajasida   ham   o‘ziga   xos
xususiyatlarga egadir. 
Yerda hayot paydo bo‘lishi bilan go‘yo jonsiz tabiat makon va vaqti doirasida
joylashgan   alohida,   biologik   makon   va   vaqt   o‘lchovi   yuzaga   keladi.   Shu
munosabat   bilan   jonli   va   jonsiz   tabiatdagi   simmetriklik   muammosi   hayotni
o‘rganish   bilan   shug‘ullanuvchi   olimlar   e’tiborini   o‘ziga   tortdi.   Jonli   organizmlar
simmetriyasi   va   asimmetriyasi   hodisalarini   L.Paster,   I.Kant,   V.I.Vernadskiy   va
boshqalar   o‘rgandi.   Ular   jonsiz   tabiatga   xos   bo‘lmagan   asimmetriya   molekulyar
darajada   atomlar   guruhlarida   «so‘l»   va   «chap»   qanotlar   ko‘rinishida   namoyon
bo‘lishi, organizmlar darajasida esa ularning tuzilishi va dinamikasida aks etishini
aniqladilar. 
Makon   va   vaqt ning   umumiyligi,   ular   universumning   barcha   strukturalarini
qamrab   olgan   holda,   mavjudligini   anglatadi.   Shu   munosabat   bilan   makon   va
vaqtn ing   nafaqat   makro-,   mikro-   va   megadunyoda,   balki   jonli   va   ijtimoiy
materiyada ham namoyon bo‘lish shakllarini qayd etib o‘tish lozim. Biologik vaqt,
psixologik vaqt, ijtimoiy makon va vaqt maxsus tahlil qilinadi. Makon va  vaqt ning
obektivligi ular o‘zini idrok etish mumkinligi yoki mumkin .
Makonning   uch   o‘lchovliligi .   Makonning   uch   o‘lchovliligi   hanuzgacha
ilmiy-nazariy jihatdan aniq isbotlanmagan. Makon va vaqtning cheksizligi  hamda
tuganmasligi,   makonning   uch   o‘lchovliligi,   vaqtning   bir   yo‘nalishliligi,   orqaga
qaytmasligi   makon   va   vaqtning   asosiy   xossalari   sifatida   qaralishi   lozim.   Biz
makroskopik   tajribada   ko‘radigan   obektlar   uch   o‘lchovli   ko‘lamlilikka   –   uch
o‘lchovdagi   o‘lchamlilikka   ega.   Makonning   har   qanday   nuqtasi   uch   soni
yordamida beriladi. Ammo makonning uch o‘lchovliligi faylasuflar uchun amalda
jumboq bo‘lib qolamoqda. Ular uchun bu asoslashga urinishlar natija bermayotgan empirik   postulat   sifatida   qabul   qilinadi.   Makonning   uch   o‘lchovliligini   ta’riflab
bergan   Aristotel   pifagorchilarning   g‘oyalari   yordamida   uni   asoslashga   harakat
qilgan. U uch o‘lchov eng mukammal va tugallangan bo‘lib, aynan 3 soni shunday
xususiyatga ega ekanligini qayd etgan. 
Sxolastlar   Pifagor   va   Aristotel   g‘oyalariga   tayanib,   uch   o‘lchovlilikni
dunyoning   mukammalligi   nuqtai   nazaridan   tushuntirganlar.   Bunda   uzunlik
chizig‘iga   kenglik   tutashadi   va   yuza   hosil   bo‘ladi,   so‘ngra   balandlik   tutashadi   va
jism   dunyoga   keladi.   Bundan   boshqa   o‘lchovlarga   o‘tishni   aniq   tasavvur   qilish
mumkin emas. Uch o‘lchovlilik dunyoning mukammalligidan dalolat beradi. 
G.Galiley uch o‘lchovlilikni asoslashga nisbatan mazkur yondashuvni tanqid
qilgan.   G.Galiley   dialoglarining   amalda   muallif   fikrini   ifodalovchi
qahramonlaridan biri shunday deydi: «3 soni mukammal ekanligi va uch o‘lchovli
hamma narsaning mukammalligidan darak berishga qodirligini tan olishga hech bir
asos ko‘rmayapman». 
