logo

FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

45.94140625 KB
FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI
Reja:
1. Falsafa atamasining kelib chiqishi.
2. Dunyoqarash va uning tarixiy shakllari.
3. Falsafaning asosiy masalalari.
4. Falsafa va fanning o'zaro mutanosibligi va farqi. «Falsafa»   tushunchasining   kelib   chiqishi.   Har   qanday   noma’lum   so’z
mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga
kelganini   aniqlashdan   boshlash   o’rinli   bo’ladi.   «Falsafa»   tushunchasi   yunoncha
phileo   –   sevaman   va   sophia   –   donolik   so’zlaridan   kelib   chiqqan   bo’lib,   mazkur
atamaning   dastlabki   ma’nosini   donolikka   muhabbat   deb   talqin   qilish   mumkin.
Falsafa   so’zini   ilk   bor   qadimgi   yunon   mutafakkiri   pifagor   miloddan   avvalgi   VI
asrda   tayyor   holda   (afsonalar,   rivoyatlar,   an’analar   orqali)   avloddan-avlodga
o’tuvchi bilim va inson o’z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy
tushunish yo’li bilan olishi mumkin bo’lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan. 
Shuni  ta’kidlash  lozimki, pifagor  ham, qadimgi  davrning boshqa  faylasuflari
ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo’lgan va mohiyat
e’tibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga ko’targan ma’nosidan
boshqacharoq ma’no yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o’zlarini donishmand deb
hisoblamaganlar   va   donolikka   da’vo   qilmaganlar,   zero,   o’sha   davrda   keng
tarqalgan   tasavvurga   ko’ra,   haqiqiy   donishmandlik   ajdodlardan   meros   qolgan,
asrdan   asrga   o’tib   kelayotgan   afsonalar,   din   va   rivoyatlarda   mujassamlashgan.
Donishmandlar   deb,   asrlar   sinovidan,   eng   so’nggi   haqiqat   manbai   sifatidagi
bilimlarga   ega   bo’lgan   bashoratgo’ylar,   kohinlar   va   oqsoqollar   e’tirof   etilgan.
Ularning   so’zlari   birdan-bir   to’g’ri   deb   qabul   qilingan.   Faylasuf   esa,   qadimgilar
fikriga   ko’ra,   izlanuvchi,   donishmandlik   muxlisi   bo’lishi,   e’tiqod   sifatida   qabul
qilingan   tayyor   haqiqatlarga   emas,   balki   o’z   aqliga   tayanib,   ijodiy   yo’l   bilan,
Shuningdek   boshqa   faylasuflar   tomonidan   olingan   bilimlar   va   tajribadan
foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo’lgan. Falsafa   shakllanishining   asosiy   bosqichlari.  
Falsafa   haqida   gapirish   –
inson   dunyoqarashi,   uning   oqilona   fikrlash   qobiliyati   haqida,   binobarin,   uning
mohiyati va Yerda paydo bo’lish tarixi haqida ga’irish demakdir. Bu yerda biz hali
kam   o’rganilgan   murakkab   muammolarga   duch   kelamiz,   zero   insonning   kelib
chiqishi   odamlar   doim   javobini   to’ishga   harakat   qilgan   buyuk   jumboqlardan   biri
hisoblanadi.   Ammo   bilimning   bu   sohasida   yechilmagan   muammolar   bugungi
kunda   ham   bisyor.   Xususan,   inson   nima   uchun,   qaerdan,   qaysi   sabablarga   ko’ra paydo   bo’lgan,   degan   savolga   aniq,   umumiy   e’tirof   etilgan   javob   hanuzgacha
mavjud   emas.   Xuddi   Shuningdek,   aql   faqat   insonga   xosmi   yoki   uning   inson
borlig’ida   mavjudligi   ob’ektiv   borliqning   bir   parchasi,   ayrim   hodisasimi?,   degan
savol ham hali o’z javobini to’ganicha yo’q. 
Binobarin,   insoniyat   tarixi   haqidagi   hozirgi   ilmiy   tasavvurlar   nuqtayi
nazaridan   ayrim   masalalar   mavjud   bo’lib,   ular   xususida   olimlar   va   mutaxassislar
ma’lum   bir   to’xtamga   kelganlar.   Xususan,   boy   tarixiy   material,   arxeologiya   fani
olgan daliliy ma’lumotlari, Shuningdek boshqa fanlarning metodlari bilan olingan
natijalar (masalan, jinslar, foydali qazilmalar yoshini aniqlash va sh.k.)ni e’tiborga
olgan   holda,   ishonch   bilan   inson   sayyoramizda   hayotning   tadrijiy   (evolyutsion)
rivojlanishi mahsulidir, deb qayd etish mumkin. Hozirgacha mavjud bilimlar oddiy
mehnat   qurollarini   yasagan   insonsimon   mavjudotlarning   (lot.   homo   habilis   –
uquvli   odam)   qadimgi   manzilgohlari   taxminan   3-5   mln   yil   oldin   paydobo’lgan,
degan xulosaga kelish imkonini beradi. 
Arxeologik   va   ilmiy   ma’lumotlarga   ko’ra,   qaddini   tik   tutib   yuradigan   odam
yoshi  taxminan 1,5 mln yilni  tashkil  etadi. Homo sa’iens,  ya’ni  aqlli  odamlar  ti’i
atigi   40-60   ming   yil   oldin   vujudga   keldi.   Mutaxassislar   fikricha,   insonda   ong
paydobo’lib,   ijtimoiy   mavjudot   sifatida   uzil-kesil   shakllanganidan   beri,   uning
asosiy   xususiyatlarida   jiddiy   o’zgarishlar   yuz   bergani   yo’q,   ya’ni   u   hozirgi
odamlardan deyarli farq qilmaydi. 
Ong   paydobo’lishi   esa,   ilmiy   tasavvurlarga   muvofiq,   inson   tarixiy
rivojlanishining   odam   miyasi   o’sib   borayotgan   mehnat   faolligi   va   verbal   (nutq
orqali)   muloqot   ta’sirida   o’ta   rivojlanib,   murakkab   mavhumliklarni   tushunadigan
darajaga yetgan davri bilan bog’lanadi. Shunday qilib, inson tushunchalarga ta’rif
berish,   mulohazalar   bildirish   va   mushohadalar   yuritish   yo’li   bilan   sodda,   lekin
so’zning to’la ma’nosida aqliy ish olib bora boshladi. 
Dunyoqarashning   mohiyati.   Ayni   Shu   davrdan   boshlab   insonning   ancha
rivojlangan   dunyoqarashi   shakllangani   haqida   va   umuman   to’plangan   bilimlar,
amaliy   ko’nikmalar,   vujudga   kelgan   qadriyatlar,   o’zi   va   o’zini   qurshagan   dunyo haqidagi   tasavvurlar   majmui   sifatidagi   odamlar   dunyoqarashi   to’g’risida   ishonch
bilan so’z yuritish mumkin. 
Hayot   tajribasi   va   empirik   bilimlar   asosida   shakllanadigan   dunyoqarash
oddiy   yoki   empirik   dunyoqarash   deb   ataladi   va   insonning   dunyo   haqidagi
tasavvurlarining   qismlarga   ajralmagan,   tizimsiz   majmui   sifatida   amal   qiladi.   U
har   qanday   dunyoqarashning   negizi   hisoblanadi   va   odamlarga   kundalik   hayoti,
faoliyatida   yo’l   ko’rsatib,   ularning   xulq-atvori,   aksariyat   qilmishlarini   belgilab,
muhim regulyativ funksiyani bajaradi. 
To’liqroq,   kengroq   ta’rif   beradigan   bo’lsak,   dunyoqarash   –   insonning   o’zini
qurshagan   borliqqa   va   o’z-o’ziga   bo’lgan   munosabatga   nisbatan   yondashuvlar
tizimi,   Shuningdek   odamlarning   mazkur   yondashuvlar   bilan   belgilangan   hayotiy
ideallari, e’tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo’ljallaridir. 
Shu   tariqa   ta’riflanadigan   dunyoqarash   faqat   insonga   xos   bo’lib,   bu   unda
shakllangan   ong   va   oqilona   faoliyat   mavjudligi   bilan   bog’liqdir.   Bunda   inson
nafaqat   tushunchalar   yaratish   va   mulohaza   yuritish,   xulosalar   chiqarish   va
qoidalarni ta’riflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish
uchun   foydalana   boshlaydi.   Insonning   bunday   faoliyatini,   uning   ijodiy   faolligini
tavsiflovchi   aql   odamzod   va   jamiyat   evolutsiyasini   jadallashtirishning   qudratli
omiliga   aylanadi   va   pirovardda   insonni   hayvondan   ajratish   imkonini   beruvchi
asosiy belgi sifatida amal qiladi.
Dunyoqarashning   tuzilishi   dunyoni   sezish,   dunyoni   idrok   etish   va   dunyoni
tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat . 
Dunyoni   sezish   –   bu   o’zini   qurshagan   dunyoni   sezgilar   yordamida   hissiy
idrok   etishdir.   Bunda   tuyg’ular,   kayfiyat   dunyoni   go’yoki   ranglarga   bo’yaydi,
uning obrazini sub’ektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Masalan, bemor
odamga   haddan   tashqari   yorug’   bo’lib   tuyulishi   mumkin   bo’lgan   nur,   sog’lom
odam uchun normal bo’ladi; daltonik ranglar gammasini, ko’rish qobiliyati normal
bo’lgan   odamga   qaraganda   butunlay   boshqacha   idrok   etadi.   Bundan   dunyoni
sezishning har xil, xususan o’timistik, ‘essimistik, fojeaviy ti’lari kelib chiqadi.  Dunyoni idrok etish   –   bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir.
Dunyoni  idrok etish  to’g’ri  yoki  noto’g’ri  bo’lishi,  ya’ni  borliqqa mos kelmasligi
mumkin.   Bu   holda   borliq   noto’g’ri   tasavvur   qilinadi   yoki   illyuziyalar,   alvastilar,
kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o’xshash fantaziyalar paydo bo’ladi . 
Dunyoni   tushunish   –   insonning   va   uni   qurshagan   dunyoning   mohiyatini
aniqlash,   Shuningdek   tabiatda   yuz   beruvchi   voqea   va   jarayonlarning   o’zaro
aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.  
Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish nafaqat
insonga, balki hayvonlarga ham xos bo’lsa, dunyoni tushunish esa faqat odamlarga
xos xususiyatdir. 
Dunyoqarashning   tarixiy   shakllari.   Turli   davrlar   bilishni   yanada
teranlashtirdi   va   inson   dunyoqarashini   kengaytirdi.   Shunga   mos   ravishda   oddiy
(empirik)   dunyoqarash   ham   boyib   bordi,   uning   negizida   o’zini   o’zi   tashkil   etish
qonunlariga   muvofiq   yanada   murakkabroq   tuzilmalar   asta-sekin   shakllandi   va   bu
pirovard     natijada   dunyoqarashning   alohida   shakllari   yoki,   tarixiy   ti’lari
farqlanishiga olib keldi. 
Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo’lib,
bu   hol   insoniyat   tadrijiy   rivojlanishining   umumiy   mantiqi   bilan   mushtarakdir.
Ko’nikmalar, tajriba va oddiy bilimlar to’planishiga qarab, nafaqat ularni avloddan
avlodga   o’tkazish   muammosi   yuzaga   kelgan,   balki   ibtidoiy   odamlarning
dunyoqarashi   ham   murakkablashib   borgan.   Bu   dunyoqarash   rivojlanishining
muayyan   bosqichida,   to’plangan   bilimlarning   «yuqori   bosqichiga»   yetilgach,
boshqa har qanday murakkab tizimda bo’lganidek, dunyoqarashda ham o’zini o’zi
tashkil etish qonunlari amal qila boshlagan. 
