logo

MOYLI EKINLARNING ZARARKUNANDALARI VA QARSHI KURASH CHORALARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

22.33984375 KB
MOYLI EKINLARNING ZARARKUNANDALARI VA QARSHI
KURASH CHORALARI
REJA;
1.Moyli ekinlarga kiruvchi щsimliklar.
2.Moyli ekinlarning zararkunandalariga tarif.
3.Moyli ekinlar kasalliklari Tur - DALA QANDALASI –  Lugus pratensis L. 
oila - Miridlar - Miridae
turkum - yarim qattiqqanotlilar - Nemirtera
Dala qandalasining bo’yi 3,5-4mm, rangi yashil tusda bo’lib, qora rangli
naqshlar   bor;   mo’ylovining   birinchi   bo’g’imi   yashil,   ikkinchi   bo’g’imi   jigar
rangli,   uchi   biroz   qoramtir,   so’nggi   ikki   bo’g’imi   esa   qora   rangli   bo’ladi.
Qandalaning   yashil   tanasida   qora   naqshlar   ajralib   turadi,   boshi   o’rtasida,
orqasining   old   chetida   va   o’rtasida,   tukchalari   tubida   dog’chalar   bo’ladi,
shuningdek   qanot   ustligining   teri   qismida,   ko’kragining   ost   qismida,   yon
tomonida   yo’llarida,   qorin   uchida   ham   dog’   bor:   boldirida   dag’al   to’q,
keyingi   oyoq   sonida   esa   halqasimon   yo’llar   bor.   Qandalaning   yashil   tusi
ba’zan biroz qizg’ish - qo’ng’ir rangga kiradi.
Qandala   tanasi   cho’ziq   oval   shaklda,   qoplag’ichi   nisbatan   yumaloq   va
beda   qandalasidan   asosiy   farqi   yelka   qismida   (orqa   tomonining)   ikkita   qora
nuqta shaklidagi dog’i yo’q.
Lichinkasi   kichik   va   qanotsiz   bo’lishi   bilan   voyaga   yetgan   qandaladan
farq qiladi.
Tuxumining   uzunligi   1   mm   bo’lib,   oldingi   uchi   qisman   egilgan,   uchi
biroz   yassi   bo’ladi.   Dala   qandalasining   lichinka   va   imagosi   o’simlikni
shirasini   so’rib   zararlaydi.   Qandalalar   ayniqsa   o’simlik   o’sish   nuqtasini
ko’proq   shikastlaydi.   O’simlik   urug’dan   o’sib   chiqqan   paytdagi   zararlashi
ayniqsa xavfli bo’lib, bunday holda o’simlik qurib qolishi, o’sishdan orqada
qolishi va barvaqt shoxlanishi mumkin. 
Agar o’simlik gullash oldidan yoki gullash boshlanganda o’sish nuqtasi
shikastlansa,   o’simlikni   o’sishi   to’xtaydi,   poya   yo’g’onlashib   qisqa   shoxlar
hosil   bo’ladi   va   lub   tolasining   sifati   yomonlashadi.   Qandalalar   boshqa
qishloq xo’jaligi ekinlariga ham zarar yetkazadi. Dala qandalasi imagolik bosqichida - o’simlik qoldiqlari va begona o’tlar
orasida   qishlaydi.   Qandala   erta   ko’klamda   qishlovdan   chiqib   avval   qishloq
xo’jalik   ekinlari   rivojlanguncha     har   xil   yovvoyi   o’sib   turgan   o’simliklar
shirasini so’rib oziqlanadi.
Qandala   tuxumini   barg   bandi     va   barg   yaprog’i   ichiga   qo’yadi.
Tuxumdan   7-10   kunda   lichinka   chiqadi.   Lichinkalari   25-35   kun   oziqlanib
rivojlanadi.   Zararkunanda   tushgan   kanon   o’simligining   g’unchasi   va
tugunchalari to’kilib ketadi.
Dala qandalasi O’zbekistonda ob-havoga  bog’liq holda 3-4 marta avlod
beradi.
