logo

ANTIK TARIX FALSAFASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

24.7607421875 KB
ANTIK TARIX FALSAFASI
REJA:
1.  Inson va olam yaralishining mifologik-diniy talqini
2. Insonning paydo bolishi haqidagi dunyoviy qarashla
3.   Yunoniston   tarixiy   usuli   va   uning   chegaralari.   Gerodot   va   Fukidid.   Ellinizm
davri.  Mifologik   tafakkur   tabiat   va   jamiyat   hodisalarini   anglash,   uni   tushunishga
intilishning, olamni hissiy bilishning eng qadimgi kurtaklaridan biridir. Miflar –
asotirlar odatda ertaklardan farq qilib, asosan olamning qanday paydo bo‗lgani,
yer,   osmon,   yulduzlar,   yil   fasllarining   almashuvi,   hayotning   tugashi   va
yangilanishi,   qor,   bo‗ron,   zilzila,   tog‗   ko‗chkilari,   yer   ustidagi   va   ostidagi,
daryo,   dengiz,   ummonlardagi   va,   hatto,   boshqa   olamlardagi   mavjudotlarning
o‗zaro borliqligini, sababiyat va oqibat jihatidan aloqadorligini ibtidoiy-xayoliy
poetik,   falsafiy   hamda   allegorik   –   majoziy   ravishda   tasavvur   qilishdan   kelib
chiqqan.   Mifologik   tasavvurga   ko‗ra   butun   olam   mavjudotlari   his   qilish
qobiliyatiga   ega.   Ular   o‗ziga   xos   tarzda   o‗ylaydi   na   harakat   qiladi.   Eng
qadimiy Misr mifologiyasida borliq tabiatning har yili «o‗lib» va yana «tirilib»
turishi   «tangri»   Osirisning   hayoti   bilan   bog‗lanadi.   Qadimgi   Misr   dinida
Osirisning sadoqatli umr yo‗ldoshi, hosildorlik, suv va shamollar ilohasi  Isida
o‗lganlarning   ruhini   avaylab,   asrab,   yana   tiriltiradi.   Qadimgi   yunon
mifologiyasiga   ko‗ra   (Gomerning   «Iliada»,   Fidiyning   «Metamorfozalar»   –
«Evrilishlar»   asarlarida   tasvirlanishicha),   samoviy   yuksak   Olimp   tog‗ida
yashaydigan   Quyosh   va   momoqaldiroq   tangrisi   Zevs,   yer,   suv,   onalik
ma‘budasi Gera, bahodirlik va san‘at homiysi   А pollon, ilm-fan, donishmandlik
ma‘budasi   А fina,   go‗zallik   ma‘budasi   А frodita,   urush   tangrisi   Mars,
marhumlar   yurtining   tangrisi   А id,   dengiz,   ummonlar   tangrisi   Poseydon   (yoki
Neptun)   va   boshqalar   Yer   yuzidagi   odamlarning   hayotini   boshqarib,   taqdirini
hal   etib   turishgan.   Qadimgi   Misr   va   yunon  mifologiyasining   ayrim   e‘tiqodlari
keyinchalik   xristian   diniga,   so‗ngra   islom   diniga   ham   ko‗chib   o‗tgan.   Zotan,
insoniyat   ibtidosi   bilan   bog‗liq   bo‗lgan   ilk   tasavvurlar,   xayoliy   ehtimoliy
qarashlar   odam   qaysi   makon  va  qanday  sharoitda  yashamasin,   odam   va  olam,
inson   va   borliq   haqidagi   qarashlarda   umumiylik   mavjud   bo‗lgan.   Chunki,
qarashlar,   o‗ylar   va   tasavvurlar   qanchalik   xilma-xil   bo‗lmasin,   ularning
zamirida bitta haqiqat, bitta mohiyat yotgan. Bu – inson va uning kelib chiqishi,
olamning   yaralishi   va   hayot   mohiyati.   Shuning   uchun   ham   mifologik
tasavvurlarga, ilk odamlarning mifologik e‘tiqodlariga e‘tiborsizlik bilan qarash mumkin emas.   А na shu miflar asosida ming yillar davomida daho san‘atkorlar
adabiyot   va   san‘atning   durdona   asarlarini   vujudga   keltirganki,   ularda
umuminsoniy qadriyatlar, odam va olam taqdiri bilan bog‗liq qarashlar yuksak
badiiy-falsafiy,  tarixiy-tabiiy,  ma‘naviy-ruhiy  dramatizm   o‗z  ifodasini   topgan.
