logo

Tarix falsafasi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

189.5 KB
Tarix falsafasi
   REJA :
1. Tarix falsmafasining tuzilishi va funksiyalari 
2.Tarix falsafasida tarixiy taraqqiyot g‘oyasi.
3.Tarixda shaxsning roli. Ma'lumki, har qanday ijtimoiy hodisaning mohiyatini va uning jamiyatning
rivojlanish   jarayonidagi   o‘rnini   faqat   u   butun   jamiyatning   rivojlanish   jarayoniga
bog‘lab, ya'ni umumiy tarixiy jarayon doirasida o‘rganilgan taqdirdagina tushunish
mumkin. Bundan muqarrar tarzda butun insoniyat tarixiga tegishli bo‘lgan savollar
kelib   chiqadi:   tarixiy   rivojlanishning   biron-bir   maqsadi   mavjudmi;   jahon   tarixi
qaysi   yo‘nalishda   harakatlanadi;   tarix   biron-bir   muayyan   mazmunga   egami?   Bu
savollarning   barchasiga   falsafaning   «tarix   falsafasi»   degan   nom   olgan   bo‘limi
javob beradi. Hozirgi darsliklarda tarix falsafasining predmetini, uning tuzilishi va
funksiyalarini yoritishga lozim darajada e'tibor berilmaganini hisobga olib, mazkur
bo‘limni ayni shu muammolarning tahlilidan boshlaymiz. 
Tarixning   mazmunini   aniqlash   yo‘lidagi   izlanishlar.   Bilimning   integral
shakli sifatida falsafa jamiyat, tarix va inson haqidagi muayyan-ilmiy tasavvurlarni
sintez qiladi. U gumanitar fanlar – psixologiya, san'atshunoslik, semiotika, san'atga
murojaat   etadi.   Tarix   falsafasining   asosiy   vazifalaridan   biri   –   o‘zgaruvchan   va
murakkab   ijtimoiy   dunyoda   hayot   mazmuniga   doir   mo‘ljallarni   topish,   insoniyat
mavjudligining   har   bir   muayyan   davrida   uning   oldida   turgan   ustuvor   vazifalarni
belgilashdir.   Har   bir   inson   va   kishilik   hamjamiyati   hayotining   burilish   davrlarida
uning oldida hayot mazmuni nimada degan savol ko‘ndalang bo‘ladi.
Tarixning   mazmun   va   mohiyatini   anglab   yetish   borasidagi   ilk   urinishlarga
qadimgi   faylasuflarning   asarlarida   duch   kelish   mumkin.   Tarix   ularning   talqinida
oldinma-ketin   yuz   beradigan   voqyealar   majmui   sifatida   namoyon   bo‘lgan.   Tarix
tavsifi ancha to‘liq bo‘lgan, ba'zan  bo‘yab ko‘rsatilgan, lekin ularning hikoyatlari
tarix   haqida   yaxlit   tasavvur   hosil   qilish   imkonini   bermagan.   Bu   narrativ   tarixdir.
(tarixchining   talqini,   interpretatsiyasi)   Keyinchalik   qadimgi   faylasuflar   tarixni
uzluksiz   takrorlanib   turadigan   jarayonlar,   «abadiy   ortga   qaytish»   (F.Nitsshe)
sifatida tasavvur qilganlar. 
Diniy   an'ana   tarixning   butunlay   boshqacha   talqinini   taklif   qildi.   O‘rta
asrlarda   ilohiy   taqdir   asosiy   tarixiy   kuch   sifatida   e'tirof   etildi.   Tarixiy
voqyealarning   ichki   mantiqi   alohida   mazmun   kasb   etdi:   Xudo   nafaqat   tarixiy jarayonni   boshqaradi,   balki   adashgan   insoniyatga   gunohlardan   forig‘   bo‘lish,
jannatdagi   boqiy   hayotga   erishish   yo‘lini   ko‘rsatadi.   Avreliy   Avgustin   o‘zining
«Ilohiy   shahar   haqida»   asarida   boqiylik   va   muvaqqatlik,   ilohiylik   va
dunyoviylikning   birligi   to‘g‘risida   so‘z   yuritadi.   Uning   fikricha,   Iso   Masih
insoniyatga boqiylik sari yo‘l ko‘rsatgan. Tarixning mazmuni – boqiylikka eltuvchi
yo‘ldan   borishda,   inson   hayotining   mazmuni   esa   –   Xudoga   xizmat   qilish,
gunohlardan forig‘ bo‘lishdadir. 
Ibn   Xaldun   tarixning   mazmuni   haqida   mulohaza   yuritar   ekan,   uni,   inson
hayotining mazmuni kabi, tarix tugaganidan keyingina aniqlash mumkinligini qayd
etadi.   Ammo,   shunga   qaramay,   tarixning   mazmuni   haqida   erkinlik,   ijod
tushunchalariga   tayanib   so‘z   yuritish   mumkin,   deb   hisoblaydi.   Tarixning
harakatida  Ibn  Xaldun   ob'ektivlashuvning   inson   ustidan   hukmini   kamaytiradigan,
uning erkinligi  va ijodining tantanasini  qaror  toptiradigan  jarayonlarni  aniqlashga
harakat qiladi. 
Tarixda mazmunning mavjudligi haqidagi tasavvur, shuningdek O‘rta asrlar
falsafasi   ilk   bor   ta'riflab   bergan   insoniyatning   taraqqiyoti   g‘oyasi   ancha
yashovchan   bo‘lib   chiqdi:   u   turli   yo‘nalish   va   oqimlarga   mansub   faylasuflar
tomonidan   muayyan   falsafiy   ta'limotlar   nuqtai   nazaridan   u   yoki   bu   tarzda   talqin
qilingan.   Masalan,   Ma'rifat   davrida   barcha   tarixiy   voqyealarga   oqilonalik
mezoniga muvofiq baho berilgan. Mazkur konsepsiya eng mukammal ko‘rinishda
D.Didro   tashabbusi   bilan   yaratilgan   «Ensiklopediya»ning   faol   ishtirokchilaridan
biri, fransuz ma'rifatchisi Nikolay Kondorse asarida o‘z aksini topgan. U o‘zining
«Inson   tafakkuri   taraqqiyotining   tarixiy   manzarasiga   chizg‘i»   deb   nomlangan
risolasida   kishilik   jamiyatining   barcha   jabhalariga   tafakkurning   kirishi   g‘oyasini
mazkur jamiyat rivojlanishining uzoq istiqboli sifatida asoslashga harakat qiladi. 
Tafakkurning tantanasi g‘oyasi insoniyat tarixining mazmuni sifatida Gegel
tomonidan ham asoslangan. U tarixga mutlaq ruh, olamiy Aql taraqqiyoti sifatida
yondashgan. Gegel fikriga ko‘ra, mazkur taraqqiyot o‘zining alohida vazifasini ado
etishi   lozim   bo‘lgan   ayrim   xalqlar   ruhi   orqali   amalga   oshadi.   Uning   fikricha, tarixiy   jarayon   «aqlga   muvofiq»,   ya'ni   tasodiflardan   yoki   ayrim   shaxslarning
o‘zboshimchaligidan qat'iy nazar o‘ziga yo‘l ochadigan ob'ektiv qonuniyatlar bilan
belgilanadi.   Tarixning   mazmuni   mutlaq   ruh   o‘zini   o‘zi   anglab   yetishidadir,   deb
qayd etadi Gegel.
Tarixning   mazmunini   aniqlash   borasidagi   keyingi   izlanishlar   amalda
muayyan   ideal   tajassumi   sifatidagi   tarixning   mazmuni   haqidagi   tezisning
ko‘rinishlari hisoblanadi. Idealning mazmuni  har  xil, hatto qarama-qarshi  bo‘lishi
mumkin:   texnokratik   illyuziyalar,   ommaviy   iste'mol   jamiyati   ideali,   axborot
jamiyati ideali, xususiy mulk va ekspluatatsiyasiz umumiy tenglik jamiyati va h.k.
Tarixning mazmunini aniqlash yo‘lidagi izlanish rang-barang ekanligiga qaramay,
uning har  bir talqini aholi muayyan qismining orzu-umidlariga mosdir. Tarixning
mazmuni   tushunchasining   eng   teran   talqinlarini   XX   asr   faylasuflari   –K.Yaspers
taklif qilgan . U jahon tarixining mazmunini davrlarning umuminsoniy aloqalarga
asoslanadigan   mazmun   jihatidan   bog‘lanishida   ko‘radi.   Mazkur   bog‘lanishning
mavjudligini tarixning mazmunini aks ettiradigan dunyoviy vaqt o‘qi kafolatlaydi.
U   Sharq   va   G‘arb   madaniyatlarining   umumiy   asosi   hisoblanadi.   Yaspers   jahon
tarixida   tillarning   vujudga   kelishi,   mehnat   qurollari   ixtiro   qilinishi,   olovdan
foydalanishga   kirishilishi   kabi   to‘rt   bosqichini   farqlaydi:.   Vaqt   o‘qining
boshlanishi   Hindiston,   Xitoy,   Yunoniston   ,Markaziy   Osiyo,   Eron   buyuk
madaniyatlari   deyarli   bir   vaqtda   vujudga   kelgan   miloddan   avvalgi   800   va   200
yillar oralig‘idagi davrga mos keladi. yevropada fan-texnika davrining boshlanishi
mazkur   madaniyatlarning   davomi   (ma'lum   ma'noda   esa   ularning   ziddi)   bo‘lgan.
To‘rtinchi   bosqichda   insoniyatning   birligi   vujudga   keladi.   Bu   davrda   jamiyat
insonga   munosib   bo‘lgan   asoslar   va   tamoyillarga   muvofiq   rivojlanadi.
Totalitarizmdan   butunlay   voz   kechishga   asoslangan   huquqiy   davlat   mazkur
birlikning   kafili   hisoblanadi.   Tarixning   mazmuni   –   umuminsoniy   madaniyatni   va
vaqt o‘qining avvalida shakllangan an'analarni saqlash va rivojlantirishdadir. 
Bugungi   kunda   jamiyatning   globallashuvi   munosabati   bilan   tarixning
mazmuni haqidagi masala yana kun tartibidan o‘rin olmoqda. Zamonlar va xalqlar aloqasini,   xalqlar   o‘rtasidagi   hamjihatlikni   qaror   toptiradigan,   ajdodlarning
ma'naviy   merosini   saqlash   va   ko‘paytirishni,   hozirgi   avlodlarning   erkinligi   va
ijodiy   imkoniyatlarini   ro‘yobga   chiqarishni   ta'minlaydigan   qadriyatlar   tizimiga
qarab mo‘ljal oluvchi g‘oyalar yana muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
XIX   asrda   falsafadan   sotsiologiya   ajralib   chiqa   boshladi.   Mazkur   fan
jamiyatni   tushunishga   nisbatan   falsafiy   yondashuvlarni   asosan   tan   oladi   va   ayni
vaqtda o‘z predmeti va tadqiqot metodlariga ega. 
O.Kont .   Ijtimoiy   tadqiqotlarning   ob'ektivligiga   erishish   lozim,   degan
g‘oyani himoya qilgan O.Kont (1798-1857) fan sifatidagi sotsiologiya asoschisi. U
sotsiologiyani  ikki qismga ajratadi:  birinchi  qism ijtimoiy statikani, ya'ni  ijtimoiy
tizimlarning   mavjudlik   shartlarini   va   ularning   amal   qilish   qonunlarini,   ikkinchi
qism   esa   –   ijtimoiy   dinamikani,   ya'ni   jamiyatning   rivojlanish   va   o‘zgarish
qonunlarini   o‘rganadi.   Ijtimoiy   statika   –   odam   organizmining   tuzilishiga   o‘xshab
ketadigan jamiyat  «anatomiyasi»dir. Kont  jamiyatda oila, din, davlat  kabi muhim
institutlarni farqlaydi. U jamiyat rivojlanishining uch bosqichi qonunini ta'riflaydi.
Mazkur   bosqichlar   insoniyat   aqliy   rivojlanishining   uch   bosqichiga   mos   keladi:
teologik bosqich (u qadimgi davr va ilk O‘rta asrlarni qamrab oladi va XIII asrda
tugaydi),   metafizik   bosqich   (XIV-XVIII   asrlar)   va   pozitiv   bosqich   (XIX   asrda
boshlanadi). 
Marksizm.   K.Marks   (1818-1883)   va   F.Engels   (1820-1895)   jamiyatni   o‘z-
o‘zidan   rivojlanadigan,   iqtisodiy   rivojlanishning   bir   bosqichidagi   barcha
mamlakatlar   uchun   umumiy   bo‘lgan   o‘ta   murakkab   tizim   sifatida   tavsiflaydi.
Jamiyatning   ziddiyatli   birlikni   tashkil   etadigan   barcha   tarkibiy   qismlari   moddiy
ishlab   chiqarish   munosabatlari   bilan   belgilanadi.   Mazkur   munosabatlar   majmui
bazisni, ya'ni jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil  etadi. Shu asosda  jamiyatning
o‘ziga xos ijtimoiy munosabatlar amal qiladigan muayyan-tarixiy tipi shakllanadi.
Jamiyatning   umumiy   iqtisodiy   asosda   shakllanadigan   va   «alohida,   o‘ziga   xos
xususiyat»ga ega bo‘lgan tipini Marks ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya deb belgilaydi.
Ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiyalarning   o‘zgarishiga   Marks   pirovard   natijada   ishlab chiqarish   kuchlari   va   ishlab   chiqarish   munosabatlarining   dialektikasi   bilan
belgilanadigan qonuniy, tabiiy-tarixiy jarayon sifatida qaraydi. 
