logo

O‘SIMLIKLARNI PATOGEN MIKROORGANIZMLARNING TA’SIRI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

62.435546875 KB
O‘ SIMLIKLARNI   PATOGEN   MIKROORGANIZMLARNING   TA ’ SIRI
REJA :
1. O‘simliklarning yuqumli kasalliklarga chidamliligi
2. O‘simliklarning yuqumsiz kasalliklarga chidamliligi
3. O‘simliklarning yuqumli kasalliklarga chidamliligi
4. Fakultativ tekinxo‘rla va saprotroflar
5.  Tekinxo‘r va xo‘jayin o‘simlikning irsiy aloqadorliklari
6.   Himoyalanishning   konstitutsiyaviy   mexanizmi
7.   O‘simlikni   mexanik   tarzda   himoyalanishi O‘simliklar   biz   yuqorida   qayd   etib   o‘tgan   tashqi   muhitning   abiotik
omillariga   “chidash”,   “bardosh   berishdan”   tashqari   juda   katta   miqdordagi   biotik
omillar   eng   avvalo   ontogenezining   barcha   davrlarida   uni   o‘rab   olgan   patogen
mikroorganizmlarning ta’sirini ostida bo‘ladi.
Tabiiy holda, biz yovvoyi deb ataydigan o‘simliklarda uzoq   muddat davom
etgan   evolyutsiya   davomida   madaniy   ekma   o‘simliklarda   bo‘lmagan   himoyalanish
mexanizmlari   vujudga   kelgan.   Shu   boisdan   bunday   tabiiy   tarzda   yuzaga   kelgan
chidamlilikni   o‘rganish  faqat   ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, qishloq xo‘jalik
ekinlarining  kasalliklariga qarshi kurashishda ham ahamiyat kasb etadi.
O‘simliklarning   kasalliklarga   chidamligi   bu   kasallikni   bartaraf   etish,   uni
cheklash   yoki   rivojlanishini   to‘xtatishdir.   O‘simliklarning   kasalliklarga   chidamligi
maxsus   bo‘lmagan   yoki   N.   I.   Vavilov   bo‘yicha   turga   xos   va   maxsus   yoki   navga
bog‘liq bo‘ladi.
Turga   xos   chidamlilik   o‘simlikni   juda   katta   miqdorda   sondagi   saprotrof
mikroorganizmlardan   himoyalaydi.   Bu   tipdagi   chidamlilikni   fitoimmunitet   deb
ataladi.   Zero   turga   xos   chidamlilik   shu   o‘simlik   turi   uchun   yuqumli   bo‘lmagan
kasalliklarga taalluqli.   Turga xos chidamlilik tufayli har bir tur o‘simlik uncha ko‘p
bo‘lmagan   kasallik   qo‘zg‘atuvchilar   bilan   zararlanadi   holos.   Maxsus,   boshqacha
aytganda   navga   bog‘liq   chidamlilik   tekinxo‘rlar   bilan   bog‘liq.   Bu   tipdagi
chidamlilik   ekma-madaniy   o‘simliklar   uchun   juda   muhim,   zero   aynan   maxsus
patogenlar   qishloq   xo‘jalik   ekinlaridan   olinadigan   hosilning   90%   gacha   hosilni
kamaytiradi.
O‘simliklarning   yuqumli   kasalliklarini   tekinxo‘r   zamburug‘lar va bakteriyalar, viruslar
o‘simlikdagi   vatuproqdagi   nematodalar   (fitogelmintlar)   tekinxo‘r   gulli   o‘simliklar
(zarpechak) qo‘zg‘otadi.
Fitogelmintlar   va   o‘simlik-tekinxo‘rlar, virus, bakteriya   tashuvchilari   hamdir.
Ekinlardan   olinadigan   hosilning   yo‘qolishiga   avvalo   zamburug‘lar   ta’sirida   ro‘y
beradigan   kasalliklar,   birmuncha   ozroq   virus   va   bakteriyalar   qo‘zg‘otadiganlari
qo‘zg‘otadi.   Bu   patogen   zamburug‘lar   turlarining   sonini   (10   000   turdan   ortiq)
ko‘pligi, bunday   bakteriyalarning   turlari   unchalik   ko‘p   emas (150-200 tur   holos). O‘simliklarda   kasalliklarni   qo‘zg‘otadigan   patogenlarning   quyidagi
guruhlari   mavjud:
1.   Fakultativ   tekinxo‘rlar,   ular   saprofitlar   bo‘lib,   o‘simliklarning   qurigan
qoldiqlarida   yashaydi,   ular   kuchsizlanib   qolgan   tirik   o‘simliklarni   ham   zararlay
oladi. Bu patogenlar sun’iy ravishda tayyorlangan oziq muhitda o‘sa oladi va turli
taksonomik guruhlarga mansub ko‘plab o‘simliklar turlarini   kasallantiradi. Bunday
tekinxo‘rlarning   muhim   vakillaridan   biri   Botrytis   cinerea   ko‘plab   o‘simliklarda
kulrang   chirishni   yuzaga   keltiradi.
2.   Fakultativ saprotroflar   uncha ko‘p bo‘lmagan o‘simliklarning turlarida
asosan   tekinxo‘rlik   bilan   va   qisman   saprofit   hayot   kechiradi.   Fakultativ
saprotroflarga   kartoshkada   so‘lishni   qo‘zg‘otadigan   Phytophora   intestans   yaqqol
misol   bo‘ladi.
3. Haqiqiy-obligat tekinxo‘rlar  bir yoki unga yaqin tur xujayin o‘simliksiz
hayot   kechira   olmaydi.   Obligat   tekinxo‘rlarga   g‘o‘ zada   vilt   kasalligini
qo‘zg‘otadigan   (MNabug‘doyda   chizili   zang   kuyani   qo‘zg‘otadigan   Rissiiagapish
yaqqol   misol   bo‘ladi,   biroq   bakteriyalar   emas.   Bu   tipdagi   tekinxo‘rlar   xo‘jayin
o‘ simliklar   bilan   tarixiy   taraqqiyotda   o‘simlik   to‘qimasiga   uni   h imoyalanishiga
qaramasdan kirib borishni hosil qilishgan.
Bu   tiplardagi   tekinxo‘rlarni   oziqlanishiga   ko‘ra   ularni   nekrotroflar   va
biotroflarga   bo‘linadi.   Barcha   fakultativ   tekinxo‘rlar   va   ayrim   fakultativ
saprotroflar   nekrotroflar   h isoblanib,   ular   avvalo   to‘qimani   nobud   qiladi   keyin
ularda   joylashadi.   Xo‘jayin   o‘simlikning   hujayralari   patogen   ajratadigan   toksin
ta’sirida   nobud   bo‘ladi.   Hujayraning   borligi   tekinxo‘r   ajratadigan   gidrolitik
fermentlarning ta’sirida parchalanadi.
