logo

BEGONA O‘TLARGA QARSHI KURASH CHORALARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1129.46484375 KB
MAVZU:  BEGONA O‘TLARGA QARSHI  KURASH  CHORALARI
Reja:
1. Begona o‘tlar nazorati.
2 .   Begona o‘tlar tarqalishini oldini olish.
3 .   Begona o‘tlarga qarshi agrotexnik kurash choralari.
4 .   Begona o‘tlarga qarshi maxsus kurash choralari.
  1. Begona o‘t nazorati
Byerilgan   hududga   begona   o‘tning   dizaynlashtirilishi   nazorat   dasturi   o‘sha
hududdagi   begona   o‘tlar   tabiati   va   muhitini   bilishni   talab   qiladi,   ya’ni   ularga
gyerbitsidlar qanday ta’sir etadi va javob qaytaradi.
Begona   o‘tni   nazoratini   belgilashdan   oldin   begona   o‘tlar   haqida   to‘liq
ma’lumot bo‘lishi kyerak.
- Oldini olish
- Tag tomiri bilan yo‘qotish
- Nazorat qilish
- Boshqarish
Oldini   olish   usuli.   Ekin   maydonida   paydo   bo‘ladigan   begona   o‘tlarni
oldindan tarqalishini oldi olinadi. Begona o‘tlarning oldini olish usuli qullanmasa
begona   o‘tlarga   xech-qanday   nazorat   rejasi   foydali   bo‘lmaydi.   Bu   uzoq
rejalashtiriladiki   begona   o‘tlarni   tarqalishini   nazrat   qiladi   va   iqtisodiy   jihatdan
ahamiyatga ega. 
- begona o‘t urug‘lari bilan aralashishni oldini olish.
- aralashgan   begona   o‘t   urug‘larini   ajratish   (fizik   usullar   bilan   kattaligi,
shakli, yuzasi va donadonligi)
- syertifikatlangan urug‘lar ishonchli bo‘ladi
- yuqori sifatli urug‘larni ekilishi begona o‘tlarni tarqalishini oldini oladi
- karanin   qilingan   begona   o‘tlarni   tarqalishini   oldini   olish   zararlanmagan
maydonlarga tarqalishini yo‘l qo‘ymaslik.
- gyerbitsidlarni   ishlatilishi   begona   o‘tlarni   yo‘qotishda   samarali   natija
byeradi.
- o‘g‘itlarga har-xil begona o‘tlarni qo‘shilishini oldini olish 
- chirigan maxalliy o‘g‘itlarni tuproqqa solish 
- dalaga   olib   chiqishdan   oldin   mashina   va   jihozlarni   yaxshilab   yuvish   va
tozalash kyerak 
- ekin maydonlarida begona o‘tlarni tozalash  - ko‘chat etishtiriladigon yerni ko‘rish va begona o‘t urug‘laridan tozalash
- sug‘orish tarmoqlarini tozalash
karantin nazoratini har bir hududda tashkil etish
Tuzatish usullari. Yo‘q bo‘lib ketish hajmlari. Bu ideal nazorat usuli. Begona
o‘t   turlari   ularning   urug‘lari   va   vegetativ   organlari   butunlay   yo‘q   qilinadi.   SHu
sababli   uning   qiyinligi   va   qimmatligi,   yo‘q   qilinishi   odatda   kichik   hududlarda
qo‘llaniladi, ya’ni ming metr kvadrat va undan kichik yerlarda.
Begona   o‘tlarning   nazorat   qilish   usuli.   Begona   o‘tlar   nazorati   ekinlarga
salbiy   ta’sir   qilmasligi   uchun   tashkil   etiladi,   begona   o‘tlarning   nazorat   qilish
kimyoviy, fizikaviy va biologik asosda olib boriladi. Har bir nazorat usulini foydali
va zararli taraflari bor.  
Mexanik usul.   Bu usul  begona o‘tlarni  mexanik, ya’ni  chopiq qilish, texnika
bilan   ishlov   byerishga   mujallangan.   Bunda   chopiq   qilish,   o‘rish,   qo‘lda   yulib
olish,   suv   bostirish,   yoqish   va   boshqalar.   Biroq   bu   usulni   tanlash   hududni
o‘rnashgan joyiga va tabiiy muhitga bog‘liq . 1
 
2.  Begona o‘tlar tarqalishini oldini olish.
Begona   o‘tlarni   yo‘qotish   oldini   olish,   qiruvchi   va   maxsus   tadbirlarga
bo‘linadi.
Dalalarni   begona   o‘tlardan   toza   bo‘lishini   ta’minlashda   ularni   tarqalishini
oldini olish tadbirlari muhim ahamiyatga ega. Ko‘pchilik begona o‘tlarning urug‘i
ekin   bilan   birga   etiladi.   Hosil   yig‘ishtirib   olinganda   ular   donga   aralashib   ketadi.
Odatda   bug‘doyga   olabuta,   ismaloq   beda   urug‘iga   zarpechak,     sholiga   kurmak
aralashgan bo‘ladi.
Urug‘likni   tozalash   ekinning   sof   bo‘lishiga   imkon   byeradi.   Begona   o‘tlar
urug‘i   etilmasdan   ekinlar   hosilini   yig‘ib   olish   urug‘likning   toza   bo‘lishini
ta’minlaydi. Bedani 15-25 % gullaganda o‘rish begona o‘tlar urug‘i etilishiga yo‘l
qo‘ymaydi.   Kanal,   ariq,   zovur   yo‘l   yoqalarida   o‘sadigan   begona   o‘tlarni
urug‘lamasdan yo‘qotib turish suv orqali urug‘lar tarqalishining oldini oladi.
1
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010 Begona   o‘tlar   tarqalishini   oldini   olishda   dalalarga   yaxshi   chirigan   go‘ng
solish kyerak. CHirimagan go‘ngda esa begona o‘t urug‘lari ko‘p bo‘ladi.
Ekinlarning zichligi.
O‘simliklarning   ko‘chat   qilinligi   ya’ni   zichligi   begona   o‘tlarni   kamaytiradi.
Ekinning zichligi va maydonning tozaligi xosil miqdorini belgilashda juda muxim
hamda   sifatiga   ta’sir   etadi.   Katta   xajimdagi   o‘simliklarni   ekish   begona   o‘larni
kamaytiradi.
Begona o‘tlarning turlari.
