logo

Mеhnаt vа unga hаq to’lashning sintetik va analitik hisobi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

85 KB
Mеhnаt vа  unga hаq to’lash ning sintetik va analitik  hisobi
Reja:
1.   Mehnat   ta’tili   va   kasallik   bo‘yicha   qo‘shimcha   haq   hisoblashni
hujjatlashtirish
2. Ish  haqidan ushlab qolinadigan ushlanmalar va unga nisbatan ajratmalar
va to‘lovlar
3.   Mehnat   haqi   bo‘yicha   hisoblashishlar,   ularni     rasmiylashtirish   va
foydalanishni nazorat qilish
4.   Mehnatga   haq   to‘lash   bo‘yicha   xodimlar   bilan   hisob-kitoblarning   sintetik
hisobi 1. Mehnat ta’tili va kasallik bo‘yicha qo‘shimcha haq hisoblashni
hujjatlashtirish
O‘zbekiston   Respublikasining   Mehnat   Kodeksiga   binoan   ishlamagan   vaqti
uchun   ham   ishchi   va   xizmatchilarga   haq   to‘lanadi.   Bunday   to‘lovlarni   hisoblash
o‘rtacha   ish   haqiga   asoslanadi.   O‘rtacha   ish   haqini   hisoblash   va   qo‘llash   tegishli
normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Vazirlar   Mahkamasining   1997-yil   11-martdagi   133-sonli   qarorining   6-
ilovasiga   binoan   o‘rtacha   oylik   ish   haqini   hisoblashning   quyidagi   tartibi
belgilangan:
-     ta’til   haqi,   ishdan   bo‘shaganda   beriladigan   yordam   puli,   ishsizlik   bo‘yicha
nafaqa   tarifikatsiya   bo‘yicha   o‘rtacha   ish   haqi   belgilangan   ish   haqini   yoki
lavozimlik okladini hisoblash kuniga birinchi yili ishlayotganlar uchun o‘n ikkidan
birga   (1/12)   (to‘liq   olti   oy   ishlaganlar   bo‘yicha   oltidan   birga,   to‘liq   etti   oy
ishlaganlar bo‘yicha – ettidan birga va h. k.) ko‘paytirib topiladi. o‘rta maxsus va
hunar   –   texnika   bilim   yurtlari   o‘qituvchilariga   esa   hisoblash   davrida   tarifikatsiya
bo‘yicha   belgilangan   ish   haqi   yoki   lavozimlik   okladidan   oshgan   qismini   o‘ndan
birga ko‘paytirib topiladi. Bularga ishbay haqlar, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar va
boshqa ijtimoiy sug‘urtaga badal hisoblanuvchi to‘lanmalar kiradi.
            -     o‘rta   maxsus   va   hunar-texnika   bilim   yurtlaridagi   o‘qituvchilarga   ortiqcha
bajarilgan   soatlari   bo‘yicha   qo‘shimcha   haq   yil   oxirida   ushbu   soatlar   bajarilgan
vaqtda harakatda bo‘lgan stavkalar bo‘yicha hisoblanadi.
       -  xodimlar salomatligiga  e tkazilgan zarar, kasbiy kasallik yoki ularning mehnat
vazifalarini  bajarish jarayonida salomatligiga etkazilgan zararlarni  ish beruvchilar
tomonidan   qoplash   uchun   haq   hisoblash   Vazirlar   Maxkamasi   tomonidan
tasdiqlangan qoidalarga binoan olib boriladi.             -     ishga   qobiliyatsizligi   to‘g‘risidagi   varaqalar,   homiladorlik   va   tug‘ish
bo‘yicha haq hisoblash davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa hisoblash tartibi
to‘g‘risidagi nizomga binoan olib boriladi.
            -     boshqa   (1-4   bandlarida   ko‘rsatilgandan   tashqari)   barcha  hollarda   o‘rtacha
oylik ish haqi oxirgi ikki kalendar oyining o‘rtacha ish haqisi bilan aniqlanadi.
            -     xodimlar   mehnat   ta’tilida,  davlat   yoki   jamoat   majburiyatlarini   bajarishda,
ikki   oy   ichida   ish   qidirish   vaqtida,   shuningdek   kasalligi   davrida   tarif   stavkalar,
lavozimlik   okladlar   oshgan   bo‘lsa,   korxona,   tashkilot,   muassasalarning   mehnatga
haq   to‘lashning   yangi   sharoitiga   to‘g‘ri   keladigan   haqiqiy   ish   kuni   bo‘yicha
hisoblab chiqiladi.
Qonunchilik   bilan   o‘rtacha   ish   haqini   hisoblab   chiqishning   maxsus   tartibi
o‘rnatilgan hollarda, ko‘rsatilgan qoidalar qo‘llanilmaydi.
Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish ma’lumotlariga va xodim tomonidan
qonunchilik   bilan   kafolatlangan   o‘rtacha   ish   haqini   olish   huquqini   tasdiqlovchi
tegishli hujjatlariga asosan o‘rtacha ish haqi hisoblab chiqiladi.
Barcha   xodimlarga,   shu   jumladan   o‘rindoshlik   asosida   ishlayotgan
xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o‘rtacha ish haqi
saqlangan   holda   yillik   mehnat   ta’tillari   beriladi.   O‘rtacha   ish   haqi   Vazirlar
Mahkamasining   1997   yil   11-martdagi   133-sonli   qarorining   6-ilovasiga   binoan
hisoblanadi.
