logo

OLAMNING UNIVERSAL ALOKALARI VA RIVOJLANISh. FALSAFANING KONUN VA KATEGORIYaLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

77.9736328125 KB
OLAMNING UNIVERSAL ALOKALARI VA RIVOJLANISh.
FALSAFANING KONUN VA KATEGORIYaLARI
Reja:
  1.Falsafa   tarixida   rivojlanish   xakidagi   karashlar   evolyusiyasi.   Rivojlanish
konsepsiyalari. Shakllanish, uzgarish va rivojlanish  tushunchalari.
  2.Barkarorlikning   uzgaruvchanligi.   Barkarorlik   va   bekarorlik   nisbati.
Rivojlanishning tiplari.   Ochik tizimlarning evolyusiyasi.
 3.Konun tushunchasi.  Konunlarning turlari. Bazis va  lokal  konunlar.
4   .Falsafaning   asosiy   konulari.   Karama-karshilik   birlgi   va   kurashi   konuni.
Mikdor va  sifat  uzgarishlari  dialektikasi.
5.Inkorni -inkor konuni va vorisiylik.
6   .Ka tegoriya   gushunchasi   na   ularning   turlari.   Fan   va   falsafa
kate goriyalarining  tasnifi. Axborot   sivilizasiyasi   davriga   qadam   qo‘yayotgan   hozirgi   zamon   kishisi
uchun   jadal   sur’atlarda   o‘zgarayotgan   dunyo   haqidagi   tasavvur   uning
dunyoqarashining   ajralmas   tarkibiy   qismidir.   Ammo   rivojlanayotgan   dunyoning
yaxlit   nazariy   obrazini   yaratish   –   og‘ir   va   mashaqqatli   vazifa.   Uni   yechishning
falsafiy   yo‘li   ikki   yarim   ming   yil   muqaddam   boshlangan   bo‘lib,   shundan   beri
o‘tgan   davr   mobaynida   rivojlanish   falsafasi   shakllangan   va   bosqichma-bosqich
atroflicha   ishlab   chiqilgan.   Falsafaning   mazkur   bo‘limi   rivojlanish   muammosini
turli   nuqtai   nazarlardan   o‘rganuvchi   konsepsiyalarni   o‘z   ichiga   oladi.   Ularning
orasida   dialektika,   metafizika   va   sinergetika   alohida   o‘rin   egallaydi.   Ularning
ayniqsa   keng   e’tirof   etilgani   va   mufassal   ishlab   chiqilgani   dialektikadir.   Shu
sababli   bu   bo‘limda   unga   asosiy   e’tibor   qaratiladi.   Dialektikani   bilish,   uning
tamoyillari,   qonunlari   va   kategoriyalaridan   ijodiy   foydalanish   har   qanday   soha
mutaxassisi   aniq   dunyoqarashi   va   metodologik   intizomining   muhim   sharti
hisoblanadi. 
Dialektika nima, uning mazmuni nimadan iborat, rivojlanishning dialektikaga
muqobil qanday konsepsiyalari mavjud? 
Dialektikaning   tarixiy   shakllari   va   xususiyatlari   . «Dialektika»   (yunon.
dialektike – suhbat qurish san’ati) so‘zining «dialog» (yunon. dialogos – ikki yoki
bir nechta suhbatdoshlar so‘zlashuvi) so‘zi bilan umumiy jihatlari bisyor. Dastlab
dialektika bahslashish, munozara qilish san’ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar,
qarashlar   qarama-qarshiligi   vositasida   haqiqatning   tagiga   yetish   maqsadida
muammoni   o‘zaro   manfaatdor   muhokama   qilishga   qaratilgan   munozara   nazarda
tutilgan.   Dialektik   –   bu   savol   berish   va   javob   qaytarishga   usta   odam,   deb
hisoblangan. 
Stixiyali   dialektika .   Keyinchalik   qadimgi   mutafakkirlar   ziddiyatlilik   va
o‘zgaruvchanlik   fikr-mulohazalardagina   emas,   balki   real   borliqda   ham   mavjud
ekanligini payqaganlar. Bu faktning tagiga yetgan ilk mutafakkirlardan biri efeslik
Geraklit   bo‘lgan.   U   dunyoni   «jonli   olov»   yoki   «ikki   marta   kirish»   mumkin
bo‘lmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. Harakatchan dunyoda vaqt o‘tishi
bilan   hamma   narsa   o‘zining   dastlabki   shakl-shamoyilini   yo‘qotadi   va   asta-sekin o‘zining   qarama-qarshiligiga   o‘tadi:   ho‘l   narsa   quriydi,   quruq   narsa   esa   nam
tortadi;   bir   narsa   boshqa   narsaga:   sovuq   issiqqa,   tirik   o‘likka   o‘tadi.   Bu
mulohazalarda   hozirgi   talqindagi   dialektikaning   asoslari   mujassamlashgan.   Shu
sababli   qadimgi   faylasuflarning   stixiyali   dialektikasini   dialektikaning   tarixan
birinchi shakli deb hisoblash odat tusini olgan .   (Bu borliq va bilishning jarayonlar
mohiyatini anglab yetishga asoslanmagan sodda dialektikasidir. 
O‘rta   asrlarda   metafizika   falsafadan   dialektikani   siqib   chiqargan.   Natijada
dialektika   odamlar   ongiga   diniy   dunyoqarashni   singdirish   va   mustahkamlash
uchun hukmron sinflar faol foydalangan sofistika va sxolastikaga aylangan. 
Idealistik   dialektika .   Metafizika   unsurlarini   o‘z   ichga   olgan   dialektikaga
qaytish Yangi davr falsafasi (Rene Dekart, Benedikt Spinoza, Deni Didro va b.)da
yuz   bergan.   Shunga   qaramay   dialektikaning   eng   yaxlit   konsepsiyasini   klassik
nemis falsafasida Georg Gegel ta’riflyagan. Bu konsepsiya dialektikaning ikkinchi
shakli deb ataladi. 
Gegel   ilk   bor   dunyoni   quyidan   oliyga   qarab   boruvchi   umumiy   rivojlanish
jarayoni   sifatida   tasvirlagan,   rivojlanish   manbai   -   qarama-qarshiliklar   kurashini
ko‘rsatib   bergan,   dialektikaning   asosiy   qonunlari   va   kategoriyalarini   ta’riflyagan.
Ammo   Gegel   dialektikasi   idealistik   xususiyat   kasb   etgan.   Gegel   dialektikasining
andozasi   bo‘lib   obektiv   borliq   emas,   balki   uni   aks   ettiruvchi   tafakkur   xizmat
qilgan.   Bu   nazariya   chuqur   dialektika   g‘oyalar i :   geologiyaga   tatbiqan   rivojlanish
nazariyasi (Ch.Loel), Lamarkning evolyusion g‘oyalari, Kant – Laplas kosmologik
g‘oyalari va boshqalar ilgari surilgan tabiatshunoslik asoslariga zid bo‘lgan. 
Materialistik dialektika .  Gegel dialektikasi dialektikaning navbatdagi shakli
vujudga   kelishiga   zamin   hozirlagan.   Nemis   faylasuflari   Karl   Marks   va   Fridrix
Engels   bu   zaminga   tayangan   holda   yangi   qadamni   tashlash   –   materializmni
dialektik   mantiq   bilan   bog‘lashga   harakat   qilganlar.   Buning   natijasi   o‘laroq
dialektikaning   uchinchi   tarixiy   shakli   yaratilgan   (XIX   asrning   ikkinchi   yarmi).
Unga   amalda   ilmiy   bilishning   rivojlanishi   yo‘l   ochib   bergan.   XIX   asrning   40-
yillarigacha   fanning   turli   sohalarida   yangi   kashfiyotlar   paydo   bo‘lgan   va   ular
tabiatni tushuntirishga nisbatan dialektik-materialistik yondashuvni tabiatshunoslik nuqtai   nazaridan   asoslagan.   Ularning   orasida   uch   kashfiyot:   fizikada   –   materiya
harakati turli shakllarining o‘zaro aloqasini asoslab bergan energiyaning saqlanish
va   o‘zgarish   qonunining   aniqlanishi;   biologiyada   –   butun   jonli   tabiatning
(o‘simliklar   dunyosining   ham,   hayvonot   dunyosining   ham)   tarkibiy   jihatdan
yagonaligini yoritib bergan hujayra nazariyasining yaratilishi; rivojlanish g‘oyasini
jonli   tabiatga   tatbiqan   ishlab   chiqqan   Darvinning   evolyusiya   nazariyasi   alohida
o‘rin   egallaydi.   Bu   sharoitda   materialistik   dialektika   borliqning   o‘xshashi,   ya’ni
borliqni   uning   o‘ziga   mos   ravishda   fikrlash   va   bilish   imkoniyati   sifatida   falsafiy
tafakkurning fanga ayniqsa mos keluvchi shakliga aylangan. 
Materialistik   d ialektikaning   shakllanishida   tarixni   materialistik   tushunish
ayniqsa   muhim   rol   o‘ynagan.   Bu   kashfiyot   yordamida   dialektikaning   nafaqat
materializm,   balki   gumanizm   bilan   ham   sintezi   amalga   oshirilgan.   Dialektika
insonga bog‘lanmasdan, o‘z holicha emas, balki inson hayot faoliyatining konkret-
tarixiy muammolari nuqtai nazaridan qarala boshlagan. 
Klassik   dialektika.   Klassik   dialektikaning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   qayd
etib   o‘tamiz.   Birinchidan,   klassik   dialektika   dunyoni   tushunishning   shunday   bir
usuli hisoblanadiki, bunda borliq narsalar va hodisalarning umumiy o‘zaro aloqasi,
ularning   bir-birini   taqozo   etishi   va   muttasil   o‘zgarishi   nuqtai   nazaridan   anglab
yetiladi. Ammo shuni yodda tutish kerakki,  dialektika har qanday o‘zgarish, har
qanday   harakat   nazariyasi   emas,   balki   o‘zgarishlarning   faqat   bir   shakli   –
rivojlanish nazariyasi hisoblanadi . Dialektika rivojlanishning teran, to‘laqonli va
mazmunan   boy   nazariyasidir.   U   o‘zgarish   holatida   bo‘lmagan   biron-bir   narsa
tabiatda ham, jamiyatda ham, tafakkurda ham mavjud emas, chunki barcha mavjud
narsalar o‘z ichki ziddiyatlariga ega va ular bu narsalarni o‘zgarishga, yangi shakl-
shamoyil kasb etishga, rivojlanishga majbur qiladi, deb o‘rgatadi. 
Ikkinchidan,   dialektika   obektiv   va   subektiv   dialektikaning   mavjudligini   tan
oladi. 
Obektiv   dialektika   –   bu   tabiiy   va   ijtimoiy   hodisalarning   o‘zaro   aloqasi   va
rivojlanishi. U subektdan, inson va insoniyatdan qat’i y   nazar mavjuddir. Subektiv
dialektika   –   bu   subektning   fikrlash   dialektikasi   va   uning   obektiv   dunyoni   bilishi. Obektiv   va   subektiv   dialektikaning   o‘zaro   nisbati   qanday?   Materialistik   davr
nuqtai   nazaridan   subektiv   dialektika   obektiv   dialektikani   aks   ettiradi.   Obektiv   va
subektiv   dialektika   mazmunan   bir-biriga   mos   keladi   (ularning   umumiy   jihati
mazmun   –   borliq   rivojlanishining   yagona   dialektik   qonuniyati).   Biroq,   shu   bilan
bir vaqtda, ular shaklan bir-biridan farq qiladi, chunki tafakkur, borliqning boshqa
sohalari   bilan   taqqoslaganda,   rivojlanishning   o‘z   ichki   mantiqiga   ega.   Obektiv
dialektika tafakkurda, subektiv va ideal shakllarda aks etadi. 
Obektiv   va   subektiv   dialektika   -   qarama-qarshiliklar,   lekin   bu   qarama-
qarshilik   ijtimoiy-tarixiy   amaliyotda   «yo‘qoladi».   Hamonki   subektiv   dialektika
obektiv   dialektikani   aks   ettirar   ekan,   inson   obektiv   dialektikani   bilish   va   shunga
muvofiq   o‘zining   izchil   amaliy   faoliyatini   tashkil   etish,   bu   faoliyat   jarayonida
obektiv dunyoni  va o‘zini  o‘zi  o‘zgartirishga  qodir. Inson va jamiyat  amaliyotida
bilimlar in’ikos shaklidan faoliyat shakliga aylanadi. 
Uchinchidan,   fan   sifatidagi   dialektikaning   ichki   mazmuni   va   mantiqiy
«sinchi»   uning   tamoyil lari,   qonunlari   va   kategoriyalarini   yaratadi.   Dialektika
jamuljum   holda   obektiv   dunyoni   va   uni   uzlyuksiz   o‘zgarish   va   rivojlanish
jarayonida   bilishni   aks   ettiruvchi   tamoyil lar,   qonunlar   va   kategoriyalar   tizimi
sifatida   tavsiflanadi.   Bunda   tamoyil lar   deganda   umumiy   va   universal,   asosiy
g‘ oyalar   tizim i da   boshqa   barcha   elementlarning   roli   va   mazmunini   belgilovchi
mezonlar   tushuniladi.   Dialektikaning   hozirgi   konsepsiyalarida   aloqa   tamoyili   va
rivojlanish   tamoyili   ayniqsa muhim rol o‘ynaydi. Dialektika qonunlari rivojlanish
jarayonidagi   umumiy   muhim   aloqalarni   aks   ettiradi.   Ular   dialektikaning
nazariyasini   yaratishda   muhim   metodologik   funksiyani   bajaradi.   Dialektikada
umumiy   qonunlar   uchta:   dialektik   ziddiyatlilik   qonuni,   miqdor   va   sifat
o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni   hamda   inkorni-inkor qonuni. Dialektika
kategoriyalari – bu eng fundamental, asosiy tushunchalar bo‘lib, ularda va ularning
yordamida falsafiy fikrlash amalga oshiriladi.  ( Dialektika  tamoyil lari, qonunlari va
kategoriyalarini biz quyida atroflicha ko‘rib chiqamiz. )  
To‘rtinchidan,   dialektikaning   o‘ziga   xos   xususiyati   shundaki,   u   nazariya
vazifasini   ham,   metodologiya   vazifasini   ham   bajaradi.   Dialektika   qonunlari, kategoriyalarining   mazmuniga   va   bilish   jarayonining   amal   qilish   va   rivojlanish
qonuniyatlariga   muvofiq   fikrlovchi   subektga   qo‘yiladigan   tegishli   talablar
shakllantiriladi va shu tariqa unga bilish faoliyatida yo‘l ko‘rsatiladi. Ko‘rsatilgan
subekt   borliqni   bilish   va   amalda   o‘zgartirish   masalalarida   amal   qilishi   lozim
bo‘lgan   tegishli   normalar   va   qoidalar   ham   ishlab   chiqiladi.   Dialektika   bergan
metodologik jihatdan to‘g‘ri mo‘ljallar tadqiqotning to‘g‘ri yo‘lini tanlashga, ko‘p
sonli  xatolar og‘ishlarni  chetlab o‘tishga, ortiqcha ish ,   keraksiz harakatlarga kuch
va qimmatli vaqtni behuda sarflamaslikka yordam beradi. 
Shunday   qilib,   hozirgi   talqindagi   dialektika   –   bu     a)   hodisalarning   ularga
xos   bo‘lgan   ziddiyatlar   vujudga   kelishi,   o‘zaro   ta’sirga   kirishishi   va   yechilishiga
muvofiq rivojlanishidan iborat bo‘lgan obektiv jarayon;  
b)   tabiat,   jamiyat   va   tafakkurning   harakat   va   rivojlanish   universal   qonunlari
haqidagi falsafiy konsepsiya; dunyoni bilish va o‘zgartirish metodi. Uning tizimiga
kiruvchi   rivojlanishning   umumiy   qonunlarini   bilish   o‘tmishni   anglab   yetish,
hozirgi   dunyoda   yuz   berayotgan   jarayonlarni   to‘g‘ri   tushunish   va   kelajakni
bashorat qilish imkonini beradi.
Noklassik   dialektika .   So‘nggi   yillarda   ayrim   tadqiqotchilar   Gegel
dialektikasi   va   materialistik   dialektikani   klassik   dialektika   sifatida   tavsiflab,
dialektikaning   to‘rtinchi,   noklassik   shaklini   ham   farqlamoqdalar.   Hozirgi   zamon
G‘arb   falsafasida   dialektikaning   ko‘rsatilgan   shaklining   eng   muhim   elementlari
falsafiy   mushohada   yuritishning   unga   xos   bo‘lgan   germenevtik   usulida   namoyon
bo‘lmoqda.   Ammo   bu   yerda   dialektik   metod   avvalo   mazmunni   talqin   qilish
vositasida   aniqlash   uchun   (P.Riker),   shuningdek   anglab   yetilayotgan   obektni
situtativ tahlil qilish uchun qo‘llaniladi.  Ammo XX asrda dialektikaning bir qancha
noklassik konsepsiyalari vujudga keldi. Ularning qatoriga quyidagilar kiradi:
a)  «fojeiy dialektika».  Uning muallifi fransuz faylasufi Raymon Aron (1905-
1983) hozirgi zamon dialektikasini tahlil qilib, hozirgi davr jamiyati taraqqiyotdan
insoniyat manfaatlarida foydalanishga qodir emas, degan xulosaga keladi;
b)   «dialektik   teologiya»   yoki   «inqiroz   teologiyasi».   Uning   mualliflari
shveysariyalik   protestant   teologi   va   faylasufi   Karl   Bart   (1886-1968)   va   nemis- amerika xristian teologi Maul  Tillix (1886-1965). Ularning kreasionistik ta’limoti
dunyoning   rivojlanishi   zamirida   bu   dunyoni   qandaydir   g‘ayritabiiy   qurilish
materiali  – materiyadan yaratgan ilohiy substansiya  yotadi, degan g‘oyadan kelib
chiqadi.   Shu   sababli   dunyo   «Xudo   kabi   boqiy»   emas,   uning   boshi   va   oxiri   bor.
Ammo bu yaratilgan dunyo Xudo bilan biron-bir umumiy jihatga ega emas, degan
ma’noni   anglatmaydi.   Ularning   o‘rtasida   muayyan   o‘xshashlik   mavjud   bo‘lib,   u
pirovard,   yaratilgan   narsalarning   rivojlanish   yo‘llarini   tushunib   yetish   imkonini
beradi;
v)   «salbiy   dialektika».   Uning   taniqli   namoyandalari   Teodor   Adorno   (1903-
1969)   va   Jan   Pol   Sartr   (1905-1980)dir.   T.Adorno   –   nemis   faylasufi,   sosiologi,
Frankfurt   maktabining   vakili,   ko‘p   sonli   falsafiy   asarlar,   shu   jumladan   «Salbiy
dialektika» (1966) kitobining muallifi. J.P.Sartr – fransuz faylasufi va yozuvchisi,
ateistik  ekzistensializm   vakili. U  falsafa  muammolariga bag‘ishlangan  bir  qancha
asarlar,   shu   jumladan   «Dialektik   aql   tanqidi»   (1960)   kitobining   muallifi.   Uning
talqinida   dialektika   ikki   shaklda   –   «tanqidiy»   va   «dogmatik»   shakllarda   mavjud
bo‘lishi mumkin. Birinchisi «salbiy dialektika»dir. 
T.Adorno   va   J.P.Sartrning   «salbiy   dialektika»si   bir   yoqlama,   subektiv
konsepsiya   bo‘lib,   u   inkorni   mutlaqlashtirishdan,   butun   borliqning   umumiy
buzilishidan,   yalpi   kritisizmdan,   har   qanday   ijobiylikni   rad   etishdan,   o‘zini   o‘zi
inkor   qilishdan   kelib   chiqadi   va   shu   bois   metafizika   chegarasidan   chetga
chiqmaydi.  «Salbiy dialektika» - bu, mohiyat e’tibori bilan, aksildialektikadir. 
Dialektikaning   muqobillari   .   Odatda   rivojlanishning   dialektikaga   zid
bo‘lgan   yoki   unga   o‘xshamaydigan   konsepsiyalari,   bilish   metodlari,   dunyoni
ma’naviy   o‘zlashtirish   usullari,   ya’ni   dialektikadan   farq   qiluvchi   dunyoqarashga
doir   va   metodologik   mo‘ljallar     nazarda   tutiladi.   Dialektikaning   shunday
muqobillaridan   biri   metafizika,   sofistika,   eklektika,   sinergetika   metodlaridir
(ular   haqidagi   ma’lumot   “Metod   va   metodologiya:   asosiy   tushunchalar”
mavzusida berilgan).   
Umumiy   o‘zaro   aloqa   va   rivojlanishning   dialektik   tamoyil lari .   Har
qanday   konsepsiyaning   mazmunini   yoritishda   uning   tamoyillarini   tahlil   qilish ayniqsa   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Dialektika   ham   bundan   mustasno   emas.
Tamoyillar nima?
Falsafiy ma’noda «tamoyil»(prinsip) tushunchasi fundamental qoida, birinchi
asosni,   biron-bir   konsepsiya   yoki   nazariyaning   eng   muhim   asosini   anglatadi.
Falsafiy   nazariya   sifatidagi   dialektikaga   tamoyillar   yaxlit   tus   beradi,   uning
qonunlari   va   kategoriyalarini   izchil   tizimga   soladi.   Dialektikaning   hozirgi
konsepsiyalarida   bilish,   obektivlik,   umumiy   aloqa     va   rivojlanish   tamoyillari
muhim rol o‘ynaydi. Bu tamoyillarni keyingi mavzuda ko‘rib chiqamiz. 
Rivojlanishning   umumiy   qonunlari.   Qonun.   Hodisalarni   tavsiflashdan
ularning mohiyatini anglab yetishga o‘tish hodisalarda umumiy jihatlarni topishni
talab etadi.. Bunda vazifa turli hodisalar o‘rtasida umumiy jihatlarni topishdangina
iborat   emas.   Hodisalarni   birlashtiruvchi   va   ularning   birligini   belgilovchi   asosni
tushunib   yetish   zarur.   Bu   asos   –   hodisalarni   «biriktiruvchi»   va   ularni   bir-biriga
yo‘ldosh   bo‘lish,   uyg‘unlashish   va   muvofiqlashishga   majbur   qiluvchi   amalda
mavjud bo‘lgan barqaror aloqani aks ettiruvchi qonundir. 
Qonunlarni bilishga hodisalarni ilmiy o‘rganish natijasida erishiladi. Odatda,
bu   olimlardan   tafakkurning   kuchli   zo‘riqishini   va   uzoq   zahmat   chekishni   talab
etuvchi   juda   og‘ir   ishdir.   Voqelikning   biron-bir   qonunini   aniqlash   uchun   olim
o‘rganilayotgan   hodisalar   haqidagi   dastlabki   ma’lumotlarning   ko‘p   sonli
to‘plamlariga tayanishiga to‘g‘ri keladi. Bu ma’lumotlar shunday tartibga solinishi
va   umumlashtirilishi   lozimki,   hodisalarning   mazkur   sohasi   asosiy   elementlar   va
munosabatlarni   farqlash   imkonini   beradigan   tizim   sifatida   namoyon   bo‘lsin.
Shunday   so‘ng   elementlarning   rang-barang   munosabatlari   orasida   tizimning   va
tizim ayrim elementlarining har qanday o‘zgarishlarida saqlanib qoluvchi umumiy,
o‘zgarmas, invariant aloqalarni aniqlash talab etiladi. 
Q onun  –  tizimning elementlari o‘rtasidagi umumiy va invariant aloqa. 
Voqelik   qonunlari   bizning   ongimizdan,   biz   ularni   bilish-bilmasligimizdan
qat’i nazar mavjud va amal qiladi. 
Fan   qonunlari   odamlar   tomonidan   anglab   yetilgan   voqelik   qonunlarining
ongimizdagi   in’ikosi   hisoblanadi.   Har   bir   fan   voqelikning   muayyan   sohasini   o‘z predmeti   sifatida   o‘rganar   ekan,   mazkur   sohada   amal   qiluvchi   qonunlarni
aniqlaydi.   Ilmiy   nazariya   bilan   qamrab   olingan   soha   qancha   keng   bo‘lsa,   uning
qonunlari   shuncha   umumiy   bo‘ladi.   Fanda   qonunlarning   ularning   umumiylik
darajasiga ko‘ra murakkab ierarxiyasi mavjud. Umumiylik darajasi pastroq bo‘lgan
qonunlar   umumiyroq   qonunlarning   ayrim   ko‘rinishlari   sifatida   amal   qiladi   va
so‘nggi zikr etilgan qonunlardan ularning oqibatlari sifatida keltirib chiqariladi. 
Masalan,   geometrik   optikada   yorug‘likning   aks   etish   va   sinish   qonunlari
elektromagnit   to‘lqinlar   tarqalishining   umumiyroq   qonunlaridan,   ular   esa,   o‘z
navbatida, elektromagnit maydoni nazariyasining yanada umumiyroq qonunlaridan
kelib chiqadi. 
