LINUX FAYL IZIMI.


LINUX FAYL IZIMI. Reja: 1. Iararxik fayl tizimi. 2. Ishchi katalog. 3. Manzil nomlar. 4. Kataloglar bilan ishlash.
Fayl tizimi o'zida bir qancha ma'lumotlar strukturasi namoyish etgan xolda, disk bo'lagida bo'ladi hamda o'zida fayllar katalogini ushlab turadi. Fayl tizimlar asosiy foydalanuvchi hisoblangan hamda tizimni mavjudligini bildiruvchi shu bilan birga ishlashi uchun zaruriy ma'lumotlarni saqlaydi. 1. Ierarxik fayl tizimi Ierarxik struktura ko'pincha piramida ko'rinishida bo'ladi. Bunga misol tariqasida oila shajarasini kuzatuv orqali shu tipga mahsul strukturani uchratish mumkin: Otani bolasi bor, u bola o'z navbatida bir qancha bolalar ular ham ko'p bolalarga ega bo'lishi mumkin. Bu ierarxik strukturaga oila daraxti deb nomlanadi. Bog'langan fayllardan iborat bo'ladi. Bu struktura fayllarni tartiblashtirishga imkon beradi, shuning uchun ham aniq bir faylni bemalol topishingiz mumkin. Linuxning standart tizimida foydalanuvchi bitta katalogdan boshlaydi va foydalanuvchi ichida xoxlagan darajagacha yaratishi mumkin. Bir qancha kataloglar osti darajalarni yaratish orqali foydalanuvchi zaruriy darajagacha strukturasini kengaytirishi mumkin. Odatda bitta katalogosti bitta mavzuga bag'ishlanadi, masalan, odam, loyiha yoki hodisa. Mavzu katalogostida bo'limlar bo'lishi lozimmi yo'qmi shuni 1- rasm. Oila daraxti Oilaviy daraxtdek Linux fayl tizimi ham daraxt deya nomlanadi.
bildirishi mumkin. Masalan, 3.2- rasmda kotiba katalogosti o'z nomiga mos. Bu katalog uchta katalogostini saqlaydi: biznes, eslatma va shaxsiy. Biznes-katalog kotibaning har xatlarini saqlovchi fayllardan iborat bo'ladi. Agarda siz bitta mijozga ko'p xatlarni saqlamoqchi bo'lsangiz chunonchi sut ishlab chiqaruvchi korxonaga, unda katalogostini shu mijozga bag'ishlashingiz mumkin. letterj letter.2 2 -rasm. Kotibaning kataloglari. Linux fayl tizimining eng asosiy tomonlaridan biri foydalanuvchi ehtiyojiga qarab adaptatsiyalanish xususiyatga egaligi. Siz bu imkoniyatdan foydalanib sizga qulay hamda foydali holda fayllarni strukturalashtirishingiz mumkin. Oila daraxt ikabi, fayl tizimini ifodalovchi daraxt odatda yuqoridan pastga ildizlari bilan tasvirlanadi. 3.2va 3.3 rasmda daraxt fayllarni ildiz bilan bog'lash orqali ildizidan pastga o'sayotgani tasvirlangan. Yo'l oxirida oddiy fayl yoki fayl direktoriyasi bo'ladi. Yo'l oxirida oddiy faylar yoki oddiygina fayl boshqa yo'llarni ushlab turmaydi. Ma'lumotnomalarda ildizga yaqinlarni ota va ildizdan uzoqdalarni bolalar deya ataladi. Yo'l nomlanishi o'zida shoxdan tortib faylgacha bir qator nomlarni o'zida mujassamlashtiradi.
Fayl nomi Har bir fayl o'z nomiga ega. Fayl nomi uzunligi fayl tizimi taiga bog'liq bo'ladi. Linux bir nechta fayl tizimlarni qo'llab-quvvatlashdi. Zamonaviy fayl tizimlar 255 gacha simvolli nomga ega fayllarni yaratishga imkoniyat bersa, bir qancha fayl tizimlar esa qisqa fayl nomini tanlash bilan chegaralaydi. Hozirda Fayl nomida deyarli xoxlagan simvolni ishlatishingiz mumkin, lekin chalkashishdan qochish maqsadida quyidagi ro'yhatni ko'rib chiqamiz: - Bosh harflar (A-Z); - Kichkina harflar (a-z); - Raqamlar (0-9) - Tag chiziq (_) - Nuqta (.) - Vergul (,) / yoki ildiz Ildiz direktoriya har doim / (slesh) nomlanadi va shu bitta simvol bilan ifodalanadi. Boshqa fayllar bu simvolni nom sifatida ishlata olmaydi. Shu bilan