Jumladan,   Gomer   («Iliada»,   «Odisseya»),   Esxil   (« А gomemnon»,   «Zanjirband
Prometey»,   «Evminidalar»),   Sofokl   («Shoh   Edip»,   « А ntigona»,   « А yaks»),
Evripid   («Geraql»,   «Elena»,   «Elektra»,   «Vayuh   qizlari»),   Dante   («Ilohiy
komediya»), Bokkachcho («Dekameron»), Tasso («Quddusning ozod etilishi»),
Milton   («Boy   berilgan   jannat»),   Shekspir   («Lukretsiya»,   «Yoz   kechasidagi
tush»,   «Bo‗ron»),   Gyote   («Faust»),   Bayron   («Qiyomat   manzaralari»),
Lermontov   («Demon»),   А dam   Mitskevich   («Dzyadi   ko‗li»)   va   boshqa   daho
san‘atkorlar   diniy   mifologiya   syujeti   asosida   yozgan   asarlarida,   Leonardo   da
Vinchi, Mikelanjelo, Rafaelning yaratgan tasviriy san‘at namunalari eng muhim
umuminsoniy muammolarni badiiy talqin etishgan.  Hozirgi  G‗arb estetikasida
va   umuman   falsafiy   tadqiqotlarida   mifologik   maktab   deb   atalgan   yo‗nalish
vujudga   kelgan.   Hozirgi   mifologik   maktab   vakillari   XVII   –   XVIII   asr   buyuk
mutafakkirlari   B.   Fontenel,   J.Viko,   I.Gerder   fikrlaridan   kelib   chiqib   mif   –
jamiyat   taraqqiyoti   va   inson   ruhiyati   bosqichlarini   ifodalovchi   qimmatli
madaniy xazinalardir, degan fikrga kelishgan. Ingliz olimi Jeyms Frezer hozirgi
mifshunoslik   yo‗nalishining   asoschilarndan   biridir.   U   o‗zining   «Oltin   butoq»
va   « А hdul   qadim   («Tavrot»)   folklori»   kitoblarida   qadimgi   Xitoy,   Hindiston,
Misr   xalqlari   folklori   va   xristian   mifologiyasi   ildizlarini   xalq   e‘tiqodlarining
shakllanish bosqichlari bilan bog‗lab tadqiq etadi. Hozirgi mifologik yo‗nalish
Zigmund   Freyd   ta‘limotidan   ham   oziqlangan   bo‗lsada,   undan   farq   qilib,   mif
yaratuvchilar   patologiyasi   va   psixikasiga   ortiqcha   e‘tibor   bermay,   falsafiy
tafakkur   va   e‘tiqodlar   shakllanishiga   kengroq   e‘tibor   beradi.   Bu   yo‗nalish
vakillari   miflarni   animizm,   totemizm   va   tabu   bilan   bog‗laydilar.   Mifologik
maktabning yirik vakillaridan biri, Toronto universiteti professori Nortrop Fray
fikricha. miflar inson tasavvurlarining ibtidoiylig Yunonistonda   tarix   fani   birdaniga   vujudga   kelgan   emas.   Greklarning
tasavvuricha   tarix   fan   emas,   balki   sanatdan   va   pand   –   nasihatdan   iborat,   shu
sababli   qadimgi   greklar   boshqa   fanlar   singari   tarihning   ham   o‘z   muzasi   bor,   bu
muza   Kliodir   Klmo   boshqa   muzalar   bilan   bir   qatorda   sanatlar   xudosi   Apolon
ayonlari   orasida   bo‘lgan,   deb   hisoblaganlar.   Greklar   tarixiy   voqealar   to‘g‘risida
chiroyli   va   pand   –   nasihatli   hikoyani   hammadan   ko‘proq   qadirlaganlar.   Ular
tarixning asosiy vazifasi pand – nasihatdan iborat deb hisoblaganlar.
Dastlabki   vaqtlarda  logograf   deb   ataluvchi   kishilar   (“logos”   “so‘z”,   “grafo”-
yozaman   demakdir)   shaharlarning   odatda   o‘zlari   tug‘ilgan   shaharlarning   tarixi
to‘g‘risida   yozganlar.   Logograflar   eramizdan   avvalgi   VII   asrda   va   V   asrning
boshlarida   yashaganlar.   O‘z   asarlarida   ular   biron   shaharning   tarixini   yozganlar,
lekin ular bu tarixni afsona bilan aralashtirganlar.
Geradot – ilmiy tarixning yaratilishi.
Geradotni   biz   tarixchi   sifatida   yaxshi   bilamiz.   Uning   to‘qqiz   to‘mli   tarix
asarining   har   biri   yuz   ellik   va   undan   ortiq   hikoya,   rivoyat   va   o‘ziga   xos   tarixiy
novellalarni o‘z ichiga oladi.
Geradot   asarlari   Plutarx,   Yustin,   ijodlariga   ham   katta   tasir   o‘tkazgan,   taniqli
tadqiqotchi   M,   Mandesning   fikricha   Yustinning   ko‘pgina   fikrlari   Geradotdan
olinganligi, Diadorning ko‘pgina tasvirlari Fukididga yaqin turganligi qayd etiladi.
