logo

SABZOVOT, POLIZ YEKINLARINI ZARARKUNANDALARI VA QARSHI KURASH CHORALARI.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

26.98046875 KB
SABZOVOT,  POLIZ YEKINLARINI ZARAR KUNANDALAR I  VA
QARSHI KURASH CHORALARI .
Reja.
1.  Sabzavot, p oliz ekinlar  zararli organizmlarga qarshi kurash choralari.
2.   Sabzavot,   p oliz   ekinlarini   kasalliklariga   uyg’unlashgan   himoya   qilish
choralari.
3.   Sabzavot,   p oliz   ekinlarini   ichidagi   begona   o’tlarga   qarshi   uyg’unlashgan
kurash choralari. Respublikamizda   sabzavot   va   poliz   ekinlarini   zararli   organizmlari
keyingi     yillarda     keskin   ko’payib   bormokda.   Sabzavot,   poliz   ekinlari
qimmatbaho ekin hamma viloyatlarda eng ko’plab ekiladi.
Olimlarimiz hisoblariga qaraganda pomidordan har bir odam boshiga
30   kg   bir   yilda   iste’mol   qilishi   mumkin.   Kartoshkaning   bir   iste’molchi
o’rtacha   64   kg   ga   to’g’ri   kelishi   mumkin.   Sabzi,   piyoz,   poliz   ekinlari   ham
inson uchun kerakli hisoblanadi.
SHuning   uchun   sabzavot,   poliz   ekinlarini   zararkunandalari,
kasalliklari   ularning   ayrim   biologik   xususiyatlari,   zarari,   ularni   o’z   vaqtida
aniqlash,   ularga   qarshi   agrotexiik,   biologik   va   kimyoviy   kurash   choralarini
keng    ishlab    chiqarishga    joriy etish masalalarini tadbiq qilish kerak.
Masalan   kolorado   qo’ng’izi   1972   yilda   Bo’stonliq   tumanida   kelib
qolgan edi, respublikamizda keyingi yillarda ko’plab tarqalib ketdi.
Oqqanot,   kolorado   qo’ng’izi,     karam   kuyasi,   gulxo’r,   burga,   g’o’za
tunlami,     o’rgimchakkana,     tripslar,   simqurtlar,   sabzi   pashshasi,   ildiz   qirqar
tunlamlar,   shiralar   va   hokazo.   Sabzavot,   poliz   kartoshka   ekinlarining
zararkunandalaridir.
Ko’pgina dala ekinlari     qatori O’zbekistonda pomidorga ko’plab turli
xil   kemiruvchi   zararkunandalar   zarar   yetkazadi.   Ulardan   juda   oz   qismi,
qariyib   10   ga   yaqin   turi   pomidorga   jiddiy   zarar   yetkazadi.   Zararkunandalar
oziqlanish   xususiyatlariga   ko’ra   so’ruvchilar   va   kemiruvchilar   guruhiga   oid
bo’ladi.
Kemiruvchi   zararkunandalar.   Bular   orasida   sabzavot,   polizlarni   yer
ostki qismini kemiruvchi zararkunandalari alohida o’rin tutadi:
Ildiz   gall   nematodasi.   Bu   zararkunanda   ko’plab   dala   va   bog’
ekinlariga, jumladan beda, kartoshka, pomidor, sabzi, polzz ekinlari, tamaki,
shaftoli va olma daraxtlariga zarar yetkazadi. Ildiz     gall     nematodasi     o’simlikni   kuchsizlantirib,   rivojlanishini
sekinlashtiradi,   hosilini     kamaytiradi.   Ba’zan   o’simlikni     butkul     quritib
ko’yadi.     Zararkunandaning   urg’ochisi   nok   shaklida   bo’lib,   oldingi   uchi
cho’ziq,   uning   kattaligi   0,9-1,5   mm,   bo’yining   eniga   nisbati   1,2-1,8   gacha,
tuxumining   kattaligi   65-130   mikron,   yosh   lichinkalari   qurtga   o’xshaydi,
urg’ochisi   keyinchalik   asta-sekin   yug’onlashadi.   Birinchi   nasli   130,
ikkinchisi   38   kun,   uchinchisi   42   kun,   to’rtinchisi   48   kun   va   beshinchisi   43
kundan   55   kungacha   hayot   kechiradi.   YUmshoq   tuproq   yetarli   namlik   va
yuqori haroratda nematoda yaxshi rivojlanadi. Urg’ochi nematoda 400-2000
tagacha tuxum qo’yadi, tuxum qo’ygach u nobud bo’ladi. Tuxumdan chiqqan
lichinkalar gallar ichidan tuproqqa ko’chadi va yangi ildizlarni shikastlaydi.
