logo

Makedoniyalik Aleksandrning Baqtirya va So’g’diyonaga harbiy yurishlari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

28.99609375 KB
Makedoniyalik Aleksandrning Baqtirya va So’g’diyonaga harbiy yurishlari
Reja:
1. Aleksandr Makedonskiy ning O‘rta Osiyoga istilochilik yurishlari.
2. Aleks andr   Makedon skiy   O‘rta   Osiyoga   istilochilik   yurishlarining
oqibatlari  Iskandar   (miloddan   avvalgi   356-323   yillar)   qadimgi   dunyoning   yirik
lashkarboshi va davlat arboblaridan biri. U siyosatda o‘ta ehtiyotkor, o‘ta ayyor va
hushyor   davlat   arbobi   edi.   U   yirik   lashkarboshi   sifatida   antik   davr   harbiy
san’atining   rivojlanish   tarixida   katta   iz   qoldirdi.   Jahongir   yangi   tipdagi   otliq
qo‘shin   tuzdi,   unda   jangovor   intizom   tartib-qoidalarini   ishlab   chiqdi.   Jang   qilish
usullarini   ishlab   chiqdi.   U   tezlik,   qat’iylikni   jangdagi   g‘alabani   ta’minlaydigan
omillardan   deb   tushundi.   Mavjud   imkoniyatlarni   to‘g‘ri   tahlil   qilish,   unga   to‘g‘ri
baho bera bilish, dushmanni yaxshi o‘rganish zarurligini jang qilishning asosi deb
bildi.   Zarur   paytda   u   ehtiyotkorlik   chidam   va   matonat   bilan   ish   tutdi.   U   hech
qachon   hushyorlikni   o‘zidan   tark   etmadi.   Uning   qo‘lga   kiritgan   g‘alabalarining
boisi shundaki, u dushmanlarining bo‘sh va zaif tomonlarini yaxshi o‘rganardi. U
intizomli muntazam qo‘shin va jangovor qurollar bilan har qanday zaif dushmanni
ham, o‘ta hushyorlik ayyorlik qattiqqo‘llik va qat’iyatlik bilan kuchli raqibni ham
yengib keldi. 
Aleksandr   Makedonskiyning   otasi   Filipp   2   mil.avv.   359-336     yillarda
Makedoniya   yuksaldi.   U   armiyani   qayta   tuzdi.   Falanga-   qo‘shini   ma’lum   takibiy
qismlarga   bo‘lib   boshqarish.   Mil.avv.337   yilda   Korinf   kongressida   o‘zini   butun
GResiyaning   hukmroni   deb   e’lon   qilgan.     336   yilda   o‘z   tan   soqchisi   tomonidan
o‘ldirilgan.   Filipp Osiyoga  yurishga tayyorgar  ko‘rayotgan edi. Shu sabab  uning
o‘limiga   forslar   sababchi   bo‘lgan   degan   fikr   bor.     Uning   o‘g‘li   Aleksandr   ham
otasiga   nisbatan   ham   o‘ta   shafqatsiz   bo‘lganligini   keyingi   darvlardagi   voqealar
tasdiqlaydi. 
Aleksandar Osiyoga , ya’ni axamoniylarga qarshi yurish uchun yana 2 yil
tayyorgarlik   ko‘rgan.    Makedonlar   armiyasining   asosiy   qismini   og‘ir   qurollangan
otliq qo‘shin tashkil etgan. Lekin ular sekin harakat  qilgani uchun, Osiyoni  bosib
olishda yengil qurollanagn piyoda qushini muxim o‘rin egallagan.  
Axamoniylar   davlatini   egallashda   Axamoniylar   davlati   saroiydagi   qarama-
qarshiliklar,   sodir   bo‘lgan   voqealar   va   uning   zaiflashuvi   ham   muxim   o‘rin
egallagan. 
Mil.avv.   359   yilda   Axamoniy   podshosi   Artakserks   II   Mnemon   vafot   etadi. Uning   150   ta   farzandi   bo‘lgan.   Undan   keiyn   taxtni   egallagan   Artakserks   III   Ox
barcha   qarindoshlarini   ularning   yoshi   va   jinsiga   qaramasdan   o‘ltirib   yuboradi.
Axamoniy   podsholar   orasida   eng   qonhur   deb   tarixda   nomi   qolgan.   338   yili
Artakserks   Ox     Begoy   toshirig‘iga   binoan   o‘z   tabibi   tomonidan   zaxarlanib
o‘ldiriladi.     Undan   keyin   taxtga   Arses   o‘tiradi   va   ikki   yil   davlatni   boshqaradi.
Dastlab   Begoya   qo‘lida   o‘yinchoq   bo‘lgan   bo‘lsa,   keyinchalik   mustaqil
boshqarishga   intilgada   u   yana   Begoya   tomonidan   zaraxarlanadi.     Uning   bolalari
ham   o‘ldirilib   yuboriladi.   Shu   tariqa   Axamoniylar   oilasiga   tegishli   hech   qim
qolmagan.   Shunda   Begoya   Arsesning   troyurodnoy   brat   (amakivachasi)   bo‘lgan
Doro   III   Kodomanni    podsho deb  e’lon qiladilar.   Biroz vaqtdan keyin buni  ham
zaxarlashga uringanda, Doro uning o‘ziga shu zahar solingan qadahni ichiradi.  Bu
kurashlar   va   sapraliklardagi   mutaqillik   uchun   bo‘lgan   harakatlar   Axamonyilar
imperiyasi   zaiflashuviga   va   Makedonlar       hukmronligiga   tushib   qolishiga   olib
keladi.    
Aleksandr Osiyoga 30 ming piyoda, 5 ming otliq   askar   bilan olib borgan.
Kichik Osiyo qirg‘oqlari bo‘ylab, 150 ta kema kuzatib borgan.   Mil. avv.334- 330
yillar   davomida   Iskandar   Eronning   asosiy   viloyatlarini   bosib   olgach,   o‘zining
bosqinchilik   yurishlarini   davom   ettirish   maqsadida   miloddan   avvalgi   329   yilning
bahorida Hindiqush tog‘idan o‘tib, qadimga Baqtriya tuprog‘iga kirib keldi. Grek
manbalarida   O‘rta   Osiyodagi   ikki   daryo   oralig‘ini     Transaksoniya     deb   atashadi.
Bu paytda Baqtriya  hukmdori (satrapi) ahamoniylar urug‘idan bo‘lgan Bess edi. U
Doro III ni zaxarlab o‘ldirishda qatnashgan va o‘zini Artakserks nomi bilan podsho
deb   e’lon   qilgan.   Doro   III   ning   Baktriya   satrapi   Bess   tomonidan   o‘ldirilganligini
eshitgach,   Aleksandr   Makedonskiy   uning  orqasidan   yanada   tez   ta’qib   qilib  ketdi.
