logo

MATEMATIK TASAVURLARINI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1028 KB
MATEMATIK TASAVURLARINI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI
MUNDARIJA:
1. SILLABUS   ( YO‘NALISHNIN G   NAMUNAVIY  VA  ISHCHI   O‘QUV
REJASI, FANNING  NAMUNAVIY VA    ISH CHI O‘QUV   DASTURI)
…………………………………………………………………
2. O‘TILAYOTGAN   FANNING   ASOSIY   NAZARIY   MATERIALI
(MA RUZALAR MATNI)ʼ   ………………………………………………
3. GLOSSARIY  ……………………………………………………………
4. FOYDALANILGAN   ADABIYOTLARNING   ELEKTRON
SHAKLI.. ....................................................................................................
5. MAVZULAR   BO‘YICHA   TAQDIMOTLAR,   MUSTAQIL   TA’LIM
UCHUN   MATERIALLAR   ( ILMIY   MAQOLALAR   va   BOSHQA
MANBALAR ) …………………………………………………………
6.   AMALIY   YOKI   SEMINAR   MASHG‘ULOT LARI
MATE R IALLARI  ………………………………………………….
7. QO‘SHIMCHA     MATERIALLAR   (VIDEOLAR,   KEYS-STADILAR
VA BOSHQALAR)…………………………………………………..
1 1-MA'RUZA:   Matematik tasavurlarini shakllantirish nazariyasi va
metodikasi  fani ning  maqsad va vazifalari
Reja:
1. M aktabgacha     yoshdagi   bolalarni   maktabga   tayyorlashda     matematik
ta'limning ahamiyati. 
2.   M atematik   tasavvurlarni   shakllantirish   metodikasi   faninining   maqsadi,
predmeti va uning asosiy vazifalari.  
Tayanch so’zlar va iboralar:   didaktik materiallar, to’plam, universal 
to’plam, ta’lim, predmet, maqsad vazifa, o’qitish mazmuni, umumiy tavsif.
Mustaqillik   yillarida   respublikada   milliy   ta’lim   va   tarbiya   tizimi   davlat
siyosatining   asosiy   ustuvor   yo’nalishi   darajasiga   ko’tarildi.   O’zbekiston
Respublikasining   Birinchi   Prezidenti   Islom   Karimovning   bevosita   rahbarligida
2 ishlab   chiqilgan   va   jahon   hamjamiyati   tomonidan   keng   e’tirof   etilgan   Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturining   muvaffaqiyatli   joriy   etilishi   natijasida   mamlakatda
noyob   uzluksiz   ta’lim   tizimi   barpo   etildi.   Maktabgacha   ta’lim   sohasi   mazkur
tizimning   ilk   bo’g’ini   hisoblanadi   va   butun   ta’lim-tarbiya   tizimining   asosiy
maqsadi   bo’lgan   –   barkamol   avlodni   tarbiyalashga   erishishda   muhim   ahamiyat
kasb   etadi.   Keyingi   yillarda   maktabgacha   ta’lim   muassasalarining   faoliyat
samaradorligini   oshirish   va   moddiy-texnika   bazasini   mustahkamlashga
yo’naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015-2016-yillar
davomida   459   ta   maktabgacha   ta’lim   muassasalari   mukammal   ta’mirlandi   va
zamonaviy  talablarga  mos   ravishda   jihozlandi.     SHu  bilan  birga,  bugungi  kunda
maktabgacha   ta’lim   muassasalarining   ta’lim   dasturlari   va   o’quv-tarbiyaviy
rejalariga   qo’yilgan   davlat   talablarini   takomillashtirish   dolzarb   masalaligicha
qolmoqda.   Aksariyat   maktabgacha   ta’lim   muassasalarining   moddiy-texnika
bazasi   zamon   talablariga   javob   bermaydi.   Bolalarni   maktabgacha   ta’limga
qamrab   olish   ko’rsatkichi   hamon   pastligicha   qolmoqda.   Mavjud   muammolarni
amaliy   bartaraf   etish   maqsadida   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
SH.M.Mirziyoevning   2016   yil   29   dekabrdagi   “2017-2021-yillarda   maktabgacha
ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to’g’risida”gi   qarori
qabul qilindi. Dastur asosida keng ko’lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish
ko’zda   tutilgan:   bolalarning   har   tomonlama   intellektual,   axloqiy,   estetik   va
jismoniy rivojlanishi   uchun ilg’or   xorijiy  tajribalarni   inobatga  olgan  holda zarur
shart-sharoitlar   yaratish;   maktabgacha   ta’lim   muassasalari   uchun   pedagog
kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o’quv reja va dasturlarini zamonaviy
pedagogik   texnologiya   va   metodlarni   inobatga   olgan   holda
takomillashtirish;   2200   ta   maktabgacha   ta’lim   muassasalarining   moddiy-texnika
bazasini  mustahkamlash,  jumladan qishloq aholi  punktlarida yangi maktabgacha
ta’lim   muassasalarini   qurish,   ularni   zamonaviy   talablarga   javob   beradigan
inventar,   uskunalar,   o’quv-metodik   qo’llanmalar,   multimedia   resurslari   bilan
ta’minlash.   Qaror   bilan   belgilangan   kompleks   tadbirlarning   amalga   oshirilishi
natijasida quyidagilarga erishiladi:   yuqori sifatli maktabgacha ta’limni ta’minlash,
bolalarni   sifatli   maktabga   tayyorlashni   tubdan   yaxshilash,   ta’lim-tarbiya
jarayoniga   muqobil   dasturlarni   joriy   etishga;   bolalarni   maktabga   tayyorlashning
muqobil   shakli   bo’lgan   6100   ta   qisqa   muddatli   guruhlar   tashkil   etishga;   3-6
yoshdagi   maktabgacha   ta’lim   muassasalariga   qamrab   olinmagan   bolalarni
ularning   ota-onalarini   metodik   qo’llanmalar   bilan   ta’minlash   orqali   maktab
ta’limiga   tayyorlashni   tashkil   etishga;   maktabgacha   ta’lim   muassasalari
tarmog’ini   50   ta   yangi   qurilish   hamda   mavjud   muassasalarning   1167   tasini
rekonstruksiya   qilish   va   983   tasini   mukammal   ta’mirlash   orqali
kengaytirishga;   qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida  ota-onalar
badal   to’lovini   30   foizgacha   kamaytirishga;   bolalarning   maktabgacha   ta’limga
qamrovini 1,5 barobarga oshirishga.    Dasturning samarali amalga oshirilishi unda
ko’zda  tutilgan  ko’rsatkichlar  ijrosining  borishini  tizimli  monitoring qilib borish
orqali davlat organlarining doimiy nazoratida bo’ladi.
Rejalashtirilgan   barcha   ishlarni   amalga   oshirish   ko`p   jihatdan   yoshlarimiz,
fuqarolar   va   ularning   vatanparvarligi,   insoniyligiga   bog`liq   ekanini   ta'kidladi:
«Biz mamlakatimizning   istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishi, qanday
ma'naviy   fazilatlar   egasi   bo`lib   voyaga   etishiga,   farzandlarimizning   hayotiga
3 nechog`li faol munosabatda bo`lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga
bog`liq ekanini hamisha yodda tutmog`imiz kerak».           Yosh avlodni o`z xalqi,
jamiyati   va   yurtiga   fidoiylik   ruhida   kelajak   taqdiri   uchun   mas'ullikni   his   eta
oladigan,   boy   milliy   madaniy   merosimiz   va   qadriyatimizga   hurmat   va   asrab   —
avaylash   ruhida     jamiyatimiz   oldida   turgan   kechiktirib   bo`lmas   vazifa   ekan,
bunda barcha ta'lim — tarbiya ishi bilan shug`ullanuvchi xodimlardan katta- katta
ishlarni bajarishni talab etadi. 
1.   O’zbekiston   Respublikasi   Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi   (1997   y)
uzluksiz ta'limni bir butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar
tayyorlash   sifatiga   qo`yiladigan   talablarni   yanada   oshirdi.   Yana   shunga   bog`liq
holda   Respublikadagi   pedagogika   oliy   o`quv   yurtlaridagi   ta'lim   —   tarbiya
jarayonini tako’lillashtirish masalasi dolzarb masalaga aylandi. 
Maktabgacha   tarbiya   mutaxassislarini   tayyorlash   tizimida   Matematik
tasavurlarini   shakllantirish   nazariyasi   va   metodikasi   kursi   muhim   o`rin   tutadi.
So`nggi  yillarda mamlakatimizda bolalar bog`chasida  matematika o`qitish butun
sistemasida   o`z   ko`lami   va   ahamiyati   jihatidan   nihoyatda   katta   bo`lgan
o`zgartirishlar amalga oshirildi. 
Maktab   oldiga   yangi   maqsadlarning   qo`yilishi   bilan   maktabgacha   ta’lim
muassasalarida     matematik   ta'lim   berish   mazmunining   tubdan   o`zgarishiga   olib
keldi. 
Maktabgacha   ta’limda   bolalariga   matematikadan   samarali   ta'lim   berish
bo`lajak   tarbiyachi   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   uchun   ishlab   chiqilgan
«Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini
o`qish metodikasini egallab, chuqur o`zlashtirib olmog`i lozim. 
2.   Bolalar   bogchasida   matematik   ta'lim   berish   metodikaning   predmeti
q uyidagilardan iborat: 
1. Matematika o`qitishda ko`zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun
matematika o`qitiladi, o`rgatiladi?). 
2.   Maktabgacha   ta’limda   matematika   o`qitish   mazmunini   ilmiy   ishlab
chiqish   (nimani   o`rgatish   kerak?),   bolalarga   bilimlar   qanday   berilganda,   bu
bilimlar   fan,   texnika   va   madaniyatninig   hozirgi   zamon   rivojlanishi   talablariga
mos keladigan bo`ladi. 
3. Matematik bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish
kerak?),   ya'ni   bolalar   hozirgi   kunda   zarur   bo`lgan   bilimlarni,   malakalarni,
ko`nikmalarni va aqliy faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo`lishlari uchun
o`quv   ishlari   metodikasi   qanday   bo`lishi   kerak?   Matematik   bilimlarni   egallash
jarayonida   bolalar   shaxsining   garmonik   rivojlanishi   va   shakllanishini   amalga
oshirish uchun qanday o`qitish kerak? 
4.   Matematik   bilim   berish   vositalarini   —   darsliklar,   didaktik   materiallar,
ko`rsatma qo`llanmalar va texnik vositalarni ishlab, (nima yordamida o`qitish). 
5.   Ta'limni   tashkil   qilishni   ilmiy   ishlab   chiqish   (darsni   va   ta'limning
mashg`ulotdan tashqari formalarini qanday o`tkazish kerak?)
Mashg`ulot   ishlarini   qanday   tashkiliy   metodlarda   o`tkazish   kerak?
Mashg`ulot   protsessidagi   ta'limiy   va   tarbiyaviy   masalalarni   qanday   qilib
samaraliroq hal qilish kerak?). 
Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va formalari metodik
sistemaning asosiy ko m ponentlaridir. 
4 2.s.   Matematika   fani   oldida   turgan   maqsadlar:   umumiy   ta'lim,   seminar   va
tarbiyaviy   maqsadlaridan   iboratdir.   Seminar   maqsadlar:   matematik   bilim
berishdan   kuzatilgan   seminar   maqsadlar   bolalarning   nazariyani   amaliyotga
bog`lay   olishidan,   ya'ni   olingan   bilimlarni   seminar   masalalarni   hal   qilishga,
bolalar to`plam va son haqida; kattalik (mikdor)larning bir-biriga nisbati haqida,
eng oddiy geometrik figuralar haqida boshlang`ich tasavvurga ega bo`ladilar, joy
va   vaqtni   bilishni   o`rganadilar:   bolalar   olgan   bilimlarini   o`zlarining   kundalik
mehnat va o`yin faoliyatida va maishiy hayotida uchraydigan matematikaga doir
savol va masalalarni hal qilishga tatbiq eta bilish malakalarini hosil qilish kerak. 
Kursning  ta'limiy maqsadlari :
Bolalarga   real   olamdagi   yuz   beradigan   eng   sodda   hodisalardagi   miqdoriy
nisbatlarni tushunishga va olamdagi fazoviy formalarni (joylashishlarini); natural
son,   geometrik   figura,   miqdor   va   boshqa   tushunchalar   abstrakt   ammo   ular   real
borliqdagi predmetlarga xos bo`lgan bog`lanish va munosabatlarni aks ettiradigan
hajmda   bilimlar   berish,   Bu   bilimlar   fazovoy   tasavvurlarni   rivojlantirishga
mantiqiy fikrlay bilishga yordam berishi kerak. 
Matematikani o`rgatish bolalarda o`z ona tilida xatosiz so`zlashga, o`z fikrini
aniq   va   ravon   qilib   bayon   eta   bilishga   o`rgatishda   yordam   berishi   kerak.
Matematikani   bayon   etishda   sergaplikka   yo`l   qo`yish   mumkin   emas,   bunda   har
bir so`zni o`z o`rnida ishlata bilish ayniqsa muhimdir. 
Maqsad: 
1. Bolalarni maktabda asosiy fanlardan bilim olishga o`rgatish (shu qatorda
matematikadan ham). 
2. Yosh bolalarga matematik bilim berish.
Tarbiyaviy   maqsadlar :   Matematikaga   doir   bajariladigan   ishlar   bolalarni
boshqa   oladigan   bilimlariga   qaraganda   ko`proq   sabotlikka,   tiripqoqlikka,
puxtalikka,   aniqlikka   o`z   fikr   va   xulosalarini   nazorat   qila   olishga,   ayniqsa
kuzatish,   tajriba   va   faxmlash   asosida   aytiladigan   fikrlarining   ravon   bo`lishiga
e'tibor bera bilishga odatlantirish kerak. Bolalarda matematik bilimlarga bo`lgan
qiziqish,   matematik   xarakterdagi   masalalarni   sabr   —   toqat   va   tirishqoqlik   bilan
kechish   ko`nikmalari   rivojlantiriladi.   Induktiv   va   deduktiv   tafakkurning
boshlang`ich   ko`nikmalarini   azaliy   operatsiyalarni,   ya'ni   analiz   qilish,   sintez
qilish,   taqqoslashni,   abstraktlashtirish   va   umumlashtirish   qobiliyatlarini
rivojlantirishga   idroklilik   va   ziyraklikni,   fazoviy   tasavvurlarni   va   hayolni
o`stirishga matematik ta'lim berish katta yordam qiladi.
Xulosa   qilib   aytganda   maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   maktab   ta’limiga
sifatli   tayyorlashda     matematik   tasavvurlarni   shakllantirish   axamiyati   shundaki
bolalarni   maktabda   matematika   geometriya   va   chizmachilik   fanlarini   puxta
egallashlariga asos bo’lib xizmat qiladi
Nazorat savol va topshiri q lari
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har to’lonlama rivojlantirishda va ularni
maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning roli. 
2. Matematik bilim berish vositalari nimalardan iborat.
5 2-MA'RUZA:  SHARQ MATEMATIK OLIMLARINING
ASARLARIDA ARIFMETIKANING RIVOJLANISHI HAQIDA.
Reja:
1.   Muhammad   ibn   Muso-al   Xorazmiy,   Umar   Xayyom,   Nasriddin   Tusiy,
Jamshid   Giyosiddin   al-Koshiy,   Ulug`bek   asarlarida   arifmetikaning
rivojlanishi haqidagi dastlabki ma'lumotlar.
2. Ye.I.Texeeva, F.N.Blixer, A.M. Leushina maktabgacha yoshdagi bolalarni
matematika elementlariga o`rgatish to`g`risida. 
Tayanch   so’zlar   va   iboralar:   Algebra,   algoritm   —   «Hozirgi   zamon
algebrasining otasi» Al-  Xorazmiy no’li  bilan bog`liqdir.   Uning «Al — Jabr  val
— muqobala» risolasi keyinchalik Yevropada «algebra» deb ataladigan bo`ldi. 
Zij   —   yil   hisobi   jadvallari,   trigono’letrik   jadvallari,   sayyoralar   harakati
jadvali va yulduzlar ro`yxati bor.
Xayotimizda   chuqur   o`zgarishlar   yuz   bermoqda.   Xalqimizning   asriy   orzusi
mustaqillikka   tinch,   parlament   yo`li   bilan   erishdik.   Istiqlol   tufayli   o`zbek   halqi
o`zining   haqiqiy   tarixini,   jahon   tan   olgan   madaniy   va   ma'rifiy   boyliklarini,   urf-
odat va an'analarini tiklash imkoniyatiga ega bo`ldi. 
Markaziy   Osiyo   tarixida   siyosiy   aql-idrok   bilan   ma'naviy   jasoratni,   diniy
dunyoqarash bilan qo’lusiy bilimdonlikni o`zida mujassam etgan buyuk arboblar
ko`p   bo`lgan.   Muhammad   ibn   Muso-al   Xorazmiy,   Umar   Xayyo’l,   Nasriddin
Tusiy,   Jamshid   Giyosiddin   al   -Koshiy,   Ulug`bek   va   boshqa   ko`plab   buyuk
ajdodlarimiz   o`z   asarlarida   arifmetikaning   rivojlanishiga   ulkan   hissa   qo`shdilar,
halqimizning   milliy   iftixori   bo`lib   qoladilar.   Ularning   no’llari,   jahon
sivilizatsiyasi   taraqqiyotiga   qo`shgan   buyuk   hissalari   hozirgi   kunda   butun
dunyoga ma'lum.  Biz ularning asarlari bilan tanishib chiqamiz. 
MUHAMMAD  IBN  MUSO  XORAZMIY.
1. Muhammad ibn Muso  Xorazmiy 783 yilda Xorazmda, Xivada  tug`ilgan.
Yoshligidan   ilm-fanga   qiziqqan.   Qunt   bilan   arab,   fors,   hind   va   yunon   tillarini
o`rgangan.   Donishmand   sifatida   tanilgan,   9-asr   boshlarida   o`z   davrining   katta
ilmiy va madaniy markazi  hisobla Bog`dodga taklif qilingan. Xorazmiy saroyda
barakali   ijod   qilib,   Sharqning   dastlabki   akademiyasi   («Bayt-   ul   —   Xikmat»)
«Donolar  uyi "da  faol ishtirok etdi.
Xorazmiy   juda   ko`p   asarlar   yaratgan   bo`lsa   ham   ularning   hammasi   bizga
yetib   kelmagan.   Xorazmiyning   arifmetika   va   algebraga   oid   asarlari   matematika
tarixida   yangi   davrni   o`rta   asrlar   matematikasi   davrini   boshlab   berdi,   hamda
matematikaning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga bekiyos hissa qo`shdi.
O’quvchilar   algebra,   algoritm   so`zlarini   ko`p   eshitishgan.   Algebra
matematikaning   katta   bir   bo`limi,   algoritm   esa   x,ozirgi   zamon   x;aco6   '
texnikasining, matematikasining asosiy termini. 
Algebra, algoritm so`zlari matematik, astronom va geograf, «Xozirgi zamon
algebrasining   otasi   «al   —   Xorazmiy   nomi   bilan   bog`liqdir.   Uning   «Al   —   jabr
val-muqabala» risolasi keyinchalik Yevropada «algebra» deb ataladigan bo`ldi. 
Ayni   shu asar  tufayli  Al-Xorazmiy nomidan XII asr  boshlarida «algoritm»
termini paydo bo`ldi. 
Xorazmiyning   matematikaga   oid   shoh   asarlari   G`arb   va   Sharq   xalqlari
tillariga tarjima qilinib, ko`p asrlardan buyon qo`llanma sifatida  xizmat qiladi. 
6 Xorazmiyning   «Xind   hisobi   va   sonlari   haqida»,   “Al-Jabr”,   «Arifmetika»,
«Marmar   soat   haqida»,   «Yer   surati»,   “Tarix   kitobi”,   «Yaxudiy   eralari   va
bayramlari» haqida asarlari, ayniqsa  ma'lum    va mashhurdir. Uning «Ziji» nomi
asari   dastlabki   astronomik asar  sifatida  Sharqdagina  emas,  G'arbda  ham   shu  fan
rivoji uchun katta xizmat ko`rsatgan. 
Muhammad   ibn   Muso   Xorazmiyning   ibratli   hayoti,   ijodi,   yaratgan   asarlari,
qoldirgan merosi  bebaho  boylik bo`lib, hozirgacha ham  qimmati  va ahamiyatini
yuqotmagan. 
MUHAMMAD  TARAG`AY ULUG`BEK(1394 — 1449)
Muhammad   Tarag`ay   Ulug`bek   1394   yilda   Eronda   Sultoniyada   tug`ilgan.
Ulug`bek   —   buyuk   o`zbek   olimi   va   davlat   arbobi.   U   Temur   (1336:,   1405)
nabirasi. Ulug`bekning otasi Shohrux (1377 — 1447) ham davlat arbobi bo`lgan.
Asli   no’li   Muhammad   Tarag`ay.   1409   yilda   Shohrux   otasining   davlati   o`rnida
ikkita   mustaqil   davlat   tuzdi.   Biri   Xuroson   -   markazi   Xirot,   ikkinchisi
Movaraunnahrni   (boshqarishni)   markazi   Samarqand.   Xirotni   Shohrux   o`zi
boshqardi.   Movarounnahrni   boshqarishni   esa   Ulug`bekka   topshirdi.   Bobosi
Temurning aksi sifatida Ulug`bek harbiy yurishlarni yoqtirmas edi. U juda zarur
bo`lsagina, biror xon uning davlati chegarasini buzsa, unga qarshi yurish qilar edi.
Uni   ilm-fan,   qurilish,   shahar   va   qishloqlarni   obodonlashtirish   ko`proq   qiziqtirar
edi.   U   1447   yil   Buxoroda,   1490   yil   Samarqandda,   1432   —   1433   yillari
G'ijduvonda madrasa qurdirdi. «Bibixonim» masjidi, «Go`ri — Amir» maqbarasi
va «Shoxi — Zinda»ni qurilishini nihoyasiga etkazdi. 
Taxminan 1425-1428 yillari u Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat tepaligida
o`zining   rasadxonasini   qurdirdi.   Rasadxonaning   binosi   3   qavatli   bo`lib,   uning
asosiy quroli — seketantning balandligi 50 metrcha edi. 
Ulug`bekning   ilm   —   fanga   qiziqishida,   birinchidan   bobosi   —   Temur   bilan
o`zga   yurtlarga   qilgan   safarlari,   bobosi   saro’ridagi   shoirlar   va   olimlar   bilan
o`tkaziladigan   suhbatlar,   otasi   —   Shohruxning   noyob   kitoblarini   sevishi   va
yig`ishi, yunon olimlari Platon, Aristotel, Gippark, Menelaylarning, shuningdek,
o`z  vatandoshlari  — Xorazmiy, Beruniy Ibn Sinolarning asarlari  bilan yaqindan
tanish bo`lish, o`sha zamonda O`rta Osiyoda matematika, astronomiya va boshqa
fanlardan   etuk   asarlar   mavjudligi   sabab   bo`lgan.   Bu   shart   —   sharoitlarning
hammasi   Ulug`bek   ilmiy   yo'nalishining   shakllanishiga,   Samarqandda
«Astronomiya maktabi» ning vujudga kelishga sabab bo`ldi. 
Ulug`bek   maktabining   muhim   ilmiy   ishlaridan   biri   «Ulug`bek   ziji»   yoki
«Zinj   ko`ragoni»   deb   ataluvchi   astronomik   jadvallardir.   Zij,   kirish   ya'ni   nazariy
qism   va   Ulug`bek   rasadxonasida   o`tkazilgan   kuzatishlar   bo`yicha   tuzilgan
jadvallardan iborat. 
Zijda   yil   hisobi   jadvallari,   trigonometrik   jadvallar,   sayyoralar   harakati
jadvali va yulduzlar ro`yxati bor. 
Ulug`bekning   trigonometrik   jadvallari   10   ta   o`nli   xona   aniqligida
hisoblangan.   Hisoblash   vositalari   deyarli   bo`lmagan   bir   davrda   bu   ishlarni
bajarish  uchun  anchagina   hisobchilar   talab  qilingan.  Ehtimol,  hisoblash  markazi
bo`lgandir?! 
Ulug`bekning   sinus   va   kosinuslar   jadvallari   bir   minut   oraliq   bilan   tuzilgan.
Zijda Ulug`bek bir gradusning sinusini hisoblash uchun alohida risola yozganligi
qayd qilindi. Ammo uning bu asari hozircha topilmagan. 
7 Zijning   seminar   astronomiyaga   taalluqli   qismida   elliptik   ekvatorga   og`ishi,
osmon   yoritgichlarining   koordinatlarini   aniqlash,   yerdagi   ixtiyoriy   punktning
geografik   uzunligi   va   kengligini   aniqlash,   yulduzlar   va   sayyoralar   orasidagi
masofalarni aniqlash kabi masalalar bor. Ulug`bek oy va quyosh tutilishlarini ikki
usulda: 
1. O`zi tuzgan jadvallar yordamida. 
2. Bevosita hisoblab aniqlash mumkinligini aytadi va usullarga doir misollar
keltiradi. 
Ulug`bekning   yulduzlar   ro`yxati   1018   yulduzdan   iborat   bo`lib,   u   yulduz
turkumlari   bo`yicha   joylashtirilgan.   Ro`yxatda   har   bir   yulduzning   turkumdagi
nomeridan   tashqari,   uning   yulduz   turkumidagi   o`rnining   qisqacha   tavsifi,   1437
yildagi teng kunlik nuqtasiga nisbatan  uzunligi va kengligi berilgan.  
Buyuk olimning «Risolaiy Ulug`bek» no’lli astronomik va «tarixi arba'ulus»
nomi   tarixiy   asari   ham   o`rganilmagan.   Bu   asarlar,   umuman   fan   tarixida   ham
ma'lum va noyobdir. 
Shuni   ham   aytish   kerakki,   musulmon   mamlakatida   va   umuman,   islom
madaniyatida aniq fanlar, ayniqsa, agronomiya va matematika nihoyatda muhim
o`rin   tutdi,   chunki   musulmon   qayerda   bo`lishidan   qat'iy   nazar,   erta   tongdan
oqshomga   qadar   uning   uchun   besh   vaqt   nomoz   farzdir.   Nomoz   vaqtlari   esa   har
bir   geografik   kenglikda   ham   quyoshning   yerdan   balandligiga   qarab   belgilanadi.
Undan tashqari islohda qabul qilingan Hijriy yil hisobi 354 kunni tashkil qiluvchi
12   qamariy   oydan   iborat   bo`lib,   hilolni   masjit   minorasidan   yoki   rasadxona
tepasidan ko`z bilan ko`rib aniqlangan. 
Shuning   uchun   musulmon   kishining   hayoti   astronomiya,   matematika,
jo`g`rofiya, hunarmandlik va me'morchilikka aloqador bo`lgan. 
Reaktsion   doiralar   tazyiqi   ostida   Ulug`bekning   o`g`li   —   Abdullatif   1949
yilning   kuzida   otasini   Makkaga   safari   bahonasida   Samarqand   yaqinida   qatl
ettirdi. 
Ulug`bek jasadi Samarqandda dafn etilgan. 
1449   yili   Ulug`bekning   fojeali   o`limidan   so`ng   Samarqand   olimlari   asta
sekin   yaqin   O`rta   sharq   mamlakatlari   bo`ylab   tarqalib   ketdilar.   Ular   o`zlari
borgan   yerlarga   Samarqand   olimlarining   yutuqlarini   va   «Zij»ning   nusxalarini
ham   yetkazdilar.   Hususan   Ali   Qo'shchi   1473   yil   Istambulga   borib,   u   yerda
rasadxona   qurdirdi.   Shu   tariqa   Ulug`bek   «Zij»i   Turkiyada   tarqaldi   va   Turkiya
orqali Ovrupa mamlakatlariga ham yetib bordi. 
Hozirgi kundagi ma'lumotlarga ko`ra, “Zish”ning 120 ra yaqin forsiy nusxasi
va 15 dan ortiq arabiy nusxasi mavjud. 
JAMShID  G`IYOSIDDIN  AL-KOShIY
O`rta   Osiyolik   atoqli   matematik   va   astronom.   To`liq   ismi   Jamshid   Ibn
Ma'sud  Ibn Maxmud G’iyosidin al  Koshiy. 
Taxminan   1430   yilda   Samarqandda   vafot   etgan.   Uni   «Koshoniy”   ham   deb
atashadi, chunki u Eronning Koshon shahrida tug`ilgan.  
Koshoniyning   tarjimai   holi   haqida   deyarli   ma'lumotlar   yo`q.   Ba'zi
matematika   tarixchilarining   yozishiga   qaraganda   u   boshlang`ich   ma'lumotni   o`z
ona shahri Koshiyda olgan. XV asrda Koshon ancha rivojlangan shahar bo`lgan.
U o`zining olimlari, ayniqsa qo`li gul ustalari bilan birga sharqda dong taratgan.
O`rta   asr   olimlari   singari   Koshiy   ham   fanning   juda   ko`p   sohalari   bilan
8 shug`ullangan.   U   qiziqqan   fanlar   qatorida   meditsina   ham   bo`lgan.   Koshiyni
Ulug`bek   o`zining   astronomiya   maktabida   ishlashga   taklif   qilgan.   Astronomiya
maktabi   uchun   ilmiy   kadrlar   zarur   edi.   Koshiy   Ulug`bek   madrasasida
Astronomiya   va   matematikadan   dars   berdi.   Bir   vaqtning   o`zida   u   Ulug`bek
maktabida   olib   borayotgan   ilmiy   ishlarda   ham   ishtirok   etdi.   U   ilmiy   ishlarning
yakuni   sifatida   "Hisob   kaliti",   "Aylana   haqida   risola",   "Vatar   va   sinus   haqida
risola"   no’lli   va   boshqa   ko`plab   asarlarni   yaratdi.   Koshiyning   matematika
sohasida   qilgan   kashfiyotlari   juda   katta.   Uning   zamonida   hisoblash   ehtiyojlari
uchun 60 li sanoq sistemasidan foydalanilar edi. U birinchi bo`lib o`nli kasrlarni
kashf qildi va ular ustida amallar bajarishning qoidalarini ko`rsatib berdi. 
Koshiyning ikkinchi kashfiyoti sonlardan p-darajali ildiz chiqarish amali edi.
Koshiy Umar Hayyom asarlari orqali formulani ixtiyoriy natural darajalar uchun
bilgan   va   undan   ixtiyoriy   sondan   natural   darajali   ildiz   chiqarishda   foydalangan.
Bu usul Koshiygacha bo`lmaganmi, degan savolga matematika tarixchisi P.Lukey
bu   usul   kub   ildiz   chiqarish   uchun   Ahmad   al-Nasafiyda   uchrashini   aytdi.
Nasafiyda   uchrashini   aytadi.   Lukey   Nasadiy   bilan   Koshiy   orasidagi   davrda   bu
usul  bilan Umar Hayyom  shug`ullangan bo`lishi  kerak deb taxmin qiladi. Lekin
bu   usulning   istalgan   natural   p-lar   uchun   umumlashtirishi   shubhasiz   Koshiyga
taaluqli. 
Koshiyning "Aylana haqida risola" asari aylana uzunligining o`z diametriga
nisbatan,   ya'ni   P-sonini   hisoblashga   bag`ishlangan.   P-ning   aniq   qiymatini
hisoblash bilan olimlar juda qadim zamonlardan boshlab shug`ullanishgan. 
Koshiy   P-ping   qiymatini   hisoblashda   Arximedning   usuli   aylanaga   ikki
muntazam   ko`pburchak   chizishdan   foydalanadi.   U   muntazam   (3.228)   —
ko`pburchakning   perimetrini   hisoblab,   2P   ning   oltmishli   sanoq   sistemasidan
ushbu qiymatini keltirdi.
 1             1                1               1 
                  1016        609             2               6010 
O`nli   sanoq   sistemasida   u   quyidagicha   2Pq6,2831853071795865   yoki
Pq3,1415926535897932. 
Koshiyning   uchinchi   asari   —   "Vatar   va   Sinus   haqida   risola"   hozircha
topilmagan. Lekin "Hisob kaliti" asarida eslatilishicha, Koshiyning bu asari ham
matematikaning   muhim   muammolaridan   bo`lishi   —   berilgan   yoy   va   vatarga
ko`ra   uning  uchdan   birining   vatarini   anglashga,   hozirgi   belgilashlarda   esa   sin30
bo`yicha sin10  ni topishga bag`ishlangan. 
Trigonometriyaning   bu   usuli   matematikadagi   juda   ko`p   masalalar   bilan
bog'liq. 
Birinchidan,   u   X3+g=rX   ko`rinishidagi   kub   tenglamaning   ildizlarini
integratsion   usulda   hisoblash,   ikkinchidan   qadimgi   klassik   masala   —   burchak
trisektsiyasi bilan bog`liq. 
Yuqorida   eslatganimizdek   Koshiy   Ulug`bekning   Astronom   maktabida   olib
borilgan matematik hisoblash ishlarida faol qatnashgan, o`zi ham astronomiyaga
oid bir nechta asarlar yozgan. Ammo uning asarlari bizgacha yetib kelmagan. 
Xulosa   qilib   aytganimizda   Al   Xorazmiy,   Ulug`bek,   Farobiy   boshqa   bir
qancha   allomalarimiz   qatorida  Koshiy   ham   o`zining   bir   qator   matematikaga   oid
asarlarini   yozdi.   G’iyosiddin   Koshiy   nafaqat   matematikaga   oid,   balki
9 astronomiyaga oid ham asarlar yaratdi. U hamma fanlarga qiziqadi va mukammal
o`zlashtiradi. 
G’iyosiddin Koshiyning asarlari hozirgi kunda ham qo`llanilmoqda.  
Ayniqsa   uning   matematik   asarlari   matematik   olimlar   uchun   juda   foydali
bo`lmoqda. 
Nazorat savol va topshiri q lari
1.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   to`plam   haqidagi   tasavvurlarni
shakllantirish. 
2. Hisoblash faoliyati elementlariga o`rgatish. 
3. Son. Sonlarning natural qatori va ularnint rivojlanish tarixi. 
10 3 -MA'RUZA:  PEDAGOGIK PSIXOLOGIK ADABIYOTLARDA
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MATEMATIK
TASAVVURLARI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Reja:
1. Ye.I.Texeeva, F.N.Blixer, A.M. Leushina maktabgacha yoshdagi bolalarni
matematika elementlariga o`rgatish to`g`risida. 
2.   Bikbaeva   N.U.   50 - 90   yillarda   O’ zbekistondagi   bolalar   bog`chalarida
elementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantirishga   o`rgatish   metodikasi
masalalari.
Tayanch   so’zlar   va   iboralar:   Algebra,   algoritm   «Hozirgi   zamon
algebrasining   otasi»   Al-   Xorazmiy   yo’li   bilan   bog`liqdir.   Uning   «Al-   Jabr   val-
muqobala» risolasi keyinchalik Yevropada «algebra» deb ataladigan bo`ldi. 
Zij   —   yil   hisobi   jadvallari,   trigono’letrik   jadvallari,   sayyoralar   harakati
jadvali va yulduzlar ro`yxati bor.
Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarda   va   boshlangich   maktab   yoshida
elementar   matematika   tasavvurlarini   taraqqiy   ettirish   muammolari   ustida   ilmiy
ishlar   olib   borgan   pedagoglardan:   Ye.N.Tixeevaning   sistema   va   qarashlarini
tanqid   qildi.   Bolalarni   aqliy   tomondan   tarbiyalashda   boshlang`ich   matematik
tushunchaga katta ahamiyat beradi.
Tixeeva   «bola   bilimni   hayotdan   olishi   kerak,   hayotning   o`zi   har   qadamda
bolaning   oldiga   seminar   vazifalarni   qo`yadi,   ya'ni   o`lchash,   sanash,   ayirishlar.
Har bir normal bola kattalarning yordamisiz 10 gacha sanashni bilib oladi, deydi.
Ayniqsa   birinchi   o`nlik   sonlarni   bilib   olishga   katta   ahamiyat   beradi.   U   bolani
sanashga   o`rgatishda   majbur   qilmaslik   kerak,   fakat   unga   ko`rgazmali,   didaktik
material   berish   kerak   deydi.   Maxsus   material   bilan   birgalikda   tabiiy   materiallar
tashlandiq   materiallar   berish   kerak,   deydi.   Tixeeva   birinchi   bo`lib   matematik
tasavvurlarga   o`rgatish   programmasini   tuzishga   urinib   ko`radi.   Son-sanoqqa
o`rgatishda o`n ichida sanash, bir va ko`p tushunchasidan boshlab raqamlar bilan
tanishtirishning   soat   bilan   tanish   masalalar   echish,   kasrlar   bilan   tanishtirishni
kattalik va shakllar bilan tanishtirish ko`zda tutadi. Tixeeva sanamasdan sonlarni
bir   ko`rishda   ilib   olish   metodini   tavsiya   etadi,   ya'ni   monografik   metod   asosida.
1915 yilda Tixeeva “Bog`chada son-sanoq” kitobini yozadi. Uning qarashlari bir-
biriga   ziddir.   Nazariyada   bolalarning   taraqqiyotiga   aralashmaslik   kerak   desa,
amalda   esa   tarbiyachining   o`yin   va   mashqlarida   rahbarlik   rollarini   qo`llab-
quvvatlaydi.   Son   haqidagi   tushuncha   tug`ma   deb,   bolalarni   maxsus
mashg`ulotlarda   sanashga   o`rgatishga   yo`l   qo`ymaslik   kerak,   deydi.   Shuning
uchun   son-sanoq   metodikasini   ishlab   chiqmaydi,   balki   son-sanoqqa   o`rgatish
programmasini   belgilab   chiqadi.   Tixeeva   didaktik   va   hayotiy   materiallarning
rolini   ko`rsatdi,   uni   o`rgatishda   ketma-ketlik,   sistemalilik,   takroriylik   prinsipiga
amal qilishni ko`rsatdi. Tixeevaning kamchiligi u o`rgatishda asosiy metod faqat
didaktik o`yin metodi deb hisoblaydi. Lekin Ye.I. Tixeevaning didaktik o`yinlari
va didaktik materiallaridan foydalanish mumkin. 
11 F. N. BLIXYeR
  F.N.Blixer   ko`p   yillar   bolalarda   matematik   tasavvurlarini   o`stirish
masalalari ustida ishladi. U quyidagi kitoblarni yozdi: 
«Bolalar bog`chasi  va nulevoy gruppada matematika», «Didaktik o`yinlar»,
«Birinchi   sinfda   qiziqarli   o`yinlar   va   mashqlar»,   1932,   1934,   1938,   1945,   1958
yillardagi tarbiya dasturlarining matematikaga o`rgatish bo`limini ishlab chiqdi. 
F.N.Blixer   bolalarni   sanashga   o`rgatish   kerak   emas,   sharoit   yaratish   kerak
deydi.   U   maxsus   mashg`ulotlarni   inkor   etadi.   Faqat   tayyorlov   gruppalardagina
mashg`ulot   o`tkazish   kerak,   deydi.   U   ko`prok   yakama-yakka   yo`l-yo`lakay
o`rgatishni ma'qullaydi. Bu bilan u Tixeeva va Shlegerlarning fikrini quvvatlaydi.
Blixer   didaktik   o`yinlarga   katta   ahamiyat   beradi.   U   juda   qiziqarli   didaktik
o`yinlarni ishlab chiqdi. Didaktik o`yin bu o`rgatishning eng asosiy metodi deydi.
“Didaktik o`yinlar” kitobida tarbiyachilarning ish tajribalaridan foydalanadi, lekin
ilmiy   asoslanmaydi.   Chunki   biz   bilamizki   bolalarni   faqat   maxsus
mashg`ulotlardagina o`rgatish mumkin. 
Didaktik      o`yin  esa  asosiy  metodlardan  faqat   bittasidir.  Lekin  u  birdan  bir
metod   bo`la   olmaydi.   U   boshqa   metodlar   bilan   birgalikda   qo`llaniladi.   Shunday
qilib,   F.N.   Blixer   30-40   yillar   ichida   bog`cha   ishiga   katta   hissa   qo`shdi.   Lekin
hayot   bir   joyda   turmaydi,   oxirgi   50-60   yillar   davo’lidagi   ilmiy   ishlarning
natijalari   bolalar   bog`chasida   elementar   matematika   tasavvurlarini   ishini   ilmiy
asosda   olib   borish   imkonini   berdi.   Hozirgi   vaqtda   Blixerning   didaktik
o`yinlaridan qisman foydalanish mumkin. 
A. M. LEUShINA
  A.M.Leushina o`zining butun hayotiy faoliyati davrida maktabgacha tarbiya
yoshidagi   bolalarga   sanoqni   o`rgatish   masalalari   bo`yicha   ish   olib   bordi,
Leushinaning   pedagogik   ishlari:   Bolalarni   bog`chada   sanashga   o`rgatishga
tayyorlash   temasi   1959-1961   yillardan   boshlab   bosilib   chiqdi.   «Bolalar
bog`chasida sanoq mashg`uloti» 1963 yilda bosilib chiqdi. Juda ko`p maqolalari
«Doshkolnaya   vospitaniya»   jurnalida   bosilib   chiqardi.   Pedagogika   institutlari
uchun   «Maktabgacha   tarbiya   yoshdagi   bolalarning   Maktabgacha   ta’limda
ELEMENTAR   MATEMATIK   TASAVVURLARINI   SHAKLLANTIRISH»
kitobi bosilib chiqdi. Leushina tomonidan 1962-63 yillardagi dasturda ham ishlab
chiqarilgan.   Leushina   bolalarning   elementar   matematik   tasavvurlarini   o`stirish
bo`limining avtori hisoblanadi. Leushina o`zining keyingi 20-30 yillik faoliyatida
bolalarni   sanoqqa   o`rgatish   masalalari   bo`yicha   ish   olib   bordi.   U   bolalarning
matematik tasavvurlarni o`stirish bo`yicha ish olib borayotgan pedagoglar va shu
kafedra olimlariga rahbarlik qildi. 
A.M. Leushina o`zining ishlari asosida ilmiy tekshirish eksperemental ishlari
shu   temadagi   psixologlarning   tekshirishi,   bolalarni   yaxshi   tarbiyalash   ilmiy
tekshirishlar,   bolalarni   maktabga   tayyorlashda   yordam   beradi.   A.M.Leushina
ishlarining asosiy tanqidi bularni o`zining metodida isbotlaydi. 
Bundan   30-40   yil   oldin   psixolog   va   pedagoglarimiz   elementar
matematikaning  vaqt,   tevarak-atrof,  shakl   bo`limlari   ustida   ishlash   imkoniyatiga
ega   bo`ldilar.   Bu   albatta   juda   ham   kech   edi.   1969-70   yillardagi   programmaga
birinchi   bo`lib   matematik   tasavvurlarning   boshqa   bo`limlari   ya'ni   vaqt,   tevarak
atrof,   kattalik,   shakl   bo`limlari   kiritildi.   A.M.Leushina   sanoq   bo`limi   bo`yicha
ikkinchi kichik gruppadan boshlab haftada 1 marta maktabga tayyorlov gruppada,
12 haftasiga   2   marta   maxsus   mashg`ulotlar   o`tkazishni   taklif   qildi.   Uning   taklifiga
binoan bunday mashg`ulotlar 1970 yildan boshlab o`tila boshladi. 
Uning   xizmatlari   evaziga   pedagogika   institutlari   va   pedagogika   bilim
yurtlarida   matematika   kurslari   uzaytirilgan.   U   oxirgi   20-30   yillar   davomida
bolalarni sanoqqa o`rgatish masalasi bo`yicha ish olib borgani uchun matematika
tasavvurlarining   boshqa   masalalari   bo`yicha   ish   olib   borolmaydi.   Lekin   shunga
qaramay 1968  yilda bolalar   bog`chasi  tarbiya  programmasining  sanoq  bo`limi   u
tomonidan ishlab chiqildi. 
A.M.Leushinaning 1963 yilda chiqqan «Bolalar bog`chasida sanoq bo`yicha
mashg`ulotlar»   asari   bolalar   bog`chasining   o`zida   o`tkazilgan   ilmiy   tadqiqot
ishlari   qo`lyozma   bo`yicha   yozilgandir.   Olimlar   va   psixologlar   elementar
matematika bo`yicha bir qancha ishlar olib bormoqdalar. A.M.Leushina bolalarni
son-sanoqqa o`rgatishni ilmiy metodga asoslab yangidan tuzdi. Sanoqqa o`rgatish
aqliy vazifalar asosida tuzildi.  
Bosqichma-bosqich   o`rgatildi.   Ko`pliklar   bilan   tanishtirish,   sonlar   bilan
tanishtirish,   miqdor   son,   tartib   son,   sonlarni   birliklardan   iborat   tarkibiy   miqdori
bilan   tanishtirish,   5   ni   2   kichik   songa   ajratish,   kichik   sondan   5   sonini   hosil
qilishga   o`rgatish,   sonlar   o`rtasidagi   munosabatlarni   tushunish   arifmetik
masalalar   echish,   ikki   to`plamni   taqqoslash,   ular   o`rtasidagi   tenglik   va
notenglikni aniqlashga o`rgatish. 
A.M.Leushinaning   xizmatlari   yana   shundaki,   u   analizator   yordamida
sanashga o`rgatishning xilma-xil mashqlarini ishlab chiqdi. 
50-90   yillarda   O`zbekistondagi   bolalar   bog`chalari   elementar   matematik
tasavvurlarni   shakllantirish   metodikasi   asoslari   rivojlanishi   bo`yicha   ko`pgina
pedagoglar   ish   olib   bordilar.   Jumladan:   Bikbaeva   H.U.   1973   yildan   boshlab,
Rossiyalik pedagoglar, Leushina A.M., Stalimar A.A., Metlina L. S larning ishlar
ko`rib chiqib, ularning hammasi bizning O`zbekiston bolalar bog`chalariga to'g`ri
kelmasligini isbotlaydi yangi dastur yaratdi. 
Metodistlar   Ќ osimova   X.I.,   Ibroximova   Z.I   lar   bilan   birgalikda   1995   yili
«Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   matematik   tasavvurlarni,   shakllantirish»
mavzusida   O`rta   va   Oliy   pedagogika   bilim   yurtlari   uchun   o`quv   qo`llanma
tayyorlandi. 
Bikbaeva   N.U.   Ќ osimova   X.I.   bilan   birgalikda   «Maktabgacha   tarbiya
yoshidagi   bolalarda  elementar   matematik  tasavvurlarni   shakllantirish   asoslari   va
metodikasi»   kursi   bo`yicha   dastur,   Respublikadagi   pedagogika   Oliy   o`quv
yurtlari uchun tayyorlandi. 
Bolalar bog`chalarning turli yosh guruhlari uchun qo`llanma tayyorlangan. 
Nazorat savol va topshiri q lari
1.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   to`plam   haqidagi   tasavvurlarni
shakllantirish. 
2. Hisoblash faoliyati elementlariga o`rgatish. 
3. Son. Sonlarning natural qatori va ularnint rivojlanish tarixi.  
13 4 -MA'RUZA:  Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik  tasavurlarni
shakllantirishda  ta’limning  asosiy didaktik  tamoyillari
Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishda
ta'limning asosiy didaktik prinsiplarini amalga  oshirish. 
2. Matematika mashg`ulotlarini o`tkazishga qo`yiladiga metodik talablar. 
3. Bolalarni maktabga tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar. 
4. Bolalar bog`chasining turli yosh guruhlarida matematika mashg`ulotlarini
o`tkazish metodikasi. 
Tayanch   so’zlar   va   iboralar:   Nazariya   va   amaliyotning   birlik   prinsipi   —
nazariy   bilimlarni   hayotga,     bog`lanishini   kengaytira   borishni   talab   qiladi.
Individual   yondashish   prinsipi   —   bolalarni   yosh   xususiyatini,   qobiliyatlarini,
psixologiyasini hisobga olish kerak degan talablardan kelib chiqadi va bu prinsip
matematikani o`qitish davo’lida amalga oshirilishi shart.
Bolalarni   maktabgacha   ta’lmda   matematik   tasavvurlarni   shakllantirishda.
Didaktik prinsiplar
1.   Ilmiylik   prinsipi   bog`chada   o`rganiladigan   faktlarni   ular   fanda   qanday
yoritiladigan   bo`lsa,   shunga   moslab   yoritishni   talab   qiladi,   ya'ni   biz   ilmiylik
to`g`risida   gapirar   ekanmiz,   birinchi   navbatda   berilayotgan   bilim   mazmuni   ilm
asosida tuzilgan bo`lishi kerak. 
M: 2 + 2 = 4 ilm asosida. 
2+2=5lar ham uchrab turadi, lekin   bu ilm asosida emas. 
M: 3=7
Isboti. 
15-15 = 35-35 
3 (5-5) =7(5-5): (5-5) 
3=7 
Isbotdagi xatoni toping. 
5 — 5 = 0 biz bilamiz nolga bo`lish mumkin emas. 
2 . Nazariya va  amaliyot ning birlik prinsipi . 
Bu prinsip berilgan nazariy bilimlarning hayotga, seminarotga bog`lanishini
butun   choralar   bilan   kengaytira   borishni   talab   qiladi.   Matematika   nazariyadan
bevosita hap-xil mashq va masalalar ni echishga o`tish yo`li bilan bu prinsip keng
suratda   amalga   oshiriladi.   Haqiqatdan   ham   yosh   bolalarga   har   kuni   ko`zi   bilan
ko`rib   yurgan   xonada,   ko`chada,   uydagi   narsalar   bilan   bog`langan   holda
mashg`ulot   o`tish,   ya'ni   bilim   berish   lozim,   chunki   bu   bolalarning   tez   tushinib
olishiga, o`zlashtirishiga yordam beradi. 
3.Ko`rsatmalilik  prinsip i . 
Bolalar   tafakkurining   aniqlikdan   abstraktlikka   qarab   rivojlanish
xususiyatlariga bog`liqdir. Matematikani  o`qitishdan asosiy  maqsad — mantiqiy
tafakkurni   rivojlantirishdan   iboratdir;   biroq   matematikani   o`qitish   aniq   fakt   va
obrazlardan ajralmasligi, aksincha, har qanday masalani o`rganishi shu aniq fakt
va obrazlarni tekshirishdan boshlash kerak. 
Ko`rgazmalilik o`quv materialini o`zlashtirishni  osonlashtiradi  va bilimning
mustahkam bo`lishiga yordam beradi. 
M:   doira   haqida   gapirganimizda   bolaning   har   biriga   doirachalardan   berib
qo`yib   bolalar   ikki   qo`llari   orasida   ushlab   ko`rishlari   kerak.   Uning   dumaloq
14 ekanini,   tekis   ekanini   qo`l   uchidagi   bolaning   hamma   analizatorlari   qatnashgan
holda eslarida yaxshiroq qol adi. 
4.   Bilimlarni   o`zlashtirishda   sistemalilik,   ketma-ketlik   va
mustahkamlilik   prinsip i.   Matematikada   materialni   sistemali   bayon   etishning
ahamiyati   juda   katta,   chunki   matematikada   ayrim   faktlar   orasidagi   mantiqiy
bog`lanishlar g`oyat muhimdir. Bolalarga berilayotgan bilim parcha-parcha bo`lib
qolmay, bir- biri bilan bog`langan holda oson misollardan boshlanib asta — sekin
murakkablashtirib borilishi lozim. 
Puxta   o`zlashtirish   esa   matematikada   ayniqsa   katta   ahamiyatga   egadir.
Matematik  tushunchalar   o`zaro  shu  qadar  bog`langanki,  majburiy  minimumning
biror   qisminigina   bilmagan   taqdirda   ham   bolalar   o`z   bilimlarini   hayotda
foydalana   olmay   qoladilar   va   matematik   bilim   olishni   davo’l   ettirish   qiyinroq
bo`ladi. 
Matematikada   son   va   sanoq,   kattalik,   geo’letrik   figuralar,   tevarak   atrofni
bilishni,   vaqtni   chamalash   malakalarini   puxta   egallashining   ham   ahamiyati   juda
katta.   Ayniqsa   matematikada   boshqa   fanlardagiga   qaraganda   ham,
programmaning   biror   qismini   yaxshi   o`zlashtirmasdan   va   malakann   yaxshi
mustahkamlamasdan   turib,   muvoffaqiyat   bilan   oldinga   qarab   borish   mumkin
emas. 
5. Individual yond a shish, (ravonlik)  prinsip i. 
Ravonlik   prinsipi   bolalarning   yosh   xususiyatlarini,   ya'ni   qobiliyatlarini,
psixologiyasini hisobga olish kerak degan talablardan kelib chiqadi va bu prinsip
matematikani   o`qitish   protsessida   amalga   oshirilishi   shart.   (Lekin   bizning
bog`chalarimizda bu prinsip amalga oshirilmayapti. 
  
15 5-MA'RUZA: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematik
tasavvurlarni shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Reja:
1.To’plam haqida tushuncha.
2. Universial to`plamlar. Didaktik materiallar.
Tayanch so’zlar va iboralar:   didaktik materiallar, to’plam, universal 
to’plam, ta’lim, predmet, maqsad vazifa, o’qitish mazmuni, umumiy tafsiv.
Odatda   birorta   xossalar   bilan   aniqlangan   predmetlar,   oldindan   berilgan
asosiy   yoki   universial   to`plamlar   predmetlardan   ajralib   turadi   (shu   xususiyatga
ega   bo`lgan   predmetlarning   to`plami),   masalan,   Navoiy   ko`chasida   yashovchi
bolalarning   to`plamidan   biz   anig`ini   (konkret,   bizga   ma'lum)   guruhini
(to`plamini) xossalarga qarab ajratdik. Bu holda bu guruhning hamma bolalarning
to`plami universal to`plam sifatida rol o`ynaydi. Agar universial to`plam sifatida
shu bog`chaning hamma bolalarini olsak (faqatgina bitga guruhni emas), Navoiy
ko`chasida   yashovchi   bolalar   to`plami   boshqalar   bo`lishi   mumkin.   Hamma
to`plamlarga   bog`liq   bo`lgan   masalalar   (to`plamlar   ustidagi   amallar,   ular
orasidagi munosabatlar, to`plamlarning sinflarga bo`linishi va boshqalar), odatda
oldindan berilgan yoki nazarda tutilgan to`plamning ichida yechiladi. 
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarga   predmetlar   to`plami   bilan   bog`liq
tushunchalarni   o`rgatishda   didaktik   materiallarga   asoslangan   «mantiqiy
bloklardan» foydalanish qulaydir. Bu bloklarning «mantiqiy» deb atalishi shuning
uchunki,   har   xilini   modellashtirish,   aniq   tashkil   qilingan   holatlar   yordamida
mantiqiy   masalalarni   echish,   ya'ni   4-6   yoshdagi   bolalarni   erta   mantiqiy
provedevitki usulida ishlatish mumkin. 
Jamlama (universial to`plam) 49 yog'och yoki plastmassa bloklardan iborat.
Xar   qaysi   blok   4   xossadan,   ya'ni   to`rtta   xossani   bildiradi,   bular   tuzilishi,   rangi,
kattaligi va qalinligi. 
To`rtta   forma   mavjud:   -   doira;   -   kvadrat,   uchburchak,   to`g`ri   to`rtburchak   .
Uch   xil   rang:   qizil,   ko`k,   sariq.   Ikkita   miqdor:   katta   va   kichik,   ikkita   qalinlik:
qalin va ingichka. Bu didaktik materialning «fazoviy varianti». 
Maktab   yoshidagi   bolalarni   o`qitishda   «tekislik   varianti»ning   imkoniyatlari
katta, buni biz qisqacha «figura»lar deb ataymiz. 
Jamlama   (universial   to`plam)   24   figuradan   iborat   bo`lib,   ular   qalin   qog`oz
varag`iga   tushirilgan.   Tarbiyachi   ko`rsatmasiga   asosan   bolalar   ularni   qiyadilar.
Figuralarning har biri uchta xossasi bilan to'liq aniqlanadi: rangi bilan: qizil, ko`k,
sariq ( q, k, s), kattaligi jihatidan: katta, kichik (k, k). qalinligi jihatidan figuralar
bir   xil.   Shunday   qilib   har   qaysi   figuraning   no’li   uchta   harf-no’lidan   iborat
(formasi,   rangi,   kattaligi).   Xar   xil   o`yinlarni   o`tkazish   va   masalalarni   echish
uchun   blok   (yoki)   figuralardan   foydalanishdan   oldin,   blok   (yoki   figuralardan)
universial   to`plamning   har   bir   elementini   bilish,   ya'ni   uning   to`liq   no’lini   bilish
lozim. 
To`plam osti. To`plamni to`ldiruvchi va ifodani inkor qilish
Kuyida   universial   to`plamdagi   ayrim   elementlarning   namoyon   bo`lish
xossalaridan ayrimlarini ko`rib chiqamiz. 
16 Universial to`plamdan «qizil bo'lish» xossasini  to`plam osti  qizil bloklar va
shakllarni   ajratadi.   «Aylanma   bo`lish»   xossasi   esa   shu   to`plamdagi   boshqa
to`plam osti-aylanali bloklar (shakllarni) ajratadi. 
«To`plamosti»   atamasi   matematikada   «to`plam   qismi»   ma'nosini   anglatadi.
Bunda   ikki   xossa   istesnodir:   qachonki   to`plam   qismlari   (to`plamosti)   barcha
to`plamga   mos,   ya'ni   to`plamning   hamma   elementlari   ko`rilayotgan   xossani
namoyon   etadi   va   qachonki   bu   qism   birorta   elementni   mujassam   etmaydi.
Masalan, birorta blok «yashil bo`lish» xossasini namoyon etmaydi. Oxirgi holatki
bo`sh to`plam deyiladi.
Bu holatlarni bloklar «shakllar» yordamida aniq moslashtirish mumkin.
4. To`plam kesishuvi va kon'yuktsiya ifodalari
Uyinni   ikki   aylana   bo`yicha   yozib   chiqamiz.   Tekislikda   ikkita   aylana
kesishgan   holda   joylashtiriladi   (deylik   qizil   va   qora).   Kesishgan   joyida   ikkita
aylanaga   mansub   umumiy   qism   hosil   qilinadi.   Bolalarga   shunday   vazifa
beriladiki,   masalan   qizil   aylana   ichida   qizil   bloklar.   Kora   aylana   ichida   hamma
yumaloq bloklar.
Avvalda ayrim bolalar xatoliklarga yo`l qo`yishadi  Qizil aylana ichiga qizil
bloklar bilan qizil aylanalarni ham joylash oqibatida, yumoloqlari qora aylanadan
tashqarida   bo`lib   qoladi,   hamma   yumoloq   bloklar   qora   aylana   ichiga
joylashtiriladi. Natijada ikki aylana uchun umumiy bo`lgan qism bo`sh qoladi. 
Ayrim   bolalar   hamma   yumaloq   bloklarni   qora   aylana   ichidami,   deb
so`rashadi.   Javobini   eshitgandan   so`ng   o`z   xatolarini   topadi   va   qizil   yumaloq
bloklarni   umumiy   qism   ichiga   joylashtiradi,   nima   uchun   ular   umumiy   qismda
(qizil aylana ichida qizilllar, qora aylana ichida yumoloq  bo`lgani uchun). 
Mazkur   seminar   vazifani   bajarishgandan   so`ng,   bolalar   ikki   aylana
yordamida   quyidagi   to`rt   savolga   javob   topadilar:   1)   ikki   aylana   ichida   kora
aylanadan   tashqari,   kizil   aylana   ichida;   3)   qizil   aylana   tashqarisida,   qora   aylana
ichida;   4)   ikki   aylana   tashqarisida   «qanday   bloklar   turibdi?»   Shuni   esdan
chiqarmaslik kerakki, bloklarni shakli, rangiga qarab izohlash lozim. 
3. Munosabatlar xossalari.
1. Yana bir munosabat misolini ko`ramiz: Agar Aq{1,2,3,4} Rq{(1,1),(1,2),
(1,3),(1,4),(2,2),(2,3),(2,4),(3,3),(3,4),(4,4) } bo`lsa, unda rq(R,A;A) «A» ko`plik
elementlari   orasidagi   munosabatni   bo`lishini   bildiradi.   Bu   esa   7-chizma
(rasm)dagi grafik ko`rinishda bo`ladi.
Bu   munosabat   quyidagi   xossaga   egadir:   A-ko`plikning   har   bir   elementi   bu
munosabatda o`z-o`zi bilan birgadir, (X,X)-(1,1),(2,2), (3,3), (4,4) turdagi barcha
juftliklar shu munosabat grafigiga mo’rildir. (7-rasm) 
Bu munosabat rasmda ko`rsatilganligi bo`yicha shuni anglatadiki, «grafa»ni
har   bir   cho`qqisida   sirtmoq   bor,   har   bir   nuqta   aynan   shu   erda   o`zi   bilanligi
munosabati   ko`rsatiladi.   6-rasmda   ko`rsatilgan   kichiklik   munosabati   bunday
xossaga  ega emas,  ko`plikning biror bir  elementi  o`zidan “kichik” munosabatlar
bo`la olmaydi (Xech qanday son o`z — o`zidan  kichik emas). 
Bu   graf   (iz,   chizma,   nuqtalar   izi   cho`qqisida   sirtmoq   yo`qdir.   rq(R,A,A)
munosabat   xossasi   shundan   iboratki,   bu   xrx   Barcha   (x,x)   A2   (yoki   barcha   x   A,
juftliklar   refleksiynost   (kaytma)   deb,   va   shu   xossaga   ega   bo`lgan   munosabat
refleksiyli (qaytmali) deb ataladi. rq(R,A,A) munosabat xossasi shundan iboratki,
(r   (x,x)   munosabatda   bo`lmadi)   (x,x)   A2   kabi   barcha   yoki   barcha   x   A   juftliklar
17 antirefleksivlik,   shu   xossaga   ega   bo`lgan   hamda   R   munosabat   antirefleks   deb
ataladi. 
Graf   refleksiylik   munosabat   o`zining   har   bir   cho`qqisida   sirtmoq   borligi
bilan   ta'riflanadi   (tavsiflanadi)   va   graf   antirefleksiy   munosabat   esa   hech   bir
cho`qqisida   sirtmoq   yo`qligi   bilan   ta'riflanadi.   Refleksiy,   antirefleksiy   graf
munosabatlar   ba'zi   bir   holda   cho`qqilarda   sirtqmoq   bo`lishi   va   bo`lmasligi
mumkin. 
IV Bob. MUNOSABAT
Dekart   ko`paytmasi.   Bolalar   bilan   shug`ullangan   vaziyatlarning   aksariyat
hollarida   juftlik-hosil   qilish   zaruriyati   yuzaga   keladi;   ko`chalarni   kesib   o`tish
uchun bolalarni juft qilib saflash, qo`g`irchoq hamda o`yinchoqlardan juftlik hosil
qilish, harf juftliklaridan so`zlar tuzish va x.k. 
Juftlik  tushunchasi   asosida  muayyan  tartibda  joylashtirilgan  ikki   elementni,
ya'ni   tartibga   solingan   juftlikni   tushunamiz.   Birinchi   o`rinni   egallab   turgan
element juftlikning birinchi elementi, ikkinchi o`rindagisi esa juftlikning ikkinchi
elementi   deb   ataladi.   Juftlikni   belgilash   maqsadida   odatda   qavslardan
foydalaniladi.   (a,   v)   simvoli   birinchi   element     a-   ning,   ikkinchi   element   v   bilan
bo`lgan juftlikni anglatadi. 
Agarda   ikki   juftlikning   mutanosib   elementlari   teng   bo`lsa,   ya'ni   (a1(   v1)   q
(a2           v2)   bo`lsa,   shuningdek   a1qa2   hamda   v1qv2   bo`lgandagina   teng
(mutanosib) hisoblanadi. Juftlpk elementlari (a1 . a) shaklidagi juftlik singari teng
bo`lishi ham mumkin. 
Agarda   aqv   bo`lsa,   juftlikning   tenglik   tushunchasidan   kelib   chiqqan   holda
faqatgina   elementlar   tartibi   bilan   farq   qiluvchi   (a,   v)   q   (v,   a)   ikki   juftlikni   hosil
qilish   mumkin   (ayni   paytda   ikki   elementli   ko`paytmalar   uchun   [a,   v]   q   [v,   a]
mavjud. 
Agarda (X,U) sonlari juftligini ko`rib chiqilsa, bunday juftlikning har biriga
berilgan   koordinata   tizimida   aniq   bir   va   faqat   bir   tekislik   nuqtasi   —   X   va   U
koordinatali nuqta to`g`ri keladi. 
Agar   bunda   XqU   bo`lsa   u   holda   turli   nuqtalar   (x,u)   va   (u,x)   (5   rasm).
"Ochiq”) holda "berk" so`zlarning I va II jadvallarni ko`rib chiqamiz. Mohiyatan
biz   bu   o`rinda   harflarning   ikki   ko`paytmasiga   egamiz:   undoshlarning   ko`pligi
sq(m,n, p,r) hamda unlilar ko`pligi Gq(a,e,o,u). 
1   —   jadvalning   birinchi   elementi   S   ko`pligiga,   ikkinchilari   G   ko`pligiga
taalluqli   bo`lsa,   barcha   juftliklar   yozilgan   II   jadvalda   esa   birinchi   elementlari   G
ko`pligiga,   ikkinchilari   esa   S   ko`pligiga   tegishli   bo`lgan   barcha   juftliklar
keltirilgan. 
Birinchi   holatdagi   juftliklar   cheksizligi   G   ko`pligi   bo`lgan   dekart
ko`paytmasi   deb   ataladi.   Ikkinchi   holatda   esa   G   ko`pligini   S   ko`pligiga   (GXS)
bo`lgan dekart ko`paytmasi deb ataladi. 
Endi   dekart   ko`paytmasiga   umumiy   tushuncha   beramiz.   AxV   dekart
ko`paytmasi   deb,   birinchi   elementlari   A   ga,   ikkinchilari   V   ra   taalluqli   bo`lgan
barcha juftliklar ko`pligiga tushuniladi, ya'ni AxVq [ (x,u) ) x(-A va u(-a}. 
A va V ko`paytmasi, uning elementlari boshqa ikki ko`paytmaning (A va V )
juftliklari bo`lganligi boisdan ham taniqlidir. 
Agarda VqA bo`lsa, u holda AxV q AxAv((x,u) ! x(-A va u(-A) 
ko`paytmasp elementlaridagi juftliklar cheksizligi bilan belgilanadi. 
18 4. Ekvivalent munosabatlar
Endi   ko`pchilik   predmetlarni   sinflarga   ajratishda   muhim   rol   o`ynaydigan
munosabatlar   sinfini   ajratamiz,   buni   ko`pchilik   —   ko`plik   klassifikatsiyasi   desa
ham   bo`ladi.   Yuqorida   ko`rilgan   munosabatlar   misollari   orasida   bir   vaqtning
o`zida   refleksiy,   simmetrik   va   tranzitiv   bo`lganlarini   aytish   mumkin.   Ularga
paqam-sonlar   geo’letrik   shakllar   tengligi,   shakllar   o`xshashligi,   «tengdoshlik»
tengdosh bo`lishlikni kiritsa bo`ladi. Ana shular va shularga o`xshash hamda shu
xos   munosabatlar,   munosabatlarning   zarur   sinfi,   juda   ko`p   matematika   kursida
qo`llaniladigan   munosabatlar   ekvivalentliligi   deb   ataladi.   Ba'zi   «A»   ko`plikdagi
barcha   refleksiv,   simmetrik   va   tranzitiv   munosabat   ekvivalent   munosabat   deb
ataladi. 
Agar   ba'zi   ko`pchilik  (ko`plik)   elementlari   orasida   ekvivalentlik   munosabat
kiritilsa yoki aniqlansa bu bilan shu kabi sinflarga bo`linishga sabab tug`iladi, va
duch   kelgan   ikki   element   sinfi   bo`linishga   mo’rillik   ayni   munosabatda   bo`ladi,
(boshqacha   aytganda   shu   munosabatga   ekvivalent   bo`ladi)   boshqa   sinfga     duch
kelgan element shu munosabatda ekvivalent emas. 
Ko`plikning   sinflarga   shunday   bo`linishi   odatda   ko`plikni   ekvivalentlik
sinflarga   bo`lish   deb   ataladi,   Bu   nazariyani   uch   xil   (shakl)   o`yini   asosida
modellashtirish  mumkin. 
Shu bloklar ko`pligiga «bir xil rangga ega bo`lish» munosaba t  kiritamiz. Bu
munosabat   ekvivalentlik   munosabatli   refleksiv   simmetrik   va   tranzitivligiga
ishonch   hosil   qilish   qiyin   emas.   Masala   ham   shun g a   yarashadir:   bloklarni
shunday   joylashtiringki   unda   bir   ranglilar   (bir   xil   rangdagi   bloklar)   bir   joyda
bo`lsin. 
«Bir   xil   shaklga   ega   bo`lish»   munosabati   yordamida   biz   barcha   (blok)
shakllarni ekvivalentlikning 4 sinfiga bo`lish tushunchasiga ega bo`lamiz, chunki
bir  sinfga mo’ril  ikki shakl  (blok)  bir  xil shaklga ega, boshqa-boshqa sinfdagi 2
shakl   (blok)   har   xil   shaklga   ega   bo`ladi.   Shaklning   o`zi   bu   y erda   ekvivalentlik
sinfi o`rnida ishtirok etadi. Kelajakda shunday qilib xoh tekislikda xoh bo`shliqda
kvadrat,   doira,   uchburchak,   to`g`ri   to`rtburchak   va   boshqa   geometrik   shakllar
to`g`risidagi tushunchalar shakllanadi. 
Bu   misollar   bir   tomondan   ekvivalentlik   munosabat   yangi   tushunchalarni
shakllanishida va klassifikatsiyalash faoliyatiga manbaa bo`lsa, boshqa tomondan
yuqorida halqa bilan didaktik o`yin bu faoliyatga o`qitadi. 
5. Tartiblar munosabati
Yuqoridagi 2 paragrafda ko`rilgan raqamlar orasida «kichik» «katta», to`g`ri
chiziq nuqtalari orasida «voqeaga sabab», «ortidan», «odamlar orasida», «katta»,
«yoshi ulug`», «kichik», «yosh» munosabatlar misoli bor edi. 
Nazorat savol va topshiri q lari
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har to’lonlama rivojlantirishda va ularni
maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning roli. 
2. Matematik bilim berish vositalari nimalardan iborat.
3.   «To`plam»,   «son»,   «raqam»   tushunchalarining   mazmuni.   2.   Natural   son
qatori, miqdor, tartib son xususiyatlarining xarakteristikasi. 
4. Sanoq va o`lchov mazmunining yoritilishi. 
19 6- 7- MA'RUZA: MT T  ning turli yosh guruhlarida matematika
mashg’ulotlarini tashkil qilish
Reja:
1. Bolalar bog’chasida sensor tarbiya berish
2.Mashg’ulot- maktabgacha ta’limda o’qitishning asosiy shakli.
3.  Mashg’ulotning turlari   va  tuzilishi .
4.   Tarbiyachining mashg’ulotga tayyorlanishi .
       Tushunchalar va tayanch iboralar:   sensor tarbiya, etalon, d idaktika, ta’lim,
mashg’ulot .
              S ezgi   va   idrok   biror   maqsadga   qaratilgan   mazmunli   faoliyat   jarayonida
muvaffaqiyatli   rivojlanadi.   Samarali   faoliyat   (rasm   chizish,   loy   va   plastilindan
buyumlar,   applikasiyalar   yasash)   sezgi   va   idrokning   rivojlanishi   uchun   qulay
sharoit yaratibgina qolmay, balki buyumning shaklini, rangini, joyini bilib olishga
ham   ehtiyoj   paydo   qiladi.   Biror   narsaning   rasmini   chizishdan   oldin   bolani
buyumlarning   rangiga   qarab   taqqoslashga   o’rgatiladi,   suratlarni   ko’zdan
kechirishda   esa   qanday   qilib   rang   yordamida   tasvirning   badiiy   ifodaliligiga
erishilishini ko’rish qobiliyati rivojlanadi.
Bog’chada bolalar  butun yil davomida tabiat  bilan tanishtirib boriladi, ularga
o’simliklarni,   hayvonlarni   parvarish   qilish   topshiriladi.   Bu   suv,   yer,   quyosh
issiqligining xususiyatlarini sezib bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Bolalar   tabiat   bilan   bevosita   munosabatda   bo’lish   tufayli   gul,   toshlarning
nomini   osongina   va   bajonu   dil   bilib   oladilar,   keyinchalik   ularning   shakli,   rangi,
tuzilishi, hidi, nomini silliqligi va mayinligiga qarab topadilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar “oldinga”, “orqaga”, “tepada –pastda”,
“uzoq –yaqin”, “chapda –o’ngda” kabi fazoviy tasavvurlarni o’zlashtirib oladilar
va   hayotiy   vaziyatda   ularga   amal   qiladilar,   buyumlarning   shakli,   ular
o’lchamining farqiga yetadilar, ularni o’zaro taqqoslaydilar.
Bolalar   tabiat   bilan   tobora   ko’proq   aloqada   bo’lishlari   tufayli   taassurotlari
eshitib   ta’sirlanish   xususiyatlari   ortib   boradi.   Bolalarni   qushlarning   sayrashi,
barglarning   shitirlashi,   shamolning   guvillashi,   yomg’irning   shatur   –shuturi   va
momaqaldiroqning gumburlashini diqqat bilan tinglashga o’rgatish zarur.
Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri –tekshirishdir.
Tekshirish –buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat
bo’lib,   uning   natijalaridan   keyinchalik   ma’lum   bir   mazmunli   faoliyatda
foydalaniladi.   Tekshirish   jarayonida   bolalar   katta   –kichiklikni,   shaklin,   fazovyi
munosabatlarni,   rangni,   nutq   tovushlari   bilan   musiqiy   tovushlarning   o’ziga   xos
xususiyatlarini ajratib ko’rsatish va farqlashga o’rganadilar.
Mashg’ulotlarda   bolalarning   hissiy   bilish   tajribasini   egallab   olishlari   muhim
rol   o’ynaydi.   Holbuki   shu   mashg’ulotlarda   bolalarning   sezgi,   idrok   va
tasavvurlarini   tarbiyalashga   jonli   rahbarlik   qilish   uchun   barcha   sharoitlar
yaratiladi.
Bolalar   biror   buyumni   nima   uchun   sinchiqlab   qarash,   ba’zi   tovushlarni
yaxshilab eshitish kerakligini aniq tushunganlaridagina, ularda sinchiklab qarash,
narsa va hodisalarni idrok qilish malakai hosil bo’ladi. Shuning uchun tarbiyachi
bolalarni narsa va hodisalarni idrok qilishga o’rgatib, ularga qiladigan ishlarining
ma’nosini aniq tushuntirib berishi lozim. Shundagina ular ancha tushungan holda
idrok   qiladilar   va   u   biror   maqsadga   qaratilgan   bo’ladi:   axir,   daraxat   shoxlari
20 (novdalarini) yaxshilab ko’zdan kechirilmasa,  uning rasmini  chizish ancha qiyin
bo’ladi.
Boshqa   faoliyat   turlariga,   masalan,   mehnatga   tayyorgarlik   ko’rishda   tegishli
tekshirish usullari tanlanadi.
Masalan,   qog’oz   va   gazlamaning   xossalarini   aniqlash   uchun   tarbiyachi
bolalarga qog’oz va gazlamani g’ijimlanganda nima bo’lishini eishitib ko’rishni,
qog’oz  va bir  parcha gazlamani  yirtib ko’rishni,  qog’oz va gazlamadan  qilingan
qo’g’irchoq ko’ylagini suvda yuvishdan taklif etadi.
To’plangan   tajribalarni   bolalar   boshqa   buyum   va   hodisalarga   ko’chiradilar,
undan   kundalik   hayotlarida   foydalanadilar:   “kel,   qumga   suv   quyamiz,   u   nam
bo’ladi, biz undan toniyel quramiz”, “Bu chelakni ko’tarma, unda qum bor, u juda
og’ir”.
Buyumlarning xususiyatlarini, nomini va ta’rifini aniqlash, ularni ma’lum bir
xossalariga   ko’ra   taqqoslash   uchun   didaktik   o’yin   va   qo’llanmalardan   ham
foydalanish mumkin. Ular bolalar bilan olib boriladigan xilma –xil mashg’ulotlar,
mehnat,   kuzatishlar   va   bolalarning   mustaqil   ishlarida   yaxshigina   qo’shimcha
material hisoblanadi.
                  Mashg’ulot   ta’limning   tashkiliy   sharti   ekanligi     . Ta’lim   shakli
degandata’lim   beruvchi  pedagog va bolalarning maxsus tashkil  etilgan faoliyati
tushuniladi va kun tartibida ma’lum bir vaqtda o’tkaziladi.
Ta’lim   shakli   bolalar   soni,   pedagog   va   bolalar   o’rtasidagi   o’zaro   ta’sir
xususiyatiga,   o’tkazish  joyiga,  shuningdek   kun  tartibida  egallagan   o’rniga  qarab
bir –biridan farq qiladi.
Bolalar   bog’chasida   ta’limning   frontal   (umumiy),   gurppaviy   va   yakka
tartibdagi   shakllaridan   foydalaniladi.   Bundan   tashqari,   bolalarga   ta’lim   berish
ishlari   ekskursiya,   didaktik   o’yinlar   orqali,   kun   davomida   bolalarning
mashg’ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o’yinlariga rahbarlik qilish
jarayonida va shunga o’xshashlarda amalga oshirib boriladi.
Mashg’ulot   bolalar   bog’chasida   bolalarga   ta’lim   berishning   asosiy   shaklidir.
Mashg’ulot   –pedagogning   bolalarni   kerakli   bilim   va   malakalardan   frontal   holda
xabardor   qilishidir.   Tarbiyachi   bolalarga   ta’lim   berishni   kun   davomida   amalga
oshiradi:   ularning   bilimlarini   boyitadi,   madaniy   –gigiyenik,   xulq   madaniyati,
gaplashish   nutqi,   sanoq–hisob   harakatlari   kabi   turli–tuman   malaka   va
ko’nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta’lim berishda bosh rolni mashg’ulot
egallaydi.   Mashg’ulotlar   bolalar   bog’chasida   ta’limni   tashkil   etish   shaklidir.   U
maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   hamma   bolalar   uchun   majburiydir:   unda   dastur
mazmuni   belgilab   berilgan,   kun   tartibida   unga   ma’lum   o’rin   va   vaqt   ajratilgan.
Mashg’ulot tarbiyachi rahbarligida o’tkaziladi, tarbiyachi mashg’ulotda bolalarni
yangi   bilimlardan   xabardor   qiladi,   bolalar   egallab   olgan   bilimlarni   esa   aniqlab.
Mustahkamlaydi,   bolalarning   amaliy   mashg’ulotlarini   tashkil   etadi.   O’quv
materialining mazmuni asta –sekin murakkablashtirilib boriladi.
Mashg’ulot   bolalarni   maktabga   tayyorlashda   katta   ahamiyatga   ega.
Mashg’ulot   orqali   bolalar   o’quv   malakasini   egallab   oladilar,   o’z   –o’zini   yaxshi
tashkil etadigan bo’lib qoladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta
olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta’lim berish natijasida bilimga
qiziqishlari rivojlana boradi.
21 Bolalarga   bilim   berishni   jamoa   usulida   olib   borish   katta   ahamiyatga   ega:
birgalikdagi   faoliyatda   bolalar   bir   –birlariga   faol   ta’sir   etishadi,   o’z   tashabbusi,
topag’onligini   namoyon   qilish   imkoniyati   tug’iladi.   Bolalar   oldiga   umumiy   zo’r
berishni   talab   etuvchi   vazifa   qo’yilganda   birgalikda   qayg’urishadi,   jamoatchilik
hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish –yasash ishlarini
birgalikda bajarish, umumiy raqs –o’yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish,
o’qishda paydo bo’lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do’stona
jamoasini   yaratishga   yordam   beradi,   birga   ishlash,   yashashga   o’rgatadi.
Mashg’ulotda   ta’lim   berish   orqali   bolalarda   maktabdagi   o’qishga   qiziqish
tarbiyalanadi,   javobgarlik  hissi,   o’zini   tuta  olish,   mehnat     qilishga   intilish   odati,
topshirilgan ishni bajarish kabi to’g’ri sifatlar hosil qilinadi.
Bolalarni maktab ta’limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni, ularning boshlang’ich
sinflarda   dastur   materialini   yaxshi   o’zlashtirib   olishlarini   ta’minlovchi   bilim   va
malakalar mashg’ulotlar jarayonida hosil qilinadi.
Mashg’ulotlarda   bolalarda   mustaqil   fikr   yuritish   malakasi   tarkib   toptiriladi,
tarbiyachilarga   quloq   solish,   ularning   fikriga   erishish,   hikoya   qilinayotgan
voqyeadagi   asosiy   g’oyalarni   ajrata   olish,   qisqacha   umumlashtirish   kabi
malakalarni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi.
Tayyorlov   guruhlarida   mashg’ulotlar   orqali   bolalarda   tashabbuskorlik   va
mustaqillik,   bilimga   iziquvchanlik,   faol   tafakkur   qilish,   taqqoslash,
umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi. Bolalarda
kuzatuvchanlik,   javobgarlik   hissi   takomillashtirib   boriladi,   ularda   mehnat   qilish
malakasi va xohishi tarbiyalanadi.
Bolalarni mustaqillikka o’rgatish ishi muntazam amalga oshirib boriladi.
Bolalar   bog’chasida   kichkintoylarni   tevarak   –atrofdagi   hayot,   tabiat   bilan
tanishtirish,   ularning   nutqini,   eng   oddiy   matematik   tasavvurlarini   o’stirish
mashg’ulotlari,   musiqa   mashg’ulotlari,   tasviriy   san’at   mashg’ulotlari,   qurish   –
yasash, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari olib boriladi.
Ilk   yoshdagi   bolalar   bilan   olib   boriladigan   mashg’ulotlar   katta   yoshdagi
kishilarning   har   bir   bola   bilan   rejali   suratda   muomalada   bo’lishidan   iborat
bo’lib .bu mashg’ulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib
borishdir;   bu   esa   bolalarni   mashg’ulotlarga   tayyorlash   bosqichidir;   go’daklar
ixtiyoriy   diqqat   o’sib   borgan   sari,   bunday   mashg’ulotlar   bir   necha   bola   bilan,
keyinchalik esa butun guruh bolalarni bian bir yo’la olib boriladi.
Mashg’ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo’r berishni talab
etadi, ya’ni u bolaning aktiv faoliyati  bilan bog’liq bo’lib, bola ma’lum natijaga
erishish   uchun   intiladi,   bu   esa   boladan   uzoq   davomli   ixtiyoriy   diqqatni   talab
etadi.  Shuning  uchun  mashg’ulotga  tayyorlanishda  bolalar  yoshini,  imkoniyatini
e’tiborga   olish   zarur;   mashg’ulotning   vaqtini,   kun   tartibidagi   o’rnini,   dasturning
har   xil   bo’limlarini   to’g’ri   almashtirib   turishni   oldindan   o’ylab,   aniq   belgilab
olish zarur.
Mashg’ulotlarni   kunning   birinchi   yarmida   o’tkazish   maqsadga   muvofiqdir,
chunki,   birinchidan,   bola   ertalabki   soatlarda   aqliy   vazifani   yaxshi   bajara   oladi,
xona tabiiy yorug’liq bilan yaxshi ta’minlangan bo’ladi. 
Har bir yosh guruhida necha marta mashg’ulot o’tkazilishi, uning mazmuni va
har   bir   mashg’ulot   yosh   guruhlari   bo’yicha   necha   daqiqa   davom   etishi   bolalar
22 bog’chasi   tarbiya   dasturida   ularning   yosh   xussiyatlarini   e’tiborga   olgan   holda
belgilab berilgan.
Birinchi   kichik   guruhda   mashg’ulot   bolalarni   ikki   guruhga   bo’lgan   holda
o’tiladi. Guruhlardagi bolalar soni har doim bir xil  bo’ladi. Mashg’ulot setkasini
tuzganda   haftada   bolalarning   ish   oqbiliyati   yuqoriroq   bo’ladigan   kun   tanlanadi.
Ma’lumki, haftaning o’rtalarida (seshanba, sorshanba, payshanba) bolalarning ish
qobiliyati   yuqori   bo’lar   ekan,   bu   kunlarga   bolalarning   aktiv   faoliyatini   talab
etuvchi   murakkabroq   mashg’ulot   tanlanadi   (elementar   matematika,   nutqni
rivojlantirish,   savodga   o’rgatish   va   h.k.)   Jadval   tuzganda   bu   mashg’ulotlarni
birinchi   qo’yish   kerak,   bolalardan   ko’p   harakat   qilishni,   hissiy   nagruzkani   talab
etuvchi   mashg’ulotlar   (musiqa,   jismoniy   tarbiya,   tasviriy   faoliyat)   ikkinchi   qilib
qo’yiladi.
Bolalar   o’zlashtirib   oladigan   bilimlar   mazmuni   tarbiyalovchi   bo’lishi   kerak.
Bog’cha   dasturi   maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarda   tabiat   haqidagi
bilimlarni   (bular   tabiatga   muhabbat   uyg’otadi,   o’simliklar   va   hayvonlarga
g’amxo’rlik   bilan   qarash   hissini   tarbiyalaydi),   tarkib   toptirishini   nazarda   tutadi:
bilimlarni   o’zlashtirib   olish   asosida   bolalarda   jonajon   shahriga,   o’z   vataniga,
halqiga   muhabbat,   ulug’   kishilarga   muhabbat   va   hurmat,   o’lkaning   ijtimoiy
hayotiga qiziqish paydo bo’ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarja ijtimoiy
hodisalar, voqyealar to’g’risida umumlashgan tasavvurlar tarkib topadi. Masalan,
qo’shni   o’lkalardagi   bolalarning   hayoti   va   do’stligi   haqidagi   daslabki   bilimlar
asosida vatan to’g’risidagi daslabki tasavvurlar vujudga keladi. Tarbiyachi yangi
mashg’ulotlarning   mazmunini   belgilar   ekan,   ular   u   yoki   bu   mashg’ulotlarda
o’zlashtirilgan   bilimlar   bilan   qanday   bog’lanishini   o’ylab   ko’rad.   Masalan,
oshpaz,   kutubxonachi   bilan  o’qituvchining  mehnati  haqidagi  bilimlar   xilma  –xil
mehnat   turlari   haqidagi   ma’lumotlar   sistemasining   bir   qismidir.  Pochtadagi   turli
xodimlar   mehnati   haqidagi   bilimlar   –ijtimoiy   mehnatning   jamoa   xarakteri
to’g’risidagi   bilimlar   sistemasining   bir   qismi.   Mehnatning   ijtimoiy   xarakteri,
mohiyatini  tushunish  uchun  bola  shunga  o’xshash  ko’pdan –ko’p mehnat  turlari
bilan tanishishi lozim.
Mashg’ulotning   turlari.   Didaktik   maqsadiga   ko’ra   mashg’ulotlar   quyidagi
xillarga   bo’linadi:   bolalarga   yangi   bilim   beruvchimashg’ulotlar,   bolalarning
egallagan   bilimlarni   mustahkamlovchi   va   sistemaga   soluvchi   mashg’ulotlar:
bolalarning   bilimini   tekshiruvchi   –   sinovchi   mashg’ulotlar;   kompleks
mashg’ulotlar
1. Bolalarga yangi bilim beruvchi mashg’ulotlarni o’tkazishdan maqsad
–ularni   yangi   bilimlardan   xabardor   qilish,   tevarak   –atrofdagi   narsa   va
buyumlar,   voqyealar   to’g’risidagi   bilimlarini   aniqlash   va   kengaytirishdir.
Bunday   mashg’ulotlarga   yangi   obyektni   kuzatish,   hikoya   qilib   so’zlab
berish va boshqalar kiradi. Mazkur mashg’ulotlar hamma yosh guruhlarida
o’tkaziladi.
2. Bolalarning   to’plagan   bilim   va   tajribalarini   mustahkamlovchi   va
sistemaga   soluvchi   mashg’ulotlar.   Undan   ko’zlangan   asosiy   maqsad
idrok   etilgan   narsalarni   anglab   olish   va   daslabki   umumlashtirishga
o’rgatishdir.   Buning   uchun   tanish   obyekt   kuzatiladi,   ikki   narsa
solishtiriladi   (xona   o’simliklari,   daraxtlar,   hayvonlar),   didaktik   o’yinlar,
suhbatlar   o’tkaziladi.   Bunday   mashg’ulotni   o’tkazish   orqali   tarbiyachi
23 bolalar   nimani   yaxshi   o’zlashtirib   olgan-u,   nima   yaxshi
o’zlashtirilmaganini   bilib   oladi.   Tarbiyachi   mashg’ulot   jarayonida
bolalarning bilimini yangi narsalar –detallar bilan boyitib boradi.
3. Bolalarning   bilimini   sinovchi   mashg’ulotlar .   Bunday   mashg’ulotlardan
maqsad   tarbiyachi   bolalar   dastur   bo’yicha   o’zlashtirilishi   lozim   bo’lgan
bilim   va   malakalarni   o’zlashtirib   oldilarmi   –yo’qmi,   shuni   bilib   oladi   va
o’zining   bo’lajak   ish   mazmuni,   metodini   belgilaydi.   Mashg’ulotni
tarbiyachi   o’z   xohishi   bilan   kvartal,   yarim   yil   va   yilning   oxirida,
shuningdek mudira va metodistning iltimosiga binoan o’tkazishi mumkin.
4. Mujassam  (kompleks)  mashg’ulotlar   bolalar  bog’chasi  tajribasida  keng
tarqalgan   bo’lib,   bunday   mashg’ulotlarda   bolalarga   yangi   bilim   beriladi,
egallangan  bilimlar   mustahkamlanadi  va   takrorlanadi,  sistemaga  solinadi,
olgan   bilim   va   malakalarini   amalda   qo’llashga   o’rgatiladi.   Bolalar
bog’chasida tasviriy faoliyat konstruksiyalash, tevarak –atrofdagi ijtimoiy
hayot   va   tabiat   bilan   tanishtirish,   nutqni   o’stirish,   savod   o’rgatish,   eng
oddiy   matematik   tasavvurlarni   rivojlantirish,   musiqa   va   jismoniy   tarbiya
mashg’ulotlari   o’tkaziladi.   Mashg’ulotga   to’g’ri   tayyorgarlik   ko’rilib,
uyushgan   holda   o’tkazilganda,   bolalar   oldiga   ma’lum   aqliy   vazifa
qo’yilgan   taqdirda,   ularning   fikrlash   faoliyati   rivojlanadi.   Aqliy
vazifalarning   birligi   va   muayyan   qiyinchilik   bolalarni   uyushtiradi   va
ularning   diqqatini   ma’lum   tomonga   yo’naltiradi.   Eng   avvalo   bolaning
aqliy   vazifani   hal   etish   yo’lidagi   qiyinchilikni   yengish   imkoniyati
tug’iladi, natijada bolada faoliyatga qiziqish uyg’onib, u malakani egallash
uchun   mustaqil   intiladi,   o’ylaydi   va   vazifaning   uddasidan   chiqish   uchun
fahm –farosatini ishga soladi.
Nus’ha   olish   tarzidagi   vazifani   bajarish   natijasida   bola   tarbiyachining
ko’rsatmasi,   namunasiga   qarab   malaka   va   ko’nikmalarni   o’rganadi.   Bu
bolalarning   amaliy   va   aqliy   faoliyat   usullarini   egallab   olishlari   uchun   zarurdir.
Bolalar   qalamini,   mo’yqalamni,   qaychini   ushlashni,   rasm   chizish,   narsa   yasash,
solishtirish,   umumlashtirish,   asbraksiyalashni   o’rganadilar.   Tarbiyachi   bir
narsaning hadeb takrorlanaverishiga yo’l qo’ymasligi kerak.
Mashg’ulot   tuzilishi.   Mashg’ulot   quyidagi   tuzilishga   ega:   bolalarni
uyushtirish, asosiy qism, yakunlovchi qism.
Bolalar   mashg’ulotga   qiziqib   qatnashishlari   va   unda   faol   ishtirok   etishlari
uchun   uning   mazmuni   va   metodikasi   yaxshilab   puxta   o’ylab   olinishi   kerak.
Bolalar   o’quv   faoliyatini   qanchalik   puxta   egallab   olsalar,   tarbiyachini   e’tibor
bilan tinglab, o’yindan mashg’ulotga osonlik bilan o’tadilar.
Bolalarni   uyushtirish.   Tarbiyachi   bolalarni   yig’ib,   ularning   mashg’ulotga
tayyorligini   tekshiradi:   tashqi   ko’rinishi,   joy   –joyiga   to’g’ri   o’ltirishganligi,
diqqatini to’plagannini sinab ko’radi.
Mashg’ulot   muvaffaqiyatli   o’tishi   uchun   bolalar   oldida   turgan   faoliyatga
qiziqish uyg’otishi, buning uchun bolalaning yoshi, qiziqishi, faoliyatiga mos har
xil usullarni qo’llashi kerak.
Kichik   guruh   bolalarida   mashg’ulotga   qiziqish   uyg’otish   uchun   bolalarni
qiziqtiradigan   mazmundagi,   kutilmagan,   topishmoqli   usullardan   foydaplanadi.
“Quloq solinglarchi, kimdir eshik qoqyapti! Bu qo’g’irchoq biznikiga mehmonga
kelibdi!”,   deb   mashg’ulotni   boshlash   mumkin.   Bolalarning   narsalar   va   ularning
24 nimaga   ishlatilishi   to’g’isidagi   tasavvurini   tartibga   soluvchi   mashg’ulot   mana
shund a y boshlanadi.
Katta   guruhlarda   qanday   mashg’ulot   bo’lishini   tarbiyachi   bolalarga   oldindan
aytib   qo’yadi.   Masalan,   mustaqillik   maydoniga   ekskursiyaga   borishni   bolalarga
bir   hafta   oldin   aytib   o’tadi   va   ularga   rasmlarni   ko’rishni,   ota   –onasi   bilan   sayr
qilganda nimalarni ko’rganini eslashni taklif etadi. Bolalar bu kunni zo’r qiziqish
bilan kutishadi.
Katta   va   tayyorlov   guruhlaridagi   bolalar   mashg’ulotning   zarurligi   va
majburiyligini tushunishlari, unga ongli ravishda tayyorlanishlari zarur.
Asosiy qism . Mashg’ulotda bolalarga yangi bilim beriladi, topshiriqni bajarish
yuzasidan yo’l –yo’riq ko’rsatiladi, qiynalgan bolalarga yordam beriladi. Bolalar
bilan   bo’ladigan   jamoatchilik   munosabatlarini   alohida   munosabat   bilan   qo’shib
olib   boriadi.   Topshiriqni   bajarishni   hamma   bolalar   uddalay   olishlari   uchun
tarbiyachi har xil metod va usullarni qo’llaydi.
Mashg’ulotning   boshlanishidanoq   bolalarning   diqqatini   tashkil   eta   bilish
kerak. Bu bolalar oldiga qo’yilgan aqliy vazifaga bog’liq. Bolalarga qanday ishlar
olib borish zarurligi ko’rsatiladi va tushuntiriladi, ularni ayrim bolalarga alohida
takrorlash   shart   emas,   balki   hamma   bolalarni   e’tibor   bilan   eshitib   o’tirishga
o’rgatish kerak. Zarurat tug’ilsagina takrorlash mumkin.
Bog’chadagi   bolalar   o’qish,   yozishni   bilmaganlari   uchun   o’tilgan   materialni
qaytarib   mustahkamlay   olmaydilar,   shuning   uchun   bolalarga   berilgan   bilimni
mustahkamlash   uchun   tarbiyachi   takrorlash   va   mashq   qildirish   usullaridan
foydalanadi.   Mexanik   qaytarish,   yodlatishdan   qochish   kerak,   chunki   anglab
olinmagan material tezda esdan chiqadi.
Qaytarish,   mashq   qildirishda   tarbiyachi   fikrlarni   to’ldirib,   tartibga   solib
boradi, bu bolalarda bilimga qiziqish uyg’otadi va shu narsa to’g’risidagi tasavvur
va   tushunchalarini   chuqurlashtirali.   Mashg’ulotni   dastur   maqsadi   va   bolalar
yoshiga qarab mustahkamlashning har xil usullari qo’llaniladi.
Bolalar   o’zlashtirib   olishi   va   javob   qilishi   kerak   bo’lgan   material   so’z   orqali
amalga   oshiriladi.   Shuning   uchun   u   yoki   bu   ishni   bajarishda   bolalardan   uni
qanday   amalga   oshirmoqchi   ekanini   so’z   bilan   tushuntirib   berish   talab   etiladi
(masalan,   son   –sanoqqa   o’rgatishda,   qurish   –yasashda,   rasm   chizganda   qanday
qilishi,   qanday   tartib   bilan   bajarishi,   buning   uchun   qanday   materialdan
foydalanishni tushuntirib berishi talab etiladi).
Mustahkamlash   jarayonida   didaktik   material   bilan   bajariladigan   mashq   aqliy
vazifani   o’z   ichiga   olsa,   bolalarda   mustaqillikni   tarbiyalashda   katta   ahamiyatga
ega bo’ladi.
Masalan,   son   –sanoq   mashg’ulotida   bolalar   sanash   materiali   bilan   o’zlari
mashqlarni   mustaqil   bajarishadi:   tarbiyachining   topshirig’iga   qarab   narsalar
sonini   kamaytirishadi   yoki   ko’paytirishadi.   Buning   uchun   o’yinchoqlardan   ham
foydalanish mumkin.
Mashg’ulot davomida pedagog hamma bolalar faol qatnashishini  va ishni o’z
vaqtida puxta amalga oshirishlarini  nazorat  qilib boradi. Agar mashg’ulot yakka
tartibda olib boriladigan bo’lsa (rasm, loy va plastilindan narsalar yasash, qurish –
yasash,   konstruksiyalash),   bolalar   ishni   har   xil   vaqtda   bajarganliklari   uchun
tarbiyachi mashg’ulot tugashiga bir necha daqiqa qolganda mashg’ulotni tugatish
kerakligi to’g’risida ularni ogohlantiradi.
