MEVALI VA TOK EKINLARINING ZARARKUNANDALARI VA QARSHI KURASH CHORALARI.
MEVALI VA TOK EKINLARINING ZARAR KUNANDALAR I VA QARSHI KURASH CHORALARI . Reja: 1. Bog’ zararkunandalarining turlari. 2. Bog’ zararkunandalarining so’ruvchi turlari. 3. Mevali daraxtlarning zararkunandalariga qarshi uyg’unlashgan kurash tizimi.
Bog’ zararkunandalarining ayrimlarining qisqacha tarifi: Buzoq boshi qo’ng’zlar. Qattiq qanotlilar (Soleoptera) turkumiga kirib, plastinka mo’ylovlilar (Ssarabaethae) oilasi, buzoqbosh qo’ng’izlar (Melanta) avlodiga taalluqli turlardir. Markaziy Osiyoda mevazor bog’larda buzoqboshi qo’ng’izlarning uch turi; zararli buzoqboshi qo’ng’iz, uch tishli buzoqboshi qo’ng’iz va mart buzoqboshi qo’ng’izi zarar yetkazadi. Mart buzoqboshi qo’ng’izi. Buzoqboshi qo’ng’izlarini lichinkalari daraxtlarni ildizini kemirib, quvvatdan ketkazadi, ba’zan buzilgan bog’larning o’rniga ekilgan ekinlarga ham zarar keltiradi. 20 sm chuqurda yashaydi. 30 tagacha tuxum qo’yadi. Qon biti. Tanga qanotlilar (Homoptera) turkumi, bitlar oilasiga (Aphididae) kiradi. Qon biti olma ildiz, tana va shoxlarining shirasini so’rib, daraxtlarni kuchsizlantiradi. Bitning shira so’rgan joylarida g’uddalar paydo bo’ladi, ular keyinchalik yorilib, chiriydi. Qon biti tushgan yosh daraxtlar ko’pincha qurib qoladi, qari daraxtlar esa kuchsizlanib, hosil juda kamayib ketadi. Qon biti ko’p tushgan shoxlar quriydi. Qon biti yoz bo’yi 15-17 ta avlod beradi. Qon biti Bumajn ы y ranet, Saratoni, Hosildor, Janatan, Rozmarin va Zolotoy Parmen degan olma navlariga ko’proq zarar yetkazadi. Ammo Damir olma, Abiluari, Qandil Sinan, Kul rang frantsuz raneti degan olma navlariga qon bitp tushmaydi. Po’stloqxo’r qo’ng’izlar ko’pgina meva daraxtlariga, ayniqsa danakli meva daraxtlariga aksari olxo’ri yoki olma qo’ng’izi va burishgan qo’ng’iz zarar yetkazadi. Olxo’ri qo’ng’izi bilan burishgan qo’ng’iz lichinkalari daraxt shoxlarini va ba’zan butun – butun daraxtlarni, katta yoshli qo’ng’izlar esa yosh novdalarni quritib qo’yadi. Bog’ to’g’ri parvarish qilinmaganda (etarli sug’orilmaslik va hokazo) hamda ilgari boshqa zararkunandalar tushganda
quvvatdan ketgan daraxtlarga po’stloq osti qo’ng’izlar ayniqsa qattiq zarar yetkazadi. Po’stloq osti qo’ng’izlari daraxtlarning shoxlarida, po’stloq tagida, po’stloq osti qavatidan ochgan yo’llarida katta yoshli lichinka stadiyasida qishlaydi. Lichnnkalar qishlaydigan joylarda martning ikkinchi yarmidan boshlab g’umbakka aylanadi, aprelda voyaga yetgan qo’ng’izlar iaydo bo’ladi. Har xil yoshdagi l i chinkalar qishlagan bo’lganligidan g’umbaklardan qo’ng’iz chiqishi uzoq davom etib iyulgacha cho’ziladi. Qo’ng’izlar dastlab paydo bo’lgan joyda shoxlarning po’stlog’i tagida, po’stloq osti qatlamida, keyinchalik shoxlarning uchlarida, yosh novdalarning asosida oziqlanadi, ular yarim doira kanallar ochib, shu bilan novdalarni nobud qiladi. Markaziy Osiyoning urug’li meva bog’larida qalqondorlarning bir necha turi, ayniqsa binafsha tusli qalqondor, kaliforniya qalqondori ko’p uchraydi. Qalqondorlar daraxtlarning shirasini so’rib, zaiflashtiradi, ko’pincha ayrim shoxlarni va ayniqga yosh novdalarni nobud qiladi: ba’zan esa daraxtlarni butunlay quritib qo’yadi. Koktsidlar mevalarga dog’ tushirib, sifatini pasaytiradi. Qalqondorlar yosh lichinkalik stadiyasida tarqaladi, ular o’rmalab yuradi yoki shamol, hasharotlar, qushlar vositasida tarqaladi, Lichinkalar keyinchalik biron joyga yopishib olib, harakatlanmaydi. Binafsha tusli qalqondor urug’li va davakli meva daraxtlari, tut, anor, terak, oq akatsiya va boshqa ko’pgina daraxt hamda butalar shirasini so’radi, kaliforniya qalqondori olma va nok daraxtlariga ko’proq zarar yetkazadi, bundan tashqari u behi, o’rik, bodom, yong’oq, olxo’ri, tog’olcha, gilos, olchaga zarar yetkazadi, boshqa juda ko’p mevali daraxtlar, tok, dekorativ daraxt va butalarning shirasini so’radilar. Barg bitlari - (Aphididae) oilasiga kiradilar. Markaziy Osiyo bog’laridagi urug’li meva daraxtlariga bir qancha tur barg bitlari sezilarli
