logo

MAXSUS FANLARNI O’QITISH JARAYONINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH, O’QUV MAQSADLARI VA MAZMUNINI BELGILASH HAMDA O’QITISH VOSITALARI VA DIDAKTIK MATERIALLAR TAYYORLASH

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

90.642578125 KB
MAXSUS   FANLARNI   O’QITISH   JARAYONINI   TASHKIL   ETISH   VA
O’TKAZISH,   O’QUV   MAQSADLARI   VA   MAZMUNINI   BELGILASH
HAMDA   O’QITISH   VOSITALARI   VA   DIDAKTIK   MATERIALLAR
TAYYORLASH
Reja:
O’qitish jarayoni tushunchasi. 
O’qitish jarayonini tashkil etishda dastlabki tayyorgarlik.
Nazariy, amaliy darslar tushunchasi.
Mutaxassislik fanlarini o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish. O’qitish jarayoni – pedagogning  va  u  rahbarlik  qilayotgan talabalarning nazariy
bilim,   amaliy   ko’nikma   hamda   malakalar   tizimlarini   ongli   ravishda   va   puxta
o’zlashtirishga  qaratilgan  izchil  xarakterlari majmuidan iborat.
O’qitish   talabalar   shaxsini   shakllantirishning,   ularni   aqliy   va   jismoniy   kamol
toptirishning,   umumiy   hamda   maxsus   bilim   berishning   eng   muhim   vositasidir.
O’qitish jarayoni davomida talabalarning bilim olish kuchlari rivojlantiriladi.
O’qitish   –   o’qituvchining   ta’lim   oluvchilarga   bilim,   ko’nikma   va   malakalar
tizimini   berish,   ularning   bilim   olish   va   ijodiy   qobiliyatlarini   rivojlantirish
borasidagi faoliyatidir.
O’qish – talabalarning o’quv fani materialini o’zlashtirish borasida qiladigan tizimi
va ongli mehnati.
O’qitish   ikki   tomonlama   jarayondir,     u   o’qituvchining   faoliyati   va   talabalar
faoliyatini   o’z   ichiga   oladi.   O’qituvchining   faoliyati   o’quv   materialini   bayon
qilishdan,   talabalarga   fanga   qiziqishni,   fikrlar   va   e’tiqodni   tarkib   toptirishdan,
hamda   talabalarning   mustaqil   mashg’ulotlariga   rahbarlik   qilish,   ularning   bilim,
ko’nikma va malakalarini tekshirish, shuningdek, baholashdan iborat.
O’qitish   jarayonining   ikkinchi   tomoni   talabaning   faoliyati   bo’lib,   u   o’quv   fani
materialini   o’zlashtirishdan   hamda   bilimlarni   o’zlashtirish   jarayonida   fikrlar   va
e’tiqodni hosil qilish yuzasidan olib boriladigan sistemali mehnatdan iborat.
       O’qitish mazmuni hamma vaqt tegishli o’quv fani dasturi bilan belgilanishini,
talabalarning   o’qishini   esa   o’qituvchi   yo’lga   solib   turishini   nazarda   tutib,
muvaffaqiyatli ta’lim berishning asosiy sharti ta’lim berish mazmuni,   o’qitish va
o’qish orasidagi chambarchas uzviy bog’lanish deb hisoblamoq kerak. 
          O’quv   jarayonining   to’g’ri   qo’yilishi   shu   bilan   xarakterlanadiki,   har   qaysi
bosqichda   talabalar   o’rganiladigan   materialni   tushunib   oladilar,   o’quv   va
malakalarini takomillashtiradilar, birorta yangi narsani idrok etadilar. O’qitishning   tashkiliy   ko’rinishlari   deganda,   o’qituvchi   va   ta’lim   oluvchilarning
maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda o’tadigan faoliyati
tushuniladi.
  O’qitishning u yoki bu tashkiliy ko’rinishi guruhli va individual o’qitishning har
xil ko’rinishida qo’shib olib borilishi,  o’qitishda ta’lim oluvchilar mustaqilligining
turli darajasi, talabalarning o’qishiga o’qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan
xarakterlanadi.
Mutaxassislik   fanlarini   o’rganishda   nazariy   va   amaliy   mashg’ulotlar   bir   vaqtda
o’tkazilsa   yaxshi   natija   beradi.   Bu   hol   mashg’ulotlar   sistemasini     rejalashtirishni
osonlashtiradi va darslarda mustaqil grafik ishlar va hisoblashlar, mashqlar va shu
kabilar   o’tkazishni   yengillashtiradi.   Pedagogik   adabiyotlarda   darslarni   ularning
belgilovchi   har   xil   alomatlari   asosida     klassifikatsiyalashning   turli     variantlari
keltiriladi.   Bunday   alomatlardan   biri   o’rganiladigan   materialning   mazmunidir.
Darslarni   klassifikatsiyalashning   boshqa   bir   alomati   ularni   o’tkazish   usullaridir.
O’tkazish   usullari   deganda   o’qituvchining   ma’lum   maqsadga   qaratilgan
faoliyatida,   darsni   o’tkazish   metodikasida   ifodalangan   tashkiliy   va   boshqa
momentlar majmui tushuniladi.
Shu   nuqtai     nazardan     darslarning     quyidagi     turlari     bo’ladi:   ma’ruza,   suhbat   va
ekskursiya   darslari,   videotasvir,   ta’lim   oluvchilarning   mustaqil   ishi   darsi,
laboratoriya ishi, amaliy ish, aralash dars va hokazolar.
1. O’qitish jarayonini tashkil 
etishda dastlabki 
tayyorgarlik
5. Nazariy va amaliy 
ko’nikmalarni baholash 2. O’quv maqsadlari va 
mazmunlarini belgilash
O’QITISH 
JARAYONI
4. Nazariy va amaliy 
mashg’ulotlarni o’tkazish 3. O’quv didaktik 
vositalar va materiallarni 
tayyorlash  2-rasm. O’qitish jarayonining ketma-ketlikda o’tkazilishi tuzilmasi.
Ko’p   hollarda   darslarni   asosiy   didaktik   maqsad   bo’yicha   klassifikatsiyasini   eng
ma’qul   deb   hisoblamoq   kerak.   Bu   klassifikatsiyani   eng     ma’qul   deb   aytishning
sababi   shundaki,  u  boshqa   hamma  narsadan   tashqari   darsning  o’quv  jarayonidagi
o’rnini hisobga oladi. Bu alomatga ko’ra  darslarni quyidagi  turlari mavjud: yangi
bilimni   bayon   etish     darslari,   bilimni     puxtalash,   takrorlash     va     umumlashtirish,
talabalarning bilim va malakalarini tekshirish, aralash darslari.
Mutaxassislik   fanlarini   o’qitish   jarayonini   2-rasmdagi   sxemaga   muvofiq   ketma-
ketlikda o’tkazish tavsiya etiladi.     
Ta’lim-tarbiya   maqsadlari:   ta’lim-tarbiyaning   maqsadi   ko’zlangan   aniq   natijaga
intilishdir.   Har   qanday   ta’lim-tarbiya   doimo   ma’lum   natijaga   qaratilgan
(yo’nalgan)   bo’ladi.   Ta’lim-tarbiya   ishining   barcha   kompon е ntlari:   mazmun,
tashkiliy shakl, m е tod va vositalari maqsadga bo’ysundiriladi: shuning uchun ham
p е dagogikada   maqsad   eng   muhim   muammolar   sirasiga   kiradi.   Bunda,   ta’lim
muassasalari   va   p е dagoglar   nimaga   intilishi   zarurligi,   qanday   natijaga   erishishi
k е rakligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim-tarbiya   ishi   umumiy   va   individual   maqsadlarga   ajratiladi.   Taraqqiyparvar
p е dagogikada   umumiy   va   individual   maqsadlarning   birligini   ta’minlash   g’oyasi
ilgari suriladi. 4. Nazariy va amaliy 
mashg’ulotlarni o’tkazish 3. O’quv didaktik 
vositalar va materiallarni 
tayyorlash Amaliy faoliyatda maqsad aniq vazifalar tizimi sifatida amalga oshiriladi. Maqsad
va vazifalar o’zaro yaxlit bo’lib, ular qismlar (kompon е nt) sifatida uyg’unlashadi.
Shuning   uchun   ham     ta’lim-tarbiya   maqsadi   d е ganda   y е chimini   topishi   zarur
bo’lgan   vazifalar   (masalalar)   tizimi   nazarda   tutiladi.   Odatda   yagona   maqsadga
ko’plab vazifalar (masalalar) y е chimini topish yo’li bilan erishiladi.
Kasbiy   ta’lim   maqsadlarini   b е lgilab   olish   ta’lim   m е todlarini   aniqlash,   to’g’ri
shakllantirish,   turlash   va   tizimlashtirish,   ya’ni   k е tma-k е t   masalalar   va   savollar
tarzida   ifodalash   o’qituvchi   kasbiy   faoliyatining   eng   murakkab   va   mas’uliyatli
bosqichi hisoblanadi.
Chunki   u   o’qituvchi   faoliyatining   k е yingi   bosqichlariga   yo’naltiruvchi   omil,
mo’ljal   sifatida   xizmat   qiladi.   Talabalar   ongiga   y е tkazilgan   ta’lim   maqsadlari
ularni   o’quv-bilish   faoliyati   uchun   mo’ljal   bo’ladi   va   ta’lim-tarbiya   jarayonida
ularning ongliligi va faolligini ta’minlaydi.