O’simta   nematodasi.   Bu   zararkunanda   kartoshka   ildiz   va   tuganagiga
ayniqsa   ko’p   zarar   yetkazadi,   shuningdek   u   piyoz,   lavlagi,   sabzp,   karam,
bodring,   g’alladosh   ekinlarga   ham   zarar   yetkazadi.   Nematoda   o’simlikka
tuproqdan o’tadi, ildiz ichida, ba’zan ildiz, sirtida ham oziqlanadi. Urg’ochi
nematoda   tuproqqa   tuxum   qo’yadi,   zararlangan   o’simliklarning   barglarida
sariq dog’lar paydo bo’ladi, so’ngra qurib qoladi.
Korshinskiy   shilliq   qurti.   Bu   zararkunanda   dala   va   poliz   ekinlariga,
jumladan,   karamga,   pomidor   ko’chatlariga,   lavlagi,   bodring,   piyoz,
qulupnayga   anchagina   zarar   yetkazadi.   SHilliq   qurt   qulupnayning   bargidan
tashqari gul va mevalariii ham zararlaydi.
Ularning   faolligi   tuproq   namligi   va   havo   haroratiga   bog’liq,   ular
sersuv o’simliklar va hayvon qoldiqlari va boshqalar bilan oziqlanadi. SHilliq
qurtlar   10   tadan   30   tagacha   tuproq   orasiga   tuxum   qo’yadi.   Tuxumdan
chiqqan   yosh   qurtlar   chig’anoq   ichida   bo’ladi.     Barcha   shilliq   qurtlar   iyun-
oktyabr   oylarida   diapauzada   bo’ladi,   kuzda   yosh   va   shilliq   qurtlar
rivojlanayotgan   o’simliklar   bargi   bilan   oziqlanadi.   CHigirtkalardan
O’zbekistonda qora chigirtka va qizil chigirtka turlari pomidorga katta zarar yetkazadi. Ular shuningdek kartoshka, piyoz, karamga va g’o’zaga ham zarar
yetkazadi.
Qizil   chigirtka   erkagining   uzunligi   14-23   mm,   urg’ochisi   esa   26-38
mm.   Tanasi   sarg’ish   qum   tusdan   to’q   kulrang   tusgacha   bo’ladi,   uning
qoramtir dog’lari ham bor.
Ildiz   kemiruvchi   tunlamlar.   P.   Ro’zmatov   (1994)   ma’lumotlariga
qaraganda,   O’zbeknston   Respublikasi   sharoitida   pomidorni   7   tur   ildiz
kemiruvchi   tunlamlar   zararlaydi,   ulardan   kuzgi   tunlam   va   undov   tunlam
asosiy   o’rinni   egallaydi.   Professor   S.N.   Alimuhamedov,   SH.T.   Xo’jaev
(1991)   ma’lumotlariga   ko’ra   barcha   tunlamlar   yashash   tarzi,   shikastlash
xarakteri va kurash usullariga ko’ra bir xillikka egadirlar.
Qurtlar   30-40   kun   mobaynida   yashaydi   va   5   marta   po’st   tashlaydi,
oltinchi yoshidan so’ng ular tuproqda g’umbakka aylanadi.
Ular   O’zbekiston   sharoitpda   3-4   avlod   beradi.   500-2000   tagacha
tuxum   qo’yadi.   Undov   tunlami,   bu   zararkunanda   zararlash   qobiliyati
jihatidan   kuzgi   tunlamdan   keyingi   o’rinda   turadi,   oldingn   qanotlari   asosida
undov   belgisi   sifatidagi   dog’i   bo’ladi.   Uning   kuzgi   tunlamdan   farqi   yiliga
ikki marta avlod berishidadir, shuningdek bu zararkunanda kuzgi tunlamdan
farq qilib, g’o’zaga nisbatan bedani ko’proq zararlaydi va tunda yorug’likka
yaxshi   uchadi.   Uning   kapalagi   kuzgi   tunlam   kapalaklaridan   bir   hafta   keyin
uchadi.
Kolorado   qo’ng’izi.   Keyingi   o’n   yillar   davomida   kartoshkaning
ashaddiy   dushmaii   kolorado   qo’ng’izining   Vatanimizga   kirib   kelishi
natijasida u pomidor dalalarida ham ko’plab uchramokda. Uning qo’ng’iz va
lichinkalari pomidor va boshqa ituzumdosh ekinlar barglarini kemirib, zarar
yetkazadi.
Qo’ng’iz   7 10 mm kattalikda bo’lib, sariq-qo’ng’ir tusli, uning 10 ta
qora   yo’l   dog’i   bor,   tuxumini   to’p-to’p   qilib   bargning   orqa   tomoniga   500 tagacha  qo’yadi.  5-17   kun  mobaynida  undan  lichinkalar  chiqadi,   ular  11-30
kun   yashaydi,   voyaga   yetgan   lichinkalar   uzunligi   16   mm   gacha   jigarrang,
qizil   rang,   boshi   qora,   tuproqda   g’umbaklanadi.   7-10   kundan   so’ng   undan
qo’ng’izlar paydo bo’ladi. Bir yilda 3-4 avlod beradi, 15-20 sm chuqurlikda
qo’ng’izlar tuproqda qishlaydi.