Har   qanday   qonun   muayyan   sharoitda   amal   qiladi.   Qonun   amal   qilishining
bazis va lokal sharoitlarini  farqlash lozim.   Bazis sharoitlar qatoriga qonunning
amal   qilish   sohasini   belgilovchi   sharoitlar   kiradi.   Mazkur   sharoitlardan
tashqarida   qonun   amal   qila   olmaydi   (ular   yo‘q   bo‘lgan   taqdirda   ularda   amal
qilayotgan tizim ham yo‘q bo‘ladi).   Lokal sharoitlar qatoriga qonunning amal
qilish   sohasidagi   sharoitlar   kiradi.qonun   bu   sharoitlarning   har   qanday
variasiyasida   o‘z   kuchini   saqlab   qoladi,   lekin   ularning   o‘zgarishlari
qonunning   amal   qilish   natijalarining   o‘zgarishlariga   sabab   bo‘ladi .   Aytish
mumkinki,   qonun   lokal   sharoitlarga   nisbatan   invariant,   lekin   u   bazis   sharoitlarga
nisbatan invariant emas. 
Masalan, Arximed qonuni uchun suyuqlik va unga solingan jismning, og‘irlik
kuchining   mavjudligi   bazis   sharoitlar   hisoblanadi.   Bu   sharoitlarga   nisbatan
Arximed   qonuni   noinvariantdir:   ular   mavjud   bo‘lmasa,   qonun   amal   qilmaydi.   Bu
yerda suyuqlikning tarkibi va solishtirma og‘irligi, jismning fizik tuzilishi va shakli
lokal sharoitlar hisoblanadi. Ularga nisbatan qonun invariantdir. Ammo uning amal
qilishi turli natijalarda aks etishi mumkin: ayrim hollarda jism suvda suzadi, ayrim
hollarda esa – u cho‘kib ketadi. 
Odamlar   qonunlarning   amal   qilish   sharoitlarini   o‘zgartirib,   ulardan   o‘zlari
istagan   natijalarga   erishish   uchun   foydalanish   imkoniyatini   qo‘lga   kiritadilar. Yangi   bazis   sharoitlarni   yaratish   yo‘li   bilan   esa   ular   ayrim   qonunlarning   amal
qilishini to‘xtatish va boshqa qonunlarni amalga kiritishga qodirlar. 
Qonunlarning   amal   qilishi   hodisalarning   muntazamligi,   takroriyligida
namoyon   bo‘ladiki,   buni   tajribada,   kuzatishlar   va   eksperimentlarda   ko‘rish
mumkin. Hodisalarning bunday muntazamligi, takroriyligi  qonuniyat  (shuningdek
fenomenlogik   qonun,   empirik   bog‘lanish)   deb   ataladi.   Qonuniyatlar   –   bu
qonunlarning namoyon bo‘lishidir.
Falsafa   qonunlari   tizimida   dialektik   ziddiyatlilik   qonuni   markaziy   o‘rinni
egallaydi.   qonunning   muhim   jihatlarini   aniqlash   uchun   uning   asosiy
kategoriyalarini   ko‘rib   chiqish   kerak.   Tahlilni   qarama-qarshilik   tushunchasidan
boshlaymiz.   Qarama-qarshiliklar   –   predmetning   bir-birini   istisno   etuvchi   va   bir-
birini   nazarda   tutuvchi   tomonlaridir.   Qarama-qarshiliklar   –   o‘zaro   bog‘lanishli
bo‘lgan tushunchalar. Turli jihatlardan olingan taqdirda, ular o‘zaro birlikni tashkil
etmaydi   va   bir-biriga   zid   bo‘lmasligi   mumkin.   qarama-qarshilik   –   narsalar   va
hodisalardagi   bir-birini   taqozo   qiluvchi   va   bir-birini   istisno   etuvchi   tomonlar,
xossalar,   tendensiyalar,   jarayonlarni   aks   ettiruvchi   falsafiy   kategoriya
(assimilyasiya   –   dissimilyasiya,   o‘zgaruvchanlik   –   tug‘malik,   ishlab   chiqarish   –
iste’mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.). 
Qarama-qarshiliklar   o‘rtasida   ikki   xil   munosabat   mavjud:   yagonalik
munosabati   va   qarshi   harakatga   doir   munosabat.   (qonunning   klassik   ta’rifida
«kurash»   atamasi   ishlatiladiki,   u   qonunning   mohiyatini   soddalashtiradi,   chunki
mazkur atama ko‘proq jamiyatga tegishlidir.)
Qarama-qarshilik   birligi   nima?   Birinchidan,   qarama-qarshiliklar   birligi   –
bu   ularning   uzviyligi.   Har   bir   qarama-qarshilik   boshqa   bir   qarama-qarshilikning
mavjudlik sharti   hisoblanadi.  Ular  alohida-alohida mavjud  bo‘lishi  mumkin  emas
(agar   qarama-qarshiliklardan   biri   yo‘q   bo‘lsa,   ularning   ikkinchisi   ham   yo‘q
bo‘ladi). Ikkinchidan, qarama-qarshiliklar birligi ular bir-birini taqozo etgan va bir-
biriga o‘tgan holdagina muayyan mazmun kasb etadi. Har qanday qarama-qarshilik
o‘zida mavjud bo‘lmagan, lekin boshqa qarama-qarshilikda mavjud bo‘lgan jihatga
muhtoj bo‘ladi. Ular bir-biri bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. qarama-qarshiliklar bir- biriga ta’sir ko‘rsatish orqali bir-biriga o‘tadi. Bu qarama-qarshiliklar makonda bir-
biridan ajratilgan, turli jinsli hodisalar sifatida mavjud bo‘lmasligini, ularning har
biri   o‘zida   boshqasining   muayyan   jihatini   mujassamlashtirishini   anglatadi
(masalan, o‘quv jarayoni o‘qituvchi va talablar mavjudligini nazarda tutadi). 
Qarama-qarshiliklarning   qarshi   harakat   («kurash»)ga   doir   munosabati   nima?
qarama-qarshiliklar   bir-birini   taqozo   etar   va   rivojlanar   ekan,   biri   boshqasiga
«beparvo»   bo‘lmaydi,   balki   bir-biriga   o‘zaro   ta’sir   ko‘rsatadi.   Ularning   o‘rtasida
qarshi   harakat,   kurash   boradi.   Uning   mohiyati   yagonalikka   barham   berishdan
iborat. qarama-qarshiliklarning har biri ikkinchisini o‘zidan itarib chiqaradi, undan
xalos   bo‘lishga   harakat   qiladi.   Shunday   qilib,   qarama-qarshilikliklar   kurashi
qarama-qarshiliklar bir-birini inkor etgan, bir-birini istisno qilgan holda yuz beradi.
Qarama-qarshiliklar   birligi   narsaning   barqarorligini   aks   ettiradi   va   nisbiy,
o‘tkinchi   hisoblanadi.   Qarama-qarshiliklarning   kurashi   mutlaq   xususiyat   kasb
etadi, u hech qachon to‘xtamaydi.
Qarama-qarshiliklarning birligi bilan tavsiflanadigan va ayni vaqtda ularning
o‘rtasidagi   muttasil   kurash   hisoblanadigan   munosabat   ziddiyat   deb   ataladi.
Ziddiyatlar   borliqning   barcha   hodisalari   va   jarayonlariga   xos   bo‘lib,   o‘zgarish   va
rivojlanishning   manbai,   harakatlantiruvchi   kuchi   sifatida   amal   qiladi.   Ayni   shu
sababli ziddiyat dialektik ziddiyatlilik qonunining mohiyatini yoritib beruvchi bosh
kategoriya   hisoblanadi.   Ziddiyat   –   bu   qarama-qarshiliklar   munosabatigina   emas,
balki   ularning   tarqalish   jarayoni   hamdir.   Shu   tufayli   ham,   Gegel   g‘oyalariga
asoslanib,   ziddiyat   tarqalishining   quyidagi   bosqichlari   (fazalari)   farqlanadi:
ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat va asos (ya’ni ziddiyatning yechilishi). 
Ziddiyatlar – narsa yoki hodisa qarama-qarshi tomonlarining bir-birini istisno
etish   va   bir-biriga   o‘tish   munosabatlaridir.   Dialektik   ziddiyat   –   bir-birini   istisno
etuvchi   qarama-qarshiliklarning   bilvosita   birligidir.   qarama-qarshiliklar   –
ziddiyatlarning   negizi,   bog‘lovchi   bo‘g‘inlar   esa   –   ularni   yechish   mexanizmidir.
quyidagi   faktlar   bog‘lovchi   bo‘g‘inlar   roli   va   qarama-qarshiliklar   tushunchasiga
misol   bo‘lishi   mumkin:   Irsiyat   va   o‘zgaruvchanlik   qutblarida   nafaqat
organizmning avvalgi holati, balki o‘zlashtirilgan yangi belgilari ham saqlanishini ta’minlovchi   genetik   kod   bog‘lovchi   bo‘g‘in   hisoblanadi.   Ijtimoiy   hayotda
jamiyatning   o‘ta   boy   va   o‘ta   qashshoq   qatlamlari   qarama-qarshiliklari   o‘rtasida
bog‘lovchi   bo‘g‘in   vazifasini   o‘rta   sinf   bajaradi.   O‘rta   sinf   mamlakat   aholisining
aksariyat   qismini   tashkil   etishi   lozimligi,   aks   holda   jamiyat   holati   doimo   beqaror
bo‘lishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan edi. Zero, mayda mulkdorlar
olgan   daromadining   bir   qismini   o‘z   ishini   rivojlantirishga   yo‘naltiradi,   bozor
kon’yunkturasini o‘rganadi va unga juda tez moslashadi, bozorni zarur tovarlar va
xizmatlar   bilan   boyitadi.   Yana   bir   misol   –   shaxs   va   jamiyat   munosabatlari.
Ma’lumki,   shaxs   va   jamiyat   qarama-qarshiliklar   hisoblanadi,   shaxs   a’zo   bo‘lgan
ijtimoiy guruhlar ularning o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida amal qiladi. 
Bu   va   boshqa   dalillar   bilishda   ichki   qarama-qarshiliklar   mavjudlgini   ham,
bog‘lovchi   bo‘g‘inlarni   ham   hisobga   olish   muhim   ekanligini   ko‘rsatadi.   XX   asr
30-yillarining   boshida   ingliz   fizigi   Pol   Dirak   pozitronlar,   ya’ni   elektronlarga
o‘xshash,  lekin musbat  zaryadga ega bo‘lgan zarralar mavjudligini bashorat  qildi.
Garchi   olim   o‘z   nazariyasida   biron-bir   xato   topmagan   bo‘lsa-da,   aksilzarralar
mavjudligiga uning ishonchi yuq edi. 
Shunday   qilib,   qarama-qarshiliklar   aloqasi   va   ziddiyatlarni   yechishning   bir-
biri   bilan   bilvosita   bog‘liqligi   umumiy   xususiyat   kasb   etadi,   aloqa   usuli   esa
bog‘lanish   xususiyati   bilan   belgilanadi.   Bog‘lovchi   bo‘g‘inlarning   o‘zi   ziddiyat
qarama-qarshi a’zolari xossalarining uyg‘unligidan tashkil topadi. 
Ayniyat va tafovut.  Predmetning rivojlanishi va ziddiyatlarning yechilishi bir
necha   bosqichdan   o‘tadi.   Dastlabki   bosqich   –   predmetning   o‘z-o‘zi   bilan   nisbiy
ayniylik holati. Tabiatda mutlaq ayniyat mavjud emas. Masalan, har bir organizm
hatto   oqsil   molekulasining   tuzilishi   darajasida   ham   o‘ziga   xos   belgilarga   egadir.
Har   qanday   predmet   hech   qachon   o‘z-o‘zi   bilan   ayniy   bo‘lmaydi.   Masalan,
ko‘zguga   kelar   ekansiz,   siz   o‘z   qiyofangizda   hech   qanday   farq   ko‘rmaysiz.   O‘z
do‘stingiz   bilan   oradan   besh   yil   o‘tib   uchrashgach,   ikkalangiz   ham:   «U   juda
o‘zgarib ketibdi!», deb o‘ylasangiz kerak. 
Tafovut   -   avvalgi   holatdan   saqlanib   qolgan   xossalar   ustunlik   qilgani   holda,
ayni bir predmet xossalarining mos kelmasligidir. Tafovut kuchli yoki ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Kuchli tafovut – predmetning o‘z-o‘zi bilan ziddiyatga kirishish
omili. Bu qarama-qarshilik bosqichi bo‘lib, uning yechilishi predmetning butunlay
o‘zgarishiga   olib   keladi.   Shunday   qilib,   ziddiyatlarning   kuchayishi   va   o‘z
yechimini topishi rivojlanish manbai hisoblanadi. 
Rivojlanish manbai va rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchni farqlash lozim.
Rivojlanish   manbai   –   ichki   hodisa,   predmetning   ichki   ziddiyatlaridir.   Vaholanki,
tashqi   ziddiyat   ham   rivojlanishni   harakatlantiruvchi   kuch   bo‘lishi   mumkin.
Masalan,   siz   shamollab   qoldingiz.   Ayni   holda   tashqi   muhit   sizning   holatingiz
o‘zgarishini   harakatlantiruvchi   kuch   bo‘ldi.   Dialektik   ziddiyat   tarkibida   asosiy
tomon   manfiy   xususiyatga   ega,   chunki   u   mazkur   ziddiyatni   bartaraf   etish,   inkor
qilishga qaratilgan. Musbat tomon mazkur ziddiyatni saqlashga qaratilgan. 
«Ayniyat» tushunchasi  ziddiyat tarqalishining dastlabki  bosqichini anglatadi.
Bu   bir   xillik,   narsa,   hodisa,   jihatning   o‘z-o‘ziga   yoki   boshqa   narsalar,   hodisalar,
jihatlarga   o‘xshashlik   munosabati.   «Tafovut»   -   har   xillik,   o‘z-o‘ziga,   boshqa
narsalar,   hodisalar,   jihatlarga   mos   kelmaslik   munosabati.   Ziddiyatning   vujudga
kelishi   yagonaning   ikkilanishi   sifatida,   yagonaning   o‘z-o‘zini   qarama-
qarshiliklarga   differensiasiya   qilishi   sifatida   yuz   beradi.   Ikkilanish   chog‘ida   bir
vaqtning   o‘zida   ayni   shu   munosabatda   qarama-qarshiliklar   birligi   ham,   ularning
kurashi   ham   vujudga   keladi.   Ziddiyatning   shakllanish   jarayonida   qarama-
qarshiliklar   kurashi   birinchi   o‘ringa   chiqadi   va   rivojlanishning   ichki,   teran
manbaiga   aylanadi.   Ziddiyatning   o‘zida   qarama-qarshiliklar   har   xil   rol   o‘ynaydi.
Faolroq,   harakatchanroq   qarama-qarshilik   ziddiyatning   yetakchi   tomoni
hisoblanadi.   qarama-qarshiliklar   kurashi   oxir-oqibatda   yangi   sifat   holatiga   olib
keladi. Paydo bo‘luvchi  yangi hodisalar o‘zlariga xos bo‘lgan yangi ziddiyatlarga
ega   bo‘ladi.   Bu   ziddiyatlar   mazkur   hodisalar   rivojlanishining   harakatlantiruvchi
kuchi hisoblanadi. 
Ziddiyatlarning   rivojlanish   jarayoniga   yanada   chuqurroq   kirish   uchun
ularning   tarqalish   bosqichlari   (fazalari)dan   tashqari,   ularning   holatlarini   ham
farqlash   zarur.   Predmetli-moddiy,   «etilgan»   ziddiyatning   holati   deganda   uning
qarama-qarshiliklarining   amal   qilish   usuli,   «birligi   va   kurashi»ning   namoyon bo‘lish   xususiyati   tushuniladi.   Ayni   shu   xususiyat   bu   qarama-qarshiliklarning
rivojlanish xususiyati va faollik darajasini, mazkur ziddiyatni yechish xususiyatini
belgilaydi.   Ziddiyatning   rivojlanish   jarayonida   bosqichlarni   yoki   tarqalgan,
«etilgan»   ziddiyatni   tavsiflovchi   holatlarni   ham   farqlash   mumkin.   Ijtimoiy
tizimlarga   tatbiqan   ziddiyatlarning   rivojlanish   bosqichlariga   nisbatan   bunday
yondashuv   ularning   quyidagi   holatlarini   aniqlash   imkonini   beradi:   garmoniya,
disgarmoniya, konflikt. 
Shuni   qayd   etish   muhimki,   ziddiyatlar   rivojlanayotgan   har   qanday   tizimda
mazkur   tizim   mavjudligining   boshidan   oxiriga   qadar   mavjud   bo‘ladi.   Holatlar,
miqdor ko‘rsatkichlari, qarama-qarshiliklarning o‘zaro aloqasi xususiyati, ularning
tizimdagi roligina o‘zgaradi.
Ziddiyatlarning   turlari.   Ziddiyatlarning   butun   rang-barangligi   turli
asoslarga   ko‘ra   tasniflanadi.   Xususan,   1)   namoyon   bo‘lish   shakliga   ko‘ra   –   ichki
va tashqi ziddiyatlar;
2) rivojlanishdagi roliga ko‘ra – asosiy va ikkinchi darajali ziddiyatlar;
3) vujudga kelish xususiyatiga ko‘ra – zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar;
4)   jamiyatdagi   tipiga   ko‘ra   –   antagonistik   va   noantagonistik   ziddiyatlar
farqlanadi.   Asosiy   ziddiyatlar   strukturaning   qarama-qarshi   tomonlari   o‘rtasida,
ikkinchi   darajali   ziddiyatlar   esa   –   bog‘lovchi   bo‘g‘inlar   o‘rtasida   yuzaga   keladi.
Asosiy ziddiyatlar sifatli, muhim va zarurdir. Asosiy ziddiyatlarsiz predmet, uning
sifat   jihatidan   muayyanligi   va   yaxlitligi   mavjud   bo‘lmaydi.   Ikkinchi   darajali
ziddiyatlar   tasodifiy   xususiyat   kasb   etadi,   ularning   borligi   yoki   yo‘qligi
predmetning   sifatini   o‘zgartirmaydi.   Muhim   ziddiyatlar   –   bir   lahzalik
ziddiyatlardir: ular ichki yoki tashqi, asosiy yoki ikkinchi darajali bo‘lishi mumkin.
Masalan,   inson   hayoti   qil   ustida   turadigan   avtomobil   halokati   yuz   bergan   paytda
barcha   ichki   ziddiyatlar   (psixologik   konfliktlar,   stresslar   va   fiziologik
patologiyalar) ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. 
Borliqning ichdan ziddiyatliligi – obektiv hodisa, tabiat va jamiyatning asosiy
va umumiy xossasidir. Har bir inson hayotiga kelsak, u ziddiyatlar bilan har kuni
to‘qnash   keladi,   qarorlar   qabul   qiladi,   baholar   beradi,   o‘z   qilmishlaridan pushaymon bo‘ladi, ko‘pincha yo‘l qo‘ygan xatolaridan afsus chekadi. Har qanday
voqea,   vaziyat,   taxminning   ichki   ziddiyatlarini   ko‘rib,   o‘zi   qabul   qilayotgan
qarorlarning ijobiy va salbiy tomonlarini taroziga sola bilish tafakkurning yetuklik
belgisidir. 
Bizni qurshagan dunyoda ziddiyatlar juda serqirra; ularni turli asoslarga ko‘ra
tasniflash   odat   tusini   olgan.   Ziddiyatlarning   quyidagi   tasnifi   ayniqsa   keng
tarqalgan:
Yuqorida   aytilganlardan   kelib   chiqib   shuni   qayd   etish   mumkinki,   dialektik
ziddiyatlilik   qonuni   barcha   narsalar,   tizimlar,   hodisalar   va   jarayonlar   ichki
ziddiyatlar,   qarama-qarshi   tomonlar   va   tedensiyalar   bilan   tavsiflanishini   nazarda
tutadi.  Ularning  o‘zaro  aloqasi,   ular   o‘rtasidagi   «kurash»   o‘zgarish   va   rivojlanish
manbai   hisoblanadi,   ziddiyatlarning   kuchayishiga   sabab   bo‘ladi.   Bu   ziddiyatlar
oxir-oqibatda muayyan bosqichda eskining yo‘qolishi va yangining vujudga kelishi
bilan yechiladi. 
Dialektika   tizimida   bu   qonunning   markaziy   o‘rni   nima   bilan   belgilanadi?
Birinchidan, bu qonun har  qanday harakat  va rivojlanish manbaini  yoritadi, ya’ni
rivojlanish   nazariyasining   eng   muhim   savollariga   javob   beradi.   Ikkinchidan,   bu
qonun   dialektikaning   qolgan   barcha   qonunlari   va   kategoriyalarining   asosi
hisoblanadi.   Ko‘rsatilgan   qonunlar   va   kategoriyalarning   har   birida   biz   birlik   va
kurash   munosabati   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   qarama-qarshiliklarga   duch   kelamiz.
Uchinchidan,   dialektik   ziddiyatlilik   qonuni   yagonani   tafakkurda   ikkilantirish   va
uning   qarama-qarshiliklarini   ularning   tahlilini   sintez   bilan   birlashtirish   orqali
o‘rganishni talab qilib, bilish dialektik metodining bosh mazmunini belgilaydi. 
Rivojlanish   manbaini   yorituvchi   dialektik   ziddiyatlilik   qonunidan   farqli
o‘laroq,   miqdor   va   sifat   o‘zgarishlarining   bir-biriga   o‘tishi   qonuni   rivojlanish
jarayonining   mexanizmini   yoritadi,   u   qay   tarzda   va   qanday   shakllarda   amalga
oshirilishini ko‘rsatadi (Bu qonunning xususiyatini, u qanday namoyon bo‘lishi va
amal   qilishini   aniqlash   uchun   uning   asosiy   tushunchalari:   sifat,   miqdor,   me’yor,
sakrashning mazmunini yoritish talab etiladi. Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni.  Hodisalarga
makon-vaqt   mezoni   nuqtai   nazaridan   tavsif   berish   jarayonida   «qaerda?»   va
«qachon?»   savollari   birinchi   o‘ringa   chiqadi.   Ularni   bilishga   nisbatan   boshqa   bir
yondashuv «nima?» savoli bilan bog‘liq. Ma’lum joyda va ma’lum vaqtda mavjud
bo‘lgan   mazkur   hodisa   nimadan   iborat?   U   qanday   xossalar   bilan   tavsiflanadi?
Boshqa hodisalardan uning farqi nimada va qay jihatdan ularga o‘xshash? Bunday
savollarga   javob   hodisalarni   sifat   va   miqdor   jihatidan   tavsiflash   orqali   beriladi.
Mazkur   tavsif   predmeti   sifat   va   miqdor   kategoriyalari   bilan   ifodalanadi.   Eng
sinchkov   tahlil   ham   hodisada   sifat   yoki   miqdor   jihatidan   tavsiflash   mumkin
bo‘lmagan   narsani   aniqlash   imkonini   bermaydi.   Binobarin,   sifat   va   miqdor   –
hodisaning qoldiqsiz «parchalanuvchi» ikki tomoni (chizmaga qarang)
Falsafa tarixida  kategoriyalar ga yondashuvlarning xilma-xilligi .  
4- .Kategoriya   tushunchasi   va   uning   tasnifi.   Kategoriya   nima?   Bu
savolga   javob   berish   uchun   biz   qanday   fikrlashimiz   va   o‘z   fikrlarimizni   boshqa
odamlarga qanday yetkazishimizni ko‘rib chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar
va   mushohadalar   ko‘rinishida   fikrlaymiz.   Fikrlash   jarayonining   asosiy   materiali
tushunchalar   bo‘lib,   predmetlar   o‘z   umumiy   va   muhim   belgilarida   ular   orqali
fikrlanadi.   Tushunchalar   yordamida   biz   voqea   va   hodisalar   ma’nosini   anglaymiz,
ularning   o‘zimiz   uchun   ahamiyatini   aniqlaymiz.   Tushuncha   va   tushunish
o‘zakdosh   so‘zlardir,   shu   sababli   bizning   dunyoni   tushunishimiz,   dunyoga   ongli
munosabatimiz   inson   ixtiyorida   mavjud   bo‘lgan   tushunchalar   apparati   bilan
belgilanadi.   Biz   o‘z   fikrlarimizni   so‘zlar   yordamida   ifodalaymiz.   So‘z   –   fikr   va
dunyo   o‘rtasidagi   vositachi.   U   fikrlash   omili,   fikrni   ifodalash,   uni   boshqalarga
yetkazish   vositasi   hisoblanadi.   So‘z   boyligimiz   qancha   katta   bo‘lsa,   bizning
dunyoni   anglash   borasidagi   imkoniyatlarimiz   shuncha   keng   bo‘ladi.   O bektiv
borliqni   aniqroq   va   teranroq   aks   ettirish   uchun   inson   fikrlash   mantiqiy
vositalarining   muayyan   majmuini,   tushunchalarning   muayyan   doirasini   yaratadi.
Tushuncha   –   bu   shunday   bir   fikrki,   unda   narsaning   takrorlanuvchi   xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. Masalan,
«talaba»,   «universitet»,   «auditoriya»   so‘zlari   ma’lum   darajada   umumiy,
abstraktdir.   Ammo   shunday   tushunchalar   ham   borki,   ularda   shunchaki   umumiy
emas,  balki  o‘ta umumiy narsalar  va hodisalar  qayd  etiladi. Bunday tushunchalar
juda   yuqori   darajadagi   mavhumlashtirish   (muayyandan   uzoqlashish)   mahsuli
hisoblanadi. 