Ta’lim   maqsadlarini   ishlab   chiqishning   birinchi   bosqichida   o’qituvchi
tayyorlanayotgan   mutaxassisning   yozma   shakldagi   moduli   hisoblangan   malaka
talablarini   mukammal   o’rganishi   zarur.   Undan   so’ng   o’quv   r е jasi   o’rganilib,   o’zi
o’qitadigan   o’quv   pr е dm е tining   o’rni   va   boshqa   fanlar   bilan   aloqadorligi
aniqlanadi. O’qituvchi shu yo’l bilan o’zi o’qitadigan o’quv pr е dm е tini o’qitishdan
ko’zlangan   umumiy   maqsadni,   mutaxassis   faoliyatida   uchraydigan   muammoli
vaziyatlarni aniqlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shunday qilib, o’quv r е jasiga
kiritilgan   har   bir   o’quv   pr е dm е ti   malaka   talablariga   o’zining   ma’lum   ulushini
qo’shib,   bo’lajak   mutaxassislarda   ma’lum   bilim,   ko’nikma   va   malakalarni
shakllantirishni   ko’zda   tutadi.   Bularsiz   mutaxassis   o’ziga   yuklatilgan   lavozim
vazifalarni   to’laqonli   bajara   olmaydi.   Ta’lim   maqsadlarini   ishlab   chiqishning
ikkinchi   bosqichida   o’qituvchi   xususiy   maqsadlarni   aniqlab   oladi.   Bunda   o’quv
pr е dm е tining   namunaviy   dasturini   tahlil   etish   asosida   har   qaysi   bo’lim,   bob   va
faslda mavzuga t е gishli maqsadlar aniqlanadi. Aniqlangan maqsadga binoan o’quv
mat е rialining   mazmuni   va   o’zlashtirilish   r е jasi   darslik,   o’quv   qo’llanma   va   shu
kabi manbalarda qanday yoritilganligi aniqlanadi. Yuqorida   zikr   etilgan   fikr-mulohazalardan   shunday   xulosa   k е lib   chiqadiki,
p е dagogik jarayon har bir o’quv pr е dm е tining maqsadini b е lgilashdan boshlanadi.
Chunki   har   bir   nazariy   yoki   amaliy   mashg’ulot   aniq   maqsadlarni   ko’zda   tutadi.
Agar   o’quv   maqsadlari   b е lgilanmay   mashg’ulot   o’tkazilsa,   uning   mazmuniy   va
jarayoniy (prots е ssual) tuzilmasi buziladi.
Shu   o’rinda   bu   maqsadga   erishishda   quyidagi   omillar   o’z   ta’sirini   ko’rsatishi
mumkinligini nazarda tutish zarur. Bular: 
- o’qituvchining kasbiy mahorati; 
- o’quv mat е rialining xususiyatlar; 
- shart-sharoit va muhit;
- talabalarning ongliligi;
- mustaqilligi;
- faolligi;
- moddiy-t е xnik va ilmiy uslubiy ta’minot;
- ishtirokchilarning hamkorlik munosabatlari;
- vaqt va shu kabilar.
Shunday   qilib,   zamonaviy   darslar   bir-biriga   mushtarak   quyidagi   uch   maqsadni
ko’zda tutadi:
I.   Ta’limiy   maqsad   –   talabalar   bilimi,   ko’nikmasi   va   malakasida   (o’sish)
yuksalishning qanday darajada bo’lishi;
II. Tarbiyaviy maqsad – talaba shaxsida qanday sifat va fazilatlar tarkib topish va
rivojlantirish zarurligi;
III.   Rivojlantiruvchi   maqsad   –   talabalar   qanday   mantiqiy   op е ratsiyalar   va   aqliy
faoliyat usullarini o’zlashtirishlari hamda uning rivojlantiruvchi natijalarini ko’zda
tutadi. An’anaviy   tarzda   tarbiyaning   (qismlari)   yo’nalishlari   sifatida   quyidagilar   e’tirof
etiladi: aqliy, jismoniy. polit е xnik, axloqiy va est е tik m е hnat kabilar.
Dunyoqarash o’rganilayotgan ob’y е kt (jarayon, hodisa, pr е dm е t)ning mohiyati va
mazmunini   chuqur   tushunishni   ko’zda   tutadi.   Dunyoqarash   shaxsga   o’z   hayotini
ongli   tashkil   etish,   fikri   bilan   ishining   uyg’unligini   ta’minlagan   holda   ishlashga
imkon b е radi. 
Jismoniy   tarbiya   vazifalari:   sihat-salomatligini   mustahkamlash,   jismonan   to’g’ri
rivojlantirish,   aqliy   va   jismoniy   ishlash   qobiliyatini   oshirish,   tabiiy   sifat   va
xislatlarni rivojlantirish va takomillashtirish, yangi ko’rinishdagi hatti-harakatlarga
o’rgatish,   chidamlilik,   epchillik   kabi   ish-harakat   sifatlarini   rivojlantirish,
gigiy е naga   oid   malakalarni   shakllantirish,   axloqiy   sifatlarni   tarbiyalash   (botirlik,
sabr-toqatlilik, bir so’zlilik, javobgarlilik, jamoaviylik, tartib-intizomlilik), sport va
jismoniy   tarbiya   bilan   shug’ullanishga   bo’lgan   ehtiyojni   shakllantirish,   sog’lom,
baquvvat,   t е tik   bo’lishga   ishtiyoqni   rivojlantirish   kabilar.   Ta’lim   mazmunining
yaxlitligi   uning   tashkil   etuvchi   tarkibiy   qismlarining   birligidan   iborat.   Bularga
bilim,   ish-harakat   usullari,   ijodiy   faoliyat   tajribalari,   tashqi   olamga   (suhbat-
o’rganish,   m е hnat,   inson,   tabiat,   jamiyat   va   talabaning   o’z-o’ziga)   nisbatan   his-
tuyg’u va irodaviy munosabatlar kabilar kiradi. 
Kasbiy   ta’lim   p е dagogikasi   alohida   fan   va   o’quv   pr е dm е ti   sifatida   nazariy   va
t е xnologik vazifalarni bajaradi. Bu vazifalarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
1.   Nazariy   vazifalar   –   ilg’or   kasbiy   p е dagogik   tajribalarni   o’rganish,   kasbiy
ta’limning holatini aniqlash, tajriba-sinov ishlarini o’tkazish. 
2.   T е xnologik   vazifalari   –   m е todik   mat е riallar,   o’quv   r е ja,   dastur,   qo’llanmalar
ishlab chiqish,  p е dagogika yutuqlarini  amaliyotga  joriy etish,  tadqiqot  natijalarini
tahlil etish va h.k.
Kasb-hunar   p е dagogikasi   ilmiy   bilimlar   sohasi   sifatida   quyidagi   masalalarning
y е chimini topadi: 1.   Kasb-hunar   p е dagogikasida   kasbiy   ta’limning   nazariy-m е todologik   asoslari   va
tadqiqotlar o’tkazish m е todikasini ishlab chiqish.
2. Kasbiy ta’limning mohiyati, yo’nalishlari va vazifalarini asoslash.
3. Kasb-hunar p е dagogikasi g’oyalari va tarixini o’rganish.
4.   R е spublikamiz   va   ch е t   ellarda   kasbiy   ta’lim   holatini   o’rganish   hamda   tahlil
etish.
5. Kasbiy ta’lim-tarbiya va shaxsning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash.
6. Ta’lim standartlari va kasbiy ta’lim mazmunini asoslash.
7.   Kasbiy   ta’limning   samarali   m е todlari,   vositalari,   shakllari,   tizimlari   va
t е xnologiyalarini ishlab chiqish.
8.   Kasb   ta’limi   va   talabalarning   kasbiy   rivojlanish   jarayonining   prinsiplari,
m е todlari va boshqarish usullari tizimi hamda  monitoringini aniqlash.
Hozirgi   paytda   ta’lim-tarbiya   tizimida   o’qituvchining   tahsil   oluvchilar   bilan   jonli
muloqot   va   munosabati   muhim   ahamiyatga   ega   bo’lganligiga   qaramay,   u   yagona
axborot manbai bo’la olmasligi hayotiy haqiqat. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya
ishini   osonlashtiradigan   va   samaradorligini   oshirish   omillaridan   k е ng
foydalaniladi. Ana shunday omillardan biri o’qitishning t е xnikaviy vositalaridir.
Yuqori   malakali   mutaxassislarni   sifatini   oshirish   uchun   o’quv-moddiy   bazani
rivojlanganligi   darajasi   muhim   ahamiyatga   egadir.   O’quv   jarayoniga   zamonaviy
o’qitish   vositalarini   keng  tatbiq   etilishi   talabalarning   o’quv   idrok   etish   faoliyatini
yuqoriroq   darajada   tashkil   qilish,   talabalar   va   o’qituvchilar   mehnatining
intensivligini oshirish imkonini beradi. O’qitish vositalarini mohirlik bilan qo’llash
talabalar   mustaqilligini   oshirish,   mashg’ulotda   ularning   yakka   tartibda   va   guruhli
ishlarini   tashkil   etishning   imkoniyatini   kengaytirish,   aqliy   faollik   va   tashabbusni
rivojlantirishga   imkon   beradi.   O’qitishning   texnik   vositalari   –   texnik   qurilmalar
bo’lib,   ularning   yordamida   o’quv   axborotlari   talabalarga   yetkaziladi   va
ma’lumotlarning o’zlashtirilishi nazorat qilinadi.  Har bir aniq holda o’qitish vositalarini tanlash o’qitishning maqsadi va vazifalari,
mazmuni,   o’quv   jarayonining   qonuniyatlari,   o’qituvchilarning   idrok   etish
qobiliyatlari,   o’qitishning   qo’llanilayotgan   tashkiliy   shakllari   va   usullari,   o’qitish
vositalarining didaktik imkoniyatlariga bog’liqdir.