YOzning   issiq   kunlarida   yosh   qo’ng’izlar   10-15   kun   davomida
shiddat bilan     ovqatlangach, tuproq ostiga kiradi va diapauza holatiga o’tadi.
Ana shu tuproqqa kirishdan avval ularni qirib tashlash lozim.
Hosil organlarining zararkunandalari.  Ko’sak qurti-(g’o’za tunlami),
zararkunanda   g’o’zaning   guli,   shona,   ko’saklarini,   makkajo’xori   so’talari,
pomidor   mevalari,   kanop,     nut   dukkaklari   va   boshqa   ko’p   o’simliklarning
(120   turga   yaqin)   meva   organlarini   shikastlaydi.   Zararkunanda   pomidorda
uch avlodda zarar yetkazadi. Uning ikkinchi avlodi iyun oyida, bunda ertagi
nav   pomidorlar     hosil   tuga     boshlaydi,     uchinchi   avlodi   esa   iyul   oyida   va
pomidor  mevalariga     butun     rivojlanish  mobaynida zarar yetkazadi. Tunlam
3-4   marta   avlod   beradi.   800-3000   tagacha   tuxum   qo’yadi.   Umuman
zararkunanda tuxumdan kapalakka qadar 30-40 kunni kechiradi.
So’ruvchi   zararkunandalar.   Sabzavot   va   polizlarga   bitlardan   g’o’za
yoki poliz biti, plotnikov biti    va g’uza ildiz biti va hokazolar zarar keltiradi.
G’o’za   yoki   poliz   biti,   bu   so’ruvchi   zararkunandalardan   bo’lib,
pomidordan tashqari beda, g’o’za, kartoshka va loviyani zararlaydi.
Plotnikov biti pomidordan tashqari lavlagini ham zararlaydi.
Bu bitlarning uzunligi 2,5 mm gacha bo’lib, ular qanotli va qanotsiz
shakllarda bo’ladi, ularning ikki juft qanoti bor, ulardan oldingi jufti keyingi
juftiga nisbatan ancha uzun.
G’o’za   bitining   qanotsizining   uzunligi   1,25-2,10   mm   keladi.   Tanasi
tuxum   shaklda,   tusi   och   yashil   yoki   sariq   rangdan   to   yashil   ranggacha
bo’ladi. Ildiz   bitlaridan   boshqa   barcha   bitlar   ekinlar   poyalari,   shoxlari
uchlarida,   kurtak   va   barglarda   oziqlanadi.   Ular   gala-gala   bo’lib,   bir   joyda
to’planishib yashaydi. Ular ko’klamda ekinlar barglaridan shira so’rib, ularni
qovjiratadi. O’simliklar zaiflashadi, o’sishdan qoladi, normal hosil bermaydi.
Barg   bitlari   pomidorda   ko’klamda   ko’payadi,   biroq   yozning   issiq
kunlarida   ular   miqdori   bir   qadar   kamayadi,   bunda   afidiid   va
entomofaglarning   ham   ahamiyati   bor.   Avgust-sentyabr   oylarida   esa,   havo
haroratining pasayishi ular miqdorini ortishiga sabab bo’ladi. Tamaki tripsi –
pomidorning   ikkinchi   darajali   zararkunandasi   hisoblanadi.   U   asosan   tamaki
barglarida katta zarar yetkazadi, shuningdek uning zarari g’o’zada, piyozda,
karamda,  kartoshka,  bodringda   ham   sezilarli   darajadadir.  Bular  ham   boshqa
zararkunandalar   singari   pomidorga   ochiq   dalalarda   va   issiqxonalarda   zarar
yetkazadi.   Umuman   bu   zararkunanda   50   dan   ziyod   o’simliklarga   zarar
yetkazadi.     Tripsdan   zararlangan   ekin   bargi,   assimilyatsiya     jarayoni
zaiflanishi     natijasida   rivojlanishdan   qoladi,   bu   esa   ekin   hosildorligini
kamaytiradi.   Bundan   tashqari   tripslar   turli   virusli   infektsiyalarni   ham
tarqatishga sababchi bo’lishlari mumkin.
Tabiiy  sharoitda  tripslar  o’simlik  qoldiqlari  ostida  qishlaydi,  ko’plab
tripslar piyoz dalasida qishlab qoladi.
Issiqxonalarda   qishda   tripslar   keng   bargli   begona   o’tlarda   (ola   buta)
to’planadi va rivojlanadi, 7-8 avlod beradi.
Oqqanotlar   -   Professor   Alimuhamedov   S.N.   va   Xo’jaev   SH.T.
ma’lumotlariga   ko’ra   O’zbekistonda   oqqanotlarning   2   turi   ekinlarga   zarar
yetkazadi: issiqxona oqqanotn va tsitrus oqqanoti.