Arrian   Ksenofont   ijodini   davom   ettirganligini   ochiq   oydin   aytadi.   Geradot
yoshligididan  sayohat   qilishni  yaxshi   ko‘radi.  Galikarnos  port   shahri,  savdo-sotiq
bilan shug‘illanuvchi savdogarlar, yo‘lovchilar shahri bo‘lgani uchunmi o‘spirinlik
yillaridayoq   u   yaqin   atrofdagi   mamlakatlarga   borib   qoladi.   Dengiz   shunqori   va
sayohlari   tilidan   g‘aroyib   sarguzashtlarni   tinglashni   juda–juda   yoqtiradi.   “eron
tarixi   kitobi”   Geradot   etiborini   ayniqsa   o‘ziga   tortadi.   Xaronning   “Eron   tarixi”
kitobida   Ahamoniylar   davlatiga   qaram   bo‘lgan   Osiyodagi   ko‘pgina   malumotlar
haqida qimmatli malumotlar bor.
Gerodot   tug‘ilgan   o‘lka   tarixiy   sarguzashtlarga   boy   edi.   Bunday   tarixiy
voqealarni   ko‘p   eshitgan   Gerodot   keyinchalik   haqli   ravishda   tarixiy   hikoyalar
ijodkori bo‘lib, qoladi. Gerodotning ona shahri Galikarnos hokimi Lagdimid qarshi ko‘tarilgan   isyonda   Paniasid   bilan   bostiriladi.   Geradot   esa   mamlakatdan   quvg‘in
qilinadi.   Shundan   so‘ng   bo‘lajak   tarixchi   Osiyo   bo‘ylab   safarga   chiqishga   qaror
qildi. Geradot qora dengiz qirg‘oqlari bo‘ylab safardaligida Olviya shahri va ularga
yaqin joylashgan skiflar haqida qiziqarli malumotlarni eshitadi. Undan ilgari ham
skiflar   haqida   talaygina   kitoblarni   o‘qib   ularning   hayot   kechirish   tarziga   qiziqib
qolgan edi.
Geradot   Samos   orolida   bir   muncha   vaqt   bo‘lib,   Osiyo   bo‘ylab   safarga
jo‘naydi. Geradot  dastlab, Ahamoniylar davlatining markazi  bo‘lgan suz shahriga
keladi.   Efes   va   Sard   shaharlarida   bo‘ldi.   Kichik   Osiyodagi   Galis,
Mesopatamiya dagi Efrat va Tigr daryolaridan o‘tadi. Geradotning fikricha, Kaspiy
bo‘ylarida ko‘chmanchi massagetlar yashaydi. Massagetlar baliq go‘shti, parranda
va   sutli   taomlarni   istemol   qilishadi.   Bu   erning   xalqlari   juda   jangari   bo‘lishgan.
Aytishlaricha   Eron   shohi   Kir   ham   ularni   o‘ziga   bo‘ysudira   olmagan.   Geradot
Mesopatamiya va Vaviloniya o‘lkalarining tabiatiga ham keng to‘xtaladi. Bu joylar
Orol dengiziga yaqin bo‘lib, ayrim tadqiqotchilar bu o‘lkalarga Geradot kelmagan
deyishsa,   boshqalar   kelgan   deyishadi.   Geradot   O‘rta   Osiyo   haqida   muhim
malumotlar   keltiradi.   Bu   erda   bir   necha   hokimliklar   mavjudligini,   ularning
hammasi ulkan Eron davlatiga qaram ekanligini tasdiqlaydi. Bu hokimliklarni aniq
nomi   bilan   ataydi.   Jumladan,   Baqtriya,   Girkaniya,   Kaspiy,   so‘g‘dlar,   saklar,
xorazmiylar   va   oriylar,   bu   o‘rinda   izoh   talab   nomlardan   oriylar   Afg‘onistonning
g‘arbiy   qismiga   joylashgan   elatlardir.   Baqtriyaning   poytaxti   o‘sha   vaqtda   Balx
shahri   bo‘lgan   kaspiy   hokimligida   Turkmanistonning   janubi-g‘arbiy   qismida
joylashgan   qabilalar   kirgan   Xorazmiylar   xorazmliklar,   so‘g‘dlar   Politmet
(Zarafshon)   bo‘ylarida,   saklar   Tyanshan   tog‘ining   g‘arbiy   etaklarida   joylashgan
edilar.   Shundan   so‘ng   Geradot   Hindiston   o‘lkasida   sayohatini   davom   ettirib,
Panjobga   boradi.   Bu   erga   bostirib   kelgan   Doro   haqida   qimmatli   ma’lumotlar
to‘playdi. Geradot keyingi asarlarida Liviya, Misr o‘lkalarini ham keng tasvirlaydi.
Geradot tarixning shunchaki xabarchisi emas, balki tarixni jonlantirib ko‘rsatuvchi
etuk ijodkordir. Uning skiflar haqidagi asarlari nihoyatda bebaho va qadrli. Geradotning   “skiflar”   asari   jahon   xazinasida   munosib   o‘rin   tutgan,   bu   asar
juda   ko‘plab   tillarga   tarjima   qilingan.   Skiflarni   birinchi   bo‘lib,   jahonga   tanitgan
ham Geradotdir, XVII – XVIII asrlardayoq rus imperatorlari Geradotning “skiflar”
asarini juda katta qiziqish bilan o‘qishgan va juda ko‘p nusxalarda tarjima qilishga
buyuruq   berishgan.   Natijada,   asar   bir   necha   marta   tarjima   qilinib,   qayta-qayta
nashr   etiladi.   Skiflar   haqida   Geradotdan   ilgari   Yunon   olimlari   Gomer,   Esxil   ham
yozganlar,   lekin   skiflarning   haqiqiy   va   birinchi   targ‘ibotchisi   Geradot   edi.
