logo

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MEXANIZMLARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

45.947265625 KB
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MEXANIZMLARI
Reja
1.  Korruptsiya illatlariga qarshi kurashishning mexanizimlari
2. O’zbekiston   Respublikasida   korrupsiyaga   qarshi   kurashishning   asosiy
tamoyillari.
3. Korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy prinsiplari:
4.  Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan bog’liq huquqiy
mexanizmlar i. Korrupsiyaga   qarshi   kurash   xalqaro   miqyosdagi   kabi   respub likamizda   ham
dolzarb   muammolardan   hisoblanadi.   Chunki   kor rupsiya   jinoyatchilik,   ayniqsa
uyushgan   jinoyatchilik   bilan   bevo sita   bog’liqdir.   “Bugungi   kunda   faqat
iqtisodiyotga emas, balki, eng avvalo, respublikaning siyosiy va xalqaro nufuziga,
jamiya timizning   ma’naviy-axloqiy   nufuziga   katta   zarar   yetkazayotgan   eng   xavfli
illat - korrupsiyadir. U ayrim hollarda o’ta xavfli tusga kirmoqda”. Korrupsiya va
poraxo’rlik   jinoyatning   yopiq   va   eng   qabih   turi   bo’lib,   u   boshqaruv   apparatini
izdan chiqaribgina qolmay, bozor asoslarini ham barbod qilishi mumkin. Mansabni
suiiste’mol   qilish   orqali   mulkni   talon-toroj   qilish   yoki   poraxo’rlik   jinoyatlari
korrupsiya   jinoyatchiligi ning   eng   xavfli   ko’rinishlari   bo’lib   hisoblanadi.
Mansabdor   shaxslarning   g’ayriaxloqiy   va   g’ayriqonuniy   odatlarini   qonu -
niylashtirish,   qarindosh-urug’chilik,   oshna-og’aynigarchilik,   dav lat   byudjeti
hisobidan   o’z   ehtiyojlarini   qondirish   va   boshqalar   korrupsiyaning   yashirin   shakli
hisoblanadi. Korrupsiya o’zida bir necha jinoyatlarni mujassam lashtiradi. 
«Korrupsiya   –   mansabdor   shaxsning   o’z   mansabi   bo’yicha   berilgan
huquqlarni   shaxsiy   boyish   maqsadida   bevosita   suiiste’mol   qilishidan   iborat
amaliyot.   Mansabdor   shaxslarni   sotib   olish,   ularning   poraga   sotilishi   ham
korrupsiya deyiladi»,
“Korrupsiya   demokratik   institutlar   va   qadriyatlar,   etnik   qadriyatlar   va
adolatga   putur   yetkazib   hamda   barqaror   rivojlanish   va   huquq-tartibotga   zarar
keltirib,   jamiyatning   barqarorligi   va   xavfsizligi   uchun   vujudga   keltiradigan
muammo va tahdid” 1
,- degan ta’rif berilgan.
Xo’sh, tarixiy ildiz deb nimaga aytiladi, degan savol  tug’iladi?. Bu savolga
professorlardan   J.Ya.Yaxshilikov   va   N.E.Muhammadiyevlar:   “ Falsafiy   jihatdan
qaraganda «tarixiy ildiz» tushunchasini tor va keng ma’noda talqin qilish mumkin.
«Tarixiy ildiz» tushunchasi  keng ma’noda bugungi kunda mavjud bo’lgan barcha
narsa va hodisalarning tarixiy makon va zamonda joy olgan barcha tomonlari, tor
ma’noda   esa   muayyan   subyektlar   tomonidan   bilish   va   o’zgartirishga   qaratilgan
1
 . Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг коррупцияга қарши конвенцияси.Преамбула.// Ўзбекистон 
Республикаси халқаро шартномалари тўплами, 2008 й., 3-4-сон.  https    ://    lex    .   uz    /   docs    /1461329    . narsa   va   hodisalarning   tarixiy   makon   va   zamonda   egallagan   o’rnini   anglatadi”,-
degan ta’rifni berganlar.
Arastu ilmning barcha sohalarida ijod etar ekan jinoyatchilik masalasini ham
e’tibordan   chetda   qoldirmagan   edi.   U   jinoyatchilikning   sabablari   qatoriga
qashshoqlikni,   jamiyatning   ba’zi   bir   a’zolariga   assosiz   imtiyozlar   berish   va   ba’zi
kishilarning siyosiy huquqsizligini, Shuningdek milliy ziddiyatlarni (aholining turli
qabilalarga-bo’linishini)   kiritadi.   U   ko’p   jinoyatlar   ortiqcha   boylikka   intilishdan
kelib   chiqadi,   birinchi   ehtiyojlar   uchun   predmetlarning   yetishmasligidan   emas
deydi.  U  tug’ma   jinoyatchi   to’g’risidagi   nazariyani   inkor  etib,  qadrli   yoki   axmoq
bo’lish   kishining   o’ziga   bog’liq   deydi.   Ko’rsatib   o’tilgan   sabablar
jinoyatchilikning   bir   turi   hisoblangan   korrupsiyaviy   jinoyatchilik   uchun   ham   xos
xususiyatlardir.   Jamiyatda   korrupsiyaga   qarshi   umumiy   qoralash   muhitini   barpo
etilmaganligi   korrupsiyaviy   jinoyatlarni   sodir   etilishiga,   uning   miqyosi   yanada
kengayib   odatlarga   aylanib   borishiga,   oqibatda   esa   milliy   taraqqiyot   va
xavfsizlikka   tahdid   soluvchi   real   xavf   manbaiga   aylanishiga   olib   keladi.   Hozirda
davlat   tomonidan   ko’rsatiladigan   ijtimoiy   xizmatlar   sohasida   korrupsiyaning
haddan tashqari ko’p uchrashi fuqarolarni qiyin bir ahvolda qoldirmoqda. Ayniqsa
sog’liqni   saqlash   va   ta’lim   sohasida   korrupsiyalashgan   xodimlarning
jazolanmasdan   erkin   o’z   bilganlaricha   ish   tutishi,   fuqarolardan   bezbetlarcha   pora
so’rash   hollari   davlatni   fuqaro   nazarida   obro’sini   tushirmoqda.   Birgina   misol:
O’zbekistan   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi   keltirgan   ma’lumotlarga   ko’ra
Andijon viloyati   o’rta-maxsus   kasb-hunar  boshqarmasining   mansabdorlari  xizmat
vazifasini   suiiste’mol   qilib,   viloyatdagi   bir   qator   kollejlarda   bajarilgan   qurilish
ishlari   hajmiga   qo’shib   yozish,   soxta   dalolatnomalar   tuzish   orqali   357,2   mln.