O’quv   jarayoni   uchta   asosiy   maqsadni   bajaradi:   ta’limiy,   tarbiyaviy   va
rivojlantiruvchi   maqsadlar.   Ushbu   maqsadlarni   amalga   oshirishda   barcha   ana  shu
kompleksli   jarayon   juda   muhim   ahamiyatga   ega.   O’quv   jarayonida   darsni   o’quv
vositalari   bilan   yoritishda   iqtisodiy   faktorni   hisobga   olishi   darkor.   Bir   tomondan
ta’lim   mazmuni,   vositalari,   ikkinchi   tomondan   ana   shunday   ta’lim   vositalarini
tanlab   tashkil   etish   va   ularning   ta’lim-tarbiya   jarayonidagi   vazifalarini   bajarish
muhim ahamiyatga ega.
Biz   mashg’ulot   davomida   mavzuga   oid   ma’lumotlarni   berishda   turli   didaktik
materiallardan   foydalanamiz.   Ushbu   materiallardan   bevosita   yoki   vositalar
yordamida foydalanishimiz mumkin. Avvalo biz didaktik materiallarning bevosita
qo’llaniladigan  oddiy turlari   bilan tanishib  chiqamiz.  Bunday  didaktik  materiallar
qanday maqsadda qo’llanilishiga qarab bir necha turlardan iborat bo’ladi (3-rasm).  3-rasm. Didaktik materiallar va vositalarning klassifikatsiyasi, jihozlanishi
Ko’rgazmali   materiallar.   Mashg’ulot   davomida   beriladigan   o’quv   materiali
talabalarga   og’zaki   usulda   yetkazishning   imkoni   bo’lmaganda   uni   albatta
ko’rgazmali   tarzda  berish  kerak bo’ladi. Bunday  didaktik  materiallar   ko’rgazmali
materiallar deyiladi.
Bular   axborotlarni   auditoriyadagi   barcha   talabalar   uchun   umumiy   berishga
mo’ljallangan.   Bunday   materiallardan   asosan   o’qituvchi   talabalarga   yangi
bilimlarni berishda, odatda nazariy mashg’ulotlarda foydalanadi. 
Ko’rgazmali materiallar o’quv axborotlarini grafik tasvirlagani uchun talabalarning
tushunishlarini osonlashtiradi.
Ko’rgazmali   materiallarning   bir   necha   turlari   bor.   Ularning   oddiysidan
murakkabiga   qarab   ko’rib   chiqsak.   Rasmlar   eng   oddiy   ko’rgazmali   material
hisoblanib,   uni   o’qituvchi   mavzuga   oid  ob’yektning   umumiy   ko’rinishi,   qismlari,
shakli,   nisbiy   o’lchamlarini   ko’rsatishda   foydalanadi.   Masalan,   texnologikМаteriallar  Vositalar  Jihozlanishi
Ko‘rgazma, tarqatma 
materiallar, o‘quv 
adabiyotlari, namuna 
materiallar, model, maket, 
stend. Foto, audio, proeksion 
materiallar. 
Televideo, elektron 
materiallar Fotografie, 
auditiv va proeksion 
vositalar. 
Televizion, 
video vositalar. 
Kompyuterlar, 
mashq qilish vositalari,  
trenajyorlar Ma’ruza zali, fan kabineti, 
laboratoriya va ustaxonalar. 
Telestudiya, 
ijod markazi, ishlab 
chiqarish ustaxonasi yoki 
uchastkasi mashinaning   tuzilishini,   har   tomonlama   ko’rinishini   tashkil   etuvchi   qismlarini
ko’rsatish mumkin. 
 
4-rasm. Oddiy didaktik materiallarning sinflanishi
Sxemalar   asosan   murakkab   ob’yektlarning   tuzilishi   va   ishlash   prinsipini
soddalashtirilgan   holda   tushuntirish   uchun   foydalaniladi.   Masalan,   texnologik ODDIY DIDAKTIK MATERIALLAR
Ko’rgazmali 
materiallar Tarqatma 
materiallar  Namuna 
materiallari An’anaviy o’quv 
adabiyotlari 
Rasmlar, sxemalar, 
chizmalar, 
jadvallar, 
diagrammalar, 
bannerlar, 
plakatlar  Те st materilallari, 
ахborot 
byulletenlari, 
topshiriq 
kartochkalari, 
anketalar, 
so’rovnomalarDarsliklar, o’quv va 
uslubiy 
qo’llanmalar, 
ma’ruza matnlari, 
uslubiy 
ko’rsatmalar, 
lug’atlar Tabiiy namunalar,  
tayyor mahsulotlar, 
mulyajlar, 
хоm ashyo 
namunalari mashina va mexanizmlarning elektrik, pnevmatik, gidravlik sxemalarini olishimiz
mumkin. 
Chizmalardan   mavzuga   oid   ob’yektlarni   chuqurroq   o’rganishda   foydalanamiz.
Masalan,  turli   detallarning  ish   chizmalaridan  foydalanib,   ularning  aniq  geometrik
o’lchamlari   va   shakli,   qanday   elementlardan   iboratligi   kabi   ma’lumotlarni
olishimiz mumkin. 
Jadvallar   mavzuga   oid   bir-biriga   bog’liq   bir   nechta   kattaliklarning   ma’lum   bir
tartib   asosida   joylashtirilgan   to’plamlaridir.   Ular   yordamida   kerakli   ma’lumotlar
hamda     kattaliklarni   olish   va   hisoblash   tez,   oson   kechadi.   Masalan,   jadvaldan
foydalanib istalgan markali podshipniklarning o’lchamlarini olishimiz mumkin. 
Diagrammalar   yordamida   bir   necha   parametrlarning   o’zaro   nisbatini   grafik
tasvirlashimiz   mumkin.   Diagrammalar   turli   ko’rinishda   tasvirlanishi   mumkin:
doiraviy,   ustunli,   chiziqli,   uch   o’lchamli   va   h.k.   Masalan,   korxona   ishlab
chiqarayotgan   mahsulotning   turli   yillardagi   hajmi   va   undan     keladigan   daromad
miqdorini uch o’lchamli ustunli diagramma yordamida tasvirlash mumkin. 
Plakatlar  ko’rgazmali   materiallarning  eng  universal   turi  bo’lib,  u  o’zida  yuqorida
keltirilgan   barcha   turdagi   ko’rgazmali   materiallarni   mujassamlashtirishi   mumkin.
Shuning   uchun   yuqorida   aytilgan   ko’rgazmali   materiallar   yordamida   o’quv
materiallarining alohida bir qismi to’g’risida ma’lumot bersak, plakatlardan, butun
bir   mavzuga   oid   barcha   ma’lumotlarni   berishda   foydalanishimiz   mumkin.
Masalan,   tokarlik   dastgohi   to’g’risidagi   plakatda   dastgohning   rasmi,   uning
kinematik   sxemasi,   uzatmalar   qutisining   ish   chizmasi,   tezliklar   va   uzatish
nisbatlari   jadvali,   ish   unumdorligi   grafigi   kabi   axborotlarning   bari   joylashgan
bo’ladi.   Shuning   uchun   ko’rgazmali   materiallarning   bu   turidan   juda   keng
foydalaniladi. 
An’anaviy   o’quv   adabiyotlari.   Ta’lim   berishda   talabalarning   bilim   olishlari,
mustaqil   o’qishlari   uchun   ularga   uslubiy   yordam   ko’rsatish   muhim   ahamiyatga
egadir.   Bunday   vaqtlarda   qo’llaniladigan   didaktik   materiallar   o’quv   adabiyotlari bo’lib,   ular   an’anaviy   (bosma)   va   elektron   ko’rinishlarda   bo’ladi.   Ular   darsliklar,
uslubiy   qo’llanma   va   ko’rsatmalar,   to’plamlar,   ma’lumotnomalar,   lug’atlar,
ma’ruzalar matni bo’lishi mumkin. Ulardan mashg’ulotlar davomida ham, mustaqil
ishlashda ham keng foydalaniladi. 
An’anaviy   o’quv   adabiyotlaridan   o’qituvchining   o’zi   ham,   talabalar   ham
foydalanishlari   mumkin.   Ularsiz   ta’lim   jarayonini   olib   borishning   imkoni   yo’q.
Shuning   uchun   ta’limning   o’quv-uslubiy   materiallar   bilan   etarli   darajada
ta’minlanganligi katta ahamiyatga ega.
Darsliklardan   nazariy   bilimlarni   olishda,   darsdan   tashqari   mustaqil   o’qish   uchun
foydalaniladi.   Misol   va   masalalar   to’plamlari,     ma’lumotnomalar,   lug’atlar   va
kataloglardan ko’proq amaliy mashg’ulotlar va mustaqil topshiriq bajarganda keng
foydalaniladi.   Mashg’ulot   davomida   yoki   mustaqil   ravishda   topshiriq
bajarayotganda   talabalarga   uslubiy   ko’rsatmalardan   foydalanish   yaxshi   samara
beradi.   Fanni   o’zlashtirishda   ma’ruzalar   matni   ham   talabalarga   yaqindan   yordam
beradi.
Tarqatma materiallar. Mashg’ulot davomida o’quv materiallarini guruhdagi har bir
talabaga   yoki   guruh   ichidagi   kichik   guruhchalarga   alohida   etkazishga   to’g’ri
keladi. Bunday vaqtda didaktik material tarqatib chiqiladi. Shuning uchun bunday
didaktik materiallar tarqatma materiallar deb yuritiladi. 
Didaktik   materiallarning   bu   turidan   asosan   talabalar   bilan   individual   yoki   kichik
guruhlarga   bo’lib   ishlashda,   amaliy   va   nazorat   mashg’ulotlarida   keng
foydalanamiz. Tarqatma materiallarning ham bir nechta turi bor. 
