Mikroorganizmlarning parazitlik turlari.Patogenlik mexanizmlari.
Mikroorganizmlarning parazitlik turlari.Patogenlik mexanizmlari. R e j a 1. Parazitlik turlari. 2. Parazitlarning asosiy xususiyatlari 3. Patogenlikning mexanizmlari 4. Patologik jarayon 5. O‘simliklarning himoyalanish mexanizmlari
Parazitlar o‘simlik to‘qimalariga faqat oziqlanishi uchun kerak bo‘lgan moddalar muhayyo bo‘lganda yashash uchun o‘tadi. Shunday qilib, parazitizm hamma vaqt ikkita organizmning ozuqaviy o‘zaro bog‘liqlik ro‘y berganda amalga oshadi. O‘zining patogenlik xossalari bilan har xil kasallik qo‘zg‘atuvchilari bir-biriga o‘xshamaydi. O‘lik yoki tirik hujayralarda yashashi bilan bir-biridan farq qiladigan mikroorganizmlar tegishli ravishda saprofit va parazitlarga bo‘linadi. Ko‘p tadqiqotchilarning fikricha, o‘simlik dunyosidagi parazitizm evolyusiyasi obligat saprofitizmdan obligat parazitizmga aylanib amalga oshgan. Aslida o‘simliklar parazitlari har xil o‘simliklar tuqimalarida saprofitlik hayot kechiradigan mikroorganizmlardan kelib chiqqan. Obligat saprofitlar uchun ozuqa sifatida o‘lik organik moddalar xizmat qiladi. Fakultativ parazitlar deb aksariyat xollarda saprofitlik xayot kechirib ma’lum sharoitlarda tirik, lekin qarigan va shikastlangan hujayralarga ham xujum qiladigan mikroorganizmlarga aytiladi (masalan, kul rang chirish zamburug‘i Botritis cenerea). Bunaqa patogenlar ko‘pxo‘rlik bilan ajralib turadi va har xil moslangan muhitlarda yaxshi o‘sadi. Ko‘pchiligi o‘simlikning shikastlangan joylarida parazitlik qiladi. Fakultativ saprofitlar – odatda parazitlik xayot kechiradi, lekin ayrim vaqtlarda saprofitlik ham qiladi (masalan, kartoshkaning fitoftoroz zamburug‘i). Odatda bu patogenlarning xo‘jayin – o‘simliklari kam uchraydi va shunga yarasha ixtisoslashuvi ham tor bo‘ladi. Sun’iy muhitda yaxshi o‘smaydi. Obligat parazitlar deb tirik hujayralar bilan oziqlanadigan va sun’iy muhitlarda yaxshi o‘smaydigan mikroorganizmlarga aytiladi. Bu turdagi parazitlarga zang, un shudring, qorakuya kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilari kiradi. Parazitlar o‘z xo‘jayin – o‘simliklarda turlicha usulda oziqlanadi va bu kursatkichga asosan ularni biotrof va nekrotrof guruhlariga ajratish mumkin (Goyman, 1950). Biotroflar tirik xo‘jayin –o‘simlik hujayralari bilan oziqlansa, nekrotroflar o‘lik hujayralar evaziga yashaydi.
Biotroflar, yoki boshqacha obligat parazitlar zararlagan hujayralarni o‘ldirmaydi, chunki hujayrani o‘lishi parazitning o‘lishi bilan teng. Shuning uchun obligat parazitning o‘simlik hujayralariga ta’siri kuchli emas, ko‘p hollarda nekroz ham paydo bo‘lmaydi. Bu parazitlarning yana bitta xislati, ular tor ixtisoslashgan patogen bo‘lib faqat ma’lum turdagi o‘simliklarni, xattoki ayrim ma’lum navlarni zararlaydi. Yana bir xislati, obligat parazitlar zaif o‘simliklarda emas, balki kuchli, sog‘lom o‘simliklarda yaxshi rivojlanadi. Fakultativ, yoki boshqacha shartli parazitlar o‘simlik hujayrasiga bevosita kirolmaydi va shu bois o‘zining toksinlari yordamida uni oldin o‘ldiradi va keyin oziqlanadi. Yana bitta xislati shundan iboratki, fakultativ parazitlar kuchli ferment tizimiga ega bo‘lib, uning yordamida hujayrani o‘ziga kerakli tarzda hazm bo‘ladigan moddalarga parchalaydi. Bu parazitlar odatda tor ixtisoslanmagan bo‘lib, turli oilalarga mansub o‘simliklarni zararlaydi. Fakultativ parazitlar o‘lik hujayralar bilan oziqlanishga moslanganligi tufayli zaif o‘simliklarga birinchi navbatda shikast yetkazadi. Fakultativ saprofitlar oziqlanish usuli bilan obligat parazitlarga yaqinlashadi va shu bois hujayralarni o‘ldirish uchun toksinlardan foydalanmaydi. Ammo bu guruh parazitlari saprofitlik hayot tarzini butunlay unutmagan bo‘lib, ma’lum rivojlanish davrida o‘laksaxo‘rlikka ham o‘tishi mumkin. Saprofitlik va parazitlik hayot kechirishlarining o‘rtasida aniq chegara yo‘qligi aksariyat mikroorganizmlarining aralash oziqlanishi bilan bog‘lik. Xaqiqatdan ham, son jihatdan o‘lkan fakultativ parazitlar guruhiga mansub organizmlar saprofitlik davrini shartli ravishda o‘tadi. Masalan, piyozda hayot kechiradigan Colletotrichum circinans zamburug‘i oldin saprofit sifatida piyozning qurib qolgan pustlog‘lari bilan oziqlanadi, keyin esa bevosita tirik piyozning o‘ziga o‘tadi va tajovuzkor parazitga aylanadi.