Nemis faylasufi I.Kant o‘z faoliyatining tanqidiy bosqichidan oldingi davrda
makonning   uch   o‘lchovliligini   tabiat   kuchlarining   o‘ziga   xos   xususiyatlari   bilan
tushuntirishga harakat qilgan bo‘lgan. U makonning uch o‘lchovliligini fizik dalil
sifatida   tushunishga   uringan.   Ammo   keyinchalik   I.Kant   makon   va   zamonning
aprioristik   tabiati   haqidagi   xulosaga   kelib   uni   hissiy   kuzatish   shakllari   sifatida
tavsiflyagan. 
Shunday   qilib,   makonning   uch   o‘lchovliligi   empirik   postulatdir,   u   haqdagi
xulosa   bizning   intuisiyamizga   asoslanadi,   fikrlashning   qulayligi,   maqsadga
muvofiqligi,   tejamliligiga   intilish,   estetik   moyilliklar   yoki   dunyoning
mukammalligiga   ishonchdan   kelib   chiqadi,   degan   ma’noni   anglatmaydi.
Makonning uch o‘lchovliligi moddiy o‘zaro ta’sirlar bilan belgilanadi. 
Biz yashaydigan  makon uch o‘lchovlidir. Bu boshqa makon mavjud bo‘lishi
mumkin   emas,   degan   ma’noni   anglatmaydi,   lekin   boshqa   makonda   atomlar   ham,
molekulalar   ham,   Quyosh   sistemasi   ham   bo‘lmasligi   mumkin.   Agar   makon   uch
o‘lchovli   bo‘lmaganida,   amaldagi   barcha   fizik   qonuniyatlar   buzilgan   bo‘lar   edi;
narsalar   biron-bir   sababsiz   paydo   bo‘lishi   va   yo‘q   bo‘lishi   mumkin   edi   (ularning sabablari   boshqa  o‘lchovlarda  bo‘lar   edi);   atomlar   mavjud bo‘lishi   mumkin  emas
edi, chunki  elektronlar  darhol  yadrolar  ustiga  tushar  edi. Butun  dunyo boshqacha
bo‘lishi lozim bo‘lar edi. 
Demak,   bizning   dunyomizda   har   qanday   voqea   to‘rt   son:   makonning   voqea
yuz   bergan   joyni   qayd   etuvchi   uch   koordinati   va   uning   vaqt   ko‘rsatkichi   bilan
belgilanadi.   Shunday   qilib,   moddiy   dunyo   obektlarining   «3      1»   ko‘rinishidagi
makon va vaqt tuzilishiga mansubligi ularning universal xossasi hisoblanadi. 
Makon va  vaqt ning metrik xossalari . Metrik xossalarga makon va  vaqt ning
ko‘lamlilik   hamda   davomlilik   kabi   miqdor   ko‘rsatkichlari   kiradi.   Ko‘lamlilik   joy
va   o‘rinning   mavjudligini   nazarda   tutadi.   Joy   –   makon   chegarasi   va   u   qamrab
oluvchi   muayyan   hajmning   birligi.   O‘rin   –   bir   joyning   boshqa   joylarga   nisbatan
koordinasiyasi. Joy va o‘rin makon tuzilishini belgilaydi. Shunday qilib, biz makon
tuzilishi haqida so‘z yuritganda uning joy va o‘rnini tavsiflashimiz shart. 
Davomlilik va lahza vaqtning asosiy metrik ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Lahza
–   davomlilikning   boshqa   parchalab   bo‘lmaydigan   atomi,   davomlilik   kvanti.
Davomlilikning o‘zi  bunda muayyan  chegaraga solingan  lahzalar  majmui  sifatida
tushuniladi.   Muayyan   obekt   mavjudligining   dastlabki   va   pirovard   lahzalari   ana
shunday   chegara   sifatida   amal   qiladi.   Davomlilik   –   obekt   mavjudligining
davomiyligi  va ,  s aqlanishidir. Davomlilik voqea-hodisalarning ayni bir vaqtda yuz
berishi   –   sinxroniya   yoki   ketma-ketlik   –   diaxroniya   munosabatlari   bilan
tavsiflanishi mumkin. 
Makon   va   vaqt ning   topologik   xossalari .   Topologik   xossalarga   sifat
ko‘rsatkichlari,   makon   va   vaqtning   uzlyuksizligi,   bog‘liqligi,   vaqt   tartibi,
yo‘nalishi va o‘lchamliligi kiradi.   Makonning topologik xossalari  – makonning
bir xilligi, izotropligi (jarayonlar ayni bir sharoitda bir xil  kechishi)  hamdir.