25 Mashg’ulotni tugatayotib, tarbiyachi o’tkazilgan mashg’ulotga yakun yasaydi:
bajarilgan   ishni   bolalar   bilan   birgalikda   baholaydi,   bolalarning   mashg’ulotda
qatnashganini gapiradi, ba’zan kelgusi mashg’ulotda nimalar o’tishlarini aytadi.
Bolalarning   o’quv   faoliyatini   yaxshi   egallab   olishlari   ular   bilimini   to’g’ri
baholashga bog’liq.
Qo’yilgan vazifaning bajarilishiga qarab baho berilishi kerak. Bolaning ishini
to’g’ri   baholab,   “to’g’ri”   yoki   “noto’g’ri”   deyish   bola   uchun   oddiy   maqtovdan
ancha qimmatlidir.
Ish qanchalik yaxshi tahlil qilinsa, u bolaning kelgusida ishini tuzatib olishiga
yaxshiroq imkoniyat yaratadi.
Mashg’ulotdan   keyin   tarbiyachi   bolalarni   o’yinga   taklif   etadi,   boshqa
mashg’lot bo’lmasa, sayrga tayyorlanishadi.
Mashg’ulotda   tarbiyachining   bolalarga   qo’yadigan   talabi   ularning   yoshi   va
imkoniyatlariga mos bo’lishi kerak. Birinchi kichik guruh bolalarini ikkiga bo’lib
mashg’ulot  o’tiladi. Tarbiyachi  birinchi  guruh bolalari  bilan mashg’ulot  o’tiladi.
Tarbiyachi   birinchi   guruh   bolalari   bilan   mashg’ulot   o’tkazganda   ikkinchi   guruh
bolalariga enaga qarab turadi. Tarbiyachi mashg’ulot paytida hamma bolalarning
faol   qatnashishlariga   harakat   qiladi:   savolga   to’g’ri   javob   berishlarini,
ko’rsatilgan narsaning nomini aytishlarini, rasm chizishlarini, narsa yasashlari va
hokazolarni kuzatadi.
Agar   bolalar   ikkinchi   kichik   guruhga   yangi   kelgan   bo’lishsa,   daslabki   1   -2
haftada tarbiyachi faqat “ohlagan bolalar bilangina mashg’ulot o’tkazadi: bolalar
yangi   sharoitni   yaxshi   o’zlashtirib   olganlaridan   keyingina   hamma   bolalar   bilan
mashg’ulot o’tkaziladi.
Daslabki   mashg’ulotlarda   tarbiyachi   bolalarni   guruh   xonasi,   qo’g’irchoq   va
o’yinchoqlar   bilan   tanishtiradi.   Qo’g’irchoqlar   yordamida   mashg’ulot   o’tkazadi.
Tarbiyachi   avval   bolalarda   mashg’ulotga   qiziqio’   uyg’otadi,   keyin   esa
mashg’ulotning   hamma   uchun   majburiy   ekanligini   sekin   –asta   bolalar   ongiga
singdirib boradi.
Sekin   –asta   mashg’ulot   bolalar   xulqiga   moslab   murakaablashtirib   boriladi.
Ular   mashg’ulot   paytida   axloq   qoidalarini   egallab   oladilar:   to’g’ri   o’tirish,
chalg’imaslik,   tarbiyachi   va   o’rtoqlarini   diqqat   bilan   eshitish,   tarbiyachi
so’ragandagina   javob   berish,   javob   berganda   o’rnidan   turish,   kerak   bo’lsa
stolning oldiga borish va hokazolarni o’rganadilar.
Katta bolalar o’zlarini tez tashkil eta bilishlari lozim: bir faoliyatdan ikkinchi
faoliyatga   osonlik   bilan   o’tishlari,   mashg’ulot   vaqtida   ish   joylarini   ozoda
saqlashlari,   rasmga   qarab   so’zlaganda   ko’rsatkichdan   foydalanishlari,   javob
berganda   gavdalarini   to’g’ri   tutib   turishlari,   nutqlari   tushunarli   bo’lishi,   starli
darajada   baland   ovozda   gapirishlari,   to’la   javob   berishlari,   mashg’ulotdan   keyin
o’z ish joylarini yig’ishtirib qo’yishlari kerak.
Mashg’ulot paytida talabni bajarish axloq normasiga aylanib qolishi kerak. Bu
ikki   narsa   asosida   shakllanadi,   birinchisi   tarbiyachining   obro’siga   asoslanilsa,
ikkinchisi   ma’lum   talabning   rivojlanishi   bilan   (o’qib   olish   va   bajarish   uchun
eshitish   kerak,   qiziqarli   bajarish   zarur)   amalga   oshiriladi.   Taqaridan   qaraganda
bolalar   xulqida   hyech   qanday   farq   ko’rinmaydi   –bu   odatdagi   intizomga   xulqida
hyech qanday farq ko’rinmaydi – bu odatdagi intizomga bo’ysunishning natijasi,
ikkinchidan, bu o’quv faoliyati rivojlanganligining belgisi, ta’limning ta’siridir.
26 Mashg’ulotda   axloq  qoidalariga  rioya  qilish  bolalarni  maktabga  tayyorlashda
katta ahamiyatga ega bo’lib, maktab ta’limiga madaniy tayyorgarlikning hissiy –
axloqiy qismi hisoblanadi.
Tarbiyachining mashg’ulotga tayyorlanishi.  Mashg’ulotning sifati va uning
natijasi   tarbiyachining   unga   qanday   tayyorgarlik   ko’rganiga   bog’liq.
Mashg’ulotga   tayyorlanish   mazmuniga   quyidagilar   kiradi:   mashg’ulotni
rejalashtirish,   kerakli   jihozlarni   tayyorlab   qo’yish,   bolalarni   mashg’ulotga
tayyorlash.
Tarbiyachi bir bo’limdan bitta emas, balki butun bir mashg’ulotlar sistemasini
rejalashtirgandagina ma’lum natijaga erishishi mumkin. Masalan: “Kiyim qanday
tikiladi?” mavzusini rejalashtirishda bir qancha mashg’ulotlarni belgilab chiqadi:
kiyimni   qanday   tikish   to’g’risida   gapiradi   va   tikish   uchun   kerakli   narslaarni
ko’rsatadi;   yaqinroqdagi   atelyega   ekskursiyaga   boriladi   gazlamalar   to’g’risida
suhbat o’tkaziladi. Birinchi mashg’ulotda bolalarning tikish va kiyim to’g’risidagi
bilimlari   aniqlanadi;   bolalar   tikuv   mashinasi   va   tikish   uchun   kerak   bo’ladigan
boshqa   asboblar   bilan   tanishishadi;   tarbiyachi   bolalarga   ularni   ko’rsatib,   gapirib
beradi, qisman tikish jarayonini ko’rsatadi.
Ikkinchi   mashg’ulotda   bolalar   atelyedagi   asbob   –anjomlarni,   tikuvchilarning
ish   jarayonini   kuzatishadi,   texnik   moslamalar   (elektr   tikuv   mashinalari,
dazmollaydigan mexanik presslar, elektr qaychilar) bilan tanishishadi  va qanday
qiyimlar tikilishini bilib olishadi. Uchinchi mashg’ulotda bolalar har xil matodan
tikilgan kiyimlar bilan tanishib, ularni bir –biridan fraqlashga o’rgatiladi.
Shunday   qilib,   tarbiyachi   har   bir   mashg’ulot   mazmunini   qonkretlashtiradi,
bajarish   usullarini   tanlaydi,   bunda   albatta   bolalarning   yoshi   va   imkoniyatlari
e’tiborga olinadi.
Ba’zi bir mashg’ulotlarga oldindan tayyorgarlik ko’riladi va u rejada ham aks
ettiriladi.   Masalan,   “Bizning   bayram”   degan   mavzudagi   rasm   mashg’ulotidan
oldin bolalar bilan bayramona yezatilgan ko’chalarga sayr uyushtirish, rasmlarni
ko’rish,   oynan   jahon   orqali   ko’rsatilgan   bayram   eshittirishlari   bo’yicha   suhbat
o’tkazish   mumkin.   Tayyorgarlik   ishlari   bolalarning   mashg’ulotga   hissiyot
tayyorgarligini   ta’minlaydi.   Tarbiyachi   mashg’ulotning   borishini   batafsil   o’ylab
ko’radi. Unga ajratilgan vaqtdan samarali foydalanishga intiladi.
Masalan,   yuqorida   aytib   o’tilgan   “kiyim   qanday   tikiladi?”   mavzusiga   oid
birinchi mashg’ulotning borishi quyidagicha bo’lishi mumkin: pedagog bolalarga
bir –birlarining kiyim –boshlarini ko’zdan kechirish va bu haqda gapirib berishni
taklif   etadi.   Agar   3   -4   boladan   so’ralsa,   bunga   3-4   daqiqa   kerak   bo’ladi.   Keyin
tarbiyachi:   “Kiyimlaringizni   kim   bergan?”,   “Magazindan   tayyor   holda   sotib
olinadigan   kiyimlar   qayerda   tikilishini   kim   biladi?”,   “Tikish   uchun   qanday
buyumlar   kerak?”   degan   savollarni   beradi.   Bu   savollarga   javob   berish   ham   3-4
daqiqa vaqtni oladi. Shundan keyin bolalarga gazlama, andaza, qaychi, santimetr,
igna,   angishvona,   tikuv   mashinasini   ko’zdan   kechirish   va   har   bir   buyumning
vazifasini   so’zlab   berish   taklif   etiladi.   Bunga   8   -10   daqiqa   vaqt   ketadi.   Shu
mashg’ulotning   o’zida   tarbiyachi   qo’g’irchoq   kiyimi   tikishning   ayrim
jarayonlarini, andaza bo’yicha fartukni bichib olish, tikuv mashinasida cho’ntakni
tikish,   qo’lda   tugmalarni   qadash   va   tikishdagi   ketma   –ketlik   haqida   gapirib
berishi kerak. Bunday mashg’ulot 20 -25 daqiqa davom etadi. 
27 Mashg’ulotga   tayyorgarlik   ko’rishda   tarbiyachi   tegishli   metodik
adabiyotlardan foydalanadi.
Murakkab mashg’ulotlarga tayyorlanish konspekt tuzishni taqozo etadi. Unda
mashg’ulotning   mazmuni   (ta’lim   va   tarbiyaviy   vazifalar),   tayyorlanishi   kerak
bo’lgan jihozlar, bolalar bilan olib boriladigan daslabki ishlar (agar bunga zarurat
bo’lsa),   mashg’ulotning   borishi   va   tarbiyachi   foydalanadigan   metodik   usullar
ko’rsatiladi.  Mashg’ulot  jarayonini  bayon  yetib yozishda   mashg’ulotning booshi
va   oxirida   9yakun   chiqarish   va   keyingi   faoliyat   turiga   o’tishda)   bolalarni
uyushtirish   va   keyingi   faoliyat   turiga   o’tishda)   bolalarni   uyushtirishni   alohida
ajratib ko’rsatish kerak.
Mashg’ulot   muvaffaqiyatli   o’tishi   uchun   jihozlarni   o’z   vaqtida   tayyorlash
o’arur.   Ularni   tanlash   mashg’ulotning   mazmuniga   va   tarbiyachi   belgilangan
metodik usullarga bog’liq.
Odatda   metodikakabinetida   “Bolalar   bog’chasida   ta’lim   tarbiya   dasturi”ning
hamma   bo’limlari   bo’yicha   metodik   qo’llanmalar   bo’ladi.   Yetishmaganini
tarbiyachi o’zi tayyorlaydi, ba’zan bu ishga katta va tayyorlov guruhlari bolalarini
jalb   etadi.   Mashg’ulot   uchun   kerakli   materiallarni   bir   kun   ilgari   tayyorlaydi,
uning   buzuq   emasligini,   didaktik   materiallar   hamma   bolalar   uchun   yetarli
ekanligini tekshiradi.
Agar   tarbiyachi   ekskursiya   o’tkazadigan   bo’lsa,   u   oldindan   ekskursiya
o’tkaziladigan   joyga   borib   kelishi,   kuzatish   uchun   obyekt   tanlashi,   bolalarni
qanday   joylashtirishni   o’ylab   qo’yishi,   eng   yaqin  va   xavfsiz   marshrutni   atnlashi
kerak.   Mayda   sanoq   materiali,   rasm   mashg’uloti,   applikasiya,   qurish   –yasash,
uchun   materiallar,   she’r,   ertak   matnlari   oldindan   tayyorlab   qo’yiladi.   Yua’zi
mashg’ulotlarga   tayyorgarlik   ancha   oldin   boshlanadi.   Masalan,   kichik   guruh
bolalariga ekish yoki ko’chat o’tqazishga qiziqsh uyg’otish uchun ularga ko’karib
turgan o’simlikgi ko’rsatish kerak. Buning uchun uni avval yetishtirish zarur.
Navbatchilar   mashg’ulotga   kerakli   jihozlarni   tayyorlaydilar,   stol,   stullarni
qulay   qilib   joylashtiradilar,   qo’llanma   va   materiallarni   qo’yib   chiqadilar.
Jismoniy   tarbiya   va   musiqa   mashg’ulotlaridan   oldin   bolalar   poyabzalni
almashtiradilar, sport formasini kiyadilar.
Mashg’ulotlarda   tarbiyachining   yetakchilik   roli   va   uni   o’tkazishga
tayyorgarligi.
Tarbiyachi   bolalar   bog’chasida   asosiy   shaxs   hisoblanadi.   Butun   g’oyaviy   –
tarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bilish
darajasi   tarbiyachining   g’oyaviy   –siyosiy   va   ilmiy   –pedagogik   tayyorgarligiga,
javobgarlik hisisga, pedagogik mahoratiga va ishga bo’lgan ijodiy munosabatiga
bog’liq.
Bolaning   o’quv   faoliyatiga   bo’lgan   munosabati   ko’proq   uning   tarbiyachi
shaxsiga munosabati bilan belgilanadi.
Tarbiyachining   o’ziga   xos   xususiyati   –uning   yuksak   kasb   mahoratidir.   Eng
muhimi –bolaning ruhiyatini, yosh va o’ziga xos ruhiy –fiziologik xususiyatlarini
bilishdir.
Bolalar   bog’chasi   dasturi   bolalarning   yoshini,   jismoniy   va   ruhiy
xususiyatlarini   hisobga   olib   tuzilgani   bilan   har   bir   boladagi   alohida   ruhiy
xususiyatning qay vaqtda qanday namoyon bo’lishini oldindan ko’ra olmaydi, bu
ish dasturda yaxshi tayyorlangan tarbiyachining zimmasiga yuklanadi.
28 Tarbiyachi   o’z   guruhidagi   har   bir   bolaning   jismoniy   tomonidan   yaxshi
rivojlanishi,   uning   oliy   nerv   faoliyati   yaxshi   ishlashi,   shuningdek   aqliy,
ahloqiy,mehnat,   estetik   tomondan   normal   tarbiyalanishi   uchun   yaxshi   shart   –
sharoit   yaratadi.   Tarbiyachi   har   bir   boladagi   o’ziga   xos   xususiyatlarni   yaxshi
bilgan   holda   undagi   o’ziga   xos   xususiyatlarni   (zararli   bo’lsa)   yo’qota   borib,
bolaga nisbatan qulay talab qo’yadi.
Tarbiyachi   har   bir   bolaning   kelajakja   haqiqiy   inson   bo’lishiga   yordam
beradigan   sifatlarini   va   imkoniyatini   rivojlantirishi   lozim.   Maktabgacha   tarbiya
yoshi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta’siri juda katta bo’ladi. Chunki bu
davrdagi har bir taassurot bolaning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
Bolani   tushuna   bilish   va   uning   ma’naviy   dunyosiga   kira   olish   tarbiyachidan
zo’r kasb tayyorgarligini talab etadi. Bola bilan jonli munosabatda bo’lish –fikrlar
manbai, pedagogik yangiliklar, quvonch va tashvishlardirki, busiz tarbiyachining
ijodiy mehnatini tasavvur yetib bo’lmaydi.
Mashg’ulotda   tarbiyachi   o’z   ovozidan   qurol   sifatida   foydalanishi   mumkin.
Sekin,   tins   ovoz   bolaga   yaxshiroq   ta’sir   etishini   pedagog   bo’lishi   zarur.   Bolaga
qattiqroq   va   qat’iy   gapirish   mumkin,   ammo   bunda   so’z   ohangi   bolaga
tinchlantiruvchi ta’sir etishi lozim.
Tarbiyachi   asosan   bolaning   normal   ruhiy   taraqqiyoti   asosi   bo’lgan   jismoniy
rivojlanishiga alohida e’tibor berishi lozim.
Bolaning   ko’p   vaqt   harakatsiz   o’tirishi   uning   sog’lig’i   uchun   juda   zararli,   u
bolaning har tomonlama rivojlanishini sekinlashtiradi. 
Bolaning ko’p harakatlarni o’tirib bajarishi ham gavda tuzilishining noto’g’ri
o’sishiga   olib   keladi.   Shuning   uchun   faoliyat   turlarini   almashtirib   borish
maqsadga muvofiqdir.
Yana   bolaning   normal   rivojlanishi   uchun   har   doim   tinch,   quvnoq   muhitni
tashkil   etish   lozim.   Bolani:   “Tezroq   yuvininglar   –nonushtaga   kech   qolyapmiz”,
“O’yinchoqni tezroq yig’ishtiringlar, sayrga yoki mashg’ulotga kech qolyapmiz”
va hokazo deb shoshiltirish kerak emas.
Ta’lim berganda uni shunday tashkil etish kerakki, har bir bola faol ishlasin va
har biri ijobiy natijaga erishsin.
Bolalarning mashg’ulotda olgan bilim va malakalari boshqa faoliyat turlarida
qo’llanilishi   mumkin.   Bolalar   olgan   bilimlarini   qo’llay   olishlari   ularning   yaxshi
o’zlashtirib olganligidan dalolat beradi, ya’ni ular hyech qanday qiyinchiliksiz bu
bilimlardan   foydalanishlari   mumkin.   Ta’limning   amaliy   ahamiyati   ham   ana
shunday iboratdir.
Agar bolalar yetarlicha bilim va malakalarga ega bo’lsa, ular bilan xilma –xil
mashg’ulotlar o’tkazish mumkin, bu mashg’ulotlarda bolalar mavjud bilimlardan
ijodiy   foydalanishlari:   bemalol   rasm   chizishlari,   biror   narsani   qurish   yoki
yasashlari,   hikoya   qilib   berishlari   mumkin.   Bu   mashg’ulotlar   odatdagi
mashg’ulotlardan   boshqacharoq   qilib   tashkil   etiladi:   bolalar   ixtiyoriga   har   xil
materiallar   beriladi   va   ularga   rasm   mavzusini   o’zi   bo’lgilash,   qurilishni   o’zi
o’ylab   topish,   hikoya   tuzish   imkoniyati   yaratiladi.   Bunday   mashg’ulotlar
dasturning   ayrim   bo’limlari   bo’yicha   ta’limning   yakunlovchi   bosqichlarida
o’tkaziladi.
Bolalar   olgan   bilimlaridan   o’z   o’yinlarida   keng   foydalanadilar:rasm   chizish,
qirqib   olish,   qurish   –yasash   sohasidagi   malakalarni   qo’llab   zarur   jihozlarni
29 tayyorlaydilar,   inshootlar   barpo   etadilar   va   hokazo.   Olingan   bilimlar   turli   xil
o’yinlarning mazmunida aks ettiriladi.
MATEMATIKA MASHG`ULOTLARINI O`TKAZISHGA
QO`YILGAN TALABLAR:
1.   Matematika   mashg`ulotlarida   son   —   sanoq   bo`limi   bilan   bir   qatorda
dasturning   boshqa   bo`limlarini   ham   rejalashtirish,   son   —   sanoq   bo`limidagi
dastur vazifasi hamma mashg`ulotlarda ham asosiy o`rinni egallashi kerak. 
2.   Har   bir   mashg`ulotda   ikki   uch   programma   vazifasi   planlashtiriladi.
Birinchisi yangi, keyingilari takroriy. 
3. Olti — sakkiz mashg`ulotdan keyin takroriy tipda mahgulotlarni o`tkazish
tavsiya qilinadi. 
4.   Matematika   mashg`ulotlarida   eng   asosiy   o`rgatish   usuli   ko`rgazmali
o`rgatish  usulidir. O`rgatish  usulida  harakatli   o`yin,  didaktik o`yin usullari   katta
o`rin egallaydi. 
5.   Matematika   mashg`ulotlarida   programma   mazmuni   ko`rgazmali
materiallar asosida bolalarga tushuntirib boriladi. 
6. Ikkinchi kichik va o`rta gruppada mashg`ulotlarni yakunlashda tarbiyachi
programma   mazmunida   bolalarga   tushunarli   so`zlar   bilan   umumlashtirib   aytib
beradi. 
Pedagogik masala
Maktabga tayyorlov gruppasida matematikaga qiziquvchi bir necha bola bor
edi.   Ular   qiziqarli   masalalarni   o`ylab   tolar   edilar.   Bu   masalalar   barcha   bolalar
bilan birgalikda muhokama qilinadi. 
Original masalalarni tarbiyachilar maxsus daftarlariga yozib olardilar. 
Nazorat savol va topshiri q lari
1. Tarbiyachilar to`g`ri ish olib borishganmi? 
2.   Mashg`ulotlarda   va   kundalik   hayotda   bunday   bolalarga   individual
yondashash nimadan iborat bo`lishi kerak? 
30 8-9-MA'RUZA:  MTTda   bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish
Reja:
1. III-IV yoshdagi bolalarda narsalarning shaklini idrok qilish  hususiyatlari.
2.   Bolalarga   geometrik   figuralar   va   teshiklarni   amalda   bir-biri   bilan
solishtirishni o'rgatish.
3.   "Namunaga   qarab   tanlash"   ,   bolalarni   predmetni   ko'z   bilan   ko'rib
taqqoslashga o'rgatish.
Tayanch   so’zlar  va   iboralar:   shakl, katta-kichik, taqqoslash, quticha,   sensor
tarbiya, figura.
III-IV yoshdagi  bolalarni buyumlarning shakli, katta- kichikligi va rangi bilan
tanishtirish   hamda   ularda   bu   hossalarni   to'g'ri   idrok   qilish   ko'nikmalarini
rivojlantirish masalasi sensor tarbiya sohasiga  kiradi. Bu tarbiya qanchalik to'g'ri hal
qilinsa,   bolalarning   faqat   aqliy   tarbiyasigina emas, balki estetik, jismoniy va hatto
ahloqiy   tarbiyasi   ham   shunchalik   muvofaqiyatli   bo'ladi,   ya'ni   bolalar   umuman
samarali   rivojlanib   boradi.   Masalan,   bir   yarim   yashar   bola   ariqning   kengligini
chamalab ko'rib, uning ustidan hatlab o'ta oladimi; ikki yoshli bola besh   bo'lakdan
iborat martyoshkani to'g'ri yig'a oladimi; maktabgacha tarbiya  yoshdagi bola shakli va
barglariga  qarab  ikki  hil   gulni   bir-biridan  farqlay   oladimi,   bu   gullarning   shakli   va
rangini chizayotgan rasmida aks ettira  oladimi - bularning hammasi ma'lum darajada
bolaning idrok qilishining  qanchalik rivojlanganiga bog'liq bo'ladi.
Bola   ikki-uch   yoshida,   -   deb   yozadi   L.A.Venger,   -   o'zining   sensor
rivojlanishida   muhim   qadam   qo'yishi   lozim,   ya'ni   bu   buyumlar   o'rtasida,   ularning
shakli,   katta-kichikligi,   bo'shliqdagi   holati,   rangi   va   boshqa   hossalari   bo'yicha
mavjud   bo'lgan   munosabatlarni   ("bir   hil"   va   "har   hil",   "katta"   va   "kichik"
munosabatlarni) belgilab chiqishni o'rganishi kerak.
Shakllarni  to'g'ri  idrok qila olish, mo'ljallay bilish qobiliyati   seminar faoliyatning
ko’pgina turlarida, ayniqsa, ikki-uch yoshli   bolalarning asosiy faoliyati - narsalarga
oid   faoliyatida   juda   ish   beradi.   O'z   navbatida   faqat   narsaga   oid   faoliyatgina   bir
yoki ikki narsaning qismlarini birga qo'yish (masalan, qutichani o'z shakliga mos
qopqoq bilan berkitish yoki matryoshkaning har ikki bo'lagini to'g'ri tanlash), ikki
narsani   shakli,   katta-kichikligiga   qarab   bir-biriga   taqqoslash   kabi   seminar
vazifalarni   o’rtaga   qo'yish   bilan   sensor   harakatlarni   rivojlantirish   uchun   qulay
shart-sharoit   yaratadi.   Narsalarni   har   to’lonlama   tekshirish,   hisobga   olish   va
shakliga qarab solishtirishni bilmaydigan bola bunday  seminar vazifalarni hal qila
olmaydi.
Bundan 300 yil muqaddam buyuk Cheh pedagogi Yan Amos Ko’lenskiy
bolalarga ta'lim va tarbiya berishni ilk yoshdan boshlash kerakligi haqida gapirib,
kishida narsalarni his qilish qobiliyatini iloji boricha ertaroq shakllantirish zarur,
chunki   butun  hayoti   mobaynida  uning  ko'p  narsalarni  bilib  olishi,  sinab   ko'rishi
va   bajarishiga   to'g'ri   keladi,   deb   yozgan   edi.   Ko’lenskiy   bolalarning   sensor
tarbiyasini   to'g'ri   tashkil   etishga   katta   e'tibor   berib,   ularni   1-2   yoshidanoq
voqealikdagi   hilma-hil   rangdagi   buyumlarni   bir-biridan   ajrata   bilishga   mashq
qildirishni taklif etgan edi. U "Ona maktabi" no’lli asarida katta yoshdagi  kishilarga
eng  kichik   bolalarni   tarbiyalashda   ularning  e'tiborini   osmon   gumbazi,   darahtlar,
gullar guzalligiga jalb qilish va chiroyli kiyimlar  kiyintirishni maslahat bergan edi.
"Aytilgan narsalarni faqat rasmlardagina emas, balki real   voqealikda ham
ko'rsatish juda foydalidir", - deb tavsiya qilgan edi  Ko’lenskiy.
31 Sensor   tarbiya   yuzasidan   olib   borilgan   ish   ilk   yoshdagi   bolalarda   narsalar   bilan
bo’ladigan   harakatlarning   rivojlanish   darajasini,   jumladan   ularning   ikki   narsani
shakliga   qarab   bir-biriga   taqqoslay   olish   ko'nikmasini,   mahsus   tashkil   etiladigan
o'yin faoliyatida namoyon  bo'ladigan bu ko'nikmani o'rganishdan boshlanadi. Olib
borilgan   ish   quyidagilarni:   a)   geo’letrik   figuralarni   quticha   teshigiga   yoki   tahta
o'yiqlariga   solish   harakatlarining   mazmuni   va   hususiyatlarini;   b)   ikki   yoshga
qadam qo’ygan bolalar ikki narsani qanchalik taqqoslay olishlari   va bu vazifani hal
qilish uchun qanday usullardan foydalanishlarini; v)  hajmli va yassi figuralar bilan
bir   turkumi   seriyali   o'rgatiuvchi   mashg'ulotlar   o'tkazishning   eng   maqsadga
muvofiq izchilligini, ya'ni  dastavval bolaga nimani taklif qilish kerakligini - hajmli
figuralar bilan   o'tkaziladigan harakatlarnimi  yoki yassi  figuralar bilan bo'ladigan
harakatlarni taklif qilish kerakligini aniqlashga yordam berishi lozim.
1   bosqichda   tarkib   toptiruvchi   vazifalarga   muvofiq   geometrik   figuralarni
ularning   shaklini   hisobga   olib   qutichaga   va   tahta   teshiklariga   to'g'ri   tushirish   yoki
qo'yish o'rgatildi. O’rgatish jarayonida ilk yoshdagi   bolalar   oliy   nerv   sistemasi   va
psihikasining   rivojlanishiga   oid   bir   qator  o'ziga  hos hususiyatlarni  hisobga  oldik.
Bu   hususiyatlar   N.M.Shchelovanov   va   N.M.Aksarina   tomonidan   ilmiy   jihatdan
asoslab   berilgan   bo"lib,   quyidagilardan   iborat   edi:   tormoz   -   harakatga   keltirish
reaksiyalarining   yetarli   darajada   rivojlanmaganligi   (bir   yarim   yoshgacha   bo'lgan
bolalarda), ixtiyoriy harakatlarning sust rivojlanganligi (buning  natijasida nutq bilan
bog'liq bo'lgan topshiriqlarni yahshi  bajarmaydilar),   maktabgacha   tarbiya   yoshdagi
bolalarga nisbatan ularda diqqatning  beqaror bo'lishi.
Shuning   uchun   ham   biz   solishtirish   harakatlarini   o'rgatish   vaqtida
foydalanilgan metodik usullarni ham shunga muvofiq tanladik:
1.   Figuralar   bilan   teshiklarning   shaklini   bolalarga   barmoqlar   yordamida   havoda
yasab   ko'rsatish.   Bolaning   diqqat-e'tiborini   harakatlar   va   predmetlarga   jalb   qilish,
shuningdek   ularni   kattalarga   o'xshab  figuralar       shaklini         havoda       chizishga	
undash   maqsadida       barcha 	harakatlarni so'z bilan tushuntirib turish.	
2. Harakat usullarini ko'rsatish va tushuntirib berish. Masalan, "Sharcha	
dumaloq,   uni   dumaloq   teshikka   tushiramiz",   "Kubik   qanday   shaklda   bo'lsa,
tushiriladigan teshik ham shunday shaklda bo'ladi" va hokazo. "Huddi shunday",
"Yo'q   unday   emas"   degan   so'zlarni   aytib  	bolaning   diqqatini   predmetlarning	
uhshashi yoki farq qilishiga qaratish.	
3. Bolaning harakatlariga bevosita rahbarlik qilish, figuralarni 	quticha va	
tahtaning teshiklariga tushirayotganda unga yordam 	ko'rsatish.	
Biz   bolaga   solishtirib   ko’rish   harakatlarini   mashq   qilish   imkonini  	berar	
ekanmiz,   har   bir   topshiriqning   bajarilishi   ijobiy  natijalar   bilan  	tugashini kuzatib	
boramiz.	
O’rgatish jarayonida bolaning qiziqishini (mo'ljallash faoliyatini) 	oshirish	
maqsadida topshiriqlarning uchala usuli bir-biri bilan ketma-ket 	almashtirib turildi,	
bu navbat keyinchalik ham saqlab qolindi.	
Bizning   bundan  keyingi   tajribalarimiz   bolalarning   ikkita   predmetni  	shakli	
bo'yicha bir-biriga o'xshasligini belgilash ko'nikmasidan predmetlarni namunaga
qarab   tanlab   olish   sharoitida,   tashqi   mo'ljallash  	harakatlarini   bajarishni   istesno	
qiladigan tanlab olish sharoitida 	shakldarning yangi turlariga o'tishga bag’ishlanadi.	
1 bosqichdagi  o'rgatish  ma'lumotlaridan ko’rinib  turibdiki,  seminar  	topshiriqlarni	
bajarish   jarayonida   tarkib   topgan   tashqi   mo'ljallash  	harakati   flguralarning
32 teshikka   taqqoslanishiga   oid   seminar   vazifaning   o'zini   ham   muvoffaqiyatli
bajarish   imkonini   beradi.   Bolalar   flgura   va  teshiklarning   burchaklari   hamda
to’lonlarni   bir-biriga   mos   kelishi   yo'li   bilan   ularning   bir   xilligini   yoki   bir   xil
emasligini   aniqladilar,   bunda   ular   shakllarning   fazoda   o'zaro   mos   kelishi   kabi
mezonga asoslandilar.
Agar bu o'rinda teshikning shakli etalon funksiyasini bajaruvchi namuna,
figura   va   tekshirilayotgan   ob'ekt   bo’lib   hizmat   qilsa,   bolalar   ob'ektlarini   o'zaro
shakliga   qarab   taqqoslashni   o'rganib   oladilar,   shu   bilan   birga   ob'ektlarning
bittasidan boshqasining shakliga baho  beradigan o'lchov sifatida foydalandilar, deb
hisoblash mumkin.
Biz   ikkita   ob'ektni   fazoda   bir-biriga   joylashtirish   va   harakat   natijalarini
oldindan   ko'z   bilan   ko'rib   turishharakatlarini   muvoffaqiyatli   bajargan   bolalar
"namunaga   qarab   tanlash"   vazifasini   ham   ko'z   bilan   ko'rib   bajara   oladilar,   ya'ni
namuna bilan taqdim qilingan har  bir  ob'ektni   tekshirish   va   ularning   bir   xilligini
shakliga   qarab   belgilashni   biladilar,   degan   fikrda   edik.   O’rgatish   natijasida
bolalar   ikki   yarim   yoshdan   boshlab   pertseptiv   harakatlarni   o'zlashtirib
olganlaridan   keyin   murakkab   shakldagi   figuralarni   namunasiga   qarab   tanlash
vazifasini   bajara   oladilar.   Ma'lumki,   pertseptiv   harakatlarda   namunaning   tanlash
uchun   taklif   qilingan   ob'ektlar   bilan   birga   joylashuvi   amalga   oshiriladi   va
shakllarning  mos kelishi bir xillik mezoni sifatida foydalaniladi.
Ko'rsatib   o'tilgan   tajribada   bolalar   yassi   figuralar   bilan   ish   ko'rgan
bo'salar, endi ular hajmli jismlar va figuralar .bilan ish ko'radilar. Bu   figuralarni
bir-biriga   joylashtirish   yoki   fazoda   namunani   va   ob'ektni   bir- biriga   sig'dirish
mumkin emas.
Bajariladigan ishlar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1.   Ikki   xil   shakldagi   qiziqorinlarni   namunaga   qarab   tanlash,   bunda
ularning rangiga e'tibor berilmaydi.
2. Ikki xil shakldagi vazachalarni namunaga qarab tanlash.
3.   Ikki   xil   shakldagi   matryoshkalarni   namunaga   qarab   tanlash   (bunda
hajmga e'tibor berilmaydi).
4. Uch xil shakldagi bayroqchalarni namunga qarab tanlash (bunga  rangga
asosiy e'tibor qaratilmaydi).
Ilk   yoshdagi   bolalar   uchun   ko'p   miqdordagi   ob'ektlar   ichidan   namuna
qarab   tanlab   olish   vazifasi   ob'ektlar   orasidagi   farqlar   kamayganda   ham   qiyin
ekanligini   hisobga   olib,   o'rganish   jarayonida   ularga   har   tomonlama   yordam
ko'rsatildi.   Namunaga   qarab   tanlash   bo'yicha   berilgan   topshiriqlar   oralig'ida
bolalar ikkita ob'ektni o'zaro   taqqoslash harakatlarini unutib qo’ymasliklari uchun
ular bilan geo’letrik  figuralarni teshikka tushirish bo'yidia mashg'ulotlar o'tkazildi.
Tarbiyachi   bolaga   "huddi   shunday   figurani"   ko'rsatishni   taklif   qilib,
namunaning   shaklini   qo'li   bilan   fazoda   yasab   ko'rsatdi,   uni   tanlab   olinadigan
flguralar bilan bir qatorga qo'ydi va namunani figura bilan   taqqoslash harakatiga
bolaning   o’zini   ham   jalb   qildi,   uning   shakli   bo'yicha   o'xshashligini   yoki   farq
qilishini aniqlashni topshirdi.
Ikki   xil   shakldagi   qo'ziqorinni   namunaga   qarab   tanlash.   qo'ziqorinlar   bilan
o'tkazilgan   mashg’ulotda   tarbiyachi   ularning   shaklini   barmog’i   bilan   havoda
"yasab"   ko’rsatayotib,   bolalarga:   "Bu   qo'ziqorinning   oyog'i   ingichka,  qalpog’i   esa
33 katta",   "Ikkinchi   qo'ziqorinning   oyog'i   yo’g'on,   qalpog’i   esa   kichik",   deb
tushuntiradi.   Tushuntirishdan   key   in   har   ikkala   shakldagi   qo'ziqorin   bolalar   stoli
ustiga   qator  qilib qo'yiladi. Bolalar  tarbiyachi  taklifiga ko'ra har bir   qo'ziqoringa
mos keladigan 3 ta qiliz va 2 ta jigar rang qo'ziqorin tanlashlari kerak. Tarbiyachi
ko'rsatadigan   qo'ziqorin   esa   bola   tanlab   olish   kerak   bo'lgan   qo'ziqorin   uchun
namuna bo’lib hizmat  qiladi.   Qo'ziqorinlar   bilan bo’lgan  mashg'ulotda  qatnashgan
26   bolalar   13   tasi   vazifani   to'g'ri   tushunib,   uni   mustaqil   hal   qildi,   ayrim
hollardagina   topshiriqni   takrorlashga   va   tarbiyachining   namunaning   shaklini   bilan
yasab   ko'rsatishga   ehtiyoj   sezdilar.   Bu   bolalar   namunaning   shaklini   yasab
ko'rsatishni   diqqat   bilan   kuzatib   turdilari   katta   yoshdagi   kishiga   taqlid   qilib,
qo'ziqorinning   oyoqchasini   aylantirib   chiqishga   va   uning   qalpoqchasini   silashga
harakat  qildilar, har  bir  qo’ziqorinni  uzoq ko'zdan   kechirdilar.sinab   ko'rilayotgan
bolalar   dastlabki   talabga   va   "Sendagi   huddi   shunday   qo'ziqorin   qani?"   degan
savolga   stol   ustidagi   har   ikkala   qo'ziqorinni   ko'rsatdilar.   Tarbiyachining:
"qaragin, bu qo'ziqorinning oyoqchasi ingichka (yoki yo'g'on, uni qo'yish oson)"
degan   gapini   eshitishi   bilan,   ular   bir   hildagi   qo'ziqorinlarni   tanlab,   "Oyoqchasit
ingichkami?",   "Mana   yana,   mana   yana!"   degan   so'zlarni   ovoz   chiqarib
takrorladilar.  Qo'ziqorinlarni qator qilib tizish, keyin ularni ko'zdan kechirish ko'p
bolalarga   ma'qul   bo'ldi.   Afsuski,   qo'ziqorinlar   jo’rini   almashtirish   ko'pincha
bolalarning e'tiborini asosiy vazifa - namunaga qarab  tanlashdan nechta tortar edi.
Mashg’ulotda qatnashgan bolalardan 10 tasi "Yana shunday   qo'ziqorinlar qaerda?"
degan savolga darrov tushunmadi, shuning uchun ham o'ylab o'tirmasdan, mujmal
javob   beradi,   goh   u,   goh   bu   qo'ziqorinni   ko'rsatdi.   Namunalar   bilan   tanishib,
qo'ziqorinlarga   doir   harakatlarga   mahliyo   bo'ladilar,   yo'g'on   oyoqli   qo’ziqorinni
"ochish" uchun ko'p  harakat qildilar yoki urinib ko'rdilar, lekin uni oyoqchasi bilan
turg'azib   qo'yishda   qiynalib,   topshiriqni   unutib   qo'ydilar.   Shuning   uchun   ham
dastlabki   tajribalarda   tarbiyachi   bolalar   bilan   birgalikda   qo'ziqorinlarni   ikki   qator
qilib   qo'ydi,   keyin   ulardan   o'zining   qo'lidagi   namunaga   o'hshash   qo'ziqorinlarni
shu   qatorlardan   tanlab   olishni   so'radi.   Yoki   taqqoslash   qulay   bo'lishi   uchun
bolaga   qo'ziqorin   qalpoqchasini   kafti   bilan   ushlab   ko'rish,   qo'li   bilan
qo'ziqorinning oyoqchasidan tutib  turishini taklif qildi.
Ayrim bolalar tanlashda qatnashib, o'zoq vaqt namunani ko'zdan   kechirib
turdilar,   "xuddi   shundaymi?"   deb   yana   so'radilar,   katta   yoshdagi   kishining   qo'1
harakatlarini   o’z   qo’ziqor   inlarida   takrorladilar.   Ko'rsatilgan   ikkinchi   jigar   rang
qo'ziqorinda   ham   xatoga   yo'l   qo'yildi:   bola   buni   borshqa   shakldagi   jigarrang
qo'ziqorin qatoriga kiritdi.   Samarali o'rgatishning asosiy sharti bolaning vazifani bu
o'rinda   figuraning   shakli   bilan   teshikning   shaklini   bir-biriga   taqqoslash   vazifasini
tushinishidir.
Taqqoslash   harakatlarini   o'rgatish   vaqtida   quyidagi   usullardan
foydalanildi:
1. Figura va teshikning shaklini katta yoshdagi kishi va bolaning  barmoqlari
bilan havoda yasab ko'rsatish, hamma harakatlarni so'z bilan   tushuntirib turish. Bu
usul   ilk   yoshdagi   bolalarga   o'rgatishda   katta   ahamiyatga   egadir;   u   bir   to’londa,
bolaning   diqqat   e'tiborini   harakatlariga,   predmetlarga   jalb   qilishga   yordamlashsa,
ikkinchi  tomondan, katta yoshdagi kishining harakatlariga taqlid qilishga undaydi.
34 2.   Bolaning   hatti-harakatlariga   bevosita   rahbarlik   qilish,   quticha   va   tahta
teshiklariga   figuralarni   tushirish   vaqtida   seminar   yordam   ko'rsatish.   Bolalarga
taqqoslash   harakatlarini   mashq   qilish   imkonini   berib,   uning   ko'zlangan   natijaga
erishuvini,   fikri   boshqa   narsalarga   chalg"imasligini,uning   harakatlari   hamisha
ijobiy natijalar bilan tugashini   kuzatamiz.   Figura   tushirilishi   yoki   qo'yilishi   lozim
bo'lgan   teshikni   oldin   ko'rsatishni   ("qayerga   qo'yish   kerak")   taklif   qilinadigan
mahsus   usul   foydali   bo'ladi.   Bunda   quticha   yoki   taxta   boladan   birmuncha
nariroqda ushlab turiladi, unga shundan keyingina harakat qilishga ruxsat etiladi.
Bu usul bolaning topshiriqni baj arishdagi amalda sinab ko'rish  harakatlaridan ko'z
bilan   ko'rib   taqqoslashga   o'tishiga   yordam   beradi.   Figurani   qo'yishdan   oldin
bolaning e'tiborini figuralar bilan   teshiklarning farqini bilib olishga qaratish usuli
juda   qo'l   keladi.   Xulq-atvori   shoshiladigan,   tez   tutoqib   ketadigan   va   harakatlari
ixtiyorsiz  bo'lgan bolalarga o'rgatishda bu usul ayniqsa yaxshi samara boradi
Nazorat savol va topshiri q lari
1.   Ilk   yoshdagi   bolalarda   narsalarning   shaklini   idrok   qilish   xususiyatlari
nimalardan iborat?
2.   Bolalarga   geometrik   figuralar   va   teshiklarni   amalda   bir-biri   bilan
solishtirishni o'rgatish deganda nimani tushunasiz?
3.   "Namunaga   qarab   tanlash"   vazifasini   hal   qilish   vaqtida   bolalarni   ish
predmeti ko'z bilan ko'rib taqqoslashga o'rgatish  deganda nimani tushunasiz?
35 10-MA'RUZA:  BOLALARDA MAKTABGACHA TA’L I MDA
ELEMENTAR MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH
USULLARI
Reja:
1. Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish usullari
2. Produktiv va reproduktiv  mashqlar.
Tayanch   so’zlar   va   iboralar:   seminar,   ko’rsatmali,   o’gzaki,   o’yin,
ripraduktiv, praduktiv, taqqoslash, taxlil, sintez, umumlashtirish
Bolalarda   elementar   matematik   tasavvurlarni   sha-kllantirishda   tarbiyachi
o`qitishning   har   xil   usullarni   —   amaliy,   ko`rsatmali,   og`zaki,   o`yin   usullaridan
foydalanadi.   Usulini   tanlashda   bir   qatorlilar—mazkur   bosqichda   yechiladigan
dastur   masalalari,   bolalarning   yosh,   va   individual   xususiyatlari,   zarur   didaktik
vositalarning mavjudligi va boshqalar hisobga olinadi.
Tarbiyachi n ing metod va usu l larn i ng asosli tanlanishiga, har bir aniq holda
ulardan   ratsional   foydalanishga   doimo   e'tibor   berib   turishi   quyidagilarni
ta'minlaydi:
—   E lementar   matematik   tasavvurlarning   muvaffaqiyatli   shakllanishi   va
ularning nutqda aks ettirilishi;
—   Tenglik va tengsizlik munosabatlarini (buyumni soni, o`lchami, shakli
bo`yicha)   idrok   qilish   va   ajratish,   natijaviy   munosabatlar   (o`lchami   yoki   soni
bo`yicha orttirish yoki, kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan ob'ektlarning miqdori,
shakli,   kattaligini   umumiy   belgi   sifatida   ajratish,   aloqa   va   bog`lanishlarini
aniqlash malakasi;
—   bolalar   o`zlashtirgai   amalin   ish   usullari   (masalan,   qarshi   qo`yish,
sanash, o`lchash bilan taqqoslash)ni yangi sharoitlarda qo`llashga yo`naltirish va
mazkur   vaziyatda   ahamiyatga   ega   bo`lgan   belgilar,   xossalar,   bog`lanishlarni
aniqlash,   topishning   seminar   usullarini   mustaqil   izlashga   yo`naltirish.   Masalan,
o`yin   shart-sharoitlarida   belgilarning   tartibi,   almashinib   kelish   krnuniyatini,
umumiy xossalarni topishni o`rgatish mumkin.
Elementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantirishda   seminar   metod
y etakchi metod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning
o`rnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modellar va h. k.) bilan ishlashning
jiddiy   aniqlangan   usullarini   o`zlashtirishga   yo`naltirilgan   seminar   faoliyatlarini
tashkil qilishdan iborat.
Elementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantirishda   seminar   usulning
xarakterli xususiyatlari quyidagilardan iborat:
—   aqliy faoliyat uchun asos bo`ladigan har xil seminar ishlarni bajarish;
—   didaktik materiallardan keng foydalanish;
—didaktik materiallar bilan seminar ishlash natijasi sifatida tasavvurlarning
paydo bo`lishi;
— eng elementar usulda sanash, o`lchash va hisoblash ko`nikmalarini hosil
qilish;
—turmush,   o`yinda,   mehnatda,   ya'ni   faoliyatning   har   xil   turlarida
shakllangan tasavvur va o`zlashtirilgan harakatlardan keng foydalanish.
Mazkur   usul   maxsus   mashqlardan   foydalanishni   nazarda   tutadi.   Bu
mashql;ar   ko`rsatish   uchun   belgilangan   material   shaklida,   tashkil   qilinishi   yoki
36 tarqatma   material   bilan   mustaqil   ish   ko`riiishida   topshiriq   shaklida   berilishi
mumkin.                                                      
Mashqlar   hamma   bolalar   bir   vaqtda   yoki   bitta   bola   doska   yoki
tarbiyachining   stoli   oldida   bajaradigan   yakka   tarzda   bo`lishi   mumkin.   .Hamma
bolalar       bajaradigan   mashqlardan  bilimlarni  o`zlashtirish  va   mustahkamlashdan
tashqari, nazorat  qilish   uchun   ham   foydalanish  mumkin. Yakka-yakka tarzda
bajariladigan   mashqlar   ham     o`sha   vazifalarni   bajaradi-yu,   ammo   ular   bolalar
faoliyatida   yo`nalish   oladigan   obraz       (namuna)sifatida   ham   xizmat   qiladi.   Ular
orasidagi  bog`lanishlar  vazifalarining umumiyligi  bilangina     emas,  balki  doimo
almashinib   kelishi,   qonuniy   ravishda   bir-birlarining   o`rnini   bosishi   bilan   ham
aniqlanadi.
Hamma   yoshdagi   guruhlarda   bajariladigai   mashqlar   o`yin   elementlari
kichik   guruhda   —   syurpriz   moment   ko`rinishida,   o`xshash   harakatlar,   ertak
qahramoni va h. k. dan iborat bo`ladi. Katta guruhlarda bunday mashqlar izlanish,
musobaqa xarakterini oladi.
Mashqlar bolalarning yoshiga qarab qiyinlashtirila boriladi. Ular bir necha
bo`g`inlarda     tashkil   topadi.   O`quv-bilish   mazmuniga   oid   o`yin-mashqlar
muammo   shaklida   emas,   ko`pchilik   hollarda   ularni   bajarish   uchun   tasavvur
bo`yicha   harakat   qilish,   topqirlikni   namoyish   qilish,   aqillilikni   ko`rsatish   talab
qilinadi.   Chunonchi,   tarbiyachi   kichik   guruhdagi   bolalardan   har   qaysi   quyonni
sabzi   bilan   siylashni   taklif   qiladi;   katta   guruhdagi   bolalardan   esa,   doskaga   osib
qo`yilgan kartochkadagi doirachalar nechtaligini aytishni, guruh xonasidan xuddi
shuncha   buyum   topishni,   kartochkadagi   doiralar   miqdori   bilan   guruhdagi;
buyumlar   miqdori   teng   ekanini   isbotlashni   taklif   qiladi.   Agar   birinchi   holda
mashq   shartli   ajratilgan   bitta   bo`g`indan   iborat   bo`lsa,   ikkinchi   holda   3   ta
bo`g`indan iborat bo`ladi.
Ko’lpleks   mashqlar   eng   samaralidir,   chunki,   ular   dasturning   har   xil
bo`limlariga   doir   masalalarni   bir   vaqtda   bir-biri   bilan   tarkiban   birga   hal   qilish
i mkonini beradi. Masalan, «Geo m etrik figuralar», «Kattalik», «Miqdor va sanoq»
bo`limlariga   oid   masalalarni   bir   vaqtda   hal   qilish   imkonini,   beradi.   Bu   xil
mashqlar mashg`ulotlarning foydali ish koeffisiyentini oshiradi.
Bolalar   bog`chasida   bunday   xildagi   mashqlar   (ya'ni   bir   xil   maqsadni
ko`zlovchi va bir ma'noda amalga oshiriluvchi mashqlardan) keng foydalaniladi,
bunday mashqlar tufayli zarur faoliyat usullari bajariladi: sanoqni, o`lchashni, eng
sodda   hisoblashni   egallash   amalga   oshiriladi;   bir   qator   elementar   matematik
tasavvurlar shakllanadi.
Mashqlarni   tanlashda   ularning   tarkiban   bir   mashg ' ulotda   birga   hal
qilinishinigina emas, balki istiqboldagisi ham hisobga olinadi. Bir mashg`ulotdagi
mashqlar   sistemasi   yil   davo m ida   o`tkaziladigan   har   xil   mashqlarning   umumiy
sistemasiga tarkiban qo`shilib ketishi kerak.
Hozirgi vaqtda mavjud; mashqlar sistemasi hamma yosh guruhlarda ushbu
qoida   asosida   tuziladi,   har   bir   oldin   keluvchi   va   undan   keyin   keluvchi   mashq
umumiy elementlar—materiali, harakat usullari, natijalarga ega. Uzaro bog`liq va
o`zaro   o`xshash   harakat   usullari   (masalan,   ustiga   qo`yish,   yoniga   qo`yish),,
munosabatlar (masalan, katta-kichik, ortiq-kam, baland-past, keng-tor), arifmetik
amallar   (qo`shish-ayirish)ni   o`zlashtirishga   oid   mashqlarni   berish   vaqt   jihatidan
yaqinlashtiriladi yoki bir vaqtda beriladi.
37 Mashqlarda o`zaro bog`lanishlarning mumkin bo`lgan hamma variantlarini
nazarda tutish kerak, masalan, har xil ob'ektlarni bir xil o`lchovda o`lchashni, bir
xil ob'ektlarni har xil o`lchovda o`lchash, har xil ob'ekt-larni har xil o`lchovlarda
o`lchash   va   h.   k.   ni   tashkil   qilish   mumkin.   Bola   mashqlarni   bajarishda   bir   xil
matematik aloqalar, bog`lanishlar va munosabatlarning har xil ko`rinishlari bilan
to`qnashib, ularni oson va tez tushunib, umumlashtira oladi. Bolalarning mashq-
larni   bajarish   jarayonidagi   faollik,   mustaqillik,   ijodkorlik   ko`rsatishlariga   qarab,
reproduktiv (taqlidiy) va produktiv mashqlarni ajratish mumkin.
Reproduktiv   mashqlar   harakat   usulini   oddiy   takrorlash   (tiklash)ga
asoslangan.   Bunda   bolalarning   harakatlari   kattalar   to’lonidan   namuna,
tushuntirish,  talab,  nima  qilish  va   qanday  qilishni  belgilovchi  qoi-dalar  shaklida
to`la   chegaralanishi   mumkin.   Ularga   qat'iy   ergashish   ijobiy   natija   beradi,
topshiriqni   to`g`ri   bajarishni   ta'minlaydi,   yo`l   qo`yilishi   mumkin   bo`lgap
xatolarning oldini oladi. Mashqlarniig borishi  va natijasi tarbiyachining bevosita
kuzatuvida   bo`-ladi,   u   ko`rsatmalar,   tushuntirishlar   bila n   bolalar   harakatini
to`g`rilab turadi.
Produktiv   mashqlar   shunisi   bilan   h arakterliki,   ularda   harakat   usullarini
bolalarning     o`zlari   to`la yoki qisman ochishlari kerak bo`ladi. Bu bolalarning:
mustaqil   fikrlashi   rivojlantiradi,   ijodiy   yaqinlikni   talab   qiladi,   maqsadga
yo`nalganlik va maqsadga intilishni shakllantiradi. Odatda tarbiyachi nima qilish
kerakligini   aytadi,   ammo   harakat   usulini   aytmaydi   ham,   ko`rsatmaydi   ham.
Mashqlarni bajarishde bola fikrlash va seminar sinashlardan foydalanadi, fikrlarni
aytadi   va   ularni   tekshiradi,   mavjud   bi-limlarini   ishga   soladi,   ulardan   yangi
vaziyatlarda   foy-dalanishini   o`rganadi,   aqlliligi,   topqirligini   ko`rsata-di.   Bu   xil
mashqlarni   bajarishda   pedagog   bevosita   emas,   balki   bilvosita   yordam   beradi,
bolalarga   o`ylash   va   yana   bir   marta   harakat   qilishni   taklif   qiladi,   to`g`-ri
harakatlarni ma'qullaydi, bola ilgari bajargan shunga o`xshash mashqlarni eslatadi
va h. k.
Produktiv va reproduktiv mashqlar nisbati bolalar-ning yoshlari, seminar va
bilimiga   doir   masalalarni   echish   tajribalari   qandayligi,   matematik   tasavvurlar-
ning xarakteri va ularning bolalarda qay darajada rivojlanganligi bilan aniqlanadi.
Bolalarning   yoshi   ''kattalashishi   bilan   mashqlarni   bajarishdagi
mustaqilliklari   ortadi.   Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarnipg   mustaqil
faoliyatlarini   tashkil   qiluvchi   va   yo`naltiruvchi   og`zaki   ko`rsatmalar,
tushuntirishlar,   oydinlashtirishlar   roli   orta   boradi.   Bolalar   topshiriqni,   mashqni
bajarganlaridan keyin o`z harakatlarini va o`rtoqlarining harakatlarini, o`zini-o`zi
va   o`zaro   tekshirishni   o`rganadilar.   Elementar   matematik   ‘tasavvurlarni
shakllantirishda   o`sha   o`qi-tishnipg   mustaqil   usuli   sifatida   namoyon   bo`ladi.
Ammo   uni   seminar   usullar   guruhiga   kiritish   ham   mumkip.   Bunda   har   xil
o`yinlarning,   har   xil   seminar   harakat-larning,   masalan,   qismlardan   butun   tuzish,
figuralar   qatorlari,   sanoq,   ustiga   va   yoniga   qo`yish„   guruhlash,   umumlashtirish,
taqqoslash kabi harakatlarni o`zlashtirishdagi alohida ahamiyati hisobga olinadi.
Didaktik o`yinlardan eng ko` p   foydalaniladi. Bola bilish mazmunini  o`yin
shakliga   kirgan   o`rgatuvchi   masalani   (o`yin   mazmunida),   o`yin   harakatlari   va
qoidalari   oldindan   nazarda   tutilmagan   holda   o`zlashtiradi.   Didaktik   o`yinlarning
hamma   turi   (buyumli,   stolda   o`yialadigan   bosma   va   og`zaki   turlari)   elementar
matematik   ta s avvurlarni;shakllantirishning   samarali   vosita   va   usullaridir.
38 Buyumli va og`zaki o`yinlar mate-matika mashg`ulotlarida va ulardan tashqarida
o`tkaziladi,   stolda   o`ynaladigan—     bosma   o`yinlar   odatda   mashg`ulotdan   bo'sh
vaqtlarda o`tkaziladi.
Harakatli   usullar   va   ularga   mos   tasavvurlar   shaklidagi   bilimlarni   bolalar
mashg`ulotdan   tashqari   vaqtda   oladi,   o`yinlar   (syujetli   —   didaktik,   didaktik   va
boshqa   xil   o`yinlar)   da   esa   shu   bilimlarni   aniqlashtirish,   mustahkamlash,
sistemalashtirish uchun yaxshi sharoitlar yaratiladi.
Elementar   matematik   tasavvurlarni   o`rgatish   va   shakllantirish   metodi
mashg`ulotlarda   har   xil   turdagi   o`yinlardan,   uning   alohida   elementlaridan
(syujetli-rolli,   harakatli   va   b.),   usullaridan   (syurpriz   moment,   musobaqa,
izlash   ,va   b.),   o`yin   va   didaktik   boshlanishlarni   kattalarning   rahbarlik   va
o`rgatuvchi roli hamda bolalarning bilimini faollashtirishni tarkiban birga qo`shib
olib borishdan foydalanishni nazarda tutadi.
Ko`rsatmali   va   og`zaki   metodlar   elementar   matematik   tasavvurlarni
shakllantirishda   seminar   va   o`yin   metodlari   bilan   birga   qo`llanadi.   Bu   ularning
mohiyatini hech bir  kamaytirmaydi. Bolalar  bog`chasida ko`rsatmali, og`zaki  va
seminar   metodlarga   taalluqli   va   bir-biri   bilan   uzviy   bog`liqlikda   qo`llaniladigan
usullardan keng foydalaniladi:
1.     Harakat   usulini   tushuntirishlar   bilan   ifodalash   (namo y ish   qilish),
tarbiyachi   namunasini   ko`rsatadi.   Bu   o`qitishning   asosiy   usuli   bo`lib,   u
ko`rsatmali  — harakatli-seminar  harakterga ega, har  xil  didaktik vositalarni  jalb
qilish   bilan   bajariladi,   bolalarning   ko`nikma   va   malakalarini   shakllantirish
imkonini beradi. Unga quyidagi talablar qo`yiladi:
— harakatni ko`rsatish usullarining aniqligi, qismlarga bo`linganligi;
— harakatlarning og`zaki tushuntirishlar bilan ifodalanishi;
—  ko`rsatishda kuzatuvchi nutqning aniqligi, qisqaligi va ifodali bo`lishi;
—  bolalarning idrok, tafakkur qilishlari va nutqlarini faollashtirish.
Mustaqil   mashqlarni   bajarish   uchun   yo`l-yo`riq.   Bu   usul   tarbiyachining
harakat usullarini ko`rsati ch i bilan bog`liq bo`ladi va u n dan kelib chiqadi. Yo`l-
yo`riqlarda   zarur   natijani   olish   »uchun   nima   qilish   kerakligi   va   qanday   qilish
kerak   ekani   aks   ettiriladi.   Katta   guruhlarda   yo`l-yo`riqlar   topshiriqni   bajarishga
kirishishdan   oldin   to`liq   berib   bo`linadi,   kichik   guruhlarda   esa   har   bir   yangi
harakatdan oldin beriladi.
3.     Tushuntirishlar,   anglatmoqlar,   ko`rsatmalar.   Bu,   og`zaki   usullardan
tarbiyachi   harakat   usulini   ko`rsatish     yoki   bolalarning   topshiriqni   bajarishlarida,
xatolarning   oldini   olish,   qiyinchiliklarni   bartaraf   qilish;   kabi   maqsadlarda
foydalanadi. Ular qisqa, aniq va  obrazli bo`lishi kerak.
Hamma yoshdagi guruhlarda yangi harakatlar    (yoniga qo`yish, o`lchash)
bilan   tanishtirishda   ko`rsatish   o`rinli,   (   ammo   bunda   to`g`ridan-to`g`ri   taqlidni
yo`qqa   chiqaruvchi     aqliy   faoliyatni   aktivlashtirish   kerak.   Yangi   harakatni
o`zlashtirishda,   sanash,   o`lchash         malakalarini   shakllantirishda   takroriy
ko`rsatishdan qochish kerak. Harakatni o`zlashtirish       va uni     tako m illashtirish
og`zaki usullar—tushuntirishlar, ko`rsatmalar, savollar asos i da amalga oshiriladi.
Shu bilan   bir vaqtda   harakat usuliniig nutqiy ifodasi o`zlashtiriladi.
4.   Hamma   yoshdagi   guruhlarda   elementar         matematik   tasavvurlarni
shakllantirishning   asosi y   usullaridan   biri   bolalarga   savollar   berish   usulidir.
Pedagogikada savollarning quyidagi klassifikatsiyasi    qabul qilingan:
39 —  reproduktiv — mnemik (faraz qilishga oid) savollar (qancha? Bu nima?
Bu figura nima deb ataladi?  k vadrat uchburchakdan nimasi bilan farq qiladi?);
—   reproduktiv   —   bilishga   doir   savollar.   (Agar   men   yana   bitta   kubcha
qo`ysam,   tokchadagi   kubchalar   qancha   bo'ladi?   qaysi   son   katta   (kichik):
to`qqizmi yoki etti?)        
—   produktiv — bilish savollari.         (Doirachalar     9 tadan bo`lishi uchun
nima qilish kerak? Poloskani qanday qilib teng qismlarga bo`lish mumkin?).
qatordag`i   qaysi   bayroqcha         qizil         ekanin i         bilish   uchun   nima   qilish
kerak?                                                        
Savollar   bolalarning   idrok,   xotira,   nutqlarini   aktivlashtiradi,   materialning
tushunilishini va o`zlashtirilishini ta'minlaydi. Elementar matematik tasavvurlarni
shakllantirishda   bir   qancha   savollardan   foydalaniladi.   Bular   buyumning   konkret
belgilari,   xossalarini,   seminar   ish   natijalarini   tavsiflashga         yo`naltirilgan,   ya'ni
uning   xususiyatlarini   qayd   qiluvchi     eng   sodda   savollardan   boshlab,
bog`lanishlar,    munosabatlar, aloqalar o`rnatishni, ularni asoslash va tushuntirib
berishi, eng oddiy isbotlashlarni talab qiluvchi murakkab savollar juda muhimdir.
Bunday   savollar   ko`pincha   tarbiyachi   namuna   ko`rsatganidan   keyin,   bolalar
mashqlarnibajarib bo`lganlaridan keyin beriladi. Masalan, ‘bolalar qog`oz to`g`ri
to`rtburchakni   teng   ikki   qismga   bo`lganlaridan   keyin   tarbiyachi   so`raydi:   «Sen
pima   qilding?   Bu   qismlar   nima   deb   ataladi?   Nega   bu   ikki   qismning   ,har   birini
yarimta   deb   atash   mumkin?   qismlarnint   shakli   qanday?   kvadratlar   hosil   bo`lta-
nini qanday isbotlash mumkin? To`g`ri to`rtburchakni to`rtta teng qismga bo`lish
uchun nima qilish kerak?»
Xarakteri   bo`yicha   turli   savollar   har   xil   tipdagi   bilish   faoliyatini,   ya'ni
o`rganilgan   materialni   qayta   tiklovchi   reiroduktiv   faoliyatdan   boshlab,
muammoli.   masalalarni   hal   qilishga   yo`naltirilgan   produktiv   faoliyatlarga   da'vat
qiladi, undaydi.
Metodik usul sifatida savollarga qo`yiladigai talablar quyidagilar:
— aniqlik, konkretlik, go`zallik (lakonizm);
— ifodalarning turli-pumapligi, ya'ni bir narsa-yang i  o`zini har xil so`rash:
— mantiqiy izchillik;
—     bolalarning   yoshlari   va   o`rganiladigan   materialga   bog`liq   holda
reproduktiv va produktiv savollar orasidagi optimal munosabat;
—     savollar   b.olaning   fikrini   uygotishi!,   uning   tafakkurini   rivojlantirish,
o`ylashga   majbur   qilishi,   kerakli   narsani   ajratishi,   tahlil   o`tkazishi,   taqqoslashi,
qarshi qo`yishi, umumlashtirishii talab qilishi kerak;
— savollar  miqdori  ko`p bo`lmasligi, ammo qo`yilgan didaktik maqsadga
erishish uchun etarli bo`lishi kerak;
—  yo`l-yo`riq beruvchi va alternativ savollardai foydalanmasl i k kerak.
Tarbiyachi  odatda savolni  butun guruhga beradi, unga javobni chaqirilgan
bolagina   beradi.   Ayrim   hollarda,   ayniqsa,   kichik   guruhlarda   xor   bo`lib   yalpi
javob   berishlari   ham   mumkin.   Bolalarga   javobni   o`ylashlari   uchun   imkoniyat
bering kerak.
Katta   yoshdagi   bolalarga   savollarni   mustaqil   ifodalashni   o`rgatish   kerak.
Konkret   vaziyatda,   didaktik   materialdan   foydalanib,   tarbiyachi   bolalarga
buyumlar-ning   miqdori,   ularning   tartib   o`rinlari,   o`lchami,   shakli,   o`lchash
usullari   haqida   bir-birlaridan   so`rashni   taklif   qiladi.   Tarbiyachi   bevosita
40 taqqoslash   natijalari   bo`yicha   savollar   («Karim   kvadrat   bilan   to`g`ri
to`rtburchakni taqqosladi. 
Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalar   bilan   ishlash   6   da   kattalarga
ko`pincha javobni qayta ifodalash usuli- l dan foydalanishga to`gri keladi, uning
to`g`ri   namunasini   beradi   va   takrorlashni   taklif   qiladi.   Masalan:   l   «Tokchada
to`rtta   qo`ziqorin»,   «Tokchadagi   qo ' ziqorinlar   to`rtta»,   —   deb   aniqlashtiradi
tarbiyachi.                  
5. Teksh i rish va baholash. Bu usullar o`zaro uzviy  bog`langan. Tekshirish
bolalarning   topshiriq l i   bajarish   jarayonini   kuzatish   ular   ishlarining   natijalari,
javoblari   orqali   amalga   oshiriladi.   Mazkur   usullar   ko`rsatmalar,   tushuntirishlar,
o'qdirishlar,   kattalar     tomonidan   harakatlarning   namuna   sifatida   ko`rsatilishi
bevosita   yordam   berish   bilan   qo`shib   olib   boriladi,   R   bunga   xatolarni   tuzatish
ham   qo`shiladi.   Tarbiyachi   bolalar   bilan   bajariladigan   yakka   va   jamoa   ishlari
jarayonida   xatolarni   tuzatishni   amalga   oshiradi.   Amali y   ta'sir   ko`rsatadigan   va
nutq   xatolari   tuzatilishi   kerak.   Tarbiyachi   xato   sabablarini   tushuntiradi,   namuna
beradi   yoki   misol   sifatida   boshqa     bolalarning   harakatlari,   javoblaridan
foydalapadi.   Tarbiyachi   sekin-asta   tekshirishni   o`zini-o`zi   tekshirish   va   o`zaro
tekshirishlar   bilan   qo`shib   olib   boradi.   Bola-lar   sanashda,   o`lchashda,   oddiy
hisoblashlarda   yo`l   qo`yishlari   mumkin   bo`lgan   tipik   xatolarni   bilgani   holda
uning oldini olishga harakat qiladi.                            
Bolalarniig   harakat   usul   va   natijalari,   xulqlari   baholanishi   kerak.
Kattalarning   namuia   bo`yicha   yo`nalish   olishga   o`rgatuvchi   baholari,
o`rtoqlarining   baholari   va   o`zini-o`zi   baholash   bilan   qo`shib   olib   boriladi.   Bu
usuldan   mashqlarning,   o`yinlarning,   mashg`ulotlarning   borishida   va   oxirida
foydalaniladi.
Bolalarnnng   yoshlariga   qarab   bilimlari   va   harakat   usullarini
o`zlashtirganliklarini tekshirish va baholash o`ziga xos xususiyatiga ega. Natijalar
ham tekshiriladi, bahoning differensiallashganligi va mazmuni ortadi. O'rgatuvchi
usullardan tashqari bu hamma usullar tarbiyalovchi funksiyalarni ham bajaradilar
o`rtoqlariga nisbatan yaxshi munosabatda bo`lish, ularga yordam berish istagi va
malakasini tarbiyalashga yordam beradi.
6.   Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarda   elementar   matematik
tasavvurlarni   shakllantirishni   borishida   taqqoslash,   tahlil,   sintez,
umumlashtirishlar faqat bilish jarayonlari (operatsiyalari) sifatidagina emas, balki
o`qitish jarayonida bolaning fikrlashini yo`nalish yo`lini aniqlovchi metodik usul
sifatida   ham   namoyon   bo`ladi.   Ob'ektlar   orasidagi   o`xshashlik   va   farqlarning
miqdori, shakli, kattaligi, fazoviy joylashuvi, vaqt oralig`ida davomiyligi va h. k.
bo`yicha   taqqoslanadi.   Ular   dastlab   minimal   miqdordagi   buyumlarini
taqqoslashga   o`rgatiladi.   Shundan   keyin   buyumlar   miqdori   tobora   ko`paytirilib,
taqqoslanadigan darajasi shunga mos ravishda kamaytiriladi.
Analiz   va   sintez   metodik   usullar   sifatida   birgalikda   keladi.   Bu   usullardan
foydalanishga bolalarda «ko`p» va «bitta» haqidagi tasavvurlarni shakllantirishni
misol   qilib   olish   mumkin.   Bu   tushunchalar   kuza t ish   va   buyumlar   bilan   seminar
harakatlar bajarishda paydo bo`ladi.
Tarbiyachi   guruhga   bolalar   qancha   bo'lsa,   shuncha   bir   xil   o`yinchoq   olib
kiradi.   Har   bir   kichkintoyga   bittadan   o`yinchoq   ulashib   beradi,   keyin
41 o`yinchoqlarni   birgalikda   yig`ib   oladi.   Guruh   bolalari   ko`z   o`ngida   buyumlar
guruhi alohida buyumlarga maydalanadi, ulardan esa yana butun hosil qilinadi.
Analiz   va   sintez   asosida   bolalar   umumlashtirishga   o`rgatiladi.   Bunda
barcha   kuzatish   va   harakatlarning   natijalari   jamlanadi.   Bu   usullar   orqalm
miqdoriy,   fazoviy   va   vaqtga   oid   munosabatlarnipg   aiglanishini,   .asosiyni,
muhimni   ajratishga   yo`naltiriladi.   Umumlashtirish   mashg`ulotning   har   bir   qismi
oxirida va butun mashg`ulot oxirida amalga oshiriladi. Dastlab tarbiyachi, keyin
esa bolalarnnng o`zlari umumlashtirishadi. 
Takqoslash,   syntez,   analiz,   umumlashtirish   ko`rsatmalilik   asosida   har   xil
didaktik  vositalarga  jalb  qilingan  holda  amalga  oshiriladi.  quzatishlar,   buyumlar
bilan   seminar   harakatlar   bajarish,   ular   natijalarnni   nutqda   aks   ettirish,   bolalarga
beriladigan   savollar   metodik   usullarning   tashqi   ifodasidir.       Bu   metodik   usullar
bir-biri   bilan   uzviy   bog`langan   bo`ladiva   ko`pincha   ko’lpleks   (birgalikda)
ravishda    foydalaniladi.
7.     Elementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantnrish   jarayonida   ba'zi
maxsus harakat usullari namoyon bo`ladi. Bular ustiga va yoniga qo`yish, buyum
shaklini   tekshirish,   buyum   «qo`lda   tortish,   fishka-ekvivalentlar-ini   kiritish,
bittalab qo`shib sanash va bittalab ajratib saiash kabilardan iborat.
Bu usullarni bolalar ko`rsatish, tushuntirish, mashqlarni bajarish jarayonida
egallab oladilar va keyin-chalik ulardan tekshirishda, isbotlashda, tushuntirish va
savollarga javoblarda, o`yinlar va faoliyatning boshqa turlarida foydalanadilar.
8.     Modellashtirish   —   ko`rsatmali   seminar   usul.   Bu   usul   o`z   ichiga
modellar yaratish va bu modellardan bolalarda elementar matematik tasavvurlarni
shakllan-tirish   maqsadlarida   foydalanishni   o`z   ichiga   oladi.   Hozirgi   vaqtda   bu
metodni   iazariy   va   konkret-metodik   ishlab   chiqish   endigina   boshlandi.   quyidagi
o’lillar tufayli favqulodda istiqbollidir.
—     Modellar   va   modellashtirishdan   foydalanish   bo-lani   aktiv   pozitsiyaga
qo`yadi, unipg bilish faoliyatini rivojlantiradi.
—  Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola ayrim modellar va modellashtirish
elementlari   —   ko`rsatmali   ta'sir   etuvchi   va   ko`rsatmali   —   obrazli   fikrlashlarni
kiri-tish uchun ba'zi psixologik asoslarga ega.
—   Matematik tushunchalarning  hammasi  beistisno  real  borliqning o`ziga
xos modeli deb qaraladi.
Modellarii   didaktik   vosita,   shu   bilan   birga,   etar-licha   samarali   vosita   deb
qarash   kerak.   Modellardan   foydalanish   usullarini   egallab   olishganida   bolalar
oldida   maxsus   munosabatlar   sohasi   —   modellar   bilan   original   munosabatlar
sohasi ochiladi va mos ravishda ikkita o`zaro zich bog`liq akslantirishlar rejasi —
real ob'ektlar rejasi  va bu ob'ektlarni qayta tiklovchi modellar rejasi  shakllanadi.
Bu   akslantirish   rejalari   ko`rsatmali   —   obrazli         va   tushunchaviy         fikrlashni
rivojlantirish   uchun   ulkan   ahamiyatga   ega.   Mo-dellar   har   xil.rolni   bajarishi
mumkpn: biri tashqi aloqalarni tasvirlaydi, bolaning mustaqil payqay olmaydigan
bog`lanishlarni   ko`rishiga   yordam   beradi,   boshkalari   izlanayotgan,   ammo
yashirin   aloqalarnn,   parsa-larniig   bevosita   idrok   qilinmaydigan   xossalarini
tasvirlaydi. Vaqtga doir (sutka, hafta, yil, kalendar qismlari modellari), miqdoriy
(sonli   zinacha,   sonli   figura   va   b.),   fazoviy   (geo’letrik   figuralar   modella-ri)
tasavvurlarni   shakllantirishda   modellardan   keng   foydalaniladi.   Elementar
42 matsmatik tasavvurlarni shakllantirish buyum, iredmet-sxematik, grafik model-lar
qo`llaniladi.
Modellar   va   modellashtirishdan   foydalanish   o`qntishning   boshqa   usullari
bilan birga qo`shib olib bori-lishi kerak.
Nazorat savol va topshiri q lari
1.Modellashtirish nima?
2. Tekshirish va baholash deganda nimani tushunasiz?
3. Ko’rgazmali va og’zaki metod deganda nimani tushunasiz?
43 11-MA'RUZA:  O’yin va o’yin mashqlaridan foydalanish
Reja:
         1.   O ’yin turlarini ng   o’ziga xos xususiyatlari
                  2.   Maktabgacha   ta’lim   muassasalarida   o'yinning   turlarini   tashkil     etish
usullari.
         3.Mazmunli- syujet o'yinlar, harakatli o'yinlar, ta'limiy o'yinlar.
          Tayanch so’z va iboralar : o’yin , m azmunli- ijroli, harakatli   , ta'limiy  
didaktik.
O'yinning   turlari :     Bolalar   o'yinlari   o'zining   rang   -barangligi   bilan   ajralib
turadi.   Ular   o'z   mazmuni   va   tashkil   etilishiga   ko'ra   ,bolalarga   ta'sir   darajasiga
ko'ra   ,turlichadir.Bolalarning   barchasi   bolalar   o'yinlarini   to'g'ri   rahbarlik   qilishi
uchun   ularni   albatta   guruhlash   zarur.Pedagogika   o'yinlarini   2   ta   katta   guruhga
bo'lish juda keng tarqalgan;  ijodiy o'yinlar  va  qoidali o'yinlar  .
Ijodiy   o'yinlarening   mazmunini   bolalarning   o'zlari   o'ylab   topadilar   va
ularning   o'z   tasurotlarini,   borliq   haqidagi   tushunchalarini   hamda   unga
munosabatlarini aks ettiradilar.
Qoidali   o'yinlar   kattalar   tomonidan   yaratiladi   va   bola   hayotiga   olib
kiritiladi   .Mazmuni   qoidalarning   murakkabligiga   qarab,   ular   turli   yoshdagi
bolalarga  mo'ljallangan   bo'ladi.   Tayyor   qoidali   o'yinlarning  katta   guruhini   halqa
o'yinlari   tashkil   etadi   ,   ularning   ko'plari   avloddan   avlodga   o'tib   ,   bizga   yetib
kelgan .
O'yinning tuzulishi:   O'yin bu bola faoliyatining turi. Shunday ekan, barcha
faoliyatda   bo'lgani   kabi   unda   ham   qator   hislatlar;   maqsadning   mavjudligi,
sabablar,   amalgam   oshirish   vositalarining   a sosiy   savollar   harakatlar,   natijaning
mavjudligi kabilar hosdir.
Bola   o'yindagi   maqsadiga   erishish   uchun   o'ziga   sheriklar   tanlaydi,   zarur
o'yinchoqlarni   topadi,   o’yin   davomida   muayyan   harakat   va   qiliqlar   qiladi,
o’yinchilar   bilan   hilma   hil   muloqotlarga   kirishadi.Bola   katta   maktabgacha
yoshiga   kelib   o'yin   mavzusi   va   mazmunini   kelisha   oladigan   ro'llarni
taqsimlaydigan,   o’z   o'yin   faoliyatini   muayyan   tarzda   Asosiy
savollar:lashtiradigan   bo'ladi.   Boshqa   faoliyatturlarida   bo'lgani   kabi   o'yin
jarayoniga   bolaning   butun   shahsiyati;   uning   pisihik   bilish   jarayonlari,   irodasi,
hissiyoti   va   ta’sirchanligi,   ehtiyoj   va   qiziqishlari   jalb   etiladi   o'yinda   bol   faol
harakat qiladi, gapiradi, o’z bilimlariniqo'llanadi.
Didaktik o'yinlar   ta'limiy o'yin sifatida bolalarning yosh xusu- siyatlariga mos
keladigan   o'yinlar   sirasiga   kiradi.   Didaktik   o'yin- larning   muhim   belgisi   undagi
qoidalarning   mavjudligidir.   O'yinda   o'yin   niyati,   o'yin   qoidalari,   o'yin   harakatlari
o'rtasida   uzviy   aloqa   mavjud.   O'yin   niyati   o'yin   harakatlarining   tabiatini   belgilaydi.
O'yin  qoidasi esa, o'yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o'yindagi  harakatlarni
amalga oshirishga yordam beradi.
Didaktik o'yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar   berib boriladi.
Bu o'yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi,  bilim jarayoni, sensor madaniyati,
nutq   faoliyati,   aqliy   qobiliyatlari   takomillashadi.   O'yin   qoidasiga   rioya   qilish,   unga
amal qilish o'yin mazmunini boyitadi.
Didaktik o'yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydala-niladi. Bolaning
kun   tartibida   didaktik   o'yin   uchun   vaqt   va   joy   aj- ratilishi   kerak.   Bunday   o'yinlar
mashg'ulot   jarayonida   va   o'yindan   tashqari   vaqtlarda   guruh   yoki   yakka-yakka
44 o'tkaziladi.   Bunda   o'yin   mazmuni   va   natijasi   puxta   aniqlanadi.   Didaktik   o'yinlarda
quyidagi  qoidalarga amal qilinishi kerak:
Navbatma-navbat ta'sir etish.
So'ralganda javob berish.
O'rtoqlari fikrini eshita olish. 
;
O'yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.
O'yin qoidasini bajarish.
O'z xatosini tan olish.
Didaktik   o'yinlarda   bolalarning   yosh,   individual   xususiyatla- rini   hisobga
olish   lozim.   O'yinda   o'yin   tempi   va   ritmi   katta   rol   o'ynaydi,   juda   sekin   va   bir
tekisdagi temp bolani ko'p kuttiradi,   juda tez temp esa Bolalarni hayajonga soladi,
turli bahs-munoza- ralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o'yin ishtirokchilarini to'g'ri
baholash muhim ahamiyatga ega.
Didaktik   o'yinlarning   quyidagi   turlari   mavjud :   a)   buyum   va   o'yinchoqlar
bilan o'ynaladigan; b) stol-bosma; d) og'zaki so'z  o'yinlari.
Buyum   va   o   'yinchoqlar   bilan   o   'ynaladigan   o   'yinlar   bolaning   ilk   yoshidan
boshlab,   to   maktab   yoshiga   yetgunga   qadar   o'ynaladigan   o'yin   turi   hisoblanadi.
Bunda bolalarning tasawurlari, diqqatlari   o'yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-
atrofdagi   narsa   va   buyum lar,   ularning   sifati,   foydali   tomonlari   to'g'risida   umumiy
tushuncha. 
          Didaktik o'yinning o'ziga xos xususiyatlari     Didaktik o'yin ayni zamonda
ko'proq   kichik   bolalar   uchun   xos   bo'lgan   o'qitish   (o'rgatish)   formasidir.   Uning
manbalari xalq Pedagogikasida bo'lib, unda qo'shiq aytib, turli xarakatlar bajarib
o'ynaladigan o'yinlarni birga qo'shish asosida ko'pgina ta'limiy o'yinlar yaratilgan.
Qazillarda,   qo'shiq   aytib   o'ynaladigan   o'yinlarda   "Ladushki",   "Qo'shim   boshi",
"Oq terakmi - ko'k terak" kabi o'yinlarda ona bolasining diqqat e'tiborini tevarak -
atrofdagi narsaiarga qaratadi, ularni nomini aytadi.
Didaktik   o'yinda   bolalarning   o'yin   faoliyati   uchun   xos   bo'lgan   barcha
strukturali elementlar: g'oya, mazmun, o'yin xarakatlari, qoidalari natija bor.
Didaktik   vazifaning   borligi   o'yinning   ta'limiy   xarakterini,   uning   mazmuni
bolalarning   bilish   faoliyatini   rivojlantirishga   qaratilganligini   ta'kidlaydi.
Mashqulotlarda  bolalar  oldiga to'qridan -to'qri  vazifa qo'yiladi.  Masalan:  "Sehrli
qalpoqchalar   sirini   ochamiz"   o'yinida   tarbiyachi   bolalarni   narsa   haqida   gaprib
berishga   o'rgatish,   ularning   ravon   nutqini   rivojlantirish   vazifasini   qo'yadi.   O'yin
vazifasi  -  qalpoqcha ostidagi  narsani  bilib olishdan iborat  bo'ladi. O'yin vazifasi
ba'zan o'yinning nomida berilgan bo'ladi: "Ajoyib xaltachada nima bor ekan, bilib
olamiz",   "Kim   qaysi   uychada   yashaydi"   va   qakazo.   O'yinga   qiziqish   uni
bajarishga   intilish   o'yin   xarakatlari   bilan   aktivlashadi.   Ular,   o'yin   xarakatlari
qanchalik   xilma-xil   va   mazmunli   bo'lsa,   bilish   va   o'yin   vazifalari   shunchalik
muvaffaqiyatli qal qiladi.
Bolalarni   o'yin   harakatlariga   o'rgatish   darkor.   Shundagina   o'yin   ta'limiy
harakter   kasb   etadi   va   mazmunli   bo'ladi.   O'yin   harakatlariga   esa   o'yinda   sinash
maqsadida yurish, harakatning o'zini ko'rsatish, obrazni ochib berish va hakazolar
orqali o'rgatiladi.
Kichik   bolalarning   o'yinlarida   o'yin   harakatlari   barcha   o'ynovchilar   uchun
bir   xil.  Bolalar   uchun  o'yin   vazifasi   -   ma'lum   masofadan   turib   sharni   darvozaga
45 dumalatish   kerak,   bunda   to'p   darvozadan   o'tayotganda   unga   osib   qo'yilgan
qo'nqiroqchalar jaranglab ketishi lozim.
Bolalar   guruqlarga   ajratilsa   yoki   o'yinda   rollar   bo'lsa,   o'yin   harakatlari
xilma-xil   bo'ladi.   Masalan,   "Magazin"   o'yinida   xaridorlar   harakati   sotuvchilar
harakatiga   qaraganda   boshqacha,   topishmoq   aytish   va   uni   topish   o'yinlarida
topishmoq   aytuvchilar   bilan   jumboqni   topuvchilarning   o'yin   harakatlari   turlicha
bo'ladi va hokazo.
O'yin harakatlari xajmi qam turlicha bo'ladi. Kichik guruhalarda - ko'proq
takrorlanadigan (bir - ikkita) harakatlar bajariladi, katta guruhda esa o'yin qarakati
besh   -   oltita   harakatni   o'z   ichiga   oladi.   Sport   xarakteridagi   o'yinlarda   katta
maktabgacha tarbiya yoshidagi  bolalarning o'yin harakatlari vaqt jixatidan bo'lib
yuboriladi   va   ketma-ket   amalga   oshiriladi.   Keyinchalik,   o'yin   harakatlarini
o'zlashtirib   olgach,   bolalar   biror   maqsadni   ko'zlab,   aniq,   tez,   bir   -   birlari   bilan
kelishib   harakat   qiladilar   va   o'yin   vazifasini   yaxshi   bilib   olgan   sur'atda   xal
etadilar.
Qoida   didaktik   o'yin   elementlaridan   biridir.   U   ta'lim   vazifasi   hamda   o'yin
mazmuni bilan belgilanadi va o'z navbatida, o'yin arakatlari xarakteri va uslubini
belgilab   beradi,   bolalarning   xatti-xarakatini,   ular   bilan   tarbiyachi   o'rtasidagi
o'zaro   munosabatlami   yo'lga   qo'yadi   va   boshqaradi.   Qoidalar   yordamida
tarbiyachi   bolalarda   o'zgaradigan   sharoitda   yo'l   topib   olish   qobiliyati,   paydo
bo'lgan   istaklardan   o'zini   tiyish,   emotsional   -   irodaviy   zo'r   berish   malakasini
shakllantiradi.   Buning   natijasida   bolalarda   o'z   xarakatlarini   boshqarish,   ularni
boshqa o'ynovchilar xarakatlari bilan bog'lash qobiliyati   rivojlanadi.
O'yin   qoidalari   ta'lim   beruvchi   (o'rgatuvchi),   uyushtiruvchi   va   tartibga
(intizomga)   soluvchi   xarakterga   ega.   Ta'lim   beruvchi   qoidalar   bolalarga   nimani
qanday bajarish kerakligini o'rgatishga yordam beradi; ular o'yin xarakatlari bilan
bog'liq   bo'ladi,   ularning   rolini   oshiradi,   bajarish   usullarini   aniqlashtiradi;
qoidalarning   uyushtiruvchi   xarakteri   o'yindagi   tartib,   izchillik   va   bolalarning
o'zaro munosabatlarini belgilab beradi; o'yinning intizomga soluvchi xarakteri esa
nimani   qilish   mumkin   emasligini   va   nima   uchun   shunday   qilmaslik   kerakligini
oldini oladi.
Tarbiyachi   qoidalardan   extiyotkorlik   bilan   foydalanishi,   o'yinda   ularni
ko'paytirib yubormasligi, ulardan faqatgina zarurlarigina qo'llanishi kerak.
Tarbiyachi   tomonidan   o'rnatilgan   o'yin   qoidalarini   bolalar   asta-sekin
o’zlashtirib   oladilar.   Shularni   e’tiborga olib,   ular o’zlari va o'rtoqlari xatti -
harakatlarining to'g'riligini, o'yindagi o'zaro munosabatlarni baxolaydilar.
Didaktik o'yin natijasi - har qanday yo'l bilan erishilgan g'alabagina emas,
balki   bolalarning   bilimlarini   o'zlashtirishda,   aqliy   faoliyatni   rivojlantirishda,
o'zaro   munosabatlarda   erishgan   yutuqlari   ko'rsatkichidir.     O'yin   vazifalari,
harakatlar, qoidalar, o'yin natijasi bir-biri bilan o'zaro bog'langan, ana shu tarkibiy
qismlardan   bo'lmasligi,   o'yinning   bir   butunligini   buzadi,   uning   ta'lim   va
tarbiyaviy ta'sirini kamaytiradi.
O'yinchoqlar   va   o'yin   qo'llanmalari   bilan   o'ynaladigan
o'yinlar. O'yinchoqlar   va   o'yin   qo'llanmalari   didaktik   o'yinning   moddiy
markazidir.   Pedagog   shu   maqsadni   ko'zlab   o'yinchoqlar,   suratlar,   turli
predmetlarni tanlashi va ularni ma'lum bir joyda saqlashi kerak. O'yin vaqtida bu
46 qo'g'irchoqni guruhdagi hamma bolalar ko'ra olishi uchun, uning o'lchami 40-50
sm bo'lishi kerak.  Uning jixozlariga quyidagi narsalar kiradi:
a) kiyim-bosh: kunduzgi ko'ylak, ishton, paypoq;
b) ko'ylak:   ipakdan   tikilgan   ko'ylaklar;   peshband,   qishki,   mavsumbop,   yozgi
paltolar.
v) Bosh kiyimlar: shapka, panama, ro'molcha;
g) Oyoq kiyimlar: etik, tufli, yumshoq tapochkalar;
d)   ko'rpa-yostiq       jildlari,   yostiq,   choyshab,         dasturxon,         sochiq         va
xokazolar.
Bu   narsalarning   hammasi   turli   rangda   va   shularga   muvofiq   tusda,   turli
sifatdagi   materialdan   tayyorlanishi,   ilgari,   piston   va   tugmalari   bog'ishlari
vazifasiga muvofiq va bolalar qo'lining kuchiga mos bo'lishi kerak.
Qo'g'irchoqdan tashqari, o'yinga transport, xayvonlar, qushlar, idish - tovoq
va   xokazolarni   aks   ettiruvchi   ko'pgina   boshqa   o'yinchoqlar   kiritiladi.   Bu
o'yinchoqlar   "Ajoyib   xalqacha"   bilan   o'ynaladigan   o'yin,   magazin   o'yinlari,
topishmoq   o'yinlarning   majburiy   jixozlarini   tashkil   etadi.   Shuningdek   xilma-xil
texnikaviy o'yinchoqlar va texnik vositalar: alloskop, kino, televizor, magnitofon
va   boshqalardan   ham   foydalanish   kerak.   Warning   hammasi   hozirgi   bolalar
talablariga   javob   beradi,   o'yinlar   mazmunini   ancha   yuqori   saviyaga   ko'taradi,
qoidalar   va   o'yin   harakatlarini   rang-barang   qiladi   va   pedagogning   didaktik
vazifalarni muvaffaqiyatli   xal etishga yordam beradi.
Ko'pgina   oqzaki   o'yin   deb   atalmish   o'yinlar   o'yinchoqlarsiz   va
materiallarsiz   o'tkaziladi.   Bular   so'zdan   va   bolalardagi   mavjud   tasavvurlardan
foydalanishga   asoslangan   bo'ladi.   Bular   topishmoq   o'yinlar,   taqqoslab   ko'rish,
klassifikatsiyalash va xokazolarga oid o'yinlardir.
Stol   ustiga   qo'yib   o'ynaladigan   o'yin   qo'Ilanmalar:   Suratlar,   predmetli
loto,   domino   tipidagi   xilma-xil   o'yin   qo'llanmalari,   tematik   o'yinlar   ("Qaerda
nima   o'sadi",   "Bu   qachon   bo'ladi",   "Bu   kimga   kerak"   va   boshqalar);   xarakat
aktivligi,   mahorat   va   xokazolarni   talab   etadigan   o'yinlar   ("Uchuvchi
qalpoqchalar", "Gusek", "Mo'ljalga tegiz" va boshqalar); mozaika tipidagi o'yinlar
stol   ustida   o'ynaladigan   o'yinlar   qatoriga   kiradi.   Stol   ustida   o'ynaladigan   bosma
o'yinlar   bolalarning   ong   -   bilim   doirasini   kengaytirishga,   o'stirishga   yordam
beradi, idroklilikni, o'rtoqining harakteriga e'tibor berishni, o'yinning o'zgaruvchi
sharoitlariga   qarab   ish   ko'radi,   o'z   yurishi   natijalarini   oldindan   ko'ra       bilish
uquvini     rivojlantiradi.     O'yinda     ishtirok     etish     sabr -toqat, qoidalarga qat'iy
rioya qilishni talab etadi va bolalarga katta quvonch baxsh etadi.
Kichkintoylarga   mo'ljallangan   o'yin   mazmuni   ular   uchun   tushunarli
bshlishi   kerak.   Loto   kartochkalarida,   juft   -   juft   suratlarda,   buklama   kitoblarda
o'yinchoqlar,   uy-ro'zg'or   buyumlari,   eng   oddiy   transport   vositalari,   sabzavotlar,
mevalar   tasvirlanadi.   Asosiy   kartadagi   suratlarga   mos   keladigan   juft   suratlar
tanlash,   rasmda   tasvirlangan   predmetni,   uning   biror   sifatini   aytish   bolalarning
lug'at boyligini, qisqacha tushintiruvchi nutqini rivojlantiradi.
Katta guruh bolalari uchun stol ustida o'ynaladigan bosma o'yinlar qiziqarli
bo'lib, ularda tabiat xodisalari aks ettiriladi, turli xil transport tasvirlanadi, "Kim
nimada yuradi, suzadi, uchadi",  ertak  qahramonlari  ishtirok etadi. Bu va  shunga
o'xshash   o'yinlar   bolalardan   mashg'ulotlarda,   ekskursiyalardagi   kuzatish
protsessida   o'zlashtirilgan   bilimlarni   eslash   va   qo'llashni   talab   etadi.   Katta
47 yoshdagi bolalar uchun mazmunida, o'yin harakatlarida va qoidalarda chaqqonlik,
aniqlik,   tezkorlik,   idroklilik   elementlari   bor   bo'lgan   o'yinlar   qimmatli   va
qiziqarlidir.   Har   bir   bolalar   bog'chasida   juda   ham   rang-barang   o'yinlar   nabori
bo'lishi   hamda   mustaqil   faoliyat   uchun   ajratilgan   vaqtda   bolalarning   ulardan
bemalol foydalanishlariga sharoit yaratilishi   kerak.
Ermak   -   o'yinlar   alohida   guruhni   tashkil   etadi.   Ularda   ajoyiblik,
kutilmaganlik,   kulgililik   elementlari   aniq   ifodalangan   bo'lib,   xazil,   yumor   bor.
Ularning asosiy vazifasi - bolalarni xursand qilish, kuldirishdan iborat. Ko'pchilik
o'yinlarning   mazmuni   va   qoidalari   yo   tez   bajariladigan   o'yin   harakatlarini,   yoki
kichiklashtirilgan   harakatlarni   talab   etadi.   Ularning   ba'zilari   tez,   ko'pincha
tasodifiy   reaktsiya   uyg'otadi,   boshqalari   esa   bolalarni   irodaviy   zo'r   berishga
o'rgatadi. 
"Quyonchani   tutib   ol",   "Qo'ng'iroqchali   bekinmachoq",   "Suratlarni   kim
tezroq yiqadi" kabi o'yinlar ermak - o'yinlar   qatoriga kiradi.
Ijodiy   o'yinlar   sujetlari   va   mazmunining   rang-barangligi,   ulami   tavsiflash
zaruratini  keltirib chiqaradi. Sujet o'yin faoliyati tizimida asosiy komponent sifatida
o'z   ichiga   personajni,   hayotiy   vaziyatni,   harakat   va   personajlar   munosabatini   oladi.
Ijodiy   o'yinlarda   xayoliy   vaziyatning   mavjud   bo'lishi   bolaning   tafakkurini   o'stirib,
sujet va rollar o'yin  mazmunini takomillashtiradi. Ijodiy sujetli-rolli o'yin-laming o'ziga
xos   sabablari   mavjuddir.   Buning   eng   asosiy   sababi   —   bolalaming   kattalar   bilan
birgalikda ijtimoiy hayot kechirishga   intilishidir. Bu sabablar bolaning yoshiga qarab,
o'yin   mazmuniga   qarab   o'zgarib   boradi.   Kichik   yoshdagi   bolalarda   asosiy   sabab
buyumlar   bilan   bajariladigan   qiziqarli   harakatlar   bo'lsa,   bola   katta   bo'lgan   sari
o'yindagi   kattalar   harakatlarini   va   munosabatlarini   qayta   aks   ettirish   asosiy   sabab
bo'lib xizmat qiladi.
Shunga ko'ra, o'yinlami sujeti, mazmuniga ko'ra 3  guruhga bo'lish mumkin:
1. Maishiy o'yinlar (oila, bolalar bog'chasi va boshqa voqelikni  aks ettiradigan).
2. Mehnat mavzuyidagi o'yinlar (oila va kattalar mehnatida   ishtirok etish, o'z-o'ziga
xizmat va b.).
1. Ijtimoiy mavzudagi o'yinlar.
Milliy xalq o'yinlari ikki guruhga bo'linadi:
1. Milliy harakatli o'yinlar.
2. Milliy xalq o'yinlari.
Milliy   harakatli   o'yinlar   sport   turlari   hamda   xalqimiz   qadriyatlari   bilan
aloqador   bo'lib,   ular   asrlar   davomida   davrlarga   mos   ravishda   rivojlanib,
takomillashib,   e'zozlanib   kelingan.   U   bolalarning   jismonan   baquvvat,   sog'lom,
jasur,   qat'iyatli,   chaqqon,   uddaburon   bo'lib   o'sishlarida   muhim   omil   bo'lib
hisoblanadi. Xalq milliy o'yinlarida  millatning o'tmish tarixi, ma'naviy va madaniy
rivojlanishining xarakter xususiyatlari, urf-odatlari, an'analari jamlangandir.