so’mlik byudjet mablag’larining talon-toroj qilinishiga yo’l ochib berishgan.
  Korrupsiyaning   mamlakatimiz   xavfsziligiga   solayotgan   tahdidlari
quyidagilardan iborat:  
Birinchidan,   siyosiy   jihatdan   olganda,   korrupsiya   amalga   oshirilayotgan
islohotlarga qarshilik ko’rsatish ifodasidir.  Unda o’z umrini yashab bo’lgan, yangi
iqtisodiy   munosabatlarni   o’ziga   qarshi   tahdid   deb   bilgan   holda,   ularning rivojlanishini   sekinlashtirib   qo’yishga   harakat   qiladigan   ma’muriy-buyruqbozlik
tizimi bilan xufyona iqtisodiyotning manfaatlari obyektiv ravishda birlashib ketadi.
Korrupsiya   domiga   ilingan   amaldorlar   shaxsiy   boylik   orttirish   maqsadlarini   va
urug’-aymoqlarning   manfaatlarini   davlat   manfaatlaridan   ustun   qo’yadi.   Bu   esa
mamlakatning   siyosiy   va   iqtisodiy   yo’liga   hamda   aholining   aksariyat   qismiga
tuzatib   bo’lmaydigan   zarar   yetkazadi.   Bundan   tashqari,   yangi   iqtisodiy
munosabatlarga endigina asos solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim
shakllantirilayotgan   globallaShuv   davrida   korrupsiya   o’z   xatti-harakati   bilan   bu
jarayonning yo’lini to’sib qo’yish imkoniga ega. 
  Ikkinchidan,   jinoyatchilik   va   korrupsiyaning   avj   olishi   davlatning
konstitutsiyaviy   asoslarini   yemiradi,   fuqarolarning   huquq   va   erkinliklari   jiddiy
tarzda   buzlishiga   olib   keladi.   “Qonunlar   va   farmonlarni   qabul   qilishdan   maqsad
ularni   chetlab   o’tishdir”   degan   mutlaqo   yaramas   qoida   jamiyatning   eng   oddiy
huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo’lishiga
olib boradi. Basharti iqtisodiyotda jinoiy guruhlar va “reketchilar” to’dalari “bazm
qursa”,   ko’chalarda   esa   odamlar   qo’rqqanlaridan   tasodifiy   o’tkinchilardan   qochib
yursalar, jamiyatdagi barqarorlik va sobitqadamlik haqida gap bo’lishi mumkinmi?
Yo’q, albatta. 
  Uchinchidan,   jinoyatchilik   va   korrupsiya   jamiyatning   ma’naviy-axloqiy
asoslarini   yemiradi.   Jamiyat   a’zolarining   fuqarolik   mavqeini   yo’qqa   chiqaradi.
Amalga   oshirilayotgan   o’zgarishlarga   salbiy   munosabat   vujudga   kelishi   uchun
sharoit yaratadi. Islohotlar g’oyasining o’zini obro’sizlantiradi va eski zamonlarni,
Shu   jumladan   “qudratli   markazning   kuchli   qo’li”   ni   qo’msash   hissini   tug’diradi.
O’tish   davrining   muayyan   qiyinchiliklari   sharoitida   fuqarolar   ongida,   ayniqsa,
yosh avlodning bir qismida, hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy
usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog’liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar
shakllanishi va qaror topishi mumkin. Qing’ir yo’l bilan boylik orttirishga intilish,
basharti u jamiyatning va huquqiy nazoratning e’tiboridan chetda qolsa, odamlarni,
ayniqsa,   haytoga   endigina   qadam   qo’yib   kelayotgan   yoshlarni   yomon   yo’lga
og’diradi.   Axir,   jamiyat   va   davlat   uchun   yosh   avlodning   axloqan   buzilishi   va yuztuban   ketishidan   ham   ayanchliroq,   halokatliroq   hol   bormi   o’zi?
To’rtinchidan,   “Pul   hokimiyatga   intiladi”,   degan   bir   ibora   bor.   Lekin   bu   pul
jinoiy   yo’l   bilan   topilgan   bo’lsa-yu,   uning   egalari   jamiyatning   hokimiyat
tuzilmalariga   chiqib   olsalar,   ular   qanday   usullar   bilan   boshqarishlarini   tasavvur
qilish qiyin emas. Jinoyat olamining nufuzli shaxslari hokimiyatga qanday yo’llar
bilan kirib olishi yaxshi ma’lum va ko’p mamlakatlarda sinovdan o’tgan. Avvaliga
bu   ish   nopok   daromad   manbalarini   saqlab   qolish,   ulardan   kafolatli   foydalanish
maqsadida   hokimiyat   tuzilmalari   bilan   aloqa   bog’lash   va   bu   aloqani
mustahkamlashdan   boshlanadi.   Shundan   so’ng   hokimiyatning   o’zi   ham   qo’lga
kiritiladi.   Hokimiyat   organlarining   jinoyatga   aralashib   qolishi   rivojlanayotgan
jamiyat   uchun   eng   jiddiy   xavf-xatarlardan   biridir.   Jinoiy   tuzilmalarning   davlat
organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli hokimiyat tarmoqlariga
kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi  hissini  kuchaytiradi.