Ta’til   haqi   aniqlash   yoki   foydalanilmagan   ta’til   uchun   kompensatsiya
hisoblashda   olti   kunlik   ish   haftasi   bo‘yicha   o‘rtacha   oylik   ish   kunining
davomiyligini 25,4 kun deb hisoblaydi. Xodimlarning vaqtinchalik ish qobiliyatini
yo‘qotganligi uchun hisoblab to‘lanadigan haqning qoplash manbai bo‘lib tannarx
yoki   davr   xarajatlari   emas,   balki   ijtimoiy   sug‘urta   organlarining   mablag‘lari
hisoblanadi. To‘lanadigan   haqni   hisoblab   topish   uchun   asos   bo‘lib   ish   vaqtidan
foydalanishni   hisobga   oladigan   tabel   va   tibbiyot   muassasalarining   bergan
vaqtinchalik   ish   qobiliyatini   yo‘qotganligi   to‘g‘risidagi   varaqasi   hisoblanadi.
Nafaqa miqdori mehnat daftarchasi yoki uning o‘rniga berilgan hujjatga binoan ish
qobiliyatini   yo‘qotgan   kuniga   hisoblab   topilgan   umumiy   ish   stajiga   asosan
aniqlanadi.
Amaldagi qarorga binoa 1
  ishlab chiqilgan nizomga asosan ish stajidan qat’iy
nazar   quyidagi   xodimlarga   vaqtinchalik   ish   qobiliyatini   yo‘qotganligi   bo‘yicha
nafaqa 100 % to‘lanadi:
- ishlayotgan ikkinchi jahon urush qatnashchilariga;
        -  baynalminal   harbiylar   va   ularga   tenglashtirilgan   shaxslarga ;
            -   uch   yoki   undan   ortiq  16   yoshga   e tmagan  ( o‘quvchilar  18   yosh )   farzandlari
bo‘lgan   xodimlarga ;
              -   CHernobil   AES   avariyasi   oqibatlarini   bartaraf   etishda   qatnashgan
xodimlarga ;
       - CHernobil halokati natijasida evakuatsiya qilinib radioaktiv bilan ifloslangan
zonalardan   ko‘chirilgan   xodimlarga   adenoma,   rak   va   shunga   o‘xshagan
kasalliklarga duchor bo‘lganda;
        - Ish joyida shkastlanishlar  yoki kasbiy kasal bo‘lganlarga;
     - homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha.
Hisobda   turuvchi       ijtimoi   ahamiyatli   kasallikka   uchragan   xodimlarga
umumiy ish stajiga qarab vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan  vaqtiga quyidagi
miqdorda  nafaqa to‘lanadi:
a)   umumiy   mehnat   staji   8   va     undan   ko‘p   yil   bo‘lgan,   xodimlarga     ish
haqining 100 % miqdorida;
1
  O‘zR   VMning     «Vaqtinchalik   ish   qobiliyatini   yo‘qotganligi   bo‘yicha   nafaqalar   to‘lash   doirasini
takomillashtirish to‘g‘risida»gi 71-sonli  qarori. 2002 yil 28 fevral. b) umumiy mehnat staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga – ish haqining
80 % miqdorida;
v)  umumiy mehnat  staji  5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga – ish  haqining 60 %
miqdorida.
Qolgan kategoriya xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan vaqtiga
quyidagi miqdorda nafaqa to‘lanadi:
- umumiy mehnat staji 8 va undan ko‘p yil bo‘lgan   xodimlarga, shuningdek
21 yoshga chiqmagan  e tim xodimlarga ish haqining 80 % miqdorida;
-   umumiy   mehnat   staji     8   yilgacha   bo‘lgan   xodimlarga   ish   haqining   60   %
miqdorida.
Barcha   hollarda   vaqtinchalik   ish   qobiliyatini   yo‘qotganligi   bo‘yicha
to‘lanadigan nafaqa eng kam oylik ish haqidan kam va nafaqa hisoblab topilgan ish
haqidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ish   haqi   summasiga   ish   joyida   ijtimoiy   sug‘urta   hisoblanadigan,   mehnat
haqiga   kiritilmaydigan   bir   yo‘la   to‘lovlardan   tashqari,   barcha   turdagi   to‘lanmalar
kiradi.
Ishbay ish haqi  oladigan shaxslarga nafaqa ishga qobiliyatsizligi boshlangan
oydan   oldingi   kalendar   oyida   ishlagan   ish   haqidan   hisoblab   topiladi.   Oxirgi   oy
oyligiga amaldagi Nizomg a 2
   binoan hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik mukofotlar
summasi qo‘shiladi.
Vaqtbay   haq  oladigan   shaxslarga   nafaqa   hisoblash   uchun  oylik   oklad,   ishga
qobiliyatsizlik   boshlangan   kungacha   olingan   doimiy   qo‘shimcha   haqlar   inobatga
olingan   holda,   kunlik   yoki   soatlik   tarif   stavka   olinadi.   Bunga   «Davlat   ijtimoiy
sug‘urtasi   bo‘yicha   nafaqa   tayinlash   va   to‘lash   tartibi   to‘g‘risidagi   Nizom»   ga
binoan hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik mukofotlar summasi qo‘shiladi.
2  «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2002
yil 1 apreldagi 21-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. (O‘zR MAIMQV 25.06.2007 y. M-31-son Buyrug‘i bilan o‘zgartirish kiritilgan). 2. Ish haqidan ushlab qolinadigan ushlanmalar  va unga nisbatan
ajratmalar va to‘lovlar
Korxonalarda   ishchi   va   xodimlarga   hisoblangan   ish   haqidan   budjet   va
budjetdan   tashqari   to‘lovlar   uchun   ma’lum   majburiy   soliqlar   hamda   boshqa
majburiy to‘lovlar amalga oshiriladi.