1-2   yoshli   bolalar   bilan   o'ynaladigan   o   'yin   turlari.   «Barmoqqa-barmoq»,
«G'oz- g'oz», «G'oz tursin», «Bo'p-bo'p», «Toy-toy», «Poyezd», «Achom-achom»
o'yinlari   go'dak   endi   bir-ikki   qadam   tashlashni   o'rganayotgan   vaqtda   gavdasini
to'g'ri tutishga  yordam beradigan o'yinlar hisoblanadi.
3-4 yoshli  bolalar bilan o 'ynaladigan o 'yin turlari: «Ot o'yin», «Kesak qo'ydi»,
«Ko'z   boylagich»,   «Choriy   chambar»,   «Awala-kam»,   «Tayoq   irg'itish»,   «Quloq
cho'zish», «Chitti  gul», «Xolam mehmonga keldi», «Uchdi-uchdi».
48 4-5 yoshli   bolalar bilan o'ynaladigan o'yin turlari: «Chir aylan-ma», «Chillak»,
«Tortishmachoq»,   «Lafta»,   «Dor   o'yin»,   «Ko'p-kari»,   «Berkinmachoq»,   «Jami»,
«Chertan devor gir-gir aylan».
Katta   yoshdagi   bolalar   uchun   o   'yinlar:   «Chavandozlar»,   «Doiraga   tort»,
«Do'ppi  yashirma», «Sapalak», «Besh tosh», «0q terak-mi ko'k terak». Bu o'yinlar
orqali   bolalarda chaqqonlik, o'z-o'zini boshqara olish va o'ziga ishonch tarbiyalanadi,
qat'iyatlilik   ko'nikmalari   shakllanadi,   fikrlashga   o'rgatilib   boriladi,   topqirlik   qo-
biliyatlari rivojlanadi,  hozirjavob bo'lishga tayyorlanib boriladi.
Xalq   milliy   o'yinlari   orqali   bolalarni   ma'naviy,   aqliy,   jismoniy,   estetik
jihatdan   tarbiyalab   borish   jarayonida   bolalarda   o'z   Vatanini   sevish,   uning
boyliklari   qadriga   yetish,   buyuk   ajdodlarimiz   meroslarini   hurmat   qilish,   milliy
kuy   va   qo'shiqlardan   zavqlanish   tuyg'ulari,   shuningdek   o'sib   kelayotgan   yosh
avlodda   chidamlilik,   sabrtoqatlilik,   tezkorlik,   ildamlik,   botirlik   kabi   shaxsiy
sifatlar shakllanib boradi.
Xalq   milliy   o'yinlarini   maktabgacha   ta'lim   muassasalarida   tashkil   etishda
quyidagi  vazifalar amalga oshirilishi lozim:
— Xalq milliy o'yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo'llari, usullari
hamda   uslublarini ishlab chiqish;
—             milliy   o'yinlarni   tashkil   etishda   ma'naviy   qadriyatlar   va   urf-
odatlarimizni  kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
— maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   milliy   istiqlol   ruhida   tarbiyalashda   xalq
milliy o'yinlaridan maqsadli foydalanish;
— xalq ertaklari, xalq og'zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish;
— bolalarning o'ynashlari uchun shart-sharoit (o'yin uchun jihozlar, atributlar)
yaratish;
— Maktabgacha   ta'lim   muassasalari,   oila   va   mahallalar   o'rtasida   milliy
o'yinlar bo'yicha ko'rik tanlovlari va musobaqalar o'tkazish.
         Xalq harakatli o'yinlarini tashkil etish va bolalarga o'rgatishda quyidagi qoidalarga
rioya  qilish zarur:
1. Bolani ruhiy jihatdan o'yinga tayyorlash.
2. O'yin jarayonida bolalaming jismoniy tayyorgarligi va yosh   xususiyatlariga   e'tibor
berish.
3. Har bir o'yinning pedagogik tomonlarini nazardan qochir- maslik.
4. O’yinlarni ijtimoiy-foydali mehnat bilan bog'lagan holda  hayotga tatbiq etish.
5.O'yin davomida o'zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash.
6.   Jamo’   bo'lib   birgalikda   harakat   qilish,   jamo’   manfaatiga   hurmat   va   e'tiborli
bo'lish.
49 Mustahkamlash uchun savollar:
1. Xalq milliy harakatli o'yinlar haqida gapiring?
1. Milliy harakatli o'yinlarning ahamiyati nimalarda iborat?
2. Milliy harakatli o'yinlarni turli yosh guruhlarida tashkil eting?
3. Maktabgacha   ta'lim   muassasalarida,   bolalar   xayotida   o'yinning   qanday
ahamiyati bor?
4. Bolalar bog'chasida o'yinning turlarini sanab bering
5. Bolalar xayotida mazmunli o'yinlarning o'ziga xos xususiyatlari haqida fikringiz.
6. Harakatli o'yinlar bolalami sog'lom qilib tarbiyalashning muhim sharti ekanligini
yoritib bering.
50 12-MA'RUZA:   BOLALARDA SON- SANOQ HAQIDAGI BILIMLARNI
SHAKLLANTIRISH SANASHGA O’RGATISH
Reja:
1. To’plam haqidagi tasavvurlarni shakllantirishning sensor asoslari  
   2.  4 yoshli bolalarni o’qitishning asosiy vazifasi
      3.   buyumlarni   sanash   va   ularning   o’lchamlarini   taqqoslash,   fazoda
joylashuvlarini aniqlash
   4. Maktabga tayyorlash guruhi bolalarining 10 ichida sanash, ajratib sanash
ko’nikmalarini takomillashtirish.  
Tayanch so’zlar va iboralar:   son va sanoq, tarbiyachi, bolalar, 
maktabgacha tarbiya, o’yin, huddi shunday, kupchani top, bitta va ko’p, 
Miqdor va sanoq . Maktabgacha  tarbiya yoshidagi  bolalarni o’qitish o’ziga
xos   xususiyatga   ega.   Maktabgacha   tarbiya   yoshida   echilishi   kerak   bo’lgan
vazifalar   hal   qilinmasa,   maktabgacha   o’qitish   muvaffaqiyatli   bo’lmaydi.   Bu
vazifalardan   biri   konkret   bilimlar   va   tafakkur   usullaridan   abstrakt   bilim   va
usullarga   o’tishdan   iborat.   Bu   xil   o’tish   saviyasi,   ayniqsa,   matematika   o’qitish
uchun   zarurdir.   Bunday   savyaining   bo’lmasligi   yoki   etarli   bo’lmaligi   ikki
tomonlama   qiyinchilikka   olib   keladi.   Bir   tomondan,   maktabgacha   tarbiya
yoshidagi   bolalar   ko’pincha   maktabga   mavhum   matematik   usullarni   egallagan
holda   keladilar,   bularni   bartaraf   qilish   juda   qiyin   bo’ladi.   Ikkinchi   tomondan,
bolalar maktabda abstrakt bilimlarni egallar ekanlar, ko’pincha ularni formal, asl
mazmunini tushunib etmagan holda o’zlashtiradilar. Shuning uchun ham konsret
shart – sharoitlarda matematik usullarni egallagan holda keladilar, bularni bartaraf
qilish juda qiyin bo’ladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda asbtrakt bilimlarni
egallar ekanlar, ko’pincha ularni formal, asl mazmunini tushunib etmagan holda
o’zlashtiradilar.   Shuning   uchun   ham   konkret   shart   –   sharoitlarda   matematik
bilimlarni   qo’llanish   imkoniyati   juda   cheklangan   bo’ladi.   Shu   sababli
maktabgacha tarbiya yoshidagi  bolalarni  o’qitishning muhim vazifasi  matematik
asbtraktlashlar   bilan   konkret   borliq   orasidagi   bog’lanishni   ta’minlaydigan   bilim
va harakatlarning oraliq saviyasini shakllantirishdan iborat bo’lishi kerak.
Tekshirishlar   shuni   ko’rsatmoqdaki,   maktabgacha   yoshdagi   bolalarga
matematika o’qitishda o’tish saviyasi mazmuni quyidagilardan iborat:
Birinchidan,   shunday   faoliyat   va   masalalarni   o’zlashtirish   kerakki,   ularda
matematik operasiyalarni qo’llashning zarurligi bolalarga yaqqol ko’rinib turadi.
Bu,   bir   tomondan,   bolaning   seminar   faoliyati   bilan   bevosita   bog’liq
(tenglashtirish,   taqqoslashga   oid)   masalalar,   ikkinchi   tomondan,   ularga   shunday
shartlar   kiritiladiki,   bunda   mazkur   masalalarni   matematik   vositalardan
foydalanmay   turib   (masalan,   fazoda   ajratib   qo’yilgan   ikki   to’plamni   amalda
tenglashtirish) amalga oshirish mumkin bo’lmaydi.
Ikkinchidan,   muhitning   shunday   munosabatlarini   ajratish   kiradiki,   bu
munosabatlarni   qo’llanish   bolaga   konkret   buyumlardan   matematik   obektlarga
o’tish   (masalan,   buyumlarni   ma’lum   belgilari   bo’yicha   guruhga   kiritish   va   shu
asosda   to’plam   munosabatlarini,   tenglik   –   tengsizlik   munosabatlarini,   qism   –
butun munosabatlarini hosil qilish) imkonini beradi.
Tekshirish   natijalari   shuni   ko’rsatadiki,   matematik   operasiyalar
maktabgacha yoshdagi o’zlashtirilgan shunday masalalar va munosabatlar asosida
kiritilsa va qayta ishlansa, matematikani egallash samaraliroq bo’ladi. Yo haddan
51 tashqari   konkretlik,   yo   matematik   bilimlarning   formalligi   tufayli   paydo
bo’ladigan qiyinchiliklar mao’kur holda paydo bo’lmaydi.
Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarni   o’qitishda   matematik   bilimlar
tarkibini   tekshirish   tenglik   –   tengsizlik,   qism   –   butun   munosabatlari,   bilvosita
tenglashtirish sanoq va arifmetik amallarni to’liq va ongli o’zlashtirish uchun asos
bo’ladigan sodda masalalar va munosabatlarning o’zidan iborat ekanini ko’rsatdi.
Bu munosabat va   masalalarni (ularning eng sodda shakllarini bolalar 3 yoshdan
boshlab   tushuna   boshlaydilar.   Ular   bunday   mashg’ulotlarga   katta   qiziqish   bilan
yondashadilar, xuddi shu erning o’zida o’zlashtirganlari (tenglik, qism – butun va
h.k. munosabatlari)ni o’yinlarga ko’chiradilar, turmushda seminar ishlar qilishda
foydalanadilar,   bir   –   birlariga   (katta   va   tayyorlov   guruhi   bolalari)   shunga
o’xshash masalalarni taklif qiladilar.
Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarning   matematik   tasavvurlarnini
o’rganish,   tekshirish   asosida   elementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantirish
dasturi   tuzildi.   Bu   dastur   quyidagi   besh   bo’limdan   iborat:   “Miqdor   va   sanoq”,
“Kattalik”,   “Geometrik   figuralar”,   “Fazoda   mo’ljal   olish”,   “Vaqtga   nisbatan
mo’ljal olish”.
Endi har xil guruhlarda “Miqdor va sanoq” bo’limi ustida ishlash uslubiyati
haqida fikr yuritamiz.
Ikkinchi kichik gurux.
Maktabgacha yoshdagi kichik guruh bolalarini sanoqqa o’rgatishdagi bosh
vazifalardan   biri   bir   to’prlam   elementlarini   ikkinchi   to’plam   elementlari   bilan
taqqochlash,   solishtirish   yo’li   orqali   bolalarni   to’plamlarni   taqqoslashga
o’rgatishdan   iborat.   Bu   dastlabki   bosqich   kelgusida   sanoq   faoliyatini
rivojlantirishda   katta   ahamiyatga   ega.   Bola   miqdoriy   taqqoslash   usullarini
egallaydi.   Bola   sanashni   bilmaydi,   shu   sababli   u   oldin   taqqoslanayotgan
to’plamlarning   qaysinisi   ko’p   qaysinisi   kam   ekanini,   yoki   ular   teng   quvvatli
ekanini   aniqlashni   o’rganadi.   Bolalarda   kelgusida   matematik   tasavvurlarni
rivojlantirish ko’p jihatdan sanoqqa o’rgatishning boshlang’ich davriga bog’liq.
Ikkinchi   kichik   guruhda   tarbiyachi   bolalarda   to’plam   alohida   bir   jinsli
elementlar (buyumlar) majmui haqidagi tasavvurni rivojlantirishi kerak.
O’qitishni   buyumlarining   sifat,   xossalarini   ajratishga   oid   mashqlardan
boshlash   kerak.   Masalan,   bir   qancha   o’yinchoqlar   ichidan   xuddi   tarbiyachi
qo’lidagidek   o’yinchoqni   topish   taklif   qilinadi.   “Xuddi   shunday   o’yinchoqni
topish   taklif   qilinadi.   “Xuddi   shunday   kubchani   (bayroqchani,   sharni)   ber”.
Shundan   keyin   har   kubchani   (bayroqchani,   sharni)   ber”.   Shunday   keyin   har   xid
rangli   (o’lchamli,   shakldagi)   2   -3   ta   buyum   orasidan   xuddi   shu   rangdagi
(o’lchamli, shakldagi) buyumni tanlash topshirig’i beriladi.
Navbatdagi   bosqich   berilgan   belgi   –   alomatlari   bo’yicha   buyumlarni
tanlash va guruhlarga ajratishga, oid mashqlardan iborat bo’lishi kerak. Masalan:
“Qizil rangli hamma kubchalarni mana bu qutiga sol, bu qutiga esa hamma kichik
matryoshkalarni   yig’,   mana   bunisiga   esa   hamma   katta   matryoshkalarni   yig’”.
Bunday   mashqlar   natijasida   bolalar   har   xil   buyumlarning   umumiy   belgilari
bo’yicha   bir   guruhga   birlashtirish   mumkin   ekanini   tushuna   boshlaydilar:   “Bular
qo’g’irchoqlar”, “Bular koptoklar”, “Bular bayroqchalar” kabi.
Tarbiyachi   bolalarni   guruhdagi   buyumlarning   birov   qismi   uchungina
umumiy   bo’lgan   belgilarni   ko’ra   olishga   o’rgatadi.   Masalan,   bayroqchalar
52 ko’pligini,   ammo   ularning   ba’zilari   sariq,   bu’zilari   esa   ko’k   ekanini   ko’rsatadi.
(Sariq  bayroqchalar ko’p, ko’k bayroqchalar ham ko’p).
Miqdor   haqidagi   tasavvurlarni   shakllantirishda   bir   jinsli   (bir   xil)
buyumlardan   guruhlar   tuzish   va   guruhni   alohida   buyumlarga   ajratishga   doir   har
xil   o’yin   –   mashqlar   ma’lum   o’rinni   olishi   kerak.   Odatda   bu   o’yin   –   mashqlar
ma’lum o’rinini olish kerak. Odatda bu o’yin mashqlar darsda ma’lum izchillikda
o’tkaziladi. 
Birinchi   mashg’ulotda   bir   xil   o’lcham   va   rangli   mutlaq   aynan
o’yinchoqlarning   –   sabzilar,   archalar,   jo’ja   qancha   bo’lsa,   o’yinchoqlar   ham
shuncha bo’lishi kerak. Tarbiyachi dastlab bolalarga bittadan o’yinchoq ulashadi,
o’z harakatlarini ushbu so’zlar bilan tushuntiradi: “Men archalar juda ko’p. Men
bolalarning   hammasiga   bittadan   archa   berib   chiqaman.   Menda   bitta   ham   ham
archa   qolmaydi...”   shunday   keyin   bolalarga   murojaat   qiladi   “Har   biringizda
nechtadan archa bor?” Shundan keyin tarbiyachi hamma o’yinchoqni yig’ib oladi,
bunda u bitta ham yo’q (bolada) juda ko’p (tarbiyachida) so’zlariga urug’ beradi.
Mashqni boshqa o’yinchoqlar bilan yana bir marta takrorlash mumkin. Har
gal   tarbiyachi   ko’p,   bitta,   bittadan,   bitta   ham   yo’q,   hech   narsa   yo’q   so’zlarini
ishlatadi;   “Qancha?”,   “Qanchadan?”   –   savollarini   qo’yadi.   Kichkintoylar
buyumlarni   va   ular   qanchadanligini   (ko’p,   bitta)   aytadilar.   Mashg’ulotning
borishida bolalar to’plam  alohida yuumlarga ajralishiga va alohida buyumlardan
tuzilishi mumkinligiga ishonch hosil qiladilar.
Ikkinchi   mashg’ulot   ham   shunga   o’xshash   o’tkaziladi.   Dastlab   oldingi
mashg’ulotda   foydalanilgan   o’yinchoq   turlarining   biri   bilan   ish   tashkil   qilinadi,
keyin   esa   o’yinchoq   yoki   buyumlarning   yangi   xili   olinadi,   ular   bir   xil   bo’lishi
shart   emas:   ular   turlicha   o’lchamli   va   har   xil   rangli   bo’lishi   mumkpn.
O’yinchoqlar guruhlarga ajratiladi, masalan, bir savatga sariq koptoklar, ikkinchi
savatga   qizil   koptoklar   yig’iladi;   katta   baliqchalar   katta   idishga,   kichik
baliqchalar kichik idishga solinadi.
Mashg’ulotning   borishida   tarbiyachi   umumlashtiradi.   Masalan:   “Savatda
(yoki   to’r   xaltada)   koptoklar   ko’p”,   ammo   “katta   to’r   xaltada   katta   koptoklar
ko’p,   kichik   to’r   xalaja   kichik   koptoklar   ko’p”   yoki   “Ariqda   ko’p   baliq   suzib
yuribdi”, yoki “Qizil yoki sariq qayiqchalar ko’p”. Bu xil mashqlarni kamida to’rt
marta o’tkazishdan iborat  ekanini bilib olganlaridan keyin; ular bir xil buyumlar
guruhlarini   mustaqil   ajratishni,   tevarak   –   atrofdan   alohida   (bitta)   buyumlarni   va
buyumlar majmuini (ko’p) mustaqil topishi o’rganadilar.
Honada qanday buyumlar ko’p, qaysi buyumlar bittaligini ayta olish uchun
kichkintoylar   murakkab   fazoviy   –miqdoriy   tahlilni   amalga   oshiradilar,   ya’ni
qandaydir   bir   buyumni   ajratadilar.   So’ngra   unga   diqqat   bilan   qarab   qanday
buyumlar   bor   –   yo’qligini   qarab,   bir   xil   buyumlarni   yagona   to’plamga   xayolan
birlashtirishlari kerak.
A.M.Leushina   bolalarda   buyumlarning   miqdoriy   tomonlarini
abstraktlashtirish   va   bir   xil   buyumlarni   yagona   to’lamga   hayolan   birlashtirish
malakasini sekin –asta rivojlantirish imkonini beradigan mashqlar tizimini ishlab
chiqdi.
Kichkintoylarning “Bitta” va “ko’p” tushunchalarini mustahkamlash uchun
ko’rsatilgan   miqdordagi   buyumlarni   har   xil   rangli   ikkita   qatorga   joylashtirishni
taklif qilish mumkin.
53 Tarbiyachi   quyidagicha   topshiriq   beradi:   “Chapdagi   ko’k   qatorga   bitta
jo’ja,   o’ngdagi   yashil   qatorga     ko’p   jo’ja   qo’ying”.   Qatorlarning   o’rnini
almashtirib   yoki   har   qaysi   qatorga   joylashtirish   kerak   bo’lgan   buyumlar   soni
haqidagi   ko’rsatmani   o’zgartirib,   tarbiyachi   bolalarni   buyumlar   miqdorini   oldin
qatorlar   rangi   bilan,   keyin   esa   ularning   fazoviy   joylashuvlari   bilan   bog’lashni
o’rgatadi.
Shuningdek, kichkintoylar buyumlarning chapda, o’ngda, yuqorida, pastda
bir – biriga nisbatan qanday joylashganliklarini aniqlashni ham o’rganadilar.
Topshiriqni   bajarib   bo’lganlaridan   keyin   tarbiyachi   bolalardan   har   qaysi
qatorda   qanchadan   o’yinchoq   (bitta   yoki   ko’p)   borligini   so’raydi.   Bu   xil   ishga
kamida ikki – uch mashg’ulot ajratiladi.
Tarbiyachi “Topshiriq” o’yinini tashkil qilishi mumkin, bu o’yinda bolalar
to’plamni aniqlashni, buyumlarni mustaqil tanlashni o’rganadilar. Bu o’yin uchun
buyumlar   birlik   va   ko’plikda   berilmog’i   lozim,   masalan   birinchi   stolga   bitta,
ikkinchi   stolga   ko’p   o’rdakcha   qo’yish   mumkin.   Bolalar   tarbiyachining
topshirig’iga   ko’ra   oldin   ko’p,   keyin   esa   bitta   o’rdakchani   olib   kelishadi.
Topshiriqni   qiyinlashtirish   ham   mumkin:   bir   stolning   o’ziga   bitta   archa   va   ko’p
qo’ziqorin   qo’yish   mumkn.   Bu   gaoda   bolalar   o’yinchoqlarni   olib   kelmaydilar,
balki stolga yaqin kelib. Unda nimalarni ko’rayotganlarini gapirib berishadi.
O’yinchoq   guruhlarini   tobora   har   xil   joyga,   ya’ni:   stollarga,   deraga
tokchalariga,   gilamga   joylashtirish   mumkin.   Topshiriqni   bajarishda   oldin
bolalarning   e’tiborini   xonaning   alohida   joylariga   (deraza   tokchasi,   gilamning
o’ng   tomonidagi   burchak   va   b.)   qaratish   kerak,   shundan   keyin   ularning   o’zlari
g’am yaxshi orientir (mo’ljal) ola boshlaydilar.
Bolalar   avval   “ko’p   gullar”,   “Bitta   daraxt”   kabi   sodda   gaplardan
foydalanadilar. Keyin ular ikkita sodda gapni bitta murakkab gapga birlashtirishni
o’rganadilar: “Gullar ko’p, daraxtlar esa bitta”.
“Bitta” va “ko’p” tushunchalarini mustahkamlash uchun har xil usullardan
foydalanish   tavsiya   etiladi.   Bolalarga   ko’p   marta   chapak   chalishni,   bir   marta
baland sakrashni, bolg’a bilan ko’p marta taqiqllatishni, so’ngra tarbiyachi bolg’a
bilan   necha   marta   taqiillatgan   bo’lsa   (2-3   martadan   ko’p   emas),   shuncha   marta
taqillatishni  taklif qilish mumkin. Ritmikt” kabi sodda gaplardan foydalanadilar.
Keyin ular   ikkita  sodda  gapni   bitta murakkab  gapga birlashtirishni   o’rganadilar:
“Gullar ko’p, daraxtlar esa bitta”.
“Bitta” va “ko’p” tushunc
alarini mustahkamlash uchun har xil usullardan foydalanish tavsiya etiladi.
Bolalarga  ko’p  marta  chapak   chalishni,   bir  marta  baland  sakrashni,   bolg’a   bilan
ko’p marta taqiql
atishni, so’ngra tarbiyachi bolg’a bilan necha marta taqiillatgan bo’lsa (2-3
martadan ko’p emas), shuncha marta taqillatishni taklif qilish mumkin. Ritmikrin
terishga boradi. Har qaysi bolaning qo’lida savati bor. Tarbiyachi o’yin syujetini
rivojlantiradi: “Bolalar o’rmonga borishdi. Lola qizil qalpoqchali katta qo’ziqorin
topdi. Vali esa jigarrang qalpoqchali kichkina qo’ziqorin topdi. Zamira ham katta
qo’ziqorin   topdi.   Shuhrat   esa   kichkina   qo’ziqorinini   stolga   qo’yadi.   Tarbiyachi
yakunlaydi:   “Har   qaysingizda   bittadan   qo’ziqorin   bor,   edi,   endi   ko’p   qo’ziqorin
bo’ldi”.
54 “Uloqlar   bilan   echki”   o’yini.   Bu   o’yinning   maqsadi   ayrim   elementlardan
to’plam   tuzish   bo’yicha   mashq   qildirish,   o’yin   boshlanishiga   qadar
kichkintoylarni “Bo’ri bilan etti uloq” ertagi bilan tanishtirish, eyaki bitta, uloqlar
esa ko’p ekanini aniqlash, o’yinchoq echki bilan uloqlarni ko’rish. Shundan keyin
bolalardan kimdir ko’zini berkitadi, tarbiyasi esa uloqlarni har xil joyga yashiradi.
Echki   ma’raydi:   “Me-e”,   bola   ko’zini   ochib,   uloqlarni   qidira   boshlaydi.
Tarbiyachi bunday   deydi:   “Uloqlar   shoxdor   echkidan   yashirinishdi,   qaydasiz
uloqchalar,   qaydasiz,   jajjivoylar?”.   Bola   uloqni   topib,   bir   so’zi   bilan   uni   stolga
qo’yishi   zamonoq   eyaki   yana   ma’raydi:   “Me-e”.   Tarbiyachi   echki   yana   bitta
uloqni qidirishni  so’rayapti, deydi. O’yin hamma uloq topilguncha davom  etadi.
Eng oxirida eyaki “Rahmat” uloqlar ko’p, ularning hammasi topildi”, - deydi. 
“Jajjivoy”   o’yini   oldingi   o’yinga   o’xshash   o’tkaziladi.   Bitta   mushuk   va
ko’p mushukcha, bitta tovuq va ko’p jo’ja, bitta o’rdak va ko’p o’rdakcha bo’lishi
mumkin va h.k.
“Bitta” va “ko’p” tushunchalarini farq qildirish uchun sharlar, xalqachalar,
toshchalar   va   boshqa   narsalar   bilan   o’yin   o’tkazishi   mumkin.   Tarbiyachi   stolga
bitta   va   ko’p   buyum   qo’yadi.   U   bitta   buyumni   ko’rsatib,   “Bitta   shar   (tugma,
xalqacha)”   deydi.   Shundan   keyin   buyumlar   guruhlarini   ko’rsatadi   va   deydi:
“Ko’p   narsalar   (tugmalar,   halqalar)”.   Tarbiyachi   bolalarga   bittadan   shar   olishni
taklif  qiladi  va shunday  deydi:  “Naimada  bitta  shar, Jasurda  bitta  shar, Voxidda
bitta shar. Yana bitta shar kimda, ko’rsating. Har kim o’z sharini stolga savatga,
qutiga   qo’ysin.   Har   kim   o’z   sharini   stolga   savatga,   qutiga   qo’ysin.   Har   kimda
bittadan edi, endi nechta bo’ldi? Ko’p”.
Bolalarga   xaltachalar,   savatchalar,   qutichalar   tarqatish   va   ularga   oldin
bittabuyum, keyin esa ko’p buyum solishni taklif qilish mumkin.
“Bitta” va ko’p tushunchalarini mustahkamlash uchun o’yin – mashqlardan
foydalanish   tavsiya   etiladi.   Tarbiyachi   stolga   bir   varaq   qog’ozni   qo’yadi,   uning
ustiga   istalgan   hayvon   o’yinchoqlardan,   masalan,   olmaxonlarning   bir   nechtasini
(5-5   tasini)   qo’yadi.   Shundan   keyin   bolalarga   murojjat   qiladi:   “Maysazorda
olmaxonlar” ko’p. Men bitta olmaxonni mehmonga chaqiraman. Sen ham chaqir.
Iroda   (Said).   Iroda   (Said)   nechta   olmaxonni   chaqirdi?   Mendagi   olmaxonlar
nechta?”.
Bolalar   navbati   bilanto   qog’ozda     bitta   ham   o’yinchoq   qolmaguncha
bittadan   o’yinchoq   oladilar.   Tarbiyachi   so’raydi:   “Maysazorda   nechta   olmaxon
qoldi?   (Bitta   ham   qolmadi).   Mendagi   olmaxonlar   qancha?   (Ko’p).   Yana
maysazorda   olmaxonlar   ko’p   bo’lsin   uchun   kelinglar   bunday   qilaylik.
(O’yinchoqlarni   oldingi  joylariga  qo’yadi(.  Said  (Vohid),  senda  nechta   olmaxon
qoldi? (Qolmadi) Maysazorda olmaxonlar nechta bo’ldi? (ko’p)”.
Bunday o’yin – mashqlarni boshqa hayvonlar to’plami bilan ham o’tkazish
mumkin,   bular   o’rdak   bilan   o’rdakchalar;   ayiq   bilan   ayiqchalar,   cho’chqa   bilan
cho’chqachalar bo’lishi mumkin. Bu xilmashqlarning borishida bola har bir guruh
alohida   buyumlardan   iborat   ekanini   tushuna   boshlaydi,   guruhdan   bitta   buyumni
ajratishni,   “ko’p”,   “bitta”   tushunchalarini   farq   qilishni   o’rganadi.   Bu   o’rinda
mazkur tushunchalar bir – biriga qarshi qo’yilmaydi (mana- ko’p, mana – bitta),
balki   bir   –   biriga   taqqoslanadi.   “Bitta”   guruhning   tarkibiy   qismi   sifatida
qatnashadi.   Bu  mashqlarni  o’tkazishda   tarbiyachi  bolalarga  tez   –  tez  “Qancha?”
savolini   berishi   kerak;   ularni   ko’p,   bitta,   bitta   ham   yo’q   so’zlarini   ishlatishga
55 undashi   kerak.   Kichkintoylar   javob   berayotganida   buyumlarning   o’zini   ham,
ularning miqdorini (bitta quyoncha, ko’p quyoncha) ham aytishlarini talab qilish
zarur.
Mashg’ulotga   har   xil   illyustrasiya   materiallarning   kiritilishi   ham
bolalarning   “bitta”   va   “ko’p”   tushunchalarini   o’zlashtirishlariga   yordam   beradi.
Chunonchi   “Mushuk   mushukchalari   bilan”,   “It   bilan   itchalar”   rasmlarini   qarab,
bolalar   bitta   mushuk   va   ko’p   mushukchalar,   bitta   it   va   ko’p   itchalar   deyishadi,
bolalar   bitta   sabzavot   va   ko’p   mevalarni   topadilar,   bitta   katta   nomidor   va   ko’p
kichik pomidorlarni topadilar.
Jismoniy   tarbiya   va   musiqa,   tasviriy   faoliyatlarga   oid   mashg’ulotlarda
bolalar   g’ar   doim   “ko’p”   va   “birlik”   tushunchasi   bilan   uchrashadilar.   Masalan,
koptoklar   va   cho’plar   ko’p,   xoda   esa   bitta,   bayroqchalar   va   ro’molchalar   ko’p,
zina esa bitta.
Rasm   solish   vaqtida   tarbiyachi   bolalarning   qalami   nechataligini   so’raydi
(har kimda bittadan, hammada esa ko’p).
Musiqa mashg’ulotida bolalar barabanning har bir taqillashiga yoki boshqa
musiqa   asbobining   har   bir   ovoziga   stulga   yoki   stolga   bittadan   o’yinchoq
qo’yadilar.
Tarbiyachi   o’z   ishida   kundalik   turmushdan   ham   keng   foydalanishi
mumkin. Uning topshirig’i bilan bola bitta, keyin yana bitta qoshiq keltiradi. Yoki
bitta  katta   va   ko’p   kichik  qoshiqlarni   keltiradi.   Tarbiyachi   bolalarga   kitob  o’qib
berar ekan, kitobining bittaligini, uning varaqlari esa ko’pgina ekanini ta’kidlaydi.
Uchaskada   sayr   qilib   yurganda   tarbiyachi,   bolalar   e’tiborini   bitta   terak   va   ko’p
qarag’ay   o’sayotganiga,   qumli   joy   bittaligiga,   skameykalar   esa   ko’p   ekaniga
qaratadi.
Kichik   guruh   bolalari   to’plamda   alohida   elementni   ajratishga   va   shu
elementlarni   bitta   to’plamga   birlashtirishga,   to’plamni   yagona   butun   deb   qabul
qilishga shunday qilib o’rgatiladi.
Miqdoriy   tasavvurlarni   shakllantirishga   oid   ishning   navbatdagi   bosqichi
maktabgacha yoshdagi bolalarni  buyumlar guruhlarini taqqoslashga o’rgatish,
“tenglik”   va   “tengsizlik”   tushunchalari   bilan   tanishtirishdan   iborat.   Bu
bosqichda   bolalarga   bir   guruhning   har   bir   buyumini   boshqa   guruh   buyumlari
bilan mos keltirish va shu yo’l bilan (sanamasdan) qaysi guruhda ular ko’p, qaysi
guruhda ular kam yoki tengdan ekanini aniqlashni o’rgatish muhimdir. Tarbiyachi
bolalarga   buyumlarni   ustiga   qo’yib   va   yoniga   qo’yib   taqqoslash   usullarini
o’rgatadi.   Eng   sodda   seminar   taqqoslash   uchuli   –   ustiga   qo’yib   taqqoslashdan
boshlash   kerak.   Masalan,   tarbiyachi   buyumlarga   (3-5   ta)   ularning   tasvirlarini
qanday   qoplash   kerakligini   ko’rsatadi.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   bu   usulni
egallab olganlaridan keyin bolalarni buyumlarning kartochkadagi tasvirlari ostiga
qo’yishga, bunda ular orasidagi intervalni qat’iy saqlagan holda (ya’ni buyumlar
orasidagi masofaga qat’iy amal qilgan holda) o’rgatish kerak.
Tarbiyachi buyumlarni bir – birining ustiga va yoniga qo’yish yo’llari bilan
taqqoslash   usulini   bolalarga   o’rgatganidan   keyin,   to’plamlarning   tengligi
(tengsizligi)   ni   o’rnata   oligga,   “tengdan”   (qancha   bo’lsa,   shuncha),   ko’p   kam”
munosabatlarini   o’rnatishni   o’rgatadi.   Shu   maqsadlarda   buyumlarning   ikki
guruhini   taqqoslashga   doir   har   xil   mashqlardan   foydalaniladi.   Masalan,   bolalar
qo’g’irchoqlar   va   piyolalar,   quyonchalar   va   sabzilarning   miqdorlari   teng   yoki
56 teng   emasligini,   qaysi   buyumlar:   chelakchalar   yoki   kurakchalar,   qizil   yoki   ko’k
doirachalar ko’p yoki kam ekanini aniqlaydilar. Taqqoslash uchun buyumlarning
miqdori  teng  (2  va  2,3  va  3,4  va  4,5  va  5)  va  tengmas   (2  va   3,3  va  4,4  va  5  ta
buyumga ortiq yoki kam) doirachalar beriladi.
Tarbiyachi   shogirdlarini   buyumlar   guruhlarini   taqqoslaganda   qanday
obektlar ko’p, qandaylari kam ekanini aytishga o’rgatadi (“Qizil doirachalar ko’k
doirachalardan...ta   ortiq,   ko’k   doirachalar   qizil   doirachalarga   nisbatan...   ta   kam,
ko’k doirachalar nechta bo’lsa qizil doirachalar ham shuncha”).
Tarbiyachi   bir   xil   buyumlarning   orasidagi   miqdoriy   munosabatlarni   doim
almashtirib turishi kerak. Masalan, shunday qilish kerakki, ko’k doirachalar qizil
doirachalar   qancha   bo’lsa,   shuncha   bo’lsin.   Taqqoslanayotgan   guruhlarning
fazoviy holatlarini g’am o’zgartirib turish kerak. Masalan, to’plam polotnosining
goh   ustki,   goh   pastki   qatoriga   ko’proq   (kamroq)   miqdorda   buyumlarni
joylashtirish  kerak,  bolalar   kartokchada   ham  mos  ravishda   shu  ishni   bajarishlari
kerak.   Bunday   mashqlarni   bajarishlari   kerak.   Bunday   mashqlarni   bajarish
jarayonida   bolalar   har   xil   turdagi   va   rangdagi   buyumlar   (ayiqchalar,
mashinachalar,   yashil,   sariq,   sharlar   va   h.k.)   ortiq,   kam,   teng   bo’lishi
mumkinligini bilib oladilar.
O’quv   yili   oxirida   bolalarga     har   xil   o’lchamdagi   buyumlar   miqdorini
taqqoslashni (ustiga yoki yoniga qo’yish bilan) o’rgatish kerak. Chunonchi kichik
va   katta   kubchalar   guruhlarini   taqqoslashda   (har   bir   katta   kubkachaga   bittadan
kichik   kubchani   qo’yib)   kichkintoylar   bitta   kichik   kubcha   juftsiz   qolganini,
demak, kichik kubchalar ko’p, katta kubchalar kam ekanini aniqlaydilar. Shunga
o’xshash mashqlarda munosabatlarning, ya’ni katta obektlar ko’p, kichiklari kam;
kattalari   kam,   kichiklari   ko’p;   katta   va   kichik   obektlar   miqdori   teng   kabi
munosabatlarning har xil variantlarini o’rgatish kerak.
Buyumlar   majmualarini   taqqoslashda   har   xil   analizatorlarga   suyanish
muhim ahamiyatga ega.
Masalan,   tarbiyachi   dastlab   bolalarni   kaftga   har   bir   urganda   (cho’p   bilan
stolga   urishda)   stolga   bittadan   o’yinchoq   qo’yishga   o’rgatadi,   keyingi
mashg’ulotlarda stolga nechta o’yinchoq qo’yilgan bo’lsa (2-3 ta), kaftga shuncha
urushni   taklif   qiladi.   Shundan   keyin   tarbiyachining   o’zi   bolg’acha   bilan   necha
marta   urganini   tinglash   va   kaftga   shuncha   marta   urishni   topshiriq   qilib   berishi
mumkin.
Bu   xil   mashqlar   jarayonida   bolalar   har   xil   analizatorlar   yordamida   idrok
qilinadigan ikki guruh, elementlarini juftlab taqqoslashni o’rganadilar.
57 13- MA'RUZA:   Bolalarda son- sanoq haqidagi bilimlarni
shakllantirish sanashga o’rgatish
Reja:
1. Sanash o’lchash jarayonida bolalarda butun sonlar qatori haqidagi 
tasavvurlarni rivojlantirish  
2.O’rta va katta   guruh bolalarini sanoqqa o’rgatish.
  Tayanch so’zlar va iboralar:   son va sanoq, tarbiyachi, bolalar, 
maktabgacha tarbiya, o’yin, huddi shunday, kupchani top, bitta va ko’p, 
O’rta guruh.
4   yoshli   bolalarni   o’qitishning   asosiy   vazifasi   ularni   to’g’ri   usullardan
foydalanib, 5 ichida buyumlarni, tovushlarni, harakatlarni sanashga o’rgatishdir.
Dastlabki   mashg’ulotlarda   tarbiyachi   sanash   namunasini   ko’rsatib   o’zi
sanaydi,   bolalar   esa   u   sanagan   buyumlarning   umumiy   miqdorinigina   aytadilar,
ya’ni   sanoq   jarayonini   tarbiyachi   o’z   zimmasiga   oladi,   sanoq   natijasini   bolalar
aytishadi.
Sanoqqa   o’rgatish   bir   –   birining   ostiga   parallel   joylashgan   2   qator
buyumlar   guruhini   taqqoslash   asosida   tuziladi.   Taqqoslanuvchi   guruhlar   soma   –
yon turgan sonlarni ifodalashi kerak: 1 va 2,2 va 3,3 va 4,4 va 5. bu sonining hosil
bo’lish   prinsipini   o’zlashtirish   uchun   ko’rsatmadi   asos   hosil   qiladi,   bolaning   bir
to’plam   bir   son   bilan,   ikkinchi   to’plam   boshqa   son   bilan   atalishini   tushunishga
yordam beradi.
Masalan,   tarbiyachi   sanoq   zinasi   (narvoni)   ning   pastki   pog’onasiga   2   ta
buyum   (2   ta   archa)   qo’yadi,   ularni   qayta   sanaydi,   bunda   bolalar   e’tiborini
natijaviy songa qaratadi. Shundan keyin ustki pog’onaga archalar ustiga aniq mos
keltirib   boshqa   buyumlani   (2   ta   olmaxonni)   qo’yadi.   Ularni   sanaydi,   bolalarga
miqdoriy   munosabatlarni   (2   ta   olmaon   va   2   ta   archa,   archalar   va   olmaxonlar
miqdori   tengdan)   namoyish   qiladi.   Shundan   keyin   tarbiyachi   ustki   pog’onaga
yana   bitta   olmaxon   qo’yadi   va   darhol   miqdoriy   munosabatlarni   aniqlydi:
“Olmaxonlar ko’paydimi yoki kamaydimi?” – “Ko’paydi”. Bolalar “ko’pni” juda
yaxshi   ko’radilar.   “bitta   olmaxonning   jufti   yo’q,   u   archasiz   –   olmaxonlar   ko’p,
archalar   esa   kam.   Archalar   2   ta,   olmaxonlar   nechta?   Sanab   chiqish   kerak”.
Tarbiyachi sanaydi: “bir, ikki, ...” Shundan keyin yangi so’z – uch sonini aytadi:
(Hammasi   bo’lib,   3   ta   olmaxon”)   tarbiyachi   qo’lini   aylantirib   ishora   qiladi,   bu
ishora   –   uch   soni   sanab   chiqilgan   uchala   olmaxonning   hammasiga   tegishli
ekaninin   bildiradi,   shundan   keyin   xulosa   chiqaradi:   “Jami   olmaxonlar   uchta”.
Bolalardan   olmaxonlar   qanchaligini   takrorlashni   so’raydi,   jarhol   ularning
e’tiborlarini   sonlardan   qaysilari   katta,   qaysilari   kichik   ekaniga   qaratadi:   “uch
ikkidan   katta,   ikki   uchdan   kichik.   Uch   katta,   ikki   esa   kichik”.   Bolalar   bunga
ko’rsatmali   ishonch   hosil   qiladilar.   Ular,   agar   guruhlardagi   buyumlar   tengdan
(barvardan)   bo’lsa,   ularning   miqdori   bir   xil   sonning   o’zi   bilan   belgilanishini
ko’radilar   (2   ta   olmaxon   va   2   ta   archa),   agar   1   ta   buyum   olinsa   (qo’shilsa),
buyumlar   kam   (ko’p)   qolishini   va   guruh   yangi   son   –   uch   bilan   belgilanishini
ko’radilar.   Bolalar   har   bir   son   buyumlarning   ma’lum   miqdorini   belgilashini
tushuna boshlaydilar.
Bola   katta   sonni   qanday   hosil   qilish   (1   dan   2,2   dan   3   va   h.k)
mumkinliginigina emas, balki 1 ni ayirish bilan katta sondan kichik   sonni hosil
qilish (2 dan 1,3 dan 2,4 dan 3) ni ham ko’rishlari muhimdir. Shu sababli har bir
58 yangi   sonning   hosil   bo’lishida   tarbiyachi   tengsizliklardan   tengliklar   hosil
qilishning   2   ta   usulini   ko’rsatishi   kerak.   Chunonchi,   olmaxonlar   bilan   archalar
misolida   u   1   ta   archa   qo’shadi   va   buyumlar   tengdan   –   3   va   3   dan   (3   tadan)
bo’ladi. Shundan keyin tarbiyachi oldingi kartinani tiklaydi (3 ta olmaxon va 2 ta
archa) va tengsizliklardan tengliklar hosil qilishning boshqa usulini ko’rsatadi; 1
ta olmaxonni olib qo’yadi va buyumlar yana tengdan bo’ladi: 2 va 2 (2 tadan).
Yangi   sonning   hosil   bo’lishini   har   xil   buyumlarning   3   -4   guruhini
taqqoslab   ko’rsatish   kerak.   Masalan,   tarbiyachi   archalarni   oladi   va   ularning
o’rniga   oldin   2   ta,   keyin   3   ta   quyonchani   qo’yadi   (tavsiflangan   usulda   harakat
qilib),   quyonchalar   soni   bilan   olmaxonlar   sonini   taqqoslaydi.   Shundan   keyin
tarbiyachi   olmaxonlarni   oladi   va   ularning   o’rniga   sabzilarni   qo’yadi.   Har   gal
bolalar   qaysi   guruhda   buyumlar   ko’p,   qaysinisida   kamligini   aniqlaydilar,   ularni
sanaydilar, (ikki usul bilan) tenglikni tiklaydilar.
Bolalar   guruhda   hammasi   bo’lib   nechta   buyum   borligini   bilish   uchun
sanash kerakligini sekin –asta tushuna boshlaydilar.
Tarbiyachi   sanash   usullarini   ko’p   martalab   ko’rsatadi   va   tushuntiradi.
Sanashni o’ng qo’l bilan chapdan o’nga qarab olib borish malakasini tarbiyalaydi,
sanash   jarayonida   buyumlarning   tartibi     bilan,   ularga   qo’l   tekkazib   ko’rsatish
kerak,   oxirgi   sonni   aytib,   buyumlarning   hamma   guruhidan   qo’lni   aylantirib
chiqib, umumlashtiruvchi imo – ishoralar qilishni o’rgatadi.
Sanashga o’rgatish jarayonida bolalarga sonlar tengligini har xil sharoitda –
guruxlardagi   buyumlar   orasidagi   masofa   har   xil,   buyumlar   kattaliklari   bo’yicha
har   xil,   keyinroq   esa   ularning   joylashuvlari   shakli   bo’yicha   har   xil   bo’lganda
ko’ra olishni  o’rgatish kerak. Masalan,  bir guruhda buyumlar  bir – biridan katta
masofada joylashgan, boshqa guruhda esa yaqin joylashgan bo’lib, nisbatan kam
o’rinni oladi, ammo ularning miqdori ikkala guruhda ham bir xil. Bolalar bunga
ikkala guruhdagi buyumlarni sanab chiqib ishonch hosil qiladilar.katta va kichik
buyumlarning   tengligi   ham,   qator   yoki   biror   geometrik   figura   (masalan,   doira,
kvadrat,   uchburchak)   shaklida   joylashtirilgan   buyumlar   tengligi   ham   shunday
qaraladi.   Tengliklarni   tekshirish   uchun   bolalarga   bir   guruh   buyumlarni   ikkinchi
guruh   buyumlari   qarshisiga   (juftlab)   joylashtirish,   ularni   sanab   chiqish   va
topilgan sonlarni taqqoslashni taklif qilish mumkin.
Shuningdek   tengsizliklarni   taqqoslashga   doir   mashqlar   o’tkazish   kerak.
Bunda   bolalarga   qandaydir   buyumlar   ikkinchi   taqqoslanayotgan   guruhdagi
buyumlardan   kam   joy   egallashiga   qaramay   (ularning   joylashuvi   kattaligiga
qarab),   ko’p   bo’lishi   mumkinligini   ko’rsatish   kerak.   Bu   xil   mashqlar   bolani
buyumlarning   soni   ularning   o’lchami   va   joylashuvlariga   bog’liq   bo’lmasligini
tushunishga olib keladi.
Bolalar   buyumlarni   sanash   malakasni   egallab   olganlaridan   keyin,   ularni
obektlarni   sanab   ajratishga,   mustaqil   ravishda   ma’lum   sondagi   buyumlarni   o’z
ichiga   olgan   guruhlar   tuzishga   o’rgata   boshlash,   bunda   ularga   sanash   usulini
ko’rsatish   kerak.   Tarbiyachi   stolga   bir   xil   ko’p   o’yinchoqlarni   joylashtiradi   va
umumiy   miqdordan   3   ta   o’yinchoqni   sanab   ajratish   kerakligini   aytadi.
Guruhlardan 1 ta o’yinchoqni olib, tarbiyachi uni stolning boshqa bir chekkasiga
qo’yadi   va   “Bir”   deydi.   So’ngra   indamay   yana   bitta   o’yinchoqni   oladi   va   uni
birinchisining   oldiga   qo’yib,   “ikki”   deydi   va   h.k.   tarbiyachi   son   so’zini   u
o’yinchoqni ajratib qo’yilgan o’yinchoqlar yoniga qo’yganidan keyingina aytadi.
59 Shundan   keyin   bolalarga   kichkina   o’yinchoqlar   to’plami   tarqatiladi   va
to’plamdan   ma’lum   miqdorni   (2-3   ta   o’yinchoqni)   olish   taklif   qilinadi.   Bundan
keyin   ushbu   xildagi   mashqlarni   o’tkazish   maqsadga   muvofiq:   “Stol   atrofida
nechta   qo’g’irchoq   o’tirgan   bo’lsa,   shuncha   piyolani   ajratib   sana”.   “4   ta
quyonchani   ajratib   sana   va   keltir”   “3   ta   quyoncha   va   4   ta   sabzi   keltir”   va   h.k.
Shuningdek,   nafaqat   sanoq   malakaisni   mustahkamlaydigan,   balki   shu   bilan   bir
vaqtda   shakl,   o’lchov   haqidagi   tasavvurlarni   shakllantirish   imkonini   beradigan,
fazoda   orientir   (yo’nalish)   olishni   rivojlantirishga   yordam   beradigan   mashqlarni
ham   o’tkazish   kerak.   Masalan,   buyumlarni   sanash   va   ularning   o’lchamlarini
taqqoslash,   fazoda   joylashuvlarini   aniqlash   (chapda,   o’ngda,   yuqorida,   pastda,
ustida, tagida) mumkin.
Ko’rish   analizatorari   ishtirokida,   buyumlarni   sanash   bilan   bir   qatorda,
bolalarni   tovush   chiqarib,   ushlab   ko’rib,   shuningshdek   harakatlarni   sanash
bo’yicha   mashq   qildirish   kerak.   Masalan,   tarbiyachi   bolalarga   o’zi   barabanga,
stolga, childirmaga, metallofonga va h.k. ga necha marta urishini sanashni, necha
qadam   qo’yganini   sanashni   taklif   qiladi;   kartochkaga   nechta   buyumning     rasmi
solingan   bo’lsa,   shunga   harakat   qilishni,   bolg’acha   bilan   necha   marta   ursa,
shuncha   marta   taqillatishni   taklif   qiladi.   Shundan   keyin   bolalarni   aytilgan   son
bo’yicha   harakat   bajarishga   o’rgatish   kerak:   “To’rt   marta   o’tirib   turing”,
“Koptokni   uch   marta   osmonga   irgiting”   va   h.k.   Har   xil   analizatorlar   ishtirokida
sanash   bolaning   yakuniy   sonnining   ma’nosini   chuqurroq   tushunishiga   yordam
beradi.
O’rta   guruhda   bolalar   birinchi   marta   5   gacha   bo’lgan   sanoq   tartibi   bilan
tanishtiriladi.   U   yoki   bu   buyumning   tartib   bo’yicha   o’rnini   topish   o’rgatiladi.
“Qancha?”,   “Qaysi?”,   “Sanoq   bo’yicha   nechanchi?”   savollariga   to’g’ri   javob
berishga o’rgatiladi.
Bolalarni   sanashga   o’rgatish   mashg’ulotlarning   mazmuni   quyidagidek
bo’lishi mumkin:
Tarbiyachi   stol   ustiga   3   ta   har   xil   (qizil,   sariq,   yashil)   rangli   avtomobilni
qo’yadi,   bolalardan   avtomobillarning   rangini   aytishni,   so’ngra   stolda   hammasi
bo’lib nechta mashina borligini sanab bilishni so’raydi. Bolalar “bir, ikki, uch” va
h.k. deb sanab, hamma avtomobillarning nechtaligini  aytib beradilar. Tarbiyachi
yashil avtomobil nechanchi o’rinda turganini qanday bilish mumkinligini so’radi.
Buning  uchun ham   sanash   kerak,  ammo  boshqacha  sanash   kerakligini  aytadi   va
avtomobillarni   tartibi   bilan   (chapdan   o’ngga   qarab)   qayta   sanaydi:   “Birinchi,
ikkinchi,  uchinchi”.   Bolalar   bilan  birga  yashil   mashina   uchinchi   o’rinda   turibdi,
deb xulosa chiqaradi. So’ngra tarbiyachi sariq mashinani eng oxiriga qo’yadi va
bolalarga   sariq   mashina   nechanchi   o’rinda   turganini   aniqlashni   so’raydi.   Yashil
mashina nechanchi o’rinda turganini so’raydi va h.k. Tarbiyachi o’yinchoqlarning
o’rinlarini almashtirib, bolalarni sanoq tartibi bo’yicha mashq qildiradi. U har gal
buyumlarni chapdan o’ngga qarab, tartibi bilan sanash kerakligini eslatadi.
Shundan   keyin   bolalarga   har   xil   rangli,   masalan,   sariq,yashil,   ko’k   rangli
uchta   cho’pni   stolga   qator   yoyishni   taklif   qilish   mumkin.   Bolalar   birinchi,
ikkinchi, uchinchi cho’pning rangini aytishlari, shundan keyin uchinchi (ikkinchi,
birinchi)   cho’pni   qizil   rangli   cho’p   bilan   almashtirishlari   kerak.   Topshiriqni
bajarib, bolalar qaysi (sanoq bo’yicha qaysi) cho’pni almashtirganlarini aytishlari
kerak.
60 Katta guruhda  bolalarga har bir son o’z ichiga ma’lum sondagi birliklarni
olishi   haqida  bilim   berish   zarur.  5   ichidagi   sonlarning   birliklardan  iborat   tarkibi
haqidagi tasavvurlar ham konkret misollarda shakllantiriladi.
Bolalar   buyumlar   guruhlarini,   ularning   belgilari,   sifati   bo’yicha   tahlil
qilishga, so’ngra sonning birliklarini aytishga o’rgatiladi. Masalan, tarbiyachi stol
ustiga   har   xil   rangdagi   4   ta   kubchani   qo’yib,   kublar   nechta?   Qanday   rangdagisi
nechta?,   deb   so’raydi.   Oxirgi   savol   buyumlar   miqdorini   ularning   ranglari
bo’iycha tahlil qilishga yo’naltiradi: “Qandaylari qancha?” – 1 ta qizil, 1 ta ko’k,
1 ta sariq, 1 ta yashil” – “Hammasi – chi?” – “Hammasi 4 ta kub” – “Demak, 4 –
bu   1,1,1   va   1.   shundan   keyin   yana   bolalardan   sonning   birliklarini,   so’ngra
sonning o’zini aytish so’raladi (1,1,1 va 1 – bu 4) 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o’qitishda buyumlar haqidagi har
xil   bilimlaridan,   ularni   differensiallash   yoki   guruhlarga   birlashtirish,   alohida
alomatlari   bo’yicha   umumlashtirish   malakalaridan   foydalanish   kerak.   Masalan,
hammasi   bo’lib   5   ta   o’yinchoq   bor.   “Qandaylari   qancha?   –   “1   ta   quyon,   1   ta
matryoshka 1 ta ayiq, 1 ta qo’g’irchoq, 1 ta tulki”. – “Demak, 5- bu 1, 1, 1, 1 va
1”.   Bolada   butun   miqdorni   ko’rish   va   uni   aytish,   sonning   birliklarini   (sonni
tuzuvchi   har   qaysi   birlikni)   aytish,   ularni   birlashtirib,   bir   son   bilan   aytish
malakasi shunday shakllantiriladi.
Sonning   birliklardan   iborat   tarkibini   o’rganishda   bolalarning   geometrik
figuralar   haqiagi   bilimlaridan,   buyumlarning   kattaliklari   bo’yicha
munosabatlarini   ayta   olishlaridan   foydalanish   kerak.   Masalan,   3   geometrik
figuralarni   –   uchburchak,   doira,   kvadratni   tahlil   qilish   uchun   har   xil   uzunlik   va
rangdagi qog’oz poloskalarni olish mumkin. Bu poloskalarning bittasi sariq – eng
qisqa, bittasi ko’k – biroz uzunroq, bittasi yashil – yanada uzunroq, bittasi oq – 2
ta kam uzunroq, bittasi qizil – eng uzun, jami esa 5 ta – bu 1, 1, 1, 1 va 1.
Bolalar   olgan   bilimlarini   har   xil   topshiriqlar   yordamida   mustahkamlashi
kerak.   Maslan,   tarbiyachi   sonli   kartochka   ko’rsatadi   va   bolalarga   buyumlarni,
sonda   nechta   birlik   borligi   ko’rinib   turadigan   qilib   sonli   kartochkani   ko’rsatadi,
yuolalar esa doira, kvadratni tahlil qili uchun har xil uzunlik va rangdagi qog’oz
poloskalarni   olish   mumkin.   Bu   poloskalarning   bitta   –   bittasi   yashil   –   yanada
uzunroq, bittasi oq – 2 ta kam uzunroq, bittasi qizil – eng uzun, jami esa 5 ta – bu
1, 1, 1, 1 va 1.
Bolalar   olgan   bilimlarini   har   xil   topshiriqlar   yordamida   mustahkamlashi
kerak.   Masalan,   tarbiyachi   sonli   kartochka   ko’rsatadi   va   bolalarga   buyumlarni,
sonda   nechta   birlik   borligi   ko’rinib   turadigan   qilibjoylashtirishni   taklif   qiladi.
Yoki u 3 ta doirachali, sonli kartochkani ko’rsatadi, bolalar esa doira, uchburchak
va kvadratni qo’yadilar. Bolalardan 3 ta doirachali, sonli kartochkani  ko’rsatadi,
bolalar   esa   dioar,   uchburchak   va   kvadratni   qo’yadilar.   Bolalardan   3   ta   figurani
nega   ajratib   sanaganini,   u   qaysi   figuralarni   ajratib   qo’yganini   (1   ta   dioar,   1   ta
uchburchak, 1 ta kvadrat), 3 sonida nechta birlik borligini so’rash mumkin.
Shunday   qilib,   tarbiyachi   bolalarni   natural   sonlarning   hosil   bo’lishi   bilan
tanishtiradi; sonni bir birlik orttirish yoki kamaytirishga qarab. Katta yoki kichik
son hosil bo’ladi.
Katta   guruhda   bolalarda   tartib   sonlardan   foydalanish   malakasini
rivojlantirish   davom   ettiriladi.   Bola   shu   yoshda   ham   ko’pincha   sonning   tartib
qiymatini miqdor qiymati bilan almashtirib yuboradi.  Shu sababli bolalarga tartib
61 sonning mohiyatini ochib berish, miqdor son har doim ham tartib son bilan ustma
– ust tushavermasligini ko’rsatish, tartib son esa har doim buyumlarning ma’lum
miqdorini   bildirib   turishini   ko’rsatish   kerak.   Tartib   sanoqni   kiritishga   qadar
bolalarga   “qancha”?   degan   savolga   javob   berishda   faqat   chapdan   o’ngga   qarab
sanashnigina   emas,   balki   o’ngdan   chapga   qarab   ham,   o’rtasidan   boshlab   ham
sanash  mumkinligini, qator  emas,  boshqacha  joylashtirilgan buyumlarni  istalgan
buyumlardan   boshlab   sanash   mumkinligini   ham   ko’rsatish   kerak.   Agar   sanoq
(biror buyumni o’tkazib yubormay, sanashning qaysi buyumdan boshlanganini va
qaysilarining sanalganini  eslab qolib)  to’g’ri  olib borilsa, natija har  doim  bir  xil
chiqaveradi.
Bola   tartib   sanoqda   “nechanchi?”   savoliga   javob   berish   talab   qilinganda
buyumlarni   har   doim   qator   qilib   joylashtirishlarini   o’zlashtirib   olishi   kerak.
Odatda   chapdan   o’ngga   qarab   sanashadi.   (O’ngdan   chapga   qarab   qanash   ham
mumkin, ammo bola sanoq qanday tartibda olib borilayotganini bilishi kerak).
Bolalar   buyumning   boshqa   buyumlar   orasidagi   tartibini   aniqlashda
sanoqning yo’nalishi  muhim    ahamiyatga egaligini bilib oladilar. Tarbiyachi  har
doim   “qancha?”   savoliga   sanab   chiqilgan   buyumlarning   hammasi   qanchaligini
aytish   bilan,   “qaysi?”   (“sanoq   bo’yicha   nechanchi?”)   savoliga   bir   buyumlar
orasidagi o’rinni bilib, javob berish kerakligini va birinchi, ikkinchi, uchinchi deb
sanash kerakligini eslatadi va ta’kidlaydi.
Bolalarni   “qaysi?”,   “nechanchi?”   savollarini   tushunish   va   fraq   qilish
bo’yicha   mashq   qildirish   uchun   ularni   buyumlarning   kattaligi   va   rangiga   qarab
taqqoslash malakalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, ularga rangla
qog’oz   poloskasi   hammasi   bo’lib   qanchaligini,   yuqoridagi   birinchi   poloska
qanday   rangda   ekanini;   qaysi   poloska   beshinchi,   yashil   poloska   hisob   bo’yicha
nechanchi   ekanini,   qora   poloska   hisob   bo’yicha   nechanchi   ekanini   topish
topshirig’i   beriladi.   Bunday   topshiriqlarda   geometrik   figuralar   –   katta
uchburchak,   doira,   uchburchak,   to’rtburchak,   rangi   bir   xil,   ammo   har   xil
kattalikdagi   katta   uchburchak,   katta   doira,   katta   to’rtburchaklardan   foydalanish
mumkin. (“Katta doira sanoq bo’yicha nechanchi?, qaysi figura to’rtinchi? Katta
to’rtburchak   sanoq   bo’yicha   nechanchi?”   Keyingi   figurani   ayting.   U   qanday?
Oltinchi figura nima deb ataladi?”).
“Qaysi?”  savolini  tushunish  malakasi  hafta haqidagi  bilimlarni  aniqlashga
doir   mashqlarda   ham     mustahkamlanadi.   Masalan,   tarbiyachi   haftaning   birinchi
kuni nima?, haftaning uchinchi kuni qanday atalishini, haftaning nechanchi  kuni
payshanba? Va h.k. savollarni har xil ifodalashi kerak. Bu ham diiqqatni to’plash,
ham bilimlarni yanada chuqur o’zlashtirishga imkon beradi.
O’yin  uchullari  ham  samaralidir.  Chunonchi,  o’qituvchi   gapiradi   va  u  o’z
nutqini   flanelegrafda   namoyish   qilish   bilan   kuzatib   boradi.   Podada   qanday
hayvonlar borligini ayting. Hayvonlarni parigi qirg’oqqa o’tkazish kerak. Ko’prik
tor bo’lgani uchun ular bir –birining orqasidan ketma- ket ketishadi. Liqqat bilan
qarang   nima     birinchi   ketmoqda?   Nima   ikkinchi   bo’lib   ketmoqda?   Sigirning
orqasidan   nima   ketmoqda?   ....Qo’ydan   oldin   nima   ketmoqda?   Nima   oxirida
ketmoqda? Qo’zichoq hisob bo’yicha nechanchi? Hammasi bo’lib nechta hayvon
ko’prikdan o’tmoqda?
62 Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarning   kata   guruhida   turlicha
kattalikdagi   har   xil   joylashgan   buyumlardan   ikkitadan,   beshtadan,   to’qqiztadan
kabi ifodalarni qo’llab, tengliklarni aytishga o’rgatish davom ettiriladi.
Daslabki   ma’lumotlarni   didaktik   tarqatma   materiallar   bilan   bajariladigan
mashqlarda berish maqsadga muvofiq. Bolaga 4 ta uchburchakni ajratib sanash va
ularni   qator   qilib   qo’yishni;   shuncha   doirachani   ajratib   sanab,   ularni
uchburchaklar   ostiga   joylashtirish;   doiralar   betiga   ularga   teng   miqdorda,
kvadratlar   nechtaligini   qayta   sanashni   taklif   qilish   mumkin.   Nihoyat,   ushbu
savolni ham berish kerak. “Har bir qatorda nechtadan geometrik figura bor?” bu
saovlga   har   xil   javob   berishga   yo’l   qo’yish   mumkin:   ixcham   javob   –
“To’rttadan”;   to’liq   javob:   “To’rttadan   geometrik   figura”   yoki   “Har   bir   qatorga
to’rttadan geometrik figura joylashtirilgan”.
Bunday   topshiriqlar   bolalarning   bilimlarini   mustahkamlashga   yordam
beradi.   Tarbiyachi   sonli   kartochkacha   buyumni   ajratib   sanab   qo’yishni   taklif
qiladi.   Kartochkani   yana   bir   marta   ko’rsatadi   va   sonni   aytadi,   bolalar   shuncha
buyumni   ajratib   sanab   qo’yishadi.   Shundan   keyin   tarbiyachi   so’raydi,   “Siz
nechtadan o’yinchoq  qo’ydingiz?” yoki “Stolda nechta o’yinchoq va kartochkada
nechta doira bor?”.
Bolani o’z atrof – tevaragidan tengliklarni topish bo’yicha mashq qildirish
zarur. (Bolalar  stol  atrofida 2 tadan, 4 tadan o’tirishibdi, stollar  qatorga bittadan
qo’yilgan, har qaysi stol yonida 2 tadan kursi (stul) turibdi. Har qaysi shkafchada
5 tadan sochiq bor va h.k).
Katta   guruhda   bolalarning   biri   ko’proq,   biri   kamroq   joy   olganda   ham
buyumlar   guruhlari   teng   bo’ilshi   mumkindigi   haqidagi   tasavvurlari
mustahkamlanadi.   Tarbiyachi   flanelegrafga   (doskaga)   uchburchaklar   va
kvadratlarni bir –birining tagiga qo’yadi. Bolalar ularning miqdorini aniqlaydi (5
va 5). Shundan keyin tarbiyachi uchburchaklarni boshqacha qo’yadi; ularni sanab
chiqish   va   daslabki   miqdor   o’zgargan   yoki   o’zgarmaganligini   aytishni   so’raydi:
endi   kvadratlar   va   uchburchaklar   nechtadan,   bo’ldi;   nima   o’zgardi
(uchburchaklarni boshqacha qo’ydingiz, endi ular ko’proq  joy oldi).
“Kvadratlar   o’shancha   –   5   ta   ekani   ko’rinib   turishi   uchun   ularni   qanday
qo’yish   (uchtiga   qo’yish   yoki   yoniga   qo’yish)   mumkin?”   –   deb   so’raydi
tarbiyachi oxirida.
Boshqacha   vaziyatdan   ham   foydalanish   mumkin:   kvadratlarni
uchburchaklar   tagiga   bittadan   oralatib   qo’yish   va   bolalarga   bunday   savollarni
berish   mumkin:   u   yoki   bu   figuraning   miqdori   o’rgandimi?   Kvadratlar   va
uchburchaklar   nechtadan?   Ular   5   tadan   ekanini   qanday   tekshirish   mumkin?
(sanash, bir –birining ostiga qo’yib chiqish).
63 13-MA'RUZA:   BOLALARDA   SON-SANOQ   HAQIDAGI
BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH SANASHGA O’RGATISH
Reja:
1. Maktabga   tayyorlov     guruhi   bolalarining   10   ichida   sanash,   ajratib   sanash
ko’nikmalarini takomillashtirish
             2.   Bolalarga tovushlarni, harakatlarni sanashga, buyumlar miqdorini sezish
bo’yicha sanashga o’rgatish.
       3.  Butun buyumni  qismlarga bo’lish.
Maktabga   tayyorlash   guruhida   tarbiyachi   bolalarning   10   ichida   sanash,
ajratib   sanash   ko’nikmalarini   takomillashtiradi.   Bolani   har   xil   yo’nalishda
sanashga,   qaysi   buyumlar   sanalganini,   sanash   qaysi   buyumlardan   boshlanganini
eslab   qolib,   hech   bir   buyumni   ikki   marta   sanamay,   bitta   ham   buyumni   o’tkazib
yubormay sanashga o’rgatiladi.
“Tengdan”,   “baravardan”,   “ko’p”,   “kam”   tushunchalarni   o’zlashtirish,
shuningdek   sanoq   ko’nikmalarini   puxta   shakllantirish   ko’p   miqdordagi   rang   –
barang mashqlardan va ko’rsatmali qo’llanmalardan foydalanilgandagina mumkin
bo’ladi. Tarbiyachi buyumlarni har xil kombanasiyalarda; bir guruhni qator qilib,
ikkinchi guruhni doira bo’yicha, boshqasini esa bir nechta (2-3 qism) guruh qilib
qilib   joylashtiradi   va   h.k.   Tarbiyachi   bolalani   shunday   usullarni   izlashga
undaydiki,   ular   yordamida   buyumlarning   joylashishlariga   nisbatan   qulay   va   tez
hisoblash mumkin bo’ladi.
Bolalarga   tovushlarni,   harakatlarni   sanashga,   buyumlar   miqdorini   sezish
bo’yicha aniqlashga doir topshiriqlar berish zarur.
Mazkur   yosh   bosqichida   bolalarni   tartib   sanoq   bo’yicha   mashq   qildirish
davom   ettiriladi.   Masalan,   tarbiyachi   5-8   ta   buyum   tasvirlangan   kartochkani
bolalarga ko’rsatadi.  Hamma buyumlar  qancha  ekanini, u yoki  bu buyum  sanoq
bo’yicha nechanchi ekanini so’raydi. (Daftar oldida nechta buyum taribdi? Qaysi
buyumlar?   Kitob   bilan   ruchka   orasida   qaysi   buyumlar   turibdi?   Ruchka   sanoq
bo’yicha nechanchi? va h.k.)
Maktabga   tayyorlash   guruhida   bolalar   sonlarning   teskari   kelish   tartibi
bo’yicha   sanashga   o’rgatiladi.   Dastlab   bunday   mashqlar   konkret   materialda
o’tkaziladi.   Bunday   mashqlarni   uncha   katta   bo’lmagan   sonlardan   boshlash
tavsiya   etiladi.   Masalan,   tarbiyachi   stoliga   5   ta   o’yinchoq   (buyum)   qo’yilgan.
Bolalar bu buyumlarni sanab bo’lganidan keyin tarbiyachi ularni bittadan olishni
aytadi,   bolalar   esa   qolgan   o’yinchoqlar   sonini   (...beshta...,   to’rtta...,   uchta...,
ikkita..., bitta ... hech nima) aytishlari kerak.
Mashqdan   mashqqa   o’tilgani   sari   buyumlar   miqdori   ko’paytirib   boriladi.
Shundan   keyin   bolalarda   sonlarni   teskari   tartibda   ko’rgazmali   materialsiz   ayta
olish malakasi  asta –sekin hosil  qilina boradi. Shu maqsadda “Keyingi  (oldingi)
sonni   ayt”,   “Sanashni   davom   ettir”,   “Keyingi   (oldingi)   sonni   ayt”,   “Sanashni
davom   ettir”,   “Kichik   sonni   ayt”,   “Kim   katta?”   “Koptokni   ushla”   kabi   og’zaki
didaktik   o’yinlar   tavsiya   qilinadi.   Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalar
raqamlar   bilan   tanishganlaridan   keyin,   bunday   o’yinlar   raqamlardan   foydalanib
o’tkaziladi.   Bolalar   raqamli   kartochkalarni   natural   qator   sonlarining   kelishi
kartochkalarni natural qator sonlarining kelishi tartibida joylashtiradilar. So’ngra
tarbiyachining   topshirig’iga   binoan   sonlarni   teskari   tartibda   (beshdan   boshlab,
ettidan boshlab, to’qqizdan boshlab a h.k.dan boshlab) aytadilar.
64 Mashg’ulotlar   mazmuniga   10   ichida   sonlarning   birlardan   iborat   tarkibini
mustahkamlashga yo’naltirilgan mashqlarni kiritish zarur.
7 yoshga qadam qo’ygan bolalarni o’qitishda raqamlar bilan tanishtirishga
katta   o’rin   ajratiladi.   Tarbiyachi     buyumlar   miqdori   haqida   tushunchani   ularni
sanash   bilangina   emas,   balki   kattalardek   raqamlarga   qarab   ham   bilish
mumkinligini   aytadi.   Rasmdan   samolyotni   ko’rsatadi   va   darhol   1   raqamini
qo’yadi. Shundan keyin qator mashqlar bajariladi. Masalan, tarbiyachi 1 raqamini
namoyish   qiladi,   bolalar   esa   shuncha   buyumni   ko’rsatishadi.   Tarbiyachi   nechta
buyumni   ko’rsatsa,   bolalar   qanday   raqam   kerakligini   aytishadi   va   uni   o’z
oldilariga   qo’yishadi.   1   raqami   haqidagi   bolalarning   tasavvurlarini
mustahkamlash uchun ularga 1 dan qancha katta, 1-2dan qancha kichik va h.k.ni
raqamlar bilan ko’rsatish so’raladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni 2 raqami bilan tanishtirish uchun yuqorida
tavsiflangan   usullardan   ham,   yangi   usullardan   ham   foydalanish   mumkin.
Masalan,   tarbiyachi   xonadagi   buyumlarning   qaysilari   haqida   “ikkita”   yoki
“ikkitadan”   deyish   mumkinligini   so’raydi   (buyumlar   oldindan   tayyorlab
qo’yilgan bo’lishi  kerak), yoki flanelegrafga 2-3 juft buyumni qo’yadiva larning
nechtaliini   raqam   bilanbelgilash   mumkinligini   aytadi   va   uni   ko’rsatadi.   Bolalar
beshta   raqamning   hammasi   bilan   sekin   –asta   ana   shunday   tanishtiriladi.
Bilimlarni mustahkamlash har xil seminar mashqlar jarayonida amalga oshiriladi.
Bunday   mashqlar   asosida   bolalar   qaysi   son   katta   ekanini   faqatgina   real
buyumlarda   emas,   balki   raqfamlarda   ham   ko’rsata   oladi.   Tarbiyachi   bolalarga
ko’rsatgan   raqamga   mos   keladigan   miqdordagi   buyumlarni   ajratib   sanashni;
buyumlarni   qayta   sanab,   natijasini   ovoz   chiqarib   aytmaslikni,   uni   raqamlar
yordamida   ko’rsatishni;   raqamli   kartochkalarga   nisbatan   orientir   olib,   qaysi   son
qaysi   sondan   katta   va   qancha   katta   (kichik)   ligini   aniqlash   (raqamni   ko’rsatish
bilan) topshiriqlarini bajarish mumkin.
Raqamlarni   o’zlashtirish   kichik   sonlarning   hosil   bo’lishiga   doir   mashqlar
orqali   amalga   oshiriladi.   Tarbiyachi   5   ta   buyum   qo’yadi.   So’ngra   1   ta   buyumni
olib qancha qolganini raqam bilan ko’rsatishni so’raydi. 1 tadan buyumni olish to
0 raqamini ko’rsatguncha davom ettiriladi.
Raqamlar   yordamida   bolalar   keyingi   (oldingi)   soni   aniqlash   va   aytishga
o’rgatiladi. Masalan, bolalarni aniqlash va aytishga o’rgatiladi, masalan, bolalarga
6   raqami   beriladi   va   keyingi   sonni   raqam   bilan   ko’rsatish   so’raladi?   7   raqamini
ko’rsatib, oldingi sonni ko’rsatishni so’raladi va h.k.
Maktabga tayyorlov guruhida bolalarning sonning 2 ta kichik sondan iborat
tarkibi haqidagi tasavvurlari shakllantiriladi. Sonni 2 ta ikichik songa ajratish va 2
ta   kichik   sondan   bitta   katta   son   hosil   qilishga   o’rgatiladi.   Maktabgacha   tarbiya
yoshidagi   bolalarni     sonlarni   10   ichida   hosil   qilish   a   yoyish   (ajratish)   ning
mumkin bo’lgan hamma hollari bilan tanishtirish kerak. Bu bilan bog’liq bo’lgan
mashqlarni  3 sonidan  boshash  maqsadga  muvofiq. Tarbiyachi  flanelegrafga 3 ta
eman yaprog’ini joylashtiradi, yaproqlar nechta va ular qanday rangda ekanligini
so’raydi. So’ngra 1 ta yashil yaproqni 1 ta sariq yaproq bilan almashtiradi. Nima
o’zgarganligini, yashil yaproqlar nechtaligini va sariqlari nechtaligini so’raydi (2
ta yashil va 1 ta sariq, jami 3 ta, demak, 3 – bu 2 va 1). Yana sariq yaproq o’rnini
almashtirib,   uni   yashil   yaproqlardan   oldinga   qo’yadi   va   jami   yaproqlar
65 qanchaligini,   qaysi   yaproqlar   qanchaligini   so’raydi   (1   ta   sariq   va   1   ta   yashil,
demak, 1 va 2 yana 3).
Boshqa sonlarning tarkibi bilan ham bolalarni shunga o’xshash tanishtirish
kerak:
4 – bu 3 va 1; 1 va 3; 2 va1;
5 – bu 4 va 1; 1 va 4; 3 va2; 2 va 3;
6 – bu 5 va 1; 1 va 5; 4 va 2; 2 va 4; 3 va 3;
7 – bu 6 va 1; 1 va 6; 5 va 2; 2 va 5; 4 va 3; 3 va 4;
8 – bu 7 va 1; 1 va 7; 6 va 2; 2 va 6; 3 va 5; 4 va 4;
9 – bu 8 va 1; 1 va 8; 7 va 2; 2 va 7; 6 va 3; 3 va 6;
10 – bu 9 va 1; 1 va 9; 8 va 2; 2 va 8; 7 va 3; 3 va 7; 6va 4; 4va 6; 5 va5.
Sonlarning   2   ta   kichik   sondan   iborat   tarkibini   o’rganishda   bolalarni   faqat
katta bilan kichikni (7 va 1 – bu 8) ham mashq qildirish tavsiya etiladi.
Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarning   sonning   2   ta   kichik   sondan
iborat   tarkibigi   adoir   bilimlarini   mustahkamlash   uchun   kartochkalar,   buyumlar
bilan,   keyinroq   esa   raqamlar   bilan   har   xil   mashqlardan,   “Topchi,   ikkinchi
qo’limda   nechta?”,   “Sanoq   lotosi”,   “Senda   qancha?”,   “Qo’sh,   ol”   kabi
o’yinlardan   foydalanish   kerak.   Sonning  tarkibi   bilan   tanishtirish   bolani   qo’shish
va ayirishga doir sodda masalalarni echishga olib keladi.
Butun   buyumni     qismlarga   bo’lish.   Bolalarga   butunni   qismlarga
bo’lishini  qog’oz qarag’ini (kvadrat  shaklida bo’lishi  mumkin) teng ikki qismga
bo’lishi   o’rgatishdan   boshlash   kerak.   Bolalarga   qog’oz   varag’ining   o’rtasidan
buklab teng ikkiga bo’lish vazifasi beriladi. Bolalar dastlab qog’oz varag’ini 2 ta
teng   qismga   bo’lganliklari   uchun   tarbiyachi   birinchi   qismni   butun   varaq   ustiga
qo’yib taqqoslash va qaysinisi katta, yoki kichik ekanini gapirib   berishni (butun
varaq   yarimdan   katta,   bitta   bo’lak   buun   varaqdan   kichik)   taklif   qiladi.   Shundan
keyin   yarim   varaqlarni   birlashtirib,   bitta   bo’lak   qo’yilsa,   butun   varaqqa   teng
varaq hosil bo’lishi ko’rsatiladi.
Bolalar   yarimta   so’zini   yaxshi   tushunmoqlari   uchun   tarbiyachi   bir   varaq
qog’ozni   2   ta   teng   bo’lakka   bo’ladi   va     bitta   bo’lakni   yarim   varaq,   deb   atash
mumkindigini va agar mumkin bo’lmasa, nega atab bo’lmasligini so’raydi. (“Bu
–   kichik   bo’lagini-chi,   ...   nega   mumkin   emas?”)   Bolalarga   yarimni   ikkidan   bir
deb   aytish   ham   mumkinligini   tushuntirish   kerak.   Shundan   keyin   ikkidan   bir
qismni   ko’rsatish   va   uni   butun   kvadrat   ustiga   qo’yishni,   qolgan   yarimlar   ustida
ham   shu   ishni   bajarish   zarur.   (“Biz   bitta   ikikdan   birga   yana   bitta   ikkidan   birni
qo’shdik va bitta butun kvadrat hosil qildi”).
Butun   bilan   uning   bo’laklari   orasidagi   munosabatlar   haqidagi   bilimlarni
mustahkamlashni   doirani   ikkiga   bo’lish   misolida   amalga   oshirish   mumkin.
Shundan keyin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar butunni teng to’rt bo’lakka
bo’lish   bilan   tanishtiriladi.   Mashg’ulot   boshlangandan   keyin,   buni   bolalardan
kimlar bilish – bilmasliklarini aniqlab, qanday bajarish keraklgini so’rash kerak.
Agar javob to’g’ri bo’lsa, u holda tarbiyachi uni qichqa va aniq qilib takrorlaydi.
Agar   javob   noto’g’ri   bo’lsa,   qog’o   varag’ini   bir   buklash   kerakligini   uqdiradi.
Qog’oz buklanib bo’linganidan keyin, uni yoyish va hamma qanday yuajarganini
tekshirish   va   nechta   teng   bo’lak   hosil   bo’lganini   sanab   chiqib   aytish   talab
qilinadi.   Shundan   keyin   bolalarga   bu   ishlarni   mustaqil   bajarish;   nima   hosil
66 bo’lganini   va   qanday   hosil   bo’lganini   gapirib   berish;   qog’ozni   4   bo’lak   qilib
qirqish;   bitta   bo’lakni   butun   varaq   ustiga   qo’yish   va   taqoslab   nima   kattaligini
aniqlash; yana bir bo’lakni qo’yib, nima kattaligini; butun varaq ustiga qo’yish va
taqqoslab   nima   kattalagini   aniqlash;   yana   bir   bo’lakni   qo’yib,   nima   kattaligini,
butun   varaq   yoki   2   ta   bo’lak   kattalagini   aniqlash   topshirig’i   beriladi.   Shundan
keyin navbati bilan 3 ta bo’lak bilan, 4 ta bo’lak bilan taqqoslanadi.
Bolalardan to’rt bo’lakning har birini nima deb atash mumkinligini so’rab,
ularni   to’rtdan   bir,   chorak   so’zlari   bilan   tanishtirish   kerak.   Bolalar   to’rtdan   bir
qism   nima   ekanini   –   shunday   to’rtta   qismdan   biri   ekanini   tushunishlari   kerak.
Tarbiyachi   quyidagidek   mashqlarni   o’tkazishi   mumkin:   bitta   qismni   olib,   stolda
nechta to’rtdan bir   qism qolganini, so’ngra 2 ta qismni olib, bularning qaysinisi
katta, qaysinisi kichik degan savollarni beradi. Doira, qog’oz poloskasi bilan ham
shunday mashqlarni o’tkazish mumkin.
Bolalar   buyumlarni   2   va   4   ta   teng   qismlarga   bo’lish   malakasini   egallab
olganlaridan   keyin,   ular   qismlari   bo’yicha   tushunni   va   butun   bo’yicha   uning
qismini   topishga   o’rgatiladi.   Mashg’ulotni   mana   bunday   tashkil   qilish   ham
mumkin.   Tarbiyachi   bolalarga   kvadrat   shaklidagi   qog’oz   mumkin.   Tarbiyachi
bolalarga   kvadrat   shaklidagi   qog’oz   varag’ini   4   qismga   bo’lishni   taklif   qiladi.
Katta   o’lchamdagi   kvadratni   olib,   uni   qismlarga   bo’ladi.   Hammadan   qaraqning
to’rtdan   bir     qismini   ko’rsatishni   so’raydi   va   o’zidagi   namunani   ko’rsatadi.
Bolalarning   e’tiborini   o’lchamlardagi   farqqa   tortadi,   sababi   haqida   o’ylab
ko’rishga imkon beradi.
Agar   bolalar   qismlarining   o’lchamlari   orasidagi   farqni   payqamasalar,
tarbiyachi   flanelegrafga   kichkina   va   katta   kvadratlarni   mahkamlaydi.   Bolalarga
qo’llarida kichik varaq qismlari to’rganini tushuntirali. Bolalarni bunday xulosaga
olib keladi; agar buyum katta o’lchamli  bo’lsa, uning bo’lagi ham  katta bo’ladi,
kichik   buyumning   bo’lagi   katta   buyumning   bo’lagidan   kichik   bo’ladi.   Shundan
keyin   har   qaysi   varaqqa   mos   choraklar   (to’rtdan   bir   qismlar)ni   qo’yishni   taklif
qiladi. Shunday qilib, bolalar o’zaro bog’lanishlarni o’rnatishni o’rganadilar. Bu
ishning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati katta. 
Maktabga   tayyorlash   guruhida   bolalarni   tanga   –chaqalar   bilan   tanishtirish
vazifasi   qo’yiladi.   Tarbiyachi   bolalarga   1,2,3,5,10   tiyinlik   chaqa   –   tangalarning
kartondan   qirqilgan   nmaunalarini   tarqatadi.   Ularni   qarab   chiqishni   taklif   qiladi.
(“To’g’ri, bular yo’llar, bularni tanga – chaqalar ham deyiladi”).
“Qaranglar   –chi,   erda   qanday   raqamlar   turibdi?   –   deydi   tarbiyachi;   -
“Qaradinglarmi?   Bir   tiyinlikni   toping,   ko’rsating   (o’zi   tegishli   chaqani
ko’rsatadi).   Ikki   tiyinlikni   toping,   unda   2   raqami   bo’lishi   kerak.   Uch   tiyinlikni,
besh   tiyinlikni,   ...10   tiyinlikni   toning.   Hozir   “Magazin”   o’yinni   o’ynaymiz.
Hamma   tangachaqalarni   oldingizga   qo’ying.   (Tarbiyachi   oldindan   qimmatlari
(qancha   turishi)   ma’lum   bo’lgan   buyumlarni   tayyorlab   qo’yadi,   bir   varaq   oq
qog’oz – 1 tiyin, bir varaq rangli qog’oz – 2 tiyin, qora qalam – 3 tiyin, daftar 3
tiyin,   rasm   –   5   tiyin).   Magazin   ochiq.   Nima   qancha   turushini   bilish   kerak.   Bir
varaq oq  qog’oz  1 tiyin  turadi.  Bir  varaq  oq 1  tiyin  turadi.  Bir  varaq  oq qog’oz
uchun to’lak kerak bo’lgan pulni ko’rsating. Bu rangli qog’oz varag’i esa 2 tiyin
turadi.   Shunday   pulni   ko’rsating.   Bu   erda   daftar   ham   sotiladi.   U   3   tiyin   turadi.
Uch tiyinlik chaqani toping. Rasm 5 tiyin turadi. 5 tiyinlikni toping va ko’rsating”
va h.k.
67 “Magazin”   o’yinni   2   -3   mashg’ulotda,   har   xil   buyumlardan   foydalanib,
takrorlash mumkin.
Keyingi   mashg’ulotlarda   bolalar   egallagan   bilimlarini   hisobga   olib,
mashqlar tashkil qilish kerak. Masalan, 5 ta 1 tiyinlik, 2 ta ikki tiyinlik. 1 ta uch
tiyinlik  va  1 va  5 tiyinliklardan  iborat  tangalardan  foydalanish   mumkin.  Bolalar
sonning   birliklardan,   2   ta   kichik   sondan   iborat   tarkibini   o’rganishgan.   Oldin
bolalarga 5 tiyinlikkacha bo’lgan pullar bilan, keyin 10 tiyingacha bo’lgan pullar
bilan ish ko’radigan mashqlarni berish tavsiya etiladi.
Quyidagidek o’yin – topshiriqlar maqsadga muvofiq.
1. “Bir  varaq oq qog’oz 1 tiyin, bir  varaq qizil  qog’oz esa 2 tiyin   turadi.
Bir varaq qizil qog’oz uchun haqni qanday to’lash mumkinligini o’ylab ko’ring (1
tiyin + 1 tiyin);
2.   Daftar   3   tiyin   turadi.   Uni   qandayto’lak   mumkin?   (1   tiyin   +1   tiyin   +   1
tiyin + 1 tiyin + 1 tiyin; 2 tiyin + 3 tiyin; 2 tiyin +2 tiyin + 1 tiyin; 3 tiyin +1 tiyin
+1 tiyin).
So’ngra   qiymatlari   10   tiyinlikkacha   bo’lgan   chaqatangalar   bilan   shunga
o’xshash  mashqlar  o’tkaziladi. Topshiriqni  kim to’g’ri bajarsa, unga fishka  yoki
bayroqcha   berish   mumkin.   Mashg’ulot   oxirida   bolalar   kim   necha   marta   to’g’ri
javob berganini hisoblaydilar.
Agar   bolalar   “chaqa   –   tangalar”   tushunchalarini   o’zlashtirib   olishgan
bo’lsa, ushbu xildagi  mashqlardan foydalanish  mumkin: “Bir varaq oq qog’oz 1
tiyin turadi, bir  varaq  rangli   qog’oz  uchun  esa  undan  1 tiyin ortiq bo’lak kerak.
Bir varaq rangli qog’oz qancha turadi?”.
“Nima   qancha   turadi?”   o’yini   bolalar   o’zlashtirgan   bilimlarni
mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarga chaqa –tangalar komplekti   beriladi.
Tarbiyachi   o’z   stoliga   har   xil   buyumlarni   yoyib   qo’yadi   va   ularning   bahosini
aniqlab qo’yishni taklif qiladi.
“Bu   pero   ikki   tiyin   turadi,   bir   varaq   oq   qog’oz   esa   undan   1   tiyin   arzon
turadi.   Bir   varaq   oq   qog’oz   qancha   turadi?”   –   deb   so’raydi   tarbiyachi.   (Bolalar
o’zlaridan   kerakli   tangalarni   topishlari,   uni   yuqoriga   ko’tarishlari,   so’ngra   oq
qog’oz varaqg’i oldiga qo’yishlari kerak). Pero ikki tiyin turadi, daftar esa undan
1   tiyin   ortiq   turadi.   Daftar   qancha   turadi?   Qanday   chaqani   ko’tarish   va   daftar
oldiga   qo’yish   kerak?   Va   h.k.   shunday   qilib,   bolalar   tarbiyachi   bilan   birgalikda
har   qaysi   ularni   sotish   boshlanadi.   Tarbiyachi   boladan   so’raydi,   “Ayt-chi,   sen
nima sotib olmoqchisan, u qanday narsa, u qancha turadi?”.
Nazorat savol va topshiri q lari
1.Maktabgacha yoshdagi kichik guruh bolalarini sanoqqa o’rgatish.
   2.  4 yoshli bolalarni o’qitishning asosiy vazifasi nimalardan iborat.
      3.   Buyumlarni   sanash   va   ularning   o’lchamlarini   taqqoslash,   fazoda
joylashuvlarini aniqlash
      4.   Maktabga   tayyorlash   guruhi   bolalarining   10   ichida   sanash,   ajratib
sanash ko’nikmalarini takomillashtirish
Mustaqil ish topshiriqlari:
Maktabgacha yoshdagi  sanash, ajratib sanash ko’nikmalarini 
takomillashtirish.
68 Tavsiya etiladigan  adabiyotlar
1.   SH.A.Sodiqova   “Maktabgacha   pedagogikasi”     “Tafakkur   sarchashmalari”
nashriyoti. T.,2013y.
2.   Bikbayeva   N.U.   Ibragimova   Z.I.   Kosimova   X.I.   «Maktabgacha   tarbiya
yoshidagi   bolalarda   elementar   matematik   tasavvurlarni   shaklantirish»   T.
«O‘qituvchi» ,1995y.
3 . Raxmonqulova   “Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   matematik   tasavvurlarni
shakllantirish”,T.2010y  
69 14-  MA'RUZA:  BOLALARDA PREDMETLARNING SHAKLI
HAQIDAGI TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH
Reja:
1. Bolalarning   (xususiy   kuzatish   materiallaridan   foydalanib)
buyumlarning shakli va geometrik figurani idrok qilish xususiyatlari.
2. Buyumlarning   shakli   va   geometrik   figuralar   haqidagi
bilimlarning   maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   sensor   va   aqliy
rivojlanishidagi ahamiyati.
3. Har   xil   yosh   guruhlarida   bolalarni   buyumlarning   shakllari   va
geometrik figuralar bilan tanishtirish
Tayanch   so’zlar   va   iboralar:   mashg’ulot   geometric   figura,   buyumlar,
tasavvur, taqqoslash, dumaloq buyumlar, farqlash.
Bolalar   bog’chasida   bolalarda   geometrik   figuralar   haqidagi
tasavvurlarning shakllantirilishi.
Matematika  mashg’ulotlarida bolalar   eng sodda  geometrik  figuralar  bilan,
ularning   ba’zi   xossalari   bilan   tanishadilar,   buyumlarni   geometrik   etalonlar   bilan
taqqoslash   asosida   ularning   (buyumlarning)   shaklini   tahlil   qilish   va   baholashni
o’rganadilar.
Bolalar   asta   –sekin   shakl   haqidagi   umumiy   tasavvur   shakllanadi,   bunday
tasavvur   maktabda   geometriya,   chizmachilik   kabi   fanlarni   o’zlashtirish   uchun
asos bo’ladi.
Ikkinchi kichik guruh
Uch   yoshli   kichkintoylar   dumaloq   buyumlarni   va   burchaklari   bor
buyumlarni farq qilishga, ya’ni buyumlarning shakllarini elementar tahlil qilishga
o’rgatiladi.
Qarash   uchun   geometrik   shaklga   ega   bo’lgan,   detallari   yo’q   oddiy
shakldagi  buyumlar  tanlanadi. Buning uchun daslab, har  xil  rangdagi, ammo bir
xil   shakldagi,   bir   xil   buyumlardan,   masalan?   Uchburchak,   kvadrat,   to’g’ri
to’rtburchak   shaklidagi   bayroqchalardan   foydalanish   maqsadga   muvofiq,   bu
kichkintoylarga shakl alomatini ajratishga yordam beradi. Shundan keyin har xil
rangli   bir   xil   buyumlarni   sodda   shakldagi   istalgan   buyumlar   (koptok,   ip   koptok
g’ildiraklar) ni berish mumkin.
Tarbiyachi   bolalarga   buyumlarning   shakllarini   payqash   –   harakat   yo’li
bilan,   “shakl”   so’ziga   urg’u   bergan   holda   tahlil   qilishni   o’rgatadi.   U   buyum
konturi (tashqi ko’rinishi) ustidan qo’lini o’tkazib “dumaloq” (g’ildirak), - deydi.
Bolalarni   birgalikda   harakat   qilishga   jalb   qilish   muhim   ahamiyatga   ega.
Kichkintoylar   tarbiyachining   qo’l   harakatini   kuzatib,   xuddi   shunday   harakatni
haqoda   bajarishga   “yordam”   berishadi.   Buyum   konturi   ustidan   qo’l   yoki
ko’rsatkich   barmoq  aylantirib  chiqiladi.   Har   galgi   harakat   buyum   ustidan   qo’lni
tekkishib   chiqish   bilan   tugaydi,   shunday   qilinmasa,   shakl   haqidagi   tasavvur
kontur chizig’i bilan bog’lanib qolishi mumkin.
Tarbiyachi   bolalarda   buyumlar   konturini   o’rab   olish,   ularni   qo’l   bilan
qamrab olish, qo’lni sirt bo’yicha siypalab chiqish, buyumlarni dumalatish, ularni
har   xil   holatga   qo’yish   istagini   uyg’otadi.   Natijada   yumaloqlangan   va   burchakli
buyumlarning xossalarini (turgun, turg’un emas va h.k.) topadilar.
70 “Shakli bo’yicha o’xshashlarini tanla” kabi o’yin mashqlardan foydalanish
mumkin.   Chaqirilgan   bola   o’z   buyumini   tekshirib   chiqib,   uni   shu   shakldagi
buyumlar   turgan   stolga   o’tkazib   qo’yishi   kerak.   Keyinroq   bolalar   buni   mustaqil
bajaradilar,   masalan,   o’z   stollari   yonida   o’tirgan   hollarida   har   xil   shakldagi
buyumlarni   ajratib   qutilarga   solishadi:   bir   qutiga   dumaloq   (dioarviy),   ikkinchi
qutiga burchakli (burchaklari bo’lgan) buyumlarni solishadi.
Ikkinchi   kichik   guruhda   bolalar   doira   va   kvadrat   bilan   tanishtiriladi.
Buning   uchun   tarbiyachi   dastlab   har   bir   bolaga   2   tadan   geometrik   figura,
masalan,   qizil   doira   va   yashil   kvadrat   beradi   (tarbiyachining   o’zida   ham   shular
bo’ladi).  Tarbiyachi  bolalarga  2  ta  figuradan   bittasining  nomini   aytmagan  holda
ko’rsatadi   va   ulardan   xuddi   shunday   figurani   topish   va   ko’rsatishni   so’raydi.
So’ngra   ikkinchi   figurani   ko’rsatib,   bolalardan   o’z   stollaridan   xuddi   shunday
figurani   topib   ko’rsatishni   so’raydi.   Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarni
geometrik figuralar bilan tanishtirish metodikasida buyumlarni payqash – harakat
yo’li bilan tekshirish usullariga o’rgatish muhim ahamiyatga   egayu buni qanday
bajarishni   tarbiyachi   ko’rsatadi:   u   bolalarni   birga   ishlashga   jaob   qilgan   holda,
buyum   konturi   ustidan   bir   necha   marta   ko’rsatkich   barmog’ini   yuritib   chiqadi
(bola har bir figura konturi ustidan qo’lini yuritib chiqadi). Bunda u figura nomini
aytadi.   Ikkinchi   mashg’ulotda   bolalar   tarbiyachining   har   bir   geometrik   figura
konturini   hosil   qilayotgan   qo’l   harakatini   kuzatishadi.   Shundan   keyin   o’zlari
figura   konturi   bo’yicha   barmoqlarini   yuritib   chiqib,   uning   nomini   aytishadi.
Bolalarni  kontur  ustidan  barmoq  yuritib chiqish  bo’yicha  mashq  qildirish  uchun
2-3 ta doira, kvadrat tasvirlangan kartochkalardan ham foydalanish mumkin.
O’z   tarbiyalanuvchilarini   doira   va   kvadratni   ajrata   olish   bo’yicha   bir
necha   marta   mashq   qildirib,   tarbiyachi   bolalarni   figuralar   bilan   aktiv   harakat
qilishga (qo’lga olish, bir birining ustiga qo’yish, qator  qilib qo’yish) chorlaydi.
Bu bolaga geometrik figuralarning nomlari va shakllarini eslab qolishga yordam
beradi.
Keyingi   mashg’ulotlarda   tarbiyachi   o’zidagiga   qaraganda   kichik
o’lchamdagi, ammo rangi bir xil bo’lgan doira va kvadratlarni beradi, so’ngra esa
namunadan o’lchami ham, rangi ham fraq qiladigan doira va kvadratlarni beradi.
Bolalarning doira va kvadrat haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash uchun
(Doirani   o’ng   qo’lingga   ol”,   “Kvadratni   chap   qo’lingga   ol”,   “Qo’lingda   turgan
narsaning nomini ayt”, “Hamma doiralarni yuqori poloskaga, hamma kvadratlarni
pastki poloskaga qo’y” kabi topshiriqlardan, shuningdek “top –chi, haltada nima
bor”, “Juftini top”, “O’z uyingni top” kabi o’yinlardan foydalanish mumkin.