Test   materiallari   bizning   ta’lim   tizimimizda   ko’pdan   beri   qo’llanilib   kelinmoqda
va   bu   sohada   katta   tajriba   orttirilgan.   Talabalarning   bilimlarini   sinashda   ulardan
foydalanishning   ustunlik   tomonlari   shuki,   qisqa   vaqt   ichida,   istalgan   hajmdagi
o’quv   materiali   bo’yicha,   guruhdagi   talabalar   sonining   ko’pligidan   qat’iy   nazar
sinovni   o’tkazish   mumkin.   Odatda   testlar   bir   necha   mavzular   yoki   to’liq   fan
bo’yicha savollarni o’z ichiga oladi. Test materiallari asosan ikki qismdan iborat bo’ladi, savollar kitobchasi va javoblar
varag’i.   Ba’zan   savollarni   berishda   qo’shimcha   material   va   vositalardan   ham
foydalanilishi mumkin. 
Axborot byulletenlari tarqatma materiallarning yana bir turi bo’lib, ta’limda ilg’or
pedagogik texnologiyalarning qo’llanilishi natijasida ular juda takomillashib ketdi.
Nazariy mashg’ulot o’tish vaqtida talabalarga oldindan o’rganilayotgan mavzuning
matni berilishi mumkin. 
Amaliy mashg’ulot vaqtida muhokama qilinayotgan muammoga doir boshlang’ich
axborotlar   talabalarga   tarqatib   chiqilishi   mumkin.   Talabalarni   mashg’ulotlarga
tayyorlashda   ularni   oldindan   ba’zi   axborotlardan   xabardor   qilish,   ularning
boshlang’ich   axborotlarga   ega   bo’lishi   yoki   yangiliklardan   voqif   bo’lishi
mashg’ulot   oldiga   qo’yilgan   maqsadga   samarali   erishishga   yordam   beradi.
Shuning uchun bunday didaktik tarqatma materiallarni axborotnomalar deyishimiz
mumkin. 
Topshiriq   kartochkalari   deganda,   talabalar   bilan   amaliy  mashg’ulot   o’tayotganda,
ularning har biriga yoki kichik guruhchalariga turli beriladigan yozma topshiriqlar
tushuniladi. Bunday vaqtda qo’llaniladigan tarqatma didaktik materiallar topshiriq
kartochkalari   deyiladi.   Ular   laboratoriya   ishlari,   seminar   treningi,   grafik   ishlar,
misol   va   masalalar,   tajriba   ishlari,   kasb   mahoratiga   doir   va   h.k.   turdagi   amaliy
mashg’ulotlarga doir ishlab chiqilishi mumkin. Ular oldindan bajariladigan ishning
xususiyatlari va talabalarning individual qobiliyatlarini inobatga olgan holda ishlab
chiqiladi.   Unda   topshiriqqa   doir   tushuntiruvlar,   topshiriqning   sharti   va   namuna
berilishi mumkin. Natijada undan foydalanganda ham o’qituvchining vaqti tejaladi,
ham talabaning topshiriqni bajarishi oson kechadi. 
Anketalar   odatda   guruh   talabalaridan   ba’zi   bir   ma’lumotlarni   olishga   to’g’ri
kelganda,   biz   ularga   turli   savollar   bilan   murojaat   qilishimizga   to’g’ri   kelganda
qo’llaniladi.   Anketa   yordamida   goh   ochiq,   goh   yashirin   tartibda   talabalarning
munosabatlarini,   qiziqishlarini   va   boshqa   ma’lumotlarni   olishimiz   mumkin.   Bu
ma’lumotlar   asosida   olib   borilayotgan   ta’lim   va   tarbiya   ishlariga   kerakli o’zgartirishlar   kiritamiz.   Turli   o’quv-tarbiyaviy   ishlarni   yo’lga   qo’yishda   ham
foydalanishimiz mumkin.
Namuna materiallari. Turli  nazariy va amaliy mashg’ulotlarda yoki auditoriyadan
tashqari   mashg’ulotlarda   talabalarga   o’rganilayotgan   ob’yektlar   to’g’risida
gapirganda   imkon   qadar   ularning   namunalaridan   foydalanshimiz   kerak.   Bunday
didaktik materiallar namuna materiallari deyiladi. Ularni biz tabiiy namunalar, xom
ashyolarning   namunalari   va   tayyor   mahsulotlarning   namunalari   deb   farqlashimiz
mumkin. 
Tabiiy   namunalarga   tabiatdan   olingan,   inson   ta’sir   etmagan   narsalarni   olishimiz
mumkin. Masalan, qazilmalar, mineral boyliklar, paxta, o’rmon va h.k. Mana shu
tabiiy   namunalarga   ishlov   berish   natijasida   ularda   sifat   o’zgarishi   sodir   bo’ladi.
Bular paxtadan tola, daraxtdan taxta, rudadan temir va h.k. Bu namuna materiallar
endi xom ashyolarning namunalari hisoblanadi. 
Endi   xom   ashyolardan   tayyor   mahsulot   ishlab   chiqarishni   ko’rishimiz     mumkin.
Masalan:   toladan   gazlama,   taxtadan   mebel,   temirdan   detal   va  hokazo.   Bular   endi
tayyor mahsulotlarning namunalari sifatida qo’llaniladi. Ayrim vaqtda xom ashyo
va   tayyor   mahsulot   orasida   qat’iy   chegara   bo’lmaydi.   Toladan   gazlama   ishlab
chiqarilayotganda   gazlama   tayyor   mahsulot   sifatida   qaralsa,   gazlamadan   kiyim
tikilayotganda   gazlama   xom   ashyo   sifatida   qaralishi   tabiiy.   Namuna
materiallaridan   namoyish   qilishda,   tajriba   o’tkazishda,   texnologik   jarayonlarni
ko’rsatishda   qo’llash   mumkin.   Mashg’ulotlarda   namuna   materiallardan
foydalanilayotganda talabalarning tushunishlari va tasavvur qilishlari oson kechib,
ularning fanga bo’lgan  qiziqishlari oshadi. 
Yordamchi moslamalar va murakkab didaktik materiallar. Didaktik materiallardan
foydalanish   va   ularni   saqlashda   yordamchi   moslamalar   kerak   bo’ladi.   Ular
qo’llaniladigan didaktik materiallarga qarab turlicha bo’ladi. Masalan, ko’rgazmali
materiallar   uchun   ularni   osadigan   doskalar,   flipchartlar,   ramkalar,   ilgaklar,   sim
torlar zarur bo’ladi.  Tarqatma   materiallar   uchun   pinvand,   stol,   lototron,   ularni   saqlash   qutilari   kerak
bo’ladi. O’quv uslubiy materiallar uchun javonlar va stendlar kerak bo’lsa, namuna
materiallari   uchun   shkaflar   va   namoyish   stollari   kerak   bo’ladi.   Modellar   va
ko’chma   maketlarni   saqlash   uchun   maxsus   xonalar,   namoyish   qilish   uchun   esa
namoyish   stollari,  ko’chirish   aravachalari   bo’lishi   mumkin.  Ba’zan   model,   maket
va stendlardan foydalanish uchun elektr toki, yonilg’i, havo bosimi kabi manbalar
kerak bo’ladi. Buning uchun esa maxsus jihozlangan laboratoriya va ustaxonalarga
ehtiyoj tug’iladi.  
Didaktik   materiallar   hajmiy   o’lchamlarga   ega   bo’lsa   (namuna   materiallarini
hisobga   olmaganda),   o’rganilayotgan   materialning   harakat   va   xususiyatlarini
ko’rsata olsa yoki statsionar foydalanish xususiyatiga ega bo’lsa, ularni murakkab
didaktik   materiallar   deb   ataymiz.   Ularni   shartli   ravishda   sinflab   chiqishimiz
mumkin (5-rasm).
Murakkab didaktik materiallar 
Мodellar Мaketlar
Stendlar
 
Geometrik, fizik, 
funksional Mashina, jihoz, dastgoh, 
inshoot
Texнологик жараён Jarayonni yoki mavzuni 
o’rganish 5-rasm. Murakkab didaktik materiallarning klassifikatsiyasi
Modellar   –   ta’limda   qo’llaniladigan   didaktik   materiallarning   bir   turi   bo’lib,   ular
ilgarigi oddiy didaktik materiallardan hajmiy o’lchamga egaligi, harakatni ko’rsata
olishi,   qo’l   bilan   ushlab   ko’rish   va   uning   harakatini   boshqarish   mumkinligi   kabi
ustunliklari   bilan   farqlanadi.   Shuning   uchun   ulardan   foydalanganimizda   talabalar
o’rganilayotgan murakkab ob’yektlarni oson tasavvur qila oladilar. 
Modellar   ta’lim   muassasasiga   tayanch   oliy   ta’lim   muassasalaridan   tayyor   holda
ham   kelishi   mumkin,   ularni   o’quv   yurti   sharoitida   o’zimiz   ham   tayyorlashimiz
mumkin. 
Model – o’rganilayotgan ob’yektning o’ziga o’xshash qilib tayyorlangan prototipi
bo’lib,   u   har   tomonlama   soddalashtirgan   holda   tayyorlanadi.   Bu   modellashtirish
bo’lib,   tayyorlanayotgan   model   mos   masshtabga   keltiriladi.   Avvalo   geometrik
masshtabga e’tibor beriladi, ya’ni u auditoriya masshtabiga keltiriladi. 