Ayrim   holatlarda   O‘zbekiston   Respublikasi   Mehnat   Kodeksiga   binoan
umumiy qoidaga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bo‘lmagan
taqdirda   esa   -   sudning   qaroriga   asosan   ish   haqidan   ushlanmalar   ushlab   qolinishi
mumkin.   Bunda   quyidagi   holatlarda   xodimning   roziligidan   qat’i   nazar,   mehnat
haqidan ushlab qolinadi:
a) O‘zbekiston   Respublikasida   belgilangan   soliqlar   va   boshqa   majburiy
to‘lovlarni undirish uchun;
b) sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
v) ish   haqi   hisobidan   berilgan   avansni   ushlab   qolish   uchun   xo‘jalik
ehtiyojlariga,   xizmat   safarlariga   yoki   boshqa   joydagi   ishga   o‘tganligi   munosabati
bilan   berilgan   bo‘lib,   sarf   qilinmay   qolgan   va   o‘z   vaqtida   qaytarilmagan   avansni
ushlab   qolish   uchun   hamda   hisob-kitobdagi   xatolar   natijasida   ortiqcha   to‘langan
summani   qaytarib   olish   uchun.   Bunday   hollarda   ish   beruvchi   avansni   qaytarish
yoki   qarzni   to‘lash   uchun  belgilangan  muddat  tamom   bo‘lgan   kundan  yohud  haq
to‘lash noto‘g‘ri hisoblab chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirilmasdan
avans   yoki   qarzni   ushlab   qolish   haqida   farmoyish   berishga   haqlidir.   Agar   bu
muddat   o‘tib   ketgan   bo‘lsa   yoki   xo‘jalik   ehtiyojlariga,   xizmat   safarlariga   yoxud
boshqa   joydagi   ishga   o‘tganligi   munosabati   bilan   berilgan   avansning   ushlab
qolinishini   asossiz   yoki   miqdorini   noto‘g‘ri   deb   hisoblasa,   u   holda   qarz   sud
tartibida undiriladi; g)   o‘z   hisobidan   xodim   ta’til   olib   bo‘lgan,   ish   yili   tugamasdan   turib   mehnat
shartnomasi   bekor   qilinganda   ta’tilning   ishlanmagan   davriga   tegishli   kunlari
uchun.   Ana   shu   kunlar   uchun   haq   xodimning   o‘qishga   kirganligi   yoki   pensiyaga
chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda ushlab qolinmaydi;
d)   xodim   tomonidan   ish   beruvchiga   etkazilgan   zararni   qoplash   uchun,   agar
etkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa;
e) mehnat intizomini buzganligi uchun o‘rtacha oylik ish haqining 20 % idan
oshmagan miqdorda jarima.
Ish   haqini   to‘lash   vaqtida   ushlab   qolinadigan   ushlanmalarning   umumiy
miqdori   xodimga  tegishli   bo‘lgan  mehnat   haqining ellik  foizidan  ortib  ketmasligi
kerak. 
Ishchi   va   xizmatchilardan   ushlanadigan   daromad   solig‘i   amaldagi
yo‘riqnomada 3
  belgilangan   tartibda   ushlanadi.   Jismoniy   shaxslardan   daromad
solig‘i yagona shkala stavkasi bo‘yicha yillik jamg‘arma daromadidan ushlanadi:
   har   bir   fuqaroning   soliq   majburiyatining   bazasi   bo‘lib   o‘tgan   yili   barcha
manbalardan yig‘ilgan daromad summasi hisoblanadi;
  oylik daromad oraliq daromad deb hisoblanadi;
   daromadlar   miqdoridan   qat’iy   nazar   soliqdan   butunlay   ozod   qilinadigan
fuqarolar   kategoriyasi   nazarda   tutilmagan.   Daromad   miqdoridan   qat’iy   nazar
O‘zbekiston   Respublikasining   barcha   fuqorolari,   chet   el   fuqarolari   va   fuqarosi
bo‘lmagan shaxslar soliqqa tortiladi;
   agar   fuqoroning   korxonasidan   oladigan   ish   haqidan   tashqari   chetdan   yana
boshqa   daromadlari   bo‘lsa,   har   yili   ish   haqisini   ham   qo‘shgan   holda   olingan
daromadlarining   umumiy   summasi   to‘g‘risida   soliq   inspeksiyasiga   deklaratsiya
topshirishi kerak.
3
 O‘z R moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining «Jismoniy shaxslarning daromadlaridan byudjetga
soliq hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida» gi yo‘riqnoma.  2002 yil 14   yanvar SHuningdek,   ushbu     yo‘riqnomaga   muvofiq   soliq   to‘lovchining   asosiy   ish
joyidan   olingan   soliqqa   torti ladigan   daromadidan   har   oyda   qonun   bilan
belgilangan eng kam oylik ish haqi summasi chiqarib tashlanmaydi. 
2019yil 1-yanvardan boshlab faqat bitta foizda, ya’ni 12 foizda to’lanadigan
bo’ldi
Daromad   solig‘i   hisoblangan   ish   haqining   butun   sonidan   hisoblab   topiladi.
Jismoniy   shaxslarning   ish   haqisi   va   boshqa   daromadlaridan   ushlangan   daromad
solig‘i   summasi   korxona   tomonidan   budjetga   o‘z   vaqtida   va   to‘liq   o‘tkazib
berilishi kerak.
Fuqarolarning   daromadlaridan   davlat   budjeti   foydasiga   ushlangan   soliq
summalarini   hisobga   olish   uchun   6410   «Budjetga   to‘lovlar   bo‘yicha   qarz   (turlari
bo‘yicha)» passiv schyoti  qo‘llaniladi. Bu schyotning kredit qoldig‘i korxonaning
budjetdan   bo‘lgan   qarzini   ko‘rsatadi,   Debet   oboroti   –   budjetga   o‘tkazib   berilgan
summani   ko‘rsatadi;   kredit   oboroti   –   ishchi   va   xizmatchilarning   ish   haqlaridan
ushlangan soliq summasini ko‘rsatadi.
Daromad   solig’i   summaga   quyidagicha   buxgalteriya   hisobi   yozuvi   amalga
oshiriladi: Dt 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» schyoti -Kt
6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti.
