logo

G’O’ZA SO’RUVCHI VA KEMIRUVCHI ZARARKUNANDALARI VAULARGA QARSHI KURASH CHORALARI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

21.609375 KB
G’O’ZA SO’RUVCHI VA KEMIRUVCHI ZARARKUNANDALARI
VAULARGA QARSHI KURASH CHORALARI
Reja:
1. G’o’zaning asosiy zararkunandalari.
2 . So’ruvchi   zararkunandalar.
3 .  Kemiruvchi zararkunandalar . Hozirgi   paytda   O’zbekiston   Respublikasi   to’la   iqtisodiy   jihatdan
mustaqillikka   erishish   uchun   sanoat   mahsulotlarini   va   sanoat   uchun   kerak
bo’ladigan   xom-ashyoni   ishlab   chiqarishni   yanada   kengaytirishi   va
rpvojlantirishi zarur.
Sanoat   uchun   va   chet   ellarga   valyutaga   sotiladigan   asosiy   xom-
ashyomiz   paxtadir.   Ma’lumki,   keyingi   yillarda   aholiga   tomorqa   xo’jaligi
uchun   yer   ajratib   berish,   meva-sabzavot,   g’alla   va   boshqa   oziqabop
ekinlarning   bir   qismi   ilgari   paxta   ekib   kelinayotgan   yerlar   hisobiga
kengaytirilmoqda, natijada paxta ekiladigan maydonlar qisman kamaydi. Bu
esa o’z navbatida paxtadan olinadigan yalpi hosilni kamayishiga olib keladi.
Paxtani   yalpi   hosilini   kamaytirmaslik   uchun,   ilm-fan   yutuqlaridan,
ilg’orlar   tajribasidan   va   boshqa   imkoniyatlardan   unumli   foydalanishimiz
kerak. SHunday imkoniyatlardan biri g’o’zaii zararli organizmlardan himoya
qilishdir.
G’o’za   zararkunandalar   bilan   ko’p   zararlanadigan   ekinlardan
hisoblanadi.   Professor   YAxontov   V.V.   g’o’za   bilan   oziqlanadigan
umurtkasiz hayvonlarning 772 turdan iborat butun dunyo faunasining uncha
to’liq bo’lmagan ro’yxatini tuzib 1931 yilda ta’riflagan edi. Bulardan 751 turi
hasharotlardir   (Alimuhamedov,   Xo’jaev   1991).   V.V.   YAxontov   tomonidan
219 turi O’zbekiston sharoitida g’o’zaga tushishi aniqlangan.
Mazkur   turlardan   juda   oz   qismi   10   -   ga   yaqin   turi   doimo   va   jiddiy
zarar   yetkazadi,   qolgan   qismi   ikkinchi   darajali   hisoblanib,   ayrim   yillari
sharoit   qulay   kelganda   g’o’zaga   jiddiy   zarar   yetkazishi   mumkin.
Zararkunandalarni   oziqlan i sh   usuliga   qarab   so’ruvchilar   va   kemiruvchilar
guruhiga bo’lish mumkin.
G’o’zaning   asosiy   zararkunandalari.   O’rgimchakkana   (Tetranychus
urtigae   Koh).   Bu   g’o’zaning   ashaddiy   va   doim   tushadigan   zararkunandasi
hisoblanib,   g’o’za   o’stirilayotgan   zonalarda   keng   tarqalgan   hammaxo’r zararkunandadir.   U   248   turdagi   o’simlnk   bilan   oziqlanib   shundan   173   tasi
begona o’tlar, 38 turdagisi butalar, 37 turdagisi qishloq xo’jalik ekinlaridir.
Kana   asosiy   bargning   orqa   tomoniga   joylashib   olib   unga   shikast
yetkazadi.   O’simlik   bargini   juda   ingichka   kul   rang   o’rgimchak   iplari   bilan
o’raydi.
O’rgimchakkananing   og’iz   apparatlarining   xelitsiralarini   o’simlik
hujayrasiga kiritib, undagi moddalarni so’rib oziqlanadi.
O’simlik   bitlari.   G’o’zaga   o’simlik   bitlarining   bir   necha   turi   zarar
yetkazadi.   Bulardan   beda   yoki   akatsiya   biti,   g’o’za   yoki   poliz   biti   va   katta
g’o’za   biti   xavflidir.   Bitlar   barglarning   shirasini   so’rib   zararlash   oqibatida
poya va ildizlardagi uglevodlar kamayib ketadi, qattiq zararlangan barglarni
shakli o’zgarib, bujmayib qoladi.
