logo

Kvant biofizikasi elementlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

41.6572265625 KB
Kvant biofizikasi elementlari .
Reja:
1. Murakkab atomlarning elektron qobiqlari.
2. Fotofizika va fotokimyo asoslari.
3.   Atomlar   va   molekulalar   tomonidan   energiyaning   nurlanishi   hamda
yutilishi xususiyatlari.
4. Yorug‘likning yutilish va sochilish qonunlari. Yutilish spektri.
5. Molekulaning qo‘zg‘algan holatlari va energiyaning migratsiyalanishi.
6. Erkin radikallar va erkin radikalli jarayonlar.   Lyuminessensiya va uning
turlari.
1 Mikrozarrachalar (elementar zarrachalar, atomlar, molekulalar, yadrolar) va
ulardan   tashkil   topgan   sistemalarning   harakat   qonunlarini   bayon   etish   usulini
ifodalovchi   zamonaviy   nazariya   kvant   mexanikasi   deyiladi.   Kvant
mexanikasining vujudga kelishida mikrozarrachalar to‘lqin xossalarining ochilishi
muhim   bosqich   bo‘ldi.   Zarrachalarning   to‘lqin   xossalari   haqidagi   g‘oya   dastlab
gipoteza   tarzida   fransuz   fizigi   Lui   de   Broyl   tomonidan   bayon   etilgan   edi   (1924
yilda).   Fanning   taraqqiy   borishi   bilan   kvant   mexanikasida   kashf   etilgan
qonuniyatlar   biologik   tizimlarda   ham   o‘rganilishi   natijasida   kvant   biofizikasi
biofizika fanining bir bo‘limi sifatida shakllandi. 
Ma’lumki,   hujayrada   moddalar   almashinuvining   yuksak   darajasi   har   xil
fizik va kimyoviy jarayonlar tufayli yuzaga keladi. Kimyoviy reaksiya atomlarning
qayta   gruppalanishidan   iboratdir.   Har   qanday   sof   kimyoviy   jarayonning   birinchi
bosqichi   fizik   xarakterda   bo‘ladi,   ya’ni   reaksiyaga   kirishadigan   moddalar
molekulalaridagi elektronlarning avvalgidan ko‘ra boshqacharoq bo‘ladigan yangi
holatga   o‘tib   qayta   taqsimlanishidan   boshlanadi.   Elektronlarning   qayta
taqsimlanish jarayonini  mohiyat  e’tibori  bilan kvant  nazariyasi  bayon etib beradi.
Bu   nazariya   reaksiyaga   kirishishga   qodir   bo‘lgan   barcha   moddalarda   ionlar   yoki
radikallar ko‘rinishidagi oraliq birikmalar vujudga kelishi atomlarning qo‘zg‘algan
holatga o‘tishi bilan bog‘liq deb tasdiqlaydi. 
Organizmda   biokimyoviy   reaksiyalar   elektronlarni   bir   muncha   yuqoriroq
energetik   sathga   o‘tkaza   oladigan   fermentlar,   o‘ziga   xos   katalizatorlar   borligi
tufayli   yuzaga   chiqadi.   Reaksiya   tugaganidan   keyin   ortiqcha   energiya   issiqlik
ko‘rinishida   ajralib   chiqishi   mumkin.   Molekula   elektron   konfiguratsiyasining
o‘zgarishi unga yutilgan energiya miqdoriga bog‘liq. Energiya atomdan elektronni
urib   chiqarish   uchun   yetarli   bo‘lsa,   bu   holda   musbat   ion   hosil   bo‘ladi.   Atomga
kamroq   miqdorda   energiya   berilganda   elektron   ko‘pincha   birmuncha   yuksakroq
energetik sathga o‘tadi, xolos.
Atomlar   katta-katta   energiya   porsiyalarini   yutganida   qo‘zg‘algan   holatga
o‘tadi, bu hosil bo‘ladigan oraliq moddalar kimyoviy faolligining yuksak darajaga
yetishini   ta’minlab   beradi.   Bu   hollarda   shu   birikmalardan   qaysi   birining   ustun
2 turishi   kimyoviy   reaksiyaning   qanday   konkret   sharoitlarga   o‘tishiga,   muhitning
dielektrik   doimiysiga,   ionlarning   bir-biriga   duch   kelishi   va   o‘zaro   ta’sir   qilishi
ehtimoliga bog‘liq bo‘ladi va hokazo.
