LATEX DASTURIDA ANIQ TABIIY VA GUMANITAR FANLARGA OID HUJJAT YARATISH
LATEX DASTURIDA ANIQ TABIIY VA GUMANITAR FANLARGA OID HUJJAT YARATISH Reja 1. LaTeX dasturi haqida umumiy ma’lumot 2. LaTexning asosiy buyruqlari 3. LaTex dasturida hujjatni yaratish va formatlash asoslari 4. LaTex dasturida matematik formulalardan foydalanish 181
1. LaTeX dasturi haqida umumiy ma’lumot LaTeX — bu ko‘p foydalanuvchilar va nashriyotlar tomonidan foydalaniladigan eng ommalashgan Tex hujjatlarni belgilash tilining modifikatsiyasidir. U yordamida maqolalarni yoki ilmiy ishlarni terish va tayyorlashning ko‘p tomonlarini avtomatlashtirish mumkin. Nafaqat bo‘lim va sahifalarni nomerlash kabi sodda tomonlar, balki formulalarni, jadvallar, tasvirlar, kesishadigan havolalarni qo‘yish ham qo‘llab-quvvatlanadi. Ushbu mustaqil ishda LaTex dasturining imkoniyatlarini ko‘rib chiqiladi, shuningdek dasturning bir necha imkoniyatlariga misol keltirilgan. Boshlovchilar uchun eng sodda deb hisoblanadigan ish LaTeXila muharriri asosida bajariladi. LaTeX muharrirlari odatdagi muharrirlarga nisbatan formatlashning kuchliroq vositalarini taqdim etadilar. Shu bilan birga matnni yozish jarayoni soddaligicha qoladi. LaTeX o‘ziga ko‘p formula, turli tildagi elementlar, kesishishgan havola va tsitatalar, indekslar, bibliografiyalarni olishi mumkin bo‘lgan kitob, ilmiy ma’ruzalar kabi eng tarqalgan materillarni formatlash protsedurasini soddalashtirish uchun mo‘ljallangan. Albatta, barcha bu narsalarni LibreOfficeda qilish mumkin, lekin LaTexilada ularni bajarish oson, natija esa sifatliroq ko‘rinadi. Latexila — bu GTKda yozilgan Gnome qobiq uchun matnlik LaTeX muharriridir, shuning uchun, uni faqat Linuxda foydalanish mumkin. GTK (ilgari GIMP ToolKit, keyin GTK+) grafik foydalanuvchi interfeyslarini (GUI – Grapgic User Interface) yaratish uchun bepul va ochiq manbali platformalararo vidjetlar to plamidir. Windows uchun ixtiyoriy boshqa muharrirni olish mumkin, umumanʻ LaTexning sintaksisi barcha joyda bir xildir. Ubuntuda muharrirni o‘rnatish uchun birgina sudo apt install latexila latexila-data texlive-lang-cyrillic buyruqni bajarish yetarli, chunki u rasmiy repozitoriylarda bor. 182
Texlive-lang-cyrillic paketi kirillitsani me’yorida qo‘llab-quvvatlash uchun zarur. Sistema 400 megabaytga yaqin paketni yuklab oladi va o‘rnatilib bo‘lgandan so‘ng, dastur asosiy menyuda paydo bo‘ladi: 2. LaTexning asosiy buyruqlari Dastur bilan ishlashga o‘tishdan avval, LaTeXning sintaksisi va asosiy ko‘rsatmalarini ko‘rib chiqish zarur. Qutida LaTex dasturining ko‘p ishlatiladigan buyruqlari keltirilgan. Buyruqlarning umumiy sintaksisi quyidagicha: \buyruq nomi[1-parametr, 2-parametr]{1-argument}{2-argument} 183
Ko‘rsatmaning nomi registrga sezgir va u albatta og‘ma chiziq bilan boshlanishi lozim. Ba’zi buyruqlarga parametrlar uzatiladi, ular ish xususiyatlarini sozlaydilar, figurali qavslarda esa argumentlar uzatiladi, bular buyruq ishlaydigan ma’lumotlardir. Endi buyruqlarni ko‘rib chiqamiz: \documentclass — hujjat sinfini (maqola, kitob, hisobot va hokazo); tavsiflaydi; \begin —hujjat yoki blok boshini ko‘rsatadi \end — hujjat yoki blok oxiri \usepackage — joriy hujjatga LaTeX buyruqlar paketini yuklaydi (kodlash, shrift va boshqalarni sozlashga zarur) \maketitle — nomli va boshqalar bilan titul varaqni yaratadi \tableofcontents — maqola yoki kitobning mazmuni \chapter — bobni yaratadi \section — bo‘limni yaratadi \subsection — bo‘limostini yaratadi \bfseries — quyuq matn \textit — kursiv \title — hujjat sarlavhasi \author — hujjat mualifi? \date — hujjatni yaratish sanasi. LaTexning boshqa buyruqlarini internetdan olish mumkin. 3. LaTex dasturida hujjatni yaratish va formatlash asoslari Dastlab LaTeX ning yangi faylini yaratish lozim. Buning uchun “Fayl” menyusini ochib, “New” tanlanadi. Ochilgan muloqat oynasida hujjat qolipini tanlash kerak bo‘ladi. 184
So‘ngra title va author maydoniga kitob nomi va muallif ismini kiritiladi, shuningdek shu erda titul varoqda aks etib turadigan sanani kiritish mumkin: Bularning hammasi juda g‘alati tuyulishi mumkin, chunki LaTexda ishlash jarayoni ilmiy maqola yozishga emas, balki ko‘proq dasturlashga o‘xshab ketadi. LaTeXning har bir hujjati aniq tuzulishga ega, boshida akslantirishlarni sozlashlar, zarur paketlarni importlash, so‘ngra esa, hujjat tanasidagi matnning o‘zi keladi. Quyidagi satrlar asosiy parametrlarni initsializatsiyalaydilar: 185