Vaqtning topologik xossalari   - bir yo‘nalishlilik, muayyan o‘lchovlilik, orqaga
qaytmaslik.   Bu   ko‘rsatkichlarning   hammasi   hanuzgacha   faylasuflar
shug‘ullanadigan   qator   muammolarni   tashkil   etadi   va   falsafiy   jihatdan   ilmiy-
nazariy asoslashga muhtojdir.  Vaqt   tartibi   va   yo‘nalishi .   Vaqt   shakllanishi   yoki   o‘tishining   obektiv
xususiyati   to‘g‘risidagi   masala   qadimdan   hozirgi   kungacha   qizg‘in   bahsga   sabab
bo‘layotgan   muammodir.   Vaqt   tartibi   va   yo‘nalishi   to‘g‘risida   so‘z   yuritilganida,
odatda,   uning   o‘tmishdan   hozirgi   vaqt   orqali   kelajakka   o‘tishi   nazarda   tutiladi.
Vaqt   bir   yo‘nalishli,   nosimmetrik   va   orqaga   qaytmaydigan   jarayon   sifatida
namoyon bo‘ladi. 
Borliq hodisalarini   vaqtda tartibga  solish  uchun  «vaqt» tushunchasining   ikki
majmuidan   foydalanilgan:   «O‘tmish   –   hozirgi   vaqt   –   kelajak»   tushunchasining
sifati   va   mazmunini   ifodalashda   vaqtning   psixologik   tavsifi   ko‘proq   mos   keladi.
Vaqtning miqdoriy tahlil uchun : «oldin – ayni  bir vaqtda – keyin» tushunchalari
qo‘llaniladi.   M asalan:   4   minut   oldin,   5   minut   keyin   va   h.k.   miqdor   tahlilini
ifodalaydi.  Ammo tilimizning tuzilishiga ko‘ra 4 soat «o‘tmish», 5 minut «kelajak»
qabilida gap tuzish imkoni yo‘q. Vaqtni tushunishning bu ikki xil jihati 1908 yilda
J.Mak-Taggart   tomonidan   aniq   tavsiflangan.   U   «vaqt»   tushunchasining   ikki
majmui haqidagi tasavvurni ilmiy muomalaga kiritdi.
Tushunchaning   ikki   majmuini   ajratish   ayrim   muammolar   ta’rifini   aniqlash
imkonini   beradi.   Bir   tomondan,   vaqt   harakatchan   yoki   muvaqqat   yo‘l,   oqim   va
tranzitivlikning   ifodasi   sifatida   tushuniladi.   O‘tmish,   hozir   va   kelajakda   mavjud
voqealar   vaqtning   mazkur   holatiga   nisbatan   uzlyuksiz   o‘zgaradi.   O‘tmishdagi
voqealar   yanada   o‘tmishga   chekinadi,   bo‘lajak   voqealar   esa   yaqinlashadi.   Vaqt
shakllanishining   mazkur   jarayoni   ko‘pincha   «vaqt   daryosi»,   «vaqt   oqimi»   kabi
ibora   va   o‘xshatishlar   orqali   ifodalanadi.   Ayni   vaqtda,   uzlyuksiz   o‘zgaruvchi
voqealar o‘zgarmas tartibda yuz beradi. 
Makon va  vaqt ning dinamik va statik konsepsiyalari.  Falsafa tarixida vaqt
tartibi   hamda   yo‘nalishini   tushunib   yetishning   dinamik   va   statik   konsepsiyalar i
shakllangan.   Geraklitning   «panta   rei»   (hamma   narsa   oqadi,   hamma   narsa
o‘zgaradi)   tezisi   bilan   bog‘liq   yondashuv   vaqtning   dinamik   konsepsiyasiga   asos
bo‘lgan.
Dinamik   konsepsiya   vaqt   jarayonlarining,   shu   jumladan   vaqt   oqimining
obektiv   borlig‘ini,   ya’ni   o‘tmish,   hozir   va   kelajak   voqealari   o‘rtasida   real   fizik farqlar  mavjudligini  tan  oladi.  Ayni  vaqtda, mazkur  konsepsiya  nuqtai  nazaridan,
haqiqiy   borliqqa   hozirgi   vaqt   voqealarigina   ega   bo‘ladi.   O‘tmish   xotiralarda
mavjud, kelajak voqealari amalda ro‘y beradimi, yo‘qmi - noma’lum. Faqat hozirgi
vaqtda   ehtimol   tutilgan   voqealar   o‘tmishdagi   sabablar   asosida   real   borliqqa
aylanishi   mumkin.   So‘ngra   ular   ham   o‘z   davrida   muayyan   iz   qoldirib,   o‘tmishga
aylanadi. 