Geradotning   “skiflar”   asarining   uslubi,   undagi   hikoyalarning   xarakterli
xususiyatlari   haqida   bir   qancha   ilmiy   tadqiqot   ishlari   yuzaga   keldi.   Bu   ilmiy
tadqiqotlar ichida ayniqsa, I. Ya. Timoshenkoning “ Geradot va uning asari” Vitold
Klingerning   “hikoyachilik   motivlari”   asarlari   shuningdek,   sharq   xalqlarini   tarixiy
hikoyalari” kabi juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ijod durdonalari yuzaga keldi.
Geradot   katta   ishga   qo‘l   uradi.   Faqat   skiflarni   emas   Yevropa   va   Osiyodagi   hatto
Afrikadagi ko‘pgina qabilalarning hayotiga oid ma’lumotlarni aks ettiradi. Geradot
ijodi Tarix nomli  To‘qqiz kitobi  katta ilmiy xazinani  tashkil etib, bu kitoblarning
har   qaysisi   yuzlab   hikoyalarni   o‘z   ichiga   olgan.   Geradot   antik   davrdagi   boshqa
olimlardan   shu   bilan   farq   qiladiki,   u   fidoyi   tarixchi   edi.   O‘z   hayotini   tahlikaga
qo‘yib bo‘lsada ijod dardida uzoq yurtlarni kezdi. Jahongashta tarixchi ne-ne xavf–
xatarlarlarga   duch  kelmadi.   Bu   safarlarida   u   avval   o‘z   ko‘zi   bilan  ko‘rib,   qulog‘i
bilan   eshitgach,   keyin   ijod   qilardi.   Har   qanday   faraz   va   taxminlar   uning   uchun
begona edi. U minglab qabila va elatlarda bo‘ladi. Yuzlab daryolarni kechib o‘tadi.
O‘sha paytda hech bir olimning qadami etmagan uzoq o‘lkalarni kezadi. Hali ko‘p
ko‘rilmagan mavzularni birinchi bo‘lib yoritadi. Shuning uchun ham Geradot nomi
tariximizda alohida ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi   faktlar   asosida   biz   aytishimiz   mumkinki   ilmiy   tarixning
yaratilishida Geradotning Tarix asari muhim ahamiyat kasb etadi.
Polibiyning tarixiy qarashlari
Eramizdan   avvalgi   II   asrning   ikkinchi   yarimida   Polibiy   “umumiy   tarixni”
yozgan.   Unda   eramizdan   avvalgi   264-146   yillardagi   voqealar   bayon   qilingan.
Uning   bu   asari   ilmiy   tadqiqotdir.   Polibiy   grek   istoriografiyasining   eng   yaxshi ana’nalariga   amal   qilgan.   Ammo   uning   siyosiy   qarashlari   Rim   jamiyatidagi
konservativ tabaqalarning manfatlarini ifoda qilgan. Polibiy Rimning o‘rta dengiz
sharqiy qismining hayotiga aralashishini kuzatib, unda Rim hokimiyati o‘rnatilishi
muqarrar  degan xulosaga  kelgan. U o‘zining asrida Rimning bir  qancha qabilalar
va   xalqlarni   o‘ziga   bo‘ysundirilishining   sabablarini   ko‘rsatib   berishga,   yani   rim
davlatining   vujudga   kelish   tarixini   yaratishga   harakat   qilgan.   Polibiy   Rim
davlatining   qudratini   uning   davlat   tuzumidagi   xususiyatlaridan   deb   bilgan,   uning
nazarida   bu   tuzumni   idora   qilishining   aristokratik,   demokratik   va   monarxik
shakllari   ajoyib   tarzda   bir–biri   bilan   qo‘shilib   ketgan.   Polibiy   manbalarni   juda
sinchiklab tekshirgan, mamlakatning geografik holati va uning iqlimini o‘rgangan.
U   antik   davr   tarixining   odat   hukmidagi   adabiy   usullaridan   foydalangan.   U
voqeaning   bayonotida   voqeada   ishtirok   qiluvchi   nutqlarini   kiritgan.   Polibiy   bu
bilan   ularning   gaplariga   mumkin   qadar   “haqiqiy”   tus   berishga   harakat   qilgan.   U
manbalarning   naqadar   rostligini   aniqlab,   tarixiy   voqealarning   sabablarini   ayrim
shaxsning ish va harakatlarida ko‘rgan xolos.
Polibiy tarix chinakam voqealarni izohlashga va bu voqealarning keyinchalik
taraqqiyot   yo‘lini   belgilashga   imkon   beradi.   Yani   tarix   “nasihat   berishi”
“o‘rgatishi” mumkin amaliy jihatdan foydali bo‘lishi mumkin deb faraz qilgan.