Begona   o‘tlar   biron   bir   madaniy   o‘simlik   ichida   bo‘lsa,   bular   o‘rtasida
raqobat   paydo   bo‘ladi.   Begona   o‘tni   paydo   bo‘lishi   madaniy   o‘simlik   bilan   o‘t
orasida katta raqobatchilikka olib keladi masalan, sholi orasidagi kurmak, loviya
orasidagi   begona   o‘tlar   metobolizm   bo‘lishiga   olib   keladi.   Flobiriya,
Abustrolasika, o‘tdan ko‘ra ko‘proq raqobatchilikni byeradi. 
O‘simlik turi va xilma-xilligi.
O‘simliklar   turi   va   xilma-xilligi   tufayli   begona   o‘tlardan   ajralib   turadi.
Masalan,   begona   o‘tlarni   raqobatda   engilishi,   bu:   arpa,   javdar,   bug‘doy,   suli
ekinlarida   ko‘proq   kuzatiladi.   Arpani   begona   o‘tlarga   chidamliligi   uning   ildizi
rivojlanishida   ko‘rinadi.   Poyasining   tez   o‘sib   shakillanishi   begona   o‘tlarning
soyada   qolishiga   ularning   kamayi-shiga   olib   keladi.   Pakana   va   yarim-pakana
turlar   odatda   begona   o‘tlarga   o‘ta   ta’sirchan   bo‘ladi.   Qachonki   biz   begona
o‘tlarni yer yong‘okni ikki turi o‘rtasida solishtirsak TMV-2, TMV-3, bunda TMV-
2   ning   nazoratsiz   qolganligi   uchun   po‘stlog‘i   30%   zararlanadi,   TMV-3   ning
faqatgina 15% xosil yo‘qotiladi, bunga sabab TMV-3 ning shu sharoitga ko‘proq
moslashganligida. 
Kulьtivatsiya   qilingan   turli-xil   o‘simliklarda   kulьtivatsiya   kam   kilingan
o‘simliklarga nisba-tan begona o‘tlar ko‘proq yo‘qoladi.
Tuproq muxiti.
Tuproq   turi   unumdorligi,   namligi,   va   tuproq   reaksiyasi   ekinga   va   begona
o‘tlarni raqobatchiligiga ta’sir etadi. Tuproq unumdorligi odatda begona o‘tlarni
ko‘proq uyg‘otadi, shuning uchun xosildorlikni  kamaytiradi. O‘t bosgan yerlarda o‘g‘it ko‘llansa o‘tlarni yoqotib xosilni ortishiga olib keladi. Begona o‘tlar yaxshi
o‘sishga va ekinlar bilan rakobatlashishga yaxshi moslashgan. Namlikni kamaishi
begona o‘tlardan ko‘ra ekinni etishtirishda ko‘proq foyda byeradi. 2
Ekinlar   ko‘chat   qalinligi   siyrak   bo‘lsa   begona   o‘tlar   o‘sishiga   imkoniyat
yaratiladi. SHuning uchun ko‘chat qalinligi me’yorl bo‘lishiga yerishish lozim.
Agar   begona   o‘tlar   sug‘orish   vaqtida   paydo   bo‘lsa   ular   ekindan   ko‘ra   tez
o‘sib   rivojlanadi.   Agar   ekin   15   sm   bo‘lganda   sug‘orilsa   maydonda   begona   o‘t
ko‘p   bolsa   begona   o‘tlarning   tez   o‘sishiga   sabab   boladi.   Tuproq   reaksiyasi
begona o‘tlarni rivojlinishiga salbiy ta’sir etadi.
Iqlim.
Noqulay   ob-havo   sharoiti,   qurg‘okchilik,   o‘ta   ko‘p   yog‘ingarchilik,   yuqori
harorat, ekinga salbiy ta’sir etadi, lekin begona o‘tlarni ko‘payishiga yaxshi ta’sir
etadi. Barcha noqulay iqlimda qolgan ekinlar begona o‘tlar bilan raqobatlashadi.
Unib chiqish vaqti.
Umuman   ekinning   unib   chiqishi   bilan   bir   vaqtda   begona   o‘tlar   xam   paydo
bo‘lsa, bu ekin bilan begona o‘t orasida raqobatlashadi, ekinning unib chiqishiga
to‘sqinlik   qiladi.   Masalan,   shakarkamish   unib   chikishi   uchun   bir   oy   vaqt   kyerak
bo‘ladi   begona   o‘tlar   urug‘i   undan   ko‘ra   tez   unib   chiqadi.   Begona   o‘tlarning
urug‘i tuproqning chuqur qatlamidan xam tezroq unib chiqadi.
Ekinning ekish usullari.
Ekinning ekish usullari uinng zichligi begona o‘tga to‘skinlik qiladi.
Ekinning rivojlanish davri.
Ekinning rivojlanishi begona o‘t bilan raqobatlashishga butunlay boshqacha
ta’sir   etadi.   Ekinning   rivojlanish   davri   ohirlagan   sari   begona   o‘tlarga   bo‘lgan
raqobatchiligi kamayadi.
Begona o‘tlarning yomon ta’sir qilish davrlari.
Begona o‘tning eng yomon zarar  keltirish davri qisqa oraliq davrida ekinga
yomon ta’irini qayd etadi ekinni o‘suv davrida begona o‘tlar bilan zararlanadi.
2
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р. 308. Begona   o‘tning   ekinga   ta’siri   –   bu   o‘zgarmas   qatiy   bosqich   bolib   avvalgi
davrga   nisbatan   o‘zgarmaydi.   Umuman   ekinning   100   kunlik   davrida,   birinchi
35 kunida begona o‘tlardan xoli bo‘lish kyerak.
Umuman ekin butun vegetatsiya davrida begona o‘tlardan xoli bo‘lish kyerak.
Bu aniq bo‘lib qoldiki 2-8 xaftada begona o‘tlar turli ekinlarga turlicha ta’sir
etadi.
Begona o‘tlarning ekinga ta’siri.
1. Makkajuxori -  barglari va poyasining unishiga salbiy ta’sir etadi.
2. Jo‘xori - poyasining o‘sishi va unumdorlikka ta’sir kursatadi.
3. Bug‘doy – yovvoyi suluning urug‘i ko‘chat o‘sishiga ta’sir qiladi.
4. Kungaboqar – o‘sish va rivojlanishiga ta’sir qiladi.
Ekinnig begona o‘tlarga ta’siri.
1.  Makkajo‘xorining ildizi ajrashini o‘sishini yomonlashtiradi.
2. Sovuq suv – bug‘doydan poholni sug‘irib oladi, qachonki begona o‘tning
kamayishi o‘sishi. 3
Bir   xil   ekin   surunkasiga   ekilavyersa   shu   ekin   agrotexnikasiga   moslashgan
begona   o‘tlar   ko‘payib   ketadi.   Buni   oldini   olish   uchun   agrotexnikasi   bir-biridan
keskin farq qiladigan ekinlarni navbatlab ekish lozim.