Bir oziqlanish turidan ikkinchisiga o‘tishi Botritis bissoides zamburug‘ida murakkabroq kechadi. Saprofitlik davrida zamburug‘ qari tuqimalardan piyozning uchiga o‘tadi va bu yerda parazitga aylanib tirik hujayralarda rivojlana boshlaydi. Tirik hujayralarni o‘ldirib yana saprofitga aylanadi va o‘laksaxo‘rlik qiladi. Simbiontlar, birga mavjud bo‘lmoq tarzida yashovchi organizmlar. Bu yashash tarzni tadqiqotchilar parazitizmning eng cho‘qqi formasi sifatida ta’riflaydi, chunki bu yerda simbiozga qatnashgan organizmlar bir-biriga ziyon yetkazmaydi, hatto bir-biriga foyda keltiradi. Lekin, agar simbiontlardan bittasi zaiflashsa ikkinchisi birdaniga parazitga aylanadi va sherigini nobud qiladi. Bu munosabatlarning yorqin misoli hammaga ma’lum bo‘lgan ko‘p daraxtlarda uchraydigan mikorizadir. Parazit – o‘simlik tizimining o‘zaro munosabatlar evolyusiyasi. Saprofit O‘simlik Nekrotroflar Biotroflar Fakultativ Fakultativ Obligat Parazitlik Saprofitlik Parazitlik Simbioz Parazitlarning asosiy xususiyatlari patogenlik, virulentlik va tajovuzkorlik.
Patogenlik – mikroorganizmlarning kasallik qo‘zg‘ata olish xususiyatidir. Patogenlikni parazit hayot kechirishining tur belgisi sifatida qarash lozim yoki bu belgi tur ichidagi organizmlar differensiyasidir. Virulentlik – patogenlikning sifat ko‘rsatkichidir. Virulentlik patogenni o‘simliklarning ma’lum tur va navlarga nisbatan zararli bo‘lishi. Masalan, kartoshka fitoftorozi – kartoshkaga nisbatan virulent, lekin boshqa bir qator ekinlar uchun (bug‘doy, lavlagi va b.q.) virulent emas. Keyin patogenning ixtisoslashuvi degan tushuncha ham bor. Masalan, g‘alla ekinlarida poya zangi kasalligi Ruccinia graminis ning bug‘doy, so‘li, arpa va javdarni zararlaydigan 6 –ta ixtisoslashgan turlari mavjud. Misol, P . Graminis , f . Avenae – so‘lini zararlaydi, boshqa g‘allagullilarda rivojlanmaydi. Tajovuzkorlik – chidamsiz o‘simliklarni ommaviy ravishda zararlash xususiyatiga ega bo‘lgan patogenlikning miqdor ko‘rsatkichidir. Tajovuzkorlik – minimal miqdordagi inokulyum orqali kasallik tarqalishiga, parazitning tez tarqalishiga, kasallikni inkubatsion davri davomiyligiga, sporalar miqdoriga va tarqalish tezligiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Agar biz keltirgan misolni olsak, zang kasalliklari juda tajovuzkor patogenlar toifasiga kiradi, chunki kasallanish bitta uredosporadan tarkalishi mumkin, qisqa inkubatsion davriga ega, sporalar ochiq xolda mavsum davomida bir necha marta avlod beradi, sporalari yengil bo‘lganligi tufayli shamol bilan juda uzoq masofaga borishi mumkin. Patogenning zararli ta’siri uning moddalar chiqarishi bilan yoki zararlanishga javoban xo‘jayin-o‘simlik tomonidan chiqarilgan moddalar bilan ifodalanadi. Bunday moddalarga fermentlar va toksinlar kiradi. Fermentlar tirik organizmlarda ko‘pchilik biokimyoviy jarayonlarda katalizator sifatida qatnashadi va shuning uchun o‘simlik va parazitning o‘zaro munosabatlarida katta rol o‘ynaydi. Fermentlar parazitlarga, birinchidan, o‘simlik hujayralari devorlarini eritishda, ya’ni o‘simlik organizmiga kirishi va