Statistik modellashtirishning elementlari


Mavzu: Statistik modellashtirishning elementlari Reja: 1. Iqtisodiy-statistik modellashtirishning qo‘llanilishi. 2. Statistik va ekonometrik modellashtirish 3. Sotsiologiyada simulyatsiya simulyatsiyasi
1.Iqtisodiy-statistik modellashtirishning qo‘llanilishi. Iqtisodiy jarayonlarni vaqt davomida o‘zgarishini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki barcha iqtisodiy jarayonlar va hodisalar vaqt davomida o‘zgaruvchan bo‘ladi. Iqtisodiyotda barcha iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy-statistik modellar orqali o‘rganish natijasida u yoki bu iqtisodiy ko‘rsatkichning hozirgi holati va kelajakdagi o‘zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy-statistik modellashtirish usuli - bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining iqtisodiy faoliyati tahlili va rejalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan tadbirlardan biridir. Iqtisodiy-statistik modellashtirish iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi aloqalar o‘z mohiyatiga ko‘ra stoxastik bo‘lgan asosga tayanadi. Iqtisodiy sub’ektlar faoliyatini statistik modellashtirish zamon va makonda ularning rivojlanish jarayonini o‘rganishda asosiy o‘rin egallaydi. Bu modellar ishlab chiqarish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash uchun moslashgandir. Hatto eng takomillashgan statistik model ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarning butun aloqadorligini qamrab olishga qodir emas. Shunga ko‘ra, iqtisodiy tahlil va iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo‘llashda har doim noaniqlik elementlari mavjud bo‘ladi. Odatda, iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo‘llash samaradorligining asosiy shartlaridan biri uning real ko‘rinish va jarayonga aynan mos kelishi hisoblanadi. Iqtisodiy-statistik modellashtirishni noaniq bo‘lishligining sabablari quyidagi hollarda sodir bo‘lishi mumkin: 1. Axborotli – axborotning xatoligi , uning ko‘rsatkichlari, omillar va ob’ektlar majmuining noaniqligi. 2. Tarkibiy – aniqlanmagan xilma-xilliklarning mavjudligi. 3. Modelli – ko‘rsatkichlar va dalillar o‘rtasida bog‘lanish shakllaridan noto‘g‘ri foydalanish. Iqtisodiy-statistik kuzatuvlar olib borilganda , texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar ko‘rinishidagi, materiallar oqimidagi axborotlarga duch kelamiz. Shu nuqtai nazardan , ishlab chiqarishga - kirish axborotini , chiqish axborotiga o‘zgartirgich sifatida qaraladi. Korxona faoliyatini o‘zida mujassamlashtirgan barcha ko‘rsatkichlarni quyidagi 3 ta guruhga bo‘lish mumkin:
a) kiritiladigan ma’lumot – moddiy resurslar xarajatining ko‘lami va tarkibi (xomashyo, asosiy fondlar , ishchi kuchi va boshqalar); b) ishlab chiqarish jarayonida resurslardan foydalanish sharoiti (ishlab chiqarishning texnologik sharoiti , tabiiy sharoiti va boshqalar); c) chiqish ma’lumotlari – ishlab chiqarish natijalari (tayyor mahsulot hajmi , uning tarkibi , sifati va boshqalar). Bir tomondan chiqish ko‘rsatkichlari bilan ikkinchi tomondan barcha qolganlari o‘rtasida kiritiladigan ko‘rsatkichlar ta’siri hamda chiqish ma’lumotlarida ishlab chiqarish ehtiyojlari sharoitini o‘zida mujassamlashtirgan qandaydir qonuniy aloqa mavjud. Bunday aloqa modeliga ega bo‘lgach, iqtisodiy xarakterdagi hisob-kitoblarni olib borish hamda chiqish ma’lumotlarini boshqarish mumkin. Iqtisodiy-statistik modellarning tasnifi Modellar vazifasidan amalda rejali-iqtisodiy foydalanish tushunchasi kompleks tushunchaga ega. U o‘zida model tuzishning funktsional maqsadini, model mo‘ljallangan korxonaning ma’muriy-xo‘jalik saviyasini, undan foydalanishdagi vaqt oralig‘ini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim. Yuqoridagi tushuncha asosida model vazifasidan foydalanish modeldan aniq talablar xarakteristikasini talab etadi. Bunday xarakteristikalar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: a) modellashtirish uchun mo‘ljallangan ko‘rsatkichlar to‘plami;
b) modellashtirish uchun tadqiqotlar ko‘lami va ob’ekt rivojlanish darajasi ; v) iqtisodiy jarayonlar dinamikasining hisobot darajasi; g) o‘zgaruvchan modellarning xarakteri va to‘plami; d) modelning umumiylik darajasi. Modellashtirilayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar turi bo‘yicha resurslarni mahsulotga (ishlab chiqarish hajmi) aylantiruvchi intensiv oqimlari ko‘rsatkichi modeli bilan turli umumiylik darajasi (materiallar harajatining salmog‘i, tannarx, rentabellik, mehnat xarajatlari va boshqalar) o‘zgartiruvchi samaradorlik darajasi ko‘rsatkichlari modeli o‘rtasidagi farqni ajrata bilish kerak. Birinchi xildagi ko‘rsatkichlarni hohlagan darajadagi sanoat ob’ektlari uchun modellashtirish mumkin. Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichidan esa odatda , quyi darajadagi sanoat ishlab chiqarish tizimi uchun shaxsiy ko‘rsatkichlar modellashtiriladi. Mana shu tasnif qilingan alomatlarga ko‘ra, bir ko‘rsatkich modelidan ko‘rsatkichlar vektori shakllanish jarayonini tavsiflanayotgan modelni farq qilish lozim. Tadqiqotlar ko‘lamiga ko‘ra, ikki xildagi modellarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: 1. Korxona ichidagi. 2. Korxonalararo tahlil va rejalashtirish modellari.