Mana bunday mavhumlashtirishning taxminiy yo‘li: «bu atirgul» («bu» so‘zi
bilan   aniq   belgilangan);   «atirgul»   (bu   yerda   «bu»   ishorasi   mavhumlashtirilgan);
«atirgul»   so‘zi   «bu   atirgul»   iborasidagidan   umumiyroq   narsani   qayd   etadi.
Shundan   so‘ng   bu   iboraga   «gul»   so‘zini   qo‘shamiz   va   u   amalda   mavjud   barcha
gullarni   qamrab   oladi.   Shunday   qilib   biz   gullarning   muayyan   rang-barangligidan
fikran   uzoqlashamiz,   chunki   e’tibor   barcha   gullarda   mavjud   bo‘lgan   umumiy
jihatga qaratiladi. «O‘simlik» so‘zi butun o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga oladi va
yanada   kengroq   abstraksiya   hisoblanadi.   Mavhumlashtirish   (muayyandan
uzoqlashish)   yo‘lida   harakatni   davom   ettiramiz.   Bu   yo‘lda   «tirik»   tushunchasi
yanada umumiyroq bo‘ladi, chunki o‘simliklar dunyosinigina emas, balki hayvonot
dunyosini   ham   o‘z   ichiga   oladi.   «Tiriklik»   tushunchasi   mavhumlashtirishning
yanada   yuqoriroq   darajasida   turadi.   Bunday   tushunchalar   kategoriyalar   (yunon.   –
asos, umumiy baho) deb ataladi .
Fikr  bizning dunyo bilan o‘zaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu darajada
umumlashtiradi.   Dunyo   o‘z   xossalari,   narsalari   va   munosabatlarining   rang-
barangligi   jihatidan   cheksiz   darajada   boydir.   Bizning   so‘z   boyligimiz   o‘zimiz
yashayotgan   dunyodan   qashshoqroqdir.   Fanda   yangi   kashf   etilgan   hodisalarni
ifodalash   uchun   mos   keladigan   atamani   topish   zaruriyati   tez-tez   yuzaga   kelishi
tasodifiy   hol   emas.   Bizning   dunyo   haqidagi   tasavvurlarimizni   ifodalovchi
so‘zlarning   ma’no   boyligi   qancha   aniq   bo‘lsa,   tafakkurimiz   shuncha   teranroq
bo‘ladi,   bizning   tushunchalar   apparatimiz   qancha   keng   bo‘lsa,   fikrlash
qobiliyatimiz shuncha komilroq bo‘ladi. 
Har   qanday   tushuncha   muayyan   narsalar   va   hodisalarning   jamuljam   ifodasi
hisoblanadi.   Ammo   uning   hajmi,   ya’ni   unda   fikrlangan   narsalar   va   hodisalar miqdori har xil bo‘ladi.  Masalan, h ar qanday xalqning tarixan vujudga kelgan tilida
odamlar   kundalik   hayoti   va   faoliyatining   tajribasi   qayd   etiladigan   va   anglab
yetiladigan tushunchalar mavjuddir. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi tabiiy til
so‘z   boyligining   kengayishi   va   boyishiga   turtki   beradi.   Fan   va   falsafaning
rivojlanishi   alohida   maqomga   ega   bo‘lgan   va   bilish   jarayonida   maxsus
funksiyalarni   bajaradigan   tushunchalar   shakllanishiga   olib   keldi.   Bu   tushunchalar
kategoriyalar deb nomlandi. 
Kategoriya (yunon. kategoria – ta’rif, mulohaza) – borliq hodisalari  va unda
hukm   suruvchi   munosabatlarning   muhim,   tipik   mazmunini   o‘zida   aks   ettiradigan
o‘ta   keng   tushuncha.   Shunday   qilib,   tabiiy   til   tushunchalari   fan   va   falsafa
kategoriyalari   bilan   tinimsiz   boyib   boradi.   Kategoriyalarni   tasniflash,   borliqning
turli   shakllari   haqidagi   falsafiy   tasavvurlarga   muvofiq   amalga   oshiriladi.   Odatda
fan kategoriyalari, xususiy - ilmiy kategoriyalar va  falsaf a  kategoriyalar i  farqlanadi. 
Sharq   an’anasida   ham,   qadimgi   Yunonistonda   ham   dialektika
kategoriyalarining   juftli   xususiyati   va   ularning   ziddiyatli   munosabatlarini   hal
qilishga   ehtiyoj   anglanadi.   Dialektika   kategoriyalariga   xos   bo‘lgan   qarama-
qarshiliklar   birligini   tushuntirishga   urinishlar   jarayonida   fikrlash   va   borliqning
qarama-qarshiliklarini birlashtiruvchi yagona asosni topish yo‘lida izlanishlar olib
borilgan.   Mazkur   yondashuv   natijasida   dialektika   kategoriyalari   umumiy   va
fundamental xususiyat kasb etib borgan. 
Dialektika   kategoriyalarini   tizimga   solish   va   formal-mantiqiy   fikrlashning
umumiy   qonunlarini   ishlab   chiqishga   ilk   urinish   Aristotel   ijodi   bilan   bog‘liq.
Falsafa   tarixida   Aristotel   antik   falsafani   tizimga   soluvchisi   sifatida   namoyon
bo‘ladi.   Uning   «Organon»   asari   ishonchli,   haqiqiy   bilim   olish   vositasi   sifatida
qaralgan. («Organon» - lot. orqanum - qurol, asbob, Aristotel mantiqiy asarlarining
umumiy   nomi.)   Bu   asarda   Aristotel,   xususan,   formal-mantiqiy   qonunni
ta’riflyagan bo‘lib, unga muvofiq haqqoniy fikrlash ziddiyatsiz fikrlash demakdir.
Ammo   «Metafizika»   asarida   (lot.   metaphisica   –   butun   borliqning   ilk   asoslari haqidagi   ta’limot)   Aristotel   olamning   umumiy   asoslariga   tavsif   berishga   harakat
qiladi   va   falsafiy   kategoriyalar   materiya,   shakl,   sabab,   zaruriyat   va   boshqalar
haqida   so‘z   yuritadi.   Mazkur   kategoriyalarga   Aristotel   ularning   ichki   qarama-
qarshiliklarini   tushunishni   nazarda   tutuvchi   ontologik   ma’no   yuklaydi.   Bundan
fikrdagi   ziddiyat   u   yanglish   ekanligining   bosh   belgisi,   borliqning   ziddiyatliligi
haqidagi   ta’limot   esa   –  u   haqqoniy  ekanligining   bosh   belgisi,   degan  xulosa   kelib
chiqadi.   Biroq   borliq   ziddiyatlari   haqidagi   fikr   qanday   qilib   ziddiyatlardan   xoli
bo‘lishi   mumkin?   Hamonki   u   borliqning   ziddiyatliligiga   ishora   qilmas   ekan,   u
qanday   qilib   haqqoniy   bo‘lishi   mumkin?   Shu   tariqa   falsafiy   kategoriyalar   va
formal   mantiq   kategoriyalari   o‘rtasida   farq   yuzaga   keladi.   Keyinchalik   bu   farq
formal   va   dialektik   mantiq   o‘rtasidagi   ziddiyatga   aylanadi.   Formal   mantiq   biz
qanday   fikrlashimiz   lozimligini   ko‘rsatib,   normativ   funksiyani   bajarish   uchun
mo‘ljallangan   fikrlash   qonunlari   bilan   cheklanadi.   Dialektik   mantiq   ham   fikrlash
va   bilish   metodlariga   qo‘yiladigan   o‘z   talablari   bajarilishi   lozimligini   ko‘rsatadi,
biroq   ayni   vaqtda   u   dialektik   mantiq   qonunlari   nafaqat   bizning   tafakkurimizda,
balki narsalarning o‘z tabiatida ham amal qiladi, degan fikrga asoslanadi.
Yangi   davr   (XVII   asr).   Yangi   davrda   fan   yanada   rivojlanadi.   Uning   bosh
vazifasini olimlar tabiat qonunlarini aniqlashda ko‘rdilar. Insonning sinchkov aqli
tabiat   hodisalarining   o‘xshash   o‘zaro   ta’sirlarida   muqarrar   tarzda   takrorlanuvchi
barqaror aloqalar mavjudligini qadim zamonlardayoq payqagan edi. Bunda muhim,
takrorlanuvchi   xossalar   fan   va   falsafa   kategoriyalarida   qayd   etiladi,   ularning
o‘rtasidagi takrorlanuvchi aloqalar esa tabiat qonunlari sifatida tushuniladi. Fan va
falsafa   qonunlari   muhim   xossalarida   o‘xshash,   ikkinchi   darajali   xossalariga   ko‘ra
esa   bir-biridan   farq   qiladigan   tabiiy   jarayonlar   rang-barang   variantlarining   ideal
invarianti 1
  hisoblanadi.   Yangi   davr   faylasuflarining   asosiy   e’tibori   ilmiy   bilish
metodologiyasi   muammolariga   qaratiladi.   Bunda   yuzaga   keladigan   eng   katta
qiyinchilik ziddiyatl ar   birligi anglab yetilmagan, empirizm  va rasionalizm  dialogi
esa   empirizmning   tantanasi   bilan   tugagan   empirik   va   nazariy   bilimning   o‘zaro
nisbati muammosidir. 
1 1
  Инвариант   –   мазмунини   айрим   ҳодисалар   туркуми   барча   муайян   кўринишлари   асосий   белгиларининг
нисбатан барқарор мажмуи ташкил этадиган тушунчани ифодаловчи тил бирлиги.  XVII-XVIII   asrlarda   ilmiy   bilimning   aksariyat   tarmoqlari   ilmiy   dalillar
yig‘ish   darajasida   bo‘lgan.   Aksariyat   hollarda   dunyo   turli-tuman   va   o‘zgarmas
narsalar   va   takrorlanuvchi   jarayonlarning   mexanik   to‘plami   sifatida   tasavvur
qilingan.   Bu   narsalar   va   jarayonlar   o‘rtasidagi   aloqalar   doim   ham   teran
asoslanavermagan. Olamning ichdan ziddiyatliligi haqidagi tasavvur ko‘p jihatdan
yo‘qolgan,   qarama-qarshiliklar   yo   inson   tafakkurining   norasoligi,   yo   ayrim
narsalar   to‘qnashuvi   sifatida   anglangan.   Rivojlanish   o‘zgarmas   narsalar   va
jarayonlarning aylanma harakati sifatida tushunilgan. Matematik bilimning ravnaq
topishi olimlar e’tiborini tabiiy hodisalarning sifat jihatidan o‘ziga xosligiga emas,
balki   asosan   ularning   miqdor   jihatiga   qaratishga   da’vat   etadi.   Shunday   qilib,
qadimgilar   dialektikasi   o‘rnini   ma’lum   darajada   dialektikaning   muqobili   sifatida
tushuniladigan   «metafizika»   egallaydi.   Shuni   ta’kidlash   lozimki,   «metafizika»
atamasi odatda yo falsafa sinonimi sifatida, yo falsafa bo‘limi -ontologiya sifatida
tushuniladi.   Marksistik   an’anada   «metafizika»   atamasi   salbiy   ma’no   kasb   etdi:
dogmatizm,   tafakkurning   torligi,   eski,   qotib   qolgan   qarashlarga   sodiqlik   sifatida
talqin qilindi. Yangi davr falsafasi va fanining mazkur tavsifi haqiqatga uncha mos
kelmaydi, zero Yangi davr ilmiy bilimi falsafiy tafakkur tarkibidan uning ajralmas
qismi   sifatida   o‘rin   olgan   tushunchalar   apparatini   yaratdi.   Lomonosov   –   Lavuaze
modda   va   harakatning   saqlanishi   g‘oyasi;   G.Leybnis   ta’riflab   bergan   rivojlanish
g‘oyasi;   Nyuton   klassik   mexanikasidagi   massa,   inersiya   va   harakat,   markazga
intil uvchi   va   markazdan   qoch uvchi   kuchlar   tushunchalari;   tabiatdagi   turli-tuman
aloqalarning   o‘rganilishi;   determinizm   tamoyilining   asoslanishi;   mexanik   harakat
dialektikasi;   Yer   evolyusiyasi   haqidagi   tasavvur;   tabiatga   nisbatan   tarixiy
yondashuvning   nazariy   ahamiyatini   namoyish   etgan   quyosh   sistemasining   kelib
chiqishi   haqidagi   Kant   –   Laplas   gipotezasi;   organizm   va   muhitning   birligi
tamoyilining   asoslanishi   –   o‘sha   davr   fani   yutuqlarining   to‘liq   bo‘lmagan
ro‘yxatidir.   Shu   sababli   Yangi   davr   va   Ma’rifat   davri   falsafasi   dialektika
tamoyillaridan   butunlay   voz   kechish   davri   emas,   balki   dialektika   rivojlanishining
o‘ziga xos va ancha yetuk bosqichi hisoblanadi.  XVIII   asr   oxirida   nemis   klassik   falsafasining   atoqli   namoyandasi   Immanuil
Kant XVII-XVIII asrlar fani va falsafasining g‘oyalari va kategoriyalarini tizimga
solishga ahd qiladi. Shu maqsadda u kategoriyalarning uch guruhi: hissiyot, idrok
va   aql   kategoriyalarini   farqlaydi.   Kant   barcha   kategoriyalar   aprior   (tajribada
ko‘rilmagan)   xususiyatga   ega   ekanligini   qayd   etadi.   Bilish   kategoriyalarini   Kant
tajribaga   yo‘l   ochadigan   dastlabki   konstruktiv   sxemalar   sifatida   talqin   qiladi.
Kategoriyalar   bilayotgan   inson   hissiy   taassurotlar   xaosi   ustiga   «tashlaydigan»   va
har xil taassurotlarni tasniflash, ta’riflash va o‘zaro bog‘lashni amalga oshiradigan
tushunchalar «to‘ri»ga o‘xshatiladi. 
Hissiyot kategoriyalari tarkibiga Kant makon va  vaqt  tushunchalarini kiritadi.
Ular   bizning   o‘z   sezgi   organlarimiz   ko‘rsatgan   narsalarni   umumlashtirish   va
anglab yetish qobiliyatimizni tavsiflaydi. 
Idrok   kategoriyalari   tarkibiga   Kant   kategoriyalarning   to‘rt   turkumi:   miqdor,
sifat, nisbat  va modallikni  kiritadi. U inson idrokining aprior shakllari obektiv va
umumiy   mazmunga   ega   bo‘ladi,   buning   natijasida   tajriba   umumiy   va   zaruriy
ahamiyat kasb etadi, deb qayd etadi.
Aql   kategoriyalarini   Kant   g‘oyalar   deb   nomlaydi .   Kant   fikriga   ko‘ra,   g‘oya
mumkin   bo‘lgan   tajriba   chegarasidan   chetga   chiquvchi   tushunchadir.   G‘oyalar
bizning   amaliy   va   bilish   faoliyatimizni   tartibga   keltiruvchi   va   tizimga   soluvchi
sxemalarga aylanadi. Ular  inson faoliyatini  takomillashtirishga qaratilgan tartibga
solish funksiyasini bajaradi. 
Sxema – bu bilish metodi va yo‘nalishi: u predmetni tushuntirmaydi, balki biz
aqlga tayangan holda butun olamning xossalari va aloqalarini qanday aniqlashimiz
lozimligini ko‘rsatadi. Tartibga soluvchi g‘oyalar sifatida Kant inson (jon) g‘oyasi,
erkin iroda g‘oyasi va «narsa o‘zida» g‘oyasini qayd etadi. Xudo g‘oyasiga kelsak,
Kant bu g‘oya predmetini shak-shubhasiz qabul qilish (u o‘z holicha mavjudligini
taxmin qilish) uchun hech qanday asosga ega emasligimizni ta’kidlaydi. Bu g‘oya
faqat   bizga   aql   dunyodagi   barcha   aloqalarga   oliy   aql   niyatining   mahsuli   sifatida
qarashni amr etishini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, aql bizga, Xudo borligi yoki
yo‘qligidan   qat’iy   nazar,   Xudo   amalda   mavjud,   deb   taxmin   qilishni   buyuradi. Ammo biz Xudoning borligini aniq bila olmaymiz, chunki Xudo g‘oyasi tajribada
o‘z   tasdig‘ini   topmaydi.   Xudo   g‘oyasi   nazariy   aqlni   emas,   balki   amaliy   aqlni
tartibga   solish   vositasi   (regulyatori)   sifatidagina   ma’no   kasb   etadi:   agar
tabiatshunos   bu   g‘oyaga   nafaqat   regulyativ   darajada,   balki   intuitiv   darajada   ham
amal   qilsa   (ya’ni   Xudo   borligiga   dalil-isbotsiz   ham   ishonchi   komil   bo‘lsa),   bu
yalqov   aql   sanaladi   va   u   ilm   bilan   shug‘ullanmagani   ma’qulroqdir.   Kant   aql
g‘oyalarini   notanqidiy   idrok   etishdan   saqlanishga   chaqirgani   bejiz   emas:   uning
fikricha,   aql   g‘oyalari   nafaqat   konstruktiv,   balki   destruktiv   rol   o‘ynashi   ham
mumkin.   Aql   tajribada   sinalgan   bilim   chegarasidan   chetga   chiqqan   va   faqat
tajribada   hech   qachon   ko‘rilmaydigan   sof   tushunchalar   bilan   ish   ko‘rgan   har   bir
holda   shunday   bo‘ladi.   Haqiqiyligi   yoki   soxtaligini   biron-bir   tajribada   aniqlash
mumkin   bo‘lmagan   fikrlar   ham   mavjud.   Yuqorida   ko‘rsatilgan   sabablarga   ko‘ra
fan   hisoblanmaydigan   metafizika   (Kant   bo‘yicha   -   falsafa)   tushunchalari   ana
shunday xususiyatga ega. Kant  inson doim tajribada ko‘rilgan bilim chegarasidan
chetga   chiqish   va   tabiiy   fanlarning   imkoniyatlari   cheklangan   bilimlarini   butun
dunyoga nisbatan tatbiq etishga harakat qilishini ta’kidlaydi. Tajriba chegarasidan
chetga   chiqish   bizni,   masalan,   dunyo   vaqtda   va   makonda   cheklangan   –   dunyo
vaqtda   va   makonda   cheksizdir,   dunyoda   hamma   narsa   maqsadga   muvofiqdir   –
tabiatda maqsadga muvofiqlik mavjud emas, Xudo bor – Xudo yo‘q kabi qarama-
qarshi fikrlarning ikkalasi ham haqqoniy ekanligini isbotlashimiz mumkin bo‘lgan
aqlning yanglishishlariga olib keladi. 
Barcha   kategoriyalarni   Kant   ongimizning   bilish   obektiga   emas,   balki
subektiga   tegishli   bo‘lgan   aprior   elementlari   deb   e’lon   qiladi.   Aprior   elementlar
deganda   tug‘ma   emas,   balki   individning   rivojlanish   jarayonida   o‘zlashtirilgan
elementlar tushuniladi. 
Kant   mulohazalarining   manti g‘ ini   tushunish   uchun   bola   nutq   qobiliyatining
rivojlanishini kuzatamiz.  Bunda biz  bola so‘zlarni ularning umumiy qabul qilingan
ma’nosida   emas,   balki   mazmunini   o‘zi   o‘zlashtirgan   so‘zlar   bilan   o‘xshashlik
bo‘yicha   qo‘llashini   albatta   payqaymiz.   «Oyi,   mening   umurtqam   qaerda?»,   deb
so‘raydi   sizdan   kichkintoy   o‘g‘lingiz.   –   «Mana   u»,   deb   uning   umurtqasini ko‘rsatasiz. «Yo‘q, - deb u bosh chayqaydi, va mening umurtqam mana bu yerda»,
deb qo‘li  bilan  o‘z  qulog‘ini   ko‘rsatadi.  Bu  misol   bola  tug‘ilgan  paytdan boshlab
tayyor nutq shakllarini o‘zlashtirishini tasdiqlaydi. Bolaning shaxsiy hayot tajribasi
yangi   so‘zlarni   o‘zlashtirish   izidan   quvib   yetolmagani   bois,   u   mazkur   so‘zlarga
o‘zining tor  tajribasidan  olingan ma’lum ma’noni yuklaydi. Avvaliga so‘z shakli,
so‘ngra   uning   tajribadan   olinadigan   ma’nosi,   avval   so‘zlar,   so‘ngra   –   tushuncha,
so‘zlar   esa   odamlar   o‘tgan   avlodlari   madaniyatining   yutuqlaridan   olinadi:   «a
priori» - so‘zma-so‘z tarjimada «avvalgidan» deganidir. 
Kant   mulohazalari   zamirida   bola   tug‘ilgan   paytdan   boshlab   shakllangan   til,
nutq,   fikrlash   mantiqi   va   madaniyatga   duch   keladi,   degan   fikr   yotadi.   Til,   tayyor
mantiqiy   shakllar   taassurotlar   xaosini   ma’lum   darajada   tartibga   solish,   borliq
manzarasiga   oqilona   tus   berish   uchun   imkoniyat   yaratadi.   Kant   fikriga   ko‘ra,   til
hissiy   taassurotlar   tajribasidan   oldin   keladi,   ilmiy   va   odatdagi   bilishning   zaruriy
omili   hisoblanadi.   Mushohada   yuritish   va   idrok   etish   shakllarining   apriorligi
g‘oyasi   Kantga   hissiy   va   oqilona   bilishning   birligini   ko‘rsatish   imkonini   beradi:
«sezgilar   yordamida   biz   narsalarni   bilamiz   va   faqat   bilishgina   bizga   mushohada
yuritish   imkonini   beradi;   narsalarni   biz   aql   bilan   idrok   etamiz   va   idrok   etish
natijasida   tushunchalar   yuzaga   keladi» 1
.   Aql   mulohazalarining   dalil-isboti   «faqat
shunga asoslanadiki, ular har qanday tajribaning intellektual shaklini tashkil  etadi
va   shu   sababli   ularning   qo‘llanilishi   doim   tajribada   ko‘rsatilishi   mumkin» 2
.
Umuman   olganda,   tajribada   tasdiqlanmagan   har   qanday   tushuncha   uydirmadan
boshqa narsa emas. 
Kant   taklif   qilgan   falsafiy   kategoriyalar   tasnifi   borliq   va   bilish
kategoriyalarinigina   o‘z   ichiga   olmaydi.   Kant   falsafasining   tarkibiy   qismini   «Sof
aqlning   tanqidi»   -   «Amaliy   aql   tanqidi»   va   «Mulohaza   yuritish   qobiliyatining
tanqidi»   asarlari   ham   tashkil   etadi.   Bu   asarlarda   mutafakkir   insonning   ma’naviy
qobiliyatlarini   axloq   va   estetika   kategoriyalarida   tavsiflaydi.   Shunday   qilib,   Kant
shunday bir o‘ziga xos tizimni yarat a diki, u Yevropa falsafiy tafakkuriga, ayniqsa
nemis falsafasiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatdi. 
1
 Кант И. Соч. Т. 6. М.: АСТ, 1999.  – С.127.
2
 Кант И. Соч. Т. 6. М.: АСТ, 1999.  – С.127 Kant   g‘oyalari   nemis   idealizmining   taniqli   namoyandalari   –   Fixte,   Gegel,
Shelling   asarlarida   tanqidiy   yondashuv   bilan   qayta   ishlandi   va   rivojlantirildi.
I.Fixte   falsafaga   axloqiy   qonun   oliy   tamoyili   sanalgan   mustaqil   ontologik   asos
sifatidagi   faoliyat   kategoriyasini   kiritdi.   Shu   sababli   Fixte   bilishni   ham   subekt,
ya’ni   «Men»   (uning   terminologiyasida)   faoliyatining   mahsuli   sifatida   tushunadi.
Bilish   obekti   («Men   emas»)ga   kelsak,   u   inson   «Meni»ning   mahsuli   sanalsa-da,
lekin   amalda   mavjud   bo‘lgan   narsa   emas.   Shu   o‘rinda,   inson   dunyoning
yaratuvchisi   ekan-da,   degan   tabiiy   bir   savol   tug‘iladi.   Fixte   o‘z   nuqtai   nazarini
shunday   tushuntiradi:   «Men   emas»,   ya’ni   tabiat   «narsa   o‘zida»,   ya’ni   obektiv
borliqdir,   lekin   bizning   «narsa   o‘zida»   haqidagi   bilimimiz   o‘z   taassurotlarimizni
anglab yetishimizdan boshqa narsa bo‘lmay, ularning manbai «narsa o‘zida» emas,
balki aql-zakovatimiz harakati, ya’ni «sof Men»dir. Fixte mushoha d a ga  asoslangan
bilimning   rolini   inkor   etmagan   holda,   tabiatni   bilishni   ham,   insonning   tabiat
ustidan   hukmronligi   doirasini   kengaytirishni   ham   ta’minlaydigan   amaliyotni
birinchi   o‘ringa   qo‘yadi.   Faoliyat   nazariy   ish   ko‘radigan   biluvchi   «Men»   bilan
«Men  emas»  dunyosi   o‘rtasidagi  bog‘lovchi   bo‘g‘in  hisoblanadi,   shu  sababli   real
borliqni   faqat   amaliy   harakatlar   yordamida   bilish   mumkin.   Amalda   inson   tabiat
predmetlarini   o‘z   ehtiyojlariga   muvofiq   o‘zgartiradi   va   shu   bois   o‘zgartirilgan
tabiat ni  insonning o‘zi aniq aks etadi. Fixtening xizmati avvalo shundaki, u nazariy
muomalaga,   falsafiy   kategoriyalar   tizimiga   amaliyot   tushunchasini   kiritdi   va   shu
tariqa bilish nazariyasini ham, antropologiya, ya’ni inson haqidagi ta’limotni ham
sezilarli darajada boyitadi. 