Fizikada   uzoq   yillar   davomida   yorug‘lik   elektromagnit   to‘lqindir   degan
nazariya hukm surib keldi. Ammo, Plankning (issiqlik nurlanishi), Eynshteynning
(fotoeffekt)   va   boshqalarning   ishlaridan   so‘ng   yorug‘likning   korpuskulyar
xossalarga ega ekanligi ayon bo‘lib qoldi. Ba’zi fizikaviy hodisalarni  tushuntirish
uchun   yorug‘likni   zarrachalar   -   fotonlar   oqimi   deb   qarash   lozim.   Yorug‘likning
korpuskulyar   xossalari   uning   to‘lqin   xossalarini   rad   etmaydi,   balki   to‘ldiradi.
Demak,   foton   to‘lqin   xossalariga   ega   bo‘lgan   yorug‘likning   elementar
zarrachalaridir.   Boshqa   zarrachalar:   elektronlar   va   neytronlarni   ham   to‘lqin
xossalarga ega deyish mantiqqa to‘g‘ri keladi.
Xulosa   qilib   aytganda,   kvant   biofizikasi   biologik   makromolekulalardagi
elektron   struktura   tuzilishini   bu   molekulalarda   almashinishi   va   moddalarning
qo‘zg‘algan   holatida   energiya   almashinish   qoidalarini   o‘rganadi.   Kvant
biofizikasida quyidagi masalalarni o‘rganishga e’tibor qaratiladi:
 molekuladagi elektronlar tuzilishi va joylashishi;
 biologik molekulaning donor-akseptor xossalari;
 moddadagi nur yutilishidagi elektron almashinuvi;
 erkin radikallar xossalarini va erkin radikalli jarayonlar mexanizmini;
   elektron   qo‘zg‘algan   holatdagi   biokimyoviy   reaksiyalarda   energiya
almashinuvida kimyoviy lyuminessensiya mexanizmini o‘rganish va boshqalar.
1.   Murakkab   atomlarning   elektron   qobiqlari.   Vodorod   atomidagi
elektron   holatini   bayon   etuvchi   kvant   sonlaridan   murakkab   atomlarning   ayrim
elektronlari   holatini   taqribiy   xarakterlashda   foydalaniladi.   Ammo   bu   holda   hech
bo‘lmaganda,   murakkab   atomlarning   vodorod   atomidan   2   ta   muhim   farqini
hisobga olish lozim: 1) murakkab atomlarda elektronlar energiyasi ularning o‘zaro
ta’sirlashishi   natijasida   faqatgina   n   ga   emas,   l   ga   bog‘liq   bo‘ladi;   2)   farqlanish
3 Pauli   prinsipi   bilan   bog‘liqdir.   Bu   prinsipga   asosan,   atomda   4   ta   bir   xil   kvant
soniga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq elektronlar bo‘lishi mumkin emas.
Normal holatga mos keluvchi elektron konfiguratsiyalari hosil bo‘layotgan
paytda   atomning   har   bir   elektroni   minimal   energiyali   bo‘lishga   intiladi.   Agarda
Pauli   prinsipi   bo‘lmaganda   edi,   u   holda   barcha   elektronlar   eng   pastki   energetik
sathda   joylashgan   bo‘lar   edi.   Aslida   esa,   ba’zi   istesnolardan   tashqari,   elektronlar
asosan   vodorod   atomi   uchun   1-jadvalda   ko‘rsatilgan   holatlar   ketma-ketligini
egallaydi. 
H
olat
belgisi Kvant   sonlari
qiymatlari H
olat
belgis
i Kvant   sonlari
qiymatlari
n l m
l m
s n l m
l m
s
1
s 1 0 0 ±
1/2 3
p 3 1 1 ±
1/2
2
s 2 0 0 ±
1/2 3
p 3 1 -
1 ±
1/2
2
p 2 1 0 ±
1/2 3
d 3 2 0 ±
1/2
2
p 2 1 1 ±
1/2 3
d 3 2 1 ±
1/2
2
p 2 1 -
1 ±
1/2 3
d 3 2 -
1 ±
1/2
3
s 3 0 0 ±
1/2 3
d 3 2 2 ±
1/2
3
s 3 1 0 ±
1/2 3
d 3 2 -
2 ±
1/2
Kvant   nazariyasi   yadro   atrofidagi   elektronning   harakati   3   xil   bo‘lishi
mumkin, elektronning yadrodan qancha masofada turishi, demak, uning energetik
4 holati   ham   shunga   bog‘liq   deb   hisoblaydi.   Elektron   yadro   atrofida   doiraviy   yoki
elliptik   orbita   bo‘ylab   aylanishi   mumkin   va   bunda   u   o‘z   o‘qi   atrofida   aylanadi.