Davlatning   o’zini   obro’sizlantiradi.   Mamlakat   ichkarisida   ham,   tashqarisida   ham
unga ishonchsizlik ortib boradi.  
  Beshinchidan,  nopok yo’l bilan boylik orttirganlar jazodan qutulib qolish va
o’zlarining jinoiy sarmoyalarini himoya qilish uchun har qanday xatti-harakatlarga
tayyor   turishlarini   yaxshi   bilib   olish   lozim.   Bunday   kimsalar   adolatli   jazodan
qo’rqib,   hamma   ishni   qilishga,   hatto   vaziyatni   beqarorlashtirishga,   ommaviy
tartibsizliklarni   keltirib   chiqarishga   shay   turadilar.   Bunday   paytda   ehtiroslarni
junbushga   keltirish,   olomonni   qo’zg’atish   va   uning   orqasiga   yashirinib   olishdan
qulayi   yo’q.   Bunday   odamlarning   “Faqat   bizga   yaxshi   bo’lsa,   ishimiz   bitsa   –
bo’lgani”   qabilidagi   maslagi   xudbinlikning,   hamyurtlariga   nisbatan   surbetlarcha
loqaydlikning yaqqol ko’rinishidir.   
Oltinchidan,   jinoiy   usullar   bilan   boylik   va   mo’may   pul   orttirgan
kimsalarning yangi huquq himoyachilari va hatto demokratiya uchun jafo chekkan
kurashchilar   sifatida   siyosatga   kirib   olishga   harakat   qilayotganidan   dalolat
beruvchi misollar, jumladan, bizda ham oz emas.       Ular bunday xatti-harakatlari
bilan insoniyatning adolat va demokratiya kabi olijanob ideallariga naqadar jiddiy
zarar   yetkazayotganlarini,   o’z   xalqlari   va   mamlakatlari   sha’niga   dog’ tushirayotganlarini aytib o’tirishning hojati bormikin? Nafsilamrini aytganda, ular
o’z   xalqlari   va   mamlakatlarining   taqdiriga,   ozodlik   va   mustaqillik   ideallariga
mutlaqo   befarq   qaraydilar.     Bunday   shaxslarning   turish-turmushi   ketma-ket
qilingan   jinoiy   xatti-harakatlar   zanjiridan   iboratdir.   Avvaliga   o’z   xalqini   aldab
kapital   to’planadi,   keying   gal   –   demokratiya   va   adolatni   ro’kach   qilgan   holda
jamoatchilik fikrini aldab, siyosiy obro’ orttiriladi. Sir emaski, bunday shaxslar o’z
manfaatlari yo’lida respublikadagi vaziyatga ta’sir ko’rsatishga urinayotgan tashqi
kuchlarga xizmat qilishga hamisha tayyor turadilar.
O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvarda qabul qilingan № O’RQ
–   419   raqamli   “Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to’g’risida”   qonuniga   muvofiq
korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Qonuniylik,   fuqarolar   huquqlari,   erkinliklari   va   qonuniy   manfaatlarining
ustuvorligi,   ochiqlik   va   shaffoflik,   tizimlilik,   davlat   va   fuqarolik   jamiyatining
hamkorligi,   korrupsiyaning   oldini   olishga   doir   chora   –   tadbirlar   ustuvorligi,
javobgarlikning muqarrarligi. (4-modda)
Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   sohasidagi   davlat   siyosatining   asosoiy
yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
- Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda
korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
- Davlat   va   jamiyat   hayotining   barcha   sohalarida   korrupsiyaning   oldini
olishga doir chora – tadbirlarni amalga oshirish; 
- Korrupsiyaga   oid   huquqbuzarliklarni   o’z   vaqtida   aniqlash,   ularga   chek
qo’yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart –
sharoitlarni   bartaraf   etish,   korrupsiyaga   oid   huquqbuzarliklarni   sodir
etganlik   uchun   javobgarlikning   muqarrarligi   prinsipini   ta’minlash   (   5-
modda). 
Yettinchidan,   jahon   xo’jalik   aloqalariga   faol   integratsiyalaShuv,   chet   el
investitsiyalari   va   tadbirkorlarini     iqtisodiy   o’zgarishlar   jarayoniga   tortish
sohasidagi   aniq   maqsadga   qaratilgan   faoliyat   bugun   O’zbekiston   uchun   ustuvor
vazifalar   hisoblanadi.   Bu   maqsadlarni   ro’yobga   chiqarish   sharoitida korrupsiyachilarning   xatti   –   harakatlari   nafaqat   mamlakatimizning   halol
fuqarolarini   tadbirkorlikdan   chetlatadi,   balki   chet   ellik   sheriklarda   ishonchsizlik
uyg’otadi va ularni cho’chitib qo’yadi. 
O’zbekistonda,   Shubhasiz,   jinoyatchilikning   sabablarini   aniqlash   choralari
ko’rilmoqda, fosh etilgan korrupsiyachilar qattiq jazolanmoqda. Mamlakat ichidagi
jinoyatchilik   doimo   davlat   tomonidan   qattiq   nazorat   qilib   boriladi.   Jinoyatchilik
keng   avj   olib   ketishiga   va   korrupsiyachilar   domiga   ilingan   amaldorlarning
beboshligiga yo’l qo’ymaslik maqsadida bir qator uzoq muddatli chora – tadbirlar
ishga solingan. Ular jinoyatchilikka qarshi kurash strategiyamizni belgilab beradi.
Jinoyatchilik   va   korrupsiyaga   qarshi   kurashning   mantiqi   iqtisodiy
munosabatlarni   erkinlashtirish   yo’lidan   yanada   izchil   borishni,   halol   tadbirkorlik
uchun chinakkam erkinlikni ta’minlash ba’zan uning yo’lida saqlaninb qolayotgna
ko’plab byurokratik sansolarliklar va to’siqlarni bartaraf etishni talab qiladi. 