Statik   konsepsiyasi   vaqt   tartibi   va   yo‘nalishini   tushunib   yetishning   ikkinchi
konsepsiyasi - obektiv vaqt jarayonlari mavjudligini inkor etmagan holda, vaqtning
o‘tmish, hozir va kelajakka bo‘linishini rad etadi. Unda «oldin - keyin» vaqt nisbati
obektiv   deb   e’tirof   etiladi.   Ushbu   konsepsiya   tarafdorlari   B.Rassel   va   T.Gold
fikriga ko‘ra, kuzatish e’tibordan soqit etilsa, dunyoda har qanday holat yuz berishi
mumkin.   G‘arb   falsafiy   adabiyotlarida   bu   konsepsiya   «Sovib   qolgan   olam
konsepsiyasi» deb ataladi. 
Ammo   statik   konsepsiyaning   vaqtning   harakati   va   oqimi   subekt   –
kuzatuvchiga   bog‘liqligi   haqidagi   asosiy   tezisiga   qo‘shilish   qiyin.   Ko‘pgina
jarayonlar   kuzatuvchidan   qat’i y   nazar   mavjud   bo‘ladi   va   yuz   beradi.   Eng   katta
muammo   –   hozirgi   vaqtni   qanday   tushunish   mumkinligida.   Statik   konsepsiyaga
ko‘ra,   hozirgi   vaqtning   istalgan   lahzasida   olamning   o‘tmishdagi   barcha   holatlari
mujassam,   bo‘lajak   holatlari   esa   yashirin   shaklda   mavjud   bo‘lsa,   qanday   qilib
yangi   holatning   paydo   bo‘lishi   haqida   gapirish   mumkin?   Bu   yerda   o‘tmish   va
kelajak voqealari o‘rtasida go‘yo to‘liq simmetriya mavjudligi haqidagi yondashuv
ilgari suriladi, vaholanki, voqealarning haqiqiy ketma-ketligi amalda nosimmetrik
tarzda ro‘y beradi. 
Nemis   faylasufi   va   mantiqchisi   Gans   Reyxenbax   «Vaqt   nima?»,   degan
savolga javob berishga harakat qilib, quyidagi ta’riflarni ishlab chiqqan:
1. Vaqt o‘tmishdan kelajak sari harakatlanadi;
2. «Hozir» o‘tmishni kelajakdan ajratuvchi hozirgi vaqtdir;
3. O‘tmish hech qachon orqaga qaytmaydi;
4. Biz o‘tmishni o‘zgartira olmaymiz, lekin kelajakni o‘zgartirishga qodirmiz; 5.   Biz   o‘tmishning   tarixiy   «bayoni»ga   ega   bo‘lishimiz   mumkin,   lekin
kelajakni bayon qilish, bu bilan bog‘liq imkonga ega bo‘lishimiz mumkin emas; 
6. O‘tmish ma’lum, kelajak ma’lum ema s.
Bu   ta’riflarga   qo‘shilmaslik   qiyin,   ularda   sog‘lom   fikrning   oddiy   mantiqi
mujassamlashgan.   Ammo   vaqt   bilan   bog‘liq   muammolar   majmuida   aniq   yechimi
topilmagan   masalalar   bo‘lib,   vaqt   nisbatlari   tiplarining   rang-barangligi   ana
shunday masalalardan biridir. Vaqt nisbatlarining turlari: tizimning ichki va tashqi
vaqti;   inson   borlig‘i   vaqti;   davrning   madaniy-tarixiy   vaqti;   astronomik   vaqt;
fizikaviy vaqt; biologik vaqt va h. k. kabilardir.
Nisbiylik   nazariyasidan   jismlarning   harakat   tezligi   oshganida   va   u   yorug‘lik
tezligiga   yaqinlashganida   massa   ortishi   va   harakatsizlik   holatlariga   nisbatan   vaqt
jarayonlari   sekinlashishi   ma’lum.   Vaqt   ritmlarining   pasayishi   juda   kuchli
gravitasiya   maydonlari   ta’sirida   ham   yuz   beradi.   Tirik   organizmlarda   turli
funksional   tizimlarning   kun   va   tun,   yil   fasllari,   quyosh   faolligi   sikllarining
almashuviga   bog‘liq   bo‘lgan   bioritmlari   ham   amal   qiladi.   Davriy   ritmlarga
asoslangan   biologik   soatlar   har   qanday   organizmda,   hattoki,   o‘simliklarda   ham
mavjud   deb   taxmin   qilinadi.   Kibernetika   asoschisi   Norbert   Viner   insonda   vaqt
sezgisi uning miya ritmlari, xususan, miya faolligini tavsiflovchi «alfa» ritm bilan
bog‘liq, degan taxminni  ilgari surgan. Ba’zan vaqt sezgisi  almashinuv jarayonlari
bilan   bog‘lanadi.   Qarilikda   moddalar   almashinuvining   faollik   darajasi   pasaygani
sababli, ichki hayot mexanizmining harakati ham sekinlashadi. 