G.Spenser.   Sotsiologiyada   organik   yo‘nalish   asoschisi   Gerbert   Spenser
(1820-1903) jamiyatga individlar birlashmasi  sifatida yondashadi. Uning fikricha,
mazkur   individlarning   rivojlanishidagi   farqlar   jamiyat   evolyusiyasining   dastlabki
shartlari hisoblanadi. Jumladan, ibtidoiy qabilalar rivojlanishda oqsaganini Spenser
ularning   qobiliyatlari   rivojlanish   darajasining   pastligi   bilan   tushuntiradi.   Eng
moslashuvchan   jamiyatlarning   yashash   uchun   kurashini   ijtimoiy   taraqqiyotning
asosiy   qonuni   deb   hisoblaydi.   U   iqlim,   tabiiy   sharoitning   ijtimoiy   jarayonlarga
ta'sirini   o‘rgangan.   Spenser   yaratgan   ta'limotni   keyinchalik   sotsiologiyadagi
geografik oqimlarning vakillari rivojlantirgan. 
E.Dyurkgeym.   E.Dyurkgeym   (1858-1917),   jamiyatni   tushunishni
qadriyatlar   tizimi   bilan   bog‘lagan,   faqat   shu   yo‘l   bilan   tarixni   uning   o‘ziga   xos
xususiyatiga   muvofiq   tarzda   o‘rganish   mumkin,   deb   hisoblagan.   E.Dyurkgeym
ham qadriyatlarni  jamiyat  tuzilishini  belgilovchi  muhim  omil deb bilgan. Jamiyat
tuzilmasini   o‘rganishga   nisbatan   u   strukturaviy   funksionalizm   nuqtai   nazaridan
yondashgan. Jamiyat  borliqning alohida sohasi  bo‘lib, u o‘z qonunlariga muvofiq
rivojlanadi.   Noijtimoiy   xususiyatga   ega   bo‘lgan   omillar   jamiyat   hayotiga   jiddiy
ta'sir   ko‘rsatishga   qodir   emas.   Jamiyat   tuzilmasiga   Dyurkgeym   o‘zaro   ta'sirga
kirishadigan   va   bir-birini   vujudga   keltiradigan   ijtimoiy   dalillar   majmui   sifatida
qaraydi.   Ijtimoiy   dalillar   sababini   ongdan   emas,   balki   bundan   oldingi   ijtimoiy
dalillardan   qidirish   lozim.   Ijtimoiy   tuzilma   dalillarning   ikki   guruhidan   tarkib
topadi:   birinchidan,   u   moddiy   va   ma'naviy   qadriyatlarni,   ikkinchidan,   ijtimoiy
jamoalarni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy jamoalarni tahlil qilar ekan, Dyurkgeym oila,
kasbiy   guruh   kabi   jamoalarni,   shuningdek   mehnat   taqsimotiga   muvofiq   vujudga
keladigan,   ijtimoiy   birlik   (axloq,   din)ni   ifoda   etadigan   ijtimoiy   institutlarni
farqlaydi.   Ijtimoiy   jarayonda   sababiyat   ijtimoiy   muhitning   yuqorida   zikr   etilgan
elementlarining u yoki bu hodisani vujudga keltiradigan o‘zaro ta'siridir.  Dyurkgeym   ijtimoiy   evolyusiya   mavjudligini   qayd   etadi   va   uni   mehnat
taqsimoti   bilan   bog‘laydi.   U   rivojlangan   mehnat   taqsimoti,   ixtisoslashuv   va
kooperatsiyani   yuksak   darajada   uyushgan   jamiyatning   belgisi   deb   hisoblaydi.
Mazkur   jamiyat   mehnat   taqsimoti   mavjud   bo‘lmagan   arxaik   jamiyatlardan   ayni
shu   belgiga   ko‘ra   farq   qiladi.   Mehnat   taqsimoti   individlar   o‘rtasidagi   farqlarni
belgilaydi   va   shaxs   shakllanishining   omili   hisoblanadi.   U   odamlarni   o‘zaro
aloqadorlik tizimi bilan birlashtirib, ijtimoiy aloqalarga uyg‘un tus beradi. 
Dyurkgeym shaxs va jamiyatning uzviy aloqasini qayd etadi. Uning fikricha,
jamiyatning tubanlashuvi muqarrar tarzda shaxsning tubanlashuviga sabab bo‘ladi.
Ne'matlar   va   xizmatlarni   ayirboshlashning   buzilishi   natijasida   yuzaga   keladigan
tengsizlik,   shuningdek   shaxs   o‘z   kasbiy   roliga   moslashmagani   jamiyatda   sinfiy
kurashni   keltirib   chiqaradi.   Mehnat   taqsimotini   muvofiqlashtirishning   maqbul
vositalarini   topish,   imkoniyatlar   tengligini   ta'minlaydigan   qoidalarning   aniq
majmuini belgilash talab etiladi. Dyurkgeym bu jarayonda sotsiologiya fan sifatida
ayniqsa muhim rol o‘ynaydi deb hisoblagan. 
M.Veber.  Maks Veber (1864-1920) o‘z sotsiologik qarashlarida Rikkertning
borliq va ongning o‘zaro aloqasi zamirida sub'ektning qadriyatga bo‘lgan muayyan
munosabati   yotadi,   degan   g‘oyasiga   tayangan.   Shunga   muvofiq   Veber   tahlil
qilinayotgan   materialning   iqtisodiy,   diniy   va   axloqiy   qadriyatlar   bilan   o‘zaro
nisbatini   aniqlash   lozim   deb   hisoblagan.   O‘zining   «Protestantcha   axloq   va
kapitalizm ruhi» asarida Veber dastlab Niderlandiya, Angliya va AQShda vujudga
kelgan sanoat kapitalizmining qaror topishiga protestantcha axloq qadriyatlarining
ta'sirini   tahlil   qiladi.   U   hozirgi   zamon   xo‘jalik   hayotida   hukm   surayotgan
kapitalizmning   o‘ziga   xos   xususiyatiga   mos   keladigan   xo‘jalik   yurituvchi
sub'ektlar – tadbirkorlar va ishchilar shakllanishi natijasida vujudga kelganini qayd
etadi.   Veber   tarixiy   materializmning   g‘oyalar   iqtisodiy   munosabatlar   ustqurmasi
sifatida   yuzaga   kelgan,   degan   «sodda»   tasavvurlariga   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   e'tiroz
bildiradi   va   aksincha,   kapitalizm   «ruhi»   uning   vujudga   kelish   omili   bo‘lgan,   deb
hisoblaydi.  U kapitalizm modelini kapitalistik naf ko‘rishga oqilona intilishdan keltirib
chiqarishga   harakat   qiladi.   Veber   ratsionalizm   tamoyillari   G‘arb   madaniyatining
barcha   hodisalarida:   fanda,   san'atda,   monumental   qurilmalar   yaratish   konstruktiv
tamoyillarida   hukm   surishini   qayd   etadi.   Oqilona   ishlab   chiqilgan   konstitutsiya,
huquq,   oqilona   yaratilgan   qoidalarga   qarab   mo‘ljal   oladigan   mutaxassis-
amaldorlardan   iborat   siyosiy   institut   sifatidagi   davlat   faqat   G‘arbda   mavjud.
Ammo   ratsionalizm   qadriyatlarini   amalga   oshirishning   eng   oqilona   ifodasi
tadbirkorlik   sohasida   mujassamlashgan:   ishlab   chiqarishning
kommersializatsiyalashuvi,   buxgalteriya   hisoboti,   chayqovchilikni
oqilonalashtiruvchi   qimmatli   qog‘ozlar   va   birjalar,   mehnatni   oqilona   tashkil   etish
va h.klardir.
O‘zining   boshqa   bir   qator   asarlari,   chunonchi:   «Tushunuvchi
sotsiologiyaning   ba'zi   bir   kategoriyalari   haqida»,   «Jahon   dinlarining   xo‘jalik
axloqi»,   «Xo‘jalik   va   jamiyat»,   «Xo‘jalik   tarixi»da   Veber   ijtimoiy   harakat   va
uning   motivatsiyasi   tushunchasini   ta'riflab   berdi.   Borliqni   tushuntirish   uchun   u
«ideal   tiplar»  metodologiyasini   yaratdi   va  undan   foydalandi.   Veber   fikriga  ko‘ra,
ijtimoiy   organizm   hujayrasi   hisoblanadigan   ijtimoiy   harakat   ikki   omil:   sub'ektiv
motivatsiya   va   boshqalarga   qarab   mo‘ljal   olishni   o‘z   ichiga   oladi.   U   ijtimoiy
harakatning oqilona maqsadli ijtimoiy harakat, oqilona qadriyatli ijtimoiy harakat,
affektli ijtimoiy harakat va an'anaviy ijtimoiy harakat kabi tiplarini farqlaydi. 
O‘zining   ijtimoiy   harakat   konsepsiyasini   Veber   hokimiyatni   tushunishga
nisbatan   ham   tatbiq   etadi.   O‘zgalarning   umidlariga   qarab   mo‘ljal   olish   ijtimoiy
harakatning   muqarrar   belgisi   bo‘lgani   bois,   hokimiyat   siyosiy   munosabatlarda
ishtirok   etuvchi   tomonlarning   o‘zaro   umidlarini   nazarda   tutadi.   Shu   holdagina
hokimiyat   qonuniylik   kasb   etadi:   boshqarayotganlar   o‘z   buyruqlariga
bo‘ysunishlariga   umid   qiladilar;   boshqarilayotganlar   esa   oqilona   buyruqlarni
kutadilar.   Veber   qonuniy   davlatlarning:   ish   vakolatlari   qonuniy   belgilanishining
majburiyligiga   bo‘lgan   ishonchga   ko‘ra   hukmronlik;   muayyan   xulq-atvorga
ko‘nikish   bilan   belgilangan   hukmronlik;   xarizmatik   hukmronlik   kabi   uch   tipini farqlaydi.   Boshqaruvning   oqilona-byurokratik   tipi   vujudga   kelishi   bilan   bog‘liq
bo‘lgan   hokimiyatning   namunaviy-oqilona   tipini   Veber   hokimiyat   ideali   deb
hisoblagan. 
XX   asrda   M.Veber   ilgari   surgan   tarixiy   jarayonning   teng   huquqli   omillari
ta'siri haqidagi g‘oyasi asoslab berildi. Ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bir qancha
nazariyalari texnika, sanoat, axborot tizimlari, kommunikatsiya, globallashuv kabi
omillarni birinchi o‘ringa qo‘yadilar. 
I.A.   Karimov   (1938)   tarix   falsafasini   tarixiy   xotira   bilan   uyg‘un   holda
ko‘radi. Uning fikricha   “Inson uchun tarxidan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish
demakdir” 1
.   Fikrining   davomida   u   tarixiy   xotirasi   bor   inson   irodali   inson,
jamiyatning   har   bir   a'zosi   o‘z   o‘tmishini   yaxshi   bilsa,   bunday   odamlarni   yo‘ldan
urish,   har   xil   aqidalar   ta'siriga   olish   mumkin   emas.   tarix   saboqlari   insonni
hushyorlikka   o‘rgatadi,   irodasini   mustahkamlaydi,   o‘zlikni   anglash   tarixni
bilishdan boshlanadi, deb ta'kidlaydi. Buning uchun har bir millat o‘zining tarixiy
ildizlariga   nazar   solishi,   u   yoki   bu   mafkura   ta'sirida   xash-po‘shlangan   tarixiy
xotirani   o‘z   holicha   qayta   tiklashga   harakat   qilishi   lozim.   “O‘z   tarixini
bilmaydigan,   kechagi   kunini   unutgan   millatning   kelajagi   yo‘q” 2
.   Shundagina
millat,   xalq   o‘z-o‘zini   anglaydi.   Tarixchilar   millatga   uning   haqqoniy   tarixini
ko‘rsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan tarix xalq ma'naviyatining asosidir. 
N.Jo‘raev   (1952)   fikricha,   vaqt   o‘tgan   sari   insoniyat   tafakkuri   kengayib,
ijtimoiy   fanlar   taraqqiy   topib   borishi   natijasida   tarix   falsafasi   atrofidagi
mulohazalar   kengayadi.   Uning   predmeti   va   ob'ektiga   aniqlik   kiritiladi.   Shu   ilmiy
haqiqatdan   kelib   chiqib,   N.Jo‘raev   hozirgi   zamon   tarix   falsafasining   quyidagi
vazifalarini belgilaydi:
-   insoniyat   tarixi   rivojlanish   qonuniyatlarini,   ularning   manbalari   va
mohiyatini o‘rganish;
1  Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. -T.: Sharq, 1998.-B.10
2  Karimov I. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch.-T.: Ma’naviyat, 2008. –B. 4. -   insoniyat   tarixini,   jumladan,   milliy   tarixni   ham   hozirgacha   ta'sirini
o‘tkazib   kelapyotgan   kommunistik   mafkura   asosidagi   ilmiy   metodologiyada
mavjud bo‘lgan tamoyillardan voz kechib, milliy istiqlol g‘oyasi asosida o‘rganish
va davrlashtirish muammosini hal etish;
- sivilizatsiyalar  va madaniyatlar  yuzaga  kelishining yaxlit  tizimini  ishlab
chiqish, ular inqirozi sabablarini chuqur tahlil etish;
-   tarixiy   jarayonning   umumiy   shaklini   tahlil   etish,   ularni   o‘tmish,   bugun,
kelajak tizimida mantiqan o‘rganish hamda insoniyat istiqboli haqida tasavvurlarga
aniqlik kiritish;
- tarixiy taraqqiyot omillarini diniy va dunyoviy qonunlar nuqtai nazaridan
o‘rganish, nazariy jihatdan baquvvat ilmiy va amaliy asoslangan xulosalarni ishlab
chiqish;
- qadriyatlar tizimini hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan tadqiq etish
va baholash;
-   insoniyat   tarixida   to‘plangan   moddiy,   ma'naviy   va   madaniy
qadriyatlarning tarixiy tahlili orqali mantiqiy va falsafiy asoslarini o‘rganish;
- tarixni anglashning yangi yo‘nalishlarini hozirgi zamon falsafiy tafakkur
mezonlari   asosida   belgilash   hamda   unga   tayangan   holda   ijtimoiy   taraqqiyot
maqsadlarini aniqlash orqali, tarixning murabbiylik rolini oshirish;
-   yaxlit   insoniyat   taraqqiyoti   omillarini   va   manbalarini   o‘rganish,   shu
asosda jahon tarixiy taraqqiyot istiqbollarini belgilash;
-   tarix   fani   predmeti   va   metodologiyasini   hozirgi   zamon   talablari   asosida
qayta ishlab chiqish hamda tarixni tadqiq etishning turli yo‘nalishlarini, jumladan,
siyosiy   tarix,   iqtisodiy   tarix,   din   tarixi,   san'at   tarixi,   etnogenezis   va   boshqa
yo‘nalishlar   bilan   mushtarak   holda   kompleks   tadqiqotlarni   olib   borish   orqali,
inson, insoniyat va uning tarix yaxlit mohiyatini ochib berish 3
.
