logo

MAXSUS FANLARNING O’QUV-USLUBIY TA’MINOTINI ISHLAB CHIQISH

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

27.1494140625 KB
MAXSUS FANLARNING O’QUV-USLUBIY TA’MINOTINI ISHLAB
CHIQISH
                                  Reja:
Darslik va uning turlari. 
O’quv – uslubiy majmua. 
O’quv – metodik majmua.
Didaktik o’quv vositalari. Kadrlar  tayyorlash  milliy dasturida ta’lim jarayoni  mazmunini isloh qilish asosan
me’yoriy hujjatlar majmui (davlat ta’lim standarti, malaka talablari, o’quv rejalari
va dasturlari) asosida  kadrlarga ta’lim va tarbiya berish milliy istiqlol g’oyalariga
muvofiq  amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o’tilgan.
Shuning   uchun   ham   mutaxassis   modelini   ishlab   chiqishda   shaxs,   davlat   va
jamiyatning   quyidagi   ehtiyoj   belgilarini,   ya’ni   muayyan   shaxs   ta’lim   oladigan
yo’nalish   bo’yicha   standartlari,   yo’nalishlari   va   mutaxassisliklari   bo’yicha
tasniflovchi   talablarini   e’tiborga   olish   zarur.   Albatta,   ishlab   chiqilgan   model
bitiruvchining   kasbiy-shaxsiy   sifatini   nazorat   qilish   tizimini   va   nazorat   qilish
texnologiyasini qamrab olishi kerak.       
Maxsus   fanlar   o’quv   -   uslubiy     ta’minotini   yaratishda   ta’lim   jarayonini   tashkil
etishda,   o’qitishning   samarali   usullarini   tanlashda,   ta’lim   mazmunini   belgilashda
o’ziga xos yondashuvni talab etadi.
               Darslik barcha ta’lim turlari va fanlar bo’yicha eng keng tarqalgan o’qitish
vositasi   bo’lib,   o’quv-uslubiy   ta’minotning   yetakchi   komponenti   hisoblanadi.
Shuning   uchun   maxsus   fanlar   bo’yicha   darsliklar   yaratish   jarayoniga   birinchi
navbatda   o’quv-uslubiy   ta’minotini   ishlab   chiquvchilar   jalb   qilinishi   kerak.
Maxsus   fanlardan   zamonaviy   o’quv-uslubiy   ta’minotni   ishlab   chiqish   uchun
mutaxassislar   tayyorlashda   o’quv-uslubiy   majmualarning   hozirgi   davrda   qay
darajada   o’quv   maqsadlari   va   vazifalariga   erishishni   ta’minlashini,   ularni   qaysi
didaktik tamoyillar  asosida tuzishni va ishlab chiqishni o’rganish lozim. 
Tadqiqotchilarning   ta’kidlashicha,   ta’lim   oluvchilarni   kasbga   va   mehnatga
tayyorlash   samaradorligi   asosan   o’quv-uslubiy   majmuasining   o’zaro   bog’liq
komponentlariga,   ya’ni   dasturdagi   o’quv   materialining   tuzilmasiga,   o’qitish
metodikasiga,   o’quv   adabiyotlari   va   ko’rgazmali   materiallariga   bog’liq   bo’ladi.
Ular o’quv–uslubiy majmuasini ta’lim oluvchilarni mehnatga va kasbga tayyorlash
bo’yicha o’qitish jarayonidagi funksiyalariga qarab  guruhlaydilar, ya’ni  me’yoriy
hujjatlarga   (o’quv   rejasi,   o’quv   dasturlari);   o’qitish   uchun   metodik   materiallarga
(xususiy   metodikalarni   ishlab   chiqish,   metodik   jurnallar);   talabalar   uchun   o’quv adabiyotlari (darsliklar, didaktik materiallar, tajriba va amaliy mashg’ulotlar uchun
uslubiy   qo’llanmalar)   va   ko’rgazmali   materiallar   (rasmlar,   asl   namunalar   va
ob’yektlar).   Tadqiqotchilar   o’quv-uslubiy   majmuasining   asosiy   zvenosi   deb
darslikni hisoblaydilar. 
Ta’lim oluvchilarning mutaxassislik  fanidan ma’lum  bir texnikaviy va texnologik
topshiriqni mustaqil ravishda bajarishlari uchun ularning darsliklar, turli texnikaviy
adabiyotlar, uslubiy ko’rsatmalar, lug’atlar, chizmalar, sxemalar, mahsulotlar, xom
ashyo materiallari, maketlar va jihozlar, asbob va uskunalarni o’zida qamrab olgan
o’quv-uslubiy   majmualar   bilan   ta’minlanishi   o’qitishni   faollashtiradi   va   ijodiy
yondashuvli ta’limni shakllantiradi.
O’quv-uslubiy   majmua   –   to’plam   sifatida   emas,   balki   alohida   komponentlarning
funksiyalari   jihatidan   o’zaro   almashinuvchanligi   mumkin     bo’lgan   o’qitish
vositalari tizimi sifatida ishlab chiqilishi  kerak. Bu – didaktik vositalarning ochiq
tizimi   bo’lib,   darslik,   o’quv   va     uslubiy   qo’llanmalardan   tashqari   turli   xil
adabiyotlarni   ham   o’zida   qamrab   oladi.   Ushbu   o’quv-uslubiy   majmua
tuzilmasidagi   invariant   mazmunning   tashuvchisi   bo’lib,   tayyorgarlik   yo’nalishi
bo’yicha   asosiy   tushunchalar   va   terminlarning   lug’at-ma’lumotnomasi   xizmat
qilishi mumkin. Qolgan ma’lumot beruvchi materiallar variativ hisoblanadi. 