Obligat   tekinxo‘rlar   biotroflar   h isoblanib,   ular   ma’lum   muddat   davomida
xo‘jayin   o‘simlikning   tirik   hujayralari   bilan   birga   buladi.   Ular   o‘simlikning
ximoyalanishini   chetlab   unga   zarar   keltiradigan   toksinlarni   ajratmasdan   amuzi
uchun   zarur   joyga   kirib   boradi.   Zamburug‘   biotrof   ko‘p   hollarda   hujayralarning
oralig’ida   yashaydi,   uziga     zarur     ozi   moddalarni   maxsus   surg‘ichi- gaustoriylari
yordamida   hujayrani   ichiga   kiritib   surib   oladi.   Bunday   birgalikdagi   holat zamburug‘ni   sporalar   hosil   qilib   ko‘paygunicha   davom  e tadi, undan   keyin   o‘simlik
zararlana   boshlaydi.
Patogen   xo‘jayin-o‘simlikka   o‘zi   ajratadigan   gidrolitik   fermentlar   va
toksinlari orqali ta’sir qiladi. Fermentlar hujayraning devorini va o‘rtadagi to‘siqni
zritadi   bu   bilan   tekinxo‘rni   xo‘jayin-o‘simlikning   to‘qimasiga   kirib   borishini
ta’minlaydi, shu bilan birga uni oziqlanishi ham ro‘y beradi.  Nekrotroflar   ajratadigan
va   o‘simlik   to‘qimalarini   nobud   qiladigan   toksinlarni   fitotoksinlar   deyiladi.  Ular
alohida   maxsus   xususiyatli   zmas   shu   boisdan   ko‘plab   turlarga   mansub
o‘simliklarni   zararlaydi.   Vivotoksinlar   –   patogen   tomonidan   agar   u   saprotrof
bo‘lsa  muhitga  ajratadi,  u  tekinxo‘r  holda  bo‘lganida   o‘simlik  to‘qimasining ichiga
ajratadi. Bu   toksinlar   o‘simlikning   tanasida   bir   qator   kasalliklarning   belgilarini   hosil
qiladi.
Birok   kasallikning   to‘la   belgisi   (patogensiz)   zararlangan   mazkur   tur
o‘simlikka   xos   buladi, bunday   holatga   patotoksinlar   deyiladi.
Patotoksinlarning   vazifalarini   turli   birikmalar   oligopeptidlar,   terpenoidlar,
glikozidlar   bajaradi.   Ular   kasallanishga   moyil   o‘simliklarga   juda   oz
konsentratsiyalarda   ta’sir   qiladi.   Masalan,   zamburug‘ining   (takomillashmagan
zamburug‘lar   sinfidan)   kasallanishga   moyil   arp a   naviga   1:1200   000
konsentratsiyada, chidamli   navlarda   bundan 400 000 martadan   ko‘pida   zararlanadi.
Tekinxo‘r   organizmlar   kasallik   kuzgotishi   u   yoki   bu   holatdaligi   va
ashaddiyligi   bilan   xarakterlanadi.   Bunga   patogenlik   deyiladi.   Patogenlikda
mikroorganizmlarning   kasallikni   sodir   ztishi   nazarda   tutiladi.   Patogenlikning   sifat
tomonlarini   u   yoki   bu   holat   ya’ni   virulentlik   ifodalaydi. Bu xuddi shu o‘simlikni
kasallantiraymi   yoki   kasallantirmaymi   tamoyilida   (xuddi   “ha-yo‘q"  day).  Bunday
xususiyat   faqat   patogen   turlarga   xos   bulib,   ular   xujayin   o‘simlikni   zararlash
xususiyatiga   bog‘liq   bo‘lib,   bitta   turkumga   mansub   ko‘plab   o‘simlik   turlarida
tekinxo‘rlik   qila   oladi.   Masalan,   zang   kuya   zamburug‘laridan   Risspna   ye gapshiz
bug‘doy,   sholi,   arpa   va   boshqa   bir   qator   donli   o‘simliklarda   tekinxo‘rlik   qilaoladi.
Kasallik hosil qiluvchining  virulentligi  tashqi muhitning sharoitlariga bog‘liq bo‘lmay
faqat genom  modifikatsiyasidagina o‘zgaradi. Kasallikni   sodir   ztuvchilarning   ashaddiyligi   kasallanishga   moyil
o‘simlikning zararlanish darajasiga, tekinxo‘rning o‘sish  tezligiga, tashqi muhitning
omillari   va   shu   kabilarga   bog‘liq   holda   ro‘y   beradi.   Virulentlik   va   ashaddiylik
tekinxo‘rnin   xo‘jayin- o‘simlikka   nisbatan   qanchalik   patogenligining   sifat   va
mikdoriy  tomonlarini belgilaydi.
Tekinxo‘r   va   xo‘jayin   o‘simlikning   irsiy   aloqadorliklari
Shuni   kayd   ztish   lozimki,   o‘simlikni   tashki   muxitning   abiotik   va   biotik
omillarini   salbiy   ta’sirlariga   kanchalik   chidamligi   irsiy   nazorat   ostida   turadi.   Bu
o‘simlik-xo‘jayin   va   uning   tekinxo‘ri   zvolyutsiya   jarayonida   o‘zaro
komplementarlikni (bir biriga mos keladigan) jihatni hosil qilgan bu o‘simlikdagi
chidamlilikni belgilaydigan Yageni va tekinxo‘rdagi Agenni virulentligi. Ularning
o‘zaro   munosabati   infeksiya   tipini   belgilaydi,   bunda   chidamlilik   va   virulentlik
kasallanishga   moyillikdan   ko‘proq   ro‘y   beradi.   Bu   nazariya   “genni-genga”
debatalib,   N.   R1og   tomonidan   1956   yili   ilgari   surilgan.   Bu   N.   I.Vavilovning
o‘sayotgan   joyida   o‘simlik   va   uning   tekinxo‘rini   evolyutsiyasi   o‘zaro  teng  boradi
degan fikrini tasdiqlaydi.
Masalan, kartoshkaning   va   unda   fitoftorozni   qo‘zg‘otadiganni   vatani   Meksika
va   Gvatemala.   Bu   joyda   o‘simliklar   chidamlilikka   doir   bir   qancha   genlarga
tekinxo‘r   esa   virulentlik   genlariga   ega.   Chidamlilikni   belgilaydigan   genlarni
yovvoyilarda aniqlanishi  madaniy navlarni yaratishda asqotadi. Biroq, vaqtlar o‘tishi
bilan   chidamlilik   genini   tutgan   o‘simlik   tekinxo‘rdagi   virulentlik   ta’sirida
zararlanishi   mumkin,   aynan   shu   holat   yangi   navlarga   xarakterli.   Tekinxo‘rni
o‘simlik-xo‘jayinda katta tezlik bilan  ko‘payishi uni yangi xillarini yuzaga kelishiga
duragaylanishi   va   boshqalariga   sabab   bo‘ladi.   Patogen   virulentlikningbir   necha
genlarini   tutishi   mumkin.   Shunga   qaramay,   virulentlik   gen   i sonini   ko‘payishi
patogenning   hayotiy   faoliyati   katta   bo‘ladi   degani   emas.   Barqarorlanuvchi   tanlash
ta’sirining   natijasida   virulentlik   geni   tutgan   patogen   chidamlilik   geni   ustidan
ustunlik   qilishi   mumkin.   Ya’ni   tekinxo‘rdagi   virulentlik   genining   soni   o‘simlik-
xo‘jayindagi chidamlilik geni soniga mos keladi. Tekinxo‘rlarning   kamroq   maxsuslashganlari,   virulentlik   geni   bo‘lmaganlari
ashaddiylik darajasining sonidan miqdori bo‘yicha   farqlanadi.  Shu bilan  bir   vaqtda
virulentlik   geni   bilan   farqlanadiganlari   yuksak   darajada   maxsuslashgan
obligat tekinxo‘rlar yoki fakultativ saprotroflargaxos hisoblanadi.