3  Jo‘rayev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari-T.: Ma’naviyat, -B.186. 2001. Ana shu vazifalarni hal etishda tarix falsafasi va tarix fanining hamkorligi
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Uning   fikricha,   bir   qarashda   tarix   falsafasi   va   tarix
fani bir-biridan ayri yo‘nalishdek ko‘rinadi. Zotan, real jarayonga, real voqyelikka,
insoniyat   tarixida   qaysidir   hodisaga   tarixchi   tarix   ko‘zi   bilan   qarasa,   faylasuf
faylasuf   ko‘zi   bilan   qaraydi.   Aslida   har   ikki   qarashlar   zamirida   inson   taqdiri,
tafakkur   tarzi   va   manfaatlar   ustuvorligi   yotadiki,   bu   inson   fenomeni   va   hayot
falsafasining mantig‘idir.
Tarix falsafasining predmeti, tuzilishi va funksiyalari.  «Tarix falsafasi»
nima   va   uning   predmeti   nimadan   iborat?   Bu   savolga   javob   berar   ekanmiz,   tarix
falsafasi   tushunchasiga   «Falsafiy   qomusiy   lug‘at»   mualliflari   bergan   ta'rifni
keltirish   o‘rinli   bo‘ladi   deb   o‘ylaymiz:   «Tarix   falsafasi   –   falsafaning   tarixiy
jarayonni va tarixiy bilishni talqin qilish bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘limi» 4
. Shunday
qilib,   tarix   falsafasi   falsafaning   tarkibiy   qismi   hisoblanadi.   Tarix   falsafasining
predmeti   esa   tarixiy   jarayon   va   tarixiy   bilishni   talqin   qilish,   ularning   mazmunini
yoritib berishdan iborat. Ammo bu tarix falsafasini tavsiflashga nisbatan birdan-bir
yondashuv emas, chunki tarixiy rivojlanish jarayonida tarix falsafasining predmeti
va   muammolari   sezilarli   darajada   o‘zgargan   va   hozirgi   vaqtda   tarix   falsafasining
turli yo‘nalishlari tomonidan har xil talqin qilinadi. 
Masalan,   antik   davr   tarixchilari   va   faylasuflari   (Gerodot,   Platon,   Fukidid,
Aristotel,   Plutarx   va   b.)ning   tadqiqotlari   o‘tgan   va   hozirgi   zamon   kishilarining
qilmishlari, tabiat va insonning o‘zaro aloqasi haqida ma'lumotlar yig‘ishdan, ya'ni
tarixiy   dalillarni   ularni   nazariy   jihatdan   anglab   yetmasdan   va   yagona   falsafiy-
tarixiy tizimga solmasdan tavsiflash va o‘rganishdan iborat bo‘lgan. 
O‘rta   asrlarda   (Avgustin   va   b.)   tarix   falsafasining   predmeti   sifatida   avvalo
Xudo   va   insonning   o‘zaro   aloqasi   muammosi,   harakatlantiruvchi   kuchi   ilohiy
vahiy   sanalgan   tarixiy   jarayonning   mazmunini   aniqlash,   tarixiy   asarlarning
mohiyati va vazifasini o‘rganish amal qilgan. 
4  Filosofskiy ensiklopedicheskiy slovar. – M.: Sovremenniy literator, 1989. – 700-b.   Sharqda   tarix   falsafasining   (A.Beruniy,   Ibn   Xaldun,   A.B.Narxashiy,
R.Hamadoniy) predmeti sifatida jahon tarixi, umumiy tarixiy taraqqiyot qoidalari,
yo‘nalish   va   omillarini   belgilovchi   kishilik   jamiyatining   o‘ziga   xos   davriylik
nazariyasi alohida o‘rin tutadi. “Odamlar kabi davlat ham o‘zining hayotiy davriga
ega” 5
. Beruniy tarixni o‘rganish tahlil qilish va so‘ng xulosalar chiqarish zaruligini
tavsiya   qilar   ekan,   uni   davrlarga   bo‘lish,   har   bir   davrning   o‘ziga   xos   jihatlarini
aniqlash   va   ana   shu   usul   orqali   ijtimoiy   hayotga,   kishilik   jamiyatiga   tegishli   va
asosli baho berish mumkin deb hisoblaydi.
Uyg‘onish davrida va Yangi davrda (Nikkolo Makiavelli, Jambattista Viko,
Frensis   Bekon,   Tomas   Gobbs   va   b.)   tarixning   maqsadi,   yo‘nalishini,   shuningdek
tarixiy   jarayonda   insonning,   sinflarning   rolini   aniqlash   (Ogyusten   Terri,   Fransua
Gizo, Ogyust  Mine)  tarix falsafasining predmetiga aylangan. Yangi  davrda «tarix
falsafasi»   atamasi   ham   paydo   bo‘lgan,   uni   ilk   bor   1765   yilda   tarixchi   tarixiy
voqyealarni   shunchaki   tavsiflabgina   qolmasdan,   balki   tarixiy   jarayonni   falsafiy
jihatdan anglab yetishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan fransuz ma'rifatchisi
Volter   ishlatgan.   Keyinchalik   tarixiy   jarayonning   umumiy   qonuniyatlari   va
dialektikasini aniqlash yo‘lida izlanishlar olib borish Georg Gegel hamda dialektik
materializm   asoschilari   Karl   Marks   va   Fridrix   Engels   uchun   tarix   falsafasining
asosiy predmetiga aylangan. 
XIX   asr   oxiri   –   XX   asr   boshida   tarix   falsafasining   ko‘pgina   yangi
yo‘nalishlari   vujudga   kelgan.   Ularning   har   biri   o‘z   tadqiqot   predmetiga   ega
bo‘lgan.   Masalan,   tarixning   aylanma   harakati   nazariyasi   namoyandalari   (Nikolay
Danilevskiy,   Osvald   Shpengler,   Arnold   Toynbi),   o‘z   o‘tmishdoshlari   kabi,   o‘z
oldiga   tarixiy   jarayon   qonuniyatlarini   aniqlash   vazifasini   qo‘ygan.   Xristian   tarix
falsafasining ko‘p sonli yo‘nalishlari: neotomizm (Jak Mariten, Eten Anri Jilson va
b.),   neoavgustizm   (Moris   Blondel,   Gabriel   Marsel,   Jan   Lakrua),   teyyardizm   (Per
Teyyar   de   Sharden)   va   qisman   ekzistensializm   (Karl   Yaspers)   namoyandalari
tarixning   mazmuni   muammosini   bosh   muammo   deb   hisoblaganlar.   Tarixiy   bilish
5  Qarang. Hotamiy S.M. Islom tafakkuri tarixidan.-T.: Ma’naviyat, 2003. –B.263 gnoseologik   nazariyasi   va   tanqidi   namoyandalari   (Vilgelm   Diltey,   Benedetto
Kroche)   esa   tarixshunoslik   (istoriografiya)   doirasi   bilangina   cheklanib
qolmaganlar,   balki   so‘zning   keng   ma'nosidagi   tarixiy   ongni   ham   tahlil   qilganlar.
Neokantchilik   tarix   falsafasi   (Vilgelm   Vindelband,   Genrix   Rikkert)   va   «analitik»
tarix falsafasi (Ernest Nagel, Karl Gempel va b.) ham o‘zining alohida predmetiga
ega.   XX   asr   tarix   falsafasi   aksariyat   hozirgi   yo‘nalishlarining   muhim   xususiyati
shundan   iboratki,   ularning   predmeti   sifatida   jahon   tarixi,   hozirgi   sivilizatsiyaning
global muammolari amal qiladi. 
Bu muxtasar sharhdan ko‘rinib turganidek, turli falsafiy-tarixiy maktablarda
tadqiqot   predmeti   muammosiga   nisbatan   yagona   yondashuv   mavjud   emas.   Ayni
hol   avvalo   shu   bilan   bog‘liqki,   tarixiy   voqyelikning   mohiyati   turli   tadqiqotchilar
tomonidan   har   xil   tushunilishi   o‘z-o‘zidan   tarixiy   jarayonning,   ya'ni   «tarix
falsafasi»ning   ko‘p   sonli   falsafiy   talqinlarini   vujudga   keltiradi.   Ammo   mazkur
yondashuvlarni   umumlashtirish   tarix   falsafasi   –   bu   falsafaning   tarixiy   jarayon
mazmuni,   uning   qonuniyatlari   va   asosiy   yo‘nalishlarini   tushuntirish   bilan
shug‘ullanuvchi,   shuningdek   uni   bilish   metodlarini   asoslovchi   bo‘limi,   degan
xulosaga kelish imkonini beradi.
Tarix falsafasi predmetining umumiy tavsifi uning tuzilishi va funksiyalarini
o‘rganishga o‘tish imkonini beradi. 
Tarix   falsafasining   tuzilishi.   Tarix   falsafasining   tuzilishini   tavsiflar
ekanmiz,   bu   element   tarix   falsafasi   u   yoki   bu   yo‘nalishi   namoyandalarining
metodologik   mo‘ljallari   bilan   uzviy   bog‘liq,   degan   xulosaga   kelishimiz   mumkin.
Ayni vaqtda, ahamiyatsiz tafovutlarni e'tibordan soqit etsak, aksariyat yo‘nalishlar
doirasida   o‘rganiladigan   asosiy   muammolarni   qayd   etishimiz   mumkin.   Tarix
falsafasining   asosiy   tarkibiy   qismlarini   aytib   o‘tamiz   va   ularga   qisqacha
to‘xtalamiz 
Tarix   falsafasi   ontologiyasi   –   bu   tarix   falsafasining   tarixiy   borliq
muammolari,   chunonchi:   tarixning   mazmuni   va   yo‘nalishi,   ijtimoiy   taraqqiyot, ijtimoiy determinizm, yagona tarixiy makonning vujudga kelishi, jahon tarixining
yagonaligi  asoslarini,  insonning  koinotdagi  o‘rnini  aniqlash, tarixiy vaqt  masalasi
va   hokazolarni   o‘rganish   bilan   shug‘ullanuvchi   tarkibiy   qismi.   Mazkur   bo‘limda
jamiyatning   rivojlanish   mantig‘ini,   uning   turli   tomonlari   o‘rtasidagi   aloqalar   va
o‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganish ham muhim o‘rin egallaydi. 
Tarix falsafasi  gnoseologiyasi  asosiy e'tiborni  tarixiy bilish muammolariga,
aniqroq   aytganda,   tarixiy   faktlar   va   voqyealarni   o‘rganish,   tahlil   qilish   va
tushuntirish,   tarixiy   bilimning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   aniqlash,   shuningdek
tarixiy bilishda haqiqatning tagiga yetishga qaratadi. 
Tarix falsafasi tarixi tarix falsafasining vujudga kelishi va rivojlanishi, tarix
falsafasi   predmetining   shakllanishi   muammolarini,   tarix   falsafasining   turli
yo‘nalishlar   va   oqimlar   vujudga   kelishiga   sabab   bo‘lgan   ichki
differensiatsiyalanish   jarayonini   o‘rganadi.   Tarix   falsafasi   mazkur   bo‘limining
muhim   muammolari   qatoriga   tarixiy   jarayonni   davriylashtirish,   boshqa   ijtimoiy
fanlar orasida tarix falsafasining o‘rnini aniqlash masalalari ham kiradi. 
Tarix   falsafasi   antropologiyasi   insonning   tarixiy   jarayondagi   o‘rnini,   bu
jarayonda   tarix   sub'ektlarining   rolini   aniqlaydi   va   «Tarixni   kim   harakatga
keltiradi?»,   degan   savolga   javob   beradi.   Odatda,   tarix   falsafasining   turli
yo‘nalishlari   tarixiy   jarayon   sub'ektlari   qatoriga   xalq,   millat,   omma,   olomon,
ijtimoiy   sinflar   va   atoqli   shaxslarni   kiritadi   va   qo‘yilgan   savolga   har   xil   javob
beradi. 
Tarix   falsafasining   funksiyalari.   Tarix   falsafasining   funksiyalari
to‘g‘risidagi masalani hal qilmasdan uning predmeti va o‘ziga xos jihatlarini to‘la
anglab   yetish   mumkin   emas.   Tarix   falsafasi   falsafaning   tarkibiy   qismi   ekanligiga
asoslanib,   tarix   falsafasining   funksiyalari   umuman   falsafaning   funksiyalari   bilan
asosan   bir   xil,   deb   taxmin   qilish   mumkin.   Ayni   vaqtda   shuni   ham   unutmaslik
kerakki, tarix falsafasi o‘z alohida ob'ekti, predmeti, metodlari, tadqiqot maqsadlari va   vazifalariga   ega   va   bu   uning   muayyan   xususiyatlari   mavjudligidan   dalolat
beradi. Quyida ularni ko‘rib chiqamiz 
Tarix   falsafasining   dunyoqarashga   doir   funksiyasi   shundan   iboratki,   u
insonda   tarixga,   ya'ni   jamiyatning   mavjudligi   va   rivojlanishi,   tarixiy   jarayonning
yagonaligi va rang-barangligiga, uning mazmuni va yo‘nalishiga, insonning undagi
o‘rni va roliga va hokazolarga nisbatan umumiy munosabatni shakllantiradi. 