Elektronlar harakatining shu turini keltirib chiqaradigan kuchlar energiya kvantlari
deb xarakterlanishi va kvant sonlari bilan belgilanishi mumkin.
1.   Asosiy   kvant   soni   n.   U   butun   sonning   har   qanday   qiymatiga   baravar
bo‘lishi   mumkin   n=1,   2,   3,   4…..   va   elektron   energiyasi   bilan   uning   orbitasi
shaklini belgilab beradi. 
2.   Butun   sonlarning   0   dan   ( n-l )   gacha   bo‘lgan   qiymatiga   teng   bo‘la
oladigan qo‘shimcha kvant soni   l  bu yerda n – bosh kvant soni,  l  – azimutal kvant
soni, орбитал магнит моментини характерлайди.
3.   Mazkur   elektronning   atomdagi   orbitasi   holatini   ta’riflab   beradigan
magnit   kvant   soni   m
е ,   ya’ni   orbital   magnit   momenti   + l   dan   - l   gacha,   jumladan   0
gacha bo‘lgan har qanday butun sonlar doirasidagi qiymatga ega bo‘ladi.
4. Harakat miqdorining o‘z momenti elektron spini S elektronning o‘z o‘qi
atrofida aylanishini xarakterlaydi. Spin faqat ikkita qiymatga ega bo‘lishi mumkin:
+1/2   yoki   -1/2   o‘z   o‘qi   atrofida   qarama-qarshi   tomonga   aylanadigan   elektronlar,
ya’ni   antiparallel   spinlari   bo‘lgan   elektronlar   odatda   juft   hosil   qiladi.   juftlashgan
elektronlarga ega bo‘lgan elektron orbitalari hammadan turg‘un bo‘ladi.
Shunday qilib, elektronning atomdagi holati to‘rtta kvant soni: asosiy kvant
soni – n, azimutal kvant soni –  l , magnit kvant soni - m
е  va elektron spini – S bilan
ta’riflanishi mumkin.
Bir   xil   kvant   sonli   elektronlar   qatlam   hosil   qiladi.   Qatlamlarda   mos
ravishda K, L, M, N, О, Р.... va n=1, 2, 3, 4 ..... qatlamlar deb ataladi. Bir xil juft n
va   l   qiymatga   ega   bo‘lgan   elektronlar   vodorod   atomi   elektronning   mos   holatlari
uchun   bo‘lganidek,   qisqacha   va   h.k   deb   belgilanuvchi   qobiq   tarkibiga   kiradi.
Masalan,   1s,   2s,   2p   ....   qobiq   elektronlar   deb   ataladi.   Qobiqdagi   elektronlarning
sonini uning belgisining o‘ng tomoni tepasiga masalan, 2p 4
 deb belgilaydilar.
Atomda   elektronlarning   qobiqlar   bo‘yicha   taqsimlanishi   (elektronlar
konfiguratsiyasi)   odatda   quyidagicha   ko‘rsatiladi:   azot   uchun   1s 2
,   2s 2
2p 3
,   kaltsiy
uchun 1s 2
, 2s 2
2p 6
, 3s 2
3p 6
, 4s 2
 va hokazo. 
5 Murakkab atomlar elektronlarining energiyasi n dan tashqari l ham bog‘liq
bo‘lgani   uchun   Mendeleyev   jadvalining   tuzilishi   hamma   vaqt   ham   qatlamlar
atomlar   murakkablashib   borgan   sari   to‘ldirilmaydi.   Masalan,   kaliyda   (Z=19)   M
qatlam to`ldirilishi o`rnida (1s 2
, 2s 2
2p 6
, 3s 2
3p 6
, 3d 1
  bo`lishi mumkin edi) N qatlam
to‘ldirila   boshlaydi   va   quyidagi   elektronlar   konfiguratsiyasi   yuzaga   keladi:   1s 2
,
2s 2
2p 6
, 3s 2
3p 6
, 4s 1
. 
Hamma   vaqt   bajariladigan   umumiy   qoidaga   binoan:   uyg‘otilmagan
atomlarning   elektronlari   Pauli   prinsipiga   mos   kelib,   eng   kam   energiyali   holatni
egallaydi. Quyidagi 2-jadvalda (mashstab saqlanmagan holda) murakkab atomning
energetik   holatlari   va   ularga   mos   keluvchi   elektronlar   soni   sxematik   tarzda
ko‘rsatilgan.