O‘simliklarning   har   bir   navi   o‘ziga   xos   maxsuslashgan   patogen   bilan
zararlanadi.   Bu   patogen   o‘simlikning   chidamlilik   geniga   mos keladigan   virulentlik
geniga ega bo‘ladi. Qachon o‘simlikning navi  biror patogenga qarshi chidamlilikni
hosil   qilsa,   boshqalariga   bunday   xususiyatni   amalga   oshiraolmasligiga   vertikallik
deyiladi
Gorizantallik   yoki   dala   sharoitidagi   chidamliligi   navning   ko‘plab   genlari
orqali   boshqariladi.   Ular   barcha   patogenlarga   nisbatan   past,   o‘rtacha,   yuqori
darajadagi   chidamlilikni   hosil   qiladi.   Hamma   tipdagi   chidamlilik   holati   ham
uchraydi.
O‘simliklarni   yuqumli   kasalliklarga   qarshi   himoyalanish   mexanizmlari
mavjud.   Umuman   olganda   bunday   mexanizmlarni   konstitutsiyali   va   hosil
qilinganga  bo‘linadi.  Dastlab   kisida   infeksiyagacha   o‘simlik-xo‘jayin  to‘qimasida
chidamlilik hosil qilingan bo‘ladi. Keyingisi tekinxo‘r bilan bevosita  ta’sirlanganda
yoki uni ajratmasi ta’sirida hosil bo‘ladigani. 
Himoyalanishning   konstitutsiyaviy   mexanizmi   quyidagilarni   o‘z   ichiga
oladi:
a) to‘qimalarni   tuzilishidagi   infeksiyani   kiritmaslikka   yo‘naltirilgan   mexanik   to‘siqni
ta’minlaydigan xususiyati;
b) antibiotik faollikka ega bo‘lgan moddalarni masalan,fitonsid kabilarni ajratishi;
v) to‘qimasida   tekinxo‘rni   o‘sishi   va   rivojlanishi   uchun   zarur   bo‘lgan   muhi m
moddalarni yetishmaydigan holga keltirishi.
Chidamlilik,   himoyalanishning   hosil   qilingan   mexanizmi   infeksiyaga
nisbatan o‘simlik-xo‘jayinni javob ta’siri bilan, u  quyidagilardan iborat:
a)   barcha   holatlarda   o‘simliklarda   nafas   jarayonlari   va   energiya   almashinuvlari
kuchayadi; b)   chidamlilikka   aloqadorligi   bo‘lmagan   masalan,   fitonsidlar,fenollar   va   ularning
oksidlanishidan   yuzaga   keladigan   xinonlar, tanninlar   va   boshqa   moddalar   to‘planadi;
v)   himoyalovchi   qo‘shimcha   mexanik   to‘siqlar   yaratiladi;
g)   o‘ta   sezgirlikni   ta’minlaydigan   reaksiyalar   sodir   bo‘ladi;
d) fitolleksinlar hosil qilinadi.
O‘simlikni yuqumli  kasallik-infeksiyadan himoyalanishidagi umumiy tarzdagi
barcha  tadbirlari tekinxo‘rni o‘zining hujayrasiga kiritmaslik yoki  infeksiyani o‘rab,
patogenni   nobud   qilishga   yo‘nalgan.   O‘simlikni   nekrotrof   va   biotroflar   tomonidan
zararlanishiga   javob   tarzidagi   munosabati   bir   xil   bo‘lmaydi.   Nekrotrofning
toksinlari   va   u   ajratgan   fermentlarga   qarshi   himoyalanishi   ularni   o‘simlik
hujayrasidagi faolligini pasaytirish bo‘lib xizmat qiladi.
Biotroflarga   chidamlilikda   tekinxo‘rni   avval   “tanish”   mexanizmlari   ishga
tushiriladi, nekroz hosil bo‘ladigan joyda o‘ta sezgirlik reaksiyalari yuzaga keladi.
Bu   bilan   patogenni   oziqlanishi   uchun   zarur   oziq   moddalardan   mahrum   qilish,   bu
bilan uni shu joyda nobud  qilish choralari ko‘riladi.
O‘simlikda   nekrotrofga   chidamlilik   quyidagi   mexanizmlarni   ishga   solish
amalga oshadi:
1)   tekinxo‘r   ajratgan   toksinlarni   zararsizlantirish-detoksikatsiya   bilan;
2)   maxsuslashgan   patotoksinlarga   o‘simlikni   o‘ta   darajadagi   sezgirligini
yo‘qotish   bilan;
3)   kasallanishga   moyil   bo‘lgan   o‘simliklarda   patogen   ajratgan   toksinni
xo‘jayin   plazmolemmasidagi   retseptor   bilan   bog‘lash,   buni   natijasida   hujayrani
halokati   ro‘y   beradi   (kassallanishga   chidamli   o‘simlikda   toksinni   bog‘laydigan
retseptorlar yo‘qligi uchun zararlanish ro‘ybermaydi).
4) Patogen ajratadigan ekzofermentlarni maxsus bo‘lmagan   fenollar   tipidagi
ingibitorlar   bilan   faolligini   yo‘qotish;
5) tekinxo‘r   hosil   qiladigan   ekzofermentlarni   ularning   substarti   (joyini)
yo‘qotish   bilan   to‘xtatish;
6)   tekinxo‘rning hujayra devorinio‘simlik-ho‘jayinning   xitinaza, glyukanaza
va shu kabi fermentlari bilan zararlash tufayli; 7)   tekinxo‘rning   gidrolitik   fermentlariga   javob   sifatida   o‘simlik   oqsil-
antifermentlarni   hosil   qilishi   bilan.
O‘simlikni mexanik tarzda himoyalanishi
O‘simlik-xo‘jayin   va   tekinxo‘rning   o‘zaro   munosabatlari   o‘simlikning
yuzasida ro‘y beradi. Shu boisdan uning birinchi  himoyalanadigan joyi hisoblanadi.