Masalan,   bu   hodisaning   mohiyatini   yaxshiroq   tushunish   uchun   shaxsiy
kutubxonada kitoblar yig’ilishi bilan bog’liq misolga murojaat etish o’rinli bo’ladi.
Mazkur   kutubxonada   kitoblar   bir   nechta   bo’lsa,   ularni   tizimga   solish   talab
etilmaydi,   ular   qaerda   yotgani   va   ularning   o’zaro   munosabati   qandayligi   ham
ahamiyat kasb etmaydi. Kutubxona hajmi o’nlab kitoblar bilan o’lchangan taqdirda
esa,   ulardan   foydalanishga   qulaylik   yaratish   uchun   kitoblarni   muayyan   tarzda joylashtirish,   tizimga   solish   talab   etiladi.   Kitoblar   soni   qancha   ko’p   bo’lsa,   ular
bilan   ishlash   Shuncha   oson   va   qulay   bo’lishi   uchun   ularni   tasniflash,   tartibga
solish, ruknlarga ajratish tizimi Shuncha murakkab bo’ladi.
Ibtidoiy   odamlarning   ancha   rivojlangan   dunyoqarashida   o’zini   o’zi   tashkil
etish   qonunlariga   muvofiq   ayni   Shunday   tartiblilik   dastavval   mif   hamda   dinning
ilk shakllari ko’rinishida vujudga keldi. 
Mif - dastlabki dunyoqarash shakli.  «Mif» tushunchasi yunoncha “mythos”
so’zidan   kelib  chiqqan   bo’lib,   afsona,   rivoyat   degan   ma’noni   anglatadi .  Mif   –   bu
turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar,
xudolar   va   qahramonlarning   ishlari   haqidagi   tasavvurini   ifodalovchi   muayyan
tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir. 
Mifda   bilimlar,   diniy   e’tiqodlar,   ma’naviy   madaniyatning   turli   elementlari,
san’at,   ijtimoiy   hayot   kurtaklari   birlashgan   bo’lib,   Shu   tariqa   ibtidoiy   odamlar
dunyoqarashi ma’lum darajada tartibga kelgan, ularning dunyo haqidagi qarashlari
esa   muayyan   tizimga  solingan.   Mazkur   tizimga   solishning   muhim   shakllari   epos,
ertaklar,   afsonalar,   rivoyatlar   bo’lib,   miflar   avvalo   ular   orqali   ifodalanadi.   Shu
tariqa to’plangan bilimlar va tajriba keyingi avlodlarga o’tishi ham ta’minlanadi. 
Mifologik   va   diniy   dunqarashning   o’zaro   aloqasi   va     farqi .   Mifologik
dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati Shundan iboratki, bu oddiy rivoyat, biron-
bir   voqea   haqidagi   hikoya   emas,   balki   og’zaki   «muqaddas»   matnning   arxaik
ongdagi   voqea-hodisalarga,   insonga   va   u   yashayotgan   dunyoga   ta’sir
ko’rsatuvchi   muayyan   borliq   sifatidagi   in’ikosidir .   Mif,   insoniyat   tarixining   ilk
bosqichlarida,   odamlar   xulq-atvori   va   o’zaro   munosabatlarini   tartibga   solish
funksiyasini   bajargan,   chunki   unda   axloqiy   qarashlar,   insonning   borliqqa   estetik
munosabati o’z ifodasini to’gan. Mifologiyaga shu narsa xoski, unda hamma narsa
bir,   yaxlit,   ajralmasdir;   tabiat   narsalari   va   hodisalari   inson   bilan   ayni   bir
qonunlarga muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega
bo’ladi. 
Shunday   qilib,   mif   kimningdir   uydirmasi   yoki   «o’tmish   sarqiti»   emas,   balki
shunday bir  o’ziga xos tilki, inson uning yordamida qadim  vaqtlardanoq dunyoni tavsiflagan,   o’zining   o’sib   borayotgan   tarqoq   bilimlarini   umumlashtirgan,   talqin
qilgan, tasniflagan va muayyan tizimga solgan. 
Mifda   ota,   oqsoqol   hukmi   va   qaror   to’gan   an’analar   ayniqsa   muhim   rol
o’ynaydi.   Rivoyat   va   uning   mazmuniga   nisbatan   bunday   munosabat   zamirida
e’tiqod,   borliqni   bevosita,   emotsional   idrok   etish   yotadi.   Mifologik   dunyoqarash
dunyoni yaxlit tushunish bo’lib, unda Shubhaga o’rin yo’qdir . 
Mifologiya (miflar majmui sifatida) qadimgi odamlar dunyoqarashi bilangina
uzviy bog’liq emas. Oddiy ongda yashaydigan din, falsafa, siyosat, san’atda aniq-
ravshan   yoki   ‘ardalangan   ko’rinishda   mavjud   bo’lgan   miflar   bugungi   kunda   ham
(kim uchundir ko’proq, kim uchundir kamroq darajada) odamlar hayoti va ijodida
faol   rol   o’ynab,   har   qanday   inson   dunyoqarashining   tarkibiy   qismi   bo’lib
qolmoqda. Jamiyatning axborotlaShuvi jadal sur’atlarda o’sib borayotgan sharoitda
mif   televidenie,   radio,   vaqtli   matbuot,   hozirgi   saylov   texnologiyalari   vositasida
ba’zan ijtimoiy ong bilan manipulyatsiya qilish, oldindan belgilangan jamoatchilik
fikrini shakllantirish vositasi sifatida qo’llanilmoqda. 
Diniy dunyoqarashning shakllanishi va mohiyati.  Dunyoqarashning tarixan
ikkinchi shakli dindir. (Din so’zi arabchadan tarjimada e’tiqod, ishonch, ishonmoq
degan   ma’nolarni   anglatadi.)   Mif   kabi,   din   zamirida   ham   e’tiqod,   tuyg’ular   va
emotsiyalar   yotadi.   Garchi   din   kurtaklari   «aqlli   odam»   dunyoqarashi
shakllanishining   dastlabki   bosqichlarida,   ya’ni   taxminan   40-60   ming   yil
muqaddam   paydo   bo’lgan   bo’lsa-da,   umuman   olganda   u   dunyoqarashning
mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan mif ta’sirida insonning abstrakt fikrlash
qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan. 
Diniy   dunyoqarash   odamlarning   g’ayritabiiy   narsalar   (xudolar,   «oliy   aql»,
qandaydir   absolyut   va   sh.k.)ga   bo’lgan   e’tiqodiga   asoslanuvchi   tegishli   xulq-
atvori   va   o’ziga   xos   harakatlaridir.   Agar   mifologiyada   an’anaga,   rivoyat
qiluvchining, ya’ni oqsoqolning obro’siga e’tiqod kuchli bo’lsa, dinda g’ayrioddiy
narsalarga e’tiqod birinchi o’rinda turadi, oliy kuchlar nomidan rivoyat  qiluvchi
ruhoniylar obro’si esa ikkinchi darajali rol o’ynaydi.  Xullas, din murakkab ma’naviy tuzilma va ijtimoiy-tarixiy hodisa bo’lib, unda
e’tiqod   muqarrar   tarzda   birinchi   o’ringa   qo’yiladi   va   hamisha   bilimdan   ustun
turadi.
bga ko’ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o’xshamaydi. 
Dinning   asosiy   funksiyalari.   Mif   bilan   taqqoslaganda,   din   funksiyalari
murakkabroqdir.  Din funksiyalari orasida quyidagilarni farqlash mumkin:
dunyoqarashni   shakllantirish   funksiyasi   butun   borliq   qachon   va   nima
uchun   paydobo’lgan   va   bunda   g’ayrioddiy   kuchning   olamShumul   roli   qanday
namoyon bo’lgan, degan savollarga javob beradi;

kommunikativ funksiya si   muloqot va shaxslararo  aloqalarning muayyan
ti’ini ta’minlaydi, jamiyatning ji’slaShuvi va yaxlitligiga ko’maklashadi;

tartibga solish funksiyasi odamlar xulq-atvorini tartibga soluvchi tegishli
me’yorlar va qoidalarni belgilaydi;

kom p ensator lik   funksiya si   etishmayotgan   axborot,   diqqat-e’tibor,
g’amxo’rlik   o’rnini   to’ldiradi,   hayot   ma’nosi,   istiqbollar   va   Shu   kabilarning
yo’qligini   sezdirmaydi,   ya’ni   insonning   kundalik   hayotda   qondirilmagan
ehtiyojlari o’rnini to’ldiradi. 
Dinning asosiy ildizlari.  Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bo’lib, u
insonning   g’ayrioddiy   narsalar   va   hodisalarga   bo’lgan   e’tiqodini   to’yintiruvchi
chuqur ildizlarga egadir.
Dinning   psixologik   ildizi   avvalo   inson   tabiatida   mavjud   bo’lib,   u   inson
intellektining   rivojlanish   darajasi   va   tanqidiy   fikrlash   qobiliyatidan   qat’iy   nazar,
nafaqat   tushunish,   anglash,   balki   e’tiqod   qilish   istagi   va   hattoki   ehtiyojining
hamisha namoyon bo’lishidir. 
Dinning   gnoseologik   ildizlari   oqilona   bilim   nuqtayi   nazaridan   dunyo   o’z
rang-barangligida   insonga   cheksiz   murakkab   bo’lib   tuyulishida   namoyon   bo’ladi.
Forobiy   fikricha   “Din   nazariy   va   amaliy   qonunlar   tuzilgan   paytdagina   odamlar
e’tiqodi,   ta’limi   tarbiyasi   yo’llari   ishlab   chiqilgandagina   paydo   bo’ladi   va
mustahkamlanadi. Ana Shunday din tufayli omma baxt saodat uchun yetarli bilim olishi  mumkin” 1
. Odamzod o’zini qurshagan borliqni  faqat qisman anglab yetadi.
Ayni Shu sababli olam inson uchun sirlar va mo’jizalarga to’ladir. Odamzod o’zi
e’tiqod qiladigan ko’p narsalarni  faqat aqlga tayanib isbotlashga ham, rad etishga
ham   qodir   bo’lmaganidek,   yuqorida   zikr   etilgan   sirlar   va   mo’jizalarga   javob
to’ishga   ham   (balki   hozircha)   qodir   emas.   psixologlar   qayd   etganidek,   «o’ta
mushkul   vazifa   aqlni   o’tmaslashtiradi»,   inson   yechimsiz   muammolar   qarshisida
o’zini ojiz his qiladi va aql dalillarini uydirma, g’ayrioddiy narsalar bilan osongina
to’ldiradi. 
Dinning   ijtimoiy   ildizlari   jamiyatda   doimo   mavjud   bo’lgan   tengsizlik,
qashshoqlik   va   adolatsizlikni,   odamlar   qancha   urinmasin   o’zgartira   yoki   yenga
olmaganligi   bilan   bog’liq.   Adolatsizlik   va   foniy   dunyoning   nomukammalligi
tuyg’usi chorasizlik va umidsizlikni yuzaga keltiradi, so’nggi zikr etilgan tuyg’ular
osongina   u   dunyoda   hayotning   mavjudligiga   bo’lgan   ishonchga   aylanadi.