Bunday   topshiriqlarga   mashg’ulotning   bir   qismini   ajratish   kerak,   qolgan
vaqtda esa doira va kvadratlardan ko’rsatish uchun xizmat qiladigan va tarqatma
material sifatida foydalanib, buyumlar to’plamini yoki bitta buyumni topish, yoki
yoniga   qo’yish   yo’li   bilan   buyumlar   guruhlarini   taqqoslash   kabi   mashqlarga
bag’ishlash mumkin. Bolalarni buyumlarni ularning tasvirlari bilan mos keltirish
bo’yicha (“Buyum  va uning tasviri”, “Bizning tomorqa” kabi  o’yinlarda)  mashq
qildirish ham foydali.
Oxirgi   o’yinda   bolalar   buyumning   kontur   va   yassi   tasviri   orasidagi
moslikni   idrok   qilishni   mashq   qiladilar.   Buyumlar   shaklini   obstrakt   geometrik
figuralar   bilan   taqqoslash   kichkintoylar   uddalay   oladigan   ish.   Bolalar   geometrik
71 figuralarni har qanday buyumni – koptokni, g’ishtni va boshqa narsalarni qanday
idrok qilsalar, shunday idrok qiladilar.
Binobarin, bolalar qurilish komplektlarida, mazaikalarda har xil geometrik
figuralar   bilan   doimo   har   xil   rangli   va   har   xil   o’lchamli   bo’lishi   mumkinligini
tushuntiradi.
O’rta   guruhda   tarbiyachi   bolalarda   har   xil   shakldagi   figuralarni   idrok
qilish   tajribasini   to’plashni   davom   ettiradi.   Bolalar   ikki   –   esh   qismdan   iborati
sodda va murakkabroq shakldagi  buyumlarni  ko’zdan kechirishadi  va rasmlarini
chizishadi,   ularni   loy   va   plastilindan   yasashadi,   bunda   qismlarning   shakli
hozircha geometrik etalonga yaqin bo’ladi (bular piyola, jo’ja va boshqa narsalar
bo’lishi mumkin).
O’rta   guruhda   tarbiyachi   predmetlar   shaklini   sezish   –   harakat   va   ko’rish
bilan –tekshirishni tashkil qiladi. Tekshirish natijalari dumaloq (dioarviy), to’g’ri
to’rtburchak shaklida kabyui so’zlar bilan mustahkamlanadi. 
Bu   guruhda   “Buyum   o’zi   haqida   nima   deydi?”,   “Qismlariga   ko’ra
buyumning   o’zini   bil”,   “Buyumlar   dominosi”   kabi   o’yinlardan   va   shuningdek
kubchalar, qirqma rasmlardan foydalanish mumkin.
Geometrik   obrazlar   haqidagi   dastlabki   ma’lumotlarni   bolalar   o’yinlardan,
mehnatdan, kundalik hayot (turmush) dan oladilar. Ular tarbiyachiga taqlid qilib,
mozaikalar va qurilish materiallari komplektiga kiruvchi u yoki bu buyum nomini
aytadilar. Ularning xossalari bilan amalda tanishadilar.
Matematika   mashg’ulotlarida   sanoqqa   o’rgatish   uchun   doiralar,
uchburchaklar   va   boshqa   narsalardan   ko’rsatma   material   sifatida   foydalaniladi.
Bolalar figuralar miqdorini aniqlab, ularni aytishadi.
Mashg’ulotlarda   bolalarni   dioar,   kvadrat,   uchburchakning   ba’zi   belgilari
bilan, keyinroq esa,   to’g’ri   to’rtburchakning  belgilari  bilan  tanishtirish,  figuralar
har xil o’lchamli va har xil rangli bo’lishini ko’rsatish kerak.
Bolalar   tarbiyachi   bilan   birga   katta   o’lchamli   (diametri   15sm)   figuralarni
qarashadi, kichik o’lchamdagi xuddi shu figuralarni ko’rsatishadi.
Bolalarga   o’z   konvertlaridagi   figuralarni   ajratish   va   ular   qanday   ifguralar
ekanini va qanchaligini aytish taklif qilinadi.
Tarbiyachining   topshirig’iga   binoan,   bolalar   figuralarning   kattaliklari
bo’yicha   ortib   va   kamayib   borish   tartibida   joylashtiradilar,   har   xil   figuralarning
miqdorlarini taqqoslab, qaysi  figuralar kam, qaysi  figuralarning miqdori barobar
ekanini aniqlaydilar. 
Birinchi   mashg’ulotda   bolalarga   figuralarning   bir   xil   komplekti   beriladi,
keyingi   mashg’ulotlarda   esa,   har   qaysi   bola   figuralarning   shunday   komplektini
oladiki, unda figuralarning miqdori, rangi va o’lchami har xil bo’ladi.
Tarbiyachining   ko’rsatmasiga   binoan,   bolalar   figuralarni   ikki   poloskali
kartochkalarga   shakli,   rangi,   kattaligi   bo’yicha   joylashtiradilar,   so’ngra
poloskalarning har qaysisisdagi figuralar miqdorini taqqoslaydilar.
Shunday mashg’ulotlar o’tkaziladiki, ularda bolalar kvadratlar bilan to’g’ri
to’rtburchaklarni taqqoslaydilar va ularning ba’zi xususiyatlari bilan tanishadilar.
Masalan,   tarbiyachi   bolalarga   kvadrat   va   to’g’ri   to’rtburchak   olishni,   navbati
bilan ularning konturlaridan barmoqlarini yuritib chiqishni va ular nimalari bilan
farq qilishini o’ylab ko’rishni taklif qiladi. Bolalar kvadratni to’g’ri to’rtburchak
72 ustiga   qo’yib,   figuralarni   taqqoslashadi   va   to’g’ri   to’rtburchak   uzun   ekanini,   u
shunisi bilan kvadratdan farq qiliini ko’rishadi.
Bolalar   sanashni   o’rganib   olishganidan   keyin,   ular   tanish   figuralarning
elementlari bilan, ya’ni tomonlari va burchaklarining mavjudligi hamda ularning
miqdori bilan tanishtiriladi.
Tarbiyachi kvadratning bir uchidan ikkinchi uchigacha barmog’ini yuritadi
va bu kvadratning tomoni ekanini aytadi. kvadratning hamma tomoni ko’rsatadi.
Shuni  kuzatish  kerakki,  bolalar   “burchak”  so’zini  burchakning uchi  bilan,
ya’ni   burchakni   hosil   qiluvchi   nurlar   (tomonlar)   chiqadigan   nuqta   bilan
bog’lamasinlar.   Shuning   uchun   burchak   ko’rsatilayotganda,   qo’lni   burchak
teksiligida   bir   tomondan   ikkinchi   tomongacha   surib   borib   ko’rsatish   maqsadga
muvofiqdir.
Bolalar   o’z   kvadratlari   va   to’g’ri   to’rtburchaklarining   tomonlarini
topishadi,   so’ngra   esa   burchaklarini   topishadi,   kvadrat   va   to’rtburchakning
to’rttadan burchagi va to’rttadan tomoni borligini aniqlashadi.
Navbatdagi   mashg’ulotda   ular   uchburchaklarni   ham   xuddi   shunday
tekshirishadi   va   hamma   uchburchakda   uchtadan   burchak   va   uchtadan   tomon
borligini aniqlashadi. 
Bunday mashqlarni bolalar figuralarni tekshirib, qo’yilgan savolga javobni
mustaqil izlab topa oladigan qilib tuzish kerak.
Geometrik   shakllar   haqidagi   bilimlarni   mustahkamlash   uchun   tarbiyachi
bolalarga   oldin   gugurt   cho’plaridan   figura   tuzishni,   so’ngra   ornament   hosil
qilishni taklif qiladi.
Figuralarni   farq   qilish   va   aytish   bo’yicha   mashq   qildirish   uchun   “Nima
o’zgardi?”,   “Nima   yo’q   bo’ldi?”   “Shaklar   dominosi”,   “Xuddi   shunday   figurani
ko’rsat”   kabi   didaktik   va   harakatli   o’yinlardan   foydalaniladi.   Masalan,
tarbiyachida   disk   bo’lib,   unga   doira   bo’ylab   har   xil   geometrik   figuralar
joylashtiriladi.   U   disk   strelkasini   surish   bilan   goh   u   figurani,   goh   bu   figurani
ko’rsatadi,   bolalar   esa,   o’z   figuralari   orasidan   xuddi   shunday   figuralarni
topishadi, ko’rsatishadi va nomini aytishadi.
“O’z   uychangni   top”   o’yinida   polga   chizilgan   yoki   chilvirdan   tuzilgan
doiralar,   kvadratlar,   uchburchaklar   va   boshqa   figuralar   uycha   bo’lishi   mumkin.
Katta   o’lchamli   figuralar   shaklini   aniqlash   bolalarga   qiyinlik   qilishini   hisobga
olib,   bunday   o’ychalar   o’shchamlarini   tobora   kattalashtirib   borish   maqsadga
muvofiq.
Individual   mashqlar   uchun   “Juftini   top”,   “Kartochkaga   mos   figura   tanla”
va   boshqa   o’yinlardan   foydalanish   maqsadga   muvofiq.   Bolalar   figuralarning
rangli va kontur tasvirlarini mos qo’yishadi, shaklga mos figura tanlashadi.
Yil   oxirida   bolalar   sodda   geometrik   figuralarni   nafaqat   farq   qilishadi   va
aytishadi,   balki   ularning   ba’zi   belgilari   bo’yicha   orientir   oladigan   bo’lishadi.
Bolalarni   buyumlar   shaklini   geometrik   shakllar   bilan   taqqoslashga   o’rgatish
mumkin. Shu maqsadda   maxsus  mashqlardan  foydalaniladi.  Masalan,  tarbiyachi
stolga   geometrik   figurani   qo’yadi,   bolalar   esa   shu   shakldagi   buyumlarni
tanlashlari kerak. Geometrik shakl – namuna figura ayrim bolalarga berilishi ham
mumkin, ular shaklni va o’zlari tanlagan buyumni ko’rsatishadi.
Mashqlarni   “Xuddi   shu   shakldagi   buyumni   top”,   “Men   nimani   aytsam,
shuni top”, “Topshiriq” va boshqa o’yinlar shaklida o’tkazish maqsadga muvofiq.
73 Tarbiyachi   har   qaysi   shakldagi   buyumdan   ikki   –uchtadan   tanlaydi.   Asta   –sekin
ularning miqdorini to’rt – beshtaga etkazish mumkin.
Nazorat savol va topshiri q lari:
1. Bolalarning   (xususiy   kuzatish   materiallaridan   foydalanib)   buyumlarning
shakli va geometrik figurani idrok qilish xususiyatlari.
2. Buyumlarning   shakli   va   geometrik   figuralar   haqidagi   bilimlarning
maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor va aqliy rivojlanishidagi ahamiyati.
3. Har   xil   yosh   guruhlarida   bolalarni   buyumlarning   shakllari   va   geometrik
figuralar bilan tanishtirish masalalasining tahlili.
4. Bolalarni geometrik figuralarning shakllari bilan tanishtirish usullari.
5. Geometrik figuralarni har xil belgilar (alomatlar) bo’yicha guruhlash.
6. Geometrik figuralarni qayta tiklashga o’rgatish usullari
7. Har   xil   yosh   guruhlarida   bolalarni   shakl   bilan   tanishtirish   uchun   didaktik
o’yinlardan foydalanish.
8. Geometrik figuralar va buyumlarning shakllari bilan tanishtirishga oid 
o’yinlar o’tkazish uchun didaktik materiallar tanlashga qo’yiladigan talablar.
15-MA'RUZA:  BOLALARDA PREDMETLARNING  O’LCHAMI   VA
ULARNI O’LCHASH  HAQIDAGI TASAVVURLARINI
SHAKLLANTIRISH
Dars   o’quv   maqsadi:   Bolalarda   predmetlarining   kattaligi     haqidagi
tasavvurlarni shakllantirish bo’yicha talabalarga tushuncha berish.
Tayanch   so’zlar   va   iboralar:   maktabgacha   yosh,   kattalik,   taqqoslash,
malaka, o’lchash, faoliyat, narsalarning shakli, dastur, faoliyat.
Reja:
1. O’lchash haqida tushuncha ,o’lchamning asosiy xususiyatlari
2. Har xil yoshdagi guruh bolalarini buyumlarning o’lchami va kattalik bilan
tanishtirish masalasi.
3. Maktabgacha tarbiya yoshidagi har xil yoshdagi guruhlarda buyumlarning
o’lchami bilan tanishtirish
Asosiy o’quv mat e riali qisqacha bayoni.
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   bog’chada   elementar   matematik
tasavvurlarni   tarkib   toptirishda   dasturning   “Kattalik”   bo’limida   narsalarni
kattaliklari   bo’yicha   taqqoclash   malakalarini,   o’lchash   faoliyatlarini   amalga
oshirishga,   narsalarning   shakllarini   aniqlash   va   boshqa   malakalarga   katta
ahamiyat beriladi.
Kattaliklar.   Matematik   tasavvurlarni   tarkib   toptirishda   bolalarni
buyumlarning kattaliklari bilan tanishtiruvchi masalalar ma’lum o’rinni egallaydi.
Har   qanday   buyumga   to’g’ri   to’liq   tavsifnoma   berishda   buyum
kattaliigining ahamiyati uning boshqa asosiy xususiyatlarining ahamiyatidan kam
emas. Taqqoslash asosidagina buyumning kattaligini ta’riflash mumkin.
74 Rus   matematik   metodisti   D.Galanin   “kattalik”   tushunchasining   ma’nosini
bunday ifodalaydi: “kattalik deb, buyum va harakatlarning shunday xususiyatiga
aytiladiki, bu xususiyat bo’yicha buyumlarni bir –biri bilan taqqoslay olamiz, bu
xususiyat   har   xil   buyumlarda   har   xil   miqdorda   bo’lishi   mumkin”.   Buyumlarni
taqqoslashning   mezonlariga   ko’ra   ularning   kattaliklari,   tengligi   yoki   tengsizlik
munosabati   aniqlanadi.   Ammo   har   doim   ham   buyumlar   beosita
taqqoslanavermaydi.   Biz   ko’pincha   buyumlarning   kattaliklarini   o’zimizda   hosil
bo’lgan umumiy tasavvurlar (fikr)da taqqoslaymiz. Bu o’rinda idrok qilinayotgan
buyumning   kattaligi   umumlashtirilgan   obraz   bilan   taqqoslanadi,   bu   obrazda
buyumlarni   amalda   farqlash   tajribasi   tugallangandek   bo’ladi.   Kattalik,
shuningdek,   o’zgaruvchanlik   bilan   ham   harakterlanadi.   V.V.Davidov   bunday
deydi:   “o’lchamlar   –   obektning   shunday   holatiki,   u   ma’lum   chegaralargacha
o’zgara borib, aqqalli berilgan alohida obektni o’zgartirsa, ham, ammo uning tur,
boshlang’ich   sifatini   o’zgartirmaydi”.   Stol   uzunligining   o’zgarishi   uning
kattalliginigina o’zgartiradi, ammo uning mazmuni va sifatini o’zgartirmaydi, stol
stolligicha qolaveradi.
Kattalikning   uchinchi   hossasi   nisbiyligidir.   Haqiqatan   ham,   birp
buyumning   o’zi   kattaligi   bo’yicha   qanday   buyum   bilan   taqqoslanayotganiga
qarab,   katta   yoki   kichik   deb   aniqlanishi   mumkin.   Shuni   ham   ta’kidlab   o’tish
kerakki,   kattalik   buyumning   shunday   xossasiki,   uni   buyumdan   ajratib,   alohida
tasavvur qilib bo’lmaydi. Kattalikni buyumdan aratib bo’lmaydi.
Buyumning   kattaligini   idrok   qilib,   biz   buyumning   hajmi   borasida   to’liq
mo’ljal   (orisitir)   olamiz   (va   shundagina   uni   (katta   –kichik)   so’zlari   bilan
aniqlaymiz)   yoki   aloihada   uzunliklarning   (uzunligi,   kengligi,   balandligi)   nisbati
haqida   ma’lumtga   ega   bo’lamiz.   Bunda   subekt   uchun   har   bir   konkret   holda
seminar ahamiyatga ega bo’lgan uzunlik ko’p olda kattalikni aniqlash uchun asos
bo’lib   xizmat   qiladi.   Bu   holda   kattalikning   “baland”,   “past”,   “uzun”,   “yo’g’on”
kabi   aniq   ta’riflaridan   foydalanadilar.   (“   Bolaga   past   stul   kerak”,   “Mashinalar
keng yo’ldan bormoqda”, “Baland archa sotib olishdi” va h.k.) 
  Bir qator buyumlar borki, ular uchun “katta – kichik” atamalarini ishlatib
bo’lmaydi. Masalan, lepta uzun, qisqa, keng yoki ingichka (tor) bo’lishi mumkin;
sakragich esa uzun  yoki qisqa bo’lishi mumkin va h.k.
Shu bilan birga kuzatishlar  va maxsus tekshirishlar  shuni  ko’rsatmoqdaki,
maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalar   buyumlarning   kattaliklarini   aniqlashda
“katta – kichik”, “ortiq –kam” so’zlaridan foydalanishni afzal ko’radilar. Buning
sababi,   birinchidan,   bolalarning   buyumlarning   alohida   uzunliklari   (uzunliigi,
kengligi, balandligi) ni differensiyalashtira olmasliklari, ular orqasida o’lchamlik
munosabatlarini   o’rnata   olmasliklari   va   ularning   har   birini   so’zlar   bilan   aniqlay
olmasliklari,   ikkinchidan,   kattalarning   o’zlari   ko’pincha   kattalikning   aniq   ta’rifi
o’rniga juda umumiy bo’lgan “katta – kichik” atamalarini ishlatishlaridir. Demak,
buyumlarning kattaliklarini aynan bir xil aniqlash uchun bolalarga buyumlardagi
uzunlie   paralarni   o’rnatishni   o’rgatish   kerak.   Bu   munosabatlarga   sonlargina
aniqlik berishi mumkin.
Shu   munosabat   bilan   bolalarning   kattalik   haqidagi   tushunchalarini   tarkib
toptirish   bilan   bir   vaqtda   ularning   son   haqidagi   tasavvurlarini   va   hisoblash
malakalarini   rivojlantirib   borish   samaraliroq   bo’lishi   mumkin.   Shu     sababli
bolalarda   kattalik   haqidagi   bilimlarni   tarkib   toptirishning   quyidagi   sistemasini
75 maqsadga   muvofiq,   deb   hisoblash   mumkin:   masofa   parametrlarini
differensiyallashtirish   va   ular   orasidagi   o’lchov   munosabatlarini   (o’lchashlar
yordamida)   o’rnatishdan   buyumlarning   kattaliklarini   butunicha   hajm   bo’yicha
baholash va aniqlashga olib kelish kerak, chunki E.G.Vasuro bunday ko’rsatadi:
“Haqiqiy   umumlashtirish   obektlarni   shu   obektlarning   muhim   xususiyatlari
bo’yicha   differensiyallashtirilgandan   keyingina   amalga   oshadi”.   Buyumlarning
kattaligini   butunicha   aniqlashning   muhim   xususiyati   masofa   parametrlarining
o’lcham munosabatlaridan iboratdir.
Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   kattaliklarning   miqdoriy   bahosini   bilish
zarurati   bilan   har   doim   kundalik   hayotlarida,   har   xil   mashg’ulotlarda,   mehnat
faoliyatlarida, o’yinlarda duch keladilar. Ammo bu bilimlar maxsus o’rgatilgunga
qadar   tarqoq   va   aniqmas   bo’ladi.   Chunonchi,   bolalar   “katta”   tushunchasini
tasavvur   qilishda   har   qanday   katta   miqdor   “arakteristikasini   (yuqori,   baland,
keng,   chuqur)   qo’shib   yuboradilar,   masalan,   “uzunroq”   deyish   o’rniga   bolalar
“katta” deyishadi, “kichik”ni bolalar “past”, “tor” va h.k. deb tasavvur qilishadi. 
“Teng”degan   tasavvurni   bolalar   nutqidan   “bir   xil”   degan   tasavvur   siqib
chiqargan, “bir xil” so’zi nihoyatda keng ma’no kasb 
Etadi:   bolalar   bu   so’z   bilan   buyumlarning   rangi,   shakli,   tayyorlangan   materiali,
ba’zan esa kattaligi va miqdori bo’yicha taqqoslash natijalarini belgilaydilar.
Tasavvurlarning   bunday   aniqmasligi   matematik   aniqlikning   va   kattalik
ta’rifining,   shuningdek,   miqdor   ta’rifining   buzilishiga   sabab   bo’ladi.   Bundan
tashqari,   bolalarning   maktabda   o’qishga   tayyorliklarini   tekshirish   shuni
ko’rsatadiki,   kattalikning   noaniq   miqdoriy   baholanishi   mavjud   bo’lganda   ular
(ayniqsa,   maktabda   o’qishning   daslabki   naytlarida)   atrof   sharoitdan,   daftar   va
kitob   varaqlaridan   fazoviy   orientasiya   olishda   katta   qiyinchiliklarga   duch
keladilar. Ba’zi o’quvchilar  grafik ishoralarning kattaliklariga amal  qiladilar. Bu
malakalar   o’qitish   o’rgatish,   jarayonida   shakllanadi.   Buyumlarning   balandligi,
uzunligi,   kengliklari   bo’yicha   taqqoslay   olishni   bilish   bolalarning   bilim
darajalarini anchagina oshiradi.
Kattaliklarning   miqdoriy   baholarining   shakllanishi   miqdoriy
munosabatlarni   o’rganishda,   har   xil   tushunchalarning,   ya’ni   son,   geometrik   va
boshqa tushunchalarning tarkib topishi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Kattaliklar   miqdoriy   baholarining   shakllanishi   miqdoriy   munosabatlarni
o’rganishda,   har   xil   tushunchalarning,   ya’ni   son,   geometrik   va   boshqa
tushunchalarning tarkib topishi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Kattaliklar   miqdoriy   baholarining   shakllanish   jarayoni   bolalarning   so’z   –
terminlar (baland, tor va b.), shuningdek, eng sodda matematik ifodalar (masalan,
buyumlarning   balandliklari   bo’yicha   taqqoslaymiz   va   b)   ni   egallash   bilan
bevosita bog’liq.
Buyumlarning   kattaliklari   bo’yicha   munosabatlarini   tegishli   belgilashlar
bilan   o’rnatish   uslubiyati   kattaliklarning   miqdoriy   baholarining   har   xil
darajalarining   tarkib   topishining   aniq   sistemasini   hisobga   oladi,   bu   ma’lum
izchillikda amalga oshirilishi mumkin.
Ikkinchi kichik guruh
Kattalik.   Ikkinchi   kichik   guruhda   tarbiyachi   bolalarga   uzunligi,   kengligi,
balandligi,   shuningdek,   kattaligi   bo’yicha   butunlay   kechkin   farq   qiluvchi
buyumlarni   (lentalar,   qog’oz,   karton   polsokalari,   brusoklar   va   b)   taqqoslashni
76 o’rgatadi.   Buyumlarning   o’lchamlari   bo’yicha   nisbatanlarini   aniq   so’zlaridan
foydalanib ifodalashga o’rgatadi: uzun –qisqa, uzunliklari bo’yicha bir xil (teng);
keng –tor, kenligi bo’yicha bir xil (teng) baland –past, balandligi bo’yicha bir xil
(teng), ortiq –kam, miqdori bo’yicha bir xil (teng).
Bunday   taqqoslash   uchun   avval   bir   –   biridan   kattaligi   bo’yicha   biror
alomatiga ko’ra farq qiluvchi buyumlar, masalan, kengligi jihatdan bir xil, bir xil
rangl,   bir   xil   materialdan   tayyorlangan,   uzunliklari   bo’yicha   bir   xil   bo’lgan
lentalarni   berish   mumkin.   Bir   lenta   ikkinchisidan   biroz   uzunroq   (qisqaroq0
bo’lishi kerak. Bu bolalarning buyumlardagi masofa elementlarini ajratib yordam
beradi.
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   kattalik   alomatlari   bo’yicha   buyumlarni
taqqoslashga   o’rgatishda   u   yoki   bu   obektning   uzunligi   kengligi,   balandligi,   deb
nimani   aytilishini   qo’l   harakati   bilan   ko’rsatish   zarur.   Masalan,   2   ta   dentaning
uzunliklari   bo’yicha   taqqoslashda   tarbiyachi   qo’lini   birinchi   denta   bo’ylab   ham,
ikkinchi denta bo’ylab ham (chapdan o’ngga) yuritib, “bu denta uzunroq, bu lenta
esa qisqaroq (kaltaroq)” deb tushuntiradi. Shundan keyin bolaga barmog’i (kafti)
bilan lenta bo’ylab (uning bir chekkasidan ikkinchi chekkasigacha) o’tishni taklif
qiladi. Obektlarning balandliklari bo’yicha taqqoslashda tarbiyachi qo’lini buyum
bo’ylab   pastdan   yuqoriga,   asosidan   ustki   qirrasigacha   o’tkazadi;   buyumlarning
butunicha kattaligi bo’yicha taqqoslashda  tarbiyachi qo’lini oldin birinchi, keyin
ikkinchi buyum atrofida aylantirib chiqadi.
Bolalar   buyumlarning   uzunligi,   kengligi,   balandligi   bo’yicha   yonma   –yon
qo’yib   va   birini   ikkichisining   ustiga   qo’yib   taqqoslashga   o’rgatiladi.   Dastlab
buyumlarni   yoniga   qo’yib   taqqoslashdan   boshlash   maqsadga   muvofiq,   chunki
taqqoslash   uchun   bir   xil   rangdagi   buyumlar   beriladi,   bunday   buyumlar   bir   –
birining   ustiga   qo’yib   taqqoslansa,   qo’shilib   ketadi.   Har   xil   rangdagi
buyumlardan   foydalanayotganda   ustiga   qo’yib   taqqoslash   usulidan   foydalanish
kerak.   Tarbiyachi   bu   usullardan   foydalanish   kerak.   Tarbiyachi   bu   usullardan
qanday   qildib   to’g’ri   foydalanishni   ko’rsatadi:   buyumlarning   uzunligini   yoshiga
qo’yib taqqoslaganda  buyumlarni  shunday qator  qilib qo’yish  kerakki,   ularning
bir   tomondagi   (masalan,   chapdagi)   oxirlari   yonma-   yon   tursin.   Ustiga   qo’yish
usulidan   foydalanganda   buyumlarning   nafaqat   (chapdagi)   oxirlarini,   balki
ularning   ustki   va   ostki   qirralari   (chekalari)   ni   ham   ustma   –ust   joylashtiriladi.
Tarbyaichi bir qismi ko’rinib turgan buyum uzunroq ekanini tushuntiradi.
Tarbiyachi   bolalarga   ajratilgan   belgilarni,   taqqoslanayotgan   ikkala
buyumning   nomini   so’zlar   bilan   aytishni   o’rgatadi   (“Qizil   lenta   yashil   lentadan
uzun, yashil lenta esa qizil lentadan qisqa”).
Tarbiyachi   buyumlardagi   belgilarni   (kenglik,   baladlik)   taqqoslashga   doir
mashqlarga   bolalarning   qiziqishlarini   oshirish   uchun   har   xil   o’yin   vaziyatlarini
hosil   qiladi.   Masalan,   ayiqchalarga   sharflar   bog’laydi,   qo’g’irchoqlarga   esa
lentalar   taqishadi.   Bitta   sharf   (lenta)   bog’lanadi,   ikkinchisi   esa   bog’lanmadi.
Nega? Bir sharfni (lentani) ikkinchisiga yonma- yon qo’yib, tarbiyachi birinchisi
ikkinchisidan   qisqa   ekanini   ko’rsatadi.   Ikkinchi   bir   o’yin   o’yin   vaziyatida   nega
bir   ko’prikchadan   parovoz   o’tgan   –u,   ikkinchisidan   nega   o’tmaganini   aniqlash;
mashina   qaysi   darvozadan   o’tgan,   qaysi   darvozadan   o’tmaganini,   nega
o’tmaginini   aniqlash   talab   qilinadi.   “Kimning   barmoqlari   uzun?”   “Kimning   uyi
77 baland”, “Kimning sharfi keng?” va boshqa turdagi o’yin –mashqlarni  o’tkazish
ham mumkin.
Shundan   keyin   bir   xil   shakldagi,   har   xil   rangdagi   bittadan   boqsha
komponentlari   (parametrlari)   teng   buyumlarni   taqqoslashga   kirishiladi,   bunda
(balandligi yoki uzunligi va b.) bolalarning e’tibori teng bo’lmagan parametrlarga
qaratiladi. Ajralib turgan parametri, kattaligi bo’yicha kontrast bo’lgan buyumlar
taqqoslash   uchun   olinadi,   bu   hol   ularni   ajratishni   ancha   osonlashtiradi.   O’yin
vaziyatidan   foydalanish   mumkin.   Masalan,   ikkinchi   kichik   guruh   bolalari   bilan
o’tkaziladigan mashg’ulotlarda (uzunlik haqidagi tasavvurlarni tarkib toptirishda)
tarbiyachi   har   qaysi   bolaga   bir   –biridan   uzunligi   bilan   farq   qiluvchi   ikkitadan
rangli   qalam   beradi.   O’yinchoq   quyon   uzun   qalamlarni,   o’yinchoq   mushuk   esa
kalta qalamlarni “yig’adi”. Tarbiyachi bolalarning e’tiborini quyonning quloqlari
uo’un,   dumi   esa   kalta   ekaniga,   mushukning   dumi   uzun,   quloqlari   esa   kalta
ekaniga qaratadi.
Shundan   keyin   tarbiyachi   bolalarni   ajratilgan   parametri   bo’yicha
buyumlarni   bevosita   taqqoslashga   o’rgatadi.   Bu   bosqichda   bolalar   seminar
harakatlar   (ustiga   qo’yish,   yoniga   qo’yish   va   b.)   ni   o’zlashtirishadi.   Bunday
harakatlar   natijasida   bolalar   nisbiy   kattalikni   aniqlaydilar.   Shu   maqsadda
taqqoslanuvchi   parametrlari   kontrast   bo’lmagan   buyumlardan   foydalanishadi.
Shu bilan bir vaqtda bolalarning tenglik haqidagi tasavvuri (“balandligi, uzunligi.
Kengligi” va b. Bo’yicha teng) tarkib topadi. Chunonchi, “baland – past – teng”
(balandligi   bo’yicha)   ekanligi   haqidagi   tasavvurlarni   tarkib   toptirishda
balandlikning o’zini ajratilganidan keyin bolalarga, masalan, balandlikning o’zini
ajratilganidan   keyin   bolalarga,   masalan,   balandligi   bo’yicha   (kontrast   bo’lgan)
farq   qilmaydigan   ikkita   minorachani   berish   mumkin.   Tarbiyachi   ikkita
minorachani   stolning   har   xil   chetlariga   qo’yadi   va   bolalardan   ular   balandliklari
bo’yicha   teng   yoki   teng   emasliklarini   so’raydi.   Odatdagidek   bolalarning   fikrlari
bir   xil   bo’lmaydi.   Ulardan   qaysilari   haq,   qaysi   minora   baland   ekanini   qanday
bilish   mumki?   Tarbiyachi   ikkila   minorani   yonma-   yon   qo’yib,   o’z   harakatlarini
tushuntiradi.   Bunday   holatda   qaysi   minoracha   baland   ekani   hammaga   ko’rinib
turadi.
Bolalarning   masofalarni   aniqlashlarini   osonlashtirish   uchun   atrof   –
muhitdagi   shunday   buyumlardan   foydalanish   kerakki,   ularda   masofa   ko’proq
o’rinni   egallasin,   shu   bilan   bir   qatorda   dastlabki   mashg’ulotlarda   yassi
byumlardan ko’proq foydalanish kerak.
Bundan   tashqari,   bolalar   uchun   seminar   ahamiyatga   ega   bo’lgan,   har   xil
faoliyatlardan   ular   keng   foydalanadigan   buyumlardan   foydalanishga   harakat
qilish   kerak;   bular   har   xil   uzunlik   va   kenglikdagi   lentalar,   har   xil   uzunlikdagi
sakragichlar, qurilish materiallari detallari (har xil uzunlikdagi brusoklar, kengligi
har xi plastinalar, yo’g’onliklari har xil qilindrlar, tayoqlar), har xil balandlikdagi
piramidalar,   kegllar,   archachalar   va   boshqa   ko’pgina   buyumlar   va   o’yinchoqlar
bo’lishi   mumkin.   Har   qaysi   mashg’ulotda   bolalarga   tarqatma   material   (kengligi
teng   bo’lgan   holda   har   xil   uzunlikdagi   qog’oz   poloskalar   va   aksincha,   uzunligi
teng   bo’lgan   har   xil   kenglikdagi   qog’oz   poloskalar;   har   xil   uzunlikdagi,   har   xil
kenglikdagi  qog’oz  poloskalar, iplar, har  xil  qalinlikdai  lattaputtalar  va b.)  bilan
ishlash   imkonini   berish   kerak.   Tarqatma  materiallar   bilan   ishlash   har   bir   bolaga
buyumlarning kattaliklarini har tomonlama tekshirish imkonini beradi.
78 Bolalarda har xil uzunlikdagi buyumlarni farqlash va tegishli atamalar bilan
aniqlash   malakalari   tarkib   topishiga   va   shakllanishiga   imkon   bergan   ba’zi
mashg’ulotlarni qaraymiz.
Ikkinchi   kichik   guruhda   o’tkazilgan   birinchi   mashg’ulotning   dastur
mazmuni quyidagilardan iborat:
1)   bolalarga   taqqoslash   natijasida   buyumlardagi   masofani   ajratishni
o’rgatish;
2) yoniga qo’yish va ustiga qo’yish usullaridan foydalanib, taqqoslash bilan
uzun va kalta buyumlarni farqlash malakasini rivojlantirish;
3)   bolalarni   har   xil   uzunlikdagi   buyumlarni   mos   atamalar   bilan   aniqlash
bo’yicha mashq qildirish.
Mashg’ulotlar   uchun   har   xil   uzunlikdagi   ikkita   lenta   va   ikkita   chizg’ich
didaktik   material   bo’lib   xizmat   qiladi;   bolalar   uchun   va   qisqa   (kalta)   qog’oz
poloskadan   foydalanishadi.   Tarbiyachi   bolalar   e’tiborini   doskadagi   biri
ikkinchisining tagiga qoqib qo’yilgan lentalarga qaratadi va ularning kattaliklarini
topishni   taklif   qiladi.   Bolalar   bir   lenta  baland,   ikkinchisi   past   (Lola);,  biri   uzun,
ikkinchisi   qisqa   (zamira);   biri   kalta,   ikkinchisi   esa   katta   (said)   deb   javob
berishadi.   Ko’rib   turibmizki,   Zamiragina   to’g’ri   javob   bergan.   Bolalarning
javoblarini aniqlashtirib, tarbiyachi ta’kidlaydi: “Lentalar uzunliklari bo’yicha har
xil. Biri uzun, ikkinchisi kalta”. Tarbiyachi lentalarning kattaliklarini aytish bilan
bir   vaqtda   ularni   ko’rsatadi.   (“Mana   uzun   lentaning   uzunligi,   mana   kalta
lentaning   uzunligi”).   Shundan   keyin   bolalar   lentalarning   uzunliklarini
ko’rsatishadi, bunda ular ko’rsatilayotgan lentaning kattaligini aytib turishdi, 5-6
ta boladan so’ralganidan keyin tarbiyachi yakun yasagandek bo’ldi: “Bu lentalar
uzunliklari   bo’yicha   har   xil.   Bir   lenta   uzun,   ikkinchi   lenta   esa   kalta”.   Har   xil
uzunlikdagi   chizg’ichlarning   kattaliklari   ham   xuddi   shunday   usul   bilan
taqqochlandi va aniqlandi. Mashg’ulotning ikkinchi qismida bolalarning hammasi
tarbiyachining ushbu topshirig’ini bajarishadi: uzun, kalta poloskani ko’rsat kalta
poloska tagiga uzun poloskani shunday qo’yki, ularning chap oxirlari tekis tursin;
uzun,   kalta   poloskaga   bayroqcha,   kalta   poloskaga   koptok   rasmini   chiz.   Har   bir
topshiriq   bajarilganidan   keyin   tarbiyachi   bolalardan   so’rab,   ularni
taqqoslanayotgan   buyumlarning   kattaliklariga   aniq   ta’rif   berishga   o’rgata   bordi.
Mashg’ulot   oxiriga   kelib,   ba’zi   bolalar   hatto   bunday   yoyiq   gaplarning   ham
uddasidan   chiqishdi;   “Men   uzun   poloskaga   bayroqcha   rasmni,   kalta   poloskaga
koptok rasmini soldim”.
Bolalarning hammasi uzun va kalta buyumlarni to’g’ri ko’rsatishdi, ammo
ba’zi   bolalar   poloskalarni   katta   va   kichik   poloska,   deb   aniqlashni   davom
ettirishdi.   Bunday   aniqlashlarni   bir   mashg’ulot   davomida   amalga   oshiri
bo’lmaydi.   Shu   sababli   navbatdagi   ikki   mashg’ulot   davomida   tarbiyachi
bolalarning   uzun   va   kalta   buyumlarni   mos   atamalar   bilan   aniqlab   taqqoslash   va
farqlash malakalarini mustahkamladi. Bunda u bolalarda har qanday uzunlikdagi
buyumlar   uzun   –   qisqa   (kalta),   uzunroq   –   kaltaroq   buyumlar   kabi   umumiy
tasavvurni tarkib toptirish uchun taqqoslanadigan buyumlar doirasini asta – sekin
kengaytirib borishni lozim topdi.
Shunday   mashqlar   natijasida   bolalar   buyumning   nisbiy   kattaligini   asta   –
sekin   ko’z   bilan   chamalab   aniqlashga   o’rgatiladi.   Bolada   kattalik   bo’yicha
munosabatlarni aniqlash usulining o’zi shakllanadi.
79 “Keng   –   tor   –   teng”   (kengligi   bo’yicha)   tasavvuri   ham   buyumlarni   ustiga
qo’yish usuli bilan shakllantiriladi.
“Yo’g’on – ingichka – teng” (qalinligi (qo’g’onligi) bo’yicha) tasavvuri har
xil   buyumlarni   bevosita   taqqoslash   (yoniga   qo’yish   usuli   bilan)   da   shakllanadi.
Buning   qalinligi   bo’yicha   har   xil,   yo’g’onligi   bo’yicha   har   xil   qalamlarni   olish
mumkin.
Bolalar   har   xil   o’lchamli   buyumlarni   taqqoslay   oladigan   va   tegishli
belgilarni   ajrata   oladigan   bo’lganlaridan   keyin   “Topshiriq”   didaktik   o’yini
o’tkaziladi. Topshiriqni tarbiyachi beradi (masalan, qo’g’irchoq nomidan), bolalar
esa   u   aytgan   buyumni   )qo’g’irchoqni),   masalan,   baland   archani,   uzun   qalamni,
keng lentani (2 – 3 juft buyumlar orasidan tanlab) ko’rsatishlari yoki keltirishlari
kerak.
Bolalar kontrast o’lchamli   buyumlarni taqqoslashga o’rgatilganidan keyin
tarbiyachi ularni buyumlarning  uzunliklari, balandliklari bo’yicha teng bo’lish
bilan   tanishtiradi,   uzunliklari   bo’yicha   bir   xil   (teng),   balandliklari   bo’yicha
bir hil (teng)  tegan ifodalardan foydalanishga o’rgatadi. Shu maqsadda “shunday
uzunlikdagi   lentani   top”,   “balandligi   shunday   archani   top”   kabi   o’yin
mashqlardan foydalanish mumkin.
O’rta guruh
Kattalik.   Ikkinchi kichik guruhda bolalar har xil poloskalardan biror belgi
(uzunlik,   kenglik)   ni   topishga   o’rgatilgan   edi.   Mazkur   bosqichda   maktabgacha
yoshdagi  bolalar  bir   vaqtning  o’zida   uzunlikni,  kenglikni  topa  olish   va  ularni
taqqoslay olish malakasini egallab olishlari   kerak. Masalan, tarbiyachi hamma
bolaga   9   xil   rangli   va   uzunligi   har   xil,   ammo   kengligi   (eni)   bir   xil   bo’lgan
lentalarni   tarqatadi   va   bolalarga   tanish   bo’lgan   usul   (masalan,   yonma-   yon
qo’yish)   bilan   qaysi   lenta   uzun,   qaysi   lenta   qisqa   (kalta)   ekanini   topish
topshirig’ini   beradi.   So’ngra   uzun   poloskani   tanlash   va   uning   uzunligi   bo’ylab
barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi. Tarbiyachi “Poloskaning kengligi qani?”
– deb so’raydi  va o’zi  poloskaning  eni  bo’ylab qo’lini  yuritadi, keyin esa  uning
bo’yi   bo’ylab   qo’lini   yuritib   chiqadi.   Bolalardan   poloskaning   uzunligi   (bo’yi)
kattami yoki kengligi (eni) kattami, deb so’rang kerak, so’ngra esa bo’yicha katta,
eni   esa   kichik   bo’lishini   tushuntirib   berish   kerak.   Eng   qisqa   poloskani   qarash
bilan   ham   tarbiyachi   bolalarni   yuqoridagiga   o’xshash   xulosaga   olib   keladi.
Mashg’ulotning   oxirida   bolalarga   poloskalarning   ei   bo’yicha   taqqoslashni   taklif
qilish   mumkin.   Bolalar   bir   poloskani   ikkinchi   poloska   ustiga     qo’yib,   ular
uzunliklari bo’yicha har xil bo’lsa ham, ammo enlari (kengliklari) bo’yicha teng
ekanliklariga ishonch hosil qiladilar.
O’ra   guruhda   bolalarni   buyumlar   orasidagi   uzunlik,   kenglik,   balandlik
bo’yicha arzimas kichik farqlarni ilg’ab olishga, har xil kattalikdagi 2 tadan
ko’p  buyumlarni   taqqoslay   olishga   o’rgatish   kerak.  Chunonchi,  bolalarga  har
xil   uzunlikdagi   2   ta   lentani   taqqoslash   taklif   qilinadi,   so’ngra   taqqoslanayotgan
lentalardan uzunroq uchinchi lenta qo’shiladi. Bolalar uzun lenta yanada uzunroq
lenta bilan taqqoslaganda qisqa bo’lib qolishini ko’radilar. Har bir buyum (lenta)
jufti   boshqa   buyumlar   bilan   taqqoslanadi.   Masalan,   qizil   lenta   ko’k   lentadan
uzun,   ammo   sariq   lentadan   qisqa.   Shunday   qilib,   bolada   asta   –sekin
buyumlarning o’lchamlari nisbiy harakterga ega degan tasavvur hosil bo’ladi; bir
80 obektning   o’zi,   qanday   buyum   bilan   taqqoslanayotganiga   qarab,   goh   katta,   goh
kichik bo’ladi.
Bolalarni   namunaga   qarab,   buyumlarni   ularning   uzunliklari,
kengliklari, balandliklari o’sib borish   (kamayib borish)   tartibida, qator qilib
qo’yishga   o’rgatish   kerak.   Bunda   qiyinchilik   shundan   iborat   bo’ladiki,   bolalar
kattaliklari   va   ranglari   bilan   farq   qiluvchi   buyumni   taqqoslaydilar,   shuningdek,
o’lchamlari   bo’yicha   kontrastlari   kam   bo’lgan   uch   –to’rtta   buyumlarning
kattalkilarini sifatlarini qiyosiy darajalarini qo’llab, aniqlaydilar.
Mashg’ulotlarda   asosiy   e’tibor   bolalarda   buyumlarning   uzunliklarini
ajratish va ko’rsatish, buyumlarning uzunlik bo’yicha tengligi yoki tengmasligini
aniqlash, shu  asosda  ular  kattaliklarining aniq  ta’rifini  bera olish malakalarining
shakllanishiga   qaratiladi.   Masalan,   tarbiyachi   to’rtta   bolani   chaqiradi   va   ularga
ikkitadan bo’lib sakragichni olishni va uni uzunligi bo’yicha tuzib turishni taklif
qiladi.   Bolalarga   murojaat   qilib,   tarbiyachi   so’raydi:   “Bu   sakrag’ichlarning
uzunliklari haqida nima deyish mumkin? “Savolning bunday qo’yilishi bolalarga
har   xil   javob   berish   imkonini   berdi,   boshqacha   aytganda,   ular   har   qaysi
sakrag’ichning nisbiy kattaligini aytishlari mumkin, yoki sakrag’ichlar kattaliklari
bo’yicha har xil deyishlari ham mumkin edi. Bolalar javobning birinchi variatini
afzal   ko’rishdi.   “Bolalar,   to’g’ri   aytdingiz,   sakrag’ichlar   uzun   va   kalta”,   -   deydi
tarbiyachi.
- “Nega biz ularni shunday atayman?”
- “Chunki ular kattaliklari bo’yicha har xil”. (Sevgi).
- “Chunki   ularning   uzunliklari   har   xil”,   -   deb   aniqlashtiradi   Karima.
Tarbiyachi Karimaning javobini ma’qullab, boshqa bolalarni chiqaradi va ularga
har   qaysi   sakrag’ichning   uzunligini   kattalikni   aytish   bilavn   ko’rsatishni   talab
qiladi. Bunda tarbiyachi bunday savollarni beradi: “Kim kalta (uzun) sakrag’ichni
ushlab turibdi?”, “Zohida bilan Mastura, Ilhom bilan Azamat qanay sakrag’ichni
ushlab   turishibdi?”.   Qizcha   bir   sakrag’ich   ikkinchi   sakrag’ichdan   qancha
uo’unligini   ko’rsatadi.   Sakrag’ichlar   uzunliklari   orasidagi   farqni   hamma
bolalardan qo’lni ochib ko’rsatish talab qilinadi.
Bolalar masofa bo’yicha taqqoslash usulini shunday o’zlashtiradilar.
Bolalarni   kam   kontrastli   buyumlarning   kattaliklarini   farqlash   va   qiyosiy
sifatlarini   ishlatish   bo’yicha   mashq   qildirish   uchun   ularga   har   xil   uzunlikdagi
brusokdan   yoki   poloskalardan   zina   tuzishni   taklif   qilish   mumkin.   Bundan   oldin
“zina”   pog’onalarini,   uzunliklarini   ko’rsatib,   ikkitalab   taqqoslashni,   so’ngresa
butun   pog’onani   o’sib   borish   tartibida   ham,   kamayib   borish   tartibida   ham
taqqoslashni taklif qilish maqsadga muvofiq.
Buyumlarning   ayrim   masofalarini   differensiallashda   va   ular   orasidagi
o’lchov   munosabatlarini   o’rnatishda   etakchi   o’rinni     o’lchashga   ajratilishi
yuqorida   aytilgan   edi.   Ammo   o’lchash   faoliyati   ham   boshqa   har   qanday
foaliyatlar   kabi   maxsus   malakalar   egallangandagina   samarali   bo’ladi.   Bu
malakalar ham doim ular takrorlab turilgandagina, o’lchash ko’nikmalariga ztadi.
Kattalar   tomonidan   maqsadga   muvofiq   boshqarilib   turilgandagina   o’lchash
malakalarini   egallash   (o’zlashtirish0   mumkin   bo’ladi.   Ish   tajribasi   shuni
ko’rsatmoqdaki,   o’lchash   malakalarini   egallash   besh   yoshga   qadam   qo’ygan
bolalarda   jiddiy   qiyinchiliklarni   keltirib   chiqaradi,   chunki   bu   harakatlar   katta
aniqlikni, o’lchovni surishda qo’l harakatlarining muvofiqlashtirilganini, sanoq va
81 o’lchashni birga qo’shib borishni talab qiladi. Shu bilan birga, A.M.Leushinaning
tekshirishlari   ko’rsatishicha,   bolalar   hayotining   beshinchi   yoshida   sanoqning
asosiy qoidalariningina egallab ola boshlaydilar.
Bir   vaqtning   o’zida   sanoq   va   o’lchash   malakalarini   (ularning   asl
ma’nosida)   o’zlashtirib   olish   bolalar   uchun   qiyinchilik   qiladi.   Shu   sabbali   o’rta
guruhda   o’lchashlarni   “modellashtirish”,   ya’ni   o’lchanayotgan   masofani   unga
joylashgan o’lchov miqdori bilan taqqoslashdan  foydalanish maqsadga muvofiq.
Misol keltiramiz.
Bolalarning   stollarida   har   xil   uo’unlik   va   har   xil   rangdagi   poloskalar
qo’yilgan.   Tarbiyachining   “Kattaliklari   bo’yicha   bular   qanday   poloskalar?”   –
degan   savoliga   bolalar   bunday   javob   berishadi.   “Uzunliklar   bo’yicha   har   xil
poloskalar”, “Biri uzun, biri kalta poloskalar” va h.k.
Tarbiyachining “Bolalar, Siz nima deysiz, har qaysi poloskaning uzunligini
bilish uchun nima qilish kerak?” – degan savoliga bolalar bunday javob berishadi:
“Ularni   qarash   kerak”.   “Ularni   taqqoslash   kerak”.   Tarbiyachi   qarash   ham
mumkin, o’lchash ham mumkin, ammo eng yaxshisi o’lchash kerakligini aytadi.
Shunda biz har qaysi poloskaning uzunligini aniq bilamiz. Mana bu o’lchov bilan
o’lchaymiz. Tarbiyachi bolalarga o’lchovni ko’rsatadi, ularni o’lchovni ko’rishga
taklif   qiladi.   Qanday   o’lchash   kerakligini   tushuntiradi:   “O’lchovni   men
poloskaning   chapdan   eng   chekkasiga   qo’yaman.   Birinchi   o’lchov   yoniga   yana
bitta o’lchovni qo’yaman. Boshqa o’lchov sig’maydi”. Bolalar katta poloskaning
uo’unligi   ikkita   o’lchovga   tengligini   shunday   tushunib   oladilar.   Shundan   keyin
ularga stollarida yotgan ikkinchi kesmani o’lchash taklif qilinadi. Bolalar har xil,
ammo   ko’pincha   eng   uzun   poloskalarni   o’lchashadi.   Shundan   keyin   tarbiyachi
ular   qanday   polsokalarngi   o’lchaganliklarini,   unga   o’lchov   necha   marta
joylashganini   oydinlashtirib   oladi.   Bolalarning   javoblarini   tinglab,
umumlashtiradi:   “Ko’rayapsizmi,   hammangizning   poloskachalaringizning
uzunligi   har   xil,   poloskalaringizga   o’lchov   4   marta   ham,   3   marta   ham,   2   marta
ham   joylashgan”.   Bolalar   uo’un   va   qisqa   poloskaning   uzunliklarini   o’lchashadi,
uo’un va qisqa poloskalarning uzunliklari nechtadan o’lchamga tengligini gapirib
beradilar, qayis poloskaga o’lchov ko’p, qaysi poloskaga kam joylashganini, nega
shundayligini   aniqlaydilar.   Bolalarning   javoblari:   “Chunki   uzun   poloska   kalta
poloskadan uo’unroq” (Munira), “Chunki kalta poloskaning uzunligi kichik, uzun
poloskaning   uzunligi   katta”   (Lola).   Javoblar   bolalarning   taqqoslanayotgan
buyumlar orasidagi munosabatlarni tushunishlari, bu munosabatlarni so’zlar bilan
so’zlar bilan aniqlay olishlaridan guvohlik beradi.
Ammo   bolalar   nega   bir   poloska   ikkinchi   poloskadan   uchun   ekanini   ko’ra
olishlari   uchun   bunday   ishni   doska   oldida   flanelegrafda   bajarish   bilan
chegaralanish   kerak.   (birinchi   poloskaga   4   ta,   ikkinchisiga   esa   faqat   e   ta   bir   xil
o’lchov qo’yiladi).
Shunday   qilib,   ikkinchi   kichik   va   o’rta   guruhlarning   asosiy   vazifalari
bolalarda   buyumlarning   uzunliklari,   kengliklari   va   balandliklari   (qalinliklari)   ga
nisbatan masofa turlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish va shu asosda:
a) o’lovlari kontrast bo’lgan ikkita buyumni taqqoslashda;
b) bittasi namuna vazifasini bajaradigan usta buyumni taqqoslashda;
v)   bolalar   tomonidan   seriasion   qatorga   tartibga   solib   qo’yiladigan
o’lchovlari   bo’yicha   ko’proq   kontrast   bo’lgan   to’rt   –   besh   va   undan   ortiq
82 buyumlarni   taqqoslashda   buyumlarning   kattaliklarini   farqlash   va   ularni   so’zlash
bilan aniqlash malakalarini rivojlantirishdan iborat.
Bunda   bolalar   bir   vaqtning   o’zida   o’zaro   teskari   munosabatlarni   o’rnatish
bilan buyumlar kattaliklarining kamayish va o’sish darajalarining qiyosiy bahosi
(uzunroq   –   kaltaroq)   ni   ham,   ular   kattaliklarining   nisbiy   bahosini   ham   (uzun   –
qisqa)   o’zlashtirib   oladilar.   Bu   bilimlarni   o’zlashtirish   hajmli   buyumlarning   uch
o’lchovli   ekanligi   haqidagi   tasavvurlarni   bundan   keyin   rivojlantirish   uchun   asos
bo’ladi.
Masofalarning har xil turlari bilan tanishtirishni asta –sekin amalga oshirish
kerak.   Chunonchi,   eng   oldin   bolalarni   yassi   buyumlarda   uzunlikni   aniqlashga,
buyumlarning   uzunliklari   bo’yicha   taqqoslashga   va   ularning   katatliklariga   oid
ta’riflar   berishga   o’rgatish   maqsadga   muvofiq.   So’ngra   buyumlarning   kengligi
bo’yicha, ularning kattaliklarini aniqlab, taqqoslash kerak. Shundan keyin bolalar
buyumlarda   balandlikni,   nihoyat,   qalinlik   (yo’g’onlik)   ni   ajratish   malakaisni
egallaydilar.
Katta guruh
Kattalik .   Katta   guruhda   ishlash   bolalarning   masofalarning   har   xil   turlari
haqidagi tasavvurlarini aniqlashdan boshlanadi.
“Uzunlik”, “kenglik”, “balandlik”, “qalinlik” (“yo’g’onlik”) buyumlarning
kattaliklarida   mustaqil   orientir   olish   tushunchalarini   egallab   olish,   ularni
taqqoslash   va   kattaliklar   bo’yicha   munosabatlarini   tushunib   olish   imkonini
beradi.
Buyumlar   orasida   kattalik   bo’yicha   konkret   munosabatlarni   o’rnatish
tajribasi   qanchalik   boy   va   turli   –tuman   bo’lsa,   keyinchalik   bolalarni   bu
munosabatlarni   umumlashtirishga,   konkret   tavsiflarni   abstrakt   ta’riflarga,   ya’ni
“teng”,   “ortiq”,   “kam”   (“katta”,   “kichik”)   tushunchalariga   o’rgatish   shunchalik
oson bo’ladi.
Bolalar buyumlarning kattaliklarini taqqoslashga  va uning oldin buyumlar
masofalarining   bir   turi   bilan   farq   qiladigan   holda,   keyinroq   masofalarning   ikki
turi, nihoyat, uch turi bilan farq qiladigan hollarda aniq belgilashga o’rganadilar.
Shu   asosda   qaysi   hollarda   buyumlar   katta   va   qaysi   hollarda   kichik   deb
atalishi tushunchasi  beriladi. Agar buyumlar bir xil o’lchamdagi masofalar bilan
farq qilsa,  holda ushbu aniq so’zlar ishlatiladi; “uzun”, “qisqa”, “keng”, “tor” va
b.
Agar buyumlar ikki –uch masofa turlari bilan farq qiladigan bo’lsa, ularni
katta va kichik deb  aytiladi; katta va kichik matryoshkalar, katta va kichik qog’oz
varag’i va b.
Bolalar   kattalikning   o’zgaruvchanlik,   taqqoslanuvchanlik,   belgini
aniqlashdagi   nisbiylik   (qizil   lenta   ko’k   lentadan   uzunroq,   ammo   oq   lentadan
kaltaroq)   kabi   xossalari   bilan   tanishadilar,   buyumning   kattaliklari   bo’yicha
munosabatlarining   bir   qiymatli   va   o’zaro   teskari   xarakterini   tushunib
etadilar.
Bolalarni   kattaliklarning   tartiblangan   xossalari   bilan   tanishtirish
mumkin bo’lib qoladi.
Bolalar buyumlarning kattaliklarini o’sib borishi, kamayib borishi atrtibida
joylashtirish bo’yicha mashq qilib, serasion qatorning yo’nalganligining aniqligi,
alomatni   aniqlashdagi   nisbiylik,   qatorning   qo’shni   hadlari   orasidagi   farqlarning
83 tengligi   kabi   xossalarini   bilib   oladilar.   Munosabatlar   tranzitivligini   o’rgatishga
katta ahamiyat beriladi.
Bu   bolalarni   har   qanday   buyumning   kattaligini   bir   xi   kattaliklar   qatorida
aniq   o’rinni   egalovchi   kattalik   deb   qarashga   o’rgatib,   bolalarning   buyumlarning
kattaliklari bo’yicha orientir olish malakalarini takomillashtiribgina qolmay, balki
ularning matematik –va umumiy aqliy rivojlanishlariga ham imkon beradi.
Bolalarning   ko’z   bilan   chamalash   malakalarini   rivojlantirishga
yo’naltirilgan ish  yuqoridagi ishlar bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
O’qitishning   bir   qator   usullarini   keltiramitz,   bu   usullar,   bizning
fikrimizcha,   bolalarni   kattalikning   xossalari   bilan   muvaffaqiyatliroq
tanishtiribgina   qolmay,   balki   bolalarning   fikrlash   qobiliyatlarini   ham
rivojlantiradi.
Bir   alomatni   ajratish   bu   alomatni   boshqa   alomatlar   bilan   taqqoslash
bilangina   amalga   oshishni   hisobga   olib,   masofaning   har   xil   turlari   bilan
tanishtirishni   juft,   qarama   –qarshi   tushunchalarni   taqqoslash   asosida   amalga
oshiramiz:   uzunlikni   kenglik   bilan,   chuqurlikni   balandlik   bilan,   qalinlikni
balandlik va kenglik bilan taqqoslaymiz.
Har   bir   yangi   tushunchani   tanish   (ma’lum)   tushunchalar   sistemasiga,
qarama   –qarshi   tushunchalarni   hamda   bolalar   hali   yaxshi   o’zlashtirmagan
tushunchalarni   taqqoslash   shu   tushunchalarni   muvaffaiyatli   mustahkamlashga
imkon beradi.
Yangi   materialni   dastlabki   idrok   qilish   qanday   katta   ahamiyatga   egaligi
ma’lum.
Yangi   parametrni   ajratish   uzunlik   alomati   kontrast   bo’lgan   (yorqin
ifodalangan) va ko’p bo’lgan buyumlarda amalga oshiriladi. Masalan, uzunlik va
knglik   bilan   tanishtirishda   qog’oz     poloskalari,   lentalar   va   boshqa   narsalar
taqqoslanadi.
Tajriba   bolalar   uzunlik,   kenglik,   balandlikni   aniq   yo’nalishda   qo’l
yordamida   belgilanganlarida   har   xil   turdagi   masofalarni   farq   qilish   ancha   engil
bo’lishini ko’rsatmoqda.
Masalan, uzunlikni qo’lni buyum bo’ylab chapdan o’ngga o’tkazish bilan,
kenglikni   qo’lni   yuqoridan   pastga   qarab   ko’ndalang   o’tkazish   bilan,   balandlikni
qo’lni  pastdan  yuqoriga  o’tkazish  bilan ko’rsatishadi.  Buyumlarning uzunliklari,
kengliklari,   balandliklarini,   shuningdek   o’lchamlardagi   farqlarni   bir   qo’lning
ochilgan barmoqlari yoki ikkala qo’lni ochib ko’rsatishdan keng foydalanishadi.
Brusokning, silindirning holatini o’zgartirib, bolalar bir xil masofaning o’zi
narsaning   gorizontal   holatida   uzunlik   deb   atalishini,   vertikal   holatida   esa
balandlik deb atalishini ko’radilar.
Berilgan   mashqlar   masofalarning   har   xil   turlarini   aniq   differensiyallash
(farq   qilish)   malakasining   hsil   bo’lishiga   imkon   beradi,   bolalarning   ko’z   bilan
chamalash xususiyatlarini rivojlantiradi.
Buyumlar   bilan   bir   qator   mashqlar   bajarganlaridan   keyin,   bolalar
umumlashtirishga   o’rgatiladi.   “Uzunlikni   (kenglikni,   balandlikni)   qanday
ko’rsatish kerak” yoki “Bu uzunlik kanini Siz qanday bildingiz?” kabi bolalarga
qaratilgan savollar bilimlarni mustahkamlaydi.
Bolalarning   balandlik   haqidagi   savolga   bergan   taxminiy   javoblarini
keltiramiz:   “balandlik   bu   pastdan   yuqoriga   qarab   turishimizdir”,   “Balandlik   bu
84 pastdan   yuqoriga   qo’lni   o’tkaish   mumkinligidir”.   Aniqlashtiramiz:
“Buyumlarning   balandligini   aniqlash   uchun   yo   qo’lni   pastdan   yuqorigacha
o’tkazish, yo buyumlarning asosidan yuqori qirrasigacha ko’z bilan qarab chiqish
kerak”.
Taqqosla   yo’li   bilangina   bolalarning   e’tiborini   buyumlarning   kattaliklari
bo’yicha   nisbatlarini   topishga   qaratish   mumkin,   chunki   kattalikni   idrok   qilish
jarayoni o’lchash jarayonidir.
Bolalar   taqqoslashni   ustiga   qo’yish,   yoniga   qo’yish   yoki   o’lchada
o’lchash yo’li  bilan amalga oshiradilar.
Bolalar   bilan   birgalikda   buyumlarni   bir   –   birining   ustiga,   yoki   yoniga
qanday   to’g’ri   qo’yish,   qanday   xollarda   ustiga,   yoki   yoniga   qo’yish   usulidan
foydalanish aniqlanadi.
Keyinchalik taqqoslashda hamma buyumlarni ham bir –birining ustiga yoki
yoniga qo’yish mumkin bo’lavermasligini aniqlashadi. Masalan, shkaf bilan bufet
balandliklarini   taqqoslashda   shunday   bo’ladi.   Buning   uchun   har   qaysi   buyumni
biror narsa bilan o’lchash va o’lchovlarni taqqoslash kerak.
Shundan   keyin   o’lchov   sifatida   nimalardan   foydaanish   mumkinligi
aniqlanadi.   Masalan:   tayoq,   kanop,   lenta,   qo’l   barmoqlaridan   o’lchov   sifatida
foydalanish mumkin.
Buyumning   uzunligini,   kengligini   aniqlashda   o’lchovdan   qanday   to’g’ri
foydalanish   ko’rsatiladi.   Bunda   bolalarning   e’tibori   uo’unlikni   aniq   bir   qirradan
boshlab ikkinchi chekkadagi qirrada tamomlash, o’lchovni to’g’ri chiziq bo’ylab
qo’yish kerakligiga qaratiladi.
Shunday qilib, bolalar har xil taqqoslash  usullaridan, shuningdek bilvosita
taqqoslashdan,   ya’ni   o’lchashdan   foydalanib,   buyumlarni   taqqoslashni
o’rganadilar.
Tarbiyachi   shartli olingan o’lchovdan foydalanib, bolalarni buyumlarning
nisbiy   kattaliklarini   aniqlashga   o’rgatadi.   Buyumlarning   nisbiy   kattaliklarini
topishga bevosita va bilvosita taqqoslash usullarini qo’llab bo’lmaydigan vaziyat
vujudga   keltiriladi.   Masalan,   shkaf   yoki   eshik   baland   ekanini   aniqlash.   Shartli
olingan   o’lchov   (qog’oz   poloska,   lenta,   tayoq   va   b)   dan   foydaoanib,   shkaf   va
eshikning   balandliklari   o’lchanadi.   Bolalar   shartli   olingan   o’lchov   shkafning
balandligiga 6 marta, eshikning balandligiga 7 marta joylashganligi  uchun eshik
shkafdan baland degan xulosaga keladilar.
1. Buyumlarning   o’lchamlari   haqidagi   tasavvurlarning   xususiyatlari:   uch
o’lchovli   differensiyalash,   buyumlarning   o’lchovlari   bo’yicha,   tranzitivlik
(to’ppa – to’g’ri) munosabatlarini o’rnatish.
2. Bolalarning   uzunlik   va   hajmni   o’lchash   usullari   va   o’lchovlar     haqidagi
bilimlaining o’ziga xosligi.
3. Bolalar o’lchash harakatlarining xususiyatlari.
4. Har   xil   yoshdagi   guruh   bolalarini   buyumlarning   o’lchami   va   kattalik   bilan
tanishtirish masalasi.
5. Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   har   xil   yoshdagi   guruhlarda   buyumlarning
o’lchami bilan tanishtirish (mashg’ulotlardan qismlar ko’rsatish).
6. Bolalarni kattalikni o’lchashga o’rgatish
7. Har   xil   yoshdagi   guruhlarda   bolalarni   buyumarning   o’lchamlari   bilan
tanishtirish uchun didaktik o’yinlardan foydalanish.
85 8. Bolalar   bog’chasida   mashg’ulotlar   o’tkazish   uchun   material   tanlashga
qo’yiladigan talablar.
16-MA'RUZA:  Bolalarda shartli o’lchov yordamida turli o’lchamlarni
o’lchash haqidagi tasavvurlarini shakllantirish  
Reja:
1.   Matematik   tasavvurlarni   tarkib   toptirishda   bolalarni   buyumlarning
kattaliklari bilan tanishtirish 
2. Har xil yoshdagi guruh bolalarini buyumlarning o’lchami va kattalik bilan
tanishtirish masalasi.
3. Maktabgacha tarbiya yoshidagi har xil yoshdagi guruhlarda buyumlarning
o’lchami bilan tanishtirish
Tayanch   so’zlar   va   iboralar:   maktabgacha   yosh,   kattalik,   taqqoslash,
malaka, o’lchash, faoliyat, narsalarning shakli, dastur, faoliyat.
  Katta guruh
Katta   guruhda   ishlash   bolalarning   masofalarning   har   xil   turlari   haqidagi
tasavvurlarini aniqlashdan boshlanadi.
“Uzunlik”, “kenglik”, “balandlik”, “qalinlik” (“yo’g’onlik”) buyumlarning
kattaliklarida   mustaqil   orientir   olish   tushunchalarini   egallab   olish,   ularni
taqqoslash   va   kattaliklar   bo’yicha   munosabatlarini   tushunib   olish   imkonini
beradi.
Buyumlar   orasida   kattalik   bo’yicha   konkret   munosabatlarni   o’rnatish
tajribasi   qanchalik   boy   va   turli   –tuman   bo’lsa,   keyinchalik   bolalarni   bu
munosabatlarni   umumlashtirishga,   konkret   tavsiflarni   abstrakt   ta’riflarga,   ya’ni
“teng”,   “ortiq”,   “kam”   (“katta”,   “kichik”)   tushunchalariga   o’rgatish   shunchalik
oson bo’ladi.
Bolalar buyumlarning kattaliklarini taqqoslashga  va uning oldin buyumlar
masofalarining   bir   turi   bilan   farq   qiladigan   holda,   keyinroq   masofalarning   ikki
turi, nihoyat, uch turi bilan farq qiladigan hollarda aniq belgilashga o’rganadilar.
Shu   asosda   qaysi   hollarda   buyumlar   katta   va   qaysi   hollarda   kichik   deb
atalishi tushunchasi  beriladi. Agar buyumlar bir xil o’lchamdagi masofalar bilan
farq qilsa,  holda ushbu aniq so’zlar ishlatiladi; “uzun”, “qisqa”, “keng”, “tor” va
b.
Agar buyumlar ikki –uch masofa turlari bilan farq qiladigan bo’lsa, ularni
katta va kichik deb  aytiladi; katta va kichik matryoshkalar, katta va kichik qog’oz
varag’i va b.
86 Bolalar   kattalikning   o’zgaruvchanlik,   taqqoslanuvchanlik,   belgini
aniqlashdagi   nisbiylik   (qizil   lenta   ko’k   lentadan   uzunroq,   ammo   oq   lentadan
kaltaroq)   kabi   xossalari   bilan   tanishadilar,   buyumning   kattaliklari   bo’yicha
munosabatlarining   bir   qiymatli   va   o’zaro   teskari   xarakterini   tushunib
etadilar.
Bolalarni   kattaliklarning   tartiblangan   xossalari   bilan   tanishtirish
mumkin bo’lib qoladi.
Bolalar buyumlarning kattaliklarini o’sib borishi, kamayib borishi atrtibida
joylashtirish bo’yicha mashq qilib, serasion qatorning yo’nalganligining aniqligi,
alomatni   aniqlashdagi   nisbiylik,   qatorning   qo’shni   hadlari   orasidagi   farqlarning
tengligi   kabi   xossalarini   bilib   oladilar.   Munosabatlar   tranzitivligini   o’rgatishga
katta ahamiyat beriladi.
Bu   bolalarni   har   qanday   buyumning   kattaligini   bir   xi   kattaliklar   qatorida
aniq   o’rinni   egalovchi   kattalik   deb   qarashga   o’rgatib,   bolalarning   buyumlarning
kattaliklari bo’yicha orientir olish malakalarini takomillashtiribgina qolmay, balki
ularning matematik –va umumiy aqliy rivojlanishlariga ham imkon beradi.
Bolalarning   ko’z   bilan   chamalash   malakalarini   rivojlantirishga
yo’naltirilgan ish  yuqoridagi ishlar bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
O’qitishning   bir   qator   usullarini   keltiramitz,   bu   usullar,   bizning
fikrimizcha,   bolalarni   kattalikning   xossalari   bilan   muvaffaqiyatliroq
tanishtiribgina   qolmay,   balki   bolalarning   fikrlash   qobiliyatlarini   ham
rivojlantiradi.
Bir   alomatni   ajratish   bu   alomatni   boshqa   alomatlar   bilan   taqqoslash
bilangina   amalga   oshishni   hisobga   olib,   masofaning   har   xil   turlari   bilan
tanishtirishni   juft,   qarama   –qarshi   tushunchalarni   taqqoslash   asosida   amalga
oshiramiz:   uzunlikni   kenglik   bilan,   chuqurlikni   balandlik   bilan,   qalinlikni
balandlik va kenglik bilan taqqoslaymiz.
Har   bir   yangi   tushunchani   tanish   (ma’lum)   tushunchalar   sistemasiga,
qarama   –qarshi   tushunchalarni   hamda   bolalar   hali   yaxshi   o’zlashtirmagan
tushunchalarni   taqqoslash   shu   tushunchalarni   muvaffaiyatli   mustahkamlashga
imkon beradi.
Yangi   materialni   dastlabki   idrok   qilish   qanday   katta   ahamiyatga   egaligi
ma’lum.
Yangi   parametrni   ajratish   uzunlik   alomati   kontrast   bo’lgan   (yorqin
ifodalangan) va ko’p bo’lgan buyumlarda amalga oshiriladi. Masalan, uzunlik va
knglik   bilan   tanishtirishda   qog’oz     poloskalari,   lentalar   va   boshqa   narsalar
taqqoslanadi.
Tajriba   bolalar   uzunlik,   kenglik,   balandlikni   aniq   yo’nalishda   qo’l
yordamida   belgilanganlarida   har   xil   turdagi   masofalarni   farq   qilish   ancha   engil
bo’lishini ko’rsatmoqda.
Masalan, uzunlikni qo’lni buyum bo’ylab chapdan o’ngga o’tkazish bilan,
kenglikni   qo’lni   yuqoridan   pastga   qarab   ko’ndalang   o’tkazish   bilan,   balandlikni
qo’lni  pastdan  yuqoriga  o’tkazish  bilan ko’rsatishadi.  Buyumlarning uzunliklari,
kengliklari,   balandliklarini,   shuningdek   o’lchamlardagi   farqlarni   bir   qo’lning
ochilgan barmoqlari yoki ikkala qo’lni ochib ko’rsatishdan keng foydalanishadi.
87 Brusokning, silindirning holatini o’zgartirib, bolalar bir xil masofaning o’zi
narsaning   gorizontal   holatida   uzunlik   deb   atalishini,   vertikal   holatida   esa
balandlik deb atalishini ko’radilar.
Berilgan   mashqlar   masofalarning   har   xil   turlarini   aniq   differensiyallash
(farq   qilish)   malakasining   hsil   bo’lishiga   imkon   beradi,   bolalarning   ko’z   bilan
chamalash xususiyatlarini rivojlantiradi.
Buyumlar   bilan   bir   qator   mashqlar   bajarganlaridan   keyin,   bolalar
umumlashtirishga   o’rgatiladi.   “Uzunlikni   (kenglikni,   balandlikni)   qanday
ko’rsatish kerak” yoki “Bu uzunlik kanini Siz qanday bildingiz?” kabi bolalarga
qaratilgan savollar bilimlarni mustahkamlaydi.
Bolalarning   balandlik   haqidagi   savolga   bergan   taxminiy   javoblarini
keltiramiz:   “balandlik   bu   pastdan   yuqoriga   qarab   turishimizdir”,   “Balandlik   bu
pastdan   yuqoriga   qo’lni   o’tkaish   mumkinligidir”.   Aniqlashtiramiz:
“Buyumlarning   balandligini   aniqlash   uchun   yo   qo’lni   pastdan   yuqorigacha
o’tkazish, yo buyumlarning asosidan yuqori qirrasigacha ko’z bilan qarab chiqish
kerak”.
Taqqosla   yo’li   bilangina   bolalarning   e’tiborini   buyumlarning   kattaliklari
bo’yicha   nisbatlarini   topishga   qaratish   mumkin,   chunki   kattalikni   idrok   qilish
jarayoni o’lchash jarayonidir.
Bolalar   taqqoslashni   ustiga   qo’yish,   yoniga   qo’yish   yoki   o’lchada
o’lchash yo’li  bilan amalga oshiradilar.
Bolalar   bilan   birgalikda   buyumlarni   bir   –   birining   ustiga,   yoki   yoniga
qanday   to’g’ri   qo’yish,   qanday   xollarda   ustiga,   yoki   yoniga   qo’yish   usulidan
foydalanish aniqlanadi.
Keyinchalik taqqoslashda hamma buyumlarni ham bir –birining ustiga yoki
yoniga qo’yish mumkin bo’lavermasligini aniqlashadi. Masalan, shkaf bilan bufet
balandliklarini   taqqoslashda   shunday   bo’ladi.   Buning   uchun   har   qaysi   buyumni
biror narsa bilan o’lchash va o’lchovlarni taqqoslash kerak.
Shundan   keyin   o’lchov   sifatida   nimalardan   foydaanish   mumkinligi
aniqlanadi.   Masalan:   tayoq,   kanop,   lenta,   qo’l   barmoqlaridan   o’lchov   sifatida
foydalanish mumkin.
Buyumning   uzunligini,   kengligini   aniqlashda   o’lchovdan   qanday   to’g’ri
foydalanish   ko’rsatiladi.   Bunda   bolalarning   e’tibori   uo’unlikni   aniq   bir   qirradan
boshlab ikkinchi chekkadagi qirrada tamomlash, o’lchovni to’g’ri chiziq bo’ylab
qo’yish kerakligiga qaratiladi.
Shunday qilib, bolalar har xil taqqoslash  usullaridan, shuningdek bilvosita
taqqoslashdan,   ya’ni   o’lchashdan   foydalanib,   buyumlarni   taqqoslashni
o’rganadilar.
Tarbiyachi   shartli olingan o’lchovdan foydalanib, bolalarni buyumlarning
nisbiy   kattaliklarini   aniqlashga   o’rgatadi.   Buyumlarning   nisbiy   kattaliklarini
topishga bevosita va bilvosita taqqoslash usullarini qo’llab bo’lmaydigan vaziyat
vujudga   keltiriladi.   Masalan,   shkaf   yoki   eshik   baland   ekanini   aniqlash.   Shartli
olingan   o’lchov   (qog’oz   poloska,   lenta,   tayoq   va   b)   dan   foydaoanib,   shkaf   va
eshikning   balandliklari   o’lchanadi.   Bolalar   shartli   olingan   o’lchov   shkafning
balandligiga 6 marta, eshikning balandligiga 7 marta joylashganligi  uchun eshik
shkafdan baland degan xulosaga keladilar.
88 Katta guruhda bolalar uzunlik va balandlikni aniqlagan mashg’ulotning bir
qismini keltiramiz.
Tarbiyachi:   Bugun   katta   guruh   bolalari   katta   uy   qurishadi,   ular   ko’p
qurilish   materiallariga   ega   bo’lishlari   kerak.   Ularga   ayniqsa,   uzunligi   3   shartli
o’lchovga, balandligi esa 1 shartli o’lchovga teng bo’lgan brusoklar (taxtachalar)
kerak. Har biringizning oldingizda o’lchov va brusoklar  turibdi. Ularni o’lchang
va keraklilarnin ajrating. Brusokning uzunligiga nechta shartli o’lchov joylanashi
kerak.
Bolalar:  Uchta shartli o’lchov.
Tarbiyachi:   Brusokning   balandligiga   nechta   shartli   o’lchov   joylashishi
kerak?
Bolalar  Bitta shartli o’lchov
Tarbiyachi:   O’lchovlarni oling va ular bilan brusoklarni o’lchang, kerakli
brusoklarni  ajrating. (Bolalar  topshiriqlarni  bajarishdi, tarbiyachi  ba’zi  bolalarga
yordam berdi).
Miqdoriy bahoni tarkib topishi jarayonida bolalarda  ko’z bilan chamalash
rivojlanadi. Shu maqsadda bolalarni idrok qilinadigan o’lchamlarning kattaliklari
yaxshi   ma’lum   buyumlar   yoki   harakatlar   bilan   taqqoslash   (uch   qadamga   teng
uzunlik, odam bo’yicha balandlik va b.) ga o’rgatish lozim.
Shu   vaqtning   o’zida   tarbiyachi   bolalarning   e’tiborini   buyumlarning
uzunlik,   balandlik,   qalinliklari   bo’yicha   o’zgarishlariga   qaratadi.   Bu
o’zgarishlarni “bu kalta”, “qalinroq bo’ldi”, “balandroq bo’ldi” kabi so’zlar bilan
to’g’ri ifodalashga o’rgatish kerak.
Tarbiyachi   ta’lim   jarayonida   bolalar   kattaliklarning   miqdoriy   bahosi
borasida   o’zlashtirgan   bilim   va   malakalarini   taqqoslashga,   har   xil   hayotiy
vaziyatlarda   ulardan   foydalanishga   o’rgatishga   harakat   qiladi.   Bolalarning   ko’z
bilan   chamalash   malakalarini   rivojlanishiga   alohida   e’tibor   berish   kerak.
Sayllarda   bolalar   e’tiborini   masalan,   yo’l   va   yo’lkalarning   (qishloq   sharoitida),
ko’chalarning   o’tish   joylari   va   trotuarlarning   (shahar   sharoitida)   kengliiga;
balandliklari   bo’yicha   teng   yoki   har   xil   bo’lgan   daraxt   va   uylarga,   yo’g’onroq
yoki ingichkaroq daraxtlar tanalariga va boshqa narsalarga qaratish mumkin.
Ta’lim   jarayonida   bolalar   e’tiborini   miqdoriy   baholarning   nisbiyligiga,
ularning   taqqoslanayotgan   buyumlarning   kattaliklariga   bog’liq   ekaniga   qaratish
kerak.   Bu   kattalik   bahosini   ayni   matematik   jihatdan   tushunish   uchun   muhim
ahamiyatga ega.
Kuzatishlar shuni ko’rsatmoqdaki, biror seminar topshiriq shaklida berilgan
taqqoslashlarni,   masalan,   ma’lum   uzunlikdagi,   kenglikdagi,   balandlikdagi
buyumlarni   taqqoslash,   yoki   tanlash   uchun   juftini   topish   kabi   topshiriqlarni
bolalar katta qiziqish bilan bajaradilar.
Bolalar uzunligi, kengligi, balandligi  namuna sifatida berilgan buyumning
uzunligi,   balandligi,   kengligi   teng,   ya’ni   bitta   yoki   bir   necha   masofaning   turi
bo’yicha   buyumlarni   topishlari   yoki   tayyorlashlari   kerak   bo’ladigan
buyumlarning kattaliklarini tenglashga doir mashqlar shunday mashqlardir.
Bunday   topishiriqlarni   bajarishda   bolalarning   ancha   qiyin   tahlilni   amalga
oshirishlariga,   buyumlardan   qaysinisi   namuna   bilan   tenglashtirishga   to’g’ri
kelishini   o’rnatishlariga   va   buyumlarni   qaysi   yo’l   bilan   tenglashtirish   mumkin
ekanini aniqlashlariga to’g’ri keladi.
89 Bolalarni   tenglashtirishning   ikki   usulini,   ya’ni   buyumni   kichiklashtirish
yoki kattalashtirish yo’li bilan tenglashtirish usullarini  topishiga qiziqtirish uchun
harakat qilish kerak.
Buyumlar   tartiblangan   qatorining   ko’p   sondagi   buyumlar   kattaliklarini
taqqoslashga doir mashqlarga ham katta ahamiyat beriladi.
Bolalarning   o’rta   guruhda   egallagan   ko’nikmalariga   asoslanib,   biz   ularga
buyumlarni   ularning   kattaliklari   ortib   boradigan   tartibda   joylashtirishni   taklif
qilamiz.
Bolalar  dastlab   qatordagi   eng  katta yoki   eng kichik  elementni  (eng  uchun
yoki eng qisqa poloskani) topadilar.
Shundan   keyin   bolalar   qator   bo’ylab   buyumlarning   kattaliklarini   aytib
yurishadi, biz bu qatorni obrazli qilib, “zinacha” deb ataymiz: eng qisqa, uzunroq,
yanada   uzunroq,   eng   uzun   yoki   uzun,   qisqa,   yanada   qisqa   va   h.k.,   nihoyat   eng
qisqa.   Shu   yo’l   bilan   biz   tartiblangan   qator   yo’nalishi   aniqligini   ta’kidlashga
harakat qilamiz.
Qatordagi   buyumlardan   bittasi   bolalarga   ko’rsatiladi   va   uni   qo’shnilari
bilan   taqqoslash   taklif   qilinadi.   Ular   qaysi   buyum   katta   va   qaysi   buyum   kichik
ekanini   taqqoslaydilar:   qizil   poloska   ko’k   poloskadan   uzun,   ammo   yashil
poloskadan qisqaroq.
Shundan keyin buyumlardan birining kattaligini o’zidan oldingi va o’zidan
keyingi   buyumlar   bilan   taqqoslashni   o’rgatamiz   (qizil   lenta   ko’k,   sariq
lentalardan uzunroq, ammo yashil, havorang, jigarrang lentalardan qisqa).
Bir nechta mashq natijasida bolalar buyumlarning tartibi bilan joylashtirish
qoidasiga   mustaqil   kelibgina   qolmay,   balki   eng   muhimi,   tartiblangan   qator
buyumlarini kattaliklarini aniqlashdagi nisbiylikni tushunib etadilar.
Tartibi   bilan   qo’yilishi   kerak   bo’lgan   buyumlarni   qanday   tanlash   kerak,
degan   savolga   bolalar,   har   gal   qolgan   buyumlar   orasidan,   buyumlarning   qaysi
tartibda joylashtirilishiga qarab, eng uzunini yoki eng qisqasini tanlash kerak, deb
to’g’ri javob beradilar.
Bolalar   buyumlarni   tartiblashni   amalda   o’rganib   olishganidan   keyin,   biz
ular   e’tiborini   qatorning   qo’shni   buyumlari   kattaliklari   orasidagi   farqning
tengligiga qaratamiz.
Buning   uchun   oldin   qo’shni   buyumlar   kattaliklari   orasidagi   farq   o’lchov
bilan   o’lchanadi   va   istalgan   buyum   qo’shni   buyumlardan   bir   o’lchov   katta   yoki
kichik   ekani   aniqlanadi.   Shundan   keyin   buyum   qo’shni   buyumlarning   biridan
qancha katta bo’lsa, ikkinchisidan shuncha kichik bo’lishi o’rnatiladi.
Keyinroq,   xuddi   shu   maqsadda,   bir   nechta   o’lchovni   qo’yish   va   o’lchash
natijasida hosil bo’lgan sonlarni taqqoslash usulidan foydalaniladi.
Bolalar   har   xil   uzunlikdagi   beshta   poloskani   tartibi   bilan   qo’yishadi,
o’lchovni   ketma   –ket   qo’yish   bilan   ularni   o’lchashadi,   o’lchash   natijalarini
taqqoslashadi.   Har   bir   poloska   qo’shnisidan   bir   o’lchov   uzun   yoki   bir   o’lchov
qisqa ekani aniqlanadi.
Bunday  mashqlar   bir   vaqtning o’zida (ya’ni  parallel   ravishda)   bolalarning
qo’shni sonlar borasidagi bilimlarini mustahkamlash imkonini beradi.
Shunday   qilib,   tartiblangan   qator   bilan   ishlash   jarayonida   bolalar
kattalikning qator yo’nalishining aniqligi, qator qo’shni hadlari orasidagi farqning
tenglik alomatini aniqlashdagi nisbiylik kabi xossalarini tushunib egallaydilar.
90 Bu haqda bolalarning qatorni oraliq elementidan boshlab tuzish, oraliq yoki
tushirib   qoldirilgan   element   o’rinni   topish   kabi   topshiriqlarni   muvaffaqiyatli
bajarganliklari   guvohlik   beradi.   Bu   topshiriqlar   “Nima   o’zgardi?”,   “Nima   yo’q
bo’ldi?” kabi o’yinlar shaklida o’tkaziladi. Masalan, hosil bo’lgan qatorda sanoq
bo’icha qaysi poloska etishmaydi yoki sanoq bo’yicha qaysi poloska ortiqcha?
Kattalik   bilan   tanishtirishni   amalga   oshirishda   bolalarning   ko’z   bilan
chamalash   malakalarini   rivojlantirishga   katta   e’tibor   beriladi.   Katta   guruhda
oddiy ko’z bilan chamalash (katta yoki kichik buyumlarni topishga yoki berilgan
namunaga   qaraganda   kattaliklari   bo’yicha   teng   bo’lgan   buyumlarni   topish)   ga
doir   masalalar   taklif   qilinadi.   Bolalar   bu   masalalarni   oldin   ko’z   bilan   chamalab
echadilar,   undan   keyin   esa   ustiga   qo’yish   va   yoniga   qo’yish   usullaridan
foydalanib tekshiradilar.
Buyumlar  kattaliklarini  tenglashtirish,  kattaliklar  orasidagi  fraqni   topishga
doir   qiyinroq   masalalarni   bolalar   oldin   seminar   yo’l   bilan   echadilar,   ya’ni   bir
buyumni   ikkinchisining   ustiga   yoki   yoniga   qo’yib,   ortiqcha   yoki   etishmayotgan
bo’lakni aniqlash bilan echadilar.
Keyinroq   bolalar   shu   masalalarni   ko’z   bilan   chamalab   echishni
o’rganadilar.
Bolalar   maxsus   tanlangan   buyumlar   orasidan   kattaligi   bo’yicha   teng
buyumlarni   topishni   o’rganadilar,   so’ngra   esa   atrofdagi   buyumlar   orasidan
namunaga teng buyumni izlaydilar.
Buning   uchun   ushbu   mashqdan   foydalaniladi:   “Uzunligi,   kengligi,
balandligi bo’yicha teng buyumlarni top va ayt. Kattalikning to’g’ri topilganligini
shartli o’lchov bilan tekshiramiZ”.
Tartiblangan   kattaliklar   qatori   xossalarini   o’zlashtirish   asosida   tasavvurga
ko’ra   buyumlarningn   kattaliklarini   aniqlash   va   taqqoslashlarga   doir   mashqlarga
o’tamiz.   Bu   sistemani   o’rgatishda   bolalarga   bir   jinsli   buyumlar   qatorida   aniq
o’rinni egallovchi har qanday byumni topish imkonini berishini nazarda tutamiz.
Shu munosabat  bilan bolalardan u yoki bu buyum (qalam, piyola, koptok va b.)
ning kattaligi qanday deb so’raladi.
Shu bilan parallel  ravishda bolalar o’zlariga tanish buyumlar kattaliklarini
eslab   qolishga   doir   mashq   qildiriladi:   bog’chamizning   atrofidagi   devorning
balandligi   qanday?   va   h.k.   Bolalarga   har   xil,   ya’ni   lenta,   qalam   va   boshqa
buyumlar beriladi, ularda xuddi shunday o’lchamdagi boshqa yuuyumni aytishlari
talab   qilinadi.   Bunday   topshiiriqlar   beriladi:   “Shunday   ikkita   buyumni   aytki,
ulardan   biri   ikkinchisidan   baland,   uy   devoridan   baland,   past,   keng,   tor,   uzun,
qisqa deyish mumkin bo’lsin”.
Bolalar,   odatdagidek,   o’rtoqlarini   talabchanlik   bilan   tinglaydilar,
bahslashadilar,   o’z   mulohazalarini   aytadilar,   demak,   mulohaza   yuritishni
o’rganadilar.
Bolalar   olgan   bilimlar   mos   so’zlarda   mustahkamlanishi   qanchali   muhim
ekani   ma’lum.   Shu   sababli   ish   jarayonida   bolalar   nutqining   o’sishiga   katta
ahamiyat beriladi.
Bolalar   buyumlarning   kattaliklarini   to’g’ri   aytishni   o’rganadilar   (oq   sharf
tor,   qizil   sharf   esa   keng),   buyumlarni   taqqoslashda   sifatlarning   qiyosiy   va
chog’ishtirma   darajalaridan   foydalanadilar:   baland   –   past,   keng   –tor,   uzun   –
qisqa, qalin –yupqa, eng uzun.
91 Munosabatlarning   o’zaro   teskari   xarakterda   ekanligini   tushunmoq   uchun
nutqda   buyumlarning   kattaliklari   bo’yicha   o’zaro   teskari   bog’lanishda
bo’lishlarini   aks   ettirishga   o’rgatiladi:   qizil   qalam   ko’k   qalamdan   uzun,   ko’k
qalam esa qizil qalamdan qisqa.
Bunday ish bolalar bilan kattalikning bo’yicha munosabatlarini nutqda aks
ettirish ishning boshlang’ich bosqichida bolalarda qiyinchilik tug’diradi. Ana shu
erda   savollarni   aniq   qo’yishgina   emas,   balki   ularni   bo’lib   berish   ham   juda
muhimdir.   Masalan,   bolalar   qizil   va   ko’k   lentalar   uzunliklarini   taqqoslashadi:
“Eng   uzun   lenta   qaysi   rangda?”   Shundan   keyin   qiyinroq   savollarni   beramiz:
“Ko’k lentaning uo’unligi haqida nima deyish mumkin? Qizil lentaning uzunligi
haqida-chi?”.
Shundan   keyingina   umumlashtiruvchi   savollarga   o’tiladi:   “B   lentalarning
uzunliklari   haqia   nima   deyish   mumkin?”,   “Lentalarning   kattaliklarini
taqqoslang”, “Lentalar nimasi bilan o’xshash va nimasi bilan farq qiladi?”.
Qo’yilgan savolga  aniq javob olishga  erishmoq kerak. Har  xil  ish usullari
va didaktik  materialni  almashtirish  tarbiyachiga  har   qaysi   bolaning aniq  javobni
mustaqil   izlashda   mashq   qildirish   imkonini   beradi.   Bola   juda   qiynalib
qolgandagina,   o’rtog’ining   javobini   qaytarishga   ruxsat   beriladi.   Bolalar   o’zlari
bajarayotgan  ishning   mazmunini   tushunib   etganlaridagina,   ularning  tafakkurlash
qobiliyatlarini o’stirish imkoniyati yaratiladi. Ishni bajarishgina emas, balki nima
qilayotganini gapirib berish ham  muhimdir. Shu sababli bolalardan nima qilganl
arini, qanday qilganlarini va natija nimadan iborat ekanini so’zlab berishni  talab
qilish maqsadga muvofiq.
Bolalar   ishlash   usullarini   o’zlashtirib   olganlariga   qarab,   ular   ishlarni
oldindan   rejalashtirishga   majbur   qilinadi.   Masalan,   bolalarga   buyumlarning
kattaliklariga   qarab   guruhlash   topshirig’ini   berib,   oldin   kattaliklarning   qaysi
alomatlari   bo’yicha   yoki   buyumlarning   qaysi   alomatlari   bo’yicha   guruhlarga
bo’lish mumkinligini o’ylab ko’rish taklif qilinadi.
Biroz keyinroq bu topshiriq bilan bir vaqtda buni qanday bajarishni, u yoki
bu   guruhga   qaysi   buyumlar   oidligini   va   nega   shunday   bo’lishini   gapirib   berish
taklif qilinadi.
Dastlabki  shunday  tahlildan keyingina bolalar  tegishli  ishlarni  bajarishadi,
guruhlarga ajratishni amalda bajarib, o’z javoblarining to’g’riligini isbotlashadi.
Bu   xil   topshiriqlar   bolalardan   vaziyatni   sinchiklab   tahlil   qilishni,
buyumlarni   tanlash   qoidasini   oydinlashtirish   (sintez)   ni   talab   qiladi,   ularni
klassifikasiyalash,   umumlashtirish   bo’yicha   mashq   qilish   imkonini   beradi.
Demak, bolalarning mantiqiy fikrlashlarini rivojlantiradi.
O’tkazilgan   ig   natijasida   yil   oxiriga   kelib   bolalar   buyumlarning   uzunligi,
kengligi, balandligi, qalinligini yaxshi farq qiladilar, kattaliklarni taqqoslashning
har   xil   usullaridan   foydalanadilar   va   bularni   baholash   uchun   aniq   ifodalarni
qo’llanadilar,   o’z   echimlarining   to’g’riligini   isbotlay   oladilar,   buyumlarning
kattaliklarini ko’z bilan chamalab, ancha aniq topa oladilar.
Bolalar   kattaliklar   haqidagi   o’z   bilimlarini   har   xil   (tasvirlash,   o’yin,
mehnat) faoliyatlarida qo’llashlari mumkin.
Mazkur   ish   bolalarning   idrok   qilish   va   fikrlash   qobiliyatlarining
rivojlanishiga katta ta’sir qiladi. 
92 Bolalar kattalik alomatlarini ajratish va shu bilan birga, ajratilgan alomatlar
bo’yicha   buyumlarni   taqqoslay   olish,   umumlashtirish   malakalarini   egallab
oladilar.   Kattaliklar   orasidagi   o’zaro   teskari   munosabatlarni   aniqlay   olish,   bir
yoki   bir   necha   alomatiga   ko’ra   buyumlarni   tartibga   solish   va   guruhlashnin
guddasidan chiqa oladilar.
Tayyorlov guruhi
Kattalik.   Maktabga   tayyorlash   guruhida   o’quv   yili   boshida   bolalarda
buyumlarning   uzunligi,   kengligi,   balandligini   aniqlash   malakasi
mustahkamlanadi. Shundan keyin ular shartli o’lchovlar yordamida buyumlarning
uzunliklari,   kengliklari   va   balandliklarini   o’lchash   hamda   taqqoslashga
o’rgatiladi.
Bolalarga   eng   oldin   o’lchashning   ma’nosi   va   ahamiyatini   tushuntirish,
o’lchash   usullarini   ko’rsatish,   o’lchashda   amal   qilish   lozim   bo’lgan
qoidalarni  aytish kerak. Shundan keyin bola har xil obektlarni o’lchash usullarini
amalda egallaydi.
Mashg’ulotlarni   sochiluvchi   jismlarning   hajmlarini   o’lchashdan   boshlash
maqsadga   muvofiq.   Bunday   qilish   shuning   uchun   ham   maqsadga   muvofiqki,
sochiluvchi   jismlarni   o’lchash   jarayoni   masofalarni   o’lchashga   nisbatan
qiziqarliroqdir.   Bundan   tashqari,   sochiluvchi   jismlar   hajmini   o’lchash   suyuqlik
hajmini   o’lchashga   qaraganda   kam   mashaqqatlidir.   Birinchi   mashg’ulotning
ikkinchi qismida bolalarni buyumlarning uzunliklarini o’lchash bilan tanishtirish
mumkin.
Bularning   hammasi   (nimadan   boshlash)   maktabgacha   tarbiya   yoshidagi
bolaning   matematikaviy   rivojlanish   rejasida   prinsipial   emas,   ammo   mashg’ulot
o’tkazish uslubiyati uchun ahamiyatga ega.
Birinchi   mashg’ulot.   Bolalarning   kattaliklarni   shartli   o’lchov   bilan
o’lchash   haqidagi   tasavvurlarini   tarkib   toptirish.   Guruchni   o’lchash.
Lentaning uzunligini o’lchash.
  Birinchi   mashg’ulot   uchun   nima   muhim?   Bolalarga   shuni   ko’rsatish
kerakki,   sanash   uchun   o’lchash   mumkin   va   o’lchash   kerak,   o’lchamay   turib,
sanash mumkin emas. Bu o’rinda mashg’ulotda har xil kattaliklarni (sochiluvchi
va   masofali)   ko’rsatish   kerak.   Bolalarni   o’lchov   hamda   “o’lchash”   atamasining
o’zi   bilan,   bir   xil   ma’noli   har   xil   so’zlarni,   ya’ni   “o’lchashda”,   “o’lchab
bo’lishdi”, “o’lchov”  kabi so’zlarni berish orqali tanishtirish kerak.
Mashg’ulotni   stolda   turgan   qandaydir   buyumlarni   (masalan,   kubchalarni)
sanashdan   boshlash   mumkin.   Bolalar   kubchalarni   sanab   chiqishadi   va   natijaviy
sonni aytishadi: hammasi bo’lib 8 ta kubcha. Shundan keyin tarbiyachi stolga don
(bizning   mashg’ulotda   guruch)   solingan   kosani   qo’yadi.   “Bunda   qancha   guruch
borligini   qanday   bilish   mumkin?”   –   deb   so’raydi   tarbiyachi   bolalarga   murojaat
qilib. Bolalar “Qancha” savoliga javob berish uchun sanash kerakligiga odatlanib
qolishgan.   Shu   sababli   bunday   deyishadi:   “Sanash   kerak”   “Qanday   sanash
kerak?”   Ana   shu   erda   sanash   yo’llari   izlana   boshlanadi.   Odatdagi   usul   bilan
guruchni   sanab   chiqish   deyarli   mumkin   emas:   bittadan   sanab   chiqish   uzoq   vaqt
oladi.