Tarix   falsafasining   nazariy   funksiyasi   shundan   iboratki,   u   tarixiy   jarayonni
teran   anglab   yetish   va   u   haqda   nazariya,   ya'ni   tarixiy   jarayonning   mavjudligi,
mazmuni,   rivojlanish   yo‘nalishi   haqidagi   qarashlar   tizimi   darajasida   xulosa
chiqarish imkonini beradi. Tarix falsafasining mazkur funksiyasi tarixiy o‘tmishni
nazariy   darajada   rekonstruksiya   qilishni   amalga   oshirish,   tarixiy   dalillar   va
voqyealarning haqqoniylik darajasini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi.
Tarix   falsafasining   metodologik   funksiyasi   uning   qoidalarini   tarixiy
o‘tmishning  u yoki  bu ijtimoiy fanlar  doirasida  o‘rganiluvchi  ayrim  hodisalari  va
voqyealarini   o‘rganish   jarayonida   amalga   tatbiq   etish   imkoniyatidan   iborat.   Bu
holda   tarix   falsafasining   qoidalari   va   xulosalari   tarix,   sotsiologiya,   iqtisod,
siyosatshunoslik,   huquq   falsafasi,   psixologiya   va   boshqa   fanlar   sohasida   amalga
oshiriluvchi tadqiqotlarda qudratli metodologik vosita rolini o‘ynaydi. 
Tarix   falsafasining   prognostik   funksiyasi   shundan   iboratki,   tarixiy   jarayon
qonuniyatlarini   bilish   jamiyat,   uning   ayrim   kichik   tizimlarining   rivojlanish
tendensiyalarini, tarix voqyealari, kishilar faoliyatining yaqin va uzoq kelajakdagi
oqibatlarini bashorat qilishga yordam beradi. Bunday bashorat negizida u yoki bu
ijtimoiy hodisalar va umuman jamiyatning rivojlanishini prognoz qilish mumkin. 
Shuni   qayd   etish   lozimki,   tarix   falsafasining   ko‘rib   chiqilgan   funksiyalari
bir-biri   bilan   uzviy   bog‘liq   va   bir-biriga   o‘tadi.   Ularning   har   biri   qolganlarini
nazarda tutadi va ularni o‘z tarkibiga u yoki bu tarzda kiritadi. 
Tarix   falsafasining   hozirgi   konsepsiyalari.   «Tarix   falsafasi»   atamasi
nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, dastlabki falsafiy-tarixiy g‘oyalar qadim zamonlardayoq   vujudga   kelgan.   Shu   sababli   tarix   falsafasining   hozirgi
konsepsiyalari   mohiyatini   yaxshiroq   anglab   yetish   uchun   tarixiy   o‘zlikni
anglashning   tadrijiy   rivojlanish   jarayoniga   nazar   tashlash   lozim.   Tarixiy
jarayonning yagonaligi va rang-barangligi, uni davriylashtirish va uning shakllarini
tizimga   solish   haqidagi   tasavvurlar,   shuningdek   insoniyat   tarixiy   rivojlanishini
harakatlantiruvchi kuchlar va uning yo‘nalishi haqidagi masala har doim yuqorida
zikr etilgan jarayonning muhim tarkibiy qismlari hisoblangan. 
Tarixiy   harakat   yo‘llarini,   tarixiy   jarayon   tendensiyalari   va   yo‘nalishini
anglab   yetish   muammosi   antik   davr   mutafakkirlari,   avvalo   Gerodot,   Fukidid,
Aristotel,   Teofrast,   Pliniy   Katta   va   boshqalarda   kuchli   qiziqish   uyg‘otgan.   Bu
tarixchi   va   faylasuflarning   asarlarida   insoniyatning   o‘tmishi   va   kelajagi   haqida
muayyan   tasavvurlar,   odamlarning   qilmishlari   haqida,   tarixiy   voqyealarning
yo‘nalishi   va   mazmuni   to‘g‘risida   mulohazalar   mavjud   bo‘lgan.   Kkeyinchalik
bularning barchasi jamuljam holda «tarix falsafasi» deb nomlangan, lekin ular hali
qarashlarning   mukammal   tizimini   tashkil   etmagan.   Bundan   tashqari,   qadimgi
faylasuflar   va   tarixchilarning   aksariyati   diniy-mifologik   dunyoqarashga   amal
qilgan. Bu dunyoqarashga ko‘ra, jamiyatda, xuddi tabiatdagi kabi, aylanma harakat
mavjud, odamlarning xatti-harakatlari taqdirga yoki xudolar irodasiga bo‘ysunadi.
Buyuk shaxslar – jamoa oqsoqollari, siyosiy arboblar, qahramonlarga xos bo‘lgan,
o‘z   tabiatiga   ko‘ra   o‘zgarmas   sanalgan   ehtiros   va   iroda   inson   xulq-atvorini
belgilovchi omil hisoblanadi. 
O‘rta asrlarda falsafiy tafakkurining namoyandalari Avreliy Avgustin, Foma
Akvinskiy   va   b.   Injil   va   yunon-rim   falsafiy-tarixiy   tafakkurini   sintez   qilib,
tarixning   yangi,   teologik   konsepsiyasini   yaratdi,   tarixiy   voqyealarning   mazmuni,
tarixiy   asarlarning   mohiyati   va   vazifalari   haqida   yangicha   tasavvurlarni   ilgari
surdi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq, xristian mualliflari, tarix orqali ilohiy niyatni
tushunib   yetishga   harakat   qilib,   aylanma   harakat   g‘oyasini   rad   etdilar   va   tarixiy
jarayonni   o‘tmishdan   kelajak   (bo‘lg‘usi   panohga   erishish,   masihning   kelishi)   sari
chiziqli harakat sifatida tasavvur qildilar.  Markaziy   Osiyo   mutafakkiri   A.R.Beruniy   podsholiklar   tarixi   orqali
o‘tmishni   davrlarga   bo‘lishni   taklif   qiladi.   Tarix   uning   fikricha,   fikr   va   tafakkur
manbai.   U   doimo   turli   fanlarning   o‘zaro   ta'sirining   uzviyligi   va   uyg‘unligi
natijasida   takomillashadi.   Shu   bois,   tarix   har   qanday   olim   uchun   tadqiqotning
muhim   manbai   bo‘lib  xizmat  qiladi.  Beruniy  tarixiy  tadqiqotlarni  boshqa   turdosh
fanlarni o‘rganish bilan uyg‘un holda olib borish, muayyan natijaga olib kelishini
ta'kidlaydi.   Zero,   tarixiy   manbani   o‘rganish,   uning   asosli   yoki   asossiz   ekanligin
isbotlash   tarixiy   tadqiqot   uchun   mas'uliyatli   jarayondir.   Chunki   tarixiy   manba
yaratganlar,   turli   hujjatlarni   bitganlar   yoki   o‘z   manfaatlari,   maqsadlari   doirasida
dalil   to‘playdilar.   Shu   holat   nuqtai   nazaridan   Beruniy   “xabar-xabarchilar   tufayli
rost   va   yolg‘on   tusini   oladi” 6
,   deb   e'tirof   etgan.   Tarixiy   haqiqatni   tiklash,   tarixiy
tafakkur   va   tarixiy   ma'lumotlarni   yig‘ish   Sharq   tarix   falsafasida   aniq   me'yorlar
vositasida amalga oshirilgan. 
Feodalizmning   inqirozi,   kapitalistik   munosabatlarning   rivojlanishi,
hurfikrlilikning   kuchayishi   ijtimoiy   ong   tarixga   nisbatan   teologik   yondashuvdan
xalos   bo‘lishiga   ko‘maklashdiki,   bu   fanning   rivojlanishiga   ijobiy   ta'sir   ko‘rsatdi.
Uyg‘onish   davri   (XIV-XVI   asrlar)   mutafakkirlari,   xristian   tarixchilaridan   farqli
o‘laroq, tarixiy jarayonni dunyoviy sharoitlardan, insonning tabiatidan kelib chiqib
tushuntirishga   harakat   qildilar.   Masalan,   Nikkolo   Makiavelli   (1469-1527)   o‘z
asarlarida   moddiy   manfaat,   xususiy   mulkni   asrash   va   ko‘paytirishga   intilish
jamiyatning   rivojlanishini   harakatlantiruvchi   kuch   ekanligini   isbotlab,   siklli
rivojlanish   g‘oyasini   asoslashga   harakat   qildi.   Uning   ayrim   asarlarida   ijtimoiy
hodisalarning   qonuniyatlariga   doir   farazlar   ham   mavjud,   lekin   u   mazkur
qonuniyatlarni ta'riflashning uddasidan chiqmagan. 
XVII-XVIII   asrlar   yevropa   uchun   burjua   industrial   sivilizatsiyasi   vujudga
kelishiga va ijtimoiy rivojlanish jarayonining jadallashuviga olib kelgan sanoat va
ijtimoiy-siyosiy   inqiloblar   davriga   aylandi.   Yangi   davr   mutafakkirlari
qarashlarining   shakllanishida   tabiiy   fanlar   ulkan   rol   o‘ynadi.   Bu   davrda   ijtimoiy
6 1
1
 Beruniy A. Tanlangan asarlar. 1-jild. -T.: Fan, 1968 –B.50 fanlarning   rivojlanishiga   tabiatshunoslik   shu   darajada   kuchli   ta'sir   ko‘rsatganki,
tarix aksariyat hollarda tabiiy ilmiy nuqtai nazardan tushuntirilgan. 
Ayni shu davrda yuqorida sanab o‘tilgan sabablar ta'sirida tarix falsafasining
bir   nechta   naturalistik   (lot.   naturalis   –   tabiiy,   natural)   konsepsiyalari   vujudga
kelgan.   Mazkur   konsepsiyalarning   namoyandalari   tabiatga   butun   borliqni,   shu
jumladan tarixiy jarayonni tushuntirishning universal tamoyili sifatida yondashgan.
Bunda naturalizm tushunchasi  turlicha talqin qilingani bois, quyidagi yo‘nalishlar
ajralib   chiqqan:   ijtimoiy   hodisalar   tabiiy   muhit   ta'sirida   tushuntirilgan   geografik
naturalizm   (Sharl   Lui   Monteske,   Iogann   Gerder   va   b.);   tarixiy   jarayonlarni
demografik   determinizm   yordamida   tushuntirgan   demografik   naturalizm   (Tomas
Maltus);   jamiyatdagi   o‘zgarishlarni   avvalo   inson   tafakkuri   bilan   bog‘lovchi
idealistik naturalizm (Klod Gelvetsiy, Jan Jak Russo). 
Tarixiy   o‘zlikni   anglashning   rivojlanishiga   o‘z   tadqiqotlarida   tarixni   inson
aqlli   tabiatining   evolyusiyasi   va   rivojlanishi   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   alohida   borliq
sifatida falsafiy jihatdan anglab yetishga urg‘u bergan Volter (1694-1778) asarlari,
shuningdek tarixiy jarayon g‘oyasini birinchilardan bo‘lib asoslab bergan Mari Jan
Kondorse (1743-1794) tadqiqotlari ham kuchli ta'sir ko‘rsatdi. 
G.V.F.Gegel   (1770-1831)   ijtimoiy   rivojlanishning   o‘ziga   xosligini   ob'ektiv
idealizm   nuqtai   nazaridan   anglab   yetish   yo‘lida   yangi   qadam   tashladi.   U   tarixga
har   bir   davr   betakror   tarzda   rang-barang   bo‘lgan   holda,   ayni   vaqtda   insoniyat
rivojlanishining   qonuniy   bosqichi   sanalgan   yagona   qonuniy   jarayon   sifatida
yondashdi.   Bu   rivojlanish   tabiiy   qonuniyatlar   sohasi   bilan   taqqoslaganda
boshqacha   xususiyat   kasb   etadi.   Bu   yerda   tarixiy   qonunlar   kishilarning   ongli
faoliyati   vositasida   amalga   tatbiq   etiladi,   lekin   shu   bilan   birga   tarixda   muayyan
ob'ektiv   mantiq   ham   amalga   oshiriladi   va   tarixiy   jarayon   dunyoviy   aql,   mutlaq
g‘oyaning   cheksiz   tarzda   o‘z-o‘zidan   rivojlanishi,   o‘zini   o‘zi   ro‘yobga   chiqarish
jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi.  XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   –   XX   asr   boshida   tarixiy   bilim   sifat   jihatidan
yangi   darajaga   ko‘tarildi.   Turli   matnlarning   tarixiy   va   lingvistik   tahlili
metodlarining   takomillashishi,   arxeologiyaning   rivojlanishi,   o‘tmish
guvohliklariga   yanada   tanqidiyroq   yondashish   natijasida   tarixiy   bilim   fan
maqomini   qo‘lga   kiritdi.   Shu   bilan   bir   vaqtda   tarixiy   va   tabiiy   ilmiy   bilimlar
butunlay har xil ob'ektlarga mansub bo‘libgina qolmasdan, o‘zlari ham bir-biridan
butunlay farq qilishi yanada teranroq anglab yetildi. 
Tarixiy o‘zlikni anglash jarayoni evolyusiyasining keltirilgan tavsifi bizga
tarix   falsafasining   hozirgi   konsepsiyalariga   nazar   tashlash   imkonini   beradi.   Bu
konsepsiyalar   orasida   gnoseologik   yo‘nalish   (tanqidiy   tarix   falsafasi),   ontologik
konsepsiya,   aksiologik   konsepsiya,   tarixning   texnokratik   konsepsiyalari   alohida
o‘rin egallaydi. 
Tarix   falsafasining   gnoseologik   yo‘nalishi   XIX   asrning   ikkinchi   yarmidan
e'tiboran   mazkur   fanning   mustaqil   yo‘nalishi   sifatida   shakllana   boshladi.   Bu
yondashuv   namoyandalari   (Vilgelm   Diltey,   Benedetto   Kroche,   Georg   Zimmel,
Robin   Kollingvud,   Raymon   Aron   va   b.)   tarix   falsafasining   asosiy   predmeti   –
tarixiy o‘tmishni o‘rganishning mantiqiy-nazariy va metodologik muammolari, uni
nazariy jihatdan rekonstruksiya qilish va tarixiy dalillarning haqiqiyligini aniqlash,
deb hisoblaganlar. 