Patogen  yoki   uning   sporalari   u   zararlaydigan   o‘simlikning   yuzasida   avvalo
turaolishi   lozim.   Bunga   qarshi   vosita   sifatida   ko‘pchilik   o‘simliklarda   epiderma
hujayralarining kutikulasi mum   bilan qoplanadi. Mum uning yuzasini silliqlashtiradi,
suv   bilan   namlanishini   yomonlashtiradi,   natijada   patogen   sporasining   unishiga
sharoit  yetarli   hosil   bo‘lmaydi. Patogenlar  (zamburug‘lar,   bakteriyalar,   viruslar)   bu
to‘siqni   barg   va   novdadagi   ustitsalar,   yoriqlar, jarohatlar orqali o‘tadi. O‘simlikning
qoplovchi   to‘qimasi   patogenlar   uchun   faqat   mexanik   tarzdagi   to‘siq   bo‘libgina
qolmay   toksik   to‘siq   hamdir,   chunki   u   turli   tuman   antibiotik   moddalarga   ega.
Bunday   himoyaviy   xossalar   o‘simlik   yuzasini   infeksiyasiga   xos.   Infeksiya
hujayraning   faol   reaksiyasini   hosil   qilib   bunday   to‘siqlarning   o‘zgarishini   hosil
qiladi.
1.   Zararlanishga   himoyalanishning   keng   tarqalgan   javoblari   sifatida   hujayra
devorida ligninlanishi kuchayadi. Ligninlanish  tekinxo‘rning hujayraga kirishini juda
qiyinlash   tiradi,   chunki   ko‘plab   zamburug‘lar   ligninni   parchalay   olmaydi.
Zararlangan   ilgari   lignin   bo‘lmagan   joylar   ham   ligninlanadi.   Bu   jarayon   hujayra
po‘stining   (devori)   mexanik   jihatidan   mustahkamligini   oshiradi,   tekinxo‘r
toksinlarning   tarqalishini   hamda   o‘simlikdan   tekinxo‘rga   oziq   moddalar   oqimini
cheklaydi,   patogen   fermentlarini   hujayra   po‘stining   tarkibiga   xujumidan   asraydi.
O‘simlik-ho‘jayindagi   ligin   zamburug‘   gifasining   hujayralarini   devorida   ham
to‘planib uning o‘sishini s e kinlashtiradi.
2.   Infeksiya   nekroz   hosil   qilgan   hujayralar   va   tirik   to‘qima   orasi   mexanik
to‘siq bo‘lib periderma hisoblanadi. Periderma  tekinxo‘rning tarqalishiga to‘sqinlik
qiladi. Nekrozga tirik   hujayralardan moddalarning kelishini qiyinlashtiradi. O‘simlik-
ho‘jayinning   sog‘lom   hujayralarini   nekrozlashgan   hujayralarning   toksik
mahsulotlaridan himoyalaydi. 3. Agar   kasallikni   qo‘zg‘otuvchi   (masalan,   tokda   un-shudring   kasalligini)
bargni yuzasida apressoriy (oziq so‘radigan hosila)  hosil bo‘lsa, uni ostidagi hujayra
devori qalinlashadi. Lignin va   kremniy tutgan bo‘rtik hosil bo‘ladi. Uni o‘z vaqtida
hosil bo‘lishi  tekinxo‘rni hujayraga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.
4. Tekinxo‘rni   o‘simlikning   o‘tkazuvchi   sistemaga   kirish   uchun   mexanik
to‘siqlardan   biri   tila   bo‘lib   xizmat   qiladi   u   masalan   g‘o‘zani   Verticillum   va
Fusarium   turkumlariga   mansub   zamburug‘lari   bilan   zararlanishida   hosil   bo‘ladi.
Kasallanishga   chidamli   g‘o‘zaning   navlarida   patogen   (zamburug‘)   ildiz   orqali
o‘tkazuvchi   to‘qimaga   o‘tganida   undagi   parenxima   hujayralaridan   tashkil   topgan
bo‘rtmalarga   (tila)   to‘g‘rikeladi,   ular   pektinliyopqichbilano‘ralgan.   To‘xtatilgan
zamburug‘ antibiotik modda bilan zararlantiriladi.
Fitonsidlar va fenollar, o‘tasezgirlik, fitoaleksinlar
O‘simliklardagi   infeksiyaga   qarshi   maxsus   bo‘lmagan   chidamlilikda   XX
asrning 20-yillarida rus olimi B. P. Tokin  tomonidan kashf etilgan antibiotik modda
fitonsidlar   muhim   ahamiyatga   ega.   Ularga   molekulyar   og‘irligi   uncha   katta
bo‘lmagan   xilma   xil   tuzilishli   (alifatik   birikmalar,   xinonlar,   fenolli,   spirtli,
glikozidlar   va   shu   kabilar)   birikmalar   mikroorganizmlarning   faoliyatini   to‘xtatadi
yoki o‘ldiradi.
Jarohatlanganda   (masalan,   piyoz,   sarimsoq   to‘g‘ralganda)   uchuvchan
fitonsidlar o‘simliklarni patogan xali ichkariga kirmasidano q  zararlab himoyalaydi.
Uchmaydigan   fitonsidlar   qoplovchi   to‘qimalarda   to‘planadib   u   bilan   o‘simlik
yuzasini  patogen   ta’sirida zararlanishdan saqlaydigan himoya xususiyatida ishtirok
etadi.   Hujayraning   ichida   ular   vakuolada   to‘planadi.   O‘simlik   jarohatlanganda
fitonsidlarning   miqdori   keskin   ortadi,   bu   esa   jarohat   olgan   to‘qimaga   patogen
kirishning   oldi   olinadi.
O‘simliklardagi   antibiotik   moddalarga   fenollar   ham   mansub.  Zararlanish sodir
bo‘lganida   hujayradagi   polifenol   oksidaza   fermenti   faollashib   fenollarni   toksikligi
kuchli xinonlargacha  oksidlaydi.
Nekroz   hosil   bo‘lgan   joyda   oksidlangan   fenollar   va   xinonlar   melanin   hosil
bo‘lishida   ishtirok   etadi,   u   esa   halok   bo‘lgan   hujayralarni   qora   rangda   bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Fenolli   birikmalar   patogenning   ekzofermentlarini   faolsizlantiradi   va
lignin   hosil   qilinishi   uchun   zarur.   Tekinxo‘rlik   qiladigan   mikroorganizmlar
o‘zining   o‘simlik-xo‘jayiniga   oson   moslashadi.
O‘ta   sezuvchanlik.   Biotrof   tekinxo‘rlarni   chidamli   nav   hujayrasiga
kirganida   patogen   bilan   tegishgan   joyda   hujayralar   tezda   nobud   bo‘ladi.
O‘simlikning   bunday   javob   reaksiyasiga   o‘ta   sezuvchanlik   deyiladi.   Kasallikka
chidamsiz navlarda to‘qimaning  hujayralari tirik qoladi va tekinxo‘r to‘qima bo‘ylab
tarqaladi.