Bolalar   eng   yaxshi   hol   “tortish   kerak”,   deb   javob   berishadi.   “To’g’ri”,
ammo   bizda   tarozi   yo’q-ku,   -   deydi   tarbiyachi.   Uyda   ham   har   doim   tarozi
bo’lavermaydi,   biz   esa   shavla   pishirishimiz   kerak.   Buning   uchun   bu   nima
93 qilamiz?”   Tarbiyachi   bitta   stakanni   olib,   uni   bolalarga   ko’rsatadi   va   so’raydi.
“Bunda   qancha   guruch   borligini   stakan   bilan   bilish   mumkinmi?   Mana
ko’rsataman”.   Stakanni   guruchga   to’ldiradi   va   bolalarning   e’tiborini   stakanning
to’laligiga qaratadi, shundan keyin guruchni bo’sh kosaga soladi va uni stol ustiga
qo’yadi.   “Bolalar,   -   deydi   tarbiyachi,   -   biz   sanoqdan   adashib   ketmasligimiz
uchun,   siz   o’z   patnislaringizga   fishkalarni,   men   esa   kubchalarni   qo’yaman.
Kosaga   nechta   stakan,   guruch   solsak,   shuncha   kubcha   va   shuncha   fshka
qo’yamiz. Shundan keyin so’raydi:
- Men necha stakan guruch soldim?
- Bir stakan.
- Men stolga nechta kubchani qo’yishim kerak?
- Bitta
- Sizlar oldingizga nechta fishka qo’yishingiz kerak?
- Bitta.
Mashg’ulot boshidayoq qilingan bunday aniqlashtirishdan keyin, tarbiyachi
bolalarning   kosaga   har   qaysi   ag’darilgan   stakan   guruch   uchun   bittadan   fishka
qo’yib   borishlarini   kuzatib   borishi   kerak.   Bu   o’rinda   mashg’ulotdagi   asosiy
moment   – o’lchashni   o’rgatish.   Bolalar   e’tiborini   chalg’itmaslik   uchun   “Men
necha   stakan   guruch   soldim?”   –   deb   so’rash   shart   emas.   Shu   bilan   birga,
stakanning,   ya’ni   o’lchovning   bir   xi l da   to’la   bo’lishini   kuzatib   borish   kerak.
Tarbiyachi   bolalar   e’tiborini   va   bajarilayotgan   ishlar   mazmuni   qanday
tushunilganini bunday tekshiradi. Ikkinchi stakan ag’darilib bo’linganidan keyin,
tarbiyachi   bolalar   e’tiborini   bu   stakanda   ham   oldingi   stakanda   qancha   guruch
bo’lsa, shuncha guruch borligiga, shuning uchun fishkani uydagi guruch ikkinchi
kosaga   to’kib   bo’linganidan   keyingina   qo’yilishi   kerakligiga   qaratadi.
Navbatdagi,   ya’ni   uchinchi   stakanga   tarbiyachi   ataylab,   yarmidan   oshiribroq
guruch   soladi,   uni   kosaga   yaqinlashtiradi,   shu   vatqtgacha   stakanlar   guruchga
to’ldirilib,   kosaga   to’kilgan   edi,   bolalar   o’lchash   natijasini   belgilash   uchun
fishkaga   cho’zilganlarini   ko’radi.   Shu   vaqtda   tarbiyachi   bolalar   e’tiborini
stakanning   to’la   emasligiga   qaratadi,   oldingi   stakanlarning   to’laligi   qanday
bo’lganligini   ko’rsatadi,   tushuntiradi,   bolalarga   shu   mashg’ulotda   belgilangan
o’lchov   bo’yicha   stakanni   guruch   bilan   to’ldirishni   taklif   qiladi,   shunga   amal
iqlish majburiyligini ta’kidlaydi, shundan keyingina bolalarga guruchni to’kish va
navbatdagi   fishkani   qo’yishga   ruxsat   beriladi.   To’rtinchi   stakanni   to’g’ri
to’ldirish, beshinchi stakanni iloji boricha uyub to’ldirish kerakki, undagi guruch
oldingilaridan ko’proq bo’lsin. Shundan keyin siz bolalarning qancha to’la bo’lsa,
shuncha   yaxshi,   kam   bo’lgandagina   noto’g’ri,   deb   hisoblab,   yana   fishkaga
vaqtidan   oldin   intilayotganlarini   ko’rasiz.   Bolalar   e’tiborini   yana   oldingi
stakanlarning   qanday   bo’lganligiga   qaratish,   ularga   guruch   ko’p   bo’lganini,
ammo   bundagidan   kam   bo’lganiga,   guruch   ko’p   bo’lganini,   ammo   bundagidan
kam bo’lganiga, guruch miqdori bir xil, ya’ni baravardan bo’lgan stakanlaringina
sanash   kerakligiga   qaratish   kerak.   Shundan   keyin   ortiqcha   guruchni   to’king   va
aytganingizdek   qiling,   so’ngra   oldin   to’rt   stakan   guruch   solingan   tog’arachaga
soling,   shundan   keyingina   bolalar   fishkani   qo’yishlari   kerak.   Oxirgi   stakanni
tog’aragacha   ag’darayotganda   tarbiyachi   bolalar   e’tiborini   yana   stakanning
to’laligiga   qaratadi,   oldingi   to’kilgan   stakanning   to’laligiga   qaratadi,   oldingi
to’kilgan   stakanlardagi   guruchlar   shunday   to’la   bo’lganinieslatadi   (o’lchash
94 uchun   6-8   stakan   guruch   olish   maqsadga   muvofiq.   Ba’zi   tarbiyachilar   bolalarni
10   gacha   sanash   bo’yicha   ko’proq   mashq   qildirish   maqsadida   16   stakan   olishni
yaxshi ko’radilar, 6-8 stakan guruch olinganda bolalar uzoq o’lchashlar va qayta
sanashlar   bilan   charchab   qolmaydilar,   biz   aytgan   momentlarning   hammasini
ko’rsatishga   ulgurish   mumkin   bo’ladi.   Shundan   keyin   bolalar   fishkalarni   sanab
chiqadilar va bizda qancha guruch bo’lganini aytishadi.
Bu   mashg’ulot   uchun   guruch   solingan   va   solinadigan   idishlar   shaffof
bo’lgani   yaxshi,   shunda   bolalar   bir   idishda   guruch   kamayib,   ikkinchisida
ko’payib borayotganini ayoniy ko’rib turadilar, ya’ni shunday qilinganda bolalar
butun   o’lchash   texnologiyasining   guvohi   bo’ladilar.   Shu   mashg’ulot   uchun   ham
shaffof stakanlar olish ma’quldir.
Endi,   hamma   guruch   o’lchanib,   bolalar   hamma   stakanlar   sonini
aytganlaridan   keyin,   tarbiyachi   istalgan   natijaga   bolalar   qanday   susul   bilan
erishganlarini   aytishi   kerak.   Shu   sababli   tarbiyachi:   “Bolalar   biz   sizlar   bilan
nimalar qildik” – deb so’raydi.
- Biz sanadik.
- To’g’ri. Sanash uchun esa biz nimalar qildik?
- Biz stakanlarga guruch soldik va uni to’kdik.
- Biz   sizlar   bilan   guruchni   o’lchadik.   Biz   o’lchadik   va   tog’arachamizda
qancha guruch borligini bildik.
Endi   guruch   faqat   stakanlar   bilan   o’lchanmasligini   [bolalar   don   (yorma)
faqat   stakanlarda   o’lchanadi,   degan   noto’g’ri   tasavvur   shakllanib   qolmasligi
uchun] ko’rsatish payti keldi. Bolalarga piyolani ko’srating va “Guruchni piyola
bilan o’lchash mumkinmi?” – deb so’rang. Bolalar javoblariga bog’liqmas holda
o’lchash mumkinligini ko’rsating, buning uchun tog’arachadagi guruchdan ikkita
piyolani to’ldirib, ikkinchi tog’arachaga ag’daring.
Endi taq si mchani ko’rsating.
- Taqsimcha bilan guruch o’lchash mumkinmi?
Odatda,   bu   savol   bolalarda   negadir   anglashilmovchilik   tug’diradi.   Ularga
taqismcha   bilan   o’lchab   bo’lmasdek   ko’rinadi,   albatta.   Taqismcha   bilan   ham
guruchni   o’lchash   mumkinldigini   ko’rsating,   ammo   biz   bu   noqulay   bo’lgani
uchun   taqsimchadan   o’lchov   sifatida   deyarli   foydalanmaymiz.   Shundan   keyin
qoshiqni   (osh   yoki   choy   qoshiqni,   yoki   ikkalasini   ham   ko’rsatish   mumkin)
ko’rsatib,   undan   guruchni   o’lchashda   o’lchov   sifatida   foydalanish   mumkinligini
namoyish   qilish   orqali   bolalarga   yuqoridagi   savollarning   o’zini   berish   kerak.
Bunda   ko’p   miqdordagi   guruchni   o’lchashda   qoshiqdan   o’lchov   sifatida
foydalanish noquslay ekanini ko’sratish, tushuntirish kerak.
Shunday   qilib,   biz   birinchi   galda   bolalarni   guruchni   har   xil   shartli
o’lchovlar   yordamida   o’lchash   bilan   tanishtirdik.   Bolalar   nima   qilganliklarini
so’zlar   bilan   “o’lchashda”,   “o’lchab   chiqishdi”   deyilishini   bilishdi.   Endi   bu
buyumlarning hammasi (guruch, stakan, piyola, taqsimcha, qoshiq) stolda qolsin,
siz esa bolalarga siroyli uzun lentani ko’rsating va ulardan “Bu lentaning uzunligi
qanday   ekanini   bilish   uchun   nima   qilish   kerak?”.   “buni   aniqlash   uchun   nima
qilish, nimani sanash kerak?” – deb so’rang.
Stolda   turgan   buyumlar   va   hozirgina   bajarilgan   ish   bolalarga   to’g’ri
javobni   aytib   beradi.   Odatda,   ular   bunday   deyishadi:   “O’lchab   chiqish   kerak”,
“Qanday qilib?” – deb so’raydi tarbiyachi va stolda turgan buyumlarni ko’rsatadi.
95 “Stakan bilan o’lchash mumkinmi?” – “Yo’q” – deb javob berishadi bolalar. “Bu
bilanchi?”   –   deydi   tarbiyachi   va   lentaning   bir   qismiga   masalan,   sakkizdan   bir
qismiga   teng   kartondan   qilingan   ingichka   tasmachan   ko’rsatadi.   (Tarbiyachi
guruchni   ham,   lentani   ham   o’lchashda   qanday   kattalikni   o’lcham   qilib   olishni
oldindan   bolalar   ishtirokisiz,   belgilab   qo’yadi,   bunda   u   o’lcham   o’lchanayotgan
narsada aniq, bir butun son marta bo’lishi kerakligini hisobga oladi).
Shundan keyin dentaning uzunligi bo’yicha doskaga gorizontal mahkamlab
qo’yish   maqsadga   muvofiq.   So’ngra   biz   guruch   bilan   qilgan   operasiyani
takrorlash   kerak,   ya’ni   bolalarga   o’lchovni   butunicha   qo’yish,   bunda   o’lchash
natijasini   fishka   bilan   belgilash   kerak   ekanini   tushuntirish   kerak   (bu   haqda
bolalarga   tushunarli   so’zlarda,   masalan,   guruch   bilan   yuqorida   tavsiflangandek
gapirish kerak). Karton tasmacha uchinchi marta qo’yilganda doskaga bo’r bilan
o’lchov   tamom   bo’lgan   joyni   emas,   balki   undan   beriroqni,   ya’ni   taxminan
o’lchovning   yarmida   chiziq   bilan   belgilab   qo’yib,   bunga   bolalarning   e’tiborini
tortish   kerak,   vaqtidan   oldin   fio’ka   qo’ymoqchi   bo’lgan   shoshqaloqlarni
to’xtatish kerak. Shundan keyin to’g’ri bajarish kerak. Shuningdek, o’sha lentani
navbatdagi o’lchashlardan birida o’lchovdan ancha katta bo’lakni belgilash kerak,
bunda   yana   bolalar   e’tiborini   shunga   qaratish   va   shundan   keyin   qanday   qilib
to’g’ri bajarishni bolalar bilan aniqlab olish kerak. Natijada bolalarining stollarida
buning  o’lchov  lenta   uzunligiga   necha   marta   butun  joylashgan   bo’lsa,   shunacha
fishka   (sizning   stolingizda   esa   shuncha   kubcha)   yotadi.   Shundan   keyin   bolalar
bilan lentaning uzunligini topish uchun nima qilganliklarini aniqlashtirish kerak.
Biz   o’lchadik   va   bu   lenta   uzunligida   mana   bunday   karton   tasmachalardan
shuncha bor. Bolalarga boshqa o’lchovlarni ham ko’rsating: qog’oz tasma, faner
tasmasi, qalam, o’lchanayotgan lentadan ancha qisqa lentacha. Bu buyumlar bilan
lentani qanday o’lchashni ko’rsating.
Shundan   keyin   o’z   stolingiz   chetiga   (yaxshi   ko’rinib   turadigan   qilib)
bolalar   bilan   bugun   o’lchagan   buyumlariningizning   hammasini   qo’ying.
Qo’lingizga   stakan   va   karton   tasmachani   oling.   Bu   buyumlar   o’xshashmi,   deb
bolalardan   so’rang.   Bolalar   ularga   qarab,   “yo’q”   deyishlari   mumkin,   bu
tushunarli.   –   “Shunday   bo’lsa   ham,   -   deydi   tarbiyachi,   -   bu   o’xshashmas
buyumlar   nimasi   bilandir   o’xshash.   Nimasi   bilan?”   Agar   bolalar   javob
berishmasa,   o’zingiz   javob   bering:   “Biz   ular   bilan   o’lchadik.   Biz   piyola   bilan
ham, qalam bilan ham, karton tasmacha bilan ham o’lchadik. O’lchadik, o’lchab
chiqdik”.   Gapirganda   so’zning   ildizi   –   o’lchash ni   ovoz   bilan   ajrating.   Shundan
keyin bolalarga ayting: “Agar men stakan haqida ham, piyola haqida ham, karton
tasmacha   haqida   ham   bular   o’lchovlar   desam,   to’g’ri   bo’ladimi,   siz   nima   deb
o’ylaysiz?   To’g’ri,   Bularning   hammasi   o’lchov,   bu   guruchni   stakan,   piyola,
taqsimcha,   qoshiq   bilan   o’lchadik.   Bu   lentani   karton   tasma,   qog’oz   tasmachi,
faner tasmasi, qalam bilan o’lchadik”. 
Birinchi   mashg’ulotda   bolalarga   berishi   kerak   bo’lgan   asosiy   masalalar
mana shulardan iborat. Ularning mustaqil roli chegaralangan bo’ladi.
Shunday   hollar   ham   bo’ladiki,   donni   yoki   suvni   birinchi   marta   o’lchash
bolalarda   qiyinchiliklar   vujudga   keltirishi   mumkin.   Stakan   bilan   o’lchanab,
boshqa   idishga   solingan   guruchni   bolalar   guruch   uyumi   (to’plami)   deb   tasavvur
qilishadi. Shuning uchun ular “Bunda necha stakan guruch bor?” – degan savolga
javob berishda qiynalishadi.
96 Birinchi mashg’ulotning ushbu variantini taklif qilish mumkin. Tarbiyachi
tog’arachadagi guruchni stakanlarga soladi. Natijada bolalar oldida stolda guruch
bilan   to’ldirilgan   va   bo’shab   qolgan   tog’aracha   bilan   bir   qatorda   stakan   paydo
bo’aldi.
Bu  holda o’lchash  natijalarini  fishka  bilan belgilamaslik  kerak,  chunki  bu
holda   sanoqdan   adashib   ketish   qiyin,   bolalar   to’g’ridan   –to’g’ri   guruchli
stakanlarni   sanaydilar.   Bu   xil   o’lchash   ko’rsatilganidan   keyin,   biz   yuqorida
aytganimizdek, shartli o’lchov – bitta stakan bilan bo’lmasligi  kerak. Yana bitta
eslatma. Bolalar o’lchovning qanday to’la bo’lishini ko’rishlari va mashg’ulotda
yanglishib   qolmasligi   uchun   (bunda   guruchni   oltita   stakanga   solib   emas,   balki
bitta   stakanga   solib   o’lchanish   holi   nazarda   tutilmoqda)   tarbiyachi   ikkita   stakan
oladi.   Guruch   bilan   to’ldirilgan   bitta   stakan   etalon   uchun   olinadi   va   butun
o’lchash davomida stolda turadi.
Biz  o’lchashga   oid  birinchi  mashg’ulot  haqida  gapirib,  dasturning  miqdor
va sanoq, shakl, fazo va vaqt bo’limlariga oid masalalar haqida to’xtalmadik. Bu
dastur   masalalalrining   bittasi   yoki   bir   nechtasi   mazkur   mashg’ulot   mazmuniga
kiradimi?   O’lchashga   bag’ishlangan   birinichi   va   ikkinchi   mashg’ulotga
dasturning boshqa masalalarini kiritmaslikni maslahat bermoqchimiz. Bolalarning
e’tiborlarini   tevarak   –atrofning   miqdori   tomonni   bilishning   yangi   usulini   –
o’lchashni o’rganishga qarating.
Baholanki,   bu   o’rinda   mashg’ulotning   tuzilishi   haqida,   bu   jarayonninng
mufassalligiga   berilmagan   holda,   ya’ni   biz   bitta   mashg’ulotga   oladigan   dastur
masalalarning   miqdori   haqida,   ularning   kombinasiyalari   haqida,   har   bir
mashg’ulotga o’yinni kiritish majburiy yoki majburiy emasligi haqida to’xtalmay
turib so’zlash o’rinli. Gap boshqa haqla, ya’ni har qanday matematik mashg’ulot
shunday   tuzilmog’i   kerakki,   unda   pedagog   stoli   yonida   ishlash,   topshiriqni
tushuntirish,   tarbiyachining   ko’sratishlari   bilan   bir   qatorda,   albatta   bolalarning
mustaqil ishlashi, o’z stolida tarqatma materiallar bilan ishlash haqida bormoqla.
Bu   ikki   qismning   (ya’ni   tarbiyachining   tushuntirishi   va   bolalarning   mustaqil
ishlari) solishtirma salmog’i har qaysi darsda har xil bo’ladi. Chunonchi, yuqorida
tavsiflangan   o’lchashga   doir   birinchi   mashg’ulotda   asosan   tarbiyachi   ishladi,
bolalar   uning   o’lchash   natijalarini   fishkalar   bilan   qayd   qilib   bordilar.   Bu   hol
o’zini   oqladi.   Ikkinchi   mashg’ulotda   biz   eslatib   o’tgan   qismlarning   solishtirma
salmog’i   keskin   o’zgaradi.   Endi   asosan   bajarib,   ishlaydilar.   Tarbiyachi   ularning
ishlarini nazorat qilib, so’z bilan, ko’rsatish bilan yordam beradi.
Ikkinchi   mashg’ulot.   Navbatdagi   (uchinchi,   to’rtinchi   va   b.)
mashg’ulotlarni   tavsiflashda   bunday   mufassal   to’xtalmaymiz.   Ikkinchi
mashg’ulot   esa   bolalarda   o’lchash   malakalarini   tarkib   toptirish   uchun   prinsipial
jihatdan muhim.
Bolalarning   stollarida   har   qaysi   bola   uchun   yog’och   idish   (unda   don
bo’ladi), taqsimcha, ong qoshiq, cho’p (yoki fishkalar nabori) qo’yilgan bo’ladi.
Tarbiyachi oldindan stakanlarga besh osh qoshiqdan don solib qo’yadi. Ammo bu
haqda   bolalarga   indamaydi.   Tarbiyachining   stolida   ham   o’sha   buyumlar   turadi.
Mashg’ulot   tog’arachadagi,   qog’oz   xaltadagi   don   miqdorini   qanday   aniqlashni
oydinlashtirishdan boshlanadi. Bolalar o’lchash haqida, o’lchov haqida eslaydilar.
Tarbiyachi   bir   qoshiq   donni   qanday   to’lalikda   olishni   ko’rsatadi.   Shu  maqsadda
o’z idishidan ikki osh qoshiq don olinadi va cho’tning ikkita toshi surib qo’yiladi.
97 Bolalar   ham   mustaqil   o’lchanayotganlarida   har   bir   qoshiq   olinib.   To’kilganidan
keyin   cho’tning   bitta   toshini   surib   qo’yishlari   kerak   bo’ladi.   Tushuntirib   va
ko’rsatib bo’linganidan keyin bolalarishlashga kirishmoqlari mumkin. Tarbiyachi
boallarning   ishlarini   kuzatib   turadi,   ammo   har   bir   bolaga   qoshiqni   qanday
to’ldirishni   ko’rsatmaydi.   U   so’z   bilangina   eslatib   turadi,   ya’ni   og’zaki   eslatib
turadi:   “Esingizdami,   men   sizga   qoshiqqa   qancha   don   solishni   ko’rsatgan   edim,
yana esingizdami, hamma qoshiqlarni bir xil to’ldirish kerkligini aytgan edim”.
Bolalar   dastlab   xato   qiladilar,   anglashadilar.   O’lchash   jarayoni   ularni
o’ziga   jaob   qiladi,   shu   sababli   ular   o’lchash   mazmuniga   kiradigan   hamma
komponentga   ham   alohida   e’tibor   bermaydilar.   Odatda   ular   qoshiqqa   qancha
guruch   olinganidan   qat’i   nazar,   qoshiqda   qo’l   bilan   bajarilgan   harakatlar
miqdorini sanaydilar. Birinchi mashg’ulot uchun bu qayg’uli hol emas, chunki bu
hol   tarbiyachiga   mashg’ulot   natijalarini   qarayotganda,   ya’ni   to’ri   o’lchashning
afzalligi eng ayoniy bo’lgan paytda bolalarning xatolariga e’tibor berish imkonini
beradi.   Keyingi   hamma   mashg’ulotlar   davomida   o’lchovning   to’la   bo’lishini
kuzatib   borish   kerak.   Bolalarning   birinchi   o’lchashlarida   xato   qilishlari   turgan
gap   bo’lgan   holda   qiyin   ahvoldan   qanday   chiqish   kerak?   Biz   o’tkazgan
mashg’ulotlardan misol keltiramiz.
Donni   qanday   o’lchash   tushuntirilganidan   keyin,   bolalar   ishlashga
kirishadilar.   Idishlardagi   donni   taqsimchaga   to’kishadi,   har   gal   natijani   cho’tda
belgilab   borishadi.   Mashg’ulot   davomida   o’lchovning   to’la   bo’lishi   kerakligini
bolalarga   eslatib   turdik,   ammo   hozircha   eslatish   ish   boshlash   uchun   yo’llanma
ema   sedi,   shunga   ko’ra   bolalar   cho’t   donalarini   surishardi.   Natijada   Anvarda   5
dongina   surildi,   Samadda   hatto   20   ta   soqqa   bo’ldi,   boshqalarda   ham   anchagina
soqqa   surildi,   Biz   Anvardan   stakanida   qancha   don   borilini   so’radik,   ammo   u
togan   natija   boshqalarnikidan   shunchalik   kam   ekanidan   jula   siqilib,   javobni
eshittirib   aytishni   xohlamadi   va   tarbiyachining   o’zigagina   aytish   uchun   javob
so’radi. Boshqa bolalarning o’lchash natijalarini oydinlashtirdik: kimda 7, kimda
13, kimda 26 chiqqanini so’radik. “Endi esa, - dedi tarbiyachi, - men sizlarga sirni
ochib beraman: har qaysi idishda besh qoshiqlangina don bor edi. Bittagina aniq
javob bunday bo’lishi mumkin: “Mening stakanimda 5 qoshiq don bor”.
Anvar   o’rindan   turib,   baland   tovush   bilan   aytdi:   “Men   to’g’ri   topdim,
mening bokalimda 5 qoshiq don bor. Men buni o’lchab bildim. Men qoshiqqa siz
ko’rsatgandek, miqdorda don soldim”.
Endi, nega shunchali har xil javob chiqqanini bolalarning o’zlari qanchalik
tushunganliklarini   aniqlash   muhim   edi.   Shu   tufayli   tarbiyachi   bolalarga   tegishli
savollarni berdi, Mana ularning javoblari.
Lola.   Saidda   shuncha   qo’y   chiqishining   sababi,   u   qoshiqlarni   to’ldirmay
olabergan   va   cho’tda,   qoshiqlarni   donga   to’la,   deb   hisoblab,   donalarni
surabergan. Buning ustiga u nomdagi guruchlarni ham terib olgan va taqsimchaga
solgan, buni to’la qoshiq, deb hisoblab donalarni surabergan.
Gulnora.   Menda   7   qoshiq   bo’ldi,   chunki   men   qoshiqni   juda   to’ldirib
olishga qo’rqdim va menga siz qancha olgan bo’lsangiz shuncha olgandek bo’lib
tuyuldi,   aslida   esa   men   kamroq   olgan   ekanman,   shu   sababli   menda   olingan
guruch   miqdori   5   emas,   ozgina   ko’p   –   7   qoshiq   bo’ldi.   Shunday   qilib,   ko’rib
turibmizki,   bolalar   faqat   o’rtoqlarining   ishlarnigina   emas,   balki   o’zlari   bajargan
ishlarini ham tahlil qila olishar, sabab bog’lanishlarini topa olar ekanlar.
98 Tarbiyachi mashg’ulot oxirida bolalar e’tiborini yana o’z stoliga qaratadli.
Stolda   suv   solingan   grafin   turibdi.   Suv   sezilib   turishi   uchun   unga   ozgina   rang
berish   maqsadga   muvofiq.   Grafni   bilan   stakan   ham   turadi.   Tarbiyachi   bolalarga
suvni   qanday   o’lchashni   ko’rsatadi,   tushuntiradi.   Bu   ish   bajarilish   texnikasiga
ko’ra,   sochiluvchi   jismlarni   o’lchashni   eslatadi,   shu   sababli   tarbiyachining   o’zi
ko’p   emas,   ikki   stakan   o’lchaydi,   bolalar   o’z  stollariga   tegishli   miqdorda   fishka
qo’yadilar.   Tarbiyachi   qolgan   suvni   o’lchash   uchun   bir   qancha   bolani   bittadan
(yoki   ikkitadan)   chaqiradi,   qolgan   bolalar   o’z   stollariga   fishkalar   qo’yish   bilan
o’lchash natijalarini belgilaydilar.
Shu bilan ikkinchi mashg’ulot tamomlanishi mumkin. Nechta stakan olindi
va   aynan   nechta   yog’och   idish   olindi?   Stakanlar   yog’och   bo’lishi   shart   emas
plastmassa   bo’lsa   ham   bo’laveradi,   ammo   shaffof   bo’lmasligi   kerak.   Shisha
stakan   to’g’ri   kelmaydi,   chunki   bolalar   moddalar   miqdorining   bir   xil   sathda
ekanligini   ko’radilar   va   o’lchashni   o’z   qshinlarining   “javobiga   to’g’rilash”ga
harakat   qiladilar,   aslida   esa,   hammadan   don   sathi   bir   xil   ekanini   oldindan
ko’rmasdan, har qaysi  bola o’zi o’lchashni  o’rganishi  muhimdir. Nega stakanlar
olinadi?   Baland   idishdan   bolalar   guruchni   qoshiqqa   oson   oladilar,   uncha
sermehnat emas, bolalar e’tiborini o’lchashning barcha shartlarini bajargandagina
jarayonning o’zida to’playdilar, ortiqcha qiyinchiliklarga uchramaydilar.
  Bolalarning   ko’nikmalari   mustahkamlanib,   avtomatlashgandan   keyin
suyuq   yoki   sochiluvchi   moddalarni   o’lchash   mashg’ulotlarga   kiritiladi,   ana
o’shanda yassi idishlar yordamida o’lchashlarni ham qarash mumkin bo’ladi.
Mashg’ulotlarda   suyuqliklarni   yoki   sochiluvchi   moddalarni   o’lchashlarda
bolalar e’tiborini shunga tortish kerakki, o’lchashning boshida suyuqlik yoki don
ko’pligida   stakan   yoki   qoshiq   (umuman,   biz   nima   bilan   o’lchamoqchi   bo’lsak,
o’sha)   ixtiyorsiz   to’la   bo’lishiga,   o’lchashning   ozirida   esa,   stakan   yoki   qoshiqni
to’ldirish   ancha   mushkul   bo’ladi,   shu   sababli   ular   etarlicha   bo’lmasliklariga
qaratish   kerak.   Bolalar   bu   qiyinchilikni   eslarida   tutishlari   va   o’z   ishlarida   bir
tekislikni, o’lchashning boshida ham,   oxirida ham o’lchovlarning bir xilda to’la
bo’lishlariga amal qilgan holda, saqlashlari muhimdir.
Bolalarni   o’lchashga   o’rgatishga   ketma-   ket   7-9   mashg’ulotni   ajratish
kerak. Shundan keyin mashg’ulotga dasturning boshqa masalalari davriy ravishda
kiritib turiladi.
Bolalarni   yana   nimaga   o’rgatish   kerak?   Ularni   buyumlarning   uzunligi   va
kengshligini o’lchashga o’rgatish kerak. Bunda ushbular o’lchanadigan buyumlar
bo’lishi  mumkin:  har   xil   shakldagi  va  har   xil  rangdagi   qog’oz  varaqlari;   bolalar
va   kattalar   uchun   stollar   (bunda   bolalar   stolni   o’lchaganda   nafaqat   uning
uzunligini   va   kengligini.   Balki   balandligini   ham   o’lchaydilar);   bular   har   xil
uzunlikdagi lenta va arg’amchilar bo’lishi mumkin va h.k.
Har   bir   predmetning   uzunligi   va   kengligi   bir   o’lchovning   o’zi   bilan
o’lchanishi muhimdir, shunday bo’lganda bolalar o’lchash natijasida predmetning
uzunligi   kengligidan   qancha   ortiq   ekanini   ayta   oladilar.   Bu   ma’lumotni
aniqlashda ularga fishkalar ham yordam beradi.
Qog’oz   varag’i   uzunligini   shartli   o’lchov   yordamida   o’lchashda   bolalar,
masalan, ko’k doirachalarni, varaqning kengligini o’lchaganda qizil doirachalarni
qo’yadilar.   Shundan   keyin   ko’k   doirachalarni   ham,   qizil   doirachalarni   ham
99 sanashadi,   qaysi   doirachalar   ko’pligini   aniqlashadi   va   tarbiyachining   ushbu
savoliga javob berishadi: “Nima uzun va qancha uzun?”.
Bolalar   o’lchashni   etarli   darajada   egallab   olgunlaricha   va   sanoqda
yanglishmaydigan   bo’lgunlariga   qadar   o’lchash   natijalarini   belgilovchi   fishkalar
ishlatila beriladi.
Buyumlarning   uzunliklari   va   kengliklarini   o’lchashni   to’g’ri   to’rtburchak
shaklidagi qog’oz varag’idan boshlash qulay. Bunda tarbiyachi oldindan kenglik
va uzunlikni qoldiqsiz, aniq son marta joylashadigan o’lchovni (masalan, karton
tasmachani)   tanlab   qo’yadi.   “Qoldiq”   qoladigan   o’lchashdan   ham   qo’rqmaslik
kerak, bu shunday o’lchashni, masalan, o’lchov 4 marta to’la doylashadi va yana
ozgina   o’lchanmagan   joy   qoladi.   Bolalar   bunday   holda   qancha   qolganini
qo’llarida   yoki   o’lchov   yordamida   ko’rsatishlari   kerak.   Ammo   bu   xil
o’lchashlarni bajarishga shoshilmaslik kerak.
Bolalarni   buyumlarning   uo’unlik   va   kengliklarini   har   xil   kattalikdagi
o’lchovlar bilan o’lchash bo’yicha mashq qildirish kerak. Bolalar qog’oz varag’i
uo’unligi   va   kengligini   karton   tasmacha   bilan   o’lchab   bo’lganlaridan   keyin   va
o’lchov   necha   marta   to’la   joylashganini   aniqlab   olganlaridan   keyin,   tarbiyachi
bolalarga   shartli   o’lchov   sifatida   oldingisidan   ancha   katta   tasmani   taklif   qilishi
kerak.   Bolalar   o’sha   qog’oz   varag’ini   o’lchaydilar,   o’lchash   natijasida   mutlaqo
boshqa,   oldingilaridan   ancha   kichik   sonlar   hosil   bo’ladi.   Nega?   O’lchanayotgan
kattalik   o’lgarmagani   holda   sonlarning   o’lchov   kattaligiga   bog’liqligiga,   bu
qonuniyatga   bolalar   e’tiborini   odddiygina   qaratish   emas,   balki   shunday
tushuntirish muhimki, bu qonuniyatlar ular uchun tushunarli bo’lsin. Bu bolalarni
sistematik   ravishda   mustaqil   mashq   qilishlari   natijasida   tushunarli   bo’ladi.
Bolalar   har   xil   kattalikdagi   o’lchovlar   bilan   nafaqat   qog’oz   varag’i,   stollar   va
boshqa   narsalarni   o’lchashlari,   balki,   suvni,   donlarni   o’lchashlari   va   har   qanday
holda ham varag’lar o’sha – o’sha, don miqdori o’zgarmay qolganiga, ammo bir
holda   o’lchov   masalan,   besh   marta   joylashganiga,   boshqa   bir   holda   o’n   marta
joylashganiga,   uchinchi   holda   esa   hammasi   bo’lib   ikki   marta   joylashganiga   va
ularning   hammasi   o’lchovlar   har   xil   bo’lganligi   sabab   ekaniga,   o’lchov   qancha
katta   bo’lsa,   shuncha   marta   kam   sonda   joylashganiga,   va   aksincha,   o’lchov
qancha kichik bo’lsa, shuncha marta ko’p son qadar joylashganiga ishonch hosil
qilishlari   kerak.   Yana   shuni   ham   namoyish   qilish   muhimki,   idishdagi
suyuqlikning balandligiga qarab, uning hajmi  haqida fikr yuritish mumkin emas.
Bizga suv ko’pdek ko’ringanda ham, haqiqiy holni bilib olish uchun har doim bir
xil   o’lchov   bilan   o’lchash   kerak.   Buni   bolalarga   konkret   (aniq)   misollarda
ko’rsating:   tarbiyachining   stolida   ikkita   yarim   litrli   bankada   sut   turibdi.   Bolalar
sutlarni qarab, bakalar ham bir xil, ulardagi sust ham teng ekaniga ishonch hosil
qiladilar.   Shundan   keyin   tarbiyachi   bir   bankadagi   sutni   baland   va   ingichka
shishaga quyadi, ikkinchi bankadagi sutni esa keng kostryulkaga quyadi.
Ikkala   idishdagi   sut   miqdori   teng   bo’lishiga   qaramay,   suyuqlik   sathi   tez
o’zgardi. 
Shunday   qilib,   bolalarni   shartli   o’lchov   yordamida   don   va   suyuqlik
hajmini,   buyumlarning   uzunlik   va   kengliklarini   o’lchashga   o’rgatdik.   Bu
mashqlarning   hammasini   bajarish   natijasida   bolalar   u   yoki   bu   buyumning
uzunligi   qanday   ekanini   ko’z   bilan   chamalab   aniqlab   olishni   o’rganishadi.   Bu
haqiqatda   ham,   shunday   ekaniga   ishonch   hosil   qilish   uchun,   tarbiyachi
100 mashg’ulotlarning birida bolalarga lenta va qog’oz poloskani ko’rsatadi hamda bu
qog’oz poloska denta uzunligiga necha marta joylashishini ko’z bilan aniqlashni
taklif   qiladi.   Bolalar   u   yoki   bu   soni   ko’rsatishadi.   Shundan   keyin   tarbiyachi
lentani o’lchaydi, bolalar esa hato qilganliklari yoki qilmaganliklarini ko’rishadi.
Agar   mashqlar   etarli   bo’lgan   bo’lsa,   xatolar   sodir   bo’lmaydi.   Bolalarga
buyumlarning   o’zini   har   xil   kattalikdagi   o’lchovlar   bilan   ko’zda   chamalab
o’lchashni mashq qildirish ma’qul, bunda har gal xuddi shu o’lchovni ko’z bilan
chamalashni haqiqiy o’lchash bilan tekshirib turilishi kerak.
Taxminan   ettinchi   mashg’ulotdan   boshlab,   buyumlarni   teng   qismlarga
qanday bo’lishni o’lchashdan foydalanib, bolalarga o’rgatish  kerak.
Uch,  besh,  ettita teng  qismga  qanday  bo’lish  kerak?  Juda  oson.  Bolalarga
shartli   o’lchov   bilan   o’lchashni   o’rgatishda   o’lchov   buyumga   (xususiy   holda
qog’oz   varag’iga)   uch   marta   ham,   besh   marta   ham,   etti   marta   ham   joylashish
hollari bo’ldi, albatta. Bolalar varaqning uzunligi bo’yicha o’lchovni qo’yib borar
ekanlar, har gal o’lchov tugagan joyga qalam bilan nuqta qo’yadilar, so’ngra shu
nuqtadan o’lchovni yana qo’yadilar va h.k. 
Biz qog’oz varag’ini buklab, shu bukilgan chiziq bo’yicha qirqib, uch, besh
yoki etti shuningdek, ikki, to’rt, olti, sakkiz va h.k. qismga ega bo’lamiz.
Har   xil   qismlarning   kattaliklarini   taqqoslash   muhim.   Bolalar   ushbu
savollarga qiziq – qiziq javoblar berishadi: “Sen nima deysan. Yettidan bir qism
kattami yoki uchdan bir qismmi?”. Ko’pincha bunday javob berishadi: “Albatta,
ettidan   bir   katta”.   Biz   bolalarga   ko’rsatadigan   va   bolalarning   o’zlari   qo0oz
varaqlarini   (bunda   hamma   varaqlar   teng)   uchta,   beshta   va   ettita   teng   qismga
bo’lishga   oid   mashg’ulotda   biz   bolalardan   uchdan   birni   va   ettidan   birni
ko’rsatishni,   qaysi   varaq   katta   ekanini   taqqoslab   aytishni   so’raymiz.   Bunda   farq
anchagina   bo’lsa   ham,   bolalar   bunda   xato   qilmaydilar,   ular   uchdan   bir   ettidan
birdan katta ekanini to’g’ri aniqlaydilar.
Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarning   olgan   bilimlari   o’yinlarda   va
o’yin –mashqlarda puxtalanadi. Masalan, “Qog’irchoqni kiyintir” o’yinida ularga
qo’g’irchoqning   balandligini   o’lchash   va   rangli   qog’ozdan   unga   mos   uzunlikda
ko’ylak   bichish   taklif   qilinadi.   Bolalarga   kitoblarni   yamash   uchun   tayyorlash
topshirig’ini   berish   mumkin.   Ular   qog’oz   varag’i   o’lchovini   olishadi.   Bola
varaqni o’lchaydi va qancha zagotovka tayyorlash mumkinligini aytadi, shundan
keyin ularni qirqadi.
Nazorat savol va topshiri q lari:
9. Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   har   xil   yoshdagi   guruhlarda   buyumlarning
o’lchami bilan tanishtirish (mashg’ulotlardan qismlar ko’rsatish).
10. Bolalarni kattalikni o’lchashga o’rgatish
11. Har   xil   yoshdagi   guruhlarda   bolalarni   buyumarning   o’lchamlari   bilan
tanishtirish uchun didaktik o’yinlardan foydalanish.
12. Bolalar   bog’chasida   mashg’ulotlar   o’tkazish   uchun   material   tanlashga
qo’yiladigan talablar.
101 .  
102 17-MA'RUZA: MTTDA KICHIK VA O’RTA GURUHLARDA
GEOMETRIK SHAKLLAR BILAN TANISH TIRISH
Reja:
1. Bolalarning (xususiy kuzatish materiallaridan foydalanib) buyumlarning
shakli va geometrik figurani idrok qilish xususiyatlari.
2. Buyumlarning   shakli   va   geometrik   figuralar   haqidagi   bilimlarning
maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   sensor   va   aqliy   rivojlanishidagi
ahamiyati.
3. Har   xil   yosh   guruhlarida   bolalarni   buyumlarning   shakllari   va   geometrik
figuralar bilan tanishtirish
Tayanch   so’zlar   va   iboralar:   mashg’ulot   geometric   figura,   buyumlar,
tasavvur, taqqoslash, dumaloq buyumlar, farqlash.
Bolalar   bog’chasida   bolalarda   geometrik   figuralar   haqidagi
tasavvurlarning shakllantirilishi.
Matematika  mashg’ulotlarida bolalar   eng sodda  geometrik  figuralar  bilan,
ularning   ba’zi   xossalari   bilan   tanishadilar,   buyumlarni   geometrik   etalonlar   bilan
taqqoslash   asosida   ularning   (buyumlarning)   shaklini   tahlil   qilish   va   baholashni
o’rganadilar.
Bolalar   asta   –sekin   shakl   haqidagi   umumiy   tasavvur   shakllanadi,   bunday
tasavvur   maktabda   geometriya,   chizmachilik   kabi   fanlarni   o’zlashtirish   uchun
asos bo’ladi.
Ikkinchi kichik guruh
Uch   yoshli   kichkintoylar   dumaloq   buyumlarni   va   burchaklari   bor
buyumlarni farq qilishga, ya’ni buyumlarning shakllarini elementar tahlil qilishga
o’rgatiladi.
Qarash   uchun   geometrik   shaklga   ega   bo’lgan,   detallari   yo’q   oddiy
shakldagi  buyumlar  tanlanadi. Buning uchun daslab, har  xil  rangdagi, ammo bir
xil   shakldagi,   bir   xil   buyumlardan,   masalan?   Uchburchak,   kvadrat,   to’g’ri
to’rtburchak   shaklidagi   bayroqchalardan   foydalanish   maqsadga   muvofiq,   bu
kichkintoylarga shakl alomatini ajratishga yordam beradi. Shundan keyin har xil
rangli   bir   xil   buyumlarni   sodda   shakldagi   istalgan   buyumlar   (koptok,   ip   koptok
g’ildiraklar) ni berish mumkin.
Tarbiyachi   bolalarga   buyumlarning   shakllarini   payqash   –   harakat   yo’li
bilan,   “shakl”   so’ziga   urg’u   bergan   holda   tahlil   qilishni   o’rgatadi.   U   buyum
konturi (tashqi ko’rinishi) ustidan qo’lini o’tkazib “dumaloq” (g’ildirak), - deydi.
Bolalarni   birgalikda   harakat   qilishga   jalb   qilish   muhim   ahamiyatga   ega.
Kichkintoylar   tarbiyachining   qo’l   harakatini   kuzatib,   xuddi   shunday   harakatni
haqoda   bajarishga   “yordam”   berishadi.   Buyum   konturi   ustidan   qo’l   yoki
ko’rsatkich   barmoq  aylantirib  chiqiladi.   Har   galgi   harakat   buyum   ustidan   qo’lni
tekkishib   chiqish   bilan   tugaydi,   shunday   qilinmasa,   shakl   haqidagi   tasavvur
kontur chizig’i bilan bog’lanib qolishi mumkin.
Tarbiyachi   bolalarda   buyumlar   konturini   o’rab   olish,   ularni   qo’l   bilan
qamrab olish, qo’lni sirt bo’yicha siypalab chiqish, buyumlarni dumalatish, ularni
har   xil   holatga   qo’yish   istagini   uyg’otadi.   Natijada   yumaloqlangan   va   burchakli
buyumlarning xossalarini (turgun, turg’un emas va h.k.) topadilar.
“Shakli bo’yicha o’xshashlarini tanla” kabi o’yin mashqlardan foydalanish
mumkin.   Chaqirilgan   bola   o’z   buyumini   tekshirib   chiqib,   uni   shu   shakldagi
103 buyumlar   turgan   stolga   o’tkazib   qo’yishi   kerak.   Keyinroq   bolalar   buni   mustaqil
bajaradilar,   masalan,   o’z   stollari   yonida   o’tirgan   hollarida   har   xil   shakldagi
buyumlarni   ajratib   qutilarga   solishadi:   bir   qutiga   dumaloq   (dioarviy),   ikkinchi
qutiga burchakli (burchaklari bo’lgan) buyumlarni solishadi.
Ikkinchi   kichik   guruhda   bolalar   doira   va   kvadrat   bilan   tanishtiriladi.
Buning   uchun   tarbiyachi   dastlab   har   bir   bolaga   2   tadan   geometrik   figura,
masalan,   qizil   doira   va   yashil   kvadrat   beradi   (tarbiyachining   o’zida   ham   shular
bo’ladi).  Tarbiyachi  bolalarga  2  ta  figuradan   bittasining  nomini   aytmagan  holda
ko’rsatadi   va   ulardan   xuddi   shunday   figurani   topish   va   ko’rsatishni   so’raydi.
So’ngra   ikkinchi   figurani   ko’rsatib,   bolalardan   o’z   stollaridan   xuddi   shunday
figurani   topib   ko’rsatishni   so’raydi.   Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarni
geometrik figuralar bilan tanishtirish metodikasida buyumlarni payqash – harakat
yo’li bilan tekshirish usullariga o’rgatish muhim ahamiyatga   egayu buni qanday
bajarishni   tarbiyachi   ko’rsatadi:   u   bolalarni   birga   ishlashga   jaob   qilgan   holda,
buyum   konturi   ustidan   bir   necha   marta   ko’rsatkich   barmog’ini   yuritib   chiqadi
(bola har bir figura konturi ustidan qo’lini yuritib chiqadi). Bunda u figura nomini
aytadi.   Ikkinchi   mashg’ulotda   bolalar   tarbiyachining   har   bir   geometrik   figura
konturini   hosil   qilayotgan   qo’l   harakatini   kuzatishadi.   Shundan   keyin   o’zlari
figura   konturi   bo’yicha   barmoqlarini   yuritib   chiqib,   uning   nomini   aytishadi.
Bolalarni  kontur  ustidan  barmoq  yuritib chiqish  bo’yicha  mashq  qildirish  uchun
2-3 ta doira, kvadrat tasvirlangan kartochkalardan ham foydalanish mumkin.
O’z   tarbiyalanuvchilarini   doira   va   kvadratni   ajrata   olish   bo’yicha   bir
necha   marta   mashq   qildirib,   tarbiyachi   bolalarni   figuralar   bilan   aktiv   harakat
qilishga (qo’lga olish, bir birining ustiga qo’yish, qator  qilib qo’yish) chorlaydi.
Bu bolaga geometrik figuralarning nomlari va shakllarini eslab qolishga yordam
beradi.
Keyingi   mashg’ulotlarda   tarbiyachi   o’zidagiga   qaraganda   kichik
o’lchamdagi, ammo rangi bir xil bo’lgan doira va kvadratlarni beradi, so’ngra esa
namunadan o’lchami ham, rangi ham fraq qiladigan doira va kvadratlarni beradi.
Bolalarning doira va kvadrat haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash uchun
(Doirani   o’ng   qo’lingga   ol”,   “Kvadratni   chap   qo’lingga   ol”,   “Qo’lingda   turgan
narsaning nomini ayt”, “Hamma doiralarni yuqori poloskaga, hamma kvadratlarni
pastki poloskaga qo’y” kabi topshiriqlardan, shuningdek “top –chi, haltada nima
bor”, “Juftini top”, “O’z uyingni top” kabi o’yinlardan foydalanish mumkin.
Bunday   topshiriqlarga   mashg’ulotning   bir   qismini   ajratish   kerak,   qolgan
vaqtda esa doira va kvadratlardan ko’rsatish uchun xizmat qiladigan va tarqatma
material sifatida foydalanib, buyumlar to’plamini yoki bitta buyumni topish, yoki
yoniga   qo’yish   yo’li   bilan   buyumlar   guruhlarini   taqqoslash   kabi   mashqlarga
bag’ishlash mumkin. Bolalarni buyumlarni ularning tasvirlari bilan mos keltirish
bo’yicha (“Buyum  va uning tasviri”, “Bizning tomorqa” kabi  o’yinlarda)  mashq
qildirish ham foydali.
Oxirgi   o’yinda   bolalar   buyumning   kontur   va   yassi   tasviri   orasidagi
moslikni   idrok   qilishni   mashq   qiladilar.   Buyumlar   shaklini   obstrakt   geometrik
figuralar   bilan   taqqoslash   kichkintoylar   uddalay   oladigan   ish.   Bolalar   geometrik
figuralarni har qanday buyumni – koptokni, g’ishtni va boshqa narsalarni qanday
idrok qilsalar, shunday idrok qiladilar.
104 Binobarin, bolalar qurilish komplektlarida, mazaikalarda har xil geometrik
figuralar   bilan   doimo   har   xil   rangli   va   har   xil   o’lchamli   bo’lishi   mumkinligini
tushuntiradi.
O’rta   guruhda   tarbiyachi   bolalarda   har   xil   shakldagi   figuralarni   idrok
qilish   tajribasini   to’plashni   davom   ettiradi.   Bolalar   ikki   –   esh   qismdan   iborati
sodda va murakkabroq shakldagi  buyumlarni  ko’zdan kechirishadi  va rasmlarini
chizishadi,   ularni   loy   va   plastilindan   yasashadi,   bunda   qismlarning   shakli
hozircha geometrik etalonga yaqin bo’ladi (bular piyola, jo’ja va boshqa narsalar
bo’lishi mumkin).
O’rta   guruhda   tarbiyachi   predmetlar   shaklini   sezish   –   harakat   va   ko’rish
bilan –tekshirishni tashkil qiladi. Tekshirish natijalari dumaloq (dioarviy), to’g’ri
to’rtburchak shaklida kabyui so’zlar bilan mustahkamlanadi. 
Bu   guruhda   “Buyum   o’zi   haqida   nima   deydi?”,   “Qismlariga   ko’ra
buyumning   o’zini   bil”,   “Buyumlar   dominosi”   kabi   o’yinlardan   va   shuningdek
kubchalar, qirqma rasmlardan foydalanish mumkin.
Geometrik   obrazlar   haqidagi   dastlabki   ma’lumotlarni   bolalar   o’yinlardan,
mehnatdan, kundalik hayot (turmush) dan oladilar. Ular tarbiyachiga taqlid qilib,
mozaikalar va qurilish materiallari komplektiga kiruvchi u yoki bu buyum nomini
aytadilar. Ularning xossalari bilan amalda tanishadilar.
Matematika   mashg’ulotlarida   sanoqqa   o’rgatish   uchun   doiralar,
uchburchaklar   va   boshqa   narsalardan   ko’rsatma   material   sifatida   foydalaniladi.
Bolalar figuralar miqdorini aniqlab, ularni aytishadi.
Mashg’ulotlarda   bolalarni   dioar,   kvadrat,   uchburchakning   ba’zi   belgilari
bilan, keyinroq esa,   to’g’ri   to’rtburchakning  belgilari  bilan  tanishtirish,  figuralar
har xil o’lchamli va har xil rangli bo’lishini ko’rsatish kerak.
Bolalar   tarbiyachi   bilan   birga   katta   o’lchamli   (diametri   15sm)   figuralarni
qarashadi, kichik o’lchamdagi xuddi shu figuralarni ko’rsatishadi.
Bolalarga   o’z   konvertlaridagi   figuralarni   ajratish   va   ular   qanday   ifguralar
ekanini va qanchaligini aytish taklif qilinadi.
Tarbiyachining   topshirig’iga   binoan,   bolalar   figuralarning   kattaliklari
bo’yicha   ortib   va   kamayib   borish   tartibida   joylashtiradilar,   har   xil   figuralarning
miqdorlarini taqqoslab, qaysi  figuralar kam, qaysi  figuralarning miqdori barobar
ekanini aniqlaydilar. 
Birinchi   mashg’ulotda   bolalarga   figuralarning   bir   xil   komplekti   beriladi,
keyingi   mashg’ulotlarda   esa,   har   qaysi   bola   figuralarning   shunday   komplektini
oladiki, unda figuralarning miqdori, rangi va o’lchami har xil bo’ladi.
Tarbiyachining   ko’rsatmasiga   binoan,   bolalar   figuralarni   ikki   poloskali
kartochkalarga   shakli,   rangi,   kattaligi   bo’yicha   joylashtiradilar,   so’ngra
poloskalarning har qaysisisdagi figuralar miqdorini taqqoslaydilar.
Shunday mashg’ulotlar o’tkaziladiki, ularda bolalar kvadratlar bilan to’g’ri
to’rtburchaklarni taqqoslaydilar va ularning ba’zi xususiyatlari bilan tanishadilar.
Masalan,   tarbiyachi   bolalarga   kvadrat   va   to’g’ri   to’rtburchak   olishni,   navbati
bilan ularning konturlaridan barmoqlarini yuritib chiqishni va ular nimalari bilan
farq qilishini o’ylab ko’rishni taklif qiladi. Bolalar kvadratni to’g’ri to’rtburchak
ustiga   qo’yib,   figuralarni   taqqoslashadi   va   to’g’ri   to’rtburchak   uzun   ekanini,   u
shunisi bilan kvadratdan farq qiliini ko’rishadi.
105 Bolalar   sanashni   o’rganib   olishganidan   keyin,   ular   tanish   figuralarning
elementlari bilan, ya’ni tomonlari va burchaklarining mavjudligi hamda ularning
miqdori bilan tanishtiriladi.
Tarbiyachi kvadratning bir uchidan ikkinchi uchigacha barmog’ini yuritadi
va bu kvadratning tomoni ekanini aytadi. kvadratning hamma tomoni ko’rsatadi.
Shuni  kuzatish  kerakki,  bolalar   “burchak”  so’zini  burchakning uchi  bilan,
ya’ni   burchakni   hosil   qiluvchi   nurlar   (tomonlar)   chiqadigan   nuqta   bilan
bog’lamasinlar.   Shuning   uchun   burchak   ko’rsatilayotganda,   qo’lni   burchak
teksiligida   bir   tomondan   ikkinchi   tomongacha   surib   borib   ko’rsatish   maqsadga
muvofiqdir.
Bolalar   o’z   kvadratlari   va   to’g’ri   to’rtburchaklarining   tomonlarini
topishadi,   so’ngra   esa   burchaklarini   topishadi,   kvadrat   va   to’rtburchakning
to’rttadan burchagi va to’rttadan tomoni borligini aniqlashadi.
Navbatdagi   mashg’ulotda   ular   uchburchaklarni   ham   xuddi   shunday
tekshirishadi   va   hamma   uchburchakda   uchtadan   burchak   va   uchtadan   tomon
borligini aniqlashadi. 
Bunday mashqlarni bolalar figuralarni tekshirib, qo’yilgan savolga javobni
mustaqil izlab topa oladigan qilib tuzish kerak.
Geometrik   shakllar   haqidagi   bilimlarni   mustahkamlash   uchun   tarbiyachi
bolalarga   oldin   gugurt   cho’plaridan   figura   tuzishni,   so’ngra   ornament   hosil
qilishni taklif qiladi.
Figuralarni   farq   qilish   va   aytish   bo’yicha   mashq   qildirish   uchun   “Nima
o’zgardi?”,   “Nima   yo’q   bo’ldi?”   “Shaklar   dominosi”,   “Xuddi   shunday   figurani
ko’rsat”   kabi   didaktik   va   harakatli   o’yinlardan   foydalaniladi.   Masalan,
tarbiyachida   disk   bo’lib,   unga   doira   bo’ylab   har   xil   geometrik   figuralar
joylashtiriladi.   U   disk   strelkasini   surish   bilan   goh   u   figurani,   goh   bu   figurani
ko’rsatadi,   bolalar   esa,   o’z   figuralari   orasidan   xuddi   shunday   figuralarni
topishadi, ko’rsatishadi va nomini aytishadi.
“O’z   uychangni   top”   o’yinida   polga   chizilgan   yoki   chilvirdan   tuzilgan
doiralar,   kvadratlar,   uchburchaklar   va   boshqa   figuralar   uycha   bo’lishi   mumkin.
Katta   o’lchamli   figuralar   shaklini   aniqlash   bolalarga   qiyinlik   qilishini   hisobga
olib,   bunday   o’ychalar   o’shchamlarini   tobora   kattalashtirib   borish   maqsadga
muvofiq.
Individual   mashqlar   uchun   “Juftini   top”,   “Kartochkaga   mos   figura   tanla”
va   boshqa   o’yinlardan   foydalanish   maqsadga   muvofiq.   Bolalar   figuralarning
rangli va kontur tasvirlarini mos qo’yishadi, shaklga mos figura tanlashadi.
Yil   oxirida   bolalar   sodda   geometrik   figuralarni   nafaqat   farq   qilishadi   va
aytishadi,   balki   ularning   ba’zi   belgilari   bo’yicha   orientir   oladigan   bo’lishadi.
Bolalarni   buyumlar   shaklini   geometrik   shakllar   bilan   taqqoslashga   o’rgatish
mumkin. Shu maqsadda   maxsus  mashqlardan  foydalaniladi.  Masalan,  tarbiyachi
stolga   geometrik   figurani   qo’yadi,   bolalar   esa   shu   shakldagi   buyumlarni
tanlashlari kerak. Geometrik shakl – namuna figura ayrim bolalarga berilishi ham
mumkin, ular shaklni va o’zlari tanlagan buyumni ko’rsatishadi.
Mashqlarni   “Xuddi   shu   shakldagi   buyumni   top”,   “Men   nimani   aytsam,
shuni top”, “Topshiriq” va boshqa o’yinlar shaklida o’tkazish maqsadga muvofiq.
Tarbiyachi   har   qaysi   shakldagi   buyumdan   ikki   –uchtadan   tanlaydi.   Asta   –sekin
ularning miqdorini to’rt – beshtaga etkazish mumkin.
106 Nazorat savol va topshiri q lari:
9. Bolalarning   (xususiy   kuzatish   materiallaridan   foydalanib)   buyumlarning
shakli va geometrik figurani idrok qilish xususiyatlari.
10. Buyumlarning   shakli   va   geometrik   figuralar   haqidagi   bilimlarning
maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor va aqliy rivojlanishidagi ahamiyati.
11. Har   xil   yosh   guruhlarida   bolalarni   buyumlarning   shakllari   va   geometrik
figuralar bilan tanishtirish masalalasining tahlili.
12. Bolalarni geometrik figuralarning shakllari bilan tanishtirish usullari.
13. Geometrik figuralarni har xil belgilar (alomatlar) bo’yicha guruhlash.
14. Geometrik figuralarni qayta tiklashga o’rgatish usullari
15. Har   xil   yosh   guruhlarida   bolalarni   shakl   bilan   tanishtirish   uchun   didaktik
o’yinlardan foydalanish.
16. Geometrik figuralar va buyumlarning shakllari bilan tanishtirishga oid 
o’yinlar o’tkazish uchun didaktik materiallar tanlashga qo’yiladigan talablar.
107 18-MA'RUZA: MTTDA KATTA VA TAYYORLOV GURUHLARDA
GEOMETRIK SHAKLLAR BILAN TANISH TIRISH
Reja:
1.   Bolalarning (xususiy kuzatish materiallaridan foydalanib) buyumlarning
s hakli va geometrik figurani idrok qilish xususiyatlari.
2.   Buyumlarning   shakli   va   geometrik   figuralar   haqidagi   bilimlarning
maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   sensor   va   aqliy   rivojlanishidagi
ahamiyati.
3.   Har xil yosh guruhlarida bolalarni buyumlarning shakllari va geometrik
figuralar bilan tanishtirish
Tayanch   so’zlar   va   iboralar:   mashg’ulot   geometric   figura,   buyumlar,
tasavvur, taqqoslash, dumaloq buyumlar, farqlash.
Katta guruh.
Katta guruhga kelguncha bolalarda etarlicha katta sensor tajriba to’plangan
va   shakllarni   tekshirish   ko’nikmasi   takomillashgan   bo’ladi.   Tarbiyachi
bolalarning geometrik figuralarning shakllari haqidagi bilimlarini mustahkamlash
uchun   o’rta   guruh   materialini   takrorlagandan   keyin,   ularga   atrofdagi
buyumlardan   doira.   Uchburchak,   kvadrat   shaklini   topishni   o’rgatadi.
Masalan,   u   tarelkaning   tegi,   stol   ustining   sirti,   fortochka,   qog’oz   varag’i   va
boshqalar  qanday geometrik figurapni, eslatadi,  deb so’raydi. Tarbiyachi “Loto”
tipidagi   o’yin   tashkil   qilishi   mumkin.   Bolalarga   rasmlar   (har   biriga   3-4   tadan)
beriladi,   ular   shu   rasmlar   orasidan   tarbiyachi   ko’rsatayotgan   figuraga   o’xshash
figurani   izlashlari   kerak.   Shundan   keyin   bola   nima   topganini   aytadi   va   gapirib
beradi.
Tarbiyachi   yordamida   bolalar   geometrik   figuralardan   har   xil   naqshlar,
o’zlariga   tanish   buyumlar   uchburchaklardan   gilam,   kvadrat   va   doiralardan
avtomobil, kvadratlar va chburchaklardan qayiq va boshqa narsalar tuzidilar.
Katta   guruhda   bolalar   yangi   tushuncha   –“kvadrat”   bilan   tanishtiriladi.
Bunda   tarbiyachi   bolalarda   mavjud   bo’lgan   kvadrat   haqidagi   tasavvurlardan
foydalaniladi.  Chunonchi, mashg’ulotda bolalar  har  xil  kattalik va rangdagi  5 ta
kvadrat   olishadi.   Tarbiyachi   bular   nimasi   bilan   farq   qilishini   so’raydi,   ularni
kattaliklari   chapdan   o’ngga   qarab   kamayib   boradigan   tartibda   joylashtirishni
taklif  qiladi. Bu figuralar  nimasi  bilan o’xshashligini  so’raydi. Bolalar  e’tiborini
har qaysi kvadratda qancha tomon va qancha burchak borligiga qaratadi. Shundan
keyin tarbiyachi   uchburchakning  nechta  burchagi  borligini  eslashni   taklif   qiladi.
Bolalarni   bunday   xulosaga   keltiradi:   3   ta   burchagi   bo’lgan   figurani   uchburchak
deyiladi,   agar   figurada   4   ta   burchak   bo’lsa,   uni   to’rtbuchak   deb   atash   mumkin.
O’zlarida   nechta   uchburchak   va   nechta   to’rtburchak   borligini   so’raydi.
Navbatdagi   mashg’ulotda   bolalar   ikki   xil   to’rtburchak   –kvadrat   va   to’g’ri
to’rtburchak oladilar; ikkala figurani taqqoslaydilar, ular nimalari bilan o’xshash,
nimalari   bilan   farq   qilishini   aniqlashadi.   So’ngra   tarbiyachi   bolalarning
bilimlarini mustahkamlash uun ularga qog’ozga har xil to’rtburchaklar  chizishni;
qog’ozga  hamma tomoni  teng to’rtburchak  chizishni  va ular  nima deb atalishini
aytishni;   ikkitadan   tomoni   teng   to’rtburchak   chizishni;   cho’plardan   har   xil
108 to’rtburchaklar tuzishni; to’rtburchak shaklidagi buyuchlarni topish va aytishni;№
2 ta teng uchburchakdan, 4 ta teng kvadratdan to’rtburchak tuzishni taklif qiladi.
Bolalar   geometrik   figuralarning   shakllarini   bilganliklari   uchun   ular   bilan
qiyinlik   darajasi   har   xil   bo’lgan,   masalan,   “Tavsifi   bo’yicha   top”,   “Har   qaysi
figurani   o’z   joyiga   qo’y”,   “Shakli   bo’yicha   tanla”   kabi   didaktik   o’yinlarni
o’tkazish mumkin.
Bolalarni geometrik figuralar bilan tanishtirish uchun bir nechta mashg’ulot
ajratiladi.   Ularning   mavzusi:   oval   bilan   doirani,   to’g’ri   to’rtburchak   bilan
kvadratni   va   nihoyat,   uchburchaklar   bilan   to’rtburchaklarni   taqqoslashga   oid
bo’ladi.
Mashg’ulotlarni   bunday   tuzish   mumkin.   Mashg’ulotning   birinchi   qismida
geometrik   figuralar   qaraladi,   tekshiriladi   va   taqqoslanadi.   Mashg’ulotning
ikkinchi   qismida   shakllarning   xossalari   va   belgilari   haqidagi   bilimlarni
taqqoslashga   doir   har   xil   mashqlar   o’tkaziladi.   Nihoyat,   uchinchi   qismda
bolalarga   buyumlarning   shaklini   shaklning   geometrik   etaloni   bilan   taqqoslash
o’rgatiladi.
Mashg’ulotning birinchi qismida tarbiyachi bolalarning geometrik figuralar
bilan   bajaradigan   tekshirish   ishlari   sistemasini   tashkil   qiladi.   Tarbiyachi   ketma-
ket   savollar   qo’yadi,   bolalarning   e’tiborini   shakllarning   xususiyatlari   va
xossalariga,   o’xshashlik   va   farq   qilish   belgilariga   qaratadi,   ishlash   usullarini
aytib,   bolalarning   javoblarini   aniqlashtiradi.   Masalan,   bolalarni   oval   bilan
tanishtirishda   tarbiyachi   ovaldan   barmoqni   yuritib   chiqishni   taklif   qiladi,
bolalardan   u   qanday   figurani   eslatishini   so’raydi.   Bunda   tarbiyachi   doirada   va
ovalda burchaklar yo’q ekanini, ular dumaloq uzluksiz chiziqdan hosil bo’lganini
ta’kidlaydi,   bolalardan   figurani   stolda   dumalatishni,   atrofidan   barmoqni   yuritib
chiqishni taklif qiladi.
Oval doiradan imasi bilan farq qilishini ko’rsatish uchun tarbiyachi ovalni
doira   ustiga   qo’yishni,   so’ngra   doirani   ovalning   ustiga   qo’yishni,   doira   o’rtasini
topishni   va   unga   nuqta   qo’yishni   hamda   doira   har   xil   tomonga   –   yuqoriga,
chapga, o’ngga bir xil kengayishi yoki kengaymasligini qarashni maslahat beradi.
Oval bilan ham xuddi shunday ish bajariladi. Boloalar odatda doira bor xil, oval
esa uzoqroq, cho’ziqroq kengayishini ta’kidlab, to’g’ri xulosa chiqarishadi.
Kvadrat   bilan   to’g’ri   to’rtburchakni   taqqoslashda   tarbiyachi   bolalarga
ketma   –ket   savollar   beradi;   o’xshashlik   va   farq   qilish   alomatlarini   topishda
bolalarga yordam beradi. Bu boradagi suhbat quyidagicha o’tkazilishi mumkin.
Tarbiyachi: Bu figuralar nima deb ataladi?
Bolalar. Kvadrat va to’g’ri to’rtburchak.
Tarbiyachi. Biz kvadrat  bilan to’g’ri  to’rtburchakni  taqqoslab, ular nimasi
bilan o’xshash va nimasi bilan farq qilishini bilib olamiz. Kvadrat oling va undan
barmoq   yuritib   chiqing.   Kvadratda   nimalar   bor?   (bolalar   kvadratning   tomonlari
va burchaklarini topishadi va ko’rsatishadi).
Tarbiyachi:   To’g’ri   to’rtburchakda   nimalar   bor?   Kvadratda   va   to’g’ri
to’rtburchakda   nechtada   tomon   va   nechtadan   burchak   bor?   (Tomon   va
burchaklarni sanab chiqish o’arurligi aniqlanadi).
- Kvadrat va to’g’ri to’rtburchakda burchaklar soni tengmi?
- Kvadrat va to’g’ri to’rtburchakning burchak va tomonlarining soni  haqida
nima deyish mumkin?
109 - Kvadrat   tomonlarining   kattaligi   haqida   nima   deyish   mumkin?   Qanday
tekshirish mumkin.
Hajmli   geometrik   shakllar   bilan   tanishtirishda   bolalar   har   xil   tekshirish
harakatlari   sistemalaridan   foydalanishadi:   kontur   bo’ylab   barmoqlarini   yuritib
chiqadilar, ularning sirtlarini  qo’llari   bilan silab  chiqadilar,  asosni  tavsiflaydilar,
yoqlarni   sanaydilar,   ularning   kattaliklarini   taqqoslaydilar,   bunda   bevosita
taqqoslash usulidan foydalanadilar.
Masalan,   tarbiyachi   bolalar   bilan   birga   shar,   silindrni   tekshiradi.   U
bolalardan   sharni,   silindrni   dumalatishni   so’raydi,   so’ngra   ularni   to’xtatib,
tushuntiradi: sharga ozgina tegishing bilan, u dumalaydi, shar juda turg’un emas,
silindr esa dumalashi ham, turishi ham mumkin.
Tarbiyachi   qog’oz   varag’iga   silindrni   qo’yib,   qalam   aylantirib   chiqishni
taklif   qiladi.   Chizilgan   doiracha   bilan   silindr   asosi   orasidagi   bog’lanish
o’rnatiladi. Bolalar silindirning asosi bo’ylab barmoqlarini yuritib chiqadilar. Ular
“uning tagi doira” deyishadi. 
Har   xil   mashqlar   bolalarning   geometrik   shakllar   haqidagi   bilimlarini
mustahkamlash va aniqlash imkonini beradi. Masalan, bolalarga plastilindan kub,
silindr,   shar   yasashni,   qog’ozdan   kvadratlar,   to’g’ri   to’rtburchaklar   va
uchburchaklar   qirqish,   figurani   ikki   va   to’rt   qismga   bo’lishni,   va   aksincha,
qismlardan   butun   tuzish,   bir   xil   figuralardan   boshqa   figuralar   tuzishni   (ikkita
kvadratdan   to’g’ri   to’rtburchak   tuzish   va   b.),   cho’plardan   u   yoki   bu   figurani
yasashni   taklif   qilish   mumkin.   Chunonchi,   tarbiyachi   bolalarga   cho’plardan
uchburchak   (to’g’ri   to’rtburchak)   tuzish   va   unga   nechta   cho’p   ketganini   gapirib
berishni taklif qiladi va uchta, oltita cho’pdan qanday ifgura tuzish mumkinligini
o’ylab ko’rishni so’raydi va h.k.
Bolalar   geometrik   figuralarning   har   xil   alomatlariga   ko’ra,   ya’ni   shakli,
rangi,   kattaligi   bo’yicha   guruhlarga   ajratadilar,   ularni   kattaliklarining   kamayib
borishi yoki o’chib borishi tartibida joylashtiradilar.
Bolalarga shakli yoki rangi byo’chia o’xshash figuralarni tanlashda ularga
nechta   guruh   hosil   bo’lishini   o’ylab   ko’rishni   taklif   qilish,   so’ngra   seminar
ishlarni   bajarish   foydalidir.   Muhimi,   bolalar   u   yoki   bu   topshiriqni   bajarib,   nima
qilganliklari va natijada nima hosil bo’lganini, ya’ni u yoki bu guruhga qancha va
qanday figuralar kirganini gapirib berishlari shart.
Bolalarga u yoki bu figurani tavsifi bo’yicha topishni yoki “Paypaslab bil”
kabi o’yinlarda figurani mustaqil tavsiflashni taklif qilish mumkin.
Mashg’ulotlarda   va   kundalik   turmushda   didaktik   o’yinlar   o’tkaziladi.
Masalan, “Har qaysi figurani o’z o’rniga qo’y” o’yini geometrik figuralarning bir
qator   alomatlarga   ko’ra   o’zgarishini,   jumladan,   proporsiyalar   bo’yicha,
kattaliklari bo’yicha o’zgarishini ko’rsatish imkonini beradi.
Bolalarga   buyumlarning   shaklini   shaklning   geometrik   etaloni   bilan
taqqoslash asosida aniqlashni o’rgatishga katta ahamiyat beriladi.
O’yin   va   mashqlar   uchun   o’yinchoq   qushcha,   matryoshka   va   boshqa
narsalar tanlanadi.
Buyum   shaklini   baholab,   bolalar   uning   biror   geometrik   obrazga
o’xshashliklarinigina   emas,   balki   undan   farqlarini   topishlari   ham   muhimdir.
Tajriba bolalarga bu juda qiynnlik qilishini ko’rsatmoqda.
110 Buyumlarning o’zlari  bilan  bir   qatorda  bolalar  ular  tasvirlangan  rasmlarni
tanlaydilar.   Ular   oddin   geometrik   obraz   bo’yicha,   keyinroq   esa   og’zaki
ishlaydilar.
-   To’g’ri   to’rtburchak   tomonlarining   kattaliklari   haqida   nima   deyish
mumkin? Qanday tekshirish mumkin?
Har   xil   usullardan   foydalanish   mumkinligi   aniqlanadi:   figurani   teng   ikki
buklab,   oldin   qarama   –   qarshi   tomonlarni,   so’ngra   burchaklarni   (burchakni
burchak   bilan)   ustma   –   ust   tushurish   mumkin,   tomonlarni   qog’oz   poloska   bilan
o’lchash ham mumkin.
Oxirida   tarbiyachi   so’rasdi:   “Kvadrat   nimasi   bilan   to’g’ri   to’rtburchakka
o’xshaydi?”.
Bolalarni   doira   bilan   ovalni,   kvadrat   bilan   to’g’ri   to’rtburchakni
taqqoslashga   o’rgatishda   bu   figuralar   har   xil   o’lchamda,   rangda,   har   xil   fazoviy
joylanishda tasvirlangan jadvallardan foydalaniladi. Bolalar qog’oz, karton, faner,
plastilindan tayyorlangan figuralar bilan ishlaydilar.
Kundalik   hayotda,   loy   va   plastilindan   narsalar   yasash   mashg’ulotlarida
bolalar,   ular   netasalar   ham,   istamasalar   ham,   hajmli   geometrik   figuralar   (shar,
kub,   silindr)   bilan   uchrashadilar.   Tarbiyachi   bolalar   bu   figuralarni   yaxshilab
o’zlashtirishlariga   yordam   berishi   mumkin.   Ushbu   o’yinlar   o’tkaziladi:
“Xaltachadagi   nima?”,   “Top   va   jim   tur”,   “Xonamizdan   sharga   o’xshagan
predmetlarni   top”,   “Kim   dumaloq   jismlarni   ko’p   aytadi?”,   Bolalar   “Geometrik
loto”,   “Yettitasi   qatorasiga”   va   boshqa   stol   ustida   o’ynaladigan   o’yinlarni
o’ynashadi. Bu o’yinlar jarayonida tuzilishi bo’yicha yaqin figuralarni ham (oval
– doira), hajmli va yassi shakldagi figuralarni ham (oval – doira), hajmli va yassi
shakldagi figuralarni ham (shar – doira, kub – kvadrat) farq qila olish malakalari
takomillashtiriladi,   shakl   bo’yicha   orientir   olish   tezligi   hosil   qilinadi,   atrof   –
borliqdagi   shakllar   ko’p   xilligigiga   nisbatan   bolalarning   qiziqishlari
rivojlantiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi
Maktabgacha   tayyorlov   guruhida   bolalarning   shakl   haqidagi   bilimlar
mustahkamlanadi   va   sistemaga solinadi . Bolalar maktabga borgunlariga qadar
quyidagi   geometrik   shakllarni   farq   qilish,   nomlarini   aytish,   asosiy   xossalari
va   belgilarini   bilishlari   kerak:   doira,   oval,   to’g’ri   to’rtburchak,   kvadrat,
uchburchak,   to’rt   burchak,   shar,   kub   va   silindr.   Bu   shakllarni   bolalar   rangi,
kattaligi,   proporsiyasi,   u   yoki   bu   figuralarning   fazoviy   holatlaridan   qat’i   nazar,
bilishlari, hayotiy buyumlardan o’zlariga tanish shakllarni topa olishlari kerak. Bu
ishga, odatda, mashg’ulotlarning bir qismi ajratiladi.
Mashg’ulotlarda   shu   maqsadlarda   o’yinlar   o’tkaziladi,   bu   o’yinlarning
shartiga   ko’ra,   bolalar   atrofdagi   buyumlardan   o’zlariga   tanish   geometrik
shakllarni   topishadi.   Masalan,   tarbiyachi   kvadrat   shaklidagi   buyumlarni   aytishni
taklif qiladi. Buyumni to’g’ri topib, uning shakli haqida gapirib bergan har qaysi
bola bittadan fishka oladi. Ko’p buyum aytgan (ko’p fishka to’plagan) bola yutib
chiqadi. Tarbiyachi buyumni ko’rsatmasdan,  uning taviri tushirilgan kartochkani
ko’rsatishi mumkin.
Bolalar olgan bilimlarni sistemaga  solish, ularga ba’zi buyumlar orasidagi
munosabatlarni tushunib olishda yordam berish muhim vazifalardan biridir.
111 Bolalarni   to’g’ri   to’rtburchak   va   kvadrat   modellaridan   foydalanib,
“to’rtburchak” tushunchasi bilan tanishtirilgan. Endi, ularga to’g’ri to’rtburchak 4
ta  burchagi   va  4  ta  tomoni   bo’lgan  figura   ekanini   tushuntirish  qoladi.  Bolalarga
bir   nechta   topshiriq   berish   mumkin,   ya’ni   ular   to’rtburchak   shaklidagi   qanday
buyumlarni bilishlarini, rasmda tasvirlangan buyumlar shaklini aytishlarini so’ray
va shu kabi topshiriqlarni berish mumkin.
Bolalarga   bu  figuralarni   farq  qilishnigina   emas,   balki   ularni   tiklay  olishni
ham o’rgatish kerak. Masalan, tarbiyachi bolalarga katakli qog’ozga tomonlari 4
tadan   katakka   teng   kvadrat   chizishni   tavsiya   qiladi.   So’ngra   tomonlari
oldingisidan 2 ta katak ortiq bo’lgan kvadrat chizishni, ustki va pastki asoslari 4
tadan katakka, chap va o’ng tomonlari 2 tadan katakka teng to’g’ri to’rtburcha k
chizishni   taklif   qiladi.   Topshiriqni   bajarishganidan   keyin   bolalardan   qanday
figurani tasvirlaganlarini so’rash kerak.
Tarbiyachi bolalarga bunday topshiriq berishi mumkin: tomonlari teng (har
biri   4   katakdan)   to’rtburchak   chizing,   uni   ikkita   figuraga   ajrating   (ajratishni
chapdan   o’ngga   yoki   yuqoridan   pastga   qaratib   bajarish   mumkin)   va   qanday
ifguralar   hosil   bo’lganini   ayting.   Keyingi   mashg’ulotlarga   bolalarga   rasmi
chizilgan   kvadratni   “burchagidan   burchagiga”   bo’yicha   bo’lish     vahosil   bo’lgan
figuralarni aytishni taklif qilish maqsadga muvofiq. U holda ham, bu holda ham
bolalar   figuralardan   biri   (to’rtburchak,   uchburchak)ni   rangli   qalam   bilan
bo’yashlari mumkin.
Bu   xil   mashqlar   bolalarni   geometrik   figuralarning   shaklini   almashtirishga
doir   mashqlarni   bajarishga   (2-4   ta   doira   qismidan   butun   doira   yasash   (tuzish);
oldin   2ta,   keyin   4   ta   uchburchakdan   to’rtburchak   tuzish   va   h.k.)   zamin
tayyorlaydi.
Uchburchaklar   va   to’rtburchaklar   haqidagi   bilimlar   asosida   tarbiyachi
yangi   tushuncha   –   “ko’pburchak”   tushunchasini   kiritadi.   Har   xil   turdagi
uchburchaklar,   kattaligi   va   fazodagi   o’rni   byo’chia   har   xil   bo’lgan   to’rtburchak
modellarini ko’rsatadi. Figuralarni qarab, ularning nimasi umumiy, degan savolga
javob   berishga   harakat   qilishni   taklif   qiladi.   Bolalarning   diqqatlarini
uchburchaklar va to’rtburchaklarning tomonlari va burchaklari borligiga qaratish
kerak. Shundan keyin bu figuralarning har birida qanchadan burchak borligini, bu
figuralarni   bir   so’z   bilan   qanday   atash   (ko’pburchaklar)   mumkinligini   so’rash
kerak.
Bolalarni   mashq   qildirish   uchun   quyidagidek   topshiriqlardan   foydalanish
kerak:   “Bir   xil   o’lchamdagi   10   ta   cho’pdan   bir   nechta   ko’pburchak   tuzing”.
“Katakli daftarga har xil o’lchamli va rangli ko’pburchaklar chizing”.
Shuningdek,   maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   buyumlarni   shakli   bo’yicha
guruhlashga   doir   mashq   qildirish   maqsadga   muvofiq.   Masalan,   oldin   bolalar
buyumlarni   2   ta   guruhga,   ya’ni   yumaloq   shakldagi   figuralar   va   ko’pburchaklar
guruhlariga bo’lishadi. Shundan keyin ko’pburchaklar ichidan to’rtburchaklar va
uchburchaklarni   ajratishadi.   Nihoyat,   to’rtburchaklar   orasidan   kvadratlarni
topishadi.
Quyidagidek   mashqlar   o’tkazish   foydali:   “Top-chi,   qatorda   qaysi   figura
ortiqcha?”, “Qaysi figura etmaydi?”, “Huddi shunday shakldagi figurapni top” va
h.k.
112 Tarbiyachi bolalarni sodda masalalar – bosh qotirg’ichlar (cho’plardan har
xil geometrik figuralar tuzish) bilan tanishtirish mumkin. Maslalan, 7 ta cho’pdan
2   ta   kvadrat   tuz,   6   ta   cho’pdan   to’g’ri   to’rtburchak   tuz;   7   ta   cho’pdan   3   ta
uchburchak tuz; 6 ta cho’pdan 2 ta uchburchak va 1 ta kvadrat tuzish mumkinmi?
Bu   mashqlar   bolaning   topqirligini,   xotirasini,   tafakkurini   rivojlantirish   imkonini
beradi.
Butun ish ma’lum izchillikda tuzilishi kerakligi tushunarli.
O’quv   yili   boshida   tarbiyachi   bolalarning   shakl   haqidagi   bilimlari
darajasini aniqlaydi.
Katta   guruhda   foydalanilgan   usullarning   o’zo’i   bilimlariga   kamchiliklarni
to’ldirishga   yordam   beradi.   Geometrik   figuralar   haqidagi   bilimlarni
mustahkamlash   va   aniqlash,   shuningdek,   bolalarni   kataklar   bo’yicha   o’lchashga
mashq   qildirish   uchun   katakli   qog’ozda   kvadratlar,   to’g’ri   to’rtburchaklar,
doiralar, ovallar chizish bo’yicha mashqlar o’tkaziladi.
Geometrik figuralar, shuningdek, sodda shakldagi buyumlar (bayroqchalar,
olxo’rilar,   olmalar   va   h.k)ning   rasmini   chizishga   matematikadan   10-12   ta
mashg’ulot ajratiladi.
U   yoki   bu   figura   rasmini   chizgandan,   keyin,   bolalar   ularni   ikki   yoki   to’rt
qismga   bo’ladilar,   bunda   ular   figuralarning   qarma   –qarshi   tomonlari   yoki
burchaklarini to’g’ri chiziq bilan birlashtiradilar va nima hosil bo’lganini gapirib
beradilar.
Bolalar   tarbiyachining   topshiriig’iga   ko’ra,   har   xil   yo’nalishda   ma’lum
miqdorda kataklarni sanab, nuqta qo’yishlari va bu nuqtalarni o’zaro birlashtirib,
u yoki bu figurani hosil qilishlari mumkin.
Tayyorlov guruhida har xil alomatlariga ko’ra, ya’ni rangi, shakli, kattaligi
va miqdoriga ko’ra buyumlarni guruhlarga ajratishga doir mashqlariga keng o’rni
beriladi.   Bolalarga   figuralarning   to’rtta   –beshtadan   har   xil   ko’rinishlari,   uch   –
to’rt   xil   rangda   ikkitadan   beshtagacha   xil   o’lchamlarda   beriladi.   Ular   bu
figuralarning   rangi   va   o’lchamiga   e’tibor   bermay,   o’lcham   alomati   bo’yicha
guruhlaydilar.
Tarbiyachi   dastlab   bolalarga   figuralarning   belgilarini   aniqlashda   yordam
beradi,   keyinchalik   esa,   ularning   o’zlari   figuralarning   qanday   belgilari   bo’yicha
guruhlarga bo’lish, nechta guruh hosil  bo’lishi, u yoki  bu guruhga nechta figura
kirishi   kabi   masalalarni   mustaqil   hal   qiladilar,   ya’ni   oldin   ishlarni
rejalashtirishadi, keyin esa bajarishadi.
Bolalar   figuralarni   guruhlashda   bitta   belgi   bo’yicha   mo’ljal   olib,   boshqa
belgilarga e’tibor bermaydilar.
Guruhlashga   doir   mashqlar   o’tkaganda   bolalarning   figura   haqidagi
bilimlarini   sistemalashtirish   maqsadga   muvofiq.   Masalan,   oldin   figuralarni
guruhga   ajratish,   so’ngra   yumaloq   figuralar   orasidan   to’rtburchaklar   va
uchburchaklarni   ajratish   kerak.   Nihoyat,   to’rtburchaklar   orasidan   to’g’ri
to’rtburchaklar va kvadratlarni topish kerak.
Bolalar   ayrim   shakllar   orasida   bog’lanishlar   o’rnatadilar:   figuralar   juftini
tanlashga   doir   mashqlar   shu   maqsadga   xizmat   qiladi,   uchrubchraklar,
to’rtburchaklar va h.k. har xil rang va o’lchamdagi, ammo bir xil proporsiyadagi
figuralar,   masalan,   teng   yonli   uchburchaklar   juft   tashkil   qiladi.   Bolalar   har   xil
proporsiyadagi bir jinsli figuralarni taqqoslashadi.
113 Bolalarga mantiqiy mashqlarni taklif qilish foydali, masalan, “Toning chi,
qatorda   qaysi   figsra   ortiqcha?”,   “Figuralarni   tanlashda   qanday   xato   qilishgan?”
(Qator   qilib   qo’yilgan   6   ta   uchburchak   orasiga   bitta   to’rtburcha   kqo’yilgan   va
h.k.),   “Qanday   figura   etishmaydi?”   (uch-   to’rt   xil   o’lchamdagi   uchburchaklar,
ovallar,   to’rtburchaklar   qatorlarga   joylashtirilgan,   har   qaysi   qatorga   buyumlar
kattaliklari kichiklashib boradigan tartibda joylashtirilgan, bir qatorda bitta figura
etmaydi).
Bir   guruhdagi   figuralarning   ikkinchi   guruhdagi   figuralardan   farq   qilish
alomatlarini   topishga   doir   masalalar   uchburchaklar,   to’rtburchaklar   va   boshqa
figuralar   haqidagi   tasavvurlarni   mustahkamlash   imkoinin   beradi.   Doiralar   va
ovallar,   uchburchaklar   va   to’rtburchaklar   tasvirlangan   juftlashgan   jadvallardan
foydalanish mumkin, figuralar ikki – uch xil o’lchamda va rangda berilgan.
Tayyorlov guruhi dasturida geometrik figuralar ko’rinishini o’zgartirish, bir
xil figuralardan boshqa xil figuralar tuzish nazarda tutilgan.
Tarbiyachi   bolalarga   o’z   ixtiyorlaridagi   figuralarni   qarashni,   ularni   shakl
bo’yicha taqsimlash, ular qanday atalashini va qanday kattalikda ekanini aytishni
taklif   qiladi.   So’ngra   esa,   qandaydir   ikki   uchta   figura   olib,   ularni   birlashtirish
yo’li bilan qanday yangi figura tuzish mumkinligini o’ylab ko’rishni taklif qiladi.
Bolalar figuralarni tuzganlaridan keyin, qanday yangi figuralar hosil bo’lganini va
ular qanday figuralardan tuzilganligini gapprib berishni taklif qiladi. 
Bolalar   qismlardan   butun   figuralar   tuzib,   ikkita   yarimta,   4   ta   yarimta,
sakkizdan bir qismdan, doiraning to’rtdan biriga teng qismlay va h.k. dan nechta
doira tuzish mumkinligini fahmlaydilar. 
Maktab   yoshidagi   katta   bolalar   bilan   ishlashda   geometrik   mazmunli
qiziqarli   o’yin   va   mashqlar   katta   foyda   keltiradi.   Ular   matematik   bilimlarga
qiziqishni   rivojlantiradi,   bolalarning   aqliy   qobiliyatlarining   o’sishiga   yordam
beradi.
Bolalar   topqirlikka   doir   masalalari,   “boshqotirg’ichlar”,yasashga   doir
masalalarni   echadilar,   masalan,   bir   figura   yoniga   ikkinchi   figurani   yasash   yo’li
bilan   bolalar     7   ta   cho’pdan   ikkita   kvadrat   tuzadilar.   U   yoki   burasm   –
applikasiyani   (xo’roz   va   b.)   tuzishda   nechta   doira   ,uchburchak,   to’g’ri
to’rtburchakdan foydalanilganini aniqlashadi. U yoki bu rasm, yoki naqsh qanday
figuralardan  tuzilganini topadilar (fahmlaydilarG’, ular nechta ekanini ko’radilar.
“Tangram”   (geometrik   konstruktor)o’yinida     murakkab   figuralar,   ya’ni
“quyoncha”,   “Turnalar”,   “xo’rozcha”   va   boshqa   narsalarni   bolalar   ettita   sodda
figuralardan yasaydilar.
Tarbiyachi bolalarni masalaning echilish yo’llarini ongli izlashga o’rgatadi,
ularga o’ylab ko’rish, fahmlash, so’zlab berish, so’ngra o’z echimini tekshirishni
taklif   qiladi.   Masalan,   tarbiyachi   bunday   deydi:   “Bu   figuraga   qarang,   u   bizga
nimani eslatadi? Ha, bu xuddi xo’rozchadek. Bu xo’rozni “Tangram” o’yinining
ettita   figurasidan   tuzish   kerak.   Qarang,   u   qanday   qismlardan   iborat,   har   qaysi
qism qanday figuralardan tuzilgan, ular qanday kattalikda va qanday joylashgan.
Siz   “xo’rozcha”   figurasini   qanday   tuzishingizni   gapirib   bering.   Agar   dastlab
tarbiyachi   figuralarni   bolalar   bilan   birgalikda   qarasa,   keyinchalik   ularga   tahlil
rejasini beradi, shundan keyin esa ularni mustaqil tahlil qilishga o’rgatadi.
114 Dastlabki   ikkita   uchta   figurani   (murakkab   figurani)   bolalar   namunaga
qarab   tuzadilar,   namunada   har   qaysi   figuraning   chegarasi   aniq   belgilangan,
keyinroq esa figuraning umumiy konturi tushirilgan namunaga amal qiladilar.
Shundan   keyin   bolalar   qanday   buyumlarni   o’yinning   ettita   figurasidan
foydalanib, tasvirlash mumkinligini o’zlari o’ylab topadilar. 
Shuni   esda   saqlash   muhimki,   bolalarning   seminar   haarkatlaridan   oldin
masala   echimining   borishini   akalli   oddiygina   o’ylab   ko’rilsagina,   o’yinlar
qiziqarli bo’ladi.
Masalalar  echish   jarayonida  bolalarni  noto’g’ri  tanlangan  echish  yo’lidan.
“Bo’lmadi, o’ylab ko’r-chi, boshqacha qanday qilish mumkin, deb voz kechishga
o’rgatib,   ular   tafakkurini   rivojlantiradi.   Alohida   qiyinchiliklar   bo’lgan   holda
echimning bir qsimini aytib beradi, to’g’ri topilgan echimni rag’batlantiradi: “Bu
cho’pni sen to’g’ri olding, o’ylab ko’r-chi, yana qaysi cho’pni olish kerak”.
Tarbiyachi   bolalarning   mustaqilliklarini   rivojlantiradi,   masalani   o’zing
echsang,   o’shanda   qiziqarli   bo’ladi,   deb   ularni   ishontiradi.   Maslalarni   echishga
bolalarning   kuchlari   etadigan   bo’lishi   kerak,   bo’lmasa,   bolalarda   ishtiyoq
yo’qoladi. Shu sababli qiziqarli masalalar bolalar dasturda nazarda tutilgan shakl
haqidagi   bilimlarni   o’zlashtirib   olganlaridan   keyin,   shaklni   to’g’ri   aytibgina
qolmay,   balki   uni   qayta   tiklay   oladigan,   shaklini   almashtira   oladigan,   hayotiy
buyumlardan   o’zlariga   tanish   geometrik   figuralarni   topa   oladigan
bo’lganlaridagina beriladi.
115 1 9-20 -MA'RUZA: BOLALARDA FAZOVIY TASAVVURLARINI
SHAKLLANTIRISH 
Reja:
1. Fazoda mo’ljal olish tushunchasining mazmuni
2. Kichik yoshli bolalarda fazoni his etish hususiyatlari
3. Bog’cha bolalarini tekislik ustida mo’ljal olishga o’rgatish
4.  Katta gurux bolalarida fazoda mo’ljal olish tushunchasining mazmuni
        5.  6-7 yoshli bolalarni  fazoda mo’ljal olishga o’rgatish.
Tayanch so’zlar va iboralar:   Fazo, maktabgacha ta’lim, o’ng chab, oldi –
orqaga, baland – past 
Insonning   fazoda   mo’ljal   olish   muammosi   keng   va   ko’p   qirrali.   Fazoda
farqlash   va   fazoni   idrok   qilish,   fazoviy   tasavvurlar   va   har   xil   fazoviy
munosabatlarni,   masalan,   obektlarning   shakli,   o’lchami,   fazoviy   yo’nalishlari,
fazoda   joylashgan   o’rni,   hajmi,   bo’yicha,   eni,   balandliklari   kabi   masofalarining
hammasi   har   xil   fazoviy   kategoriyalardir.   Ularni   idrok   qilish   va   ular   haqidagi
tasavvurlar fazoviy idrok tasavvur qilishdir.
Professor V.S.Sverdlovning tavsifi bo’yicha, fazoda mo’ljal olish “fazoviy
idrok va tasavvurlarning seminar ifodas”dir. Fazoda mo’ljal olish fazoni bevosita
idrok qilish va aytib o’tilgan kategoriyalarni bilish asosida amalga oshadi. Bunda
diqqat,   xotira,   tafakkurning   qatnashishi   majburiydir.   Mana   shuning   uchun   ham
“fazoda   mzljal   olish”   tushunchasining   mazmunini   aniqlashda   ba’zi   mualliflar   u
atrof tevarakdagi buyumlarning holatlari, o’zaro masofalari, kattaliklari shakllari,
o’zaro joylashuvlari va ularning mo’ljal olinayotgan jismga nisbatan vaziyatlarini
o’z ichiga oladi, deb hisolaydilar.
Birmuncha   torroq   ma’noda   fazoda   mo’ljal   olish”   ifodasi   joyda   mo’ljal
olish deyignada, quyidagilar tushuniladi: a) “Turish nutqasi”ni, ya’ni subektning
uni o’rab olgan obektlarga nisbatan makonini aniqlash. Masalan, men uydan o’ng
tomonda   turibman   va   h.k.   b)   atrofdagi   obektlarni   fazoda   mo’ljal   olayotgan
odamga   nisbatan   yakkalashtirish.   Masalan,   javon   mendan   o’ngda   turibdi,   eshik
esa   mendan   chap   tomonda;   v)   buyumlarning   bir   –   biriga   nisbatan   fazoda
joylashuvlarini,   boshqacha   aytganda,   ular   orasidagi   fazoviy   munosabatlarni
aniqlash.
Faol   harakat   qilish   fazoda   mo’ljal   olishning   zarur   komponentidir,   chunki
inson   fazoda   “joyning   bir   nutqiasidan   ikkinchi   nuqtasiga   harakat   qilib,
muvaffaqiyatli o’tishini amalga oshirish uchun” fazoda mo’ljal oladi. Shu sababli,
fazoda mo’ljal olish amalda har doim quyidagi uchta topshiriqqa bog’liq harakat
(yo’nalishi) ni tanlash; shunga rioya   (amal) qilish (yo’nalishni saqlash); harakat
qoxirida maqsad (nishon) ni aniqlash. Bundan harakatlarning o’zaro muvofiqligi
va   aniq   fazoviy   mo’ljal   olganligi   muhim   komponentlar   va   shu   bilan   birga.
Insonning fazoda mo’ljal olishini egallashning ko’rsatkichi ekanligi ko’rinadi.
Har xil yosh bosqichida bolalar bilan ishlashning mazmuni va uslubitining
asosiy yo’nalishlarini qaraymiz.
Bolalar bog’chasida tarbiya va tahlim dasturi”ning “Fazoda mo’ljal olish”
bo’limi ikkinchi kichik yoshdan boshlab berilgan. Ammo bolalarda fazoviy idrok
va   elementar   tasavvurlarni   rivojlantirish   bo’yicha   maqsadga   muvofiq   ishni,
bizning   fikrimizcha,   ilk   yoshdayoq   boshlash   kerak.   Uch   yoshgacha   bo’lgan
bolalarda   tevarak   –atrofda   9uy   sharoiti,   guruh   “onasida,   buyumlarning,
116 o’yinchoqlarning   odatdagi   joylashuvlarida)   juda   katta   qiziqini   qiziqish   bilan
seminar orientir (mo’ljal) olish bo’yicha har xil tajriba to’plash davridir. Shuning
uchun   ham   katta   odam   bolani   xonalarning   (guruh   xonasi,   uxlash   xonasi,
yuviniladigan   xona,   hojatxona),   buyumlarning,   narsalarning,   o’yinchoqlarning
fazoviy joylashuvlari bo’yicha erkin mo’ljal olishga o’rgatishi kerak.
Bolalar hayotining ikkinchi yili boshlanishidanoq tanish fazoni (xona yoki
uning   qismini)   ancha   aniq   tasavvur   qila   boshlaydilar,   tanish   buyumlarning
joylashuvidagi   ba’zi   o’zgarishlarni   hech   bir   qiynalmay   payqay   oladilar.   Ikki
yoshligidanoq   bolalarda   tanish   chegaralangan   fazoda   harakat   qilish   yo’li   haqida
dastlabki   elementar   tasavvurlar   tarkib   topa   boshlaydi,   bu   tasavvurlar   hayot
faoliyatida takomillashadi.