O’zbekistonda   butun   huquq   va   sud   tizimini   takomillashtirish   dasturini
mamlakat   ichidagi   jinoyatchilik   va   korrupsiyaga   qarshi   kuchli   chora   deb
hisoblamoq   darkor.   Bir   tomondan,   Qonunning   mutlaq   ustunligi   va   fuqarolarning
huquqlarini   kafolatli   himoya   qilinishi   ushbu   dasturning   maqsadi   bo’lishi   lozim.
Ikkinchi tomondan, mamlakat aholisini va ayniqsa yoshlarni huquqiy tarbiyalashni
sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish nihoyatda zarur. 
Nihoyat,   jinoyatchilik   va   korrupsiyaga   qarshi   murosasizlik   va   umumiy
qoralash   muhitini   vujudga   keltirish   juda   muhimdir.   Jinoyatchilar,   korrupsiya
dunyosi   hammadan   ham   o’z   kirdikorlarining   oshkor   bo’lishidan   qo’rqadi.   Shu
sababli   biz   o’z   matbuotimiz   va   boshqa   ommaviy   axborot   vositalarimiz   o’zining
erkinlashish   jarayonida   jinoyatchilikka   qarshi   kurash   dasturiga   yanada   muhimroq
hissa qo’shadi, deb kutishga haqlimiz. 
“Korrupsiyadek   murakkab   hodisani   tahlil   qilar   ekanmiz,   ushbu
muammoning boshqa tomonini ham nazarda tutmog’imiz kerak. Bu muammoning
mazmunini   bitta   jumla   bilan   ifodalash   mumkin   –   korrupsiyachilar   dunyosi
chegara bilmaydi ”. Shunday   qilib,   jinoyatchilik,   korrupsiya   bizning   o’z   xavfsizligimizga   ham,
xalqaro   xavfsizlikka   ham   tahdid   soluvchi   real   manbadir.   Binobarin,   mazkur
hodisaga qarshi kurash masalalari birgina bizga taalluqli emas. Shuning uchun ham
biz   jinoyatchilik   haqida   butun   jahon   hamjamiyati   qayg’urmog’i   lozim,   deb
hisoblaymiz.   Demokratik   O’zbekiston   xalqi   va   rahbariyati   esa   ular   bilan   faol
hamkorlik qilishga tayyor va buni dunyoni poklash, uning xavfsizligini ta’minlash
ishiga qo’shilgan hissa, deb biladi.
Korrupsiyaga   qarshi   kurashishning   huquqiy   asoslari   borasidagi
yangiliklardan   yana   biri   Shuki,   O’zbekiston   Prezidentining   2017   yil   2   fevraldagi
«Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to’g’risida»gi   O’zbekiston   Respublikasi
qonunining   qoidalarini   amalga   oshirish   chora-tadbirlari   to’g’risida»gi   qarori
asosida 2017-2018-yillarga mo’ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha
davlat   dasturi   tasdiqlandi.   Shuningdek,   Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha
respublika idoralararo komissiyasi tuzildi.
Davlat   dasturida   «Jamiyatda   huquqiy   madaniyatni   yuksaltirish   milliy
dasturi» loyihasini ishlab chiqish belgilangan bo’lib, u orqali mamlakatda huquqiy
ta’lim   va   ma’rifatni,   jamiyatda   huquqiy   bilimlar   tashviqotini   tubdan   yaxshilash
ko’zda tutilgan. 
Xulosa   sifatida   aytish   mumkinki,   faqatgina   korrupsiya   uchun   jazolarni
og’irlashtirish   yo’li   bilan   bu   illatga   qarshi   kurashib   bo’lmaydi.   Fuqarolarning
faolligi, ijtimoiy hodisalarga befarq emasligi hamda har bir davlat xizmatchisining
o’z faoliyati jamoatchilik nazoratida ekanini chuqur his etishi korrupsiyaga qarshi
kurashishning muhim shartidir.
O’zbekiston   Respublikasining   Birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov
rahnamoligida   tarixan   qisqa   davr   ichida   mamlakatda   qonuniylik   va   huquq-
tartibotni   ta’minlashning   huquqiy   asoslari   shakllantirildi,   korrupsiyaga   qarshi
kurashishning samarali tizimi yaratildi.
Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   va   uning   oldini   olish   bilan   bog’liq   huquqiy
mexanizmlarni   takomillashtirishga   qaratilgan   bir   qator   muhim   normativ-huquqiy
hujjatlar,   jumladan,   Byudjet,   Bojxona   kodekslari   (yangi   tahrirda), «Huquqbuzarliklar   profilaktikasi   to’g’risida»gi,   «Ijtimoiy   sheriklik   to’g’risida»gi,
«Davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyatining   ochiqligi   to’g’risida»gi,
«Tezkor-qidiruv  faoliyati   to’g’risida»gi,   «Elektron  hukumat   to’g’risida»gi,  «Ichki
ishlar organlari to’g’risida»gi qonunlar qabul qilindi.
Mazkur   chora-tadbirlarning   yangi   va   yanada   samarali   tizimini   yaratish,
korrupsiyaga   qarshi   kurashishning   huquqiy   asoslarini   yanada   takomillashtirish
uchun   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   tashabbusi
bilan   2016   yil   14   oktyabrda   Oliy   Majlis   Qonunchilik   palatasiga   kiritilgan   va   24
noyabrda  quyi   palata  tomonidan   qabul   qilingan   hamda   Oliy  Majlis   Senatining   8-
sessiyasida   ma’qullangan   «Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to’g’risida»gi   qonun
korrupsiyaga   qarshi   kurashish   sohasidagi   huquqiy   munosabatlarni   to’liq   qonuniy
tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari
tomonidan   amalga   oshirilayotgan   korrupsiyaga   qarshi   chora-tadbirlar
samaradorligini   oshirishga,   fuqarolarning   huquqiy   ongi   va   huquqiy   madaniyatini
yuksaltirish   orqali   jamiyatda   korrupsiyaning   har   qanday   ko’rinishlariga   toqat
qilmaslik muhitini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Qonunda   korrupsiyaga   qarshi   kurashishning   asosiy   prinsiplari   hamda   bu
boradagi davlat siyosatining muhim yo’nalishlari mustahkamlab qo’yilgan.