Tarix falsafasi mazkur yo‘nalishining asoschisi sifatida haqli ravishda nemis
madaniyat faylasufi Vilgelm Diltey (1833-1911) e'tirof etiladi. Uning nazariyasida
inson   borlig‘i   usuli,   madaniy-tarixiy   voqyelik   sifatidagi   hayot   tushunchasi
markaziy   o‘rinni   egallaydi   (shu   sababli   Diltey   nuqtai   nazari   ko‘pincha   «hayot
falsafasi»ning   istoritsistik   varianti   deb   ataladi).   Olim   fikriga   ko‘ra,   inson   o‘z
tarixiga   ega   emas,   lekin   uning   o‘zi   tarixdir   va   aynan   shunda   uning   mohiyati
namoyon bo‘ladi. Boshqacha aytganda, Diltey uchun hayot va tarix ayniydir. 
Dilteyning   tarix   falsafasiga   ijtimoiy   va   tabiiy   fanlarni   bir-biriga   qarama-
qarshi   qo‘yish   xos.   U   inson   tabiatni   tushuntiradi,   ijtimoiy   hayotni   esa   faqat tushunadi, deb hisoblagan. Uning fikricha, mazkur tushunish har xildir, chunki har
bir   inson   tarixiy   voqyealarga   o‘z   nisbiy   mushohadalari   nuqtai   nazaridan
yondashadi.   Bundan   xulosa   shuki,   ilmiy   haqiqatning   tagiga   yetish,   tarixiy
jarayonni ilmiy nuqtai nazardan xolisona bilish amalda mumkin emas. 
Xo‘sh, bu holda tarix falsafasi nimani o‘rganishi lozim? Dilteyning izdoshi –
Kollingvud   fikriga   ko‘ra,   tarix   falsafasi   tarixchining   fikr-mulohazalarini   va   shu
bilan   bir   vaqtda   mazkur   fikr-mulohazalarning   ob'ektini   o‘rganadi.   Shu   sababli
tarixiy jarayonni o‘z holicha o‘rganish tarix falsafasi  vazifalari qatoridan chiqarib
tashlanadi:  tarixiy  jarayon  faylasufga   unda  hodisalarning  tarixiy  bilim  mohiyatini
belgilovchi xususiyatlari to‘g‘risida so‘z yuritilgani uchungina tegishlidir. 
Gnoseologik   yo‘nalish,   ba'zan   tanqidiy   tarix   falsafasi   deb   ham   ataladi.   Bu
hol   shu   bilan   bog‘liqki,   mazkur   yo‘nalish   vakillari   tarixni   tanqidiy   o‘rganishgina
insoniyat tarixi modelini yaratish, tarixiy dalillarning haqqoniylik darajasiga baho
berish   va   tarixiy   voqyelik   manzarasini   nazariy   jihatdan   gavdalantirish   imkonini
beradi,   deb   hisoblaganlar.   Mazkur   yondashuv   kurtaklarini   tarixiy   bilishning
metodologik muammolari, insoniyat tarixining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish
bilan   shug‘ullangan   neokantchilik   Baden   maktabidan   izlash   lozim.   Aksariyat
tadqiqotchilar   tomonidan   bu   maktabning   asoschisi   sifatida   fransuz   faylasufi
Raymon   Aron   (1905-1983)   e'tirof   etiladi.   Uning   asarlaridan   biri   «Tanqidiy   tarix
falsafasi» deb ataladi. 
Ontologik   konsepsiya   namoyandalari   tarix   falsafasining   predmeti   deganda
ijtimoiy hodisalar, jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini  aniqlashga qaratilgan
tadqiqotlar   majmuini   tushunganlar.   Mazkur   tadqiqotlar   shunday   umumfalsafiy
ontologik  muammolar   bilan   bog‘liqki,  ularni   yechishda   jamiyat   tarixining  qolgan
ijtimoiy   hodisalardan   farqini   hisobga   olish   lozim.   Ushbu   yondashuv
namoyandalari   (R.Mel,   R.Ramon,   E.Kallo   va   b.)   tarix   falsafasining   diqqat
markazida avvalo ontologik muammolar, chunonchi: insoniyat tarixining mazmuni
va   vujudga   kelishi,   tarixiy   jarayonning   mohiyati   kelajakni   bashorat   qilish
imkoniyatlari, tarixiy jarayonda insonning o‘rni va roli muammolari turishi lozim. Masalan,   ijtimoiy   rivojlanishni   harakatlantiruvchi   kuchlar   to‘g‘risidagi   masalani
o‘rganish jarayonida inson ongi, erkinligining tarixiy jarayondagi roli to‘g‘risidagi
masala   yuzaga   keladi.   Ammo,   insondan   boshqa   rivojlangan   ongga   ega   bo‘lgan
mavjudotlar fanga ma'lum emasligi tufayli, jamiyatning rivojlanishida ongning roli
to‘g‘risidagi masalalar jamiyat, tarixiy jarayonlar haqidagi masalalar hisoblanadi. 
Tarix falsafasining aksiologik konsepsiyasi tarixning qimmati muammosiga,
shuningdek tarixiy bilimning ayrim hodisalarini qimmatga ega yoki ega emas deb
e'lon   qiluvchi   mulohazalar   uchun   oqilona   asoslarni   aniqlashga   alohida   e'tibor
beradi. 
Mazkur   konsepsiyaning   rivojlanishiga   nemis   faylasuflari   –   neokantchilik
Baden maktabi namoyandalari Vilgelm Vindelband (1848-1915) va Genrix Rikkert
(1863-1936)   salmoqli   hissa   qo‘shgan.   Bu   tadqiqotchilar   falsafani   qadriyatlar
haqidagi   umumiy   fan   sifatida   tavsiflaganlar.   Rikkert   qadriyatlar   «sub'ekt   va
ob'ektning narigi tomonida joylashgan butunlay mustaqil saltanat»ni tashkil qiladi,
deb   hisoblagan.   Vindelband   va   Rikkert   nazariy   va   amaliy   aqlning   kantcha
tafovutidan kelib chiqib, qadriyatlar haqida mulohaza yuritish va joizlikni bilishga
asoslangan   normativ  ta'limot  sifatidagi   tarix  falsafasini   nazariy mulohaza  yuritish
va   «borliq»   haqidagi   empirik   ma'lumotlarga   tayanuvchi   tajribaga   asoslangan
fanlarga   qarshi   qo‘ygan.   Ular   qonuniyatni   tarixiy   bilishning   asosiy   tamoyili
sifatida   rad   etib,   uni   «qadriyatlarga   mansub   deb   topish»   tamoyili   bilan
almashtirgan.   Vindelband   va   Rikkert   fikriga   ko‘ra,   qadriyatlar   tarixdan   ustun
xususiyat   kasb   etadi   va   jamuljam   holda   odamlarga   bog‘liq   bo‘lmagan   ideal
transsendental   (narigi)   dunyoni   tashkil   qiladi.   Bu   dunyodan   tegishli   g‘oyalar,
avvalo transsendental joizlik g‘oyasi kelib chiqadi. U mazkur qadriyatlarning vaqt
va   makon   bilan   cheklanmagan   shak-shubhasiz,   mutlaq   ahamiyatiga   ishora   qiladi.
Odamlar   ularni   anglab   yetishlariga   qarab   qadriyatlarga   tegishli   munosabat   va
talablarni   yaratadilar   va   ularga   hayotda,   xulq-atvorda,   kundalik   va   tarixiy
faoliyatda amal qiladilar.  Vindelband   va   Rikkert   ijtimoiy   borliq   va   ma'naviy   hayotning   o‘zaro
nisbatini   o‘rganib,  jamiyat   tarixida   ma'naviy   hayot   borliqqa   nisbatan   yetakchi   rol
o‘ynaydi,   degan   xulosaga   kelgan   va   shu   bois   ular   K.Marks   taklif   qilgan,
jamiyatning rivojlanishida iqtisodiy omil (ya'ni borliq)ning hal qiluvchi ahamiyati
asoslangan   tarixni   materialistik   tushunishga   tanqidiy   ko‘z   bilan   qaragan.   Rikkert
fikriga   ko‘ra,   mazkur   yondashuv   noilmiydir,   chunki   u   proletariat   g‘alabasini
«mutlaq qadriyat» deb e'lon qiluvchi marksizm siyosiy dasturi bilan belgilanadi. 
Bu mulohzalardan kelib chiqqanda, tarix falsafasi qadriyatlarning tabiati va
mohiyatini,   shuningdek   ularning   odamlar   hayoti   va   faoliyatidagi   ahamiyati   va
tajassumini yoritib beruvchi qadriyatlar haqidagi fan sifatida amal qiladi. 
Hozirgi   zamon   G‘arb   ijtimoiy   falsafasi   va   tarix   falsafasida   texnokratik
konsepsiyalar   ijtimoiy   tafakkurning   ijtimoiy   hayotda   va   jamiyat   taraqqiyotida
texnika   hal   qiluvchi   rol   o‘ynaydi   deb   hisoblovchi   va   sanoatlashishgina   jamiyat
hayoti  va  shaxsni   oqilona  tartibga solish   va kamol   toptirishga  qodir, degan  fikrni
asoslashga harakat qiluvchi yo‘nalishlaridan biridir. Mazkur konsepsiyalar qatoriga
postindustrial   jamiyat   yoki   axborot   jamiyati   konsepsiyasini   (Daniel   Bell,   Olvin
Toffler),   texnotron   jamiyat   konsepsiyasini   (Zbignev   Bjezinskiy),   yangi   industrial
jamiyat konsepsiyasini (Jon Gelbreyt)ni kiritish mumkin. 
Mazkur   texnologik   determinizm   jamiyat   rivojlanishining   asosiy   omillari
qatoriga   avvalo   ishlab   chiqarish   kuchlari,   texnika,   fan   va   informatikaning
rivojlanish   darajasini   kiritadi.   Masalan,   postindustrializm   konsepsiyasi   hozirgi
zamon   jamiyatida   iqtisodiyotning   birlamchi   sohasi   qishloq   xo‘jaligi,   ikkilamchi
soha   sanoat   emas,   balki   axborot   hal   qiluvchi   rol   o‘ynaydigan   uchlamchi   soha
(xizmatlar   sohasi)   yetakchilik   qilishidan   kelib   chiqadi.   Postindustrial   jamiyatda
sodir   bo‘layotgan   mikroelektron   inqilob   mehnatni   emas,   balki   axborotni
jamiyatning   rivojlanishi   zamirida   yotuvchi   fundamental   ijtimoiy   omilga
aylantirishi qayd etiladi.  Tarixiy   jarayon   mazmuni   va   uning   yo‘nalishi   muammosi.   Tarixiy
jarayon   mazmuni   va   uning   yo‘nalishi   muammosi   tarix   falsafasining   muhim
muammolaridan   biri   hisoblanadi.   Uning   mohiyati   kishilik   jamiyati   o‘zgaradimi,
agar o‘zgarsa, bu o‘zgarish qaysi yo‘nalishda yuz beradi va mazkur o‘zgarishlarni
qanday davriylashtirish mumkin, degan savollarga javob topishdan iborat. 
Mazkur   muammo   qadimgi   dunyo   mutafakkirlaridayoq   qiziqish   uyg‘otgan.
Antik   faylasuflar   chiziqli   tarix   falsafasining   uch   muhim   yo‘nalishi:   progressiv,
regressiv   va   siklli   yo‘nalishlarni   farqlaganlar.   Shuni   qayd   etish   muhimki,   bu
yo‘nalishlarning   barchasi   hozirgi   vaqtda   ham   o‘z   izdoshlariga   ega.   Shu   bilan   bir
qatorda,   XIX   asr   oxiri   –   XX   asr   boshlarida   tarixiy   rivojlanishning   nochiziq
konsepsiyasi ham asoslangan. Bu yo‘nalishlarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz. 
Antik   davr   mutafakkirlarining   aksariyati,   shu   jumladan   Protagor   va
Demokrit   jamiyatning   rivojlanishi   asosan   yovvoyilikdan   «oltin   asr»   sari   yuksalib
boruvchi   yo‘nalishda   kechgan   deb   hisoblagan.   Ularni   progressiv   yo‘nalish
asoschilari   deb   hisoblash   mumkin.   Boshqa   mutafakkirlar   (Gesiod,   Seneka),
aksincha, jamiyatning rivojlanishi regressiv yo‘nalishga ega, ya'ni u «oltin asr»dan
jamiyatning tanazzuli, axloqning buzilishi va hokazolar bilan tavsiflanuvchi «temir
asr» sari rivojlanadi, degan fikrni ilgari surgan. Yana bir toifa faylasuflar (Platon,
Aristotel,   Polibiy)   jamiyat   yuksalib   boruvchi   yo‘nalishda,   lekin   tutash   doira
bo‘ylab   harakatlanadi   va   har   doim   ortga,   dastlabki   bosqichga   qaytadi,   deb
hisoblagan. 
O‘rta   asrlar   faylasuflari,   tarix   muayyan   yo‘nalishda   rivojlanuvchi   jarayon
ekanligini   rad   etmagan   holda,   uning   yo‘nalishini   Xudo   belgilaydi,   deb
hisoblaganlar. 