Bess  Doro III ning jasadini tashlab, Baqtriya tomon ketdi 1
. 
U   Baktriyaning   yirik   shaharlarini   egallay   boshlaydi.   Drapsaka
(Afg‘onistondagi   Anderab   shaxri),   Aorn   (shimoliy   Afg‘onistondagi
Oltindilertepa), Davlat poytaxti Bakrani (Shim.Afg‘onistondagi Balx)ni egallaydi. 
Bess   va   uning   tarfdorlari   Amudaryoning   Termizga   yaqin   joyidan   o‘tib,
1
  Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the 
earliest times Roudledge Curzon, USA, 2005 , р.4. ko‘prik   vazifasini   o‘tab   kelgan   yakkayu   yagona   kemani   yoqib   yuborishdi   va
Sug‘d   saprapligining   Nautaka   xududiga   chekinishdi.     (Qashqadaryoning   sharqiy
tomoni) tomon chekinishdi. Ularning orqasidan Aleksandr Ptolemey boshchiligida
armiyaning   bir   qismini   yuboradi.   Nautaka   qal’asida   Bessning   ittifoqchilari
baqtriyalik   Oksiart,   sug‘dlik   Spitamen   va   fors   Datafarnlar     o‘rtasida   nizo   chiqdi.
Chunki Bess o‘z ittifoqchilariga ahamoniylar zulmiga va Iskandar hujumiga qarshi
birgalashib   kurashishga   ahd   qilgan   edi.   Dastlab   ular     Bessning   niyatini   anglab
etmay,   u   bilan   birga   bo‘lishdi.   Ammo   uni,   ittifoqchilari   bilan   shohlar   kabi
munosabatda   bo‘lishga   intilayotganini   sezgan     Spitamen,   Oksiart   va   fors
Datafarnlar u bilan aloqani uzishdi va uni kishanlab Iskandarga topshirish niyatida
ekanliklarini   bildirish   uchun   uning   qarorgohiga   chopar   yubordi.   Kishanlangan
Bessni   qal’ada   qoldirib,   o‘zlari   esa   mamlakat   ichki   hududlariga   chekinishdi.
Spitamen   va   uning   ittifoqchilari   Bessni   Iskandarga   topshirish   bilan   dushman
istilolarini to‘xtatmoqchi bo‘lishdi. Chunki Iskandar Eronga yurish boshlaganda, u
o‘z   dushmani   Doro   III   ni   nomardlarcha   zaharlab   o‘ldirgan   Bessdan   o‘ch   olish
niyatida ekanligi e’lon qilgan edi. 
Ptolemey   orqasidan   katta   qo‘shin   bilan   Aleksandrning   o‘zi   yurdi.     Uning
yo‘lida   branxidlar   shahri   chiqdi.   Branxidlar   avlodlari   Milet   (Kichik   Osiyo)
shaxriga   yaqin   Appalon   Didimkiy   ibodatxonasining   ruhoniylari   bo‘lgan.   Ular
Kserks davrida ( mil. avv.481-465 yy.) O‘rta Osiyoga ko‘chirilgan edi. Branxidlar
Eron bosqini  davrida ibodatxonaning xazinasini  axamoniylarga topshirib, jonlaini
saqlab qolgan edilar. Yunonlarning qasosidan qo‘rqib O‘rta Osiyoga kelgan edilar.
Ular   mil.avv.   V     asrda   O‘rta   Osiyoga   kelgan   birinchi   yunonlar   bo‘lishgan.
Ularning shaxri Yerqo‘rg‘on yodgorligi o‘rnida bo‘lgan. Bu hozirgi kunda Qarshi
shahridan   10   km   shimolda   joylashgan.     Branxidlar   Makedonskiy   va   uning
qo‘shinlarini   non   va   tuz   va   xursandlik   bilan   kutib   olgshan   bo‘lsalar-da,
Makedonskiy ularning barchasini xoinlikda ayblab, qirib tashlaydi va shaxrini ham
vayron   qiladi.   Tarixchilardan   Arrian   va   Kvint   Kursiy   Ruflarning   xabar   berishiga
qaraganda,   Iskandar   va   uning   qo‘shinlari   o‘z   vatandoshi   sifatida   xursandchilik
bilan kutib olishga chiqqan begunoh branxidlarni qirib tashlaydi va ularning shahar va   qishloqlarining   kulini   ko‘kka   sovuradi.     Shundan   keyin   Aleksandr   Ptolemey
qo‘shinlari   bilan   birlashadi.   U   asirga   tushgan   Bessning   quloq   va   burnini   kesib,
Ekbatana   shahriga,   ya’ni     Doro   III   ning   qarindoshlari   qo‘liga   topshirish   uchun
yuboradi. U yerda Bess vaxshiyyona o‘ldiriladi. 
Nautakadan   keyin     Aleksandr   Marakanda   (Samarqand)ga   yo‘l   oladi.   Bu
Transaksoniyaning yirik shaxarlaridan biri bo‘lgan.     
Iskandar   jangda   o‘ta   berahm   bo‘lgan.   Maraqandani   egallagach,   maxalliy
tilni  yaxshi  biladigan Farnux boshchiligida   1000 ta jangchidan iborat gornizonni
qo‘yib,   o‘zi   Sirdaryo   bo‘yida   joylashgan   Kiropol   shaxrini   egallashga   ketadi.
(Kiropol-shim.Tojikistondagi   Nurtepa   yodgorligi).   U   Katvan   cho‘li,     Malguzar
tog‘liklari   va   Zamin   cho‘li   (Tojikistonning   Xo‘jand   viloyati)   orqali   borgan.   Bu
yerda   Kiropolga   yetmasdan     yozma   manbalarda   ma’lumot   berishlaricha,   7   ta
shahar   qattiq  qarshilik   ko‘rsatgan.   Arxeologik  tadqiqotlar   natijasida,   mil.avv.     V-
IV   asrlarga oid bir  necha manzilgohlar topilgan.   Ularning eng yiriklari  Xan tepa
va   Nurtepa   bo‘lgan.     Bu   yerda   bo‘lgan   jangda   hatto   Aleksandrning   o‘zi   ham
yaralangan.  Kiropolni egallab, U yerda Aleksandriya Esxatani bunyod etgan. 
U birinchi bor Ustrushonada Samarqand bilan Xo‘jand oralig‘ida tog‘liklar
qarshiligiga   uchraydi.   Biroq   Iskandar   tog‘liklar   bilan   bo‘lgan   jangda   o‘ta
shafqatsizlik qildi. 
