Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlati dars ish
“Tasdiqlayman” O’IBDO’:_________A.Z.Temirov “_____” ___________2022-yil NAZARIY O‘QUV MASHG‘ULOTNING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI Guruh Dars sanasi Mavzu: Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlati. O‘quv mashg‘ulotning o‘qitish texnologiyasi modeli Vaqt: 80 daqiqa O‘quvchilar soni: 26 tagacha O‘quv mash g‘ ulotining shakli va turi Nazariy: yangi bilimlarni egallash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulot O‘quv mash g‘ ulot rejasi 1. Salavkiylar davlatining tashkil topishi 2. Yunon-Baqtriya podsholigi O‘quv mashg‘uloti maqsadi : Salavkiylar, Yunon-Baqtriya podsholigi bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish / shaklantirish . Pedagogik vazifalar: Dars va mavzu rejasi tanishtirish; Davr haqida ma’lumot berish; Atamalarga izoh berish; Mavzu bo’yicha tushuncha berish. O‘quv faoliyati natijalari: Mavzuga doir ma’lumotlar ko‘rsatadilar; Davrga xos xususiyatlarni tasniflaydilar; Mavzu mohiyatini aytib beradilar; Fakt, ma’lumotlarni t artibli ravishda gapirib beradilar. O‘qitish metodlari Kichik axborotli ma’ruza / hikoya / tushuntirish / ko‘rsatma berish / namoyish / ko‘rsatish /vi deo usul / kitob bilan ishlash / insert / mashq / suhbat / bahs / aqliy hujum / ta’limiy o‘yin / pinbord va boshq. O‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari Ommaviy / jamoaviy / guruhli / individual / o‘ylang va juftlikda fikr almashing texnikasi/birgalikda o‘ rganamiz texnikasi/arra texnikasi va boshq. O‘qitish vositalari Matnlar /yo zuv taxtasi / slaydlar / proektor / kompyuter /diaproektor/flipcha r t/vediofilm/grafikli organizatorlar/m odel / mulyajlar /ch izma / sxema / grafik / diagrammlar /n amunalar / e kspert varag‘i /yo‘ riqnoma va boshq O‘qitish shart-sharoiti Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan auditoriya. Qaytar aloqaning usul va vositalari Tezkor-so‘rov / savol-javob / test /topshiriq/mashq va boshq.
O‘quv mashg‘ulotning texnologik xaritasi Faoliyat bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni o‘qituvchi o‘quvchi 1 -O‘ quv mash g‘ ulotiga kirish (5daq.) Tashkiliy boshlanishi O‘quvchilar bilan s alomlashadi , ularni mashg‘ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi. Darsga tayyorgarlik ko‘radilar. 2-bosqich. Asosiy (6 5 daq.) I . O‘quv faniga olib kirish (15 daq) 1. 1 . Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalar bilan ( 1 -ilova) va mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishtiradi. 1.2. O‘quv mashg‘ulotning mavzusi, rejasi, maqsadi va o‘quv faoliyat natijalariga qo‘yiladigan baholash mezoni bilan tanishtiradi. (2-ilova). II .O‘quvchilar bilimini faollashtirish (10 daq) 2.1.O‘quvchilar bilimini tezkor-so‘rov / savol-javob / aqliy hujum / pinbord / o‘ylang va juftlikda fikr almashing / orqali faollashtiradi Javoblarni qabul qiladi, ular asosida yangi o‘quv materialni uzviy ligi bo‘yicha ma’lumotlar berishga o‘tadi. III .Y a ngi o‘quv materialiga kirish (40 daq) 2.2. Qo’’anma va ko’rgazmali qurollar asosida ( 3 -ilova) namoyish va sharxlash orqali mavzu bo‘yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi. 2.3. Har bir rejani mustahkamlash uchun savollar beradi 2.4. Mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi. 2.5. Ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. 2.6. Y a ngi o‘quv materialini o‘zlashtirish darjasini tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov o‘tkazadi ( 4 - ilova). Tinglaydilar, yozib oladilar. Y o zib oladilar Tinglaydilar Y o ziboladilar Savolga javobberadilar T inglaydilar Savollarga javob beradilar. Ma’lumot-larni daftarga qayd qiladilar. Savollarga javob beradilar 3-bosqich. Y a kuniy (10 daq.) Mashg‘ulot yakuni va uyga vazifa berish. 3.1. Mavzuni yakunlaydi va mazkur fanning kelgusida kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyatini yoritish bilan yakunlaydi. 3.3. O‘quvchilar bilimini ba h olaydi. 3.2. Uyga vazifa beradi va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi.( 5 - ilova). Diqqat qiladilar. Vazifani yozib oladilar