Byudjetga mablag‘ o‘tkazib berilganda, Dt 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha
qarzlar» schyoti, Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti. Ijro   varaqalari   aliment   summalarini   ushlash   va   o‘tkazib   berish   uchun   asos
bo‘lib   hisoblanadi.   Olingan   ijro   varaqalarini   buxgalteriyada   maxsus   jurnal   yoki
kartochkada ro‘yxatga oladi. Xodimlarning arizasiga muvofiq alimentlar quyidagi
hollarda   ushlanadi:   agar   ushlanmalarning   umumiy   summasi   50   %   dan   oshsa,
shuningdek   agar   sud   qarori   bilan   boshqa   onadan   bo‘lgan   bolalar   foydasiga,
mehnatga layoqatsiz ota-onalar foydasiga, xotini (xotinlari) foydasiga.
Ijro varaqalari bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi 6990 «Boshqa
majburiyatlar»   schyotining   1-«Ijro   hujjatlari   bo‘yicha   tashkilot   va   shaxslar   bilan
hisob - kitoblar» analitik schyotida yuritiladi.
Aliment   hisobot   oyi   bo‘yicha   hisoblangan   ish   haqi,   vaqtinchalik   ish
qobiliyatini   yo‘qotgan   davrida   hisoblangan   nafaqa   summasidan   soliqlar
ushlangandan   keyin,   shuningdek,   hisoblangan   pensiya   va   stipendiya   summasidan
ushlanadi.  Bu   vaqtda  buxgalteriya  hisobida  quyidagicha   yozuv  rasmiylashtiriladi:
Dt   6710   «Mehnat   haqi   bo‘yicha   xodimlar   bilan   hisoblashishlar»,     Kt
6990-«Boshqa majburiyatlar» schyoti.
Ish   haqi,   pensiya   va   stipendiyalar   to‘lash   uchun   belgilangan   uch   kunlik
muddat   ichida   aliment   summalari   to‘lanishi   yoki   aliment   oluvchilar   hisobidan
pochta   orqali   o‘tkazib   berilishi   kerak.   Bunda   6990-   schyoti   debetlanib   5010-
schyoti kreditlanadi.
Moddiy   yordam,   ixtirochilik,   ratsionalizatorlik   takliflari   uchun   berilgan
rag‘batlantirish va shu kabi summalaridan aliment summasi ushlanmaydi. Kreditga
sotilgan   tovarlar   bo‘yicha   ariza-majburiyatlarning   hamma   summasini   korxona
bank   krediti   hisobidan   savdo   tashkilotlariga   o‘tkazib   berganda   kreditga   sotilgan
tovarlar bo‘yicha ushlanma operatsiyalar sodir bo‘ladi.
SHunday   qilib,   qisman   ushlanmalarni   o‘nlab   savdo   tashkilotlariga   o‘tkazib
berish   uchun   bankka   to‘lov-topshiriqlari   yozish   vaqti   qisqaradi.   Bu   shakldagi
hisoblashishlar uchun schyotlar rejasida 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning   qarzi»   schyoti   tayinlangan.   Bu   schyot   aktiv   bo‘lib   uning   qoldig‘i
korxonaga   qaytarilmagan   kredit   bo‘yicha   ishchi   va   xizmatchilarning   qarzini
ko‘rsatadi;   Debet   oboroti   –   bank   krediti   hisobidan   korxonaning   yana   bergan
topshiriq-majburiyat  summasini  ko‘rsatadi;  kredit  oboroti  – qarzni  qoplash  uchun
ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan summani ko‘rsatadi.
Basharti xodim majburiyat summasini to‘liq qoplamasdan boshqa korxonaga
ishga o‘tsa, korxona savdo tashkilotiga xodimning yangi ish joyini ko‘rsatib xabar
beradi.   Korxona   shuningdek   ssuda   bo‘yicha   bank   bilan   to‘liq   hisoblashadi.   Agar
korxona o‘z xodimlarining kreditga sotib olgan tovarlari bo‘yicha bank kreditidan
foydalanadigan bo‘lsa,  6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotida savdo korxonalari
bo‘yicha shaxsiy schyotlar ochadi.
Ishchi   va   xizmatchilarning   ish   haqlaridan   ushlanadigan   majburiy
ushlanmalardan tashqari ularning yozma arizalariga muvofiq ixtiyoriy ushlanmalar
ham   bo‘lishi   mumkin:   ish   haqini   Xalq   bankiga,   sug‘urta   tashkilotlariga   o‘tkazib
berish, kasaba uyushmalar badallarini to‘lash, dalabog‘ uy va uchastkalarni qurish
va   obodonlashtirish   uchun   olingan   ssudani   qaytarish.   Bunday   hisoblashish
muomalalari   4710-«Kreditga   sotilgan   tovarlar   bo‘yicha   xodimlarning   qarzi»   va
6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotlarda hisobga olinadi.
3. Mehnat haqi bo‘yicha hisoblashishlar, ularni  rasmiylashtirish va
foydalanishni nazorat qilish
O‘zbekiston   Respublikasining   Mehnat   Kodeksiga   binoan   ishchi   va
xizmatchilarga   ish   haqi   bir   oyda   kamida   bir   marta   beriladi.   Ayrim   hollarda
xodimlarning   alohida   kategoriyalari   uchun   O‘zbekiston   Hukumati   tomonidan   ish
haqi to‘lash bo‘yicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin.
Oyning   birinchi   yarmiga   ish   haqi   hisoblashning   avansli   va   avanssiz   tartibi
qo‘llaniladi.   Birinchi   holda   hodimga   avans   berilib   oyning   ikkinchi   yarmiga   ish haqi   to‘lanishda   pirovard   hisob   qilinadi.   Jamoa   shartnomasini   tuzishda   avans
miqdori   ish   beruvchi   bilan   kelishib   olinadi.   Avansning   minimal   miqdori   tabelga
binoan ishchining ishlagan vaqti bo‘yicha tarif stavkasidan kam bo‘lmasligi kerak.