Xulosa o‘rnida shu narsani ta’kidlash mumkinki, ko‘p elektronli atomning
energetik holati  umuman quyidagi  kvant sonlari  bilan aniqlanadi:  L=0, 1, 2, 3 va
hokazo   qiymatlarni   qabul   qiluvchi   atomning   to‘liq   orbital   momenti   (bu
belgilanishni   elektron   qatlamlarning   nomi   L   va   elektron   impulsi   to‘liq   momenti
bilan   almashtirib   yuborilmasligi   kerak);   J-[L-S]   dan   [L+S]   gacha   birlikdagi
invertali qiymatlarni qabul qiluvchi atomning to`liq momenti; S-atomning natijaviy
spin momenti; m
τ  ma’lum bir o’qdagi atom to’liq momenti proektsiyasining diskret
qiymatlarini aniqlovchi magnit kvant sonidir.
L
AZ = h
2 π m
j     
2.   Fotofizika   va   fotokimyo   asoslari.   Molekulaning   (atomning)   umumiy
energiyasi   (Е
um ),   elektron   energiyasi   (E),   tebranma   (E
t )   va   aylanma   (E
a )   harakat
energiyalaridan tashkil topadi: E
um =E
el + E
t + E
a  bo’lib, E
el >>E
t >>E
a  dir. Fotokimyo
6 va   fotobiologiyadagidek,   elektromagnit   spektrining   tor   200-700   nm   sohasi   bilan
ish ko‘riladi. Xalqaro yoritish komissiyasi  to‘lqin uzunligi sohalarini  quyidagicha
ifodalashni   tavsiya   etadi.   Ultrabinafsha   (UB)   nurlanish:   UB-С-100÷280   nm,   UB-
В-280÷315 nm, UB-А-315÷400 nm, ko‘rinuvchi spektr – 400-780 nm.  
Qisqa  to‘lqinli   nurlanish   energiyasi,  kimyoviy  bog‘lar  energiyasidan   katta
bo‘lib,   molekulalarni   ionlantiradi   va   kimyoviy   bog‘larni   uzadi.   Aynan   mana   shu
soha   bilan   radiobiologiya   shug‘ullanadi.   Uzun   to‘lqinli   nurlanish   modda
tomonidan yutilganda, elektronning aylanma va tebranma energiyalari oshadi. Shu
sababdan,   infraqizil   (IQ)   nurlanish   reaksiyalar   tezligini   oshiradi,   ammo   u
molekulalarda kimyoviy o‘zgarishlar keltirib chiqarishga qodir emas. 
Energiyasi   4-6   EV   (200-300   nm)   fotonlar,   oqsillar   va   nuklein   kislotalar
tomonidan   yutilib,   molekulalarni   qo‘zg‘algan   holatga,   ya’ni   molekulaning
yuqoriroq energiya sathiga (qo‘zg‘algan holatga) o‘tishiga olib keladi. Qo‘zg‘algan
molekula   kimyoviy   reaksiyaga   osonlikcha   kirishadi.   Aynan   mana   shunday
fotokimyoviy   reaksiyalar,   oxirgi   natijada   oqsillar,   nuklein   kislotalar   va   boshqa
biopolemerlarda fotobiologik effektlarga sabab bo‘lishi mumkin.
3. Atomlar va molekulalar tomonidan energiyaning nurlanishi hamda
yutilishi xususiyatlari.
Atom va molekula statsionar energetik holatlarda bo‘lishi mumkin. bunday
holatlarda ular energiya nurlantirmaydi va yutmaydi. Energetik holatlarni sxematik
tarzda   sathlar   ko‘rinishida   tavsiflaydilar   (masalan,   10.1-jadvalga   qarang).
Energiyaning   eng   pastki   sathi   asosiy   sath   hisoblanadi   va   u   asosiy   holatga   mos
keladi. 
Kvant   o‘tishlarda   atomlar   va   molekulalar   bir   statsionar   holatdan
ikkinchisiga,   bir   energetik   sathdan   ikkinchisiga   sakrashsimon   tarzda   o‘tadilar.
Atomlar holatining o‘zgarishi elektronlarning energetik o‘tishlari bilan bog‘liqdir.
Molekulalarda   energiya   elektron   o‘tishlar   natijasida   o‘zgarmay,   balki   atomlar
tebranishlarining o‘zgarishi natijasida va aylanma sathlar orasidagi o‘tishlarda ham
o‘zgarishi mumkin.