Vaholanki, har qanday din haqiqiy hayot u dunyodadir, deb o’rgatadi. Muammolar,
qiyinchiliklarga   duch   kelgan   va   real   hayotda   o’ziga   tayanch   to’a   olmagan   inson
g’ayrioddiy kuchlarga umid bog’lab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga e’tiqod
qilib, odamzod taskin va tasalli to’adi va oxir-oqibatda taqdirga tan beradi. 
Dunni idrok etishda falsafiy dunqarashning o’ziga xos roli-   unda dunyoni
bilish,   sezish,   ko’rish   va   tushunishning   butunlay   yangi   sohasi   –   falsafa   vujudga
kelishida   namoyon   bo’ladi.   Darhaqiqat   falsafa   –   bu   nafaqat   u   yoki   bu   odam
dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar borlig’i va bilishining
umumiy tamoyillari, ularning dunyoga munosabati  aks etuvchi, tabiat, jamiyat  va
tafakkurning   eng   umumiy   qonunlari   kashf   etiluvchi   va   ta’riflanuvchi   ma’naviy
faoliyatdir.  ya’ni   bu  dunyoga  va  insonning  undagi  o’rniga   nisbatan  qarashlarning
umumiy tizimidir. 
Bunday   qarashlar   zamirini   savollar   va   insonning   ularga   javob   to’ish   istagi
yotuvchi oqilona yo’l  bilan olingan bilimlar majmuini  tashkil  etadi. Ammo bilish
Shunday bir tabiatga egaki, bir savolga javob ko’pincha boshqa bir talay savollarni
yuzaga   keltiradi   va   ba’zan   muammoga   nafaqat   oydinlik   kiritmaydi,   balki   uni
1
 Al –Fоrоbiy.  Fоzil оdamlar shahri. -T.: SHarq, 1999 –B.93-94. yanada chigallashtirib, insonning qiziquvchanligini oshiradi va yangi tadqiqotlarga
da’vat etadi. Xullas, bu yerda ijod, tinimsiz izlanish, yangilikka intilish to’g’risida
so’z yuritiladi. 
Agar   mifologiya   va   dinda   javobga   urg’u   berilsa,   bilishning   butun   mazmuni
unda   mujassamlashsa,   falsafada   savol,   masala   birinchi   o’rinda   turadi.   U   to’g’ri
va yaxshi ta’riflangan bo’lsa, muammoning mohiyati aniq aks etadi. Savol, masala
insonni   ijodga   rag’batlantiradi,   toki   unga   qoniqarli   javob   olinib,   haqiqatning
tagiga   yetilganiga   ishonch   paydobo’lmagunicha   insonni   izlanishga   da’vat   etadi.
Bunda   savolning   o’zi,   muammoning   qo’yilishi   javobdan   kam   ahamiyat   kasb
etmaydi, ba’zan undan ham muhimroq deb qaraladi. 
Shuni   ham   qayd   etib   o’tish   lozimki,   falsafa,   garchi   muayyan   natijalarga,
mukammal   ta’riflarga,   uzil-kesil   xulosalarga   intilsa-da,   lekin   Shuning   o’zi   bilan
kifoyalanmaydi. Falsafani  avvalo inson madaniyati  sohasida yuz berayotgan, turli
qarama-qarshiliklar   va   o’zaro   ta’sirlar   bilan   uzviy   bog’liq   va   ayni   vaqtda   o’zga
sohalarga o’tish va ularda gavdalanish  qobiliyatiga ega bo’lgan ma’naviy jarayon
sifatida tushunish lozim. 
Bundan   xulosa   Shuki,   falsafiy   mushohada   yuritish   savol   berish,   Shubha
qilish,   javoblar   izlash   va   kuni   kecha   yechilgan   deb   hisoblangan,   shak-Shubhasiz
bo’lib   tuyulgan   masalalarga   qaytish   demakdir .   Falsafa   uchun   «boqiy»,   uzil-kesil
aniqlangan   haqiqatlar,   «noqulay»,   «ilmoqli»   savollar   yoki   man   etilgan   mavzular
mavjud emas.  Falsafa savollar berish, narsalar va hodisalar mohiyatini anglashga
urinish orqali bilish doirasini kengaytirishga harakat qiladi. 
Xullas,  falsafa haqiqat qanday bo’lsa, uni Shunday ifodalab ko’rsatishdir, din
esa –uning ramziy, timsoliy aks etishi. Falsafa asos va mohiyat bo’lsa, din timsol
va   shakl .   Dialektik   munozara   usuli   jamiyatning   kam   sonli   ayonlari   uchun   kerak.
Vahiy yo’lidagi ifoda – xalq ommasining idroki, tarbiya va ta’limi uchun kerak.
Fan-   ilmiy   dunqarash   shakli.   Bilimlarning   o’sishiga   qarab   har   xil
muammolar   va   masalalar   soni   ham   tinimsiz   ko’payib   bordi.   Bu   jarayon   fanning
rivojlanish   sur’ati   yanada   jadallaShuviga   va   u   falsafadan   yanada   ko’proq
ajralishiga   sabab   bo’ldi.   Biroq   fan   bilimning   mustaqil   sohasi,   dunyoqarashning alohida   shakli   sifatida   faqat   XVII-XVIII   asrlarda   to’la   shakllandi.   Muayyan
darajada shartlilik bilan Shuni aytish mumkinki, bu I.Nyuton klassik mexanikaning
asosiy qonunlarini ta’riflab, Shu tariqa tabiatshunoslikning bo’limi – asoslari asrlar
mobaynida   shakllangan,   bosh   tamoyillari   esa   bundan   yuz   yilcha   muqaddam,
avvalo   Galileo   Galiley   tomonidan   ta’riflangan   klassik   mexanikaning
shakllanishiga yakun yasaganidan keyin yuz berdi.
Fanning   funktsiyalari   va   taraqqiyotining   asosiy   bosqichlari.   Miloddan
avvalgi   I   ming   yillikdan   XVI   asrgacha   bo’lgan   davr   ilk   fan   davridir .   Bu   davrda
asrlar   mobaynida   avloddan-avlodga   o’tib   kelgan,   hayot   tajribasi   va   mehnat
faoliyati   jarayonida   olingan   amaliy   bilimlar   bilan   bir   qatorda   juda   umumiy   va
mavhum   mushohadalarga   asoslangan   nazariyalar   xususiyatiga   ega   bo’lgan   tabiat
haqidagi dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela boshlagan. Ilmiy
bilim   kurtaklari   naturfalsafa   doirasida   uning   elementlari   sifatida   shakllangan.
Matematik,   astronomik,   tibbiy   va   boshqa   masalalarni   yechishda   foydalaniladigan
ma’lumotlar,   usullar   va   metodlar   jamlanishi   bilan   falsafada   tegishli   bo’limlar
vujudga   kelgan   va   keyinchalik   asta-sekin   shakllanayotgan   ayrim   fanlar:
matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqgan. 
Jumladan,   Aristotelning   falsafiy   asarlarida   fizika,   zoologiya,   embriologiya,
mineralogiya,   geografiya   kabi   fanlarning   kurtaklariga   duch   kelish   mumkin.
Miloddan   avvalgi   III-II   asrlarda   falsafiy   bilim   tarkibida   statistik   mexanika,
gidrostatika,   geometrik   o’tika   (xususan,   ko’zgular   haqidagi   alohida   fan   –   «ka-
to’trika»)   farqlanadi   va   nisbatan   mustaqil   ahamiyat   kasb   etadi.   Markaziy   Osiyo
mutafakkirlari   al-Xorazmiy   matematika,   al-Farg’oniy   astranomiya,   al-Beruniy
meneralogiya   va   geografiya,   Ibn   Sino   tibbiyot,   Mirzo   Ulug’bek   astranomiya,
Alisher   Navoiy   adabiyot   ilmi   rivojiga   munosib   hissa   qo’shdi   va   ular   ijodi
mahsullari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Biroq bu fanlarda
ayrim   tasodifiy   kuzatishlar   va   amaliyot   ma’lumotlari   umumlashtiriladi-yu,   lekin
eks’erimental  metodlar  hali   qo’llanilmaydi,  aksariyat   nazariy qoidalar   esa  asossiz
va   tekshirib   bo’lmaydigan   s’ekulyatsiyalar   mahsuli   hisoblanadi.   Ammo   ko’rib chiqilayotgan davrda vujudga kelgan ilmiy fanlar bu davr mobaynida falsafiy bilim
qismlari sifatida talqin qilinishda davom etgan. 
Shu narsa  diqqatga sazovorki,  hatto XVII  asr  oxirida Nyuton o’zining fizika
asoslarini   yaratgan   «Natural   falsafaning   matematik   asoslari»   deb   nomlangan
asarini e’lon qilgan.
Shunday   qilib,   falsafadan   alohida   faoliyat   sohasi   sifatidagi   fan   hali   mavjud
bo’lmagan:   u asosan  falsafa  doirasida,   ilmiy  bilimlarning  boshqa  manbai  –  hayot
amaliyoti va hunarmandchilik san’ati bilan bir vaqtda va u bilan juda zaif aloqada
rivojlangan. 
Xullas,   bu   davrda   Qadimgi   Yunonistonda   “Platon   akademiyasi”,   Markaziy
Osiyoda   “Ma’mun   akademiyasi”   tashkil   etilgan,   ilmiy   bilim   rivojida   muayyan
yutuqlarga   erishilgan   bo’lsada,   madaniyatning   alohida   shakli   sifatida   fan
paydobo’lishidan oldingi «embrional» davri hisoblanadi. 
2.   XVI-   XVII   asrlar   –   1   ilmiy   inqilob   davri   bo’lib,   u   klassik   fan   davri   deb
nomlanadi.   U   Ko’ernik   va   Galiley   tadqiqotlaridan   boshlanib,   Nyuton   va
Leybnitsning   fizika   va   matematika   sohasidagi   fundamental   asarlari   bilan   o’z
cho’qqisiga ko’tarilgan. Galiley vafoti (1642 yil 8 yanvar)dan so’ng oradan bir yil
o’tgach   Nyuton   tug’ilgani   (1643   yil   4   yanvar)   ramziydir.   Fanning   bu   buyuk
ijodkorlari   yashagan   davr   –   kashfiyotlar   hamda   yangi   ilmiy   g’oyalarning
mualliflari   sxolastika   va   diniy   dunyoqarash   dogmatizmiga   qarshi   kurash   olib
borgan romantik davrdir. 
Bu davrda hozirgi vaqt tabiatShunosligining asoslari yaratilgan va mexanika
qonuniga   asos   solingan .   Hunarmandlar,   tabiblar,   alximiklar   tomonidan   qo’lga
kiritilgan ayrim dalillar tizimli tahlil qilinib, umumlashtirila boshlagan. Ilmiy bilim
tuzishning   tabiat   qonunlarini   matematik   ta’riflash,   nazariyalarni   tajribada   sinash,
tajribada   asoslanmagan   diniy   va   naturfalsafiy   dogmalarga   tanqidiy   qarash   bilan
bog’liq   bo’lgan   yangi   me’yorlari   va   ideallari   vujudga   kelgan.   Fan   o’z
metodologiyasini   yaratgan   va   amaliy   faoliyat   ehtiyojlari   bilan   bog’liq   bo’lgan
masalalarni yechishga tobora faolroq yo’naltirilgan.  Biroq   fan   o’zining   yangi   metodologiyasini   yaratib,   amaliyot   ruhi   bilan
sug’orilgani   sari   u   o’z   tarixiy   ildizi   –   falsafa   qirg’oqlaridan   uzoqlasha   boshlaydi.