Tuxumdan   chiqqan   bitlarning   1-2   avlodi   qanotsiz   holda   rivojlanadi,
keyingi   avlodlarda,   qanotl i   tirik   tug’uvchi   urg’ochilari   paydo   bo’lib,   ular
bitlarni asosiy tarqatuvchilari hisoblanadi. Kuzda ham xuddi shunday qanotli
avlodlar   paydo   bo’lib,   ular   o’zining   asosiy   o’simliklariga   uchib   keladi,
bularni jins tashuvchilar yoki emigrantlar deyiladi.
Beda yoki akatsiya biti (Aphis srassivora). Hammaxo’r zararkunanda
bo’lib, yevropaning janubida va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Akatsiya
biti   g’o’zadan   tashqari,   beda,   oq   akatsiya,   yeryong’oq,   espartset,   vika,
burchoq, no’xat, shuningdek poliz ekinlariga (jami 52 tur) shikast yetkazadi.
Bu hasharot g’ o’ zani may-iyun oylarida eng ko’p   zararlaydi.
Poliz   biti   (Aphis   gossyhii   Gobal).   Bu   zararkunanda   hammaxo’r
hasharot   bo’lib,   o’simliklarning   ko’p   turiga   shikast   yetkazadi.   MDH   ning
butun janubiy qismida keng tarqalgan.
Katta   g’o’za   biti   (Atyrthasiphan   gossypii   Mordv).   O’zbekistonning
barcha   paxtakor   rayonlarida   uchraydi.   G’o’zadan   tashqari   mosh,   loviyaga,
begona o’tlarda, yantoqqa ko’proq tushadi. Qandalalarning   13   turi   g’o’zaga   tushishi   ma’lum.   SHulardan   2   turi:
beda va dala qandalasi ayrim yillari sezilarli zarar keltiradi.
Beda  qandalasi (Adelphosoris lineolutus Goyeze).  Beda, g’o’za  kabi
o’simliklarni   zararlab,   asosan   o’zining   og’iz   apparati   bilan   shona,   gul,
ko’saklarni   sanchib-so’rib   zararlaydi.   Qattiq   zararlangan   shona   va   gullar
qurib   qoladi,   ko’sakdagi   tola   kamayib,   sifati   pasayadi,   3-4   marta   avlod
beradi.
Qandalalarga    qarshi maxsus kurash    choralari o’tkazilmaydi,  sababi,
so’ruvchi    zararkunandalarga    qarshi    qo’llaniladigan preparatlar bularga ham
qo’llaniladi.
G’o’zaning     kemiruvchi     zararkunandalari.     G’o’zaning     asosiy
kemiruvchi     zararkunandalariga     tunlamlar     kiradi,     respublikamiz   paxtakor
rayonlarida   g’o’zaga   zarar   yetkazadigan   tunlamlarning   11   dan   ortiq   turi
ma’lum.
Kuzgi   tunlam   -   Sistia   (Agrytis)   segetum   Sch.   Hasharotlar   sinfining,
tanga qanotlilar turkumiga, tunlamlar oilasiga mansub bo’lib, sug’oriladigan
paxtachilik rayonlarida keng tarqalgan zararkunandalardan biridir.
Kichik   quruqlik   tunlami   yoki   karadrina   (Spodjptera   exigua   Hb).
G’o’zaning   xavfli   zararkunandalaridan   hisoblanib,   hozirgi   kunda
respublikamiz   shimoliy   viloyatlarida   g’o’zaga   jiddiy   zarar   yetkazadi.
Karadrina   hammaxo’r   zararkunanda   bo’lib,   114   xil   o’simlikda   uchraydi,
shundan 70 xili madaniy ekinlardir.
Kichik   yoshdagi   qurtlari   barg   etini   qirtishlab   yeydi,   katta
yoshdagilari   esa   barglarni   kemirib   teshik   qilib   ketadi,   undan   tashqari
mevabandini   kemiradi,   gulyonbarglarini   va   gullarni   yeydi,   ba’zan   hosil
organlarini teshib kiradi. Karadrinaning   tabiiy   kushandalaridan   38   turi   (33   turi   parazit,   5   turi
yirtqich)   qayd   etilgan.   Bularga   brakonidlar,   ixnevmonidlar,   taxinalar,
oltinko’zlar, qandala-oriuslar, xonqizi va h.k.