Tit Liviy asarlarida tarix falsafasi
Tit Liviy Rimning afsonaviy zamondan boshlab o‘zi yashagan davrga o‘tgan
butun tarixini yozishga harakat qilgan. Uning bu g‘oyat puxta asari 142 ta kitobdan
iborat   bo‘lgan,   lekin   undan   atigi   38   tasi   va   boshqa   ba’zi   kitoblaridan   parchalar
saqlangan   xolos.   Tit   Liviy   tarixni   yodgorlik   deb   bilgan.   Uning   fikricha,   tarix
o‘rnak   bo‘la   oladigan   namunalarni   ko‘rsatishi   bizning   avlodlarimiz   ko‘p   yillar
davomida ko‘rib kelgan, ofatlardan qanday qilib, saqlanishiga o‘rgatishi lozim.
Tit Liviy voqealarning sababli bog‘lanishlarini aniqlash ularni izohlash va bu
voqealar   rostmi   –   yo‘qmi,   bu   haqda   bosh   qotirmagan.   Uning   asarlarida   Fukidid,
Polibiy asarlariga xos tarixiy tanqidlar yo‘q. Tit Liviy, Tsitseronga taqlid qilishga
uringan   u   bu   urinishda   muvaffaqiyat   qozona   olmagan.   Uning   birinchi
ikkinchisidan  asrlar  ajratib turgan  qahramonni   bir   xil  chiroyli  fikr   yuritishadi,  bir xil   harakat   qilishadi   va   bir   xil   gapirishadi.   Tit   Liviyning   respublika   tarixidan
qimmatli   manba   bo‘lish   asarlari   muallifning   fikricha   kitobxonga   chuqur   tasir
qilmog‘i   lozim   bo‘lmagan.   Uning   asarlari   ilmiy   tadqiqot   emas,   balki
V.G.Belinskiy aytganidek, sanatkorning asari sanat asaridir.
Korneliy Tatsit – Rim tarixchilik maktabi falsafasi
Korneliy   Tatsit   (taxminan   54-120   yillar)   bu   davr   eng   mashhur
tarixchilardandir. Zodagon suvoriy oilasidan chiqqan Tatsit yoshligida Britaniyada
harbiy xizmatda bo‘lgan. U mashhur lashkarboshi Yuliy Agrikolaning yaqin do‘sti
bo‘lgan.   Imperator   Domitsian   Agrikolani   qatl   qildirgandan   keyin   unga   homiylik
qilgan   Tatsit   imperatorning   qahridan   ko‘r   qilib   bir   necha   vaqtgacha   surgunda
yurgan. Domitsian halok bo‘lgandan keyingina Tatsit Rimga qaytganidan so‘ng u
senator bo‘lib olib, magistraturada buyuk lavozimni egallab kelgan. Uning abadiy
faoliyati   ham   ana   shu   davrga   mansubdir.   Tatsit   eramizning   68   yilidan   to   96
yiligacha   bo‘lgan   davrni   ichiga   olgan   “tarixlar”   ni,   Avgustning   o‘limidan
(eramizning   14   -   yili)   Neronning   halokatigacha   (eramizning   68   –   yili)   bo‘lgan
davrning   “Yilnomalar”ini,   shuningdek   “Germaniya”   nomli   kichikroq   asarini
yozgan.   Tatsit   bu   so‘nggi   asarida   german   qabilalarining   va   Rim   imperiyasi
tuprog‘idan   tashqari   yashagan   boshqa   Yevropa   qabilalari   va   elatlarining
etnografiyasini   mufassal   bayon   qilgan.   Tatsit   o‘z   asarlarida   ayniqsa   “   Yilnoma”
larida Rimning o‘tmish respublika davrini ko‘klarga ko‘tarib maqtagan bo‘lsa, o‘z
zamonasining   siyosiy   tartibini   Yuliy   –   Klavdiylar   sulolasidan   bo‘lgan
imperatorning   o‘zboshimchaligi   va   istebdodini   qattiq   qoralab   yozgan.   F.Engels
Tatsitni eski Rim patritsiylari tafakkurining so‘nggi namoyandasi degan edi. Tatsit
siyosiy   voqealarning   borishini   bayon   qilar   ekan,   u   o‘zining   bayon   qiladigan
materiallarini   asl   hujjatlar   asosida   sinchiklab   o‘rganib   chiqqan   “Yilnoma”   larida
keltirilgannutqlar   ham   obidalardagi   yozuvlar   va   arxeologiya   malumotlari   bilan
tasdiqlanadi.   Tatsit   asarlarining   bir   qismigina   zamonamizgacha   saqlanib   kelgan.
“Tarixlar”ining   uchdan   bir   qismigina   saqlangan   “Yilnomalar”ini   ko‘p   qismi
saqlanmagan,   shunday   bo‘lsada,   Tatsitning   tarixiy   asarlari   eramizning   I   asridagi
Rim imperiyasi tarixi to‘g‘risidagi tasavvurimizning negizini tashkil etadi.  Adabiyotlar:
1. O’zb e kiston R e spublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zb e kiston, 2011.
2. Davlat tili haqida (yangi tahriri). O’zbekiston Respublikasining qonuni. – T.:
O’zbekiston, 1997. – 22 b.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T.: Sharq, 1997. – 63 b.