Bolalarning   dastlabki   fazoviy   tasavvurlari   ular   hayotining   ikkinchi
yilidanoq   nutqlarida   ham   aks   eta   boshlaydi   (“Mana”,   “bu   erda”,   “u   erda”,
“bunda”). Buning ustiga so’zlar  harakat  yo’nalishini  yoki  qiziqtiruvchi  buyumni
ko’rsatuvchi   imo   –   ishoralar   bilan   kuzatiladi.   Ana   shu   yoshda   bolalar   “o’ziga”,
boshqa   odamga   nisbatan   mo’ljal   (orientir)   olishni   egallay   boshlaydilar.
Kattalarning   takliflariga   binoan,   qo’g’irchoqning   ko’zlari,   og’zi,   biqini,
qo’lchalari   qaerdaligini   mamnuniyat   bilan   ko’rsatadilar.   Uch   yoshga   qadam
qo’ygan bolalar, masalan, o’zlarining chap va o’ng qo’llaini farqlay boshlaydilar.
Bunda katta odamning vazifasi bolaning shu malakalarni egallab olishiga yordam
berishdan iborat.
Ikkinchi kichik guruh
Dasturning   asosiy   vazifasi   kichkintoyni   “o’ziga”   nisbatan   mo’ljal
olishga   o’rgatishdan,   iborat,   boshqacha   aytgancha,   kichkintoy   bunda
“o’ziga”nisbatan o’ng, chap, yuqori tomon va h.k. larni ajrata oladigan bo’la
olishi   kerak.   O’z   tanasiga   nisbatan   fazoda   tomonlar   bo’yicha   mo’ljal   olish   bu
mo’ljal   olishning   birinchi   umumlashtirilgan   usulidir.   “O’ziga”   va   “o’zidan”ga
nisbatan   mo’ljal   olish   bu   mo’ljal   olishning   birinchi   umumlashtirilgan   usulidir.
“O’ziga” va “o’zidan” ga nisbatan mo’ljal olishda “o’ng – chapni”ni farqlash eng
ko’p   qiyinchilik   tug’diradi.   Mana   shuning   uchun   ham   bola   oldin   o’z   qo’llarini
farqlashga   o’rgatiladi.   Dasturning   bu   vazifasi   ustida   ishlash   keyingi   yosh
guruhida ham davom ettiriladi.
Bolaning   o’ziga   nisbatan   mo’ljal   olishi   dasturining   yangi   vazifasiga   –
boshqa odamga, buyumlarga nisbatan mo’ljal olishga o’rgatish vazifasiga –
o’tish   uchun   zarur   asos   bo’ladi.   Ammo   boshqa   odamga   nisbatan   mo’ljal   olish
faqat   o’z   gavdasi   sxemasini   bilgandagina   mumkin   bo’ladi.   Bola   hayolan   bu
sxemani   boshqa   obektlarga   nisbatan   ko’chiradi   va   o’xshashlik   bo’yicha   uni
boshqa   odamdan   va   buyumlardan   ajratadi.   Masalan,   bolalar   o’yinchoqlarni
qarashadi,   ular   bilan   faol   harakat   qilishadi.   Suhbatning   borishida   tarbiyachi
bolalar   e’tiborini   haarkterli   detallarga   qaratadi.   Masalan,   mashina   qaralayotgan
bo’lsin;   oldinda   kabina,   orqada   kuzov,   pastda   oldingi   va   keyingi   g’ildiraklar.
Buyumlar   tasvirlangan   qirqma   rasmlar,   kubchalar   mustaqil   ravishda   detallardan
(qismlardan)   butunni   tiklash   imkonini   beradi,   ya’ni   obektning   fazoviy
buyumlarini (ustida – ostida, tagida – yuqorisida, oldidan – orqasidan, bir tomoni
–yosh   tomonidan   va   ikkinchi   tomonidan)   o’zlashtirish   imkonini   beradi.   Bolalar
hali obektning o’ng va chap tomonlarini farqlay olishmaydi, bu murakkab malaka
maktabgacha   katta   yoshda   o’zlashtiriladi.   Kichik   guruhda   buyumning   fazoviy
117 harakteristikasini   tushunish   qisman   o’zlashtiriladi.   U   holda,   deb   so’raladi,
bolalarni buyumlarga, boshqa odamga nisbatan mo’ljal olishga o’rgatish zarurmi?
“O’ziga” nisbatan mo’ljal olishning o’zi etarli bo’lishi mumkinmi?
   Gap shundaki, tevarak –atrofimiz, ya’ni atrofimizdagi fazo, odamlar, har
xil   buyumlar   to’plami   to’lib   toshib   yotibdi.   Mana   shu   fazoda   mo’ljal   olish
ularning   har   xil   parametrlarini,   jumladan,   “oldindan”,   “orqasidan”,   “yonidan”,
“ustidan”,   “ostidan”,   keyinroq   buyumning   “chap”   yoki   “o’ng”   tomoni   kabi
parametrlarini hisobga olish majburiyatini yuklaydi. Oldin o’ziga, so’ngra boshqa
odamga,   buyumlarga   nisbatan   qarama   –qarshi   tomonlarni   ajratish,   birichidan,
istiqbolda   bolaning   faqat   “o’ziga”   nisbatangina   emas,   balki   boshqa   obektlarga,
boshqa odamga nisbatan mo’ljal olish malakasini egallashini ta’minlaydi.
Ikkinchidan,   bu   bilim   va   malakalar   buyumlar   orasidagi   fazoviy
munosabatlarni   bilib   olish   uchun   zarur.   Biz   bu   munosabatlar   haqida   ularning
tomonlariga – oldingi (yuz tomonga), yon, yuqori 9ustki) va h.k. tomonlarga mos
kelishlariga   qarab,   mulohaza   yuritamiz.   Nihoyat,   uchinchidan,   hatto   ancha
chegaralangan   fazo   chegaralarida   ham   (guruh   xonasi,   yoki   xonaning   bir   qismi,
stolning   usti,   qog’oz   varag’i   va   h.k.)   mo’ljal   olishning   asosiy   yo’nalishlarini
bilishni   nazarda   tutadi.   Bu   yangi   dasturiy   vazifa.   Bu   to’liq   o’zlashtirilgandan
keyingina, uni butun ish mazmunidagi asosiy vazifa deyish mumkin.
Maktabgacha   kichik   yoshda   bolalar   yo’nalishlarning   asosiy   guruhlarini
farqlashga (oldiga – orqaga, yuqoriga – pastga, o’ngga –chapga) o’rgatiladi. Bola
bu   yo’nalishlarni   o’z   gavdasining   tomonlarini   bilganligi   asosida   o’zlashtiradi.
Bolakaylar   bungu   kundalik   turmush   faoliyatida   o’rgatiladi.   Masalan,   yuvinish,
kiyinish   jarayonida   tarbiyachi   bolalarning   gavda   qismlarini   aytib   ularni   o’ng   va
chap qo’lni farqlashga o’rgatadi; tushlik vaqtida qoshiqni  o’ng qo’lda ushlashni,
chap qo’lda esa bir burda nonni ushlashni o’rgatadi, bolalarga chap qulog’i, o’ng
qulog’i,   chap   oyog’i,   o’ng   oyog’i   qaerdaligini   ko’rsatishni   taklif   qiladi;   chap
oyoq,   chap   ko’z,   chap   quloq,   chap   qo’l   joylashgan   tomonda,   o’ng   oyoq,   o’ng
ko’z, o’ng quloq esa o’ng qo’l tomonda joylashganligini tushuntiradi.
Elementar   matematik   tasavvurlarni   rivojlantirish   mashg’ulotlarida   bu
vazifalar.   “Qo’g’irchoqni   cho’miltirish”,   “Qo’g’irchoqni   uzlashga   yotqizish”,
“Qo’g’irchoqni   kiyintirish”   kabi   didaktik   o’yinlarda   aniqlashtiriladi.   Masalan,
tarbiyachi kichkintoylarga qo’g’irchoqning boshini, yuzini (oyoqlarini) yuvishni,
so’ngra   esa,   uning   (bolaning)   o’zi   yuzi,   boshi   va   boshqa   a’zolari   qaerda
ekanligini ko’rsatishni so’raydi.
Bolalarga   fazoviy   yo’nalishlarni   o’z   gavdasining   aniq   qismlariga   mos
qo’yishni   o’rgatish   kerak,   yuqoriga   –   bosh   tomonga,   pastda   –   oyoqlar,   oldinda
yuz, chapda – chap qo’l, o’ngda – o’ng qo’l.
Mashg’ulotlarda   kichkintoylarni   pastda   –   yuqorida,   oldinda   –   orqada,
chapda   –   o’ngda   kabi   juft   qarama   –   qarshi   yo’nalishlarni   farqlashga   o’rgatish
kerak.
Bu malakalarga tayanib, tarbiyachi bolalarni “o’zidan”ga nisbatan oldinga-
orqaga,   o’ngga   –chapga   kabi   fazoviy   yo’nalishlarni   ko’rsatish   va   aytishga
o’rgaish   kerak.   Masalan,   ayiqchaga   oldin   o’ng   qo’l,   keyin   chap   qo’l   bilan
silkashni,   qo’g’irchoq   qaysi   tomonga   ketganini   (o’ngga,   chapga,   zinadan
yuqoriga, pastga), koptok qayoqqa dumalaganini  ko’rsatish  va aytishni so’raydi;
bayroqchalarni   oldin   tepaga   ko’tarish,   so’ngra   pastga   tushirishni;   qo’llarni
118 oldinga   (o’z   oldiga,   to’g’risiga),   chapga,   o’ngga   cho’zish,   ularni   orqaga
yashirishni   va   h.k.ni   so’raydi.   Bu   xil   mashqlar   vaqtida   hg’amma   bola   va
tarbiyachi bir tomonga qarab o’tirishlari yoki turishlari kerak.
Dastur   vazifa   (masala)   larini   amalga   oshirish   “Bayroqcha   qaysi   tomonni
ko’rsatmoqda?”   kabi   o’yin-mashqlar   yordamida   bajariladi.   Bolalar,   masalan,
bayroqcha   bilan   qaysi   yo’nalish   (yuqori   yoki   past,   to’g’ri   yoki   orqa,   chekaa)
ko’rsatilayotganini payqab olishlari kerak. Ularning o’zlari bayroqchalar, lentalar,
pufaklar   (sharlar),   koptoklar   yordamida   ko’rsatilgan   o’yin   –   topshiriqlarni
bajaradilar. Yo’nalishlarni hisobga olgan holda fazoda mo’ljal olishning birinchi
tajribasi,   fazoning   o’zini   idrok   qilishning   qayta   qurilishi   shunday   sekin   –   asta
tarkib topadi. 
Asosiy   yo’nalishlar   bo’yicha   tashqi   dunyoning   fazoviy   tavsifini
o’zlashtirish   uzoq   davom   etadigan   jarayondir.   Maktab   yoshidagi   o’quvchilarda
fazoni bunday idrok qilish va asosiy yo’nalishlarni bilganlik asosida mo’ljal olish
uchun   ba’zi   asoslargina   yaratiladi.   Bu   bir   tomondan,   ikkinchi   tomondan   esa,
tekislikda   mo’ljal   olishning   ba’zi   malakalari   (rasm   solish,   elementar   matematik
tasavvurlarni   rivojlantirish   mashg’ulotlarining   borishida)   egallanadi.   Bolalar
varaq o’rtasini, uning yuqori va pastki qismlarini farqlashni, har xil yo’nalishlarda
(chapdan o’ngga, yuqoridan pastga qarab) oziqlar o’tkazishni o’rganadilar, sanoq
materialini   ustki   va   pastki   poloskalarga   qo’yishni,   uni   varaqda,   kartochkada
chapga yoki o’ngga joylashtirishni o’rganadilar.
To’rt   yoshga   qadam   qo’ygan   bolalarning   ish   mazmunida   yana   bitta
vazifani,ya’ni   buyumlar   orasidagi   fazoviy   munosabatlarning   ba’zi   variantlarini
(“ustida”,   “ostida”,   “orqasida”,   “ichida”,   “oldida”,   “orqasida”,   “yuqorisida”,
“pastida”)   bilib   olish   vazifasini   ta’kidlash   kerak.   Bu   vazifa   o’yinlar
(“O’yinchoqlar   berkinmachoq   o’ynaydi”,   “Quyoncha   qaerga   yashirindi?”,
“O’yinchoqni qaerdan topdingiz?” shaklida qiziqarli hal qilinadi.
Dastur   vazifasini   bajarish   kontekstida   lug’at   ustida   ishlash   ham   olib
boriladi.   Maktabgacha   yoshdagi   kichik   bolani   dasturda   nazarda   tutilgan   fazoviy
belgilashlarni to’g’ri tushunishining o’zi, u (hatto ba’zida) yo’naltiruvchi savollar
yordamida   bu   munosabatlardan   mustaqil   foydalana   oladigan   bo’lishining   o’zi
mutlaqo kifoya.
Ikkinchi kichik guruh bolalari uchun o’ng va chapni farqlash juda qiyinlik
bilan   amalga   oshadi.   “O’ngga   –chapga”   yo’nalishlarini   farqlashga   o’rgatishning
dastlabki bosqichida qanday pedagogik yo’l   -yo’riq amalga oshirilishi kerakligi
haqida fikr yuritamiz.
O’z qo’llarini farqlash qobiliyati avval bolaning o’ng va chap qo’llari chun
xos   bo’lgan   harakatlarni   bajarish   jarayonida   seziladi.   Masalan,   ovqatlanish
vaqtida   u   qoshiqni   o’ng   qo’li   bilan,   nonni   esa   chap   qo’li   bilan   ushlaydi;   rasm
cholish   mashg’ulotlarida   bola   chap   qo’li   bilan   rasmni   tutib   turadi,   o’ng   qo’lida
esa   qalam,   mo’yqalam   bo’ladi.   Bu   ikki   vaziyatdan   tarbiyachi,   bunday
foydalanadi;   mashg’ulot   boshlanishida   (yoki   ovqat   eyish   oldidan)   bolalar
e’tiborini   qalam   (yoki   qoshiq)   ni   har   doim   o’ng   qo’lda   tutish   kerakligini,   chap
qo’l   bilan   esa,   qog’oz   varag’ini   (yoki   taqsimchani)   tutib   turish   (nonni   ushlash)
kerakligini  uqtiradi. Tarbiyachi  bunga bolalar  e’tiborini  tortibgina  qolmay,  balki
ko’rsatadi   ham.   Hatoga   yo’l   qo’ygan   (yanglishgan)   bolaga   tarbiyachi   ikkinchi
119 marta   ko’rsatadi   (“Mana   endi   hammasi   to’g’ri;   qalam   o’ng   qo’lingda,   chap
qo’ling bilan esa qog’ozni tutib turasan”)
Bolalarning   harakatlarini   tekshirishda   tarbiyachi   ular   bilan   suhbatlashadi,
ma’qullaydi. Pedagogik baho his –tuyg’uga to’la bo’lishi, to’la qanoatlanganlikni
ifodalashi, o’z tarbiyalanuvchilarining topqirliklaridan hayratlanishi”ni ifodalashi
muhimdir.
Bunday   baholash   o’ziga   xos   pedagogik   usul   bo’lib,   bolaning   harakatlari
to’g’riligini   ifodalabgina   qolmay,   balki   his   –   hayajonli   kayfiyat   hosil   qilida,
ularning   bunday   mashqlarga   bo’lgan   qiziqishlarini   oshiradi,   o’z   qo’llarining
fraqlashni tezroq o’rganib olishga istak uyg’otadi.
1. Tarbiyachi   dastlab   bolalarga   qo’llarini   nomlari   bo’yicha   farqlashni
o’rgatadi. 
Tarbiyachi bolalarning qo’llarini belgilaydi, bolalar ularni fraqlashadi. Shu
maqsadda bu bolaga murojaat qilib so’raydi:
- Sening o’ng qo’ling qani?
- Mana (ko’rsatadi)
- Sening o’ng qo’lingdagi nima?
- Qoshiq.
- Sening chap qo’lingdagi nima?
- Non
- Balli, sen qaysi qo’ling o’ng, qaysi  qo’ling chap ekanini juda yaxshi  bilar
ekansan.
Bir necha mashg’ulotdan keyin, bunday deb so’rash mumkin: “Hozir, men
sizlardan o’z o’ng va chap qo’lingizni bilish bilmasligingizni so’rab, tekshiraman.
“Odatda,   bolalar   tarbiyachining   savollariga   faollik   ko’rsatib,   mamnuniyat   bilan
javob   beradilar   (“Mendan   hali   so’ramandingiz”,   “Men   g’am   bilaman”,   “Qoshiq
qaysi   qo’limda   ekanini   mendan   so’rang”,   “Toping-chi,   qalam   qaysi   qo’limda”).
Bunda   tarbiyachining   vazifasi   bu   faollikni   quvvatlab   turishdan   iborat.   U
so’raganda,   bolalar   ba’zida   xato   qiladilar   (bunday   xatolardan   bolakaylarning
hayajonli   ta’sirlanishini   ko’ra   bilish   kerak).   Xato   o’ziga   xos   pedagogik   usuldir.
Unda bola qaysi qo’li o’ng, qaysi qo’li chap qo’l ekaini pedagogga mamnuniyat
bilan tushuntiradi.
Bunday   kichik   mashqlar   nihoyatda   zarurdir.   Bu   xid   mashqlarning
davomiyligi   bir   yarim   –   ikki   minutdir.   Mashqlar   bolalar   e’tiborini   asosni
faoliyatdan   chetga   tortadi,   deb   aslo   xavotir   olmaslik   kerak.   Aksincha,   bunday
mashqlar   bolalarning   hayotiy   faoliyatiga   to’liq   ravishda   ijobiy   ta’sir   etib,   ularni
faollashtiradi.   Mashqlar   o’ziga   xos   “ma’naviy   –   his   –   tuyg’uga   to’la
tetiklashtirishning   o’rnini   bosadi,   e’tiborning   yo’nalishini   o’zgartirish
mexanizsomini   mashq   qildiradi.   Ularning   ta’limiy   samarasi   ravshan,   bu   samara
mashqlarning   kollektiv   shakllarini   o’tkazish   rejimida   (“haftasiga   3-4   marta
individual ish bilan qo’shib olib borilganda) atigig bir – bir yarim oy o’tganidan
keyin so’zila boshlaydi.
Shunga   qaramay,   bunday   savol   paydo   bo’lishi   mumkin:   “Aniq   maqsadga
yo’naltirilgan   ta’limning   boshlanishida   nega   ilk   bor   bunday   mashqlar,   albatta,
faqat   ma’lum   pedagogik   vaziyatlarga   jiddiy   “Bog’langan”   bo’lishi   zarur?   Gap
shundaki,   rasm   solish   mashg’ulotlarida,   noneshta,   tashki   ovqat,   kechki   ovqat
vaqtida   bolalar   har   qaysi   qo’l   uchun   “arakterli   bo’lgan   harakatlarni   bevosita
120 bajarishadi. Boshqa sharoitda bolalar bu harakatlar haqidagi tasavvurlar bilan ish
ko’rishlariga   to’g’ri   keladi.   Shu   sababli   noto’g’ri   beriladigan   javoblar   miqdori
ortib   ketadi.   Ana   shuning   uchun   ham   mashqlar   samaradorligini   orttirishning
muhim   sharti   –   oldinggi   tajribani   aktuallashtirib   borishdan   iborat.   Qiyinchilik
paydo bo’lgan hollarda farqlashning asosiy mezonini eslatib qo’yish zarur (“O’ng
qo’lingda   har   doim   qoshiqni   ushlaysan”   va   h.q)   Harakaterli   tmooni   shundaki,
tarbiyachining   yordami   bolalarda   faol   harakat   reaksiyasini   uyg’otadi:   ular
tasavvurdagi   qoshiqni   (qalamni)   qaysi   qo’lda   ushlash   qulay   ekanini   qandaydlir
darajada sinab   ko’rishadi.  Shu bilan  ilgari   shakllangan  sensomator  bog’lanishlar
kompleks   ravishda   jonlantiriladi,   shundan   keyin   bolalar   taklif   qilingan
topshiriqlarni ko’proq ishonch bilan bajaradilar.
Mashqlardan   bog’cha   tartibotining   har   xil   momentlari   (yuvinish,   kiyinish,
sayrga   chiqishga   yig’ilish)da   foydalanish   mumkin.   O’z   qo’llarini   fraqlash
malakasi   uchun   konkret   pedagogik   vaziyatda,   musiqa,   matematika,
konstruksiyalash mashg’ulotlarida, harakatli o’yinlar vaqtida va jismoniy tarbiya
mashqlarida bir necha daqiqa ajratish mumkin.
Masalan,   ikkinchi   kichik   guruhda   o’tkaziladigan   matematika
mashg’ulotlarida   tarbiyachi   dastur   vazifalarining   butun   bir   kompleksini   amalga
oshirishi   mumkin.   Buning   uchun   galdagi   vazifa   xuddi   oldingidek,   o’z   qo’llarini
farqlash   ko’nikmasini   takomillashtirishdan   iborat.   Shu   asosda   keyingi   yosh
guruhlarda tarbiyachi o’z tarbiyalanuvchilarini o’ng va chap oyoqlarini, ko’zlarini
bir   –   biridan   farqlashga   o’rgatadi.   Dasturning   bu   vazifasi   bolalarni
umumlashtirilgan idrokka, juft qarama- qarshi tomonlarni aniqlashga olib keladi.
Mashg’ulotni   guruh   bilan   yoki   bitta   bola   bilan   o’tkazish   ham   mumkin.
Mashqlarning   o’yin   shakllarining   samaradorligi,   pedagogik   jarayonda   ulardan
keng   foydalanishning   mumkinligi   mazkur   didaktik   vositaning   alohida
ommaviyligidadir.   Mana   shu   o’yin   –   mashqlarning   varaintlari   bo’lib,   ularning
maqsadi   –   qo’llarni   o’z   nomlari   bo’yicha   amalda   fraqlashdan   iborat.   Bu
mashqlarning davomiyligi 4-5 minutdan ortmaydi.
“Qo’llaring   qayerda?”   Topshiriq:   qo’llarni   orqaga   yashirish.   Tarbiyachi
oldin bolaning o’ng qo’li qayerda, chap qo’li qayerda ekanini topadi, so’ngra bitta
(yoki   bir   nechta)   bolaga   o’z   qo’llarini   ko’rsatish   va   ularning   nomini   aytishni
taklif qiladi.
“Zoldir qani?” Topshiriq: zoldirni kaftga berkitish. Tarbiyachining vazifasi
zoldir   qaysi   qo’lda   –   o’ng   qo’ldami   yoki   chap   qo’lda   ekanini   topish.   Shundan
keyin   tarbiyachi   bolalarga   navbati   bilan   o’zlarining   chap   va   o’ng   qo’llarini
ko’rsatishni,   ularni   atashni,   zoldir   qaysi   qo’lga   yashirilganini   aytishni   taklif
qiladi.
“Bayroqchani   ol”.   Tarbiyachi   bolalar   qaysi   qo’l   o’ng   (chap)   qo’l   ekanini
eslashlarini,   shu   qo’l   bilan   bayroqchani   olishni;   bayroqchani   boshqa   qo’lga
o’tkazishni,   qo’lni   yuqori   ko’tarishni,   bayroqlani   silkitishni   va   yana   boshqa
(chap)   qo’lga   o’tkazishni   taklif   qiladi.   Yoki   ko’k   bayroqcha   (chap)   qo’lga
o’tkazishni   taklif   qiladi.   Yoki   ko’k   bayroqcha   (lentacha)   o’ng   qo’lda,   sariq
bayroqcha chap qo’lda. Topshiriq:  bayrochalar  o’rinlarini  almashtirish. Shunday
keyin tarbiyachi so’raydi: “Bayroqning rangi qanday? U qaysi qo’lda?”.
“O’yinchoq qaysi qo’lda?” Tarbiyachi oldin bolalardan biriga o’yinchoqni
o’ng   (chap)   qo’l   bilan   olishni   aytadi.   keyin   esa,   bola   o’yinchoqni   qaysi   qo’liga
121 olishni xohlasa, o’sha qo’liga olishini va o’yinchoq qaysi qo’lida ekanini aytishni
taklif qilishi va u o’ng qo’lida qanday o’yinchoq, chap qo’lida qanday o’yinchoq
borligini aytishi kerak.
“Toshlarni boshqa qo’lingga o’tkaz”. Bir nechta (5-6 ta) toshni bir qo’ldan
ikkinchi   qo’lga   o’tkazish   kerak.   Topshiriqni   bajarish   jarayonida   bola   o’z
qo’llarini farqlaydi, ularni belgilaydi. Shu bilan bir vaqtda bola “bitta” va “ko’p”
atamalarini farqlashni o’rganadi.
O’z qo’llarini farqlashga oid bundan keyingi mashqlar qiyinroq harakatlar
bilan bajariladi.
“Nima   og’ir?”   Topshiriq:   ikki   buyumdan   qaysinisi   og’ir   )yengil)   ekanini
aniqlang: qaysi qo’ldagi (o’ng yoki chap qo’ldagi) buyum og’ir, qaysi qo’ldagisi
yengil ekanini aniqlash. Bolalar kichik guruhda olingan bilimlar asosida “o’ngga
chapga” “fazoviy yo’nalishlar) bilan tanishadilar. Bu yosh guruhlarida bolalar bu
yo’nalishlarni   farqlashgagina   o’rgatiladi.   (bilib   olish,   mustaqil   aytish   va
ko’rsatish).
Dasturning navbatdagi muhim vazifasi chegaralangan gorizontal tekislikda
(qog’oz   varag’i,   sanoq   mateirallini   qo’yish   uchun   kartochka)   “O’ngga   chapga)
yo’nalishlari   bo’yicha   mo’ljal   olishning   dastlabki   malakalarini   rivojlantirishdan
iborat.   Bolalar   o’ng   qo’llari   bilan   sanoq   materialini   tanlab   olib,   ularni
kartochkaga   chapdan   o’ngga   yo’nalish   bo’yicha   qo’yishni   o’rganadilar.
Topshiriq; tekislikning uzunligini boshqa poloska yoki lentacha bilan taqqoslash
uchun   teksilik   ush,   nihoyat,   uchinchidan   tekislikda   mo’ljal   olish.   Endi
umumlashtiruvchi   xulosalarni   (tavsiyalarni)   bayon   qilish   (ifodalash0   bilan
cheklanamiz:
1. Bolalar o’ng va chap
qo’l   bilan   harakat   qilish   (ishlash)ning   starlicha   va   rang   barang   seminar
tajribasini   to’plashlari   kerak.   Oldin   bu   harakatlarning   differensial   harakterini
(o’ng   qo’lda   qoshiqni,   qalamni,   mo’yqalamni   ushlash,   chap   qo’lda   taqsimcha,
qog’oz   varag’i   va   hokazolarni   tutib   turish)   mustahkamlash,   so’ngra   bolalarni
qo’llarining nomlari bo’yicha farqlashsh, nihoyat, uchinchidan tekislikda mo’ljal
olish.   Endi   umumlashtiruvchi   xulosalarni   (tavsiyalarni)   bayon   qilish   (ifodalash0
bilan cheklanamiz:
1. Bolalar o’ng va chap qo’l bilan harakat qilish (ishlash)ning starlicha va
rang   barang   seminar   tajribasini   to’plashlari   kerak.   Oldin   bu   harakatlarning
differensial   harakterini   (o’ng   qo’lda   qoshiqni,   qalamni,   mo’yqalamni   ushlash,
chap   qo’lda   taqsimcha,   qog’oz   varag’i   va   hokazolarni   tutib   turish)
mustahkamlash,   so’ngra   bolalarni   qo’llarining   nomlari   bo’yicha   farqlash   va
mustaqil nomlashga undash zarur.
2.   Qo’llarning   nomi   bilan   har   qaysi   qo’l   uchun   xos   bo’lgan   harakatlar
xarakteri   (bola   o’ng   va   chap   qo’li   bilan   nima   qiladi)   orasidagi   aloqani
mustahkamlash.
3.   O’rgatuvchi   mashqlarda   ikkala   qo’lning   nomi   va   harakat   xarakteri
bo’yicha qiyoslash kerak. Taqqoslash differensiallash jarayonini jadvallashtiradi.
4. Mashqlar va differensiallash tobora murakkablashtira borilishi kerak.
a)   o’ng   va   chap   qo’l   uchun   xarakterli   bo’lgan   tabiiy   harakatlarni   bajarish
jarayonini   aniqlashdan   bu   harakatlar   haqidagi   tasavvurlar   asosidagina
farqlashgacha;
122 b)   berilgan   masala   yagona   va   mustaqil   bo’lgan   (“Sening   qo’llaring
qayerda?”,  “Bayroqchani   ol”, “Zoldir   qani?”)  vaiyatda  aniqlashdan,   natijada uni
bajarish   jarayonidan   (“Qaysi   qo’l   bilan   uzoqqa?)”,   “Qaysi   qo’l   bilan   aniqroq?”)
farqlashgacha murakkablashib borishi kerak.
Pedagogik   tajribani   tahlil   qilish   ko’pincha   bolalar   bilan   ishlash   natijalari
kutilganidan   anchagina   past   ekanini   ko’rsatmoqda.   Buning   sababi   uslubiy
harakterlagi xatolarga yashirinib yotibdi. Ularni harakterlab o’tamiz.
Ko’pincha   tarbiyachilar   qo’llarning   aniq   nomlari   (“chap,   “o’ng”)   o’rniga
bu   qo’l”   yoki   “yo’q,   bu   qo’l   emas,   boshqasi”,   deyishadi.   Boshqa   bir   xato.
Tarbiyachi   qo’llarni   o’z   vaqtida   va   to’g’ri   belgilaydi,   bolalarni   ularni   mustaqil
nomlashga   undaydi.   Ammo   og’zaki   bilimlarda   asosiy   mezon   –   har   qaysi   qo’l
uchun   haarkterli   bo’lgan   haarkat   faoliyatini   tushunib   yetishdan   uzilgan   holda
shakllantiriladi.   Sensor   komponentdan   uzilgan   holda   og’zaki   farqlash   jiddiy
uslubiy xatodir.
Navbatdagi   xato.   Tarbiyachi   ko’pincha   xatoni   mustaqil   tuzatish
muhimligini   yetarlicha   baholamaydi.   U   yerdan   berishga   shoshiladi,   bayroqchani
chap qo’ldan o’ng qo’lga o’tkazadi. Natija ravshan: kichkintoy endi bayroqchani
o’ng qo’lida ushlab turibdi, yo’l qo’yilgan xatoga tushunib yetilmagan. Yana bitta
xato.   Bilish   jarayonini   jadallashtirish   maqsadida   tarbiyachi   mezon   sifatida
mo’ljallangan buyumlarni aytadi, masalan, “derazaga yaqin turgan qo’l o’ng qo’l,
chap qo’l esa devorga yaqin turgan qo’ldir”. Aniq shart – sharoitda, tushunarliki,
hammasi xatosiz aniqlanadi. Ammo shuni hisobga olish kerakki, bu holda bolalar
eng oldin buyum oriyentirlarni farqlaydilar.
Bizning hozirgi “o’ng – chap” dunyomiz keng va turli tumandir. Uni hatto
katta yoshdagi bolaning ham mustaqil ravishda tushunib olishi oson emas, unda,
masalan,   fazoviy   xarakteristikaning   nisbiyligi,   uning   hisob   boshlanadigan
nuqtaga   nisbatan   bog’liqnligi   aralashib   ketishi   mumkin.   Bunday   holda   nima
absolyut va o’zgarmas? Bolaning o’z fazoviy sxemasi (koordinatlari) o’zgarmas.
Har   qaysi   odamning   sxemasi   va   buyum   olmi   obyektlarining   fazoviy   sxemasi
o’zgarmas.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   maktabgacha   muassasalar
dasturining  “Fazoda  mo’ljal   olish”  bo’limi  bo’yicha  elementar  “fazoviy  ta’limi”
mana shu haqiqatlarni o’zlashtirib olishdan boshlanadi.
O’rta guruh
  “Fazoda mo’ljal olish” bo’yicha ishlash bir necha yo’nalishda o’tkaziladi.
Eng   oldin   seminar   tajriba   takomillashtiriladi.   Bolalar   bu   yosh   davrida   ancha
mustaqil   bo’lib   qolishadi,   o’yinchoqlar   saqlanadigan   joyni   bilishadi,   o’rnatilgan
tartibga   amal   qilishadi.   O’rta   guruhda   ular   oshxonada   navbatchilik   vazifalarini
bajarishga   o’rgatiladi,   o’quv   yilining   ikkin   iyarmidan   boshlab   esa,   materialni
mashg’ulotga   tayyorlash   o’rgatiladi.   Navbatchilarning   vazifalarini   bajarish
stoldagi   idishlar,   o’quv   ashyolarining   fazoviy   joylashuvlarini   o’zlashtirish   bilan
bog’liq.   Bolalar   endi   binoda   va   bolalar   bog’chasi   uchastkasida   erkinroq   mo’ljal
oladilar.   Masalan,   boshqa   guruhlar,   musiqa   zali,   vrach   xonasi   qayerda
joylashganini, ularga qanday borishni biladilar. Bularning hammasi atrofni o’rab
olgan   fazoda   katta   qiziqish   bilan   mo’ljal   olishdan   darak   beradi.   Pedagogik
ishning ushbu yo’nalishi  keyingi  yosh guruhlarida asosan  bolalar  bilan kundalik
muloqotlarda, ya’ni o’qishdan tashqari vaqtda ham keng joriy qilishadi.
123 O’rta guruhda o’quv faoliyatini tashkil qilish jarayonida tarbiyachi boshqa
masalalarni ham hal qiladi: 1) fazo haqidagi dastlabki bilimlarni mustahkamlaydi,
ularni   kengaytiradi   va   teranlashtiradi,   yangi   ma’lumotlar   beradi;   2)   olingan
bilimlarni   o’yinlarda,   dasturning   boshqa   bo’limlariga   bag’ishlangan
mashg’ulotlarda   har   xil   hayotiy   situasiyalarda   qo’llashga   o’rgatadi.   “Bolalar
bog’chasida   ta’lim   tarbiya   dasturi”ning   “Fazoda   mo’ljal   olish”   bo’limiga   mos
ravishda   tarbiyachi   bolalarga   o’ziga   nisbatan   yo’nalishni   aniqlashni,   berilgan
yo’nalishda harakat qilishni (oldiga – orqaga, yuqoriga – pastga, o’ngga -chapga),
o’ziga nisbatan buyumlarning holatini so’zlar bilan tushuntiradi.
Ammo   oldin   bolaga   nsibatan   qarama-   qarshi   yo’nalishda   turgan,   ya’ni
oldida   orqasida,   o’ngda   –   chapda   turgan   1-2   ta   o’yinchoqni,   buyumlar
joylashuvini   aniqlashga   dir   topshiriq   beriladi.   O’yinchoqlar   yoki   qandaydir
buyumlar   soni   asta   –sekin   4   taga   yetkaziladi.   Dastlabki   vaqtlarda   buyumlarni
boladan   uncha   uzoqmas   masofaga   (uning   yoniga)   joylashtirish   ma’qul.
Keyinchalik   masofani   kattalashtirib   borish   kerak.   Tarbiyachining   topshirig’iga
binoan, bola xonaning ma’lum bir joyiga turadi va o’z oldida chapida va o’ngida
qanday   buyumlar   turganini   aytadi.   shundan   keyin   tarbiyachi   boladan   o’ngga
(chapga)   turilishini   va   yana   qanday   buyumlar   undan   qaysi   yo’nalishda
turganligini aytishni so’raydi. 
Fazoda   (“Top-chi,   bunda   nima   bor?”,   “Biling   –chi,   nima   o’zgaribdi?”
tipidagi) mo’ljal olishga doir mashqlar o’yin xarakteriga ega bo’lishi kerak.
Bolalarda   berilgan   yo’nalishda   harakat   qilish   malakaisni   tarbiyalash
maqsadida   “Qayerga   borsang,   shuni   topasan2,   “Buyumni   top”,   “Bayroqchani
top”  kabi   didaktik  o’yinlardan  foydalanish   mumkin.  Bolalar   o’yin   topshiriqlarni
bajarishda   asosiy   fazoviy   yo’nalishlarni   farqlashni   va   ularni   belgilashni,   mashq
qiladilar.  Masalan,   tarbiyachi   bolalar  yo’qligida  o’yinchoqlarni  xonaning  har   xil
joyiga   (rasm   orqasiga,   gilam   ostiga,   shkafga   va   h.qga)   berkitadi.   O’yin
boshlanishidan oldin, u bolalarga berkitilgan o’yinchoqlarni qidirishlarini aytadi.
shundan keyin, u bolalarni navbati bilan stol yoniga chaqiradi, o’yinchoqni qaysi
yo’nalishda qidirish kerakligini aytadi. Izlanishni boshlashdan oldin bola qanday
o’yinchoq va qaysi yo’nalishni takrorlashi kerakligiga alohida e’tibor beriladi.
Ishning   mazmuni   aniq   va   ixcham   ifodalangan.   Uni   sharhlaymiz.   Besh
yoshga qadam qo’ygan bolalar fazoviy yo’nalishlarni farqlashlarigina emas, balki
unga   amal   qilishlari   ham   kerak.   “Dastur...ja”   bolalarni   berilgan   yo’nalishda
harakat   qilishga   o’rgatish   kerakligi   ta’kidlanadi.   Shunday   qilib,   bilimlar   bolalar
tajribasida   akslanishi,   asosiy   yo’nalishlarni   hisobga   olgan   olda   mo’ljal   olish
malkalarida sezilishi kerak. Bu yangi masala. Mana shuning uchun ham o’quv –
o’yin   topshiriqlarining   bajarilish   sur’ati   dastlab   sustroq   bo’ladi.   Axir   bola
berilgan   yo’nalishni   aniqlashdan   oldin,   ikki   taklifdan   birini   tanlab   olishi   uchun
(“Qayerga   borasan?   nima   topasan?”   deb   ataluvchi   mashhur   o’yin   namunasida)
oldin o’ylab olishi kerakda.
Dasturga muvofiq o’rta guruhda bolalar ko’proq fazoda o’zlaridan mo’ljal
olishlari kerak, fazoda buyumlarning “o’ziga nisbatan” joylashganligini elementar
tasavvur   qilishlari   kerak.   Bu   mazmun   elementar   matematik   tasavvurlarni
shakllantirishga   bag’ishlangan   mashg’ulotlarda   didaktik   vositalar   –   didaktik
o’yinlar,   qiziqarli   mashqlar,   “Nima   o’zgardi?”   tipidagi   o’yin   –mashqloar
yordamida   ro’yobga   chiqadi.   O’yinchi   oldida   turgan   vazifa   o’yinchoqlarning
124 joylari   o’zgartirilmasdan   va   o’zgartirilgandan   keyingi   joylashuvlarini   topishdan
iborat.   Buyumlar   oldin   bir   –   biridan   uncha   uzoq   bo’lmagan   masofada
joylashtiriladi.   Ushbularni   aniqlash   kerak,   uy   qanday   rangda,   u   qayerga
joylashgan,   boladan   boshlangan   yo’lning   oxiridami,   boladan   oldindami,
orqadami,   undan   o’ngdami   yoki   chapdami,   uyga   borishda   yo’lda   qanday
o’yinchoqlar uchraydi, ulardan qasilari bolaga yoki uyga yaqin (uzoq) joylashgan
va   h.q   atrofdagi   buyumlarning   fazoviy   xarakteristikalarini   tushunishlari,   uning
fazodagi   xususiy   joylashuviga   bog’liqligi   asta   –sekin   mana   shunday
oydinlashtiriladi. 
Bu   xil   o’yin   –   mashqlar   real   buyumli   atrofni   alohida   buyumlar
joylashuvining   fazoviy   xarakteristikasi   bilan   birgalikda   idrok   qilishga
tayyorlaydi.
Katta guruh.
Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarning   fazoviy   tasavvuri   faoliyatning
hamma   turlari   jarayonida   kengayadi   va   mustahkamlanadi.   Mashg’ulotlar
tarkibiga fazoda mo’ljal olishga doir maxsus mashqlarning kiritilishi  ham bunga
imkoniyat   beradi.   Maslan,   tarbiyachi   bolalarga   chapda   eng   baland,   o’ngda   eng
past   buyum   turadigan   qilib,   buyumlarning   kattaliklari   bo’yicha   yoyishni   taklif
qiladi,   yoki   uning   o’zi   stolga   o’yinchoqlarni   (it,   mushuk,   sigir,   qo’y,   quyon)
joylashtiradi   va   bolalarga   murojaat   qiladi:   “Sigirning   yonida   nima   turganini
qarang va ayting. Mushukdan chapda nima turibdi? Qo’y qaysi hayvonlar orasida
turibdi?”   So’ngra   tarbiyachi   o’yinochoqlarni   biri   –   birining   orqasida   turadigan
qilib aralashtirib qo’yadi va so’raydi. “Nima birinchi ketimoqda? Nimadan keyin
mushuk   ketmoqda?   Nimadan   oldinda   sigir   ketmoqda?   Qo’ydan   keyin   nima
ketmoqda?” va h.q
Bolalar atrofdagi buyum orasida o’z holatlarini aniqlaydigan mashqlar ham
samarali: “Stolning orqasida turibman, stolning yonida, deraza oldida turibman”.
Katta   guruhda   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   qog’oz   varag’ida   mo’ljal
olishga   o’rgatila   boshlanadi.   Oldingi   guruhlarning   dasturlarida   bunday   vazifa
yo’q   edi.   Tarbiyachi   rahbarligida   bolalar   ma’lum   miqdorligi   buyumlarni
ko’rsatilgan   yo’nalishda;   qog’oz   varag’ining   yuqori,   pastki   qismiga,   chap
qismiga,  o’ng  qismiga  joylashtirish   malakasini  egallaydilar.  Bunday   topshiriqlar
ham   bo’lishi   mumkin:   varaqning   chap   qismiga   5   ta   doiracha;   o’ngiga   esa   1   ta
ortiq   doiracha   qo’y;   varaqning   pastki   va   ustki   qismlariga   8   tadan   uch   burchak
joylashtir.   Topshiriqni   bajarganidan   keyin   bola   qanday   figuralardan   nechtasini
joylashtirganini   va   qayerlarga   joylashtirganini   gapirib   beradi.   Bolalarni
buyumlarning   qog’oz   qarag’idagi,   stoldagi,   poldagi   holatini   belgilash   uchun
so’zlarni to’g’ri, ma’nosi bo’yicha ishlatishga o’rgatish kerak.
Yil   oxiriga   kelib   bolalar   o’zlariga,   boshqa   odamlarga   nisbatan   o’rnini
so’zlar bilan ifodalay oladigan bo’lishlari kerak.
Ifodalangan   qoidani   tarbiyachi   ochib   berishga   va   to’ldirishga   harakat
qiladi.   Katta   guruhlarda   eng   oldin   asosiy   yo’nalishlarni   hisobga   olgan   holda
fazoda tez mo’ljal olish tajribasini istiqbolda takomillashishi ta’minlanishi kerak.
Topshiriqlar   xarakteri   tobora   qiyinlasha   boradi.   Bajarish   sur’ati   ortadi,
Tarbiyachi,   “Paketni   top”,   “Bayroqchani   top”,   “Razvedkachilar”   kabi   didaktik
o’yinlarda   bir   yoki   ikki   yo’nalishni   birining   ketidan   birini   ketma   –ket
topishnigina emas, balki birdaniga bir qancha (beshtagacha)  yo’nalishni topishni
125 taklif   qilishi   mumkin,   masalan,   “
Qayin daraxtigacha to’g’ri bor; o’nga burilib, besh qadam yur; chapga buril, yana
uch   qadam   yur;   orqaga   buril   (aylan)”.   Yurish,   yugurish   jismoniy   tarbiya   va
musiqa   mashg’ulotlarida,   harakatli   o’yinlarda,   badantarbiya   daqiqalarida   va
ertalabki gimnastikada harakat yo’alishini tez o’zgartirish kabi mashqlardan keng
foydalaniladi.   Fazoda   mo’ljal   olish   mashqlari   bolalarda   yo’l   harakati   qoidalari
haqidagi   bilimlarni   shakllantirish   ishi   mazmuniga   ham   kiritiladi.   Katta   guruhda
fazoda tez mo’ljal olish tajribasi ham rang –barangdir: “Ko’z bog’lash” o’yinlari
juda murakkab topshiriqdir – nishongacha berk ko’zlar bilan borish talab qilinadi
(“Toychaga   yem   ber”,   “Barabanga   taq   –taq   urish”   o’yinlari).   Bu   vazifa   ustida
ishlash   dasturning   bolalarning   fazoviy   munosabatlar   haqidagi   bilimlarini
kengaytirish   talabi   kabi   (“chapdan”,   “o’ngdan”,   “yuqorida”,   “pastda”,   “oldida”,
“orqasida”, “orasida” doimo  diqqat markazda turmog’i kerak.
Ma’lumki, bolalar buyumlar orasidagi fazoviy munosabatlarni fraqlashning
dastlabki   tajribasini   kichik   va   o’rta   guruhlarda   olganlar.   Katta   guruhda   bu
bilimlarni   kengaytirish,   sistemalashtirish   masalasi,   bolalarni   o’yin
materiallaridagina   mo’ldal   olishgagina   emas,   balki   atrofdagi   real   sharoitda   ham
mo’ljal   olishga   o’rgatish   vazifasi   qo’yiladi.   Mana   shuning   uchun   ham   bu   yosh
guruhida   bunday   topshiriqlardan   foydalanish   ma’qul,   u   yoki   bu   buyum   qayerda
hamda   u   boshqa   buyumlarga   nisbatan   qanday   joylashgan?   Masalan,   qurilish
materiallari   qo’yilgan   shkaf   eshikdan   chap   tomonda   turibdi:   eshik   bilan   shkaf
orasiga   rasm   osib   qo’yilgan;   kitob   burchagi   shkaf   qarshisida   derazalar   orasiga
joylashtirilgan va h.q Maxsus didaktik o’yinlarda (“Qo’g’irchoqqa mebellarni joy
– joyiga qo’yishga yordam bering”, “Nima qayerda turibdi?” va h.q) real buyum
muhitning bundany fazoviy –og’zaki tavsiflari ham  tekislikda mo’ljal  olish kabi
besh yoshli bolalarga to’la mos keladi.
Maktabgacha   yoshga   yetguncha   bolalarda   tekislikda   mo’ljal   olishga   doir
bilim   va   malakalarning   ma’lum   miqdordagi   tajribasi   to’planadi.   Bolalar   varaq
teksiligida   uning   o’rtasini,   burchaklarini,   chekaalarini   yoki   tekislikni
chegaralovchi   tomonlarini   bemalol   ajrata   oladilar;   varaqning   ustki   yoki   ostki
(yuqori   va   quyi)   chap   va   o’ng   qismlarini   ajrata   oladilar.   Bolalar   asosiy   fazoviy
yo’nalishlarni hisobga olgan holda tekislikda mo’ljal ola biladilar. Bu malkalarni
ular  hali  kichik  va   o’rta  guruhlardayoq  doimo  egallashgan.  Hozirgi   bosqichning
assoiy   vazifasi   bu   tajribani   mustahkamlash,   chuqurlashtirishdan   iborat.   Bunday
mashqlar   foydali:   buyumlar   tasvirlangan   rasmlar   varag’i   tekisligida   kichki
o’yinchoqlarni,   geometrik   figuralarning   modellarini   joylashtirish.   Bu
topshiriqlarni   bajarganlaridan   keyin   bolalar   obyektlarning   tekislikda   va   bir   –
biriga   nisbatan   joylashuvlarini   mustaqil   ravishda   tavsiflab   berishlari   kerak
(masalan,  qizil  doiracha  varaqning  o’rtasida   uchburchaklar   orasida   turibdi,  sariq
uchbuchak   doirachadan   chapda,   ko’k   uchburchak   esa,   undan   o’ng   tomonda
turibdi).
Ish  mazmunidagi  yangi  eyelement     -oraliq  yo’nalishlarni  bilishdan   iborat.
Bola   tekislikda   oriyentir   (mo’ljal)   olganidan   keyin,   uning   har   bir   alohida
elementini   yoki   qismini   (burchagi,   tomoni,   uning   biror   qismi)   yanada   aniqroq
aytishi   mumkin.   Endi   varaq   tekisligining   to’rttala   burchagining   har   bir   xususiy
tavsif oladi:  ustki  o’ng burchak, ustki  chap burchak, pastki  chap burchak va h.q
Varaq   sirtida,   masalan,   markazdan   balandda   (tepada)   yoki     markazdan   pastda
126 (quyida)   joylashgan   yana   ikkita   qismni   o’ng   va   chap   qismni   ajratish   mumkin;
varaq  sirtining to’rtta qismining har biri ikki yoqlama, ya’ni ustki o’ng qism yoki
pastki   chap   qism   kabi,   fazoviy   tavsif   oladi.   Fazoda   mo’ljal   olish   malakalarini
qiyinlashtirish   shart   –   sharoitlariga   besh   yoshli   bolalarning   bilimlari   bemalol
yetadi,   ammo   bunda   bitta   shart   bajarilishi   zarur:     elementar   matematik
tasavvurlarni   shakllantirish   mashg’ulotlarida   didaktik   o’yinlardan,   qiziqarli
mashqlardan   keng   foydalanish   kerak.   Va,   nihoyat,   oxirgisi:   bolalarga   faqat
“o’zidan”   emas,   balki   boshqa   odamga,   boshqa   buyumlarga   nisbatan   mo’ljal
olishga o’rgatish haqida. O’quv – o’yin topshiriqlari – o’rtog’ining o’n gtomoni
yoki   chap   tomoniga   turish,   undan   oldinda   yoki   orqada   turish,   ko’rsatilgan
buyumga   nisbatan   o’zining   fazodagi   o’rnini   tavsiflab   berish;   ko’rsatilgan
oriyentirga   nisbatan   bir   yoki   bir   necha   buyumni   joylashtirish   –   bolalarning   bu
malakalarni muvaffaiyatli o’zlashtirishlariga yordam beradi.
Tayyorlov guruhi.
Maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarning harakat yo’nalishida ularning
o’zi va buyumlar orasidagi, buyumlarning o’zi orasidagi fazoviy munosabatlarda,
shuningdek, qog’oz varag’ida (teksilikda) mo’ljal olish malakalari rivojlantiriladi
va   mustahkamlanadi.   Bolalar   bilan   ishlash   metodikasi   “chapdan   –   o’ngdan”,
“ustida –ostida” kabi qarama- qarshi yo’nalishlarni ajratishga asoslanishi kerak.
Bolada   qog’oz   varag’ida   mo’ljal   olish   malakalarini   shakllantirish   uchun
bunday   topshiriq   beriladi:   varaqning   yuqori   chekkasiga   4   ta   varaqcha   va   pastki
chekkasiga   shuncha   gulcha   qo’yish.   Shundan   keyin   tarbiyachi   bolalarga   nima
qayerda   yotganini   gapirib   berishni   taklif   qilishi   mumkin.   Bundan   keyin
topshiriqlarning   murakkabroq   variantlaridan   9figuralar   miqdorini   orttirish,   ular
o’rinlarini almashtirish va h.q) foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek, “kim
eslab   qoladi?”,   “nima   o’zgardi?”,   “Nimalari   bilan   farq   qiladi?”,   “Juft
kartochkalar” kabi o’yinlarni o’tkazish tavsiya qilinadi.
Bunday topshiriqlarni o’tkazish metodikasi haqida fikr yuritamiz.
Olti   yoshli   bolalar   “o’ziga”   nisbatan   to’la   ishonch   bilan   mo’ljal   oladilar.
Ammo hali ularning ko’pchiligi buyumlarning, boshqa odamlarning o’ng va chap
tomonlarini farq qilishda qiynaladilar. Ularni, masalan, o’zi tomoniga yuzi bilan
aylangan   o’rtog’ining   o’ng   qo’li   uning   chap   qo’li   qarshisida   bo’lish   holi
ajablantiradi. 
Nega   bunday   bo’ladi?   Oldingi   ish   natijasida   bolada   quyidagi   bilim   va
malakalarning   puxta   stereotipi   (andozasi)   yig’ilib   qoladi:   o’ngda   (o’ngroqda,
o’ngga),   o’ng   qo’l   turgan   tomonda   bo’ladi.   Bu   fazo   “o’zidan”   mo’ljal   olishda
mutlaqo   to’g’ri.   Ammo   endi   vaziyat   o’zgardi.   “Bolaga   boshqa   odamdan   yoki
boshqa   buyumlardan   mo’ljal   olish   taklif   qilinadi.   Demak,   munosabat   nuqtasi
subyektning   o’zidan   tashqarida   belgilanadi.   Bu   yerda   oldinga   tajriba   fazoviy
vaziyatlarning   yangi   variantlari   bilan   ziddiyatlikka   kirishgandek   bo’ladi.
Haqiqatda   esa,   masalan,   bola   o’zi   bilan   juft   bo’lib   turgan.   Malik   o’zidan   o’ng
tomonda   turganini   yaxshi   biladi.   Bu   endi   odat,   oddiy   haqiqat.   Amo   teskari
fazoviy   munosabatlarni   (chunonchi,   “Agar   Malik   mendan   chap   tomonda   turgan
bo’lsa, u holda men undan o’ng tomonda turgan bo’laman”) tushunish tayyorlov
guruh   bolalari   uchun   ham   unchalik   oson   emas.   Bu   yerda   “boshqa   odamga
nisbatan” mo’ljal olish vaziyati mavjud. Buni to’g’ri tahlil qilish uchun bola eng
oldin  o’rto0ining   o’ng   va  chap   qo’li   (tomoni)   ni   aniqlashi   kerak.  Katta   guruhda
127 bolalar   bu   malakani   egallab   olishgan,   endi   esa   shu   malaka   puxta   va   ustivor
ko’nikma bo’lishi kerak.
Olti   yoshli   bolalar   o’ng   va   chap   tomonni   boshqa   odamga   nisbatan
aniqlashni xuddi o’ziga nisbatan o’ng va chap tomonni aniqlagandek aniqlashini
yaxshi   tushunib   olmoqlari   kerak   (chap   tomon   o’ng   qo’l   turgan   tomonda,   o’ng
tomon chap qo’l turgan tomonda) aniqlashning samali usuli xayolan o’rtog’ining
orqasiga   turishdan   iboratdir.   Shunday   qilib,   “yuzi   bilan   orqasiga”boshlang’is
holatidan,   ya’ni   bola   shrto0ining   orqasida   turgan   holatida   boshqa   odamga
nisbatan   o’ng   va   chap   tomonni   aniqlash   kerak,   shundan   keyin   “yuzma-yuz”
holatida,   ya’ni   boshqa   bola   qarshisiga   turib,   “o’ng-chap”ni   farqlash   kerak.
Keyinroq esa har qanday boshlang’is holatda, hatto o’rtog’i orqasi bilan turganda
ham, “o’ng –chap” tomonlar aniqlanadi.
Katta   guruh   bolalari   fazovyi   yo’nalishlarning   asosiy   guruhlarini
muvaffaiyatli   farqlay   oladilar.   Ular   bu   bilimlardan   atrof   fazoda   va   gorizontal
tekislikda   mo’ljal   olishda   bemalol   foydalana   oladilar.   Kichki   yoshdagi   guruhda
ularga   oraliq   yo’nalishlar   (“o’ngdan   oldinda”,   chapdan   oldinda”)   tanishtirilgan,
ammo   amalda   qo’llashni   bittagina   vaziyat   –varaq   tekisligida   mo’ljal   olish   bilan
chegaralanilgan   edi.   Maktabgacha   tayyorlov   guruhida   bu   ish   davom   ettiriladi.
Chunonchi,   bolalar   atrofdagi   fazoda   (guruh   xonasi,   zal,   uchatka)   mo’ljal   olib,
endi guruh  xonasi yuzining oldingi o’ng qismini, yoki oldingi chap qismni ajrata
oladilar, orqadagi o’ng burchakni, yoki chap burchakni aniqlab oladilar va h.q shu
fazo chegarasida mavjud har bir buyumga imkoni boricha aniq fazoviy – og’zaki
tavsif   beriladi.   Yoki   ular   o’yinchoq   mashinani   (toychoqni,   kuchukchani,
ayiqchani)   qaror   ekanlar,   har   bir   g’ildirakni   (oldingi   o’ng   yoki   oldingi   chap,
orqadagi   o’ng   yoki   chap   g’ildirak)   ajratib   va   tavsiflab   bera   oladilar.   Fazoviy
yo’nalishlarni,   shuningdek,   oraliq   yo’nalishlarni   hisobga   olib,   mo’ljal   olish
tajribasi   ham   ancha   o’zgaradi.   “buyumlardan”   mo’ljal   olishga   oid   topshiriqlar
miqdori   asta   –sekin   ortadi.   Topshiriqlarni   bajarish   sur’ati   va   sifatiga   nisbatan
talabalar   ortadi.   Ko’p   mashqlar   musobaqa   elementlarini   o’z   ichiga   oladi
(topshirqini   kim   tezroq,   aniqroq   bajaradi)   shunday   qilib,   maktabga   tayyorlov
guruhida   murakkablashtirish   elementalari   va   ba’zi   yangi   topshiriqlar   amalga
oshirila boradi.
128 21-22-MA'RUZA: BOLALARDA VAQT  TASAVVURLARINI
SHAKLLANTIRISH 
Reja:
1.Vaqt bo’yicha  mo’ljal olish tushunchasining mazmuni
2.Kichik gurux bolalarida vaqtni his etish hususiyatlari
3.O’rta gurux bolalarida vaqtni his etish hususiyatlari
4.Katta gurux bolalarida vaqtni his etish hususiyatlari
5.Maktabga tayyorlov gurux bolalarida vaqtni his etish hususiyatlari
Tayanch   so’zlar   va   iboralar:   Vaqt ,   maktabgacha   ta’lim,   kecha   ,
bugun ,ertaga, kequrun ,tun, kunduzi 
Bolalarning   o’zlari   rejimning   har   xil   momentlarini   baja-rish   uchun
qanchadan   vaqt   sarflaganliklariga   qiziqa   boshladilar.   Ular   rejimni   ongli
bajaradigan   bo’lishdi .   Bolalarda   bir,   ikki   yoki   bir   necha   daqiqaning   o’gishini
aynan   bir   xil   baxrlash   malakasi   shakllandk.   Bolalar   rivojlanishining   umumiy
samarasi   shunday   bo’ldi,   unda   na   faqat   intellektual,   balki   axloqin   komponentni
ham ko’rish mumknn.
M. I. Vasilyeva bolalarni hammasi bo’lib bittagina vaqt o’lchovi birligi— daqiqa
bilan   tanishtirdi.   Shunisi   juda   qimmatliki,   bolalarda   vaqtni   his   etishni,   ularni
daqiqa   bilan   tanishtirish   asosida   rivojlantirish   ataylab   qilingan   tadqiqotlarsiz,
jon li   pedagogik   jarayon   sharoitlarida   amalga   oshirildi.   Bolalarga
daqiqaning   davomnyligini   ular   uchun   qizi-qarli   bo’lgan   har   xil
faoliyatlarda   his   etshn   taklif   qilindi.   Masalan,   tarbiyachn   bolalarga   bir
daqiqa   davomida   koptokni   polga   urib   o’ynashni   yoki   koptokni   osmonga
otib,   ilib   olib,   o’ynashni   taklif   qiladi.   Bir   xil   o’yin-mashqlar   sakragichlar,
halqalar   bilan   ham   o’tkaziladi.   Bolalar   daqiqaning   davomiyligini   his
etishlari   uchun   ba’zan   ularga   bir   daqiqa   jim   o’tirish   taklif   qilinadi.
Tarbiyachi   bolalarning   qiziqishlari-ni   qanoatlantirish   uchun   ularning
rejimning   biror   momentini   bajarishga   qancha   vaqt   sarflaganliklarini,   har
bir   bolaning   faoliyat   sur’ati   qandan   ekanini   aytib   berdi.   Qyeyinroq
bolalarning   o’zlari   masalan,   kiyinish   uchun   sarflagan   vaqtlari
davomiyliginn   aniqlashadi-   Tarbiyachi   esa,   bolalarning   vaqt   haqidagn
hukmlarining aynan bir xilligini tekshirib turadi.
Bolalarda   vaqt   bo’yicha   mo’ljal   olish   malakasi   qachop   rivojlana
boshlaydi, demak, qachon maxsus pe-dagogik rahbarlik talab qilinadi?
Ma’lumki,   vaqtga   nisbatan   reflsks   hayvon-larda   ham,   odamlarda   ham
mavjud.   Masalan,   bola   hayotining   birinchi   oplarida   shakllanadigan   vaqtga
nisbatan   refleks   emizishlar   orasida   o’rnatilgan   vaqt   oraliqlari
davomiyligini   his   etishdan   dalolat   beradi.   Mana   shuning   o’zi
rivojlanayotgan   bolada   vaqt   bo’yicha   mo’ljal   olishning   dastlabki
bosqichidir, u hozircha dastlabki signal xarakteriga ega.
Ma’lumki,   vaqt   bo’yicha   oriyentnr   (mo’ljal)   olish   hayvonlarda   ham
kuzatiladi.   Bu   malaka   hayvonlarda   biologik   ehtiyojlarning   paydo   bo’lishi
va   organizm   faoliyatining   davriyligi   asosida   rivojlanadi.   Shu   sababli
hayvonlarda vaqt bo’yicha mo’ljal  olish, aniqlik va takomilning eng yuqori
darajasiga   yetgani   bilan   ham   ularning   mutlaqo   biologik   ehtiyojlari   bilan
shartlanilgan chegaradan oshib ketmaydi.
129 Falsafa   va   psixologiyaning   tasdig’icha,   vaqtni   idrok   etish   bo’yicha
mo’ljal   olish   insonda   biologik   asosda   ham,   ijtimoiy   asosda   ham,   uning
hayotiy   fao-llyatida   keng   ijtimoip   aloqalar   va   munosabatlar   jarayonida
paydo bo’ladi va shakllanadi.
Vaqtning   birinchi   signal   aloqalari   shaklidagi   hissiy   in’ikosi   (akslanishi)
bola   hayotpning   birinchi   oylaridayoq,   bunda,   albatta,   o’zining   biologik
asosini   yo’qotmagan   holda,   ijtimoiy   jihatdan   bevosita   na-moyon   bo’ladi.
Keyinchalik   vaqtni   birinchi   signal   alo-qalarn   shaklida   hissiy   akslanishn
ikknnchi   signal   aloqalari   sistemasiga   kiritiladi   va   muhim   sifat
o’zgarishlariga   uchraydi.   Vaqtni   his   etnsh   ham   sifat   jihatidan   boshqacha
bo’lib   qoladi,   vaqtni   his   etishnn   rivojlantirish   bolaning   vaqt   o’lchovlari
birlikla-rini doimo o’zlashtirishiga asoslanadn.
Atrofdagi   olamning   inson   mnyaslda   akslanishining   umumiy   tabiatiga
o’xshash,   fazonn   va   vaqtni   akslanti-rish   bir   vaqtning   o’zida   bilish
bosqichlari   hisoblanadigan   ikki   asosiy   shaklda,   ya’ni   bevosita   (hissiy-
obrazli)   va   bilvosita   ifodalangan   (mantnqiy-tushunchaviy)   shaklda   yaqqol
namoyon   bo’ladi.   Aks   ettirishning   bu   asospi   shakllarining   o’zaro
bog’liqligi   va   birligi   borliqning   fazoviy   va   vaqt   munosabatlarinnng
akslanish sohasida ham payqala boshlaydp.
Akslantirish   va   vaqt   bo’yicha   mo’ljal   olishning   yangi   darajasiga
o’tishni,   odatda,   nutqning   shakllanishi   davri   bilan,   bola   nutqining   lug’at
tarkibi   va   grammatik   tuzilishi   ixtisoslashtirshn   davri   bilan   bog’-laydilar.
Bu   jarayonda   bola   tomonidan   mahsus   («vaqtga»   doir)   atamalarning
o’zlashtirilishi   va   kattalarning   o’rgatuvchilik   funksiyasiga   muhim   rol
ajratiladi.
Shunday   qilib,   maktabgacha   bo’lgan   yoshni   bolaning   vaqtga   nisbatan
mo’ljal   olishni   nazariy   bilishini   dastlabki   bosqichining   shakllanishi   va
vaqtni  hissiy   va mantiqiy  aks  ettirish  birligini   shakllantirish,  deb  tavsiflash
mumkin.
Ikkinchi   signal   aloqalarnda   vaqt   bo’nicha   mo’ljal   olish   yoki   uning
«mantiqiy-tushunchavny»   darajada   aks   ettirilishida   vaqtning   har   xil
birliklarni   yoki   vaqt   o’lchovinn   bilishning   zarurligi   nazarda   tutiladi.
Vaqtning   sekund,   minut,   soat,   kun,   sutka,   hafta,   oy,   yil   va   boshqa   o’lchov
birliklari o’ziga xos etalonlar-dir. Insonning obyektiv borliqning vaqtga oid
munosabatlarini   tarixan   bilish   va   obyektiv   baholashining   umumlashtirilgan
tajribasi   shunday   birliklarda   to’plangan.   Vaqt   o’lchovi   birliklari   o’zaro
bog’langan   va   ular   o’ziga   xos   sistema   hosil   qiladi.   Vaqt   o’lchovining   har
bir   keyingi   birligi   ma’lum   miqdordagi   oldingi   miqdordan   tuziladi.
Chunonchi,   masalan,   60   sekund   bir   daqiqann   hosil   qiladi,   bir   soat   60
daqiqaga teng; bir sutka 24 soatga teng; bir, yil 12 oyga teng va h.k
Vaqt   etalonlarining   butun   sistemasini   o’zlash-tirish   asosida   vaqt   o’lchovi   *
birliklari orasidagi munosabatlarni uni tuzuvchn komponentlar sifatida tushunish
yotadi.
Mana   shuning   uchun   ham   maktabga   borguncha   bolalarnnng   vaqt   bo’yicha
mo’ljal   olish   malakasining   ontoge-nik   va   psnxodidaktik   aspektlari   birinchi
130 navbatda   bolalar   tomonidan   alohida   vaqt   o’lchovi   birliklarini,   shuningdek,   vaqt
etalonlari sistemasini o’zlashtmrishdan iborat.
Shunday qilib, bolalar bog’chasida vaqt bo’yicha mo’ljal olishning rivojlanishi
tor   didaktnk   maqsadlarga   xizmat   qila   olmaydi,   u   bola   shaxsini   kamol
toptirishning   samarali   vositasi   bo’lib   qolishi   kerak.   Har   xil   guruhlarda   vaqt
bo’yicha   mo’ljal   olish   malakasini   shakllantirish   masalasi   va   metodikasini   xuddi
shu pozisiyalardan qarash kerak.
Ikkinchi kichik guruh
Vaqt   tushunchalarini   shakllantirish   ishini   kunda-lik   turmushda   o’tkazish   kerak.
Aniq kun tartibi (qat’iy o’rnatilgan turish vaqti, tonggi gimnastika, mashg’ulotlar,
ovqatlanish,   hordiq   chiqarish   vaqtlari)   bolalarda   sutka   qismlari   haqida
tasavvurlarni   shakllantirish   uchun   real   sharoitdir.   Sutka   davomida   tarbiyachi
bolalar e’tiborinn ular faoliyatlari xa-rakterlari bilan bog’liq har xil vaqt oraliqlari
o’rtasidagi   munosabatlarga   qaratadi.   Tarbiyachi   sutka   qismini   aytadi   va
bolalarning   shu   qismga   mos   keluvchi   faoliyat   turlarini   sanab   o’tadi,   masalan:
«Hozir   er-talab.   Siz   gimnastika   qildingiz,   yuvindingiz,   nonush-ta   qilasiz».   yoki
«Hozir kunduzi. Kunduzi ota-onalarimiz ishlashadi, biz esa shug’ullanamiz».
Tarbiyachi  bitta bola bilan, kichik-kichik guruhlar  bilan suhbatlashib,  ulardan
kechasi,   ertalab   (uyg’onganlaridan   keyin),   kunduzi   nima   qilganliklarini   gapirib
berishni so’raydi.
Elementar   matematik   tasavvurlarni   rivojlan-tirishga   bag’ishlangan
mashg’ulotlarda   bolaning   sutka   haqidagi   tasavvurlari   mustahkamlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir vaqt oralig’i uchun xarakterli bo’lgan
faoliyat   turlari   tasvirlangan   rasmlar   o’zlariga   ko’rsatiladi   va   ulardan   so’raladi:
«rasmda   tasvirlangan   bolalar   nnma   qilnshmoqda?   Buni   ular   qaysn   vaqtda
qilshnmoqda?» Ushbu  savollarga javob berish  taklif  qilinadi:   «Sen   qachon dam
olasan?   Sayr   qilasan?   Uxlaysan?   va   h.k.   Kichkpntonlarga   kunduzi,   kechasi,
ertalab,   kechqurum   tasvirlangan   rasmlarni   sutkaning   berilgan   qismi   uchun
xarakterli   bo’lgan   seminar   faoliyatlari   tavsiflangan   hikoyalardan,   she’rlardan
parchalar o’qishdan ham foydalapish mumkin.
Tarbiyachi   bolalar   bilan   birgalikda   ularnipg   sutkaning   u   yoki   bu   vaqtiga   mos
keladigan faoliyatlari va tabiat hodisalari tasvirlangan syujetli rasmlarni qaraydi,
illyustrativ   materiallardan   foydalanib   va   ularsiz   didaktik   o’yinlar   o’tkazadi,
suhbatlashadi, hikoyalar, ertaklar o’qiydi.
Tarbiyachn   asta-sekin   bolalar   sutka   qnsmlarining   xarakterli   belgilarinn
farqlashlarnga, ularni gapirib berishlariga erishadi.
Ishni   vaqtning   oraliqlarn,   ya’ni   kunduz-kecha,   ergalab-kechqurun,   yaqqol
tasvirlangan rasmlarni qarashdan boshlagan ma’qul. Bunda tarbiyachi bolalarning
vaqtning   u   yoki   bu   oralig’idagi   faoliyatlari   haqidagi   xotiralarini   faollashtiradi.
Masalan,   kun   tas-virlangan   rasmni   ko’rsatadi   va   so’raydi:   «Rasmda   nima
tasvirlangan?»
Bolalar. Bolalar o’yiashmoqda. Quyosh yorntmoqda. Qushchalar uchgloqda.
Tarbiyachi. Qachon quyosh yorqin nur sochadi?
Bolalar. Kunduzi.
Tarbiyachi- Bolalar, siz kunduzi nima qilasiz?
131 Bolalar. Uynaymiz, ovqatlanamiz, shug’ullanamiz va boshqa ishlarni qilamiz.
Tarbiyachi. Ota-onalarimiz kunduzi nima qilishadi?
Bolalar. Ota-onalarimiz kunduzp ishga borishadi.
Shundap   keyin,   kechasi   tasvirlangan   rasmni   qarab,   bolalar   kechasi   qorong’i
bo’lishini,   osmonda   yulduzlar   va   oy   bo’lishini,   uylarda   elektr   lampochkalar
yonayotganini, kechasi hamma uxlashini ta’kidlaydilar.
Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda ertalab va kechqurun tasvirlangan rasmlarni
ham xuddi shu usulda qaraydi. Tabiatda va odamlar faoliyatida sutkaning u yoki
bu qismi yorqin tasvirlangan (ajratilgan) rasmlarni tanlashadi.
Bolalar   olgan   bilimlarini   keyingi   mashg’ulotda   mustahkamlash   zarur.   Shu
maqsadda   sutkaning   har   bir   qismiga   oid   belgilar   yorqin   tasvirlangan   ertak
aytib berish mumkin. Masalan,  tarbiyachi quyonchani  stolga o’tkazadi  va u
o’rmondan   kelganligini   aytadi.   Quyoncha   bolalar   bilan   salomlashadi
«Hozir, — deydi tarbiyachi, — shu quyoncha haqida ertak aytib beraman».
Urmonda   bir   quyoncha   yashar   edi.   Bir   kun   ertalab   vaqtli   uyg’ondi,
derazadan   qaradi   va   o’rmon   yorug’,   quyosh   ko’tarilib   kelayotganini,
qushlar   sayrayotganini   ko’rdi.   Quyoncha   bo’sag’aga   chiqdi   —   kun   issik,
badantarbiya   qildi.   Tishlarini   tozaladi,   yuvindi.   Shundan   keyin   nonushta
qilish   uchun   stol   yoniga   o’tirdi...   Nonushta   qilib   bo’lganidan   keyin,   o’z
do’stlari — quyonchalar bilan o’ynash uchun o’rmonga chopib ketdi.
Tush   payti   bo’ldi.   Urmon   juda   islb   ketdi.   Quyoncha   uyiga   chopib   bordi,
panjalarini   yuvdi   va   ovqatlanish   uchun   stol   yoniga   o’tirdi.   Tushlikdan
keyin   hordiq   olish   uchun   karavotchaga   yotdi,   uxlab   uyg’onganidan   keyin
yana o’ykash uchun o’rmonga chopib ketdi.
Mana   endi   quyosh   bota   boshladi.   Qorong’u   tushaboshladi.   Qushchalar
sayrashdan   to’xtashdi.   Qyech   bo’ldi.   Quyoncha   o’z   o’rtoqlari   bilan
xaprlashib, uynga chopib ketdi. Uyida u ovqatlandi va uxlash uchun yotdi.
Tym   qorong’i   kecha   boshlandi.   Urmonda   hamma   narsa   —   quyoncha   ham,
qushcha   ham,   kapalak   ham   uxlamoqda,   quyosh   ham   uxlamoqda,   Faqat
yulduzlar   bilan   oy   bedor.   Ular   tim   qorong’u   kechada   yorqin   nur   sochib
turishibdi.
Bolalar,   quyoncha   o’z   fotosuratini   o’rmondan   keltirdi,   u   qachon   suratga
tushganini,   ya’ni   ertalab,   kech-qurun,   kunduzi   yoki   kechasi   suratga
tushganini bilishni istaydi».
Tarbiyachi   quyonning   sutkaning   har   vaqtidagi   hara-katlari   tasvirlangan
rasmlarni   bolalarga   ko’rsatadi-Bolalar   qachon   nima   bo’lishini   aniqlaydilar
va nega bunday deb o’ylashlarini tushuntirib beradilar.
Keyingi   mashg’ulotda   tarbiyachi   har   qaysi   bolaga   ertalab,   kechqurun,
kunduzi  va kechasi  tasvirlangan to’rttadan  rasm  beradi  va sutkaning u yoki
bu   vaqti   tasvirlangan   rasmni   ko’rsatishni   so’raydn.   Eng   yaxshisi
bolalarning   va   kattalarning   harakatlarn   yoki   tabiat   hodisalari   tasvirlangan
rasmlarni   tanlash   maqsadga   muvofiq.   Bu   mashg’ulotda   vazifa   yanada
murakkablashtiriladi.   Bolalar   mustaqil   ravishda   sutkaning   har-xil   qismlari
uchun   xarakterli   bo’lgan   belgilarni   ajratishlari   kerak,       bitta   emas,       balki
birdaniga   to’rtada   rasmni   tahlil   qilib,   ularni   tarbiyachi   aytgan   tartibda
joylashlari, ketma-ketligini aniqlashlari kerak.
132 To’rtinchi   mashg’ulotda   bolalarning   sutkaning   qism-larn   haqidagi
bilimlari   mustahkamlanadi.   Mashg’ulot   didaktik   o’yin   tariqasida
o’tkaziladi.   Tarbiyachi   bolalarga   qachon   nima   bo’lishini   topishni   taklif
qiladi.
O’yinda   sutkaning   har   xil   qismi   uchun   xarakterli   bo’lgan   belgilarni
aytishadi,   bolalar   esa   bu   qachon   bo’lishini   aniqlashadi.   Masalan,   «Quyosh
chiqadi. Onalar va otalar ishga ketishadi, bolalar esa bog’chaga borishadi».
Quyosh   yuqori   ko’tariladi.   Bolalar   sayr   vaqtida   o’ynashadi.   Yoki   «Ko’cha
qorong’i.   Osmonni   oy   yoritmoqda,   uylarning   derazalarida   esa   chiroqlar
yorug’i ko’rinib turibdi» va h.k.
Kichik   guruhda   bolalarni   sutkaning   qismlarini   ularning   xarakterli
belgilari bo’yicha farqlashga taxminan shunday o’rgatish mumkin.
O’rta guruh
O’rta   guruhda   tarbiyachi   bolalarning   aktiv   lug’atlarida   sutka
qismlarining   nomlarini   mustahkamlaydi,   bolalarning   vaqtning   bu   oraliqlari
haqidagi   tasavvurlarini   chuqurlashtiradi   va   kengaytiradi.   U   doimo   bolalar
e’tiborlarini   sutka   qismlarining   almashinishi   ketma-ketligiga   qaratadi.
Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   har   doim   ertalab   kechasidan   keyin   kelishini
va   kunduzi   bnlan   almashinishnni,   kunduzi   kechqurun   bilan,   kechqurun   esa
kechasn bilan almashinishinn bilib oladilar.
Sutka   qismlarining   ketma-ketligini   bilishlarini   mustahkamlash   uchun
rasmlarni   qarashni,   ular   bo’picha   hikoyalar   tuzishni   tashkil   qilish
maqsadga   muvofnq.   Rasmlar   qarab   bo’linganidan   keyin,   bolalarga   ularnn
stollarga to’g’ri  ketma-ketlikda joylashtirish va sutkaning qismlarini  tartibi
bilan   aytish   topshnrig’ini   berish   mumkin.   Yil   oxirida   bolalarga   shu
mashqlar   asosida   sutka   haqidagi   umumlashgan   tasavvurlarni   berish   va
"sutka so’zining mazmunini ochib berish mumkin.
O’rta   guruhda   bolalar   «kecha»,   «bugun»,   «ertaga»   tushunchalarini
farqlashni   o’rganib   olishlari   kerak.   Kattalar   tomonidan   tegishli   nomlardan
har   doim   foydalanish   bunnng   uchun   eng   yaxshi   sharontdir.   Masa-lan,
bolalarga   yangi   o’yinchoqni   ko’rsatishdan   oldin   tarbnyachn   _ularga   bugun
u   yangn   o’yinchoq   ko’rsatishi   va   ular   shu   o’yinchoqni   o’ynashlari   haqida
ogohlantirishy   kerak.   Yeki   tarbiyachi   bolalarga   kecha   nima   bilan   mash-
g’ul   bo’lgapliklarnni,   bugun   ertalab   nima   qilganlik-larini   eslashni   taklif
qiladi.   Bolalarga   bunday   deyish   mumkin:   «Bugun   biz   sizlar   bilan   loy   va
plastilindan   narsalar   yasanmiz,   ertaga   esa,   rasm   chizamiz».   Kecha   biz
sizlar   bilan   uchastkada   sayr   qildik,   bugun   esa   parkka   boramiz»   va   h.k.
Maktabgacha   yoshdagi   bola-lar   tarbiyachi   bilan   har   doim   shunday
muloqotda   bo’lib,   bu   tushunchalarni   o’zlashtiradilar.   Konkret   misollarda
«tez-sekin» tushunchalari bilan tanishadilar.
Urta   guruhda   bolalarda   vaqt   bo’yicha   mo’ljal   olish   malakalarini
shakllantirish   ishini   kichik   guruhda   qanday   o’tkazilgan   bo’lsa,   shunday
o’tkaziladi;   tarbiyachi   o’yin   usullaridan,   illyustrativ   materialdan   keng
foydalanadi,   bolalarning   u   yoki   bu   vaqt   oralig’i   uchun   xarakterli   bo’lgan
tabiat   hodisalari,   odamlarning   harakatlari   haqidagi   tasavvurlarini
faollashtiradi-Urta   guruhda   sutka   qismlarpning   ketma-ketligini   yaxshi
133 eslab   qolish   uchun   endn   ramziy   ayoniylik   elementlaridan   foydalanish
mumkin.   Chunonchi   sutkaning   qismlari   har   xil   rangdagi   doirachalar   bilan
tasvirlanadi.   Masalan,   oq   doiracha   kunduzini,   qora   doiracha   kechasnni,
sariq doiracha ertalabni, ko’k doiracha kech-qurunni bildiradi.
Dastlab   bolalar   xotirasida   sutka   qismlarining   xarakterli   belgilarini
faollashtirish   va   bolalarni   sekin-asta   ular   ketma-ketligini   egallashga   olib
kelish   maqsadga   muvofiq.   Mashg’ulotni,   masalan,   bunday   o’tka-zish
mumkin.
Ayiq   keladi,   bolalar   bilan   salomlashadi.   Tarbiyachi   nega   u   g’amgin
ekanini   so’raydi.   Ayiq   rasmlar   olib   kelganini,   bolalarga   tartibi   bilan:
ertalab,   kech-qurun,   kunduzi,   kechasini   ko’rsatmoqchi   ekanini,ammo
hammasini aralashtirib yuborganini, endi ertalab qayerda, kunduzi qayerda,
kechqurun   qayerda,   kechasi   qayerda   ekanini   bila   olmayotganini   aytadi.
Tarbiyachi   rasm-larni   tartibga   solishda   aniqqa   yordam   berishni   taklif
qiladi,   bolalardan   rasmlarni   qanday   joylashtirish   kerakligini   so’raydi.
Doskaga tartibsiz joylashtiril-gan rasmlar orasidan bolalar ertalab, kunduzi,
kech qurun,   kechasi   tasvirlangan   rasmlarni   topadilar   va   ularni   kerakli
tartibda   joylashtiradilar.   Bolalar   rasmlarni   tartibga   solib   olgunlaricha,
tarbnyachi   ular-ga   sutkaning   har   xil   qismlari   haqida   topishmoqlar   aytadi.
Topishmoqlar   ko’proq   qiziqarli   bo’lyshi   uchun   ularni   she’rlar   shaklida
olish ma’qul.
Mashg’ulot  oxirida tarbiyachi doim ertalabdan keyin kunduzi kelishi,
keyin   kechqurun   kelishi,   so’ngra   kechasi,   kechasidan   keyin   yana   ertalab
kelishinn ta’-kidlaydi.
Keyinroq   bolalar   sutka   qismlari   ketma-ketligini,   ularning
istalganidan   boshlab   aniqlashni   o’rganadilar,   «sutka»   tushunchasini
o’zlashtiradilar.   Bu   ishda   har   xil   rangdagi   doirachalardan   sutkaning   har   xil
qismlarini aniqlash uchun belgilar sifatida foyda-lanish mumkin.
Tarbiyachi  mashg’ulotda oldin bolalarning sutka qismlarining ketma-
ketligi   haqidagi   bnlimlarini   aniqlashtiradi:   «Ertalab   o’tishi   bilan   nima
boshla-nadi?   Ertalab   qachon   boshlanadi?»   Shundan   keyin   doirachalarni
ko’rsatadi   va   ular   bilan   ertalabni,   kechqurunni,   kunni   va   kechasini
belgilash   mumkinligini   aytadi.   Oq   doiracha   kunduzini   bildiradi.   Qora
doiracha   kechasini   bildiradi.   Kechasi   qorong’u   bo’ladi.   Sa-riq   doiracha
ertalabni   bildiradi.   Ertalab   quyosh   chiqadi.   Ko’k   doiracha   kechqurunni
bildiradi.
Tarbiyachi   doirachalarni   ushbu   tartibda   joylash-tiradi:   sariq,   oq,
ko’k,   qora   va   bolalardan   doirachalar   rangini   aytish   va   ular   nimani
bildirishnni   tushuntirib   berishni   so’raydi.   Shunday   doirachalar   hamma
bolalarga   ham   beriladi-   Tarbiyachining   ko’rsatmasiga   binoan,   ular
kunduzni,   kechani,   ertalabni,   kechqurunni   bildiruvchi   doirachalarni
ko’rsatnshadi.
Keyingi   mashg’ulotda   bolalarda   sutka   qismlari-ning   istalganidan
boshlanadigan   ketma-ketligi   haqidagi   bilimlarni   shakllantirishga   doir   ish
qilinadi.   Pannoga   har   xil   rangdagi   doirachalar   qo’yiladi.   Bolalar   har   qaysi
doirachaning   rangi   nimani   bildirishini   eslashadi   va   ularni   rangi   bo’yicha
134 sariq,   oq,   ko’k,   qora   (ertalab,   kunduzi,   kechqurun,   kechasi)   tartibnda   joi-
lashtiradilar.   Bolalar   sutka   qismlarining   ularning   istalganidan   boshlangan
ketma-ketligini o’rnatish bo’yicha shu usulda mashq qiladilar.
Tarbiyachi   bunday   deydi:   «Ertalab,       kunduzi,   kech quro’n,   kschasn
—   bularnnng   hammasi   sutkannng   qnsmlarndnr.   Sutka   har   doim   shu   to’rtta
qismdan   iborat.   Endi   syz   sutkaning   qaysi   qismlarini   bilasiz?   Ertalabdap
keyin   sutkaning   qaisi   qismi   keladi?   Ularni   Tartibi   bilan   ayting.
Kechqurundan   keyin   sutkaning   qaysi   qismn   keladi?   Ularnn   tartibi   bilan
ayting.   Ertalab,   kupduzi,   kechqurup   va   kechasi   birgalikda   nimani   tashkil
qiladi? (sutka)».
Shundan   keyin   bolalar   sutkalarning   almashinishi   bnlan   tanishadilar,
«kscha»,   «bugun»,   «ertaga»   tushunchalarini   o’zlashtiradilar.   Doirachalar
—   sutka   qism-larining   ramzidan   foydalanib,   bolalar   qaysi   qismdan
xohlashsa,   o’sha   qismdan   boshlab   sutkaning   hamma   qismini   tartibi   bilan
aytadilar-
Tarbiyachi   bolalarga   sutkalar   har   doim   bir-birn   bilan   almashnnishini
tushuntiradi.
Kechasi   soat   zang   urganda   bir   sutka   tamom   bo’lnb,   pkknnchi   sutka
boshlanadi.   Soat   zang   urguncha   bo’lgan   sutqa   kecha   deb   ataladi.   U   o’tib
bo’lgan bo’ladi. Soat zang urgandap ksGshn boshlangan sutka  b u g u n  deb
ata-ladi.   Soatning   zang   urishidan   keyin   keladigan   sutka   ertaga   deb   ataladi.
Sutkalarning   hammasida   to’rtta   qism   mavjud:       ertalab,   kunduzi,
kechqurun, kechasi.
Bolalar   kecha   ertalab,   kunduzi,   kechqurun,   kechasi   kima   qilganlarini
va   ertaga   nima   qilishlarini   gapirib   beradilar.   Kepingi   mashg’ulotlarda   bu
bilimlar mustahkamlanadi.
O’rta   guruhda   bolalar   sutkalar   va   ularning   qismlarini   farqlashnigina
emas,   balki   harakat   tezliklarini,   ya’ni   tez,   sekinni   umumiy   tarzda
aniqlaydilar. Masalan,   stol   yoniga chaqirilgan  ikkita  bola  sayr  qilish  uchun
qo’g’irchoqni   kiyintiradilar,  yaproqlardan  pamunaga   qarab  gul  tuzadilar  va
h.k. Qolgan  bolalar  bu  ishni   kim   tezroq, kim   sekinroq bajarganini   kuza-tyb
turadilar.   Bolalar   mavjud   tasavvurlariga   taya-nnb,   nima   tezroq   uchishini
(chopishini,   suzishini),   tayyorami   (samolyotmi)   yoki   qushmi,   o’rdakmi
yoki baliq-mi, itmi yoki sigirmi va h.k. taqqoslashadi.
Katta guruh
Katta   guruhda   asosiy   e’tibor   haftadagi   o’zgarish-ni,   yil   fasllarining
xarakterli   xususiyatlarini   ongli   o’zlashtirnshga   qaratiladi.   Bolalar   kecha
qay si   kun   bo’lgani,   bugun   qaysn   kun   ekannnn,   ertaga   qan-sn   kun
bo’lishini, haftadagi kunlar sonini, ularniNg tartibinn aytishni o’rganadilar.
Bundai  tashqari, bolalar Gshl fasllarining xarakterli belgilarini o’zlarnning
bu vaqtdagi o’yinlarini, odamlarning ta-biatdagi mehnatlarini annqlaydilar.
Ma’lumki,   bolalar   hafta   kunlarnni   bir   tekisda   o’zlashtirmaydilar.
Ular yakshanba, shanba va dushanba-mi eng yaxshi eslab qoladilar.
Y a k s h a n b a   —   xursandchiliklar   bo’ladigan   kun,   yaqinlar   bilan,
ya’ni   ota-opa,   buvi   va   boshkalar   bilam   birga   bo’ladigan   kun.Bu   kun   yaia
135 shunisi  bplai ham g’ay-rioddiy kunkp, ba’ziia bola hayotinipg odatdagi  tar-
tibi   o’zgaradi:   buvisining   uyida   tushlik   qplish,   meh-monlar   kelishi,   kinoga
borish va h. k.
Shanba   ham   yakshanbaga   o’xshagan   kun.   Bu   kunlar-ning   bola
tomonidan   haftanipg   boshqa   kunlaridan   alohida   ajratilishining   sababi
shundan   iborat   bo’lsa   kerak. Sh1u   narsa   ham   payqaldiki,   bolalar   bog’chada
butun   sutka   davomida   bo’lishlari   munosabati   bilan   shanba   va   yakshanba
bilan   birgalikda,|   c h o r s h a n b a n i   ham   ajratishadi.   Nega?   Odatda,   ota-
onalar   bolala-rini   chorshanbada   uylarnga   olib   ketadilar.   Ular   shu-ning
uchun   ham   bu   kunni   yaxshi   biladilar,   uni   kutadi-lar.^folalar
d u s h a n b a n i  ham yaxshi biladilar, chunk^i shu kuni ular, yakshanbadan
keyin   bog’chada   bo’lishlarining   birinchi   kunidir.   Seshanba,   payshanba   va
juma   kunlari   alohida   ahamiyatli   voqyealar   bilan   belgilanmagan.   To’g’risi,
juma   kunini   bolalar   dam   olish   arafasi   sifatida,   bolalar   bog’chasida
bo’lishla-rining   dam   olinadigan   kunlardan   oldingi   oxirgi   kun   sifatnda
yaxshiroq   biladilar   va   ajratadilar.   Shunday   qilib,   kichik   bolalarning
haftaning   har   xil   kunla-rini   bilishdek   bilimlarni   o’zlashtirishlarida   ular-
ning   faoliyatlari   va   hayajonli   kechinmalarining   roli   haqida   gapirish   uchui
ba’zp asoslar bor.
Shu sababli bolalarni hafta tushunchasi bilan ta-nishtirishni haftaning
hamma kunlarini o’zlashtp- rishdaya  emas, balki kecha qaysi kun bo’lganini,
ertaga   qaysi   kun   bo’lishini   aniqlashdan   boshlash   ma’qul.   Bunda   tarbiyachi
oldin   haftaping   yakshanba,   dushanba   kunlarini,   so’ngra   esa,   asta-sekin
haftaniig   boshqa   kunlariin   o’rgatishni   nazarda   tutadi.   Bolalar   hafta
kunlarining       nomlarini     aytnbgina        qolmay,        balki   ularga  oid  elementar
tavsifnomalar berishlari mu-himdir.
Masalan,   tarbiyachi   mashg’ulot   davomida   ushbularni   suraydi:   Kecha
qaysi   kun   edi?»   «Ertaga   qaysi   kun   bo’ladi?»   Agar   bolalar   haftaning
kunlarini   aytishda   qnGshalishsa,   tarbiyachining   o’zi   aytadi.   U   yakshanba
dam   olish   kuni   ekanini   aytadi.   Shu   kuni   hamma   dam   oladi.   Bolalar
bog’chaga   borishmaydi.   Yakshanbadan   keyin   du-shapba   deb   ataluvchi   kun
keladi.   Bu   dam   olish   kunidan   keyin   bolalar   bog’chaga,   kattalar   ishga
boradigan bi-rinchn kun va h.k.
Shunday   qilib,   tarbiyachi   bolalarni   xaftaning   kunlari   bilan   ketma-ket
tanishtiradi.   Bolalar   hafta   kunlarining   nomlarini   va   ular   tartibini   yaxshi
eslab   qolishlari   uchun,   ularning   e’tiborini   hafta   kunining   nomi   bilan   uning
tartibi   orasidagi   bog’lanishga   qa-ratish   kerak-   Masalan,   chorshanba   —
haftaning   o’rtasi   payshanba—haftaning   to’rtinchi   kuni,   juma   esa   haftaning
beshinchi kuni va h.k.
Bolalar   hafta   qiomlarini   farqlash   va   aytishni   o’rganib   olganlaridan
keyin,   kunning   hamma   nomlarini   ketma-ket   o’zlashtirish   ustida   ish
boshlash   mumkin.   Bolalar   haftada   hammasi   bo’lib   necha   kun   borligini
aniqlashadi,   ularning   tartibini   aytishadi.   Tarbiyachi   bolalardan   haftaning
qaysi   kunlarini   bilishlarinn,   ular   haftada   nechta   ekanligini   so’raydi.
Haftaning   hamma   kunp   tartibi   bilan   kelib   ketishini   tushun-tiradi:   birinchi
kun dushanba, ikkinchi kun seshanba, uchinchi kun chorshanba va h.k. 
136 Ta’limning   bu   bosqichida   hafta   kunlari   tartibini   yaxshi   eslab   qolish
uchun   rasmlardan   —   haftaning   hamma   kunlari   tasvirlangan   simvollardan
foydala-nish maqsadga muvofiq.
Bolalarga   ko’rsatish   uchun   katta   doira   (diametri   35   smli)   olish
mumkin.   Unda   har   xil   rangli   doirachalar   (diametri   8   sm.   li)   tartibi   bilan
terib   qo’yilgan.   Bu   doirachalarning   ichiga   esa   1   dan   7   gacha   sonlar
yozilgan   kichik   doirachalar   (hafta   kunlari   tartibiga   mos   ravishda   7   ta
doiracha)   joylashtirilgan.   Har   xil   rangli   doirachalar   bunday   joylashtirildi:
qora,   kulrang,   ko’k,   yashil,   sariq,   nimrang,   qizil.   Katta   doira   o’rtasiga
harakatlanadigan strelka joylashtirilgan.
Har qaysi bola alohida hafta kunlarini belgi-lovchi rangli donrachalar
oladn.
Tarbiyachi bolalardan so’raydi: «Hafta kunlarinn kattalar qanday 
bilishadi?»
Bolalar: kalendardan bilishadi.
Tarbiyachi:   biz   ham   hafta   kunlarini   kalendardan   yilishni   o’rganib
olamsz. Bizda bunday kalendar bo’-ladi (ko’rsatadi). Siz hafta yetti kundan
iboratliginn   bilasnz:   dushanba,   seshanba,   chorshanba,   iayshanba,   juma,
shanba   va   yakshanba.   Istalgan   kunni   bnzning   ka-lendardan   doirachalardagi
raqamlardan   bilish   mumkii,   Undagi   qora   doira   dushanbani   bildiradi.
Dushanba   haftaning   birinchi   kuni.   Shu   sababli   qora   fonda   bittagnna   oq
doiracha.   Navbatdagi   doira   kulrang,   unda   ikkita   oq   doiracha.   U   haftaning
ikkinchi kuni— seshanbani bildiradi va h.k.
Bolalar o’z doirachalarnni qaraydilar, bitta oq doirachali  qora doirani
topadilar.   Bu   dushanba.   Bolalar   shu   usulda   ketma-ket   qaraydilar   va   barcha
doirachalarni aytishadi.
Shundan   keyin   tarbiyachi   strelka   bilan   rangli   doirachani—
kalendardagi   hafta   kunlarini   ko’rsatadi.   Bolalar   o’zlaridagi   doirachalardan
xuddi   shundaylarni   topadilar   va   ularni   aytadilar;   hamma   doirachalarni
qator   qilib   joylashtiradilar   va   hafta   kunlarining   hammasini   tartibi   bilan
aytib  chiqadilar.  Bolalar   hafta   kunlarini  to’g’ri   va  teskari  tartibda  ayta  ola-
dilar,   sanoq   bo’yicha   haftaning   to’rtinchi   yoki   beshinchi   kunini
aniqlaydilar,   aytilgan   kun   qaysi   kunlar   orasida,   aytilgan   kungacha   necha
kun   o’tganligini,   aytilgan   kundan   oldin   qaysi   kun   kelishini       aniqlaydilar
va «Hafta» kalendarini «Ob-havo» kalendari bnlan yonma-yon osib qo’yish
mumkin,   bunda   bolalar   har   kuni   strelka   bilan   haftaning   o’tayotgan   kunini
belgilaydilar.
Katta   guruhda   kalendar   bilan   ishlash   sanoq   bilan   tanishilgandan
keyin   o’tkazilishi   kerak.   Kalendardan   foydalanib   tarbiyachi,   bir   tomondan,
«hafta»   tushunchasining   mohiyatini   chuqur   tushunilishiga   ershpadi,
ikkinchi tomondan, bolalarni miqdor va sanoq bo’yicha mashq qildiradi.
Hafta   kunlarining   nomlari   orasidagi   farqnigina   emas,   balki   ularning   tartib
raqamlari, kunlar orasidagi to’g’ri va teskari bog’lanishlarni ham ko’rsatish
kerak.   Buning   uchun   eng   yaxshisi   qandaydnr   biror-bnr   jinsli   (doiralar,
uchburchaklar va h.k.)   1   dan 7 gacha buyumlardan foydalanish kerak yoki   1   dan
7 gacha bo’l-gan raqamlardan foydalanish kerak.
137 Katta   guruhda   sutkaning   qismlari   haqidagi   bilim-lar   mustahkamlanadi.   Sutka
qismlarini bola vaqtning obyektiv ko’rsatkichlari tabiat hodisalari (quyosh yorqin
nur   sochadi   —   kunduzi;   qorong’ulashdi   —   kechqurun   va   h.k.)   bo’yicha   ham
aniqlay olishi kerak-
Kunning   har   xil   vaqtida   faoliyatning   har   xil   turlari   bilan   shug’ullanayotgan
bolalar   tasvirlangan   rasmlar,   fotosuratlar;   «Bizning   kun»,   «Davom   ettir»,
«Aksincha»   kabi   didaktik   o’yinlar   sutka   qismlari   haqidagi   tasavvurlarni
mustahkamlash imkonini bera-dn.