G’o’za   tunlami   (Helisoverpa   armigera   Hb).   Bu   zararkunanda   yer
kurrasining barcha mintaqalarining mo’’tadil va subtropik iqlimli rayonlarida
keng tarqalgan, g’o’za tunlami 4 marta avlod beradi.
G’o’za   zararkunandalariga   qarshi   uyg’unlashgan   kurash
tadbirlarining usullari. G’o’zani zararkunanda, kasallik va     begona o’tlardan
himoya qilish bu kompleks tadbirlarni o’z ichiga oladi va uyg’unlashtirilgan
himoya qilish sistemasini tashkil etadi. Ularni tashkiliy-xo’jalik, agrotexnik,
kimyoviy va biologik tadbirlarga bo’lish mumkin.
G’o’zani   zararli   organizmlardan   muvaffaqiyatli   himoya   qilish   uchun
mazkur   tadbirlarni   muayyan   maqsadga   qaratilgan   holda   muntazam   amalga
oshirish   lozimdir.   Bundan   maqsad   g’o’za   biotsenozidagi   zararli   va   foydali
turlarning   buzilgan   nisbatini   tiklagan   holda   kompleks   himoya   tadbirlarini
oqilona   (integr al lash-lotincha   so’z   bo’lib,   tiklash,   to’ldirish   tushiniladi)
qo’llash yo’li bilan himoya qilishdan iboratdir.
Agrotexnik   tadbirlar.   G’o’za   zararkunandalariga   qarshi   kurash
yuzasidan   o’tkaziladigan   agrotexnika   tadbirlari   asosan   ogohlantiruvchi
choralardir.   Bu   tadbirlar   bir     jihatdan   dalalarni   xavf-xatar   tug’diradigan
miqdordan zararkunandalar sonini oshirmaslikka qaratiladi.
G’o’zaning   asosiy   kasalliklari   va   kurash   choralari.   Gommoz,   ildiz
chirish, fitoftoroz kasalliklariga agrotexnik, fizik, kimyoviy kurash choralari
qo’llaniladi.    Kimyoviy kurash choralaridan Bronotok -12  % n. kuk, Vitavaks
200 - 75   %   n.kuk, Derozal - 50 % sus. k., Nusan -30% em. k., Rapkol TZ -
46   %   kuk,   Formalin   -   40   %   suvli   eritma   va   hokazolarni   qo’llash   mumkin.
Tukli chigit preparat eritmasida 1 t. 25-30 l suv bilan aralashtiriladi. Tuksiz
chigitga 1 t siga 15-20 l suv qo’shiladi. G’o’zaning   kasalliklarini   kamaytirish   uchun   albatta   uyg’unlashgan
kurash chorasini qo’llash shart.
Uygunlashgan   kurash   sistemasi.   G’o’zani   hozirgi   zamon   talablari
darajasida   uyg’unlashgan   usulda   himoya   qilish   faqat   yuqori   barqaror   mo’l
hosil   yetishtirishdan   iborat   bo’libgina     qolmay,   balki   biosfera   uchun   xavfli
bulmasligi  va  iqtisodiy  jihatdan  samarali  bo’lmog’i  lozimdir.  Ayrim  paytlar
uyg’unlashgan   himoya   qilishda   agrotexnik   va   biologik   kurash   usullarini   va
mahalliy entomofaglar faoliyatidan keng foydalanishni taqazo etadi, bundan
tashqari   feromonlardan,   genetik   va   kimyoviy   usullardan   o’z   o’rnini   topib
oqilona foydalana olish lozimdir.
G’o’zani   zararkunandalardan   himoya   qilishda   ogohlantiruvchi,   ya’ni
zararkunandalarni   ommaviy   kupayishini   oldini   oluvchi   va   zararkunandalar
paydo bo’lgandan keyin uni qirib tashlovchi tadbirlarga bo’linadi.
Agrotexnik,   biologik,   genetik   usullar   ko’pincha   oldini   oluvchi,
entomofaglar   tabiiy   populyatsiyalarni   ko’paytirishga   xizmat   qiladi.   Bunda
quyidagi   preparatlardan   foydalanish   mumkin:   ambush,     25   %   k.e.   (0,6-0,8
l/ga),   detsis,   2,5   %   k.e.   (0,6   l/ga),   fozalon,   35   %   k.e .   (3,0-3,5   l/ga),
sumitsidin, 20 %   k.e. (0,8 l/ga) kabi preparatlardan birini qo’llash maqsadga
muvofiqdir.
