Matn mutolaasi. “Turfa zakovatlar” nazariyasi asosidagi yondashuvlar
Matn mutolaasi. “ Turfa zakovatlar ” nazariyasi asosidagi yondashuvlar Reja: 1. Adabiy ta’limda o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Matn mutolaasi, mutolaa madaniyati. 3. Govard Gardnerning “Turfa zakovatlar” nazariyasi va badiiy matn tahlili.
Adabiyot o‘qitishning hayot bilan chambarchas bog‘liqligi, shaxs ma’naviyatiga daxldorlik, adabiy ta’limni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish g‘oyatda murakkab jarayon bo‘lib, uni birgina adabiyot darslari vositasida amalga oshirish mushkuldir. Zero, adabiyot fanini o‘qitish o‘quvchilarni adabiyotshunos qilib tarbiyalash vazifasiga emas, balki o‘z taqdirini yurt ravnaqi va xalq farovonligi bilan chambarchas bog‘laydigan yuksak ma’naviyatli shaxslar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgandir. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya sohasidagi yutuq va muammolarni tahlil qilar ekan, yoshlarning kitobxonlik darajasi pasayib, ko‘p vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazayotganiga alohida e’tibor qaratgan holda “Bugungi kunda axborot tarqatish, axborot almashishning tezligi va mukammalligi bo‘yicha internetning o‘rnini bosadigan boshqa vosita yo‘qligini albatta yaxshi bilaman. Ammo farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o‘tgan, yuksak ma’naviyat manbai bo‘lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki biz uchun yot bo‘lgan g‘oyalarni yoshlarimiz ongiga singdirayotgan zararli axborotlar asosida shakllanishiga men mutlaqo qarshiman. Eng muhimi, farzandlarimizda yoshlik chog‘idan boshlab kitobga mehr qo‘yish, mustaqil fikr yuritish, murakkab hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri javob topish ko‘nikmasini shakllantirishimiz, buning uchun tegishli tashkiliy ishlarni amalga oshirishimiz darkor” degan fikrlari masalaning g‘oyat dolzarbligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularni so‘z san’atining sehrli olamiga yetaklab kirish, ma’naviy kamolot tarbiyasi adabiyot o‘qituvchisining g‘oyat muhim va zaruriy vazifalaridan hisoblanadi. Adabiyotdan dars soatlarining cheklanganligi va dastur mavzularining siqiqligi o‘quvchilarni qiziqtiradigan barcha savollarga ham javob topish imkonini beravermaydi. Vaziyatdan chiqishning birdan bir yo‘li mustaqil mutolaani qat’iy reja asosida amalga oshirishdir. Mutolaa – ota-onalar va o‘qituvchilarning savodli hamkorligi ta’sirida bolaning so‘zlarni ko‘rish va tanish, ma’nosini tushunish, mazmun-mohiyatini anglash hamda og‘zaki faoliyat yuritish hodisasidir. Mutolaa, shuningdek,
shaxsning o‘zligini tanishga yo‘naltirilgan faoliyati bo‘lib, buning natijasida unda yangi sifat-xususiyatlar vujudga keladi. Inson hayoti davomida o‘ziga singdirgan mana shu mehnat elementlari orqali shaxsiy tarbiyaning takrorlanmas shaklini yaratadi va bular mutolaani madaniyatning boshqa faoliyat turlaridan ajratib turadi. Natijada, mutolaa subyekt faoliyatini maqsadli harakatlar sari yo‘naltiruvchi evalyutsion jarayondir. Sotsiologiya fanlari doktori A.Umarov mutolaa madaniyatini “ijtimoiy guruhlar, uyushmalar va alohida individlarning umumiy ma’lumot olishga yo‘naltirilgan jarayon, xulq-atvor va faoliyatlari mazmuni hamda tarkibiy