Qonun   fuqarolar   huquq   va   erkinliklari   himoya   qilinishini   ta’minlashning
qo’shimcha   huquqiy   kafolatlarini   yaratadi,   xususiy   mulk   huquqiga   g’ayriqonuniy
tajovuzlarni,   tadbirkorlik   subyektlarining   faoliyatiga   asossiz   aralaShuvlarni
cheklashga ko’maklashadi.
Qonun   6   ta   bob,   34   ta   moddadan   iborat   bo’lib,   unda   korrupsiya;
korrupsiyaga   oid   huquqbuzarlik;   manfaatlar   to’qnaShuvi   atamalari   asosiy
tushunchalar sifatida berilgan.
Qonunda   «korrupsiya»   tushunchasi   «shaxsning   o’z   mansab   yoki   xizmat
mavqyeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab
moddiy yoki nomoddiy naf  olish maqsadida  qonunga xilof ravishda foydalanishi,
xuddi   Shuningdek   bunday   nafni   qonunga   xilof   ravishda   taqdim   etish»   deya
ta’riflangan. «Korrupsiyaga   oid   huquqbuzarlik»   deganda,   «korrupsiya   alomatlariga   ega
bo’lgan,   sodir   etilganligi   uchun   qonun   hujjatlarida   javobgarlik   nazarda   tutilgan
qilmish»ni tushunish lozim.
«Manfaatlar   to’qnaShuvi»   «shaxsiy   (bevosita   yoki   bilvosita)   manfaatdorlik
shaxsning   mansab   yoki   xizmat   majburiyatlarini   lozim   darajada   bajarishiga   ta’sir
ko’rsatayotgan   yoxud   ta’sir   ko’rsatishi   mumkin   bo’lgan   hamda   shaxsiy
manfaatdorlik   bilan   fuqarolarning,   tashkilotlarning,   jamiyatning   yoki   davlatning
huquqlari   va   qonuniy   manfaatlari   o’rtasida   qarama-qarshilik   yuzaga   kelayotgan
yoki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyat»dir.
Davlat   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   sohasida   aholining   huquqiy   ongi   va
huquqiy   madaniyatini   yuksaltirishi,   jamiyatda   korrupsiyaga   nisbatan   murosasiz
munosabatni   shakllantirishi;   davlat   va   jamiyat   hayotining   barcha   sohalarida
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi; korrupsiyaga
oid   huquqbuzarliklarni   o’z   vaqtida   aniqlashi,   ularga   chek   qo’yishi,   ularning
oqibatlarini,   ularga   imkon   beruvchi   sabablar   va   shart-sharoitlarni   bartaraf   etishi,
korrupsiyaga   oid   huquqbuzarliklarni   sodir   etganlik   uchun   javobgarlikning
muqarrarligi prinsipini ta’minlashi kerak.
Shuningdek,   qonunda   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha   faoliyatni
amalga   oshiruvchi   va   unda   ishtirok   etuvchi   organlar   hamda   tashkilotlarning
faoliyatini   muvofiqlashtirish   uchun   Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha
respublika idoralararo komissiyasini tashkil etish ham nazarda tutilgan.  Idoralararo
komissiyani   shakllantirish   va   uning   faoliyati   tartibi   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpog’iston   Respublikasida,   viloyatlarda   va   Toshkent   shahrida
korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo’yicha   hududiy   idoralararo   komissiyalar   qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari:
-   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   sohasidagi   davlat   dasturlarini   ishlab   chiqish
hamda amalga oshirishni tashkil etish; - korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga
chek qo’yishga, ularning oqibatlarini, Shuningdek, ularga imkon beruvchi sabablar
va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ko’rish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;
- hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat.
Ma’lumki,   jamiyatda   korrupsiyaga   qarshi   kurash   samaradorligini
ta’minlashda keng jamoatchilik ishtiroki ta’minlanmasa, undan kutilgan natijalarga
erishib   bo’lmaydi.   Mazkur   qonunning   e’tiborli   jihati   Shundaki,   unda   fuqarolar
o’zini   o’zi   boshqarish   organlarining,   nodavlat   notijorat   tashkilotlarining   va
fuqarolarning   hamda   ommaviy   axborot   vositalarining   korrupsiyaga   qarshi
kurashishda ishtirok etishi haqidagi qoida mustahkamlangan.
Ular   ushbu   qonunga   muvofiq,   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   sohasidagi
davlat  dasturlarini  va boshqa dasturlarni  ishlab  chiqish hamda amalga  oshirishda,
aholining   huquqiy   ongi   va   huquqiy   madaniyatini   yuksaltirishda,   jamiyatda
korrupsiyaga   nisbatan   murosasiz   munosabatni   shakllantirishda   ishtirok   etishi;
korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan
jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Qonunga «Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy
madaniyatni   yuksaltirish»   deb   nomlangan   alohida   bobning   kiritilgani   bejiz   emas.
Chunki   aholining   huquqiy   ongi   va   huquqiy   madaniyatini   yuksaltirmasdan   turib,
unga qarshi kurashish samaradorligini ta’minlab bo’lmaydi.
Qonunning   16-moddasiga   asosan   davlat   organlari   va   boshqa   tashkilotlar
korrupsiyaga   qarshi   kurashish   maqsadida   aholining   huquqiy   ongi   va   huquqiy
madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni
shakllantirish bo’yicha zarur chora-tadbirlarni ko’radi.
