determinant uslubiy
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Algebra va geometriya kafedrasi Determinantlar nazariyasi «Algebra va sonlar nazariyasi» fanidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun uslubiy tavsiyalar « 5 460100 MATEMATIKA » ta’lim yo‘nalishi bakalav r talabalari uchun (Uslubiy qo‘llanma) SamDU o‘quv-uslubiy kengashi tomonidan 2011 yil ______da nashrga tavsiya etilgan. 1
Samarqand – 2011 Determinantlar nazariyasi. «Algebra va sonlar nazariyasi» fanidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun uslubiy tavsiyalar. . Uslubiy qo‘llanma. – Samarqand: SamDU nashri, 2011. – 56 bet. Ushbu uslubiy qo‘llanma « Algebra va sonlar nazariyasi » fani bo‘yicha «5460100 – matematika» ta’lim yo‘nalishi bakalav r talabalari va «5A460100 – Matematik mantiq, Algebra va sonlar nazariyasi» mutaxassisligi magistrantlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda shu fanning namunaviy o‘quv dasturidan kelib chiqib, determinantlar nazariyasi ning usullariga oid qisqacha nazariy ma’lumotlar, bu usullarning taqbiqiga oid namunaviy misollar yechimlari, mustaqil ish topshiriqlari va boshqa tarqatma materiallar keltirilgan. Bular talabalarga shu fanni yanada chuqurroq o‘ zlashtir ishga yaqindan yordam beradi degan umiddamiz . Tuzuvchilar: U.X. Narzullaev. A.S. Soleev Mas‘ul muharrir fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Nosirova H.N. Taqrizchilar : fizika-matematika fanlari doktori, professor Ikromov I.A. fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Yaxshiboyev M.Y. 2
Tayanch iboralar: o’rin almashtirishlar; tartib; juft va toq o’rin almashtirishlar; inversiya; transpozitsiya; dekrement; sikl; siklning uzunligi; matritsa; bosh diagonal; Vandermont determinanti; minor; Laplas teoremasi; algebraik to’ldiruvchi; zinapoyali determinant; o’zaro determinant. 1-§. O’rin almashtirishlar va o’rniga qo’yishlar n ta 1, 2, .., n sonlar (yoki n ta har xil a 1 , a 2 , .., a n simvollar ) ning ma’lum tartibda mumkin bo’lgan ixtiyoriy joylashuviga shu sonlarning (yoki simvollarning) o’rin almashtirishi deyiladi. Berilgan n ta simvollarni 1, 2, ..., n, sonlar bilan tartiblash mumkin bo’lganligi sababli ixtiyoriy n ta simvollarning o’rin almashtirishlarini o’rganish 1, 2, ..., n larning o’rin almashtirishlarini o’rganishga keltiradi. n ta sonlarning barcha o’rin almashtirishlari soni 1·2·3··· n = n ! (« n-faktorial » deb o’qiladi) ga teng. Masalan, a 1 , a 2 , a 3 simvollarning barcha o’rin almashtirishlari quyidagilardir: a 1 a 2 a 3 , a 1 a 3 a 2 , a 2 a 1 a 3 , a 2 a 3 a 1 , a 3 a 1 a 2 , a 3 a 2 a 1 . Ularning soni 3! = 6 ta. Agar o’rin almashtirishda ikki sondan kattasi kichigidan oldin kelsa bu sonlar inversiyani tashkil etadi, agar kichigi kattasidan oldin kelsa, tartib deyiladi . Inversiyalar sonini hisoblash usuli: o’rin almashtirishdagi sonlarni yozilish tartibi bo’yicha (chapdan o’ngga) har bir son uchun undan o’ng tomonda turgan kichik sonlar sanaladi va hosil bo’lgan barcha sonlar qo’shiladi. Masalan, (613542) o’rin almashtirishda inversiyalar