tizimlarida yuz beruvchi o‘zgarishlar majmuini ifodalovchi bilimlar, me’yorlar, ijtimoiy hodisalar va boshqa atributlar” (atribut – lotincha “attributum” – qo‘shib berilgan, ta’minlangan, qo‘shimcha qilingan”) deb biladi. Mutolaa madaniyatini shaklantirish zarurati o‘quvchilarning adabiyotdan qandaydir yangilikni bilib olishi bilangina bog‘liq emas. Mustaqil mutolaa jarayonlari milliy o‘zlikni, hayotning tub mohiyatini anglatish, fuqarolik burchi va axloqiy nuqtai nazarini mustahkamlash kabi mushtarak maqsadlar yo‘lida takomillashib, ijtimoiy- axloqiy va estetik ideallarni o‘zida aks ettiradi. Bolada mutolaa madaniyati elementlari dastlab oilaviy an’analar, ota-ona ibrati asosida asta-sekinlik bilan shakllanadi, keyinchalik ta’lim-tarbiya, mahalla, jamoatchilik kabi atrof-muhit ta’sirida faollashib, ehtiyojga aylana boradi. Psixologiyada ehtiyoj tushunchasiga subyekt va uning faoliyati o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘zida mujassam etuvchi kategoriya sifatida qaraladi. Mutolaa ehtiyoji shaxsda ixtiyoriy, erkin va ongli o‘qib-o‘rganish, estetik zavqlanish, huzurlanish va ilhomlanishga bo‘lgan moyilliklar negizida individual qiyofa kasb etadi. Binobarin, professor S.Matjonov ta’kidlagandek, “O‘quvchi o‘zi mutolaa qiladigan kitobi haqida qancha ko‘p ma’lumotga ega bo‘lsa, uni shu qadar chuqur o‘zlashtiradi, undagi nafosatni qalbdan his etadi. Buning uchun o‘quvchining o‘zi kitob orqali yangibir olam bilan tanishishga tayyor bo‘lishi, ya’ni ichdan ehtiyoj sezishi, majburiyat va mas’uliyat his qilishi kerak”. O‘qituvchi bu borada mutolaa uchun adabiyotlarni tanlab tavsiya qilishi, o‘z vaqtida asarlar ro‘yxatini yangilashi va mazmunini kengaytirib borishi, bunda har bir
o‘quvchining yosh va individual xususiyati hamda qiziqishini hisobga olishi zarur. Negaki, qiziqish o‘rganilayotgan asar mohiyatini chuqurroq idrok qilishga yordam beradi. Qiziqish va idrok o‘quvchining intellektual salohiyati bilan chambarchas bog‘liq. Psixologik nuqtayi nazardan yondashganda, qiziqish “shaxsning muayyan voqelikdagi, muayyan vaziyatdagi turli narsa va hodisalarga tanlab munosabatda bo‘lishida, insonning o‘ziga xos qaror qabul qilishida, o‘zini o‘zi nazorat eta bilishida, maqsadga intilishida, yuzaga kelgan obyektiv va subyektiv to‘siqlarni yengishida ifodalanadi”. Ilmiy manbalarda “intellekt” (lotincha “intellectus”) so‘zi aql, idrok, tasavvur kabi ma’nolarni anglatib, kishining anglash, tushunish, fahmlash, bir so‘z bilan aytganda, aqliy rivojlanganlik darajasini belgilashi qayd etiladi. Bizningcha, intellekt shaxsning muayyan darajada mustahkam, barqaror aqliy, ruhiy qobiliyatlari majmuasidir. O‘quvchilarning intellektual salohiyatni rivojlantirishda mutolaa asoslarini o‘ziga singdirish va o‘zlashtirish qatorida bilimlarini qiyoslash, tahlil qilish, sintezlash, abstraktlash, umumlashtirish va ulardan amalda oqilona foydalanish tajribasini orttirish bilan bog‘liq malakalarga ega bo‘lishi talab etiladi. Idrok faoliyati insonning egallagan bilimi, orttirgan tajribalari hamda murakkab analitik-sintetik harakatlar tizimi zamirida shakllanadi. Narsa va hodisalarni umumlashgan tarzda aks ettirish mazkur tushunchaga xos muhim xususiyatlardan biri bo‘lib, bu turli vaziyat, sharoit va jabhalarda faol