O‘simliklarda   o‘ta   sezuvchanlik   tekinxo‘r   bilan   o‘zaro   tegishgandayoq
yuzaga   keladi.   Bunday   reaksiyaga   (xususiyat)   aynan   chidamli   o‘simliklar   ega.
Aynan   manashu   chidamlilik   infeksiyaga   ortiqcha   chidamlilikka   asoslangan.   Bir
necha hujayralarning o‘limi   nekroz hosil bo‘lishiga olib keladi, bu bilan tekinxo‘rni
harakati   to‘xtaydi.   Keyin   nekrotlashgan   to‘qima   peridema   bilan   to‘silib   o‘raladi.
Bunday javob reaksiyaning tezligi juda katta: kartoshkada   fitoftoroz qo‘zg‘atuvchini
barg   bilan   tegishganidan   30   daqiqa   o‘tganidan   keyinoq   hujayralar   nobud   bo‘ladi.
O‘tasezuvchanlik   reaksiyasining   asosiy   vazifasi   tekinxo‘rda   sporalar   hosil
bo‘lishini   to‘xtatish, u   tirik   hujayralar   bilan   tegishganidagina   ro‘y   beradi.
Fitoaleksinlar.   Yuksak   o‘simliklar   fitopatogen   bilan   ta’sirlanganda   javob
reaksiyasi sifatida hosil bo‘ladigan   molekulyar og‘irligi kichik antibiotik moddalar
bo‘lib ularni 1940   yili   K.  Myuller   va  G.  Byorger   kashf   etishgan.   Ular   o‘simlikda
immunitetni   himoyalanishni   bajaradi.
Sog‘lom   to‘qimalarda   ular   bo‘lmaydi.   Fitoaleksinlar   antibakterial,
fungitoksik, antinematod   ta’sir   xususiyatiga   ega.   Fitoaleksinlar   zararlanish   ta’sirida
o‘simlikdagi   o‘zgargan   metabolizmning   provard   natijadagi   mahsuloti. O‘simliklar va
patogenlarning   xilma-xilligi   tufayli   ularning   o‘zaro   ta’sirlari   ham,
fitoaleksinlarning kimyoviy turlichaligi ham anchagina.  Dukkakli o‘simliklarda ular
izoflavonoidlar,   tamatdoshlarda- seskviterpenoid   moddalar,   murakkabguldoshlarda-
poliatsetilenlar   va   shu   kabilar.   Bundan   tashqari   bitta   o‘simlikda   infeksiyaga   javob
sifatida  bir   necha   fitoaleksinlar   hosil   bo‘ladi.   Fitoaleksinlar   nobud   bo‘layotganlar
bilan   chegaradosh   tirik   hujayralarda   hosil   bo‘ladi,   shu   boisdan   ularda o‘tasezuvchanlik kuchli. Bu hujayralardan fitoaleksinlar sintezlanishi haqida  signal
boradi.  Keyin   ular  tekinxo‘r  bo‘lgan  nekrotlashgan   hujayraga   o‘tadi.   Fitoaleksinlar
fitopatogenlarning   o‘sishini   to‘xtatadi,   ularning   ekzofermentlari   faolligini
pasaytiradi.   Ular   apoplast   bo‘ylab   tashiladi.   Ularning   hujayrada   hosil   bo‘lishini
kimyoviy   moddalarning   ta’sirida   amalga   oshirish   mumkin.   Kartoshkaning
fitoaleksinlari-rishitin   va   lyubimin   tuganakda   hosil   bo‘lib   natriy   ftorid   yoki   mis
sulfat ta’sirida kuchayadi.
Fitoaleksinlar   o‘simlikda   hosil   qilinmasa   unda   kasallanishga moyillik   ortadi.
Agar   o‘simlikda   fitoaleksinlarning   hosil   bo‘lishi   biror   ta’sir   bilan   to‘xtatilsa, u   doimo
kasallanib   yurgan, kasallikka   va   boshqa   kasalliklarga   ham   chalinadi. Bundan   kelib
chiqadiki,   fitoaleksinlar   o‘simlik   turining   va   navi   immunitetini   saqlashda
ahamiyatga   ega.
Maxsuslashgan  ko‘plab  patogenlar   fitoaleksin   to‘sig‘ini   ham   parchalab   yoki
hosil   bo‘lishini   to‘xtatib   o‘simlikka   kiraoladi.
O‘simlikdagi   chidamlilikni   saqlashning   yana   bir   imkoniyati-o‘simlik
xo‘jayinda   tekinxo‘r   uchun   hayotiy   muhim   bo‘lgan   birikmalarni   hosil   qilish.
Masalan,   fitoftora   spora   hosil   qilish   uchun   zamburug‘   β-sitosterin   moddasini
ajrataolmaydi.   Zamburug‘   uchun   uning   manbai   o‘simlik-kartoshka   hisoblanadi.
Fitoftoraga   chidamli   navlarda   kasallik   yuqadigan   joylarda   zamburug‘
rivojlanmasligi uchun β-sitosterin hosil qilinishini   to‘xtatiladi.   Sitosteringa   o‘xshash
moddalar   seskvi   terpenoid   tabiatli   moddalarning   sintezi   uchun   foydalaniladi.   Va
nihoyat   β- sitosterinni   kamchiligi   membranani   zararlab   patogen   hujayralarini
fitoaleksinlarning ta’siriga sezgir bo‘ladi.
Bundan   tashqari   chidamliligini   o‘zgarishi   va   o‘simlik-xo‘jayinni   kasallikni
qo‘zg‘atuvchilarga moyilligi tashqi muhitning biotik omillari (yil fasllari, ob-havo
sharoiti, o‘g‘itlar, o‘simlikni va uning a’zolarini yoshi) ta’sir qiladi. Bitta kasallik
bilan (ko‘p   hollarda virusli kasalliklarda) kasallangan o‘simlik ikkinchi   infeksiyaga
chidamli yoki kasallangan holda boshqasiga chidamsiz bo‘lishi mumkin.
Tanish   va   chidamlilik   muammosi .   O‘simlik-xo‘jayin   va   patogen-kasallik
qo‘zg‘otuvchi   orasidagi   birinchi   va   eng   muhim   bosqich   o‘zaro   “tanishish” hisoblanadi.   Kasallikka   chidamli   o‘simliklarda   u-patogen   harakati-kirib   kelishini
to‘xtatish.   Bu   holat   lektinlar   deb   ataladigan   glikoproteidlar   ishtirokida   amalga
oshiriladi.   Ular   muayyan  uglevodlarni   (glikolipidlar   va  polisaxaridlarning   qoldiqlari
mono-,   oligosaxaridlar)   bog‘laydi.   Lektin   molekulasida   ikkitadan   kam   bo‘lmagan
uglevodlarni   bog‘laydigan   joyi   bor. Bu   joylar ung a  molekula yoki xatto hujayralarni
(sutemizuvchilarning   eritrotsitlar)   yopishtirib   oladi.   Lektinlar   hujayrada   ko‘plab
vazifalarni   bajaradi   ulardan   bittasi   hujayrani   tanish   va   o‘zaro   munosabatlar
reaksiyalarida ishtirok etadi.