Karantin   tadbirlar.   Begona   o‘tlarni   tarqalishini   oldini   olish   uchun   ichki   va
tashqi   karantin   tadbirlari   qo‘llaniladi.   Ichki   karantin   mamlakat   ichidagi   xavfli
begona   o‘tlarni   bir   viloyatdan   ikkinchi   viloyatga   o‘tishini   oldin   oladi.   Tashqi
karantin   esa   chet   ellardan   ashaddiy   begona   o‘tlarni   O‘zbekistonga   kirib   kelishini
oldini oladi. Ichki  karantin begona o‘tlarga yovvoyi gultojixo‘roz, ajiriq, g‘umay,
kakra,   salomalaykum,   achchiqmiya,   oqmiya,   kampirchopon,   devkurmak
govkurmak,   zarpechak   va   boshqalar   kiradi.   Ularning   ro‘yxatiga   o‘zgartirishlar
kiritib boriladi.
1.   Qishloq   xo‘jalik   ekinlari   urug‘larini   ekishdan   oldin   begona   o‘tlar
urug‘idan   tozalash.   SHuning   uchun   ekinlarni,   ayniqsa   g‘alla,   beda   va   boshqa
mayda   urug‘lilarni   ekishdan   oldin   begona   o‘tlar   urug‘idan   tozalash   zarur.
3
  Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E.  A textbook of  Agronomy 2010. р. 308-309. Odatda,   beda   urug‘iga   zarpechak   kuzgi   javdarga   yaltirbosh,   sholiga   kurmak
urug‘i   aralashgan   bo‘ladi .   SHuning   uchun   urug‘likni   tozalash   ekinning   sof
bo‘lishini  ta’minlaydi.
2.   Begona   o‘tlar   urug‘i   etilmasdan   asosiy   ekinlar   hosilini   o‘rib- yig‘ib   olish.
Ma’lumki,   begona   o‘tlarning   urug‘i   pishgandan   keyin   yerga   to‘ kilib,   dalalarni
tez   ifloslantiradi.   SHuning   uchun,   iloji   bo richa, begona o‘tlar urug‘i  etilmasdan
ekinlar   hosilini   o‘rib- yig‘ib   olish   kyerak.   Ayniqsa   bedani   15-25%   gullagandayoq
o‘rish   zarur.   Dalalarga   ko‘pincha   begona   o‘tlar   urug‘i   sug‘orish   suvi   orqali
tarqaladi. SHuning uchun sug‘orish shoxobchalari, ariq, zovur va kanallar bo‘yidagi
begona o‘tlarni urug‘latmasdan o‘z vaqtida o‘rib turish kyerak. Sug‘orish suvlarida
oqib kelayotgan begona o‘tlar urug‘idan holi bo‘lish uchun har xil to‘siq, simto‘r va
boshqa   narsalardan   keng   foydalanish   kyerak.   SHuniigdek,   yo‘l   yoqalari   va
tashlandiq   joylardagi   begona   o‘tlarga   qarshi   xam   muntazam   kurash   olib   borish
zarur. 
3.   Begona   o‘tlar   tarkalishining   oldini   olishda   dalalarga   fa qat   yaxshi
chirigan   go‘ng   chiqarish.   Odatda,   chirimagan   go‘ngda   begona   o‘tlarning   urug‘i
juda   ko‘p   bo‘ladi,   chunki   ular   em-xashakka   aralashib,   xayvonlarning   oshqozon-
ichagidan   o‘tganda   ham   unuvanligini   yo‘qotmaydi,   S.A.Zabashtanskiy   20   t
chirimagan go‘ngda begona o‘tlarning 4,9 mln dona urug‘i borligini aniqlagan.
4.   Ekinlarni   tuproq-iqlim   sharoitlarini   o‘rgangan   holda   optimal
muddatlarda   ekish .   Ekinlarni o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish,
orasidagi begona o‘tlarni yo‘qotishda chuqur ishlov byerish, oziqlantirish, sug‘orish
va   boshqa   tadbirlar   o‘simliklarning   tez   o‘sishiga,   begona   o‘tlarni   esa   siqilib
qolishiga   sabab   bo‘ladi.   Ekinlar   ko‘chatining   qalinligi   me’yorda   bo‘lishi   kyerak.
CHunki   maydonlarda   ko‘chat-lar   siyrak   bo‘lishi   begona   o‘tlarning   ko‘payishiga
imkoniyat tug‘diradi.
5 .   I l m i y   a s o s l a n g a n   a l m a s h l a b   e k i s h n i   j o r i y   e t i s h .   Bir   dalaga   ko‘p
yillar   davomida   bir   xil   ekin   ekish   ham   u   yoki   bu   turdagi   begona   o‘tning
ko‘payishiga  sabab  bo‘ladi.  CHunonchi,   begona  o‘t   ham  muyayan  ekin sharoitiga
moslashib   qoladi.   Almashlab   ekishni   joriy   etish   esa   mazkur   sharoitda   o‘sadigan begona   o‘tlarning   o‘sishiga   barham   byeradi.   Almashlab   ekish   uchun   mahalliy
sharoitga moslashgan, sifatli, iloji boricha o‘tmishdosh ekinga suv rejimi, biologik
xususiyatlari, parvarish qilish agrotexnikasi va boshqalari bilan bir-biriga tamomila
zid ekinlarni tanlash kyerak. Masalan, o‘tmishdosh yoppasiga ekilgan ekin bo‘lsa,
qator oralari ishlanadigan ekin tanlash kyerak. YOki oldin past bo‘yli ekin ekilgan
bo‘lsa,   keyin   baland   bo‘yli   ekin   bilan   almashtirish   va   boshqa   tadbirlar   begona
o‘tlarni yo‘qotishda, qolavyersa hosildorlikning ortishida asosiy omil hisoblanadi. 
Brett   Grohsgal   begona   o‘tlarni   yo‘qotish   uchun   qoplama   o‘simliklarni
ko‘proq ekishni tavsiya qiladi. 