Falsafiy   kategoriyalarni   tadqiq   etish   va   rivojlantirish   ishiga   F.Shelling
salmoqli hissa qo‘shdi. Shu ma’noda F.Shellingning naturfalsafasi (tabiat falsafasi)
ayniqsa diqqatga sazovordir. Tabiatni tushunishda Shelling panteistdir, u Xudo va
tabiatni   tenglashtiradi.   Tabiatning   rivojlanishini   Shelling   ongning   shakllanish
jarayoni,   ongsizlikdan   onglilik   sari   harakat   sifatida   tavsiflaydi.   Ongning
shakllanish mexanizmini Shelling tabiatda qutblilik (qarama-qarshiliklar birligi) va
tadrijiylikning   mavjudligi   bilan   izohlaydi.   Tadrijiylik,   ya’ni   tabiat   evolyusiyasi
bosqichlarini   Shelling   qutblilikda   keskinlikning   pasayishi   mahsuli   sifatida tushuntiradi. U jonli organizmlar noorganik shakllardan vujudga keladi, hayot esa
modda sintezi va parchalanishining birligidir, deb hisoblagan. 
Shelling   o‘z   naturfalsafasining   ta’riflangan   muhim   tamoyillari   –   tabiatning
dialektik   birligi,   rivojlanishi   va   umumiy   ikki   taraflamaligini   insonning   tabiatni
tushunishiga   nisbatan   tatbiq   etadi.   Fixtega   ergashib   Shelling   ham   bilishning
rivojlanishini   bilishning   nazariy   bosqichlaridan   amaliy   bosqichlar   sari   harakat
sifatida   tahlil   qiladi.   Ongning   shakllanish   asosini   Shelling   insonning   dunyoga
nisbatan harakatlari bilan bog‘laydi. O‘zlikni anglash tadrijiylik, ya’ni mushohada
yuritishning quyi  shakllari   -   sezish,  idrok etishdan tasavvur  qilish va refleksiyaga
o‘tish   sifatida   shakllanadi.   Nima   uchun   aynan   faoliyat,   ong   va   bilishning
rivojlanish manbai hisoblanadi? – Shelling quyidagicha mulohaza yuritadi: amaliy
faoliyatda   inson   o‘zining   ma’naviy   qobiliyatlarini   moddiylashtiradi   (obektga
aylantiradi),   ular   inson   o‘zgartirgan   tabiat   predmetlarida   yashashda   davom   etadi.
Shunday   qilib,   inson   faoliyati   natijasida   tabiat   sof   tabiatga   va   inson   tomonidan
o‘zgartirilgan tabiatga ajraladi. Insonning muhim xususiyatlari moddiylashgan ayni
shu o‘zgartirilgan tabiat inson ongi va o‘zligi rivojlanishiga ko‘maklashadi. Ammo
individlarning   o‘zaro   aloqasi,   ularning   muloqoti   insonga   bundan   ham   kuchliroq
ta’sir   ko‘rsatadi.   Umuman   olganda   F.Shelling   Gegel   dialektikasining   aksariyat
g‘oyalarini   undan   oldinroq   ilgari   sur a di   va   ko‘p   jihatdan   undan   o‘zib   ket a di,
chunki   Gegel   tabiatda   rivojlanishning   mavjudligini   rad   etadi,   Shelling   esa,
aksincha,   nafaqat   inson   ruhi,   balki   tabiat   rivojlanishining   umumiy   tamoyillarini
ham   ta’riflab   berdi,   tabiatning   tadrijiy   rivojlanish   jarayoni   ong   shakllanishi   bilan
nihoyasiga   yetishini   qayd   etdi.   Shelling   g‘oyalari   Gegel   falsafasida   o‘zining
mukammal ifodasini topdi. 
Ma’lumki, dialektika G.Gegel falsafasining eng kuchli tomoni hisoblanadi. U
dialektikani   mantiq   va   bilish   nazariyasi   bilan   tenglashtiradi.   Gegel   falsafasida
dunyo   mutlaq   ruhning   o‘z-o‘zini   rivojlantirishi   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Mutlaq
ruh   bir   vaqtning   o‘zida   ham   substansiya   (borliq   asosi),   ham   subekt,   ya’ni   o‘z
rivojlanishi   va   bilishining   manbaidir.   Inkorni-inkor   Gegel   falsafasining   asosiy
tamoyili   hisoblanadi.   Ikki   tomonlama   inkor   etish   g‘oyasiga   muvofiq   mutlaq g‘oyaning   rivojlanishi   quyidagi   uch   bosqichdan   o‘tadi:   sof   borliq   (tezis),   yo‘qlik
(antitezis);   mavjud   borliq   vujudga   kelish   va   yo‘q   bo‘lish   sifatida,   shakllanish
(sintez).   Bilishning   uch   bosqichi   (triada)   g‘oyasi   Gegel   falsafasini   to‘la   qamrab
oladi.   Nafaqat   Gegelning   butun   falsafasi,   balki   u   ilgari   surgan   fikrlarning   har   bir
kichik hujayrasi  ham   uch qismga  bo‘linadi  («Mantiq  fani», «Naturfalsafa»,  «Ruh
falsafasi»).   Masalan,   mantiqni   Gegel   ilohiy   aqlga   mos   keladigan   sof   aql   sohasi
sifatida ta’riflaydi. U uch qismdan iborat:
- borliq; 
- mohiyat;
- tushuncha.
Mantiqning   birinchi   qismida   Gegel   borliq   tushunchasini   tavsiflovchi
kategoriyalar:   sifat,   miqdor,   me’yorga   ta’rif   beradi.   Sifatni   Gegel   «borliq   bilan
ayniy bo‘lgan bevosita muayyanlik» deb ta’riflaydi. Ayni shu sababli predmet o‘z
sifatini   yo‘qotar   ekan,   o‘zining   avvalgi   mohiyatini   ham   yo‘qotadi 1. 1.
  Miqdor
sifatning inkoridir: «Miqdor sof borliq bo‘lib, unda muayyanlik borliq bilan ayniy
emas,   balki   yo‘qolgan   yoki   befarq   tus   oladi» 2
.   Me’yor   –   predmet   borlig‘ining
chegarasi;   miqdor   o‘zgarishlarining   shunday   bir   chegarasiki,   bunda   predmet
o‘zining   aniq   sifatini   yo‘qotmaydi.   Miqdor   o‘zgarishlari   me’yori   chegarasidan
o‘tar ekan, predmet yangi sifat holatiga o‘tadi. 
Gegel   dialektikasida  mohiyat  haqidagi   ta’limot   – bu  harakatlantiruvchi   kuch
haqidagi   ta’limotdir.   Mohiyat   ichki   ziddiyat,   qarama-qarshiliklarning   ayniyligi
demakdir.   Ayniyatni   Gegel   tafovutni   o‘z   ichiga   oluvchi   nisbiy   ayniyat   sifatida,
dialektik   tushunadi.   Gegel   ayniyatning   matematik   tipdagi   (A  A   qabilidagi)
formal-mantiqiy   talqinini   tanqid   tig‘i   ostiga   oladi.   Ayniyat   haqidagi   ta’limotda
Gegel   ayniyat,   tafovut,   qarama-qarshiliklar,   ziddiyatlar   kabi   tushunchalarga   ta’rif
beradi.   Gegel   mohiyatni   u   yoki   bu   darajada   tavsiflovchi   ayrim   boshqa
kategoriyalar,   chunonchi:   asos,   hodisa,   mavjudlik,   namoyon   bo‘lish,   munosabat,
borliq,   substansiyalilik,   kauzallik,   o‘zaro   aloqani   ham   ko‘rib   chiqadi.   Gegel
mohiyat   refleksiya   sifatida   ham,   obektivlik   omili   sifatida   ham   tavsiflanishi
1. 1
  Қ аранг: Гегель Г.В.Ф. Энциклопедия философских наук. Т. 1. – М. :Прогресс,  1974. –  С. 228. 
2 2
 Гегель Г.В.Ф. Соч. Т. 1. – М.; : ., 19 9 9. –   С. 170.  mumkinligini qayd etadi. Mohiyat hodisadan ayri holda mavjud narsa emas, hodisa
esa mohiyatni yashiruvchi narsa emas, u mohiyat bilan uzviydir. Mohiyat hodisada
qanday namoyon bo‘lishini va hodisa mohiyatni qanday ifodalashini ko‘rish lozim.
Mohiyat   ko‘rinish   (ro‘yo)   va   namoyon   bo‘lishga   ajratish   mumkin   bo‘lgan
hodisaning   tomoni   hisoblanadi.   Ammo   ro‘yo   ham   hodisani   nafaqat   niqoblaydi,
balki uni namoyon etadi. 
Tushuncha   haqidagi   ta’limotda   Gegel   obektiv   tushunchani   farqlaydi   u
narsalarning o‘zida yashaydi, uning mavjudligi tufayli narsalar mohiyat kasb etadi,
narsani   anglash   uning   tushunchasini   anglash   demakdir.   Subektiv   tushuncha
bizning   borliqni   bilish   usulimiz   sifatida   ta’riflanadi.   Umuman   olganda   Gegel
mantig‘ida   tushunchalar   (kategoriyalar)ning   rivojlanuvchi   tizimi   o‘z   ifodasini
topadi. Uning fikricha, tushunchalar dialektikasi narsalar dialektikasini belgilaydi.
Har   bir   kategoriya   muayyan   mazmunga   ega   bo‘ladi   va   inkorni-inkor   tamoyiliga
ko‘ra   hal   qilinadigan   o‘z   qarama-qarshiligining   mavjudligini   nazarda   tutadi.
Natijada yanada umumiyroq tushunchalar tizimi vujudga keladi.
Bilish  nazariyasida  Gegel  o‘zining tafakkur  va  borliqning  ayniyligi   haqidagi
g‘oyasini   asoslashga   harakat   qiladi.   U   narsalar   haqidagi   fikr   va   narsalarning   o‘zi
mos kelishini, ammo bu ayniyat tafovutni ham o‘z ichiga olishini qayd etadi. Bilish
rivojlanishining   umumiy   tamoyili   –   asbtraktdan   muayyanga   yuksalishdir.   Bilish
jarayonida   Gegel   uch   asosiy   bosqich:   hissiy   aniqlik,   idrok   va   aqlni   farqlaydi.
Hissiy aniqlik anglashning to‘g‘riligiga, ya’ni bizning sezgilarimiz narsaning yaxlit
obrazini   qayd   etayotgani   va   unda   hech   narsani   e’tibordan   chetda
qoldirmayotganiga ishonch uyg‘otadi. Idrok predmetni o‘z xossalariga ega bo‘lgan
narsa sifatida tushunadi. Aql narsaning hissiy qiyofasi ortida uning ichki mazmuni,
mohiyatini   topishga   harakat   qiladi.   Borliq   va   tafakkurning   ayniyligi   g‘oyasi
Gegelni   Aristotel   mantig‘i   amalda   to‘qnash   kelgan   ziddiyatga   qaytaradi:   agar
borliq   ichdan   ziddiyatli   bo‘lsa,   o‘z-o‘ziga   qarshi   bormasdan   fikrlash   mumkin
emas. Gegel mazkur ziddiyatni istisno etilgan uchinchi formal-mantiq qonunining
yanglishligi   haqidagi   fikr   yordamida   yechishga   harakat   qiladi.   U   ziddiyatlarni
fikrlash   mumkin   emas,   deb   o‘ylash   xato   ekanligini   qayd   etadi.   Gegel   uchun ziddiyatlar – harakat  manbai, fikr qarama-qarshiligi – fikrning harakat manbaidir.
Gegel   bilish  ziddiyatlari   va obektiv  ziddiyatlarni   farqlaydi.  Shu tariqa u  dialektik
qarama-qarshilikni   asossiz   ravishda   formal-mantiqiy   qarama-qarshilik   bilan
almashtiradi. 
Gegel   o‘z   naturfalsafasida   o‘zi   yashagan   davrning   o‘ziga   ma’lum   bo‘lgan
ilmiy   tasavvurlarini   bayon   etadi.   U   tabiatni   mutlaq   ruhning   o‘zgacha   borlig‘i
sifatida   tavsiflaydi   va   uning   vazifasi   o‘z   falsafasining   uchinchi   qismi   –   ruh
falsafasida   amalga   oshadigan   sintezga   zamin   yaratishdan   iborat   ekanligini   qayd
etadi.   Gegel   ta’riflab   bergan   tabiatni   o‘rganishning   asosiy   tamoyillari   hozirgi
kunda   ham   o‘z   ahamiyatini   yo‘qotgani   yo‘q.   Bular:   antireduksionizm,   tabiatni
o‘rganishga   nisbatan   yaxlit   yondashuv,   tabiat   asosiy   sohalari:   mexanika,   fizika,
organikaning o‘ziga xos xususiyati  kabilardir . 
XX   asrda   biz   yashayotgan   sayyora   qiyofasi   butunlay   o‘zgardi.   Insonning
tiyiqsiz   ishlab   chiqarish   faoliyati   insoniyatni   dunyo   miqyosidagi   ekologik
tanglikka   giriftor   etdi.   Yutuqlar   va   ziddiyatlardan   iborat   og‘ir   va   mashaqqatli
globallashuv   jarayoni   yuz   berdi.   Fanda,   xususan   astrofizikani,   Olamning   kelib
chiqishini   o‘rganish   borasida   erishilgan   ajoyib   yutuqlar,   ehtimollik   nazariyasini
matematik   asoslash,   sistemalar   umumiy   nazariyasi,   turli   tipdagi   sistemalarning
qonuniyatlari   haqidagi   tasavvurlarning   rivojlanishi   va   hokazolar   dialektikaning
kategoriyalar   apparatini   sezilarli   darajada   boyitdi   va   ularga   aniqlik   kiritdi.
Dialektika kategoriyalari haqidagi tasavvurlarga sinergetika ham jiddiy tuzatishlar
kiritmoqda. (Uning kategoriyalarini biz tegishli bo‘limlarda ko‘rib chiqamiz.) 
So‘nggi   o‘n   yilliklarda   falsafiy   tadqiqotlar   doirasiga   butunlay   yangi   soha   –
virtualistika   kirib   kelmoqda.   Uning   falsafiy   maqomini   va   kategoriyalar   tizimini
belgilash   shakllanish   bosqichini   boshdan   kechirmoqda.   Hozirgi   vaqtda   falsafada
ilmiy   va   noilmiy   bilishning   nisbati,   bilish   subektining   roli,   falsafiy
kategoriyalarning   bilish   jarayoni   va   odamlar   amaliy   faoliyatidagi   rolini
tushunishga   nisbatan   yondashuvlarda   tub   o‘zgarishlar   yuz   berayotir.   Bu   falsafa
o‘tmishning falsafiy tafakkuri erishgan yutuqlardan voz kechyapti, degan ma’noni
anglatmaydi.   O‘tmish   mutafakkirlarining   dunyoqarashi   qanday   qonunlarga muvofiq   o‘zgargan   bo‘lsa,   hozirgi   zamon   falsafasi   ham   shu   qonunlarga   muvofiq
o‘zgarmoqda   va   rivojlanmoqda:   fan   va   amaliyot   muqarrar   tarzda   bizning   dunyo
haqidagi tasavvurlarimizga o‘z tuzatishlarini kiritmoqda. 
5- MASALA .  Fan kategoriyalari  tabiiy til tushunchalaridan ancha farq
qiladigan   so‘zlar   bilan   ifodalanadi.   Aksariyat   hollarda   ular   qadimgi   yunon   yoki
klassik   lotin   tilidan   o‘zlashtiriladi,   ba’zan   ular   mazkur   hodisani   kashf   etgan
olimning   ismi   bilan   ataladi.   Ilgari   ma’lum   bo‘lmagan   hodisani   ifodalash   uchun
sun’iy   tarzda   yaratilgan   so‘zlar   –   neologizmlar   ham   ancha   ko‘p   uchraydi.   Tabiiy
tildan   farqli   o‘laroq,   fan   tushunchalari   va   kategoriyalari   atamalar   (terminlar)
hisoblanadi,   ya’ni   erkin   talqinga   yo‘l   qo‘ymaydigan   aniq   belgilangan   hajm   va
mazmunga ega bo‘ladi. 
Har   qanday   fan   borliqning   muayyan   tomonlarini   o‘rganar   ekan,   albatta   o‘z
kategoriyalar   apparatini   shakllantiradi.   Matematika   «son»,   «differensial»,
«integral»   kabi   kategoriyalar   bilan   bog‘liq.   Biologiyada   «tur»,   «irsiyat»,
«o‘zgaruvchanlik»   kabi   kategoriyalar   mavjud.   Ammo,   muayyan   fanlarning
kategoriyalari   ma’lum   darajada   umumiy   bo‘lsa-da,   borliqning   ayrim
sohalaridagina   qo‘llaniladi   va   mazkur   sohalarga   xos   bo‘lgan   aloqalar   va
munosabatlarni aks ettiradi
Xususiy   ilmiy   kategoriyalar   alohida   olingan   xususiy   ilmiy   anlarda
qo‘llaniladigan,   mohiyat   nuqtai   nazaridan   boshqa   fanlarda   qo‘llanilishi   mumkin
bo‘lmagan   kategoriyalardir.   Masalan,   fizika,   kimyo   geologiya,   geografiya   fanlari
kategoriyalari xususiy xarakterga ega
Falsafiy   kategoriyalar   fan   kategoriyalaridan   butunlay   farq   qiladi.   Falsafiy
kategoriyalarning muhim xususiyati, ular o‘ta keng tushunchalar ekanligidir. Ayni
shu   sababli   falsafiy   kategoriyalar   hech   qachon   hajman   cheklangan   tabiiy   til
tushunchalari   darajasida   soddalashtirilishi   mumkin   emas.   Tushunchalar   sifatida
kategoriyalar   fikrlashning   zaruriy   shakllari   hisoblanadi.   O‘ta   keng   tushunchalar
sifatida   ular   universal   qo‘llanish   va   butun   olamni   tavsiflashga   da’vogar   bo‘lishi
mumkin.   Shu   boisdan   falsafiy   kategoriyalar   dunyoning   manzarasini   yaratish
vositasi   bo‘lib   xizmat   qiladiki,   bu,   umuman   olganda,   falsafaning   bosh   vazifasi hisoblanadi.   Har   qanday   tushunchalar   kabi,   kategoriyalar   instrumental   funksiyani
bajaradi,   fikrlash   omili   va   vositasi   sifatida   amal   qiladi.   Shuningdek   falsafiy
kategoriyalar   insonning   turli   hodisalarni   bilish   va   o‘zlashtirish   usuli   sifatida   ham
instrumental funksiyani  bajaradi. Falsafiy kategoriyalar  ilmiy bilishning muayyan
metodologiyasini,   umuman   borliqni,   ayniqsa   inson   borlig‘ini   tushunish
me’yorlarini   yaratish   orqali   normativ   funksiyani   ham   bajaradi.   Kategoriyalarning
ahamiyati va universalligi shu bilan belgilanadiki, bilish natijalari muqarrar tarzda
kategoriyalarda   qayd   etiladi,   kategoriyalar   shakl-shamoyilini   kasb   etadi.   Ular   fan
tarkibining   zaruriy   qismi   hisoblanadi.   Zero   fan   obekti   faqat   kategoriyalar
yordamida fikrlanishi va tushunilishi mumkin. 
Falsafaning   vujudga   kelishi   va   rivojlanishi   jarayonida   falsafiy   bilish
predmetining   o‘ziga   xosligini   va   falsafiy   tafakkur   xususiyatlarini   aks   ettiruvchi
kategoriyalar   tizimi   mavjud .   Ularni   mazmunan   talqin   qilish   dunyoqarashning
shakllanish jarayoni  bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, fan, falsafa va umuman ma’naviy
madaniyatning  rivojlanishiga   qarab  o‘zgarib  boradi.  Falsafiy  kategoriyalar   tarkibi
ham kengayadi. Fanning aksariyat kategoriyalari falsafiy maqom kasb etadi. Ilgari
mavjud   bo‘lmagan   yangi   jarayonlar   va   hodisalar   vujudga   kelishi   bilan   bog‘liq
ijtimoiy   rivojlanish   tegishli   tarzda   falsafiy   idrok   etiladiki,   bu   falsafaning
tushunchalar   apparatini   yanada   boyitadi.   Falsafiy   tushunchalar   va   kategoriyalar
bilan   ish   ko‘rish   mahoratini   o‘zlashtirish   talabaning   falsafiy   madaniyatini,
umuman   fikrlash   madaniyatini   shakllantirishning   muhim   shartlaridan   biri
hisoblanadi. 
Falsafiy   kategoriyalar   –   borliqning   umumiy,   muhim   tomonlari,   xossalari,
aloqalari   va   munosabatlari   haqida   fikrlash   uchun   qo‘llaniladigan   o‘ta   keng
tushunchalar   majmuidir.   Falsafiy   kategoriyalar   tizimida   shartli   ravishda   uch
muhim guruhni farqlash mumkin. 
1.   Falsafiy   kategoriyalarning   birinchi   va   eng   muhim   guruhi   –   har   qanday
falsafiy muammolarni tahlil qilishda qo‘llaniladigan umumiy kategoriyalar. Bular
borliq   kategoriyalaridir   (falsafiy   adabiyotlarda   bu   kategoriyalarni   dialektika
kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan). 2.   Ikkinchi   guruhni   falsafaning   turli   bo‘limlariga   tegishli   bo‘lgan   maxsus
kategoriyalar   tashkil   etadi.   Masalan,   ontologiya   borliq   va   yo‘qlik,   substansiya,
dunyoning   birligi,   materiya,   ong,   makon,   vaqt,   harakat   kabi   kategoriyalar
mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya,
antropologiya,   praksiologiya,   ijtimoiy   falsafa,   globallashuv   falsafasi   ham   o‘z
kategoriyalar apparatiga egadir. 
3.   Uchinchi   guruhni   maxsus   falsafiy   fanlar:   mantiq,   axloq   (etika),   estetika
kategoriyalari   tashkil   etadi.   Masalan,   axloq   fanida   falsafiy   bilimning   ayni   shu
sohasi   va   falsafaning   axloq   bilan   turdosh   bo‘limlari   –   antropologiya,   ijtimoiy
falsafa,   aksiologiyaga   xos   bo‘lgan   kategoriyalar   tizimi   (yaxshilik   va   yomonlik,
sha’n   va   qadr-qimmat,   hayot   ma’nosi,   baxt   va   boshqalar)   vujudga   kelgan.
Tushunchalar,   mulohazalar,   mushohadalar,   dalillash   va   hokazolar   mantiq
kategoriyalari   hisoblanadi.   Estetikada   go‘zallik   va   xunuklik,   fojeaviylik   va
kulgililik,   ulug‘vorlik   va   tubanlik   kabi   kategoriyalar   qo‘llaniladi.   Biz   esa
falsafaning umumiy kategoriyalarini ko‘rib chiqamiz.
Falsafa   kategoriyalari   muayyan   fanlarning   kategoriyalaridan   ancha   farq
qiladi. Bu farq shundan iboratki, dialektika kategoriyalari obektiv dunyo hodisalari
turkumlarining   muhim   xossalari   va   aloqalarinigina   emas,   balki   barcha   moddiy
jarayonlarga xos bo‘lgan eng umumiy xossalar va aloqalarni aks ettiradi. Shunday
qilib,   dialektika   kategoriyalari   obektiv   dunyoni   ideal   aks   ettirishning   o‘ta   keng
shakllari   bo‘lib,   ular   voqelikni   bilish   va   ma’naviy-amaliy   o‘zgartirishning   asosiy
prinsiplari bo‘lib xizmat qiladi. 
Dialektika   kategoriyalarini   ikki   turga   ajratish   mumkin:   substansion
kategoriyalar   va   munosabatdosh   kategoriyalar.   Substansion   kategoriyalar   –   bu
boshqa   kategoriyalardan   qat’i y   nazar,   alohida-alohida   qo‘llaniladigan
kategoriyalar.   Bunday   kategoriyalar   qatoriga   «borliq»,   «materiya»,   «harakat»,
«rivojlanish»,   «makon»,   «vaqt»,   «ziddiyat»   va   hokazolar   kiradi.   Ular   obektiv
voqelikning   muayyan   umumiy   xossalarini   qayd   etadi,   lekin   bu   kategoriyalarning
boshqa kategoriyalar bilan aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini
bermaydi. Munosabatdosh kategoriyalarga kelsak, ular biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq   bo‘lib,   bilish   jarayonida   biri   ikkinchisini   nazarda   tutadi;   ularning   biri
haqida tasavvur hosil qilganda boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday
kategoriyalar   qatoriga   quyidagilar   kiradi:   yakkalik   va   umumiylik;   hodisa   va
mohiyat; shakl  va mazmun;  qism  va butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat;
imkoniyat va voqelik. 