Ko’rib   chiqilayotgan   davr   oxiriga   kelib   u   falsafiy,   diniy,   teologik   aqidalardan
qat’iy   nazar   rivojlanishi   mumkin   bo’lgan   bilimlar   tizimi   sifatida   tuShunila
boshlaydi.   Natijada   fan   faoliyatning   alohida,   mustaqil   sohasiga   aylanadi.
‘rofessional   olimlar   paydo   bo’ladi   ,   ularni   tayyorlash   amalga   oshiriluvchi
universitet   ta’limi   tizimi   rivojlanadi.   O’z   faoliyati,   muloqot   va   axborot
ayirboshlashning   alohida   shakllari   va   qoidalariga   ega   bo’lgan   ilmiy   hamjamiyat
vujud keladi. 
XVII   asrda   dastlabki   ilmiy   akademiyalar:   London   qirollik   jamiyati   (1660),
Parij   Fanlar   akademiyasi   (1666)   tashkil   to’adi.   Keyinroq   Berlinda   (1700),   Sankt-
Peterburgda   (1724),   Stokgolmda   (1739)   va   Yevropaning   boshqa   poytaxt
shaharlarida   ilmiy   akademiyalar   ta’sis   etiladi.   Bu   akademiyalarning   eng   yirigi   -
London qirollik jamiyati bo’lib, u tashkil etilgan paytda 55 a’zodan iborat bo’lgan.
Parij   Fanlar   akademiyasi   21   kishidan   iborat   tarkibda   ish   boshlagan.   Sankt-
Peterburg akademiyasining a’zolar shtatida dastlab 11 kishi belgilangan. Yevropa
mamlakatlarida XVIII asr boshiga kelib olimlar soni bir necha ming kishiga yetgan
bo’lsa   kerak,   chunki   ilmiy   jurnallarning   (bu   davrda   bir   necha   o’n   ilmiy   jurnallar
nashr etilgan) tirajlari ming nusxagacha borgan. 
3 .   XVIII-XIX   asrlar   fani   noklassik   fan   davri   deb   ataladi .   Bu   davrda   ko’plab
ayrim   ilmiy   fanlar   vujudga   keladi,   ularda   ulkan   faktik   material   to’planadi   va
tizimga solinadi. Matematika,  fizika, kimyo, geologiya, biologiya, psixologiya va
boshqa   fanlarda   fundamental   nazariyalar   yaratiladi.   Termodinamika   qonuni
yaratildi.   Texnika   fanlari   vujudga   keladi   va   moddiy   ishlab   chiqarishda   yanada
sezilarliroq   rol   o’ynay   boshlaydi.   Fanning   ijtimoiy   roli   ortadi,   uning   rivojlanishi
o’sha davr mutafakkirlari tomonidan ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida
e’tirof etiladi. 
XVIII asrning o’rtalarida jahonda fan bilan Shug’ullanuvchi kishilar 10 ming
kishidan   oshmagan   bo’lsa,   XIX   asr   oxiriga   kelib   olimlar   soni   100   ming   kishiga
yetadi.   XVI   asrda   «olimlar»ning   yarmidan   ko’prog’i   diniy   ma’lumot   olgan kliriklar edi. XIX asrda fan ijtimoiy mehnatning mustaqil tarmog’iga aylanadi va u
bilan   universitetlar   va   institutlarning   maxsus   fakultetlarini   tamomlagan
«dunyoviy» professional  olimlar Shug’ullanadi. 1850 yilda jahonda mingga yaqin
ilmiy jurnallar nashr etiladi, 1950 yilga kelib esa ularning soni 10 mingdan oshadi.
1825 yilda nemis kimyogari YU.Libix ilmiy laboratoriya tashkil qiladi va u olimga
ko’p   miqdorda   daromad   keltira   boshlaydi.   XIX   asr   oxiriga   kelib   bunday
laboratoriyalar   soni   ko’payadi.   Fan   tijoratchilar,   tadbirkorlar   e’tiborini   o’ziga
tobora   ko’proq   torta   boshlaydi.   Ular   olimlarning   ishlab   chiqarish,   sanoat
ahamiyatiga molik bo’lgan ishlarini mablag’ bilan ta’minlay boshlaydilar. 
4.   XX   asrdan   fan   rivojlanishida   yangi   bosqich   boshlanadi.   Bu   davr   fani
postnoklassik   deb ataladi,  chunki mazkur asr bo’sag’asida fanda inqilob yuz beradi
va buning natijasida u oldingi davrning klassik fanidan sezilarli darajada farq qila
boshlaydi. XIX-XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan inqilobiy kashfiyotlar bir
qancha fanlarning asoslarini larzaga soladi. Matematikada to’plamlar nazariyasi va
matematik tafakkurning mantiqiy asoslari tanqidiy tahlil qilinadi, bir qancha yangi
fanlar   vujudga   keladi.   Fizikada   klassik   fizikaning   falsafiy   asoslarini   qayta
ko’rishga   majbur   qilgan   fundamental   nazariyalar   –   nisbiylik   nazariyasi   va   kvant
mexanikasi   yaratiladi.   Biologiyada   genetika   rivojlanadi.   Tibbiyot,   psixologiya
hamda   inson   haqidagi   boshqa   fanlarda   yangi   fundamental   nazariyalar   paydo
bo’ladi.   Ilmiy   bilimning   shakl-shamoyilida,   fan   metodologiyasida,   ilmiy
faoliyatning   shakl   va   mazmunida,   uning   me’yorlari   va   ideallarida   olamShumul
o’zgarishlar yuz beradi. 
XX   asrning   ikkinchi   yarmi   fanni   yangi   inqilobiy   o’zgarishlarga   olib   keladi.
Bu  o’zgarishlar   adabiyotlarda  ko’pincha   fan-texnika  inqilobi   sifatida  tavsiflanadi.
Bu   o’zgarishlar   Shu   bilan   bog’liqki,   Ikkinchi   jahon   urushidan   keyin   iqtisodiy
rivojlangan   mamlakatlarda   fan   yutuqlari   ilgari   misli   ko’rilmagan   miqyosda
amaliyotga   –   sanoat,   qishloq   xo’jaligi,   sog’liqni   saqlash,   kundalik   hayotga   joriy
etiladi. Fan energetikada (atom elektrostantsiyalari), transportda (avtomobilsozlik,
aviatsiya),   elektronikada   (televidenie,   telefoniya,   kom’yuterlar)   ayniqsa   ulkan
o’zgarishlar yasaydi. Fanning rivojlanishi eng yangi harbiy texnikani yaratishning asosiy   omiliga   aylanadi   va   «ikki   lager»ning   urushdan   keyingi   qarama-qarshiligi
sharoitida   avj   olgan   qurollanish   ‘oygasi   yirik   davlatlarni   ilmiy-texnikaviy
tadqiqotlarga ulkan mablag’larni sarflashga majbur qiladi.
XX   asrning   so’nggi   o’n   yilliklarida   fan   texnika   taraqqiyoti   axborot
(kom’yuter)   inqilobi   bosqichiga   qadam   qo’ydi.   Bu   bosqichning   o’ziga   xos
xususiyati   Shundaki,   axborot   jamiyat   rivojlanishining   muhim   resurslaridan   biriga
aylandi.  Shu   tariqa   fan  bilan   bog’liq   yuksak   texnologiyalar,  ular   bilan   mushtarak
ta’lim   endilikda   har   qanday   jamiyatning   tsivilizatsion   rivojlanish   darajasini
belgilamoqda.   Ilmiy   kashfiyotlar   va   ularning   amalga   tatbiq   etilishi   o’rtasidagi
masofa   mumkin   qadar   qisqaradi.   Ilgari   fan   yutuqlaridan   amalda   foydalanish
usullarini to’ish uchun 50-100 yil vaqt sarflangan bo’lsa, endilikda bunga 2-3 yilda
yoki hatto bundan ham qisqaroq vaqt ichida muvaffaq bo’linmoqda. 
Davlat   ham,   xususiy   firmalar   ham   fan   rivojlanishining   istiqbolli
yo’nalishlarini   qo’llab-quvvatlashga   katta   xarajatlar   qilishi   tabiiy   bir   hol   bo’lib
qoldi.   Natijada   XX   asrning   ikkinchi   yarmi   fani   jadal   sur’atlarda   o’sib,   ijtimoiy
mehnatning   muhim   tarmoqlaridan   biriga   aylandi.   «Katta   fan»   davri   boshlandi.
Ko’p   sonli   ilmiy   muassasalar   ishiga   son-sanoqsiz   odamlar   ommasi   jalb   qilindi.
Olim   kasbi   kam   uchraydigan   kasb   bo’lmay   qoldi.   Hozirgi   vaqtda   ilmiy   faoliyat
o’zlarini   qiziqtirgan   muammolarni   yechishga   buning   butun   xavf-xatarini   o’z
bo’yniga   olib   qo’l   urgan   ayrim   mutafakkirlarning   mashg’uloti   emas,   balki
buyurtmaga,   rejali   to’shiriqqa   binoan   ishlaydigan,   uni   belgilangan   muddatda
bajarish va o’z ishi haqida hisobot berishga majbur bo’lgan yirik jamoalarning ishi.
Hozirda ilmiy mehnat – industrial mehnatning bir turi. Fan bilan Shug’ullanuvchi
kishilar hozir «ilmiy xodimlar» deb atalishi bejiz emas. 
Fan   rivojlanishning   yuksak   darajasiga   erishgan   bo’lsa-da,   lekin   amalda
falsafa bilan uzviy bog’liq bo’lib qolmoqda. Ular faol o’zaro ta’sirga kirishib, bir-
birining   rivojlanishiga   samarali   ta’sir   ko’rsatmoqda.   Bu   hol   Shu   bilan
izohlanadiki,   falsafa   daliliy   materialga,   sinovdan   o’tgan   ilmiy   ma’lumotlarga
tayanib,   o’z   mavhum   g’oyalarini   borliq   bilan   taqqoslash   imkoniyatiga   ega,   fan
esa,   dalillarni   qayd   etish   va   tavsiflash   bilan   cheklanmay,   yanada   asosliroq xulosalar   chiqarish   imkoniyatini   qo’lga   kiritadi .   XXI   asr   boshiga   kelib   jahonda
olimlar  soni  qariyb olti  millionga yetdi, taxminan Shuncha odam  fanga xizmatlar
ko’rsatuvchi  mehnat bilan band (laborantlar, texniklar, nashriyotlarning xodimlari
va h.k.). Yerda qadim vaqtlardan boshlab to XXI asrning boshiga qadar yashagan
olimlarning   umumiy   sonini   olsak,   ularning   o’ndan   to’qqiz   qismi   bizning
vaqtdoshlarimiz ekanligi ayon bo’ladi. Rivojlangan mamlakatlarda ilmiy xodimlar
soni   mehnatga   qobiliyatli   aholining   qariyb   10%   ni   tashkil   qiladi,   fanni
ta’minlashga milliy daromadning 5% dan ko’prog’i sarflanadi. 
Hozirgi   vaqt   fani   jamiyat,   texnika,   iqtisodiyot,   madaniyat,   turmush   va
kundalik   hayotni   yo’lga   soluvchi   qudratli   kuchga   aylandi.   Ayni   vaqtda   odamlar
bugun   fanning   qudratinigina   emas,   balki   u   bilan   bog’liq   bo’lgan   xavflarni   ham
yaxshi anglaydilar. Hozirgi dunyo o’z yutuqlari va o’zining jo’shqinligi uchun fan
oldida   mas’uliyatli.   Ammo   ilmiy   haqiqat   o’z   holicha   odamlarning   ehtiyojlariga
befarq. U be’arvo va rahm-shafqatsiz. Ammo, I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda,
“kuch – bilim va taffakurda” 2
  bo’lsa, bu kuch ortib borgani sari insoniyatga ziyon
yetkazmaslik uchun undan yanada ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur.