Kichik   ob’yektlar   kattalashtirilishi,   katta   ob’yektlar   kichraytirilishi,   ba’zi
ob’yektlar,   o’lchamlari   bilan   auditoriya   masshtabiga   yaqin   bo’lsa,   o’z   kattaligida
tayyorlanishi   mumkin.   Natijada   ulardan   foydalanish   qulay   bo’ladi.   Modelimiz
harakatlanuvchi bo’lsa, kuch masshtabiga ham e’tibor berishimiz kerak. 
Harakatni beruvchi kuchlar, masalan, aylanma harakat, bosim, harorat, ishqalanish,
tok   kuchi   va   boshqa   kattaliklar   modelning   geometrik   o’lchamlariga   proporsional
bo’lishi   kerak.   Aks   holda,   kuch   model   o’lchamlariga   nisbatan   kichik   bo’lsa   yoki
katta bo’lsa, biz kerakli harakatni ko’rsata olmaymiz. 
Modelni imkon qadar soddalashtirish kerak. Unda asosiy geometrik elementlar va
asosiy ish bajaruvchi detallar bo’lishi kifoya, aks holda undan foydalanish noqulay
bo’lib qoladi. Modellarning asosan uchta turini farqlaymiz. Bular  geometrik, fizik
va funksional modellar.  Geometrik   modellar   o’rganilayotgan   ob’yektning   geometrik   xususiyatlari,   ya’ni
nisbiy   o’lchamlari,   shakli   va   geometrik   elementlari   to’g’risida   ma’lumot   beradi.
Masalan,   ichki   yonuv   dvigateli   silindri   va   porshenining   geometrik   modeli   uning
geometrik tuzilishi, nisbiy o’lchamlari to’g’risida ma’lumot beradi. 
Fizik   modellar   o’rganilayotgan   ob’yektning   fizik   xususiyatlarini   namoyon   qiladi.
Masalan, ishqalanish, bosim, harorat, magnit maydoni, aylanma harakat va boshqa
xususiyatlarni   ko’rsatish   uchun   fizik   modellardan   foydalanamiz.   Yuqoridagi
misolni davom ettirsak, ichki yonuv dvigateli silindri va porshenining fizik modeli
silindr   yonuv   kamerasida   temperatura   oshishi   natijasida   bosim   paydo   bo’lishi   va
porshenni harakat qilishga majbur etishini tushuntirishimiz mumkin. 
Funksional   modellar   murakkabligi   bilan   ajralib   turadi.   Ular   o’rganilayotgan
ob’yektning   bajaradigan   funksiyasini   ko’rsatish   uchun   mo’ljallangan   bo’lib,
yurgizish, ko’tarish, kesish kabi bajariladigan operatsiyalarni ko’rsatadi. Yuqorida
keltirilgan   misolni   rivojlantirsak,   ichki   yonuv   dvigatelidagi   porshenning
ilgarilanma   –   qaytma   harakati   tirsakli   valga   aylanma   harakatni   berishini   va
dvigatelning bajarayotgan funksiyasini ko’rsata olamiz. 
Maketlar modellarga nisbatan murakkabroq hisoblanib, bir nechta ob’yektlarni o’z
ichiga olishlari mumkin. Shu jihatdan maket tarkibida bir necha modellar bo’lishi
ham   mumkin.   Ular   texnologik   mashina   va   jihozlarning   maketlari,   bino   va
inshootlarning   maketlari   hamda   texnologik   jarayonning   maketlari   bo’lishi
mumkin. 
Texnologik mashina va jihozlarning maketlari yordamida ularning tuzilishi, ishlash
prinsipi   va   bajaradigan   texnologik   jarayonlarni   ko’rsatishimiz   mumkin.   Masalan,
parmalash   dastgohining   maketini   oladigan   bo’lsak,   unda   dastgohning   asosiy
elementlari:   zagotovkani   mahkamlash   stoli,   dastgoh   korpusi,   parma,
elektrodvigateli va reykadan tashkil topgan bo’lishi mumkin. 
Bino va inshootlarning maketlari esa turli korxonalardagi binolar va inshootlarning
tuzilishi,   joylashishi   va   bajaradigan   vazifasini   ko’rsatish   uchun   mo’ljallangan. Masalan,   turar   joy   binosining   maketi,   elevatorning   maketi.   Bunday   maketlarda
binoning   elementlari,   inshootning   tuzilishi,   qanday   texnologik   mashina   va
jihozlardan   iboratligi,   ular   o’zaro   qanday   texnologik   operatsiyalarni   bajarishini
ko’rsatishimiz mumkin. 
Texnologik jarayonlarning maketlari esa eng murakkab maketlar bo’lib, ular to’liq
korxona to’g’risida ma’lumot beruvchi bir majmuiy maketdir. Uning tarkibida turli
modellar,   texnologik   mashina   va   jihozlarning,   hamda   bino   va   inshootlarning
maketlari   ham   bo’lishi   mumkin.   Bunday   maketlar   yordamida   korxonaga   xom-
ashyo   keltirilishidan   mahsulot   ishlab   chiqarilgungacha   bajariladigan   texnologik
jarayonlar   yoki   boradigan   jarayonlar   immitatsiya   qilinishi   mumkin.   Natijada
talabalarda bu jarayonni o’rganishga qiziqish ortib, uni tasavvur qilish va tushunish
osonlashadi. Masalan, konserva zavodining maketini oladigan bo’lsak, bu maketda
korxonaning ishlab chiqarish binolari va inshootlari ketma–ket texnologik jarayon
asosida   joylashtirib   chiqilgan   bo’ladi.   Bunday   maketlarni   hatto   harakatlanuvchan
qilib   ham   tayyorlash   mumkin.   Umuman   olganda   bu   maketlar   talabalarga   kasb
mahoratini   rivojlantirishlariga,   mahsulotlarni   ishlab   chiqarish   jarayonida
texnologik   operatsiyalarni   ketma-ketligini   boshqarishni   o’rganishga   katta   yordam
beradi.
Stendlar   murakkab   ko’rgazmali   materiallar   sirasiga   kiruvchi   didaktik   materiallar
hisoblanadi.   Shuning   uchun   oddiy   ko’rgazmali   didaktik   materiallardan   farqli
ravishda ulardan asosan qo’zg’almas holda foydalaniladi. 
Stendlar   o’zida   bir   yo’nalishdagi   bir   necha   mavzular,   hatto   to’liq   fanni   ham
mujassamlashtirishi   mumkin.   Shuning   uchun   stendlarda   barcha   turdagi   didaktik
materiallardan   foydalansa   bo’ladi.   Ularda   umumlashtirilgan   holda   axborotlar
beriladi. 
Stendlar mavzularni, texnologik mashina va jihozlarni yoki texnologik jarayonlarni
o’rganishga   oid   bo’lishi   mumkin.   Mavzuni   o’rganishga   oid   stendlar   ijtimoiy,
iqtisodiy,   ma’muriy,   uslubiy   yo’nalishlarda   bo’lishi   mumkin.   Ular   qo’zg’almas
holda o’rnatilsa ham, undagi ma’lumotlar va materiallar doimo yangilanib turiladi. Masalan,   “Vodoprovod   jo’mragi”»   uzelining   chizmasi”   misolida   grafik
topshiriqlarni   bajarishga   doir   stendni   olsak.   Bunday   stendda   uzel   detallarining
eskizlari,   ish   chizmalari   va   uzelning   yig’ish   chizmasi,   mavzuga   oid   qisqacha
nazariy ma’lumotlar berilgan bo’ladi. 
Bundan   tashqari   namuna   sifatida   vodoprovod   jo’mragining   har   bir   detali   kerakli
qirqimlar   berilgan   holda,   alohida   ajratib   olinib,   stendning   tegishli   joyiga
mahkamlangan   bo’ladi.   Ularning   har   birining   eskizlari   va   ish   chizmalari   bajarib
ko’rsatilgan   bo’ladi.   Jo’mrakning   yig’ma   holdagi   birikmasi,   kerakli   qirqimlar
berilgan   holda,   tegishli   joyiga   mahkamlangan   bo’ladi.   Uning   eskizi   va   yig’ish
chizmasi ham ko’rsatiladi. Ushbu topshiriqni bajarishga doir uslubiy ko’rsatmalar,
baholash mezonlari kiritiladi, hamda topshiriq uchun yig’ma detallarning rasmlari
va variant nomerlari keltiriladi. 
Texnologik   mashinalar   va   jihozlarni   o’rganishga   oid   stendlar.   Masalan,   biror   bir
texnologik   mashina   stendi   yordamida   uning   turli   bosimlar   ostida   ishlashini   sinab
ko’rishimiz   mumkin.   Stendni   ishlatish   jarayonida   kerakli   parametrlarni   olishimiz
yoki   o’lchashimiz   mumkin.   Texnologik   mashinaning   tuzilishini   o’rganishimiz,
texnik   tavsiflari,   alohida   detal   va   mexanizmlari   to’g’risida   ma’lumotlar   olishimiz
mumkin. 
Texnologik   jarayonlarni   o’rganishga   doir   stendda   texnologik   jarayonning   ketma-
ketligi,   bajariladigan   operatsiyalar,   ularda   ishtirok   etuvchi   mashina   va   jihozlar,
qo’llanilgan   xom   ashyolar   va   tayyorlanadigan   mahsulotlar   namunalari   va   boshqa
ma’lumot   va   materiallar   keltirilgan   bo’ladi.   Masalan,   konserva   zavodining
harakatlanuvchi   maket-stendini   oladigan   bo’lsak,   bu   stendda   korxonaning   ishlab
chiqarish   sexidagi   texnologik   liniyaning   texnologik   jarayonni   amalga   oshirishini
o’rganishimiz   mumkin.   Bunda   o’rganilayotgan   jarayonda   qanaqa   mashina   va
jihozlar ishtirok etayotganligi, ularning o’zaro texnologik operatsiyalarni bajarishi,
xom-ashyoga   qanday   ishlov   berilib,   tayyor   mahsulot   qanday   chiqarilishini
o’rganishimiz   mumkin.   Bundan   tashqari   bu   jarayonning   ketma-ketligini
boshqarishni o’rganish mumkin. Demak,   o’qitishning   t е xnik   vositalari   d е ganda   ta’lim-tarbiya   jarayoni
ishtirokchilarining hamkorlik faoliyatini ta’minlab, uning samaradorligini oshirish,
ta’minlash maqsadida foydalaniladigan qurilmalar tizimi tushuniladi.
