Linux operatsion tizimida OMP texnologiyasining klassik texnologiyalardan olgan usul va mexanizmlari
Linux operatsion tizimida OMP texnologiyasining klassik texnologiyalardan olgan usul va mexanizmlari mavzusida tayyorlagan Reja: 1. Obyekt va uning xossalari. 2. OMPning asosiy prinsiplari. 3. Texnologiyaning qulayliklari. 4 . Texnologiyaning qo’llash bosqichlari.
Obyektga yo’naltirilgan programmalash (OYP) zamonaviy texnologiyalardan bo’lib uning negizida obyekt (object) tushunchasi yotadi. Shuning uchun bu texnologiyani obyektga mo’ljallangan yoki ob’ektli texnologiya ham deydilar. Obyekt bizga programmalash kursining kirish qismidan ma’lum bo’lgan yozuv, aralash tip (record) tipiga o’xshashdir. Obyektga yozuvdan farqliroq nafaqat ma’lumotlar, balki ularni qayta ishlash uchun kerakli bo’lgan algoritmlar (qism programmalar) saqlanadi. Ta’rif: Obyekt bu shunday strukturadirki uning komponentalarini turli tipli o’zaro bog’liq ma’lumotlar va bu ma’lumotlarni ishlatadigan qismprogrammalar (protsedura va funksiyalar) tashkil qiladi. Obyektni ma’lumotlarning yangi tipi ham deyishimiz mumkin.Shu asosida Cumula 67 tilidan boshlab yangi OYP texnologiyasi paydo bo’ldi va keyinchalik Pascal va C++ tillarini rivojlantirdi.Texnologiyasi strukturaga va modulli programmalash texnologiyalariga suyanadi va ularni yanada kengaytiradi. Obyekt tushunchasiga misol qilib “Kompyuter”ni ham olishimiz mumkin.Kompyuter alohida qismlardan ( protsessor, monitor, klaviatura va hokazokar) iborat bo’lib,xotira hajmi,monitor kuchlanishi,tezkorlik va hokazo parametrlar bilan xarakterlanadi. Bular kompyuter haqidagi ma’limotlarni bir qismini tashkil qiladi. Bundan tashqari kompyuter turli amallarni bajaradi yoki uning ustida har xil amallar bajariladi, masalan, disklarni joylashtirish, ekranda figurani chiqarish, hisoblashni bajarish va hokazolarni bajara olamiz. Ya’ni “kompyuter” obyekt parametrlar va ular ustida bajariladigan amallar majmuassi hisoblanadi. Obyekt o’ziga xos xususiyatlarni birlashtiradi va ularni qayta ishlaydi. OMD texnologiyasi katta programmaviy ma’lumotlarni ishlab chiqishda quyidagi qulayliklar beradi:
Sohaning oddiy tabiiy tushunchalarini ishlatish va yangi tushunchalarni hosil qilish ; Programma hajmini xossa va amallarni ixchamlashtirish asosida kamaytirish,xotirani dinamik obyektlarni qo’llash natijasida tejash; Obyektlar kutubxonasini yaratish, programmani o’zgartirishni osonlashtirish; Qism programmalarni turli to’plamli formal parametrlari bilan qo’llash; Obyekt haqida to’liq ma’lumotni bir joyda birlashtirish va programma taxlashni soddalashtirish; Aytishimiz kerakki OYP texnologiyasi kamchiliklarga ham ega va qator holatlarda o’z samaradorligini ko’rsata olmaydi. Masalan, agar uning virtual metodlari qo’llanilsa programma tezkorligi pasayishi mumkin. Sodda va kichik hajmga ega bo’lgan programmalarda bu texnologiyani ishlatish maqsadga muvofiq emasdir. OMPni ishlatish programmani soddalashtirmaydi ammo programmani yaratish texnologiyasini osonlashtiradi. Bizga ma’lum bo’lgan TPas yoki BP muhitlarda OMP ga asoslangan Turbo Vision kutubxona (qism programmalar majmua) si bo’lib ishlatiladi va muloqotli (interaktiv) programmalar to’plamini loyihalash uchun katta qulayliklar yaratib beradi. OYP texnologiyasi asosiy prinsiplari (xususiyatlari). Texnologiyaning negizida uchta bosh tushunchalar yotadi. Inkapsulyatsiya (Qobiqlash). Qobiqlash ma’lumotlar to’plamini va bu to’plamni qayta ishlashga mo’ljallangan algoritmlarni (qism programmalarni ya’ni protsedura
va funksiyalarni) birlashtiri sh hisoblanadi . Natijada yangi tip obyekt (object) paydo bo’ladi. OMP muhitida ma’lumotlarni obyekt maydonlari va qism programmalarni obyekt metodlari deymiz. Qulayliklari: a) Obyekt tashqi muhitdan mustaqil bo’ladi. b) Ma’lumotlar va algoritmlari modintifatsiya qilish (o’zgartirish) osonlashadi. d) Obyektlar kutubxonasini yaratishga qulay sharoitlar paydo bo’ladi. Vorislik (Meroslik, irsiylik – meros olish). Tayyor obyektlar yordamida yangi obyektlar ketma - ketligini yaratish hisoblanadi. Eski(bosh) obyektlarga ma’lumotlar tasvirlanishi va ularni qayta ishlash metodlari yangi obyektlarga “merosiy” (otadan - o’g’ilga - nevaraga) o’tishidir. Ya’ni bosh obyektdagi maydonlar va metodlar avtomatik ravshda “otadan” “o’g’ilga” o’tadi, yangilari bilan kengaytiriladi yoki o’zgartiriladi. Qulayliklar: a) Obyekt xususiyatlarini o’zgartirishni osonlashtiradi. b) Masala qo’yilishida bosh (ota) ob’ektda mujassamlangan xususiyatlar keyinchalik yangi (o’g’il) ob’ektlarning xususiyatlari bilan kengaytiriladi. c) Murakkab programmani qadam-qadam ishlab chiqish sharoiti paydo bo’ladi.
Polimorfizm (umumiylik, o’rindoshlik). Polimorfizm deb bitta bosh (ota) obyektdan paydo bo’lgan qarindosh obyektlarning o’xshash muammolarni turlicha (o’ziga xos) usullar yordamida yechishga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, tasvirlangan qismp rogrammalar obyektlar ketma - ketligida ta’sir kuchiga ega bo’lib, har bir keying pog’onada (bosqichda) turgan obyekt o’zi ustida bu qism programma o’z ichida qo’llanilishi ham mumkin. Qulayliklari: a) Bosh ob’ektdagi metodlarda mavjud bo’lmagan xususiyatlarni key- ingi pog’onadagi ob’ektlarda hosil qilish. b) Yangi ob’ektga bosh ob’ektdagi metod nomi bilan metodni e’lon qi- lib unda yangi xossalarni kiritish. c) Ikkita bir xil metod va turli xususiyatlarni loyihalash. d) Virtuallashtirish (виртуализация), ya’ni nafaqat yangi (o’g’il) ob’ekt metodini bosh (ota) ob’ekt metodlariga murojaat qilinishini, balki teska risi ham, ya’ni bosh ob’ekt metodlarini yangi ob’ekt metodlariga murojaat qilinishini tashkil qilish. Texnologiya asoslarini qo’llash va talablarini qondirish maqsadida quyida berilganmasalaning yechimining ketma-ketligini tahlil qilamiz. Masala: Ekranda turli grafik obrazlarni (nuqta, aylana, kvadrat, chiziq) hosil qilib ularni harakatini tashkil qiluvchi programma tuzilsin: Ekran holatini quyidagi chizmada ko’rsatishimiz mumkin.