7 Atom   yoki   molekula   yuqoriroq   energetik  sathlardan   pastroqdagi   sathlarga
o‘tishlarda energiya beradi, teskari o‘tishlarda esa energiya yutadi. Asosiy holatda
atom energiyani faqat yuta oladi. Kavant o‘tishlar ikki turga ajratiladi:
1)   atom   yoki   molekulalar   elektromagnit   energiyani   nurlantirmasdan   yoki
molekulalarning boshqa  zarrachalar bilan, masalan, to‘qnashish  jarayonida o‘zaro
ta’sirlashishida   ro‘y   beradi.   Umuman   to‘qnashishlar   elastik   va   noelastik
to‘qnashishlarda farqlanadi, ulardan birinchisida atomning ichki holati o‘zgaradi va
nurlanishsiz   o‘tishlar   ro‘y   beradi,   ikkinchisida   esa,   atom   yoki   molekulalarning
kinetik energiyasi o‘zgaradi, lekin ichki holati saqlanadi;
2) fotonning nurlanishi yoki yutilishi bilan kechadigan o‘tishlar. Fotonning
energiyasi   aiom   yoki   molekulalarning   boshlang‘ich   va   oxirgi   statsionar   holatlari
energiyalarining   farqiga   teng:   hv = E
i − E
k   bu   energiyaning   saqlanish   qonunini
ifodalaydi. 
Fotonni chiqaruvchi kvant o‘tishlarni vujudga keltiruvchi sabablarga ko‘ra
nurlanish  ikki   turga  bo‘linadi.  Agar  bu  sabab  ichki   sabab  bo‘lsa   va zarracha  o‘z-
o‘zidan pastki energetik sathga o‘tsa, u holda bunday nurlanish  spontan nurlanish .
U   vaqt,   chastota   (har   xil   kichik   sathlar   orasida   ham   o‘tishlar   bo‘lishi   mumkin),
tarqalish yo‘nalishlari va qutblanishlari bo‘yicha tasodifiy va xaotikdir. (Remizov,
2005).
Nurlanishning   boshqa   bir   turi   majburiy   yoki   induksiyalangan   nurlanish
deyiladi.   U   fotonning   uyg‘ongan   zarrachalar   bilan   o‘zaro   ta’sirlashishida   (agarda
foton   energiyasi   sathlar   farqiga   teng   bo‘lsa)   vujudga   keladi.   Majburiy   kvant
o‘tishlar natijasida zarrachalardan bitta yo‘nalishda 2 ta bir xil foton tarqaladi: biri
- birlamchi (majburlovchi), ikkinchisi esa – ikkilamchi chiqarilgan.
Atom   yoki   molekulalardan   nurlanayotgan   energiya   chiqarish   spektrini,
yutilayotgani   esa,   yutilish   spektrini   shakllantiradi.   Spektral   chiziqlarning
intensivligi   bir   sekundda   yuz   beruvchi   bir   xil   o‘tishlar   soni   bilan   aniqlanadi   va
shuning   uchun   ham   nurlanuvchi   (yutiluvchi)   atomlar   miqdoriga   va   mos
o‘tishlarning   ehtimolligiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Kvant   o‘tishlar   istalgan   energetik
sathlar orasida paydo bo‘lavermaydi. Ehtimoli bo‘lgan va ehtimoli bo‘lmagan yoki
8 ehtimoli   kam   bo‘lgan   o‘tishlar   shartlarini   ta’riflovchi   tanlash   yoki   ta’qiqlash
qoidalari aniqlangan.
Ko‘pchilik atom va molekulalarning energetik sathlari ancha murakkabdir.
Sathlar   strukturasi,   demak,   spektrlar   strukturasi   ham   yolg‘iz   atom   yoki   molekula
tuzilishigagina   bog‘liq   bo‘lmasdan,   tashqi   sabablarga   ham   bog‘liq   bo‘ladi.
Elektronlarning elektromagnit o‘zaro ta’siri energetik sathlarning nozik ajralishiga
(nozik   strukturaga)   olib   keladi.   Yadrolarning   magnit   momentlari   ta’sirida   o‘ta
nozik   ajralish   (o‘ta   nozik   struktura)   yuzaga   keladi.   Atomga   yoki   molekulaga
nisbatan tashqi hisoblangan  elektr va magnit maydonlar ham energetik sathlarning
ajralishini vujudga keltiradi.
Spektrlar   turli   turli   informatsiyalar   manbai   bo‘lib   hisoblanadilar.   Eng
avvalo,   spektrlarning   ko‘rinishiga   qarab   atom   va   molekulalarni   aniqlash
(indentifikatsiyalash) mumkin, bu sifatiy spektral analiz masalalaridan hisoblanadi.
Spektral   chiziqlarning   intensivliklari   bo‘yicha   nurlanuvchi   (yutiluvchi)
atomlarning   miqdori   aniqlanadi.   Bu   miqdoriy   spektral   analizdir.   Bunda
konsentratsiyali aralashmalarni ham osonlik bilan topadilar va massasi juda kichik
(bir necha o‘n mikrogrammgacha) bo‘lgan namunalar tarkibini aniqlaydilar. 