Begona   o‘tlar   ichida   qolgan   o‘simliklar   odatda   xaydaladi   va   qoplama
o‘simliklar ekiladi . 4
 
6.   Karantin   tadbirlar.   Begona   o‘tlar   tarqalishining   oldini   olish   tadbirlarini
respublika   miqyosida   keng   qo‘llash   taqozo   etiladi.   CHunki   ayrim   ehtiyotsizlik
natijasida   eng   xavfli   begona   o‘tlardan   g‘umay,   yovvoyi   gultojixo‘roz,   zarpechak
urug‘i   qo‘shni   davlatlarda   tarqalgan   va   O‘zbekiston   dehqonchiligiga   kirib   kelish
ehtimoli   katta.   SHuning   uchun   xam   O‘zbekistonda   xavfli   begona   o‘tlarning
tarqalishi oldini olish maksadida   karantin,   chora-tadbirlari joriy etilgan. U ikki xil
bo‘ladi, ya’ni   tashqi   ka rantin   –   respublikamizda yo‘q begona o‘tlar urug‘i xorijiy
mamlakatlarda, ichki karantin esa respublikaning bir viloyat yoki tumanidagi xavfli
begona   o‘tlar   urug‘ining   boshqa   viloyat,   tumanlarda   tarqalmasligi   oldini   olishga
qaratilgan.   Ichki   karantin   begona   o‘tlarga   yovvoyi   gultojixo‘roz,   devkurmak,
govkurmak, kakra, g‘umay, ajriq, salomalaykum, oqmiya, achchiqmiya, zarpechak,
chirmoviq   va   boshqalar   kiradi.   Karantin   begona   o‘tlar   tarkibi   doimiy   bo‘lmay,
qishloq   xo‘jalik   vazirligining   tegishli   tashkilotlari   tomonidan   ko‘rilib,   unga
o‘zgartishlar kiritiladi.
3.  Begona o‘tlarga qarshi agrotexnik kurash choralari
Begona   o‘tlarga   qarshi   agrotexnik   choralarga   shudgorlash,   ekin   ekishdan
oldin, ekin ekilgandan so‘ng yerga ishlov byerish tadbirlari kiradi.
4
  Crop  Rotation  on   Organic   Farms:   A  Planning  Manual,   NRAES   177  Charles   L.   Mohler   and   Sue   Ellen   Johnson,
editors Published by NRAES, July 2009 Kuzgi shudgorni sifatli qilib ikki yarusli pluglar bilan o‘tkazish begona o‘tlar
sonini   keskin   kamaytiradi.   CHimqirqarli   plug   bilan   tuproq   yuzasiga   to‘kilgan
begona   o‘t   urug‘lari   30-35   sm   chuqurlikka   ko‘milsa   ma’lum   miqdorda
unuvchanligini yo‘qotadi.
G‘umay, ajiriq, qamish kabi ildizpoyali  begona o‘tlarni shudgorlashdan  oldin
ag‘dargichi   olingan   plugda   18-22   sm   chuqurlikda   yumshatib   so‘ngra   chizelь
yordamida   ildizpoyalarni   tirmalab   olish   kyerak.   Har   yil   o‘zgargan   chuqurlikda
haydash ham begona o‘tlarni kamaytiradi. Agar yer birinchi yili 40 sm chuqurlikda,
keyingi yillarda 25, 30, 35 va 40 sm chuqurlikda shudgorlansa begona o‘t urug‘lari
tushgan   qatlam   uch   yilgacha   yer   betiga   chiqmaydi   va   unuvchan   urug‘lar   miqdori
kamayadi.
Begona   o‘tlarga   qarshi   agrotexnik   kurash   choralari.   Begona   o‘tlarga   qarshi
samarali kurash uchun ular tarkalishi oldini olish tadbirlarini, ya’ni agrotexnika va
boshka tadbirlar bilan uzviy bog‘lab amalga oshirish zarur. CHunki har bir tadbirni
alohida amalga oshirish hamda u yoki bu tadbir bilan chegaralanib qolish kutilgan
natijani   byeravyermaydi.   SHu   bilan   bir   qatorda   biror   bir   tadbir   begona   o‘tlarni
yo‘qotishda   agrotexnika   tadbirlari   o‘rnini   bosolmaydi.   CHunonchi,   agrotexnika
tadbirlari   begona   o‘tlar   urug‘ining   unuvchanlik   qobiliyatini   yo‘qotishda,   ildiz   va
ildizpoya-larni   esa   ko‘karib   chiqishdan   mahrum   etishda   eng   ta’sirchan   tadbir
hisoblanadi.
Begona   o‘tlarga   qarshi   kurashda   kulьtivatsiyalar.   Fyermyer   xo‘jaliklari
uchun begona o‘tlarga qarshi kurash choralarining bir necha xil usullari bor ular
quyidagicha   (qo‘l   yordamida   qarshi   kurash   choralari,   o‘tash,   chopiq   qilish)
o‘rish,   yoki   mexanik   ishlov   byerish   va   olovli   kurash   bunda   kulьtivatsiya
qisimlariga   olov   o‘rnatiladi   va   shu   tariqa   olib   boriladi.   Begona   o‘tlarga   qarshi
kurash choralarida ishlov byerish texnikalari keng qo‘llaniladi. 
Ekishdan   oldin   kultivatsiyalash.   Begona   o‘tlarning   ko‘payishini   kamaytirish
usullaridan biri ekishdan oldin kul ь tivatsiya qilish hisoblanadi. 5
5
  Denise M. Finney and Nancy G. Creamer.   Weed Management on Organic Farms. 2 008.  Р.  17. Begona   o‘tlarni   samarali   yo‘qotishda   ularning   ko‘karib   chiqish   davrida
kulьtivatsiyadan foydalanish ahamiyatlidir.  
Ekin   ekishdan   oldin   yerlarni   begona   o‘tlardan   tozalash   o‘simliklarning
o‘sishi va yaxshi hosil byerishi uchun qo‘yilgan birinchi qadam hisoblanadi. Ekin
ekish   uchun   dalani   tayyorlash   va   ekish   3   xaftadan   4   xaftagacha   va   bir   oygacha
cho‘zilishi mumkin (8-rasm).
8-rasm. Begona o‘tlarni yo‘qotishda qator oralari ishlov byerish
qurollari
USDA-ARS izlanishlariga ko‘ra, yerga ekin ekishdan oldin yuza ishlov byeri
shva oddiy gyerbitsidlar begona o‘tlarni yo‘qotish yaxshi natija byeradi. (Djonson
va Malliniks, 1998).  
Mexanik   kulьtivatsiya   qilish.   Eng   ko‘p   begona   o‘tlarga   qarshi   kurash
choralarida   mexanik   kulьtivatsiya   qo‘llaniladi   va   ular   begona   o‘tlar   sonini
kamaytiradi.   Yerga   yuza   ishlov   byerish   jarayonlari   ekishdan   oldin   ko‘pincha
begona o‘tlarning tez unib chiqishini oldini oladi. Yerga ishlov byerishlar asosan
shudgordagi   katta   kichik   kesaklarni   yo‘qotish   jarayonida   begona   o‘tlarni
kamaytiradi, bu jarayonda boronalash, kulьtivatsiyalash olib olib boriladi.