Tur - MAXSAR PASHSHASI -  Trypetidae 
oila- chiporqanotlilar - Tephritidae
turkum – ikkiqanotlilar  - Diptera
Markaziy   Osiyoda  maxsarga   ikki  tur  pashsha:   maxsar  chipor   qanoti
(CHaetorellia   sarthami   Stask.)   va   maxsar   pashshasi   (Asanthiophilus
helianthi Rossi.) zarar yetkazadi.
Maxsar   pashshasi   maxsarning   doni   boshlang’ichini   yo’q   qiladi.
Markaziy   Osiyoda   maxsar   boshchasi   savatchasining   chipor   qanot   bilan
shikastlanishi   55%   gacha,   maxsar   pashshasi   bilan   zararlanishi   1%   cha
bo’lganligi ma’lum. Maxsar pashshasi ba’zi joylarda juda ko’payib ketadi;
masalan,   quyi   Volga   bo’yi   mintaqalarida   maxsarning   76%   chasiga,
shimoliy Kavkazda 80% chasiga shu pashsha tushganligi ma’lum.
Maxsar pashshasi  Markaziy Osiyoda, Kavkazda va yevropaning ko’p
qismida   bo’ladi. Maxsar pashsha   4-7   mm   kattalikda, qo’ng’ir,  deyarli  qora
tusda; qorni ko’kragidan qoraroq; boshi, yelkasi, qalqonchasi, mo’ylovi va
oyoqlari   sariq   bo’ladi.   Pashshaning   tanasi   kul   rang   tusli     g’ubor   va
qoramtir   tuklar   bilan   siyrak   qoplangan;   qalqonchasida   dag’al   tuklardan
to’rttasi   joylashgan.   Rangsiz   qanotida   dog’chalardan   tashkil   topgan o’zgaruvchan   kul   rang   tusli   naqshlar   bor.   Urg’ochisida   yirik   yaltiroq   qora
tuxum qo’ygichi bor. Maxsar pashshasining tuxumi oq tusda, urchuqsimon
bo’ladi.   Lichinkasining   bo’yi   8   mm   cha,   oq   rangda,   tanasi   cho’ziq   bo’lib,
oldingi   uchi   ingichkalashib   ketgan,   oyog’i   va   alohidalashgan   boshi   yo’q,
tanasidagi   so’nggi   segmenti   to’mtoq.   Soxta   pillasi   (pupariysi)   3-7   mm
kattalikda,   chipor   qanotli   pashshada   och   sariq   tusda,   maxsar   pashshasida
jigar rangda bo’ladi.
Bu   zararkunanda   maxsar   ekinida   o’simlik   g’unchalayotgan   davrda
(may   o’rtalarida)   paydo   bo’ladi.   Urg’ochi   maxsar   pashshasi   30-40   tadan
tuxum   qo’yadi;   tuxumini   uzun   tuxum   qo’ygichi   vositasi   bilan   maxsar
boshchasining o’rov bargi ostiga qo’yadi. Tuxum qo’yish davri ancha uzoq
vaqtga cho’ziladi, tuxumni bitta yoki bir necha kichik to’da  qilib  qo’yadi.
Tuxumdan uch-olti kun ichida lichinka chiqadi, bu lichinka dastlabki
vaqtlarda   maxsar   boshchasining   o’rov   bargchalari   etini   yeb   yashaydi,
so’ngra lichinka maxsar boshchasi ichiga ost tomonidan teshib kiradi va u
yerda urug’ boshlang’ichini yo’q qiladi.
Markaziy Osiyoda maxsar ekinida maxsar pashshasining kamida ikki
avlodi   rivojlanadi.   Maxsarning   g’unchalash   davrigacha   bu   pashshalardan
shikast lanish   hollari   kamdan-kam   uchraydi;   maxsar   g’unchalashgacha
shikastlangan bo’lsa, demak, lichinka markaziy bargni yegan bo’ladi.