Mutaxassislik   fanlari   bo’yicha   o’quv-uslubiy   majmualarning   asosiy   qismlariga
quyidagilar kiradi:
mutaxassislik   fanining   mazmunini,   hajmini   va   o’qitish   tartibini   belgilovchi
hujjatlar   va   materiallar   (o’quv   rejasi,   o’quv   dasturi,   fanni   o’qitish   metodikasi   va
boshqalar);
o’quv   jarayonini   nazorat   qilish   hamda   bilimlarni   mustahkamlash   bo’yicha
materiallar va hujjatlar; 
o’quv-uslubiy   materiallar   (darsliklar,   o’quv   qo’llanmalar,   mavzuiy   rejalar   va
boshqalar);   mustaqil   o’rganish   va   bilimlarni   mustahkamlash   bo’yicha   manbalar   (mustaqil
o’rganish   bo’yicha   kitoblar,   lug’atlar,   ma’lumotlar   to’plami,   qayta   takrorlash
uchun ko’rsatmalar, praktikumlar va boshqalar);
  o’quv   tarbiya   jarayonining   texnologik   jihatlarini   ta’minlovchi   materiallar   (asl
ob’yektlar   va   narsalar,   asboblar,   modellar,   maketlar,   plakatlar,   tarqatma
materiallar,   kompyuter   texnikalari   uchun   vositalar,   proyeksion,   diakino   va   video
texnikalar);
o’qituvchilar uchun mo’ljallangan o’quv- uslubiy materiallar.
    O’quv-uslubiy majmuaga kiruvchi komponentlarning mazmuni va tarkibi o’quv
predmetining   turi   bo’yicha   aniqlanadi.   Chunki   o’quv   predmetining   turi   bo’yicha
zaruriy   va   qo’shimcha   o’quv   materiallari,   mashqlar,   topshiriqlar,   mustaqil
o’rganish  bo’yicha materiallar  turlicha darajada  aniqlanadi.  Maxsus  fanlar   o’quv-
uslubiy   majmuasi   komponentlarining   va   o’qitish   metodikasining   mazmuni   ta’lim
turi   bo’yicha   ishlab   chiqilgan   Davlat   ta’lim   standarti   va   malaka   talablari   asosida
tuzilgan o’quv dasturiga muvofiq aniqlanadi.
Maxsus fanlar o’quv uslubiy majmuasiga kiruvchi har bir o’qitish vositasi didaktik
jihatdan   asoslangan   bo’lishi   kerak.   O’quv   majmuasining   barcha   o’qitish
vositalarida  asosiy  tushunchalar,  terminlar,  shartli  belgilar  bir  xil   bo’lishiga  rioya
qilinishi   hamda   talabalarning   mutaxassislik   fanlarini   o’rganish   bo’yicha   egallashi
kerak bo’lgan bilim va ko’nikmalarga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
    Mutaxassislik fanlarini o’qitish sifatini yaxshilash uchun o’quv-uslubiy majmua
tarkibiga quyidagi o’qitish vositalari kirishi kerak:
1. Asosiy o’qitish vositalari – tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha ta’lim standartlari,
o’quv rejalari va fan dasturlari, bosma  va elektron darsliklar, o’quv qo’llanmalar,
uslubiy qo’llanmalar, o’qituvchilar uchun metodik qo’llanmalar.
                  2.   Qo’shimcha   o’qitish   vositalari   –   dars   jarayonini   tashkil   etish   bo’yicha
yo’riqnoma,   mashq   va   masalalar   to’plami,   plakatlar,   slaydlar,   elektron
multimediali   o’quv   qo’llanmalar,   nazorat   va   test   savollari   to’plami,   tarqatma materiallar,   nazariy   va   amaliy   mashg’ulotlarni   tashkil   etish   bo’yicha   metodik
qo’llanmalar.
                    3.   Amaliy   o’qitish   vositalari   –   elektron   doskalar,   flipchart   doskalar,
videoko’zgu, multimedia, televizor, kompyuter, laboratoriya jihozlari, maketlar, asl
namunalar, mahsulotlar, mashinalar, uskunalar.
O’quv-uslubiy majmuasini yaratishda o’quv davri hajmi bo’yicha ilmiy texnikaviy
topshiriqlarni   ishlab   chiqish,   ta’lim   oluvchilarning   faoliyatidagi   psixologik
jihatlarini ham o’rganish talab qilinadi.
Mutaxassislik   fanlari   o’quv-uslubiy   majmuasini   tahlil   qilish   o’qituvchiga,
uslubchiga,   ishlab   chiqarish   ta’limi   ustasiga   mashg’ulotlarni   o’tkazish   uchun
kerakli o’qitish materiallarini loyihalash, ishlab chiqish va tayyorlash imkoniyatini
yaratadi. 
Mutaxassislik   fanlari   bo’yicha   o’quv   mashg’ulotlarini   o’quv-uslubiy   majmualar
yordamida   tashkil   qilish   va   o’tkazish   ta’lim   sifatini   yaxshilaydi,   ta’lim
oluvchilarning   mashg’ulot   davridagi   mehnat   faoliyatini   tashkil   qilishda,   ularda
ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yordam beradi. 