Shuni   tan   olish   lozimki,   hozirgi   vaqtda   jamiyat   ko’p   jihatdan   fanning   ulkan
yutuqlari tufayli o’zini o’zi yo’q qilish yoqasiga kelib qoldi. Bu ilmiy taraqqiyotni
to’xtatish   kerak,   degani   emas.   Ammo   ilmiy   izlanishni   insoniy,   axloqiy
munosabatga   bo’ysundirish   va   balki   uning   qaysidir   yo’nalishlarini   cheklash
zarurligi   to’g’risidagi   masala   kun   tartibiga   qo’yilmoqda.   Ilmiy   izlanishning
inson’arvarlaShuvi,   uning   yo’llari   va   oqibatlariga   axloqiy   munosabat   –   bu
davrimizning muhim muammolaridir.
Falsafa va fanning o’zaro mutanosibligi va farqi.  Falsafa nafaqat fan, balki
ijtimoiy hayotning boshqa,  chunonchi:  iqtisodiy, siyosiy,  ijtimoiy, huquqiy, ilmiy
jabhalari,   san’at   va   Shu   kabilar   bilan   ham   uzviy   bog’liq.   Biz   falsafa   va   fan
munosabatlarining   genezisi   haqida   ularning   birligi   va   farqlarini   aniqlash
maqsadida   so’z   yuritamiz.   Mazkur   masalani   mufassalroq   o’rganishga   kirishar
2
 Karimоv I.A. Jamiyatimiz mafkurasi хalqni – хalq, millatni – millat qilishga хizmat etsin // Biz kеlajagimizni o’z 
qo’limiz bilan quramiz. 7-jild. –T.: O’zbеkistоn, 1999. –B.98 ekanmiz,   avvalo   ko’rsatilgan   tushunchalarning   asosiy   ma’nolari   va   mazmunlarini
aniqlab olamiz.
Fanning  mohiyatini   tushunishga   nisbatan   ikki   asosiy   yondashuv,   uning   keng
va tor talqinlari shakllangan. 
Keng (yig’ma) ma’nodagi fan –  bu butun inson faoliyati jabhasi bo’lib, uning
vazifasi   borliq   haqidagi   ob’ektiv   bilimlarni   o’rganish   va   ilmiy   nazariy   tizimga
solishdan   iboratdir .   Bu   yerda   “fan”,   “olim”   tushunchalari   muayyanlashtirilmaydi
va   umumiy,   yig’ma   tushunchalar   sifatida   talqin   qilinadi.   “Fan”   tushunchasi
falsafaga   tatbiqan   ko’pincha   ayni   Shu   kontekstda   qo’llaniladi,   faylasuflar   esa
olimlar deb ataladiki, bu qisman o’rinlidir. 
Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani
ifodalash   uchun   «fan»   tushunchasiga   torroq,   binobarin,   izchilroq   ma’no
yuklanadi.   Bu yerda fanga aniq ta’rif berilgan, olim  esa tor mutaxassis,  muayyan
bilim   ifodachisi   hisoblanadi.   U   Shunchaki   olim   emas,   balki   doim   va   albatta   yo
fizik,   yo   ximik,   yo   tarixchi,   yo   boshqa   fan   vakilidir.   Ayni   holda   fan   muqarrar
tarzda   tabiat,   jamiyat,   tafakkurning   u   yoki   bu   ob’ekti   (hodisasi)   haqidagi   ilmiy
bilimlarning qat’iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi. 
Bunday   fanlarning   har   biri   faqat   ularning   o’zigagina   xos   bo’lgan   maxsus
qonunlar   va   metodlarga,   mazkur   fan   uchun   yagona   bo’lgan   til,   kategoriyalar
a’’arati va hokazolarga ega bo’ladiki, bu yuz bergan jarayonlarni to’g’ri tavsiflash
va  tuShuntirish,   hozirgi   davrni   to’g’ri   tushunish   va   bilimlarning   tegishli   sohasida
albatta   yuz   beradigan   yoki   muayyan   sharoitda   yuz   berishi   mumkin   bo’lgan
voqealar  yoki  jarayonlarni  ma’lum  darajada  aniq bashorat  qilish imkonini  beradi.
U yoki bu fanning mazmuni ham, u erishgan natijalar ham barcha madaniyatlar va
xalqlar   uchun   yagona   bo’lib,   ayrim   olimning   yondashuvi,   nuqtayi   nazari   yoki
dunyoqarashiga   mutlaqo   bog’liq   emas.   Ular   mazkur   sohada   olg’a   siljish   uchun
o’zlashtirish   lozim   bo’lgan,   vaqt   va  amaliyot   sinovidan   o’tgan   bilimlar   yig’indisi
sifatida avloddan-avlodga o’tadi. 
Falsafada   esa   qadimda   donishmandlik   muxlislarining   son-sanoqsiz
savollariga tajriba yo’li bilan olingan ba’zi bir oqilona javoblar mavjud bo’lgan . Bu   javoblarni   haqqoniy,   ya’ni   amaliyot   sinovidan   o’tgan,   kundalik   hayotda   o’z
tasdig’ini   to’gan,   aniq   bilim   deb   nomlash   mumkin.   Bunday   javoblar   masala
«yo’ilishi», kun tartibidan chiqarilishiga sabab bo’lgan, boshqacha aytganda, aniq
ta’riflangan va boshqa javoblarni istisno etgan. 
Bunga juda ko’p misollar keltirish mumkin. Masalan, har qanday uchburchak
burchaklarining  yig’indisi   180  gradusga  tengligi  yoki  suyuqlikka   solingan  jismga
siqib   chiqarilgan   suyuqlik   og’irligiga   teng   kuch   ta’sir   ko’rsatishi   aniqlangani
zahoti   bu   masalalar   o’zining   «ochiq»   xususiyatini   yo’qotgan,   ya’ni   ular   o’zining
boshqa   variantlarni   istisno   etadigan   aniq   yechimini   topgan.   Bu   mazkur   masalalar
atrofida   har   qanday   qo’shimcha   mushohada   yuritish   foydasizligi   tufayli   o’zining
har   qanday   ahamiyatini   yo’qotganligini   anglatgan.   Yechilgan   masalalar   va
muammolar   esa   aniq,   ishonchli   bilim   darajasiga   o’tgan   va   Shu  davrdan   e’tiboran
o’zining falsafiy tusini yo’qotgan. XX asrda taniqli nemis faylasufi K.Yaspers bu
muhim   qoidani   ta’riflar   ekan,   shak-Shubhasiz   asoslardan   birini   har   kim   e’tirof
etgudek   bo’lsa,   u   Shu   tariqa   ilmiy   bilishga   aylanadi   va   bundan   buyon   falsafa
hisoblanmaydi, balki bilimning muayyan sohalariga tegishli bo’ladi, deb qayd etdi.
Falsafa va fanning umumiy jihatlari Shundaki, ular:
-avvalo aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi;
-o’rganilayotgan   ob’ektlar   va   hodisalarning   qonunlari   va   qonuniyatlarini
aniqlashga qarab mo’ljal oladi;
-kategoriyalar   apparatini   (o’z   tilini)   yaratadi,   o’zlari   ilgari   surgan   qoidalarni
asoslaydi, ularga dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi.
Falsafa va fan o’rtasidagi farq Shunda namoyon bo’ladiki:
falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bog’lanadi, bunda uning g’oyalari,
asarlari   o’ziga   to’q   bo’lishi   va   ularga   boshqa   faylasuflar   qo’shilishi   yoki
qo’shilmasligiga   bog’liq   bo’lmasligi   mumkin.   Fan   esa,   mohiyat   e’tibori   bilan,
jamoa mehnati mahsulidir;
-falsafada   (muayyan   fanlardan   farqli   o’laroq)   yagona   til   va   yagona   tizim
mavjud emas. Bu yerda fikrlar rang-barangligi me’yor sanaladi. Fanda esa monizm
hukm suradi, chunki hech bo’lmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy tamoyillar,   qonunlar   va   kategoriyalar   tizimi   (til)ga   nisbatan   yondashuvlar   birligi
albatta mavjud bo’ladi;
-falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning uzil-kesil
xulosalari   ishonchli   deb   hisoblanishi   mumkin   emas,   zero   ular   asosan
faylasuflarning   sub’ektiv   fikrlari   va   mulohazalariga   asoslanadi.   Fan   esa   mohiyat
e’tibori bilan isbotlangan va sinashta bilimlar olishga harakat qiladi, bunda olingan
bilimlarni   tekshirish   yoki   rad   etish   imkoniyatining   mavjudligi   bu   bilimlar
haqiqiyligi va ilmiy jihatdan asosliligining muqarrar sharti hisoblanadi;
-falsafiy   bilimlarni   tajribada   sinash   mumkin   emas   (aks   holda   ular   ilmiy
bilimlarga aylanadi);
-falsafa   aniq   ‘rognoz   bera   olmaydi,   ya’ni   u   ishonchli   bilimlarni   kelajakka
tatbiq etishga qodir emas, zero unda bunday bilimlar yo’q. Ayrim faylasuf falsafiy
qarashlarning   muayyan   tizimi   yordamida   faqat   bashorat   qilishi   mumkin,   lekin   u
olim kabi ‘rognoz qilish yoki modellashtirishga qodir emas. 
Falsafa     fanining     predmeti,   funktsiyalari.   Endi   «Falsafa   nimani
o’rganadi?»,   degan   savolni   berishimiz   mumkin.   Falsafaning   predmeti   -   insonda
bilishga qiziqish uyg’otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan
insonning   o’ziga   ma’lum   bilimlar   va   tajribaga,   muayyan   e’tiqod,   ishonch   va
intuitsiyaga   tayangan   holda   oqilona   asoslangan   javoblar   berishga   harakat
qiladigan,   savollar   tug’diradigan   har   qanday   ob’ektiv   va   sub’ektiv   borliqdir.
Boshqacha   aytganda,   inson   o’z   qiziqishi   ob’ekti   haqida   muayyan   tasavvur   hosil
qilish   maqsadida   savol   berishga   asos   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   hamma   narsa
falsafaning   predmet   idir.   Shu   munosabat   bilan   u   yoki   bu   odamning   falsafiy
qarashlari   haqida  va  hatto  uning  falsafasi   to’g’risida   so’z  yuritish   mutlaqo  o’rinli
bo’ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz. 
Biroq   ayni   holda   bizni   fan   sifatidagi,   ayrim   insonning   emas,   balki   butun
jamiyatning   rivojlanish   mahsuliga   aylangan   ijtimoiy   hodisa   sifatidagi   falsafa
qiziqtiradi   va   ayni   Shu   sababli   yuqorida   keltirilgan   ta’rifda   «inson»   tushunchasi
yig’ma   ma’noda   qo’llanilgan.   Bu   yerda   Shuni   ta’kidlab   o’tish   lozimki,   garchi
falsafaning   predmet   iga   biz   umumiy   nuqtayi   nazardan   ancha   keng   ta’rif   bergan bo’lsak-da,   ayrim   tarixiy   davrlarda   odatda   u   yoki   bu   sabablarga   ko’ra   muayyan
masalalar doirasi falsafiy tadqiqotlarda birinchi o’ringa chiqadi. 