B iz falsafa  kategoriyalar i ni batafsilroq ko‘rib chiqamiz. 
Yakkalik,   xususiylik   va   umumiylik   Bu   falsafiy   kategoriyalar   borliq
narsalari va hodisalarining dialektik birligini  va ularning o‘rtasidagi  tafovutni  aks
ettiradi .   Kundalik   hayotda   biz   «yakka»,   «xususiy»,   «umumiy»   tushunchalarini
ko‘p ishlatamiz va ularning mazmuni bizga ba’zan oydek ravshan bo‘lib tuyuladi.
Ammo   mazkur   tushunchalar   bilan   ifodalanadigan   predmet   yoki   predmetlar
turkumini  topishga  harakat  qilganimiz zahoti  katta qiyinchiliklarga duch kelamiz.
Masalan  unga ikkita bolaning suhbatini  asos bo‘lishi  mumkin:
- Umringda hech qushni ko‘rganmisan?
- Ha, ko‘rganman. Mana u (kanareykaga ishora qiladi). 
-   E,   bu   qush   emas,   kanareyka-ku.   Kanareykani   ham   sen   hech   qachon
ko‘rmagansan. Sen faqat bitta kanareykani, bizning kanareykamizni ko‘rgansan. 
Sog‘lom   fikr   kanareykada   qushni   ko‘rgan   bola   u   hech   qachon   qushni
ko‘rmaganini   aytayotgan   boladan   ko‘proq   haq   ekanligidan   dalolat   beradi.   Ammo
umuman   qush,   meva,   daraxt i ni   ko‘rganini   kim   uzil-kesil   qayd   eta   oladi?   Biz   bu
qush,   bu   daraxt,   bu   mevani   o‘z   tajribamizda   ko‘rganimiz   hech   qanday   shubha
uyg‘otmaydi.   Umumiy   tushunchalar   amalda   obektiv   mazmunga   ega   yoki   ega
emasligi   falsafa   tarixida   qizg‘in   munozaralarga   sabab   bo‘lgan.   Umumiy
tushunchalar tabiati masalasi atrofida bahs O‘rta asrlardan beri davom etib keladi.
Umumiy   tushunchalar   amalda   mavjudmi?   Nima   haqiqiy   borliq   hisoblanadi   –
yakkalikmi   yoki   umumiylikmi?   Umumiylik   va   yakkalik   munosabati   hodisalar
xossalarining   emas,   balki   hodisalarning   munosabati   sifatida   qaraladigan
darsliklarga   hozir   ham   duch   kelish   mumkin.   Xo‘sh,   bugungi   kunda   falsafada
mazkur masala qanday yechilmoqda? Ayrimlik ,   ya kkalik,   xususiylik   va   umumiylik   kategoriyalari   borliq   narsalari
va hodisalarining nisbatan mustaqilligi, ularning rang-barangligi va birligi in’ikosi
hisoblanadi.   Ayrimlik   tushunchasi   zikr   etilgan   kategoriyalar   mazmunini   ochib
beruvchi asosiy tushunchadir. Ayrimlik – «narsa» tushunchasining sinonimi, ya’ni
borliqning   nisbatan   mustaqil,   sifat   jihatidan   muayyan   parchasi.   U   xossalar
to‘plamiga ega. 
U mumiylik   a yrim   narsaning   muayyan   turkumga   mansub   barcha   narsalar
bilan o‘xshashligini belgilovchi xossalar umumiylik kategoriyasi bilan ifodalanadi.
Yakkalik   –   faqat   mazkur   obektga   xos   bo‘lgan   xossalarni   ifodalovchi
kategoriya.   Yakkalik   ayrim   narsalar   nisbatan   mustaqil   mavjudligini   ham,   mazkur
narsaning bu nisbatan mustaqilligi, diskretligi, alohidaligi natijasida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan individual betakror belgilarni ham qayd etadi. 
Umumiylik   yakka   narsaning   mohiyatini   aks   ettiradi.   Umumiylikni   faqat
mohiyatni   aniqlash   orqali   ochib   berish   mumkin.   Yakkaliksiz   umumiylik   sezgilar
darajasida   idrok   etiladigan   belgilardan,   ayrimlikning   betakror   individualligi,
boyligidan mahrum bo‘lgan abstraksiya bo‘lib qoladi. Yakkalik va umumiylikning
keltiriladigan   ta’riflari   ularni   ayni   bir   ayrim   obektning   tomonlari   sifatida
tavsiflaydi. Masalan, hayot bugungi kunda oqsilli jismlar va nuklein kislotalarning
mavjudlik   shakli   sifatida   tavsiflanadi.   Irsiyat   va   o‘zgaruvchanlik   –   butun
tiriklikning   umumiy   xossalari.   Ammo   oqsilning   kimyoviy   tarkibi   va   ayniqsa
tuzilishi har bir organizmda individual darajada betakrordir. Bu bir jonzotni boshqa
jonzotdan   farqlash   imkonini   beruvchi   birdan-bir   xossadir.   Mantiqda   yakkalik   va
umumiylik – tushunchalar tavsifidir. Umumiylik tushunchasida ikki va undan ortiq
predmet,   yakkalik   tushunchasida   esa   –   bitta   predmet   tushuniladi.   Grammatik
jihatdan   umumiylik   turdosh   ot   bilan,   yakkalik   esa   –   atoqli   ot   bilan   ifodalanadi.
Falsafada   yakkalik   va   umumiylik   borliq   hodisalarining   o‘xshashligi   va   farqlarini
belgilovchi xossalardir. 
O‘rta   asrlar   falsafasida   umumiy   tushunchalar   tabiati   haqidagi   masala
atrofidagi  bahs  uning ishtirokchilari  realistlar  va nominalistlarga bo‘linishiga olib
keldi.   Realistlar   umumiylikni   yakkalikdan   ajratib,   umumiylikni   mustaqil   holda mavjud   hodisa   sifatida,   narsalar   paydo   bo‘lgunga   qadar   –   narsalarning   (Xudo
aqlidagi)  ilk timsoli  sifatida,  narsalarda  – Xudoning ro‘yobga chiqarilgan g‘oyasi
sifatida   talqin   qilganlar.   Shunday   qilib,   realistlar   fikricha   umumiylik   narsalarga
qadar, narsalarda va narsalardan keyin narsaning muayyan g‘oyasi sifatida mavjud
bo‘ladi. Nominalistlar esa, aksincha, faqat yakka narsalar amalda mavjud, umumiy
tushunchalar   esa,   ayrim   narsalarning   nomlari,   xolos,   deb   hisoblaganlar.   Mazkur
tasavvurlar   aks   sadosiga   bugungi   kunda   ham,   masalan,   umumiylik   obektlar
to‘plami   bilan,   yakkalik   esa   –   bitta   predmet   bilan   tenglashtirilgan   holda   duch
kelish   mumkin.   Amalda   umumiylik   va   yakkalik   kategoriyalari   obektlarni   emas,
balki ularning xususiylik tomonlari sifatida birgalikda mavjud bo‘lgan xossalarini
aks ettiradi. Umumiylik va yakkalikning birligi o‘ziga xosdir, chunki ularning har
bir   obektdagi   ko‘rinishi,   uyg‘unligi,   birining   ikkinchisidan   ustunligi   betakrordir.
Shu sababli har bir ayrim hodisa, narsa – xususiydir. 
Xususan,   «yakkalik»   kategoriyasi   narsada,   hodisada   faqat   shu   narsaga,
hodisaga xos bo‘lgan jihatni aks ettiradi. «Umumiylik» - bu narsalar va hodisalar
o‘rtasida   muayyan   sifat   jihati   doirasida   amalda   mavjud   bo‘lgan   ayniylikdir.
Yakkalik   ham,   umumiylik   ham   mustaqil   mavjud   bo‘lmaydi.   Ayrim   narsalar,
hodisalar,   jarayonlar   mustaqil   mavjud   bo‘ladi.   Umumiylik   ham,   yakkalik   ham
faqat   ayrim   narsa   yoki   hodisadagina   mavjuddir.   Har   qanday   ayrim   narsa   yoki
hodisa qarama-qarshiliklar birligi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida u ham yakkalik,
ham umumiylikdir. Har qanday umumiylik ayrim narsa, hodisaning tarkibiy qismi,
elementi   hisoblanadi,   chunki   u   ayrim   narsa   yoki   hodisani   to‘liq   emas,   balki   bir
yoqlama – narsalarda mavjud ayniy jihatlarni aks ettiradi. Yakkalik o‘z mohiyatiga
ko‘ra mavhum hisoblangan umumiylikdan boyroqdir. Ammo umumiylik narsaning
mazmuni, mohiyatini chuqurroq yoritadi. 
Xususiylik.   «Xususiylik»   yakkalik   va   umumiylik   o‘rtasidagi   oraliq
kategoriya   hisoblanadi.   Xususiylik   –   yakkaga   nisbatan   umumiy   bo‘lgan   va
umumiyga   nisbatan   yakka   bo‘lgan   narsa   yoki   hodisa.   Masalan:   modda   (qonun
moddasi)   –   yakka;   qonun   –   xususiy;   huquq   -   umumiy.   « Q onun»   tushunchasi «modda» tushunchasiga  nisbatan umumiydir. O‘z navbatida «qonun» tushunchasi
«huquq» tushunchasiga nisbatan yakkalikni aks ettiradi.
Yakkalik,   xususiylik   va   umumiylik   kategoriyalari   bilish   jarayonida   uning
tayanch nuqtalari, bilimsizlikdan bilim sari bosqich rolini o‘ynaydi. 
Mohiyat va hodisa.  Bu kategoriyalar bilishning turli bosqichlarini belgilaydi
va   ularning   har   biri   obektni   anglab   yetishning   chuqurlik   darajasini   aks   ettiradi.
Mohiyat obektiv borliqning ichki, nisbatan yashirin va barqaror tomonini ifodalash
uchun   mo‘ljallangan   bo‘lib,   u   narsaning,   jarayonning   tabiatini   va   ularga   xos
bo‘lgan   qonuniyatlarini   belgilaydi.   Hodisa   –   bu   narsada,   jarayonda   qarshimizda
bevosita   namoyon   bo‘luvchi   xossalar,   tomonlar   yi g‘ indisini   ifodalash   uchun
mo‘ljallangan kategoriya
  Hozirgi  falsafiy  adabiyotlarda mohiyat   predmet   borlig‘i  barcha  rang-barang
va   qarama-qarshi   shakllarining   barqaror   birligidan   iborat   bo‘lgan   predmetning
ichki   mazmuni   sifatida   tavsiflanadi.   Mohiyat   har   qanday   sistemaning   asosiy
jihatlari   va   tendensiyalarini   belgilovchi   teran   aloqalar,   munosabatlar,   xossalar   va
ichki   qonunlar   majmuidir.   Muayyan   mohiyatsiz   jism,   jarayon   bo‘lmaganidek,
muayyan hodisada o‘z ifodasini topmagan mohiyat ham bo‘lishi mumkin emas. 
Falsafada hodisaning ikki ma’nosi  shakllangan. Birinchidan, hodisa deganda
voqea,   tabiat   va   jamiyatdagi   jarayonlar   tushuniladi.   U   mazkur   jarayonlar   bizning
ongimiz, idrokimizda aks etishini anglatadi. Masalan, momaqaldiroq, kamalak, qor
yog‘ishi,   suv   toshishi,   yer   qimirlashi,   vulqon   otilishi   –   bularning   barchasi   tabiat
hodisalaridir. Inson  tabiat  hodisalarini  tushunish,  tushuntirishga  harakat  qilgan va
ularning   o‘z   ongidagi   in’ikosi   bilan   amaldagi   ifodasi   o‘rtasida   muayyan   farq
mavjudligini aniqlagan. Tabiat hodisalarini ularning inson birinchi navbatda idrok
etadigan   va   pirovard   natijada   uni   aldaydigan   yuzaki,   o‘zgaruvchan   jihatlari
tavsiflaydi. Shu tariqa hodisa kategoriyasining mohiyatning ziddi sifatidagi falsafiy
ma’nosiga ega bo‘ladi.
Ikkinchidan   h odisa   –   mohiyatni   aniqlash   usuli.   U,   odatda,   narsalar   o‘zaro
ta’sirga   kirishganida,   mohiyat   o‘zini   namoyon   etishi   natijasida   yuz   beradi.   Narsa
qanday   bo‘lsa,   ko‘rsatilgan   aloqalar   va   o‘zaro   ta’sirlar   xususiyati   ham   shunday bo‘ladi.   Masalan,   yirtqich   hayvon   uni   o‘txo‘r   hayvonga   aylantirishga   qancha
urinmasinlar,   baribir   yirtqich   bo‘lib   qoladi.   Ammo   u   qanday   muhitda   va   o‘z
ishtahasining   qaysi   potensial   qurboni   bilan   to‘qnash   kelishiga   qarab,   uning   xulq-
atvori   o‘zgaradi.   Ayni   shu   sababli   hodisa   narsaning   mohiyatini,   uning   muayyan
ichki va muhim xossasini u yoki bu tarzda namoyon etadi. 
Haqiqiylik   mezoniga   javob   beruvchi   bilimni   olish   bilishning   muhim
vazifasidir.   Bunday   bilim   o‘rganilayotgan   narsaning   mohiyatiga   kirish   demakdir.
Mohiyatni   bilish   rivojlanishning   asosiy   jihatlari   va   tendensiyalarini   belgilaydigan
teran   aloqalar,   munosabatlar   va   qonunlarni   aniqlashni   nazarda   tutadi.   Tabiatning
mohiyati   cheksiz-chegarasiz   bo‘lgani   bois,   uni   bilish   jarayoni   ham   cheksizdir.
Mohiyat   tushunchasi   bilishni   to‘liq,   mukammal   bilimga   erishishga   yo‘naltiruvchi
tartibga   solish   tamoyili   ahamiyatiga   egadir.   Hodisa   tushunchasi   mohiyatni   bilish
usulini   ko‘rsatadi   va   shu   boisdan   metodologik   ahamiyat   kasb   etadi.
O‘rganilayotgan obekt o‘zi uchun g‘ayrioddiy shart-sharoitlarga solinadigan ilmiy
eksperiment butunlay yangi hodisalarni qayd etish va shu tariqa o‘z shakllanishi va
faoliyatining   ilgari   noma’lum   bo‘lgan   qonunlarini   kashf   etishi   tasodifiy   bir   hol
emas. 
Mohiyat va mavjudlik.  Platon mohiyatni narsalarning moddiy-hissiy borlig‘i
bilan   bog‘lash   mumkin   bo‘lmagan   g‘oya   sifatida   tavsiflyagan.   Har   qanday   g‘oya
kabi,   mohiyat   nomoddiy,   o‘zgarmas   va   boqiydir.   Aristotel   mohiyat   deganda
narsalar   borlig‘ining   abadiy   tamoyilini   tushungan.   Narsaning   mohiyati   qotib
qolgan materiya bilan emas, balki shakl bilan belgilanishiga uning ishonchi komil
bo‘lgan.   Ma’lumki,   antik   an’anada   «shakl»   va   «g‘oya»   tushunchalari   bir   xil
ma’noga ega. Biroq, Platondan farqli o‘laroq, Aristotel shakl (g‘oya) va materiyani
bir-biridan   ajratmaydi,   balki   ularning   uzviy   aloqasini   qayd   etadi.   O‘rta   asrlarda
mohiyat va mavjudlik o‘rtasidagi farq anglab yetiladi. Mohiyat muayyan maqsad,
mo‘ljalni   o‘zida   mujassamlashtiradi,   mohiyatni   bilish   esa   uning   tub   negiziga
muvofiq bo‘lgan ta’rifda ifodalanadi. 
O‘rta   asrlar   falsafasida   qayd   etilgan   mohiyat   va   mavjudlik   o‘rtasidagi   farq
keyinchalik   mohiyat   va   hodisaning   nomuvofiqligi   sifatida   talqin   qilingan.   Bu nomuvofiqlik tasodifiy, o‘tkinchi bo‘lishi va asosiy tamoyilni, ya’ni narsani uning
muhim xossalari bilan yaratgan Tangri niyatini tushunishdan chalg‘itishi mumkin. 
Mohiyat va hodisa o‘rtasidagi dialektik aloqa quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
a)   mohiyat   va   hodisa   bir-biri   bilan   uzviy   bog‘liq.   Hodisa   o‘zida
mujassamlashgan narsa, ya’ni mohiyatsiz mavjud bo‘la olmaydi. Mohiyatda u yoki
bu tarzda namoyon bo‘lmaydigan narsaning o‘zi yo‘q;
b)   mohiyat   va   hodisaning   birligi   ularning   o‘zaro   mosligi,   ayniyligini
anglatmaydi.   Mohiyat   doimo   hodisa   ortida   yashirinib   yotadi.   Agar   narsalarning
namoyon   bo‘lish   shakli   va   mohiyati   bevosita   mos   kelganida,   fanga   hojat   qolmas
edi;
v)   hodisa   mohiyatga   qaraganda   faolroq   va   jo‘shqinroq,   mohiyat   esa
barqarorroq   va   turg‘unroq   -   u   barcha   o‘zgarishlarda   saqlanib   qoladi.   Ammo,
hodisaga nisbatan barqarorroq bo‘lgan mohiyat mutlaqo o‘zgarishsiz qolmaydi;
g)   hodisa   mohiyatga   qaraganda   boyroq.   U   obekt   muhim   aloqalarining   ichki
mazmuninigina   emas,   balki   bu   obektning   har   qanday   tasodifiy   munosabatlari,
alohida jihatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Mohiyat va hodisa o‘zaro munosabatlarining bir-biri bilan ziddiyatli aloqasini
qayd   etuvchi   o‘ziga   xos   shakli   zohiriylikdir.   U   bizning   sezgilarimiz   narsalarning
mohiyatini,   aniqroq   aytganda   mohiyatning   biron-bir   jihatini   bir   yoqlama   noaniq
aks   ettirishini   anglatadi.   Ilmiy   bilishning   maqsadi   narsalar   va   hodisalarning
zohiriylik ortida yashirinib yotgan mohiyatini yoritishdan iborat. 
Mazmun   va   shakl .   Mazmun   va   shakl   tushunchalari,   ularning   dialektikasi
qadimdayoq   sinchiklab   o‘rganilgan.   Uyg‘unlik,   go‘zallik,   mutanosiblik   tuyg‘usi,
aql   va   tananing   barkamolligi   qadimgi   yunonlar   uchun   juda   muhim   bo‘lgan.
Ularning tilida shakl tushunchasi tabiatning oddiy materiali go‘zal shakl-shamoyil
kasb   etishiga   imkoniyat   yaratadigan   g‘oya   tushunchasining   sinonimi   sanalgan.
Aristotel   g‘oya,   ya’ni   shaklni   materiya   bilan   uzviy   deb   hisoblagan.   Qadimgi
Yunonistonda   mazmun   va   shakl   muammosi   qo‘yilgan   bo‘lsa,   keyingi   ming
yillikda bu muammoni turli yo‘nalish mutafakkirlari yechishga harakat qildi.  Mazmun.   Mantiqda   mazmun   tushunchasi   uning   muhim   belgilari   majmuini
anglatadi.   Falsafada   mazmun   narsaning   negizini   tashkil   etadigan,   uning
mavjudligi,   rivojlanishi   va   shakllarining   o‘zgarishini   belgilaydigan   qismlar,
elementlarning muayyan tarzda tartibga solingan majmuidir. Ko‘rib turganimizdek,
mantiq   va   falsafadagi   mazmun   tushunchalari   bir-birini   istisno   etmaydi,   balki   bir-
birini   to‘ldiradi.   Mazmun   –   mazkur   narsa,   jarayon,   hodisani   belgilovchi
elementlar,   tomonlar,   xossalar,   aloqalar   va   tendensiyalarning   yig‘indisi.   Har
qanday narsa, hodisa aniq mazmun bilangina emas, balki muayyan shakl bilan ham
tavsiflanadi. 
Shakl   –   bu   narsalar   va   jarayonlarning   mazmunini   belgilovchi   tomonlar,
xossalar va aloqalarni uyushtirish usuli. Boshqacha aytganda, narsaning shakli – bu
elementlar   o‘rtasidagi   barqaror   ichki   aloqalarni   uyushtirishning   unga   yaxlitlik
sifatida   namoyon   bo‘lishi   va   o‘ziga   xos   bo‘lgan   barcha   funksiyalarni   bajarish
imkonini beruvchi usuli. 
Shakl  – narsaning  tuzilishi, strukturasini, mazmun elementlarining uyushish,
bir-biri va tashqi omillar bilan o‘zaro aloqa qilish usulini tavsiflovchi ichki aloqa.
Shakl,-deydi   Ibn   Sino,-jismlarning   mavjudligi   qanday   bo‘lsa,   shunday   saqlanishi
yoki   boshlang‘ich   materiyaning   konkret   jismga   aylanishidir.   Shakl-   tabiiy   kuch
sifatida   anorganik   jismlarni   harakatga   keltiradi:   o‘simlik,   hayvon,   odam,   kosmik
ruhni   harakatga  keltiradigan   tabiiy  jismlar   shaklidir.  Shakl-jismdan   konkret   narsa
va   predmet   hosil   bo‘lishidir.   Shakl-jismlarning   alohida   xususiyati   bo‘lib,   konkret
yashash   tarzini   belgilaydi.   Shakl   umumiy   nom   bo‘lib,   narsa   turini,   narsaning
mavjudligini, ikkinchi  marta takomillashishini,  mavjudligi  va o‘rinli  aktuallanishi
bildiradi. Shaklni aniqlashda narsalar mavjudligi muhim o‘rin egallaydi. Masalan,
olov olov shakli asosida aktuallashadi va boshqa shaklga o‘tadi. Shakl tufayli jism
jism bo‘la oladi.
Mazmun   va   shakl   tushunchalariga   berilgan   ta’riflarning   o‘zidayoq   biz
ularning o‘xshashligini payqaymiz, chunki struktura, ichki izchillik – mazmunning
ham,   shaklning   ham   zaruriy   komponenti.   Shu   sababli   mazmunni   shakldan   faqat
abstrakt   nuqtai   nazardangina   ajratish   mumkin.   Ikki   o‘xshash   mazmunni taqqoslashgina   shakl   omillarini   farqlash   imkonini   beradi.   Nafaqat   mazmun
«shakldor»,  balki   shakl   ham   mazmunlidir.   Shu   sababli   ayni   bir   jihat,  element   bir
vaqtning   o‘zida   bir   predmetning   shakli   ham,   boshqa   predmetning   mazmuni   ham
bo‘lishi mumkin. 
Shakl va mazmunning o‘zaro aloqasi shunda ifodalanadiki, narsaning bu ikki
qarama-qarshi   tomonlari   bir-biriga   o‘zaro   ta’sir   ko‘rsatadi.   Qadimda   mazmun   va
shakl   dialektikasida   shakl   ustun   qo‘yilgan,   uning   yordamida   narsa   o‘z   g‘oyasi
(shakli)   yoki   vazifasi   (maqsadi)ga   muvofiq   bo‘lgan   muayyan   borliq   sifatida
mavjud   bo‘ladi,   deb   hisoblangan.   Keyinchalik   fanning   rivojlanishi   va   uning
falsafaga   ta’siri   kuchayishi   bilan   mazmun   va   shaklning   aloqasi   haqidagi
tasavvurga   ham   aniqlik   kiritilgan.   Oddiy   sog‘lom   fikr   bizga   shakl   nimaningdir,
ya’ni  muayyan mazmunning shakli  bo‘lishi  mumkinligini, mazmunsiz shakl  hech
qanday   ahamiyat   kasb   etmasligini   ko‘rsatadi.   Shu   sababli   formalizm   tanqidi
mutlaqo   o‘rinlidir.   Masalan,   san’atda   «sof   shakllar»   bilan   o‘yin   qilishga   urinish
shuning   uchun   ham   muvaffaqiyatsizlikka   uchraydiki,   o‘zini   formalist   deb
hisoblovchi  iste’dodli san’atkor  asarida mazmun baribir  mavjud bo‘ladi.   Davlatni
boshqarishda formalizm turlaridan biri  sanalgan  byurokratizm bilan ham shunday
hol   yuz   beradi.   O‘z   faoliyatini   sof   formal   qoidalarga   bo‘ysundiruvchi,   sog‘lom
fikrga   son-sanoqsiz   to‘siqlar   o‘rnatuvchi   byurokrat   amalda   hokimiyat   vakolatlari
birdan-bir   maqsad   sanalgan   muayyan   davlat   tizimining   vakili   hisoblanadi.
Formalizmning   yana   bir   ko‘rinishi   huquqning   pozitivistik   talqini   bo‘lib,   unga
binoan   huquq   iqtisodiy,   siyosiy,   axloqiy   yoki   o‘zgacha   asoslashga   muhtoj
bo‘lmagan oliy asosdir. Huquqning mazkur formal-dogmatik talqini qonunchining
o‘zboshimchaligiga   keng   yo‘l   ochadi.   Natijada   davlatda   nohuquqiy   qonunlar
ustuvorligi qaror topadi. 