va bevosita aks ettirish imkoniyati mavjudligi bilan xarakterlanadi. Badiiy asarni idrok etish matn mazmunini tushunish va anglash jarayoni bilan uzviylikda kechadi. Idrok qilish asosida estetik his-tuyg‘ular, badiiy tafakkur shakllanadi, tasavvurlar hosil bo‘ladi. Natijada o‘quvchilar tafakkuri voqelikka yaqinlashadi. Metodist olima R.Niyozmetova adabiy materiallarni o‘rganishning pedagogik-psixologik asoslarini tadqiq qilar ekan, kitobxonning obrazli aniqlashtirish va umumlashtirish kabi analitik-sintetik faoliyati nazarda tutilishiga alohida urg‘u beradi. O‘quvchi o‘rganilayotganasar mohiyatini qanchalik tez, to‘la va aniq idrok qilsa, aqlan va ruhan boyishiga zamin yaratiladi. Zero, idrok qilish yo‘li bilan hosil qilingan bilim, badiiy obraz yoki obrazli umumlashmalar xotirada uzoq vaqt saqlanib qolishiga muvaffaq bo‘linadi. O‘quvchilar o‘zida shaxsning eng
qimmatli fazilatlarini, o‘quv va mexnat malakalarini ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam ravishda egallab borishga, shaxsning muayyan bir fazilatlari va xislatlarini hosil qilishga harakat qiladilar; o‘z-o‘zini tarbiyalash muammolarini, yaxlit ma’naviy-ruxiy qiyofani shakllantirishga intiladilar. O‘quvchilarning o‘z- o‘zini tarbiyalash jarayoni o‘quv muassasa jamoat tashkilotlari, pedagoglar jamoasining tarbiyaviy ta’siri doirasida bo‘lmog‘i shart. Toki o‘z-o‘zini tarbiyalashni takomillashtirish jamoada munosib o‘rin egallashga, ijtimoiy burchni anglash, foydali mexnatga jalb etish ishiga xizmat qilsin. O‘z-o‘zini tarbiyalashni to‘g‘ri izga solib yuborish uchun uyg‘unbirlikni tashkil etgan tarbiyaviy chora- tadbirlar majmuasi tarzida tasir o‘tkazish jamoa majburiyati, o‘zaro yordam va nazorat qilish, o‘zaro baxolash va tanqid qilish kabilar maqsadga muvofiqdir. Mustaqil mutolaa “murakkab ijtimoiy-ruhiy jarayon bo‘lib, uning mohiyatini anglash tizimiy tahlil va sintezni uyg‘un tarzda amalga oshirish hamda mutolaa hodisasining tarkibiy tushunchalarini o‘rganishni taqozo etadi”. Demak, barkamol kitobxon tarbiyasida o‘quvchining ichki regulyatsiyasi, bilish jarayonlarini hisobga olish, milliy va zamonaviy pedagogikaning maqsad, shakl, vazifalari, shuningdek, oila, mahalla hamda o‘quv muassasalari hamkorligini yagona maqsad yo‘lida birlashtirish yaxlit tizim sanaladi. Bu borada ajdodlarimizning ma’rifatparvarlik g‘oyalari, adabiyot o‘qitish mazmunida belgilangan mezonlarga asoslanish, qolaversa, chet davlatlarning ilg‘or tajribalarini milliy metodika taraqqiyotiga hamohang yo‘naltirish har bir o‘quvchida mavjud intellekt turini safarbar qilish, ta’lim texnologiyalari ularning individual rivojlanishiga mos holda tuzilishi ustuvor masaladir. Mutolaa madaniyatini shakllantirishda zamonaviy pedagogika va psixologiya o‘quvchi rivojlanish darajasiga mos ish turlarini taqozo etadiki, faoliyatimizda Xorazmiyning sezgi orqali bilish, Forobiyning bilish qobiliyati, Beruniyning qiyoslash, Ibn Sinoning aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiya yaxlitligi, Navoiyning qobiliyatlar darajasida bilim berish haqidagi ta’limotlari qatori xorij tajribalarining zarur jihatlariga tayanish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Bu borada amerikalik pedagog J.Dyu ning konstruktivizm, shvetsariyalik psixolog