Tuxum qo’yish  davrining uzoqqa cho’zilishi munosabati bilan butun
yoz   bo’yi   hamma   vaqt   maxsar   pashshasining   barcha   stadiyadagi   holatini
uchratish   mumkin.   Kuzatish   natijalariga   qaraganda   bu   zararkunandadan
kechikib ekilgan maxsar eng ko’p zarar ko’radi.
Tur  –  KUNGABOQAR KAPALAGI -  Homoyeosoma nebulella Hb.
oila – parvonalar - Ruralidae
turkum –  tanga qanotlilar - Hepidoptera  Bu hasharot kungaboqarning ancha jiddiy zararkunandasi  hisoblanadi;
chunki   bu   zararkunanda   ko’plab   paydo   bo’lgan   vaqtlarda   kunga boqar
hosili deyarli batamom nobud bo’ladi. Bu hasharotni ba’zan  kungaboqar
kuyasi deb yuritadilar, bu noto’g’ridir holbuki, bu zararkunan da kapalaklar
(Ruralididae) oilasiga kiradi.
Kungaboqar   kapalagi   Markaziy   Osiyoda,   Qozog’istonda,   Kavkazda,
Sibirda,   Rossiyaning   yevropa   qismida,   Ladoga   ko’ligacha   bo’lgan
yerlar da,   yevropaning   O’rta   va   janubiy   qismlarida,   Turkiya   hududida,
SH imoliy Afrikada uchraydi.
K a p a l a g i   qanotini   yozib   turganda   2-2,7   mm   katta likda   bo’ladi;
oldingi qanoti ensiz, oqish yoki kul rangda, qanotining o’ rtasiga yaqinroq
joyida   hamma   vaqt   aniq   ko’rinib   turmaydigan   to’rtta   qoramtir   nuqta   bor;
keyingi   qanoti   birmuncha   enliroq   va   oqishroq   bo’ladi .   Kapalakning
paypaslagichlari   yuqoriga   qayrilgan;   oldingi   qanotida   uchinchi   radial
tomir yo’q; keyingi qanotidagi medial tomir ikkita shoxlagan.   Tuxumi   oq,
yaltiroq,   0,8   mm   kattalikda   bo’ladi.   Q u r t i n i n g   bo’yi   1   sm   ga   yetadi;
rangi och kul tusli, usti sal qo ramtirroq; orqasi bo’ylab uchta jigar rang yo’l
o’tadi;   biqinida   nafas   olish   teshiklari   bo’ylab   bittadan   qoramtir   chiziq
o’tadi. Qurt tanasi tukchalar  bilan siyrak qoplangan.
G’umbagi   9-12   mm   kattalikda;   jigar   rangda;   tanasining   oxirida
bulavkasimon   yo’g’onlashgan   6-7   ta   tikanchasi   bor;   urchuqsimon   pishiq
oqish pillasiga joylashib oladi; uning uchiga ko’pincha tuproq zarrachalari
ilashgan bo’ladi.
Kungaboqar   kapalagi   tuproqda   pilla   stadiyasida   qishlaydi;   ko’klamda
g’umbakka   aylanadi;   qushqo’nmas   o’ti   gul lash   paytida   voyaga   yetgan
kapalagi   qorong’i   tushishi   bilan   ucha   boshlaydi;   kapalak kunduzi   o’simlik
bargi ostida yoki kesakchalar panasida harakatsiz o’ tiradi. Kapalak   ucha   boshla ganidan   keyin   tez   orada   uning   urg’ochisi   tuxum
qo’ yishga   kirishadi;   bunda   kapalak   kungaboqarning   yoki   boshqa
murakkabgulli   o’simliklarning   guldastasidagi   gul   otaliklariga,   ba’zan   gul
onaligiga   va   gullarning   ichki   sathiga   bittadai   tuxum   qo’yadi.   Ka palak
kungaboqarning   bit ta   savatchasiga   juda   ko’p   tuxum   qo’yishi   mumkin.
Bitta urg’ochi kapalak 200- 300   ta   tuxum   qo’yadi.   Tuxumdan chiqqan qurt
dastlab gulning ichki qism larini   yeb   yashaydi;   uchin chi   yoshidan   boshlab
esa  urug’ning ichiga kirib,  uning mag’zini yeydi.