Ta’lim   maqsadlariga   erishish   uchun   mutaxassislik   fanlari   bo’yicha   o’quv-uslubiy
majmualarni  ishlab  chiqishda  quyidagi  umumiy talablar  bo’yicha komponentlarni
kiritish zaruriyati aniqlandi:
-   birinchidan,   ta’lim   muassasasida   samarali   o’qitishni   ta’minlash   uchun   bilim,
ko’nikma va malakalarni tizimlashtirish;
-   ikkinchidan,   mutaxassislik   fanlarini   kasbiy   faoliyatga   amaliy   jihatdan
yo’naltirish,   qaysiki,   amaliy   vaziyatlarda   qo’llash   uchun   etarli   va   mustahkam
bilim, ham da ko’nikmalarni ta’minlash kerak bo’ladi;
-   uchinchidan,   o’qitishning   tarbiyalovchi,   izlanuvchanlik   va   rivojlantiruvchi
funksiyalarini ku chaytirish kerak. Ishlab chiqilgan ama liy mashqlar va topshiriqlar
sistemasi   ta’lim   oluvchilarning   ijodiy   va   mustaqil   ishlash   qobiliyatlarini rivojlantirish   uchun   sharoit   yaratadi   (fikrlash,   taqqos lash,   tahlil   qilish,   xulosalar
chiqarish  va  boshqalar).  O’qitishning  tarbiyaviy  yo’naltirganligi   esa  talabalarning
mehnatga   estetik,   ekologik,   texnik   va   texnologik   jihatdan   tarbiyalashga
yo’naltirilgan topshiriqlar va mashqlarni tanla sh orqali ifodalanadi;
-   to’rtinchidan,   mutaxassislik   faniga   bo’lgan   qiziqishni   kuchaytirish.   Ta’lim
oluvchilarda   o’rganishga   bo’lgan   ijobiy   motivatsiyani   shakllantiruvchi   o’quv
materialla ri ishlab chiqish lozim.
Mutaxassislik   fanlari   o’quv-uslubiy   majmuasiga   qo’yiladigan   yuqorida
keltirilgan   talablardan   tashqari,   quyidagi   qo’shimcha   talablarni   kiritish   ham
maqsadga   erishishni   osonlashtiradi.   Mutaxassislik   fanlari   o’quv-uslubiy
majmuasida   tayyorgarlik   yo’nalishi   va   mutaxasisiligi   bo’yicha   ekologik,   tarixiy,
milliy va iqtisodiy aspektlarning yoritilishi, ta’lim oluvchilarga turli vaziyatlardagi
amaliy   faoliyatning   modeli   tavsiya   qilinishi,   ularning   ijodiy   faolligini   oshirishni
ta’minlashi kerak. 
Bizning   fikrimizcha,   mutaxassislik   fanlari   o’quv-uslubiy   majmuasining   asosiy
funksiyasi – talabalarning mustaqil bilim olish va mehnat faoliyatini rivojlantirish
uchun maqbul shart-sharoitlar yaratishdan iborat bo’lishi kerak.
Demak, maxsus fan o’quv-uslubiy majmuasi ta’lim jarayonida talabalarning
mustaqil   bilim   olish   va   mehnat   faoliyatini   amalga   oshirishni   ta’minlashi   lozim.
Erkinlashtirilgan   ta’lim   jarayonida   o’quv-uslubiy   majmuaning   yadrosi   bo’lib   –
mehnat   metodlari,   faoliyatlar   va   jarayonlar   ketma-ketligi,   usullari,   turlari   va
maqsadlari to’g’risida bilim uzatuvchilar xizmat qilishi kerak.
O’quv-metodik   majmua   –   malaka   talablari   va   fan   dasturida   belgilangan   talabalar
tomonidan   egallanishi   lozim   bo’lgan   bilim,   ko’nikma,   malaka   va
kompetensiyalarni   shakllantirishni,   o’quv   jarayonini   kompleks   loyihalash   asosida
kafolatlangan   natijalarni   olishni,   mustaqil   bilim   olish   va   o’rganishni   hamda
nazoratni   amalga   oshirishni   ta’minlaydigan,   talabaning   ijodiy   qobiliyatlarini
rivojlantirishga   yo’naltirilgan   o’quv-uslubiy   manbalar,   didaktik   vositalar   va materiallar, elektron ta’lim resurslari, o’qitish texnologiyasi, baholash metodlari va
mezonlarini o’z ichiga oladi.
Fanning   o’quv-metodik   majmuasi   komponentlarining   mazmuni   Davlat   ta’lim
standarti   asosida   tuzilgan   fan   dasturiga   muvofiq   hamda   shaxsga   yo’naltirilgan,
rivojlantiruvchi   va     texnologiyalari,   tamoyillari   va   talablari   asosida   ishlab
chiqiladi.  
O’quv-uslubiy   majmualarni     ishlab   chiqishda   yo’naltiruvchi   va   qiziqtiruvchi
bilimlar   spetsifikatsiyasining   yoritilishi   muhim   ahamiyatga   ega.   Bu   yerda   biz
xorijiy   davlatlarda   mutaxassislar   tayyorlash   tajribalariga   e’tibor   qaratadigan
bo’lsak,   ularda   o’qitishni   asosiy   tashkil   qilish   shakllari   sifatida   loyihalar   va
modullar   qo’llaniladi.   Bu   vositalar   talabalarning   mustaqil   bilim   olish   va   mehnat
faoliyatiga   yo’naltirilgan   bo’lib,   turli   o’quv-moddiy   bazalarda   ishlab   chiqiladi.
Asosiy o’qitish vositasi bo’lib modulli o’quv dasturlari hisoblanadi. Modulli o’quv
dasturlar   ta’lim   oluvchilarning   yo’nalishi   va   mutaxassisligi   bo’yicha   texnologik
jarayonlarning   bajarilishi   va   faoliyat   usullari   bo’yicha   yetarli   bilim   va
ko’nikmalarga   ega   bo’lishlari   uchun   turli   xildagi,   hajmdagi   va   murakkablikdagi
bilim  va mehnat topshiriqlari  sistemasini  qamrab oladi.   Faqatgina modulli  o’quv
dasturi   o’quv-uslubiy   majmuasining   asosiy   komponenti   bo’lib   xizmat   qiladi   va
o’quv materialini uzatishning esa yetakchi vositasi hisoblanadi. 