1 ilova Asosiy tushunchalar: Ahamoniylar, Kir II, Doro I, Gerodot, Polien, To’maris, Shiroq, satrapiya, “Amudaryo xazinasi”, Makedoniyalik Aleksandr, Spitamen jasorati, Xoriyen, Oksiart, agema, Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Esxata, Marg‘iyona Aleksandriyasi. Madaniy hayot. Adabiyotlar: 1. A.S. Sagdullayev, V.A. Kostetskiy. "Qadimgi dunyo tarixi 6-sinf T – 2022. 2. Shamsutdinov R. Vatan tarixi . T.”Sharq” 2003. 3. Azamat Ziyo, O’zbek davlatchiligi tarixi. T. 2006. 2-ilova Mavzu rejasi: 1. Salavkiylar davlatining tashkil topishi 2. Yunon-Baqtriya podsholigi Maqsadi: Makedoniya, Misr, Suriya, strateg, Salavk, Antiox, Apama, Apameya, Spitamana, Kampirtepa qal’asi, Uzundara qal’asi, Diodot, Yevtidem, Demetriy,Mitridat I. Baholash mezoni: Reyting usulida baholash 5 ballik tizimda amalga oshiriladi. Joriy nazorat asosan og’zaki so’rov tarzida o’tkaziladi. Unda o’quvchi mavzuni: 55% dan – 70% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “3 ball”, 71% dan – 85% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “4 ball”, 85% dan – 100% gacha o’zlashtirganini isbotlay olsa “5 ball”ga baholanadi. Agar joriy nazorat test usulida o’tkazilsa, 20 ta testdan iborat variantning har bir to’g’ri javob 5 % ni tashkil etadi. Shu boisdan: 11 tadan 14 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 15 tadan 17 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”, 18 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi. Agar test variant 50 ta savoldan iborat bo’lsa har bir to’g’ri javob 2% ni tashkil etib yuqoridagi nisbatda baholanadi. Ya’ni, 28 tadan 35 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 35 tadan 42 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”, 43 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi. 3-ilova: Mavzu matni: O‘rta Osiyo Salavkiylar davlati tarkibida Mil. avv. 323-yil 13-iyunda Makedoniyalik Aleksandr vafot etadi. U barpo etgan davlat uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo‘linib ketadi. Bu davlatlar Aleksandrning eng yaqin lashkarboshilari tomonidan boshqarilgan. Uzoq davom etgan o‘zaro urushlardan so‘ng mil.avv. 312-yilda Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavk Bobil (Suriya davlati) hukmdori bo‘ldi. Salavkiylar davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, Sug‘diyona va Marg‘iyona kirar edi.
Salavk o‘z davlati tarkibiga kirgan O‘rta Osiyo viloyatlarini satrapiyalarga ajratadi. Davlat mudofaasi va qo‘shinlarni tashkil etish bilan sobiq lashkarboshilardan tayinlangan strateglar shug‘ullanar edi. Salavk o‘g‘li Antioxni Sharqiy viloyatlar – Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya va Sug‘diyonaga noib etib tayinladi. Salavkning vafotidan so‘ng Antiox ulkan davlat boshida turib, uni 20 yilga yaqin boshqardi. Podsho Antiox Salavk va Apama – Spitaman qizining farzandi edi. Malika Apama Salavkiylar davlatida mashhur bo‘lgan. Vayronalari bugungi Suriya hududida joylashgan shahar uning sharafiga Apameya deb nomlangan. Bolalik davrida Antiox Sug‘diyona haqida onasi aytib bergan hikoyalarni tinglagan. Ona tomonidan Sug‘d uning ajdodlari zamini bo‘lgan. Makedoniyalik Aleksandrga qarshi kurashgan Antioxning mashhur bobosi Spitamanning nomi va atoqli qavmi Sug‘diyonada eng qadimgilaridan biri hisoblangan. Shu