soni 5 + 1 + 2 + 1 = 9 ga teng. Inversiyalar sonining juft, toqligiga qarab o’rin almashtirish juft yoki toq deyiladi. O’rin almashtirishdagi ikki sonni o’rnini almashtirish transpozitsiya deyiladi. i va j sonlarning transpozitsiyasi ( i, j ) bilan belgilanadi. n ta sonning har qanday o’rin almashtirishidan shu sonlarning istagan boshqa o’rin almashtirishiga bir nechta transpozitsiyalarni bajarish bilan kelish mumkin bo’lib, bunda n- 1 tadan ko’p bo’lmagan transpozitsiyalar bilan chegaralanishi mumkin. Misol. (312546) o’rin almashtirishdan (631254) almashtirishga beshta: (3, 6), (3, 1), (1, 2), (2, 5), (5, 4) transpozitsiyalarni bajarish bilan kelish mumkin. 1, 2, ... , n sonlarning barcha n ! o’rin almashtirishlarni har keyingisi oldingisida bitta transpozitsiyani bajarishdan hosil bo’lgan qilib (tushirib qoldirmaydigan va takrorlanmaydigan), birin-ketin joylashtirish mumkin. Har bir transpozitsiya o’rin almashtirishning juft-toqligini o’zgartiradi. n 2 son 3
uchun n ta sondan tuzilgan o’rin almashtirishlardan juftlari soni toqlari soniga, ya’ni ga teng bo’ladi. n ta 1, 2, ... , n sonlar to’plamining o’ziga o’zaro bir qiymatli akslantirishiga (biyeksiyasiga) bu sonlarning o’rniga qo’yish yoki n-tartibli o’rniga qo’yish deyiladi. Shunday qilib, o’rniga qo’yishda 1 dan n gacha bo’lgan har bir songa shu sonlardan qandaydir biri mos keltirilgan bo’lib, ikkita har xil songa ikkita har xil son mos keladi. O’rniga qo’yish umumiy qavsga olingan ikkita satr ko’rinishida: yuqori satrda turgan har bir sonning tagida unga mos keluvchi sonni yozish bilan ifodalanadi. Masalan, o’rniga qo’yishda 1 1, 2 3, 3 6, 4 2, 5 5, 6 4 mos keltirilganligini bildiradi. Sonlarning yuqori satrda joylashuviga qarab bitta o’rniga qo’yishni bir nechta ko’rinishda yozish mumkin. Masalan, , , , o’rniga qo’yishlarning barchasida 1 soni 3 ga, 2 soni 4 ga, 3 soni 1 ga, 4 soni 2 ga o’tganligi sababli, ular aynan bitta o’rniga qo’yishni ifodalaydi. n ta son yordamida tuzilgan har bir o’rniga qo’yishni n ! har xil ko’rinishlarda yozish mumkin. n ta sondan tuzilgan har xil o’rniga qo’yishlar soni ham n ! ga tengdir. Agar o’rniga qo’yishning ikkala satridagi inversiyalar yig’indisi juft bo’lsa, o’rniga qo’yish juft deb, agar inversiyalar yig’indisi toq bo’lsa, toq deb aytiladi. Demak, agar ikkala satrdagi inversiyalar bir xilda juft, yoki ikkalasi ham toq bo’lsa, o’rniga qo’yish juft, agar har xil bo’lsa o’rniga qo’yish toq bo’ladi. O’rniga qo’yishning juft-toqligi uning ikkita satr yordamida ko’rinishidan bog’liq emas, ya’ni bitta o’rniga qo’yishning har xil ko’rinishida inversiyalar juft-toqligi bir xildir. Masalan, o’rniga qo’yishning birinchi yozuvida to’rtta, ikkinchisida ikkita inversiya bor, ya’ni juft. n elementdan tuzilgan juft o’rniga qo’yishlar soni toq o’rniga qo’yishlar soniga va demak, ga tengdir ( n 2). O’rniga qo’yishning juft-toqligini aniqlashning boshqa usuli ham bor. Bir nechta sonlar ketma-ketligida berilgan o’rniga qo’yishda birinchi son - ikkinchisiga, ikinchisi - uchinchisiga va h.k oxirgisi - birinchisiga o’tsa, bu