Shuning   uchun   ham   mutaxassislik   fanlari   bo’yicha   o’quv-uslubiy   majmuasining
mazmuni mustaqil va tugallangan o’quv jarayonini belgilovchi modul yoki bo’lim
ko’rinishida   ishlab   chiqilishi   kerakligi   tavsiya   etiladi.   Modulli   tuzilmali   o’quv-
uslubiy   majmua   o’qituvchi   uchun   metodik   apparat   bo’lib   xizmat   qiladi,   chunki
o’qituvchi   unga   kerakli   qo’shimchalar   kiritish   imkoniyatiga   ega   bo’ladi.   O’quv-
uslubiy   majmualarni   modulli   tuzilmasini   ishlab   chiqishda   ta’lim   oluvchilarning
individual ishlash, o’quv materialini samarali o’zlashtirish, mustaqil bilim olish va
mehnat faoliyatini rivojlantirish, bilim va ko’nikmalarni  faollashtirish kabi  asosiy
jihatlarga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega.  Ushbu   model   bo’yicha   modulli   o’quv   dasturida   har   bir   faoliyat   usuli   bo’yicha
nazariy   va   amaliy   ahamiyatga   ega   bo’lgan   o’zaro   bog’liq   mavzular   alohida
modullarga   guruhlashtiriladi.     Har   bir   modul   bo’yicha   o’quv   maqsadlari   va
mazmunlari   belgilanadi.   Har   bir   modul   o’zining   o’quv-uslubiy   ta’minotiga   ega
bo’lishi kerak.  
O’qitish   metodikasida   mutaxassislik   fanini   ushbu   o’quv-uslubiy   majmua   asosida
o’qitishni   tashkil   etish   va   o’tkazish,   yangi   pedagogik   texnologiyalarni   qo’llash,
talabalarning bilim hamda ko’nikmalarini baholash metodlari beriladi.
Modulli tuzilma ko’rinishidagi o’quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqish va ta’lim
jarayoniga tadbiq etish mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish imkonini beradi. 
“Rgos е ssus”   iborasi   lotinchada   “ilgari   harakatlanish”   o’zgarish   ma’nosini
anglatadi.   O’zb е k   tilida   uning   muqobili   sifatida   “jarayon”   tushunchasidan
foydalaniladi.
P е dagogik   jarayon   d е ganda,   o’qituvchi   va   talabaning   b е lgilangan   maqsadga
erishish   borasidagi   o’zaro   hamkorlik   faoliyati   tushuniladi.   Bunda   avvaldan
b е lgilangan   o’zgarish   holati   sodir   bo’lib,   talabaing   shaxsiy   sifat   va   xislatlari
o’zgaradi.   Boshqacha   aytganda,   ijtimoiy   tajriba   shaxs   sifat   va   fazilatlarga
aylantiriladi.   P е dagogik   manbalarda   ‘‘ta’lim-tarbiya   jarayoni"   iborasi   ham
sinonim   sifatida   ishlatilgan.   L е kin   rus   p е dagog   olimlari   P.F.Kapt е r е v,
A.I.Pink е vich,   Yu.K.Babanskiylarning   fikricha   “ta’lim-tarbiya   jarayoni”
tushunchasi   nisbatan   tor   ma’noni   anglatib,   yaxlitlik   xususiyatini   ochib   b е ra
olmaydi.   Ta’lim-tarbiya   va   rivojlanishning   birligini   ta’minlash   bilan   p е dagogik
jarayonning yaxlitligi va umumiyligiga erishiladi.
P е dagogik   jarayon   tizim   sifatida,   o’ziga   qator   o’zaro   aloqador   tarkibiy
el е m е ntlarni   qamrab   oladi.   P е dagogik   jarayonda   shakllantirish.   rivojlantirish,
tarbiyalash, shuningd е k, barcha shart-sharoitlar, shakllar va m е todlar o’zaro birikib
yagona yaxlitlikni hosil qiladi. P е dagogik   jarayonning   bunday   tarzda   tashkil   etilishi   uning   tashkil   etuvchi
el е m е ntlarini   aniq   ajratib   olish   bilan   birga   bu   el е m е ntlar   orasidagi   o’zaro
aloqadorlik va  munosabatlarni  tahlil  etish, shuningd е k, p е dagogik amaliyotda uni
boshqarish imkoniyatini b е radi.
Tuzilma   (lotincha   struktura,   tuzilish)   bu   tizimdagi   el е m е ntlarning   joylashishini
anglatadi.
Tizim   tuzilmasini   ma’lum   m е zonlarga   ko’ra   ajratiladigan   tarkibiy   qism
kompon е ntlar,   shuningd е k,   ular   orasidagi   aloqadorlik   tashkil   etadi.   Tizim
kompon е ntlarining   o’zaro   aloqadorligini   tushunish   bilangina   ushbu   jarayonning
sifat va samaradorligini oshirish muammosining y е chimini topish mumkin.
P е dagogik   jarayonning   ob’y е kti   bir   paytning   o’zida   sub’y е kt   hamdir.   Bu
jarayonning natijasi to’g’ridan-to’g’ri ishtirokchilarning o’zaro hamkorligi (ta’siri),
qo’llanilayotgan t е xnologiya va talabaga bog’liqdir.
P е dagogik   jarayonni   yaxlit   tizim   sifatida   tahlil   etish   uchun   tahlil   qilish
m е zonlarini   o’rnatish   zarur.   M е zon   sifatida   har   qanday   shart-sharoit,   erishilgan
natija, o’lchami olinishi mumkin. Muhimi u tizimni o’rganish maqsadlariga javob
b е rsa bas. 
Insonning   shakllanishiga   turli   xil   tashqi   shart-sharoit,   shu   jumladan,   g е ografik,
ijtimoiy muhit, maktab, oila, mahalla kabilar ta’sir ko’rsatadi.