4. Ta'lim to’g’risida. O’zbekiston Respublikasining qonuni. – T.: O’zbekiston, 
1989. – 30 b.
5. Mirziyoev  SH.M.  Erkin  va  farovon,  demokratik  O‘zbekistan davlatini 
birgalikda barpo etamiz. - Toshkent.O‘zbekiston, 2016.  -53 b.
6. Mirziyoev SH.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va olijanob  xalqimiz bilan 
quramiz. - Toshkent.O‘zbekiston, 2017  -484 b.
7. Mirziyoev  SH.M.  Qonun  ustuvorligi  va  inson  manfaatlarini ta’minlash-
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.  - Toshkent. 2017.  - 28 b.
8. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy
ettirishning mustahkam poydevoridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 
qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi 
ma’ruzasi.   http://uza.uz .
9. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 19 
sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilot Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida so‘zlagan nutqi.  http://uza.uz .  
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga 
murojaatnomasi//22.12.2017.  http://uza.uz .
11. Karimov  I.A.  Asarlar  to‘plami.  1-24  jildlar. - Toshkent. O‘zbekiston, 
1996-2016.
12. Karimov  I.A.  Yuksak  ma’naviyat  -  engilmas  kuch.  2-nashr  - 
Toshkent.Ma’naviyat, 2016. -176 b.
13. Ahmedova M. tahriri ostida.Falsafa. -T.: OFMJ, 2006
14. Shermuhamedova N. A. Falsafaga kirish -T.: -Noshir, 2013. 460 b
15. Qo‘shoqov SH.S. Dialektika rivojlanish konsepsiyasi.  –  S., 2000. –B. 8 6 .
16. R.G.Collingwood. The Idea of History. Oxford University Press, England, 
1994.
17. Ivin A.A. Vvedenie v filosofiyu istorii. M., 1997.
18. Barg M.A. Epoxi i idei. Stanovlenie istorizma. M., 1987.
19. Jo‘raev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari.  - T., Ma’naviyat, 2008.
20. A.Beruniy. Tanlangan asarlar. – T., Fan, 1968.
21. Berdyaev N.A. Smыsl istorii. M., 1990.
22. Blok M. Apologiya istorii ili remeslo istorika. M., 1986.
23. Veber M. Izbrannыe proizvedeniya. M., 1990.
24. Gegel G.V.F. Filosofiya istorii. Sochinenie 8-mi tomax. M.-L. 1932-1959.

ANTIK TARIX FALSAFASI REJA: 1. Inson va olam yaralishining mifologik-diniy talqini 2. Insonning paydo bolishi haqidagi dunyoviy qarashla 3. Yunoniston tarixiy usuli va uning chegaralari. Gerodot va Fukidid. Ellinizm davri.

Mifologik tafakkur tabiat va jamiyat hodisalarini anglash, uni tushunishga intilishning, olamni hissiy bilishning eng qadimgi kurtaklaridan biridir. Miflar – asotirlar odatda ertaklardan farq qilib, asosan olamning qanday paydo bo‗lgani, yer, osmon, yulduzlar, yil fasllarining almashuvi, hayotning tugashi va yangilanishi, qor, bo‗ron, zilzila, tog‗ ko‗chkilari, yer ustidagi va ostidagi, daryo, dengiz, ummonlardagi va, hatto, boshqa olamlardagi mavjudotlarning o‗zaro borliqligini, sababiyat va oqibat jihatidan aloqadorligini ibtidoiy-xayoliy poetik, falsafiy hamda allegorik – majoziy ravishda tasavvur qilishdan kelib chiqqan. Mifologik tasavvurga ko‗ra butun olam mavjudotlari his qilish qobiliyatiga ega. Ular o‗ziga xos tarzda o‗ylaydi na harakat qiladi. Eng qadimiy Misr mifologiyasida borliq tabiatning har yili «o‗lib» va yana «tirilib» turishi «tangri» Osirisning hayoti bilan bog‗lanadi. Qadimgi Misr dinida Osirisning sadoqatli umr yo‗ldoshi, hosildorlik, suv va shamollar ilohasi Isida o‗lganlarning ruhini avaylab, asrab, yana tiriltiradi. Qadimgi yunon mifologiyasiga ko‗ra (Gomerning «Iliada», Fidiyning «Metamorfozalar» – «Evrilishlar» asarlarida tasvirlanishicha), samoviy yuksak Olimp tog‗ida yashaydigan Quyosh va momoqaldiroq tangrisi Zevs, yer, suv, onalik ma‘budasi Gera, bahodirlik va san‘at homiysi А pollon, ilm-fan, donishmandlik ma‘budasi А fina, go‗zallik ma‘budasi А frodita, urush tangrisi