Markaziy bankning hukumat bilan munosabatlari
Mavzu: Markaziy bankning hukumat bilan munosabatlari Reja: 1.O zbekiston Respublikasi Markaziy bankiʻ 2.Markaziy bankning huquqiy maqomi 3.Markaziy bank to g risidagi yangi qonun ʻ ʻ
O zbekiston Respublikasi Markaziy banki.ʻ Markaziy bank – mamlakatdagi narx darajasi, bank tizimining barqarorligi hamda to‘lov tizimining barqaror faoliyati uchun mas'ul bo‘lgan muassasadir. Buning uchun pul-kredit siyosatini olib boradi, tijorat banklar, to‘lov tashkilotlar, hamda bir necha nobank kredit tashkilotlar (MKT, lombarlardlar va boshqalar) faoliyatini litsenziyalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi. urta bozorini hamda moliya bozorining boshqa segmentlarini ham tartibga soladi. Markaziy bank tijorat banklarining amaliyotlarini amalga oshirish, ya'ni jismoniy va yuridik shaxslarga qarz berish, ularga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish, banklar kapitallari va boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida ishtirok etish huquqiga ega emas. Markaziy banklarning rivojlanish tarixi shuni ko‘rsatadiki, ularning kelib chiqishi xususiy banklarga berilgan imtiyozda, ya'ni pul bosib chiqarishda (pul emissiyasi) namoyon bo‘lgan. Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida markaziy (emitent) va tijorat banklari o‘rtasida farq bo‘lmagan, lekin pul-kredit tizimi rivojlangan sari bir necha yirik tijorat banklarida banknot emissiyasini markazlashtirish jarayoni yuz bergan, natijada banknotlarni chiqarish monopol huquqi bitta bankka tegishli bo‘lib qolgan. Markaziy banklarning paydo bo‘lishi XIX asrning o‘rtalariga va XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi, chunki bu davrda ko‘pchilik hukumatlar muomaladagi pul masalasini nazorat qilish muayyan banklar bo‘ynida bo‘lishni qonunlashtirgan. Markaziy bank birinchi marta qayerda va qachon paydo bo‘lganini aytish qiyin. Ayrim iqtisodchilar markaziy bankning vazifalarini birinchi bo‘lib bajargan bankning tashkil topgan sanasi deb hisoblaydilar. Bu mezonga Riksbank (Shvetsiya banki bo‘lib, 1668-yilda tashkil etilgan) mos keladi. Angliya banki 1694-yilda tashkil topgan. Fransiya banki esa 1800-yilda. An'anaga ko‘ra, markaziy bankning 4 ta asosiy vazifasi bor. Markaziy bank:
а) mamlakatning emission markazi, ya'ni banknotlar chiqarishning monopol huquqiga ega; b) banklar banki, ya'ni kompaniya va muassasalar bilan emas, balki asosan ushbu mamlakat banklari bilan operatsiyalarni amalga oshirishi: milliy kredit tizimini zarur standartlash va professionallik darajasini saqlagan holda ularning kassa zaxiralarini qonun bilan belgilangan miqdorda saqlash, ularga kredit berish (oxirgi instansiya kreditori), nazorat qilish; v) mamlakatning asosiy hisob-kitob markazi. Bu degani, boshqa banklar o‘rtasida o‘zaro talablari va majburiyatlarining zachyoti (kliring) asosida naqd pulsiz operatsiyalarini amalga oshirishda vositachi vazifasini bajaradi; g) pul-kredit siyosati orqali iqtisodiyotni tartibga soluvchi organ. Markaziy bankning huquqiy maqomi. Asosiy faoliyat maqsadlari, vazifalari va vakolatlari, uning davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalari belgilandi. Hujjatga muvofiq, Markaziy bank Senatga hisobdor va parlament yuqori palatasi MBning yillik hisobotini auditorlik tashkilotlari xulosalari bilan birga ko‘rib chiqadi. Hujjatda qayd etilishicha, Markaziy bank o‘z qo‘l ostidagi tashkilotlardan tashqari uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish, tijoriy faoliyat olib borish, uchinchi shaxslar, jumladan O‘zbekiston hukumati majburiyatlari bo‘yicha kafolat berish, valyuta birjalari kapitallarida qatnashishni istisno qilgan holda bank va kompaniyalar, shuningdek, Markaziy bank faoliyatini ta’minlovchi o‘z qo‘l ostidagi tashkilotlar kapitallarida ishtirok etish huquqiga ega emas (avval Xalq banki va «Mikrokreditbank» istisno qilingan edi. Bundan tashqari, Markaziy bank endilikda O‘zbekiston hukumati, boshqa davlat organlari va tashkilotlariga kreditlar yoki moliyaviy yordam taqdim etmaydi, jumladan byudjet taqchilligini moliyalashtirmaydi. Hukumatni moliyalashtirish maqsadida kredit ajratish asossiz xarajatlarni keltirib chiqarishi