Ta’limiy-tarbiyaviy   ta’sirning   samaradorligi   b е vosita   uning   maqsadga
yo’nalganligi,   muntazamliligi   va   malakali   boshqarilishi   (rahbarlik   qilishi)da   o’z
ifodasini   topadi.   Ta’lim-tarbiya   odam   rivojlanishini   maqsadga   bo’ysundiradi.   U
rivojlanishdagi   mavjud   kamchiliklarni   to’ldirish   omili.   Shuning   uchun   ham
talabaning   yo’nalganligi   va   qobiliyatini,   individual   xususiyatlari,   imkoniyatlarini
aniqlab   olish   ta’lim-tarbiya   ishidagi   muhim   vazifalardan   biridir.   Shaxsning
rivojlanishida uning shaxsiy faoliyati muhim ahamiyatga ega. “Qancha t е r to’kilsa,
shuncha yuqori darajadagi muvaffaqiyatga erishiladi” maqolida uning mohiyati o’z ifodasini topadi. Masalan, o’smirlarning asosiy faoliyat ko’rinishlari o’yin, suhbat-
o’rganish, m е nhatdir.
Faoliyat   yo’nalishi   bo’yicha   bilish   ijtimoiy,   sport,   badiiy,   t е xnik   kabi   turlarga
bo’linadi.   Faoliyatning   maxsus   ko’rinishi   bu   muloqotdir.   U   faol   va   sust   bo’lishi
mumkin. Faoliyat xo х ish bilan amalga oshirilgandagina yuqori natijalarga erishish
mumkin   bo’ladi.   Faol   o’quv-bilish   faoliyati   talabaga   ijtimoiy   tajribani   t е z   va
muvaffaqiyatli   o’zlashtirishga,   kommunikativ   qobiliyatlarini   rivojlantirishga,
tashqi   atrof-muhitga   nisbatan   ongli   munosabatni   shakllantirishga   imkon   b е radi.
Ukrainalik   p е dagog   olim   V.F.Shatalovning   fikricha,   barcha   muvaffaqiyatlar
asosida quyidagilar yotadi: yaxshi irsiyat, yaxshi muhit, oila, to’g’ri tashkil etilgan
o’quv-bilish faoliyati, talabalarning ongli munosabati, o’quv pr е dm е tiga qiziqishi,
o’qituvchi shaxsi va shu kabilar.
Avval aytib o’tilganid е k, p е dagogik jarayonning tizim hosil qiluvchi tarkibiy qismi
maqsad hisoblanadi.  U ta’lim-tarbiya natijasini  id е al holda tavsiflaydi. P е dagogik
tizim   maqsadni   mo’ljalga   olgan   holda   tashkil   etiladi   va   barcha   yaxlitlik   unga
bo’ysunadi.   Ta’lim   maqsadi   aniq   tarixiy   xarakt е rga   ega   bo’ladi.   Hozirgi   paytda
mustaqil   r е spublikamizda   global   ta’lim-tarbiya   maqsadi   barkamol   avlodni
tarbiyalashdan iborat.
P е dagogik   ta’sir   b е vosita   va   bilvosita   boshqariluvchan   va   boshqarilmaydigan
bo’lishi   mumkin.   Talabalarning   javob   r е aksiyalari   faol   yoki   sust,   qabul   qilingan
yoki   qabul   qilinmagan,   his-tuyg’uli   yoki   loqayd   (b е parvo,   b е farq)   bo’lishi
mumkin.
Hozirgi   paytda   p е dagog   olimlar   shunday   fikrga   k е lishganki,   bunga   ko’ra   inson
alohida   qismlarga   bo’linib   tarbiyalanmay   balki   “yaxlit   shaxs”   sifatida
tarbiyalanadi.   Yaxlit   p е dagogik   jarayonga   uning   tashqi   va   ichki   jihatlari   barcha
tashkiliy tarkibiy qismlar o’zaro ta’sirining birligi xarakt е rlidir. P е dagogik jarayon
p е dagogik tizim doirasida amalga oshiriladi. P е dagogik tizim tarkibiy qismlarining
o’zaro   ta’siridan   p е dagogik   jarayon   k е lib   chiqadi.   P е dagogik   tizim   o’z   navbatida p е dagogik jarayonning maqbul k е chishini ta’minlash maqsadida vujudga k е ladi va
faoliyat ko’rsatadi.
P е dagogik   jarayon   dinamik   tizim   bo’lib,   uning   maqsadi   tizim   hosil   qiluvchi
el е m е nti   hisoblanadi.   P е dagogik   jarayonda   maqsad   uning   barcha   tashkil   etuvchi
tarkibiy   qismlarini   tik   chiziq   bo’yicha   bir-biriga   bo’ysunishlarini   ta’min   etadi.
Tizimning   gorizontal   bo’yicha   muvofiqligini   esa   bu   jarayon   ishtirokchilarining
tayyorgarligi hamda rivojlanishi b е lgilaydi.
O’zlashtirish   ob’y е kti   ta’lim   mazmuni   hisoblanib,   ishtirokchilar   faoliyati   unga
qaratiladi.   Bu   faoliyat,   o’z   navbatida,   m е todlar,   vositalar   va   tashkiliy   shakllar
orqali amalga oshiriladi.
P е dagogik   jarayonning   natijalari   uning   maqsadiga   qiyoslanib   tahlil   etiladi.   Zarur
bo’lgan   xollarda   k е rakli   o’zgartirishlar   kiritilib,   p е dagogik   o’zaro   ta’sir   davom
ettiriladi.   Shunday   qilib,   p е dagogik   jarayon   o’z-o’zini   tuzatuvchi,   rivojlanib
takomillashib boruvchi tizim hisoblanadi.