Yaxlit organizm sifatidagi jamiyat ham o‘z vaqt munosabatlari va rivojlanish
ritmlariga ega. Ular ijtimoiy o‘zgarishlar, ishlab chiqarish va fanning rivojlanishiga
qarab   yo   tezlashishi,   yo   sekinlashishi   mumkin,   ba’zan   hatto   muayyan   ijtimoiy
jarayonlarning stagnasiya holati to‘g‘risida ham so‘z yuritiladi. 
6     -MASALA   .Hozir   «Ijtimoiy   vaqt   mavjudmi»   degan   masala   bahsli   emas.
Muammo   uning   mazmunida   qanday   ustuvorliklar   va   konstantalar   mavjudligida.
Ijtimoiy   vaqt   individ   vaqti   va   avlod   vaqtiga   bo‘linadi.   U   kishilik   jamiyatining
o‘zgaruvchan   informasion   sig‘imiga   bog‘liq.   Falsafiy   adabiyotlarda   vaqt
jarayonlariga   makon   xossalarining   kirishi,   ya’ni   ijtimoiy   vaqt   uzunligi   –   hayot sikllari   bosqichlarining   ketma-ketligi   sifatida,   kengligi   –   faoliyat   turlarining
miqdoriy   rang-barangligi   sifatida,   chuqurligi   –   individning   o‘zi   ishtirok
etayotgan   faoliyat   turlaridagi   faollik   darajasi   sifatida   ko‘rsatilishi   bilan
bog‘liq  fikrlarga  ham  duch  kelish   mumkin.  Makon  va   vaqt   aloqasi  hamma   joyda
har xil bo‘lgan «mahalliy vaqt» tushunchasida yorqin namoyon bo‘ladi. 
Bularning   hammasi   makon,   vaqt   va   materiya   jarayonlari   o‘zaro   bog‘liq
ekanligini   yana   bir   karra   tasdiqlaydi.   Nazariy   jihatdan   esa,   makon   va   vaqt
munosabatlarining   relyasion   va   dinamik   konsepsiyalari   rivojlanishining
ahamiyatini yanada oshiradi, bu borada tadqiqotlar olib borish zaruratini namoyon
qiladi. 
Ijtimoiy   makon.   Makon   va   vaqt   munosabatlarining   yanada   murakkabroq
manzarasi   ijtimoiy   tuzilmalarda   kuzatiladi.   Bu   insonning   dunyoga   munosabati
bilan   belgilangan,   inson   faoliyati   va   amaliyotining   o‘ziga   xos   xususiyatlariga
tarixiy   bog‘liq   bo‘lgan   ijtimoiy   makon   to‘g‘risida   so‘z   yuritish   o‘rinli   bo‘ladi.   U
alohida   insoniy   ma’no   kasb   etadi   va   biosfera,   sayyora   va   koinot   darajasidan   bir
vaqtda   o‘rin   oladi,   shu   bilan   birga   inson   yaratgan   infratuzilma,   o‘zlashtirilgan
hududlar,   foydalanilayotgan   suv   va   fazo   okeanlari,   jamuljam   holda   inson
yashaydigan   makonga   aylangan   koinot   kengliklari   ko‘rinishida   ulardan   ajralib
turadi.   Bunda   ko‘lamli   strukturalar   o‘z   holicha,   xaotik   tarzda   vujudga   kelmaydi,
balki   jamiyat   evolyusiyasi   obektiv   jarayonlarining   mahsuli   hisoblanadi   va
muayyan   xalqlarning   turmushi   va   madaniyatini,   ularning   iqtisodiy   va   ijtimoiy
rivojlanish   darajasini,   ma’lum   vaqt   ruhini   o‘zida   aks   ettiradi.   Bularning   barchasi
pirovardida   «ikki lamchi   tabiat»ni   tashkil   etadigan   tegishli   arxitektura,
o‘zgartirilgan landshaft va shu kabilarda o‘z aksini topadi. 