Tarbiyachi   bolalardagi   mavjud   tasavvurlarga   tayanib,   tarbiyachi   ertalab,
kunduzi,   kechqurun,   kechasi   birga   s u t k a   hosil   qilishini   mustahkamlashni
davom   ettiradi.   Turmushda   biz   ko’pincha   sutka   so’zini   k u n d u z i   so’zi
ma’nosida   nshlatamiz.   Bir   kun   boshqa   kun   bilan   almashinadi.   Yetti   kun   bir
haftani   hosil   qiladi.   Haftaning   har   bir   kuni   o’z   nomiga   ega.   Du-shapba   —
haftaning   boshlanishi,   undan   keyin   seshanba,   chorshanba   keladi   va   h.k.   Hafta
kunlarining   nomlari   biror   aniq   faoliyat   bilan   bog’lansa   (seshanba   kunlari
matematika va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanamiz, payshanba kunlari musiqa
mashg’ulotlari bo’ladi va h.k.), bola uni eslab qolishi oson bo’ladn.
Bolalar tartib sanoqni o’zlashtirib olganlaridan keyin, ularni haftaning har bir 
kuni nomini uning tartibp bilan bog’lashga o’rgatiladi.
  Tayyorlov guruhi
Bu  yosh   bosqichida  bolalarda  hafta  kunlarining  kstma-ketligi;  yil  fasllarining
ketma-ketligi   haqidagi   tasavvurlarni   mustahkamlash   ishi   davom   ettiriladi.
Bolalarni   oplarning   nomlari   bilan,   hafta   kunlarining   ketma-ketligi   har   doim
o’zgarmas   ekan-lngn   bplan   tanishtirish   kerak.   Bu   tartib:   dushanba,   seshanba,
chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba. Yetti sutka hafta hosil qiladi.
Katta   guruhda   boshlangan   ish   tayyorlov   guruhida   ushbu   izchillikda   davom
ettiriladi.Bolalar  hafta kunlarini to’g’ri  va tedkari  tartib-da aytishni  o’rganadilar.
Aytilgan kungacha va undan keyin haftada necha kun borligini, ikki aytilgan kun
orasida   qanday   kun   borligini   aniqlaydilar.   Aytilgan   kunlar   orasnda   tushib
qolganlarini   aniqlaydilar.   Bolalar   hafta   har   doim,   sanashni   qaysi   kundan
boshlaganimnzdan qat’i nazar, o’z ichiga yetti kunni olishi-ni bilishlari kerak.
Bu   masalalarni   hal   qilish   uchun   «Hafta»   kalen-dari,   «Hafta   kunlari»   kabi
qo’llanmalardan foydalaniladi.
Masalan,   katta   guruhda   «Hafta   kunlarn   ketma-ketligi»   temasini   o’rganishda
tarbiyachi   «Hafta,   tizil>   kabi   didaktik   o’yindan   foydalanadi-   Bolalarga   kar-
tochkalar — hafta kunlari tarqatiladi, ular shu kartochka bilan guruhda yurishadi.
Tarbiyachining   «Hafta,   tizil»   signali   berishi   bilan   bolalar   o’z   kartochkalaridagi
raqamlarga mos ravishda qatorga turadilar. Qolgan bolalar haftalar to’g’ri tizilga-
nini   tekshirishadi,   hamma   kunlarni   tartibi   bilan   aytishadi,   shundan   keyin
o’ynovchilar almashinadi.
Tayyorlov   guruhida   shu   mashqning   o’zini   o’tkazishda   bolalar   har   qanday
kundan boshlab saflanadilar. Saflanish uchun signal sifatida hafta kunining nomi:
seshanba,   payshanba   va   h.k.   xizmat   qiladi   yoki   «Qaysi   hafta   oldin   saflanadi?»
o’yini   o’tkaziladi.   Guruhdagi   bolalar   soniga   qarab,   uchta   yoki   to’rtta   hafta
o’ynaydi,   «Haftalar»   oldin   ikkita,   so’ngra   esa   uchta   yoki   to’rtta   kolonna   (saf)
bo’lib turishadi. Har  qaysi  bolaning bir  qo’lida kartochka —hafta kunining sim-
138 voli,   ikkinchi   qo’lida   o’z   «haftasn»   nipg   raqami   bo’la-di.   Birinchi   kolonna
(«hafta»)   bolalariga,   masalan,   bitta   uchburchakli,   ikkinchi   kolonna   bolalariga
ikkita uchburchakli, uchinchi kolonna bolalariga uchta uchburchakli kartochkalar
tarqatiladi. Tarbiyachining «Haftalar, saflan» signali bo’yicha har kim o’z o’rniga
turadi. Uyin musobaqa tarzida o’tkaziladi, tez va xatosiz saflangan kolonna yutib
chiqadi. Uyinning borishida bolalar kartochkalarini almashtiradilar.
Katta   va   tayyorlov   guruhlari   mashg’ulotlarida   tarbiyachi   bolalarga   hafta   kunlari
haqidagi   masalalarni   yechishnn   taklif   qiladi.   Qatta   guruhlarda   beriladigan
topshiriqlar   juda   sodda   bo’lib,   ularda   haftaning   qo’shni   kunlarini       bilish   talab
qilpnadi.         (Ertaga   biz   qo’girchoq   teatriga   boramiz,   bu   qaysi   kun   bo’ladi?
Kecha   bizda   musiqa   mashg’uloti   bo’ldi.   Aytilgan   kecha   haftaning   qapei
kuni   edi?   Bugun   dushanba.   Ertaga   qaysi   kun?   Bizda   haftaning   ikkinchi
kunn   musiqa,   rasm   mashg’uloti   esa,   haftaning   uchinchi   kuni   bo’ladi-Rasm
mashg’uloti   qaysi   kuni   bo’ladi?   Sherzod   baliq   pviga   bordi.   U   keyingi   kuni
— juma kuni qaytib kel-di. Sherzod qaysi kuni baliq oviga borgan?).
Tayyorlov   guruhida   masalalar   qiyinlashtiriladi.   Masalan:   Kamol   .
buvisinikiga   dushanba   kuni   ketdi,   ikki   kundan   keyin   esa   qaytib   keldi.
Kamol uyiga qaysi  kuni qaytib keldi? Dushanba kupi Gulnora ka-sal  bo’lib
qoldn.   U   bog’chaga   keyingi   dushanba   kuni   keldi.   Gulnora   necha   kun   kasal
bo’ldy?   (Bir   hafta,   7   kun).   Hilola   seshanba   kuni,   Ilhom   esa   undan   bir   kun
keyin teatrga bordi. Ilhom qaysi kuni teatrga borgan?
Katta   va   tayyorlov   guruhlarda   bolalarning   yil   fasllari   haqidagi
tasavvurlarini shakllantirish nshi ham bajariladi.
Iil   fasllari   haqidagi   bilimlarni   shakllapti-rpshda   mashg’ulotlarda   rasmlar
hamda   hikoyalar,   she’rlar,   topishmoqlar,   maqollar   kabi   og’zaki
materiallardan   keng   fopdalaniladi.   Adabiyotdan   yil   fasllarini   tasvirlovchi
belgilarni   ko’plab   topish   mumkin.   Tar-biyachining   o’zi   yil   fasllari   haqida
topishmoqlar,   she’rlar,   maqollar   to’plamlarini   tuzishi   va   zarur   bo’lganda
ulardan foydalanishi maksadga muvofiq bo’lur .edi.
Iil   fasllari   haqidagi   bilimlarni   shakllantirishga   oid   dastlabki
mashg’ulotlarda tekshirish mavsumlari  — qish-yoz, bahor-kuz tasvirlangan
rasmlarndan   foydalaniladi.   Tarbiyachi   bolalarga   rasmlarni   ko’rsatadi   va   u
yokn   bu   kartochkada   yilning   qaysi   fasli   tas-virlanganini   va   nima   uchun
bunday   o’ylashlarini   so’raydi.   Bolalar   yil   fasllarini   va   ularning   xarakterli
belgilarini   aytadilar.   Ular   yana   u   yoki   bu   yil   fasllari   haqida   bilganlarini
gapirib   berishlari   mumkin.   Tarbiyachi   bolalarga   yo’naltiruvchi   savollar
bilan   yordam   beradi   (savollar   o’yinlar,   kishilarning   tabiatdagi   mehnatlari,
har xil tabiat hodisalari haqida bo’lishi mumkin).
Bolalarning   bilimlarini   mustahkamlash   uchun   illyustrativ   material
adabiy   material   bilan   qo’shib   foydalaniladi.   Masalan,   tarbiyachi   bolalarga
yilning   to’rt   fasli   tasvirlangan   har   xil   kartochkalarni   tar-qatadi   va   qisqa
she’r   —   topshiriqni   o’qiydi.   Bolalar   javob   kartochkani   ko’taradilar   va
topishmoq   yilning   qaysi   fasli   haqida   ekanini   va   nima   uchun   ular   xuddi   shu
kartochkani ko’targanliklarini gapirib beradilar.
Bolalar   hamma   topishmoqni   to’g’ri   topganlaridan   keyin,   tarbiyachi
yozdan   keyin,   qishdan   keyin,   kuzdan   keyin,   bahordan   keyin   yilning   qaysi
139 fasli   kelishini   so’raydi.   Kartochkalarni   yil   fasllarining   bir-biri-dan   keyin
kelish tartibida yoyishni taklif qiladi.
Bolalar   yil   fasllarining   ketma-ketligini   yaxshi   eslab   qolishlari   uchun   yil
va   uning   fasllari   simvol-laridan   (rasmlarni   qarab   chiqqanlaridan   keyin)
foydalanish   mumkin.   Bu   to’rtta   teng   qismga   bo’lingan   va   har   qaysi   qism
boshqa   rangga   bo’yalgan   (yaxshisi   oq,   qizil,   sariq   va   yashil   bo’lgani
ma’qul) doira.
Tarbiyachi   bolalardan   so’raydi:   «Siz   yil   fasllari-dan   qaysinisini   bilasiz?
Yil   fasllari   hammasi   bo’-lib   nechta?»   Shundan   keyin   doirani   ko’rsatadi   va
dey-di: «Mana bu yil bo’lsin. U to’rt qismga bo’lingan».
Bolalar   doira   qismlarini   qarashadi.   Tarbiyachi   bolalarga   doiradagi   har
bir   qismning   rangini   mos   yil   fasli   va   uning   xarakterli   belgilari   bilan
taqqoslashni taklif qiladi.
Doiraning   oq   qismi   qishni   bildiradi.   Qishda   hammayoq   oppoq   qor   bilan
qoplanadi.   Qizil   qismn   yozni   bildiradi-   Yezda   qizil   quyosh   yorqin   nur
sochadi.   Doirannng   yashil   qismi   baxrrni   bildiradi.   Bahorda   yam-yashil
o’tlar   chiqadi,   daraxtlar   yashil   yaproqlarini   yozadi.   Kuz   sariq   rang   bilan
belgilangan. Kuzda da-raxtlarning yaproqlari sarg’ayadi.
Tarbiyachi   yil   fasllarini   strelka   bilan   ko’rsatadi,   bolalar   esa,   ularni
istalganidan boshlab ketma-ket aytadilar.
Masalan,   tarbiyachi   strelka   bilan  doiraning  u   yoki   bu   qismini   ko’rsatadi,
bolalar   esa   o’z   tarqatma   materiallaridan   yilning   berilgan   fasliga   mos   kela-
diganini   topishadi   yoki   yilning   bu   fasli   haqida   she’r   o’qishadi,   topishmoq,
maqol  aytishadi.
Tayyorlov   guruhida   ham   bolalar   qish,   baxrr,   yoz   va   kuz   oylarini
aytishnn o’rganadilar.
Bolalar   joriy   oy   bilan   tanishtirilady,   uning   xarakterli   belgilarini   —   tabiat
hodisalari,   bayramlar   (agar   shu   oyda   bayram   bo’lsa),   odamlarning   ta-
biatdagi mehpatini ta’kidlaydilar, shu oy haqidagi maqolni eslaydilar.
Birinchi   mavsum   —   kuz   tugashi   bilan   tarbiyachi   «Yil   fasllari»
qo’llanmasini   ko’rsatadi   va   tushunti-radn:   «Doiraning   har   qaysi   qismi,
ya’ni   oq,   yashil,   qizil   va   sariq   qismining   har   biri   yana   uchtadan   qnsmga
bo’lpngan.   Bular   oylar.   yilning   har   bir   faslida   uch-tadan   oy   bor.   Hozir
noyabr   oyi.   Bu   kuz   oyi.   Siz   yana   qaysi   kuz   oylarini   bilasiz?   «Ularning
hammasi tar-tnbi bilan keladi: sentyabr,   oktyabr, noyabr».
Yilning   har   bir   fasli   o’tishi   bplan   tarbiyachi   shu   faslga   mos   oylar   bilan
tanishtiradi. Bolalar yo’l-yo’lakay oldingi faslning' oylarini eslashadi.
Maktabga tayyorlov guruhida bolalar mashg’ulotga ajratilgan vaqtda 
qilinadigan    ishlarni   bajarib ulgurishga o’rgatiladi. Buning uchun xilma-
xil usul-lardan foydalaniladi.
Masalan,   tarbiyachi   bolalar   necha   minut   shug’ulla-nishlarini,   bu   vaqt
ichida   nima   qilishlari   kerakli-gini   aytadi.   Mashg’ulot   qismlarining   vaqtini
belgi-laydi:   5,   10   daqiqa   o’tdi,   «7   daqiqa   qoldi»,   «2   daqiqa   nchida   siz
doirachalarni   tartibi   bilan   joylashtirish-ga   ulgurishyngiz   kerak»,   «5   daqiqa
ichnda»,   «Toping-chi,   topishmoq   yilning   qaysi   fasli   haqida»   o’yinini   o’y-
naymiz va h.k.
140 Agar   mashg’ulotlarda   qum   soatlardan   fopdalanilsa,   bolalar   vaqtning
o’tuvchanligini,   uning   oraliqlari   davomiyligini   ayoniy   ko’radilar.   Shunday
qilib,   vaqt   bo’yicha   mo’ljal   olish   malakasi   kundalik   tarbiyaviy   pshdagina
emas, balki mashg’ulotlarda ham shakllanadi. Tarbiyachi reja materialining
hamma   bolalar   tomoni-dan   o’zlashtirilishiga   erishadi.   Ta’lim   vaqt   oraliq-
larini,   ular   ketma-ketliklarini   topishga   doir   har   xil   o’yin   va   mashqlar
shaklida   o’tkaziladi.   Bunda   nllyustrativ   material   ham,   ta’limning   metod   va
usul-lari ham tobora qiyinlashtiriladi.
Ta’limning   vazifasi   eng   avval   bolalar   maktab   yoshigacha   vaqt
o’lchovining   alohida   birliklarini   bilib   olishdan   iborat   bo’lsin.   Bu   bilim   har
xil   uzunlikdagi   vaqt   oraliqlarini   hissiy   aks   ettirishga   asoslansip,   ya’ni
imkoniyatga   qarab   puxta   sensor   zaminga   asosla-nishi   kerak.   Hissiyot   va
mantiq,   maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarda   «vaqt   sszgisi»
deyiladigan   ndrok   vaqtni   yuksak   «mantiqiy   tushuncha»   sifatnda   aks   et-
tirish   va   chamalash   (mo’ljal   olish)   darajasnni   rivoj-lanishiinng   zarur
shartidnr.
Ta’limning   vazifasi   vaqt   o’lchovining   (soat,   hafta,   oy,   yil   va   h.k.)   har
bir   alohida   birligi   ichidagn   kom-ponentlari   orasida   mavjud   bo’lgan
sistemali   xarak-teri,   shuningdek   barcha   mavjud   birliklar   orasidagp
sistemali   va   o’zaro   bog’liqlikni   tushunish   uchus   bolaga   yordam   berishdan
iborat.   Bu   bog’lanishni   ko’rsatpsh,   uning   uchun   xarakterli   bo’lgan
miqdoriy muposabat-larnn ochnsh— demak, bolalarni etalonlar yagopa sis-
temasining alohnda birliklarini tushunishga  1
 yaqin-lashtirishdir-
Bolalarda   takomillashayotgan   vaqt   munosabatlarp-ning   akslanishi
bolaning   turli-tuman   amalip   va   aqliy   faoliyatida,   uning   obyektiv
faoliyatipipg   o’rab   olingan   tomonlari   orasidagi   munosabatlarn   doprasi-da
maksimal   ifodasini   olishi   muhimdir.   Shu   bilan   bolalar   bog’chasida
bolalarda   vaqt   bo’yicha   mo’ljal   olish   malakasnni   rivojlantirish   ishi   tor
mutaxassns-likka   xizmat   qilishi   emas,   balki   bolalar   shaxsini   butunicha
kamolotga yetkazishga xizmat qilnshp kerak.
Nazorat savol va topshiri q lari
1. Bolalarni vaqt haqidagi tasavvurlarini shakllantirishning ahamiyati.
2. Dasturda   vaqtni   chamalashga   qo’yiladigan   talablarning   mu-
rakkablashishi.
3. Istalgan   yosh   guruh   bolalarida   vaqtni   chamalash   darajasini   aniqlash.
Shu   maqsadda   maxsus   savollar   va   topshiriqlar   ishlab   chiqish   va
bolalarga taklif qilish.
4. Tarbiyachining   kalendar   ish   rejasini   ko’chirib   oling   (1   oy   uchun).
Istalgan   yosh   guruhida   vaqtni   chamalash   haqidagi   tasavvur-lari
shakllanishida topshiriq va uslubiy usullarning samarador-ligi.
5. Kichik va o’rta guruhlarni sutka qismlari bilan tanishti-rish uslubiyati.
6. Katta   va   maktabgacha   tayyorlov   guruhida   kun,   hafta   va   oy-larning
ketma-ket kelishi va nomlari bilan tanishtirish.
7. Katta bog’cha yoshidagi bolalarda vaqtni sezish qandan bo’li-
shini ko’rsatish.
141 23-MA'RUZA: Ilk maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo’yiladigan Davlat talablari
O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari
Mazkur   O’zbekiston   Respublikasining   ilk   va   maktabgacha   yoshdagi
bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat
talablari   deb   yuritiladi)   O’zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim   to’g’risida»gi
Qonuni ,   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2016   yil   29   dekabrdagi   PQ-
2707-son   «2017   —   2021   yillarda   maktabgacha   ta’lim   tizimini   yanada
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to’g’risida»gi   qarori   hamda   Vazirlar
Mahkamasining   2017   yil   21   noyabrdagi   929-son   «O’zbekiston   Respublikasi
Maktabgacha   ta’lim   vazirligi   to’g’risidagi   nizomni   hamda   Maktabgacha   ta’lim
muassasalari  rahbar   va  mutaxassislarini  qayta  tayyorlash   va  ularning  malakasini
oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida»gi  qaroriga  asosan ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi) har tomonlama
rivojlantirish,   ta’lim-tarbiya   berish,   maktab   ta’limiga   tayyorlash   bo’yicha   davlat
talablarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1.   Davlat   talablari   O’zbekiston   Respublikasi   hududida   mulkchilik   shakli
va idoraviy tasarrufidan qat’iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalariga qo’llaniladi:
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo’lgan «Mehribonlik» uylari.
2.   Maktabgacha   ta’lim   turlari   uchun   kadrlar   tayyorlovchi   o’rta   maxsus,
kasb-hunar   va   oliy   ta’lim   muassasalari,   maktabgacha   ta’lim   turlari   bo’yicha
pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan
muassasalar,   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   tarbiya   olayotgan   oilalar   mazkur
Davlat talablariga rioya qilishlari lozim.
2-bob. Davlat talablarining maqsad, vazifa va asosiy tamoyillari
3. Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
maktabgacha ta’lim  — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori,
individual   ruhiy   va   jismoniy   xususiyatlari,   madaniy   ehtiyojlarini   inobatga   olgan
holda   hamda   bolada   ma’naviy   me’yorlarni   shakllanishi,   hayotiy   va   ijtimoiy
tajriba   egallanishini   ko’zda   tutgan   har   tomonlama   rivojlantirishga   qaratilgan
yaxlit jarayon;
rivojlanish   —   inson   tanasi   tuzilishi,   ruhiyati   va   xulqida   biologik
jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida ro’y beradigan o’zgarishlar;
rivojlanish sohasi  — bola rivojlanishidagi aniq bir yo’nalishlar; 
kichik   soha   —   sohaning   kichik   guruhlari.   Asosiy   sohalarning   kichik
sohasi   rivojlanishning   ma’lum   bir   tomonlarini   o’z   ichiga   qamrab   oladi   va
ularning aniq bir yo’nalishini ko’rsatib beradi;
kutilayotgan   natija   —   bolalarda   kutilayotgan   bilim,   ko’nikma   va
malakalar ko’rsatkichi;
142 bola kompetentsiyasi  — ma’lum bir yosh davriga xos bo’lgan vazifalarni
maqsadli bajarish uchun yetarli bo’lgan bolaning bilimi, ko’nikmasi va malakalari
hamda qadriyatlari;
integratsiya  — bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari
o’rtasidagi bog’liqlik; 
inklyuziv   ta’lim   —   bolalarning   alohida   ta’lim   ehtiyojlari   va   individual
imkoniyatlarini   inobatga   olgan   holda   ta’lim   va   tarbiya   olinishini   teng
ta’minlovchi jarayon;
«Men»   kontseptsiyasi   —   bolani   o’zi   haqidagi   anglangan   tasavvurlari
tizimi, uning refleksiv faoliyatini bir qismi;
refleksiv   faoliyat   —   bolada   o’z   tushunchalari   va   xatti-harakatlarini
anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni.
4. Davlat  talablarining maqsadi  — mamlakatda  o’tkazilayotgan  ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg’or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari
va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda
maktabgacha   ta’lim   tizimida   ma’nan   mukammal   va   intellektual   rivojlangan
shaxsni tarbiyalashdir.
5. Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi  bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi  mazmuni
va sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilash;
milliy,   umuminsoniy   va   ma’naviy   qadriyatlar   asosida   bolalarga   ta’lim-
tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
ta’lim-tarbiya   jarayoniga   pedagogik   va   zamonaviy   axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
kadrlarni   maqsadli   va   sifatli   tayyorlash   uchun   ta’lim,   fan   va   ishlab
chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash. 
6. Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:
bolaning noyobligi;
«Men» kontseptsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli; 
bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;
bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
bolalar   rivojlanishida   individual   farqlanishlar   mavjudligi   sababli,   har   bir
bolaga moslashuvchan bo’lib, individual variativlik asosida yondashish.
3-bob. Davlat talablarining tarkibi
7.   Davlat   talablari   rivojlanish   sohalari   integratsiyasini   ko’zda   tutadi   va
bola rivojlanishiga ko’maklashadi. 
Davlat   talablari   tug’ilgandan   7   yoshgacha   bo’lgan   bolalarning   beshta
asosiy   rivojlanish   sohalariga   bo’lingan.   Har   bir   rivojlanish   sohasi   o’z   o’rnida
kichik   sohalarga   bo’lingan   bo’lib,   ular   har   bir   yosh   guruhiga   mos   bir   nechta
talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko’rsatkichlaridan) iborat. 
8.   Davlat   talablari   bolaning   quyidagi   rivojlanish   sohalari   bo’yicha
belgilanadi:
jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari;
bilish jarayonini rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish.
143 9.   «Jismoniy   rivojlanish   va   sog’lom   turmush   tarzining   shakllanishi»
sohasi quyidagi kichik sohalarga bo’linadi:
yirik motorika;
mayda motorika;
sensomotorika;
sog’lom turmush tarzi va xavfsizlik.
10.   «Ijtimoiy-hissiy   rivojlanish»   sohasi   quyidagi   kichik   sohalarga
bo’linadi:
«Men» kontseptsiyasi;
hissiyotlar va ularni boshqarish;
ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.
11. «Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari» sohasi quyidagi kichik
sohalarga bo’linadi:
nutq va til;
o’qish malakalari; 
qo’l barmoqlari mayda motorikasi.
12.   «Bilish   jarayonining   rivojlanishi»   sohasi   quyidagi   kichik   sohalarga
bo’linadi:
intellektual-anglash malakalari;
elementar matematik malakalar;
tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat.
13. «Ijodiy rivojlanish» soha quyidagi kichik sohalarga bo’linadi:
dunyoni badiiy tasavvur etish;
badiiy-ijodiy qobiliyatlar.
14.   Davlat   talablari   asosidagi   yosh   davrlari   quyidagi   bosqichlarni   o’z
ichiga oladi: 
go’daklik (tug’ilgandan 1 yoshgacha);
erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);
kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha);
o’rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha);
katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha);
maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha). 
15.   Ilk   yoshdagi   bolalar   rivojlanishiga   qo’yiladigan   talablar   mazkur
Davlat talablarining  1-ilovasida  belgilangan.
16.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   rivojlanishiga   qo’yiladigan   talablar
mazkur Davlat talablarining  2-ilovasida  belgilangan.
4-bob. Yakuniy qoidalar
17.   Mazkur   Davlat   talablari   buzilishida   aybdor   bo’lgan   shaxslar   qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.
18. Mazkur Davlat talablari Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ta’lim sifatini
nazorat   qilish   davlat   inspektsiyasi,   Sog’liqni   saqlash   vazirligi,   Oliy   va   o’rta
maxsus   ta’lim   vazirligi,   O’zbekiston   standartlashtirish,   metrologiya   va
sertifikatlashtirish   agentligi   va   «Oila»   Respublika   ilmiy-amaliy   markazi   bilan
kelishilgan.
144 24-MA'RUZA: Ilk qadam dasturi va uning maqsad va vazifalari
1-bob.  Umumiy qoidalar
Maktabgacha   ta’lim   muassasasining   davlat   o’quv   dasturi   (quyida:   «MTM
davlat   o’quv   dasturi»)   O’zbekiston   Respublikasining   ilk   va   maktabgacha
yoshidagi   bolalarni   rivojlantirish   borasidagi   Davlat   talablariga   muvofiq   ishlab
chiqilgan   me’yoriy-huquqiy   hujjat   bo’lib,   unda   maktabgacha   ta’lim
muassasasining   maqsad   va   vazifalari,   o’quv-tarbiyaviy   faoliyatning   asosiy
g’oyalari   ifodalangan,   shuningdek,   bolaning   ta’limning   keyingi   bosqichiga
o’tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan. 
Davlat   o’quv   dasturi   O’zbekiston   Respublikasi   hududida   joylashgan
quyidagi ta’lim muassasalarida qo’llash uchun majburiy: 
 davlat maktabgacha ta’lim muassasalari; 
 maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko’rsatuvchi nodavlat muassasalari; 
 maktabgacha guruhlarga ega bo’lgan   «Mehribonlik» bolalar uylari; 
 maktabgacha   va   boshlang’ich   ta’limni   nazorat   qiluvchi   boshqaruv
organlari. 
1.1. MTM davlat o’quv dasturini qo’llash
          Davlat o’quv dasturi variativ o’quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch
hujjat hisoblanadi. 
                Ta’lim muassasalari  Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan
variativ o’quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. 
          Ta’lim muassasasi Davlat o’quv dasturi asosida o’zining MTM ishchi o’quv
dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o’quv dasturi
muassasa   pedagoglari   tomonidan   ota-onalarni   jalb   etgan   holda   tuziladi   va
amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi 1
. 
1.2. MTMning maqsad va vazifalari
MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
 bolaning   individual   ehtiyojlarini   hisobga   olgan   holda   ilk   va
maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda
Davlat   o’quv   dasturiga   muvofiq   uning   har   tomonlama   va   barkamol   rivojlanishi
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 
 maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   o’quv-tarbiyaviy   faoliyatini
tashkil qilish va amalga oshirish;  
 bolalarning   ilk   rivojlanishi   masalalarida   ota-onalar   va   jamiyatga
tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
 bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o’zaro
hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish. 
2-bob. MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari
2.1. MTM ta’lim jarayonining maqsadlari
O’quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetentsiyalar
va rivojlanish sohalari kompetentsiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar
yaratishdan iboratdir. 
1
 Дастурга 1-илова
145 2.2. MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari 
MTM ta’lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat: 
 bola huquqlari, o’ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish ;
 ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o’zaro bog’liqligi; 
 bola   salomatligini   asrash   va   mustahkamlash,   uning   ehtiyojlari,   shu   jumladan,
uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
 bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo’llab-quvvatlash;
 o’yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish; 
 bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; 
 bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash ;
 MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;   
   milliy   madaniy   an’analar   qadriyatini   oshirish   va   boshqa   millatlar   madaniyatiga
hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish; 
Bolaning   maktabgacha   ta’lim   muassasasidagi   rivojlanishini   qo’llab-
quvvatlash   jamoaviy   ish   hisoblanadi   va   uning   amalga   oshirilishi   uchun
maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi. 
2. 3.  Qo’shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish
Qo’shimcha   ta’lim   xizmatlari   maktabgacha   ta’lim   muassasasi   tomonidan
imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda
tashkil etiladi. 
Qo’shimcha   ta’lim   xizmatlari   fakulьtativ   hisoblanadi   va   ularni   tashkil
qilishda   ko’ngillilar   (volontyorlar),   ota-onalar   va   homiylar   ishtirok   etishi
mumkin. 
2.4. Alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan ta’lim
faoliyati
Maktabgacha   ta’lim   muassasasida   alohida   ehtiyojga   ega   bo’lgan   bolalarni
qo’llab-quvvatlash   jamoaviy   ish   hisoblanadi   va   uni   amalga   oshirish   uchun
maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi.   
Zarurat   tug’ilganda,  pedagoglar   tarkibi   va   maktabgacha   ta’lim   muassasasi
rahbariyati,   tor   ixtisosdagi   mutaxassislarni   jalb   etgan   holda,   bola   (uning
rivojlanishi) uchun o’quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
2.5. Ota-onalar bilan hamkorlik
Bolaning   har   tomonlama   rivojlanishini   ta’minlash   uchun   maktabgacha
ta’lim   muassasasi   ota-onalar   bilan   o’zaro   hamkorlikning   quyidagi   shakllarini
tashkil qilishi mumkin: 
 ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;
 ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; 
 ota-onalarni o’quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
 ota-onalarning   muassasa   hayotida   ishtirok   etish   borasidagi   tashabbuslarini
qo’llab-quvvatlash. 
3-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetentsiyaviy
yondashuv
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarga   ta’lim   berishda   kompetentsiyaviy
yondashuv   o’sib   borayotgan   bola   shaxsini   hayotga   tayyorlash,   unda   hayotiy
muhim   masalalarni   hal   qilish   uchun   zarur   bo’lgan,   axloqiy   me’yor   va
146 qadriyatlarni o’zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini
qurish   bilan   bog’liq   bo’lgan   faoliyat   usullarini   shakllantirishga   tayyorgarlikni
ko’zda tutadi.  
Boshlang’ich muhim kompetentsiyalar  bolaning faoliyat va axloq sub’ekti
sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.
Kompetentsiya   bolaning   bilim,   ko’nikma,   malaka   va   qadriyatlari
majmuidir.   Boshlang’ich   kompetentsiyalar,   rivojlanish   sohasidan   qat’i   nazar,
bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
3.1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim
kompetentsiyalari
Kommunikativ kompetentsiya   –   muloqot  vositalaridan turli  vaziyatlarda
foydalana bilish ko’nikmasi .
O’yin   kompetentsiya si   –   bolaning   o’yin   jarayoni   va   uni   tashkil   qilishda
tajriba,  bilim  va  ko’nikmalardan  ijodiy  foydalanishi .      O’quv-tarbiyaviy  faoliyat
uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy   kompetentsiya   –   hayotiy   vaziyatlarda   kattalar   va   tengdoshlar
bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o’zini tutish
mahorati.
Bilish   kompetentsiyasi   –   atrofdagi   olamni   ongli   ravishda   idrok   qilish   va
olingan   bilim,   ko’nikma,   malaka   va   qadriyatlardan   o’quv   va   amaliy   vazifalarni
hal qilish uchun foydalanish.
3.2.  Bolaning rivojlanish sohalari  kompetentsi yalari
Bolaning   kompetentsi yalari   bola   rivojining   quyidagi   sohalarida
belgilanadi: 
 jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi;
 ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
 nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari;
 bilish jarayonining rivojlanishi;
 ijodiy rivojlanish.
3.2.1. «Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish»
sohasi kompetentsiyalari
«Jismoniy   rivojlanish   va   sog’lom   turmush   tarzining   shakllanishi»
sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so’ng 6-7 yoshli bola: 
 o’z   imkoniyatlari   va   yoshi   bilan   bog’liq   jismoniy   rivojlanish   me’yorlariga   mos
ravishda jismoniy faollik ko’rsatadi; 
 turli harakatchanlik faolligini uyg’un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;  
 turli   hayotiy   va   o’quv   vaziyatlarida   mayda   motorika   ko’nikmalaridan
foydalanadi; 
 o’z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi; 
 shaxsiy gigiena malakalarini qo’llaydi ;
 sog’lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi; 
 xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi. 
3.2.2. «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetentsiyalari
147   «Ijtimoiy-emotsional   rivojlanish»   sohasidagi   o’quv-tarbiyaviy   faoliyat
yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: 
 o’z   «Men»i   va   boshqa   insonlarning   hayotiy   faoliyat   muhitidagi   roli   to’g’risida
tasavvurga ega bo’ladi; 
 o’z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi; 
 o’zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi; 
 kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi; 
 murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo’llarini topadi. 
3.2.3. «Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari» sohasi kompetentsiyalari
  «Nutq,   muloqot,   o’qish   va   yozish   malakalari»   sohasidagi   o’quv-tarbiyaviy
faoliyat yakuniga yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: 
 nutqni eshitadi va tushunadi; 
 o’z   nutqida   to’g’ri   talaffuz,   qulay   grammatik   shakllar   va   xilma-xil   gap
konstruktsiyalaridan foydalanadi;  
 ikkinchi tilni o’rganishga qiziqish namoyon qiladi; 
 ikkinchi tilni egallash bo’yicha dastlabki bilimlarini ko’rsatadi; 
 badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi; 
 so’zning lug’aviy, bo’g’inli va fonetik tuzilishi to’g’risida tasavvurga ega bo’ladi;
 turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so’zlab berishni biladi; 
 yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi. 
3.2.4. « Bilish jarayonining rivojlanishi » sohasi kompetentsiyalari
Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi  o’quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga
yetganidan so’ng 6-7 yoshli bola: 
 bili m olish ga faol qiziqishni namoyon etadi; 
 o’quv   va   hayotiy   faoliyat   uchun   axborotni   mustaqil   ravishda   topadi   va   undan
foyd a lanadi; 
 predmetlar,   voqealar   va   ko’rinishlar   o’rtasidagi   oddiy   aloqalarni   tushunadi   va
ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi; 
 raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo’llaydi; 
 makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi; 
 elementar matemati k   hisoblashlarni amalga oshiradi; 
 atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko’rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi; 
 atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g’amxo’r munosabatni namoyon etadi. 
3.2.5.  « Ijodiy rivojlanish »  sohasi kompetentsiyalari
« Ijodkorlik »   sohasidagi   o’quv-tarbiyaviy   faoliyat   yakuniga   yetganidan   so’ng
6-7 yoshli bola: 
 san’at va madaniyatga qiziqish namoyon qiladi; 
 milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida idrok
etadi; 
 san’atning muayyan turini afzal ko’rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;   
 olingan   bilim   va   ko’nikmalardan   turli   hayotiy   vaziyatlarda   o’z   ijodiy   rejalarini
tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi; 
 insonning dunyoni o’zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi. 
4-bob. O’quv-tarbiyaviy faoliyat
148 O’quv-tarbiyaviy   faoliyat   «O’zbekiston   Respublikasining   ilk   va   maktab
yoshidagi   bolalarni   rivojlantirishga   oid   davlat   talablari»   asosida   amalga
oshiriladi. 
Maktabgacha ta’lim muassasasi o’quv va tarbiyaviy faoliyatni o’quv yillari
bo’yicha tashkil qiladi. 
O’quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi.
             1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog’lomlashtirish davri tashkil
etiladi. 
4.1. O’quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish
          O’quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda
pedagog   tomonidan   rejalashtirilgan   kundalik   harakatlar,   bolalar   o’yinlari,   bo’sh
vaqt va o’quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi 2
.        
O’quv-tarbiyaviy   faoliyat   ta’lim   va   ijtimoiy   ehtiyojlar   (salomatlik,
ovqatlanish   va   xavfsizlik)ni   qondirish   maqsadida   bolaning   yoshi   va   individual
rivojiga   asoslanuvchi   o’quv   rejasiga   muvofiq   olib   boriladi.   O’quv-tarbiyaviy
faoliyat   bola   hayoti   va   uning   atrofidagi   muhitdan   kelib   chiquvchi   yagona   bir
butun mavzuga birlashtiriladi 3
.
O’quv-tarbiyaviy   faoliyatni   rejalashtirish   ta’lim   sharoitlariga   bog’liq   holda
integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi. 
O’quv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud:
 yillik mavzuviy;
 haftalik.
Rejalashtirishda   faoliyatning   maqsadlari,   mavzusi,   mazmuni   va   turlari
ifodalanadi.   Faoliyat   turini   tanlashda   nafaqat   o’quv-tarbiyaviy   faoliyatning
umumiy   maqsadlari,   balki   rivojlanish   sohalari   bo’yicha   maqsadlar,   faoliyat
mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi. 
Rejalashtirishda   kun   tartibini   hisobga   olish   zarur.   Kun   tartibi   ish   sur’atini
belgilaydi   va   bolaga   bir   faoliyatdan   boshqasiga   oson   o’tishda   yordam   berishi
lozim. SHuni yodda tutish joizki, o’yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy
faoliyati   hisoblanadi.   Kun   tartibini   tuzishda   kunduzgi   uyqu,   dam   olish   vaqti   va
sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi.     
  Yillik mavzuviy reja.
Yillik   mavzuviy   rejada   har   bir   yosh   guruhi   uchun   oy   mavzulari   va   hafta
mavzulari   aks   ettiriladi.   Maktabgacha   ta’lim   muassasasi   hudud   yoki   boshqa
xususiyatlarni   hisobga   olgan   holda   o’zining   yillik   mavzuviy   rejasini   tuzishga
haqli.   Mazkur   mavzuviy   reja   maktabgacha   ta’lim   muassasasining   Pedagogika
kengashida tasdiqlanadi 4
.
Haftalik reja
2
  Дастурга 2-илова
3
  Дастурга 3-илова
4 4
  Дастурга 3-илова
149        Haftalik reja yillik mavzuviy rejaga asoslanadi va haftaning kichik mavzulari,
shuningdek, mazkur mavzu bo’yicha o’tkaziladigan tadbirlarni o’z ichiga oladi.
          Haftalik   reja   barcha   rivojlanish   sohalari   bo’yicha   maqsadlarni   belgilash,
tegishli   markazlarni   tayyorlash,   mashg’ulotlarni   hafta   mavzusiga   mos   ravishda
taqsimlashga yo’naltirilgan. Hafta mavzusi barcha erkin faoliyat markazlari orqali
o’tishi   lozim.   Haftalik   rejada   guruhdagi   va   sayr   vaqtidagi   didaktik   va   harakatli
o’yinlar   rejalashtiriladi 5
.   Bolalar   bilan   olib   boriladigan   ishning   mazmuni   va
izchilligi   faoliyat   turi   (faol   faoliyat   /   passiv   faoliyat;   individual   faoliyat   /   kichik
guruhda   *   katta   guruhda;   tarbiyachi   rahbarligi   ostida   o’tadigan   faoliyat   /   bola
rahbarligi ostida o’tadigan faoliyat) va uni o’tkazish joyi (xona ichidagi faoliyat /
ko’chadagi faoliyat)ni hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak. 
                Haftalik   reja   xilma-xil   va   moslashuvchan   bo’lishi   lozim.   Boshqacha
aytganda, ob-havo o’zgarishi va bolaning qiziquvchanligini hisobga olgan holda,
rejalashtirilayotgan   faoliyat   boshqasiga   almashtirilishi   yoki   faollik   vaqti   biroz
ko’proq   yoxud   kamroq   vaqtga   mo’ljallanishi   mumkin.   Masalan,   agar   tarbiyachi
bahorgi gullagan bog’ga borishni rejalashtirgan bo’lsa-yu, ob-havo juda yomg’irli
bo’lsa,   bu   tadbirni   xonada   o’tkazishning   imkoni   bo’lgan   boshqa   tadbirga
almashtirishi mumkin. 
Haftalik   reja   –   bu   tarbiyachining   ish   jurnali   va   mashg’ulotlar   konspekti.
Tarbiyachining ish jurnali quyidagi bo’limlardan tashkil topadi:
 titul varag’i;
 guruhning iliq va sovuq davrdagi kun tartibi; 
 ertalabki badantarbiya kompleksi;
 guruhda   sentyabrdan   avgustgacha   bo’lgan   ta’lim   jarayonini   rejalashtirish
tarkibiga ertalabki suhbat, sayr, kunning ikkinchi yarmi kiradi;
 haftalik ish tahlili;
 ilovalar.
Mashg’ulotlar   konspektlarida   maqsadlar,   faoliyatning   qisqacha   ta’rifi,   zaruriy
jihozlar ifodalanadi. Mazkur konspektlar tavsiyaviy xarakterga ega va tarbiyachi
tomonidan ijodiy o’zgartirilishi mumkin. 
5-bob. Bolaning rivojlanish sohalari bo’yicha yutuqlari
Mazkur   dastur   bola   rivojiga   individual   yondashuv,   uning   shaxsini   hurmat
qilish, uning manfaatlari ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy
qulaylik   borasida   g’amxo’rlik   qilish,   erkin   ijodiy   o’z-o’zini   ko’rsatishi   uchun
sharoitlar yaratishga intilishni ko’zda tutadi. SHu sababli, rejalashtirish bilan bir
qatorda,   bola   rivojlanishini   kuzatib   borish   pedagog   faoliyatida   muhim
ahamiyat kasb etadi. Pedagog bolani va uning o’zini tutishi sabablarini yaxshiroq
tushunish,   bola   rivojini,   uning   ichki   dunyosini   ko’rish,   qo’llab-quvvatlash,
rivojlanish   yo’llarini   belgilash,   ehtiyoj   va   manfaatlarini   aniqlash   uchun   bola
hayotini   sistematik   kuzatib   boradi.   Pedagogik   kuzatuvlar   asosida   ta’lim
faoliyatini   rejalashtirish   ishlab   chiqiladi   va   takomillashtirib   boriladi.   Bolaning
individual   rivojlanishini   kuzatish   uchun   O’zbekiston   Respublikasining   ilk   va
maktab   yoshidagi   bolalar   rivojlanishiga   oid   Davlat   talablarida   aks   ettirilgan
5
  Дастурга 4-илова
150 sohalar   va   soha   ostilari   hamda   kutilayotgan   natijalar   olingan   (malaka   va
ko’nikmalar).
Bolaning   rivojlanish   xaritasi   3   dan   7   yoshgacha   bo’lgan   davrni   o’z   ichiga
oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta to’ldiriladi 6
. 
                Maktabgacha   ta’lim   muassasasidan   chiqishda   6-7   yoshdagi   bolaning
maktabga   tayyorlik   xaaritasi   to’ldiriladi   (faqat   maktabgacha   muassasa
bitiruvchilari uchun 6
).   Maktabga   tayyorlik   deganda   bolada   umumiy
kompetentsiyalarni  va  rivojlanish  sohalari  kompetentsiyalarining   shakllanganligi
tushuniladi.   Bu   xarita   maktabgacha   ta’lim   muassasasining   har   bir   bitiruvchisi
uchun   to’ldiriladi.   Unda   Davlat   dasturiga   muvofiq   rivojlanishning   beshta   sohasi
(bola kompetentsiyalari) bo’yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi. 
Tarbiyachiga   u   yoki   bu   natija   qanday   darajada   aks   etayotganini   belgilash
taklif   etiladi.   Rivojlanishning   beshta   sohasi   (bola   kompetentsiyalari)
umumlashtiriladi   va   tavsiya   hamda   takliflar   ko’rinishida   ota-onalarga   e’tiboriga
havola etiladi.    
6-bob. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish
Maktabgacha   ta’lim   muassasasida   rivojlantiruvchi   muhitni   tashkil   etishda
bolalarning   o’ziga   xos   belgilarga   ega   bo’lgan   yoshga   doir   xususiyatlari   va
ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahmiyat kasb etadi.  
R ivojlantiruvchi muhit mazmuni:
maktabgacha   ta’lim   muassasasining   ko’rgazmali-rivojlantiruvchi   muhiti
mazmuni   madaniy-tarixiy   qadriyatlar:   milliy   va   mintaqaviy   an’analar;   tabiat,
iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo’lishi lozim; 
muhit   mazmuni   birlamchi   dunyoqarash   asoslarini   shakllantirish,   bolaning
muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim. 
25-MA’RUZA: “Ilm yo`li” variativ dasturi
I bob. Dasturning maqsad,  vazifa va tamoyillari
O‘zbekiston   Respublikasida   maktabgacha   ta’lim   tizimiga   katta   e’tibor
qaratilmoqda.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   SH.M.Mirziyoevning   tashabbusi
bilan,   Prezidentning   2017-yil   30-sentyabrdagi   “Maktabgacha   ta’lim   tizimini
boshqarishni   tubdan   takomillashtirish   bo‘yicha   chora-tadbirlar   haqida”gi   5198   -
Farmoni   ko‘ra,   O‘zbekiston   Respublikasi   Maktabgacha   ta’lim   vazirligi   tashkil   etildi.
Shu   bois   eng   yaxshi   xalqaro   tajribalar   asosida   tizimdagi   dasturiy   va   o‘quv-metodik
ta’minotni     takomillashtirish   maqsadida     maktabgacha   ta’lim   tizimini     tubdan   isloh
qilish zarurati  paydo bo‘ldi. 
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2018-yil   8-dekabrdagi
“Boshlang‘ich   ta’limga   bolalarni   majburiy   bir   yillik   tayyorlashga   bosqichma-bosqich
o‘tish   bo‘yicha   chora-tadbirlar   haqida”gi   999-   sonli   qarorini   ijro   etish   doirasida
O‘zbekiston   o‘z   zimmasiga   6-7   yoshli   bolalarning   maktabga   to‘lovsiz   majburiy   bir
yillik   tayyorgarligi   bo‘yicha   majburiyatni   oldi.   6-7   yoshli   bolalarni   har   tomonlama
rivojlantirish,   ularga   ta’lim-tarbiya   berish   va   maktabga   tayyorlash   maqsadida   “Ilm
yo‘li”  dasturini ishlab chiqish hamda uni tasdiqlash zarurati paydo bo‘ldi. 
O‘zbekiston   Respublikasi   Maktabgacha   ta’lim   vazirligining   tashabbusi   bilan   6-7
yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim tarbiya berish va maktabga
6
Дастурга 6-илова
7
 Дастурга 7-илова
151 tayyorlash   maqsadida   “Ilm   yo‘li”   variativ   dasturi   ishlab   chiqildi.   Mazkur   dastur
maktabgacha   ta’lim   tashkilotlari   uchun   ishlab   chiqilgan   “Ilk   qadam”   Davlat   o‘quv
dasturi,   O‘zbekiston   Respublikasida   ilk   va   maktabgacha   yoshdagi   bolalarning
rivojlanishiga   qo‘yiladigan   Davlat   talablari,   “Kadrlar   tayyorlash   bo‘yicha   Milliy
dastur”, maktabgacha ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi asosida ishlab chiqildi.
“Ilm   yo‘li”   variativ   dasturi   bolaning   to‘laqonli   rivojlanishi,   tarbiyalanishi   va
o‘qishini,   uning   maktabda   ta’lim   olishga   samarali   tayyorlanishini   ta’minlashga
qaratilgan,   bolalarni   maktabga   tayyorlash   bo‘yicha   xalqaro   tajribalarning   hisobga
olinib,  ishlab chiqilgan hujjat bo‘lib sanaladi. 
  Mazkur  dastur  o‘ziga xos bo‘lib,  unga  ko‘ra, o‘quv-tarbiyaviy  faoliyat kuniga 3
soat davomida amalga oshiriladi, uning majburiy qismi 80 foizni va variativ qismi esa
20 foizni tashkil etadi.
Dastur   idoraviy   bo‘ysunishidan   va   mulkchilik   shakllaridan   qat’iy   nazar
O‘zbekiston   Respublikasi   hududida   joylashgan   barcha   maktabgacha   ta’lim
tashkilotlarida qo‘llanilishi mumkin:
 bolalarni   maktabga   majburiy     bir   yillik   tayyorlov   guruhlariga   ega   bo‘lgan
umumiy   hamda   ixtisoslashtirilgan   tiplardagi   davlat   va   nodavlat   ta’lim
tashkilotlarida;
 maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimi uchun kadrlar tayyorlashni amalga
oshiradigan o‘rta-maxsus va oliy ta’lim  muassasalarida;
 maktabgacha   va   umumiy   o‘rta   ta’lim   tizimi   uchun   pedagog-kadrlarnining
malakasini   oshirish   va   ularni   qayta   tayyorlash   jarayonini   amalga   oshiruvchi
muassasalarda.
  Shuningdek,   har   bir   maktabgacha   ta’lim   tashkiloti,   shu   jumladan,   maktabgacha
ta’limning   muqobil   shakllari   hududiy,   milliy,   ijtimoiy-iqtisodiy   va   boshqa   shart-
sharoitlardan kelib chiqib, o‘z muqobil shakllarini  ishlab chiqishi mumkin.
Dastur   asosiga   bola   shaxsining   rivojlanishidagi   asosiy   sohalar   (jismoniy
rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy   rivojlanish; nutq,
muloqot,   o‘qish   va   yozish   malakalari;   bilish   jarayonining   rivojlanishi;   ijodiy
rivojlanish)   bo‘yicha   O‘zbekiston   Respublikasida   ilk   va   maktabgacha   yoshdagi
bolalarning   rivojlanishiga   qo‘yiladigan   Davlat   talablari   kiritildi.   Dastur
(kurrikulum)ning   o‘rgatuvchi   jarayonidagi   integratsiyalashgan   yondashuv   bola
rivojlanishining yaxlitligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston   Respublikasida   maktabgacha   ta’limi   tizimini   modernizatsiya   qilish
maktabgacha   ta’limga   teng   imkoniyatlar   yaratishning   zarurati   va   muhimligi   hamda
bolalarni   maktab   ta’limiga   tayyorlashning   muqobil   va   kamchiqim   modellarini   ishlab
chiqishni taqozo etadi.   
6-7   yoshli   bolalarni   o‘qitish   majburiy   boshlang‘ich   ta’limga   bir   yillik   tayyorlash
guruhlari   dasturi   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan
tasdiqlangan   ta’lim   sektori   rejasi,   maktabgacha   ta’limni   rivojlantirish   Konsepsiyasi,
Davlat   talablariga   tayangan   holda   bolaga   yo‘naltirilgan   sifatli   pedagogikaga
prinsiplariga asoslangan.  
Bolaning erta rivojlanishi uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi. Bolaning erta rivojlanishiga investitsiya ajratilishi quyidagi asosiy
omillar bilan belgilanadi : 
 katta yoshdagi kishi intellektual qobiliyatining 70% hayotining dastlabki 5 yilida
shakllanadi;
 maktabgacha   ta’limga   sarf-xarajatlarning   iqtisodiy   samaradorligi   17:1   nisbatni
tashkil etadi (bolalar qamrovi  50% kam bo‘lmaganda);
152  umumiy ta’limda erishiladigan sezilarli yutuqlar ;
 ta’limni yuqoriroq bosqichda davom ettirish uchun katta imkoniyat mavjudligi ;
 - g‘ayriaxloqiy va jinoiy xatti-harakatlar ehtimolining kamayishi .
Dasturning   maqsadlari   va   vazifalari   maktabgacha   bolalar   uchun     quyidagilarni
ta’minlashni ko‘zda tutadi :
- zarur   bo‘lgan   rivojlanish   amaliyoti   va   maktabga   tayyorlash   uchun   teng
imkoniyatlarni vujudga keltirish ;
- 6-7   yoshli   bolalar   uchun   mo‘ljallangan   majburiy   boshlang‘ich   ta’limga   bir   yillik
tayyorlash   guruhlar   bolalarini   to‘liq   kunli   maktabgacha   ta’lim   tashkilotiga   berish
imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoki muayyan sabablarga ko‘ra, bunga intilmaydigan ota-
onalarning talab-ehtiyojlarini qondirishi kerak ; 
 6-7   yoshli   bolalar   uchun   mo‘ljallangan   majburiy   boshlang‘ich   ta’limga   bir
yillik   tayyorlash   guruhlar   maktabgacha   ta’limga   qo‘yiladigan   Davlat   talablariga
muvofiq,   5   muhim   sohada   bolalarning   har   tomonlama   rivojlanishini   ta’minlashi   zarur
(jismoniy   rivojlanish   va   sog‘lom   turmush   tarzini   shakllantirish;   ijtimoiy-hissiy
rivojlanish;  nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish)  har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga mo‘ljallangan;
 maktab ta’limiga umumiy psixologik tayyorgarlik .
     Dastur zamonaviy pedagogika va psixologiya tamoyillariga tayangan holda : 
 istisnosiz barcha bolalarning  ta’lim olish va rivojlanishga teng imkoniyatga ega
bo‘lishini ta’minlashga ;
 amaliyotga bola   yo‘naltirilgan yondashuvni, inklyuziv ta’lim tamoyillarini joriy
etishga ;
 oila va jamoalar bilan hamkorlik ;
 ta’lim-tarbiyaning   madaniy   jihatdan   maqbul   uslublariga   tayangan   holda   milliy
qadriyat va ustuvorliklarni  e’tiborga olish ;
 qulay, do‘stona va xavfsiz rivojlanish muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan .
        majburiy   boshlang‘ich   ta’limga   bir   yillik   tayyorlash   guruhlardagi   ta’lim   jarayoni
quyidagi tamoyillarga asoslangan :
 bolaga yo‘naltirilgan ta’limga yondashuvi ;
 inklyuziv ta’lim haqida mushohada yuritish ;
 bolani   xolistik(yaxlit)   rivojlanishini   ta’minlaydigan   ta’lim   muhitining
xususiyatlarini belgilash ;
 maktabgacha   ta’lim   tashkilotida   faoliyatning   etakchi   turi   –   o‘yin   asosida   ta’lim
berish ;
 bola – ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi ;
 rejalashtirish va baholash samaradorligi ;
 bolani tarbiyalash va rivojlantirish jarayoniga ota-onalarni hamkorlik asosida jalb
etish ;
 inter faol ta’lim ;  
 integrativ o‘qitish.
                Dasturda   ko‘zda   tutilgan   vazifalar   nafaqat   rivojlanish   markazlardagi   faoliyat
paytida,   balki   mustaqil,   o‘yin   jarayonida   hamda   pedagoglarning   ota-onalar   bilan
birgalikdagi faoliyati jarayonida ham to‘liq bajarilishi lozim. 
II bob. 6 yoshdan 7 yoshgacha bolalar rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar
Fiziologik rivojlanish
Mazkur   davrda   organizmning   tayanch-harakat   va   yurak-qon-tomir
tizimlarining   intensiv   rivojlanishi   hamda   takomillashishi,   mayda   mushaklarning
rivojlanishi,   markaziy   asab   tizimidagi   ayrim   bo‘linmalarning   rivojlanishi   va
153 differensirovkalanishi ro‘y beradi. bolaning vazni oyiga taxminan 200 gr atrofida,
bo‘yi o‘sishi esa 0,5 sm ga ortib boradi, tana proporsiyalari o‘zgara boshlaydi. 7
yoshli bolalarning bo‘yi o‘rtacha 113-122 sm ga, o‘rtacha vazni esa 21-25 kg ga
teng   bo‘ladi.   Miya   sohalari   deyarli   katta   yoshli   kishilarnikidek   shakllangan.
Harakat   sohalari   yaxshi   rivojlangan.   Suyaklar   mustahkamlanishi   davom   etadi,
lekin   umurtqa   egilishlari   hali   barqaror   emas.   Yirik   va   ayniqsa,   mayda
motorikanin   rivojlanishi   davom   etadi.   Qo‘l   panjalari   mushaklarning
koordinatsiyasi intensiv rivojlanadi. Umumiy jismoniy rivojlanish bolaning nozik
motorikasi     rivojlanishi   bilan   bog‘liq   bo‘ladi.   Qo‘l   barmoqlarining   mashq
qildirilishi   boladagi   intellektni   oshirish,   nutqni   rivojlantirish   va   yozishga
tayyorgarlik ko‘rish vositasi bo‘lib sanaladi.
Psixik jarayonlarning rivojlanishi
Bu yosh bosqichining o‘ziga xos tomoni bo‘lib bilishga doir va fikriy psixik
jarayonlarning   faol   rivojlanishi   hisoblanadi.   Bola   kuzatishga,   qarab   izlash   kabi
ixtiyoriy harakatlarni bajaradi.   Mana shu yoshda sensor  etalonlar – shakl, rang,
o‘lcham   to‘la   o‘zlashtiriladi.   Maydon-makonni   anglashning   rivojlanishi   davom
etadi.   Bola   pastga,   tepaga,   boshqa   tomonga   kabi   tushunchalar   bilan   amallarni
bajara   boshlaydi.   SHuningdek,   endilikda   o‘ng   va   chap   tomonni   tasavvur   qilish
aniq shakllangan bo‘lishi lozim. Biroq, bu yoshdagi bolalarda bir vaqtning o‘zida
turli   xildagi   belgilarning   hisobga   olinishi   lozim   bo‘ladigan   paytlarda   xatolikka
yo‘l qo‘yishlari uchrashi mumkin.
    Diqqat .   Maktabgacha   yosh   oxiriga   kelib   ixtiyoriy   diqqat   rivojlana
boshlaydi. Bola diqqatini  ongli ravishda  ma’lum bir predmetlarga va ob’ektlarga
yo‘naltirib   va jamlab tura oladi. Diqqatning barqarorligi ortishi – 20-25 daqiqa,
diqqat   hajmi   7-8   ta   predmetni   qamrab   oladi.   Bola   ikkiyoqlama   tasvirlarni   ko‘ra
olishi mumkin.
  Xotira . Maktabgacha yosh oxiriga kelib bolada psixik faollikning ixtiyoriy
shakllari   paydo   bo‘ladi.   U   endilikda   predmetlarni   qarab   chiqa   oladi,   maqsadga
qaratilgan kuzatishni amalga oshira olishi mumkin, ixtiyoriy diqqat paydo bo‘ladi
va buning natijasida ixtiyoriy xotira elementlari yuzaga kela boshlaydi. Ixtiyoriy
xotira bola o‘zi mustaqil ravishda maqsadni belgilaganda – eslab qolish va eslash
holatlarda   namoyon   bo‘ladi.   Bolaning   eslab   qolish   istagini   har   tomonlama
rag‘batlantirish   zarur,   chunki   bu   nafaqat   xotiraning,   balki   bilishga   doir   boshqa
qobiliyatlar   –   anglash,   diqqat,   fikrlash,   tasavvur   qilishning   ham   muvaffaqiyatli
rivojlanish garovidir. Ixtiyoriy xotiraning paydo bo‘lishi  vositalangan xotiraning
–   eslab   qolishning   eng   mahsuldor   shakli   rivojlanishiga   yordam   beradi.   Bu
yo‘ldagi   birinchi   qadamlar   eslab   qolinadigan   materialning   o‘ziga   xosliklari   –
yorqinligi, ommabopligi, noodatiyligi, ko‘rgazmalilik va boshqa shu kabilar bilan
shartlanadi. Bu davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni eslab qolish maqsadlarida
tasniflash va guruhlash usullariga maqsadli ravishda o‘rgatish mumkin.
Fikrlash .     Ilgarigidek,   yetakchi   bo‘lib   ko‘rgazmali-qiyofaviy   fikrlash
hisoblanadi,   lekin   maktabgacha   yosh   oxiriga   kelib   so‘zli-mantiqiy   fikrlash
shakllana   boshlaydi.   U   so‘zlarn   ishlata   bilish,   fikr-mulohazalar   mantig‘ini
tushuna   olish   mahoratining   rivojlanishini   ko‘zda   tutadi.   Bu   yerda   albatta   katta
yoshlilarning   yordami   zarur   bo‘lib   hisoblanadi,   chunki   bolalarning,   masalan,
predmetlar   kattaligi   yoki   sonini   taqqoslashlaridagi   bolalarcha   fikr-
mulohazalarining   nomantiqiyligi   mavjud   bo‘lishi   ma’lumdir.   Maktabgacha
154 bo‘lgan   yoshda   tushunchalarning   rivojlanishi   boshlanadi.   To‘la   holda   so‘zli-
mantiqiy,  tushunchali   yoki   abstrakt   fikrlash   o‘smirlik  yoshiga   kelib   shakllanadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bola sabab-oqibatli aloqadorliklarni belgilay olishi,
muammoli vaziyatlar echimini topa olishi mumkin bo‘ladi. 
Tasavvur . Bola hayotining bu davri  tasavvur  qilishning o‘ziga xos  faolligi
bilan   tavsiflanadi.   Dastlab   bu   faqat   yaratuvchilik   tasavvurlari   bo‘ladi,   ya’ni,
biron-bir ertaknamo qiyofalarni tasavvur qilishga imkon beradigan tarzda bo‘ladi,
keyinchalik   esa   butunlay   yangi   qiyofalarni   yaratishga   qodir   bo‘lgan   ijodiy
tasavvurga aylanadi. Bu bolada fantaziyani rivojlantirish uchun o‘ta muhimdir.
Nutq . Grammatika va leksikaning rivojlanishi davom etadi, nutq ravon bo‘la
boradi. So‘z boyligi ortadi, bolalar umumlashtiruvchi otlarni ishlata boshlaydilar,
sinonimlar,   antonimlar   va   sifatlardan   foydalana   boshlaydilar.   Agarda   bola   bilan
birga ko‘p o‘qilsa va muloqot qilinsa, unda bu yoshga kelib ham monologik nutq
(tushuntirishli   va   talqin   qiluvchi,   bayoniy     nutq)   hamda   muloqotda   ishtirok   eta
olish   mahorati   yaxshi   darajada   shakllangan   bo‘ladi.   Y o zma   nutq   shakllana
boshlaydi. So‘z boyligi taxminan 3   000 ta so‘zgacha boyib boradi.
Shaxs   rivojlanishi .   Maktabgacha   yoshdagi   bolaning   ongidagi   asosiy
o‘zgarish bo‘lib “ harakatlar ichki rejasi ”ning paydo bo‘lishi hisoblanib, u bolaga
nafaqat   ko‘rgazmali   tarzda,   balki   ongli   ravishda   ham   turli   xildagi   tasavvurlarni
hosil qilishga yordam beradi.
Bolaning   o‘z-o‘zini   anglashida   “Men”   obrazini   anglashi   refleksif
qobiliyatini   belgilaydi,   ya’ni,   tahlil   qilishi,   o‘z   harakatlarining   maqsadlari   va
natijalari  uchun javob bera olishi, shu jumladan, o‘z kechinmalari, hissiyotlarini
anglashi.   Aynan   shu   yangilanish   bolaning   ma’nan   rivojlanishining   asosi   bo‘lib
hisoblanadi. 6-7 yoshli bolaning psixik va shaxsiy sohalarida rivojlanishining eng
muhim   yangi   hosilasi   sifatida   motivlarning   bo‘ysundirilishi   hisoblanadi.   “Men
qilishim   kerak”,   “men   qila   olaman”   motivlarining   anglanishi   “men   xohlayman”
motivi ustidan ustunlik qila boshlaydi. 
O‘z   “Men”ini   anglash   va   mana   shu   asosida   maktab   yoshi   oxiriga   kelib
ichki     hissiyotlarning   paydo   bo‘lishi   yangi   ehtiyojlarni   tug‘diradi.   Butun
maktabgacha yosh davomidagi faoliyatning etakchi turi bo‘lib hisoblangan o‘yin
mana   shuning   natijasida   endi   bolaning   ehtiyojlarini   to‘la   qondira   olmay   qoladi.
Bolada   endilikda   o‘z   bolalarcha   hayoti   doirasidan   tashqariga   chiqishga   intilish,
ijtimoiy-ahamiyatli   faoliyatda   o‘z   o‘rnini   egallash   istagi   yuzaga   keladi,   ya’ni,
bola yangi ijtimoiy hissiyotni – “ maktab o‘quvchisi o‘rnini ”ni egallashga intiladi,
bu esa 6-7 yoshli bolalarning shaxsiy   hamda psixik rivojlanishidagi eng muhim
natija va o‘ziga xosligi bo‘lib sanaladi.
6-7   yoshda   bola   o‘zini   nafaqat   uning   o‘zi   hosil   qilgan   amaliy   harakatlar
chegaralarida anglay boshlaydi, balki u o‘zining atrof-muhitga va boshqa kishilar
orasidagi   o‘z   o‘rniga   nisbatan   munosabatlarini   tushuna   olish   hamda   tahlil   qila
olishga   (bu   yosh   uchun   xos   bo‘lgan   shaklda)   qobil   bo‘ladi:   o‘zini   ijtimoiy
munosabatlar   tizimidagi   sub’ekt   sifatida   tushunish   –   o‘zining   ijtimoiy   “Men”ini
anglash paydo bo‘ladi.
O‘z-o‘zini   baholash   bu   yoshdagi   bolada   qoidaga   ko‘ra,   o‘zini   ko‘ra   olish
tendensiyasiga   ega   bo‘ladi.   Bunda   bola   tashqi   baholashga   juda   bog‘liq   bo‘ladi,
chunki   u   o‘zi   haqida   ob’ektiv   fikrni   tuza   olish   imkoniga   ega   bo‘lmaydi,   u
o‘zining qiyofasini tengdoshlari va kattalar o‘z nomiga eshitgan baholardan kelib
155 chiqib tuzadi.   Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar yaxshi va birinchi bo‘lishga
jon-dili   bilan   intiladilar,   muvaffaqiyatsizlikka   uchraganda   juda   xafa   bo‘ladilar,
kattalarning   munosabati,   kayfiyati   o‘zgarib   qolishiga   yorqin   va   emotsional
ravishda   reaksiya   ko‘rsatadilar.   Bu   davrda   bolalarning   guruhda   taniqli   va
yoqimsiz bolalarga ajralib qolishlari aniq namoyon bo‘ladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolaning etakchi ehtiyoji bo‘lib ham o‘z tengdoshlar,
ham kattalar bilan muloqoti sanaladi. Oldingi yosh davridagidek etakchi faoliyat
bo‘lib   syujetli-rolli   o‘yinlar   qolaveradi.   Bu   yoshdagi   o‘yinlarning   o‘ziga   xosligi
bo‘lib   shu   narsa   hisoblanadiki,   bunda   bolalar   kishilarning   murakkab   o‘zaro
harakatlarini   o‘zlashtirishni   va   uni   amalga   oshirib   ko‘rishni,   atrof-muhitdagi
asosiy hayotiy vaziyatlarni sinab ko‘rishni boshlaydilar.
O‘yinlar   murakkablasha   boradi,   ba’zan   kattalar   har   doim   ham   tushuna
olmaydigan alohida mazmunga ega bo‘ladi. Bunda bolalar butun o‘yin maydonini
to‘la kuzatib turishga, o‘yindagi barcha ishtirokchilarni ko‘rib turishga va zaruriy
o‘yin   harakatlariga   bog‘liq   bo‘ladigan   o‘z   xulq-atvori   yoki   rolini   o‘zgartirib
turishga qodir bo‘ladilar.
6-7 yoshli bolaning muloqoti
Bu   yoshdagi   muloqot   vaziyatli-shaxsiy,   ya’ni,   berilgan   konkret   vaqtdagi
vaziyatni   emas,   balki   “nima   bo‘ldi”   yoki   “nima   bo‘ladi”  tarzidagi   vaziyatni   aks
ettiruvchi   sifatida   bo‘ladi.   Muloqotning   asosiy   mazmuni   kishilar   dunyosi,   xulq-
ator   qoidalari,   tabiiy   hodisalardan   iborat   bo‘ladi.   Kattalar     dunyo   tabiatini
ochuvchi   ijtimoiy   me’yorlar,   ijtimoiy   kontaktlar   va   odamlar   orasidagi
qoidalarning   tashuvchisi   bo‘lib   sanaladi.   muloqot   jarayonidagi   etakchi   ehtiyoj   –
o‘zaro tushunish, his-tuyg‘ularni his qilish ehtiyojidir. Bola kattalar bilan o‘zining
ham   ijobiy,   ham   salbiy   yorqin   kechinmalari   bilan   o‘rtoqlashadi.   Ota-onalar
hamda   pedagoglaning   asosiy   vazifasi   bolaning   emotsiyalarini   ularning   bola
hayoti uchun ahamiyatliligini kamaytirmagan holda qabul qilishdan iboratdir.
Tengdoshlari bilan muloqotda bola yoshining quyidagicha namoyon bo‘lishi
ifodalanadi:
muloqot tashabbusini boshlash;
birinchi yaqinlik;
biri-biriga, tan olinishga va hurmatga ehtiyoj;
musobaqalashuv tarzidagi taqlid qilish;
sherikka nisbatan yuqori sezuvchanlik (ranjish, qarshilik, janjal);
guruhda bolalarning tutgan o‘rni bo‘yicha farqlanishi paydo bo‘ladi.
7   yoshlarga   kelib   bolada   maktabgacha   bo‘lgan   yosh   davri   tugaydi.   Bu
davrdagi asosiy ko‘nikmalar bo‘ilb quyidagilar sanaladi:
 bola   tomonidan   odam   turmush   madaniyati   predmetlari   va   narsalari
dunyosining o‘zlashtirilishi;
 boshqa kishilar bilan pozitiv muloqot qila olish qobiliyati;
 “maktab o‘quvchisi ichki hissiyoti”ning shakllanishi, ya’ni, ongli ravishda,
u nima qilish kerakligi va kattalar undan nimani kutayotganliklarini to‘la tushuna
olish bilan bolaning maktabga borish istagining paydo bo‘lishi.
Maktabgacha   yoshda   davomida   bolalar   narsalar   dunyosini   kishilik
madaniyatining predmetlari sifatida o‘zlashtiradilar; boshqa kishilar bilan pozitiv
muloqot   qilishni   o‘rganadilar;   ularda   jinsiy   identifikatsiyalanish   rivojlanadi,
maktab o‘quvchisi pozitsiyasi shakllanadi.
156 Maktabgacha   bo‘lgan   yosh   oxiriga   kelib   bola   endilikda   bilishga   doir   va
shaxsiy   rivojlanishning   yuqori   darajasiga   ega   bo‘lib,   bu   unga   maktabda
keyinchalik muvaffaqiyatli o‘qishga imkon beradi.
III bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’limida kompetentlilik
yondashuvi
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limida kompetentlilik yondashuvi bolaning
o‘suvchi   shaxsini   hayotga,   shu   jumladan,   maktabda   o‘qishga   tayyorlashni,   unda
ma’naviy qadriyatlar va me’yorlarni o‘zlashtirish, boshqa kishilar bilan muloqot
qilish, o‘z menini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy muhim masalalarni
hal qilish uchun zarur bo‘ladigan faoliyat usullarini ko‘zda tutadi. 
Boshlang‘ich asosiy kompetensiyalar faoliyat va xulq-atvor sub’ekti sifatida
bolaning yaxlit rivojlanishini talab qiladi.
3.1. 6-7 yoshdagi maktabgacha bo‘lgan bolaning umumiy asosiy
kompetensiyalari
              Kommunikativ   kompetensiya   –   muloqot   vositalaridan   turli   vaziyatlarda
foydalana bilish ko‘nikmasi .
                O‘yin   kompetensiyasi   –   bolaning   o‘yin   jarayoni   va   uni   tashkil   qilishda
tajriba,   bilim   va   ko‘nikmalardan   ijodiy   foydalanishi.   O‘quv-tarbiyaviy   jarayon
uchun asos hisoblanadi.
        Ijtimoiy kompetensiya  – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan
muloqotda   axloq   qoidalari   va   me’yorlariga   rioya   qilgan   holda   o‘zini   tuta   olish
mahorati.
                Bilish   kompetensiyasi   –   atrofdagi   olamni   ongli   ravishda   idrok   qilish   va
olingan   bilim,   ko‘nikma,   malaka   va   qadriyatlardan   o‘quv   va   amaliy   vazifalarni
hal qilish uchun foydalanish.
3.2. Bola rivojlanishi sohalarining kompetensiyalari
Bola kompetensiyalari  uning quyidagi rivojlanish sohalarida aniqlanadi :
 jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
 Ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
 nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari;
 bilish jarayonining rivojlanishi;
 ijodiy rivojlanish.
3.2.1   Jismoniy   rivojlanish   va   sog‘lom   turmush   tarzini   shakllantirish   sohasi
kompetensiyalari
  “  Jismoniy  rivojlanish  va sog‘lom   turmush  tarzini  shakllantirish”  sohasida
o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunida 6-7 yoshli bola :
 jismoniy   rivojlanishdagi   o‘z   imkoniyatlari   va   yosh   me’yorlariga   mos   holda
jismoniy faollikni namoyon qiladi;
 koordinatsiyalashgan   va   maqsadli   holda   harakatli   faollikning   har   xil   turlarini
amalga oshira oladi;
 turli   hayotiy   va   o‘quv   vaziyatlarida   mayda   motorika   ko‘nikmalaridan
foydalanadi;
 sezgi organlari yordamida o‘z harakatlarini tartibga soladi;
157  shaxsiy gigiena ko‘nikmalarini qo‘llaydi;
 sog‘lom turmush va to‘g‘ri ovqatlanish asoslarini biladi;
 xavfsiz hayotiy faoliyati qoidalariga rioya qiladi.
3.2.2.  “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari
“ Ijtimoiy-hissiy   rivojlanish”   sohasidagi   o‘quv-tarbiyaviy   faoliyat   yakuniga
y etganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: 
 o‘z   “Men”i   va   boshqa   insonlarning   hayotiy   faoliyat   muhitidagi   roli   to‘g‘risida
tasavvurga ega bo‘ladi; 
 o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi; 
 o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi; 
 kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi; 
 murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo‘llarini topadi. 
3.2.3.«Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari
“Nutq,   muloqot,   o‘qish   va   yozish   malakalari”   sohasidagi   o‘quv-tarbiyaviy
faoliyat yakuniga etganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: 
 nutqni eshitadi va tushunadi; 
 o‘z   nutqida   to‘g‘ri   talaffuz,   qulay   grammatik   shakllar   va   xilma-xil   gap
konstruksiyalaridan foydalanadi;  
 ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qiladi; 
 ikkinchi tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi; 
 badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi; 
 so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;
 turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab berishni biladi; 
 yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi. 
3.2.4.”Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari
Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga
y etganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: 
 bili m olish ga faol qiziqishni namoyon etadi; 
 o‘quv   va   hayotiy   faoliyat   uchun   axborotni   mustaqil   ravishda   topadi   va   undan
foyd a lanadi; 
 predmetlar,   voqealar   va   ko‘rinishlar   o‘rtasidagi   oddiy   aloqalarni   tushunadi   va
ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi; 
 raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi; 
 makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi; 
 elementar matemati k   hisoblashlarni amalga oshiradi; 
 atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi; 
 atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi. 
3.2.5. «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
“Ijodiy   rivojlanish”   sohasidagi   o‘quv-tarbiyaviy   faoliyat   yakuniga   etganidan
so‘ng 6-7 yoshli bola: 
 san’at va madaniyatga qiziqishni namoyon qiladi; 
158  milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotining bir qismi sifatida idrok
etadi; 
 san’atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;   
 olingan   bilim   va   ko‘nikmalardan   turli   hayotiy   vaziyatlarda   o‘z   ijodiy   rejalarini
tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi; 
 insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi. 
IV bob. O‘qitishga yondashuvlar
O‘zbekiston   Respublikasida   ilk   va   maktabgacha   yoshdagi   bolalarning
rivojlanishiga  qo‘yiladigan Davlat  talablari  (O‘zR   IMYOBRDT   – 2018  y )  ning,
“Ilk   Qadam”   Davlat   o‘quv   dasturining   (2018-y),   O‘zbekiston   Respublikasida
maktabgacha   ta’limni   rivojlantirish   Konsepsiyasining     joriy   qilinishi,
boshlang‘ich   maktab   ta’limi   Davlat   ta’lim   standartlarining   qabul   qilinishi   o‘z
ortidan  nafaqat  ancha vaqtlardan beri mavjud bo‘lib kelayotgan maktabgacha va
boshlang‘ich   ta’lim   orasidagi   izchillikni   ta’minlash   bo‘yicha   ishlar   tizimining
qayta   ko‘rib   chiqilishini   keltirib   chiqardi,   balki   pedagoglarga   maktabgacha   va
maktab ta’lim tizimini yangichasiga qayta tuzib chiqishga ham imkon berdi.
  Maktabgacha   ta’limdagi   modernizatsion   o‘zgarishlar   tarbiyachilarga
maktabgacha yoshdagi   bolalarni   o‘qitish   metodlari   va  shakllarini  tanlab  olish
erkinligini   beradi.   Zamonaviy   o‘qitishning   asosiy   natijasi   bo‘lib   shu   narsa
hisoblanadiki,   bunga   ko‘ra   bola   uning   rivojlanishiga   va   hayotiy   vaziyatlarda
qo‘llay   olishiga   qanchalik   yordam   bera   oladigan   nimalarni   o‘zlashtirgani
e’tiborga olinadi. Pedagog tomonidan tanlab olingan o‘qitish shakllari intellektual
jarayonlarning   shakllanishiga   yordam   berishi,     masalalarni   ijodiy   hal   qilish
uchun   shart-sharoitlarni   yaratishi,   mustaqillikni   va   ma’suliyatni   o‘rgatishi,
bolalarni  o‘z xulq-atvorini  boshqarishni  mashq qildirishi  lozimdir. Maktabgacha
ta’lim   uzluksiz   ta’limning   boshlang‘ich   bo‘g‘ini   bo‘lib   sanaladi.     U   sog‘lom   va
rivojlangan   bola   shaxsining   shakllanishini   ta’minlashi,   tizimli   o‘qitishga
tayyorlash bilan unda o‘qish-o‘rganishga intilishni uyg‘otishi zarur.
Maktabgacha ta’lim jarayonida ustivor model bo‘lib maktabgacha yoshdagi
bolalarning shaxsiy-yo‘naltirilgan o‘qitilishi va tarbiyalanishi hisoblanadi.
4.1. Shaxsiy yondashuv maqsadi
Bu berilgan standart ostiga “qayta yasalishi” va bo‘ysundirilishi emas, balki
shaxsning rivojlanishi, “uning qanday bo‘lsa, shundayligicha  qabul  qilinishi”dir.
Shaxsiy   yondashuv   ta’lim   jarayoni   sub’ektlarining   shaxsiy   majburiyatlari
(funksiyalari) rivojlanishining to‘laqonli namoyon bo‘lishi uchun shart-sharoitlar
yaratilishini ko‘zda tutadi. 
Shaxsiy   funksiyalar   –   bu   shaxs   tomonidan   “uyg‘un   rivojlangan   shaxs
bo‘lish”dek   ijtimoiy   buyurtmani   amalga   oshiruvchi   ma’lum   bir   sifatlarning
namoyon qilinishidir. 
Ta’lim   jarayonini   tashkil   etish   asosi   sifatida   shaxsiy   yondashuv   bola
shaxsining jamoa oldida tan olinishini, unda gumanistik o‘zaro munosabatlarning
hosil  qilinishini  asosiy  deb  biladi.  Mana  shu   munosabatlarga  bog‘liq  holda   bola
o‘zini   shaxs   sifatida   anglaydi   va   boshqa   kishilarda   (tengdoshlari   va   kattalarda)
ham shaxs sifatida ko‘rishni  o‘rganadi. Har bir bolaning shaxsiy  imkoniyatlarini
159 yuzaga   chiqarish   yo‘llari   pedagogning   qadriyatli   yo‘nalishlariga,   ya’ni,   uning
xulq-atvorida   ifodalanadigan   moddiy   va   ma’naviy   qadriyatlarga,   yo‘l-yo‘riqlar,
ishonch-e’tiqod, moyilliklarga nisbatan tanlama munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogning mahorati  uning kasbiy faoliyatini yo‘nalishini belgilab beradi.
Pedagogning   shaxsiy   yondashuvi   bolaga   o‘zini   shaxs   sifatida   anglashda   hamda
imkoniyatlarini aniqlashga  yordam ko‘rsatishini ko‘zda tutadi.
4.2. Bolaga yo‘naltirilgan  yondashuv
Bu shunday o‘qitishki, u bolaning yosh xususiyatlarini, uning qobiliyatlarini,
qiziqishlarini,   ehtiyojlarini,   tajribasini,   maktabgacha   ta’lim   tashkilotiga
kelgunigacha   oiladagi   madaniyatni   hisobga   oladi,   bu   bolani     o‘qitishdagi
maqsadlarga erishishida yordam beradi.
1. O‘qitish   bolalar   eng   optimal   ravishda   qanday   rivojlanayotganliklari   va
o‘qiyotganliklarini bilishga asoslanishi kerak;
2. O‘qitishdagi muvaffaqiyat pedagogning bolalarni qanday qilib o‘qitish va
rivojlantirish metodlari hamda usullarini bilishiga bog‘liq bo‘ladi;
3. Pedagogning  asosiy vazifasi  bu bolaning potensialni  aniqlashi va uning
rivojlantirilishiga yordam ko‘rsatish;
4. Maktabgacha   ta’limning   o‘ziga   xosligi     bolalikning   qadr-qimmatini
tushunish va uni muddatidan oldin katta bo‘lib qolishga turtki bermaslik. Pedagog
quyidagilarni bilishi va yodda tutishi lozim:
1. Bolalarni ular qanday bo‘lsalar, shunday qabul qilish.
2. Bolalarga o‘qitish maqsadlariga erishishda ko‘maklashish.
3. Bolalar nimalarga qodir ekanliklarini va ular o‘z yosh guruhlarida qanday
o‘qiyotganliklarini   bilish   tarbiyachiga   o‘qitishni   rejalashtirish   va   tashkil   etish
uchun boshlang‘ich ma’lumotni berish.
4. Agar   pedagog   barcha   bolalarga   bir   xilda   yondashadigan   bo‘lsa,   bola
muvaffaqiyat qozona olmaydi.
5. Pedagog   bolaning   turli   xil   predmetlar   bilan   faoliyatini,   uning   turli   xil
mashg‘ulotlarga   kirishib   ketganligini   doimiy   kuzatishi   kerak,   bolalarning
qobiliyat, qiziqish va ehtiyojlarini bilib olishga intilishi lozim.
6. Bu   axborotlar   asosida   pedagog   rejalashtirishni   amalga   oshiradi   va
bolaning   rivojlanishida   olg‘a   siljishga   erishi   uchun   o‘qitish   metodlarini
moslashtiradi.
7. O‘qitish   bolalar   endilikda   nimalarni   bilishlari   va   uddalay   olishlarigagina
emas,   balki   ulardan   yangi   ko‘nikmalarni   va   yangicha   tushunishni   hosil   qilish
yo‘nalishida   ma’lum   bir   urinishlarni   ham   talab   qilishiga   asoslanadigan   bo‘lsa,
eng samarali bo‘ladi 7
.
7
Л.С.Виготский. “Яқин ривожланиш ҳудуди” –катта ёшли киши билан ҳамкорликдаги 
фаолияти давомида ривожланувчи шахс томонидан юзага чиқариладиган, лекин 
индивидуал фаолият доирасида намоён бўлмайдиган катта ёшли киши билан боланинг 
ўзаро таъсирлашувлари жараёнида бола томонидан эришиладиган ривожланиш 
даражаси. Яқин ривожланиш ҳудудига йўналтириш билан ўқитиш ривожланишни олға 
суриши мумкин, чунки яқин ривожланиш ҳудудида ётган нарса бирон-бир ёшд қайта 
ўзгартирилади, такомиллаштирилади ва кейиги ёшда, янги ёш босқичида долзарб 
ривожланиш даражасига ўтади. Бола мактабда унинг доимий ўсиб боришига имконят 
берувчи фаолият билан шуғулланади. Бу фаолият унга ўзидан ҳам юқорига 
160 8. O‘qitish   maqsadlari   berilgan   yosh   guruhidagi   ko‘pchilik   bolalar   uchun
realistik     va   erishiladigan   bo‘lishi   kerak.   Bolalarga   yangi   hosil   qilingan
ko‘nikmalarni amalda qo‘llashning ko‘plab imkoniyatlari taqdim etilishi lozim.
Bolalarga o‘qitish maqsadlariga erishishda yordam ko‘rsatish
1. Bolalar   odatda   yangi   ko‘nikmalarni   o‘z   tashabbuslari   bilan,   masalan,
zinapoyadagi pog‘onalarni sanash kabi, amalda qo‘llaydilar.
2. Yangi   ko‘nikma   o‘z   takomiliga   etkazilishi   bilan   bolalarga   o‘rganishni
davom   ettirish   uchun   yangi   vazifalar   kerak   bo‘ladi.   Lekin   bu   vazifalar   ham
realistik bo‘lishi zarur.
Bolaga yo‘naltirilgan yondashuv
1. Pedagoglar   joriy   davrdagi   olg‘a   siljish   darajasini   belgilayotganlarida   va
keyingi   qadamlarni   rejalashtirayotganlarida   dastur   maqsadlarini   xotirada
tutadilar.
2. Maqsadlar   qanchalik   realistik   ekanligi   darajasi   individual   bolaning
rivojlanish darajasiga, oldingi tajribalarga, bilim va ko‘nikmalarga, shu jumladan,
o‘qitish ro‘y berayotgan kontekstga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagog qabul qiladigan qarorlar
1. Katta   yoshdagi   bolalar   pedagoglari   har   kuni   bolalar   qanday   kitoblarni
o‘qishlari,   kichik   guruhlarga   qancha   kishini   kiritish   kerakligi,   qanaqa   savollarni
berish,   boshqalar   bilan   o‘yinga   kirishib   keta   olmayotgan   bolaga   qanday   qilib
yordam berish bo‘yicha ko‘plab qarorlarni qabul qiladilar.
2. Boshqa   qarorlar   –   pedagoglar   rivojlantiruvchi   muhitga,   materillarni
joylashtirishga,   kichik   guruhlarda   ishlash   uchun   bolalarni   qanday   qilib
taqsimlashga nisbatan qabul qiladigan qarorlardir.
3. Barcha   vaziyatlarda   qabul   qilinadigan   qarorlar   sinchiklab   ko‘rib   chiqish
va rejalashtirish natijasi bo‘lib sanalishi kerak.
Pedagoglar   tomonidan   axborotlashtirilgan   qarorlarni   qabul   qilish   –
barcha   kichik   va   muhim   qarorlar   axborotlashtirilgan   holda,   ya’ni,   pedagog   o‘z
kuzatuvlari   (bolalarni   kuzatish   va   ularning   ota-onalari   bilan   suhbatlashish
natijasida   tarbiyachilar   har   bir   bolaning   kuchli   va   kuchsiz   tomonlarini,
shuningdek, qiziqishlarini  bilib oladilar)  asosida  oladigan  axborotlarga tayangan
holda qabul qilinishi lozim.     
Pedagog   diqqat   qilishi   lozim   bo‘lgan   omillar   –   bolani   o‘qitish   bo‘yicha
qaror   qabul   qilishda   pedagogni   etaklashi   lozim   bo‘lgan   uchta   muhim   omil
mavjuddir:
1. Berilgan   yosh   guruhidagi   bolalarning   rivojlanishi   va   o‘qishi   haqida
nimalar   ma’lum   bo‘lsa   ularni   e’tiborga   olish .   Pedagoglarni   bolalarni   yosh
xususiyatlarini     bilishi,     bolalarning   yosh   xususiyatlariga     mos   holda     ta’lim
jarayonini tashkil etish imkonini beradi, ishlarni rejalashtirish, qanday materiallar
va   mashg‘ulotlar   xavfsiz,qiziqarli,   yetarlicha   murakkab   bo‘lishi   bolalarning
yaxshi   rivojlanishi   hamda   o‘qitilishiga   yordam   beradi.   Bu   omil   yoshiga   moslik
deb ataladi. 
кўтарилгандек ёрдам беради. “Ўқитиш фақат ривожланиш олға қараб силжиганидагина 
яхшидир”. Бунда у ҳаётга яқин ривожланиш ҳудудида ётадиган бошқа кўплаб 
функцияларни уйғотадати ва келтириб чиқаради. “Педагогика бола ривожланишининг 
кечаги эмас, балки эртанги кунига йўналтирилиши лозимдир” .
161 2. Har bir bolaning individual  xususiyatlarini e’tiborga olish . 
               Har   bir   individual   bolaning kuchli va kuchsiz tomonlari, qiziqishlari va
ehtiyojlari   haqidagi   ma’lumotlarni   to‘plash   pedagoglarga   o‘qitishda
moslashtirilgan     va   individual   variativ   yondashuvlarni     amalga   oshirish   hamda
samarali individuallashtirish  imkonini beradi.
3. Bolalar   yashaydigan   ijtimoiy   va   madaniy   qadriyatlar   haqida   nima
ma’lum bo‘lsa, ularni e’tiborga olish . Bolaning uyidagi va o‘z hamjamiyatidagi
turmushini shakllantiradigan qadriyatlar, kutishlar, xulq-atvor va tilga doir o‘ziga
xosliklarni   o‘rganish   pedagoglarga   bolalar   uchun   ma’noga   ega   bo‘lgan
rivojlantiruvchi   muhitini   va   mashg‘ulotlarni   tashkil   etishga   imkon   beradi,
ularning   madaniyati   bilan   taqqoslanadi   va   bolalarga   hamda   ularning   oilalariga
hurmat namoyish etiladi.
4.3.Rivojlantiruvchi yondashuv
                     Rivojlantiruvchi yondashuv –   bolaning tabiiy ravishda ulg‘ayishining
muhimligini   baholash   va   tahlil   etish   imkoniyatini   yaratadigan   rivojlantirishga
yo‘naltirilgan yondashuv .
         Bu yondashuvga muvofiq bolalar:
o‘yin   jarayonida   atrof-muhit   haqidagi   ma’lumotlarni   o‘zlashtirib,   faol
ta’lim oladi;
rivojlanishning qonuniy bosqichlarini bosib o‘tadi ;
hissiy va kognitiv(aqliy) rivojlanishi uchun ijtimoiy o‘zaro munosabatlarga
ehtiyoj sezadi.
Har biri o‘ziga xos sur’atda, betakror shaxs sifatida rivojlanadi.
4.4 Individuallashtirish
              Individuallashuv   –   o‘ta   muhim   masala,   chunki   yondashuv   qay   darajada
individual   bo‘lsa,   har   bir   bola   shu   darajada   mo‘ljaldagi   ta’lim   natijalariga
erishishining   ehtimoli   ortadi   va   shu   tufayli   dasturning   amalga   oshirilishi   oson
kechadi,  muayyan fan  bilan bog‘liq muammolar  kamayadi,  o‘zlashtirilgan bilim
va ko‘nikmalar oshadi.
         Individuallashtirish ta’lim jarayonini bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyati
va   talab   -   ehtiyojlari   bilan   moslashtirish   imkoniyatini   beradi.     Bu   jarayonda
bolalarning   bilim   doirasi   kengayib,   o‘ziga   nisbatan   hurmati   oshadi.   Ularda
yanada murakkabroq masalalarni hal etishga tayyorgarlik hissi paydo bo‘ladi.
                  Pedagog   o‘zgaruvchan   vazifalar   va   faoliyatning   qiziqarli   turlarini
rejalashtirishi,   bolalarni   diqqat   bilan   kuzatishi,   zarur   hollarda,   material   va
vazifalarni almashtirishi va moslashtirishi lozim. Bolalarni kuzatish va ota-onalar
bilan suhbat natijasida pedagoglar har bir bolaning kuchli va zaif jihatlari hamda
qiziqishlarini   o‘rganadi.   Pedagogik   strategiya   –   bu   bolalarning   qo‘yilgan
maqsadlarga   erishishiga   yordam   beradigan   pedagog   qo‘llaydigan     muayyan
uslublar   yig‘indisi.   Uning   asosini   bolaning   qiziqishlari,   uning   kuchli   va   zaif
jihatlari,   ta’lim   uslubi,   yosh   xususiyatlari   va   shaxsiy   sifatlarni     e’tiborga   olish
tashkil etadi. 
4.5.Rivojlantiruvchi o‘qitish muhiti
Bu   faollikning   har   xil   turlari   bilan   to‘ldirilgan   ta’lim   jarayonini   amalga
oshirish   bo‘lib,   u   funksionallik,   bolalar   uchun   qo‘llanmalar   va   materiallarning
162 ommabopligi,   ko‘p   bo‘g‘inlilik   (turlicha   rivojlanish   darajasiga   ega   bolalarning
o‘z-o‘zini yuzaga chiqarishlarini ta’minlaydi) va ko‘p funksionallilik (bolalarning
har   xil   faoliyat   turlariga   jalb   etilishini   ta’minlaydi)   bilan   ajralib   turadigan
rivojlantiruvchi   muhitning   ratsional   tashkil   etilishini   talab   qiladi.   Bu   ayniqsa,
katta maktabgacha yoshdagi bolalarning mazmunli mustaqil  faoliyati uchun o‘ta
muhimdir.
Guruh xonasida bolalarning o‘z qiziqishlari bo‘yicha erkin mustaqil faoliyat
uchun   maydoncha   ajratiladi.   Bu   syujetli   o‘yin,   tajriba   va   sinovlarni       o‘tkazish,
stol   ustidagi   va   didaktik   o‘yinlar,   konstruksiyalarni   yasash,   qo‘l   mehnati   va
badiiy   faoliyat   uchun   ajratilgan   past   stellajlar,   shkafchalar,   shuningdek,   kitoblar
va   albomlarni   bemalol   tomosha   qilish,   o‘qish   mumkin   bo‘ladigan   kitoblar
burchagi bo‘lishi mumkin.
Guruh xonasining jihozlanishi o‘z ichiga bolalarning ko‘z bilan yaxshi ko‘ra
oladigan,   yaqin   kelib,   ko‘rib   chiqish   mumkin   bo‘ladigan   balandlikda   osilgan
yarim sharlar xaritasini, O‘zbekiston xaritasini, globuslarni, harakatlanadigan ikki
tomonlama   yozuv   taxtasini   olishi   lozim   bo‘lib,   ulardan   rasm   chizish,   yozish
uchun   mashg‘ulotlarda   hamda   sxemalarni,   illyustrativ   materiallarni   va   shu
kabilarni   namoyish   qilish   uchun   stend   sifatida   foydalanish   mumkin.   Y o zuv
taxtasidan barcha bolalar har doim foydalana oladigan bo‘lishi kerak.
Guruhlar   xonalaridagi   stenlarda   va   foyeda   bolalarning   ishlari
ekspozitsiyalarini,   shuningdek,   ular   mashg‘ulotlarda   katta   yoshlilar   bilan
birgalikda   tayyorlagan   jadvallar,   pannolar   va   shu   kabilarni   joylashtirish
imkoniyatini ko‘zda tutmoq kerak.
Maktabgacha   ta’lim   tashkilotchi   hududidagi   guruhlardagi   holat   shunday
yaratiladiki, bunga ko‘ra u bolaning tanlovni mustaqil amalga oshirishi imkonini
berishi lozim. Har bir guruhning xonasi bi nechta markazlarga ajratilishi mumkin
bo‘lib,     ularning   har   birida   o‘rganish   va   o‘ynash,   tajriba   va   sinov   o‘tkazish,
boshqa bolalar  va kattalar bilan o‘zaro harakat qilish uchun etarlicha miqdordagi
materiallar   mavjud   bo‘ladi.   Har   xil   guruhlarda   markazlardagi   to‘plamlar
bolalarning yoshi, qiziqishlari, ehtiyojlariga bog‘liq holda turlicha   bo‘lishi, vaqt
o‘tishi   bilan   ular   almashtirilishi,   bir   markaz   boshqasiga   transformatsiyalanishi
mumkindir.  Masalan,  syujetli-rolli     markazi   bir  vaqtning  o‘zida  tasviriy  faoliyat
markazi  bo‘lishi, boshqa vaqtda esa kitoblarni tomosha qilish va o‘qish markazi
bo‘lishi   mumkin.   Lekin   kitoblarni   toza   havoda   ham   o‘qish   mumkin,   shuning
uchun   maktabgacha   ta’lim   markazi   hududini   ham   rivojlantiruvchi   muhitning
muhim   tarkibiy   qismi   sifatida   olib   qarash   kerak   bo‘ladi.     Maktabga   tayyorlash
bo‘yicha guruhlarda 5 tadan kam bo‘lmagan turli xil faoliyat markazlarini ko‘zda
tutish tavsiya qilinadi 8
.
Mahalliy xudud (mahalla)ning resurslarini ham yoddan chiqarmaslik lozim,
shuning   uchun   pedagog   bolalar   bilan   muzey,   park,   fermaga,   tomorqaga
sayohatlarni tashkil etishi, mehmonga chaqirishni rejalashtirishi lozim bo‘ladi. 
8
“Билимлар йўли” Вариатив дастурига 9-илова, “Ривожланиш марказларини самарали 
ташкил этиш бўйича методик тавсиялар”.
163 Dastur rivojlantiruvchi muhit deganda nafaqat maktabgacha ta’lim tashkiloti
xonalarini,   balki   unga   yondosh   hududlarning,   shuningdek,   mahalliy     xudud
(mahalla)ning resurslarining ham tushunilishini taklif qiladi.
4.6.Maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘yin faoliyatning etakchi turi sifatida
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra (K. Groos, V Shtern, F. Bontendayk,  J. Piaje,
E.Erikson,   L.   Vыgotskiy,   D.B.   Elkonin   i   dr.),   o‘yin   kichik   bolalar   hayotining
muhim   qismi   bo‘lib,   o‘yin   bilan   rivojlanish   uzviy   bog‘liq   jarayonlardir.