Begona   o‘tlarga   qarshi   tishli   kul ь tivatsiyalar .   Begona   o‘tlarga   tishli
boronalar   yoki   boshqa   tishli   vositalar   bilan   qarshi   kurashish   asosan   endigina
urug‘dan   ko‘karib   chiqan   vaqtda   kichik   begona   o‘tlarni   yo‘qotishda   foydali hisoblanadi.   Aylana   tishli   kurash   vositalari     esa   begona   o‘tlar   bo‘yi   2   dyum
(1dyum.   teng-2,54   smga)   bo‘lganda   yoki   shu   atrofda   bo‘lganda   olib   borilishi
kyerak va ular foydali hisoblanadi. Ammo ildizpoyasi bilan ko‘payadigan begona
o‘tlarga   aylana   tishli   vositalar   bilan   qarshi   kurashib   bo‘lmaydi   ular   aksincha
ko‘payishga   olib   keladi.   Begona   o‘tlar   bo‘yi   4   dyum   bo‘lganda   yoki   uzunroq
bo‘lganda   tishli   boranalar   yoki   aylana   tishli   kurash   vositalari   bilan   qarshi
kyerash   choralari   foydasiz   hisoblanadi   va   ular   bu   kurash   choralariga   chidamli
bo‘lib   ulguradi.   Bu   uskunalar   yana   begona   o‘tlar   urug‘lari   ko‘karishni
boshlaganda ularni urug‘larini jarohatlash maqsadida foydalanish mumkin. 6
Ma’lumki,   agrotexnika   tadbirlari   amalga   oshirish   muddati   va   ko‘yilgan
vazifalarga ko‘ra kuzgi  shudgorlash, yerga ekin ekishdan oldingi, ekin ekilgandan
keyingi qator oralariga ishlov byerish tadbirlariga bo‘linadi. 
Bu   tadbirlar   ham   bir-biriga   uzviy   qo‘shib   olib   borilgandagina   begona   o‘tlar
qirilishi   bilan   bir   qatorda,   ekinlarning   yaxshi   o‘sishi,   rivojlanishi   va   yuqori   hosil
byerishi uchun zamin tayyorlanadi. Masalan, o‘suv davrida qatqaloqni yumshatish
yoki   ekin   qator   oralariga   ishlov   byerish   tufayli   begona   o‘tlar   yo‘qolishi   bilan   bir
qatorda   tuproq   yumshaydi.   Natijada   tuproqning   suv,   havo,   issiklik   va   ozik   rejimi
yaxshilanadi. Bu tadbir ekinlarning kasallik va zararkunandalariga ham salbiy ta’sir
etadi.   SHuning   uchun   agrotexnikani   qo‘llashda   begona   o‘tlarning   biologik
xususiyatlarnni   nazarda   tutish   kyerak.   Bu   esa   o‘z   navbatida   begona   o‘tlarni
yo‘qotishda agrotexnika tadbirlarini kompleks ravishda amalga oshirishga undaydi
(9-rasm).
6
  Denise M. Finney and Nancy G. Creamer.   Weed Management on Organic Farms.  2008.  Р.  17. 9-rasm. Begona o‘tlarga qarshi kurash   mashinalari
1.   Yyer ga ekin ekishdan oldin begona o‘tlarni yo‘qotish .   Ekin ekishdan oldin
yer   qancha   sifatli   qilib   ishlansa,   o‘simliklarning   o‘suv   davrida   begona   o‘tlarni
yo‘qotish   uchun   shuncha   kam   mehnat   va   mablag‘   sarflanadi.   Sug‘oriladigan
dehqonchilik sharoitida kuzgi shudgorlangan maydonlarda yyerta bahorda yerning
ustki, ya’ni ishlov byeriladigan qatlami etilishi bilan qatqaloqni yumshatish va bir
yillik   begona   o‘tlarga   qarshi   kurash   maqsadida   yerlar   boronalanadi.   Bunda   endi
urug‘dan   unayotgan   o‘tlar   qiriladi   va   ishlov   chuqurligidagi   ko‘p   yillik   begona
o‘tlarning vegetativ organlari tirmalab tozalanadi.
Begona   o‘tlar   bilan   ancha   ifloslangan   yerlarni   tozalash   uchun   yoppasiga
ishlaydigan   kulьtivatorning   ishchi   organlarini   mukammal   qo‘yib   ishlatish   yaxshi
natija   byeradi.   Kulьtivatorning   kesuvchi   organ-lari   o‘tkirligiga   alohida   e’tibor
byerish zarur. Xo‘jalikda begona o‘tlar ko‘p o‘sadigan dalalarni ekin ekishga eng
keyingi navbatda tayyorlash kyerak. CHunonchi, bunday dalalardagi begona o‘tlar
urug‘ining   to‘liq   unishiga   hamda   iloji   boricha   sharoit   takozosi   bilan
«provokatsion»   (o‘t   urug‘ini   ataylab,   masalan,   sug‘orib   undirish   va   keyin
yo‘qotish)   imkoniyatlar   yaratish   zarur.   CHunki   ekinlar   orasidagi   begona   o‘tlarga
qarshi kurashgandan ko‘ra ularni ekin ekishdan oldin yo‘qotish oson.
Ko‘p   yillik   ildizpoyali   begona   o‘tlar   o‘sgan   yerlarda   ekin   ekishdan   oldin
diskli boronalarni ishlatmaslik kyerak, aks holda ularning ildizpoyasi kesilib ketib,
nixoyatda ko‘payib ketadi. Diskli boronalar sozlanishiga qarab, bir yillik begona o‘tlarni yo‘kotishda yaxshi natija byeradi . 7
 
Ekin   ekish   oldidan   begona   o‘tlarni   yo‘qotish   maksadida   kuzgi   shudgorni
qayta   haydamaslik   kyerak.   CHunki   bunda   qish   davridagi   sovuq   ta’sirida
unuvchanligini yo‘qotmagan begona o‘tlar urug‘i, yashovchan ildizpoyalar va har
xil zararkunandalar lichinkasi yer yuzasiga chiqib, o‘suv davrida begona o‘tlarning
ko‘payishiga sababchi bo‘ladi.
2.   Ekin   q ator   oralaridagi   begona   o‘tlarni   yo‘qotish .   YUqorida   aytib
o‘tilganlardan   ma’lumki,   begona   o‘tlarning   urug‘i   uzoq   vaqtgacha   unib   chiqish
qobiliyatini   yo‘qotmaydi.   Natijada   kuzgi   shudgor   va   yerni   ekish   oldidan   ishlash
tadbirlariga   qaramasdan,   ularning   bir   qismi   yozda   ekinlar   orasida   unib   chiqib,
rivojlanadi.