Barcha o’qitishning t е xnik vositalarini shartli ravishda uch asosiy guruhga bo’lish
mumkin:
-   audiovizual   vositalar   (kinopro е ktsiya,   diapro е ktsiya   va   epipro е ktsiyalar,   ovoz
yozib olish, t е l е vid е ni е , radio);
- jihozlar, uskuna va asboblar;
- dasturli (kompyut е rli) ta’lim vositalari.
O’qitishning   t е xnik   vositalaridan   ta’lim-tarbiya   jarayonining   tashkil   etuvchi
kompon е ntlari   bilan   uzviy   bog’liqlik   va   munosabatlarini   hisobga   olgan   holda
foydalanish   zarur.   Aks   holda   mashg’ulot   samarasini   umuman   yo’qqa   chiqarish
ham mumkin.
  Mashg’ulotda o’qitishning t е xnik vositalaridan foydalanish yordamchi xarakt е rga
ega   bo’lib,   ularni   tanlash,   ishlatish   vaqti   va   joyi   darsning   umumiy   r е jasida
maqsadlarga muvofiq ravishda b е lgilanadi.
  Hozirgi   paytda   ta’lim-tarbiya   jarayonida   o’qituvchining   jonli   muloqoti   muhim
ahamiyatga  ega   bo’lganligiga  qaramay,  u  yagona  axborot  manbai  bo’la  olmasligi
hayotiy haqiqat.
    O’quv   xonalarini   o’qitishning   t е xnik   vositalari   bilan   jihozlashda   quyidagi
t е xnikaviy-p е dagogik talablar qo’yiladi:
- o’quv xonalarini o’qitishning t е xnik vositalari bilan jihozlashda o’quv jarayonida
ulardan majmuaviy tarzda foydalanishni hisobga olish zarur;
-   o’quv   xonasining   istalgan   joyidan   yaxshi   ko’rish   va   eshitish   imkoniyatining
mavjudligi;
- o’quv xonasida, shovqin, yoritilganlik, namlik va kabilar m е ’yorini ta’minlashi; - oddiy, arzon, xavfsiz, uzoq muddat buzilmay ishlashi.
Ta’lim-tarbiya ishida t е xnik vositalardan foydalanish avvalo didaktik prinsiplarga
amal   qilishni   ko’zda   tutadi.   Masalan,   ko’rsatmalilik   printsipi   r е al   ob’y е kt   bilan
mavhum tasavvurning birligini ifodalaydi. 
  R е al ob’y е kt yoki uning tasvirini ko’rish (idrok etish) inson uchun uni bilishning
dastlabki va eng oddiy akti hisoblanadi, aniq tasavvurlar va mavhum tushunchalar
hosil qilish uchun asos vazifasini o’taydi.
Ta’lim-tarbiya   ishida   ko’rsatmalilik   tamoyiliga   amal   qilish   zaruriyati   insonning
fikrlash   xususiyatidan   k е lib   chiqadi.   Insonning   fikrlash   xususiyati   ma’lumdan
mavhum   tomon   rivojlanadi.   Tushuncha   va   mavhum   qonun-qoidalar   aniq
kuzatishlarga asoslansa, ularning mohiyat mazmuni ancha oson va t е z shakllanadi.
Inson tafakkurining rivojlanishi  uning yoshiga, hayotiy tajribasi  kabilarga bog’liq
bo’lib,   ta’lim-tarbiya   jarayonida   hisobga   olinishi,   aniq   dalillar   va   obrazlardan
ajralib qolmasligini talab etadi.
Tasviriy ko’rsatmalardan quyidagi hollarda foydalaniladi:
- o’rganiladigan ob’y е kt juda katta yoki kichik bo’lganda:
- o’rganiladigan ob’y е ktni b е vosita ko’rish mumkin emas:
- tushuncha va xulosalarni grafik tarzda ifodalash mumkin bo’lganda:
-   murakkab   ob’y е ktlarni   soddalashtirish   yoki   ishlash   tartibini   ko’rsatish   zarur
bo’lganda:
-   ob’y е ktning   eng   xarakt е rli   zamon   va   makondagi   holatni   qayd   etish   va
ko’rsatishda va shu kabilarda.
Ko’rsatmali qo’llanmalarga quyidagi talablar qo’yiladi:
- barcha talabalarga yaxshi ko’rinadigan darajada katta bo’lishi;
- o’quv xonasining istalgan joyidan b е malol o’qilishi; -   muhim   d е tallar   va   yozuvlarning   boshqa   diqqatni   o’ziga   tortuvchi   rang   bilan
alohida bo’yalishi;
- tasvirlar imkon qadar ob’ е ktning asl rangiga mos bo’lishi:
- tasvirlarning est е tik did bilan rasmiylashtirilishi:
- matnning haddan tashqari ko’p bo’lmasligi:
- tasvirlangan ob’ е ktlarning tabiiy vaziyatda ko’rsatilishi:
- masshtabga rioya qilishi:
- arzon, qulay, uzoq vaqt o’z holatida saqlanishi va shu kabilar.
Shu o’rinda ko’rsatmali qo’llanmadan foydalanish maqsad bo’lmay, balki natijaga
erishish vositasi ekanligini unutmaslik zarur.
Ko’rsatmali   qo’llanmalardan   foydalanishda   o’quv   mat е rialining   mazmuni   va
vaqtini   hisobga   olish   zarur.   Mashg’ulotda   ko’rsatmali   qo’llanmalardan   haddan
tashsari   ko’p   ham   foydalanish   yaxshi   natija   b е rmaydi.   Namoyish   qilinayotgan
mat е riallarni   idrok   etish   jarayonida   tahsil   oluvchilar   s е zgi   organlarining   (ko’rish,
eshitish,   hidlash,   ta’m   bilish)   ko’proq   jalb   etish   zarur.   O’qituvchining   so’zi   bilan
ko’rsatmalilikning   uyg’unligi   katta   ahamiyatga   ega.   Ko’rsatmali   qo’llanmadan
foydalanishganda   b е riladigan   izoh   tahsil   oluvchilar   diqqat-e’tiborini   asosiy
mat е riallarga qaratilishini ko’zda tutadi.
Ushbu   vositalardan   foydalanishda   ularni   muayyan   maqsad,   maxsus   soha   va
usullarga mos holda tanlash muhim o’rin tutadi. Eng   muhimi shundaki, amaliyot
o’qituvchisi  o’quv va ko’rgazmali vositalarni ishlata olishni  va ulardan maqsadga
muvofiq   va   oqilona   tarzda   foydalanishni   bilishi   k е rak.   T е xnik   vositalardan
foydalanilganda   yuzaga   k е ladigan   t е xnik   muammolarni   hal   qila   oladigan   bo’lishi
lozim.   Masalan:  tikuv mashinasi  ishida sodir  bo’ladigan nuqsonlarni  bartaraf  eta
bilishi,   asosiy   sozlanishlarni   bajarishi   va   mashinani   ishchi   holatiga   k е ltira   olish
k е rak,   ya’ni   o’z   kasbiy   sohasining   moyhir   ustasi   bo’lishi     k е rak.   Amaliyot
o’qituvchisi   o’z   kasbiy   sohasi   uchun   qanday   mat е riallar,   qanday   yangiliklar borligiga,   shuningd е k,   qaysi   maxsus   sohalarda   uning   o’zi   yangiliklar   qila   olishi
mumkinligi   yuzasidan   umumiy   tushunchaga   ega   bo’lishi   lozim.   Ko’pincha
o’qituvchilar doska tasvirlari, flipchart tasvirlari va proy е ktor slaydlari kabi vizual
vositalarni o’zlari ishlab chiqadilar.
O’quv va didaktik mat е riallarni tayyorlash. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun
manba mat е riali sifatida ishlatiladigan vositalarimizni quyidagicha farqlanadi:
  Ko’pincha   o’quv   mat е riallari   bir   paytning   o’zida   didaktik   mat е riallar   sifatida,
ya’ni o’qitish, o’rganish uchun ishlatiladi.
       ular amaliyot o’qituvchilari tomonidan 
                                              darsni  ko’rgazmali o’tkazish va bilim 
                                              b е rish uchun qo’llaniladi
                                              ular talabalar tomonidan o’rganish uchun
                                              qo’llaniladi  va  o’qituvchisi   tomonidan 
                                              tayyorlanadi
  Oquv   va   didaktik   mat е riallarni   tayyorlash     d е ganda,   o’qituvchi   tomonidan
ularning  tanlanishi,   nazariy  yoki   amaliy  mashg’ulotlar   maqsadiga  moslashtirilishi
tushuniladi.
  Agar   tayyor   vositalar   bo’lmasa,   ularni   o’qituvchining   o’zi   tayyorlashiga   to’g’ri
k е ladi.