Masalan,   qadimgi   Yunonistonda   kosmotsentrizm   ilk   falsafiy   ta’limotlarning
o’ziga   xos   xususiyati   bo’lib,   bunda   asosiy   e’tibor   «kosmos»,   «tabiat»ni   anglab
etishga   qaratilgan.   Keyinchalik,   qadimgi   yunon   shahar-’olislari   ravnaq   to’gan
davrda faylasuflar  diqqat  markazidan ijtimoiy muammolar, axloq, davlat qurilishi
masalalari   o’rin   oldi.   Yevropada   xristianlikning,   Sharqda   islom   dinining   keng
qamrovli   rivojlanishi,   dinga   e’tiqodning   kuchayishi   va   davlat   siyosati   darajasiga
ko’tarilishi   natijasida   o’rta   asrlar   falsafasi   teotsentrik   (yunon.   theos   –   markazdan
o’rin   olgan   xudo)   xususiyat   kasb   etdi,   ya’ni   Xudo   va   u   yaratgan   olam   falsafiy
qiziqishlarning   asosiy   predmet   iga   aylandi.   Uyg’onish   davrida   falsafa   san’at
(estetika)ga   va   ko’p   jihatdan   insonga   murojaat   qilindi..   yangi   davr   deb
nomlanuvchi   XVII-XVIII   asrlarda   falsafa   tobora   kuchayib   borayotgan   fan   bilan
uzviy bog’landi, natijada falsafiy tadqiqotlarning diqqat markazidan bilish va ilmiy
metodlar masalalari o’rin oldi. 
XIX   asrning   ikkinchi   yarmida   yuz   bergan   «klassik   falsafa»   va   oqilonalik
inqirozi   irratsionallik,   intuitivlik,   ongsizlik   muammolarini   namoyon   etdi,   XX
asrning   birinchi   yarmida   ular   «noklassik   falsafa»   tahlilining   asosiy   predmet   iga
aylandi,   bu   esa,   o’z   navbatida,   matnlar   mantig’i,   tili,   ularni   talqin   qilish   va
sharhlashga   alohida   qiziqish   uyg’onishiga   olib   keldi.   XX   asrning   so’nggi   o’n
yilliklarida   hozirgi   madaniyatdagi   inqiroz   hodisalarini   va   yangi   axborot
texnologiyalarining,   Shuningdek   ommaviy   kommunikatsiya   vositalarining   jadal
sur’atlarda   rivojlanishi   bilan   belgilangan   muammolarni   kun   tartibiga   qo’ygan
‘ostnoklassik   falsafa   shakllandi.   Bu   falsafa   vakillari   «tarixiy   rivojlanishning
tugallanganligi»,   barcha   ma’nolar   va   g’oyalar   «aytib   bo’linganligi»   haqida
mushohada   yuritib,   inson   o’ziga   yog’ilayotgan   axborotga   ishlov   berishga   qodir
emasligiga   e’tiborni   qaratar   ekan,   notizimlilik,   Yevropa   an’anaviy   falsafiy
bilimining   negizlari,   qadriyatlari   va   chegaralarini   o’zgartirish   g’oyasini   ilgari
surdilar.  Nihoyat,   XX-XXI   asr   chegarasida   eng   yangi   falsafada   birinchi   o’ringa
chiqqan   va   eng   muhim   mavzular   qatoridan   o’rin   olgan   yana   bir   mavzu
globallaShuv   jarayonlarining   mohiyatini   va   ularning   rivojlanish   yo’nalishini
aniqlashga   alohida   e’tibor   qaratildi.   Bu   jarayonlar   hozirgi   vaqtda   jamiyat
hayotining   deyarli   barcha   jabhalarini   qamrab   oldi   va   davrimizning   olamShumul
muammolarini   yuzaga   keltirdiki,   ularning   nazariy   va   amaliy   yechimini   to’ish   bu
muammolarni   falsafiy   darajada   anglab   etishni   ham   nazarda   tutadi.   Xalqaro
miqyosda   alohida   e’tibor   berish   va   kelishilgan   harakatlarni   taqozo   etuvchi   eng
muhim   muammolar   qatoriga   ekologiya,   demografiya,   xavfsizlik,   xalqaro
jinoyatchilik,   energetika   resurslari,   qashshoqlikka   chek   qo’yish   muammolarini
kiritish mumkin. 
Ko’rib   turganimizdek,   falsafaning   predmet   ini   qandaydir   bitta,   qat’iy
cheklangan,   muayyan   masalalar   doirasi   bilan   bog’lash   mumkin   emas.   U   vaqt
omiliga   va   ob’ektiv   sabablar   to’plamiga   qarab,   doim   u   yoki   bu   muammo   yoki
ularning   muayyan   majmui   tarzida   birinchi   o’ringa   chiqadi.   Ammo   bu   boshqa
mavzular,   masalalar   va   muammolar   o’z   ahamiyatini   yo’qotadi   va   falsafa
chegarasidan chetga chiqadi, uning tahlil predmeti bo’lmay qoladi, degan ma’noni
anglatmaydi. Bosh mavzularni ikkinchi, uchinchi yoki undan ham keyingi o’ringa
surib   qo’yadi,   ular   muayyan   davrda   va   tegishli   sharoitda   falsafiy   diqqat
markazidan   o’rin   olish   yoki   falsafiy   muammolarning   ustuvor   yunalishi   bo’ylab
yuqoriga   ko’tarilish   uchun   o’z   vaqtini   «kutib»,   go’yoki   ‘anada   turadi,   desak,
to’g’riroq   bo’ladi.   Ayni   Shu   sababli   biz   falsafa   tarixida   qiziqishlardagi
ustuvorliklarning muttasil o’zgarishini, u yoki bu masala bosh masalaga aylanishi,
falsafiy hamjamiyatning asosiy e’tibori ma’lum vaqt mobaynida unga qaratilishini
ko’ramiz. 
Falsafaning   funksiyalari.   Falsafa   u   yoki   bu   muammolarni   hal   qilar,
qonunlar, muayyan tamoyillarni ta’riflar yoki gipotezalar, g’oyalar va nazariyalarni
ilgari   surar   ekan,   ayni   vaqtda   (ba’zan   Shu   tariqa)   har   xil   funksiyalarni   bajaradi.
Falsafaning   muhim   funksiyalaridan   dunyoqarashni   shakllantirish,   bilish,
metodologik,   integrativ,   madaniy,   aksiologik,   axloqiy   va   tarbiyaviy   funksiyalarni qayd   etish   mumkin.   Ularning   barchasi   bir-biri   bilan   uzviy   bog’liqdir.   Bu
funksiyalarning  roli   va  ahamiyati  falsafaning  amal  qilish  sohasi,   u hal   qilayotgan
vazifalar darajasi va xususiyati bilan belgilanadi. 
Dunyoqarashni   shakllantirish   funksiyasi.   Falsafaning,   dunyoqarashni
shakllantirish   funksiyasi,   insonning   dunyoga   munosabati,   uning   o’z-o’zini   va
o’zini   qurshagan   borliqni   tushunishi,   Shuningdek   turli   voqealar,   hodisalarni   va
o’z   burchini   qanday   talqin   qilishi   avvalo   va   bevosita   uning   dunyoqarashiga
bog’liq   bo’ladi.   Yuqorida   ko’rsatib   o’tilganidek,   inson   dunyoqarashida   e’tiqodlar
va bilimlar, tuyg’ular va emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, intuitsiya
va   hokazolar   chambarchas   bog’lanadi.   Ayni   Shu   sababli   falsafasiz   dunyoning
yaxlit manzarasini yaratish mumkin emas, chunki, «hamma narsaga aralashadigan»
falsafagina dunyoqarashning o’zaro bog’lanmagan turli «parchalari»ni birlashtirib,
Shu tariqa odamlarning butun borliqqa nisbatan umumiy, izchil va mantiqan to’g’ri
munosabatini   yaratish   imkonini   beradi.   Bunda   falsafa   ayrim   ikir-chikirlar,
ahamiyatsiz tafsilotlarni mavhumlashtiradi va umumiy aloqalarga, turli narsalar va
hodisalar   xossalarining   birligiga   e’tiborni   qaratadi   va   Shu   tariqa   o’zining   bosh
funksiyasi – dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini bajaradi. 
Falsafaning   gnoseologik   funksiyasi   tajribada   sinash,   tavsiflash   yoki   shak-
Shubhasiz inkor etish mumkin bo’lmagan, ya’ni fan ochib berish,  tadqiq etish va
tahlil   qilishga   qodir   bo’lmagan   narsalar   va   hodisalarni   oqilona   yo’l   bilan
tuShuntirishga   harakat   qilishdir .   Falsafa   u   yoki   bu   mohiyati   aniqlanmagan   yoki
kam   o’rganilgan   hodisalarni   tuShuntirishga   nisbatan   o’z   yondashuvlari,
nazariyalari   va   gipotezalarini   taklif   qilar   ekan,   ularni   bilishga   bo’lgan
qondirilmagan qiziqish o’rnini ma’lum darajada to’ldiradi, Shu tariqa mifologik va
diniy fantaziyalarga kamroq o’rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal  qiladigan
boshqa   bir   muhim   vazifa   «Haqiqat   nima?»,   «Uning   mezonlari   qanday?»,   degan
masalalar   bilan   bog’liq,   zero   har   qanday   bilish   jarayoni   oxir-oqibatda,   u   yoki   bu
tarzda haqiqatning tagiga etishga qarab mo’ljal oladi, bu esa eng muhim masaladir.
Metodologik   funksiyasi   to’g’risida   so’z   yuritganda   metod   tushunchasiga
murojaat  etish  o’rinli  bo’ladi. Bu  tushuncha  yunoncha methodos – yo’l, tadqiqot, tekshirish   so’zidan   kelib   chiqqan   bo’lib,   u   yoki   bu   maqsadga   erishishning
muayyan   usulini,   Shuningdek   borliqni   nazariy   va   amaliy   o’zlashtirishga
qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi . Boshqacha qilib aytganda, bu
faylasuf   yoki   olim   o’zi   o’rganayotgan   predmet   ning   tadqiqot   yo’lidir.   Odatda
metodologiya   muammolari   falsafa   doirasida   o’rganilgan,   biroq   ayrim   fanlar
vujudga kelishi bilan falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim
ilmiy metodlar ham rivojlana boshladi. Falsafaning boshqa bir muhim metodologik
funksiyasi   falsafada   ham,   ayrim   fanlarda   ham   muhim   rol   o’ynaydigan   har   xil
kategoriyalarni ishlab chiqishidan iborat. Kezi kelganda yana Shuni ham ta’kidlab
o’tish lozimki, falsafa o’ta keng tushunchalar, ya’ni kategoriyalar bilan ish ko’rar,
ularni   ta’riflar   ekan,   metodologik   funksiya   bilan   bir   vaqtda   dunyoqarashni
shakllantirish funksiyasini ham bajaradi. 
Falsafaning   integrativ   funksiyasi   fan   bilan   chambarchas   bog’liq.   Real
borliqning   yangi   va   yangi   ob’ektlari   va   hodisalari   inson   nazariy   tadqiqotlari
sohasidan   o’rin   olishi,   Shuningdek   ilgari   ma’lum   darajada   anglab   yetilgan
narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o’rganishga bo’lgan ehtiyoj ilmiy bilim
o’z   rivojlanishining   dastlabki   bosqichlaridayoq   tabaqalanishiga   turtki   beradi.