Ekspertlarning fikricha, «O‘yin bolalarga bilim doirasi va harakat ko‘nikmalarini
rivojlantirish, ularni qurshab odamlar dunyosi va undagi o‘zining o‘rnini anglash
uchun   zarur»   (Frost   i   YAkob,   1995g.).   O‘yin   jarayonida   bolalar   hamkorlik
qilishga   o‘rganadi,   qoidalar   bilan   tanishadi   va   yangilarini   ishlab   chiqadi,   o‘ziga
va   boshqalarga   baho   berishi   ko‘nikmalarini   rivojlanadi,   shaxsiy,   jismoniy,
intellektual va ijtimoiy muammolarni hal etadi.
«Ilm   yo‘li»variativ   dasturi   kuzatish   va   izlanish,   tajriba   o‘tkazish   va   loyihaviy
faoliyat  kabi  muhim  turlarlarning ahamiyatini  inkor etmagan holda, faoliyatning
etakchi   turi   –   o‘yinga   pedagoglarning   diqqat-e’tiborini     jalb   etadi.   Aynan   o‘yin
jarayonida   ma’lum   darajada   faoliyatning   mazkur   turlarining   barchasida   albatta
ishtirok etadi.
4.7.Inklyuziv ta’lim tamoyillari
         Inklyuziv ta’lim  – ta’lim-tarbiyaning mutlaqo yangi tizimi. Bu hol pedagog
tomonidan ta’lim jarayoninini tashkil etishda har bir bolaning fiziologik va ruhiy
rivojlanishi,   ayniqsa,   o‘ziga   xos   bolalarning   individual   xususiyatlarini   e’tiborga
olinishini anglatadi
                «Ilm   yo‘li»   variativ   dasturi   mualliflarining   nazarida,   maktabgacha   ta’lim
tashkiloti ta’lim-tarbiya vazifasini amalga oshirish bilan birgalikda, bola hayotiy
faoliyatining asosiy sohasi hamdir.  Shu munosabat bilan, mazkur dasturda aynan
pedagog   har   bir   bolaning   ichki   imkoniyatlarini   ro‘yobga   chiqarish   huquqini
ta’minlashi lozim degan g‘oyani ilgari suradi.    
       Bu jarayonda bolalarning zaif toifasiga alohida e’tibor talab etiladi. Jamoada
bolalar bir-biri bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga,   jinsi, irqi, millati, madaniyati, tili,
e’tiqodi,   yoshi,   alohida   talab-ehtiyojlari,   oilaning   tuzilishi   va   uning   ijtimoiy-
iqtisodiy   holatidan   qat’i   nazar,   boshqa   kishilar   bilan   do‘stona   munosabatlar
o‘rnatishga o‘rganadi.     
              «Ilm   yo‘li»   variativ   dasturi   inklyuziv   ta’limning   quyidagi   tamoyillariga
tayanadi:
 Insonning   qadr-qimmati   uning   qobiliyati   va   erishgan   yutuqlari   bilan
belgilanmaydi;
 Har bir inson his etish va fikr yuritishga qodir ;
 Har bir inson muloqot yuritishga va uning fikrlari e’tirof etilishiga haqlidir ;
 Barcha kishilar bir-biriga ehtiyoj sezadi ;
 C h inakam   ta’lim   muayyan   o‘zaro   munosabatlar   doirasidagina   amalga
oshirilishi mumkin ;
 Barcha  insonlar  qo‘llab-quvvatlashga  va  tengdoshlar  bilan  do‘st  bo‘lishga
ehtiyoj sezadi ;
164  Ta’lim olayotganlar uchun ijobiy yutuqlarga erishish qo‘lidan kelmaydigan
ishdan ko‘ra, uddalay oladigan ishda ko‘proq namoyon bo‘ladi ;
 Rang-baranglik inson hayotini boyitadi ;
 Bir-birimizdan  farq  qilishimiz   va   har   birimiz   individual   shaxs   ekanimizni
tan olish ;
 Rivojlantiruvchi   dasturlarning   individuallashuvini   ta’minlash,   ya’ni
dasturlarni   har   bir   bolaning   birgalikdagi   faoliyat   doirasidagi   talab-ehtiyojlari
hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti va majburiy bir yillik   maktabga tayyorlov
guruhlarning umumiy maqsadlarini e’tiborga olgan holda tuzish ;
 Ta’lim-tarbiya   jarayonida   bolalarning   o‘qishini,   ularning   rivojlanishi   va
maktabgacha   ta’lim   tashkiloti   hayotida   faol   ishtirokini   qo‘llab-quvvatlash
borasida qimmatli uslubiy tajriba to‘plash;
 Barcha bolalar bir xil taqdirlanishi lozim ;
 Y o sh xususiyatlariga mos bo‘lgan umumiy o‘quv rejasidan foydalana olish
imkoniyatini   yaratadigan   ta’limning   differensiyallashgan   strategiyalariga
tayanish ;
 Maktabgacha ta’lim tashkiloti va qisqa muddatli guruhlarni bolaning talab-
ehtiyojlariga uzluksiz moslashuvini ta’minlash;
 b olalarni   bir   yillik   majburiy   maktabga   tayyorlash   bo‘yicha   guruhlar   va
maktabgacha   ta’lim   tashkilotining   bolaning   talab-ehtiyojlariga   doimiy
moslashtirilishini ta’minlash.
                      Inklyuziv   ta’lim   prinsipial   jihatdan   yangicha   tizim   bo‘lib   sanaladi.   Bu
shuni   anglatadiki,   bunda   pedagoglarga   ta’lim   jarayonini   tuzib   chiqishda   alohida
olingan  bolaning,   ayniqsa,   notipik  rivojlanishga   ega   bolalarning   fiziologiyasi   va
psixikasi   rivojlanishi   bilan   bog‘liq   bo‘ladigan   individual   o‘ziga   xosliklarini
hisobga olishlari kerak bo‘ladi
V bob. O‘quv-tarbiya faoliyati
O‘quv-tarbiya   faoliyati   “O‘zbekiston   Respublikasida   ilk   va   maktabgacha
yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” asosida amalga
oshiriladi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘quv va tarbiyaviy faoliyatni o‘quv yillari
bo‘yicha tashkil etadiladi 9
.
O‘quv   yili   har   yilning   2 - sentyabridan   boshlanadi   va   31 - maygacha   davom
etadi. 
To‘liq   va   noto‘liq   tayyorlov   guruhlari   o‘quv-tarbiyaviy   jarayonni   haftasiga
15 soatdan kam bo‘lmagan hajmda tashkil etiladi. 
6-7   yoshli   bolalarni   maktabga   majburiy   bir     yillik   tayyorlash   bo‘yicha
guruhlar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bazasida, maktablarda, mahalliy
xududlar   (mahallalar)da,   maktabgacha   ta’lim   sohasida   nodavlat   ta’lim
xizmatlarini   ko‘rsatuvchi   yuridik   shaxslar   bazasida,   shu   jumladan,   oilaviy
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilishi mumkin.
9
  “Илм йўли” Вариатив дастурига 1-илова, “Бошланғич таълимга болаларнинг мажбурий 
йиллик тайёрлаш бўйича  гуруҳларда ишловчи педагоглар учун тавсиялар”.
165   Mazkur   guruhlardagi   bolalarning   ro‘yxati   maktabgacha   ta’lim   tashkiloti
joylashgan   hududga   biriktirilgan   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarining   xodimlari
hovlima-hovli,   xonadonma-xonadon   yurib,   ko‘rib   chiqishlari   orqali
shakllantiriladi. 
6-7   yoshli   bolalarni   maktabga   majburiy   bir   yillik   tayyorlash   bo‘yicha
guruhlar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bazasida, maktablarda, mahalliy
hududlar   (mahallalar)da,   maktabgacha   ta’lim   sohasida   nodavlat   ta’lim
xizmatlarini   ko‘rsatuvchi   yuridik   shaxslar   bazasida,   shu   jumladan,   oilaviy
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida  tashkil etiladi. 
Boshlang‘ich   ta’limga     majburiy   bir     yillik   tayyorlovdan   o‘tgan   bolalarga
davlat   namunasidagi   boshlang‘ich   ta’limga     majburiy   bir     yillik   tayyorlovdan
o‘tganligi haqida sertifikat beriladi. 
VI bob. Rejalashtirish
Rejalashtirish –  zarur shart-sharoitlarni, foydalaniladigan vositalar, shakllar
va   metodlarni   ko‘rstaish   bilan   o‘quv-tarbiyaviy   ishlarni   amalga   oshirish   ketma-
ketligini,   tartibini   oldindan   belgilashdir.   Rejalashtirish   qanchalik   savodli,   o‘ylab
amalga   oshirilgan   bo‘lishi   butun   o‘quv-tarbiyaviy   ishlarning   samaradorligiga
bog‘liq bo‘ladi.
Rejalashtirish   pedagogik   vaziyat   rivojlanishidagi   noaniqlik   ulushining
sezilarli darajada kamayishiga, balki pedagogning bugungi va ertangi kunlardagi
harakatlarining izchilligini ta’minlashga ham imkon beradi. 
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish pedagog, bolalar jamoasi va ota-onalarning
hamkorligiga,   ular   tomonidan   hamkorlikdagi   o‘z   vazifalari   va   maqsadlarining
anglab   etilishiga,   maktabgacha   ta’lim   tashkilotidagi   hayotni   qiziqarli,   foydali,
ijodiy jarayonga aylantirish istagiga asoslanadi.
Rejalashtirish   modelini   tanlashda   har   bir   pedagogning   kasbiy
tayyorgarligini,  uning  tajribasini,   o‘z   faoliyati  natijalarni   ko‘ra  olish  mahoratini,
ularning tahlil qilinishini, shu jumladan, MTT dagi ish shart-sharoitlarini hisobga
olish lozim bo‘ladi.
Ta’lim-tarbiya   faoliyati   guruhning   kun   tartibiga 6
  tayanib,   unda   kundalik
harakatlar,   bolalar   o‘yinlari,   bo‘sh   vaqt   va   pedagog   rejalashtirgan   ta’lim-tarbiya
ishlarining turlari 7
 navbati bilan ko‘rsatiladi. 
Ta’lim-tarbiya faoliyati ta’limiy va ijtimoiy ehtiyojlarni (sog‘liq, ovqatlansh
va   xavfsizlik)   qondirish   maqsadlarida   bolaning   yoshga   doir   va   individual
rivojlanishiga asoslanadigan o‘quv rejasiga muvofiq olib 
6
“Ilm   yo‘li”     variativ   dasturiga   6-ilova,   «Boshlang‘ich   ta’limga   bolalarning
majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha guruhlardagi namunaviy kun tartibi».
7
  “Ilmga     yo‘li”   variativ   dasturiga   7-ilova,   «Majburiy   bir   yillik   tayyorlash
guruhida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning namunaviy miqdori»
berilgan. Ta’lim-tarbiya faoliyati bolaning kundalik hayotidan va uni o‘rab turgan
muhitdan 8
 kelib chiqadigan yaxlit butun mavzularga birlashtiriladi. 
Ta’lim-tarbiya   faoliyatini   rejalashtirish   o‘qitish   shart-sharoitlariga   bog‘liq
holda   integratsiyalash,   turli-tumanlik   va   moslashuvchanlik   asosida   amalga
oshiriladi, mana shunday qilib pedagog ishlarning rejasini mustaqil ishlab chiqish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
166 Ta’lim-tarbiya   faoliyatida   rejalashtirishning   quyidagi   turlari   ajratib
ko‘rsatiladi:
 yillik mavzuiy rejalashtirish;
 haftalik rejalashtirish.
Rejalashtirish   davomida   faoliyatning   maqsadlari,   mavzusi,   mazmuni   va
turlari   keltirib   o‘tiladi.   Faoliyatni   tanlab   olishda   ta’lim-tarbiya   faoliyatining
umumiy   maqsadlari   ham,   rivojlanish   sohalari   bo‘yicha   maqsadlar   ham,   faoliyat
mazmuni va turlarining integratsiyalashuvi ham hisobga olinadi. 
Rejalashtirish davomida kun tartibini e’tiborga olish zarurdir. Kun tartibi ish
sur’atini belgilab beradi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga bir tekisda o‘tishga
yordam   berishi   kerak.   Shuni   yodda   tutish   kerakki,   o‘yin   maktabgacha   yoshda
bolaning     asosiy   faoliyat   turi   bo‘lib   hisoblanadi.   kun   tartibini   tuzib   chiqishda
kunduzgi uyqu (bu hisobga olinmasligi ham mumkin), dam olish vaqti, sayr qilish
vaqti hisobga olinadi.
Yillik mavz u  reja si
Yillik  mavzu   rejada   oy   mavzulari,  hafta  mavzulari   aks   etadi.   Maktabgacha
ta’lim   tashkilotlari   o‘zlarining   yillik   mavzuiy   rejalarini   mintaqaviy   yoki   boshqa
o‘ziga xosliklarning hisobga olib tuzib chiqishlari ham mumkin. Mazkur mavzuiy
reja maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogik kengashida tasdiqlanadi 9
.
8
 “Ilm yo‘li” variativ dasturiga 8-ilova, «Namunaviy yillik mavzuiy reja» 
9
 “Ilm yo‘li” variativ dasturiga 10-ilova,  « Namunaviy mavzuiy rejalashtirish »
Ish rejasi quyidagilarga imkon beradi :
 ta’lim-tarbiyaning   faoliyatining   maqsadi,   strategik   va   taktik   vazifalarini
aniq ifoda etish ;
 ta’lim-tarbiya   ishining   mazmunini   maqsali   belgilash,   uning   vositalari   va
tashkiliy shakllanini tanlash ;
 jamoaning va har bir  shaxsning  ilgarilanma harakatini rejalashtirib hamda
tegishli   o‘zgartirishlar   kiritib   borish   jarayonida   o‘z   faoliyatning   istiqboldagi
natijalarini belgilash imkoniyatini yaratadi .
            Ilmiy jihatdan asoslangan aniq-tiniq pedagogik rejaning mavjudligi pedagog
ishni engillashtirib, uning ijodiy imkoniyatilarini oshiradi.   
                  Ta’lim-tarbiya   ishini   rejalashtirish   pedagog,   bolalar   jamoasi   va   ota-
onalarning o‘zara hamkorligiga, ular  tomonidan birgalikdagi  faoliyat  maqsad va
vazifalari  tahlil etishga asoslanadi.
O‘zbekiston   Respublikasining   ilk   va   maktabgacha   ta’limga   qo‘yiladigan   Davlat
talablari,  bolalarni     majburiy   bir   yillik   ta’limga   tayyorlash   guruhlarda   maktabga
tayyorlash   «Ilm   yo‘li»   variativ     dasturi   pedagoglar   uchun   yangi   imkoniyatlarni
vujudga   keltiradi,   maktabgacha   ta’lim   muassasalarida   ta’lim   jarayonini   tashkil
etishda   qo‘llanayotgan   eski   shakl   va   uslublarni   qayta   ko‘rib   chiqishga   undaydi,
pedagogik tashabbus, tajriba va ijodga keng yo‘l ochadi.
Haftalik reja
Haftalik   reja   yillik   mavzuiy   rejaga   tayanadi   va   o‘z   ichiga   haftaning   kichik
mavzularini,   shu   jumladan,   shu   mavzu   bo‘yicha   mazkur   haftada   o‘tkaziladigan
chora-tadbirlarni oladi. 
167 Haftalik   reja   hafta   mavzusiga   mos   holda   rivojlanishning   barcha   sohalari
bo‘yicha   maqsadlarning   belgilanishiga,   mos   holdagi   markazlarning
tayyorlanishiga,   mashg‘ulotlarning   tasmilanishiga   yo‘naltiriladi.   Hafta   mavzusi
erkin faoliyatning barcha markazlari orqali  o‘tishi  lozimdir. Haftalik rejada ham
guruhdagi,   ham   tashqarida   sayr   qilish   vaqtidagi   didaktik   o‘yinlar,   harakatli
o‘yinlar rejalashtiriladi.
Bolalar   bilan   ishlashning   mazmuni   va   ketma-ketligi   faoliyat   turini   (fal
faoliyat/passiv faoliyat; individual (kichik guruhda yoki katta guruhda; tarbiyachi
rahbarligi   ostidagi)   faoliyat,   bola   rahbarligi   ostidagi   faoliyat)   va   uni   amalga
oshirish   joyini   (xona   ichidagi   faoliyat/tashqaridagi   faoliyat)   hisobga   olish   bian
rejalashtirilishi zarur.
Haftalik   ish   rejasi   turli-tuman   va   moslashuvchan   bo‘lib   hisoblanadi,   ya’ni,
bolaning   qiziqishlarini   va   ob-havo   o‘zgarishlarini   e’tiborga   olgan   holda
rejalashtirilayotgan   faoliyat   boshqasi   bilan   almashtirilishi   mumkin   yoki   faollik
vaqti korreksiyalanishi mumkin bo‘ladi. Masalan, tarbiyachi bahorgi gullayotgan
boqqa   bolalarni   olib   borishni   rejalashtirgan,   lekin   ob-havo   yomg‘irli   bo‘lsa,   u
holda   bu   tadbir   xona   ichida   o‘tkaziladigan   boshqa   tadbir   bilan   almashtirilishi
mumkin.
Haftalik   reja   –   bu   tarbiyachining   ishchi   jurnali   va   mashg‘ulotlarning
konspektidir.
Tarbiyachining ishchi jurnali 10
 o‘z ichiga quyidagi bo‘limlarni oladi:
 titul varag‘i;
 havo iliq va sovuq vaqtlarda guruhning kun tartibi;
 ertalabki gimnastika majmuasi;
 sentyabrdan   avgust   oyigacha   guruhdagi   ta’lim   jarayonini   rejalashtiirish   (o‘z
ichiga ertalabki lineyka, sayrlar, ota-onalar bilan suhbatlarni oladi); 
 haftalik ishlar tahlili;
 ilovalar.
Mashg‘ulotlarning konspektlari faoliyat maqsadlari, uning qisqacha bayoni,
zaruriy   jihozlar   ro‘yxatidan   iborat   bo‘ladi.   Mazkur   konspektlar   tavsiyanoma
xususiyatiga   ega   bo‘lib,   tarbiyachining   ko‘rsatmasiga   binoan   ijodiy   tarzda
o‘zgartirilishi ham mumkin.
10  
“Ilm   yo‘li”   Variativ   dasturiga   11-ilova,     «P edagogning   ish   jurnali
namunaviy shakli » .
VII bob. Mashg‘ulotlardagi o‘qitish
Ta’lim-tarbiya   faoliyatining   maqsadi   bo‘lib   bolada   umumiy   asosiy
kompetensiyalarning   va   rivojlanish   sohalari   kompetensiyalarining
shakllantirilishi uchun shart-sharoitlarni yaratish hisoblanadi. 
Bolalarni   maktabga   tayyorlash   guruhlarida   bolalarning   barcha   faoliyati,
mashg‘ulotlarni ham o‘z ichiga olgan holda o‘yinli tarzda o‘tkaziladi.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat
talablariga   mos   holda   ko‘zda   tutiladiki,   bola   maktabgacha   tayyorlov   guruhidan
chiqishda ma’lum bir natijalarga erisha oladi.
7.1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
Kichik soha: Yirik motorika
168 Talab:   Bola   o‘z   tana   a’zolarini   boshqaradi,   maqsadli   to‘g‘ri
harakatlanadi
Kutilayotgan natija:
 bir, ikki, to‘rtta bo‘lib saflanadi, doira bo‘lib, qator bo‘lib yuradi;
 yurishda turli topshiriqlarni bajaradi;
 y engil yuguradi (shiddat  bilan, to‘siqlarni engib o‘tib, yo‘nalish va muvozanatni
saqlagan holda);
 bir joyda aylanib sakraydi, oyoqlarini o‘ngga va chapga almashtirib sakraydi;
 arqonda turli usullarda sakraydi;
 arqonli narvon, yo‘g‘on arqonda yuqoriga ko‘tariladi;
 ikki oyoqli velosipedda uchadi.
Kichik soha:  Mayda motorika
Talab:   Bola qo‘li va barmoqlarini turli maqsadlarda ishlatadi   Kutilayotgan
natija:
 tasavvurdagi predmetlarni qo‘llari bilan (gul, qush, kapalak, qasr) ko‘rsatadi;
 arqonlardan turli tugunlarni tugadi;
 o‘yin faoliyati mobaynida mayda o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydi;
 belgilangan chiziqlar bo‘ylab qog‘ozni batartib yirta oladi;
 mayda qismli mozaika va pazllarni yig‘adi.
Kichik soha: Sensomotorika
Talab: Bola sezgi organlari yordamida o‘z harakatlarini boshqarishga qodir 
Kutilayotgan natija:
 pastdan, boshi uzra koptokni irg‘itadi;
 koptokni yer bo‘ylab ilonizi qilib irg‘itadi;
 chanada, rolikda, ikki oyoqli velosipedda uchadi;
 koptok bilan nishonni urib tushiradi (bouling);
 gardishni qo‘lida, oyog‘ida, belida aylantiradi;
 halqalarni halqa ustuniga otib tushiradi.
Kichik soha: : Sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik
Talab:   Bola   sog‘liqni   saqlash   malakalarini   namoyon   qiladi.   Bola   xavfsiz
sog‘lom taom va hayot xavfsizligi qoidalari haqida tushunchaga ega .
Kutilayotgan natija:
 o‘zining tashqi ko‘rinishiga etibor beradi;
 jismoniy mashqlarni mustaqil bajaradi;
 tabiat burchagidagi o‘simliklar va jonzotlarni parvarishlaydi;
 salomatlikka   zararli   bo‘lgan   xulq   shakllarini   anglaydi   (chekish,   ichkilikbozlik,
olov bilan o‘ynash va hokazo);
 bog‘chada, ko‘chada, transportda yurish qoidalariga rioya qiladi;
 piyodalar va velosipedchilar uchun yo‘l qoidalarini biladi;
 yong‘in xavfsizligi -101; milliy gvardiya- 102; tez yordam -103; gaz xizmati -104
telefon raqamlarini biladi;
 xavfli vaziyatlarda qanday yo‘l tutishni biladi va tushuntiradi
 supermarketda,   shaharda,   qishloqda,   dalada   yo‘qolib   qolsa,   o‘zini   qanday   tutish
kerakligini biladi.
7.2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
Kichik soha: «Men» konsepsiyasi
169 Talab: Bola o‘zini  o‘ziga xos xususiyatlari  bilan, ijobiy shaxs  sifatida qabul
qiladi, mustaqil va o‘z xatti-harakatiga javob beradi.
Kutilayotgan natija:
 mustaqillikka intiladi;
 o‘zining   oilaviy,  gender   mansubligiga   ijobiy   his   tuyg‘ularni   anglaydi   va   farqlay
oladi;
 o‘zining millati, tili va o‘z madaniyatining muhim elementlarini biladi;
 o‘ziga yuklatigan majburiyatlar asosida faoliyatni tashkil qiladi;
 shaxsiy qarorlarini qabul qilishga qodir;
 boshqalarga namuna bo‘lishga harakat qiladi.
Kichik soha: «Men» konsepsiyasi
Talab:  Hissiyotlar va ularni boshqarish .
Kutilayotgan natija:
 o‘z hissiyotlari nazorat qiladi;
 turli ijtimoiy vaziyatlarga emotsional munosabat bildiradi;
 o‘z hissiy holatini izohlab berishi mumkin;
 boshqa insonlar yoki badiiy asarlar qahramonlari hissiyoti haqida gapiradi;
 o‘zini yomon his etayotganlarga hamdardlik bildiradi va yupatadi.
Kichik soha:  Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot .
Talab:   Bola   tengdoshlari   va   kattalar   bilan   muloqot   malakalarini
rivojlantirishga qodir .
  Kutilayotgan natija:
 kattalar va tengdoshlar bilan oson muloqotda bo‘ladi;
 qiyin vaziyatlarda amaliy echim qidiradi;
 boshqalar xatti-harakatiga o‘z taassurotlarini bildiradi;
 o‘zgalar yutug‘iga quvonganligini namoyon etadi;
 nizolarni   hal   etishda   bir   necha   metodlardan   foydalanadi   (tinchlantiradi,   o‘z
o‘yinchog‘ini beradi, muloyim so‘zlar aytadi);
 o‘yinlar   o‘ylab   topadi,   syujetli   rolli   o‘yinlar,   turli   ertaklarni   sahnalashtirishda
ishtirok etadi.
7.3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari
Kichik soha: Nutq va til
Talab: Bola nutqni tinglaydi va anglaydi, so‘zlashadi va muloqot qiladi.
  Kutilayotgan natija:
 o‘z   ona   tilida   erkin   so‘zlashadi;   so‘z   turkumlarini   yoshiga   monand   mustaqil,
grammatik to‘g‘ri qo‘llaydi;
 gapdan sinonim va antonimlarni topa oladi va berilgan so‘zlarga ularni moslaydi;
 ko‘p ma’noli so‘zlarni turli ma’nolarini farqlaydi;
 turli gaplarni tuzadi;
 shaxsiy tajribasiga tayanib, rasm yuzasidan tasviriy hikoyani mustaqil tuzadi;
 turli janrdagi badiiy asarlarni ifodali hikoyalaydi;
 guruh muokamasida muloqotga kirishib va tinglab ishtirok etadi;
 qofiyalar tuzadi, topishmoqlar topadi;
 nutqida xorijiy so‘zlarni qo‘llaydi;
 kichik she’rlarni, qofiyalarni so‘zlab berishi mumkin;
170  yil fasllari nomini biladi (bahor, yoz, kuz, qish).
Kichik soha: O‘qish malakalari
Talab: Bola kitob va o‘qishga qiziqish bildiradi.
  Kutilayotgan natija:
 boshqa bolalarga eslab qolgan kitob mazmunini so‘zlab beradi;
 sodda va murakkab gaplarni nutqida qo‘llaydi;
 so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘ladi;
 bo‘g‘inli kartochkalar yordamida bo‘g‘inlardan so‘zlar tuzadi;
 so‘z, tovush, bo‘g‘in, gap haqida tushunchaga ega;
 peshlavha, kitob nomlari, rasm tagidagi yozuvlar va hokazolarni o‘qiydi;
 bolalar adabiyoti janri nomini biladi (ertak, she’r, hikoya) ;
 mashhur yozuvchi va shoirlar nomini biladi.
Kichik soha:  Qo‘l barmoqlari mayda motorikasi
Talab:  Bolada yozuv malakasi shakllanadi .
  Kutilayotgan natija:
 qog‘ozda to‘g‘ri chiziqlar, so‘zlar va qisqa gaplarni yozadi;
 daftardagi yozuv qatorlarini aniqlay oladi;
 rasmlarni to‘g‘ri joylashtiradi;
 qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizadi;
 matodagi rasmni to‘qiydi;
 «o‘ziga» va «o‘zidan» harakatlari yo‘nalishini tushunadi;
 turli materiallardan murakkab namunalarni qirqadi.
7.4. Bilish jarayonini rivojlanishi
Kichik soha: Intellektual-anglash malakalari
Talab:   Bola   qiziquvchan,   intiluvchan,   faol,   bilishga   qiziqish   bildiradi   va
unga ehtiyoji mavjud
Kutilayotgan natija:
 atrof-olam haqida mustaqil ma’lumot izlaydi;
 kuzatuvlar asosida xulosa qiladi va umumlashtiradi;
 yil fasllari va voqea-hodisa ketma-ketligini aytadi;
 rasmlar bo‘yicha ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi;
 o‘z mamlakati va uning ramzlari haqida tushunchaga ega;
 o‘z xalqining ayrim milliy an’analari va odatlarini biladi;
 bolalar ensiklopediyasidan foydalana oladi (kerakli ma’lumotni topa oladi) ;
 ichki   va   tashqi   belgilarga   ko‘ra   predmetlarni   guruhlarga   ajratadi   (rangi,   shakli,
hajmi, vazni, harakatlanish tezligi, vazifasiga qarab).
Kichik soha:  Elementar matematik malakalar
Talab: Bola elementar matematik malakalarga ega.
Kutilayotgan natija:
 hayotda son va sanoqning ahamiyatini tushunadi;
 geometrik shakllar va figuralarni biladi;
 20gacha bo‘lgan ayrim matematik harakatlarni bajaradi;
 10   gacha   qo‘shish   va   ayirishli   sodda   matematik   vazifalarni   echadi   (son   va
belgilarni qo‘llagan xolda +, -, =);
 son qatori haqida tushunchaga ega
171  guruhlarni   teng   yoki   teng   emasligini   tahlil   qiladi   (qanchaga   ko‘p?,   qanchaga
kam?);
 hajmi, balandligi va qalinligiga qarab predmetlarni ketma ket joylashtiradi;
 shartli belgi asosida suyuq, sochiluvchan va qattiq materialni o‘lchaydi.
7.5. Ijodiy rivojlanish
Kichik soha: Dunyoni badiiy tasavvur etish
Talab:   Bola   turli   xil   san’at   vositalaridan   foydalanib,   dunyoni   his   etish   va
tushunishini namoyish etadi.
  Kutilayotgan natija:
 she’rni ifodali o‘qib bera oladi;
 tanish asarlarni mustaqil so‘zlab beradi, ularni sahnalashtirishda ishtirok etadi;
 she’riy va nasriy badiiy asarlarga munosabat bildiradi;
 musiqiy asarning harakterini aniqlashga qodir;
 bolalar shoiri, yozuvchisi va bastakorlari hamda ularning asarlarini biladi;
 tasviriy san’at turlarini farqlaydi.
Kichik soha: Badiiy-ijodiy qobiliyatlar
Talab: Bola atrofdagi borliqni ijodiy o‘zgartirish malakasiga ega.
Kutilayotgan natija:
 turli predmetlardan kompozitsiyalar yaratadi;
 individual va jamoada qo‘shiq ayta oladi;
 raqsda harakatlariga jilo bergan xolda shaxsiy namuna yaratishi mumkin;
 musiqiy asboblarda yakkaxon yoki orkestrda jo‘r bo‘lib chalishi mumkin;
 g‘oya yaratadi va tatbiq etadi;
 maqsadga erishishda o‘rindosh sifatida turli predmetlar qo‘llaydi;
 turli spektakllarda rol ijro etib ishtirok etadi;
 olamni o‘zgartirishda insonning yaratuvchi rolini anglaydi;
 buyumlarni ikkilamchi qo‘llashda g‘oyalar taklif etishi mumkin
VIII bob. Kuzatish va baholash
                      Kuzatish   –   bolalar   rivojlanishidagi   ijobiy   o‘zgarishlarni   ularni   tabiiy
sharoitda (uyda, guruhda, ochiq maydonchada), kun davomida turli vaqtda, butun
yil   davomida   hamda   to‘plangan   ma’lumotlarni   hujjatlashtirib   borgan   holda
baholashning eng ishonchli usuli hisoblanadi .  Pedagogning ishi aynan pedagogik
kuzatuvdan   boshlanishi   zarur,  chunki   u  bolani   tushunishga,   bolani   tushunishdan
esa – u va oila a’zolari bilan o‘zaro aloqalarning eng maqbul strategiyasini tanlab
olish imkoniyatini yaratadi.
                Kuzatish   –   bu   bolaning   ishlayotgan   yoki   o‘ynayotgan     paytida,   uning
faoliyatiga aralashmagan holda uni kuzatish jarayonidir. Pedagog bolani kuzatish
orqali   xatti-harakatining   turi,   bilim   olish   bo‘yicha   qiziqishlari,   ko‘nikmalar
darajasi va rivojlanishidagi ijobiy o‘zgarishlarni aniqlaydi.
       Hujjatlashtirish  -  bola faolligini kuzatish natijalini qayd etish jarayoni.
                  Qayd etish   – kuzatilayotgan faolllikni hujjatlashtirish jarayoni. Aksariyat
pedagoglar   bu   ishni   tabiiy   ravishda   amalga   oshirsa   ham,     bolalarni   muntazam
kuzatish to‘liq ma’lumot to‘plash imkoniyatini beradi
172 8.1. Kuzatishni o‘tkazishdan maqsadlar
       Har bolaning qiziqishlari, ehtiyojlari va ko‘nikmalarini aniqlash uchun.
Kuzatish bolalarni shaxs sifatida bilishni, ularda intiluvchanlik rag‘batlantirish va
bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirishga yordam beradi.
     Vaqt o‘tishi va ta’lim natijalariga ko‘ra boladagi o‘zgarish va rivojlanish
dinamikasini   tushunish   uchun.   Kuzatish   bolalarning   jismoniy,   ijtimoiy   va
hissiy   jihatdan,   yil   davomida   nutqining   rivojlanishi   va   savodga   tayyorligini
ko‘rish imkoniyatini yaratadi..
         O‘qitish muhitiga o‘zgarishlari kiritish uchun.  Pedagoglar bolalar uchun
tayyorlangan   joy   va   materiallardan   ular   qanday   foydalanayotganini   kuzatib,
mavjud   materiallar   bolalarning   ehtiyojiga   javob   berish-bermasligi,   qo‘shimcha
materiallarga zarurat bor-yo‘qligi masalasiga javob topishi mumkin.
                E’tibor  talab  qiladigan holatlarni  aniqlash uchun.   Kuzatish  kattalarga
bolalarda qondirilishi zarur bo‘lgan alohida ehtiyojlar bor yoki yo‘qligini ko‘rish
imkoniyatini   beradi.   Bu   eshitish,   tayanch-harakat   apparati   va   bola
rivojlanishidagi   boshqa   jismoniy   va   ruhiy   muammolar   bilan   bog‘liq   bo‘lishi
mumkin.   Bu   kabi   muammolar   aniqlanishi   bilan   o‘z   vaqtida   tegishli
mutaxassislarga murojaat etish zarur.
                Muammoviy   vaziyatlarni     mukammal   tarzda   hal   etish   usullarini
aniqlash  uchun.   Kuzatish  pedagogga muayyan vaziyatda  boladan qanday xatti-
harakat   kutish   mumkinligini   aniqlash   va   shu   orqali   bolalaga   o‘z   xatti-harakatini
boshqarishni o‘rganishga yordam beradi.   
                Rejalashtirishga   o‘zgarishlar   kiritish   uchun.   Pedagog   kuzatish
natijalaridan   foydalanib,   u   yoki   bu   narsani   o‘zgartirishga   ehtiyojni,   bolalarning
ehtiyojlariga   mos   ravishda   rejaga   qanday   o‘zgartirishlar   kiritish   lozimligini
aniqlaydi.  
                Ota-onalar   va   MTM   mutaxassislari   foydalanishi   mumkin   bo‘lgan
ma’lumotlarni olish uchun.   Kuzatish  bolalarni, ularning qiziqishlari, yutuqlari,
muloqot   va   o‘zaro   aloqa   ko‘nikmalarini,   muammolarini,   alohida   ehtiyojlarini
tushunishni hamda xulosalarning asosliligini ta’minlashga yordam beradi. 
        Pedagoglar ota-onalar bilan ishlash jarayonida oilaga bolalar, ularning kuchli
va   zaif   tomonlari,   alohida   ehtiyojlari   haqida   ko‘proq   bilishga   ko‘maklashadi.
Bunday ma’lumot almashuv chinakam hamkorlik muhitini vujudga keltiradi. 
8.2.Muvaffaqiyatli kuzatishning o‘ziga xosliklari:
Bola   haqida   ma’lumot   to‘plash   va   baholash   aniq   maqsadga   yo‘naltirilgan
bo‘lishi kerak.
Ma’lumotlarni   to‘plash   va   tahlil   etish   muntazam   amalga   oshirilishi,   onda-
sonda emas, joriy xarakterga ega bo‘lishi lozim.
Kuzatish   jarayonida   to‘plangan   ma’lumotlar   hujjatlashtirilishi   va   tahlil
qilishini darkor.
Bola   haqidagi   bilimlarning   asosini   turli   vaziyatlardagi   kuzatish   natijalari
tashkil   etishi     bolalaning   haqiqiy   imkoniyatilarini   bilish   va   tushunish,   uning
rivojlanish   doirasini   hamda   uning   ilgarilab   borishi   yoki   aksincha,
qiyinlashtiruvchi omillarni  aniqlashga imkonini beradi. 
173 Bola   haqida   ma’lumot   to‘plashda   har   tomonlama   yondashish,   uning   ayrim
xislatlariga   (ijobiy   yoki   salbiy   bo‘lishidan   qat’i   nazar)   sun’iy   ravishda   alohida
urg‘u berishga yo‘l qo‘ymaslik darkor.
Bolaga   xos   xususiyatlar   tahlilini   uning   eng   yaxshi,   kuchli   jihatlaridan
boshlamoq   maqsadga   muvofiqdir,   chunki   aynan   shunday   yondashuv   bolani
tushunishda va pedagog faoliyatida o‘ziga xos tayanch sifatida xizmat qiladi.
Kuzatish   mezonlari   (bola   haqida   ma’lumot   to‘plash   yo‘nanalishlari)   6-7
yoshli bolaning ruhiy-jismoniy rivojlanishiga oid bilimlarga asoslanishi zarur.
8.3.Kuzatishning asosiy tamoyillari:
Bolaning kuzatilayotgan harakatini pishiq-puxta hujjatlashtirish; 
Sub’ektiv talqin (pedagogning shaxsiy fikri, his-tuyg‘ulari) yo‘l qo‘ymaslik;
Bola   tomonidan   shaxsan   bajarilgan   ishni   yoki   aytilgan   gapnigina   xolisona
kuzatish ;
Imkon   boricha   ko‘proq   ma’lumot   to‘plash,   ular   imkon   darajasida   sodda   va
tushunarli bo‘lishi kerak
8.4.Bolalarning individual rivojlanishini hujjatlashtirish va kuzatib borish
Bolalar   sog‘ligining   kundalik   nazorati.     Bolalar   guruhga   kelishi   bilan
tarbiyachi ular sog‘lig‘ining holati haqida qaydlar qiladi. 
  Pedagogning   bolalar   bilan   individual   ishlash   daftari 11
.   Daftarga
rivojlanishning   ayrim   sohalarida   alohida   e’tibor   qilish   lozim   bo‘lgan   bolalar
haqida   ma’lumot   qayd   etiladi .   Pedagoglar   daftardagi   ma’lumotlardan   pedagogik
maqsadlarni qo‘yish va bolaning rivojlanishiga xizmat qiladigan faoliyat turlarini
rejalatirishda foydalanishi mumkin .
11
“Ilmga     yo‘l”   Variativ   dasturiga   1-ilova,   « Pedagog   ishchi   jurnali
namunaviy shakli » ,   « Bolalar bilan i ndividual  ishlash »  bo‘limi
"Portfolio".  Bu bolaning qisqa muddatli guruhga kelganidan tortib ta’limni
yakunlagunga   qadar   yutuqlari   va   ishlarining   individual   to‘plami.     Portfoliodan
rivojlanishning     o‘z-o‘ziga   baho   berish   vositasi   foydalanish,   unga   bolaning   o‘z
fikr-mulohazalarini   aks   ettirishga   harakat   qilib,   so‘zlar   va   sonlarni   yozishga
urinishlarini,   nuqt   namunalarini   ham   kiritish   mumkin.   Bundan   tashqari,   ota-
onalarning   ruxsati   bilan   bola   faoliyatini   aks   ettiradigan   fotosuratlarni,   og‘zaki
nutqlari   yozilgan   audiodisklarni   tanlab   olish   mumkin.   Bolalar   ularga   tegishli
bo‘lga portfelio ota-onalarga ko‘rsatilishi bilishi lozim .
Intervyu   va   suhbatlar.   Bolalar   kattalar   bilan   o‘z   fikrlari,   g‘oya   va   ishlari
bo‘yicha   gaplashishni   juda   xush   ko‘radi.   Bunday   hollarda   pedagog   bolalarga
samimiyat   va   hurmat   bilan   munosabatda   bo‘lishi,   o‘zini   qiziqtirgan   mavzu
bo‘yicha bolaning so‘zlarini tinglashi, ochiq 
savollar   berishi,   suhbatga   undashi   lozim.   Bundan   tadqiqotning   maqsadi
bolalaning xususiyatlari va ehtiyojlari haqida ko‘proq bilishdan iborat .
Bola   rivojlanishining   xaritasi   o‘z   ichiga   6   yoshdan   7   yoshgacha   davrni
oladi 12
, har bir bolaga individual holda yiliga uch martadan kam bo‘lmagan tarzda
to‘ldirib boriladi.
2
  “Bilimlar   yo‘li”   Variativ   dasturiga   12-ilova,   « 6-7   yoshli   bolaning   rivojlanish
xaritasi » .  
174 Maktabgacha ta’lim tashkilotsidan chiqishda  6-7 yoshli bolaning maktabga
tayyorlanganligi   xaritasi   to‘ldiriladi   ( faqat   maktabgacha   ta’lim   tashkilotsining
bitiruvchilari uchun 13
).
Maktabga   tayyorlik   deganda   bolada   umumiy   kompetensiyalaring   va
rivojlanish   sohalari   kompetensiyalarining   kuchaytirilganligi   tushuniladi.   Mazkur
xarita   maktabgacha   ta’lim   tashkilotsining   har   bir   bitiruvchisi   uchun   to‘ldiriladi.
Unda   dasturga   mos   holda   rivojlanishning   barcha   beshta   sohalari   bo‘yicha
kutilayotgan natijalar (bola kompetensiyalari) taqdim etiladi.
Tarbiyachiga   u   yoki   bu   natija   qay   darajada   aks   etishini   belgilash   taklif
etiladi.   Rivojlanishning   beshta   sohasi   bo‘yicha   natijalar   (bola   kompetensiyalari)
umumlashtiriladi   va   tavsiyalar   hamda   istaklar   ko‘rinishida   ota-onalarning
diqqatiga etkaziladi.
8.5. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy   bir yillik tayyorlash bo‘yicha
guruhlardagi  6-7  yoshli  bolalarning  o‘qitish   samaradorligini  va  rivojlanishi
taraqqiyotining baholanishini o‘tkazish muddatlari
Bola   rivojlanishi   xaritasini   to‘ldirish   uchun   o‘z   ichiga   uchta   siklni   –
dastlabki (o‘quv yili boshidagi), oraliq va yakuniy kuzatishlarni oluvchi kuzatish
amalga oshiriladi. 
Dastlabki   kuzatish   o‘quv   yili   boshida   –   taxminan   sentyabr   oyi   davomida
o‘tkaziladi. Bu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi,
shu   vaqtga   kelib   uning   yutuqlari   belgilanadi.   Tarbiyachi   o‘z   diqqatini   ta’lim
sohalarini   o‘zlashtirish   bo‘yicha   mavjud   muammolarga   qaratadi,   bolaning   qaysi
sifatlarini   qo‘llab-quvvatlash   kerakligini,   har   bir   bola   uchun   qaysi   vazifalar
dolzarb   ekanligini   aniqlaydi.   Bundan   so‘ng   berilgan   vaqt   davomida   bolaning
yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanishi xaritasini  to‘ldiradi. 
3
  “Ilm   yo‘li”   Variativ   dasturiga   13-ilova,   « Bolaning   maktabga   tayyorlik
xaritasi » .
Oraliq   kuzatish   yarim   yillik   oxirida   (dekabr,   yanvar   oylari)   o‘tkaziladi.   Bu
kuzatishning   maqsadi   bo‘lib   bolaga   nisbatan   tanlab   olingan   metodikaning
to‘g‘riligini   aniqlash,   rivojlanish   dinamikasini   belgilash   sanaladi.   Mazkur
kuzatish   natijalari   bo‘yicha   tarbiyachi   boshqa   mutaxassislar   bilan   hamkorlikda
zarur  vaziyatlarda pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritishi mumkin.
O‘quv   yili   oxirida   (odatda   may   oyida)   tarbiyachi   yakuniy   kuzatishni
o‘tkazadi.   Yakuniy   kuzatish   asosida   belgilangan   vazifalar   qanchalik
bajarilganiligi baholanadi, mazkur bolaning rivojlanishida kutilayotgan natijalarni
hisobga   olish   bilan   pedagogik   jarayonning   kelgusi   maqsadlari   belgilanadi/to‘liq
kunlik   qatnash   guruhida   ishtirok   etishni   hisobga   oilsh   bilan   yozgi   davr   uchun
individual ishni olib borish belgilanadi.
Kuzatishni o‘tkazishda quyidagi tamoyillarga rioya qilish tavsiya qilinadi:
- kuzatish   bola   uchun   odatiy   vaziyatlarda   amalga   oshiriladi   va   bolaga
yordam ko‘rstishga yo‘naltiriladi;
- kuzatish   bolaning   rivojlanishi   haqida   yanada   ob’ektiv   tasavvur   yuzaga
kelishi   uchun   ikki   haftadan   kam   bo‘lmagan   (yoki   bir   oy   davomida)   tarzda
o‘tkaziladi;
- tarbiyachi   bola   haqidagi   axborotlarni   ota-onalar   va   tashkilotining   boshqa
xodimlari bilan bo‘lgan  suhbatlardan ham olishi mumkin;
175 - tarbiyachi   bolaning   moyilliklariga,   qiziqishlariga,   uning   muloqotdagi   va
bilishdagi o‘ziga xosliklariga o‘z diqqatini qaratishi lozim.
O‘quv   yili   yakunida   tarbiyachi   bolalar   tomonidan   o‘quv   dasturini
o‘zlashtirish   darajasi   haqida   yakuniy   pedagogik   kengashga   hisobot   yozdai   va
bolalar   bilan   kerakli   natijaga   erishilmagan   ko‘rsatkichlarda   to‘xtalib   o‘tadi,
buning   bajarilmasligi   sabablarini   (ayrim   metodikalarni   egallamaganlik,
adabiyotlar   va   tarqatma   materiallarning   kamligi,   guruh   texnik   vositalar   bilan
kerakli darajada ta’minlanmagan, bolaning kasalligi va kelmasligi bo‘yicha, ota-
onalarning faol emasliklari va h.k.) ko‘rsatadi.
IX bob. Hamkorlik
9.1. Oilalar bilan hamkorlik
  Bola   rivojlanishining   dastlabki   bosqichlarida   oilaning   tutgan   o‘rni
beqiyosdir.   Bolalar   oilada   tarbiyalanadi   va   unda   yuz   beradigan   voqealar   ularga
juda katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Kichkina bolalar oilaga juda bog‘lanib qolgan bo‘ladi, chunki oila :
 Ularning   jismoniy   jihatdan   barkamol   bo‘lishini,   ovqat,   kiyim-kechak,   uy-
joy bilan ta’minlaydi, sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qiladi ;
 Ularning   hissiy   bardamligini,   jumladan,   mehr   ko‘rsatadi,   qo‘llab-
quvvatlaydi, nimaning yaxshiligi, nimaning yomonligini doimo eslatib turadi 
 Ularning rivojlanishi shart-sharoitlarini ta’minlaydi .
           Pedagoglar bolaning dastlabki tabiyachisi sifatida oilaning etakchi rolini tan
olishlari muhim ahamiyat  kasb etadi. Boshlang‘ich majburiy bir yillik maktabga
tayyorlov  guruhga kelgunga qadar oila bolaga madaniyatni, muhim va eng zarur
ko‘nikmalarni   singdirishga   ulguradi.   Bolani   maktabga   tayyorlash   bola   va   oila
o‘rtasida   shakllangan   ana   shu   dastlabki   munosabatlarga   tayangan   holda   ota-
onalarga   boshlang‘ich   majburiy   bir   yillik   maktabga   tayyorlov   guruhlar
faoliyatining barcha jabhalarida ishtirok etishga imkon beradi. 
              Oilalarni   jalb   etish   maktabga   tayyorlash   bo‘yicha   majburiy   bir   yillik
maktabga   tayyorlov   guruhlarda   bolalarning   bilim   olish   faoliyatini   boyitishda,
bola   qiziqishlari   va   uydagi   ta’lim-tarbiya   natijalaridan   foydalanishda     muhim
o‘rin   egallaydi.   Bolalarning   muvaffaqiyatli   rivojlanishi   va   bilim   olishida   ikki
ta’lim muhiti – uy va majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarning bir-biri
bilan bahamjihatligi g‘oyat muhimdir. 
  Oilalarda bolalarni maktabga tayyorlash ishlari turlicha olib boriladi. Ba’zi
oilalarda   bolalar   bilan   ko‘p   shug‘ullanilsa   ham,   bu   asosan   o‘quv
mashg‘ulotlaridir – husnixat yozuvi, alifbe o‘rgatish, turli adabiyotlar o‘qib berish
bo‘lib,   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   uchun   ayniqsa   muhim   bo‘lgan   syujetli
o‘yinlar,  harakat   faolligi,  tasviriy  faoliyatga  oid  ishlar  bilan  shug‘ullanmaydilar.
Boshqa oilalarda bolani o‘yinchoqlar va televizor bilan yakkama-yakka qoldirib,
bu unga yoqadi va rivojlanishi uchun etarli bilim beradi deb hisoblashadi. 
          Natijada ayrim hollarda majburiy bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarga
rivojlanishida   muayyan   muammolari,   mustaqil   faoliyatni   etarli   darajada   amalga
oshira   olmaydigan,   maqsadga   erishish   uchun   irodasi   bo‘sh,   o‘zaro   hurmat,
umumqabul   qilingan   me’yor   va   qoidalar   asosida   boshqalar   bilan   birgalikdagi
faoliyatni   tashkil   eta   olmaydigan   bolalar   qabul   qilinadi .   Bundan   tashqari,   ayrim
176Ривожлантириш, тарбиялаш ва ўқитишнинг   «Билимдон»  дастури bolalarda   sensor   ko‘nikmalari,   tasavvurlarining   rivojlanmagani,   hissiyot
olamining   qashshoqligi   kuzatiladi.   Uydagi   ta’lim-tarbiyaning   turli-tuman
sharoitlari   ta’sirida   bolalar   rivojlanishining   alohida   sohalari   bo‘yicha   erishilgan
natijalarning   har-xilligini   qayd   etish   muhim.   Boshlang‘ich   majburiy   bir   yillik
maktabga   tayyorlov   guruhlarga   kelayotgan   bolalarga   xos   ana   shu   xususiyatlarni
ta’lim   jarayonida   albatta   e’tiborga   olish,     ularni ota-onalar xohishiga binoan aqliy
rivolashtirishga   emas,   balki   umumrivojlantiruvchi   vazifalarni   hal   etishga,   bola
shaxsining har tomonlama rivojlanishiga yo‘naltirgan ma’qul .
       Ijtimoiy-psixologik muhofaza, bola yutuqlarining muvaffaqiyati unga kim va
qanday   ta’sir   etayotganiga   bog‘liq.   Vaqtining   katta   qismini   bola   MTT   va   uyda
o‘tkazadi,   shuning   uchun   pedagoglar   va   ota-onalarning   ta’siri   bir-biriga   zid
bo‘lmasligi, aksincha, bola tomonidan ijobiy va faol qabul qilinishi kerak.  Bunga
pedagoglar   va   ota-onalar   hamkor   va   hamfikr   bo‘lib,   tarbiyaviy   muammolarni
bahamjihatlik bilan hal etish orqaligina erishish mumkin.
                    Pedagoglar   ta’lim   jarayonini   tashkil   etishda   va   bevosita   pedagogik
jarayonning   o‘ziga  ota-onalarni   jalb  etishni,  ularga  bolalar   bilan  rivojlantiruvchi
o‘zaro   aloqalar   shakllarni   o‘rgatish,   bolalarning   ta’lim-tarbiyasiga   doir   metodik
yordam   berishni   nazarda   tutadigan   oilalar   bilan   ijtimoiy-pedagogik   ishlarning
ahamiyatga katta e’tibor berishlari lozim.  
         Samarali faoliyat yuritish va oilani MTT ishiga jalb etish uchun pedagoglar
o‘zlari tarbiyalayotgan bolalarning birlamchi vazifalarini bilishlari, ularning oilasi
va   yaqin   qarindoshlari   haqida   muayyan   tasavvurga   ega   bo‘lishlari   lozim.
Boshlang‘ich   majburiy   bir   yillik   maktabga   tayyorlov   guruhlarga   qatnayotgan
bolalarning   ota-onalari   bilan   muvaffaqiyatli   hamkorlik   qilish   uchun   MTT
xodimlariga quyidagi faoliyat yo‘nalishlarini tavsiya etish mumkin:
1. Ota-onalarda   MTT   xodimlari   bilan   hamkorlik   qilishga   intilishni
shakllantirish .
2. Bolalaning   imkoniyatlari,   talab-ehtiyojlari   va   qiziqishlarni   baholashda,
uning MTT kirishiga ko‘maklashish .
Ota-onalarning   pedagogik   kompetentligini   oshirish   ota-onalarga   uyda   bola
bilan mashg‘ulot o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan metodik usullarni o‘rgatish; ota-
onalarga   bola   shaxsini   rivojlantirish   uchun   xizmat   qiladigan   maxsus   tarbiya
usullarini o‘rgatish
9.2.  Bolalarni   boshlang‘ich   ta’limga   to‘lovsiz   majburiy   bir   yillik   tayyorlash
bo‘yicha guruhlar ishiga oilalarni jalb qilishning foydaliligi
Ota-onalarning   MTM   faoliyatiga   jalb   etilishi   bolalarga   ham,   ota-onalarga
ham,   MTT   ham   foyda   keltiradi.     Muloqot,   o‘zaro   hurmat,   turfaxillikni,   bola
manfaatlarining   muhimligini   e’tirof   etish   samarali   hamkorlikka   asos   bo‘lib
xizmat   qiladi.   Samarali   hamkorlik   shakllantirilishi   uchun   pedagoglar   va   ota-
onalar o‘zlarida yangi ko‘nikma va bilimlarni rivojlantirishlari kerak.
       Pedagog uchun oila shunchaki ta’sir ob’ekti sifatida xizmat qilmasligi kerak,
bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash   guruh pedagoglari
bola uchun oila uning shaxs sifatida shakllanishini belgilab beradigan zarur muhit
ekanini   o‘zlari   ham   tushunishlari,   ota-onalarga   ham   tushuntirib   berishlari   zarur.
SHuning uchun ota-onalarning pedagogik jarayon doirasiga jalb etilishi, ularning
177 faol ishtiroki pedagog shunday bo‘lishini xohlashi uchun emas, bu o‘z bolasining
rivojlanishi uchun muhim bo‘lgani uchun kerakdir.
9.3. Hamkorlik imkoniyatlari
     Oila a’zolarinig bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash
guruhlar faoliyatida ishtirok etishi uchun turlicha imkoniyatlar yaratiladi:
 Ota-onalar uchun qulay vaqtda oilalarga tashrifini rejalashtirish pedagogga
bolalar va ota-onalar bilan ular uchun odatiy vaziyatda tanishish imkonini beradi;
 Ota-onalarga   bolalarining   qanday   ishlayotgani   va   o‘ynayotganini   ko‘rish
uchun istagan paytda guruhga tashrif buyurishiga imkon berish;
 Ota-onalarni   guruhda   bolalar   bilan   birgalikda   shug‘ullanish   uchun   taklif
etish,   ma’lumot   almashish   tarzida   pedagog   tomonidan   taqdim   etiladigan   bolalar
portfeolari haqida o‘z fikr-mulohazalarni bildirish;
 Ota-onalar   pedagoglarga   qandaydir   oilaviy   voqealar   –   tug‘ilgan   kunlar,
yangi ish, qarindosh yoki qo‘shni shaharga tashrib buyurish haqida xabar bergan
hollarda ushbu voqealarni guruhdagi bolalar bilan muhokama qilish;
 Bolalar   bilan   to‘laqonli   muloqot   tajribasi   bilan   o‘rtoqlashish   imkoniyatini
yaratadigan mavzular bo‘yicha ko‘rgazmalar;
 Bolaning   milliy   va   mintaqaviy   madaniyatni   o‘rganishga   mo‘ljallangan
muzeylarga birgalikda tashrif buyurish;
 Ota-onalar   bilan   birgalikda   bayram   tadbirlari,   bolalar   ishlari
ko‘rgazmalarini tashkil etish .
        Pedagoglar va ota-onalarning birgalikdagi faoliyati va o‘zaro muloqoti uchun
ko‘plab   rangbarang   imkoniyatlarning   mavjudligi   har   bir   oilaning   xususiy
manfaatlari   va   xohish-istaklariga   mos   keladigan   hamkorlik   shakllarni   ishlab
chiqishga imkon beradi 14
.
9.4. Oila bilan muloqot qilish
          Bolalar   yuzasidan   oilalar   bilan   muloqot   yuritish   –   pedagogik   jamoa
vazifalarining eng muhim qismi. Har bir oila bolalarning kamol topishi, ularning
yaxshi   va   bajonidil   o‘qishidan   manfaatdordir.   Ehtimol,   MTM   –   bu   bolalarning
oldindan tashqaridagi ilk tajribasi bo‘lgani uchun oila a’zolari uning yutuqlaridan
boxabar bo‘lishni istaydi. Pedagoglar bola haqidagi tasavvurlarni chuqurlashtirish
va   yanada   samarali   faoliyat   yuritish   uchun   ota-onalar   bilan   bolaning   uydagi   va
maktabdagi mashg‘ulotlari, uning kuchli va zaif tomonlari, tashvishlantirayotgan
jihatlari haqida bajonidil muhokama etishlari zarur. 
      Albatta, muloqot ochiq-oshkora va ishonchli bo‘lishi uchun vaqt talab etiladi.
Shuning   uchun   boshidanoq   ota-onalar   bilan   suhbatlashish,   oiladan   taqdim
etilayotgan   ma’lumotlar   naqadar   muhim   ekanini   tushuntirishlari   kerak.   Diqqat
bilan tinglay olish – ochiq muloqotning muhim negizidir. 
            Muloqot   chog‘ida   pedagoglar   ota-onalar   uchun   tushunarli,   aniq   tilda
so‘zlashishi, savollar berish uchun ularga imkon qoldirishi darkor.
9.5. Oilalar bilan muloqot qilish tamoyillari:
 Ota-onalar   uchun   vaqt   toping ,   imkoniyat   tug‘diring,   ularni   o‘z   fikr-
mulohazalari,   quvonch-shodligi,   maqsadlari   va   tashvish-xavotirlarini   bayon
etishga da’vat qiling ;
 Y u zma-yuz gaplashish uchun joy toping,  barcha ma’lumotlarni mahfiy deb
qabul qiling ;
178  Oilalar   pedagoglar   bilan   o‘zigagina   tegishli   shaxsiy   ma’lumot   bilan
o‘rtoqlashadi,   shuning   uchun   u   sir   saqlanishi   zarur .   Sir   saqlash   tamoyiliga
pedagog ham, oilalar ham rioya etishi lozim .
9.6. Kutuvlar
                 Tajriba oilaning va pedagogik jamoaning mo‘ljallari yoki maqsadlari  har
doim   ham   mos   kelavermasligi   ko‘rsatadi.   SHuning   uchun   ham   bola   qabul
qilinishi   bilan   bolalarni   boshlang‘ich   ta’limga   majburiy   bir   yillik   tayyorlash
guruhlar dasturini ota-onalar bilan muhokama etish va bu boradagi muloqotni yil
davomida olib borish  maqsadga  muvofiqdir. Qarashlar  va mo‘ljallardagi  tafovut
bir-birini  tushunmaslikka  va  muloqotning  izdan  chiqishiga   olib  kelishi  mumkin.
Ota-onalarning   ta’lim   jarayonida   bola   nimalalarga   erishishi   lozimligi   haqidagi
mo‘ljallarini,   ular   uchun   "muvaffaqiyatlilik"   nimani   anglatishini   aniqlab   olish
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   O‘quv   yilining   boshidayoq   ushbu   masalaning
muhokama etilishi kelgusidagi muloqotni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. 
X bob. Resurs ta’minoti
Boshlang‘ich   ta’limga   bolalarni   majburiy   bir   yillik   tayyorlash   bo‘yicha
guruhlarning resursli ta’minoti 15
 - bu  6-7 yoshli bolalarni tarbiyalash va o‘qitish,
rivojlantirishning   samarali   metodlarini   o‘zlashtirayotgan   pedagoglar   uchun
mo‘ljallangan “Ilm yo‘li” namunaviy dasturining o‘quv-metodik qismidir.
Resursli   materiallarning   mazmuni   O‘zbekiston   Respublikasida   ilk   va
maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   rivojlanishiga   qo‘yiladigan   Davlat   talablari
bilan,   shu   jumladan,   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlariing   amaliyotchi-
pedagoglarining xohish-istaklariga mos holda shakllantirilgan va pedagoglarning
ishi uchun eng dolzarb mavzularni yoritib beradi: 
5
  “Ilm   yo‘li”   Variativ   dasturiga   1-ilova,   «Boshlang‘ich   ta’limga   bolalarni
majburiy bir yillik tayyorlash bo‘yicha bitta guruhning moddiy-texnik asoslar va
ta’limiy-didaktik materiallar bilan jihozlash me’yorlari ».
bolalarda   xavfsiz   xulq-atvor   ko‘nikmalarini   rivojlantirish,   ota-onalar   bilan
ishlash, bolaning yutuqlarini kuzatish va baholash hamda boshqa shu kabilar.
  Maktabgacha   ta’lim   sohasida   milliy   va   xorijiy   mutaxasislarning   tajribalari
6-7   yoshli   bolalarning   rivojlanishi,   tarbiyalanishi   va   o‘qitilishi   uchun   o‘z
dasturlari ishlab chiqiladigan, boshlang‘ich ta’limga majburiy yillik tayyorgarlik
bo‘yicha   guruhlar   tashkil   etilgan   yoki   tashkil   etilishi   kutilayotgan   O‘zbekiston
Respublikasidagi   maktabgacha   ta’lim   va   umumta’lim   tashkilotlarining
pedagoglariga yordam berishga safarbar etilgan.
XI bob. Ilovalar
1-ilova. Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy yillik tayyorlash bo‘yicha
guruhlarda ishlovchi pedagoglar uchun tavsiya
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2018-yil   8-dekabridagi
“Boshlang‘ich   ta’limga   bolalarni   majburiy   bir   yillik   tayyorlashga   bosqichma-
bosqich   o‘tish   bo‘yicha   chora-tadbirlar   haqida”gi   999-sonli   qarori   bilan   mos
holda   maktabgacha   ta’lim   tizimini   kelgusida   takomillashtirish,   sog‘lom,   faol,
to‘la   rivojlangan,   ijtimoiy   moslashgan   bola   shaxsini   shakllantirish,   shuningdek,
boshlang‘ich   ta’limga   bolalarning   sifatli   tayyorgarligi   va   kelgusidagi
179 muvaffaqiyatli   o‘quv   faoliyatiga   shart-sharoitlarni   yaratish   maqsadlarida
respublikaning   barcha   hududlarida   bosqichma-bosqich   tarzda   6-7   yoshli
boshlang‘ich   ta’limga   bolalarni   majburiy   yillik   tayyorlash   guruhlari   tashkil
etiladi. 
Mazkur   guruhlarda   bolalar   har   tomonlama   rivojlanadilar.   Maktabgacha
ta’lim   tashkilotilarida maktabgacha  ta’lim  bilan  qamrab  olinmagan  bolalar   bilan
ishlash   borasida   har   qanday   yangi   ish   kabi   ma’lum   bir   qiyinchiliklarga   duch
keladi. 
“Ilm   yo‘li”   variativ   dasturi   mualliflari   tomonidan   mulkchilik   shaklidan
qat’iy   nazar   barcha   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarida   6   -7   yoshli   bolalarni
boshlang‘ich  ta’limga  bolalarni   majburiy  bir   yillik  to‘lovsiz  tayyorlash  bo‘yicha
guruhlardagi   pedagogik   jarayonni   to‘laqonli   ravishda   tashkil   etishga   yordam
beradigan metodik tavsiyanomalar ishlab chiqilgan.
Shuni   ko‘zda   tutish   kerakki,   maktabgacha   ta’lim   qamrab   olingan   va
maktabgacha   ta’lim   tashkilotlariga   qatnamagan   bolalarning   rivojlanish   darajasi
sezilarli   ravishda   farqlanadi.   Aynan   mana   shuning   uchun   ham   kelgusi   barcha
ishlar   asosiga   har   bir   tarbiyalanuvchining   individual   qirralari   va   intelelktual
imkoniyatlari sinchiklab o‘rganilishi qo‘yilishi zarur bo‘ladi.
Eslatib   o‘tamizki,   o‘qitish   va   tarbiyalash   tizimi   ham   maktabgacha   ta’lim
tashkilotida,   ham   oilada   bolalar   faoliyatining   istalgan   turi   ko‘rinishida,   shu
jumladan, o‘quv mashg‘ulotlarida o‘yinlardan foydalanish negizida olib borilishi
lozim.
    6-7   yoshli   bolalarning   o‘qitilishini   tashkil   etish   mazkur   guruhlarda
individual,   hamkorlikdagi   mashg‘ulotlar   yoki   rivojlanish   markazlarida   kichik
guruhlar   bo‘yicha   didaktik   va   rolli   o‘yinlar,   kuzatishlar,   tajriba   qilish   shaklida
olib borilishi mumkin. 
XULOSA
1.Maktabgacha   ta’lim   yoshidagi   bolalarda   elementar   matematik
tassavurlarni   shakllantirish   metodikasining   nazariy   asoslari   va   amaliy
masalalarini   o‘rganish   kichik,   o‘rta   va   katta   yoshdagi   bog‘cha
tarbiyalanuvchilarining   ilk   matematik   bilim   va   ko‘nikmalarni   egallashlariga,
faolligini   oshirish   usullarini   bo‘lajak   maktabgacha   ta’lim   tarbiyachilarining
kelgusi   amaliyotda   muhim   vosita   hisoblanadi   va   dastlab   bolalarga   elementar
matematik   tushunchalar   ustida   ishlashga   o‘rgatishda   hamda   ularning
180 qo‘llanilishiga   doir   misol   va   masalalarni   yecha   olishga   o‘rgatish   muhim   o‘rinni
egallaydi.
  2.   Maktabgacha   ta’lim   yoshidagi   bolalarda   elementar   matematik
tassavurlarni shakllantirish usularidan foydalanishga doir mashq va topshiriqlarni
bosqichma-bosqich   bajarishga   o‘rgatish,   ular   yordamida   tahlil   qilish,   tadqiqot
o‘tkazish,   kichik,   o‘rta   va   katta   yoshdagi   bog‘cha   tarbiyalanuvchilarining
mantiqiy   ilk   matematik   faoliyat   tadbiqlarini   amaliy   faoliyatda   zarurligi   va
qo‘llash usullriga o‘rgatishda foydalanish ularning bilim saviyalarining oshishiga
va fikrlashlarini o‘stirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
3.   Maktabgacha   ta’lim   yoshidagi   bolalarda   elementar   matematik
tasavvurlarni   shakllantirish   usullari   yordamida   bolalar   bilan   sonli   miqdorlar,
geometrik   shakllar,   fazo   va   vaqtga   doir   konkret   mashqlar   va   masalalar   yechish
jarayonida   nazariy   mantiqiy   savollardan   foydalanish   nafaqat   mantiqiy   tafakkur
ko‘nikmalarini   rivojlantirishga,   balki   nazariy   qoida   va   tushunchalarning
tadbiqlarini   go‘zlashtirilishini   ta’minlaydi   va   ularni   bosqichma-bosqich   tafakkur
usullari mohiyatini tushunishlariga xizmat qiladi.
4.   Maktabgacha   ta’lim   yoshidagi   bolalarda   elementar   matematik   tassavurlarni
shakllantirish   usullaridan   foydalanish   ko‘nikmalarni   shakllantirishda   yangi
pedagogik   texnologiyalarni   qo‘llash:   loyihalash   usuli,   axborot   –kommunikativ
vositalaridan   foydalanish,   turli   interfaol   dars   usullarini   qo‘llash,   bunda
o‘qituvchining   turli   imkoniyatlardan   foydalana   olishi,     tayyorlovchi   savol   va
topshiriqlardan o‘rinli foydalana olishini  talab etadi.
GLOSSARIY
Geometriya   –yunoncha   “geometriya”   so‘zi   ikki   so‘zdan   iborat:   “geo”   –
“yer”   va   “metrio”   –   “o‘lchov”,   ya’ni     tarjimada   bu   so‘z     “geodeziya”
degan ma’noni anglatadi.
Diametr   –   y u noncha   so‘z   “ko‘ndadang”,   “kalibr”   degan   ma’noni
anglatadi.
181 Doira   diametri-bu   aylananing   istalgan   ikki   nuqtasini   bir   -   biriga
tutashtiruvchi  va  uning  markazidan  o‘tuvchi  kesma.
Kvadrat   –   bu   barcha   tomonlarning   uzunligi   teng   bo‘lgan   to‘g‘ri
to‘rtburchak. Kvadrat- muntazam  to‘rtburchakdir.
Doira  – q a d imgi german tillarida “krieger” – “halqa”, “aylana”, yunoncha
– “g‘ildirak”, “aylana”.
Kub   –   bu   muntazam   oltiyoq.   Kub   –   bu   barcha   qirralari   bir-biriga   teng
bo‘lgan to‘g‘riburchakli parallelepiped.
MATEMATIKA   –   yunoncha   masma   so‘zi   fan,   ta’limot,   fikrlashgni
o‘rganaman degan ma’noni anglatadi. 
Matematika   –  bu haqiqiy  olamning miqdoriy munosabatlari   va fazoviy,
shakllari haqidagi fan.
Ko‘pburchak   – ushbu atama “ko‘p” va “burchak” so‘zlarini birlashtirish
orqali hosil bo‘ladi. Uning hind- y evropa tillarida mavjud (masalan, yunon
tilida   “poligon”   (ko‘pburchak)   “poli”   –   “ko‘p”   va   “gonna”   –   “burchak”
daniborat).
Oval.   Fransuzcha  “oval”  –  “oval”  so‘zi  lotincha  “ovum”  – “tuxum”  dan
olingan. Oval – yopiq qavariq tekis tekis egri chiziq.
Aylana.   Yunon   tilidan   tarjima   qilingan   ushbu   so‘z   periferiya   so‘zidan
olingan.
Kesma  – bu ikki xil nuqtadan va ular orasidagi yotgan barcha nuqtalardan
tashkil topgan to‘plamdir.
Piramida.   Ba’zilar   yunoncha   “piramida”   so‘zi   misrcha   “piramus”   –
“inshoatning yon qirrasi” dan kelib chiqqan deb hisoblashadi. 
Piramida   –   bu   yoqlaridan   biri   ko‘pburchak   bo‘lgan,   qolganlari   esa
umumiy uchga ega bo‘lgan uchburchaklarlan iborat ko‘pyoq.
PRIZMA.   Y u noncha   “prizma”   so‘zi   “kesilgan   ulush”,   “kesilgan   qism”
degan ma’noni anglatadi.
To‘g‘ri   to‘rtburchak     -   bu   barcha   burchaklari   to‘g‘ri   burchaklarga
bo‘lgan to‘rtburchak, 
To‘rtburchak   parallelogrammdir.   Qo‘shni   tomonlari   mos   keladigan
to‘rtburchak kvadrat deyiladi.
To‘g‘ri  burchak . Qadimgi  geometrik tushunchalardan  biri  bu odamning
vertikal holati va ko‘plab atrof-muhit obyektlari tasviri bilan bog‘liq.
To‘g‘ri   burchak   –   bu   o‘ziga   qo‘shi   burchakka   teng   burchak.   To‘g‘ri
burchakning kattaligi 90 gradusga teng.
RADIUS .   Bu   so‘z   lotincha   “radius”   –   “nur”,   “g‘ildirak   spitsasi”   dan
keladi. Bu atama 17-asrning oxirida qabul qilingan.
Aylana  radiusi   –  bu  aylananing  markazidan  undagi  istalgan   nuqtagacha
bo‘lgan masofa.
Nuqta geometriyaning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, uning bilvosita
ta’rifi aksiomalarda beriladi.
Uchburchak. Termin ikki so‘zni birlashtirish orqali hosil bo‘ladi: “uch” va
“burchak”. “Uch” so‘zi odatdagi slavyan, hind-yevropa (yunoncha “tris” –
“uch” bilan taqqoslang). 
To‘g‘ri   doiraviy   silindr   -   to‘rtburchakni   uning   yontomonlaridan   biri
atrofida aylantirish natijasida hosil bo‘lgan jism.
182 Shar-bu   uch   o‘lchovli   fazodagi   nuqtalar   to‘plami,   ularning   har   biridan
berilgan nuqtagacha bo‘lgan masofa ma’lum masofadan oshmaydi. 
Asosiy tushunchalar
     Sifatli   pedagogika  –   bolalarni  o‘yin shaklida   qiziqarli   va zavqlantiruvchi
tarzda   o‘qitish;   bolalarda   o‘qishga   bo‘lgan   xohish-istaklarini   qo‘llab-
quvvatlaydigan,   maktabga   borish   imkoniyatlarini   ta’minlaydigan,   ota-onalarga
yordam   ko‘rsatadigan,   bolalarning   sog‘ligini   (ham   psixik,   ham   jismoniy)
saqlashning   samarali   o‘qitish   dasturidir;   tarbiyalanuvchilarning   o‘qishi,
salomatligi va individual rivojlanishining muvaffaqiyatli natijalaridir;
Invariantli   qism   –   istalgan   MTT   da   amalga   oshirilishi   kerak   bo‘lgan
maktabgacha ta’lim Davlat dasturining majburiy qismi;
Variativ   qism   –   ta’lim   jarayoni   ishtirokchilari   tomonidan   shakllantiriladi,
maktabgacha   ta’limning   hududiy,   milliy,   ijtimoiy-iqtisodiy   va   boshqa   shart-
sharoitlarini, turlari bo‘yicha  har xilligini aks ettiruvchi maktabgacha ta’lim turi;
O‘zR   IMYOBRDT 10
  –   O‘zbekiston   Respublikasining   ilk   va   maktabgacha
yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari;
Yоndashuv   –   bu   pedagogik   faoliyatning   o‘zaro   bog‘langan   g‘oyalari,
tushunchalari va usullarining ma’lum bir xususiyatli jamlanmasidan foydlanishga
undovchi pedagog faoliyatining metodologik yo‘naltirilishidir;
Shaxsiy-yo‘naltirilgan yondashuv   – bu ta’lim  jarayoni markaziga faoliyat
sub’ekti   sifatida   ta’lim   oluvchi   qo‘yiladigan   yondashuvdir.   Yetakchi   tamoyili
bo‘lib   ta’lim   oluvchining   ehtiyojlari,   motivlari,   tajribasi   va   dolzarb   rivojlanishi
darajasiga   yo‘naltirilganlik   va   yaqin   istiqboldagi   rivojlanish   hududida   o‘qitish
sanaladi 11
. 
Individual   yondashuv   –     ta’lim   beruvchining   guru h dagi   har   bir   bolaning
faol harakati va dam olish paytida   barcha ehtiyojlarini e’tiborga olish  zarurligini
anglatadi. Bu guruhdagi barcha material va jihozlar, umuman o‘qitish muhiti har
bir   bolaning     rivojlanishiga   xizmat   qilishni   hamda   mo‘ljallangan   faoliyat   turlari
bolalar rivojlanishidagi farqini e’tiborga olishini bildiradi.                 
Ta’limning   rivojlantiruvchi   muhiti   -       bola   rivojlanishini   ta’minlaydigan
shart-sharoitlar   (o‘yinlar,   o‘yin   predmetlari   va   jihozlari,   o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalar,   bolalarning   turli   faoliyat   turlari   bilan   shug‘ullanishi     uchun
mo‘ljallangan   uskunalar)   o‘zaro   bog‘liqligini   belgilab   beradigan   hal   qiluvchi
ko‘rsatkichlardir.
  Inklyuziv   ta’lim   –   alohida   individual   imkoniyatlarni   va   ta’limiy
ehtiyojlarni  hisobga olish bilan barcha bolalarni tarbiyalash va o‘qitishning teng
ravishda ommabopligini ta’minlaydigan jarayon;
Model   (lotinchadan   –   o‘lcham,   namuna)   –   tabiatdagi   yoki   jamiyatdagi
hodisa yoxud jarayonlarni talqin qilish;
Integratsiyalashgan   rejalashtirish   –   bolalarni   o‘qitish   va   rivojlantirish
integrallashgan   jarayondir:   bola   rivojlanishining   har   bir   sohasi   uning   boshqa
sohalari   bilan   uzviy   bog‘liq.   Ta’lim-tarbiya   ishlarini   rejalashtirishda   ularni   bir-
10
Давлат талаблари Ўзбекистон Республикаси Мактабгача таълим вазирининг 2018 йил 18 июндаги №1-
МХ  буйруғи билан тасдиқланган,  Адлия вазирлиги томонидан 2018 йил 3 июлда № 3032-рақам билан 
рўйхатга олинган.
11
 Л.С. В и готский .
183 biridan     ajratmaslik     zarur,   biroq   bir   butun   majmua   sifatida   qarash   lozim.   Turli
sohalardagi ta’lim jarayoni o‘zaro bog‘liq  va bir-biri bilan uyg‘unlashgan . 
Bola kompetensiyasi   – bolaning bilim, ko‘nikma, malakalar va qadriyatlar
majmuidir.   Tayanch   kompetensiyalar   rivojlanish   sohalaridan   qat’iy   nazar,   bola
shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib  xizmat qiladi;
Pedagogik     strategiya   –   bolalarga   belgilangan   maqsadlarga   erishishda
yordam ko‘rsatish uchun pedagoglar foydalanadigan konkret metodlar to‘plamini
namoyon qiladi. Strategiya asosida bolaning qiziqishlari, uning kuchli va kuchsiz
tomonlari,   yoshga   doir   o‘ziga   xosliklar   va   shaxsiy   sifatlarning   hisobga   olinishi,
o‘qitish shakli yotadi;
“Men”   konsepsiyasi   –   bolaning   o‘zi,   uning   refleksiv   faoliyatining   qismi
haqidagi tasavvurlarining tizimi;
    Rejalashtirish     vositalari   –   pedagog   kutilayotgan   natijalarga   erishish
uchun   faoliyat   mazmunini,   turlarini,   imkoniyat(resurs)larini   belgilaydigan
vositalar, metodlar, usullar;
  Kuzatish   –   bola   ishlayotgan   yoki   o‘ynayotgan   vaqtda   uning   faoliyatiga
aralashmagan holda uni kuzatib borish jarayoni;
  Hujjatlashtirish   –   bu   yozuv   yordamida   belgilangan   shaklda   turli   xil
tashuvchilarga   biron-bir   axborotlarni   saqlab   qo‘yish   jarayoni,   bolalarni
kuzatishga   va   ro‘yxatga   olib   qo‘yishga   tizimli   yondashuvdir,   olinadigan
ma’lumotlarning to‘liqligini ta’minlashga yordam beradi.
Mavzular yuzasidan testlar.
1. Har xil predmetdan tuzilgan guru h ni toping?
a) Ayiq, shar,o’yinchoq, qoshiq,kub 
184 b) Qizil, ko’k, yashil, sariq
c) Stol, stul, tumba
d) Qoshiq, vilka, kosa, tovoq
2. Bir xil tushunchaga kiruvchi narsalarni tasvirlagan qatorni toping?
a) Kitob ,  qalam ,  ruchka ,  daftar
b) Shkaf ,  qalamdon ,  shar
c) Kub ,  shar ,  to’rtburchak ,  shkaf
d) Sumka ,  shar ,  qalam ,  shkaf
3. 6   ta   stol   xonaning   o’rtasida   turibdi,   1   tasi   esa   deraza   oldida   turibdi.
Guruhda jami nechta stol bor? Ushbu masala qaysi masala turiga kiradi?
a) Illustriyali masala
b) Og’zaki masala
c) Drammalashtirilgan masala
d) Amaliy masala
4. Vazada 5 dona gul bor edi. Zarnigor 1 ta gulni oldi vazada nechta gul qoldi?
Ushbu masala qaysi masala turlarining qaysi biriga tegishli?
a) Og’zaki masala
b) Illustriyali masala
c) Drammalashtirilgan masala
d) Amaliy masala
5. Kichik guruhdagi bolalarga matematika mashg’uloti haftasiga necha marta
o’tiladi?
a) 1
b) 2
c) 3
d) 4
6. Matematik tasavvurlarni shakllantirish fani necha bo’limga bo’linadi?
a) 5
b) 6
c) 4
d) 3
7. Qaysi   asarda   1   dan   9   gacha   bo ' lgan   raqamlar   va   0   raqami   yordamida
arifmetik   to ’ rt   amalni   bajarish   qoidalari   izohlab   berilgan ?
a) “Hisobi al - hind”
b) “Al jabr val - muqobala”
c) “Turk hisobi”
d) “Hind hisobi”
8. “Aytilgan   narsalarni   faqat   rasmlardagina   emas,   balki   real   voqealikda   ham
ko'rsatish juda foydaliroqdir”, - ushbu fikr kimniki?
a) Ya.A. Komenskiy
185 b) A.Avloniy
c) Al Beruniy
d) Al Xorazmiy
9. Masalalar necha turga bo’linadi?
a) 3
b) 2
c) 4
d) 5
10. Agar to`plam biron - bir elementga ega bo' lmasa u qanday to'plami?
a) Bo’sh to'plam
b) To'plamlar yig'indisi
c) Ochiq to’plam
d) Yopiq to’plam
11. Kichik guruhlarda fazoni, tevarak-atrofni bilishga nimalar о' rgatiladi ?
a) Chapga, o’ngga
b) Ustida, ostida, yuqorisida
c) Doira, kvadrat, ichiga
d) Bayroqga, sharcha, o'ngga
12. “Juftini   top”,   “O'z   uyingni   top”,   “Xaltada   nima   bor”   kabi   o'yinlardan
bolalarga nimani o’rgatish uchun foydalanish mumkin?
a) Geometrik figuralar va shakllarni tushuntirishda
b) Miqdor va sanoqni o'rgatish uchun
c) Kattaliklar bilan tanishtirish
d) Fazoda mo' ljal olishga o' rgatishda
13. Maktabga   tayyorlov   guruhlarida   matematik   tasavvurlarni   shakllantirish
mashg' ulotlari 1 yilda necha marta o'tkaziladi?
a) 72
b) 36
c) 48
d) 60
14. Necha yoshli bolalarda o'z xulqini boshqarish qobiliyati paydo bo'ladi?
a) 6
b) 4
c) 5
d) 3
15. Qaysi guruhda bolalar 1 dan 5 gacha bo'lgan sanoq tartibi bilan tanishadilar
va u yoki bu buyumning tartibi bo'yicha o'rnini topish o`rgatiladi?
a) O’rta
186 b) Kichik
c) Katta
d) Tayyorlov
16. “Qaysi   qo`l   bilan   uzoqqa   ”,   “Nima   ogir”,   “Qaysi   qo`1   bilan   aniqroq”   kabi
mashg’ulotlarda bolalarga nima o’rgatiladi?
a) Masofa va og'irlik haqida tushuncha
b) Vaqtni bilish
c) Miqdor va sanoq tushunchasi
d) Figura va shaklni haqida tushuncha
17. A1 - Xorazmiy qaysi asari bilan algebraga atalgan?
a) “Al Jabr val - muqobala”
b) “Hisobi al - hind”
c) “Xindiston”
d) “Algebra”
18. Matematik   mashg'ulotlarda   o'qituvchi   qanday   usul   va   metodlardan
foydalanadi?
a) Amaliy og'zaki, ko'rsatmali
b) Tasvirlash
c) Hikoya qiiish
d) Aniq - buyumlami ko'rsatish
19. O'rta guruhda bolalarga kattalik haqida nimalar o`rgatilishi kerak?
a) Uzunlik,   kenglik,   bolandlik   bo'yicha   arzimas   kichik   farqlarni   ilg'ab   olishga,   har
xil kattalikdagi 2 tadan ko'p buyumlarni taqqoslay olishga o'rgatish kerak.
b) Uzunlik, kenglik, balandlik bo'yicha arzimas tushunchlar
c) Har xil kattalikdagi 2 tadan kam buyumlami taqqoslay olish
d) Har xil kattalikdagi 2 tadan ko'p buyumlami taqqoslay olish
20. 2 ta lentaning uzunliklari bo'yicha taqqoslashda birinchi va 2 lenta bo'ylab
yuritilib, “bu lenta uzunroq, bu lenta qisqaroq” deb qaysi guruh bolalariga
kattalik haqida tushuncha beriladi?
a) Kichik
b) O’rta
c) Katta
d) Tayyorlov
21. Qaysi   guruhda   bolalar   doira   va   kvadratni   farq   qilish,   figurani   tanish   va
nomini aytishga o’rgatiladi?
a) O’rta
b) Kichik
c) Katta
d) Tayyorlov
22. Dramalashtirilgan masalalarda -
a) Bolalarning   kuzatgan,   ko'pincha   o'zlari   bevosita   bajargan   harakatlari   aks
ettiriladi.
187 b) Bolalaming oldingi qilingan ishlari ko'rsatmasiz ag'zaki aks ettiriladi.
c) Mustaqillikni rivojlantirish aks ettiriladi.
d) Bolalaming hayollaridagi o'ylari aks ettiriladi.
23. 2 yoshli bolaga miqdor va sanoq haqida qanday bilimlarini berish kerak?
a) 3 gacha bo'lgan sonlarni sanaydi.
b) 5 gacha bo'lgan sonlarni sanaydi.
c) 10 gacha bo'lgan sonlarni sanaydi.
d) 22gacha bo'lgan sonlarn isanaydi.
24. “Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   matematik   tasavvurlarni   shakllantirish”
kitobining muallifi kim?
a) N.U.Bikbaeva, Z.I.Ibrohimova
b) S.Qurbonboeva, Z.I.Toshtemirov
c) A.L.Asqarova, U.Bikboeva, H.I.Qosimova, D.Toshev
d) G' .Qodirov, Isayev
25. Ilk   yoshdagi   bolalar   narsalarni   farqlashda   avvalo   uning   nimasiga   e’tibor
berishadi?
a) Shakliga
b) Rangi va tusiga
c) Harakatlariga
d) Turgan joyiga
26. Bolalarning   ilk   matematik   bilimlarini   mustahkamlashda   qanday
faoliyatlardan foydalanish lozim?
a) O’yin
b) Rasm chizish
c) Loy ishi, qurish - yasash
d) Hammasi to'g'ri
27. To'plamlar qanday belgilanadi?
a) Lotin harfming katta harfi bilan
b) Krill harfming katta harfi bilan
c) Lotin harfming kichik harfi bilan
d) Krell harfming kichik harfi bilan
28. Modellashtirish qanday usul?
a) Ko'rsatmali, amaliy
b) Ko'rsatmali
c) Amaliy
d) Og'zaki
29. Maktabgacha   tayyorlov   guruhida   mashg'ulotlar   haftasiga   necha   marta
o'tkaziladi?
188 a) 2
b) 1
c) 3
d) 4
30. Matematik   tasavvurlarni   shakllantirishda   amaliy   usulning   xarakterli
xususiyatlari qaysilar?
a) Eng elementar usulda sanash, o'lchash va hisoblash ko'nikmalarini hosil qilish
b) Aqliy faolyait uchun asos bo'ladigan har xil amaliy ishlaming bajarish
c) Didaktik materialardan keng foydalanish
d) O’ lchash va hisoblash ko'nikmalarini hosil qilish
31. Metodik usul sifatida savollarga qanday talablar qo’yiladi?
a) Aniqlik, mantiqiy izchillik bolalarning yoshlariga mos bo`lishi.
b) Aniqlik, go zallik
c) Mantiqiy izchillik
d) Bolalaming yoshlariga mos bolishi
32. Maktabga   borish   oldidan   bolalar   qanday   geometrik   figuralaming   asosiy
xosslari va belgilarini bilishlari va nomlarini aytishlari shart?
a) Doira, shar, to'rtburehak, kub, uchburchak,oval, silindr, to'g'ri to'rtburchak.
b) Doira to'rtburchak uchburchak
c) Shar, kub, silindir
d) To'g'ri to'rtburchak, shar
33. O’rta   guruhda   nechtagacha   doirachalarga   ega   bolgan   sonli   figuralardan
foydalaniladi?
a) 5 tagacha
b) 7 tagacha
c) 6 tagacha
d) 4 tagacha
34. Sifat belgilari bilan farq qiluvchi bir turdagi predmetlar guruhini toping?
a) 1 ta qizil ruchka, 3 ta ко'к ruchka
b) 2 ta qizil qalam, ko'k ruchka
c) 2 ta olma, 3 ta nok
d) 4 ta oq ayiq, 1 ta uycha
35. Bir xil tushunchaga kiruvchi narsalar berilgan qatorni toping?
a) 2 ta kofta, 1 ta ko'ylak
b) 3 ta qalam, 1 ta sumka, 1 ta kofta
c) 2 ta parta, 1 ta daftar
d) 4 ta parta, 3 ta savatcha
36. Kichik guruhda bolalar vatq haqida qanday tasavvurga ega bo'ladilar?
189 a) Ertalab, kechqurun, kunduzi, kechasi
b) Ertalab, kechasi
c) Kechqurun, kunduzi
d) Indinga, kechasi, kunduzi
37. “Ra’noda   6   dona   gul   bor   edi.   Dilafruz   2ta   gulni   oldi   vazada   nechta   gul
qoldi?” Ushbu masala qaysi masala turiga kiradi?
a) Og’zaki masala
b) Drammalashtirilgan masala
c) Amaliy masala
d) Illustriyali masala
38. O’rta guruhda mashg’ulot davomiyligi qancha vaqt davom etadi?
a) 20 daqiqa
b) 25 daqiqa
c) 30 daqiqa
d) 10-15 daqiqa
39. Katta guruhda mashg’ulot davomiyligi qancha vaqt davom etadi?
a) 25 daqiqa
b) 30 daqiqa
c) 10-15 daqiqa
d) 20 daqiqa
40. Tayyorlov guruhda mashg’ulot davomiyligi qancha vaqt davom etadi?
a) 30 daqiqa
b) 10-15 daqiqa
c) 20 daqiqa
d) 25 daqiqa
190

MATEMATIK TASAVURLARINI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI MUNDARIJA: 1. SILLABUS ( YO‘NALISHNIN G NAMUNAVIY VA ISHCHI O‘QUV REJASI, FANNING NAMUNAVIY VA ISH CHI O‘QUV DASTURI) ………………………………………………………………… 2. O‘TILAYOTGAN FANNING ASOSIY NAZARIY MATERIALI (MA RUZALAR MATNI)ʼ ……………………………………………… 3. GLOSSARIY …………………………………………………………… 4. FOYDALANILGAN ADABIYOTLARNING ELEKTRON SHAKLI.. .................................................................................................... 5. MAVZULAR BO‘YICHA TAQDIMOTLAR, MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR ( ILMIY MAQOLALAR va BOSHQA MANBALAR ) ………………………………………………………… 6. AMALIY YOKI SEMINAR MASHG‘ULOT LARI MATE R IALLARI …………………………………………………. 7. QO‘SHIMCHA MATERIALLAR (VIDEOLAR, KEYS-STADILAR VA BOSHQALAR)………………………………………………….. 1

1-MA'RUZA: Matematik tasavurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasi fani ning maqsad va vazifalari Reja: 1. M aktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda matematik ta'limning ahamiyati. 2. M atematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi faninining maqsadi, predmeti va uning asosiy vazifalari. Tayanch so’zlar va iboralar: didaktik materiallar, to’plam, universal to’plam, ta’lim, predmet, maqsad vazifa, o’qitish mazmuni, umumiy tavsif. Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta’lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi darajasiga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida 2

ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta’lim tizimi barpo etildi. Maktabgacha ta’lim sohasi mazkur tizimning ilk bo’g’ini hisoblanadi va butun ta’lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo’lgan – barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015-2016-yillar davomida 459 ta maktabgacha ta’lim muassasalari mukammal ta’mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi. SHu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o’quv-tarbiyaviy rejalariga qo’yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko’rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Dastur asosida keng ko’lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan: bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg’or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish; maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o’quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish; 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o’quv-metodik qo’llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash. Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga erishiladi: yuqori sifatli maktabgacha ta’limni ta’minlash, bolalarni sifatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga muqobil dasturlarni joriy etishga; bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo’lgan 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etishga; 3-6 yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlashni tashkil etishga; maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytirishga; qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar badal to’lovini 30 foizgacha kamaytirishga; bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobarga oshirishga. Dasturning samarali amalga oshirilishi unda ko’zda tutilgan ko’rsatkichlar ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida bo’ladi. Rejalashtirilgan barcha ishlarni amalga oshirish ko`p jihatdan yoshlarimiz, fuqarolar va ularning vatanparvarligi, insoniyligiga bog`liq ekanini ta'kidladi: «Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishi, qanday ma'naviy fazilatlar egasi bo`lib voyaga etishiga, farzandlarimizning hayotiga 3

nechog`li faol munosabatda bo`lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog`liq ekanini hamisha yodda tutmog`imiz kerak». Yosh avlodni o`z xalqi, jamiyati va yurtiga fidoiylik ruhida kelajak taqdiri uchun mas'ullikni his eta oladigan, boy milliy madaniy merosimiz va qadriyatimizga hurmat va asrab — avaylash ruhida jamiyatimiz oldida turgan kechiktirib bo`lmas vazifa ekan, bunda barcha ta'lim — tarbiya ishi bilan shug`ullanuvchi xodimlardan katta- katta ishlarni bajarishni talab etadi. 1. O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 y) uzluksiz ta'limni bir butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo`yiladigan talablarni yanada oshirdi. Yana shunga bog`liq holda Respublikadagi pedagogika oliy o`quv yurtlaridagi ta'lim — tarbiya jarayonini tako’lillashtirish masalasi dolzarb masalaga aylandi. Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida Matematik tasavurlarini shakllantirish nazariyasi va metodikasi kursi muhim o`rin tutadi. So`nggi yillarda mamlakatimizda bolalar bog`chasida matematika o`qitish butun sistemasida o`z ko`lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo`lgan o`zgartirishlar amalga oshirildi. Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo`yilishi bilan maktabgacha ta’lim muassasalarida matematik ta'lim berish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib keldi. Maktabgacha ta’limda bolalariga matematikadan samarali ta'lim berish bo`lajak tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini o`qish metodikasini egallab, chuqur o`zlashtirib olmog`i lozim. 2. Bolalar bogchasida matematik ta'lim berish metodikaning predmeti q uyidagilardan iborat: 1. Matematika o`qitishda ko`zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun matematika o`qitiladi, o`rgatiladi?). 2. Maktabgacha ta’limda matematika o`qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o`rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo`ladi. 3. Matematik bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish kerak?), ya'ni bolalar hozirgi kunda zarur bo`lgan bilimlarni, malakalarni, ko`nikmalarni va aqliy faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo`lishlari uchun o`quv ishlari metodikasi qanday bo`lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining garmonik rivojlanishi va shakllanishini amalga oshirish uchun qanday o`qitish kerak? 4. Matematik bilim berish vositalarini — darsliklar, didaktik materiallar, ko`rsatma qo`llanmalar va texnik vositalarni ishlab, (nima yordamida o`qitish). 5. Ta'limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta'limning mashg`ulotdan tashqari formalarini qanday o`tkazish kerak?) Mashg`ulot ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o`tkazish kerak? Mashg`ulot protsessidagi ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?). Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va formalari metodik sistemaning asosiy ko m ponentlaridir. 4

2.s. Matematika fani oldida turgan maqsadlar: umumiy ta'lim, seminar va tarbiyaviy maqsadlaridan iboratdir. Seminar maqsadlar: matematik bilim berishdan kuzatilgan seminar maqsadlar bolalarning nazariyani amaliyotga bog`lay olishidan, ya'ni olingan bilimlarni seminar masalalarni hal qilishga, bolalar to`plam va son haqida; kattalik (mikdor)larning bir-biriga nisbati haqida, eng oddiy geometrik figuralar haqida boshlang`ich tasavvurga ega bo`ladilar, joy va vaqtni bilishni o`rganadilar: bolalar olgan bilimlarini o`zlarining kundalik mehnat va o`yin faoliyatida va maishiy hayotida uchraydigan matematikaga doir savol va masalalarni hal qilishga tatbiq eta bilish malakalarini hosil qilish kerak. Kursning ta'limiy maqsadlari : Bolalarga real olamdagi yuz beradigan eng sodda hodisalardagi miqdoriy nisbatlarni tushunishga va olamdagi fazoviy formalarni (joylashishlarini); natural son, geometrik figura, miqdor va boshqa tushunchalar abstrakt ammo ular real borliqdagi predmetlarga xos bo`lgan bog`lanish va munosabatlarni aks ettiradigan hajmda bilimlar berish, Bu bilimlar fazovoy tasavvurlarni rivojlantirishga mantiqiy fikrlay bilishga yordam berishi kerak. Matematikani o`rgatish bolalarda o`z ona tilida xatosiz so`zlashga, o`z fikrini aniq va ravon qilib bayon eta bilishga o`rgatishda yordam berishi kerak. Matematikani bayon etishda sergaplikka yo`l qo`yish mumkin emas, bunda har bir so`zni o`z o`rnida ishlata bilish ayniqsa muhimdir. Maqsad: 1. Bolalarni maktabda asosiy fanlardan bilim olishga o`rgatish (shu qatorda matematikadan ham). 2. Yosh bolalarga matematik bilim berish. Tarbiyaviy maqsadlar : Matematikaga doir bajariladigan ishlar bolalarni boshqa oladigan bilimlariga qaraganda ko`proq sabotlikka, tiripqoqlikka, puxtalikka, aniqlikka o`z fikr va xulosalarini nazorat qila olishga, ayniqsa kuzatish, tajriba va faxmlash asosida aytiladigan fikrlarining ravon bo`lishiga e'tibor bera bilishga odatlantirish kerak. Bolalarda matematik bilimlarga bo`lgan qiziqish, matematik xarakterdagi masalalarni sabr — toqat va tirishqoqlik bilan kechish ko`nikmalari rivojlantiriladi. Induktiv va deduktiv tafakkurning boshlang`ich ko`nikmalarini azaliy operatsiyalarni, ya'ni analiz qilish, sintez qilish, taqqoslashni, abstraktlashtirish va umumlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirishga idroklilik va ziyraklikni, fazoviy tasavvurlarni va hayolni o`stirishga matematik ta'lim berish katta yordam qiladi. Xulosa qilib aytganda maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda matematik tasavvurlarni shakllantirish axamiyati shundaki bolalarni maktabda matematika geometriya va chizmachilik fanlarini puxta egallashlariga asos bo’lib xizmat qiladi Nazorat savol va topshiri q lari 1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har to’lonlama rivojlantirishda va ularni maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning roli. 2. Matematik bilim berish vositalari nimalardan iborat. 5