Ikkinchi holda korxona rejali avans to‘lashning o‘rniga oyning birinchi yarmi
bo‘yicha   haqiqiy   ishlab   chiqargan   mahsuloti   (bajargan   ishi)   yoki   ishlagan   vaqti
bo‘yicha ish haqi hisoblaydi.
Avanslar   oklad   yoki   tarif   stavkasining,   soliq   chiqarilgandan   so‘ng,   40-50
foizi   miqdorida   hisoblanadi.   Ishchi   va   xizmatchilar   bilan   hisoblashishni
rasmiylashtirish   uchun   foydalaniladigan   hujjat   bo‘lib   hisoblash   qaydnomasi
hisoblanadi.   Quyidagi   dastlabki   hujjatlar   ish   haqi   hisoblash   qaydnomasi   va
hisoblash varaqalarini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi:
- ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish tabeli – asosida foydalanilgan vaqt
yotadigan   vaqtbay   ish   haqi   va   boshqa   to‘lovlarni   hisoblash   uchun   foydalaniladi
(bekor turishlar, tungi va ish vaqtidan ortiq ishlagani, vaqtinchalik ish qobiliyatini
yo‘qotgani va shu kabilar uchun to‘lanadigan haq);
         -  ish haqini yig‘ib boruvchi kartochkalar – ishbay ishchilar uchun;
             - barcha turdagi qo‘shimcha haq va vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgani
bo‘yicha nafaqalar hisoblash buxgalteriya raschyoti;
-  o‘tgan oy bo‘yicha hisoblash qaydnomaslari – soliq ushlanmalar summasini
hisoblash uchun;
-  ijro varaqalari bo‘yicha ushlab qolish uchun sud organlarining  qarorlari;
-  oyning birinchi yarmi uchun avans berish bo‘yicha to‘lov qaydnomalari;
-   rejasiz avanslar berish bo‘yicha kassa-chiqim orderlari va h. k.
Hisoblash qaydnomasi analitik hisob registri bo‘lib hisoblanadi, chunki u har
bir   tabel   nomeri,     sexlar,   xodimlar   kategoriyalari,   to‘lov   va   ushlanmalar   turlari
bo‘yicha tuziladi. To‘lov qaydnomasi quyidagi ko‘rsatkichlardan iborat: - to‘lov   turlari   bo‘yicha   hisoblandi   –   6710   schyotning   kredit   oboroti
bo‘yicha;
- to‘lov   va   zachet   turlari   bo‘yicha   ushlandi   va   zachet   qilindi   –   6710
schyotning  d ebet oboroti;
- qo‘liga   tegadigani   yoki   korxonaning   oy   oxiriga   qarzi   –   6710   schyotning
kredit saldosi.
Hisoblash qaydnomasining oxirgi ko‘rsatkichi pirovard hisoblashish bo‘yicha
to‘lov qaydnomasini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Korxonaning   ishchi   va   xizmatchilar   bilan   hisoblashishini   rasmiylashtirishda
bir qancha variantlar qo‘llaniladi:
- hisoblashish-to‘lov   qaydnomaslarini   tuzish   yo‘li   bilan.   Bunda   ikki   registr
birlashtirilgan: hisoblash va to‘lov qaydnomasi, ya’ni bir vaqtning o‘zida to‘lashga
tegishli summa hisoblanadi va u beriladi (to‘lanadi);
- hisoblash   qaydnomasini   tuzish   yo‘li   bilan,   to‘lash   esa   to‘lov   qaydnomasi
bilan amalga oshiriladi;
- har   ish   oyi   uchun   (hisoblandi,   ushlandi,   qo‘liga   tegadigani)   «Ish   haqi
hisoblash»   varaqalarini   mashinalarda   tuzish   yo‘li   bilan.   Bunga   asosan   ish   haqi
berish uchun to‘lov qaydnomasi tuziladi.
Moliyalash   manbaidan   qat’iy   nazar   korxonaning   mehnat   haqi   xarajatlari
tarkibiga   mehnatga   haq   to‘lash   bo‘yicha   qilingan   barcha   xarajatlar,   jumladan
qonun   bo‘yicha   xodimlarning   ishlamagan   vaqti   uchun   hisoblangan   o‘rtacha   ish
haqi, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, kompensatsiya to‘lovlari kiradi.
YUqorida ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qilingan xarajatlarning
barchasi   xarajatlar   tarkibi   to‘g‘risidagi   Nizomga   binoan   mahsulot   (ish   va
xizmat)lar   tannarxiga   kiritiladi   yoki   davr   xarajatlariga   o‘tkazilib,   keyin   har   oyda
hisobot   davri   foydasini   kamaytirishga   yo‘naltiriladi.   Mehnat   haqi   fondidan
foydalanish ustidan nazoratni asosan korxona rahbari olib boradi. 2002-yilning   1-oktabridan   boshlab,   mulkchilik   shaklidan   qat’iy   nazar,
korxonalar   va   tashkilotlarning     mehnatga   haq   to‘lashga   yo‘naltiriladigan
mablag‘larini   davlat   tomonidan   tartibga   solish   bekor   qilindi.   Bu   o‘z   navbatida
mehnat   haqi   fondidan   foydalanish   ustidan   olib   boriladigan   ichki   nazoratni
kuchaytirishni taqozo etadi.
Buxgalteriya   hisobining   jurnal-order   shakli   tarkibida   hisobot,   haqiqiy
hisoblangan   mehnat   haqi   fondini   hisoblab   chiqish   va   rejali   fonddan   foydalanish
ustidan nazorat qilish uchun maxsus registrlar nazarda tutilgan. Bu maqsad uchun
sanoatda 5-«Hisoblangan ish haqining tarkibi va xodimlar kategoriyalari bo‘yicha
yig‘ma   va   ishchi   va   xizmatchilar   bilan   hisoblashishlar   bo‘yicha   yig‘ma»   ishlov
berish   jadvalidan   foydalaniladi.   Bu   har   oyda   hisoblash   qaydnomalariga   asosan
tuziladi. 