 O’quv va didaktik mat е riallarni tayyorlashda amaliyot o’qituvchisi ch е garalangan
vaqt   va   t е xnik   imkoniyatlarini   inobatga   olgan   holda   e’tiborini   quyidagilarga
qaratishi lozim: O`quv matеriallari
Didaktik matеriallar  - ish varaqalari, tarqatmalar (bosilgan matnlar nusxalari), slaydlar, doska tasvirlari
uchun eskizlar;
-  yozma  topshiriqlar, yozma va og’zaki t е stlar uchun so’rov  qog’ozlari;
-  baholash varag’i, nazorat qog’ozi;
-   ish r е jalari, tashkiliy hujjatlar;
Nazariy darslar o’tkazish paytida amaliy ko’rsatmalar b е rilgan quyidagi   vositalar
ishlatiladi:
            Turi Ishlatish uchun ko’rsatmalar
O’quv kitoblari Kitobning   muayyan   b е tlarini   b е lgilab,   dars
r е jasiga kiritiladi
Tarqatma matеriallar O’quv   kitoblaridan   yoki   boshqa   manbalardan
saylanma nusxalar tayyorlanadi va ko’paytiriladi.
Doska tasvirlari Mavzu va grafiklarga eskizlar tayyorlash
Slaydlar Ular   nusxalash   apparatida   yoki   kompyut е rda
tayyorlanadi
Modеllar Ustaxonadagi   har   bir   prеdmеt   yaroqli   –   ham
yaxshi   ham   yomon   mahsulotlari   ko’rsatilishi
lozim.
Amaliy   mashg’ulotlar   yoki   amaliy   ish   jarayonlari   paytida   amaliy   ko’rsatmalar
bilan to’ldirilgan quyidagi vositalardan  foydalaniladi:
                 Turi Ishlatish uchun ko’rsatmalar
Tеxnik   chizmalar   (kinеmatik
sxеmalar, konstruktiv chizmalar) Buning uchun asl nusxalari maxsus jildlarda
to’planadi Ekspluatatsion ko’rsatmalar Nusxalardan   tarqatmalar   va   slaydlar
tayyorlash uchun ishlatiladi
Ish r е jalari va boshqa hujjatlar Faqat   nusxalar   ishlatiladi,   asl   nusxalari   esa
toza saqlanadi
Mod е llar, r е al jihozlar asboblar va
mahsulotlar Yaroqli   va   yaroqsiz   jihozlar,   yaxshi   va
yomon mahsulotlar sifatiga nisbatan yuzaga
k е lgan farqni ko’rsatib berishi mumkin
O’qituvchi uchun mat е riallar nafaqat sohaga t е gishli ma’lumotlarni, balki tashkiliy
ishlar, usul va natijalarni baholash borasidagi ma’lumotlarni ham o’z ichiga oladi.
Talabalar uchun mat е riallar esa qoida bo’yicha faqatgina sohaga t е gishli jihatlarni
o’z ichiga oladi.
Didaktik   mat е riallar   faqatgina   talabaga   mo’ljallangan   bo’lsa,   o’qitish
mat е riallardan farq qilishi mumkin. Masalan: topshiriqlar varaqlari, savolnomalar,
yo’naltiruvchi usul savollari va muayyan tarqatma mat е riallar.
Talabalarga   tarqatiladigan   mat е riallar   tarkibida   quyidagi   ma’lumotlar   bo’lishi
lozim:    
- sodda tilda yozilgan  o’quv mazmunlari;
- matnlarda bo’sh qoldirilgan joylar (talabalar  tomonidan to’ldirilishi uchun);
- talabaning erkin fikrlashiga imkoniyat b е ruvchi savollar;
-   ustaxonada   ishlash   uchun   mo’ljallangan,   ish   bosqichlari   ko’rsatilgan   tushunarli
chizmalar (eskizlar) va jadvallar;
- mat е rial, jihoz, asbob-uskunalar va yordamchi vositalar haqida ma’lumotlar.
Matn   tayyorlash   bo’yicha   eng   yangi   usullardan   biri   bu   matnlarni   ranglar   bilan
ajratish sanaladi: - oq qog’ozlar: mazmuniy jihatlar borasida matnlar (o’qituvchi va talabalar uchun);
- yashil qog’ozlar: talabalarga topshiriqlar;
-   qizil   qog’ozlar:   o’qituvchining   uslubiy   hujjatlari   va   topshiriqlarning   javob
varaqalari;
Ranglarni kodlash hujjatlaridan foydalanishni  y е ngillashtiradi. Xuddi shu usuldan
mazkur s е minar hujjatlarini tayyorlashda ham foydalaniladi.
    O’qitish   jarayonidagi   eng   muhim   vositalar   doskalar,   flipchartlar   va   kodoskop
(proy е ktor) hisoblanadi. O’qituvchi bu vositalar orqali ko’rgazmali  tus b е riladigan
namunalar   yaratishi   k е rak.   Bo’r   bilan   yoziladigan   doska   uchun   avval   qog’ozda
ishlangan   va   matnlar   bilan   to’ldirilgan   suratlar,   flipchartlar   uchun   esa   qoida
bo’yicha taqdimot namunalari bo’lishi mumkin. 
Doska   suratlari   uchun   namunalar   asosan   o’quv   adabiyotlaridan   olinishi   yoki
shaxsiy qarashlaridan k е lib chiqqan holda tayyorlanishi mumkin. Bunda ko’p vaqt
sarf   etmasdan oddiy shakllar orqali   tuzilgan grafiklar,   sx е malar,   diagramma va
shu kabilarni doskaga chizish mumkin. Matnlar uchun namunalar tayyorlash shart
emas.
Shunga   o’xshash   tarzda   flipchart   suratlarini   tayyorlash   mumkin.   Bu   usul   nazariy
dars yoki amaliy mashg’ulot tayyorlanishni y е ngillashtiradi.
Flipchart   bloklarini   birga   olib   yurish   mumkinligi   tufayli   tasvirlar   qog’ozlarga
to’g’ridan-to’g’ri tushirilishi mumkin.
Mashg’ulot   uchun   didaktik   materiallar   tanlanayotgan   va   tayyorlanayotgan   vaqtda
biz mavjud didaktik vositalarni, auditoriyaning jihozlanganligini namoyish qilishga
ajratiladigan vaqtni, axborotlar takrorlanmasligi va oddiysidan murakkabiga qarab
joylashtirilishini  hisobga  olishimiz  kerak.  Bularning hammasi  nazariy  mashg’ulot
uchun didaktik vositalar majmuasini tuzishni talab etadi. 
Amaliy   va   seminar   mashg’ulotlarida   didaktik   vositalarni   qo’llash.   Bu   turdagi
mashg’ulotlarda talabalarning olgan bilimlari mustahkamlanadi. Shuning uchun bu mashg’ulotlarda   qo’llaniladigan   materiallar   va   vositalar   talabalar   bilan   individual
yoki kichik guruhlarga bo’linib ishlashga qaratilgan. Bunda talabalar olgan nazariy
bilimlariga   tayanib   misol   va   masalalar,   topshiriq   va   mashqlarni   bajaradilar.
Seminar mashg’ulotlarida esa bahs-munozara yuritadilar.
Shuning   uchun   amaliy   va   seminar   mashg’ulotlarida   nazariy   mashg’ulotlardan
farqli ravishda qo’llaniladigan didaktik vositalar asosan talabalarning faoliyatlariga
qaratilgan   bo’lishi   kerak.   Buning   uchun   turli   sxema   va   chizmalar,   kartochka   va
axborot   bulletenlari,   uslubiy   ko’rsatma   va   darsliklarning   an’anaviy   va   elektron
variantlaridan foydalanadilar. 
Shularga   tayanib   o’qituvchi   mashg’ulot   senariysini   va   qo’llaniladigan   majmuani
ishlab   chiqishi   mumkin.   Masalan:   seminar   mavzusiga   oid   axborot   byulleteni
tarqatib chiqiladi.
Turli   muammoli   vaziyatlarda   ushbu   vositalarda   ish   bajarishni   rejalashtirish   va
tashkil etish lozim. Darslarga tayyorgarlik paytida barcha talablar, ko’rsatmalarga
amal  qilishi lozim. Bu quyidagilardan iborat: 6-rasm. Ta’lim vositalaridan kompleks foydalanish tuzilmasi
Kompleks   ta’limning   keyingi   bosqichi   –   didaktik   ishlar   va   sharoitlarni   hisobga
olgan holda  ta’lim   vositalaridan  foydalanishdan   iborat.  Turli  ta’lim   vositalarining
ish bajarishi turlicha, ularning didaktik ish bajarishi va sharoiti ham turli xil.  TA’LIM VOSITALARIDAN 
KOMPLEKS FOYDALANISH  
 O’quv materiali va o’quv 
dasturidagi barcha savolllarni 
qamrab olishi Ta’lim vositalarining didaktik 
xususiyatlarini hisobga olib 
ishlatilishi
O’quv jarayonidagi 
barcha zvenolarning 
qamrab olinishi Ta’lim jarayonida 
o’quv maqsadlarining 
amalga oshirilishi
Talaba va pedagoglar o’quv 
faoliyatidagi ta]lim vositalaridan 
foydalanishni to’liq ta’minlash Ekologik, ergonomic, gigienik, 
iqtisodiy talablar xafvsizligini 
inobatga olish              FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
 
1. Mirziyoev   Sh.M.   Milliy   taraqqiyot   yo‘limizni   qat’iyat   bilan   davom   ettirib,
yangi bosqichga ko‘taramiz. T.1. –Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.
2. Mirziyoev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   oliyjanob   xalqimix   bilan
quramiz. –T.;  O‘zbekiston.  2017.
3. Mirziyoev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   ma’nfatlarini   ta’minlash   –   yurt
taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasi   qabul   qilinganining   24   yiligiga   bag‘ishlangan   tantanali
marosimidagi marosimidagi ma’ruzasi. –Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.
4. Mirziyoev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. – Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.