Lektinlar tekinxo‘rlarning hujayra va sporalarini o‘ziga yopishtirib, ularning
unish   hamda   harakatdan   maxrum   qiladi.   Mohiyat   shundan   iboratki,   lektinlar
patogenlarning   o‘simlik   chidamli   bo‘lgan   spora   va   hujayralarini   bog‘laydi.
Zamburug‘   gifasining   o‘sishini   to‘xtashi   o‘simlik-xo‘jayindagi   ligninni
o‘sayotgan   gifa   uchidagi   xitin   N-atsetilglyukozamin   bilan   ta’sirlanishi   tufayli   ro‘y
beradi.   Bunday   vazifani   masalan,   o‘sayotgan   bug‘doy   urug‘idagi   lektin   bajaradi.
Urug‘dagi   lektinlarning   katta   konsentratsiyasi   shubhasiz   oziq   moddalarga   boy
urug‘ni   himoyalaydi   va   murtakni   halokatdan   saqlaydi.   O‘simlik-xo‘jayin   va
tekinxo‘rning   o‘zaro   munosabatlaridagi   tanishishda   boshqalar   ham   ishtirok   etadi.
O‘simlikka   kirgan   tekinxo‘rning   yuzasida   o‘simlik-xo‘jayin   taniydigan   elister
moddalari   bo‘ladi.   Elisterlar   tekinxo‘r   devoridagi   molekulyar   og‘irligi   katta
glyukanlar   hisoblanadi.   O‘simlik   ularni   membranasidagi   retseptorlari   yordamida
taniydi.   Elister-retseptor   majmuini   hosil   bo‘lishi   o‘simlikni   himoyalanish   tizimini
ishga   tushiradi,   avvalo   o‘ta   sezuvchanlik   reaksiyasini.   Biroq   elisterlarni   retseptorlar
bilan   o‘zaro   munosabatiga   antielisterlar-molekulyar   og‘irligi   kichik   glyukanlar
(supressorlar) halaqit   qiladi. Antielisterlar   o‘sayotgan   gifalarning   uchida   hosil   bo‘ladi
va   o‘simlikning   himoyalanish   xususiyatlarini   pasaytiradi.   Agar   tekinxo‘rning
supressori  bog‘lanish joyi uchun elister bilan raqobatda retseptorga nisbatan yaqinligi
katta bo‘lsa o‘simlik himoyalanish reaksiyalarini ishga sola olmaydi va patogen shu
asnoda o‘simlikning immun tiziga  qaramay zararlayolmaydi.
L.V.Metlitskiy,   O.L.Ozeretskovskaya   (1985)   ma’lumotlariga   ko‘ra
o‘simlikdagi himoyalanish mexanizmi quyidagi tartibda ishga  tushadi: 1.  Tekinxo‘r  o‘simlik-xo‘jayin hujayralari  bilan  elisterlar   yordamida   muloqatda
bo‘ladi: Tekinxo‘r  zlister  o‘simlik.
2.   O‘simlik membranasidagi retseptorlar (tanishni amalga   oshiradigan   tarkibiy
qismlarining   tizimi)   tekinxo‘rning   elisterlari   bilan   muloqatlashadi:   O‘simlik
elister-retseptor   majmui.
3.   Elister-retseptor   majmuini   hosil   bo‘lishi   o‘simlikda   o‘ta   sezuvchanlik
reaksiyasini   yuzaga   keltiradi,   natijada   hujayralarning   bir   qismini   halokati   va
nekrozni hosil qiladi.
4.   O‘simlik-xo‘jayin   hujayralarining   o‘limi   ularda   boshqaruvchi   molekulalar-
hujayra  devori  matriksining  hosilalarini yuzaga kelishiga olib keladi. Soya   o‘simligida
masalan,   induktor   vazifasini   devorning   pektinli   polimerlarini   12   monomer-
molekulali   qismlari   bajaradi.   Bunday   boshqaruvchi   molekularni   P.   Albersxeym
oligosaxarinlar deb atagan.
5.   Halok   bo‘layotgan   hujayralarning   oligosaxarinlari   nekroz   bilan   qo‘shni
sog‘lom   hujayralarga   tarqaladi   va   ularda   fitoaleksinlarning   hosil   bo‘lishiga
sababchi   bo‘ladi.   Bu   bilan   o‘simlikning   tur   va   navga   oid   chidamligi   ta’minlanadi:
O‘simlik  elister-retseptor o‘tasezuvchanlik oligosaxarinlar.
6.   Va   nihoyat   to‘qimaning   nekrotlashgan   joylari   sog‘lomlaridan   periderma
orqali   ajraladi.   Xulosa   o‘rnida   shuni   qayd   qilamizki,   o‘simlik   muhitning   noqulay
omillariga   qarshi   tura   oladi. Ularda himoyalanish hujayra va alohida a’zo (organ)
darajasida: a) anatomiya jihatidan (kutikula, mexanik to‘qima va boshqalar orqali);
b) himoyalovchi hosilalar (tikan, tuklar) hosil qilib; v) fiziologik reaksiyalar  (suvni
yo‘qotmaslik uchun ustitsalarni  bekitib va h.k.)  bilan; g)   himoyalovchi moddalarni
(himoyalovchi oqsillar, uglevodlar, prolin,   fitonsidlar, fitoaleksinlar va sh.k.) yaratib
amalga oshiradi.   Organizm-alohida   o‘simlik   darajasida:   a)   noqulay   sharoitda   ham
ye tarli miqdordagi meva elementlarini hosil qilib, b) yo‘qotilgan   a’zolarni qaytadan
tiklab,  v)   gormonal   tuzilmada   o‘sayotganni   tinim   holatga   keltiradigan   o‘zgarishni
yuzaga   keltiradi.   Populyatsiya   darajasida   yanada   yaxshiroq   moslashadiganlarni
saqlab qolish bilan  amalga oshadi. Zo‘riqtiruvchilarni   qisqa   muddat   davomidagi   kuchli   ta’sirida   chidamlilikni
maxsuslashmagan   mexanizmi,   uzoq   muddat   ta’sirida   maxsus   mexanizmlar
namoyon bo‘ladi.   Foydalaniladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati:
asosiy adabiyotlar
1. Larcher W. Physiological  Plant  Ecology: Ecophysiology  of Functional 
Groups, 2003. Pp . 514  p .
2.   Усманов   И.Ю.,   Рахманкулова   З.Ф.,   Кулагин   Ф.Ю.   Экологическая
физиология растений. – М.Логос, 2001. - 223 с.
3.   Холлиев   А.Э.,   Норбоева   У.Т.,   Ҳ асанова   Н.М.   Ўсимликларнинг   экологик
физиологияси.  Ўқ ув-услубий  қў лланма. Бухоро, 2012. 132 б.
4.   Тожибоев   Ш.   Ўсимликларнинг   экологик   физиологияси.   Ўкув-услубий
қўлланма. Услубий қўлланма.Намангон, 2014, 88 б.