Q urtning rivojlanish  davri 2-3,5 haftaga cho’ziladi, so’ngra o’simlikdan
ye rga   tushib,   tuproq   orasiga   kiradi   va   shu   joyda   pilla   o’rab   kelgusi   yil
ko’klami gacha diapauza holatida  qoladi.
Ayrim   qurtlar,   ayniqsa   sernam   va   o’rtacha   harorat   sharoitida   pilla
o’ raganidan   keyin   tez   orada   g’umbakka   aylanadi.   Mana   bu   g’umbakdan
ikkinchi  avlod kapalaklari chiqib, darhol tuxum qo’yishga kirishadi. 
         Moy olinadigan o’simliklar :
•   g’o’za, 
•   zig’ir, 
•   maxsar, 
•   kunjut, 
•   kanakunjut, 
•  ye ryong’oq, 
•   raps,    kungaboqar va ba’zi boshqa o’simlik turlari
Kungaboqarning   yovvoyi   holda   o’sadigan   turlari   ham   ko’p,   ulardan
ba’zilari   q.x.   ekinlariga   zarar   yetkazadigan   ashaddiy   begona   o’tlardir.
Jumladan,   kungaboqarning   4   ta   turi   O’zbekistonda   karantin   begona   o’tlar
ro’yxatiga kiritilgan.
Kungaboqarning yovvoyi holda o’sadigan turlari ham ko’p, ulardan ba’zilari
q.x.   ekinlariga   zarar   yetkazadigan   ashaddiy   begona   o’tlardir.   Jumladan, kungaboqarning   4   ta   turi   O’zbekistonda   karantin   begona   o’tlar   ro’yxatiga
kiritilgan.
Kungaboqarda   eng   ko’p   uchraydigan   va   zararli   kasalliklar   qatoriga   oq
chirish,   kulrang   chirish,   zang,   soxta   un-shudring,   vertitsillyoz   so’lish   va
shumg’iya bilan zararlanish kiradi
KUNGABOQARNING OQ CHIRISH KASALLIGI
            Ushbu   kasallik   deyarli   barcha   kungaboqar   o’stiriladigan   mintaqalarda
uchraydi,   O’zbekistonda   ayrim   sabzavot   ekinlarida   qayd   etilgan,   ammo
kungaboqarda qayd etilgani haqida ma’lumotlar mavjud emas.  
Kasallik   belgilari.   Urug’pallada,   yosh   nihollarning   dastlabki   olti   juft
barglarida,   poyaning   ostki   qismida,   ildiz   ustida   va   uning   atrofidagi   tuproq
zarrachalari orasida oq mog’or paydo bo’ladi. Poyaning ustki qismi bukiladi,
barglar   so’lib   qoladi.   O’simlik   to’satdan   so’lib   qolishi   oq   chirish
kasalligining   xarakterli   belgilaridan   biridir   (rasm).   Ildiz   yumshaydi   va   nam
bo’lib   qoladi.   Poyaning   mog’or   bilan   qoplangan   qismlari   jigarrang-qo’ng’ir
tus   oladi,   keyinroq     ularning   po’sti   parchalanadi,   o’tkazuvchi   tomirlari
titilgan ipga o’xshab, ochilib qoladi.
Kurash choralari
•  CHidamli navlar yaratish va ekish; 
•   Urug’lik   sifatida   urug’lar   orasida   yoki   ichida   sklerotsiylari
bo’lganlarini qo’llamaslik;
•   Dalani   begona   o’tlardan   toza   tutish   va   almashlab   ekishga   jiddiy
shaklda   rioya   qilish   (chunki   ko’p   begona   o’tlar   va   ekin   turlari   oq
chirish bilan zararlanadi); 
•   Ayni dalaga kungaboqarni har 5 yilda bir marta joylashtirishni ko’zda
tutuvchi almashlab ekish sxemasini qo’llash;
• O’simlik   qoldiqlarini   dalalardan   yo’qotish   va   ang’izni   2-3   marta   yuza
haydash; Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kimsanboyev   X.X.,   Yo’ldoshev   A.   va   boshqalar   -   O’simliklarni
kimyoviy himoya qilish. Darslik - T.: “O’qituvchi”, 1997.-280 b.