Arrianning   yozishicha,   u   30   ming   mahalliy   aholidan   22   mingini   qirib
tashlaydi. Asirga tushishni istamagan tog‘liklarning qolganlari o‘zlarini qoyalardan
tashlab   halok   bo‘ladilar.   Bu   dahshatli   voqea   Spitamenning   "ko‘zini   ochdi".   U
Iskandar   niyatlarining   mohiyatini   to‘liq   tushunib   yetdi   va   unga   qarshi   qat’iy
kurashga   otlandi.   Iskandar   tog‘liklarni   qirib,   tezda   Sirdaryo   yoqasiga   chiqib   oldi.
Sirdaryo   bo‘yiga   Iskandarga   do‘stlarcha   sovg‘a-salomlar   bilan   Tanais
(Sirdaryo)ning   narigi   tomonidan   tiay-taradarayya   saklari   vakillari   keladi.   Shunda
Iskandar   sak   elchilarini   garovda   qoldirib,   o‘z   yaqinlaridan   bir   kishini   Tanais
ortidagi   saklar   yurtiga   ularning   urf-odatlari,   kuchi   bilan   tanishib   kelish   uchun
yubordi. Xuddi shu paytda Iskandarga Samarqanddan chopar kelib, So‘g‘dda unga
qarshi   Spitamen   boshchiligida   qo‘zg‘olon   ko‘tarilganini   xabar   qiladi.   Spitamen Samarqand   qamal   qilingan.     Farnux   boshchiligidagi   gornizon   esa,   Samarqandga
yaqin   Miyonqol   xududida   mag‘lubiyatga   uchragan   edi.     Dastlab   Iskandar
qo‘zg‘olonchilarga   qarshi   2500   jangchidan   iborat   bo‘lgan   qo‘shin   yuboradi.
Ularning kelayotganidan xabar topgan Spitamen yolg‘ondan chekinib,qulay fursat
topib   ularni   qirib   tashlaydi.     Maraqandani   ikkinchi   marta   qamal   qiladi.     Bundan
xabar topgan Iskandar tezda Samarqandga qaytadi. Bundan xabar topgan Spitamen
yana   cho‘lga   qochadi.   Lekin   Makedonskiy   ularni   ta’qib   qilmasdan,   qishloq   va
shaxar aholisini qilichdan o‘tkazadi. Qo‘lga olingan 30 so‘g‘d zadagonlari o‘limga
qo‘shiq aytib borgan. Bu Aleksandrni hayron qoldirgan.  Tarixiy manbalarga ko‘ra,
Diodor ma’lumoticha,  120 mingdan ortiq qo‘zg‘olonchi va mahalliy katta qismini
qirib tashladi.
Shu   paytda   Xo‘jand   qal’asida   qoldirilgan,   garovda   yotgan   saklar   bosh
ko‘taradilar va yunon qo‘shinlari qirib tashlanadi. Samarqand qo‘zg‘olonchilariga
Baqtriyadan yordam keladi. Voqealar tahlili shuni ko‘rsatadiki, saklar, so‘g‘dlar va
baqtriyaliklar   oldindan   bir   vaqtda   bosh   ko‘tarishga   kelishib   olishgan   ko‘rinadi.
Xuddi shu voqealardan boshlab Spitamenning nomi Iskandar va uning qo‘shinlari
uchun dahshatli bo‘lib qoldi. 
O‘rta   Osiyodagi   harbiy   vaziyat   Iskandar   uchun   juda   murakkab   edi.
Sirdaryoda saklar to‘planib, jangga shay turishdi. Samarqand Spitamen tomonidan
qamal   qilindi   va   yunon   qo‘shini   yanchib   tashlandi.   Iskandar   Sirdaryoda   ikkinchi
marotaba yarador bo‘ldi. 
Saklarning qarshiligini qaytarib turish maqsadida Sirdaryo sohilida 17 kun
ichida   mustahkam   mudofaa   devori   bilan   o‘ralgan   qal’a   qurdirdi.   qal’aga
"Aleksandriya   Esxata",   ya’ni   "Olisdagi   Aleksandriya"   deb   nom   qo‘ydi   va   unga
yunon qo‘shinlarini, kasallarni, yaradorlarni, bolalar va keksalarni joylashtirdi. Bu
shaxarning   qurilishi     saklar   uchun   muammo   bo‘lishini   anglab,   Iskandar
istehkomiga   qarshi   katta   qo‘shin   bilan   yubordi.     Uni   buzush   uchun   Kursiy   Ruf
ma’lumoticha,   o‘z   ukasi   boshchilik   qilgan.   Hujumni   birinchi   bo‘lib   Iskandar
boshladi.   Uning   jangchilari   o‘t   ochar   mashinalar   bilan     daryoni   kechib   o‘tadi.
Tadqiqotlar   natijasida   uning   Bekobod   qishlog‘i   yonidan,   ya’ni   Sirdaryoning   eng tor yeridan kechib o‘tilgan degan fikrlar bor.       Jang qattiq bo‘ldi. Saklar Iskandar
siquviga   bardosh   bera   olmadilar.     150   tasi   asir   olinadi.   Minglab   saklar   halok
bo‘ladi.   Iskandar   sahroning   ichiga   kirib   boradi.   Lekin     uning   qo‘shinlari   orasida
me’da   kasalligining   tarqalishi,   jazirama   va   suvsizlik   ham   askarlar   noroziligiga
sabab   bo‘lgan.   Vaziyat   Iskandarni   o‘z   qo‘shinlari   bilan   Aleksandriya   Esxata
qal’asiga   qaytishga   majbur   etdi.   Ko‘p   o‘tmay,   saklarning   elchilari   kelib,   undan
kechirim so‘raydi. Iskandar esa ularni xayrixohlik bilan qabul qildi. Uning maqsadi
saklar bilan munosabatni yaxshilash edi.
Spitamen   rahbarligida   makedoniyalik   bosqinchilarga   qarshi   xalq
harakati   boshlanib   ketdi.   Iskandarning   rejalari   chippakka   chiqdi.   Spitamenning
ko‘ngilli   jangchilari   ayyor   va   kuchli   dushmanga   qarshi   ochiq   kurashga   otlandi.
Agar   Spitamen   avvallari   Iskandarga   Turon   xalqlarini   fors   zulmidan   ozod   etuvchi
xaloskor   sifatida   qaragan   bo‘lsa,   endi   uni   Turon   xalqining   ayyor   va   kuchli
dushmani   ekanligini   his   etdi.   Iskandar   miloddan   avvalgi   329   yili   Baqtriya   va
So‘g‘d yerlariga kirib kelganda mahalliy aholiga itoatkor qul sifatida qaragan edi.