O‘z  asarlarida  tarixning  yo‘nalishi,  shuningdek  tarixiy jarayonda  yagonalik
va   rang-baranglikning   o‘zaro   nisbati   muammolarini   ayniqsa   to‘la   qamrab   olgan
dastlabki   tadqiqotchilardan   biri   italyan   faylasufi   Jambattista   Viko   (1668-1744)
bo‘lgan.   O‘zining   «Millatlar   umumiy   tabiati   haqidagi   yangi   fan   asoslari»   deb nomlangan   risolasida   u   jahon   tarixining   barcha   xalqlar   uchun   yagona   bo‘lgan
tarixiy   aylanma   harakat   sifatidagi   dunyoviy   konsepsiyasini   ilgari   surgan.   Viko
fikriga ko‘ra, barcha xalqlar o‘z rivojlanishida bir xil bosqichlardan o‘tadi (ibtidoiy
varvarlik   («xudolar   asri»)dan   feodalizm   («qahramonlar   asri»)   orqali   demokratik
respublika   yoki   konstitutsiyaviy   monarxiya   («sivilizatsiya   asri»)   sari
harakatlanadi). Har bir sikl mazkur jamiyatning umumiy inqirozi va parchalanishi
bilan   tugaydi.   Sikl   yakunlangach,   rivojlanish   jarayoni   yangilanadi   va   ayni   shu
bosqichlardan,   lekin   yuqoriroq   darajada   o‘tadi.   Shunday   qilib,   Viko   g‘oyalari
madaniyatlar   va   sivilizatsiyalarning   rivojlanishida   sikllilik   nazariyalari
(Danilevskiy, Shpengler, Toynbi)ga asos bo‘lgan. 
Hozirgi   zamon   tarix   falsafasida   tarixiy   jarayon   mantig‘i   va   yo‘nalishini
tushuntirishga   nisbatan   ikki   asosiy   yondashuv:   formatsion   va   sivilizatsion
yondashuvlar mavjud. Ularga batafsilroq to‘xtalamiz. 
Formatsion   yondashuv   tarixni   monistik,   universalistik   tushunishga
asoslanadi.   U   jahon   tarixini   ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiyalar   olinma-ketin
almashuvidan   iborat   yagona,   chiziqli-hujumkor   tabiiy-tarixiy   jarayon   sifatida
talqin qiladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiyalar   haqidagi   ta'limotni   Karl   Marks   o‘zining
«Kapital»,   «Siyosiy   iqtisod   tanqidiga   doir»   kabi   asarlarida   ilgari   surgan.   Marks
nazariyasining mohiyatini uning bir qancha qoidalari orqali ifodalash mumkin:
1)   ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiya   –   sifat   jihatidan   aniq,   yaxlit   ijtimoiy   tizim
bo‘lib, uning muhim elementi odamlarning hayot faoliyati jarayonida ular o‘rtasida
o‘rnatiladigan   moddiy   (iqtisodiy),   ma'naviy   (mafkuraviy)   va   boshqa   aloqalar   va
munosabatlardir. Moddiy va ma'naviy munosabatlarning o‘zaro aloqasida moddiy
munosabatlar   yetakchi   rol   o‘ynaydi.   Ularning   o‘zagini   ishlab   chiqarish
munosabatlari tashkil qiladi. Aynan ishlab chiqarish munosabatlari, ijtimoiy tizim
faoliyatini belgilovchi asos hisoblanadi; 2)   ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiya   turli   mamlakatlarda   ular   rivojlanishining
muayyan   bosqichida   ijtimoiy   hayotga  xos   bo‘lgan   umumiy   jihatlarni   aks   ettiradi.
Kapitalizmni   o‘rganish   va   turli   mamlakatlardagi   moddiy   va   ma'naviy
munosabatlarni   taqqoslash   jarayonida   bu   munosabatlarning   ko‘pgina   tomonlari
takrorlanishining   va   mazkur   mamlakatlar   ijtimoiy   rivojlanishning   bir   bosqichi   –
kapitalistik bosqichda, degan xulosaga kelingan;
3)   ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiya   jamiyat   rivojlanishining   muayyan
bosqichidir.  Ko‘p  sonli   ijtimoiy  aloqalar   orasida   ishlab   chiqarish   munosabatlarini
farqlash,   ularning   bir   necha   turlari   mavjudligini   aniqlash   imkonini   ham   bergan;
turli ijtimoiy organizmlar bir xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo‘lishi ham, har
xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo‘lishi ham mumkinligi (ya'ni har xil tipdagi
ishlab   chiqarish   munosabatlari)   aniqlangan.   Shunday   qilib,   ishlab   chiqarish
munosabatlarining   har   bir   tipi   rivojlanish   bosqichi,   tarixiy   davrni,   bu   ishlab
chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va o‘zgarishi esa jamiyat rivojlanishining
mohiyatini belgilaydi, degan xulosaga kelingan. 
Bu qoidalardan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – bu jamiyatning
muayyan tarixiy tipi, ishlab chiqarishning muayyan usuliga asoslangan va ijtimoiy
taraqqiyot  bosqichi  sifatida amal  qiladigan yaxlit  ijtimoiy tizim, degan to‘xtamga
kelish mumkin. 
«Ijtimoiy-iqtisodiy   formatsiya»   kategoriyasini   asoslash   tarixiy   jarayonni
davriylashtirish   imkonini   bergan.   U   jami   formatsiyalarning   besh   tipini   farqlagan:
ibtidoiy   jamoa,   quldorlik,   feodalizm,   kapitalizm,   kommunizm.   Jahon   tarixiy
jarayoni   bir   formatsiyadan   boshqa   formatsiyaga   yuksalishdan   iborat   bo‘lgan
chiziqli jarayon sifatida tavsiflagan. 
XIX   asrda   ishlab   chiqilgan   formatsion   yondashuv   o‘zini   oqlamadi.   Bunda
tarixiy rivojlanish jarayonini tushuntirishga nisbatan Marksning yondashuvi emas,
balki uni dogmaga aylantirish va mutlaqlashtirish shakllandi. Ayrim tadqiqotchilar
formatsion   yondashuvni   tahlil   qilar   ekanlar,   uning   quyidagi   zaif   jihatlarini   qayd etadilar.   Birinchidan,   tarixning   har   qanday   bosqichida   jamiyat   hayotini   ijtimoiy-
iqtisodiy   munosabatlargina   belgilaydi,   deb   aytish   o‘rinli   bo‘lmaydi.   Ikkinchidan,
bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga tabiiy yuksalish haqidagi monistik tasavvur
inson   erkinligiga,   insoniyat   rivojlanishining   muqobil   yo‘llarini   tanlashga   o‘rin
qoldirmaydi. Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, davlatlarning haqiqiy tarixi yuksalib
boruvchi   chiziq   bo‘ylab   formatsion   rivojlanishning   tor   doirasiga   sig‘maydi.
Mazkur yondashuv amalga tatbiq etilganda har bir xalq va sivilizatsiyaning o‘ziga
xosligi   va   betakrorligi   yo‘qoladi,   ular   ayni   holda   kelajak   barkamol   jamiyatining
sharti sifatidagina amal qiladi. 
Shunday   qilib,   hozirgi   davr   sharoitida   tarixiy   jarayonni   besh   ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyadan iborat bo‘lgan chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir
yoqlamaligi   ayniqsa   bo‘rtib   namoyon   bo‘ladi.   Jahon   tarixiy   jarayoni   mazkur
nazariy modeldan boyroq. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan
o‘zgacha, nochiziq yondashuv bilan to‘ldirish talab etiladi. Sivilizatsion yondashuv
tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir. 
Falsafani   tushunishga   nisbatan   sivilizatsion   yondashuv   XIX-XX   asrlarda
vujudga   kelgan.   U   asosan   ko‘p   sonli   madaniyatlar   va   sivilizatsiyalar   mavjudligi,
ularning lokalligi va har xilligi haqidagi g‘oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu
yerda ijtimoiy taraqqiyotning qat'iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi. 
Mazkur   yondashuv   asoschilaridan   biri   tabiatshunos   olim   Nikolay
Danilevskiy   (1822-1885)   bo‘lgan.   U   har   biri   alohida-alohida   mavjud   bo‘lgan,
faoliyatning   to‘rt   muhim   shakli   yoki   sivilizatsiyalar   «asosi»   -   diniy,   madaniy,
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon bo‘luvchi madaniy-tarixiy tiplar
(sivilizatsiyalar)   haqidagi   konsepsiyani   ilgari   surgan.   Madaniy-tarixiy   tiplar,
biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida
bo‘ladi   va   vujudga   kelish,   voyaga   yetish,   qarish   va   halok   bo‘lish   bosqichlaridan
o‘tadi.   Jahon   tarixining   mazmunini   Danilevskiy   o‘zining   alohida   qonunlariga
binoan rivojlanuvchi  xalqlar   madaniy-tarixiy tiplarining o‘z-o‘zini   namoyon etish
xususiyatlarini   aniqlashdan   iborat   deb   bilgan.   Danilevskiy   madaniy-tarixiy   tiplar rivojlanishining   ayrim   qonunlarini   ta'riflagan:   1)   bir   tilda   yoki   o‘xshash   tillarda
so‘zlashuvchi xalqlar bir madaniy-tarixiy tipni tashkil etadi; 2) madaniy-tarixiy tip
vujudga kelishi va rivojlanishi uchun muayyan siyosiy mustaqillik talab etiladi; 3)
sivilizatsiyaning   muvaffaqiyatlari   madaniy-tarixiy   tipning   turli   elementlariga
bog‘liq   bo‘ladi;   4)   sivilizatsiyaning   shakllanish   jarayoni   uzoq   davom   etadi,
ularning   ravnaq   topish   davri   esa   qisqadir;   5)   sivilizatsiyalar   alohida   va   berk
sharoitda   rivojlanadi,   lekin   bu   ular   bir-biriga   ta'sir   ko‘rsatmaydi,   degan   ma'noni
anglatmaydi. 
Danilevskiyning   qarashlarini   nemis   mutafakkiri   Osvald   Shpengler   (1880-
1936) rivojlantirgan. U ham ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli yevropotsentristik
sxemasiga   tanqidiy   yondashgan.   Shpengler   falsafasida   madaniyat   asosiy
kategoriya   hisoblanadi.   Faylasuf   madaniyat   deganda   o‘ziga   o‘xshash   boshqa
«organizmlar»dan   ajralib   turadigan   alohida   «organizm»ni   tushungan.   Bundan
yagona umuminsoniy madaniyat yo‘q va bo‘lishi mumkin emas degan xulosa kelib
chiqqan.   Shu   sababli   Shpengler   jahon   tarixining   yaxlitligi   va   yagonaligini,   unda
«o‘zgarmas   va   umumiy»   jihatlar   mavjudligini   rad   etgan.   U   insoniyat   tarixida
sakkiz   madaniyat:   Misr,   Hind,   Bobil,   Xitoy,   Yunon-rim,   Sharq,   G‘arbiy   yevropa
va   Mayya   madaniyatlarini   farqlagan.   Shpengler   fikriga   ko‘ra,   har   bir   madaniy
organizm  ma'lum  hayot  muddati  (taxminan ming yil)  mobaynida mavjud bo‘ladi,
shundan  so‘ng   u  sivilizatsiyaga   aylanadi  va  halok  bo‘ladi.  Har   bir  madaniyat  o‘z
teran   mazmuniga   ega   bo‘ladi   va   tarixiy   jarayonda   bir   xil   ahamiyat   kasb   etadi.
Shpengler tarixning mazmuni madaniyatlar taqdiri, ruhi va tilini anglab yetishdan
iborat, deb hisoblaydi. 
Lokal   sivilizatsiyalar   nazariyasining   yana   bir   tarafdori   ingliz   tarixchisi   va
sotsiologi   Arnold   Toynbi   (1889-1975)dir.   U   Danilevskiy   va   Shpenglerning
tarixning siklliligi haqidagi fikr-mulohazalarini rivojlantirib, uni ayrim, o‘ziga xos
va nisbatan berk sivilizatsiyalar tarixlarining yig‘indisi sifatida tushungan (dastlab
u   23   sivilizatsiyani   farqlagan,   keyinchalik   esa   ularni   13   tagacha   qisqartirgan).
Toynbi   sivilizatsiyalarga   «evolyusion   tipdagi   faol   tuzilmalar»   sifatida   yondashib, har   bir   sivilizatsiyada   tarixiy   mavjudlikning   asosiy   bosqichlari:   vujudga   kelish,
rivojlanish,   tanazzulga   uchrash   va   zavol   topishni   farqlagan.   Bu   asosiy
bosqichlardan o‘tgach, sivilizatsiya, odatda, halok bo‘ladi va uning o‘rnini boshqa
sivilizatsiya egallaydi. 
Toynbi   bu   sivilizatsiyalarda   oldinma-ketin   yuz   beruvchi   ijtimoiy
jarayonlarni   o‘xshash   deb   hisoblab,   shunga   asoslangan   holda   yaqin   kelajakda
dunyo   miqyosida   yuz   beradigan   voqyealarni   bashorat   qilish   imkonini   beruvchi
ijtimoiy   rivojlanish   takroriyligining   ayrim   formal   empirik   qonunlarini   keltirib
chiqarishga   harakat   qilgan.   U   jahon   tarixining   mazmuni   diniy   evolyusiya   hamda
insoniyatning ma'naviy jihatdan kamol topishi bilan belgilanadi, deb hisoblagan. 
Shunday   qilib,   sivilizatsion   yondashuv   nuqtai   nazaridan   tarixiy   jarayon
hujumkor   xususiyati   «yuqori   -   quyi»   ko‘rsatkichlari   bilan   emas,   balki   har   bir
sivilizatsiya   o‘z   rivojlanish   va   o‘z   taqdirini   o‘zi   belgilash   jarayonida   insoniyat
filogenetik yo‘lining barcha asosiy bosqichlaridan o‘tishi va o‘z tarixi va betakror
individualligiga   ega   bo‘lgan   noyob   ijtimoiy   tuzilma   sifatida   qaralishi   bilan
belgilanadigan izchil nochiziq jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. 
Formatsion va sivilizatsion yondashuvlarni taqqoslash quyidagi xulosalarga
kelish imkonini beradi: 1) formatsion yondashuv tahlil jarayonida butun jamiyatni
qamrab   olishga   harakat   qiladi   va   asosiy   e'tiborni   uning   dinamikasiga   qaratadi;
sivilizatsion   yondashuv   esa   jamiyatning   bir   qismini   (ayrim   sivilizatsiyani)
o‘rganadi,  jamiyatni  esa   statik  deb   e'tirof   etadi;  2)   formatsion  yondashuv   jamiyat
hayotining   iqtisodiy   omillariga   alohida   e'tibor   beradi;   sivilizatsion   yondashuv
asosiy e'tiborni ma'naviy omillarga qaratadi.