Mars, marhumlar yurtining tangrisi А id, dengiz, ummonlar tangrisi Poseydon (yoki Neptun) va boshqalar Yer yuzidagi odamlarning hayotini boshqarib, taqdirini hal etib turishgan. Qadimgi Misr va yunon mifologiyasining ayrim e‘tiqodlari keyinchalik xristian diniga, so‗ngra islom diniga ham ko‗chib o‗tgan. Zotan, insoniyat ibtidosi bilan bog‗liq bo‗lgan ilk tasavvurlar, xayoliy ehtimoliy qarashlar odam qaysi makon va qanday sharoitda yashamasin, odam va olam, inson va borliq haqidagi qarashlarda umumiylik mavjud bo‗lgan. Chunki, qarashlar, o‗ylar va tasavvurlar qanchalik xilma-xil bo‗lmasin, ularning zamirida bitta haqiqat, bitta mohiyat yotgan. Bu – inson va uning kelib chiqishi, olamning yaralishi va hayot mohiyati. Shuning uchun ham mifologik tasavvurlarga, ilk odamlarning mifologik e‘tiqodlariga e‘tiborsizlik bilan qarash

mumkin emas. А na shu miflar asosida ming yillar davomida daho san‘atkorlar adabiyot va san‘atning durdona asarlarini vujudga keltirganki, ularda umuminsoniy qadriyatlar, odam va olam taqdiri bilan bog‗liq qarashlar yuksak badiiy-falsafiy, tarixiy-tabiiy, ma‘naviy-ruhiy dramatizm o‗z ifodasini topgan. Jumladan, Gomer («Iliada», «Odisseya»), Esxil (« А gomemnon», «Zanjirband Prometey», «Evminidalar»), Sofokl («Shoh Edip», « А ntigona», « А yaks»), Evripid («Geraql», «Elena», «Elektra», «Vayuh qizlari»), Dante («Ilohiy komediya»), Bokkachcho («Dekameron»), Tasso («Quddusning ozod etilishi»), Milton («Boy berilgan jannat»), Shekspir («Lukretsiya», «Yoz kechasidagi tush», «Bo‗ron»), Gyote («Faust»), Bayron («Qiyomat manzaralari»), Lermontov («Demon»), А dam Mitskevich («Dzyadi ko‗li») va boshqa daho san‘atkorlar diniy mifologiya syujeti asosida yozgan asarlarida, Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rafaelning yaratgan tasviriy san‘at namunalari eng muhim umuminsoniy muammolarni badiiy talqin etishgan. Hozirgi G‗arb estetikasida va umuman falsafiy tadqiqotlarida mifologik maktab deb atalgan yo‗nalish vujudga kelgan. Hozirgi mifologik maktab vakillari XVII – XVIII asr buyuk mutafakkirlari B. Fontenel, J.Viko, I.Gerder fikrlaridan kelib chiqib mif – jamiyat taraqqiyoti va inson ruhiyati bosqichlarini ifodalovchi qimmatli madaniy xazinalardir, degan fikrga kelishgan. Ingliz olimi Jeyms Frezer hozirgi mifshunoslik yo‗nalishining asoschilarndan biridir. U o‗zining «Oltin butoq» va « А hdul qadim («Tavrot») folklori» kitoblarida qadimgi Xitoy, Hindiston, Misr xalqlari folklori va xristian mifologiyasi ildizlarini xalq e‘tiqodlarining shakllanish bosqichlari bilan bog‗lab tadqiq etadi. Hozirgi mifologik yo‗nalish Zigmund Freyd ta‘limotidan ham oziqlangan bo‗lsada, undan farq qilib, mif yaratuvchilar patologiyasi va psixikasiga ortiqcha e‘tibor bermay, falsafiy tafakkur va e‘tiqodlar shakllanishiga kengroq e‘tibor beradi. Bu yo‗nalish vakillari miflarni animizm, totemizm va tabu bilan bog‗laydilar. Mifologik maktabning yirik vakillaridan biri, Toronto universiteti professori Nortrop Fray fikricha. miflar inson tasavvurlarining ibtidoiylig

Yunonistonda tarix fani birdaniga vujudga kelgan emas. Greklarning tasavvuricha tarix fan emas, balki sanatdan va pand – nasihatdan iborat, shu sababli qadimgi greklar boshqa fanlar singari tarihning ham o‘z muzasi bor, bu muza Kliodir Klmo boshqa muzalar bilan bir qatorda sanatlar xudosi Apolon ayonlari orasida bo‘lgan, deb hisoblaganlar. Greklar tarixiy voqealar to‘g‘risida chiroyli va pand – nasihatli hikoyani hammadan ko‘proq qadirlaganlar. Ular tarixning asosiy vazifasi pand – nasihatdan iborat deb hisoblaganlar. Dastlabki vaqtlarda logograf deb ataluvchi kishilar (“logos” “so‘z”, “grafo”- yozaman demakdir) shaharlarning odatda o‘zlari tug‘ilgan shaharlarning tarixi to‘g‘risida