Spektrlari   bo‘yicha   atomlarning   yoki   molekulalarning   tuzilishi,   ularning
energetik   sathlarining   strukturasi,   katta   molekulalar   ayrim   qismlarining
harakatchanligi   va   boshqalar   haqida   mulohaza   yuritish   mumkin.   Spektrlarning
atom   yoki   molekulaga   ta’sir   etuvchi   maydonlarga   bog‘liqligini   bilgan   holda
zarrachalarning   o‘zaro   joylashishlari   haqida   ma’lumotlar   olinadi,   chunki   qo‘shni
atomlar o‘z elektromagnit maydonlari vositasida ta’sirlashadilar. 
Doplerning   optik   effektiga   asosan   harakatlanayotgan   jismlarning
spektrlarini   o‘rganish   nurlanuvchining   va   nurlanishni   qabul   qiluvchining   nisbiy
tezliklarini   aniqlashga   imkon   beradi.   Agar   moddaning   spektri   bo‘yicha   uning
holati,   harorati,   bosimi   va   boshqalar   to‘g‘risida   xulosa   chiqarish   mumkinligi
nazarda   tutilsa,   u   holda   atomlar   va   molekulalar   tomonidan   energiyaning
nurlanishidan va yutilishidan tekshiish metodi sifatida foydalanishga yuksak baho
berish mumkin.
9 Atom   va   molekulalar   tomonidan   chiqariluvchi   yoki   yutiluvchi   foton
energiyasiga   (chastotasiga)   ko‘ra,   spektroskopiyani   quyidagi   turlarga   bo‘ladilar:
radio, infraqizil, ko‘rinuvchi nurlanish, ultrabinafsha va rentgen spektroskopiyalari.
Moddaning   turi   (spektr   manbai)   bo‘yicha   spektrlar   atom,   molekulyar   va   kristal
spektrlarga ajratiladi. 
10 ADABIYOTLAR
1.Ярмоне	нко С.П., Вайнсо	н А.А. Радиобиология человека 	
нживотных.
М., "Высшая школа", 2004.
2.
Remizov	.Tibbiy va biologik biofizika.	 Toshkent 	 Ibn Sino nashriyoti	
,2006.
3.
Yu.B. Kudryashov. Radiaщyunnaya 	bi	ofiz	ika ( ionnziruyush	ie 	
izlucheniya). Moskva, Fizmatlit.2004.
4. Ye	
. Ismoilov, N. Mamatqulov, G‘. Xodjaev, Q.Norboev, Biofizika 	
va radiobiologiya, Sano-standart nashriyoti, Toshkent-2018.
5.
 Radjabov A.I. Radiobiologiya, “Fan va texnologiya” Toshkent-
2018
6.
Umarova	F.T. Universitet.	 2003.
11

Kvant biofizikasi elementlari . Reja: 1. Murakkab atomlarning elektron qobiqlari. 2. Fotofizika va fotokimyo asoslari. 3. Atomlar va molekulalar tomonidan energiyaning nurlanishi hamda yutilishi xususiyatlari. 4. Yorug‘likning yutilish va sochilish qonunlari. Yutilish spektri. 5. Molekulaning qo‘zg‘algan holatlari va energiyaning migratsiyalanishi. 6. Erkin radikallar va erkin radikalli jarayonlar. Lyuminessensiya va uning turlari. 1

Mikrozarrachalar (elementar zarrachalar, atomlar, molekulalar, yadrolar) va ulardan tashkil topgan sistemalarning harakat qonunlarini bayon etish usulini ifodalovchi zamonaviy nazariya kvant mexanikasi deyiladi. Kvant mexanikasining vujudga kelishida mikrozarrachalar to‘lqin xossalarining ochilishi muhim bosqich bo‘ldi. Zarrachalarning to‘lqin xossalari haqidagi g‘oya dastlab gipoteza tarzida fransuz fizigi Lui de Broyl tomonidan bayon etilgan edi (1924 yilda). Fanning taraqqiy borishi bilan kvant mexanikasida kashf etilgan qonuniyatlar biologik tizimlarda ham o‘rganilishi natijasida kvant biofizikasi biofizika fanining bir bo‘limi sifatida shakllandi. Ma’lumki, hujayrada moddalar almashinuvining yuksak darajasi har xil fizik va kimyoviy jarayonlar tufayli yuzaga keladi. Kimyoviy reaksiya atomlarning qayta gruppalanishidan iboratdir. Har qanday sof kimyoviy