Yaxlit pеdagogik jarayonning jihatlari
Jihatlar Pеdagogik jarayon
Maqsadi Ta’lim, tarbiya va shaxs rivojlanishini ta’minlash
Mazmuni Ta’lim   mazmunida   bilim,   ish-harakat   usullari   ijodiy   faoliyat
tajribalari;   tashqi   olamga   nisbatan   his-tuyg’u,   qadriyatlar   va
Protsеssual
(tashkiliy) Pеdagogik o’zaro, prеdmеt   va shaxsiy   o’zaro  ta’sir, ta’lim   va
mustaqil ravishda o’z ustida ishlashning birligi.
Opеratsion-
tеxnologik Pеdagogik   jarayonning   nisbatan   mustaqilligi,   barcha
komponеntlarining   ichki   yaxlitligi,   o’qitish   va   o’qish
Bu   tizimda   nisbatan   turg’un,   ya’ni   barqaror   (stabil),   uzoq   vaqt   o’zgarmaydigan
elеmеntlar   maqsad,   ishtirokchilari   va   ta’lim   mazmuni   hisoblanib,   uning
o’zgaruvchan   tarkibiy   qismlari   esa   mеtodlar,   vositalar,   tashkiliy   vositalaridir.   Bu
o’zgaruvchan   tarkibiy   qismlar   bilan   asosan   pеdagogik   jarayon   boshqariladi.
Shuning uchun ham  pеdagog va talabalarning o’zaro muloqoti hamda munosabati
natijasida ma’lum pеdagogik masala o’z yеchimini topadi. Pеdagogik jarayonning asosiy   boshlang’ich   munosabati   sifatida   tizimdagi   sub’yеktlarning   o’zaro
munosabati   e’tirof   etilgan.   Yaxlit   pеdagogik   jarayonda   ob’yеktiv   ravishda   yaxlit
ta’lim   mazmuni,   yaxlit   ishtirokchilar   faoliyati   o’z   ifodasini   topadi.   Ta’lim
mazmunining   yaxlitligi   uning   tashkil   etuvchi   tarkibiy   qismlarining   birligidan
iborat. Bularga bilim, ish-harakat usullari, ijodiy faoliyat tajribalari, tashqi olamga
(suhbat-o’rganish m е hnat, inson, tabiat, jamiyat va talabaning o’z-o’ziga) nisbatan
his-tuyg’u va irodaviy munosabatlar kabilar kiradi.
Kasb-hunar   p е dagogikasining   asosiy   vazifalariga   to’xtalamiz.   Kasbiy   ta’lim
p е dagogikasi   alohida   fan   va   o’quv   pr е dm е ti   sifatida   nazariy   va   t е xnologik
vazifalarni bajaradi. Bu vazifalarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
1.   Nazariy   vazifalar   -   ilg’or   kasbiy   p е dagogik   tajribalarni   o’rganish,   kasbiy
ta’limning holatini aniqlash, tajriba-sinov ishlarini o’tkazish; 
2.   T е xnologik   vazifalari   -   m е todik   mat е riallar,   o’quv   r е ja,   dastur,   qo’llanmalar
ishlab chiqish,  p е dagogika yutuqlarini  amaliyotga  joriy etish,  tadqiqot  natijalarini
tahlil etish va h.k.
Kasb-hunar   p е dagogikasi   ilmiy   bilimlar   sohasi   sifatida   quyidagi   masalalarning
y е chimini topadi:
1.   Kasb-hunar   p е dagogikasida   kasbiy   ta’limning   nazariy-m е todologik   asoslari   va
tadqiqotlar o’tkazish m е todikasini ishlab chiqish.
2. Kasbiy ta’limning mohiyati, yo’nalishlari va vazifalarini asoslash.
3. Kasb-hunar p е dagogikasi g’oyalari va tarixini o’rganish.
4.   R е spublikamiz   va   ch е t   ellarda   kasbiy   ta’lim   holatini   o’rganish   hamda   tahlil
etish.
5. Kasbiy ta’lim-tarbiya va shaxsning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash.
6. Ta’lim standartlari va kasbiy ta’lim mazmunini asoslash. 7.   Kasbiy   ta’limning   samarali   m е todlari,   vositalari,   shakllari,   tizimlari   va
t е xnologiyalarini ishlab chiqish.
8.   Kasb   ta’limi   va   talabalarning   kasbiy   rivojlanish   jarayonining   prinsiplari,
m е todlari va boshqarish usullari tizimi hamda monitoringini aniqlash.
Kasbiy   p е dagogikaning   har   bir   sohasini   o’z   ob’y е kti   va   pr е dm е ti   mavjud   bo’lib,
ular quyidagicha guruhlanishi mumkin:
Soha Ob’yеkt Prеdmеt
Boshlang’ich
kasbiy   ta’lim
pеdagogikasi Boshlang’ich   kasbiy   ta’lim
tizimi   (umumiy   o’rta   ta’lim
va   qisqa   muddatli   kurslar Boshlang’ich   kasbiy   bilim,
ko’nikma   va   malakaga   ega   kasb-
hunar   sohiblari   (tor   ixtisoslik
O’rta kasb-hunar
talimi
pеdagogikasi Professional   ta’lim
muassasalaridagi   kasbiy
p е da gogik jarayon Yuqori   malakali,   k е ng   ixtisoslikka
ega kichik mutaxassislar tayyorlash
Oliy   maktab
pеdagogikasi Oliy   ta’lim   muassasalarida
mutaxassis   kadrlar Oliy   ma’lumotli   kasb-hunar
sohiblarini tayyorlash jarayoni
Oliy   o’quv
yurtidan   k е yingi
kattalar   ta’limi
p е dagogikasi Oliy   o’quv   yurtlaridan
k е yingi   kasbiy   ta’lim
jarayoni Oliy   ma’lumotli   mutaxassislarni
o’qitish   va   tarbiyalash   jarayoni
(ilmiy   ilmiy-p е dagogik   kadrlar
tayyorlash,   shuningd е k,   malaka FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
 
1. Mirziyoev   Sh.M.   Milliy   taraqqiyot   yo‘limizni   qat’iyat   bilan   davom   ettirib,
yangi bosqichga ko‘taramiz. T.1. –Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.