N arsa   shaklsiz   ham   mavjud   bo‘lmaydi.   Shuningdek,   shakl   mazmunga   faol
ta’sir ko‘rsatadi, narsaga unda mavjud bo‘lmagan xossalarni baxsh etadi.  Masalan ,
ko‘mir,   grafit   va   olmosni   olaylik.   Ularning   farqi   –   faqat   molekula   strukturasida,
ya’ni   shaklda.   Ammo   hech   kim   bu   moddalarni   bir-biriga   o‘xshatmaydi.   Xullas,
shakl   mazmunga   faol   ta’sir   ko‘rsatib,   yo   uni   takomillashtiradi,   yo   o‘zini   to‘la namoyon etishiga monelik qiladi. Shakl mazmundan nisbatan mustaqildir. Bu hol
ayni   bir   mazmunning   ko‘plab   shakllari   mavjudligida,   shuningdek   shakl
mazmundan   o‘zishi   yoki   undan   orqada   qolishida   namoyon   bo‘ladi.   Shu   sababli
shakl   va   mazmunning   uzlyuksizligi   ularning   birligi   to‘g‘risida   so‘z   yuritish
imkonini   beradi.   Bunda   har   bir   muayyan   holda   yo   shakl,   yo   mazmun   ustunlik
qilishi   mumkin.   Shakl   va   mazmunning   nomuvofiqligi   yoki   qarama-qarshiligi
yuzaga kelishiga sabab bo‘ladigan mazkur kategoriyalar dialektikasi borliqning har
qanday hodisasi o‘zgarishi va rivojlanishining ichki manbai hisoblanadi. 
Mazmun   va   shakl   o‘rtasidagi   dialektik   o‘zaro   aloqa   quyidagi   omillar   bilan
belgilanadi. 
1. Mazmun va shakl bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Amalda shaklsiz mazmun va
mazmunsiz shakl hech qachon va hech qaerda mavjud emas. Shaklni mazmundan
ajratishga,   shakl   mustaqil   ahamiyatga   ega   ekanligini   isbotlashga   urinishlar
formalizmga olib keladi. 
2.   Mazmun   va   shaklning   birligida   mazmun   yetakchilik   qiladi.   Mazmunning
o‘zgarishi doim shaklning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.  Q andaydir tashqi kuch emas,
balki   aynan   mazmun   o‘zini   shakllantiradi.   M asalan,   fanni   rivojlantirish,   yangi
qonunlarni kashf etish, obekiv haqiqatlarning tagiga yetish mazkur yangi qonunlar
mazmunini   rasmiylashtiruvchi   tegishli   yangicha   tasavvurlar,   formulalar,
nazariyalarni talab qiladi. 
3.   Mazmun   va   shaklning   birligi   mazmunga   nisbatan   shaklning   nisbatan
mustaqilligi,   faolligini   nazarda   tutadi.   Shaklning   nisbatan   mustaqilligi
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
a)   R ivojlanishda shaklning mazmundan oqsashida. Mazmun hech qachon bir
darajada turmaydi , u  o‘zgaradi , sh akl ham o‘zgarishsiz qolmaydi. Ammo mazmun
bilan   taqqoslaganda   shakl   barqarorroq,   turg‘unroqdir.   Bu   hol   shu   bilan
izohlanadiki,   mazmun   o‘z   harakatiga   ega   bo‘ladi,   shakl   esa   mazmun   bilan
belgilanadi.   Mazmundan   farqli   o‘laroq,   shakl   hodisaning   turg‘unroq   tomoni
sifatida amal qiladi. U muqarrar tarzda o‘z mazmunidan ortda qoladi; b)   Sh aklning   mazmunga   aks   ta’sirida.   Bu   ta’sir   ikki   yoqlama:   shakl   yo
mazmunning   o‘zgarishiga   ko‘maklashadi,   yo   unga   monelik   qiladi.   Albatta,   agar
shakl   mazmunning   o‘zgarishiga   muvofiq   bo‘lsa,   u   mazmun   jadal   sur’atlarda
rivojlanishiga   zamin   yaratadi.   Agar   ularning   o‘rtasida   ziddiyat   tug‘ilsa,   mazmun
lozim   darajada   rivojlana   olmaydi,   chunki   unga   eski   shakl   xalaqit   beradi.   Shu
sababli  ertami-kechmi  ziddiyatni yechish  vaqti keladi. Yangi mazmunga muvofiq
yangi   shakl   yaratiladi.   Shunday   qilib,   mazmun   va   shakl   o‘rtasidagi   ziddiyat
narsalar   va   hodisalarning   o‘zgarish,   ularning   boshqa   narsalar   va   hodisalarga
aylanish sabablaridan biri hisoblanadi. 
Butun   va   qism .   O‘zaro   bog‘langan   soddaroq   narsalardan   tashkil   topadigan
har   qanday   predmetning   murakkab   tuzilishini   ifodalovchi   falsafiy
kategoriyalarning   ayrim   nisbatan   ajralmas   majmuani   tashkil   etadi.   Predmetni
(butunni)   tashkil   etuvchi   narsalar   uning   qismlari   hisoblanadi.   Butunni   tashkil
etuvchi qismlarni birlashtiradigan bog‘lanish predmetga yaxlitlik baxsh etadi, ya’ni
butunga   xos   bo‘lgan,   lekin   uni   tashkil   etuvchi   qismlarga   ularning   tarqoqlik
holatiga   xos   bo‘lmagan   integrativ   xossalar   va   qonuniyatlar   paydo   bo‘lishiga   olib
keladi.   Binobarin,   butun   o‘zini   tashkil   etuvchi   qismlarning   birligidir.   U   o‘z
qismlarining   o‘zaro   aloqasi   tufayli   mavjud   bo‘lib,   bu   aloqaning   barqarorligi
mazkur butunning tuzilishida o‘z ifodasini topadi. 
Butun va qism  tushunchalari qadimgi yunon falsafasidayoq ma’lum bo‘lgan.
Butunni   o‘rganishga   nisbatan   yondashuvlarni   belgilashda   yuzaga   kelgan
ziddiyatlarni   yechish   qiyinchilik   tug‘dirgan.   Ma’lumki,   Dekart   o‘zining   metod
haqidagi   mulohazalarida   har   qanday   predmetni   o‘rganishni   bilish   vazifasini
yechish   uchun   bu  predmetni   necha   qismga   ajratish   kerak  bo‘lsa,   shuncha   qismga
ajratishdan boshlashni tavsiya etadi. Demak, butun - qismlar yig‘indisi deyish ham
mumkin.  Ammo  bu   fikr   faqat   qisman   to‘g‘ri,   chunki   butun   o‘zini   tashkil   etuvchi
qismlarning   oddiy   yig‘indisi   bilan   izohlanishi   mumkin   emas.   Masalan,   qurilish
materiallari bir uyumga to‘kilsa, bino paydo bo‘lmaydi. Qarama-qarshi yondashuv
butunning ustunligini tan olishni nazarda tutadi. Bu holda butunni bilish qismlarni
bilishdan   oldin   keladi.   Ammo   butunning   o‘ziga   xosligi   uni   tashkil   etuvchi qismlardan   kelib   chiqmaganidek,   qismning   xossalari   ham   butundan   kelib
chiqmaydi.   Natijada   qoniqarli   yechimini   topish   mushkul   bo‘lgan   yaxlitlik
antinomiyalari   yuzaga   keldi,   chunki   qarama-qarshi   fikrlarning   har   birini
amaliyotdan   olingan   misol   bilan   isbotlash   va   xuddi   shuningdek,   amaliyotdan
olingan   misol   bilan   rad   etish   mumkin.   Masalan,   butun   qismlarning   yig‘indisidir,
degan qoidaga butun o‘zini tashkil etuvchi qismlar yig‘indisidan ko‘proqdir, degan
qarshi qoida zid keladi. Qismlar butundan oldin paydo bo‘ladi, degan fikrga butun
o‘zining   qismlaridan   oldinroq   paydo   bo‘ladi,   chunki   ularga   yangi   xossalar   baxsh
etadi,   degan   fikr   zid   keladi.   Mazkur   antinomiyalar   bilish   metodologiyasida   ham
bilishning   qarama-qarshi   mo‘ljallarida   o‘z   ifodasini   topadi:   butunni   bilish   uning
qismlarini   bilish   orqali   amalga   oshiriladi,   bunga   qarshi   qoida   esa   shunday
yangraydi: qismlar butunni qismlarga ajratish mahsuli sifatida faqat butun haqidagi
bilimga   muvofiq   anglanishi   mumkin.   Yaxlitlik   jumboqlariga,   xususan,   quyidagi
hodisa   misol   bo‘ladi:   har   bir   atom   yadrosining   og‘irligi   uning   tarkibiy   qismlari
og‘irligining yig‘indisidan kamroqdir. «Massa  nuqsoni» deb ataladigan bu hodisa
massa   va   energiyaning   ekvivalentligi   bilan   izohlanadi.   Bu   hodisani   yaxlitlik
jumboqlari   nuqtai   nazaridan   qanday   tushuntirish   mumkin?   Mazkur   ziddiyatlarni
yechish butun va qismning aloqasi haqidagi qarama-qarshi tasavvurlar birligini tan
olishni nazarda tutadi. Darhaqiqat, qism butunga bog‘liq bo‘ladi, u butundan yangi
xossalar   oladi.   Butun   ham   qismlarga,   biroq   ko‘proq   darajada   –   ular   o‘rtasidagi
aloqaning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Q ismlar   o‘rtasidagi   aloqaning  xususiyati   butunning   sifat   jihatidan   aniqligini,
uning   yaxlitligini   belgilaydi.   Yaxlitlik   qismlarning   shunday   bir   aloqasi k i,   u nda
butun   qismlarining   birligi   ta’minla nadi ,   buning   natijasida   butun   tizimlilik,
uyushqoqlik   xususiyatini   kasb   etadi.   Q ismlar   aloqasining   tipi   yaxlitlik   tipini
belgilaydi.   Aloqaning   strukturaviy   (tuzilishning   bog‘lanishlari),   funksional
(predmetning   faoliyat   usulini   tavsiflovchi),   genetik   tiplari   yaxlitlikning   tegishli
tiplarini tashkil etadi.  Ya xlitlikning quyidagi turlari farqlanadi:
1.   Mexanik   yaxlitlik.   Bu   yerda   qismning   butunga   kamroq   bog‘liqligi   va
butunning   qismga   sezilarli   darajada   bog‘liqligi   kuzatiladi.   Masalan,   avtomobil g‘ildiragi   yoki   ruli   uning   harakatlanishini   ta’minlovchi   qismlardir,   lekin   ular   o‘z
sifatida avtomobildan qat’iy nazar mavjud bo‘lishi mumkin. 
2.   Noorganik   yaxlitlik.   Bu   yerda   qismlarning   butunga   bog‘liqligi   ortadi,
butunning   qismga   bog‘liqligi   esa   kamayadi.   qismlarning   barqaror   aloqasi   har   bir
elementga   o‘z   xossalarini   saqlash   va   nisbatan   o‘zgarmas   bo‘lib   qolish   imkonini
beradi.   Masalan,   elektron   atom   tarkibida   ham,   undan   tashqarida   ham
(harakatlanayotgan   elektronlarning   izchil   oqimi   sifatida)   deyarli   o‘zgarishsiz
qoladi. 
3. Organik yaxlitlik. Organik dunyoda nafaqat qismlarning o‘zaro mosligiga,
balki   ularning   subordinasiyasiga   ham   duch   kelish   mumkin.   Organik   tizimlarning
qismlari   butundan   tashqarida   mavjud   bo‘lmaydi.   Tanadan   uzilgan   qo‘l   faqat
nomigagina qo‘l sanalishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan edi. 
Yaxlitlik   tiplari   va   turlarining   tasnifi   butunning   tabiatini   bilish   nafaqat   uni
tashkil etuvchi qismlarni, balki qismlar o‘rtasidagi aloqalar xususiyatini ham bilish
orqali amalga oshirilishini ko‘rsatadi. 
Demak   b utun   –   narsa,   hodisa   va   uni   tashkil   etgan   qismlarning   muayyan
tartibda   joylashuvi   va   o‘zaro   bog‘langan   yagonalikning   ifodasi.   Q ism   –   butun
tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina o‘z vazifasi (funksiyasi)ni bajara oladigan
alohidalik.   Masalan,   yaxlit   bir   butun   sifatidagi   H
2 O   molekulalarining   qismlari   –
vodorodning   ikki   atomi   va   kislorodning   bir   atomi.   Butun   o‘z   qismlarining   oddiy
yig‘indisidan   iborat   emas.   Ma’lumki,   vodorod   yonadi,   kislorod   yonishni
quvvatlaydi, lekin suv, albatta, yonishga to‘sqinlik qiladi. 
Dialektika   butun   va   qismga   ularning   dialektik   birligi   nuqtai   nazaridan
yondashadi.   Butun   hosil   bo‘lganda   qismlar   xossalarining   yig‘indisidan   iborat
bo‘lmagan   yangi   sifat   vujudga   keladi;   shunga   qaramay   u   qismlar   –   ularning
miqdori va o‘zaro aloqaning muayyan tipi bilan belgilanadi. Shu sababli dialektika
butunni   bilish   faqat   xossalar,   qismlar   haqida   bilim   mavjud   bo‘lgan   taqdirda
samarali   bo‘lishi   mumkin   va   aksincha,   qismlarni   o‘rganish   butunga   doir   oldingi
bilimga tayanishi lozim, deb hisoblaydi. 
Butunning uch tipi ma’lum: a) mexanik butun (qum, tosh uyumi, chunki ularning qismlari butunga kiradi
va undan deyarli o‘zgarmasdan chiqadi);
b) uyushgan butun, agar qismlarning ko‘rinishi o‘zgarsa;
v) organik butun, agar qismlar o‘z-o‘zidan rivojlansa (tirik organizmlar). 
Sistema,   element   struktura.   Butun   va   qism   kategoriyalarini   sistema,
struktura, element kategoriyalari to‘ldiradi va rivojlantiradi. 
Sistema   (tizim)   tushunchasi   qadimgi   yunon   falsafasida   sistema   tushunchasi
borliqning   tartibliligi   va   yaxlitligi   sifatida   tavsiflangan.   Hozirgi   talqinda   sistema
muayyan   yaxlitlikni   tashkil   etuvchi   qonuniy   munosabatlar   va   aloqalarda   bo‘lgan
elementlarning   organik   to‘plami   sifatida   tavsiflanadi.   Sistema   (yunon.   systema   –
birlashtirish, yaratish) – bir-birining o‘rtasida qonuniy bog‘lanish yoki o‘zaro aloqa
mavjud   bo‘lgan   muayyan   elementlar   yig‘indisi.   Har   qanday   sistemaning
strukturasi   avvalo   uning   tarkibiy   elementlariga   bog‘liq   bo‘ladi.   O‘z   navbatida,
elementlarning   xossalari   ham   ko‘p   jihatdan   o‘zlari   hosil   qilgan   sistemaning
strukturasi   bilan   belgilanadi .   Sistema   va   element   tushunchalari   butun   va   qism
kategoriyalariga yaqin turadi. Ammo ular ayniy tushunchalar emas. Xususan, qism
bo‘linadi,   element   –   sistemaning   boshqa   qismlarga   ajralmaydigan   komponenti
hisoblanadi. Shuningdek sistema butun bilan ham solishtirilishi mumkin va xuddi
butun kabi, qismlarning aloqadorligi, tartibliligi va uyushqoqligi bilan tavsiflanadi.
Ammo   butunni   o‘rganishda   uning   o‘ziga   xos   xususiyatini,   sifat   jihatidan
muayyanligini aniqlash vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi. 
Sistemali   yondashuv   sistemalarning   sifat   jihatidan   o‘ziga   xosligidan   qat’iy
nazar, ular xulq-atvorining umumiy tamoyillari va qonunlarini aniqlashni nazarda
tutadi.   Ayni   shu   sababli   sistemalar   juda   keng   miqyosda   qo‘llaniladi.   Ammo   har
qanday   obektni   o‘rganishga   nisbatan   sistemali   yondashuv   doim   ham   samarali
emas.   Biron-bir   ro‘zg‘or   buyumi   (qoshiq   yoki   choynak,   yozuv   daftari   va   sh.k.)ni
sistemali  o‘rganishning hojati  yo‘q. Ba’zan shunday  bir  «tadqiqotlar» uchraydiki,
ularda   sistemalar   nazariyasi   atamalari   ishlatilgan   bo‘lsa-da,   ularni   yaratgan   soxta
olimlar   tavsiflanayotgan  obekt  talqiniga  biron-bir   yangi  narsa  kiritmaydi. Hozirgi
zamon fanida sistemali yondashuvning ikki yo‘li qo‘llaniladi: birinchi – sistemalar tushunchasini   muayyan   tarzda   formallashtirish   va   ularning   fan   tilida
tavsiflanadigan   umumiy   belgilarini   aniqlash;   ikkinchi   –   muayyan   sistemalarning
tipologik tahlilidan foydalanish kabilardir
Element   –(lot.   Elementum   –   birlamchi   modda)   –   butunning   nisbatan
bo‘linmas   qismi.   Qism   tushunchasi   o‘z   hajmiga   ko‘ra   «element»   tushunchasidan
kengroq, chunki bu har qanday qism emas, balki nisbatan bo‘linmas qism.   Bunda
«qism»   butun   tushunchasi   bilan,   «element»   esa   –   struktura   tushunchasi   bilan
munosabatga kirishadi
Element   narsaning   boshqa   bo‘linmaydigan   zarrasini   anglatuvchi   kategoriya.
Xususan,   modda   atomlardan   tashkil   topadi   va   atomlar   moddaning   elementlari
hisoblanadi. Ammo bizga ma’lumki, atom parchalanadi. Nima uchun biz elementar
zarralarni moddaning elementlari deb hisoblamaymiz? Shuning uchunki, elementar
zarralar   moddaning   emas,   balki   turli-tuman   maydonlarning   elementlari
hisoblanadi. 
  Struktura   –   (lot.   struktura   –   tuzilish,   joylashuv,   tartib)   –   narsalar   va
hodisalarning   tarkibiy   qismlari   o‘rtasidagi   qonuniy   aloqa   usuli.   Struktura
sistemaning   tuzilishi   va   ichki   shakli,   mazkur   sistema   elementlari   o‘rtasidagi
barqaror o‘zaro aloqalarning birligi. 
Sistemalarning   o‘ziga   xos   xususiyatlari .   Sistemalarning   muhim   umumiy
xususiyatlari sistemali  yondashuvning bir qancha tamoyillarini ta’riflash imkonini
beradi. 
Birinchi   –   yaxlitlik   tamoyili.   Har   qanday   sistema   ko‘p   sonli   elementlardan
tashkil topadi, lekin ularning yig‘indisiga bog‘liq emas.
Ikkinchi tamoyil – sistemali tuzilishining ierarxiyaviyligi: sistemaning har bir
elementi   murakkab   tuzilishga   ega   bo‘lib,   nisbatan   mustaqil   sistema   sifatida
qaraladi.   Ayni   vaqtda   o‘rganilayotgan   sistema   murakkabroq   sistema   tarkibiga
uning elementlaridan biri sifatida kiradi. 
Uchinchi   tamoyil   –   sistemani   tashkil   etuvchi   elementlar   bir-biri   bilan
muayyan   munosabatlarga   kirishadi.   Ularning   orasida   eng   muhimlari   sistema
tashkil etuvchi, sistemaning yaxlitligini ta’minlovchi elementlardir.  Sistemani   o‘rganish   strukturaviy   va   funksional   yondashuvlardan
foydalanishni nazarda tutadi. 
Strukturaviy   yondashuv   sistemani   uning   tuzilishi   va   shakli   nuqtai   nazaridan
o‘rganish imkonini beradi.
Funksional yondashuv esa, sistemaning xulq-atvori va boshqa sistemalar bilan
o‘zaro   aloqalarini   tadqiq   etish   uchun   imkoniyat   yaratadi.   Sistemalarning   o‘zaro
aloqasi   kauzal,   aniq   belgilangan   va   statistik,   ya’ni   ehtimol   tutilgan   bo‘lishi
mumkin.   Sistemaning   muhitdagi   xulq-atvori   aktiv   va   reaktiv   bo‘lishi   mumkin.
Sistemaning aktiv xulq-atvori maqsadlar nuqtai nazaridan tavsiflanishi mumkin. 
Sistemalarning   tiplari.   Sistemalarning   umumiy   belgilari   bilan   bir   qatorda,
muayyan tiplari faqat o‘zigagina xos bo‘lgan tipologik belgilarga egadir.  Masalan,
belgilar   sistemalarini   o‘rganish   bilan   ilmiy   bilimning   alohida   sohasi   –   semiotika
shug‘ullanadi. U bizning til haqidagi, madaniyat turli tillarining o‘xshash  jihatlari
va   farqlari   haqidagi   tasavvurlarimizni   sezilarli   darajada   boyitadi.   Kibernetika
boshqaruvchi   sistemalar   xulq-atvorini   o‘rganadiki,   bu   oqilona   asoslangan
boshqaruv   sistemalarini   yaratish   imkonini   beradi.   O‘yinlar   nazariyasi   bizning
konfliktlashayotgan   sistemalar   haqidagi   tasavvurimizni   ancha   kengaytiradi,
sinergetika esa o‘ta murakkab sistemalar xulq-atvorining qonuniyatlarini aniqlaydi.
Shunday qilib, sistema, struktura va element kategoriyalari fan va falsafani yanada
boyitib, muhim metodologik vazifani bajaradi. 
Elementlari va strukturasining xususiyatiga ko‘ra sistemalarning har xil turlari
farqlanadi.   Obektiv   borliqda   mavjud   bo‘lgan   moddiy   sistemalarni   va   obektiv
borliqning inson ongidagi in’ikosi hisoblangan ideal sistemalarni farqlash ayniqsa
keng   tarqalgan.   Elementlari   va   aloqalarining   soniga   ko‘ra   sodda   va   murakkab
sistemalar farqlanadi.
   Sabab va oqibat.  Qanday voqea yuz bermasin, barchasining o‘z sababi bor,
degan   edi   Ibn   Sino.   To‘g‘ri   olingan   yo‘l   yo‘lovchini   tekisliklar   orqali
mo‘ljallangan manzilga olib keladi, xato va beparvolik uni sahroga olib boradi va
halokatga   giriftor   etadi.   Hodisalarning   umumiy   o‘zaro   bog‘liqligi   va   bir-birini taqozo   etishi   g‘oyasi   determinizm   tamoyilida   o‘z   aksini   topadi.   Bu   tamoyilga
binoan tabiatda hamma narsa sababning hukmiga bo‘ysunadi. 
Sabab   tushunchasi   insonga   uning   rivojlanishi   dastlabki   bosqichlaridayoq
ma’lum   bo‘lgan.   Tabiiy   hodisalarning   kelib   chiqishini   tushuntiruvchi   sabablarni
aniqlashga   bo‘lgan   ilk   urinishlarga   mifologiyada,   so‘ngra   dinda   duch   kelish
mumkin.   Keyinchalik   sabablarning   falsafiy   va   ilmiy   izohi   yuzaga   keladi.   Sabab
(lot.   causa   –   sabab)   shunday   bir   hodisaki,   u   boshqa   bir   hodisa ning   oqibat i ni
bevosita belgilaydi, yuzaga  keltiradi.  Sababiyat  mohiyatini  bir  hodisaning boshqa
hodisani   yuzaga   keltirishi,   sababning   oqibatni   yaratishi   tashkil   etadi.   Oddiy   ong
sababiyat   jarayonini   soddalashtiradi:   sabab   faol   tomon,   oqibat   –   passiv   tomon
sifatida   tasavvur   qilinadi,   sabab   oqibatdan   oldin   keladi.   D.Yum   bunday
tasavvurlarni tanqid qilar ekan,   -   u sabablar mavjudligiga shubha qiladi, aniqrog‘i
buni   inkor   etadi:   «Bir   hodisa   ayrim   holda   boshqa   hodisadan   oldin   kelishidan
ularning   biri   –   sabab,   ikkinchisi   –   harakat   degan   xulosa   chiqarish   aqlga   muvofiq
emas. Ularning birikuvi tasodifiy bo‘lishi mumkin, balki bir hodisa yuz berganida
boshqa bir hodisaning mavjudligi haqida xulosa chiqarish uchun hech qanday asos
yo‘qdir...   Shunga   qaramay...   insonni   bunday   xulosa   chiqarishga   majbur   qiluvchi
qandaydir   tamoyil   mavjud.   Bu   tamoyil   odatdir ...”   1
,   deb   qayd   etadi.   Sabablar
mavjudligining inkorini  Yum shu bilan tushuntiradiki, sababning oqibatni  yuzaga
keltirish   jarayonini   biz   bevosita   kuzata   olmaymiz.   Sabab   haqida   biz   yuz   bergan
oqibatga qarab xulosa chiqaramiz, ammo bu voqea chindan ham ayrim sababning
oqibatimi,   degan   savolga   biz   aniq   javob   bera   olmaymiz,   chunki   sabab-oqibat
aloqasi mavjudligini biz sinov yo‘li bilan hech qachon tasdiqlay olmaymiz. 
