MIKROORGANIZMLARGA KIMYOVIY VA FIZIKAVIY OMILLARNING TA’SIRI
MAVZU: MIKROORGANIZMLARGA KIMYOVIY VA FIZIKAVIY OMILLARNING TA’SIRI REJA: 1.Mikroorganizmlar va uning yashash muhiti 2.Fizikaviy faktorlarning ta’siri 3.Kimyoviy faktorlarning ta’siri
Mikroorganizmlarga tashqi faktorlarning ta’siri Mikroorganizmlarning hayot faoliyati tashqi omillar bilan chambarchas bog’liqdir. Tashqi muhit o’zgarsa, mikroorganizmlarning hayot faoliyati va rivojlanishi ham o’zgaradi. Tashqi muhitning salbiy ta’siriga chidam beradigan mikroorganizmlar o’z hayot faoliyatlarini suyuq, va qattiq muhitda, havoda, chuqur vakumda, sirkada, atom reaktorlarining suvlarida, tirik jonivorlarning ichki organlarida davom ettiraoladi. Ba’zi bir mikroorganizmlar – 190, ba’zi bir sporalar esa – 253 darajada ham yashaydi. Bunday sharoitda faqat moslashgan mikroorganizmlar yashaydigan turli omillar ta’siriga qarshi turish qobiliyatini mikroorganizmlar hosil qiladi. Ana shu mikroorganizmlarga ta’sir ko’rsatadigan omillarga nisbatan javob ko’rsatishni 3 ta kordinal nuqta asosida kuzatish mumkin. 1. minimal 2. maksimal 3. optimal Minimum organizm uchun quyi biologik Masalan: harorat past bo’lsa minimum bo’lib, rivojlanishdan to’xtaydi. Optimal shu organizmning rivojlanishi uchun eng qulay, maksimal bo’lsa bu odam rivojlanishni to’xtatadi, yoki halokatga olib kelishi mumkin. Umuman mikroorganizmlarning hayot faoliyatiga ta’sir etadigan tashqi- muhit omillarini 3 guruhga bo’lib o’rganish mumkin: 1. fizikaviy 2. kimyoviy 3. biologik Fizikaviy faktorlarga harorat, quruqlik, yorug’lik, bosim, harakat, rentgen nurlari v.x. Haroratning ta’siri: mikroorganizmlar ham xudi boshqa tirik organizmlar singari o’ziga xos normal haoratda yaxshi yashaydi.
Temperatura yuqori yoki past bo’lsa mikroorganizmlarning o’sishi, rivojlanishi va ko’payishi pasayadi. Har bir mikrob uchun o’ziga xos harorat rejimi bor, ya’ni optimal, minimal, maksimal. Masalan: kuydirgi kasalligini keltirib chiqaruvchi – Bactelus anthracus mikrobining minimal harorati + 12, optimal haroratii + 37 va maksimal + 42 darajadir. Tuberkullyoz silni qo’zg’atuvchisi Mycobactercrium tuberculosusning minimal harorati + 30, optimal harorati + 37,5 va maksimal harorati + 42 daraja. Shunday qilib mikroblar haroratga bo’lgan munosabatiga qarab 3 ta katta guruhga bo’lib o’rganiladi. Psixrofillar – grekcha «psixro» sovuk «filin» sevaman degan ma’noni anglatadi. Bular sovuqni sevadigan mikroblardir. M: Shimoliy qutb dengizi mikroblari uchun qulay optimal harorat + 15-20, maksimali 30-35, minimali) va hatto minus 6 darajagachadir. Bu uzunlikka nur sochuvchi dengiz suv havzalarida uchraydigan va temir bakteriyalari kiradi. Nima sababdan mikroorganizmlar ana shu past haroratda yaxshi rivojlanadi? Buning asosiy sabablaridan biri shuki uning xujayrasining o’ziga xos tuzilishida: Hujayra fermentlar ishlab chiqarib, ana shu fermentlar past haroratda intensivlashadi, yuqori haroratda aktivligi susayadi. Hujayra membranasining tarkibida lipid ko’p bo’lib, o’tkazuvchanligi kuchli, past temperaturada quyuqlashib qolmay bir me’yorda yarim suyuq holatda turadi. Past haroratda polisaxaridlar hosil bo’lib turadi. P. Mezofillar – grekcha «mezos» o’rtacha degan ma’noni anglatadi. Mezofil bakteriyalar uchun optimal harorat + 30, 37, minimal + 10 va maksimal temperatura 45-50 darajadir. Bu guruhga barcha saprofit bakteriyalar va kasallik chaqiruvchi bakteriyalar kiradi.