Uning   niyatini   Turon   zaminning   barcha   xalqi   tushundi.   Vaziyatning   jiddiyligini
tushungan Iskandar darhol Baqtriyaning bosh shahri Baqtrada (yunoncha Zariasp,
forscha   Balx)   barcha   eparxlarni   yig‘ib   qurultoy   chaqirdi.   Mahalliy   aslzodalar
Iskandarning   niyatini   darhol   tushundilar   va   barchani   qo‘zg‘olonga   tayyorladi.
qurultoyning   asosiy   maqsadi   O‘rta   Osiyoda   yunonlar   hukmronligini
mustahkamlashga   qaratilgan   edi.   Biroq,   uning   ochilishi   oldidan,   "Iskandar   qabila
boshliqlarini  Zariaspda   yig‘ib,  so‘ngra  yo‘q  qilib yuborish  niyatida emish"  degan
gap   tarqaldi.   Bunga   javoban   qurultoyning   ochilish   kuni   qo‘zg‘olonning
boshlanishiga signal bo‘ldi. 
  Mil.avv.   329-328   yilning   qishini   Aleksandr   Samarqandda   3   ming
lashkardan   iborat   qo‘shinni   qoldirib,   o‘zi   Zariaspga   qishlash   uchun   jo‘nab   ketdi.
Shunday qilib, milliy ozodlik kurashining birinchi bosqichi yakunlandi. Bularning
barchasi  miloddan avvalgi 329 yilning bahoridan to kuzigacha davom etdi. 
Qo‘zg‘olonning   ikkinchi   bosqichi   miloddan   avvalgi   328   yilning   qish
faslida   boshlandi.   huddi   shu   vaqtda   Iskandar   Zariaspda   Baqtriya   eparxlarining (hokimlarining)   qurultoyini   o‘tkazayotgan   edi.   qurultoyda   Bessni   sud   qilishdi.
Bosib olingan viloyatlarni qanday qilib boshqarish masalasi ham ko‘rildi. Iskandar
g‘arbdan   qo‘shin   chaqirdi   va   Neparx   boshchiligida   yordamchi   kuchlar   etib   keldi.
qurultoyga Ovrupo skiflaridan Iskandar bilan harbiy ittifoq tuzish maqsadida katta
sovg‘a-salomlar bilan elchilar kelishdi. Ular Iskandarga skif malikasini xotinlikka
taklif   qilishdi.   Katta   sovg‘a-salomlar   bilan   do‘stlik   aloqalarini   o‘rnatish   uchun
qadimgi   Xorazmdan   1500   otliq   askarlar   bilan   elchilar   ham   kelishdi.   Xorazm
podshosi   Farasman   elchilar   orqali   Iskandar   rozi   bo‘lsa,   unga   qora   dengiz   bo‘yi
skiflariga   qarshi   harbiy   yurishlarida   amaliy   harbiy   yordamga   tayyor   ekanligani
izhor   etadi.   Jahongir   ularga   minnatdorchilik   bildirib,   u   Hindiston   tomon   yurish
qilish niyatida ekanligini bayon etadi. Shoh Farasmon haqidagi ma’lumotni Arrian
yozib qoldirilgan. Kvint Kursiy Ruf asarida   Xorzam shoxi Fratofern deb berilgan.
Iskandar   qurultoyda   mamlakatni   boshqarishda   satrapliklar   tizimini
qoldirishni   ma’qul   topdi.   Ammo   satraplarning   pul   zarb   etish   va   o‘z   ixtiyorlarida
yollanma   qo‘shin   saqlashga   xaqqi   yo‘q   edi.   Iskandar   satrapliklarda
makedoniyaliklardan   o‘z   nazoratchilarini   kuchaytirdi.   Satrapliklarda   moliyaviy
ishlar bilan shug‘ullanuvchi maxsus javobgar kishilar saqlandi.
  2   bosqich   -Miloddan   avvalgi   328   yilning   bahorida   Iskandar   jangovor
So‘g‘dliklarni   batomom   taslim   etish   uchun   So‘g‘d     yurtiga   yana   qo‘shin   tortdi.
So‘g‘dliklar   esa   mustahkam   qal’alarga   joylashib,   yunon   satrapliklari
mahkamalariga   hujum   qiladilar.   Iskandar   o‘z   qo‘shinlarini   5   ta   otryadga   bo‘lib,
ulardan   biriga   o‘zi   bosh   bo‘ldi.     Butun   So‘g‘d     bo‘ylab   uning   shahar   va
qishloklarini   qilichdan   o‘tkazish   rejasini   ishlab   chiqdi.   Bu   davrda   Spitamen
boshchiligida   qo‘zg‘olon   butun   Sug‘dni   qamrab   olgan,   ularga   baktriyaliklar   va
saklar   ham   qo‘shilgan   edi.   Diodor   Sitsiliskiy   yozishicha,   Sug‘d   qishloqlaridan
120   000   odamni   qilichdan   o‘tkazgan.   Natijada   Sug‘d   davlati   xuvvullab   qolgan.
Aleksandr o‘z sarkardalariga  Sug‘dda shaxarga asos  solish kerakligini buyurgan. 
So‘g‘d     va   Baqtriyadagi   qishloq   va   shaharlar   har   xil   yo‘llar   bilan   bosib
olindi.   Ksenippa   (Qashqadaryoning   janubi   –g‘arbiy   tomonida)     bosib   oladi.
Iskandar Samarqandga alohida otryad yuborib, uning qo‘lga kiritgan har bir parcha yeriga yunon mustamlakachilarini joylashtirishni  topshirdi. Ammo Spitamen ham
qarab turmadi. U Iskandar qo‘shinlari qarshisida kutilmagan paytda paydo bo‘lib,
unga   zarba   berar,   yana   yashirinib   g‘oyib   bo‘lardi.   Spitamenning   harbiy   taktikasi
ayyor   Iskandar   va   uning   qo‘shinlarini   g‘aflatda   qoldirdi,   Iskandarning
ayg‘oqchilari   Spitamenning   mamlakatning   shimolidagi   massaget   va   daxlar
jamoasida ular bilan birga yana bosqinchilarning asosiy qo‘shinlariga qattiq zarba
berishga   tayyorgarlik   ko‘rayotganligidan   xabar   topadi.   Iskandar   uning   ustiga
o‘zining   tajribali   lashkarboshilaridan   ikkitasini   qo‘shin   bilan   yuboradi.   Ammo
ustamon   Spitamen   kutilmaganda   600   otliq   yigitlari   bilan   endi   Baqtriyada   paydo
bo‘ladi   va   Zariaspga   hujum   qiladi.   Krater   rahbarligida   tezda   u   tomonga   kuchli
qo‘shin   yuboriladi.   Bundan   xabar   topgan   Spitamen   endi   cho‘lga   chekinadi   va
kutilmaganda   So‘g‘d     istehkomlaridan   biri,   massagetlar   yurtiga   yaqin   joylashgan
Baga qal’asida paydo bo‘ladi. Bu qal’a quyi Zarafshon xududida joylashgan bo‘lib,
uni Buxoro yoki Qalai-Dabus  qal’asi bo‘lsa kerak deb hisoblaydilar. 