jarayonning birinchi bosqichi fizik xarakterda bo‘ladi, ya’ni reaksiyaga kirishadigan moddalar molekulalaridagi elektronlarning avvalgidan ko‘ra boshqacharoq bo‘ladigan yangi holatga o‘tib qayta taqsimlanishidan boshlanadi. Elektronlarning qayta taqsimlanish jarayonini mohiyat e’tibori bilan kvant nazariyasi bayon etib beradi. Bu nazariya reaksiyaga kirishishga qodir bo‘lgan barcha moddalarda ionlar yoki radikallar ko‘rinishidagi oraliq birikmalar vujudga kelishi atomlarning qo‘zg‘algan holatga o‘tishi bilan bog‘liq deb tasdiqlaydi. Organizmda biokimyoviy reaksiyalar elektronlarni bir muncha yuqoriroq energetik sathga o‘tkaza oladigan fermentlar, o‘ziga xos katalizatorlar borligi tufayli yuzaga chiqadi. Reaksiya tugaganidan keyin ortiqcha energiya issiqlik ko‘rinishida ajralib chiqishi mumkin. Molekula elektron konfiguratsiyasining o‘zgarishi unga yutilgan energiya miqdoriga bog‘liq. Energiya atomdan elektronni urib chiqarish uchun yetarli bo‘lsa, bu holda musbat ion hosil bo‘ladi. Atomga kamroq miqdorda energiya berilganda elektron ko‘pincha birmuncha yuksakroq energetik sathga o‘tadi, xolos. Atomlar katta-katta energiya porsiyalarini yutganida qo‘zg‘algan holatga o‘tadi, bu hosil bo‘ladigan oraliq moddalar kimyoviy faolligining yuksak darajaga yetishini ta’minlab beradi. Bu hollarda shu birikmalardan qaysi birining ustun 2

turishi kimyoviy reaksiyaning qanday konkret sharoitlarga o‘tishiga, muhitning dielektrik doimiysiga, ionlarning bir-biriga duch kelishi va o‘zaro ta’sir qilishi ehtimoliga bog‘liq bo‘ladi va hokazo. Fizikada uzoq yillar davomida yorug‘lik elektromagnit to‘lqindir degan nazariya hukm surib keldi. Ammo, Plankning (issiqlik nurlanishi), Eynshteynning (fotoeffekt) va boshqalarning ishlaridan so‘ng yorug‘likning korpuskulyar xossalarga ega ekanligi ayon bo‘lib qoldi. Ba’zi fizikaviy hodisalarni tushuntirish uchun yorug‘likni zarrachalar - fotonlar oqimi deb qarash lozim. Yorug‘likning korpuskulyar xossalari uning to‘lqin xossalarini rad etmaydi, balki to‘ldiradi. Demak, foton to‘lqin xossalariga ega bo‘lgan yorug‘likning elementar zarrachalaridir. Boshqa zarrachalar: elektronlar va neytronlarni ham to‘lqin xossalarga ega deyish mantiqqa to‘g‘ri keladi. Xulosa qilib aytganda, kvant biofizikasi biologik makromolekulalardagi elektron struktura tuzilishini bu molekulalarda almashinishi va moddalarning qo‘zg‘algan holatida energiya almashinish qoidalarini o‘rganadi. Kvant biofizikasida quyidagi masalalarni o‘rganishga e’tibor qaratiladi:  molekuladagi elektronlar tuzilishi va joylashishi;  biologik molekulaning donor-akseptor xossalari;  moddadagi nur yutilishidagi elektron almashinuvi;  erkin radikallar xossalarini va erkin radikalli jarayonlar mexanizmini;  elektron qo‘zg‘algan holatdagi biokimyoviy reaksiyalarda energiya almashinuvida kimyoviy lyuminessensiya mexanizmini o‘rganish va boshqalar. 1. Murakkab atomlarning elektron qobiqlari. Vodorod atomidagi elektron holatini bayon etuvchi kvant sonlaridan murakkab atomlarning ayrim elektronlari holatini taqribiy xarakterlashda foydalaniladi. Ammo bu holda hech bo‘lmaganda, murakkab atomlarning vodorod atomidan 2 ta muhim farqini hisobga olish lozim: 1) murakkab atomlarda elektronlar energiyasi ularning o‘zaro ta’sirlashishi natijasida faqatgina n ga emas, l ga bog‘liq bo‘ladi; 2) farqlanish 3