Qonunda   ta’lim   muassasalarida   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   sohasidagi
huquqiy   ta’lim   va   tarbiyani   olib   borishga   ham   alohida   urg’u   berilgan.   Kelgusida
ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va
tarbiya belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat   ta’limni   boshqarish   organlari   va   ta’lim   muassasalari   korrupsiyaga
qarshi   kurashish   sohasidagi   davlat   siyosatining   asosiy   yo’nalishlarini   inobatga
olgan   holda   ta’lim   muassasalarida   huquqiy   ta’lim   va   tarbiyaga,   mutaxassislarni
kasbiy   tayyorlashning   sifatini   oshirishga,   ta’lim   dasturlarini   doimiy   ravishda
takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
Qonunda   davlat   boshqaruvi   sohasida   korrupsiyaning   oldini   olishga   doir
chora-tadbirlar quyidagilardan iborat etib belgilangan:
- davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning hisobdorligini ta’minlash,
davlat   boshqaruvi   tizimining   samaradorligini   oshirish,   davlat   organlarining,   ular
mansabdor shaxslarining mas’uliyatini kuchaytirish;
korrupsiyaga   qarshi   kurashish   sohasida   davlat   organlarining   faoliyati   ustidan
parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
Mamlakatimiz   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   tashabbusi   bilan   ishlab
chiqilgan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi  hamda «Xalq bilan muloqot va
inson manfaatlari yili»da ushbu strategiyani amalga oshirishga oid davlat dasturiga
muvofiq,   amaldagi   qonunchilikni   «Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to’g’risida»gi
qonun   normalariga   muvofiqlashtirishni   nazarda   tutuvchi   «O’zbekiston
Respublikasining   ayrim   qonun   hujjatlariga   o’zgartish   va   qo’shimchalar   kiritish
haqida»gi   qonun   loyihasini,   Shuningdek,   yangi   qonun   normalari   ijro   etilishining
samarali   mexanizmlari   joriy   etilishiga,   respublika   idoralararo   komissiyasi   ishini
tashkil   etishga   hamda   bu   yo’nalishda   aniq   chora-tadbirlarni   belgilab   beruvchi
tizimli   dastur   amalga   oshirilishiga   imkon   beruvchi   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   qarori   loyihasini   ishlab   chiqish   va   qabul   qilish   rejalashtirilmoqda.
Albatta,   ushbu   qonun   hujjatlarining   ishlab   chiqilishi   va   qabul   qilinishi   yuqorida
qayd etilgan qonun ijrosini samarali ta’minlash imkonini beradi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, «Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  to’g’risida»gi
qonun ushbu jinoyatlarning oldini olish hamda mamlakatimizda olib borilayotgan
keng   ko’lamli   islohotlarga   to’siq   bo’layotgan   illatlarni   bartaraf   etishda   muhim
ahamiyat kasb etadi. Soliq imtiyozlari taqdim etilishining ko’p uchraydigan shartlaridan biri soliq
solishdan   bo’shagan   mablag’lardan   maqsadli   foydalanish   hisoblanadi.   Shu   tariqa
davlat   investisiyalarni   kapitalga   -   inson   va   moddiy-texnik   kapitalga
rag’batlantiradi.   Amaliyotda   imtiyozlardan   to’liq   foydalana   olmaslikning   sababi
Shundaki, bo’shagan mablag’lar imtiyozli davr mobaynida to’liq ishlatilishi kerak.
Aks holda ular penya hisoblangan holda byudjetga undirib olinadi. Masalan, agar
imtiyozli soliq davri 2016 yil 31 dekabrda tugasa, soliqlardan tejalgan summadan
2017 yilning 31 dekabrigacha ham foydalanish mumkin. Bu o’zgarishga qadar esa
imtiyozli   davrning   so’nggi   choragida   imtiyozlar   deyarli   amal   qilmasdi,   chunki
bo’shagan   mablag’larni   hisoblash   va   yil   oxirigacha   ulardan   foydalanishning
imkoni yo’q edi.
Yangi   qo’shimchalar   ushbu   holatga   barham   beradi.   Soliq   to’lovchilarga
imtiyozli davr mobaynida foydalanilmagan bo’shagan mablag’larni imtiyozli davr
tugaganidan   keyin   yana   bir   yil   davomida   belgilangan   maqsadlarga   yo’naltirish
huquqi   berildi.   Agar   ushbu   davr   tugaganidan   keyin   ham   ulardan   to’liq
foydalanilmagan   bo’lsa,   foydalanilmagan   mablag’lar   qoldig’ini   byudjetga
qaytarishga to’g’ri keladi.
375-modda   oltinchi   qismiga   kiritilgan   o’zgartirishga   muvofiq,   «yakka
tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tilgan paytdan boshlab o’n ikki oy
ichida   faoliyat   tugatilgan   yoki   faoliyat   uch   va   undan   ko’p   oyga   to’xtatilgan
taqdirda,   qat’iy   belgilangan   soliq   faoliyat   amalga   oshirilgan   butun   davr   uchun
to’lanadi». Bu yerda faoliyatning uch va undan ko’p oyga to’xtatilishi ham ushbu
moddada aks ettirilgan.
Aytish   joizki,   xozirda   dunyo   mikyosidagi   axolining   usish   sur’ati   tobora
yuk;orilab   borayotganligini   kuzatish   mumkin.   Bu   esa   ijtimoiy   xayotga   daxldor
bulgan   murakkab   masalalarning   paydo   bulishiga   olib   kelmokda.   Bular   jumlasiga
ekologik, texnikaviy va ijtimoiy soxdlarga oid muammolarni kiritishimiz mumkin.