Haqiqatan   ham   bu   jadval   6710-schyotning   ma’lumotlarini   tahlil   qilish,   8,
10/1   jurnal-orderlariga,   7-qaydnomasga   soliq   ushlanmalari   bo‘yicha
ma’lumotnoma tuzish va oy oxiriga qolgan qoldig‘ini bosh daftar bilan taqqoslash
imkoniyatini   beradi.   CHunonchi,   8   -   jurnal-orderga   yozish   uchun   ishchi   va
xizmatchilarning   ish   haqlaridan   ushlangan   soliqlar   summasi   to‘g‘risidagi
ma’lumotnoma   6410-schyotning   kredit   ma’lumotlariga   asosan   tuziladi;   10/1
jurnal-orderiga yoziladi 6710-schyotning krediti 6520-schyotning   d ebeti bo‘yicha;
7-qaydnomaga   –   4710-schyotning   krediti   bo‘yicha,   6990-schyotning   krediti
bo‘yicha  yoziladi.
4. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning
sintetik hisobi
Xodimlarga tegishli ish haqi, mukofot, nafaqalar hisoblashni amalga oshirish
bilan   bir   vaqtda   bu   summalar   korxona   buxgalteriyasida   tegishli   registrlarda
hisobga olib boriladi. Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan ishlab chiqarish xususiyatiga
ega   bo‘lgan   mehnatga   haq   to‘lash   xarajatlari   ishlab   chiqarilgan   mahsulot   (ish,
xizmat)   lar   tannarxiga   o‘tkaziladi.   Ishlab   chiqarish   xususiyatiga   ega   bo‘lgan
mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagilar kiradi:
-   xo‘jalik   yurituvchi   subektda   qabul   qilingan   mehnatga   haq   to‘lash   shakllari   va
tizimlariga   muvofiq   bajarilgan   narxnomalar,   tarif   stavkalari   va   lavozim
maoshlaridan   kelib   chiqib   hisoblangan   amalda   bajarilgan   ish   uchun   ishlab
chiqarish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  hisoblangan   ish  haqi,  shu   jumladan  bajarilgan
ishni   hisobga   olish   bo‘yicha   dastlabki   hujjatlarda   nazarda   tutilgan
rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlar;
-  kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar;
-   ish   rejimi   va   mehnat   sharoitlari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   kompensatsiya   tusdagi
to‘lovlar, shu jumladan:
-   texnologik   jarayon   jadvalida   nazarda   tutilgan   tungi   vaqtda,   ishdan   tashqari
vaqtda,   dam   olish   va   bayram   kunlarda   ishlaganlik   uchun   tarif   stavkalari   va
okladlarga ustamalar va qo‘shimcha haq;
-   smenali   rejimda   ishlaganlik,   kasblarni   birga   qo‘shib   olib   borganlik   va   xizmat
ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
-   hukumat   tomonidan   tasdiqlangan   kasblar   va   ishlar   ro‘yxati   bo‘yicha   og‘ir,
zararli   mehnat   va   tabiiy-iqlim   sharoitlarida   ishlaganlik   uchun   ustamalar,   shu
jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;
- aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil transporti va katta yo‘llar xodimlarining va
doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan yoki qatnov tusiga ega bo‘lgan boshqa xodimlarning
ish haqiga, xo‘jalik yurituvchi subekt joylashgan joydan jo‘nagan paytidan boshlab
shu joyga qaytib kelgan paytigacha to‘lanadigan yo‘lda o‘tgan har bir sutka uchun
to‘lanadigan ustamalar; -   qurilishda,   rekonstruksiya   qilishda   va   mukammal   ta’mirlashda   bevosita   band
bo‘lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan
ishlarni  bajarishgan xodimlar  uchun ishning ko‘chma va qatnov xususiyati  uchun
ustama;
- doimiy ravishda er osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga ularning shaxtada ish
joyiga   jo‘nab   ketishlaridan   va   orqaga   qaytishlarigacha   o‘tadigan   normativ   vaqt
uchun qo‘shimcha haq;
- mehnatga haq to‘lashning rayonlar bo‘yicha tartibga solinishiga, shu jumladan
rayon   koeffitsientlari   va   amaldagi   qonun   hujjatlariga   muvofiq   cho‘l,   suvsiz   va
yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsentlar bilan belgilangan to‘lovlar;
-   xo‘jalik   yurituvchi   subekt   joylashgan   joydan   ish   joyiga   va   orqaga   qaytadigan
yo‘lda   o‘tadigan   kunlar   uchun   vaxtada   ishlash   jadvalida   nazarda   tutilgan,
shuningdek   xodimlarning   meteorologiya   sharoitlariga   ko‘ra   va   transport
tashkilotlarining   aybi   bilan   yo‘lda   tutilib   qolingan   kunlar   uchun   tarif   stavkasi,
oklad miqdorida to‘lanadigan summalar;
- ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun
hujjatlari   bilan   belgilangan   boshqa   hollarda   xodimlarga   ularga   ish   vaqtining
normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish
kunlari, uchun haq to‘lash;
-ishlamagan vaqt uchun haq to‘lash:
-   amaldagi   qonun   hujjatlariga   muvofiq   navbatdagi   va   qo‘shimcha   ta’tillar,
navbatdagi   foydalanilmagan   va   qo‘shimcha   ta’tillar   uchun   kompensatsiyalar,
o‘smirlarning   imtiyozli   soatlari,   bolani   ovqatlantirish   uchun   onalar   ishidagi
tanafuslar,   shuningdek   tibbiy   ko‘riklardan   o‘tish   bilan   bog‘liq   vaqt   uchun   haq
to‘lash;
-   majburiy   ta’tilda   bo‘lgan   xodimlarga,   asosiy   ish   haqini   qisman   saqlab   qolgan
holda haq to‘lash; - donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan
har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash;
- davlat vazifalarini bajarganlik uchun mehnat haqi to‘lash;
-   xo‘jalik   yurituvchi   subekt   shtatida   turmaydigan   xodimlar   mehnatiga   ular
tomonidan   fuqarolik-huquqiy   tusdagi   tuzilgan   shartnomalar   bo‘yicha   ishlar
bajarilganligi   uchun   haq   to‘lash,   agar   bajarilgan   ish   uchun   xodimlar   bilan   hisob-
kitob   xo‘jalik   yurituvchi   subektning   o‘zi   tomonidan   amalga   oshirilsa   pudrat
shartnomasi ham shu jumlaga kiradi;
- belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar
mehnatiga haq to‘lash fondiga kiritiladigan to‘lovlarning boshqa turlari.