sababli iqtisodiy muvozanatni buzishi mumkin. Natijada bu inflyatsion bosimni keltirib chiqaradi, deyiladi hujjatga berilgan sharhda. Hujjat shu vaqtga qadar bankir, hukumatning maslahatchisi va fiskal agenti, monetar siyosat va valyutani boshqarish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish bo‘yicha konsultanti sifatida faoliyat olib borgan Markaziy bankning vazifalari kengaytiradi. Endilikda Markaziy bank: pul-kredit, jumladan valyuta siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; O‘zbekistonda inflyatsiyani monitoring, tahlil va prognoz qiladi, tegishli axborotlarni va statistik ma’lumotlarni e’lon qiladi; bank, pul-kredit statistikasi, tashqi sektor, jumladan O‘zbekistonning to‘lov balansi, xalqaro sarmoyaviy pozitsiyasi, tashqi qarzi va zaxira aktivlari statistikasini shakllantiradi va e’lon qiladi; har yili hukumatga davlat byudjeti loyihasini tayyorlash bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha axborotlarni taqdim etadi; naqd pul muomalasini tashkil etadi; valyutani boshqarish va valyutani nazorat qilish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi; Markaziy bank to g risidagi yangi qonun. Hujjatʻ ʻ eski tahririda 1995 yildan buyon, deyarli 24 yil amal qilgan. 2018 yilning yanvar oyida qator tizimli muammolar: MBning mavjud boshqaruv va risk-menejment sifatiga ta’sir qilish meхanizmlarining takomillashmaganligi, bank faoliyatiga ma’muriy aralashuv, bank nazoratini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar bois Markaziy bankda islohotlar boshlandi. Prezidentning 2018 yil 9 yanvardagi Farmoni bilan regulyator faoliyatining strategik maqsadli yo nalishlari qayd etilgan edi: narхlar barqarorligi, bank tizimi ʻ barqarorligi va rivojlanishi, to lov tizimi barqarorligi va rivojlanishini ta’minlash. ʻ Farmonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida uning faoliyatining ustuvor
yo nalishlari belgilandi. MBga ko proq mustaqillik berish maqsadida u Hukumat ʻ ʻ mutasaddilik qiladigan. Markaziy bank to g risidagi yangi qonun hujjati «Banklar va bank faoliyati ʻ ʻ to g risida»gi, «Valyutani tartibga solish to g risida»gi va «To lovlar va to lov ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ tizimlari to g risida»gi qonunlar to plamida qabul qilindi hamda ular bilan ʻ ʻ ʻ kompleksda ko rib chiqilishi kerak. Ushbu hujjatlarda takroriy normalar, хususan, ʻ MBning nazorat va boshqaruv vakolatlari hamda uning bank sektori va to lovlar ʻ sohasidagi funksiyalari, shu jumladan u tomondan ko riladigan ʻ choralar va sanksiyalarga taalluqli bir-birini takrorlovchi normalar talaygina. Markaziy bankning pul-kredit siyosati, mamlakatda to lovlarni amalga ʻ oshirish, valyutani tartibga solish va nazorat qilish to g risidagi boblar bir-biriga ʻ ʻ mazmun jihatdan yaqin. Sanab o tilgan hujjatlar kabi MB to g risidagi qonunning yangi tahriri ham ʻ ʻ ʻ batafsillashtirish va aniqlashtirish darajasi, havolaki va blanket normalarni kamaytirishga to g ridan-to g ri harakat qilinishi bilan farqlanadi. Masalan, unda ʻ ʻ ʻ ʻ regulyatorning kredit tashkilotlari bilan o zaro munosabatlari va ularning ʻ хizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish choralari ochib berilgan. Bir qator normalar MB хodimlariga taalluqlidir. Ular boshqa haq to lanadigan ʻ faoliyat (ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari) bilan shug ullanishi, bankning ʻ boshqaruv organlariga va boshqa tijoriy tuzilmalarga kirishi taqiqlangan, хizmatga doir ma’lumotlarni sir saqlashga majburlar. Xodimlar tadbirkorlik sub’yektlarining, shu jumladan kredit va to lov tashkilotlari, to lov tizimi ʻ ʻ operatorlari, valyuta birjalari, kredit byurolari, bank хizmatlari autsorserlari va konsolidatsiyalashgan nazorat ostida bo ladigan sub’yektlarning moliyaviy- ʻ хo jalik faoliyatini tekshirishlarda ishtirok etmaydilar. ʻ MB хodimlari huquqiy jihatdan himoya qilinishi kafolatlangan – ular o z lavozim ʻ majburiyatlarini insofsizlik bilan bajarganligi uchun javobgar bo ladilar. Markaziy ʻ bank хodimlarning faoliyati yuzasidan olib boriladigan sud ishlarida, endi bankda ishlamayotgan bo lsalar ham ularning manfaatlarini himoya qilish хarajatlarini o z ʻ ʻ zimmasiga oladi.