sonlar sikl deb ataladi. Siklni undagi sonlarni umumiy qavslarga olib yozish bilan belgilanadi. Agarda son yana o’ziga o’tsa, u ham bitta siklni tashkil etadi. Umumiy sonlarga ega bo’lmagan sikllar, o’zaro bog’liq bo’lmagan sikllar deyiladi. Har qanday o’rniga qo’yishni o’zaro bog’liq bo’lmagan sikllarga ajratish mumkin (yoki yoyish mumkin). Masalan, . O’rniga qo’yishdagi elementlar soni n va uning yoyilmasidagi sikllar soni k ning ayirmasi bo’lgan d soniga, ya’ni d = n - k ga o’rniga qo’yishning dekrementi deyiladi. O’rniga qo’yishning juft-toqligi uning dekrementining juft- toqligi bilan bir xildir. Masalan: n = 6, k = 3, d = 3 bo’lib, o’rniga qo’yish toq. 4
n -tartibli ikkita o’rniga qo’yishni ketma-ket bajarishdan hosil bo’lgan o’rniga qo’yishga ularning ko’paytmasi deyiladi. Masalan, agar , , bo’lsa, u holda bo’ladi. Agar siklni o’rniga qo’yish deb tushunsak, u holda o’rniga qo’yishni o’zaro bog’liq bo’lmagan sikllarga yoyilmasiga uning shu sikllarning ko’paytmasi ko’rinishidagi ifodasi deb qarash mumkin. Agar 1, 2, ..., n , sonlarning o’rniga qo’yishda i 1 son i 2 ga, i 2 i 3 ga ,... i k- 1 i k ga ( k n ), i k i 1 ga o’tib, qolgan sonlar o’ziga o’tsa, bunday o’rniga qo’yishga sikl yoki siklik o’rniga qo’yish deyiladi va ( i 1 , i 2 , ..., i k ) ko’rinishida belgilanadi. ( i 1 , i 2 , ..., i k ) va masalan, ( i 2 , i 3 , ..., i k , i 1 ) sikllar o’zaro tengdir. k songa siklning uzunligi deyiladi. Uzunligi 1 ga teng sikl ko’paytmada yozilmaydi. Masalan, . Uzunligi ikkiga teng sikl transpozitsiya deyiladi. Har qanday o’rniga qo’yishni transpozitsiyalar ko’paytmasi shaklida ifodalash mumkin. Masalan, ( i 1 , i 2 , ..., i k ) = (i 1 , i 2 ) (i 1 , i 3 ) ... (i 1 , i k ) . Bu ifodalanish yagona emas, har qanday juft o’rniga qo’yishni juft sondagi transpozitsiyalar, toq o’rniga qo’yishni toq sondagi transpozitsiyalar ko’paytmasi ko’rinishida ifodalash mumkin. 1-m i s o l . Agar RPOKUTME harfli o’rin almashtirishni tartib deb qarab, unga nisbatan KOMPUTER o’rin almashtirishining juft yoki toqligini aniqlang. Yechish. K harfi O, P, R harflari bilan 3 inversiyani tashkil qiladi. O harfi P, R bilan 2 inversiyani, M harfi P, U, T, R harflari bilan 4 ta inversiyani, P harfi R harfi bilan 1 inversiyani, U harfi R bilan 1 inversiyani, U harfi R bilan 1 inversiyani, T harfi R bilan 1 inversiyani, E harfi R bilan 1 inversiyanm hosil qiladi. Hammasi bo’lib KOMPUTER o’rin almashtirishida 14 ta inversiya bor. Demak, bu o’rin almashtirish juft. ■ 2-m i s o l. ( 2 n, 2 n- 2 , ..., 6, 4, 2, 2 n- 1 , 2 n- 3 , ..., 5, 3, 1 ) (1) o’rin almashtirishida inversiyalar sonini toping. O’rin almashtirishi juft bo’ladigan n larning, va toq bo’ladigan n larning umumiy ko’rinishini ko’rsating. Yechish. Inversiyalar sonini hisoblaymiz: bundan n = 4 k va n = 4 k + 3 bo’lgandagina (1) o’rin almashtirish juft bo’lishini ko’ramiz.■ 3-m i s o l. (9, 5, 1, 8, 3, 7, 4, 6, 2) o’rin almashtirishdan (9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1) o’rin almashtirishga o’tish mumkin bo’lgan transpozitsiyalarni ko’rsating. 5