Barcha bu mehnat xarajatlari bevosita quyidagi schyotlarning debeti bo‘yicha
2010-«Asosiy   ishlab   chiqarish»,   2310-«YOrdamchi   ishlab   chiqarish»,
2510-«Umum   ishlab   chiqarish   xarajatlari»,   2610-«Ishlab   chiqarishdagi   yaroqsiz
mahsulotlar»,   2710-«Xizmat   ko‘rsatuvchi   xo‘jaliklar»   3100-   «Kelgusi   davrlar
xarajatlarini   hisobga   oluvchi   schyotlar»,   6710-«Mehnat   haqi   bo‘yicha   xodimlar
bilan hisoblashishlar» schyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
Ishchilarning   ta’til   vaqti   uchun   hisoblangan   ish   haqi   summasiga
8910-«Kelgusi   xarajatlar   va   to‘lovlar   zaxiralari»   (agar   korxonaga   bunday   zaxira
mablag‘larini   tashkil   qilish   huquqiy   berilgan   bo‘lsa)   schyoti   Debetlanib
6710-«Mehnat  haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi va
15-qaydnomasga binoan 10 va 10/1 jurnal-orderlarida aks ettiriladi.
Ishga   qobiliyatsizligi   bo‘yicha   nafaqa   va   ijtimoiy   sug‘urta   organlari
mablag‘lari   hisobidan   to‘lanadigan   boshqa   to‘lovlar   6520-«Maqsadli   davlat
jamg‘armalariga   to‘lovlar»   schyotining   Debeti   va   6710-schyotning   kreditiga
yozilib 10/1 jurnal-orderida aks ettiriladi.
Qisqa xulosa Xo‘jalik   yurituvchi   subektlarda   mehnat   va   unga   haq   to‘lash   hisobi
korxonaning hisob tizimida muhim ahamiyatga egaligi va u mehnatning son hamda
sifati,   istemolga   yo‘naltiriladigan   mablag‘lardan   foydalanish   ustidan   operativ
nazoratni ta’minlashga qaratilgan.
Mehnatga   haq   to‘lashda   ishning   sifatini,   ishlab   chiqarish   normalarining
bajarilishini   hisobga   olish   va   ish   haqi   hisoblashning   ma’lum   tartibini   belgilash
bo‘yicha nazariy hamda amaliy tavsiyalar berilgan.
Nazorat va muhokama uchun savollar
            1.   Korxona   xodimlari   qanday   guruhlardan   iborat   va   xodimlar   tasnifining
ahamiyati nimada?
      2. Mehnatga haq to‘lashning qanday shakl va tizimlarini bilasiz?
      3.  Mehnat va unga haq to‘lashni tashkil etish deganda nimani tushinasiz?
      4. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qanday dastlabki hujjatlar qo‘llaniladi?
            5.   Ish   sharoitini   normal   holati   deb   nimani   tushinasiz   va   uning   qanday   haq
to‘lanadi?
      6. YAroqsiz mahsulotga qanday haq to‘lanadi?
      7.  Bayram kunlari ishlagani uchun qanday haq to‘lanadi?
      8. Yillik ta’til haqi qanday hisoblanadi?
      9. Vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganlarga to‘lanadigan nafaqa miqdori ish
haqidan necha foizni tashkil etadi?
     10. Ish haqidan qanday ushlanmalar ushlanadi?

Mеhnаt vа unga hаq to’lash ning sintetik va analitik hisobi Reja: 1. Mehnat ta’tili va kasallik bo‘yicha qo‘shimcha haq hisoblashni hujjatlashtirish 2. Ish haqidan ushlab qolinadigan ushlanmalar va unga nisbatan ajratmalar va to‘lovlar 3. Mehnat haqi bo‘yicha hisoblashishlar, ularni rasmiylashtirish va foydalanishni nazorat qilish 4. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning sintetik hisobi

1. Mehnat ta’tili va kasallik bo‘yicha qo‘shimcha haq hisoblashni hujjatlashtirish O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishlamagan vaqti uchun ham ishchi va xizmatchilarga haq to‘lanadi. Bunday to‘lovlarni hisoblash o‘rtacha ish haqiga asoslanadi. O‘rtacha ish haqini hisoblash va qo‘llash tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6- ilovasiga binoan o‘rtacha oylik ish haqini hisoblashning quyidagi tartibi belgilangan: - ta’til haqi, ishdan bo‘shaganda beriladigan yordam puli, ishsizlik bo‘yicha nafaqa tarifikatsiya bo‘yicha o‘rtacha ish haqi belgilangan ish haqini yoki lavozimlik okladini hisoblash kuniga birinchi yili ishlayotganlar uchun o‘n ikkidan birga (1/12) (to‘liq olti oy ishlaganlar bo‘yicha oltidan birga, to‘liq etti oy ishlaganlar bo‘yicha – ettidan birga va h. k.) ko‘paytirib topiladi. o‘rta maxsus va hunar – texnika bilim yurtlari o‘qituvchilariga esa hisoblash davrida tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozimlik okladidan oshgan qismini o‘ndan birga ko‘paytirib topiladi. Bularga ishbay haqlar, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar va boshqa ijtimoiy sug‘urtaga badal hisoblanuvchi to‘lanmalar kiradi. - o‘rta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlaridagi o‘qituvchilarga ortiqcha bajarilgan soatlari bo‘yicha qo‘shimcha haq yil oxirida ushbu soatlar bajarilgan vaqtda harakatda bo‘lgan stavkalar bo‘yicha hisoblanadi. - xodimlar salomatligiga e tkazilgan zarar, kasbiy kasallik yoki ularning mehnat vazifalarini bajarish jarayonida salomatligiga etkazilgan zararlarni ish beruvchilar tomonidan qoplash uchun haq hisoblash Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga binoan olib boriladi.