Arrianning   xabar   berishicha,   Spitamen   3   ming   kambag‘al   massagetlarni
Iskandarga   qarshi   qo‘ya   oldi.   Ammo   harbiy   kuchlar   teng   bo‘lmagan   jangda   u
yengiladi   va   800   ta  suvoriyini   yo‘qotadi.   Jangda   omon  qolgan   suvoriylar   esa   uni
tark   etadi.   Yunon   tarixchilarining   ma’lumotiga   ko‘ra   massagetlar   o‘sha   jangdan
keyin   Spitamenning   boshini   tanasidan   judo   qilib,   Iskandarga   yuborgan.   Kvint
Kursiy   Ruf   esa   u   o‘z   sevimli   hotinining   qurboni   bo‘lganligini,   uning   oilasi
Spitamenni Iskandarga taslim bo‘lishga ko‘ndira olmagach, uni uyqusida kallasini
olib, Iskandarning qarorgohiga olib borganligini ta’kidlaydi. 
Spitamenning   o‘limi   So‘g‘d     xalqining   dushmanga   qarshi   milliy   ozodlik
kurashining   ikkinchi   bosqichida   xotima   bo‘ldi.   Spitamen   kurashining   ikkinchi
bosqichida   yerli   o‘troq   aholi   garchi   Iskandarning   satrapliklariga   bo‘ysunishdan
bosh   tortsa-da,   bosqichilarga   qarshi   janglarda   faol   qatnashmadi.   Ozodlik
urushining ikkinchi bosqichi davomida Spitamen ko‘chmanchi daxlar, massagetlar
va   boshqa   sak   qabilalaridan   tashkil   topgan   ko‘ngillilarga   suyandi.   Bu   davrda
Iskandar   So‘g‘d     va   Baqtriyadagi   barcha   qal’alarni   vayron   qilib,   ularga   yunon
lashkarlarini joylashtirdi. Ular  Iskandarning joylardagi "ko‘z-qulog‘i" va tayanchi edi. Shunday qilib, Iskandar So‘g‘diyonani ikkinchi marta o‘ziga bo‘ysundirdi.
Mil.avv.   328-327   yilning   qishini   u   Nautakada   o‘tkazdi.     Mil.avv.   327
yilning   boshidan   Aleksandr   tomonidan   O‘rta   Osiyoni   bosib   olishning   uchinchi
yakunlovchi bosqichi boshlanadi.  
So‘g‘d  vatanparvarlarining yunon mustamlakachilariga qarshi kurashining
uchinchi   bosqichi   boshqacha   xarakter   kasb   etdi.   Endi   So‘g‘dning   dehqonlari
dushmanga   qarshi   faol   harakat   qilmadi.   Ularning   ikki   yillik   urush   davomida
ekinzorlari   izdan   chiqqan   edi.   Tinchligi   buzilgan   dehqonlar   ekin-tekinlarini   eka
olmay qoldilar. Ko‘chmanchilarning esa Spitamen o‘limidan keyin qanday qarorga
kelganligi   xaqida   manbalarda   hech   qanday   ma’lumot   saqlanmagan.   Shunisi
ma’lumki,   hali   xalqing   qarshiligi   batamom   so‘nmagan   edi.   Kutilmagan   joyda
qarshilik   alangasi   paydo   bo‘lishi     mumkin   edi.   Bu   Iskandarni   tashvishga   solardi.
Shuning uchun miloddan avvalgi 328 yil So‘g‘d   xalqining Iskandarga qarshi faol
kurashi   tarixida   Iskandar   uchun   keskin   burilish   yili   bo‘ldi.   Endi   Iskandar
avvalgidek  mahalliy  aholiga  qarshi  qahr-g‘azabini   o‘ylanibroq  sochadigan   bo‘ldi.
U   endi   mahalliy   aholiga   yaqinlashish,   ular   bilan   til   topish   yo‘lini   qidirdi.   Shu
maqsadda   mahalliy   aslzodalarni   shoh   saroyiga   yaqinlashtirdi,   o‘zi   boshqalarga
o‘rnak   sifatida   tub   aholi   urf-odatlari,   xulq-atvorini   o‘zlashtirishga   kirishdi.   Biroq
uning bu  harakati  yunonlar  orasida  noroziliklarga  olib keldi.  Ammo Iskandar   o‘z
yo‘lidan   qaytmadi.   Kim   unga   ochiq   norozilik   qarshiligini   ko‘rsatsa,   boshini
tanasidan judo etdi. Shu yo‘lda uning eng yaqin do‘sti, mohir lashkarboshi Klit va
saroy   tarixchilaridan  Kallisfonlar   qurbon   bo‘ldilar.  Iskandarning   bu  siyosati   unga
qarshi   saroy   fitnasini   keltirib   chiqardi.   Jahongir   buni   ham   o‘z   vaqtida   sezib,
tashkilotchilarni   qatl   qildirdi.   Iskandarning   bu   siyosatini   ko‘rgan   mahalliy
aristokratiyaning   bir   qismi   unga   yaqinlashdi,   do‘stlik   qon-qarindoshlik   iplarini
tiklash   yo‘lini   axtardilar.   Lekin   Iskandar   siyosatining   o‘zgarishiga   ishonchsizlik
bilan   qaragan   tub   aholi,   aslzodalarning   boshqa   bir   qismi   mustahkam   tog‘
qal’alariga   chekinib,   o‘zlari   uchun   yorug‘   kunlar   kelishini   kutardi.   Iskandar
o‘zining   qonxo‘r   otryadlarini   tog‘larda   joylashgan   ana   shu   qal’alarni   egallash
uchun   yubordi.   Makedoniyalik   Iskandarning   ana   shu   yurishi   So‘g‘d     xalq   milliy ozodlik kurashining uchinchi bosqchini tashkil etdi.
Miloddan avvalgi 327 yilning qishini Iskandar Nautakda o‘tkazdi. Bahorda
Nautaka   atrofidagi   qal’alarni,   Gabaza,   Pareytakena,   (Surxondaryo   xududi)
Bubukena(Tojikiston janubi) kabi  shaxarlarni egalladi. 