darajada zarar yetkazadi; olma biti - olma, nok va behiga, pushti rang olma biti, novda biti, shaftoli biti - olmaga, shaftoliga zarar yetkazadi. Nok biti. Voyaga yetgani va lichinkalari nok kurtaklari, barglari, gullari va ingichka novdalarning shirasini so’rib, daraxtlarni ham zararlaydi. Qattiq zararlangan barglar qorayib, to’kilib ketadi. Nok shira bitiga qarshi kurash olib borilmasa, iyul boshlaridayoq daraxtlar batamom barginn to’kib yuboradi. Zararlangan daraxt novdalari qing’ir - qiyshiq, mevasi qattiq, bemaza bo’lib, normal darajada katta bo’lmaydi va ko’pincha shira bitining yopishqoq axlatiga belanadi. Meva o’rgimchakkanasi. O’rgimchakkana odatda olma daraxtiga zarar yetkazadi, ammo boshqa urug’li va danakli meva daraxtlariga ham tushadi. O’rgimchakkana ko’p zararlangan barglar qo’ng’ir tusga kirib assimilyatsiya xossasini ancha yo’qotib qo’yadi, ba’zan nobud bo’lib, ko’plab to’kilib ketadi. Meva o’rgimchakkanasi Markaziy Osiyo va Qozog’istonning hamma joyida uchraydi. Olma kuyasi. Kuya qurtlari olma, do’lana, ko’pgina dekorativ daraxtlar ba’zan o’rikning yozilayotgan kurtaklarini, keyinroq borib barglarini ham yeb qo’yadi. Qattiq zararlangan daraxtlar meva qilmaydi va kelasi yili ham kam hosil beradi. Zararlangan daraxtlar yaxshi o’smaydi. Olma kuyasi birinchi yoshdagi qurtlik stadiyasida qishlaydi. Bu kurtaklar tuxumni berkitib turgan qalqon tagida – 35 0 S gacha haroratga chidash beradi. Qurtlar to’da – to’da bo’lib yashaydi va bir shoxchaning barglarini yeb bo’lib, hammasi birgalashib ikkinchi shoxchaga o’tadi, ayni vaqtda butun – butun shoxlargina emas, balki daraxtning butun shox-shabbasi o’rgimchakkuyasi bilan qoplanib qoladi. G’ilofli kuya qurtlari o’rik, bodom, behi, olcha, gilos, nok va ayniqsa olmaning bo’rtayotgan va yozila boshlagan kurtaklarini yeb, zarar yetkazadi,
shuning natijasida daraxtlar uzoq vaqtcha bargsiz bo’lib qoladi. Keyinchalik qurtlar barg eti bilan oziqlanadi. Qattiq zararlangan barglar qo’ng’ir tusga kiradi va kuyganga o’xshab turadi. Qurtlar o’rikning dovuchalariga ham zarar yetkazadilar. G’ilofli kuya meva daraxtlarni shoxlarida o’rta yoshdagi qurt stadiyasida qishlaydi va erta ko’klamda kurtaklar bo’rtishidan oldin o’yg’onadi. Meva daraxtlari barg yozgan vaqtida tuxumlarning ichidagi qurtlar tashqariga chiqib, darrov yosh barglar bilan oziqlana boshlaydi, ularni chetidan yeydi, ayni vaqtda kemirilgan barg parchalari ko’plab yerga to’kiladi. Qurtlar bir daraxtning barglarini yeb tugatgandan keyin boshqa daraxtlarga o’rmalab o’tadi; ba’zan ularni shamol boshqa daraxtlarga uchirib o’tadi; qurtlarning tanasidagi uzun tuklari va o’zlari chiqargan o’rgimchak iplari shunga yordam beradi, qurtlar yoshligida to’p – to’p bo’lib yashaydi, voyaga yetganlari esa tarqoq holda yashaydi. Markaziy Osiyo olma qurti - urug’li meva daraxtlarining ayniqsa olma, qisman nok va behining asosiy zararkunandasidir. Olma va nok hosilining taxminan 50 foiziga olma qurti zarar yetkazadi. Har yili olma qurtining zararlashidan mevalarning tugunchalari va g’o’r mevalarining anchagina qismi to’kilib ketadi. Olma qurti tushgan mevalar ko’pincha irib ketadi va ularni saqlab bo’lmaydi. Kapalagi umrida bir necha o’nta (o’rtacha hisob bilan 50 ta) tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar mevaning ichidagi eti va urug’lari bilan oziqlanadi, qurtlarning 60-80 foizi mevaga kosachasidan kirsa qolgan qismi mevaning yon va pastki yuzasidan kiradi. Qurt meva po’sti ostiga kirib, meva etidan kamera ochadi va temir uzel orqali urug’ uyasiga o’tadi, u meva sirtidan tomir uzeliga o’tish uchun burama kanal ochadi.