5.  Xo‘jayev J.X. Osimliklar fiziologiyasi. T. Mehnat, 2004, 223 b.
6.Beknazarov B.O. Osimliklarfiziologiyasi. - Toshkent, Aloqachi. 2009. 530 b.
7.   Avutxonov   B.S.   Osimliklarning   noqulay   omillarga   chidamlilik   fiziologiayasi
fanidan laboratoriya mashgulotlari (uslubiy qollanma) Samarkand, 2019. 64 b,
Tavsiya qilinadigan qo shimcha adabiyotlarʻ
1.  Кузнецов Вл. В., Дмитриева Г.А. Физиология  растений/ Вл. В. Кузнецов. - 
М.: Высшая школа, 2005. - 736 с.
2. Маракаев О.А. Экологическая  физиология растений. Фотосинтез и свет. 
Текст лекций. Ярославль, 2005 .  – 95 с.
3. Чиркова Т .В.Физиологические основы устойчивости растений. - СПб: Изд-
во СПб, 2002. – 238 с.
4. Мавришев В.В. Основы экологии. Минск: Высшая школа, 2007. - 447 с
5. Березина Н.А. Экология растений. М.Издательский центр, Академия, 2009.
- 400 с.
6. Косулина Л.Г. Физиология устойчивости растений к неблагопритяным 
факторам среды. Ростов на Дону. Изд-во Ростовского унт-та, 1993. – 240 с.
7. Медведев С.С. Физиология растений/С.С. Медведев.- СПб.: Изд-во С. 
Петерб. ун-та, 2004. - 336 с.
8.Полевой В.В. Физиология растений/В.В. Полевой - М.: Высшая школа, 
1989. - 464 с.

O‘ SIMLIKLARNI PATOGEN MIKROORGANIZMLARNING TA ’ SIRI REJA : 1. O‘simliklarning yuqumli kasalliklarga chidamliligi 2. O‘simliklarning yuqumsiz kasalliklarga chidamliligi 3. O‘simliklarning yuqumli kasalliklarga chidamliligi 4. Fakultativ tekinxo‘rla va saprotroflar 5. Tekinxo‘r va xo‘jayin o‘simlikning irsiy aloqadorliklari 6. Himoyalanishning konstitutsiyaviy mexanizmi 7. O‘simlikni mexanik tarzda himoyalanishi

O‘simliklar biz yuqorida qayd etib o‘tgan tashqi muhitning abiotik omillariga “chidash”, “bardosh berishdan” tashqari juda katta miqdordagi biotik omillar eng avvalo ontogenezining barcha davrlarida uni o‘rab olgan patogen mikroorganizmlarning ta’sirini ostida bo‘ladi. Tabiiy holda, biz yovvoyi deb ataydigan o‘simliklarda uzoq muddat davom etgan evolyutsiya davomida madaniy ekma o‘simliklarda bo‘lmagan himoyalanish mexanizmlari vujudga kelgan. Shu boisdan bunday tabiiy tarzda yuzaga kelgan chidamlilikni o‘rganish faqat ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklariga qarshi kurashishda ham ahamiyat kasb etadi. O‘simliklarning kasalliklarga chidamligi bu kasallikni bartaraf etish, uni cheklash yoki rivojlanishini to‘xtatishdir. O‘simliklarning kasalliklarga chidamligi maxsus bo‘lmagan yoki N. I. Vavilov bo‘yicha turga xos va maxsus yoki navga bog‘liq bo‘ladi. Turga xos chidamlilik o‘simlikni juda katta miqdorda sondagi saprotrof mikroorganizmlardan himoyalaydi. Bu tipdagi chidamlilikni fitoimmunitet deb ataladi. Zero turga xos chidamlilik shu o‘simlik turi uchun yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga taalluqli. Turga xos chidamlilik tufayli har bir tur o‘simlik uncha ko‘p bo‘lmagan kasallik qo‘zg‘atuvchilar bilan zararlanadi holos. Maxsus, boshqacha aytganda navga bog‘liq chidamlilik tekinxo‘rlar bilan bog‘liq. Bu tipdagi chidamlilik ekma-madaniy o‘simliklar uchun juda muhim, zero aynan maxsus patogenlar qishloq xo‘jalik ekinlaridan olinadigan hosilning 90% gacha hosilni kamaytiradi. O‘simliklarning yuqumli kasalliklarini tekinxo‘r zamburug‘lar va bakteriyalar, viruslar o‘simlikdagi vatuproqdagi nematodalar (fitogelmintlar) tekinxo‘r gulli o‘simliklar (zarpechak) qo‘zg‘otadi. Fitogelmintlar va o‘simlik-tekinxo‘rlar, virus, bakteriya tashuvchilari hamdir. Ekinlardan olinadigan hosilning yo‘qolishiga avvalo zamburug‘lar ta’sirida ro‘y beradigan kasalliklar, birmuncha ozroq virus va bakteriyalar qo‘zg‘otadiganlari qo‘zg‘otadi. Bu patogen zamburug‘lar turlarining sonini (10 000 turdan ortiq) ko‘pligi, bunday bakteriyalarning turlari unchalik ko‘p emas (150-200 tur holos).