Oqqanotlar   issiqxona   va   ochiq   dala   sharoitida   xavfli
zararkunandalardan   biri   bo’lib,   60  dan  ortiq  ekinlarga,  ayniqsa,  sabzavot   va
manzarali ekinlarga katta zarar yetkazadi.  Bular jumlasiga pomidor, bodring,
loviya, g’o’za, salat selderey va boshqalar kiradi. Bu  zararkunanda   diapauza  holatiga   o’tmaydi,  shu  sababli  ochiq  dala
sharoitida   qishlashga   moslashmagan,   biroq   respublikamizda   issiqxona
hajminpng   keskin   ortuvi   uning   keng   ko’lamda   tarqalishiga   qulay   imkon
yaratadi.
O’rgimchakkana – bu hammaxo’r hasharotlardan bo’lib, pomidordan
tashqari 247 tur o’simliklarga, jumladan, 173 tur begona o’t, 38 tur daraxt va
butazorlarga   zarar   yetkazadi.   Kana   o’simliklar   bargining   orqa   qismiga
joylashib,   uni   zararlaydi.   U   zararlagan   barg   mayda   (ingichka)   o’rgimchak
iplari   bilan   qoplangan   bo’ladi.   Zararkunanda   ochiq   dala   va   issiqxonalarda
juda keng tarqalgan.
O’rgimchakkana   barg   moddalarini   so’rib,   oziqlanadi,   zararlangan
bargning   ustki   tomonida   och   tusli   kuchli   zararlanganlarida   qo’ng’ir   va
qizg’ish   dog’lar   hosil   bo’ladi.   Zararlangan   barglar   to’kiladi,   o’simlik
zaiflashadi.
O’rgimchakkana  shamol   yordamida   o’rgimchak   iplari   vositasida,  ish
qurollari bilan tarqalishi mumkin.
O’rgimchakkana   o’simlik   qoldiqlari   ostida,   ariq   yoqalarida,   tuproq
yoriqlarida,   tut   daraxtlari   po’stlog’i   ostida   qishlaydi.   O’rgimchakkana
qishlovdan   erta   bahorda,   havoning   o’rtacha   harorati   7 0
S   bo’lganda   chiqadi.
Birinchi   avlod   begona   o’tlarda,   keyinchalik   g’o’za   boshqa   dala   ekinlariga
o’tadi. Bizda o’rgamchakkana 12 dan 20 tagacha avlod beradi.
Zang   kanasi   -   ituzumdoshlar   oilasiga   mansub   turlaridan   pomidor   va
kartoshkaning   ashaddiy   zararkunandalaridan,   uning   asosiy   xususiyatlaridan
biri   muhitga   o’ta   moslanuvchanligidir,   shu   bois   u   hozirdayoq   ko’plab
sabzavotchilik xo’jaliklariga tarqalib ketdi.
Zararlash   xususiyati:   barglar     sarg’ayadi,     rangdor   dog’lar   paydo
bo’ladi, to’kiladi. Zararlangan o’simlpklar o’sishdan qoladi, mevalari mayda bo’ladi,   burishib   qoladi.   Mevalar   zangsomon   qo’ng’ir   rangga   kiradi,   yorilib
ketadi. Hosildorlik 55 foizga, hatto 80 foizga qadar kamayishi mumkin.
Sabzavot   va   poliz   ekinlari   kasalliklari.   O’zbekiston   hududida
sabzavot   poliz   kasalliklarining   bir   necha   turlari   ko’proq   zarar   yetkazadi.
Bulardan   stolbur,   strik,   mozaika,   fuzarioz   so’lish   kasalliklari   ayniqsa   ko’p
uchraydi.
Stolbur   –   bu   virus   kasalliklaridan   bo’lib,   avval   yosh   novdalar   va
o’simliklarning o’suv nuqtasi pushti rangga kiradi, ular o’rta tomirlar atrofiga
to’plangan   bo’ladilar.   Zararlanish   gul   va   mevalarda   yanada   yaqqolroq
ko’rinadi:   gulkosa   barglar   nihoyatda   rivojlangan,   changlari   qurigan,   pestik
nogiron, ustuncha qisqargan, gul qinlari yuqoriga qaragan, mevalari betartib
bo’yalgan, qattiq va mazasiz bo’ladi.
Stolbur   bilan   baqlajon   va   qalampir   ham   kasallanadi.   Havo   harorati
yuqorilashi bilan kasallik rivojlanishi tezlashadi.
Kasallik   qo’zg’atuvchisi   urug’   bilan   tarqalmaydi,   ekin   qoldiqlarida
ham   kasallik   qo’zg’atuvchisi   nobud   bo’ladi,   faqatgina   ular   begona
o’tlardagina saqlanib qoladi va hasharotlar yordamida tarqaladi.
Strik–kasallik   ko’pincha   issiqxonalarda   uchraydi.   Barglarda   teskari
shaklli   dog’lar   paydo   bo’ladi.   Barg   bandlari   poyalari   va   meva   bandlarida
qizil-qo’ng’ir rangli chiziqchalar hosil bo’ladi.