Buning   natijasida   ayrim   fanlar   paydobo’lib,   ular   nafaqat   o’z   tadqiqot   ob’ekti   va
predmet   ini   ajratdi,   balki   o’zining   faqat   mazkur   fanga   xos   bo’lgan   tili,
kagegoriyalar   a’’arati   va   hokazolarni   yaratdi.   Ammo   bu   yo’lda   jiddiy   xavf   ham
mavjud   bo’lib,   u   Shundan   iboratki,   fanlarning   ajralishi   natijasida   ular   o’rtasidagi
aloqalar susayadi, ular murakkab kompleks vazifalarni yechishda faol o’zaro aloqa
qilish   qobiliyatini   yo’qotadi.   Qarama-qarshi   jarayon   –   ilmiy   bilimlarning
integratsiyalaShuvi   va   u   yoki   bu   muammolarni   yechish   uchun   kuch-g’ayratni
birlashtirish jarayoni bu xavfning oldini olish imkonini beradi. 
Murakkab kompleks muammolarni tadqiq etuvchi hozirgi vaqt fanida ba’zan
ayrim   ilmiy   fanlarning   vakillari   boshqa   fanlarning   vakillarini   faqat   ular   turli
tillarda, ya’ni har biri o’z fanining tilida ga’irgani bois tuShunmaydi. Bu jihatdan
falsafa   ular   uchun   amalda   bog’lovchi   bo’g’inga,   birlashtiruvchi   asosga   aylanadi,
chunki   u   o’z   tahlilida   fanlararo   muloqotga   va   mazmuni   ayni   bir   kontekstda   turli fanlar tomonidan qabul qilinadigan va qo’llaniladigan fundamental tushunchalarni
yaratishga qarab mo’ljal oladi. 
Murakkab   ob’ektlarni   kompleks   tadqiq   qilishda   har   bir   muayyan   fan   o’z
predmet   idan   kelib   chiqadi.   Bu   predmet     doirasi   unga   o’rganilayotgan   ob’ektni
yaxlit   ko’rish,   uning   aloqalarini   aniqlash   imkonini   bermaydi.   Bu   vazifani   hal
qilishga  ham  faqat  falsafa  qodir   bo’lib,  u  butun  vaziyatni  yaxlit  ko’rish   imkonini
beradi   va   bu   jihatdan   nafaqat   fanlar   o’rtasida,   balki   inson   faoliyatining   ayrim
jabhalari,   masalan,   o’tkazilayotgan   tadqiqotlar   bevosita   yoki   bilvosita   bog’liq
bo’lishi   mumkin   bo’lgan   huquqiy,   siyosiy,   axloqiy   faoliyat   o’rtasida   ham
bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi. 
Madaniy   funksiyasi.   Falsafa   odamlar   dunyoqarashini   kengaytirish,   ularda
bilishga   qiziqish   uyg’otish,   nazariy   fikrlash   madaniyatini   shakllantirish   va
rivojlantirish orqali madaniy funksiyani ham bajaradi.   U dunyoni o’zlashtirish va
bilishning   universal   shakli   sifatida,   insoniyatning   eng   yaxshi   yutuqlarini   o’zida
mujassamlashtiradi   va   ularni   butun   insoniyat   mulkiga   aylantiradi.   Turli
mamlakatlar   va   xalqlarning   falsafa   tarixini   o’rganish   ularning   o’tmishdagi   va
hozirgi madaniyatini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, g’oyalar almashinuvi va
madaniy an’analarning  o’zaro  ta’siriga  ko’maklashadiki,   bu madaniy  meros  bilan
uzviy   bog’liq   bo’lgan   ko’pgina   muammolarni   yechishda   muhim   ahamiyat   kasb
etadi. 
Aksiologik   funksiyasi.   Falsafa   hayotning   ma’nosi,   o’lim   va   umrboqiylik
masalalarini kun tartibiga qo’yish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga “yaxshi”,
“yomon”,   “muhim”,   “foydali”,   “foydasiz”   kategoriyalari   bilan   baho   berish
orqali– aksiologik  (yunon. axia  - qadriyat)  funksiyani  bajaradi.   U uzoq muddatli
tendentsiyalarni   qisqa   muddatli   tendentsiyalardan   farqlash,   yuzaki   jarayonlarni
fundamental   jarayonlardan,   muhim   narsalar   va   hodisalarni   ikkinchi   darajali
narsalar   va   hodisalardan   ajratish   orqali   insonning   qadriyatlarga   munosabati   bilan
uzviy   bog’liq   bo’lgan   tegishli   ehtiyojlarini   shakllantiradi.   Shu   tariqa   insonning
muayyan   qadriyatlari,   mo’ljallari   va   ustuvorliklari   belgilanadi,   ya’ni   tegishli
qadriyatlar   tizimi   tarkib   to’adi.   Bu   tizim   odamlarning   muhim   xususiyati hisoblanadi,   ularning   hayotga   munosabatini   aks   ettiradi   va   jamiyatdagi   xulq-
atvorini ko’p jihatdan belgilaydi. 
Falsafaning   axloqiy   funksiyasi   odamlar   xulq-atvori   va   u   yoki   bu   jamiyatda
yuzaga keluvchi munosabatlar bilan bog’liq . Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar,
ularning  tabiati,  asoslari  va  jamiyatdagi  amaliy  roli   falsafaning  tadqiqot   predmeti
hisoblanadiki, bu jamiyatda yuzaga keladigan va tabiiy yo’l bilan, ya’ni real hayot
amaliyotida   o’rnatiladigan   me’yorlar   va   qoidalarga   sezilarli   darajada   ta’sir
ko’rsatadi.   Bunday   me’yorlar   ijtimoiy   munosabatlarni   tartibga   soluvchi   muhim
dastak   hisoblanadi   va   odamlarning   o’zaro   aloqalari,   ularning   munosabatlari   va
o’zaro til to’ish darajasida namoyon bo’ladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, falsafa
doimo axloqda, jamiyatning barcha a’zolari xulq-atvorida namoyon bo’ladi va Shu
tariqa yana bir muhim funksiya – axloqiy funksiyani bajaradi. 
Falsafaning   tarbiyaviy   funksiyasi   haqida   fikr   yuritilganda   bu   masalaning
xalqaro darajadagi keng va har tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan
holda   so’z   yuritish   o’rinli   bo’ladi.   Bugungi   kunda   nafaqat   ayrim   xalqlar,   balki
butun   jahon   hamjamiyati   o’z-o’zini   anglab   etishga   yo’naltirilgan   falsafaga
muhtojdir.   Buni   2002   yildan   Yunesko   qaroriga   binoan,   butun   dunyoda   har   yili
noyabr oyining uchinchi ‘ayshanbasida o’tkaziladigan “Jahon falsafa kunlari” ham,
hozirgi   kunda   dunyo   uchun   eng   muhim   masalalarga   e’tiborini   qaratadigan   Jahon
falsafa   Kongresslari   ham   tasdiqlaydi.   Darhaqiqat   bunday   kongress   birinchi   marta
1900   yilda   Fransiyada   o’tkazilgan,   1948   yildan   boshlab   uni   har   besh   yilda   bir
marta o’tkazish an’anaga aylangan. Xususan, 1998 yilda Boston shahrida (AQSH)
bo’lib   o’tgan   XX   jahon   falsafa   kongressi   “‘aydeyya:   insoniyatni   tarbiyalashda
falsafa” mavzusiga bag’ishlangan bo’lsa, Turkiyaning Anqara shahrida o’tkazilgan
XXI   Jahon   falsafa   kongressida   “Falsafa   jahon   muammolari   bilan   yuzma-yuz”
mavzusi atroflicha muhokama qilindi. XXII jahon falsafa kongressi birinchi marta
Osiyo   mamlakati   bo’lmish   Koreya   Respublikasining   Seul   shahrida   “Hozirgi
davrda   falsafani   qayta   anglash”   degan   umumiy   mavzu   ostida   bo’lib   o’tdi.
Kongresslarning   mavzularidan   ko’rinib   turganidek,   falsafa   real   hayot   bilan   uzviy
bog’liq   va   eng   muhim   muammolarni   anglab   etishga   xizmat   qilib   keldi.   Shunday muammolardan   biri   –   insonni   shaxs   sifatida   tarbiyalash   va   kamol   to’tirishda
falsafaning roli va ahamiyati masalasidir. Buning uchun esa, albatta, qadimgi davr
mutafakkirlarining asarlariga yana bir bor murojaat etish taqozo etiladi.
Falsafa dunyoni anglash usuli sifatida.  Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar,
balki   butun   jahon   hamjamiyati   falsafaga,   o’zining   hayotdagi   o’rni   va   vazifasini
falsafiy anglab etishga ayniqsa muhtojdir.
Falsafa real hayot bilan uzviy bog’liq va doim inson borlig’ining eng muhim
muammolarini   anglab   etishga   qarab   mo’ljal   oladi.   Ayni   Shu   sababli   hozirgi
davrning   muhim   muammosi   –   globallaShuv   va   uni   falsafadagi   butunlay   yangi
mavzu   sifatida   falsafiy   anglab   etish   muhim   ahamiyatga   ega.   Falsafa   predmeti   va
muammolarini   muhokama   qilishda   alohida   diqqatga   loyiq   bo’lgan   boshqa   bir
mavzu   insonni   shaxs   sifatida   tarbiyalash   va   kamol   to’tirishda   falsafaning   roli   va
ahamiyatidir. 
Hozirgi   vaqt   faylasuflari   bunday   muammolarni   yechish   ustida   ishni   davom
ettirar   ekanlar,   “Falsafa   nima?   U   kimga   va   nima   uchun   kerak?”,   “Falsafaning
vazifasi  nimadan iborat?”, “Falsafadan qanday, qaysi  yoshdan va nima maqsadda
tahsil   berish   lozim?”   qabilidagi   bir   qarashda   allaqachon   o’z   yechimini   to’gan
masalalarni   yana   kun   tartibiga   qo’ymoqdalar.   Bu   haqda   ko’p   va   atroflicha   so’z
yuritilgan jahon kongresslari  dunyoda falsafa predmet  iga, Shuningdek u ijtimoiy
rivojlanishga   izchil   ta’sir   ko’rsatishga   qodir   yoki   qodir   emasligiga,   agar   qodir
bo’lsa,   buni   u   qay   tarzda   amalga   oshirishi   mumkinligiga   nisbatan   yagona
yondashuv   avvalgidek   mavjud   emasligini   tasdiqlaydi.   Fikrlarning   bunday   rang-
barangligi, yuqorida qayd etib o’tilganidek, falsafaning o’ziga xos xususiyati, ya’ni
u   fikrlar   plyuralizmi,   har   xil   fikrlash   imkoniyati   bor   joydagina   mavjud   bo’lishi
mumkinligi bilan belgilanadi. 
Falsafaning   unga   yaxlit   ta’limotga   aylanish   va   tilning   birligiga,   umumiy
qonunlar   va   metodologiyaga   tayanish   imkonini   bermaydigan   bu   kamchiligi   ayni
vaqtda,   u   fanlararo   kompleks   muammolarni   yechish   talab   etiladigan   murakkab
tizimlar bilan ish ko’rgan holda uning afzalligiga aylanadi. Quyidagilar   hozirgi   vaqtda   insoniyat   uchun   eng   muhim   fanlararo   kompleks
muammolar   hisoblanadi:   barqaror   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishni   ta’minlash;
ekologiya   muammolari;   jamiyat   hayoti   barcha   jabhalarining   globallaShuvi.   Bu
muammolarni falsafiy nuqtayi nazardan anglab etish alohida ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy   yondashuvlardan   farqli   o’laroq,   muammoga   nisbatan   falsafiy   yondashish
dalillarni   talqin   qilishda   ko’proq   erkinlik   berilishi,   ilgari   surilayotgan   qoidalarni
isbotlashga   nisbatan   yengilroq   talablar   qo’yilishi,   mushohadaga   asoslangan
ta’riflar   berish,   sub’ektiv   baholash   huquqi   va   Shu   kabilar   bilan   tavsiflanadi.