2. Xo’jaev   SH.T.,   Xolmurodov   E.A.   -   “Entomologiya,   o’simliklarni
zararkunandalardan   uyg’unlashgan   himoya   qilish,   qishlok   xo’jalik
ekinlarini   himoya   qilish   va   agrotoksikologiya   asoslari”.   Darslik   -
Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2009.-396 b.
3. Xasanov   B.O.   va   boshqalar   “G’o’zani   zararkunanda   kasallik   va
begona   o’tlardan   himoya   qilish”.   Darslik-   “Universitet”   nashriyoti,
Toshkent. 2002.-379 b.
4. O’ zbekiston   Respublikasi   q ishlo q   x o’ ja l igida   ishlatish   uchun
ruxsat   etilgan   pestitsidlar   va   agroximikatlar   r o’ yxati.   “ O ’ simliklar
himoyasi   va   karantini ” jurnali ilovasi. Toshkent, 2013.-335 b.
5. YAxontov   V.V.   -   O’rta   Osiyoda   qishloq   ekinlarining   va
mahsulotlarining   zararkunandalarini   va   ularga   qarshi   kurash.   Darslik-
T., 1962. -186 b.
6. Vasilev V.II., Livshits I.Z.- Vrediteli plodov ы x kultur 2-e izd. 
Uchebnik.-M.: «Kolos», 1984,-190 b.
7. Kimsanboyev X.X. va bosh q alar. -   G’o’ zaning zararkunandalariga
q arshi uy g’ unlashgan kurash choralari. Ma’ruza matni. T., 1994.-196 b.
8. K i msa n boyev   X.X.,   Boltaev   B.S.,   Sulaymonov   B.A.   -   Bo g’
za rarkuna n dalar g a   q arshi   uy g’ unla shg an   kurash   choralari.   O’q uv
qo’ llanma  T oshkent. 1998,- 168 b.

MOYLI EKINLARNING ZARARKUNANDALARI VA QARSHI KURASH CHORALARI REJA; 1.Moyli ekinlarga kiruvchi щsimliklar. 2.Moyli ekinlarning zararkunandalariga tarif. 3.Moyli ekinlar kasalliklari

Tur - DALA QANDALASI – Lugus pratensis L. oila - Miridlar - Miridae turkum - yarim qattiqqanotlilar - Nemirtera Dala qandalasining bo’yi 3,5-4mm, rangi yashil tusda bo’lib, qora rangli naqshlar bor; mo’ylovining birinchi bo’g’imi yashil, ikkinchi bo’g’imi jigar rangli, uchi biroz qoramtir, so’nggi ikki bo’g’imi esa qora rangli bo’ladi. Qandalaning yashil tanasida qora naqshlar ajralib turadi, boshi o’rtasida, orqasining old chetida va o’rtasida, tukchalari tubida dog’chalar bo’ladi, shuningdek qanot ustligining teri qismida, ko’kragining ost qismida, yon tomonida yo’llarida, qorin uchida ham dog’ bor: boldirida dag’al to’q, keyingi oyoq sonida esa halqasimon yo’llar bor. Qandalaning yashil tusi ba’zan biroz qizg’ish - qo’ng’ir rangga kiradi. Qandala tanasi cho’ziq oval shaklda, qoplag’ichi nisbatan yumaloq va beda qandalasidan asosiy farqi yelka qismida (orqa tomonining) ikkita qora nuqta shaklidagi dog’i yo’q. Lichinkasi kichik va qanotsiz bo’lishi bilan voyaga yetgan qandaladan farq qiladi. Tuxumining uzunligi 1 mm bo’lib, oldingi uchi qisman egilgan, uchi biroz yassi bo’ladi. Dala qandalasining lichinka va imagosi o’simlikni shirasini so’rib zararlaydi. Qandalalar ayniqsa o’simlik o’sish nuqtasini ko’proq shikastlaydi. O’simlik urug’dan o’sib chiqqan paytdagi zararlashi ayniqsa xavfli bo’lib, bunday holda o’simlik qurib qolishi, o’sishdan orqada qolishi va barvaqt shoxlanishi mumkin. Agar o’simlik gullash oldidan yoki gullash boshlanganda o’sish nuqtasi shikastlansa, o’simlikni o’sishi to’xtaydi, poya yo’g’onlashib qisqa shoxlar hosil bo’ladi va lub tolasining sifati yomonlashadi. Qandalalar boshqa qishloq xo’jaligi ekinlariga ham zarar yetkazadi.