Mazkur masalani kutarib chikkan G.Byurjelem esa bu borada turli doiradagi taklif
va  tavsiyalar  bilan  chikadi.  Uning  fikricha,   shaxarlardagi   urbanizasiya   jarayoniga
yangicha   yondashish   asosan,   uz-   uzin   i   boshkarish   xolatini   tugri   tashki   l   kilish bilan   boglikdir.   Ya’ni,   x,ar   bir   shaxarda   mazkur   x,olatni   oldini   olish   borasida
xdmkorlikka   va   uz-uzini   tashkillashtirishga   asoslangan   yangi   chora-   tadbirlar
rejasini ishlab chikish yaxshi samara beradi Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy adabiyotlar
A1. J.Ya.Yaxshilikov ,   N.E.Muhammadiyev.Falsafa:Darslik.-
Samarqand.2021.  – 712.
A2. Q.Nazarov   [va   boshq.].   Falsafa   asoslari   [Matn]:   o‘quv   qollanma   /   -
Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. - 380 b.
A3. Falsafa   asoslari .   (mas.   muh:   Q.Nazarov ).   -   Т :     O‘zbekiston,   2005.   -
384  б .
A4. Dinshunoslik.  O‘quv qollanma / - Toshkent:  ТИҚХММИ , 2019. - 338
b.  
A5 Emirova  Ye.,  Strelsova  A.  Vvedeniye   v  filosofiyu.  –  T.:   Universitet,
2008.
A6 Xaitov Sh. O ‘zbekiston falsafa tarixi. –T.: Noshir, 2011. – 560 bet. 
A7 Turayev   B.   Borliq   (falsafiy   tahlil).   –   Samarqand.:   Imom   Buxoriy
xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, 2021. – 130 bet.
A8 Shermuxamedova N.A. Falsafa. O‘quv qollanma / - Toshkent. 2010. -
574 b.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MEXANIZMLARI Reja 1. Korruptsiya illatlariga qarshi kurashishning mexanizimlari 2. O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari. 3. Korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy prinsiplari: 4. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan bog’liq huquqiy mexanizmlar i.

Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro miqyosdagi kabi respub likamizda ham dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki kor rupsiya jinoyatchilik, ayniqsa uyushgan jinoyatchilik bilan bevo sita bog’liqdir. “Bugungi kunda faqat iqtisodiyotga emas, balki, eng avvalo, respublikaning siyosiy va xalqaro nufuziga, jamiya timizning ma’naviy-axloqiy nufuziga katta zarar yetkazayotgan eng xavfli illat - korrupsiyadir. U ayrim hollarda o’ta xavfli tusga kirmoqda”. Korrupsiya va poraxo’rlik jinoyatning yopiq va eng qabih turi bo’lib, u boshqaruv apparatini izdan chiqaribgina qolmay, bozor asoslarini ham barbod qilishi mumkin. Mansabni suiiste’mol qilish orqali mulkni talon-toroj qilish yoki poraxo’rlik jinoyatlari korrupsiya jinoyatchiligi ning eng xavfli ko’rinishlari bo’lib hisoblanadi. Mansabdor shaxslarning g’ayriaxloqiy va g’ayriqonuniy odatlarini qonu - niylashtirish, qarindosh-urug’chilik, oshna-og’aynigarchilik, dav lat byudjeti hisobidan o’z ehtiyojlarini qondirish va boshqalar korrupsiyaning yashirin shakli hisoblanadi. Korrupsiya o’zida bir necha jinoyatlarni mujassam lashtiradi. «Korrupsiya – mansabdor shaxsning o’z mansabi bo’yicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadida bevosita suiiste’mol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi», “Korrupsiya demokratik institutlar va qadriyatlar, etnik qadriyatlar va adolatga putur yetkazib hamda barqaror rivojlanish va huquq-tartibotga zarar keltirib, jamiyatning barqarorligi va xavfsizligi uchun vujudga keltiradigan muammo va tahdid” 1 ,- degan ta’rif berilgan. Xo’sh, tarixiy ildiz deb nimaga aytiladi, degan savol tug’iladi?. Bu savolga professorlardan J.Ya.Yaxshilikov va N.E.Muhammadiyevlar: “ Falsafiy jihatdan qaraganda «tarixiy ildiz» tushunchasini tor va keng ma’noda talqin qilish mumkin. «Tarixiy ildiz» tushunchasi keng ma’noda bugungi kunda mavjud bo’lgan barcha narsa va hodisalarning tarixiy makon va zamonda joy olgan barcha tomonlari, tor ma’noda esa muayyan subyektlar tomonidan bilish va o’zgartirishga qaratilgan 1 . Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг коррупцияга қарши конвенцияси.Преамбула.// Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномалари тўплами, 2008 й., 3-4-сон. https :// lex . uz / docs /1461329 .