Sh. Termofill – grekcha «termos» issik degan ma’noni anglatadi, unga issiq sevuvchi bakteriyalar kiradi. Bunday mikroblar uchun optimal harorat +50-60, minimal harorat +35, maksimal harorat esa + 80 daraja bo’ladi. Bu guruhga hayvonlarning ovqat hazm qilish traktida yashovchi, tuproqning yuza qatlamida yashab ular issiqni sevib qolmasdan balki issiqlik ajratib ham turadi. Metan bakteriyalari Arxeobakterlar, sianobakterlar va x.k. Past harorat mikroblarni o’ldirmaydi, balki ularning o’sishini vaqtincha to’xtatadi. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlari muzxonada saqlanadi, past haroratda bakteriyalarda modda almashinishi pasayadi va qurib uladi. Yuqori harorat mikroblarga halokatli ta’sir ko’rsatadi, protoplazmasi quyuqlashadi. Ko’pchilik mikroblar 80 gr.qizdirilsa halok bo’ladi. Mikroblarni quruq issiqlik bilan o’ldirish uchun harorat +160-180 gr. bo’lishi kerak. Sporasiz mikroblar 70 gr. 10-15, 60 gr.S da 30-60 minutda o’ladi. Mikroblar bunday haroratda o’lmasa ham uning protoplazmasi ko’p o’zgarishga uchraydi. Uning antibiogenlik xususiyati saqlanib qoladi, shuning uchun ham ulardan shtamm qizdirish yo’li bilan tayyorlanadi. Spora ancha yuqori haroratga chidamli bo’ladi. Mikroblarga haroratning ta’sirini bilgan holda medisina va turmushda sterilizasiya qo’llaniladi: Alangada qizdirish Quruq issiq bilan quritish, Paster shkafida Qaynatib sterillash Harakatdagi bug’ bilan Bosim ostida bug’ bilan Tindallizasiya – bu usulni angliyalik Tindal tavsiya etgan. Bunda suyuqlik +60-65 0 S bir soatdan 5 kun yoki +70-80 0 S bir soatdan 3 kun sterillanadi.
Pasterizasiya usuli ham t os usuliga o’xshash bo’lib, farqi +toc da 30 mint stal + 80 0 S. 15 minut davomida o’tkaziladi. Quyosh nurining ta’siri. Tug’ri tushgan quyosh nuri barcha turdagi mikroblarga halokatli ta’sir qiladi. Ko’p yillik bakteriyalar quyosh nuridan bir necha minutda o’ladi. Quyosh ayniqsa qisqa tulqin uzunligidagi (180-280) ultrabinafsha nurlar kuchli ta’sir etadi. Ultra binafsha nurlar suv, sut va boshqa mahsulotlarni sterilizasiya qilishda ishlatiladi. Rentgen va radiy nurlari mikroblarga qisqa vaqt va oz miqdorda ta’sir ettirilsa, o’sishga yordam beradi. Infraqizil nurlar organizmga issiqlik berish xususiyatiga ega bu nurlarni sianobakterlar suv o’simliklari fotosintez jarayonida foydalanadi. Ayrim fotosintez qiluvchi silindrsimon va yashil bakteriyalar keng diapazonli (350 dan 1100 nm) nurlarni qabul qilish qobiliyatiga) egadir. Ultrabinafsha, ya’ni qisqa to’lqin 220-300 nm uzunlikdagi nurlarga mikroblarning chidamliligi uning xususiyatiga bog’liq, ayrimlariga mutagenlik ta’sir ko’rsatsa. Ayrimlari halokatga uchraydi. Shuning uchun ham bu nurdan dizenfeksiya maqsadida foydalaniladi. Ana shu UF nurlarning salbiy ta’siridan biri shuki hujayradagi nuklein kislotalarning fotokimyoviy buzilishiga olib keladi. Birinchi navbatda DNK strukturasi o’zgaradi, ya’ni dezoksiriboza bilan fosfatni bog’lovchi vodorod bog’i ko’prigi uziladi. Bakteriyalarning hujayrasida karotinoid segmentlari mavjud bo’lsa chidamli bo’lib, karotinoid himoya vazifasini o’taydi. Masalan: fototrof bakteriyalar. 1.Fotoreaktivasiya – hodisasini 1948 yil A.Keloner izohlab bergan. Ayrim mikroorganizmlar oldin odatdagi yorug’lik nuri bilan ta’sir ettirilgandan so’ng ultrabinafsha nur bilan ta’sir ettirilsa u halok bo’lmasdan aksincha o’sadi, chidamliligi oshadi.