Ijtimoiy vaqt  ham o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, u, biologik va planetar-
kosmik   vaqtdan   farqli   o‘laroq,   notekis   oqadi.   I nsoniyat   shakllanish   jarayonining
dastlabki   bosqichida   boshla n gan   ijtimoiy   vaqt   keyingi   davrlarda   deyarli
o‘zgarishsiz   kechdi   va   fan-texnika   taraqqiyotining   ilk   alomatlari   paydo   bo‘lishi
bilan, XVII-XVIII asrlardan e’tiboran jadalroq sur’at kasb eta boshladi. XX asrda
yuz   bergan   fan-texnika   inqilobi   ijtimoiy   makonni   keng   qamrab   oldi   va   ijtimoiy- iqtisodiy   jarayonlarning   rivojlanishiga   alohida   tus   berib,   vaqt   harakatini   misli
ko‘rilmagan   darajada   jadallashtirdi.   Yer   kurrasi   «kichrayib»,   insoniyat   uchun   tor
bo‘lib   qoldi,   uning   bir   chetidan   narigi   chetiga   o‘tish   endilikda   soatlar   bilan   (Oy,
Mars,   Venera   va   boshqa   kosmik   jismlarga   uchish   tezligi   va   vaqtini   hisobga
olmaganda)   o‘lchanmoqdaki,   XX   asrda   buni   hatto   tasavvur   qilish   ham   mumkin
emas edi. 
Ijtimoiy   vaqtda   muayyan   odamlar,   ijtimoiy   jamoalar,   ayrim   hamjamiyatlar,
millatlar,   davlatlar   va   pirovard   natijada   butun   insoniyat   borlig‘ining   vaqt
ko‘rsatkichlarini   farqlab,   ijtimoiy   vaqt   strukturasining   murakkabligi   to‘g‘risida
ham   so‘z   yuritish   mumkin.   Ulardan   har   birining   yashash   vaqti   va   sur’ati   har   xil
bo‘lib, o‘z xususiyatiga ega. Aslini olganda, turli mamlakatlar va xalqlar jamuljam
holda   butun   insoniyatni   ifoda   etsa-da,   amalda   turli   tarixiy   davrlarda:   kimdir
o‘tmishda, kimdir hozirgi davrda, kimdir esa kelajakda yashaydi. Bunga, xususan,
amerikalik   taniqli   futurolog   E.Toffler   e’tiborni   qaratadi.   Uning   fikricha,   «Er
aholisining 70% o‘tmishda (turli o‘tmishda), 25% - hozirgi davrda, 3% - kelajakda
yashaydi,   qolganlar   esa   marginallar   bo‘lib,   ular   har   qanday   vaqtdan
tashqaridadir» 1. 1.
 
1. 1
  Қаранг:  Вестник Российского университета  д ружбы народов. Серия «Философия». 2006. №1(11). – С.  46.  FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR   RO‘YXATI :
1.   «Qur'oni     karim».     (A.Mansur     taijima     va     izohlari).     «Cho'lpon».    
Tosheknt,   1992
2.   A.Gxosh.   Chelovecheskiy   sikl.     Kazan.     1992
3.   A.Navoiy.   Lisonut-tayr.   Т .,     1984.
4.   A.Sh.Juzjoniy.   Tasavvuf   va   inson.   Т .,   «Adolat», 2001
5.   A.Shimmel.   Jononmeningjonimda.   Т .,   «Sharq»,     1999.
6.   Abdulhay     Abdurahmonov.     Saodatga     eltuvchi     bilim.     I-II     kitob.     Т .,   «Movarau
nnahr»,   2005.
7.   Abdurahmon     Jomiy.     O'zFA     X.S.Sulaymonov     nomidagi     qo'lyozmalar   instituti
.   Т .,     1997.
9.   Abu   Ali   Ibn   Sino.   Falsafiy   qissalar.   (A.Irisov   taijimasi.   Т .,     1980).
10.     Abu   Nasr   Farobiy.   Fozil odamlar   shahri.   Т .,     1993.
11.     Abul     Muhsin     Muhammad     Baqir     ibn     Muhammad     Ali     Bahouddin  
Balogardon.   Т .,   «Yozuvhi»,     1993.