Dala qandalasi imagolik bosqichida - o’simlik qoldiqlari va begona o’tlar orasida qishlaydi. Qandala erta ko’klamda qishlovdan chiqib avval qishloq xo’jalik ekinlari rivojlanguncha har xil yovvoyi o’sib turgan o’simliklar shirasini so’rib oziqlanadi. Qandala tuxumini barg bandi va barg yaprog’i ichiga qo’yadi. Tuxumdan 7-10 kunda lichinka chiqadi. Lichinkalari 25-35 kun oziqlanib rivojlanadi. Zararkunanda tushgan kanon o’simligining g’unchasi va tugunchalari to’kilib ketadi. Dala qandalasi O’zbekistonda ob-havoga bog’liq holda 3-4 marta avlod beradi. Tur - MAXSAR PASHSHASI - Trypetidae oila- chiporqanotlilar - Tephritidae turkum – ikkiqanotlilar - Diptera Markaziy Osiyoda maxsarga ikki tur pashsha: maxsar chipor qanoti (CHaetorellia sarthami Stask.) va maxsar pashshasi (Asanthiophilus helianthi Rossi.) zarar yetkazadi. Maxsar pashshasi maxsarning doni boshlang’ichini yo’q qiladi. Markaziy Osiyoda maxsar boshchasi savatchasining chipor qanot bilan shikastlanishi 55% gacha, maxsar pashshasi bilan zararlanishi 1% cha bo’lganligi ma’lum. Maxsar pashshasi ba’zi joylarda juda ko’payib ketadi; masalan, quyi Volga bo’yi mintaqalarida maxsarning 76% chasiga, shimoliy Kavkazda 80% chasiga shu pashsha tushganligi ma’lum. Maxsar pashshasi Markaziy Osiyoda, Kavkazda va yevropaning ko’p qismida bo’ladi. Maxsar pashsha 4-7 mm kattalikda, qo’ng’ir, deyarli qora tusda; qorni ko’kragidan qoraroq; boshi, yelkasi, qalqonchasi, mo’ylovi va oyoqlari sariq bo’ladi. Pashshaning tanasi kul rang tusli g’ubor va qoramtir tuklar bilan siyrak qoplangan; qalqonchasida dag’al tuklardan to’rttasi joylashgan. Rangsiz qanotida dog’chalardan tashkil topgan

o’zgaruvchan kul rang tusli naqshlar bor. Urg’ochisida yirik yaltiroq qora tuxum qo’ygichi bor. Maxsar pashshasining tuxumi oq tusda, urchuqsimon bo’ladi. Lichinkasining bo’yi 8 mm cha, oq rangda, tanasi cho’ziq bo’lib, oldingi uchi ingichkalashib ketgan, oyog’i va alohidalashgan boshi yo’q, tanasidagi so’nggi segmenti to’mtoq. Soxta pillasi (pupariysi) 3-7 mm kattalikda, chipor qanotli pashshada och sariq tusda, maxsar pashshasida jigar rangda bo’ladi. Bu zararkunanda maxsar ekinida o’simlik g’unchalayotgan davrda (may o’rtalarida) paydo bo’ladi. Urg’ochi maxsar pashshasi 30-40 tadan tuxum qo’yadi; tuxumini uzun tuxum qo’ygichi vositasi bilan maxsar boshchasining o’rov bargi ostiga qo’yadi. Tuxum qo’yish davri ancha uzoq vaqtga cho’ziladi, tuxumni bitta yoki bir necha kichik to’da qilib qo’yadi. Tuxumdan uch-olti kun ichida lichinka chiqadi, bu lichinka dastlabki vaqtlarda maxsar boshchasining