Tarix   falsafasi   rivojlanishining   hozirgi   bosqichida   tarixning   shunday   bir
talqini   vujudga   keladiki,   unda   mualliflar   bu   muqobil   yondashuvlarning   ijobiy
g‘oyalaridan   foydalanishga   va   ularning   kamchiliklari   o‘rnini   to‘ldirishga   harakat
qiladilar. Mazkur yondashuv monadaga doir yondashuv degan nom olgan.  Monadaga   doir   yondashuvning   o‘ziga   xos   jihati   shundan   iboratki,   u   jahon
tarixiy   jarayoniga   ko‘p   sonli   tarixiy   individlar   (sotsiumlar)dan   iborat   bo‘lgan
yaxlitlik   sifatida   qaraydi.   Bunda   monadaga   doir   yondashuvning   formatsion
elementi   tarixiy   rivojlanishning   ayni   bir   bosqichini   boshdan   kechirayotgan   turli
mamlakatlar   uchun   umumiy   bo‘lgan   jihatlarga,   sivilizatsion   element   esa   ijtimoiy
organizmlarning   xususiyatlariga,   ularning   betakrorligiga   e'tiborni   qaratadi.
Shunday   qilib,   monadaga   doir   yondashuv   doirasida   formatsion   yondashuvning
umumlashtiruvchi   imkoniyatlari   va   sivilizatsion   yondashuvning
individuallashtiruvchi   imkoniyatlari   ularni   qarama-qarshi   qo‘yish   asosida   emas,
balki ularning yagonaligi va bir-birini to‘ldirishini tan olish asosida hisobga olinadi
va ro‘yobga chiqariladi. 
Yuqorida   qayd   etib   o‘tilganidek,   tarixning   mazmuni   muammosi   tarix
falsafasining aksariyat yo‘nalishlarida ko‘zga ko‘rinadigan o‘rinni egallaydi. Ayni
vaqtda   shunday   konsepsiyalar   ham   paydo   bo‘lganki,   ularda   tarixning   mazmuni
muammosi   markaziy   muammo   hisoblanadi.   Bu   konsepsiyalarning   mohiyatiga
qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Taniqli   nemis   faylasufi   Karl   Yaspers   (1883-1969)   yaratgan   nazariyaga
muvofiq,   tarixning   mazmuni   tarixning   chegarasidan   tashqarida   yotadi.   Tarixning
mazmuni   va   negizi   butun   insoniyat   uchun   umumiy   bo‘lgan   e'tiqod   bilan
belgilanadi.   Mazkur   e'tiqod   insoniyat   vakillarini   bir-biridan   ajratmaydi,   balki
jipslashtiradi.   Insoniyatga   bunday   e'tiqodni   biron-bir   jahon   dini   yoki   milliy   din
taklif qilolmaydi. 
Yaspers   jahon   tarixining   «vaqt   o‘qi»   amal   qilgan   davrda   vujudga   kelgan
falsafiy   e'tiqodgina   insoniyat   uchun   umumiy   e'tiqodga   aylanishi   mumkin,   deb
hisoblagan.   Faylasuf   qadimgi   yunon   faylasuflari,   yahudiy   xalqining
payg‘ambarlari,   Eronda   zardushtiylik   dinining,   Xitoyda   –   konfutsiychilik   va
daochilikning,  Hindistonda  –  buddizm  va  jaynizmning  asoschilari  bir   vaqtda  ijod
qilgan  miloddan   avvalgi   800   va   200  yillar   oralig‘idagi   davrni   tarixning   universal
mazmunini namoyon etgan «vaqt o‘qi» davri deb hisoblashni taklif qilgan. Mazkur davrda   majusiylik   o‘rnini   egallagan   jahon   dinlari   paydo   bo‘lgan   va   mifologik
dunyoqarash  o‘rnida falsafiy  tafakkur   vujudga kelgan;   jahonda  deyarli   bir   vaqtda
ichdan   o‘zaro   mushtarak   bo‘lgan   bir   nechta   qudratli   ma'naviy   markazlar   paydo
bo‘lgan.   «Vaqt   o‘qi»   davri   insonga   o‘zini   inson   sifatida   his   qilishga   yordam
bergan,   uning   ma'naviyatini   uyg‘otgan,   uni   madaniyat   va   axloq   asoslari   bilan
oshno   etgan,   uning   oldiga   insonning   mavjudligi   va   hayotning   mazmuni   haqidagi
masalalarni  qo‘ygan. Yaspers  fikriga ko‘ra, inson  o‘z-o‘zini  anglab yetishi, inson
ma'naviyatining   uyg‘onishi   shu   vaqtgacha   o‘zaro   bog‘lanmagan   lokal
madaniyatlarga   bo‘lingan   insoniyat   umumiy   tarixining   ibtidosiga   aylangan.
Shundan   beri   insoniyat   umumiy   taqdir   va   yagona   e'tiqod   bilan   bog‘langan.   Aks
holda   uning   tarixi   halokat   bilan   tugashi   mumkin.   Yaspers   ta'limotiga   ko‘ra,
odamlarni   umumiy   ma'naviy   asoslarda   birlashtirish,   ular   o‘zaro   til   topishini
ta'minlashda   kommunikatsiya   ulkan   rol   o‘ynaydi,   shu   bois   uning   tarix   falsafasi
ba'zan kommunikativ tarix falsafasi deb ham ataladi. 
Tarixiy   jarayon   mazmuni   va   uning   yo‘nalishi   muammosi   bilan   amerikalik
faylasuf   Frensis   Fukuyama   ham   shug‘ullangan.   U   o‘zi   yaratgan   «tarixning
intihosi»   nazariyasini   taklif   qilgan.   «Tarixning   intihosi»ni   u   shunda   ko‘rganki,
insoniyat   oxir-oqibatda   jamiyat   va   davlatning   optimal   shaklini   albatta   topadi.
Fukuyama liberal g‘oyalar va qarashlarni umuminsoniy ideal sifatida e'tirof etgan,
ularning   negizida   insonning   barcha   ehtiyojlari   qondirilishi   va   jamiyatdagi   asosiy
ziddiyatlar hal qilinishi lozim, deb hisoblagan. Uning fikricha, liberalizm jamiyatni
tashkil   etishning   oqilona   shakli   sifatida,   o‘z   muqobiliga   ega   emas,   shu   sababli
insoniyat   oldida   bu   mafkurani   boshqa   mamlakatlarga   yoyish   va   shu   tariqa
umuminsoniy   davlat   –   siyosiy   jabhada   liberal   demokratiyani   yaratishdan   boshqa
yo‘l yo‘q. Insoniyat tarixining mazmunini Fukuyama ana shunda ko‘rgan. 
Tarixning   mazmunini   tavsiflashga   nisbatan   boshqacha   yondashuvlar   ham
mavjud.   Masalan,   ayrim   faylasuflar   tarix   har   qanday   mazmundan   xoli,   odamlar
uchun   jumboq   deb   hisoblaganlar   va   insoniyat   kelajagiga   pessimistik   baho
berganlar   (Artur   Shopengauer,   Yakov   Burgxardt).   Ba'zi   bir   mutafakkirlar   tarix voqyealarning   oqilona   tushuntirish   mumkin   bo‘lmagan   irratsional   oqimidir,   deb
hisoblaganlar (Fridrix Nitsshe, Eduard Gartman). 
Tarix falsafasida tarixiy taraqqiyot g‘oyasi ham muhim o‘rin egallaydi. 
Taraqqiyot   rivojlanish   jarayonining   quyidan   yuksakka,   noraso   holatdan
barkamol   holatga   o‘tish   bilan   tavsiflanuvchi   yo‘nalishini   anglatadi.   Taraqqiyot
haqida jamiyatga tatbiqan (bu holda ijtimoiy taraqqiyotni nazarda tutiladi) va uning
ayrim elementlariga, jamiyatning tuzilishi yoki boshqa parametrlariga tatbiqan (bu
holda fan-texnika taraqqiyotini, ma'naviy sohadagi, ta'lim, sog‘liqni saqlash,  atrof
muhitni   muhofaza   qilish   sohasidagi   taraqqiyot   nazarda   tutiladi)   so‘z   yuritish
mumkin.   Taraqqiyotning   asosiy   konsepsiyalarini   biz   yuqorida   ko‘rib   chiqdik.   Bu
yerda   shuni   qayd   etish   muhimki,   taraqqiyot   o‘z   mohiyatiga   ko‘ra   ziddiyatlidir,
chunki   uning   teskari   tomoni   regress,   ya'ni   oliydan   tubanga,   barkamol   holatdan
noraso   holatga   o‘tishdir.   Insoniyat   biror   narsani   qo‘lga   kiritar   ekan,   muqarrar
tarzda   nimanidir   yo‘qotadi.   Shu   sababli   insoniyatning   taraqqiyot   yoki   regress
yo‘lidagi harakati haqida faqat umumiy ma'noda so‘z yuritish mumkin. 
Jamiyat tarixini tahlil qilar ekanmiz, shuni qayd etishimiz mumkinki, hozirgi
davrgacha   u   asosan   taraqqiyot   yo‘lidan   harakatlangan   va   bu   fikrga   hozirgi   tarix
faylasuflarining   ko‘pchiligi   qo‘shiladi.   Ammo   ijtimoiy   taraqqiyot   g‘oyasiga
hamma   olimlar   ham   ishonavermaydi,   ayrimlar   hatto   taraqqiyotning   rivojlanishga
shikastli   ta'siri   haqida   so‘z   yuritadi.   Masalan,   Aurelio   Pechchei   taraqqiyot   xavfli
jarayon ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Uning fikricha, bu anarxik jarayonni
sirtdan   turib   tartibga   solish   mumkin   emas   va   u   yer   yuzida   hayotning   rivojlanishi
uchun   shikastli   oqibatlar   kelib   chiqishi   mumkinligiga   e'tibor   bermay,   jamiyat
ehtiyojlari   bilan   biron-bir   real   aloqasiz   olg‘a   yangi   qadamlar   tashlashda   davom
etadi. Bu fikrga Elvin Toffler (1928 yilda tug‘ilgan) ham qo‘shiladi. U taraqqiyot
jamiyat   va   davlat   institutlarini   vayron   qiluvchi,   qadriyatlarni   o‘zgartiruvchi   va
bizning   hayot   ildizlarimizga   putur   yetkazuvchi   o‘zgarishlar   oqimini   olib   kelishi
haqida ogohlantiradi.  Taraqqiyot   mezonlarini   aniqlash   ijtimoiy   taraqqiyot   nazariyasining   bahsli
masalasi  hisoblanadi.   XVII   asr  mutafakkirlari  inson  aqlini  taraqqiyot  mezoni  deb
hisoblaganlar.   Keyinchalik   ishlab   chiqarish   kuchlari   va   ishlab   chiqarish
munosabatlarining   rivojlanish   darajasi   shunday   mezon   sifatida   e'tirof   etilgan.
Hozirgi vaqtda taraqqiyotning asosiy mezonlari sifatida ko‘pincha ijtimoiy-siyosiy,
mafkuraviy, gumanistik va boshqa mezonlar qayd etiladi. Bu mezonlar yordamida
u yoki   bu ijtimoiy tizimlar, siyosiy   rejimlar, ijtimoiy harakatlarning progressivlik
darajasini aniqlash mumkin. 
Ammo   yuqorida   zikr   etilgan   mezonlarning   barchasi   ijtimoiy   hayotning
ayrim   tomonlarinigina   tavsiflaydi   va   butun   jamiyat   taraqqiyoti   haqida   to‘liq
tasavvur   hosil   qilish   imkonini   bermaydi.   Jamiyatning   insonparvarlashuvi
darajasini, shaxsning undagi o‘rnini, uning ma'naviy va ijtimoiy erkinlik darajasini,
moddiy   va   ma'naviy   ehtiyojlari   qondirilishining   sifatini   jamiyat   rivojlanishining
umumiy   yoki   umumfalsafiy   mezoni   deb   hisoblash   mumkin   bo‘lsa   kerak.   Bu
mezon   mazkur   jamiyatda   inson   kamol   topish   uchun   imkoniyatlarga   qay   darajada
ega   ekanligini   ko‘rsatadi.   Mazkur   mezon   nuqtai   nazaridan   har   bir   jamiyatning
progressivlik   darajasi   u   shaxs   huquqlari   va   erkinliklari   doirasini   qay   darajada
kengaytirgani, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ehtiyojlarini  rivojlantirishi
va ularni qondirishi uchun qanday shart-sharoitlar yaratgani bilan belgilanadi. 
Xulosalar.  Tarix falsafasi – bu falsafaning tarixiy jarayon mazmuni, uning
qonuniyatlari   va   asosiy   yo‘nalishlarini   tushuntirish   bilan   shug‘ullanuvchi,
shuningdek   uni   bilish   metodlarini   asoslovchi   bo‘limi.   Quyidagilar   tarix
falsafasining   tarkibiy   qismlari   hisoblanadi:   tarix   falsafasi   ontologiyasi,   tarix
falsafasi gnoseologiyasi, tarix falsafasi tarixi, tarix falsafasi antropologiyasi. Tarix
falsafasining dunyoqarashga doir, nazariy, metodologik va prognostik funksiyalari
farqlanadi.
Tarix   falsafasining   hozirgi   konsepsiyalari   orasida   gnoseologik   yo‘nalish
(tanqidiy   tarix   falsafasi),   ontologik   konsepsiya,   aksiologik   konsepsiya,   tarixning
texnokratik konsepsiyalari alohida o‘rin egallaydi.  Formatsion   va   sivilizatsion   yondashuvlar   tarixiy   jarayon   yo‘nalishini
ayniqsa,   to‘liq   va   teran   aks   ettiradi.   Ayrim   tadqiqotchilar   ko‘rsatilgan
yondashuvlarga muvofiq monadaga doir yondashuvni taxmin qiladilar.  ADABIYOT
ASOSIY :
1. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-18 jildlar. T. O‘zbekiston. 1996-2011
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 
2008. -176. 