Xisor   va   Qo‘hitong   tog‘larida   ham   mustaxkam   qal’alar   bor   edi.       Bular
Arimas,   Sisimetr   va   Xorien   qal’alari   bo‘lib,   bu   qal’alari   ularning   egalari   nomlari
bilan atalgan. Sisimetr Darband qishlog‘i yaqinida (Qashqadaryo va Surxondaryo
chegarasi xudularida). Sug‘d qal’asida baqtriyalik Oksiartning             oilasi - xotini,
bolalari   va   go‘zal   qizi   Roksana   yashar   edi.   Yunon   tarixchilarishshg   yozishicha,
Baqtriya   va   So‘g‘diyonadagi   tog‘lar   orasida   4   ta   juda   mustahkam   qal’alar
joylashgan.   Ular   So‘g‘d,   Sisimmitra,   Arimaza   va   Xorien   deb   atalgan.   Ammo   bu
ma’lumotlar   mavjud   qadimgi   qal’alar   bilan   solishtirilganda   ularning   faqat
ikkitasini   aniqlash   mumkin   bo‘lgan.   Ular   So‘g‘d     va   Xorien   qal’alaridir.   So‘g‘d
qal’asi   Nautak   rayonida,   Urgut   tog‘larida,   Xorien   qal’asi   esa   hisor   tog‘ining
Boysun tizmalarida joylashgan.
Iskandarning   300   ta   navkari   bir   kechada   So‘g‘d     qal’asini   egallashdi.
Dastlab   uni   olish   qiyin   bo‘ldi.   U   baland   qoya   tepasida,   joylashgan   bo‘lib,   unga
faqat   bir   tomondan   yaqinlashish   mumkin   edi.   Iskandar   kimki   birinchi   bo‘lib
qal’aga   kirsa,   12   talant   oladi,   ikkinchi   va   uchinchi   bo‘lib   kirganlar   ozroq,   ohirgi
kishi bir talant oladi, deb mukofot e’lon qilgandan so‘ng navkarlar faol harakat qila
boshlaydilar.   So‘g‘d     qoya   qal’asini   egallashda   ko‘pgina   kishilar   qoyadan   yiqilib
haloq   bo‘lishdi.   Iskandarning   askarlari   qal’ada   Oksiartning   oilasi   va   uning   qizi
Roksanani ko‘rib lol qolganlar. Roksana go‘zallikda tengi yo‘q farishta bo‘lgan. U
Doro   III   ning   beva   xotinidan   keyingi   Osiyo   go‘zali   edi.   Arrianning   yozishicha,
Iskandar   uni   bir   ko‘rishda   sevib   qolgan   va   unga   uylangan.   Iskandar   Roksana
tufayli uning otasi Oksiartning gunohlaridan o‘tib, unga yaxshi munosabatda bo‘ldi
va uni Baqtriya satrapi etib tayinladi. Shundan so‘ng Iskandar Oksariat yordamida
Xorien qoya qal’asini egallash rejasini tuzdi. Bu qal’ada Iskandarga muxolifiyatda
bo‘lgan  ko‘pgina mahalliy hokimlar, ularning oilalari joylashgan edi. Ular orasida
Eparx(shahar   hokimi)   Xorien   ham   bo‘lib,   qal’ani   yunonlar   uning   nomi   bilan atashgan.   Xorien   Iskandar   elchisi   Oksiartdan   barcha   gapni   eshitgach,   darhol
qarshiliksiz taslim bo‘ldi va o‘z qal’asining xo‘jayini bo‘lib qoldi. Shunday qilib,
miloddan   avvalgi   327   yilning   yozida   Iskandar   O‘rta     Osiyoni   o‘ziga   to‘liq
bo‘ysundirib   oldi.   U   mahalliy   aslzodalardan   Oropiya   ismli   kishini   So‘g‘d
podshosi   qilib   tayinlab,   tez   kunda   hindiqush   orqali   hindistonga   yurish   boshlab
yubordi.
Shunday qilib, O‘rta   Osiyo xalqlarining Spitamen boshliq milliy ozodlik
kurashining   uchinchi   bosqichi   Iskandarning   hisor   tog‘laridagi   baland   qoyalar
ustida   qurilgan   qal’alarga   yashiringan   mahalliy   aslzodalarga   qarshi   kurashi   bilan
yakunlandi.
E rksevar   So‘g‘d     xalqi   va   ularning   jangovor   ittifoqchilari   bo‘lgan
massaget   va   dax   qabilalari   ustidan   g‘alabani   ta’minlashda   Iskandarning   O‘rta
Osiyo xalqlariga nisbatan ustamonlik bilan qo‘llagan siyosati katta ish berdi. U o‘z
maqsadiga   erishish   yo‘lida   rejalashtirgan   avvalgi   siyosatini   o‘zgartirishga   majbur
bo‘ldi.   qator   chekinishlarga   majbur   bo‘ldi   va   nihoyat   mahalliy   aristokratiya
qatlamini o‘z tomoniga bura oldi. Ammo u bunga qadar mamlakatni vayron qildi,
minglab   yosh   yigitlarning   yostig‘ini   quritdi,   arzimagan   qarshilik   uchun   tinch
aholini shafqatsizlik bilan jazoladi.
Yunon-makedonlarning   O‘rta     Osiyodagi   istilolari,   minglab   yunonlarning
So‘g‘diyona     va   Baqtriyaning   unumdor   yerlariga   ko‘chirib   keltirilishidan   qat’iy
nazar   Iskandarning   bu   yerdagi   siyosati   mustahkam   emas   edi.   Uning   o‘limidan
keyin   O‘rta     Osiyoda   yunonlarga   qarshi   qo‘zg‘olonlar   davom   etaverdi.   Miloddan
avvalgi 325 yili Iskandar Hindiston yurishida bo‘lgan   vaqtda uning o‘limi haqida
mish-mish tarqadi va 3 ming yunon-makedonlar Yunonistonga qaytish kayfiyatida
qo‘zg‘olon   ko‘tardilar.   Ammo   qo‘zg‘olon   bostirildi.   Miloddan   avvalgi   325   yilda
So‘g‘d    va Baqtriyaga  ko‘chirib  keltirilgan  20 ming  piyoda va  3  ming  suvoriylar
o‘z   vatanlariga   jo‘nab   ketdi.   Ammo   lashkarboshi   Perdikka   ularni
qurolsizlantirishga   ulgurdi   va   ularning   mol-mulklari   sodiq   askarlarga   bo‘lib
berildi.   Yunon   bosqinchilari   bu   ishda   mahalliy   aristokratiyaning   qo‘li   borligini
sezib   qoldi   va   shu   tufayli   tezda   barcha   viloyat   va   tumanlardagi   mahalliy hokimlarni   makedoniyaliklar   bilan   almashtirdi.   Faqatgina   Iskandarning   qaynotasi
Oksiart va Perdikkaning qaynotasi Atrapatlar o‘z lavozimlarida qoldilar xolos.
Boshqaru   tizimida   Aleksandr     Axamoniylar   davridagi   boshqaruv   tizimini
saqlab qoldi. 8-12 shaxar qurdirgan. 
Aleksandriya   Oksianskaya-   Tarn   fikricha,   Termizga   yaqin   joylashgan.