G‘o‘za,   makkajo‘xori,   g‘alla,   beda   kabi   ekinlarni   o‘z   vaqtida   sug‘orish,
oziqlantirish   va   boshqalar   ular   orasida   begona   o‘tlar   o‘sishiga   va   rivojlanishiga
qulaylik   tug‘diradi.   Ekinlarning   qator   oralariga   byeriladigan   dastlabki   ishlov
kechiktirilsa,   qisqa   vaqt   ichida   begona   o‘tlar   tez   o‘sib,   ekinni   siqib   qo‘yadi.
SHuning   uchun   ularga   qarshi   ekinlarning   o‘suv   davrida   muntazam   kurash   olib
borish zarur.
Ko‘pchilik begona  o‘tlar  chopilganda  yoki  o‘rilganda, tuplanish  bo‘g‘imidan
qayta   ko‘karib   chiqib,   ekinlarga   katta   zarar   keltiradi.   Begona   o‘tlarni   yo‘qotish
uchun   birinchi   ishlovni   barvaqt,   sifatli   qilib   o‘tkazish   samarali   natija   byeradi.
Kulьtivatsiya   mavsumda   har   galgi   sug‘orishdan   keyin   o‘tkazilganda,   begona
o‘tlarning   o‘sishiga   barham   byeriladi.   Sug‘orishdan   sug‘orishgacha   bo‘lgan   davr
uzoq bo‘lsa, bu davr ichida yana ishlov byerish zarur.
Ekin qator oralaridagi bir yillik va ikki yillik begona o‘tlarni kulьtivatsiyalash
yo‘li   bilan yo‘qotish  mumkin.  O‘simliklar   tupi   yonidagi   begona  o‘tlar  o‘toq yoki
chopiq   qilish   yo‘li   bilan   yo‘qotiladi.   Ko‘p   yillik   begona   o‘tlarni   esa   har   galgi
sug‘orishdan   keyin   yerning   namligi   obi-tobiga   kelganda,   ildizi   bilan   sug‘orib
tashlash zarur.
Avgust oyi va sentyabrning birinchi yarmigacha g‘o‘za kator oralariga ishlov
7
  Динамика Weed сидбанку; Три органические севообороты земледелия урожая. Агрономия Journal 96: 1429-
1435.; Канадские органические Growers. 2001. byerilmaydi,   ammo   yer   syernam   bo‘lishi   tufayli   begona   o‘tlarning   tez   o‘sib
urug‘lanishiga imkoniyat tug‘iladi. Buning oldini olish uchun paxta yig‘im-tyerimi
boshlanguncha begona o‘tlarni yana bir bor o‘toq qilish zarur.
Bedapoyalardagi bir yillik begona o‘tlarni yo‘qotish uchun bedani o‘z vaqtida
o‘rib turish kyerak. Bunda baland, qalin beda qoplami begona o‘tlarni soyalatishi
natijasida ular o‘z-o‘zidan rivojlanishdan orqada qolib, yo‘qolib ketadi. Zarpechak
beda   orasidagi   eng   xavfli   begona   o‘t   hisoblanadi,   u   katta   zarar   keltiradi.   Uni
yo‘qotish   uchun   o‘rimdan   keyin   zarpechak   zararlagan   joydagi   bedaga   tegishli
gyerbitsid sepib, 2-3 kundan keyin sug‘orish zarur.
3.   Begona   o‘tlarni   yo‘kotishda   kuzgi   shudgorlashning   ahamiyati .   Ildizpoyali
begona o‘tlar ko‘p tarqalgan dalalarni shudgor qilishdan oldin, ag‘dargichi olingan
plugda   18-22   sm   chuqurlikda   yumshatish   kyerak.   So‘ngra   chizelga   naralьniklarni
to‘liq   quyib,   uni   ko‘ndalangiga   va   diagonaliga   yurgizib,   ildizpoyalarni   tirmalab
tozalash   kyerak.   Tirmalab   olingan   ildizpoyalarni   to‘plab,   dala   chetiga   chiqarish
zarur.   Yer   ildizpoyali   begona   o‘tlardan   tozalanganiga   ishonch   hosil   qilingandan
keyingina shudgorlash kyerak.
4. Begona o‘tlarga qarshi maxsus kurash choralari.
Begona   o‘tlarga   karshi   maxsus   kurash   choralariga   biologik   kurash,
mulьchalash va boshqa usullar kiradi.
1.Biologik kurash usuli .
Olib   borilgan   tadqiqotlarga   qaraganda,   almashlab   ekish   dalalarini   begona
o‘tlardan   tozalashda   katta   ahamiyatga   ega.   Ilmiy   izlanishlar   asosida   dukkakli
ekinlardan   ko‘p   yillik   o‘t-beda   ekilgan   dalalarda   beda-boshoqli   va   qoplovchi
ekinlar   hisobiga   maysalarning   muayyan   qalinligini   hosil   qilish   va   saqlab   turish,
begona   o‘tlarni   izchil   kamaytirish   imkonini   byeradi.   Hozir   har   xil   tuproqlarda
jadallashtirilgan   almashlab   ekishning   2:1   va   1:2:1   tizimlari   qabul   qilingan.   Beda
ekilgandan   so‘ng   begona   o‘tlar   56,   oraliq   ekin   sifatida   kuzgi   javdar,   silos   uchun
ekilgan   makkajo‘xoridan   keyin   esa   50   foizgacha   kamaygan.   Ekinlarni   navbatlash
ko‘p yillik begona o‘tlarni, ayniqsa qo‘ypechak va salomalaykumni kamaytirgan. Oraliq   ekinlar   ham   dalalarda   begona   o‘t   tarqalishini   ancha   kamaytiradi.
Masalan, oraliq ekinlar ekilmagan vaqtda 1 m 2
 maydonda 14,5 ta bir yillik va 411
ta   ko‘p   yillik   begona   o‘t   bo‘lsa,   ko‘kpoya   uchun   ekilgan   kuzgi   javdardan   keyin
begona o‘tlar soni mos ravishda 1,3 va 108 taga kamaygan . 8  
Begona   o‘tlarga   qarshi   kurashda   biologik   tadbirlardan   almashlab   ekish,
ekinlarni   ekish   usullari,   muddatlari,   me’yorlari,   madaniy   o‘simliklarning   tez   va
yaxshi o‘sishi amaliy ahamiyatga ega.