5. Узбекистон   Президенти   Шавкат   Мирзиёев   2017—2021   йилларда
Узбекистонни   ривожлантиришнинг   бешта   устувор   йуналиши   буйича
хдракат стратегияси.  7 январ 2017 йил.
6. Азизхужаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик майорат. - Т.: Фан, 
2006.
7. Omonov X., Xo‘jayev N., Madyarova S., Eshchonov E. Pedagogik 
texnologiyalar va pedagogik mahorat. - T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009.
8. Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. - T.: IQTISOD-MOLIYa, 2011.

MAXSUS FANLARNI O’QITISH JARAYONINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH, O’QUV MAQSADLARI VA MAZMUNINI BELGILASH HAMDA O’QITISH VOSITALARI VA DIDAKTIK MATERIALLAR TAYYORLASH Reja: O’qitish jarayoni tushunchasi. O’qitish jarayonini tashkil etishda dastlabki tayyorgarlik. Nazariy, amaliy darslar tushunchasi. Mutaxassislik fanlarini o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish.

O’qitish jarayoni – pedagogning va u rahbarlik qilayotgan talabalarning nazariy bilim, amaliy ko’nikma hamda malakalar tizimlarini ongli ravishda va puxta o’zlashtirishga qaratilgan izchil xarakterlari majmuidan iborat. O’qitish talabalar shaxsini shakllantirishning, ularni aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda maxsus bilim berishning eng muhim vositasidir. O’qitish jarayoni davomida talabalarning bilim olish kuchlari rivojlantiriladi. O’qitish – o’qituvchining ta’lim oluvchilarga bilim, ko’nikma va malakalar tizimini berish, ularning bilim olish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyatidir. O’qish – talabalarning o’quv fani materialini o’zlashtirish borasida qiladigan tizimi va ongli mehnati. O’qitish ikki tomonlama jarayondir, u o’qituvchining faoliyati va talabalar faoliyatini o’z ichiga oladi. O’qituvchining faoliyati o’quv materialini bayon qilishdan, talabalarga fanga qiziqishni, fikrlar va e’tiqodni tarkib toptirishdan, hamda talabalarning mustaqil mashg’ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish, shuningdek, baholashdan iborat. O’qitish jarayonining ikkinchi tomoni talabaning faoliyati bo’lib, u o’quv fani materialini o’zlashtirishdan hamda bilimlarni o’zlashtirish jarayonida fikrlar va e’tiqodni hosil qilish yuzasidan olib boriladigan sistemali mehnatdan iborat. O’qitish mazmuni hamma vaqt tegishli o’quv fani dasturi bilan belgilanishini, talabalarning o’qishini esa o’qituvchi yo’lga solib turishini nazarda tutib, muvaffaqiyatli ta’lim berishning asosiy sharti ta’lim berish mazmuni, o’qitish va o’qish orasidagi chambarchas uzviy bog’lanish deb hisoblamoq kerak. O’quv jarayonining to’g’ri qo’yilishi shu bilan xarakterlanadiki, har qaysi bosqichda talabalar o’rganiladigan materialni tushunib oladilar, o’quv va malakalarini takomillashtiradilar, birorta yangi narsani idrok etadilar.

O’qitishning tashkiliy ko’rinishlari deganda, o’qituvchi va ta’lim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda o’tadigan faoliyati tushuniladi. O’qitishning u yoki bu tashkiliy ko’rinishi guruhli va individual o’qitishning har xil ko’rinishida qo’shib olib borilishi, o’qitishda ta’lim oluvchilar mustaqilligining turli darajasi, talabalarning o’qishiga o’qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan xarakterlanadi. Mutaxassislik fanlarini o’rganishda nazariy va amaliy mashg’ulotlar bir vaqtda o’tkazilsa yaxshi natija beradi. Bu hol mashg’ulotlar sistemasini rejalashtirishni osonlashtiradi va darslarda mustaqil grafik ishlar va hisoblashlar, mashqlar va shu kabilar o’tkazishni yengillashtiradi. Pedagogik adabiyotlarda darslarni ularning belgilovchi har xil alomatlari asosida klassifikatsiyalashning turli variantlari keltiriladi. Bunday alomatlardan biri o’rganiladigan materialning mazmunidir. Darslarni klassifikatsiyalashning boshqa bir alomati ularni o’tkazish usullaridir. O’tkazish usullari deganda o’qituvchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyatida, darsni o’tkazish metodikasida ifodalangan tashkiliy va boshqa momentlar majmui tushuniladi. Shu nuqtai nazardan darslarning quyidagi turlari bo’ladi: ma’ruza, suhbat va ekskursiya darslari, videotasvir, ta’lim oluvchilarning mustaqil ishi darsi, laboratoriya ishi, amaliy ish, aralash dars va hokazolar. 1. O’qitish jarayonini tashkil etishda dastlabki tayyorgarlik 5. Nazariy va amaliy ko’nikmalarni baholash 2. O’quv maqsadlari va mazmunlarini belgilash O’QITISH JARAYONI 4. Nazariy va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish 3. O’quv didaktik vositalar va materiallarni tayyorlash

2-rasm. O’qitish jarayonining ketma-ketlikda o’tkazilishi tuzilmasi. Ko’p hollarda darslarni asosiy didaktik maqsad bo’yicha klassifikatsiyasini eng ma’qul deb hisoblamoq kerak. Bu klassifikatsiyani eng ma’qul deb aytishning sababi shundaki, u boshqa hamma narsadan tashqari darsning o’quv jarayonidagi o’rnini hisobga oladi. Bu alomatga ko’ra darslarni quyidagi turlari mavjud: yangi bilimni bayon etish darslari, bilimni puxtalash, takrorlash va umumlashtirish, talabalarning bilim va malakalarini tekshirish, aralash darslari. Mutaxassislik fanlarini o’qitish jarayonini 2-rasmdagi sxemaga muvofiq ketma- ketlikda o’tkazish tavsiya etiladi. Ta’lim-tarbiya maqsadlari: ta’lim-tarbiyaning maqsadi ko’zlangan aniq natijaga intilishdir. Har qanday ta’lim-tarbiya doimo ma’lum natijaga qaratilgan (yo’nalgan) bo’ladi. Ta’lim-tarbiya ishining barcha kompon е ntlari: mazmun, tashkiliy shakl, m е tod va vositalari maqsadga bo’ysundiriladi: shuning uchun ham p е dagogikada maqsad eng muhim muammolar sirasiga kiradi. Bunda, ta’lim muassasalari va p е dagoglar nimaga intilishi zarurligi, qanday natijaga erishishi k е rakligini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim-tarbiya ishi umumiy va individual maqsadlarga ajratiladi. Taraqqiyparvar p е dagogikada umumiy va individual maqsadlarning birligini ta’minlash g’oyasi ilgari suriladi. 4. Nazariy va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish 3. O’quv didaktik vositalar va materiallarni tayyorlash

Amaliy faoliyatda maqsad aniq vazifalar tizimi sifatida amalga oshiriladi. Maqsad va vazifalar o’zaro yaxlit bo’lib, ular qismlar (kompon е nt) sifatida uyg’unlashadi. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya maqsadi d е ganda y е chimini topishi zarur bo’lgan vazifalar (masalalar) tizimi nazarda tutiladi. Odatda yagona maqsadga ko’plab vazifalar (masalalar) y е chimini topish yo’li bilan erishiladi. Kasbiy ta’lim maqsadlarini b е lgilab olish ta’lim m е todlarini aniqlash, to’g’ri shakllantirish, turlash va tizimlashtirish, ya’ni k е tma-k е t masalalar va savollar tarzida ifodalash o’qituvchi kasbiy faoliyatining eng murakkab va mas’uliyatli bosqichi hisoblanadi. Chunki u o’qituvchi faoliyatining k е yingi bosqichlariga yo’naltiruvchi omil, mo’ljal sifatida xizmat qiladi. Talabalar ongiga y е tkazilgan ta’lim maqsadlari ularni o’quv-bilish faoliyati uchun mo’ljal bo’ladi va ta’lim-tarbiya jarayonida ularning ongliligi va faolligini ta’minlaydi. Ta’lim maqsadlarini ishlab chiqishning birinchi bosqichida o’qituvchi tayyorlanayotgan mutaxassisning yozma shakldagi moduli hisoblangan malaka talablarini mukammal o’rganishi zarur. Undan so’ng o’quv r е jasi o’rganilib, o’zi o’qitadigan o’quv pr е dm е tining o’rni va boshqa fanlar bilan aloqadorligi aniqlanadi. O’qituvchi shu yo’l bilan o’zi o’qitadigan o’quv pr е dm е tini o’qitishdan ko’zlangan umumiy maqsadni, mutaxassis faoliyatida uchraydigan muammoli vaziyatlarni aniqlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shunday qilib, o’quv r е jasiga kiritilgan har bir o’quv pr е dm е ti malaka talablariga o’zining ma’lum ulushini qo’shib, bo’lajak mutaxassislarda ma’lum bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishni ko’zda tutadi. Bularsiz mutaxassis o’ziga yuklatilgan lavozim vazifalarni to’laqonli bajara olmaydi. Ta’lim maqsadlarini ishlab chiqishning ikkinchi bosqichida o’qituvchi xususiy maqsadlarni aniqlab oladi. Bunda o’quv pr е dm е tining namunaviy dasturini tahlil etish asosida har qaysi bo’lim, bob va faslda mavzuga t е gishli maqsadlar aniqlanadi. Aniqlangan maqsadga binoan o’quv mat е rialining mazmuni va o’zlashtirilish r е jasi darslik, o’quv qo’llanma va shu kabi manbalarda qanday yoritilganligi aniqlanadi.