Hozirgi   zamon   fani   sabab   obektlar   o‘rtasidagi   o‘zaro   aloqa   bo‘lib,   uning
oqibatida o‘zaro aloqaga kirishgan obektlarning ikkalasi ham o‘zgarishini aniqlash
imkonini   beradi.   Masalan,   Yerga   yirik   meteoritlar   tushishiga   ulkan   ekologik
falokatlar sabab bo‘lgan. Bir qarashda Yer jabrlangan passiv tomon, meteorit esa –
faol   tomon   bo‘lgan.   Amalda   klassik   mexanika   qonunlariga   muvofiq   Yer   va
meteoritning   to‘qnashuvi   yuz   bergan.   Buning   oqibatida   ikkala   jismda   tegishli
1 1
  Қ аранг: Юм Д. Соч.: в 2 т. – М. :  1965-1966. Т. 2. – С.  44-46.  deformasiyalar   yuzaga   kelgan.   Amaliyot   har   qanday   hodisaning   vujudga   kelishi
biron-bir omil yoki omillar bilan belgilanishini ko‘rsatadi. 
Yuz   berishi   yangi   hodisa   vujudga   kelishiga   olib   keluvchi   hodisa   sabab   deb
ataladi. Sabab ta’sirida vujudga keluvchi hodisa esa oqibat deb ataladi. 
Dunyoda barcha hodisalar, o‘zgarishlar, jarayonlar muqarrar tarzda muayyan
sabablar tufayli yuz beradi. Dunyoda sababsiz hodisalar  yo‘q va bo‘lishi mumkin
ham emas. Dunyoda barcha hodisalar sababiy belgilangan, degan qoida sababiyat
qonuni deb ataladi. Bu qonunni tan oluvchi va uni borliqning barcha hodisalariga
tatbiq   etuvchi   faylasuflar   deterministlar   deb,   sababiyat   qonunini   inkor   etuvchi
faylasuflar esa indeterministlar deb ataladi
Sabab va oqibat dialektikasi . Ichki va tashqi sabablar farqlanadi. Obektning
mohiyatini tashkil etuvchi qarama-qarshi kuchlar, tendensiyalarning o‘zaro aloqasi
sababning ichki manbai hisoblanadi. Masalan, odamlar o‘z kasalligi yoki qariligini
qayg‘u-hasrat,   muvaffaqiyatsizliklar,   og‘ir   ish   va   hokazolar   bilan   tushuntirishga
moyildirlar.   Amalda   qarilik   yoki   o‘limni   yengishga   hali   hech   kim   muvaffaq
bo‘lmagan,   chunki   qarilik   ham,   o‘lim   ham   ichki   sabablar   bilan   izohlanadi.   Shu
sababli  ba’zilar  og‘ir ish bilan shug‘ullanib ham uzoq vaqt yosh va sog‘lom bo‘lib
qoladi,   ayrim   takasaltang lar   esa   juda   tez   qariydi...   Tashqi   sabablar   turli   obektlar
o‘zaro aloqasining mahsulidir. 
Sabab   va   oqibat   munosabatlarini   orqaga   qaytarib   bo‘lmaydi.   Sabab   va
oqibatning sof chiziqli jarayon sifatidagi mexanistik talqini muqarrar tarzda sabab
va   oqibatni   orqaga   qaytarish   mumkin,   degan   xulosaga   olib   keladi.   Masalan,   Oy
qarama-qarshi  yo‘nalishda aylana boshlasa, u dastlabki  holatga kelgan bo‘lar edi.
Ammo   bu   faraz   zamirida   soxta   asoslar   yotadi:   u   sabab-oqibat   munosabatlariga
tasodifiy   omillar   to‘plami   kuchli   ta’sir   ko‘rsatishini   hisobga   olmaydi.   Dastlabki
holatga   qaytish   –   bu   mazkur   omillar   to‘plamini   amalda   mujassamlashtirish
demakdir.   Vaholanki,   ularning   hammasini   amalda   mujassamlashtirish   mumkin
emas, demak, dastlabki holatga qaytish mumkin emas. 
Sabablar   va   oqibatlarning   munosabatlari   murakkab   va   rang-barangdir.   Bir
sabab   ko‘plab   oqibatlarga   sabab   bo‘lishi   va,   aksincha,   bir   oqibat   zamirida   ko‘p sonli   sabablar   yotishi   mumkin.   Ayrim   sabablar   oqibatlar   cheksiz   zanjirining   ilk
manbai hisoblanadi. Ba’zi bir sabablar «zanjir reaksiyasi» ko‘rinishini kasb etishi,
ya’ni ikki yoki undan ortiq oqibatni yuzaga keltirishi, ular esa, o‘z navbatida, ikki
yoki   undan   ortiq   oqibatga   sabab   bo‘lishi   mumkin.   Sabablar   ichki   va   tashqi,
bevosita   va   bilvosita,   obektiv   va   subektiv   bo‘lishi   mumkin.   Subektiv   sabablar
ko‘pincha faoliyat, xulq-atvor, qilmishlarni izohlash sohasida namoyon bo‘ladi. 
Bahona   va   shart.   Sabab,   bahona   va   shartni   farqlash   lozim.   Bahonani
subektiv sabablar qatoriga kiritish mumkin. Bunda voqea yoki sherikning harakati
o‘zining, odatda, noto‘g‘ri javob harakatlarini oqlash maqsadida talqin qilinadi va
baholanadi.   Shartlar   –   amaldagi   yoki   ehtimol   tutilgan   sababning   mavjudlik
muhitini   tashkil   etadigan   ichki   omillar   va   tashqi   munosabatlar   majmuidir.
Sinergetika   muhitga   yagona   negiz,   bo‘lg‘usi   tuzilmaning   rang-barang   shakllari
manbai, rivojlanishning turli yo‘llari uchun maydon sifatida qaraydi. Sabab-oqibat
munosabatlari   tizimida   shartlarning   amaldagi   ahamiyatini   tushunish   uchun
quyidagi   misolni   ko‘rib   chiqamiz.   Fuqaro   A.   xotini   suzishni   bilmasligidan
xabardor   bo‘lgani   holda,   undan   qutulish   uchun   uni   dengiz   bo‘ylab   sayohatga
yuboradi. Oqibatda xotini suvga cho‘kib o‘ladi. Erning harakatlari xotin o‘limining
sababi   hisoblanadimi?   Bu   misol   shartlar   o‘z   holicha   oqibat   sababi   bo‘la
olmasligini,   lekin   sababning   amalga   oshishiga   ko‘maklashadigan   yoki   monelik
qiladigan omil hisoblanishini ko‘rsatadi. 
Sinergetika   sababiyat   haqida.   Sababiyat   haqidagi   falsafiy   qarashlar   uzoq
evolyusiya   jarayonini   boshdan   kechirdi.   Mexanistik   yondashuv   sababni   sirtdan
ko‘rsatilgan   ta’sir   sifatida   talqin   qiladi.   Dunyo   jismlarning   tartibga   solingan,
oldindan   aytish   mumkin   bo‘lgan   aniq   o‘zaro   aloqasi   sifatida   tasavvur   qilinadi.
Tasodifning   mavjudligi   rad   etiladi.   Sababiyat   zanjirlari   chiziqli   xususiyat   kasb
etadi, oqibat sabab ta’siriga proporsional bo‘ladi. Binobarin, sababiyat zanjirlariga
qarab   rivojlanish   jarayonining   o‘tmishini   ham,   kelajagini   ham   aniqlash   mumkin.
Ammo   ilmiy   bilimning   rivojlanishi   mexanistik   determinizmning   asossizligini
namoyish   et a di.   Sinergetika   yo‘nalishi   asoschilaridan   biri   I.R.Prigojin   mexanistik
determinizmga shunday baho beradi: «Dinamika rasionalistik modelining mahsuli sifatida tushunilgan determinizm endilikda ayrim hollardagina namoyon bo‘luvchi
xossa bilan bog‘lanadi» 1
, deb baho beradi . 
Fan   rivojlanishi   bilan   sabab-oqibat   aloqalarining   statistik   qonuniyatlari   va
ehtimoliy   tabiati   haqidagi   tasavvur   yuzaga   keladi.   Murakkab   sistemalarning   o‘z-
o‘zini   tashkil   etishi   haqidagi   fan   –   sinergetika   determinizm   talqiniga   ma’lum
aniqliklar   kiritdi.   Bir   qator   ilmiy   dalil lar   olimlar   har   qanday   tabiiy   hodisalar
stoxastik   xususiyatga   ega   va   muayyan   noaniqlik   sharoitida   yuz   beradi,   degan
xulosa chiqarishiga olib keldi. Murakkab sistemalar uchun, odatda, rivojlanishning
bir   necha   muqobil   yo‘llari   mavjud   bo‘ladi.   Sinergetika   sabab-oqibat   aloqalari
nomutanosib   sistemalarda   namoyon   bo‘lishining   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   ochib
beradi. Bu sistemalarning rivojlanishi ko‘p variantlidir. Bunda evolyusiyaning har
qanday   turi   emas,   balki   yo‘llarning   muayyan   doirasi   mavjud   bo‘lishi   mumkin.
Rivojlanishda   kutilmagan   burilishlar   yuz   berish   ehtimoli   mavjud,   chunki   u
tasodifiy   aloqalar   orqali   sodir   bo‘ladi.   Nomutanosib   sistemalar   tashqi   omillarga
o‘ta   ta’sirchandir.   Shu   bois   intensivlik   darajasiga   ko‘ra   ahamiyatsiz   bo‘lgan
ta’sirlar   ham   kutilmagan   natijalarga   olib   keladigan   shikastli   oqibatlar   sababi
bo‘lishi mumkin. 
Xullas,s abab va oqibat  o‘rtasida murakkab dialektik o‘zaro aloqa mavjud. U
quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
1)   sabab   vaqtda   oqibatdan   oldin   keladi.   Oqibat   sababdan   oldinroq   yuz
bermaydi. Ammo bu biri ikkinchisidan oldin keladigan har qanday hodisa u bilan
sababiy   bog‘lanishda   bo‘ladi,   degani   emas.   Masalan,   tun   tongdan   oldin   keladi,
lekin u tongning sababi hisoblanmaydi;
2)   sabab   muayyan   sharoitda   albatta   oqibatni   vujudga   keltiradi.   Sabab   va
oqibat   shu   darajada   bog‘liqki,   agar   sabab   yuz   bersa   va   yetarli   sharoit   mavjud
bo‘lsa, muqarrar tarzda oqibat ham yuz beradi;
3)   sabab   va   oqibat   bir-biri   bilan   o‘zaro   ta’sirga   kirishadi.   Bu   o‘zaro
ta’sirlanish   jarayonida   sababgina   emas,   balki   oqibat   ham   faol   bo‘ladi.   U   sababga
aks   ta’sir   ko‘rsatadi.   Misol   uchun,   g‘oyalar   borliqni   aks   ettiradi,   lekin,   vujudga
1 1
  Пригожин И.  Некотор ы е проблем ы  саморазвиваю щ их систем .// Вопросы философии. 1989. №8. –  С 4.  kelgach,   ijtimoiy   borliqning   o‘zgarishiga   kishilarning   amaliy   faoliyati   orqali   faol
ta’sir ko‘rsatadi;
4) ayni bir hodisa bir munosabatda sabab sifatida, boshqa bir munosabatda –
oqibat   sifatida   amal   qiladi.   Aytaylik,   yomg‘ir   –   muayyan   ob-havo   sharoitlarining
oqibati,   lekin   uning   o‘zi   yaxshi   hosildorlik   sababiga   aylanadi;   hosildorlik   esa
davlatning iqtisodiy qudratini mustahkamlash omili bo‘lib xizmat qiladi. Shu tariqa
hodisalar   o‘rtasida   sababiy   bog‘lanish   vujudga   keladi.   Ammo   biz   faqat   ikkita
alohida-alohida   hodisani   ko‘rib   chiqqanimizda,   ular   o‘rin   almashishi   mumkin
emas;
5)   sabab   va   oqibatning   o‘zaro   ta’siriga   tegishli   sharoitlar   ta’sir   ko‘rsatadi.
Sharoitlar   –   bu   shunday   bir   hodisalarki,   ular   mazkur   voqea   yuz   berishi   uchun
zarur,   lekin   o‘z   holicha   ular   bu   voqeani   oldindan   belgilamaydi.   Oqibat   yuz
berishiga   qulaylik   yaratuvchi   sharoitlar   ham,   sababning   ta’sirini   qaytaruvchi
sharoitlar   ham   bo‘lishi   mumkin.   Ayni   bir   sabab   muayyan   sharoitlarda   turli
shakldagi oqibatlar yuz berishiga olib keladi; 
6)   sababni   vaj   bilan   ayniylashtirmaslik   kerak.   Vaj   –   bu   boshqa   voqeadan
bevosita   oldin   keladigan,   uning   yuz   berishiga   imkoniyat   yaratadigan,   lekin   u   uni
vujudga   keltirmaydigan   va   oldindan   belgilamaydigan   voqea.   Vaj   harakatni
yaratmaydi, balki unga turtki beradi. 
Sababiy   bog‘lanish   tushunchasi   muhim   metodologik   funksiyani   bajaradi.
Muayyan   oqibatning   yuz   berish   sabablari   va   sharoitlarini   bilgan   holda,   inson
nafaqat   uning   yuz   berishini   bashorat   qiladi,   balki   zarur   oqibatni   yaratadi.   Bu
insonga o‘tmishni bilish va kelajakka nazar tashlash imkonini beradi. 
Zaruriyat va tasodif. . Zaruriyat va tasodif tushunchalari qadim zamonlardan
beri   faylasuflar   e’tiborini   o‘ziga   tortib   keladi.   Vaqt   o‘tishi   bilan   ularning   talqini
o‘zgargan, ayrim faylasuflar tabiatda tasodifning mavjudligini istisno etgan bo‘lsa,
ayrimlar uni mutlaqlashtirgan. Masalan, sinergetikada tasodif tushunchasi va uning
o‘ta   murakkab   sistemalar   o‘z-o‘zini   tashkil   etishidagi   roli   alohida,   hatto   ancha
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Zaruriyat   va   tasodif   kategoriyalari   bir   qator   ilmiy
yo‘nalishlar:   biologiya,   tibbiyot,   huquqshunoslik,   tarix   va   hokazolarda   muhim metodologik   ahamiyatga   egadir.   Odamlar   amaliy   faoliyatida   tasodif   omili
zaruriyatdan   kamroq   ahamiyat   kasb   etmaydi.   Ammo   ularning   dialektikasini,
qarama-qarshilikka asoslangan birligini tushunish ayniqsa muhimdir. 
Zaruriyat narsaning ichki mohiyatidan kelib chiqadi va uning ichki qonunlari,
strukturasi va tartibi bilan belgilanadi. Zaruriyat qonun tushunchasiga yaqin turadi,
muqarrar   tarzda   namoyon   bo‘ladi.   Masalan,   nosoz   tormoz   muqarrar   tarzda
avtomobil   halokatiga,   uning   yo   yaqinroqdagi   narsalar,   yo   harakatlanayotgan
boshqa avtomobillar bilan to‘qnashuviga olib keladi yoki u piyodani urib ketishiga
sabab   bo‘ladi.   Halokat   aynan   qanday   yuz   berishi,   undan   kim   jabrlanishi
mumkinligi   tasodif   bilan   bog‘liq   masaladir,   zero   yo‘lda   muayyan   paytda   istalgan
narsa   va   istalgan   odam   duch   kelishi   mumkin.   Bu   yerda   zaruriyat   avtomobilning
ichki holati bilan, tasodif – tashqi sharoit bilan belgilanadi. Zaruriyat – yuz berishi
mumkin   bo‘lgan   narsa.   Zaruriyat   –   ichki   xususiyatga   ega   hodisa,   uning   sababi
o‘zida   bo‘ladi   va   hodisalarning   ichki   o‘zaro   aloqasidan   kelib   chiqadi.   Ammo
nafaqat   ichki,   balki   tashqi   zaruriyat   ham   mavjuddir.   Masalan,   jismlarning   bir-
biriga ularning massasiga to‘g‘ri proporsional va ular o‘rtasidagi masofaga teskari
proporsional   bo‘lgan   kuch   bilan   tortishishi   zaruriyat   hisoblanadi.   Bu   tashqi
zaruriyatdir.   Tasodif   ham   ichki   va   tashqi   bo‘lishi   mumkin.   Masalan,   tirik
organizmlarning   mutasiyalari   tasodifiy   xususiyat   kasb   etadi,   ammo   ular   ichki
hodisa hisoblanadi, chunki butun organizmni qayta qurish bilan bog‘liq. Xo‘sh, bu
holda zaruriyat va tasodifni bir-biridan qanday farqlash mumkin?
Tasodif   zamirida   narsaning   mohiyati   emas,   balki   unga   boshqa   narsalar   va
hodisalarning   ta’siri   yotadi.   Zaruriyat   va   tasodif   tushunchalariga   ta’rif   berishda
odatda imkoniyat kategoriyalariga tayanadilar. Shu sababli u yuz berishi yoki yuz
bermasligi mumkin. Tasodif yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo‘lgan
narsa   sifatida   ta’riflanadi.   Zaruriyat   va   tasodifning   qarama-qarshiligi   –   ichki   va
tashqi narsalar qarama-qarshiligidir. Tasodif – tashqi omillar bilan belgilanadigan
aloqa tipidir. 
Bu   falsafiy   kategoriyalar   narsalar   va   hodisalarning   bir-biri   bilan   har   xil
tipdagi   aloqalarini   aks   ettiradi.   Zaruriyat   –   bu   hodisalar   o‘rtasidagi   ularning qonuniy   o‘zgarishi   va   rivojlanishini   belgilovchi   barqaror,   muhim   ichki   aloqalar.
Zaruriyat hodisaning, jarayonning mohiyatidan kelib chiqadi  va mazkur sharoitda
muqarrar   tarzda   yuz   beradi.   Masalan,   har   qanday   tirik   organizmning   o‘limi
muqarrardir, chunki u mazkur organizmning tabiati hamda unda yuz beruvchi ichki
jarayonlar bilan belgilanadi. 
Ammo   dunyoda   hamma   narsa   zaruriyat   sifatida   paydo   bo‘ladimi?   Yo‘q,
dunyoda tasodifiy voqealar, hodisalar ham bor. 
Tasodif   –   obektlarning   vujudga   kelishi   yoki   mavjudligining   muammoliligini
yoki muqarrar emasligini belgilovchi kategoriya; muayyan sharoitda bo‘lishi ham,
bo‘lmasligi ham mumkin bo‘lgan narsa tasodifiy hisoblanadi. Tasodif voqelikning
asosan tashqi sharoitlar, yuzaki, beqaror aloqalar va mazkur hodsa uchun ikkinchi
darajali omillar ta’sirida paydo bo‘luvchi holatlarini aks ettiradi.
Narsalar   mavjudligining   zaruriyligi   yoki   tasodifiyligi   muammosi   xususida
ikki nuqtai nazar mavjud. Ularning biri zaruriyatni mutlaqlashtiradi: dunyoda hech
qanday   tasodif   yo‘q,   hamma   narsa   muqarrar   tarzda   yuz   beradi.   Bu   nuqtai   nazar
tasodifni   rad   etib,   fatalizmga   yo‘l   ochadi.   Fatalizm   –   taqdirga,   hamma   narsa
oldindan   belgilanganiga   bo‘lgan   ishonch.   Boshqa   bir   nuqtai   nazar   tasodifning
ahamiyatini   oshirib   ko‘rsatadi.   Bu   yerda,   aksincha,   voqelikdan   har   qanday   ichki
bog‘lanishlar,   narsalarning   obektiv   belgilanganligi   chiqarib   tashlanadi:   dunyoda
faqat tasodif hukm suradi. 
Ilmiy dunyoqarash  birinchi  nuqtai  nazarni  ham, ikkinchi  nuqtai  nazarni  ham
tan   olmaydi.   Zaruriyat   va   tasodif   alohida-alohida   mavjud   bo‘lmaydi.   Ularning
o‘zaro   aloqasi   shundan   iboratki,   tasodif   zaruriyatning   namoyon   bo‘lish   shakli
sifatida va uning to‘ldiruvchisi sifatida amal qiladi. Masalan, mamlakatda amalga
oshirilayotgan islohotlar zaruriy xususiyat kasb etadi. Ularda bu islohotlarni yo‘lga
soluvchi muayyan siyosiy arboblar tasodifiy element hisoblanadi.
Zaruriyat   va   tasodif   dialektikasi   ikki   muhim   jihatni   nazarda   tutadi.
Birinchidan,   tasodif   rivojlanish   jarayonida   zaruriyatga   aylanishi   mumkin   (u   yoki
bu   biologik   turning   qonuniy   belgilari   avval   tasodifiy   og‘ishlar   sifatida   paydo
bo‘ladi   va   to‘planib   boradi,   so‘ngra   ularning   asosida   tirik   organizmning   zaruriy sifatlari   shakllanadi).   Ikkinchidan,   zaruriyat   son-sanoqsiz   tasodiflar   orqali   o‘ziga
yo‘l   ochadi.   Masalan,   jamiyatning   rivojlanishi   turli   maqsadlarni   ko‘zlovchi,   fe’l-
atvori   har   xil   bo‘lgan   kishilar   faoliyati   bilan   belgilanadi.   Bu   maqsadlar   va
intilishlarning   bog‘lanishi,   chatishuvi   va   to‘qnashuvi   pirovard   natijada
rivojlanishning   zaruriy,   muqarrar   xususiyatga   ega   bo‘lgan   muayyan   yo‘nalishiga
olib keladi. 
Dialektikaning   barcha   qonunlari   va   kategoriyalari   kabi,   zaruriyat   va   tasodif
obektiv   voqelikni   bilishning   tayanch   nuqtalari   hisoblanadi.   Bu   kategoriyalarning
funksiyalari   teng   qimmatga   ega   emas.   Bilishda   tasodif   doim   boshlang‘ich
instansiya   sifatida,   zaruriyat   –   maqsad   sifatida   amal   qiladi.   Bilish   faoliyati
tasodifdan zaruriyat sari yuksalish tarzida yuz beradi.
Zaruriyat   va   tasodif   dialektikasi .   Ichki   va   tashqi   narsalar   tushunchalari
nisbatdosh   ekanligini   e’tiborga   olish   muhimdir.   Bir   jihatdan   ichki   bo‘lgan   narsa
boshqa   bir   jihatdan   tashqi   xususiyat   kasb   etadi.   Masalan,   sayyoralarning   quyosh
sistemasi   orbitalari   bo‘ylab   harakati   bu   sayyoralarni   o‘zaro   bog‘lovchi   va   ular
aylanayotgan   orbitalar   shaklini   belgilovchi   ichki   munosabatlar   bilan   belgilanadi.
Q uyosh sistemasiga nisbatan boshqa kosmik obektlar tashqi muhitni tashkil etadi.
Ammo   quyosh   sistemasi   galaktika   elementi   bo‘lib,   yulduzlararo   makonda
muayyan   o‘rin   egallaydi.   Shu   sababli   ayni   shu   obektlar   quyosh   sistemasi
sayyoralari   evolyusiyasining   ham,   ularga   yaqin   kosmik   jismlar   evolyusiyasining
ham ichki manbai hisoblanadi. Shu boisdan zaruriyat va tasodif tushunchalari ham
nisbatdoshdir:   bir   jihatdan   tasodifiy   bo‘lgan   narsa   boshqa   bir   jihatdan   zaruriy
hisoblanadi. 
Zaruriyat   va   tasodif   qarama-qarshiliklar   bo‘lsa-da,   lekin   ular   birdir.   Har
qanday   hodisa   ichki   zaruriyat   tufayli   yuz   beradi,   ammo   uning   yuz   berishi   ko‘p
sonli tashqi omillar bilan bog‘liq bo‘lgani bois, zaruriyatni tasodif muqarrar tarzda
to‘ldiradi. Bu zaruriyat ham, tasodif ham sof holda mavjud bo‘lmasligini anglatadi.
Tasodif – zaruriyatning namoyon bo‘lish shaklidir. Zaruriyat, sabab, qonunni kashf
etish – ahamiyatsiz, tasodifiy narsalarni mavhumlashtirish demakdir.  Bir   qarashda   zaruriyat   sababiyatga   zid   bo‘lib   tuyuladi.   Bu   ziddiyat   yo
tasodifiy   hodisa   sababga   ega   emasligi   bilan,   yo   tasodifiy   hodisalar   umuman
bo‘lmasligi bilan izohlanishi mumkin. Amalda har qanday, shu jumladan tasodifiy
hodisa   ham   muayyan   sababga   ega   bo‘ladi.   XVII-XVIII   asrlarda   zaruriyat   va
tasodif talqinida tabiatda tasodif mavjud emas, degan tasavvur hukm surgan. Ingliz
faylasufi T.Gobbs: «Ertaga yog‘adigan yomg‘ir zarur, ya’ni zaruriy sabablar bilan
belgilangan;   lekin  biz  unga  tasodifiy  deb  qaraymiz  va  uni  shunday  ataymiz,  zero
amalda mavjud sabablarni hali bilmaymiz. Umuman olganda, zaruriy sababini biz
ko‘ra olmaydigan narsa tasodifiy deb ataladi»   1
, deb qayd etgan. Shunga o‘xshash
fikrni   Golbax   ham   ilgari   suradi:   «Tabiatda   biron-bir   hodisa   tasodifan   yuz   berishi
mumkin  emas;   hamma   narsa   muayyan   qonunlarga   bo‘ysunadi;   bu   qonunlar   faqat
muayyan   oqibatlarning   sabablar   bilan   zaruriy   aloqasi   hisoblanadi...   Atomlarning
tasodifiy   birikishi   haqida   gapirish   yoki   ayrim   oqibatlarni   tasodif   bilan   bog‘lash
jismlarning   harakatlanishi,   uchrashishi,   birikishi   yoki   ajralishi   qonunlarini
bilmaslikni  tan  olish  demakdir» 2
. Ko‘rib  turganimizdek,  tasodif   sababi  noma’lum
bo‘lgan   zaruriyat   sifatida   talqin   qilingan.   Sababi   aniqlangani   zahoti   tasodif
zaruriyat   sifatida   namoyon   bo‘ladi.   Bu   –   mexanistik   materializm   talqini.   Tasodif
ilmiy nazariyalardan quvg‘in qilingan, u ikkinchi darajali, yordamchi, ahamiyatsiz
omil deb hisoblangan. Tasodifning inkor  etilishidan dunyoda hamma narsa zarur,
degan   xulosa   kelib   chiqadi.   Mazkur   yondashuvning   tadrijiy   oqibati   o‘laroq
fatalizm   yuzaga   keladi:   nimaiki   yuz   bermasin,   hatto   ahamiyatsiz   voqealar   ham
zarur,   muqarrar   bo‘lib,   sabab-oqibat   aloqalarining   cheksiz   zanjiridagi   ajralmas
bo‘g‘in   hisoblanadi.   Fatalistik   tasavvur   har   qanday   voqeani   muqarrar   deb   biladi.