Mozaika   bu   kasallik   barcha   pomidor   yetishtiriladigan   maydonlarda
uchrashi   mumkin,   ayniqsa   issiqxonalarda   ko’p   uchraydi,   zararlangan   ekin
barglari   avval   mayda   xol-xol   rangli   belgilar   namoyon   bo’ladi,   so’ngra   ular
turli naqshlar shakliga kiradi.
Sabzavot   poliz   bargi   orqali   oziqlantirish,   rivojlanishni   dastlabki
davrlarida   ko’proq   mineral   oziqalar   berish   kasallikni   rivojlanishiga   olib
keladi. Sabzavot   va   poliz   kasalliklari   va   zararkunandalariga   uyg’unlashgan
kurash   tizimi.   Sabzavot   va   poliz   kasalliklari   va   zararkunandalariga   qarshi
uyg’unlashgan  kurash   tizimini   olib   borishda   xo’jalik-tashkiliy  ishlarga  katta
e’tibor  berish  lozim.   O’simliklarni  himoya   qilish  xizmati   bilan  hamkorlikda
barcha pomidor ekiladigan xo’jaliklarda zararli organizmlarga qarshi kurash
rejasi tuzilishi va bunda, albatta o’tkazilajak kurash hajmi, usuli, takroriyligi,
kimyoviy   va   biologik   kurashning   muddati,   shuningdek   ularning   sarflanish
me’yorlari va lozim bo’ladigan vosita miqdori ko’rsatiladi.
Zararkunanda   va   kasallikni   aniqlash,   ularning   farqlanishini   belgilash
maqsadida   har   bir   xo’jalikda   agronom   entomolog   boshchiligidagi   mavsum
davomida  maxsus brigada tashkil  etilib, zararli  organizmlarga qarshi kurash
muddatlari maxsus tekshiruv natijalariga ko’ra o’tkazilishi lozim.
Bunda   dastlabki   kuzatuvlar   (kolorado   qo’ng’iziga   qarshi)   25   aprel-5
may   kunlari   o’tkazilishi   mumkin.   SHundan   so’ng   25   may-15   iyun   kunlari
yosh   qo’ng’izlarga   nisbatan   tekshpruv   nazorat   ishlari   olib   boriladi.   Bu
muddatlarda   bir   qator   so’ruvchi   zararkunandalarga   qarshi   tekshiruv-nazorat
ishlari   o’tkazilishi   lozim.   Kuzatuvlar   to   yig’im-terim   tugallangunga   qadar
davom etadi.
Hosil   yig’ishtirib   olingach   issiqxona   butkul   ta’mirlanadi   (singan
oynalar   qayta   o’rnatiladi,   teshiklar   berkitiladi).   Issiqxona   anjomlari   va
qurilish   materiallari   formalin   eritmasiga   insektitsidlardan   karbofos   yoki
fozalon   qo’shib   zararsizlantiriladi.   Bunda   1   m 2
  hajmdagi   maydonga
yuqoridagi   pestitsidlar   aralashmasi   ishchi   suyuqligidan   1   l   sarflanadi.
Zararsizlantirish   jarayoni   tugagach,   issiqxona   2   kecha-kunduz   davomida
yopiq   holda   ushlanadi   va   shundan   so’ng   formalin   yo’qolgunga   qadar
shamolattiriladi.
Pomidor dalalaridagi ko’sak qurtiga qarshi   zararkunandalarning
ikkinchi   avlodi   paydo   bo’lishi   bilan   uch   marotaba   brakon   quyidagi nisbatlarda   qo’yiladi,   bunda   parazit   va   xo’jayin       1:15,       1:10       va       1:5
nisbatlarida  8  kun   oralatib  30x30  m uslubli tartibda chiqariladi. 