Pauli prinsipi bilan bog‘liqdir. Bu prinsipga asosan, atomda 4 ta bir xil kvant soniga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq elektronlar bo‘lishi mumkin emas. Normal holatga mos keluvchi elektron konfiguratsiyalari hosil bo‘layotgan paytda atomning har bir elektroni minimal energiyali bo‘lishga intiladi. Agarda Pauli prinsipi bo‘lmaganda edi, u holda barcha elektronlar eng pastki energetik sathda joylashgan bo‘lar edi. Aslida esa, ba’zi istesnolardan tashqari, elektronlar asosan vodorod atomi uchun 1-jadvalda ko‘rsatilgan holatlar ketma-ketligini egallaydi. H olat belgisi Kvant sonlari qiymatlari H olat belgis i Kvant sonlari qiymatlari n l m l m s n l m l m s 1 s 1 0 0 ± 1/2 3 p 3 1 1 ± 1/2 2 s 2 0 0 ± 1/2 3 p 3 1 - 1 ± 1/2 2 p 2 1 0 ± 1/2 3 d 3 2 0 ± 1/2 2 p 2 1 1 ± 1/2 3 d 3 2 1 ± 1/2 2 p 2 1 - 1 ± 1/2 3 d 3 2 - 1 ± 1/2 3 s 3 0 0 ± 1/2 3 d 3 2 2 ± 1/2 3 s 3 1 0 ± 1/2 3 d 3 2 - 2 ± 1/2 Kvant nazariyasi yadro atrofidagi elektronning harakati 3 xil bo‘lishi mumkin, elektronning yadrodan qancha masofada turishi, demak, uning energetik 4

holati ham shunga bog‘liq deb hisoblaydi. Elektron yadro atrofida doiraviy yoki elliptik orbita bo‘ylab aylanishi mumkin va bunda u o‘z o‘qi atrofida aylanadi. Elektronlar harakatining shu turini keltirib chiqaradigan kuchlar energiya kvantlari deb xarakterlanishi va kvant sonlari bilan belgilanishi mumkin. 1. Asosiy kvant soni n. U butun sonning har qanday qiymatiga baravar bo‘lishi mumkin n=1, 2, 3, 4….. va elektron energiyasi bilan uning orbitasi shaklini belgilab beradi. 2. Butun sonlarning 0 dan ( n-l ) gacha bo‘lgan qiymatiga teng bo‘la oladigan qo‘shimcha kvant soni l bu yerda n – bosh kvant soni, l – azimutal kvant soni, орбитал магнит моментини характерлайди. 3. Mazkur elektronning atomdagi orbitasi holatini ta’riflab beradigan magnit kvant soni m е , ya’ni orbital magnit momenti + l dan - l gacha, jumladan 0 gacha bo‘lgan har qanday butun sonlar doirasidagi qiymatga ega bo‘ladi. 4. Harakat miqdorining o‘z momenti elektron spini S elektronning o‘z o‘qi atrofida aylanishini xarakterlaydi. Spin faqat ikkita qiymatga ega bo‘lishi mumkin: +1/2 yoki -1/2 o‘z o‘qi atrofida qarama-qarshi tomonga aylanadigan elektronlar, ya’ni antiparallel spinlari bo‘lgan elektronlar odatda juft hosil qiladi. juftlashgan elektronlarga ega bo‘lgan elektron orbitalari hammadan turg‘un bo‘ladi. Shunday qilib, elektronning atomdagi holati to‘rtta kvant soni: asosiy kvant soni – n, azimutal kvant soni – l , magnit kvant soni - m е va elektron spini – S bilan ta’riflanishi mumkin. Bir xil kvant sonli elektronlar qatlam hosil qiladi. Qatlamlarda mos ravishda K, L, M, N, О, Р.... va n=1, 2, 3, 4 ..... qatlamlar deb ataladi. Bir xil juft n va l qiymatga ega bo‘lgan elektronlar vodorod atomi elektronning mos holatlari uchun bo‘lganidek, qisqacha va h.k deb belgilanuvchi qobiq tarkibiga kiradi. Masalan, 1s, 2s, 2p .... qobiq elektronlar deb ataladi. Qobiqdagi elektronlarning sonini uning belgisining o‘ng tomoni tepasiga masalan, 2p 4 deb belgilaydilar. Atomda elektronlarning qobiqlar bo‘yicha taqsimlanishi (elektronlar konfiguratsiyasi) odatda quyidagicha ko‘rsatiladi: azot uchun 1s 2 , 2s 2 2p 3 , kaltsiy uchun 1s 2 , 2s 2 2p 6 , 3s 2 3p 6 , 4s 2 va hokazo. 5