12.     Aziziddin   Nasafiy   «Zubdat   ul   haqoyiq»   1.1997.
13.     Ahmad   Yassaviy.   Devoni   hikmat.   Т .,   1992.

Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi Reja: 1. Falsafa tarixida Borliq muammosi.Borliq shakllarining tasnifi : tabiat borligi ,ma’naviy borliq,ijtimoiy Borliq va inson borligi.Vertual borlig tushunchasi .Energiya Borliq shakli. 2.Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari.Olamning paydo bulishi va evolyusiyasi 3.Moddiy obekt tizim sifatida : geosentrik va nogeosentirik moddimy tizimlar.Kengayuuvchi olam gepotizasi.Universal kosmik galogramma. 4.Xarakat materiyaning yashash sharti.Xarakatning tiplari va shakllari 5.Falsafa tarixida makon va vaktga substonsional va relyasion yondoshuvlar 6.Indivudial vakt inson mavjudlik vakti sifatida. Uz uzidan tashkillashtiriruvchi –materiyaning atributi.

Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon, zamon, harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan, avvalo fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o‘rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Bugungi kunda olimlar notirik, tirik dunyo va ijtimoiy dunyo nima, degan savollarga javob topishda jiddiy yutuqlarga erishganlar. Ular dunyo haqida bir qarashda yaqindagina – o‘tgan asrda yashagan o‘z hamkasblariga qaraganda to‘laroq va teranroq tasavvurga egadirlar. Ammo, dunyoning mohiyati haqidagi ko‘pgina muhim savollarga hozir ham aniq va uzil-kesil javoblar mavjud emas. Masalan, nafaqat makon yoki vaqt tushunchalariga, balki nisbatan soddaroq hodisa bo‘lmish gravitasiya tushunchasiga ham dunyoda biron-bir fizik bugungi kunda ham aniq (ayni paytda tajribada tasdiqlanadigan) ta’rif bera olmaydi. Shu sababli insonning dunyo haqidagi qarashlarida muhim rol o‘ynaydigan, biroq ilmiy yechimini topmagan muammolarni falsafiy anglab yetishga kuchli ehtiyoj doimo mavjud bo‘lgan va hozir ham saqlanib qolmoqda. Bu muammolarning aksariyati haqli ravishda «boqiy» muammolar deb ataladi, chunki ular predmeti mos kelsa ham bilish metodlari va vositalari har xil bo‘lgan fan va falsafa e’tiborini o‘ziga qayta va qayta tortib kelmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, fizika va boshqa muayyan fanlarga joiz bo‘lmagan narsalar falsafa uchun joizdir. Aniq dalillarga tayanadigan va ularga muvofiq qarashlar birligiga erishishga harakat qiladigan tabiatshunoslikdan farqli o‘laroq, falsafa yakdillikka intilmaydi va ayni bir muammolar bo‘yicha ba’zan qarama-qarshi, bir-birini istisno etuvchi javoblar beradi. Shu tariqa u dunyoqarashni kengaytiradi, eski muammolarning odatdagi talqinini o‘zgartiradi, aniq fanlarning metodlari bilan amalga tatbiq etiladigan yangi yechimlar ustida ijodiy izlanishga da’vat etadi. Shu tariqa falsafa evristik va metodologik rolni bajarar ekan, ayni vaqtda o‘zi ham tabiatshunoslik oluvchi ishonchli natijalarga muhtoj bo‘ladi va ulardan yangi nazariyalar tuzish uchun asos sifatida foydalanadi. Shu sababli biz borliqning asosiy shakllari va fundamental asoslarini falsafa nuqtai nazaridan o‘rganar ekanmiz, albatta yo ishonchliligi shubha uyg‘otmaydigan, yo borliqni yaxshiroq

tushuntirgani uchun qabul qilinadigan tabiiy-ilmiy material va daliliy ma’lumotlarga tayanamiz. Ontologiya tushunchasi . O‘quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o‘rganish odatda ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo‘lib, unda borliq va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o‘rganiladi, shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo‘lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o‘zaklarga ega bo‘lib (ontos – borliq, logos – so‘z, ta’limot), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Ontologiya falsafada alohida o‘rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo‘ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O‘z navbatida ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o‘z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko‘p jihatdan belgilaydi. «Borliq» kategoriyasi. Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar apparatini tashkil etadigan ko‘p sonli falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o‘rinni egallaydi. Chunki u har qanday predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, aniqroq aytganda, ularning mavjud bo‘lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo‘lish, o‘zaro ta’sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi. Bu inson o‘zligini va o‘zini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch keladigan har qanday obektning, borliq har qanday qismining umumiy xossasidir. Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq o‘z dunyoqarashining negizini tashkil etadigan muhim savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash keladi: 1. «Men kimman?»