Sabzavot va poliz kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashda
tavsiya qilingan pestitsidlar va biopreparatlar
№ Preparat Sarflash
me’yori Zararkunanda
yoki kasallik Qo’llash
usuli Kutish
vaqti Takro-
riyligi
1 Applaud, 25% li
n.k. 0,5 Oqqanot
(issiqxona) Purkash 3 1
2 Benzofosfat, 30%
li n.k, k.e. 1,7-2,3 Ko’sak qurti,
kolorado
qo’ng’izi Purkash 30 2
3 Admiral, 10% li
k.e. 0,5 oqqanot Purkash 30 1
4 Vertimek, 1,8 %
li k.e. 0,1-0,2 Zang kana Purkash 30 1
5 Grizli, 36% li k.e. 0,25 Zang kana Purkash 30 1
6 Danitol, 10% li
fl. 2,0 Oqqanot Purkash 30 1
7 Detsis, 2,5 % li
k.e. 0,25-0,5 Ildiz
kemiruvchilar,
shiralar,
oqqanot Purkash 30 1
8 Detsis, 2,5 % li
flo. 0,75-
1,25 SHiralar
(issiqxona) Purkash 5 2
9 Kvark, 10 % li
n.k. 5,1-6,9 Ko’sak qurti,
kolorado Purkash 30 21 qo’ng’izi
10 Malfos, 50% li
k.e. 2,4-3,6 Oqqanot,
shiralar,
tripslar,
kanalar
(issiqxona) Purkash 5 3
11 OOQ
(Ohak oltingugurt
qaynatmasi) Bome
bo’yicha
0,5-1 0 
li Kanalar Purkash 3
12 TSipermetrin, 25
% li k.e. 1,2-1,6 Oqqanot
(issiqxona) Purkash 3 2
13 Bayleton, 25 % li
n.k. 1,0-4,0 Un shudring Purkash 10 2
14 Bordo suyuqligi,
1% li 6,0-8,0
mis
kuporosi
bo’yicha Fitoftoroz,
alternarioz Purkash 8 4
15 Mis xloroksidi,
90 % li n.k. 2,4-3,2 Fitoftoroz,
alternarioz Purkash 20 4
16 Benlat, 50 % li
n.k. 2,0-3,0 Qo’ng’ir
dog’lanish Purkash 10 2
17 Zinpor, 70 % li
n.k. 1,0 Ko’chat
o’rqazishda
tuproqqa
purkaladi Purkash 1
Issiqxona   oqqanotiga   qarshi   ular   yetuk   zotlarini   ushlab qolish
maqsadida     maxsus     tayyorlangan     sariq     rangli     ekinlardan foydalanish
tavsiya   qilingan.   Buning   uchun   maxsus   entomologik   yelimga   sariq   rang qo’shib,   30x40   sm   li   oq   qog’ozga   surtib,   kanopga   osib   qo’yiladi,   0,08   ga
hajmli   1   issiqxona   bo’limiga   70-100   ta   shunday   ekran   osiladi.   Butun
rivojlanish davrida bu ekranlar 3 takrorlikda qo’yiladi.
Targa,   Super,   Gezagard,   Penitran,   Trifluramin   va   hokazolar.
YUqorida qayd etilgan gerbitsidlarni qo’llash mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kimsanboyev   X.X.,   Yo’ldoshev   A.   va   boshqalar   -   O’simliklarni
kimyoviy himoya qilish. Darslik - T.: “O’qituvchi”, 1997.-280 b.
2. Xo’jaev   SH.T.,   Xolmurodov   E.A.   -   “Entomologiya,   o’simliklarni
zararkunandalardan   uyg’unlashgan   himoya   qilish,   qishlok   xo’jalik
ekinlarini   himoya   qilish   va   agrotoksikologiya   asoslari”.   Darslik   -
Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2009.-396 b.
3. Xasanov   B.O.   va   boshqalar   “G’o’zani   zararkunanda   kasallik   va
begona   o’tlardan   himoya   qilish”.   Darslik-   “Universitet”   nashriyoti,
Toshkent. 2002.-379 b.
4. O’ zbekiston   Respublikasi   q ishlo q   x o’ ja l igida   ishlatish   uchun
ruxsat   etilgan   pestitsidlar   va   agroximikatlar   r o’ yxati.   “ O ’ simliklar
himoyasi   va   karantini ” jurnali ilovasi. Toshkent, 2013.-335 b.
5. YAxontov   V.V.   -   O’rta   Osiyoda   qishloq   ekinlarining   va
mahsulotlarining   zararkunandalarini   va   ularga   qarshi   kurash.   Darslik-
T., 1962. -186 b.
6. Vasilev V.II., Livshits I.Z.- Vrediteli plodov ы x kultur 2-e izd. 
Uchebnik.-M.: «Kolos», 1984,-190 b.
7. Kimsanboyev X.X. va bosh q alar. -   G’o’ zaning zararkunandalariga
q arshi uy g’ unlashgan kurash choralari. Ma’ruza matni. T., 1994.-196 b.
8. K i msa n boyev   X.X.,   Boltaev   B.S.,   Sulaymonov   B.A.   -   Bo g’
za rarkuna n dalar g a   q arshi   uy g’ unla shg an   kurash   choralari.   O’q uv
qo’ llanma  T oshkent. 1998,- 168 b.

SABZOVOT, POLIZ YEKINLARINI ZARAR KUNANDALAR I VA QARSHI KURASH CHORALARI . Reja. 1. Sabzavot, p oliz ekinlar zararli organizmlarga qarshi kurash choralari. 2. Sabzavot, p oliz ekinlarini kasalliklariga uyg’unlashgan himoya qilish choralari. 3. Sabzavot, p oliz ekinlarini ichidagi begona o’tlarga qarshi uyg’unlashgan kurash choralari.