yozganlar. Logograflar eramizdan avvalgi VII asrda va V asrning boshlarida yashaganlar. O‘z asarlarida ular biron shaharning tarixini yozganlar, lekin ular bu tarixni afsona bilan aralashtirganlar. Geradot – ilmiy tarixning yaratilishi. Geradotni biz tarixchi sifatida yaxshi bilamiz. Uning to‘qqiz to‘mli tarix asarining har biri yuz ellik va undan ortiq hikoya, rivoyat va o‘ziga xos tarixiy novellalarni o‘z ichiga oladi. Geradot asarlari Plutarx, Yustin, ijodlariga ham katta tasir o‘tkazgan, taniqli tadqiqotchi M, Mandesning fikricha Yustinning ko‘pgina fikrlari Geradotdan olinganligi, Diadorning ko‘pgina tasvirlari Fukididga yaqin turganligi qayd etiladi. Arrian Ksenofont ijodini davom ettirganligini ochiq oydin aytadi. Geradot yoshligididan sayohat qilishni yaxshi ko‘radi. Galikarnos port shahri, savdo-sotiq bilan shug‘illanuvchi savdogarlar, yo‘lovchilar shahri bo‘lgani uchunmi o‘spirinlik yillaridayoq u yaqin atrofdagi mamlakatlarga borib qoladi. Dengiz shunqori va sayohlari tilidan g‘aroyib sarguzashtlarni tinglashni juda–juda yoqtiradi. “eron tarixi kitobi” Geradot etiborini ayniqsa o‘ziga tortadi. Xaronning “Eron tarixi” kitobida Ahamoniylar davlatiga qaram bo‘lgan Osiyodagi ko‘pgina malumotlar haqida qimmatli malumotlar bor. Gerodot tug‘ilgan o‘lka tarixiy sarguzashtlarga boy edi. Bunday tarixiy voqealarni ko‘p eshitgan Gerodot keyinchalik haqli ravishda tarixiy hikoyalar ijodkori bo‘lib, qoladi. Gerodotning ona shahri Galikarnos hokimi Lagdimid qarshi

ko‘tarilgan isyonda Paniasid bilan bostiriladi. Geradot esa mamlakatdan quvg‘in qilinadi. Shundan so‘ng bo‘lajak tarixchi Osiyo bo‘ylab safarga chiqishga qaror qildi. Geradot qora dengiz qirg‘oqlari bo‘ylab safardaligida Olviya shahri va ularga yaqin joylashgan skiflar haqida qiziqarli malumotlarni eshitadi. Undan ilgari ham skiflar haqida talaygina kitoblarni o‘qib ularning hayot kechirish tarziga qiziqib qolgan edi. Geradot Samos orolida bir muncha vaqt bo‘lib, Osiyo bo‘ylab safarga jo‘naydi. Geradot dastlab, Ahamoniylar davlatining markazi bo‘lgan suz shahriga keladi. Efes va Sard shaharlarida bo‘ldi. Kichik Osiyodagi Galis, Mesopatamiya dagi Efrat va Tigr daryolaridan o‘tadi. Geradotning fikricha, Kaspiy bo‘ylarida ko‘chmanchi massagetlar yashaydi. Massagetlar baliq go‘shti, parranda va sutli taomlarni istemol qilishadi. Bu erning xalqlari juda jangari bo‘lishgan. Aytishlaricha Eron shohi Kir ham ularni o‘ziga bo‘ysudira olmagan. Geradot Mesopatamiya va Vaviloniya o‘lkalarining tabiatiga ham keng to‘xtaladi. Bu joylar Orol dengiziga yaqin bo‘lib, ayrim tadqiqotchilar bu o‘lkalarga Geradot kelmagan deyishsa, boshqalar kelgan deyishadi. Geradot O‘rta Osiyo haqida muhim malumotlar keltiradi. Bu erda bir necha hokimliklar mavjudligini, ularning hammasi ulkan Eron davlatiga qaram ekanligini tasdiqlaydi. Bu hokimliklarni aniq nomi bilan ataydi. Jumladan, Baqtriya, Girkaniya, Kaspiy, so‘g‘dlar, saklar, xorazmiylar va oriylar, bu o‘rinda izoh talab nomlardan oriylar Afg‘onistonning g‘arbiy qismiga joylashgan elatlardir. Baqtriyaning poytaxti o‘sha vaqtda Balx shahri bo‘lgan kaspiy hokimligida Turkmanistonning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan qabilalar kirgan Xorazmiylar xorazmliklar, so‘g‘dlar Politmet (Zarafshon) bo‘ylarida, saklar Tyanshan tog‘ining g‘arbiy etaklarida joylashgan edilar. Shundan so‘ng Geradot Hindiston o‘lkasida sayohatini davom ettirib, Panjobga boradi. Bu erga bostirib kelgan Doro haqida qimmatli ma’lumotlar to‘playdi. Geradot keyingi asarlarida Liviya, Misr o‘lkalarini ham keng tasvirlaydi. Geradot tarixning shunchaki xabarchisi emas, balki tarixni jonlantirib ko‘rsatuvchi etuk ijodkordir. Uning skiflar haqidagi asarlari nihoyatda bebaho va qadrli.