- ishga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi varaqalar, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha haq hisoblash davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomga binoan olib boriladi. - boshqa (1-4 bandlarida ko‘rsatilgandan tashqari) barcha hollarda o‘rtacha oylik ish haqi oxirgi ikki kalendar oyining o‘rtacha ish haqisi bilan aniqlanadi. - xodimlar mehnat ta’tilida, davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarishda, ikki oy ichida ish qidirish vaqtida, shuningdek kasalligi davrida tarif stavkalar, lavozimlik okladlar oshgan bo‘lsa, korxona, tashkilot, muassasalarning mehnatga haq to‘lashning yangi sharoitiga to‘g‘ri keladigan haqiqiy ish kuni bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Qonunchilik bilan o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqishning maxsus tartibi o‘rnatilgan hollarda, ko‘rsatilgan qoidalar qo‘llanilmaydi. Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish ma’lumotlariga va xodim tomonidan qonunchilik bilan kafolatlangan o‘rtacha ish haqini olish huquqini tasdiqlovchi tegishli hujjatlariga asosan o‘rtacha ish haqi hisoblab chiqiladi. Barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. O‘rtacha ish haqi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga binoan hisoblanadi. Ta’til haqi aniqlash yoki foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya hisoblashda olti kunlik ish haftasi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish kunining davomiyligini 25,4 kun deb hisoblaydi. Xodimlarning vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi uchun hisoblab to‘lanadigan haqning qoplash manbai bo‘lib tannarx yoki davr xarajatlari emas, balki ijtimoiy sug‘urta organlarining mablag‘lari hisoblanadi.

To‘lanadigan haqni hisoblab topish uchun asos bo‘lib ish vaqtidan foydalanishni hisobga oladigan tabel va tibbiyot muassasalarining bergan vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi to‘g‘risidagi varaqasi hisoblanadi. Nafaqa miqdori mehnat daftarchasi yoki uning o‘rniga berilgan hujjatga binoan ish qobiliyatini yo‘qotgan kuniga hisoblab topilgan umumiy ish stajiga asosan aniqlanadi. Amaldagi qarorga binoa 1 ishlab chiqilgan nizomga asosan ish stajidan qat’iy nazar quyidagi xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi bo‘yicha nafaqa 100 % to‘lanadi: - ishlayotgan ikkinchi jahon urush qatnashchilariga; - baynalminal harbiylar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga ; - uch yoki undan ortiq 16 yoshga e tmagan ( o‘quvchilar 18 yosh ) farzandlari bo‘lgan xodimlarga ; - CHernobil AES avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan xodimlarga ; - CHernobil halokati natijasida evakuatsiya qilinib radioaktiv bilan ifloslangan zonalardan ko‘chirilgan xodimlarga adenoma, rak va shunga o‘xshagan kasalliklarga duchor bo‘lganda; - Ish joyida shkastlanishlar yoki kasbiy kasal bo‘lganlarga; - homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha. Hisobda turuvchi ijtimoi ahamiyatli kasallikka uchragan xodimlarga umumiy ish stajiga qarab vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan vaqtiga quyidagi miqdorda nafaqa to‘lanadi: a) umumiy mehnat staji 8 va undan ko‘p yil bo‘lgan, xodimlarga ish haqining 100 % miqdorida; 1 O‘zR VMning «Vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi bo‘yicha nafaqalar to‘lash doirasini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 71-sonli qarori. 2002 yil 28 fevral.

b) umumiy mehnat staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga – ish haqining 80 % miqdorida; v) umumiy mehnat staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga – ish haqining 60 % miqdorida. Qolgan kategoriya xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan vaqtiga quyidagi miqdorda nafaqa to‘lanadi: - umumiy mehnat staji 8 va undan ko‘p yil bo‘lgan xodimlarga, shuningdek 21 yoshga chiqmagan e tim xodimlarga ish haqining 80 % miqdorida; - umumiy mehnat staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 % miqdorida. Barcha hollarda vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganligi bo‘yicha to‘lanadigan nafaqa eng kam oylik ish haqidan kam va nafaqa hisoblab topilgan ish haqidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Ish haqi summasiga ish joyida ijtimoiy sug‘urta hisoblanadigan, mehnat haqiga kiritilmaydigan bir yo‘la to‘lovlardan tashqari, barcha turdagi to‘lanmalar kiradi. Ishbay ish haqi oladigan shaxslarga nafaqa ishga qobiliyatsizligi boshlangan oydan oldingi kalendar oyida ishlagan ish haqidan hisoblab topiladi. Oxirgi oy oyligiga amaldagi Nizomg a 2 binoan hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik mukofotlar summasi qo‘shiladi. Vaqtbay haq oladigan shaxslarga nafaqa hisoblash uchun oylik oklad, ishga qobiliyatsizlik boshlangan kungacha olingan doimiy qo‘shimcha haqlar inobatga olingan holda, kunlik yoki soatlik tarif stavka olinadi. Bunga «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom» ga binoan hisoblab chiqilgan o‘rtacha oylik mukofotlar summasi qo‘shiladi. 2 «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2002 yil 1 apreldagi 21-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. (O‘zR MAIMQV 25.06.2007 y. M-31-son Buyrug‘i bilan o‘zgartirish kiritilgan).