Rtveladze   uni   Kampirtepa   yodgorligi   deb   hisoblaydi.   Ay   Xanum   Shimoliy
Afg‘onistonda, Aleksandriya Margianskaya – Bandixon xududlarida.  
Bartriyada fors Artabaz satrap bo‘lgan.  O‘rta Osiyoda Aleksanrga yaqin gorzon 
boshlig‘ig‘a hatto yirik saprak xokimlari ham bo‘ysungan.   Adabiyotlar 
1. Сагдуллаев А.С.Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. ––Т., 1996 
24-30-betlar
2. Дандамаев М.А. Политическая история Ахеминидского держав ы . 
Москва, Наука  1985.   38-52-стр.
3. Балахванцев   А.С.   К   вопросу   от   отпадении   Хорезма   от   державы
Ахеменидов. –СПб.2006 . 8-30-стр.
4. History   of   civilizations   of   Central   Asia: The   development   of   sedentary   and
nomadic   civilizations:   700   B.C.   to   A.D.   250,   Volume   II.   UNESCO   1994.
40-53- pages

Makedoniyalik Aleksandrning Baqtirya va So’g’diyonaga harbiy yurishlari Reja: 1. Aleksandr Makedonskiy ning O‘rta Osiyoga istilochilik yurishlari. 2. Aleks andr Makedon skiy O‘rta Osiyoga istilochilik yurishlarining oqibatlari

Iskandar (miloddan avvalgi 356-323 yillar) qadimgi dunyoning yirik lashkarboshi va davlat arboblaridan biri. U siyosatda o‘ta ehtiyotkor, o‘ta ayyor va hushyor davlat arbobi edi. U yirik lashkarboshi sifatida antik davr harbiy san’atining rivojlanish tarixida katta iz qoldirdi. Jahongir yangi tipdagi otliq qo‘shin tuzdi, unda jangovor intizom tartib-qoidalarini ishlab chiqdi. Jang qilish usullarini ishlab chiqdi. U tezlik, qat’iylikni jangdagi g‘alabani ta’minlaydigan omillardan deb tushundi. Mavjud imkoniyatlarni to‘g‘ri tahlil qilish, unga to‘g‘ri baho bera bilish, dushmanni yaxshi o‘rganish zarurligini jang qilishning asosi deb bildi. Zarur paytda u ehtiyotkorlik chidam va matonat bilan ish tutdi. U hech qachon hushyorlikni o‘zidan tark etmadi. Uning qo‘lga kiritgan g‘alabalarining boisi shundaki, u dushmanlarining bo‘sh va zaif tomonlarini yaxshi o‘rganardi. U intizomli muntazam qo‘shin va jangovor qurollar bilan har qanday zaif dushmanni ham, o‘ta hushyorlik ayyorlik qattiqqo‘llik va qat’iyatlik bilan kuchli raqibni ham yengib keldi. Aleksandr Makedonskiyning otasi Filipp 2 mil.avv. 359-336 yillarda Makedoniya yuksaldi. U armiyani qayta tuzdi. Falanga- qo‘shini ma’lum takibiy qismlarga bo‘lib boshqarish. Mil.avv.337 yilda Korinf kongressida o‘zini butun GResiyaning hukmroni deb e’lon qilgan. 336 yilda o‘z tan soqchisi tomonidan o‘ldirilgan. Filipp Osiyoga yurishga tayyorgar ko‘rayotgan edi. Shu sabab uning o‘limiga forslar sababchi bo‘lgan degan fikr bor. Uning o‘g‘li Aleksandr ham otasiga nisbatan ham o‘ta shafqatsiz bo‘lganligini keyingi darvlardagi voqealar tasdiqlaydi. Aleksandar Osiyoga , ya’ni axamoniylarga qarshi yurish uchun yana 2 yil tayyorgarlik ko‘rgan. Makedonlar armiyasining asosiy qismini og‘ir qurollangan otliq qo‘shin tashkil etgan. Lekin ular sekin harakat qilgani uchun, Osiyoni bosib olishda yengil qurollanagn piyoda qushini muxim o‘rin egallagan. Axamoniylar davlatini egallashda Axamoniylar davlati saroiydagi qarama- qarshiliklar, sodir bo‘lgan voqealar va uning zaiflashuvi ham muxim o‘rin egallagan. Mil.avv. 359 yilda Axamoniy podshosi Artakserks II Mnemon vafot etadi.

Uning 150 ta farzandi bo‘lgan. Undan keiyn taxtni egallagan Artakserks III Ox barcha qarindoshlarini ularning yoshi va jinsiga qaramasdan o‘ltirib yuboradi. Axamoniy podsholar orasida eng qonhur deb tarixda nomi qolgan. 338 yili Artakserks Ox Begoy toshirig‘iga binoan o‘z tabibi tomonidan zaxarlanib o‘ldiriladi. Undan keyin taxtga Arses o‘tiradi va ikki yil davlatni boshqaradi. Dastlab Begoya qo‘lida o‘yinchoq bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik mustaqil boshqarishga intilgada u yana Begoya tomonidan zaraxarlanadi. Uning bolalari ham o‘ldirilib yuboriladi. Shu tariqa Axamoniylar oilasiga tegishli hech qim qolmagan. Shunda Begoya Arsesning troyurodnoy brat (amakivachasi) bo‘lgan Doro III Kodomanni podsho deb e’lon qiladilar. Biroz vaqtdan keyin buni ham zaxarlashga uringanda, Doro uning o‘ziga shu zahar solingan qadahni ichiradi. Bu kurashlar va sapraliklardagi mutaqillik uchun bo‘lgan harakatlar Axamonyilar imperiyasi zaiflashuviga va Makedonlar hukmronligiga tushib qolishiga olib keladi. Aleksandr Osiyoga 30 ming piyoda, 5 ming otliq askar bilan olib borgan. Kichik Osiyo qirg‘oqlari bo‘ylab, 150 ta kema kuzatib borgan. Mil. avv.334- 330 yillar davomida Iskandar Eronning asosiy viloyatlarini bosib olgach, o‘zining bosqinchilik yurishlarini davom ettirish maqsadida miloddan avvalgi 329 yilning bahorida Hindiqush tog‘idan o‘tib, qadimga Baqtriya tuprog‘iga kirib keldi. Grek manbalarida O‘rta Osiyodagi ikki daryo oralig‘ini Transaksoniya deb atashadi. Bu paytda Baqtriya hukmdori (satrapi) ahamoniylar urug‘idan bo‘lgan Bess edi. U Doro III ni zaxarlab o‘ldirishda qatnashgan va o‘zini Artakserks nomi bilan podsho deb e’lon qilgan. Doro III ning Baktriya satrapi Bess tomonidan o‘ldirilganligini eshitgach, Aleksandr Makedonskiy uning orqasidan yanada tez ta’qib qilib ketdi. Bess Doro III ning jasadini tashlab, Baqtriya tomon ketdi 1 . U Baktriyaning yirik shaharlarini egallay boshlaydi. Drapsaka (Afg‘onistondagi Anderab shaxri), Aorn (shimoliy Afg‘onistondagi Oltindilertepa), Davlat poytaxti Bakrani (Shim.Afg‘onistondagi Balx)ni egallaydi. Bess va uning tarfdorlari Amudaryoning Termizga yaqin joyidan o‘tib, 1 Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge Curzon, USA, 2005 , р.4.