Ekinlarni   sifatli   tayyorlangan   yerlarga   optimal   muddatlarda   ekish,
maydonlarda   to‘liq   ko‘chat   bo‘lishi,   ekinlarni   yaxshi   parvarish   qilish   tadbirlari
ularning   yaxshi   o‘sishini   va   rivojlanishini   ta’minlaydi.   Natijada   madaniy
o‘simliklar   o‘sishda   va   rivojlanishda   begona   o‘tlardan   o‘zib   ketib,   ularni   siqib
qo‘yadi va kamaytiradi.
Begona   o‘tlarga   qarshi   (ammo   madaniy   ekinlarga   zararsiz)   ularni
kasallantiruvchi  har xil  organizmlar  zararkunanda hasharotlardan ham foydalanish
mumkin.   Masalan   Samarqandda,   va   boshqa   joylarda   shumg‘iyaga   qarshi   fitomiza
pashshasidan foydalanilmoqda. Ular shumg‘iyaning guliga tuxum qo‘yadi, natijada
uning   urug‘i   71%   gacha   kamayib   ketadi.   Qozog‘iston,   Qirg‘izistonda   va   boshqa
joylarda   ilmiy   tekshirish   muassasalarida   chirmoviq,   kakra   va   boshqa   begona
o‘tlarga karshi alьtyernariya chivini va zamburug‘lardan foydalanilmoqda va yaxshi
natija   olinmoqda.   Begona   o‘tlarga   qarshi   bu   kurash   tadbirlari   hozircha   ishlab
chiqarishga keng joriy etilganicha yo‘q.
2   .Mulьchalash   usuli.   Bu   usulda   begona   o‘tlar   urug‘ining   unib   chiqishiga,
unganlarining   esa   o‘sishiga   yo‘l   ko‘ymaslik   va   boshqa   maqsadlarda   yer
mulьchalanadi.   Mulьchalash   uchun   maxsus   kog‘oz,   polietilen   plyonka,   neftь
chiqindisi  va boshka narsalardan foydalannsh  mumkin. Ishlab chiqarish sharoitida
o‘tkazilgan  tajriba ma’lumotlariga ko‘ra, mulьchalash  tuproqning issiklik rejimiga
ijobiy   ta’sir   etib,   begona   o‘tlarning   o‘sib   chiqishiga   to‘sqinlik   qilgan,   paxta   va
boshqa ekinlar hosilini keskin oshirgan.
8
  Бегона   ўтлар   тарқалиши   ва   зарари   Ў ЗПИТИ   ваЎзбекистон   Ўсимликларни   ҳимоя   қилиш   илмий-тадқиқот
инстути тавсиялари Ж.   Ўз бекистон  қ ишлоқ  х ўжалиги .  2013.   №3. Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

MAVZU: BEGONA O‘TLARGA QARSHI KURASH CHORALARI Reja: 1. Begona o‘tlar nazorati. 2 . Begona o‘tlar tarqalishini oldini olish. 3 . Begona o‘tlarga qarshi agrotexnik kurash choralari. 4 . Begona o‘tlarga qarshi maxsus kurash choralari.

1. Begona o‘t nazorati Byerilgan hududga begona o‘tning dizaynlashtirilishi nazorat dasturi o‘sha hududdagi begona o‘tlar tabiati va muhitini bilishni talab qiladi, ya’ni ularga gyerbitsidlar qanday ta’sir etadi va javob qaytaradi. Begona o‘tni nazoratini belgilashdan oldin begona o‘tlar haqida to‘liq ma’lumot bo‘lishi kyerak. - Oldini olish - Tag tomiri bilan yo‘qotish - Nazorat qilish - Boshqarish Oldini olish usuli. Ekin maydonida paydo bo‘ladigan begona o‘tlarni oldindan tarqalishini oldi olinadi. Begona o‘tlarning oldini olish usuli qullanmasa begona o‘tlarga xech-qanday nazorat rejasi foydali bo‘lmaydi. Bu uzoq rejalashtiriladiki begona o‘tlarni tarqalishini nazrat qiladi va iqtisodiy jihatdan ahamiyatga ega. - begona o‘t urug‘lari bilan aralashishni oldini olish. - aralashgan begona o‘t urug‘larini ajratish (fizik usullar bilan kattaligi, shakli, yuzasi va donadonligi) - syertifikatlangan urug‘lar ishonchli bo‘ladi - yuqori sifatli urug‘larni ekilishi begona o‘tlarni tarqalishini oldini oladi - karanin qilingan begona o‘tlarni tarqalishini oldini olish zararlanmagan maydonlarga tarqalishini yo‘l qo‘ymaslik. - gyerbitsidlarni ishlatilishi begona o‘tlarni yo‘qotishda samarali natija byeradi. - o‘g‘itlarga har-xil begona o‘tlarni qo‘shilishini oldini olish - chirigan maxalliy o‘g‘itlarni tuproqqa solish - dalaga olib chiqishdan oldin mashina va jihozlarni yaxshilab yuvish va tozalash kyerak - ekin maydonlarida begona o‘tlarni tozalash

- ko‘chat etishtiriladigon yerni ko‘rish va begona o‘t urug‘laridan tozalash - sug‘orish tarmoqlarini tozalash karantin nazoratini har bir hududda tashkil etish Tuzatish usullari. Yo‘q bo‘lib ketish hajmlari. Bu ideal nazorat usuli. Begona o‘t turlari ularning urug‘lari va vegetativ organlari butunlay yo‘q qilinadi. SHu sababli uning qiyinligi va qimmatligi, yo‘q qilinishi odatda kichik hududlarda qo‘llaniladi, ya’ni ming metr kvadrat va undan kichik yerlarda. Begona o‘tlarning nazorat qilish usuli. Begona o‘tlar nazorati ekinlarga salbiy ta’sir qilmasligi uchun tashkil etiladi, begona o‘tlarning nazorat qilish kimyoviy, fizikaviy va biologik asosda olib boriladi. Har bir nazorat usulini foydali va zararli taraflari bor. Mexanik usul. Bu usul begona o‘tlarni mexanik, ya’ni chopiq qilish, texnika bilan ishlov byerishga mujallangan. Bunda chopiq qilish, o‘rish, qo‘lda yulib olish, suv bostirish, yoqish va boshqalar. Biroq bu usulni tanlash hududni o‘rnashgan joyiga va tabiiy muhitga bog‘liq . 