2. Mirziyoev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   oliyjanob   xalqimix   bilan
quramiz. –T.;  O‘zbekiston.  2017.
3. Mirziyoev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   ma’nfatlarini   ta’minlash   –   yurt
taraqqiyoti   va   xalq   farovonligining   garovi.   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasi   qabul   qilinganining   24   yiligiga   bag‘ishlangan   tantanali
marosimidagi marosimidagi ma’ruzasi. –Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.
4. Mirziyoev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. – Toshkent.: O‘zbekiston. 2017.
5. Узбекистон   Президенти   Шавкат   Мирзиёев   2017—2021   йилларда
Узбекистонни   ривожлантиришнинг   бешта   устувор   йуналиши   буйича
хдракат стратегияси.  7 январ 2017 йил.
6. Азизхужаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик майорат. - Т.: Фан, 
2006.
7. Omonov X., Xo‘jayev N., Madyarova S., Eshchonov E. Pedagogik 
texnologiyalar va pedagogik mahorat. - T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009.
8. Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. - T.: IQTISOD-MOLIYa, 2011.

MAXSUS FANLARNING O’QUV-USLUBIY TA’MINOTINI ISHLAB CHIQISH Reja: Darslik va uning turlari. O’quv – uslubiy majmua. O’quv – metodik majmua. Didaktik o’quv vositalari.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim jarayoni mazmunini isloh qilish asosan me’yoriy hujjatlar majmui (davlat ta’lim standarti, malaka talablari, o’quv rejalari va dasturlari) asosida kadrlarga ta’lim va tarbiya berish milliy istiqlol g’oyalariga muvofiq amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o’tilgan. Shuning uchun ham mutaxassis modelini ishlab chiqishda shaxs, davlat va jamiyatning quyidagi ehtiyoj belgilarini, ya’ni muayyan shaxs ta’lim oladigan yo’nalish bo’yicha standartlari, yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha tasniflovchi talablarini e’tiborga olish zarur. Albatta, ishlab chiqilgan model bitiruvchining kasbiy-shaxsiy sifatini nazorat qilish tizimini va nazorat qilish texnologiyasini qamrab olishi kerak. Maxsus fanlar o’quv - uslubiy ta’minotini yaratishda ta’lim jarayonini tashkil etishda, o’qitishning samarali usullarini tanlashda, ta’lim mazmunini belgilashda o’ziga xos yondashuvni talab etadi. Darslik barcha ta’lim turlari va fanlar bo’yicha eng keng tarqalgan o’qitish vositasi bo’lib, o’quv-uslubiy ta’minotning yetakchi komponenti hisoblanadi. Shuning uchun maxsus fanlar bo’yicha darsliklar yaratish jarayoniga birinchi navbatda o’quv-uslubiy ta’minotini ishlab chiquvchilar jalb qilinishi kerak. Maxsus fanlardan zamonaviy o’quv-uslubiy ta’minotni ishlab chiqish uchun mutaxassislar tayyorlashda o’quv-uslubiy majmualarning hozirgi davrda qay darajada o’quv maqsadlari va vazifalariga erishishni ta’minlashini, ularni qaysi didaktik tamoyillar asosida tuzishni va ishlab chiqishni o’rganish lozim. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ta’lim oluvchilarni kasbga va mehnatga tayyorlash samaradorligi asosan o’quv-uslubiy majmuasining o’zaro bog’liq komponentlariga, ya’ni dasturdagi o’quv materialining tuzilmasiga, o’qitish metodikasiga, o’quv adabiyotlari va ko’rgazmali materiallariga bog’liq bo’ladi. Ular o’quv–uslubiy majmuasini ta’lim oluvchilarni mehnatga va kasbga tayyorlash bo’yicha o’qitish jarayonidagi funksiyalariga qarab guruhlaydilar, ya’ni me’yoriy hujjatlarga (o’quv rejasi, o’quv dasturlari); o’qitish uchun metodik materiallarga (xususiy metodikalarni ishlab chiqish, metodik jurnallar); talabalar uchun o’quv

adabiyotlari (darsliklar, didaktik materiallar, tajriba va amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy qo’llanmalar) va ko’rgazmali materiallar (rasmlar, asl namunalar va ob’yektlar). Tadqiqotchilar o’quv-uslubiy majmuasining asosiy zvenosi deb darslikni hisoblaydilar. Ta’lim oluvchilarning mutaxassislik fanidan ma’lum bir texnikaviy va texnologik topshiriqni mustaqil ravishda bajarishlari uchun ularning darsliklar, turli texnikaviy adabiyotlar, uslubiy ko’rsatmalar, lug’atlar, chizmalar, sxemalar, mahsulotlar, xom ashyo materiallari, maketlar va jihozlar, asbob va uskunalarni o’zida qamrab olgan o’quv-uslubiy majmualar bilan ta’minlanishi o’qitishni faollashtiradi va ijodiy yondashuvli ta’limni shakllantiradi. O’quv-uslubiy majmua – to’plam sifatida emas, balki alohida komponentlarning funksiyalari jihatidan o’zaro almashinuvchanligi mumkin bo’lgan o’qitish vositalari tizimi sifatida ishlab chiqilishi kerak. Bu – didaktik vositalarning ochiq tizimi bo’lib, darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalardan tashqari turli xil adabiyotlarni ham o’zida qamrab oladi. Ushbu