bilan birga, Spitama Sharqda qadimiy zardushtiylik diniga asos solgan Zaratushtra qavmining ham nomidir. Sug‘diycha “Spitamana” nomining ildizlari avesto tilida “Spentamana” – “Muqaddas ruh” ma’nosini anglatgan. Asta-sekinlik bilan Sug‘diyona, Baqtriya va Marg‘iyonada tinch hayot tiklana boshladi. Bu yerlarda yangi qal’alar va shaharlar bunyod etiladi, savdo-sotiq, dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlana boshladi. Baqtra, Maroqanda, Marg‘iyona Antioxiyasi (Marv), Termiz yirik shahar va madaniyat markazlariga aylanadi. Savdo yo‘llari bo‘ylab joylashgan qal’alar katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Termiz yaqinidagi Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Kampirtepa qal’asi shular jumlasidandir. Arxeologlarning aytishicha, qal’a Makedoniyalik Aleksandrning Sug‘diyonaga yurishlari davrida Oks – Amudaryodan o‘tish joyida qurilgan. Qo‘rg‘on ichida savdo karvonlariga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan g‘alla ombori bo‘lgan. Boysun tog‘larida Uzundara qal’asi joylashgan. U toshdan qurilgan mudofaa devorlari bilan o‘ralgan. Bu yerda Baqtriya va Sug‘diyonani bog‘lab turgan muhim tog‘ yo‘lini qo‘riqlagan yunon-makedon jangchilarning garnizoni joylashgan. Turlicha arxeologik topilmalar jangchilar turmushi haqida so‘zlab beradi. Mazkur topilmalar ovqat pishirish uchun mo‘ljallangan sopol qozonlar va suvdonlar, qal’ada saqlangan katta idishlar – xumlar, maishiy buyumlar hamda salavkiylar va yunon- baqtriya davriga oid kumush va mis tangalardan iborat. YUNON-BAQTRIYA DAVLATI Mil. avv. 250-yilda Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi. Antik davr tarixchilarining xabar berishicha, bir qancha Baqtriya shaharlari hukmdori bo‘lmish Diodot o‘zini podsho deb e’lon qiladi. Shu voqeadan boshlab Yunon-Baqtriya
davlati tarixi boshlanadi. Mil. avv. 250-yilda Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan Parfiya Baqtriyaning raqibiga aylanadi. Baqtriyadan tashqari, Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga Sug‘diyona va Marg‘iyona ham kirgan. Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada hukmronlik davlat tarixida sezilarli iz qoldirmagan Yevtidemga o‘tadi. Yevtidemning o‘g‘li Demetriy hukmronligi davrida Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo‘ldi. Hindistonning bir qismi bu davlatga qo‘shib olindi. Parfiyada hokimiyat Mitridat I qo‘liga o‘tishi bilan u Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi. Yunon-Baqtriya davlati tinimsiz urushlar olib borishga majbur bo‘ldi va bu hol uning kuchsizlanishiga sabab bo‘ldi. Bundan foydalangan ko‘chmanchi yuechji qabilalari mil. avv. 140–130-yillar oralig‘ida Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladi. Yunon-Baqtriya davlati 120 yil taraqqiy etgan. Bu davrda hunarmandchilik va savdo- sotiq rivojlandi, shaharlar qurildi. Baqtriya, Sug‘diyona va Marg‘iyona hunarmandlarining mahsulotlari ko‘plab qo‘shni shahar va davlatlarda paydo bo‘lgan. Yunon-Baqtriya davlatida hukmdorlar tasviri tushirilgan tangalar zarb qilingan. Dajladagi Salavkiyadan Baqtriyaga qadar yo‘l qurilishi tugatilganidan so‘ng, qadimgi Sharqning ko‘plab davlatlari bilan savdo-sotiq aloqalari jonlandi. Baqtriya orqali Xitoydan Hindistonga Buyuk ipak yo‘lining janubiy tarmog‘i o‘tdi. 4-ilova Mustahkamlash uchun savollar: 1. Makedoniyalik Aleksandr davlati qaysi mustaqil davlatlarga bo‘linib ketdi? Bunga nima sabab bo‘ldi? 2. Salavk va Antiox haqida nimalarni bilasiz? 3. Yunon-Baqtriya davlati tarixi haqida so‘zlab bering. 4 . Yunon-Baqtriya davlatida savdo-sotiqning jonlanishiga nima sabab bo‘ldi? 5 ilova Uyga vazifa: 1. Mavzuni o’qib, urganish 2. Savol va topshiriqlarga javob aniqlash.