Mikroorganizmlarning hayot faoliyatiga tashqi muhit omillarning ta’siri
Mikroorganizmlarning hayot faoliyatiga tashqi muhit omillarning ta’siri Reja: 1. Mikroorganizmlarga ta’sir qiluvchi tashqi muhit omillari. 2. Mikroorganizmlarga fizik omillarning ta’siri. 3. Mikroblarga kimyoviy omillarning ta’siri. 4. Mikroblarga biologik omillarning ta’siri.
Mikroorganizmlarning rivojlanish va hayot faoliyatining tezligi tevarak atrof muhit bilan chambarchas bog‘liq. Mana shu sharoit mazkur mikroorganizm uchun qancha qulay bo‘lsa, u shuncha tez rivojlanadi va shu bilan uning hayot faoliyati shuncha yuqori bo‘ladi. Tashqi muhitninghar bir omiliga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra, mikroorganizmlarning rivojlanish tezligini belgilovchi 3 ta kardinal nuqta olish mumkin. Agar mazkur omilning ta’siri minimumga yetsa, mikroorganizmlarning hayot faoliyati juda sekin boradi. Bu omilning ta’siri ortib, optimumga ko‘tarilsa, mikroorganizmlarning hayot faoliyati juda tez boradi. Omilning kuchi maksimumga ko‘tarilsa, mikroorganizmlarninghayot faoliyati butunlay to‘xtaydi. Tashqi muhitning mikroorganizmlar rivojlanishiga katta ta’sir qiluvchi hamma omillarini uchta asosiy guruhga: 1. fizik 2. kimyoviy 3. biologik omillarga bo‘lish mumkin. Fizikaviy omillarga temperatura, namlik, suvda erigan moddalar konsentrasiyasi, yorug‘lik, bosim, harakat va boshqalar kiradi. Mikroorganizmlar ham xuddi boshqa tirik organizmlar singari o‘ziga xos normal temperaturada yashay oladilar. Temperatura yuqori yoki past bo‘lsa, mikroblarning o‘sishi, rivojlanishi va ko‘payishi pasayadi. Har bir mikrob uchun o‘ziga xos temperatura rejimi bor. Ya’ni optimal, minimal va maksimal. Barcha mikroorganizmlar temperatura ta’siriga qarab 3 ta katta guruhga bo‘linadi. 1.Psixrofillar – grekcha “psixro” sovuq, “fillin” sevaman degan ma’noni bildiradi. Bular sovuqni sevadigan mikroorganizmlardir. Misol uchun shimoliy qutb dengizi mikroblari uchun qulay optimal temperatura +15, +20, maksimali +30, +35, minimali – 0 va minus 6 darajadir. Bu guruhga nur sochuvchi, dengiz, suv havzalarida uchraydigan va temir bakteriyalari kiradi. 2.Mezofil – grekcha “mezos” o‘rtacha degan ma’noni anglatadi. Unga o‘rtacha temperaturada rivojlanuvchi mikroblar kiradi. Bular uchun optimal temperatura
+30, +37, minimal +10, va maksimal +45, +50 0 S dir. Bu guruhga saprofit bakteriyalar va barcha kasallik qo‘zg‘atuvchi, hamda achitqi bakteriyalari kiradi. 