O‘simliklarda kasalliklarni qo‘zg‘otadigan patogenlarning quyidagi guruhlari mavjud: 1. Fakultativ tekinxo‘rlar, ular saprofitlar bo‘lib, o‘simliklarning qurigan qoldiqlarida yashaydi, ular kuchsizlanib qolgan tirik o‘simliklarni ham zararlay oladi. Bu patogenlar sun’iy ravishda tayyorlangan oziq muhitda o‘sa oladi va turli taksonomik guruhlarga mansub ko‘plab o‘simliklar turlarini kasallantiradi. Bunday tekinxo‘rlarning muhim vakillaridan biri Botrytis cinerea ko‘plab o‘simliklarda kulrang chirishni yuzaga keltiradi. 2. Fakultativ saprotroflar uncha ko‘p bo‘lmagan o‘simliklarning turlarida asosan tekinxo‘rlik bilan va qisman saprofit hayot kechiradi. Fakultativ saprotroflarga kartoshkada so‘lishni qo‘zg‘otadigan Phytophora intestans yaqqol misol bo‘ladi. 3. Haqiqiy-obligat tekinxo‘rlar bir yoki unga yaqin tur xujayin o‘simliksiz hayot kechira olmaydi. Obligat tekinxo‘rlarga g‘o‘ zada vilt kasalligini qo‘zg‘otadigan (MNabug‘doyda chizili zang kuyani qo‘zg‘otadigan Rissiiagapish yaqqol misol bo‘ladi, biroq bakteriyalar emas. Bu tipdagi tekinxo‘rlar xo‘jayin o‘ simliklar bilan tarixiy taraqqiyotda o‘simlik to‘qimasiga uni h imoyalanishiga qaramasdan kirib borishni hosil qilishgan. Bu tiplardagi tekinxo‘rlarni oziqlanishiga ko‘ra ularni nekrotroflar va biotroflarga bo‘linadi. Barcha fakultativ tekinxo‘rlar va ayrim fakultativ saprotroflar nekrotroflar h isoblanib, ular avvalo to‘qimani nobud qiladi keyin ularda joylashadi. Xo‘jayin o‘simlikning hujayralari patogen ajratadigan toksin ta’sirida nobud bo‘ladi. Hujayraning borligi tekinxo‘r ajratadigan gidrolitik fermentlarning ta’sirida parchalanadi. Obligat tekinxo‘rlar biotroflar h isoblanib, ular ma’lum muddat davomida xo‘jayin o‘simlikning tirik hujayralari bilan birga buladi. Ular o‘simlikning ximoyalanishini chetlab unga zarar keltiradigan toksinlarni ajratmasdan amuzi uchun zarur joyga kirib boradi. Zamburug‘ biotrof ko‘p hollarda hujayralarning oralig’ida yashaydi, uziga zarur ozi moddalarni maxsus surg‘ichi- gaustoriylari yordamida hujayrani ichiga kiritib surib oladi. Bunday birgalikdagi holat

zamburug‘ni sporalar hosil qilib ko‘paygunicha davom e tadi, undan keyin o‘simlik zararlana boshlaydi. Patogen xo‘jayin-o‘simlikka o‘zi ajratadigan gidrolitik fermentlar va toksinlari orqali ta’sir qiladi. Fermentlar hujayraning devorini va o‘rtadagi to‘siqni zritadi bu bilan tekinxo‘rni xo‘jayin-o‘simlikning to‘qimasiga kirib borishini ta’minlaydi, shu bilan birga uni oziqlanishi ham ro‘y beradi. Nekrotroflar ajratadigan va o‘simlik to‘qimalarini nobud qiladigan toksinlarni fitotoksinlar deyiladi. Ular alohida maxsus xususiyatli zmas shu boisdan ko‘plab turlarga mansub o‘simliklarni zararlaydi. Vivotoksinlar – patogen tomonidan agar u saprotrof bo‘lsa muhitga ajratadi, u tekinxo‘r holda bo‘lganida o‘simlik to‘qimasining ichiga ajratadi. Bu toksinlar o‘simlikning tanasida bir qator kasalliklarning belgilarini hosil qiladi. Birok kasallikning to‘la belgisi (patogensiz) zararlangan mazkur tur o‘simlikka xos buladi, bunday holatga patotoksinlar deyiladi. Patotoksinlarning vazifalarini turli birikmalar oligopeptidlar, terpenoidlar, glikozidlar bajaradi. Ular kasallanishga moyil o‘simliklarga juda oz konsentratsiyalarda ta’sir qiladi. Masalan, zamburug‘ining (takomillashmagan zamburug‘lar sinfidan) kasallanishga moyil arp a naviga 1:1200 000 konsentratsiyada, chidamli navlarda bundan 400 000 martadan ko‘pida zararlanadi. Tekinxo‘r organizmlar kasallik kuzgotishi u yoki bu holatdaligi va ashaddiyligi bilan xarakterlanadi. Bunga patogenlik deyiladi. Patogenlikda mikroorganizmlarning kasallikni sodir ztishi nazarda tutiladi. Patogenlikning sifat tomonlarini u yoki bu holat ya’ni virulentlik ifodalaydi. Bu xuddi shu o‘simlikni kasallantiraymi yoki kasallantirmaymi tamoyilida (xuddi “ha-yo‘q" day). Bunday xususiyat faqat patogen turlarga xos bulib, ular xujayin o‘simlikni zararlash xususiyatiga bog‘liq bo‘lib, bitta turkumga mansub ko‘plab o‘simlik turlarida tekinxo‘rlik qila oladi. Masalan, zang kuya zamburug‘laridan Risspna ye gapshiz bug‘doy, sholi, arpa va boshqa bir qator donli o‘simliklarda tekinxo‘rlik qilaoladi. Kasallik hosil qiluvchining virulentligi tashqi muhitning sharoitlariga bog‘liq bo‘lmay faqat genom modifikatsiyasidagina o‘zgaradi.

Kasallikni sodir ztuvchilarning ashaddiyligi kasallanishga moyil o‘simlikning zararlanish darajasiga, tekinxo‘rning o‘sish tezligiga, tashqi muhitning omillari va shu kabilarga bog‘liq holda ro‘y beradi. Virulentlik va ashaddiylik tekinxo‘rnin xo‘jayin- o‘simlikka nisbatan qanchalik patogenligining sifat va mikdoriy tomonlarini belgilaydi. Tekinxo‘r va xo‘jayin o‘simlikning irsiy aloqadorliklari Shuni kayd ztish lozimki, o‘simlikni tashki muxitning abiotik va biotik omillarini salbiy ta’sirlariga kanchalik chidamligi irsiy nazorat ostida turadi. Bu o‘simlik-xo‘jayin va uning tekinxo‘ri zvolyutsiya jarayonida o‘zaro komplementarlikni (bir biriga mos keladigan) jihatni hosil qilgan bu o‘simlikdagi chidamlilikni belgilaydigan Yageni va tekinxo‘rdagi Agenni virulentligi. Ularning o‘zaro munosabati infeksiya tipini belgilaydi, bunda chidamlilik va virulentlik kasallanishga moyillikdan ko‘proq ro‘y beradi. Bu nazariya “genni-genga” debatalib, N. R1og tomonidan 1956 yili ilgari surilgan. Bu N. I.Vavilovning o‘sayotgan joyida o‘simlik va uning tekinxo‘rini evolyutsiyasi o‘zaro teng boradi degan fikrini tasdiqlaydi. Masalan, kartoshkaning va unda fitoftorozni qo‘zg‘otadiganni vatani Meksika va Gvatemala. Bu joyda o‘simliklar chidamlilikka doir bir qancha genlarga tekinxo‘r esa virulentlik genlariga ega. Chidamlilikni belgilaydigan genlarni yovvoyilarda aniqlanishi madaniy navlarni yaratishda asqotadi. Biroq, vaqtlar o‘tishi bilan chidamlilik genini tutgan o‘simlik tekinxo‘rdagi virulentlik ta’sirida zararlanishi mumkin, aynan shu holat yangi navlarga xarakterli. Tekinxo‘rni o‘simlik-xo‘jayinda katta tezlik bilan ko‘payishi uni yangi xillarini yuzaga kelishiga duragaylanishi va boshqalariga sabab bo‘ladi. Patogen virulentlikningbir necha genlarini tutishi mumkin. Shunga qaramay, virulentlik gen i sonini ko‘payishi patogenning hayotiy faoliyati katta bo‘ladi degani emas. Barqarorlanuvchi tanlash ta’sirining natijasida virulentlik geni tutgan patogen chidamlilik geni ustidan ustunlik qilishi mumkin. Ya’ni tekinxo‘rdagi virulentlik genining soni o‘simlik- xo‘jayindagi chidamlilik geni soniga mos keladi.