1 2. Begona o‘tlar tarqalishini oldini olish. Begona o‘tlarni yo‘qotish oldini olish, qiruvchi va maxsus tadbirlarga bo‘linadi. Dalalarni begona o‘tlardan toza bo‘lishini ta’minlashda ularni tarqalishini oldini olish tadbirlari muhim ahamiyatga ega. Ko‘pchilik begona o‘tlarning urug‘i ekin bilan birga etiladi. Hosil yig‘ishtirib olinganda ular donga aralashib ketadi. Odatda bug‘doyga olabuta, ismaloq beda urug‘iga zarpechak, sholiga kurmak aralashgan bo‘ladi. Urug‘likni tozalash ekinning sof bo‘lishiga imkon byeradi. Begona o‘tlar urug‘i etilmasdan ekinlar hosilini yig‘ib olish urug‘likning toza bo‘lishini ta’minlaydi. Bedani 15-25 % gullaganda o‘rish begona o‘tlar urug‘i etilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kanal, ariq, zovur yo‘l yoqalarida o‘sadigan begona o‘tlarni urug‘lamasdan yo‘qotib turish suv orqali urug‘lar tarqalishining oldini oladi. 1 Chandrasekaran B., Annadurai K., Samasundaram E. A textbook of agronomy. New Delhi. 2010

Begona o‘tlar tarqalishini oldini olishda dalalarga yaxshi chirigan go‘ng solish kyerak. CHirimagan go‘ngda esa begona o‘t urug‘lari ko‘p bo‘ladi. Ekinlarning zichligi. O‘simliklarning ko‘chat qilinligi ya’ni zichligi begona o‘tlarni kamaytiradi. Ekinning zichligi va maydonning tozaligi xosil miqdorini belgilashda juda muxim hamda sifatiga ta’sir etadi. Katta xajimdagi o‘simliklarni ekish begona o‘larni kamaytiradi. Begona o‘tlarning turlari. Begona o‘tlar biron bir madaniy o‘simlik ichida bo‘lsa, bular o‘rtasida raqobat paydo bo‘ladi. Begona o‘tni paydo bo‘lishi madaniy o‘simlik bilan o‘t orasida katta raqobatchilikka olib keladi masalan, sholi orasidagi kurmak, loviya orasidagi begona o‘tlar metobolizm bo‘lishiga olib keladi. Flobiriya, Abustrolasika, o‘tdan ko‘ra ko‘proq raqobatchilikni byeradi. O‘simlik turi va xilma-xilligi. O‘simliklar turi va xilma-xilligi tufayli begona o‘tlardan ajralib turadi. Masalan, begona o‘tlarni raqobatda engilishi, bu: arpa, javdar, bug‘doy, suli ekinlarida ko‘proq kuzatiladi. Arpani begona o‘tlarga chidamliligi uning ildizi rivojlanishida ko‘rinadi. Poyasining tez o‘sib shakillanishi begona o‘tlarning soyada qolishiga ularning kamayi-shiga olib keladi. Pakana va yarim-pakana turlar odatda begona o‘tlarga o‘ta ta’sirchan bo‘ladi. Qachonki biz begona o‘tlarni yer yong‘okni ikki turi o‘rtasida solishtirsak TMV-2, TMV-3, bunda TMV- 2 ning nazoratsiz qolganligi uchun po‘stlog‘i 30% zararlanadi, TMV-3 ning faqatgina 15% xosil yo‘qotiladi, bunga sabab TMV-3 ning shu sharoitga ko‘proq moslashganligida. Kulьtivatsiya qilingan turli-xil o‘simliklarda kulьtivatsiya kam kilingan o‘simliklarga nisba-tan begona o‘tlar ko‘proq yo‘qoladi. Tuproq muxiti. Tuproq turi unumdorligi, namligi, va tuproq reaksiyasi ekinga va begona o‘tlarni raqobatchiligiga ta’sir etadi. Tuproq unumdorligi odatda begona o‘tlarni ko‘proq uyg‘otadi, shuning uchun xosildorlikni kamaytiradi. O‘t bosgan yerlarda

o‘g‘it ko‘llansa o‘tlarni yoqotib xosilni ortishiga olib keladi. Begona o‘tlar yaxshi o‘sishga va ekinlar bilan rakobatlashishga yaxshi moslashgan. Namlikni kamaishi begona o‘tlardan ko‘ra ekinni etishtirishda ko‘proq foyda byeradi. 2 Ekinlar ko‘chat qalinligi siyrak bo‘lsa begona o‘tlar o‘sishiga imkoniyat yaratiladi. SHuning uchun ko‘chat qalinligi me’yorl bo‘lishiga yerishish lozim. Agar begona o‘tlar sug‘orish vaqtida paydo bo‘lsa ular ekindan ko‘ra tez o‘sib rivojlanadi. Agar ekin 15 sm bo‘lganda sug‘orilsa maydonda begona o‘t ko‘p bolsa begona o‘tlarning tez o‘sishiga sabab boladi. Tuproq reaksiyasi begona o‘tlarni rivojlinishiga salbiy ta’sir etadi. Iqlim. Noqulay ob-havo sharoiti, qurg‘okchilik, o‘ta ko‘p yog‘ingarchilik, yuqori harorat, ekinga salbiy ta’sir etadi, lekin begona o‘tlarni ko‘payishiga yaxshi ta’sir etadi. Barcha noqulay iqlimda qolgan ekinlar begona o‘tlar bilan raqobatlashadi. Unib chiqish vaqti. Umuman ekinning unib chiqishi bilan bir vaqtda begona o‘tlar xam paydo bo‘lsa, bu ekin bilan begona o‘t orasida raqobatlashadi, ekinning unib chiqishiga to‘sqinlik qiladi. Masalan, shakarkamish unib chikishi uchun bir oy vaqt kyerak bo‘ladi begona o‘tlar urug‘i undan ko‘ra tez unib chiqadi. Begona o‘tlarning urug‘i tuproqning chuqur qatlamidan xam tezroq unib chiqadi. Ekinning ekish usullari. Ekinning ekish usullari uinng zichligi begona o‘tga to‘skinlik qiladi. Ekinning rivojlanish davri. Ekinning rivojlanishi begona o‘t bilan raqobatlashishga butunlay boshqacha ta’sir etadi. Ekinning rivojlanish davri ohirlagan sari begona o‘tlarga bo‘lgan raqobatchiligi kamayadi. Begona o‘tlarning yomon ta’sir qilish davrlari. Begona o‘tning eng yomon zarar keltirish davri qisqa oraliq davrida ekinga yomon ta’irini qayd etadi ekinni o‘suv davrida begona o‘tlar bilan zararlanadi. 2 Chandrasekaran B., Annadurai K., Somasundaram E. A textbook of Agronomy 2010. р. 308.