XIX asr boshidagina zaruriyat va tasodifning aloqasi Gegel dialektikasida ko‘rsatib
berildi. 
Imkoniyat   va   voqelik.   Imkoniyat   va   voqelik   kategoriyalarida   borliqning
o‘zgaruvchanligi, dinamikasi, uning o‘zgarish tendensiyalari o‘z aksini topadi. 
Imkoniyat   rivojlanishning   obektiv   tendensiyalarini   aks   ettiradi,   u   qonuniyat,
zaruriyatga,  o‘zgarayotgan  narsaning  muhim  tomonlariga muvofiq yuzaga  keladi.
1 1
 Гоббс Т. О теле // Избр. произв.: в 2 т. Т. 1. М.:  –  С. 158  -  159. 
2 2
 Гольбах. Здравый смысл // Избр. антирелигиозные произведения: в 2 т. Т. 1. М.:  – С.  35.  Shuningdek,   Imkoniyat   –   narsaning   uning   tugallanmagan,   potensial
rivojlanishidagi   obektiv   mavjud   bo‘lgan   va   ichdan   belgilangan   holatini   aks
ettiruvchi   falsafiy   tushuncha .   Har   bir   vaziyatda   imkoniyatlarning   muayyan
to‘plami   mavjud   bo‘lib,   ulardan   biri   amalga   oshgani   boshqalari   chetda   qolganini
anglatadi. Imkoniyatlarning «kurashi» va amalga oshish xususiyatiga ichdan zarur
tendensiyalarga   nisbatan   tasodifiy   hisoblangan   sharoitlar   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatadi.
Shu   sababli   voqelik   doim   ichki   va   tashqi,   mohiyat   va   hodisa,   zaruriyat   va
tasodifning   dialektik   birligidan   iborat   bo‘ladi.   Ijtimoiy   rivojlanish   va   tabiatning
o‘zgarishi   sohasida   imkoniyatning   voqelikka   aylanishi   kishilarning   ongli   yo‘l
tanlashi va faoliyati bilan tartibga solinadi. 
Ammo   imkoniyat   qanday   obektiv   asoslarga   ega   bo‘lsa,   imkonsizlik   ham
shunday   obektiv   asoslarga   egadir.   Imkonsizlik   –   ikoniyatga   zid   tushuncha.
Imkonsizlik   tushunchasi   ikki   xil   ma’no   kasb   etadi.   Birinchi   –   predmetning
tabiatiga mos kelmaydigan narsa  bo‘lishi  mumkin emas. Masalan,  arpa urug‘idan
bodring   yetishtirish   mumkin   emas.   Imkonsizlik   tushunchasining   boshqa   bir
ma’nosi   imkoniyat   va   zaruriyat   kategoriyalarining   munosabatlari   bilan   bog‘liq.
Zaruriyat va imkoniyat – bir zanjir bo‘g‘inlari: rivojlanayotgan predmet zaruriyati
uning   boshqa   bir   holati   bo‘lishi   mumkinligini   belgilaydi.   Ammo   predmetning
rivojlanishida,   odatda,   ko‘p   sonli   muqobil   imkoniyatlar   mavjud   bo‘lgani   bois,
ulardan birini tanlash zaruriy hisoblanmaydi. Bir imkoniyatning ro‘yobga chiqishi
qolgan   imkoniyatlarni   ro‘yobga   chiqarish   imkonini   bermaydi.   Tuzatib
bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelgan qabul qilgan qarori, o‘ylamasdan sodir etgan
qilmishidan   afsus   chekmagan   odam   topilmasa   kerak.   Ba’zan   imkonsizlik   boy
berilgan   imkoniyat   tarzida   mavjud   bo‘ladi.   Bu   holda   imkoniyat   imkonsiz
bo‘lmagan   narsa   sifatida   va   ayni   vaqtda   zarur   bo‘lmagan   narsa   sifatida   namoyon
bo‘ladi. 
Voqelik   –   amalga   oshgan,   aktuallashgan   borliqni   tavsiflovchi   falsafiy
kategoriya: voqelik amalga oshgan imkoniyat hisoblanadi. 
Voqelik   tushunchasi   ikki   ma’noda   ishlatiladi.   Birinchidan,   voqelik   –   bu
mavjud   borliq,   biz   yashayotgan   dunyo,   uning   ongimizdagi   in’ikosidir.   Voqelik tushunchasi   ayrim   predmetning   borlig‘iga   ham   tegishlidir.   Bu   ma’noda   u
obektning   holatini   tavsiflovchi   mazkur   lahzadir.   Ikkinchidan,   voqelik   ro‘yobga
chiqqan   imkoniyat   sifatida   tavsiflanadi.   Bu   ma’noda   voqelik   tushunchasi
imkoniyat   kategoriyasining   nisbatdoshi   hisoblanadi.   Ular   bir-biriga   o‘tuvchi
qarama-qarshiliklardir.   Imkoniyat   potensial,   voqelik   esa   aktualdir.   Imkoniyat   –
abstrakt   va   mazmun   jihatidan   qashshoq   tushuncha.   Voqelik   –   muayyan   va
mazmunan   boy   tushuncha,   chunki   u   ko‘p   sonli   xossalar,   individual   betakror
jihatlarni o‘z ichiga oladi. 
Har   bir   predmet   ko‘p   sonli   aloqalar   yuzaga   kelishiga   zamin   yaratuvchi
muayyan   muhitda   mavjud   bo‘ladi.   Shu   sababli   muhim   yoki   ikkinchi   darajali,
tasodifiy yoki zaruriy bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘p sonli imkoniyatlar mavjuddir.
Imkoniyatning ro‘yobga chiqishida ichki va zaruriy aloqalar muhim rol o‘ynaydi,
ammo   uning   ro‘yobga   chiqish   shartlari,   garchi   ular   tasodifiy   xususiyatga   ega
bo‘lsa-da,   rivojlanish   jarayoniga   sezilarli   darajada,   ba’zan   hal   qiluvchi   ta’sir
ko‘rsatadi.   Ayni   shu   sababli   voqelik   ham   zaruriy   va   tasodifiyning   birligi
hisoblanadi. 
Imkoniyatlarning turlari . Real va formal, abstrakt va muayyan imkoniyatlar
farqlanadi.   Real   imkoniyat   imkoniyatni   voqelikka   aylantirishi   mumkin   bo‘lgan
shart-sharoitlar mavjudligini anglatadi. Formal imkoniyat rivojlanishning tasodifiy
omillari   mahsulidir.   Masalan,   rasman   har   bir   fuqaro   deputat,   millioner   yoki   ko‘p
bolali   bo‘lishi   mumkin.   O‘z-o‘zidan   ravshanki,   aksariyat   fuqarolar   uchun   bu
imkoniyat voqelikka aylanmasligi ham mumkin. 
Abstrakt va muayyan imkoniyat  o‘rtasidagi farq – bu mohiyat va mavjudlik
o‘rtasidagi,   shuningdek   predmetning   ideal   obrazi   va   uning   inson   ongiga   bog‘liq
bo‘lmagan   obektiv   xususiyatlari   o‘rtasidagi   farqdir.   Masalan,   nikohga   kirayotgan
yoshlar bir-biri haqida, oila va umuman nikoh haqida ancha yuzaki tasavvurga ega
bo‘lishi   mumkin.  Ular   oila-nikoh   munosabatlarining  ideallashtirilgan   manzarasini
o‘z   bo‘lg‘usi   nikohiga   ko‘p   jihatdan   tatbiq   etadi.   Vaholanki,   bu   manzara   mazkur
munosabatlar   mohiyatiga   umuman   olganda   mos   kelsa-da,   lekin   ularning   butun
boyligi   va   murakkabligi   haqida   aniq   tasavvur   hosil   qilish   imkonini   bermaydi. Nikohga   kirgach,   yoshlar   imkoniyatini   o‘zlari   oldindan   ko‘ra   bilmagan   muayyan
voqelik bilan to‘qnash keladi. Yosh oiladagi kelishmovchiliklar sababi – nikohning
mohiyati   va   uning   mavjudligi   o‘rtasidagi,   abstrakt   imkoniyat   («ular   qo‘sha
qaridilar va uvali-juvali bo‘ldilar») va aksariyat jihatlarini yoshlar hatto xayollariga
ham   keltirmagan   muayyan   imkoniyat   o‘rtasidagi   ziddiyatdir.   Ayrim   falsafiy
adabiyotlarda   muayyan   va   real   imkoniyat   bilan   formal   va   abstrakt   imkoniyat
tenglashtiriladi.   Bu   holda   real   imkoniyat   uni   ro‘yobga   chiqarish   uchun   shart-
sharoit   mavjudligi   bilan,   formal   yoki   abstrakt   imkoniyat   esa   –   ayni   paytda
imkoniyatni   voqelikka   aylantirish   uchun   shart-sharoit   mavjud   emasligi   bilan
belgilanadi. 
Murakkab   sistemalar   uchun,   odatda,   rivojlanishning   bir   necha   muqobil
yo‘llari   mavjud   bo‘ladi.   Ayni   bir   muhitda   har   xil   strukturalar   vujudga   kelishi,
rivojlanish   jarayoni   ko‘p   variantli   tarzda   amalga   oshishi,   buning   natijasida
rivojlanishda   kutilmagan   burilishlar   yuz   berishi   mumkin.   Shu   bois   prognoz   va
taxminlar   ishonchsiz   yoki   yanglish   bo‘lishi   mumkin.   Shunga   qaramay,   mazkur
muhitda   evolyusiyaning   har   qanday   turi   emas,   balki   yo‘llarning   muayyan
doirasigina   mavjud   bo‘lishi   mumkin.   Muqobil   imkoniyatlar   o‘rtasidagi   miqdoriy
nisbat matematik jihatdan ehtimol tutilgan ayrim voqea yuz berishining ehtimollik
darajasi   sifatida   ifodalanishi   mumkin.   Inson   o‘z   faoliyatida   real   imkoniyatlarni
hisobga oladi va ularni voqelikka aylantirish uchun zamin hozirlaydi. 
  Bu   kategoriyalar   borliqning   prosessualligiga,   ya’ni   uning   shakllanish
jarayoniga   urg‘u   beradi.   Ma’lumki,   yo‘q   narsadan   biron-bir   yangilik   vujudga
kelmaydi,   u   faqat   eski   narsaning   muayyan   xossalari,   jihatlari   negizida   vujudga
kelishi   mumkin.   Yangi   narsaning   borlig‘i   uning   potensial   holatida   imkoniyat
hisoblanadi . Imkoniyatning yetuklik darajasi  imkonsizlikdan voqelikkacha bo‘lgan
doirada   o‘zgarishi   mumkin.   Bu   jihatdan   imkoniyatni   tavsiflashni   uning   sifat   va
miqdor   me’yorlarini   hisobga   olib   amalga   oshirish   mumkin.   Sifat   jihatidan
imkoniyatlar formal va real bo‘ladi. Amalga oshish ehtimoli past, aniqroq aytganda
nolga yaqin bo‘lgan imkoniyat formal hisoblanadi. Bunday imkoniyatga tabiiy va
ijtimoiy rivojlanish qonunlari yo‘l qo‘yadi. Shu ma’noda u tabiiy va ijtimoiy borliq qonunlariga   mutlaqo   zid   bo‘lgan   imkonsizlikdan   butunlay   farq   qiladi;   obektiv
dunyo   qonunlariga   zid   bo‘lgan   narsa   imkonsizlik   hisoblanadi.   Masalan,   boqiy
dvigatel   yasash   mumkin   emas;   insonning   umrboqiyligi   mumkin   emas   va   sh.k.
Amalga   oshishi   uchun   barcha   zarur   sharoitlar   vujudga   kelgan   real   imkoniyat
amalga   oshirishning   oliy   darajasiga   ega   bo‘ladi.   Masalan,   insonning   kosmosga
uchi sh  imkoniyati bir paytlar formal bo‘lgan, endilikda u real tus oldi. 
Imkoniyatning   miqdoriy   tavsifi   aniqroq   bo‘ladi.   Agar   imkonsizlikni   «0»
bilan,   voqelikni   esa   «1»   bilan   ifodalasak,   «0»   dan   «1»   gacha   bo‘lgan   oraliq
qiymatlarning barchasi imkoniyat darajasini tavsiflaydi. Ehtimollikning shartli o‘qi
atrofida imkoniyatning butun doirasini ko‘rsatish mumkin.

OLAMNING UNIVERSAL ALOKALARI VA RIVOJLANISh. FALSAFANING KONUN VA KATEGORIYaLARI Reja: 1.Falsafa tarixida rivojlanish xakidagi karashlar evolyusiyasi. Rivojlanish konsepsiyalari. Shakllanish, uzgarish va rivojlanish tushunchalari. 2.Barkarorlikning uzgaruvchanligi. Barkarorlik va bekarorlik nisbati. Rivojlanishning tiplari. Ochik tizimlarning evolyusiyasi. 3.Konun tushunchasi. Konunlarning turlari. Bazis va lokal konunlar. 4 .Falsafaning asosiy konulari. Karama-karshilik birlgi va kurashi konuni. Mikdor va sifat uzgarishlari dialektikasi. 5.Inkorni -inkor konuni va vorisiylik. 6 .Ka tegoriya gushunchasi na ularning turlari. Fan va falsafa kate goriyalarining tasnifi.

Axborot sivilizasiyasi davriga qadam qo‘yayotgan hozirgi zamon kishisi uchun jadal sur’atlarda o‘zgarayotgan dunyo haqidagi tasavvur uning dunyoqarashining ajralmas tarkibiy qismidir. Ammo rivojlanayotgan dunyoning yaxlit nazariy obrazini yaratish – og‘ir va mashaqqatli vazifa. Uni yechishning falsafiy yo‘li ikki yarim ming yil muqaddam boshlangan bo‘lib, shundan beri o‘tgan davr mobaynida rivojlanish falsafasi shakllangan va bosqichma-bosqich atroflicha ishlab chiqilgan. Falsafaning mazkur bo‘limi rivojlanish muammosini turli nuqtai nazarlardan o‘rganuvchi konsepsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ularning orasida dialektika, metafizika va sinergetika alohida o‘rin egallaydi. Ularning ayniqsa keng e’tirof etilgani va mufassal ishlab chiqilgani dialektikadir. Shu sababli bu bo‘limda unga asosiy e’tibor qaratiladi. Dialektikani bilish, uning tamoyillari, qonunlari va kategoriyalaridan ijodiy foydalanish har qanday soha mutaxassisi aniq dunyoqarashi va metodologik intizomining muhim sharti hisoblanadi. Dialektika nima, uning mazmuni nimadan iborat, rivojlanishning dialektikaga muqobil qanday konsepsiyalari mavjud? Dialektikaning tarixiy shakllari va xususiyatlari . «Dialektika» (yunon. dialektike – suhbat qurish san’ati) so‘zining «dialog» (yunon. dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar so‘zlashuvi) so‘zi bilan umumiy jihatlari bisyor. Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san’ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga yetish maqsadida muammoni o‘zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan. Stixiyali dialektika . Keyinchalik qadimgi mutafakkirlar ziddiyatlilik va o‘zgaruvchanlik fikr-mulohazalardagina emas, balki real borliqda ham mavjud ekanligini payqaganlar. Bu faktning tagiga yetgan ilk mutafakkirlardan biri efeslik Geraklit bo‘lgan. U dunyoni «jonli olov» yoki «ikki marta kirish» mumkin bo‘lmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. Harakatchan dunyoda vaqt o‘tishi bilan hamma narsa o‘zining dastlabki shakl-shamoyilini yo‘qotadi va asta-sekin

o‘zining qarama-qarshiligiga o‘tadi: ho‘l narsa quriydi, quruq narsa esa nam tortadi; bir narsa boshqa narsaga: sovuq issiqqa, tirik o‘likka o‘tadi. Bu mulohazalarda hozirgi talqindagi dialektikaning asoslari mujassamlashgan. Shu sababli qadimgi faylasuflarning stixiyali dialektikasini dialektikaning tarixan birinchi shakli deb hisoblash odat tusini olgan . (Bu borliq va bilishning jarayonlar mohiyatini anglab yetishga asoslanmagan sodda dialektikasidir. O‘rta asrlarda metafizika falsafadan dialektikani siqib chiqargan. Natijada dialektika odamlar ongiga diniy dunyoqarashni singdirish va mustahkamlash uchun hukmron sinflar faol foydalangan sofistika va sxolastikaga aylangan. Idealistik dialektika . Metafizika unsurlarini o‘z ichga olgan dialektikaga qaytish Yangi davr falsafasi (Rene Dekart, Benedikt Spinoza, Deni Didro va b.)da yuz bergan. Shunga qaramay dialektikaning eng yaxlit konsepsiyasini klassik nemis falsafasida Georg Gegel ta’riflyagan. Bu konsepsiya dialektikaning ikkinchi shakli deb ataladi. Gegel ilk bor dunyoni quyidan oliyga qarab boruvchi umumiy rivojlanish jarayoni sifatida tasvirlagan, rivojlanish manbai - qarama-qarshiliklar kurashini ko‘rsatib bergan, dialektikaning asosiy qonunlari va kategoriyalarini ta’riflyagan. Ammo Gegel dialektikasi idealistik xususiyat kasb etgan. Gegel dialektikasining andozasi bo‘lib obektiv borliq emas, balki uni aks ettiruvchi tafakkur xizmat qilgan. Bu nazariya chuqur dialektika g‘oyalar i : geologiyaga tatbiqan rivojlanish nazariyasi (Ch.Loel), Lamarkning evolyusion g‘oyalari, Kant – Laplas kosmologik g‘oyalari va boshqalar ilgari surilgan tabiatshunoslik asoslariga zid bo‘lgan. Materialistik dialektika . Gegel dialektikasi dialektikaning navbatdagi shakli vujudga kelishiga zamin hozirlagan. Nemis faylasuflari Karl Marks va Fridrix Engels bu zaminga tayangan holda yangi qadamni tashlash – materializmni dialektik mantiq bilan bog‘lashga harakat qilganlar. Buning natijasi o‘laroq dialektikaning uchinchi tarixiy shakli yaratilgan (XIX asrning ikkinchi yarmi). Unga amalda ilmiy bilishning rivojlanishi yo‘l ochib bergan. XIX asrning 40- yillarigacha fanning turli sohalarida yangi kashfiyotlar paydo bo‘lgan va ular tabiatni tushuntirishga nisbatan dialektik-materialistik yondashuvni tabiatshunoslik

nuqtai nazaridan asoslagan. Ularning orasida uch kashfiyot: fizikada – materiya harakati turli shakllarining o‘zaro aloqasini asoslab bergan energiyaning saqlanish va o‘zgarish qonunining aniqlanishi; biologiyada – butun jonli tabiatning (o‘simliklar dunyosining ham, hayvonot dunyosining ham) tarkibiy jihatdan yagonaligini yoritib bergan hujayra nazariyasining yaratilishi; rivojlanish g‘oyasini jonli tabiatga tatbiqan ishlab chiqqan Darvinning evolyusiya nazariyasi alohida o‘rin egallaydi. Bu sharoitda materialistik dialektika borliqning o‘xshashi, ya’ni borliqni uning o‘ziga mos ravishda fikrlash va bilish imkoniyati sifatida falsafiy tafakkurning fanga ayniqsa mos keluvchi shakliga aylangan. Materialistik d ialektikaning shakllanishida tarixni materialistik tushunish ayniqsa muhim rol o‘ynagan. Bu kashfiyot yordamida dialektikaning nafaqat materializm, balki gumanizm bilan ham sintezi amalga oshirilgan. Dialektika insonga bog‘lanmasdan, o‘z holicha emas, balki inson hayot faoliyatining konkret- tarixiy muammolari nuqtai nazaridan qarala boshlagan. Klassik dialektika. Klassik dialektikaning o‘ziga xos xususiyatlarini qayd etib o‘tamiz. Birinchidan, klassik dialektika dunyoni tushunishning shunday bir usuli hisoblanadiki, bunda borliq narsalar va hodisalarning umumiy o‘zaro aloqasi, ularning bir-birini taqozo etishi va muttasil o‘zgarishi nuqtai nazaridan anglab yetiladi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, dialektika har qanday o‘zgarish, har qanday harakat nazariyasi emas, balki o‘zgarishlarning faqat bir shakli – rivojlanish nazariyasi hisoblanadi . Dialektika rivojlanishning teran, to‘laqonli va mazmunan boy nazariyasidir. U o‘zgarish holatida bo‘lmagan biron-bir narsa tabiatda ham, jamiyatda ham, tafakkurda ham mavjud emas, chunki barcha mavjud narsalar o‘z ichki ziddiyatlariga ega va ular bu narsalarni o‘zgarishga, yangi shakl- shamoyil kasb etishga, rivojlanishga majbur qiladi, deb o‘rgatadi. Ikkinchidan, dialektika obektiv va subektiv dialektikaning mavjudligini tan oladi. Obektiv dialektika – bu tabiiy va ijtimoiy hodisalarning o‘zaro aloqasi va rivojlanishi. U subektdan, inson va insoniyatdan qat’i y nazar mavjuddir. Subektiv dialektika – bu subektning fikrlash dialektikasi va uning obektiv dunyoni bilishi.

Obektiv va subektiv dialektikaning o‘zaro nisbati qanday? Materialistik davr nuqtai nazaridan subektiv dialektika obektiv dialektikani aks ettiradi. Obektiv va subektiv dialektika mazmunan bir-biriga mos keladi (ularning umumiy jihati mazmun – borliq rivojlanishining yagona dialektik qonuniyati). Biroq, shu bilan bir vaqtda, ular shaklan bir-biridan farq qiladi, chunki tafakkur, borliqning boshqa sohalari bilan taqqoslaganda, rivojlanishning o‘z ichki mantiqiga ega. Obektiv dialektika tafakkurda, subektiv va ideal shakllarda aks etadi. Obektiv va subektiv dialektika - qarama-qarshiliklar, lekin bu qarama- qarshilik ijtimoiy-tarixiy amaliyotda «yo‘qoladi». Hamonki subektiv dialektika obektiv dialektikani aks ettirar ekan, inson obektiv dialektikani bilish va shunga muvofiq o‘zining izchil amaliy faoliyatini tashkil etish, bu faoliyat jarayonida obektiv dunyoni va o‘zini o‘zi o‘zgartirishga qodir. Inson va jamiyat amaliyotida bilimlar in’ikos shaklidan faoliyat shakliga aylanadi. Uchinchidan, fan sifatidagi dialektikaning ichki mazmuni va mantiqiy «sinchi» uning tamoyil lari, qonunlari va kategoriyalarini yaratadi. Dialektika jamuljum holda obektiv dunyoni va uni uzlyuksiz o‘zgarish va rivojlanish jarayonida bilishni aks ettiruvchi tamoyil lar, qonunlar va kategoriyalar tizimi sifatida tavsiflanadi. Bunda tamoyil lar deganda umumiy va universal, asosiy g‘ oyalar tizim i da boshqa barcha elementlarning roli va mazmunini belgilovchi mezonlar tushuniladi. Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida aloqa tamoyili va rivojlanish tamoyili ayniqsa muhim rol o‘ynaydi. Dialektika qonunlari rivojlanish jarayonidagi umumiy muhim aloqalarni aks ettiradi. Ular dialektikaning nazariyasini yaratishda muhim metodologik funksiyani bajaradi. Dialektikada umumiy qonunlar uchta: dialektik ziddiyatlilik qonuni, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni hamda inkorni-inkor qonuni. Dialektika kategoriyalari – bu eng fundamental, asosiy tushunchalar bo‘lib, ularda va ularning yordamida falsafiy fikrlash amalga oshiriladi. ( Dialektika tamoyil lari, qonunlari va kategoriyalarini biz quyida atroflicha ko‘rib chiqamiz. ) To‘rtinchidan, dialektikaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u nazariya vazifasini ham, metodologiya vazifasini ham bajaradi. Dialektika qonunlari,