Respublikamizda sabzavot va poliz ekinlarini zararli organizmlari keyingi yillarda keskin ko’payib bormokda. Sabzavot, poliz ekinlari qimmatbaho ekin hamma viloyatlarda eng ko’plab ekiladi. Olimlarimiz hisoblariga qaraganda pomidordan har bir odam boshiga 30 kg bir yilda iste’mol qilishi mumkin. Kartoshkaning bir iste’molchi o’rtacha 64 kg ga to’g’ri kelishi mumkin. Sabzi, piyoz, poliz ekinlari ham inson uchun kerakli hisoblanadi. SHuning uchun sabzavot, poliz ekinlarini zararkunandalari, kasalliklari ularning ayrim biologik xususiyatlari, zarari, ularni o’z vaqtida aniqlash, ularga qarshi agrotexiik, biologik va kimyoviy kurash choralarini keng ishlab chiqarishga joriy etish masalalarini tadbiq qilish kerak. Masalan kolorado qo’ng’izi 1972 yilda Bo’stonliq tumanida kelib qolgan edi, respublikamizda keyingi yillarda ko’plab tarqalib ketdi. Oqqanot, kolorado qo’ng’izi, karam kuyasi, gulxo’r, burga, g’o’za tunlami, o’rgimchakkana, tripslar, simqurtlar, sabzi pashshasi, ildiz qirqar tunlamlar, shiralar va hokazo. Sabzavot, poliz kartoshka ekinlarining zararkunandalaridir. Ko’pgina dala ekinlari qatori O’zbekistonda pomidorga ko’plab turli xil kemiruvchi zararkunandalar zarar yetkazadi. Ulardan juda oz qismi, qariyib 10 ga yaqin turi pomidorga jiddiy zarar yetkazadi. Zararkunandalar oziqlanish xususiyatlariga ko’ra so’ruvchilar va kemiruvchilar guruhiga oid bo’ladi. Kemiruvchi zararkunandalar. Bular orasida sabzavot, polizlarni yer ostki qismini kemiruvchi zararkunandalari alohida o’rin tutadi: Ildiz gall nematodasi. Bu zararkunanda ko’plab dala va bog’ ekinlariga, jumladan beda, kartoshka, pomidor, sabzi, polzz ekinlari, tamaki, shaftoli va olma daraxtlariga zarar yetkazadi.

Ildiz gall nematodasi o’simlikni kuchsizlantirib, rivojlanishini sekinlashtiradi, hosilini kamaytiradi. Ba’zan o’simlikni butkul quritib ko’yadi. Zararkunandaning urg’ochisi nok shaklida bo’lib, oldingi uchi cho’ziq, uning kattaligi 0,9-1,5 mm, bo’yining eniga nisbati 1,2-1,8 gacha, tuxumining kattaligi 65-130 mikron, yosh lichinkalari qurtga o’xshaydi, urg’ochisi keyinchalik asta-sekin yug’onlashadi. Birinchi nasli 130, ikkinchisi 38 kun, uchinchisi 42 kun, to’rtinchisi 48 kun va beshinchisi 43 kundan 55 kungacha hayot kechiradi. YUmshoq tuproq yetarli namlik va yuqori haroratda nematoda yaxshi rivojlanadi. Urg’ochi nematoda 400-2000 tagacha tuxum qo’yadi, tuxum qo’ygach u nobud bo’ladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar gallar ichidan tuproqqa ko’chadi va yangi ildizlarni shikastlaydi. O’simta nematodasi. Bu zararkunanda kartoshka ildiz va tuganagiga ayniqsa ko’p zarar yetkazadi, shuningdek u piyoz, lavlagi, sabzp, karam, bodring, g’alladosh ekinlarga ham zarar yetkazadi. Nematoda o’simlikka tuproqdan o’tadi, ildiz ichida, ba’zan ildiz, sirtida ham oziqlanadi. Urg’ochi nematoda tuproqqa tuxum qo’yadi, zararlangan o’simliklarning barglarida sariq dog’lar paydo bo’ladi, so’ngra qurib qoladi. Korshinskiy shilliq qurti. Bu zararkunanda dala va poliz ekinlariga, jumladan, karamga, pomidor ko’chatlariga, lavlagi, bodring, piyoz, qulupnayga anchagina zarar yetkazadi. SHilliq qurt qulupnayning bargidan tashqari gul va mevalariii ham zararlaydi. Ularning faolligi tuproq namligi va havo haroratiga bog’liq, ular sersuv o’simliklar va hayvon qoldiqlari va boshqalar bilan oziqlanadi. SHilliq qurtlar 10 tadan 30 tagacha tuproq orasiga tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan yosh qurtlar chig’anoq ichida bo’ladi. Barcha shilliq qurtlar iyun- oktyabr oylarida diapauzada bo’ladi, kuzda yosh va shilliq qurtlar rivojlanayotgan o’simliklar bargi bilan oziqlanadi. CHigirtkalardan O’zbekistonda qora chigirtka va qizil chigirtka turlari pomidorga katta zarar