Bunday   tadqiqotlar   bir   qarashda   uncha   katta   ahamiyatga   ega   emasdek   bo’lib
tuyulishi ham mumkin. Lekin amalda bunday emas. 
Birinchidan,   falsafiy   tadqiqot   oqilona   bilishning   fanda   olingan   natijalarni
tekshirish   (verifikatsiya   qilish)   yoki   rad   etish   (falsifikatsiya   qilish)   imkoniyati
yo’qligi tufayli lozim darajada samara bermagan yoki umuman ojiz bo’lib chiqqan
sohasida amalga oshiriladi. Insoniyat oqilona bilishning bundan boshqa usullariga
ega emas. 
Ikkinchidan,   falsafiy   refleksiya   muammoni   ko’rish   ufqini   kengaytiradi,   uni
tadqiq   etishga   nisbatan   yangicha,   o’ziga   xos   yondashuvlarni   taklif   qiladi,   Shu
jumladan   fanga   bunday   yondashuvlarni   ilgari   surishga   ko’maklashadi.   Zero,   aniq
ta’riflar va ishonchli dalillarga tayanadigan fan o’z fikrlari va xulosalarida bunday
erkinliklarga yo’l qo’ya olmaydi. Vaholanki, falsafiy tafakkur mulohaza yuritish va
baholashlarga nisbatan erkin yondashuvsiz o’zining betakrorligini yo’qotadi.
Hamonki plyuralizm falsafada me’yor hisoblanar, har bir alohida miyada esa
monizmga, ya’ni qarashlarning tartibga solingan, yaxlit va nisbatan ziddiyatlardan
xoli tizimiga kelish lozim ekan, falsafani qanday o’zlashtirish, undan qanday saboq
berish mumkin? 
Butun   dunyoda   aksariyat   faylasuflarni   birinchi   navbatda   ayni   Shu   masala
qiziqtiradi.   Xususan   Suqrot,   Seneka   va   o’tmishning   boshqa   mutafakkirlari
tajribasiga   tayangan   holda:   Falsafa   faktlarni   eslab   qolishni   o’rgatmasligi,   balki
mulohaza   yuritish   va   savollarga   javob   berish   qobiliyatini   rivojlantirishi   lozim.
Falsafadan   saboqlar   inson   har   bir   masala   yuzasidan   mutafakkirlar   fikriga murojaat   etmasdan,   o’zi   mustaqil   o’ylashni   va   o’z   aqliga   quloq   solishni
o’rganishini   nazarda   tutmog’i   darkor.   Ayni   Shu   sababli   falsafaning   vazifasi
insonga muloqot qilishni o’rgatish, u o’z shaxsiyatining ahamiyatini ko’rsatishga
emas,   balki   haqiqatning   tagiga   etishga   harakat   qilishiga   erishishdan   iborat.   Bu,
o’z navbatida, barcha odamlar o’ziga atrofdagilar quloq solishiga loyiq ekanligini
nazarda tutadi.   Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy adabiyotlar
A1. J.Ya.Yaxshilikov ,   N.E.Muhammadiyev.Falsafa:Darslik.-
Samarqand.2021.  – 712.
A2. Q.Nazarov   [va   boshq.].   Falsafa   asoslari   [Matn]:   o‘quv   qollanma   /   -
Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. - 380 b.
A3. Falsafa   asoslari .   (mas.   muh:   Q.Nazarov ).   -   Т :     O‘zbekiston,   2005.   -
384  б .
A4. Dinshunoslik.  O‘quv qollanma / - Toshkent:  ТИҚХММИ , 2019. - 338
b.  
A5 Emirova  Ye.,  Strelsova  A.  Vvedeniye   v  filosofiyu.  –  T.:   Universitet,
2008.
A6 Xaitov Sh. O ‘zbekiston falsafa tarixi. –T.: Noshir, 2011. – 560 bet. 
A7 Turayev   B.   Borliq   (falsafiy   tahlil).   –   Samarqand.:   Imom   Buxoriy
xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, 2021. – 130 bet.
A8 Shermuxamedova N.A. Falsafa. O‘quv qollanma / - Toshkent. 2010. -
574 b.

FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI Reja: 1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. 2. Dunyoqarash va uning tarixiy shakllari. 3. Falsafaning asosiy masalalari. 4. Falsafa va fanning o'zaro mutanosibligi va farqi.

«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday noma’lum so’z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o’rinli bo’ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so’zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan-avlodga o’tuvchi bilim va inson o’z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo’li bilan olishi mumkin bo’lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan. Shuni ta’kidlash lozimki, pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo’lgan va mohiyat e’tibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga ko’targan ma’nosidan boshqacharoq ma’no yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o’zlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka da’vo qilmaganlar, zero, o’sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko’ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o’tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so’nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo’lgan bashoratgo’ylar, kohinlar va oqsoqollar e’tirof etilgan. Ularning so’zlari birdan-bir to’g’ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga ko’ra, izlanuvchi, donishmandlik muxlisi bo’lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o’z aqliga tayanib, ijodiy yo’l bilan, Shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo’lgan. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari. Falsafa haqida gapirish – inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Yerda paydo bo’lish tarixi haqida ga’irish demakdir. Bu yerda biz hali kam o’rganilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar doim javobini to’ishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida yechilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qaerdan, qaysi sabablarga ko’ra

paydo bo’lgan, degan savolga aniq, umumiy e’tirof etilgan javob hanuzgacha mavjud emas. Xuddi Shuningdek, aql faqat insonga xosmi yoki uning inson borlig’ida mavjudligi ob’ektiv borliqning bir parchasi, ayrim hodisasimi?, degan savol ham hali o’z javobini to’ganicha yo’q. Binobarin, insoniyat tarixi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar nuqtayi nazaridan ayrim masalalar mavjud bo’lib, ular xususida olimlar va mutaxassislar ma’lum bir to’xtamga kelganlar. Xususan, boy tarixiy material, arxeologiya fani olgan daliliy ma’lumotlari, Shuningdek boshqa fanlarning metodlari bilan olingan natijalar (masalan, jinslar, foydali qazilmalar yoshini aniqlash va sh.k.)ni e’tiborga olgan holda, ishonch bilan inson sayyoramizda hayotning tadrijiy (evolyutsion) rivojlanishi mahsulidir, deb qayd etish mumkin. Hozirgacha mavjud bilimlar oddiy mehnat qurollarini yasagan insonsimon mavjudotlarning (lot. homo habilis – uquvli odam) qadimgi manzilgohlari taxminan 3-5 mln yil oldin paydobo’lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Arxeologik va ilmiy ma’lumotlarga ko’ra, qaddini tik tutib yuradigan odam yoshi taxminan 1,5 mln yilni tashkil etadi. Homo sa’iens, ya’ni aqlli odamlar ti’i atigi 40-60 ming yil oldin vujudga keldi. Mutaxassislar fikricha, insonda ong paydobo’lib, ijtimoiy mavjudot sifatida uzil-kesil shakllanganidan beri, uning asosiy xususiyatlarida jiddiy o’zgarishlar yuz bergani yo’q, ya’ni u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi. Ong paydobo’lishi esa, ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi o’sib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot ta’sirida o’ta rivojlanib, murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga yetgan davri bilan bog’lanadi. Shunday qilib, inson tushunchalarga ta’rif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish yo’li bilan sodda, lekin so’zning to’la ma’nosida aqliy ish olib bora boshladi. Dunyoqarashning mohiyati. Ayni Shu davrdan boshlab insonning ancha rivojlangan dunyoqarashi shakllangani haqida va umuman to’plangan bilimlar, amaliy ko’nikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, o’zi va o’zini qurshagan dunyo

haqidagi tasavvurlar majmui sifatidagi odamlar dunyoqarashi to’g’risida ishonch bilan so’z yuritish mumkin. Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy yoki empirik dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining qismlarga ajralmagan, tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo’l ko’rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi. To’liqroq, kengroq ta’rif beradigan bo’lsak, dunyoqarash – insonning o’zini qurshagan borliqqa va o’z-o’ziga bo’lgan munosabatga nisbatan yondashuvlar tizimi, Shuningdek odamlarning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo’ljallaridir. Shu tariqa ta’riflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bo’lib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bog’liqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va qoidalarni ta’riflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish uchun foydalana boshlaydi. Insonning bunday faoliyatini, uning ijodiy faolligini tavsiflovchi aql odamzod va jamiyat evolutsiyasini jadallashtirishning qudratli omiliga aylanadi va pirovardda insonni hayvondan ajratish imkonini beruvchi asosiy belgi sifatida amal qiladi. Dunyoqarashning tuzilishi dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat . Dunyoni sezish – bu o’zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etishdir. Bunda tuyg’ular, kayfiyat dunyoni go’yoki ranglarga bo’yaydi, uning obrazini sub’ektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Masalan, bemor odamga haddan tashqari yorug’ bo’lib tuyulishi mumkin bo’lgan nur, sog’lom odam uchun normal bo’ladi; daltonik ranglar gammasini, ko’rish qobiliyati normal bo’lgan odamga qaraganda butunlay boshqacha idrok etadi. Bundan dunyoni sezishning har xil, xususan o’timistik, ‘essimistik, fojeaviy ti’lari kelib chiqadi.

Dunyoni idrok etish – bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir. Dunyoni idrok etish to’g’ri yoki noto’g’ri bo’lishi, ya’ni borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq noto’g’ri tasavvur qilinadi yoki illyuziyalar, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o’xshash fantaziyalar paydo bo’ladi . Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, Shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o’zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir. Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish nafaqat insonga, balki hayvonlarga ham xos bo’lsa, dunyoni tushunish esa faqat odamlarga xos xususiyatdir. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Turli davrlar bilishni yanada teranlashtirdi va inson dunyoqarashini kengaytirdi. Shunga mos ravishda oddiy (empirik) dunyoqarash ham boyib bordi, uning negizida o’zini o’zi tashkil etish qonunlariga muvofiq yanada murakkabroq tuzilmalar asta-sekin shakllandi va bu pirovard natijada dunyoqarashning alohida shakllari yoki, tarixiy ti’lari farqlanishiga olib keldi. Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo’lib, bu hol insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir. Ko’nikmalar, tajriba va oddiy bilimlar to’planishiga qarab, nafaqat ularni avloddan avlodga o’tkazish muammosi yuzaga kelgan, balki ibtidoiy odamlarning dunyoqarashi ham murakkablashib borgan. Bu dunyoqarash rivojlanishining muayyan bosqichida, to’plangan bilimlarning «yuqori bosqichiga» yetilgach, boshqa har qanday murakkab tizimda bo’lganidek, dunyoqarashda ham o’zini o’zi tashkil etish qonunlari amal qila boshlagan. Masalan, bu hodisaning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun shaxsiy kutubxonada kitoblar yig’ilishi bilan bog’liq misolga murojaat etish o’rinli bo’ladi. Mazkur kutubxonada kitoblar bir nechta bo’lsa, ularni tizimga solish talab etilmaydi, ular qaerda yotgani va ularning o’zaro munosabati qandayligi ham ahamiyat kasb etmaydi. Kutubxona hajmi o’nlab kitoblar bilan o’lchangan taqdirda esa, ulardan foydalanishga qulaylik yaratish uchun kitoblarni muayyan tarzda