ko‘prik vazifasini o‘tab kelgan yakkayu yagona kemani yoqib yuborishdi va Sug‘d saprapligining Nautaka xududiga chekinishdi. (Qashqadaryoning sharqiy tomoni) tomon chekinishdi. Ularning orqasidan Aleksandr Ptolemey boshchiligida armiyaning bir qismini yuboradi. Nautaka qal’asida Bessning ittifoqchilari baqtriyalik Oksiart, sug‘dlik Spitamen va fors Datafarnlar o‘rtasida nizo chiqdi. Chunki Bess o‘z ittifoqchilariga ahamoniylar zulmiga va Iskandar hujumiga qarshi birgalashib kurashishga ahd qilgan edi. Dastlab ular Bessning niyatini anglab etmay, u bilan birga bo‘lishdi. Ammo uni, ittifoqchilari bilan shohlar kabi munosabatda bo‘lishga intilayotganini sezgan Spitamen, Oksiart va fors Datafarnlar u bilan aloqani uzishdi va uni kishanlab Iskandarga topshirish niyatida ekanliklarini bildirish uchun uning qarorgohiga chopar yubordi. Kishanlangan Bessni qal’ada qoldirib, o‘zlari esa mamlakat ichki hududlariga chekinishdi. Spitamen va uning ittifoqchilari Bessni Iskandarga topshirish bilan dushman istilolarini to‘xtatmoqchi bo‘lishdi. Chunki Iskandar Eronga yurish boshlaganda, u o‘z dushmani Doro III ni nomardlarcha zaharlab o‘ldirgan Bessdan o‘ch olish niyatida ekanligi e’lon qilgan edi. Ptolemey orqasidan katta qo‘shin bilan Aleksandrning o‘zi yurdi. Uning yo‘lida branxidlar shahri chiqdi. Branxidlar avlodlari Milet (Kichik Osiyo) shaxriga yaqin Appalon Didimkiy ibodatxonasining ruhoniylari bo‘lgan. Ular Kserks davrida ( mil. avv.481-465 yy.) O‘rta Osiyoga ko‘chirilgan edi. Branxidlar Eron bosqini davrida ibodatxonaning xazinasini axamoniylarga topshirib, jonlaini saqlab qolgan edilar. Yunonlarning qasosidan qo‘rqib O‘rta Osiyoga kelgan edilar. Ular mil.avv. V asrda O‘rta Osiyoga kelgan birinchi yunonlar bo‘lishgan. Ularning shaxri Yerqo‘rg‘on yodgorligi o‘rnida bo‘lgan. Bu hozirgi kunda Qarshi shahridan 10 km shimolda joylashgan. Branxidlar Makedonskiy va uning qo‘shinlarini non va tuz va xursandlik bilan kutib olgshan bo‘lsalar-da, Makedonskiy ularning barchasini xoinlikda ayblab, qirib tashlaydi va shaxrini ham vayron qiladi. Tarixchilardan Arrian va Kvint Kursiy Ruflarning xabar berishiga qaraganda, Iskandar va uning qo‘shinlari o‘z vatandoshi sifatida xursandchilik bilan kutib olishga chiqqan begunoh branxidlarni qirib tashlaydi va ularning shahar

va qishloqlarining kulini ko‘kka sovuradi. Shundan keyin Aleksandr Ptolemey qo‘shinlari bilan birlashadi. U asirga tushgan Bessning quloq va burnini kesib, Ekbatana shahriga, ya’ni Doro III ning qarindoshlari qo‘liga topshirish uchun yuboradi. U yerda Bess vaxshiyyona o‘ldiriladi. Nautakadan keyin Aleksandr Marakanda (Samarqand)ga yo‘l oladi. Bu Transaksoniyaning yirik shaxarlaridan biri bo‘lgan. Iskandar jangda o‘ta berahm bo‘lgan. Maraqandani egallagach, maxalliy tilni yaxshi biladigan Farnux boshchiligida 1000 ta jangchidan iborat gornizonni qo‘yib, o‘zi Sirdaryo bo‘yida joylashgan Kiropol shaxrini egallashga ketadi. (Kiropol-shim.Tojikistondagi Nurtepa yodgorligi). U Katvan cho‘li, Malguzar tog‘liklari va Zamin cho‘li (Tojikistonning Xo‘jand viloyati) orqali borgan. Bu yerda Kiropolga yetmasdan yozma manbalarda ma’lumot berishlaricha, 7 ta shahar qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida, mil.avv. V- IV asrlarga oid bir necha manzilgohlar topilgan. Ularning eng yiriklari Xan tepa va Nurtepa bo‘lgan. Bu yerda bo‘lgan jangda hatto Aleksandrning o‘zi ham yaralangan. Kiropolni egallab, U yerda Aleksandriya Esxatani bunyod etgan. U birinchi bor Ustrushonada Samarqand bilan Xo‘jand oralig‘ida tog‘liklar qarshiligiga uchraydi. Biroq Iskandar tog‘liklar bilan bo‘lgan jangda o‘ta shafqatsizlik qildi. Arrianning yozishicha, u 30 ming mahalliy aholidan 22 mingini qirib tashlaydi. Asirga tushishni istamagan tog‘liklarning qolganlari o‘zlarini qoyalardan tashlab halok bo‘ladilar. Bu dahshatli voqea Spitamenning "ko‘zini ochdi". U Iskandar niyatlarining mohiyatini to‘liq tushunib yetdi va unga qarshi qat’iy kurashga otlandi. Iskandar tog‘liklarni qirib, tezda Sirdaryo yoqasiga chiqib oldi. Sirdaryo bo‘yiga Iskandarga do‘stlarcha sovg‘a-salomlar bilan Tanais (Sirdaryo)ning narigi tomonidan tiay-taradarayya saklari vakillari keladi. Shunda Iskandar sak elchilarini garovda qoldirib, o‘z yaqinlaridan bir kishini Tanais ortidagi saklar yurtiga ularning urf-odatlari, kuchi bilan tanishib kelish uchun yubordi. Xuddi shu paytda Iskandarga Samarqanddan chopar kelib, So‘g‘dda unga qarshi Spitamen boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarilganini xabar qiladi. Spitamen