3. Karimov I.A.  Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida
uni   bartaraf   etishning   yo‘llari   va   choralari.   –   Toshkent:   O‘zbekiston,
2009. 
4. Karimov   I.A.   Vatanimizning   bosqichma-bosqich   va   barqaror
rivojlanishini   ta’minlash   -     bizning   oliy   maqsadimiz.   T.17.   –Toshkent:
O‘zbekiston, 2009.
5. Karimov   I.A.   Hamkorlik,   taraqqiyot   va   xavfsizlikni   ta’minlash
yo‘lidan // Xalq so‘zi. – 2010 yil 22 sentabr.
6. Karimov   I.A.   Mamlakatimizda   demokratik   islohotlarni   yanada
chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   konsepsiyasi:
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimovning   O‘zbekiston
Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasi   va   Senatining   qo‘shma
majlisidagi ma’ruza. 12 noyabr. – Toshkent: O‘zbekiston, 2010. 
7. Karimov I.A. Bu muqaddas vatanda azizdir inson// O‘zbekiston 
mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruza// Xalq so‘zi.2010 1 
sentabr Karimov I.A. Bu muqaddas vatanda azizdir inson// O‘zbekiston 
mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruza// Xalq so‘zi.2010 1 
sentabr 
8. Karimov   I.A.   BMT   sammitining   mingyillik   rivojlanish   maqsadlariga
bag‘ishlangan yalpi majlisdagi nutq.-T.: O‘zbekiston, 2010.
9. Karimov   I.A.   O‘zbekiston   mustaillikka   erishish   ostonasida.T.:
o‘zbekiston, 2011 386 b
10. Karimov   I.A.   Buyuk   va   muqaddassan   mustaqil   vatan.O‘zbekiston
mustaqilligining   20   yilligiga   bag‘ishlangan   ma’ruza.   T.:   O‘zbekiston,
2011  
11. Romanenko Y.M. Bitiye i yestestvo: Ontologiya i metafizika kak tipi 
filosofskogo znaniY. – M., 2003.  784 s.
12. Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005
13. Shermuxamedova N.A. GnoseologiY. –T.O‘FMJ. 2007
14. G‘arb falsafasi. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005.
15. Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. –T.: Universitet,  2005.
16. Falsafa. Ahmedova M. Tahriri ostida –T.: OFMJ, 2006
17. Jahon falsafasi tarixidan lavhalar.  Nazarov Q. tahriri ostida. –T.: 
Sharq, 2004
18. Shermuxamedova N. A. Falsafa va fan metodologiyasi. –T.: Universitet, 
2005.

Tarix falsafasi REJA : 1. Tarix falsmafasining tuzilishi va funksiyalari 2.Tarix falsafasida tarixiy taraqqiyot g‘oyasi. 3.Tarixda shaxsning roli.

Ma'lumki, har qanday ijtimoiy hodisaning mohiyatini va uning jamiyatning rivojlanish jarayonidagi o‘rnini faqat u butun jamiyatning rivojlanish jarayoniga bog‘lab, ya'ni umumiy tarixiy jarayon doirasida o‘rganilgan taqdirdagina tushunish mumkin. Bundan muqarrar tarzda butun insoniyat tarixiga tegishli bo‘lgan savollar kelib chiqadi: tarixiy rivojlanishning biron-bir maqsadi mavjudmi; jahon tarixi qaysi yo‘nalishda harakatlanadi; tarix biron-bir muayyan mazmunga egami? Bu savollarning barchasiga falsafaning «tarix falsafasi» degan nom olgan bo‘limi javob beradi. Hozirgi darsliklarda tarix falsafasining predmetini, uning tuzilishi va funksiyalarini yoritishga lozim darajada e'tibor berilmaganini hisobga olib, mazkur bo‘limni ayni shu muammolarning tahlilidan boshlaymiz. Tarixning mazmunini aniqlash yo‘lidagi izlanishlar. Bilimning integral shakli sifatida falsafa jamiyat, tarix va inson haqidagi muayyan-ilmiy tasavvurlarni sintez qiladi. U gumanitar fanlar – psixologiya, san'atshunoslik, semiotika, san'atga murojaat etadi. Tarix falsafasining asosiy vazifalaridan biri – o‘zgaruvchan va murakkab ijtimoiy dunyoda hayot mazmuniga doir mo‘ljallarni topish, insoniyat mavjudligining har bir muayyan davrida uning oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilashdir. Har bir inson va kishilik hamjamiyati hayotining burilish davrlarida uning oldida hayot mazmuni nimada degan savol ko‘ndalang bo‘ladi. Tarixning mazmun va mohiyatini anglab yetish borasidagi ilk urinishlarga qadimgi faylasuflarning asarlarida duch kelish mumkin. Tarix ularning talqinida oldinma-ketin yuz beradigan voqyealar majmui sifatida namoyon bo‘lgan. Tarix tavsifi ancha to‘liq bo‘lgan, ba'zan bo‘yab ko‘rsatilgan, lekin ularning hikoyatlari tarix haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini bermagan. Bu narrativ tarixdir. (tarixchining talqini, interpretatsiyasi) Keyinchalik qadimgi faylasuflar tarixni uzluksiz takrorlanib turadigan jarayonlar, «abadiy ortga qaytish» (F.Nitsshe) sifatida tasavvur qilganlar. Diniy an'ana tarixning butunlay boshqacha talqinini taklif qildi. O‘rta asrlarda ilohiy taqdir asosiy tarixiy kuch sifatida e'tirof etildi. Tarixiy voqyealarning ichki mantiqi alohida mazmun kasb etdi: Xudo nafaqat tarixiy

jarayonni boshqaradi, balki adashgan insoniyatga gunohlardan forig‘ bo‘lish, jannatdagi boqiy hayotga erishish yo‘lini ko‘rsatadi. Avreliy Avgustin o‘zining «Ilohiy shahar haqida» asarida boqiylik va muvaqqatlik, ilohiylik va dunyoviylikning birligi to‘g‘risida so‘z yuritadi. Uning fikricha, Iso Masih insoniyatga boqiylik sari yo‘l ko‘rsatgan. Tarixning mazmuni – boqiylikka eltuvchi yo‘ldan borishda, inson hayotining mazmuni esa – Xudoga xizmat qilish, gunohlardan forig‘ bo‘lishdadir. Ibn Xaldun tarixning mazmuni haqida mulohaza yuritar ekan, uni, inson hayotining mazmuni kabi, tarix tugaganidan keyingina aniqlash mumkinligini qayd etadi. Ammo, shunga qaramay, tarixning mazmuni haqida erkinlik, ijod tushunchalariga tayanib so‘z yuritish mumkin, deb hisoblaydi. Tarixning harakatida Ibn Xaldun ob'ektivlashuvning inson ustidan hukmini kamaytiradigan, uning erkinligi va ijodining tantanasini qaror toptiradigan jarayonlarni aniqlashga harakat qiladi. Tarixda mazmunning mavjudligi haqidagi tasavvur, shuningdek O‘rta asrlar falsafasi ilk bor ta'riflab bergan insoniyatning taraqqiyoti g‘oyasi ancha yashovchan bo‘lib chiqdi: u turli yo‘nalish va oqimlarga mansub faylasuflar tomonidan muayyan falsafiy ta'limotlar nuqtai nazaridan u yoki bu tarzda talqin qilingan. Masalan, Ma'rifat davrida barcha tarixiy voqyealarga oqilonalik mezoniga muvofiq baho berilgan. Mazkur konsepsiya eng mukammal ko‘rinishda D.Didro tashabbusi bilan yaratilgan «Ensiklopediya»ning faol ishtirokchilaridan biri, fransuz ma'rifatchisi Nikolay Kondorse asarida o‘z aksini topgan. U o‘zining «Inson tafakkuri taraqqiyotining tarixiy manzarasiga chizg‘i» deb nomlangan risolasida kishilik jamiyatining barcha jabhalariga tafakkurning kirishi g‘oyasini mazkur jamiyat rivojlanishining uzoq istiqboli sifatida asoslashga harakat qiladi. Tafakkurning tantanasi g‘oyasi insoniyat tarixining mazmuni sifatida Gegel tomonidan ham asoslangan. U tarixga mutlaq ruh, olamiy Aql taraqqiyoti sifatida yondashgan. Gegel fikriga ko‘ra, mazkur taraqqiyot o‘zining alohida vazifasini ado etishi lozim bo‘lgan ayrim xalqlar ruhi orqali amalga oshadi. Uning fikricha,

tarixiy jarayon «aqlga muvofiq», ya'ni tasodiflardan yoki ayrim shaxslarning o‘zboshimchaligidan qat'iy nazar o‘ziga yo‘l ochadigan ob'ektiv qonuniyatlar bilan belgilanadi. Tarixning mazmuni mutlaq ruh o‘zini o‘zi anglab yetishidadir, deb qayd etadi Gegel. Tarixning mazmunini aniqlash borasidagi keyingi izlanishlar amalda muayyan ideal tajassumi sifatidagi tarixning mazmuni haqidagi tezisning ko‘rinishlari hisoblanadi. Idealning mazmuni har xil, hatto qarama-qarshi bo‘lishi mumkin: texnokratik illyuziyalar, ommaviy iste'mol jamiyati ideali, axborot jamiyati ideali, xususiy mulk va ekspluatatsiyasiz umumiy tenglik jamiyati va h.k. Tarixning mazmunini aniqlash yo‘lidagi izlanish rang-barang ekanligiga qaramay, uning har bir talqini aholi muayyan qismining orzu-umidlariga mosdir. Tarixning mazmuni tushunchasining eng teran talqinlarini XX asr faylasuflari –K.Yaspers taklif qilgan . U jahon tarixining mazmunini davrlarning umuminsoniy aloqalarga asoslanadigan mazmun jihatidan bog‘lanishida ko‘radi. Mazkur bog‘lanishning mavjudligini tarixning mazmunini aks ettiradigan dunyoviy vaqt o‘qi kafolatlaydi. U Sharq va G‘arb madaniyatlarining umumiy asosi hisoblanadi. Yaspers jahon tarixida tillarning vujudga kelishi, mehnat qurollari ixtiro qilinishi, olovdan foydalanishga kirishilishi kabi to‘rt bosqichini farqlaydi:. Vaqt o‘qining boshlanishi Hindiston, Xitoy, Yunoniston ,Markaziy Osiyo, Eron buyuk madaniyatlari deyarli bir vaqtda vujudga kelgan miloddan avvalgi 800 va 200 yillar oralig‘idagi davrga mos keladi. yevropada fan-texnika davrining boshlanishi mazkur madaniyatlarning davomi (ma'lum ma'noda esa ularning ziddi) bo‘lgan. To‘rtinchi bosqichda insoniyatning birligi vujudga keladi. Bu davrda jamiyat insonga munosib bo‘lgan asoslar va tamoyillarga muvofiq rivojlanadi. Totalitarizmdan butunlay voz kechishga asoslangan huquqiy davlat mazkur birlikning kafili hisoblanadi. Tarixning mazmuni – umuminsoniy madaniyatni va vaqt o‘qining avvalida shakllangan an'analarni saqlash va rivojlantirishdadir. Bugungi kunda jamiyatning globallashuvi munosabati bilan tarixning mazmuni haqidagi masala yana kun tartibidan o‘rin olmoqda. Zamonlar va xalqlar

aloqasini, xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikni qaror toptiradigan, ajdodlarning ma'naviy merosini saqlash va ko‘paytirishni, hozirgi avlodlarning erkinligi va ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishni ta'minlaydigan qadriyatlar tizimiga qarab mo‘ljal oluvchi g‘oyalar yana muhim ahamiyat kasb etmoqda. XIX asrda falsafadan sotsiologiya ajralib chiqa boshladi. Mazkur fan jamiyatni tushunishga nisbatan falsafiy yondashuvlarni asosan tan oladi va ayni vaqtda o‘z predmeti va tadqiqot metodlariga ega. O.Kont . Ijtimoiy tadqiqotlarning ob'ektivligiga erishish lozim, degan g‘oyani himoya qilgan O.Kont (1798-1857) fan sifatidagi sotsiologiya asoschisi. U sotsiologiyani ikki qismga ajratadi: birinchi qism ijtimoiy statikani, ya'ni ijtimoiy tizimlarning mavjudlik shartlarini va ularning amal qilish qonunlarini, ikkinchi qism esa – ijtimoiy dinamikani, ya'ni jamiyatning rivojlanish va o‘zgarish qonunlarini o‘rganadi. Ijtimoiy statika – odam organizmining tuzilishiga o‘xshab ketadigan jamiyat «anatomiyasi»dir. Kont jamiyatda oila, din, davlat kabi muhim institutlarni farqlaydi. U jamiyat rivojlanishining uch bosqichi qonunini ta'riflaydi. Mazkur bosqichlar insoniyat aqliy rivojlanishining uch bosqichiga mos keladi: teologik bosqich (u qadimgi davr va ilk O‘rta asrlarni qamrab oladi va XIII asrda tugaydi), metafizik bosqich (XIV-XVIII asrlar) va pozitiv bosqich (XIX asrda boshlanadi). Marksizm. K.Marks (1818-1883) va F.Engels (1820-1895) jamiyatni o‘z- o‘zidan rivojlanadigan, iqtisodiy rivojlanishning bir bosqichidagi barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan o‘ta murakkab tizim sifatida tavsiflaydi. Jamiyatning ziddiyatli birlikni tashkil etadigan barcha tarkibiy qismlari moddiy ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Mazkur munosabatlar majmui bazisni, ya'ni jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etadi. Shu asosda jamiyatning o‘ziga xos ijtimoiy munosabatlar amal qiladigan muayyan-tarixiy tipi shakllanadi. Jamiyatning umumiy iqtisodiy asosda shakllanadigan va «alohida, o‘ziga xos xususiyat»ga ega bo‘lgan tipini Marks ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya deb belgilaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning o‘zgarishiga Marks pirovard natijada ishlab