narsa va hodisalarning tarixiy makon va zamonda egallagan o’rnini anglatadi”,- degan ta’rifni berganlar. Arastu ilmning barcha sohalarida ijod etar ekan jinoyatchilik masalasini ham e’tibordan chetda qoldirmagan edi. U jinoyatchilikning sabablari qatoriga qashshoqlikni, jamiyatning ba’zi bir a’zolariga assosiz imtiyozlar berish va ba’zi kishilarning siyosiy huquqsizligini, Shuningdek milliy ziddiyatlarni (aholining turli qabilalarga-bo’linishini) kiritadi. U ko’p jinoyatlar ortiqcha boylikka intilishdan kelib chiqadi, birinchi ehtiyojlar uchun predmetlarning yetishmasligidan emas deydi. U tug’ma jinoyatchi to’g’risidagi nazariyani inkor etib, qadrli yoki axmoq bo’lish kishining o’ziga bog’liq deydi. Ko’rsatib o’tilgan sabablar jinoyatchilikning bir turi hisoblangan korrupsiyaviy jinoyatchilik uchun ham xos xususiyatlardir. Jamiyatda korrupsiyaga qarshi umumiy qoralash muhitini barpo etilmaganligi korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etilishiga, uning miqyosi yanada kengayib odatlarga aylanib borishiga, oqibatda esa milliy taraqqiyot va xavfsizlikka tahdid soluvchi real xavf manbaiga aylanishiga olib keladi. Hozirda davlat tomonidan ko’rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sohasida korrupsiyaning haddan tashqari ko’p uchrashi fuqarolarni qiyin bir ahvolda qoldirmoqda. Ayniqsa sog’liqni saqlash va ta’lim sohasida korrupsiyalashgan xodimlarning jazolanmasdan erkin o’z bilganlaricha ish tutishi, fuqarolardan bezbetlarcha pora so’rash hollari davlatni fuqaro nazarida obro’sini tushirmoqda. Birgina misol: O’zbekistan Respublikasi Bosh prokuraturasi keltirgan ma’lumotlarga ko’ra Andijon viloyati o’rta-maxsus kasb-hunar boshqarmasining mansabdorlari xizmat vazifasini suiiste’mol qilib, viloyatdagi bir qator kollejlarda bajarilgan qurilish ishlari hajmiga qo’shib yozish, soxta dalolatnomalar tuzish orqali 357,2 mln. so’mlik byudjet mablag’larining talon-toroj qilinishiga yo’l ochib berishgan. Korrupsiyaning mamlakatimiz xavfsziligiga solayotgan tahdidlari quyidagilardan iborat: Birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko’rsatish ifodasidir. Unda o’z umrini yashab bo’lgan, yangi iqtisodiy munosabatlarni o’ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning

rivojlanishini sekinlashtirib qo’yishga harakat qiladigan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi bilan xufyona iqtisodiyotning manfaatlari obyektiv ravishda birlashib ketadi. Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug’-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo’yadi. Bu esa mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo’liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo’lmaydigan zarar yetkazadi. Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga endigina asos solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim shakllantirilayotgan globallaShuv davrida korrupsiya o’z xatti-harakati bilan bu jarayonning yo’lini to’sib qo’yish imkoniga ega. Ikkinchidan, jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzlishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o’tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo’lishiga olib boradi. Basharti iqtisodiyotda jinoiy guruhlar va “reketchilar” to’dalari “bazm qursa”, ko’chalarda esa odamlar qo’rqqanlaridan tasodifiy o’tkinchilardan qochib yursalar, jamiyatdagi barqarorlik va sobitqadamlik haqida gap bo’lishi mumkinmi? Yo’q, albatta. Uchinchidan, jinoyatchilik va korrupsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo’qqa chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o’zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g’oyasining o’zini obro’sizlantiradi va eski zamonlarni, Shu jumladan “qudratli markazning kuchli qo’li” ni qo’msash hissini tug’diradi. O’tish davrining muayyan qiyinchiliklari sharoitida fuqarolar ongida, ayniqsa, yosh avlodning bir qismida, hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog’liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishi va qaror topishi mumkin. Qing’ir yo’l bilan boylik orttirishga intilish, basharti u jamiyatning va huquqiy nazoratning e’tiboridan chetda qolsa, odamlarni, ayniqsa, haytoga endigina qadam qo’yib kelayotgan yoshlarni yomon yo’lga og’diradi. Axir, jamiyat va davlat uchun yosh avlodning axloqan buzilishi va

yuztuban ketishidan ham ayanchliroq, halokatliroq hol bormi o’zi? To’rtinchidan, “Pul hokimiyatga intiladi”, degan bir ibora bor. Lekin bu pul jinoiy yo’l bilan topilgan bo’lsa-yu, uning egalari jamiyatning hokimiyat tuzilmalariga chiqib olsalar, ular qanday usullar bilan boshqarishlarini tasavvur qilish qiyin emas. Jinoyat olamining nufuzli shaxslari hokimiyatga qanday yo’llar bilan kirib olishi yaxshi ma’lum va ko’p mamlakatlarda sinovdan o’tgan. Avvaliga bu ish nopok daromad manbalarini saqlab qolish, ulardan kafolatli foydalanish maqsadida hokimiyat tuzilmalari bilan aloqa bog’lash va bu aloqani mustahkamlashdan boshlanadi. Shundan so’ng hokimiyatning o’zi ham qo’lga kiritiladi. Hokimiyat organlarining jinoyatga aralashib qolishi rivojlanayotgan jamiyat uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biridir. Jinoiy tuzilmalarning davlat organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi hissini kuchaytiradi. Davlatning o’zini obro’sizlantiradi. Mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham unga ishonchsizlik ortib boradi. Beshinchidan, nopok yo’l bilan boylik orttirganlar jazodan qutulib qolish va o’zlarining jinoiy sarmoyalarini himoya qilish uchun har qanday xatti-harakatlarga tayyor turishlarini yaxshi bilib olish lozim. Bunday kimsalar adolatli jazodan qo’rqib, hamma ishni qilishga, hatto vaziyatni beqarorlashtirishga, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarishga shay turadilar. Bunday paytda ehtiroslarni junbushga keltirish, olomonni qo’zg’atish va uning orqasiga yashirinib olishdan qulayi yo’q. Bunday odamlarning “Faqat bizga yaxshi bo’lsa, ishimiz bitsa – bo’lgani” qabilidagi maslagi xudbinlikning, hamyurtlariga nisbatan surbetlarcha loqaydlikning yaqqol ko’rinishidir. Oltinchidan, jinoiy usullar bilan boylik va mo’may pul orttirgan kimsalarning yangi huquq himoyachilari va hatto demokratiya uchun jafo chekkan kurashchilar sifatida siyosatga kirib olishga harakat qilayotganidan dalolat beruvchi misollar, jumladan, bizda ham oz emas. Ular bunday xatti-harakatlari bilan insoniyatning adolat va demokratiya kabi olijanob ideallariga naqadar jiddiy zarar yetkazayotganlarini, o’z xalqlari va mamlakatlari sha’niga dog’