2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?» 3. «Borliq qanday va qaerdan paydo bo‘lgan?» 4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?» 5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsadga muvofiqlik, maqsad, mo‘ljal bormi?» I nson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi avvalo o‘zi nima bilan bevosita ish ko‘rayotganini qayd etadi. Buni aniq anglamasdan, u o‘zining dunyo haqidagi mulohazalarini aniq-ravshan narsalarni qayd etishdan boshlaydi. Shu tariqa inson va uning ongi o‘zini qurshagan barcha narsalar avvalo mavjud bo‘lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiladi. Shunday qilib, borliq masalasi inson ning dunyoni oqilona anglash yo‘lidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan barcha masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o‘rin oldi. Mifologiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani» haqida gapirib berishni falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydo bo‘lgani va qaerga yo‘qolishi»ni oqilona tushuntirish bilan almashtirgani tasodifiy emas. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda quyidagi savollarga javob topish zaruriyati bilan to‘qnash kelganlar:  falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?  bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?  unga qanday falsafiy ma’no yuklanadi? Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda tutadi. Mazkur dastur bo‘yicha ta’lim oluvchilar tarixiy-falsafiy kurs bilan tanish bo‘lishlari lozimligini hisobga olib, bu yerda faqat falsafiy tafakkur tarixiga qisqacha to‘xtalamiz va mazkur muammoni anglab yetish jarayonidagi muhim bosqichlarinigina qayd etamiz. Falsafa tarixida borliq muammosi. «Borliq» kategoriyasi falsafa paydo bo‘lishi bilan shakllangan va izchil nazariy qiziqish predmetiga aylangan bo‘lsa da ,

dunyo haqida odamlar ancha oldinroq fikr yurita boshlaganlar va bu tasavvurlar ko‘p sonli afsonalar va miflarda bizgacha yetib kelgan. Borliq muammosini falsafiy anglab yetishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan, Vedalar (qadimgi hind tafakkurining ilk yodgorliklari) va ularga diniy-falsafiy sharhlar – Upanishadalarda yaxlit ma’naviy substansiya, o‘lmas jon haqidagi g‘oyalar, shuningdek dunyo haqidagi materialistik va ateistik tasavvurlar o‘z aksini topgan. So‘nggi zikr etilgan tasavvurlarga muvofiq butun borliqning negizini tabiiy asoslar – olov, havo, suv, yorug‘lik, makon, vaqt tashkil etadi. Q adimgi Hindiston mutafakkirlari borliq sirining tagiga yetishga harakat qilar ekanlar, quyosh tunda qaerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yo‘qoladi kabi savollarga javob topishga uringanlar va bu tasavvurlarni insoniyatga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi kitob – Rigvedalarda aks ettirganlar. Q adimgi Xitoy falsafasi avvalo ijtimoiy muammolarga qarab mo‘ljal olgani bois, unda inson borlig‘iga, shuningdek ijtimoiy borliqqa ko‘proq e’tibor berilgan. Ayni vaqtda, tabiatning birinchi asoslari ham e’tibordan chetda qolmagan. Bu qiziqish, xususan, narsalar va hodisalarning butun rang-barangligini belgilovchi besh stixiya (suv, yer, daraxt, temir, olov) haqidagi ta’limotda o‘z aksini topgan. Keyinroq «O‘zgarishlar kitobi»da borliqning butun rang-barangligini tashkil etuvchi bunday birinchi asoslarning sakkiztasi qayd etiladi. Xudolarning kelib chiqishi, ularning hayoti, ishlari, o‘zaro kurashi haqida hikoya qiladigan va shu tariqa qadimgi odamlarning dunyoning vujudga kelishi va evolyusiyasi haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan kosmogonik miflar Suqrotga qadar avvalo tabiat falsafasi sifatida yuzaga kelgan va rivojlangan yunon falsafasining birinchi manbai bo‘lib xizmat qildi. Ilk yunon faylasuflari o‘z asarlarini odatda «Tabiat haqida» deb nomlaganlari, ularning o‘zlari esa naturalistlar, «fiziklar» deb atalishi bu fikrni tasdiqlaydi. Sharq donishmandlari kabi, antik mutafakkirlarni ham borliqning manbalari qiziqtirgan. Q adimgi yunon falsafasi vujudga kelgan paytdan boshlab ular butun