3.Termofil – grekcha termos issiq degan ma’noni anglatadi. Bunday mikroblar uchun optimal temperatura - +50, +60, minimal temperatura +35 va maksimal temperatura + 80 darajagacha boradi. Past temperatura mikroblarni o‘ldirmaydi, balki ularning o‘sishini bir muncha pasaytiradi. Past temperaturada mikroblar uzoq vaqt tursa modda almashinuvi pasayadi va qarishdan ham ochlikdan o‘ladi. Yuqori temperatura mikroblarga halokatli ta’sir qiladi, ya’ni ularning protoplazmasini uyushtiradi. Ko‘pchilik mikroblar +80 0 S qizdirilganda haloq bo‘ladi. Mikroblarni quruq issiqda o‘ldirish uchun harorat +160, +180 0 bo‘lishi kerak. Mikroblarni yuqori temperatura bilan sterilizasiya qilinadi. Sterilizasiya – “sterillis” lotincha so‘z bo‘lib, naslsizlantirish degan ma’noni anglatadi. Sterilizasiya qilinganda patogen va patogensiz mikroblar, ularning sporalari ham o‘ladi. Sterilizasiya bir nechta usullar bilan o‘tkaziladi: 1.Alangada qizdirish yoki flambir qilish usuli. Bu usul bilan alangado buzilmaydigan asbob-uskunalar sterilizasiya qilinadi. 2.Quruq issiq bilan sterillashda quritish yoki Paster shkafidan foydalaniladi. Quruq issiq bilan sterillash +170 0 da 45 minutdan 1 soatgacha, 180 0 da 15 minut va 200 darajada faqat 5 minut davomida o‘tkaziladi. 3.Qaynatib sterillash usuli bilan asosan vegetativ shaklli mikroblar, ammo uzoq muddat sterillansa spora ham o‘ladi. 4.Harakatdagi bug‘ bilan sterillash maxsus KOX apparati ishlatiladi. 5.Bosim ostida bug‘ bilan sterillash usulini qo‘llash uchun avtoklav kerak. 6.Tendellizasiya usulini Tendel tavsiya etgan. Bunda suyuqlik +60, +65 0 da 1 soatdan 5 kun yoki +70 – 80 0 da 1 soatdan 3 kun sterillanadi. 7.Pasterizasiya usuli ham tendelizasiyaga o‘xshash. Farqi shuki, pasterizasiya +70 darajada 30 minut yoki +80 darajada 15 minut davomida o‘tkaziladi. Namning ta’siri . Mikrob hujayrasining 85%i suvdan iborat va uning barcha hayot faoliyati ham muhitda nam bo‘lish bilan bog‘liq. Ko‘p oziq moddalar suvda
erimasdan hujayra ichiga kira olmaydi va natijada hujayra yashay olmaydi. Mikroblarning ba’zilari nam yetishmasligiga yomon chidaydi, boshqalari esa aksincha ancha chidamli bo‘lib, qurigan holatda ham ancha vaqtgacha saqlanishi mumkin. Uchinchi xil mikroblar qurigan holatda hayotchanligini 10 yilgacha saqlashi mumkin. Yerda umumiy nam sig‘imining 60%iga yaqin nam bo‘lgandagina mikroorganizmlar uchun eng qulay sharoit yaratiladi. Eng namsevar tuproq bakteriyalari qatoriga, azot to‘plovchi bakteriyalar (azotobakter va tuganak bakteriyalari) kiradi, lekin ular uchun ham eng qulay sharoit tuproq to‘liq nam sig‘imining 40-80% o‘rtasida bo‘ladi. Faqat nam yetarli bo‘lgandagina mikrobiologik aktivlik maksimumgacha ko‘tariladi va yerdagi biokimyoviy jarayonlar juda tez boradi. Yer qatkaloq bo‘lganda bunday jarayonlar susayadi. Mahsulotlar quritib saqlanganda ham xuddi shunday holat yuz beradi. Quritilgan baliq, go‘sht, sabzavot va mevalarda yetarli miqdorda nam bo‘lmagandan mikroorganizmlar oziqlana olmaydi, natijada bu mahsulotlar buzilmaydi. Shuni esda tutish kerakki, bakteriyalar faqat yetarlicha nam bo‘lgan moddalarda o‘sa oladi, mog‘or zamburug‘lari esa juda oz miqdordagi nam bilan qanoatlanadi. Bu ko‘p zamburug‘lar hujayralaridagi osmotik bosimning bakteriya hujayralaridagiga nisbatan