G’o’za   shiralariga,   trips   va   qandalalarga   qarshi   esa   birinchi   ishlov
o’rgimchakkanaga   ishlatilgan   preparatlardan   biri   ya’ni   antio   yoki   fosfamid,
keyingisi esa ripkord, (0,2 l/ga), rivokurt, sumitsidin (0,5-0,7 l/ga) kabi yangi
sintetik piretroidli preparatlardan birini ishlatish maqsadga muvofiqdir.
G’o’za   kasalliklari   (vilt,   gommoz,   ildiz   ch i rish)   ga   qarshi   kurashda
bugungi kunda, asosan agrotexnik tadbirlar keng qo’llaniladi, Bunda o’simlik
qoldiqlarini   yo’qotish,   kuzda   chuqur   shudgorlash,   yaxob   suvini   berish,   o’z
vaqtida   yagonalash,   qator   oralariga   ishlov   berish,   chigitni   tigam   yoki
branotok   preparatlari   bilan   dorilab   ekish,   paxta-beda   almashlab   ekish   kabi tadbirlar   kasallik   qo’zg’atuvchilarini   rivojlanishiga   to’skinlik   qiladi   va
natijada g’o’zalarda kasallanish kamayadi.
Xulosa qilib aytganda yuqoridagi kurash  usullarini o’z o’rnini topib,
ratsional   holda   bir-birpga   bog’lab   olib   borilsa,   agrobiotsenozdagi   foydali
organizmlar   ko’payib,   zararli   organizmlar   miqdori   iqtisodiy   zarar   yetkazish
chegarasidan past darajada bo’ladi, g’o’za hosilini saqlab qoladi. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kimsanboyev   X.X.,   Yo’ldoshev   A.   va   boshqalar   -   O’simliklarni
kimyoviy himoya qilish. Darslik - T.: “O’qituvchi”, 1997.-280 b.
2. Xo’jaev   SH.T.,   Xolmurodov   E.A.   -   “Entomologiya,   o’simliklarni
zararkunandalardan   uyg’unlashgan   himoya   qilish,   qishlok   xo’jalik
ekinlarini   himoya   qilish   va   agrotoksikologiya   asoslari”.   Darslik   -
Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2009.-396 b.
3. Xasanov   B.O.   va   boshqalar   “G’o’zani   zararkunanda   kasallik   va
begona   o’tlardan   himoya   qilish”.   Darslik-   “Universitet”   nashriyoti,
Toshkent. 2002.-379 b.
4. O’ zbekiston   Respublikasi   q ishlo q   x o’ ja l igida   ishlatish   uchun
ruxsat   etilgan   pestitsidlar   va   agroximikatlar   r o’ yxati.   “ O ’ simliklar
himoyasi   va   karantini ” jurnali ilovasi. Toshkent, 2013.-335 b.
5. YAxontov   V.V.   -   O’rta   Osiyoda   qishloq   ekinlarining   va
mahsulotlarining   zararkunandalarini   va   ularga   qarshi   kurash.   Darslik-
T., 1962. -186 b.
6. Vasilev V.II., Livshits I.Z.- Vrediteli plodov ы x kultur 2-e izd. 
Uchebnik.-M.: «Kolos», 1984,-190 b.
7. Kimsanboyev X.X. va bosh q alar. -   G’o’ zaning zararkunandalariga
q arshi uy g’ unlashgan kurash choralari. Ma’ruza matni. T., 1994.-196 b.
8. K i msa n boyev   X.X.,   Boltaev   B.S.,   Sulaymonov   B.A.   -   Bo g’
za rarkuna n dalar g a   q arshi   uy g’ unla shg an   kurash   choralari.   O’q uv
qo’ llanma  T oshkent. 1998,- 168 b.

G’O’ZA SO’RUVCHI VA KEMIRUVCHI ZARARKUNANDALARI VAULARGA QARSHI KURASH CHORALARI Reja: 1. G’o’zaning asosiy zararkunandalari. 2 . So’ruvchi zararkunandalar. 3 . Kemiruvchi zararkunandalar .

Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi to’la iqtisodiy jihatdan mustaqillikka erishish uchun sanoat mahsulotlarini va sanoat uchun kerak bo’ladigan xom-ashyoni ishlab chiqarishni yanada kengaytirishi va rpvojlantirishi zarur. Sanoat uchun va chet ellarga valyutaga sotiladigan asosiy xom- ashyomiz paxtadir. Ma’lumki, keyingi yillarda aholiga tomorqa xo’jaligi uchun yer ajratib berish, meva-sabzavot, g’alla va boshqa oziqabop ekinlarning bir qismi ilgari paxta ekib kelinayotgan yerlar hisobiga kengaytirilmoqda, natijada paxta ekiladigan maydonlar qisman kamaydi. Bu esa o’z navbatida paxtadan olinadigan yalpi hosilni kamayishiga olib keladi. Paxtani yalpi hosilini kamaytirmaslik uchun, ilm-fan yutuqlaridan, ilg’orlar tajribasidan va boshqa imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz kerak. SHunday imkoniyatlardan biri g’o’zaii zararli organizmlardan himoya qilishdir. G’o’za zararkunandalar bilan ko’p zararlanadigan ekinlardan hisoblanadi. Professor YAxontov V.V. g’o’za bilan oziqlanadigan umurtkasiz hayvonlarning 772 turdan iborat butun dunyo faunasining uncha to’liq bo’lmagan ro’yxatini tuzib 1931 yilda ta’riflagan edi. Bulardan 751 turi hasharotlardir (Alimuhamedov, Xo’jaev 1991). V.V. YAxontov tomonidan 219 turi O’zbekiston sharoitida g’o’zaga tushishi aniqlangan. Mazkur turlardan juda oz qismi 10 - ga yaqin turi doimo va jiddiy zarar yetkazadi, qolgan qismi ikkinchi darajali hisoblanib, ayrim yillari sharoit qulay kelganda g’o’zaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Zararkunandalarni oziqlan i sh usuliga qarab so’ruvchilar va kemiruvchilar guruhiga bo’lish mumkin. G’o’zaning asosiy zararkunandalari. O’rgimchakkana (Tetranychus urtigae Koh). Bu g’o’zaning ashaddiy va doim tushadigan zararkunandasi hisoblanib, g’o’za o’stirilayotgan zonalarda keng tarqalgan hammaxo’r

zararkunandadir. U 248 turdagi o’simlnk bilan oziqlanib shundan 173 tasi begona o’tlar, 38 turdagisi butalar, 37 turdagisi qishloq xo’jalik ekinlaridir. Kana asosiy bargning orqa tomoniga joylashib olib unga shikast yetkazadi. O’simlik bargini juda ingichka kul rang o’rgimchak iplari bilan o’raydi. O’rgimchakkananing og’iz apparatlarining xelitsiralarini o’simlik hujayrasiga kiritib, undagi moddalarni so’rib oziqlanadi. O’simlik bitlari. G’o’zaga o’simlik bitlarining bir necha turi zarar yetkazadi. Bulardan beda yoki akatsiya biti, g’o’za yoki poliz biti va katta g’o’za biti xavflidir. Bitlar barglarning shirasini so’rib zararlash oqibatida poya va ildizlardagi uglevodlar kamayib ketadi, qattiq zararlangan barglarni shakli o’zgarib, bujmayib qoladi. Tuxumdan chiqqan bitlarning 1-2 avlodi qanotsiz holda rivojlanadi, keyingi avlodlarda, qanotl i tirik tug’uvchi urg’ochilari paydo bo’lib, ular bitlarni asosiy tarqatuvchilari hisoblanadi. Kuzda ham xuddi shunday qanotli avlodlar paydo bo’lib, ular o’zining asosiy o’simliklariga uchib keladi, bularni jins tashuvchilar yoki emigrantlar deyiladi. Beda yoki akatsiya biti (Aphis srassivora). Hammaxo’r zararkunanda bo’lib, yevropaning janubida va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Akatsiya biti g’o’zadan tashqari, beda, oq akatsiya, yeryong’oq, espartset, vika, burchoq, no’xat, shuningdek poliz ekinlariga (jami 52 tur) shikast yetkazadi. Bu hasharot g’ o’ zani may-iyun oylarida eng ko’p zararlaydi. Poliz biti (Aphis gossyhii Gobal). Bu zararkunanda hammaxo’r hasharot bo’lib, o’simliklarning ko’p turiga shikast yetkazadi. MDH ning butun janubiy qismida keng tarqalgan. Katta g’o’za biti (Atyrthasiphan gossypii Mordv). O’zbekistonning barcha paxtakor rayonlarida uchraydi. G’o’zadan tashqari mosh, loviyaga, begona o’tlarda, yantoqqa ko’proq tushadi.