o’rov bargchalari etini yeb yashaydi, so’ngra lichinka maxsar boshchasi ichiga ost tomonidan teshib kiradi va u yerda urug’ boshlang’ichini yo’q qiladi. Markaziy Osiyoda maxsar ekinida maxsar pashshasining kamida ikki avlodi rivojlanadi. Maxsarning g’unchalash davrigacha bu pashshalardan shikast lanish hollari kamdan-kam uchraydi; maxsar g’unchalashgacha shikastlangan bo’lsa, demak, lichinka markaziy bargni yegan bo’ladi. Tuxum qo’yish davrining uzoqqa cho’zilishi munosabati bilan butun yoz bo’yi hamma vaqt maxsar pashshasining barcha stadiyadagi holatini uchratish mumkin. Kuzatish natijalariga qaraganda bu zararkunandadan kechikib ekilgan maxsar eng ko’p zarar ko’radi. Tur – KUNGABOQAR KAPALAGI - Homoyeosoma nebulella Hb. oila – parvonalar - Ruralidae turkum – tanga qanotlilar - Hepidoptera

Bu hasharot kungaboqarning ancha jiddiy zararkunandasi hisoblanadi; chunki bu zararkunanda ko’plab paydo bo’lgan vaqtlarda kunga boqar hosili deyarli batamom nobud bo’ladi. Bu hasharotni ba’zan kungaboqar kuyasi deb yuritadilar, bu noto’g’ridir holbuki, bu zararkunan da kapalaklar (Ruralididae) oilasiga kiradi. Kungaboqar kapalagi Markaziy Osiyoda, Qozog’istonda, Kavkazda, Sibirda, Rossiyaning yevropa qismida, Ladoga ko’ligacha bo’lgan yerlar da, yevropaning O’rta va janubiy qismlarida, Turkiya hududida, SH imoliy Afrikada uchraydi. K a p a l a g i qanotini yozib turganda 2-2,7 mm katta likda bo’ladi; oldingi qanoti ensiz, oqish yoki kul rangda, qanotining o’ rtasiga yaqinroq joyida hamma vaqt aniq ko’rinib turmaydigan to’rtta qoramtir nuqta bor; keyingi qanoti birmuncha enliroq va oqishroq bo’ladi . Kapalakning paypaslagichlari yuqoriga qayrilgan; oldingi qanotida uchinchi radial tomir yo’q; keyingi qanotidagi medial tomir ikkita shoxlagan. Tuxumi oq, yaltiroq, 0,8 mm kattalikda bo’ladi. Q u r t i n i n g bo’yi 1 sm ga yetadi; rangi och kul tusli, usti sal qo ramtirroq; orqasi bo’ylab uchta jigar rang yo’l o’tadi; biqinida nafas olish teshiklari bo’ylab bittadan qoramtir chiziq o’tadi. Qurt tanasi tukchalar bilan siyrak qoplangan. G’umbagi 9-12 mm kattalikda; jigar rangda; tanasining oxirida bulavkasimon yo’g’onlashgan 6-7 ta tikanchasi bor; urchuqsimon pishiq oqish pillasiga joylashib oladi; uning uchiga ko’pincha tuproq zarrachalari ilashgan bo’ladi. Kungaboqar kapalagi tuproqda pilla stadiyasida qishlaydi; ko’klamda g’umbakka aylanadi; qushqo’nmas o’ti gul lash paytida voyaga yetgan kapalagi qorong’i tushishi bilan ucha boshlaydi; kapalak kunduzi o’simlik bargi ostida yoki kesakchalar panasida harakatsiz o’ tiradi.