ancha yuqori bo‘lishiga bog‘liq. Suvda erigan moddalar konsentrasiyasining ta’siri. Eritmadagi turli xil moddalarning konsentrasiyasi ham mikroblar rivojlanishiga katta ta’sir qiladi. Ularning yuqori konsentrasiyasi hujayra atrofida fiziologik quruqlik hosil qiladi. Chunki bunda suv mikroorganizm hujayrasi ichiga kira olmaydi. Ularning hujayrasi suvini chiarib plazmolizga uchray boshlaydi va oziqa moddalar hujayra ichiga kira olmaganligidan tashqi muhit bilan normal modda almashinuvi to‘xtaydi. Mikroorganizmlar hujayrasining protoplazmasi yuqori o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lganligidan, ular tashqi muhitdagi osmotik bosimning o‘zgarishiga moslashish mumkin. Mikroblar hujayra suyuqligida tuzlar iloji boricha ko‘p to‘planganidan uning osmotik bosimi juda yuqori ko‘tarilib ketishi
mumkin. Hujayra suyuqligining maksimal osmotik bosimi mog‘or zamburug‘larida 220 atm. Tuproq bakteriyalarida 50-80 atm.ga teng bo‘ladi. Nurlarning ta’siri. To‘g‘ri tushgan quyosh nuri barcha turdagi mikroblarga halokatli ta’sir qiladi. Ko‘pchilik bakteriyalar to‘g‘ri tushgan quyosh nuridan bir necha minut yoki soat davomida o‘ladilar (yorug‘lik sevuvchi bakteriyalardan tashqari). Ayniqsa ultrabinafsha nurlar mikroblarga kuchli ta’sir qiladi. Quyosh nuri faqat oltingugurt to‘plovchi bakteriyalarga salbiy ta’sir qilmaydi. Chunki ular rivojlanish uchun quyosh nurini talab qiladi. Rentgen va radiy nurlarimikroblarga qisqa vaqt va oz miqdorda ta’sir ettirilsa, o‘sishga yordam beradi, ko‘p miqdordagisi ularni o‘ldiradi. Mikroblar bir suvga doimiy elektr toki o‘tkazsa ular musbat tomonga to‘plana boshlaydilar. Shundan ma’lumki ular elektrmanfiy zaryadga egadirlar. Yuqori to‘lqinli elektr toki mikroblarni o‘ldiradi. Mexanik harakat va yuqori bosim natijasida mikroblarning modda almashinish jarayoni buziladi. Bu esa ularning o‘limiga sabab bo‘ladi. Suv tez oqsa ham mikroblar o‘ladi. Atmosfera bosimi mikroblarga ko‘p ta’sir qilmaydi. Chunki dengizda 6 km suv chuqurligida ham mikroorganizmlar borligi aniqlangan. Viruslarning 6500 atmosfera bosimida o‘lganligi aniqlangan. Kimyoviy moddalar turli mikroorganizmlarga turlicha ta’sir etadi. Ba’zi bir mikroblar ta’sir qilgan kimyoviy moddalarga yaqinlashadi, boshqa xil kimyoviy moddalardan uzoqlashadi. Bu hodisa ximiotoksis deyiladi. U ikki xil bo‘ladi: 1. O‘ziga tortuvchi – musbat. 2. O‘zidan uzoqlashtiruvchi – manfiy. Bu hadisani quyidagi tajribada ko‘rish mumkin. Bir idishdagi suvga harakatchan mikroblar solinib, unga shakar eritmasi to‘ldirilgan naycha tushiriladi. Natijada suvdagi mikroblar naycha teshigi atrofida to‘plana boshlaydilar. Bu o‘ziga xostortuvchi ximiotaksisdir. Agar naychaga kislota quyilgan bo‘lsa, mikroblar kapillyar atrofidan uzoqlasha boshlaydilar. Bu uzoqlashtiruvchi ximiotoksisdir. Shunga o‘xshagan hodisa kislorodga nisbatan ham bo‘lishi