Qandalalarning 13 turi g’o’zaga tushishi ma’lum. SHulardan 2 turi: beda va dala qandalasi ayrim yillari sezilarli zarar keltiradi. Beda qandalasi (Adelphosoris lineolutus Goyeze). Beda, g’o’za kabi o’simliklarni zararlab, asosan o’zining og’iz apparati bilan shona, gul, ko’saklarni sanchib-so’rib zararlaydi. Qattiq zararlangan shona va gullar qurib qoladi, ko’sakdagi tola kamayib, sifati pasayadi, 3-4 marta avlod beradi. Qandalalarga qarshi maxsus kurash choralari o’tkazilmaydi, sababi, so’ruvchi zararkunandalarga qarshi qo’llaniladigan preparatlar bularga ham qo’llaniladi. G’o’zaning kemiruvchi zararkunandalari. G’o’zaning asosiy kemiruvchi zararkunandalariga tunlamlar kiradi, respublikamiz paxtakor rayonlarida g’o’zaga zarar yetkazadigan tunlamlarning 11 dan ortiq turi ma’lum. Kuzgi tunlam - Sistia (Agrytis) segetum Sch. Hasharotlar sinfining, tanga qanotlilar turkumiga, tunlamlar oilasiga mansub bo’lib, sug’oriladigan paxtachilik rayonlarida keng tarqalgan zararkunandalardan biridir. Kichik quruqlik tunlami yoki karadrina (Spodjptera exigua Hb). G’o’zaning xavfli zararkunandalaridan hisoblanib, hozirgi kunda respublikamiz shimoliy viloyatlarida g’o’zaga jiddiy zarar yetkazadi. Karadrina hammaxo’r zararkunanda bo’lib, 114 xil o’simlikda uchraydi, shundan 70 xili madaniy ekinlardir. Kichik yoshdagi qurtlari barg etini qirtishlab yeydi, katta yoshdagilari esa barglarni kemirib teshik qilib ketadi, undan tashqari mevabandini kemiradi, gulyonbarglarini va gullarni yeydi, ba’zan hosil organlarini teshib kiradi.

Karadrinaning tabiiy kushandalaridan 38 turi (33 turi parazit, 5 turi yirtqich) qayd etilgan. Bularga brakonidlar, ixnevmonidlar, taxinalar, oltinko’zlar, qandala-oriuslar, xonqizi va h.k. G’o’za tunlami (Helisoverpa armigera Hb). Bu zararkunanda yer kurrasining barcha mintaqalarining mo’’tadil va subtropik iqlimli rayonlarida keng tarqalgan, g’o’za tunlami 4 marta avlod beradi. G’o’za zararkunandalariga qarshi uyg’unlashgan kurash tadbirlarining usullari. G’o’zani zararkunanda, kasallik va begona o’tlardan himoya qilish bu kompleks tadbirlarni o’z ichiga oladi va uyg’unlashtirilgan himoya qilish sistemasini tashkil etadi. Ularni tashkiliy-xo’jalik, agrotexnik, kimyoviy va biologik tadbirlarga bo’lish mumkin. G’o’zani zararli organizmlardan muvaffaqiyatli himoya qilish uchun mazkur tadbirlarni muayyan maqsadga qaratilgan holda muntazam amalga oshirish lozimdir. Bundan maqsad g’o’za biotsenozidagi zararli va foydali turlarning buzilgan nisbatini tiklagan holda kompleks himoya tadbirlarini oqilona (integr al lash-lotincha so’z bo’lib, tiklash, to’ldirish tushiniladi) qo’llash yo’li bilan himoya qilishdan iboratdir. Agrotexnik tadbirlar. G’o’za zararkunandalariga qarshi kurash yuzasidan o’tkaziladigan agrotexnika tadbirlari asosan ogohlantiruvchi choralardir. Bu tadbirlar bir jihatdan dalalarni xavf-xatar tug’diradigan miqdordan zararkunandalar sonini oshirmaslikka qaratiladi. G’o’zaning asosiy kasalliklari va kurash choralari. Gommoz, ildiz chirish, fitoftoroz kasalliklariga agrotexnik, fizik, kimyoviy kurash choralari qo’llaniladi. Kimyoviy kurash choralaridan Bronotok -12 % n. kuk, Vitavaks 200 - 75 % n.kuk, Derozal - 50 % sus. k., Nusan -30% em. k., Rapkol TZ - 46 % kuk, Formalin - 40 % suvli eritma va hokazolarni qo’llash mumkin. Tukli chigit preparat eritmasida 1 t. 25-30 l suv bilan aralashtiriladi. Tuksiz chigitga 1 t siga 15-20 l suv qo’shiladi.