yetkazadi. Ular shuningdek kartoshka, piyoz, karamga va g’o’zaga ham zarar yetkazadi. Qizil chigirtka erkagining uzunligi 14-23 mm, urg’ochisi esa 26-38 mm. Tanasi sarg’ish qum tusdan to’q kulrang tusgacha bo’ladi, uning qoramtir dog’lari ham bor. Ildiz kemiruvchi tunlamlar. P. Ro’zmatov (1994) ma’lumotlariga qaraganda, O’zbeknston Respublikasi sharoitida pomidorni 7 tur ildiz kemiruvchi tunlamlar zararlaydi, ulardan kuzgi tunlam va undov tunlam asosiy o’rinni egallaydi. Professor S.N. Alimuhamedov, SH.T. Xo’jaev (1991) ma’lumotlariga ko’ra barcha tunlamlar yashash tarzi, shikastlash xarakteri va kurash usullariga ko’ra bir xillikka egadirlar. Qurtlar 30-40 kun mobaynida yashaydi va 5 marta po’st tashlaydi, oltinchi yoshidan so’ng ular tuproqda g’umbakka aylanadi. Ular O’zbekiston sharoitpda 3-4 avlod beradi. 500-2000 tagacha tuxum qo’yadi. Undov tunlami, bu zararkunanda zararlash qobiliyati jihatidan kuzgi tunlamdan keyingi o’rinda turadi, oldingn qanotlari asosida undov belgisi sifatidagi dog’i bo’ladi. Uning kuzgi tunlamdan farqi yiliga ikki marta avlod berishidadir, shuningdek bu zararkunanda kuzgi tunlamdan farq qilib, g’o’zaga nisbatan bedani ko’proq zararlaydi va tunda yorug’likka yaxshi uchadi. Uning kapalagi kuzgi tunlam kapalaklaridan bir hafta keyin uchadi. Kolorado qo’ng’izi. Keyingi o’n yillar davomida kartoshkaning ashaddiy dushmaii kolorado qo’ng’izining Vatanimizga kirib kelishi natijasida u pomidor dalalarida ham ko’plab uchramokda. Uning qo’ng’iz va lichinkalari pomidor va boshqa ituzumdosh ekinlar barglarini kemirib, zarar yetkazadi. Qo’ng’iz 7 10 mm kattalikda bo’lib, sariq-qo’ng’ir tusli, uning 10 ta qora yo’l dog’i bor, tuxumini to’p-to’p qilib bargning orqa tomoniga 500

tagacha qo’yadi. 5-17 kun mobaynida undan lichinkalar chiqadi, ular 11-30 kun yashaydi, voyaga yetgan lichinkalar uzunligi 16 mm gacha jigarrang, qizil rang, boshi qora, tuproqda g’umbaklanadi. 7-10 kundan so’ng undan qo’ng’izlar paydo bo’ladi. Bir yilda 3-4 avlod beradi, 15-20 sm chuqurlikda qo’ng’izlar tuproqda qishlaydi. YOzning issiq kunlarida yosh qo’ng’izlar 10-15 kun davomida shiddat bilan ovqatlangach, tuproq ostiga kiradi va diapauza holatiga o’tadi. Ana shu tuproqqa kirishdan avval ularni qirib tashlash lozim. Hosil organlarining zararkunandalari. Ko’sak qurti-(g’o’za tunlami), zararkunanda g’o’zaning guli, shona, ko’saklarini, makkajo’xori so’talari, pomidor mevalari, kanop, nut dukkaklari va boshqa ko’p o’simliklarning (120 turga yaqin) meva organlarini shikastlaydi. Zararkunanda pomidorda uch avlodda zarar yetkazadi. Uning ikkinchi avlodi iyun oyida, bunda ertagi nav pomidorlar hosil tuga boshlaydi, uchinchi avlodi esa iyul oyida va pomidor mevalariga butun rivojlanish mobaynida zarar yetkazadi. Tunlam 3-4 marta avlod beradi. 800-3000 tagacha tuxum qo’yadi. Umuman zararkunanda tuxumdan kapalakka qadar 30-40 kunni kechiradi. So’ruvchi zararkunandalar. Sabzavot va polizlarga bitlardan g’o’za yoki poliz biti, plotnikov biti va g’uza ildiz biti va hokazolar zarar keltiradi. G’o’za yoki poliz biti, bu so’ruvchi zararkunandalardan bo’lib, pomidordan tashqari beda, g’o’za, kartoshka va loviyani zararlaydi. Plotnikov biti pomidordan tashqari lavlagini ham zararlaydi. Bu bitlarning uzunligi 2,5 mm gacha bo’lib, ular qanotli va qanotsiz shakllarda bo’ladi, ularning ikki juft qanoti bor, ulardan oldingi jufti keyingi juftiga nisbatan ancha uzun. G’o’za bitining qanotsizining uzunligi 1,25-2,10 mm keladi. Tanasi tuxum shaklda, tusi och yashil yoki sariq rangdan to yashil ranggacha bo’ladi.