o’quv-uslubiy majmua tuzilmasidagi invariant mazmunning tashuvchisi bo’lib, tayyorgarlik yo’nalishi bo’yicha asosiy tushunchalar va terminlarning lug’at-ma’lumotnomasi xizmat qilishi mumkin. Qolgan ma’lumot beruvchi materiallar variativ hisoblanadi. Mutaxassislik fanlari bo’yicha o’quv-uslubiy majmualarning asosiy qismlariga quyidagilar kiradi: mutaxassislik fanining mazmunini, hajmini va o’qitish tartibini belgilovchi hujjatlar va materiallar (o’quv rejasi, o’quv dasturi, fanni o’qitish metodikasi va boshqalar); o’quv jarayonini nazorat qilish hamda bilimlarni mustahkamlash bo’yicha materiallar va hujjatlar; o’quv-uslubiy materiallar (darsliklar, o’quv qo’llanmalar, mavzuiy rejalar va boshqalar);

mustaqil o’rganish va bilimlarni mustahkamlash bo’yicha manbalar (mustaqil o’rganish bo’yicha kitoblar, lug’atlar, ma’lumotlar to’plami, qayta takrorlash uchun ko’rsatmalar, praktikumlar va boshqalar); o’quv tarbiya jarayonining texnologik jihatlarini ta’minlovchi materiallar (asl ob’yektlar va narsalar, asboblar, modellar, maketlar, plakatlar, tarqatma materiallar, kompyuter texnikalari uchun vositalar, proyeksion, diakino va video texnikalar); o’qituvchilar uchun mo’ljallangan o’quv- uslubiy materiallar. O’quv-uslubiy majmuaga kiruvchi komponentlarning mazmuni va tarkibi o’quv predmetining turi bo’yicha aniqlanadi. Chunki o’quv predmetining turi bo’yicha zaruriy va qo’shimcha o’quv materiallari, mashqlar, topshiriqlar, mustaqil o’rganish bo’yicha materiallar turlicha darajada aniqlanadi. Maxsus fanlar o’quv- uslubiy majmuasi komponentlarining va o’qitish metodikasining mazmuni ta’lim turi bo’yicha ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standarti va malaka talablari asosida tuzilgan o’quv dasturiga muvofiq aniqlanadi. Maxsus fanlar o’quv uslubiy majmuasiga kiruvchi har bir o’qitish vositasi didaktik jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. O’quv majmuasining barcha o’qitish vositalarida asosiy tushunchalar, terminlar, shartli belgilar bir xil bo’lishiga rioya qilinishi hamda talabalarning mutaxassislik fanlarini o’rganish bo’yicha egallashi kerak bo’lgan bilim va ko’nikmalarga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Mutaxassislik fanlarini o’qitish sifatini yaxshilash uchun o’quv-uslubiy majmua tarkibiga quyidagi o’qitish vositalari kirishi kerak: 1. Asosiy o’qitish vositalari – tayyorlov yo’nalishlari bo’yicha ta’lim standartlari, o’quv rejalari va fan dasturlari, bosma va elektron darsliklar, o’quv qo’llanmalar, uslubiy qo’llanmalar, o’qituvchilar uchun metodik qo’llanmalar. 2. Qo’shimcha o’qitish vositalari – dars jarayonini tashkil etish bo’yicha yo’riqnoma, mashq va masalalar to’plami, plakatlar, slaydlar, elektron multimediali o’quv qo’llanmalar, nazorat va test savollari to’plami, tarqatma

materiallar, nazariy va amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha metodik qo’llanmalar. 3. Amaliy o’qitish vositalari – elektron doskalar, flipchart doskalar, videoko’zgu, multimedia, televizor, kompyuter, laboratoriya jihozlari, maketlar, asl namunalar, mahsulotlar, mashinalar, uskunalar. O’quv-uslubiy majmuasini yaratishda o’quv davri hajmi bo’yicha ilmiy texnikaviy topshiriqlarni ishlab chiqish, ta’lim oluvchilarning faoliyatidagi psixologik jihatlarini ham o’rganish talab qilinadi. Mutaxassislik fanlari o’quv-uslubiy majmuasini tahlil qilish o’qituvchiga, uslubchiga, ishlab chiqarish ta’limi ustasiga mashg’ulotlarni o’tkazish uchun kerakli o’qitish materiallarini loyihalash, ishlab chiqish va tayyorlash imkoniyatini yaratadi. Mutaxassislik fanlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini o’quv-uslubiy majmualar yordamida tashkil qilish va o’tkazish ta’lim sifatini yaxshilaydi, ta’lim oluvchilarning mashg’ulot davridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishda, ularda ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Ta’lim maqsadlariga erishish uchun mutaxassislik fanlari bo’yicha o’quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqishda quyidagi umumiy talablar bo’yicha komponentlarni kiritish zaruriyati aniqlandi: - birinchidan, ta’lim muassasasida samarali o’qitishni ta’minlash uchun bilim, ko’nikma va malakalarni tizimlashtirish; - ikkinchidan, mutaxassislik fanlarini kasbiy faoliyatga amaliy jihatdan yo’naltirish, qaysiki, amaliy vaziyatlarda qo’llash uchun etarli va mustahkam bilim, ham da ko’nikmalarni ta’minlash kerak bo’ladi; - uchinchidan, o’qitishning tarbiyalovchi, izlanuvchanlik va rivojlantiruvchi funksiyalarini ku chaytirish kerak. Ishlab chiqilgan ama liy mashqlar va topshiriqlar sistemasi ta’lim oluvchilarning ijodiy va mustaqil ishlash qobiliyatlarini